O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING O‘RGANILISH TARIXI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING O‘RGANILISH TARIXI MUNDARIJA Kirish. Ishning umumiy tavsifi……………………………………….…………3 I BOB. JAHON TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING O‘RGANILISHI 1.1. Sodda gap va uning turlari bo‘yicha ma’lumot…………………………….7 1.2. Jahon tilshunos olimlarining sodda gaplar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari 1.3. Turkiy tilshunoslikda sodda gaplarning o‘rganilishi……………………….14 I bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………..32 II BOB. SODDA GAPLARNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI 2.1. Sodda gap va uning turlarining o‘zbek tili darslik va o‘quv qo‘llanmallarida o‘rganilishi ………………………………………………………………………..34 2.2. Sodda gap va uning turlarining alohida tadqiqot obyekti sifatida monografik tarzda o‘rganilishi…………………………………………………………………40 2.3. Sodda gap va uning turlariga yangicha qarashlar aks etgan ilmiy tadqiqotlar haqida……………………………………………………………………………..44 II bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….54 III BOB. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SODDA GAPLARNING DIALEKTAL, STILISTIK VA LINGVOPOETIK JIHATDAN O‘RGANILISHI 3.1. Sodda gap va uning turlarining til tarixi va dialektal jihatdan o‘rganilishi …………………………………………………………………………………….56 3.2. Sodda gap va uning turlarining uslubshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganilishi………………………………………………………………………...59 3.3. O‘zbek lingvopoetikasida sodda gaplarning o‘rganilishi………………...66 III bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………70 1
Xulosa ……………………………………………………………………………71 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………………74 Kirish. Ishning umumiy tavsifi Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi kunda xalqimizning milliy o‘zligi, ma’naviyati, madaniyati, dunyoqarashi, yashash tarzi o‘z aksini topgan o‘zbek tiliga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. D avlat ahamiyatiga molik yirik uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar da o‘zbek tili ning faol qo‘llanil ayotganligi, o‘zbek tilida gaplashuvchilar soni ortganligi ham tilimiz rivojining bir ko‘rinishidir. “Hozirgi vaqtda o‘zbek tilida sozlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda”, 1 – degan yurtboshimizning faxr bilan aytgan gaplari fikrimizning yaqqol isboti sanaladi. O‘zbek tili o‘zining keng imkoniyatlarini eng murakkab fan sohalarida to‘liq namoyon qil ayotganligi, o‘ zbek tili ta’limi ga e’tibor qaratilyotganligi tilshunoslarimiz oldiga tilimiz ravnaqiga daxldor yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. O‘zbek tili fonetikasi, leksikasi, grammatikasi bo‘ yicha hozirga qadar yaratilgan ishlarni o‘rganib, bu sohalarda navbatda qilinishi zarur bo‘lgan muammoli jihatlarni ajratib olish va yangicha qarashlar, nazariyalar, yo‘nalishlar asosida qayta o‘rganish bugungi davr o‘zbek tilshunosligi oldidagi navbatdagi vazifalardan sanaladi. “ O‘zbek tilshunosligida sodda gaplarning o‘rganilish tarixi” magistrlik tadqiqot ishi ana shu vazifani bajarish yo‘lidagi bir qadam sanaladi. Sodda gaplarning jahon va o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi alohida monografik tarzda tadqiq qilinmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ў збек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. http://xs.uz/uz/ –Toshkent, 2019. 2
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilgan va ushbu tadqiqotlarda tadqiqotchilar o‘z mavzu doirasida muammoning o‘rganilish darajasi xususida ma’lumot berib o‘tganlar. Masalan, N.Rahmatovaning “Ikki tarkibli sodda gaplarning nutqiy voqealanishi” deb nomlangan dissertatsiyasida A.G‘ulomovning “Sodda gap” nomli tadqiqoti, shuningdek, A.Abdulla y еv, G‘.Abdurahmonov, X.Abdurahmonov, X.Boltabo y еva, I.Rasulov, A.Safo y еv, A.Sulaymonov, O.Turdi y еv, B.Egambеrdi y еv, I.Xayrulla y еv, E.Shodmonov, B.O‘rinbo y еv, H.G‘ofurov, A.Hazratqulov kabi olimlarning sodda gapning qurilishiga doir masalalar ko‘rib chiqilgani haqidagi fikrlar bildirib o‘tilgan 2 . Biroq sodda gap va uning turlarining o‘zbek tilshunosligida kimlar tomonidan, qay darajada tadqiq etilgani alohida tarzda o‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . O‘zbek tilshunosligida sodda gaplarning o‘rganilishi tarixini monografik planda yoritib berish ishning asosiy maqsadini tashkil etadi. Tadqiqotda quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutildi: – s odda gap va uning turlari haqida qisqacha ma’lumot berish; – sodda gap turlarining jahon tilshunosligida o‘rganilishiga e’tibor qaratish; – turkiyshunoslikda sodda gap va uning turlarining o‘rganilish darajasiga ahamiyat qaratish ; – o‘zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari o‘rganilgan darslik va qo‘llanmalarni tadqiq etish; – o‘zbek tili sintaktik qurilishining an’anaviy talqinida sodda gap masalasi o‘rganilishini sharhlash; – sodda gap va uning turlari bo‘yicha qilingan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish; –sodda gaplar dialektal hamda tarixiy jihatdan yoritilgan ishlarga e’tibor qaratish va tadqiq etish; 2 Rahmatova N. Ikki tarkibli sodda gaplarning nutqiy voqelanishi: Filol.fan.nomz….diss.–Buxoro, 2012. –B.3-4. 3
–funksional-stilistik, lingvopoetik nuqtayi nazardan sodda gap va uning turlari o‘rganilish holatini tahlil etish; Tadqiqotning obyekti. O‘zbek tilida sodda gaplarning o‘rganilish tarixi ilmiy ishning tadqiq obyektini belgilaydi. Tadqiqotning predmeti. Sodda gap va uning turlari tilshunosligimizda qay darajada o‘rganilganligi tahlili ishning predmetini tashkil qiladi. Ishning obyekti va predmetini ochib berishda o‘ zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari o‘rganilgan dissertatsiyalar, monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar material vazifasini o‘tadi. Tadqiqotning metodologik asosi va qo‘llanilgan metodlar. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida dialektikaning umumiylik-xususiylik, shakl-mazmun tamoyillari tanlandi. Ishda tavsifiy, qiyosiy, diaxron va sinxron tahlil metodlaridan keng foydalanildi. Shuningdek, A. G‘ulomov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, M.Qurbonova va boshqalarning shu yo‘lda olib borgan kuzatishlaridagi nazariy qarashlar va tadqiq metodlariga ham tayanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: – sodda gap turlarining jahon va turkiy tilshunosli k da o‘rganilishiga e’tibor qarati ldi; – o‘zbek tilshunosligida sodda gap va uning turlari o‘rganilgan darslik va qo‘llanmalar, ilmiy tadqiqotlar, yangicha qarashlar tahlil etildi; – sodda gaplar dialektal hamda tarixiy jihatdan yoritilgan ishlarga ahamiyat berildi; – funksional-stilistik, lingvopoetik nuqtayi nazardan sodda gap va uning turlari o‘rganilish holati tahlil etildi. Tadqiqotning nazar iy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda umumlashtirilgan nazariy xulosalar sodda gaplarni umumiy yaxlit tizim sifatida o‘rganilishini oydinlashishiga xizmat qiladi. Shu sababli tadqiqotda erishilgan natijalardan sodda gap va uning turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkin. Ayni paytda dissertatsiya natijalari “Hozirgi o‘zbek tili”, 4
“Tilshunoslik nazariyasi”, “Nazariy tilshunoslik masalalari” kabi kurslarni o‘qitishda, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek dissertatsiya ishining asosiy natijalari va materiallaridan oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun va magistratura yo‘nalishlarida o‘tiladigan sintaksis darslarida keng foydalanish tavsiya etiladi. Natijalarning e’lon qilinganligi. Tadqiqot bo‘yicha ilmiy to‘plamlarda 4 ta maqola e’lon qilindi. Ishning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, III asosiy bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 81 sahifani tashkil etadi. 5