logo

O‘zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

293.5 KB
   O‘zbekiston Respublikasi da ta`lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
REJA:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonuni . 
2. O‘zbekiston   Respublikasining   ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosati   mazmuni
asosiy tamoyillari. 
3. Ta’lim tizimi va turlari.  
  1-modda.   Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda.   Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim
to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilganidan   boshqacha   qoidalar   belgilangan   bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda.   Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat   akkreditatsiyasi   —   davlat   ta’lim   muassasalari   va   tashkilotlari,   shuningdek   nodavlat
ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat
ta’lim  standartlari  va davlat  ta’lim  talablariga  hamda  o‘quv dasturlariga  muvofiqligining  davlat
tomonidan   e’tirof   etilishi   hamda   ularning   bitiruvchilariga   ma’lumot   to‘g‘risidagi   hujjatlarni
topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi  — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki
bo‘lgan   mol-mulk   negizida   tashkil   etilgan,   davlat   ta’lim   standartlariga   va   davlat   ta’lim
talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat   ta’lim   standartlari   —   davlat   tomonidan   ta’limning   mazmuni   va   sifatiga   nisbatan
belgilanadigan talablar majmui;
davlat   ta’lim   talablari   —   ta’limning   tuzilmasiga,   mazmuniga   va   uni   amalga   oshirish   shart-
sharoitlariga,   shuningdek   ta’lim   oluvchilarning   jismoniy,   shaxsiy,   intellektual,   ilmiy   hamda
kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
malaka   —   shaxsning   kasbiy   faoliyatning   muayyan   turini   bajarishga   tayyorgarligini
ifodalaydigan,   ma’lumot   to‘g‘risidagi   tegishli   hujjat   bilan   tasdiqlanadigan   bilim,   qobiliyat,
mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
mutaxassislik   —   malaka   berish   bilan   yakunlanadigan   muayyan   kasbiy   tayyorgarlik   turining
nomi;
nodavlat   ta’lim   tashkiloti   —   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim   talablari   va   o‘quv
dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan
litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya   —   aniq   maqsadli   hamda   ijtimoiy-tarixiy   tajriba   asosida   yosh   avlodni   har   tomonlama
kamol   toptirishga,   ularning   ongini,   ma’naviy-axloqiy   qadriyatlar   va   dunyoqarashini
shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim   — ta’lim  oluvchilarga  chuqur nazariy bilim,  malakalar  va amaliy  ko‘nikmalar  berishga,
shuningdek   ularning   umumta’lim   va   kasbiy   bilim,   malaka   hamda   ko‘nikmalarini
shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim kampusi  — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini
(markazlarini),   ishlab   chiqarish   majmualari   va   texnoparklarni,   ta’lim-tarbiya   jarayoni
ishtirokchilarining   vaqtincha   yashash   joylarini,   laboratoriyalarni,   axborot-resurs   markazlarini
(kutubxonalarni),   sport   inshootlarini,   umumiy   ovqatlanish   ob’ektlarini   o‘z   ichiga   olgan   binolar
hamda   inshootlar   majmuidan   iborat   bo‘lgan,   o‘quv   jarayoni,   ma’naviy-axloqiy   tarbiyaning
yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilari   —   ta’lim   oluvchilar,   voyaga   etmagan   ta’lim
oluvchilarning   ota-onalari   yoki   boshqa   qonuniy   vakillari,   pedagog   xodimlar   va   ularning
vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi   — ta’lim tashkilotlarining  faoliyatini baholash, davlat ta’lim
standartlari,   davlat   ta’lim   talablari   hamda   o‘quv   dasturlariga   muvofiq   kadrlar   tayyorlash
mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
4-modda.   Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
1) ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
2) ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
3) ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
4) ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
5) ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
6) ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
7) ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
8) o‘n bir yillik  ta’limning  hamda  olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni  bir
yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
9) davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablari   doirasida   ta’lim   olishning
hamma uchun ochiqligi;
10) o‘quv   dasturlarini   tanlashga   doir   yondashuvning   yagonaligi   va
tabaqalashtirilganligi;
11) insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
12) jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
13) ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
14) bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; 15) ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
16) ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
5-modda.   Ta’lim olish huquqi
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i
nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion
texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
ishlab   chiqarishdan   ajralgan   (kunduzgi)   va   ajralmagan   holda   (sirtqi,   kechki,   masofaviy)   ta’lim
olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;
oilada   yoki   mustaqil   o‘qish   orqali   ta’lim   olgan   fuqarolarga,   shuningdek   umumiy   o‘rta   ta’lim
olmagan   shaxslarga   akkreditatsiyadan   o‘tgan   davlat   ta’lim   muassasalarida   eksternat   tartibida
attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
CHet   ellik   fuqarolar   O‘zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomalariga   va   qonun
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O‘zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashayotgan   fuqaroligi   bo‘lmagan   shaxslar   ta’lim   olish
uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
  TA’LIM TIZIMI, TURLARI VA SHAKLLARI
6-modda.   Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim
tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim   tizimining   faoliyat   ko‘rsatishi   va   rivojlanishini   ta’minlash   uchun   zarur   bo‘lgan   tadqiqot
ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni
o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda.   Ta’lim turlari Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
1) maktabgacha ta’lim va tarbiya;
2) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3) professional ta’lim;
4) oliy ta’lim;
5) oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
6) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7) maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda.   Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-
axloqiy,   etik,   estetik   va   jismoniy   jihatdan   rivojlantirishga,   shuningdek   bolalarni   umumiy   o‘rta
ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya   olti   yoshdan   etti   yoshgacha   bo‘lgan   bolalarni   boshlang‘ich
ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiyani   tashkil   etish   tartibi   ushbu   Qonun,   shuningdek   «Maktabgacha
ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi   Qonuni   bilan belgilanadi.
9-modda.   Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular etti yoshga to‘ladigan yilda qabul
qilinadi.
Boshlang‘ich   ta’lim   ta’lim   oluvchilarda   umumiy   o‘rta   ta’limni   davom   ettirish   uchun   zarur
bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch   o‘rta   ta’lim   o‘quv   dasturiga   muvofiq   ta’lim   oluvchilarga   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalarning   zaruriy   hajmini   beradi,   ularda   mustaqil   fikrlash   va   tahlil   qilish   qobiliyatini
rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi
bilim   va   ko‘nikmalarni   shakllantirish   uchun   ularni   professional   tashxislash   va   kasb-hunarga
yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi. O‘rta   ta’lim   o‘quv   dasturiga   muvofiq   ta’lim   oluvchilar   tomonidan   zarur   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalar   o‘zlashtirilishini,   shuningdek   ta’limning   keyingi   turi   tanlanishini   hamda   yuqori
malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional   tashxislash   va   kasb-hunarga   yo‘naltirish,   shuningdek   ta’lim   oluvchilarni   yuqori
malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy o‘rta  ta’lim  umumiy o‘rta ta’lim  tashkilotlarida  uzluksiz  tarzda,  majburiy  bo‘lgan o‘n
bir yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta   maxsus   ta’lim   akademik   litseylarda   to‘qqiz   yillik   tayanch   o‘rta   ta’lim   asosida   ikki   yil
mobaynida   amalga   oshiriladi   va   ta’lim   oluvchilarning   intellektual   qobiliyatlarining   jadal
rivojlanishini,   shuningdek   chuqur,   tabaqalashtirilgan,   kasb-xunarga   va   shaxsga   yo‘naltirilgan
ta’lim olishini ta’minlaydi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlarida   umumiy   o‘rta   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   to‘lov-shartnoma   asosida
amalga oshirilishi mumkin.
Iqtidorli   va   iste’dodli   bolalarning   qobiliyatini   rivojlantirish   uchun   Prezident,   ijod   va   boshqa
ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalar,   shuningdek   uzoq   vaqt
davolanishga   muhtoj   bo‘lgan   bolalar   davlat   ixtisoslashtirilgan   ta’lim   muassasalarida,   umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda
ta’lim oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim  tashkilotlarining  sinflarida  (guruhlarida) ta’lim  oluvchilar  soni o‘ttiz  besh
nafardan oshmasligi kerak.
10-modda.   Professional ta’lim
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga
oladi:
1) boshlang‘ich professional ta’lim;
2) o‘rta professional ta’lim;
3) o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich professional ta’lim   kasb-hunar maktablarida  IX sinf bitiruvchilari negizida bepul
asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki
yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim   kollejlarda   davlat  buyurtmasi  yoki to‘lov-shartnoma  asosida  kasblar
hamda   mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda,   davomiyligi   ikki   yilgacha
bo‘lgan kunduzgi,  kechki  va sirtqi  ta’lim  shakllari  bo‘yicha  umumiy  o‘rta,  o‘rta maxsus  ta’lim
hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi. O‘rta   maxsus   professional   ta’lim   texnikumlarda   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus,   boshlang‘ich
professional   va   o‘rta   professional   ta’lim   negizida   davlat   buyurtmasi   yoki   to‘lov-shartnoma
asosida   kasblar   hamda   mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda,   davomiyligi
kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga  qadar  o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi  (to‘qqiz  yillik  umumiy
o‘rta  va   uch  yillik  o‘rta   maxsus,  kasb-hunar  ta’limi)   olgan  fuqarolar  ham   o‘rta  professional   va
o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.
Kasb-hunar   maktablari,   kollejlar   va   texnikumlar   ta’lim   oluvchilarning   o‘zi   tanlagan   kasbga   va
mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga ega.
11-modda.   Oliy ta’lim
Oliy   ta’lim   bakalavriat   ta’lim   yo‘nalishlari   va   magistratura   mutaxassisliklari   bo‘yicha   yuqori
malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy   ma’lumotli   kadrlarni   tayyorlash   oliy   ta’lim   tashkilotlarida   (universitetlar,   akademiyalar,
institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus
(to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim
(to‘qqiz   yillik   tayanch   o‘rta   va   ikki   yillik   boshlang‘ich   professional   ta’lim)   olgan   shaxslar,
shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik
umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish
huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat   oliy   ta’lim   yo‘nalishlaridan   biri   bo‘yicha   chuqurlashtirilgan   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura   tegishli   bakalavriat   negizidagi   aniq   mutaxassislik   bo‘yicha   o‘qish   davomiyligi
kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura   mutaxassisliklarining   va   ularga   muvofiq   bo‘lgan   bakalavriat   ta’lim
yo‘nalishlarining   ro‘yxati   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organi   tomonidan
belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
12-modda.   Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim  doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida
mutaxassislikni  chuqur o‘rganishni va ilmiy  izlanishlar  olib  borishni nazarda  tutadigan  tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori  (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar
izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan  ajralgan holda tashkil etiladigan  oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura   fan   doktori   (Doctor   of   Science   (DSc)   ilmiy   darajasiga   da’vogar   izlanuvchilar
uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik  falsafa doktori   (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor
of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda   tashkil   etiladigan   oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   ixtisosligi   bo‘yicha   oliy
ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Ilmiy   va   ilmiy-pedagogik   kadrlar   tayyorlash,   ilmiy   darajalar   va   ilmiy   unvonlar   berish   tartibi,
shuningdek  harbiy,  tibbiyot  va boshqa ta’lim  tashkilotlarida  oliy  ta’limdan  keyingi  ta’lim  olish
xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.
13-modda.   Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni  qayta  tayyorlash   tayanch  mutaxassisliklar   va kasblarga   muvofiq  bo‘lgan  yo‘nalishlar
bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning
zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim,  malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda
yangilab   borilishini   ta’minlaydi,   kadrlarning   toifasi,   darajasi,   razryadi   va   lavozimi   oshishiga
xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat
ta’lim talablari bilan belgilanadi.
14-modda.   Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning  ehtiyojlarini  qanoatlantirish,  bo‘sh vaqti va  dam olishini  tashkil  etish  uchun davlat
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy,
texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan   tashqari   ta’lim   bolalarga   uzluksiz   ta’lim   berishning   tarkibiy   qismi   sifatida   ularning
iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan   tashqari   ta’lim   tashkilotlari   jumlasiga   bolalar,   o‘smirlar   ijodiyoti   saroylari,   uylari,
klublari va markazlari, «Barkamol avlod» bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar   musiqa   va   san’at   maktablari,   studiyalar,   axborot-kutubxona   hamda   sog‘lomlashtirish
muassasalari kiradi.
Maktabdan   tashqari   ta’lim   berish   tartibi   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organi
tomonidan belgilanadi.
15-modda.   Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
1) ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
2) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
3) dual ta’lim;
4) oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
5) katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
6) inklyuziv ta’lim;
7) eksternat tartibidagi ta’lim;
8) mudofaa,   xavfsizlik   va   huquqni   muhofaza   qilish   faoliyati   sohasida   kadrlar
tayyorlash.
16-modda.   Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur
bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarni   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan   hamda   Internet
jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
17-modda.   Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan
bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish
joyida amalga oshiriladi.
Dual   ta’limni   tashkil   etish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
belgilanadi.
18-modda.   Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim
olishi   va   mustaqil   ta’lim   olish   uslubiy   va   maslahat   yordami   ko‘rsatilgan   holda   tegishli   o‘quv
dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Oilada   ta’lim   olish   va   mustaqil   ta’lim   olish   tartibi,   shuningdek   ta’lim   oluvchilarning   toifalari
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Oilada   ta’lim   olish   bolalar,   oila,   davlat   va   jamiyat   manfaatlarini   hisobga   olgan   holda   davlat
ta’lim   muassasasi   hamda   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   yoki   boshqa   qonuniy   vakillari
o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil   ta’lim   olish   yakka   tartibda   amalga   oshiriladi   hamda   ta’lim   oluvchilarni   kasbiy,
intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada   ta’lim   olgan   va   mustaqil   ta’lim   olgan   shaxslarga   davlat   tomonidan   tasdiqlangan
namunadagi   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatni   berish   davlat   ta’lim   muassasalarining   tasdiqlangan
o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.
19-modda.   Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida o‘qitishning markaziy
tarkibiy   qismi   bo‘lib,   ta’lim   berish   hamda   o‘qitishning   jamiyat   hayotida   va   mehnat   faoliyatida
katta yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi,
shuningdek rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan olingan akkreditatsiyadan
o‘tgan  nodavlat   ta’lim  tashkilotlari  ishtirokidagi   institutsionallashtirilgan   (muayyan  qoidalar   va
normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan ta’limdir.
Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs yoki tashkilot tomonidan
institutsionallashtirilgan   (muayyan   qoidalar   va   normalarni   mujassamlashtiruvchi),   aniq
maqsadga   yo‘naltirilgan   va   rejalashtirilgan   bo‘lib,   shaxsni   butun   hayoti   davomida   o‘qitishdagi
rasmiy ta’limga qo‘shimcha va (yoki) uning muqobilidir.
Informal   ta’lim   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan,   ammo   institutsionallashtirilmagan   (muayyan
qoidalar   va   normalarni   mujassamlashtirmagan),   rasmiy   yoki   norasmiy   ta’limdan   ko‘ra   kamroq
tashkillashtirilgan   va   tarkiblashtirilgandir   hamda   oiladagi,   ish   joyidagi,   yashash   joyidagi   va
kundalik hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
20-modda.   Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga
olgan   holda   barcha   ta’lim   oluvchilar   uchun   ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   olishga   bo‘lgan   teng
imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalar   (shaxslar)   uchun   ta’lim
tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
21-modda.   Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat   tartibidagi  ta’lim   olish  o‘quv  dasturlarini   mustaqil   ravishda  o‘zlashtirishni   o‘z  ichiga
olib,   uning   yakunlari   bo‘yicha   ta’lim   oluvchilardan   davlat   ta’lim   muassasalarida   yakuniy   va
davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
Eksternat   tartibidagi   ta’lim   olishni   tashkil   etish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda.   Mudofaa,   xavfsizlik   va   huquqni   muhofaza   qilish   faoliyati   sohasida   kadrlarni
tayyorlash
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash ularning
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH
23-modda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   ta’lim   sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat   akkreditatsiyasidan,   pedagog   kadrlarni   va   ilmiy
xodimlarni   attestatsiyadan   o‘tkazish,  nodavlat   ta’lim   tashkilotlariga   ta’lim   xizmatlari   ko‘rsatish
faoliyatini   amalga   oshirish   huquqini   beradigan   litsenziyalar   (bundan   buyon   matnda   litsenziya
deb yuritiladi) berish, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini belgilaydi;
pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini
belgilaydi;
xorijiy   davlatlarning   ta’lim   muassasalariga   O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   ta’lim   faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi;
davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi;
eksternat   tartibida   o‘qitishga   yo‘l   qo‘yilmaydigan   ta’lim   yo‘nalishlari,   mutaxassisliklar   va
kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi; faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar
ro‘yxatini tasdiqlaydi;
davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy
ta’lim   tashkilotlari   (davlat   ulushi   bo‘lgan   nodavlat   oliy   ta’lim   tashkilotlari,   qo‘shma   ta’lim
muassasalari,   davlat-xususiy   sheriklik   asosida   tashkil   etiladigan   ta’lim   muassasalari   va
boshqalar)   rektorlarini   (rahbarlarini)   lavozimga   tayinlaydi   hamda   egallab   turgan   lavozimidan
ozod etadi;
ta’lim   oluvchilarni   akkreditatsiya   qilingan   bir   ta’lim   tashkilotidan   boshqasiga   ko‘chirish,
shuningdek ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi;
ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
mehnat   bozori   talablarini   prognoz   va   tahlil   qilish   asosida   ta’lim   tashkilotlarida   kadrlarni
tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
ta’lim   tashkilotlariga   nisbatan   moddiy-texnik,   infratuzilmaviy   va   parametrik   talablarni
belgilaydi;
darsliklar   va   o‘quv   qo‘llanmalarini   tayyorlash   hamda   nashr   etish   tartibini,   shuningdek   ularni
etkazib   berishga   va   ulardan   ta’lim   tashkilotlarida   foydalanishga   qo‘yiladigan   talablarni
belgilaydi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
24-modda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Ta’lim   sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Ta’lim   sifatini   nazorat   qilish   davlat
inspeksiyasi   (bundan   buyon   matnda   Ta’lim   inspeksiyasi   deb   yuritiladi)   ta’lim   tizimida   o‘quv-
tarbiya   jarayoni,   professor-o‘qituvchilar   tarkibi,   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va
ularning   malakasini   oshirish   sifati   ustidan   nazorat   qilish   sohasida   davlat   siyosatini   amalga
oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim inspeksiyasi:
ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat   akkreditatsiyasidan,   shuningdek   ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi; maktabgacha,   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus,   professional   va   maktabdan   tashqari   ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayonini nazorat
qiladi hamda unda ishtirok etadi;
nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi;
ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
aniqlangan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari yuzasidan tegishli davlat boshqaruvi
organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
Ta’lim   inspeksiyasi   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   vakolatlarni   ham   amalga   oshirishi
mumkin.
25-modda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi:
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarda   yoshlarni   aniqlash,   tanlash,   o‘qitish   va
tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaydi;
davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablar   faoliyatini
yagona tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarning   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlaydi,
mazkur   maktablarda   bino   va   inshootlarni   ekspluatatsiya   qilish   ishlarini   monitoring   qiladi   va
muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
26-modda.   Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi,   Xalq   ta’limi   vazirligi,   Oliy   va   o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlaridir.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ta’lim   tashkilotlari   faoliyatini   muvofiqlashtiradi   va   ularga   uslubiy   rahbarlik   qilishni   amalga
oshiradi; davlat ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti) va davlat
ta’lim   talablarida   kadrlarning   ma’lumoti   darajasiga   va   kasbiy   tayyorgarligi   sifatiga   qo‘yilgan
talablarning ta’lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat   ta’lim   standartlari   (shu   jumladan   maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya   davlat   standartini)   va
davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni tasdiqlaydi;
ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibini belgilaydi;
professional   ta’limning   kasblar   va   mutaxassisliklar,   oliy   ta’limning   bakalavriat   ta’lim
yo‘nalishlari   va   magistratura   mutaxassisliklari,   shuningdek   bilim   sohalari   va   ta’lim   sohalari
ro‘yxatini belgilaydi;
ta’lim-tarbiya   jarayoniga   o‘qitishning   ilg‘or   shakllari,   yangi   pedagogik   texnologiyalar,
o‘qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim   tashkilotlarida   kadrlarning   kasbiy   tayyorgarligi   sifatini   oshirishga   qaratilgan   chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi;
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi;
o‘zlashtirishni baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini
tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat tartibida ta’lim
oluvchilarning toifalarini belgilaydi;
davlat   oliy   ta’lim   muassasalarining   rektorlarini   tayinlash   to‘g‘risida   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning
malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab chiqadi;
ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
27-modda.   Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta’lim   sohasidagi   vakolati   davlat   boshqaruvi   organlari   bilan   kelishilgan   holda   davlat   ta’lim
muassasalarini   tashkil   etadi,   qayta   tashkil   etadi   va   tugatadi,   bundan   respublika   tasarrufidagi
ta’lim muassasalari mustasno;
o‘z   vakolatlari   doirasida   tegishli   hududda   davlat   ta’lim   muassasalari   uchun   moliyalashtirish
hajmini belgilaydi; fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari,   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   va   fuqarolik
jamiyatining   boshqa   institutlari   bilan   ta’lim   tashkilotlarini   rivojlantirish   masalalari   yuzasidan
hamkorlik qiladi;
davlat   umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalariga   biriktirilgan   hududlarni   (mikrouchastkalarni)
belgilaydi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
ta’lim   oluvchilar   uchun   sifatli   ta’limni,   tarbiyani   ta’minlash,   ularning   iste’dodini   shakllantirish
va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab
chiqadi;
o‘z   vakolatlari   doirasida   ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklikni   rivojlantiradi   va   nodavlat
ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   vakolatlarni   ham
amalga oshirishi mumkin.
28-modda.   Ta’lim tashkilotini boshqarish
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
1) pedagogik kengash;
2) kuzatuv (vasiylik) kengashi;
3) oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
4) ta’lim tashkilotining rahbari.
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi.
  TA’LIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING NAZORATINI AMALGA
OSHIRISH
29-modda.   Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi
O‘zbekiston   Respublikasining   ta’lim   tashkilotlari   va   ularning   filiallari,   shuningdek   xorijiy
davlatlar ta’lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Oilaviy   nodavlat   maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   shaklidagi   ta’lim   xizmatlari   yakka   tartibdagi
tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   litsenziya   olingan   kundan   e’tiboran   ta’lim   faoliyati   bilan
shug‘ullanishga haqli.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlari asosida yuritadi. Ta’lim   tashkilotlari   o‘quv-tarbiya   va   o‘quv-ilmiy-ishlab   chiqarish   majmualariga   birlashishga
haqli.
Ta’lim   tashkilotlarida   siyosiy   partiyalarning   tashkiliy   tuzilmalarini   tashkil   etishga   yo‘l
qo‘yilmaydi.
30-modda.   Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Davlat   oliy   ta’lim,   o‘rta   maxsus,   professional   ta’lim   muassasalari   va   ularning   filiallari,
shuningdek  davlat  ishtirokidagi   oliy,  o‘rta  maxsus,  professional  ta’lim  tashkilotlari  va  ularning
filiallari   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   yoki   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Iqtisodiyotning   va   ijtimoiy   sohaning   oliy   ma’lumotli   malakali   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojlarini,
shuningdek aholining oliy ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida mamlakat
hududida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa
bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin.
Xorijiy   oliy   ta’lim   tashkilotlarining   bo‘linmalari   O‘zbekiston   Respublikasida   yuridik   shaxs
maqomi bilan tashkil etiladi.
Xorijiy   oliy   ta’lim   tashkilotlarining,   shuningdek   xalqaro   tashkilotlarning   ta’lim   muassasalari
filiallari   (markazlari,   ta’lim   kampuslari)   va   boshqa   bo‘linmalari   faoliyatini   tashkil   etish
masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida;
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari
va kurslari shaklida tashkil etiladi.
Davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:
respublika bo‘ysunuvida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   hokimliklari   bilan   kelishgan
holda;
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahri   bo‘ysunuvida   tegishincha
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   hokimliklari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda;
tumanlar  va shaharlar  bo‘ysunuvida tumanlar  va shaharlar  hokimliklari  tomonidan  O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi. Ta’lim   tashkilotlarini   qayta   tashkil   etish   va   tugatish   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda
amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   tashkil   etish,   qayta   tashkil   etish   va   tugatish   to‘g‘risidagi   ma’lumotlar
davlat statistika organlariga, Ta’lim inspeksiyasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi.
31-modda.   Nodavlat ta’lim tashkilotlari
Nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   litsenziya   talablariga   va   shartlariga   muvofiq   ta’lim   xizmatlari
ko‘rsatadi.
Davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablariga   muvofiq   ta’lim   xizmatlarini   ko‘rsatuvchi
nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   bitiruvchilarga   davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim
to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari
ko‘rsatadigan   nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   bitiruvchilarga   O‘zbekiston   Respublikasida   tan
olinadigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   normativ-huquqiy   hujjatlar   talablariga   muvofiq   ta’lim-tarbiya
jarayonini   tashkil   etish   uchun   zarur   shart-sharoitlar   yaratish   va   yuqori   kasbiy   mahoratga   ega
bo‘lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish ta’lim
oluvchi   yoxud   uning   ota-onaci   yoki   boshqa   qonuniy   vakillari   va   nodavlat   ta’lim   tashkiloti
o‘rtasida   tuziladigan,   o‘qitish   muddatlari,   shartlari   va   to‘lovlari,   tomonlarning   huquq   va
majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
32-modda.   Ta’lim tashkilotining ustavi
Ta’lim   tashkilotining   ustavi   ta’lim   turlarining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   inobatga   olgan   holda
ishlab chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko‘rsatiladi:
 ta’lim turi va shakli;
 ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari;
 o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
 ta’lim tashkilotiga qabul qilish tartibi;
 ta’lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
 ta’lim   oluvchilar,   pedagog   kadrlar,   o‘quv-tarbiya   ishlari   bo‘yicha   xodimlar,
ma’muriy-boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;  ta’lim tashkilotining mol-mulki va vositalari;
 ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy   o‘rta   ta’lim   tashkilotlari,   ixtisoslashtirilgan   maktablar   va   maktabdan   tashqari   ta’lim
tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablar   uchun   —   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarni   rivojlantirish   agentligi
tomonidan;
oliy   ta’lim   muassasalari   huzuridagi   ixtisoslashtirilgan   maktablar,   o‘rta   maxsus,   professional   va
oliy ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun —
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining ta’sischilari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy
tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
33-modda.   Ta’lim berish tili
Ta’lim   tashkilotlarida   o‘qitish   tilidan   foydalanish   tartibi   «Davlat   tili   haqida»gi   O‘zbekiston
Respublikasi   Qonuni   bilan tartibga solinadi.
34-modda.   Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni
va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim   oluvchilarning   jismoniy,   shaxsiy,   intellektual,   ilmiy   va   kasbga   oid   sifatlari   to‘g‘risidagi
normalarni belgilaydi.
Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   maktabgacha   ta’lim   va   tarbiyaning   davlat   standarti
qo‘llaniladi.
Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari
uchun   majburiydir,   bundan   ushbu   moddaning   beshinchi   qismida        nazarda   tutilgan   hollar
mustasno. Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   mustaqil   ishlab   chiqilgan   va   litsenziyada   ko‘rsatilgan   o‘quv
dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlari, malaka
talablari, oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda professional ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini
belgilaydi.
Tayanch   davlat   oliy   ta’lim   va   professional   ta’lim   muassasalari   kadrlarning   talabgorlari
ishtirokida   davlat   ta’lim   standartlarini,   malaka   talablarini,   o‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlarini
tayyorlashni   amalga   oshiradi.   Davlat   ta’lim   standartlari   kasbiy   standartlar   asosida   ishlab
chiqiladi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi   umumiy   o‘rta   ta’limning   davlat   ta’lim
standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy,   professional,   o‘rta   maxsus   va   umumiy   o‘rta   ta’limning   davlat   ta’lim   standartlari,   malaka
talablari,   o‘quv   rejalari   va   o‘quv  dasturlari   tegishincha   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta
maxsus   ta’lim   vazirligi,   Xalq   ta’limi   vazirligi   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarni   rivojlantirish   agentligi
tomonidan   tasdiqlanadi.   Tegishli   vakolatlar   berilgan   boshqa   vazirliklar,   davlat   qo‘mitalari   va
idoralar   davlat   ta’lim   standartlarini   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim
vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy,   aqliy,   sensor  (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   shaxslarni   o‘qitish   maxsus   o‘quv
dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalariga
mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari, malaka talablari hamda o‘quv rejalari
asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vakolatlarni berishi mumkin.
35-modda.   Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish
O‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlari   tegishli   ta’lim   bosqichlarining   maqsad   hamda   vazifalari
asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli   davlat   ta’lim   muassasalari   va   tashkilotlaridagi   o‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlarining
mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarni   rivojlantirish   agentligi   hamda   Oliy   va   o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim   fanlarining   o‘quv   dasturlari   shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirishga,   ta’lim
oluvchilarda   bilim,   malaka,   ko‘nikmalarni,   saviyani   shakllantirishga   va   ularning   qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga   oid   fanlarning   o‘quv   dasturlari   ta’lim   oluvchilar   tomonidan   tegishli   kasblar   va
mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim  jarayoniga  o‘quv rejalari  va o‘quv dasturlarini  joriy etish ta’lim  tashkilotlari  tomonidan
amalga oshiriladi.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
o‘qitishning   innovatsion   shakllari   va   usullari,   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari
qo‘llaniladi.
Ta’lim   jarayoniga   o‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlarini   joriy   etish   chog‘ida   ta’lim   tashkilotlari
kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
O‘quv   rejasida,   qoida   tariqasida,   ta’lim   jarayonining   jadvali,   o‘qitishning   boshlanishi,   muddati
va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan
haftalar   soni,   o‘rganiladigan   fanlar   (modullar)   va   ularga   ajratilgan   soatlar   (kreditlar)   hamda
boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional   va   oliy   ta’lim,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirishga   doir
o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.
Ta’lim   oluvchilarning   amaliyotni   o‘tash   tartibi   va   uni   tashkil   etish   ta’lim   sohasidagi   vakolatli
davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional   va   oliy   ta’limga   doir   o‘quv   rejalari   davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq
mutaxassislik   fanlaridan,   shuningdek   umumkasbiy,   matematika,   tabiiy-ilmiy,   gumanitar   va
qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv   rejalariga   davlat   boshqaruvi   organlarining   topshiriqlariga   asosan   va   ushbu   Qonunda
nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
36-modda.   Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat
Ta’lim   sohasidagi   eksperimental   va   innovatsion   faoliyat   ta’limni   modernizatsiya   qilish
maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga,
ularni sinovdan o‘tkazishga  hamda ta’lim  jarayoniga  joriy etishga qaratilgan.  Eksperimental  va
innovatsion   faoliyatni   amalga   oshirish   tartibi   va   shartlari   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari
innovatsion   o‘quv   dasturlari   va   loyihalarini   amalga   oshirish   hamda   ularning   natijalarini
amaliyotga joriy etish uchun o‘z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi.
Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan
oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga
joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim jarayonining
yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Ta’lim tashkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan
foydalanishi mumkin.
37-modda.   Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida Internet
jahon   tarmog‘ida   joylashtiriladigan   ta’lim   tashkilotlari   faoliyati   to‘g‘risidagi   ochiq   axborot
resurslari bilan ta’minlanadi.
Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
1) ta’lim tashkilotining ustavi;
2) ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;
3) davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
4) ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
5) litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
6) ta’lim tashkilotining reytingi;
7) ta’lim   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   davlat   akkreditatsiyasi   to‘g‘risidagi
sertifikat;
8) ilmiy   tadqiqotlar   yo‘nalishlari   va   natijalari,   shuningdek   ularni   amalga   oshirish
uchun ilmiy-tadqiqot bazasi to‘g‘risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);
9) ta’lim   oluvchilarga   stipendiyalar   berish   tartibi,   ularga   ijtimoiy   yordam
ko‘rsatishning mavjudligi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
10) vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek
to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
11) pedagoglar   va   ta’lim   oluvchilarning   soni,   shuningdek   pedagoglarning   ilmiy
salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ta’lim   tashkilotlarining   rasmiy   veb-saytlariga   joylashtiriladigan   axborotning   ishonchligini
ta’minlash uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.
Ayrim   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyati   to‘g‘risidagi   axborotdan   foydalanish   qonun   hujjatlarida
belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin. 38-modda.   Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish
Ta’lim   tashkilotlariga   o‘qishga   qabul   qilish   barcha   talabgorlar   uchun   ta’lim   olishga   doir   teng
imkoniyatlarning   ta’minlanishi   prinsipi   asosida   amalga   oshiriladi,   shaxslarning   ayrim   toifalari
bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini
ustav,   litsenziya   (nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   uchun),   davlat   akkreditatsiyasi   to‘g‘risidagi
sertifikat,   o‘quv   dasturi   hamda   ta’lim   faoliyatini   tartibga   soluvchi   boshqa   hujjatlar,   ta’lim
oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining
yoki   boshqa   qonuniy   vakillarining   roziligiga   va   tibbiy-psixologik-pedagogik   komissiyaning
xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim   ta’lim   tashkilotlariga   (oliy   ta’lim   muassasalariga,   akademik   litseylarga,   Prezident,   ijod,
ixtisoslashtirilgan   maktablar   va   boshqalarga)   o‘qishga   qabul   qilish   tanlov   asosida   amalga
oshiriladi.   Ta’lim   tashkilotlariga   tanlov   asosida   o‘qishga   qabul   qilish   chog‘ida   tanlov
ishtirokchilariga tanlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat   oliy   ta’lim   va   professional   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   qabul   qilish   davlat   granti   va
(yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   qabul   qilish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari tomonidan
belgilanadi.
CHet   ellik   fuqarolarni   O‘zbekiston   Respublikasining   davlat   ta’lim   muassasalariga   qabul   qilish
to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat  granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari  O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   qabul   qilish   chog‘ida   imtiyozli   kontingent   uchun
qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.
39-modda.   Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   maqsadli   qabul   qilish   tegishli   hududlarning,   sohalar   va
tarmoqlarning   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan   holda   ular   uchun   belgilangan
ta’lim oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   maqsadli   qabul   qilish   kadrlar   buyurtmachilari,   davlat
ta’lim muassasalari va fuqarolar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlat   ta’lim   muassasalariga   maqsadli   qabul   qilish   tartibida   o‘qishga   kirish   umumiy   asoslarda
tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda.   Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat
Akkreditatsiya   qilingan   ta’lim   tashkilotlarining   davlat   ta’lim   standartlariga   va   davlat   ta’lim
talablariga   muvofiq   ta’lim   olgan   bitiruvchilariga   davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi
ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjat   (shahodatnoma,   diplom,   sertifikat,   guvohnoma)   beriladi.   Davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil
ta’lim   olgan   hamda   akkreditatsiya   qilingan   davlat   ta’lim   muassasalarining   tegishli   o‘quv
dasturlari bo‘yicha eksternat tartibida yakuniy va davlat attestatsiyasidan o‘tgan shaxslarga ham
beriladi.
O‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga o‘zlashtirilgan
fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlar bo‘yicha baholari yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Tegishli   ilmiy   darajani   olish   uchun   dissertatsiya   himoya   qilgan   shaxslarga   falsafa   doktori
(Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy  darajasi beriladi
va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
O‘zbekiston   Respublikasining   va   xorijiy   davlatlarning   hukumatlari   o‘rtasidagi   ikki   tomonlama
bitimlar asosida ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish amalga oshirilishi mumkin.
Uzluksiz   ta’limning   tegishli   turini   tamomlamagan   shaxslarga   belgilangan   namunadagi
ma’lumotnoma beriladi.
Davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjat,   shuningdek   nodavlat
ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   beriladigan   O‘zbekiston   Respublikasida   tan   olinadigan   ta’lim
to‘g‘risidagi   hujjat   uzluksiz   ta’limning   keyingi   turi   (darajasi)   bo‘yicha   o‘qishni   davom   ettirish
yoki tegishli mutaxassislik va kasb bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Xorijiy davlatlarning va O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan
shartnoma   asosida   ularning   bitiruvchilariga   O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   oliy   ma’lumot
to‘g‘risidagi   hujjat   sifatida   tan   olinadigan   ikki   tomonlama   diplom   (Double   Diploma)   berilishi
mumkin.
41-modda.   Ta’lim tashkilotlarining reytingi
Ta’lim tashkilotlarining reytingi:
 ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
 ilmiy-pedagogik   faoliyat   darajasining   o‘sishini   va   sifatining   oshishini
rag‘batlantirish;
 pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;  o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish;
 mehnat   bozorida   talab   yuqori   bo‘lgan   malakali   kadrlar   tayyorlash   maqsadlarida
belgilanadi.
Reytingni   belgilash   uchun   ta’lim   tashkiloti   tomonidan   taqdim   etilgan   ma’lumotlarning
ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar bo‘ladi.
42-modda.   Ta’lim tizimidagi monitoring
Ta’lim   tizimidagi   monitoring   ta’limning   holatini,   ta’lim   natijalarining   o‘zgarishi   sur’atlarini,
ta’lim   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   yaratilgan   shart-sharoitlarni   o‘rganish   va   kuzatishni,
shuningdek ta’lim oluvchilarning kontingenti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqaruv qarorlari
qabul qilinishini tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim   tashkilotlarining   monitoringi   Ta’lim   inspeksiyasi,   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat
boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim   holatining   tahlili   va   uni   rivojlantirish   istiqbollari   to‘g‘risidagi   axborot   Ta’lim
inspeksiyasining,   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlarining   va   ular   hududiy
bo‘linmalarining, shuningdek ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ta’lim   tizimidagi   ma’lumotlar   jumlasiga   rasmiy   statistika   ma’lumotlari,   ta’lim   tizimi
monitoringi   natijalari,   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlarining   va   ular
hududiy   bo‘linmalarining,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlarining   hamda   ta’lim
tashkilotlarining ma’lumotlari kiradi.
43-modda.   Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
Ta’lim   sohasidagi   davlat   nazorati   berilayotgan   ta’limning   mazmuni   va   sifati   davlat   ta’lim
standartlariga, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga, shuningdek ushbu Qonun talablariga
muvofiqligini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlari   ta’lim   sifati   ustidan   nazoratni   amalga   oshirishda   Ta’lim   inspeksiyasiga,
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga ko‘maklashadi.
Ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   berilayotgan   ta’limning   mazmuni   va   sifati   ta’lim   to‘g‘risidagi
qonun   hujjatlariga   nomuvofiqligi   aniqlangan   hollarda   Ta’lim   inspeksiyasi   nomuvofiqlikni
bartaraf   etish   yuzasidan   ularga   taqdimnoma   kiritadi.   Aniqlangan   nomuvofiqlik   bartaraf
etilmagan taqdirda Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi
sertifikatini qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilishga haqli.
Ta’lim   sifati   ustidan   nazorat   qilish   vakolatlariga   ega   bo‘lmagan   organlar   tomonidan   ta’lim
tashkilotlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni tashkil etilishini, pedagog xodimlarining mehnat
faoliyatini, ta’lim oluvchilarining o‘zlashtirishini tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining
huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish   bo‘yicha   vakilni   xabardor   qilgan   holda
nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
  TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOG XODIMLARINING HUQUQIY MAQOMI
44-modda.   Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli  ma’lumoti,   kasbiy  tayyorgarligi  bo‘lgan   va  ma’naviy-axloqiy   fazilatlarga   ega  shaxslar
pedagogik   faoliyat   bilan   shug‘ullanish   huquqiga   ega.   Magistraturani   tamomlagan   shaxslar   va
diplomli   mutaxassislar   o‘z   mutaxassisligi   bo‘yicha   pedagogik   faoliyat   bilan   shug‘ullanish
huquqiga ega.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga
ega   bo‘lmagan   shaxslarga   qayta   tayyorlash   kurslaridan   o‘tganidan   keyin   ta’lim   tashkilotlarida
(bundan   oliy   ta’lim   tashkilotlari   mustasno)   pedagogik   faoliyat   bilan   shug‘ullanish   huquqi
beriladi.
Ishlab   chiqarish   ta’limi   ustalari   qayta   tayyorlash   kurslaridan   o‘tmasdan   professional   ta’lim
tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek
tegishli   bilim   hamda   amaliy   ko‘nikmalarga   ega   bo‘lgan,   oliy   ma’lumoti   bo‘lmagan   boshqa
mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
45-modda.   Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
Pedagog   xodimlarning   maqomi   jamiyat   va   davlat   tomonidan   tan   olinadi.   Pedagog   xodimlar
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi
va   obro‘sini   oshirish   uchun   tashkiliy-huquqiy   shart-sharoitlar   yaratiladi,   shuningdek   o‘z   huquq
va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si
davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning
bilimlarini   to‘g‘ri   va   xolis   baholashga   ta’sir   ko‘rsatishga,   shuningdek   ushbu   pedagog
xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv   dasturlari   doirasida   mualliflik   dasturlarini   ishlab   chiqish   va   joriy   etish,   o‘qitish
uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish,
ijodiy faollik ko‘rsatish; zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini  erkin tanlash hamda
ulardan foydalanish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
o‘quv,   ilmiy   va   uslubiy   yo‘nalishlardagi   axborot-resurs   markazlarining   xizmatlaridan   bepul
foydalanish;
davlat  ta’lim  standartlarini,  davlat  ta’lim  talablarini,  malaka  talablarini,  o‘quv rejalari  va  o‘quv
dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish,
innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim   tashkilotini   boshqarishda,   shuningdek   ta’lim   tashkilotining   faoliyati   bilan   bog‘liq
masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba   uyushmalari   va   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   a’zosi   bo‘lish,   xodimlarining   vakillari
bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;
o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagog
xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari
va tashkilotlari uchun);
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa
ishga jalb qilish taqiqlanadi.
46-modda.   Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
 ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarining   sha’ni,   qadr-qimmati   va   ishchanlik
obro‘sini hurmat qilishi;
 o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
 axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda
innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
 ta’lim  oluvchilarning  psixologik va o‘ziga xos  xususiyatlarini,  jismoniy va ruhiy
salomatligini,   fiziologik   rivojlanishini   hisobga   olishi,   jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)
yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   shaxslarni   o‘qitish   uchun   shart-sharoitlar   yaratilishiga
e’tibor qaratishi;  voyaga etmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi
yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
 ta’lim   tashkilotining   ustaviga   va   (yoki)   boshqa   ta’sis   hujjatlariga,   ichki   mehnat
tartibi qoidalariga rioya etishi;
 o‘z   malakasini   muntazam   ravishda   oshirib   borishi,   egallab   turgan   lavozimiga
muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
 tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagog   xodimlarning   zimmasida   qonun   hujjatlariga,   shuningdek   ta’lim   oluvchi   va   ta’lim
tashkiloti   o‘rtasida   tuziladigan   shartnomaga   muvofiq   boshqa   majburiyatlar   ham   bo‘lishi
mumkin.
Pedagog   xodimlarga   pedagogik   faoliyatni   amalga   oshirishda   axloq   va   etika   normalariga   zid
harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
  TA’LIM OLUVCHILARNING, ULAR OTA-ONASINING HAMDA BOSHQA
QONUNIY VAKILLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
47-modda.   Ta’lim oluvchilarning huquqlari
Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
 bepul   asosda   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’lim   va   boshlang‘ich   professional
ta’lim olish;
 yashash   joyidagi   (mikrohududdagi)   davlat   umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasasiga
qabul qilinish;
 ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;
 davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim   talablari   va   o‘quv   dasturlariga   muvofiq
sifatli ta’lim olish;
 ta’lim olish uchun o‘zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga
olingan   holda   zarur   shart-sharoitlarga   ega   bo‘lish,   shuningdek   bepul   psixologik-tibbiy
xizmatlardan foydalanish;
 davlat   ta’lim   muassasasi   tomonidan   belgilangan   tartibga   muvofiq,   professional
ta’lim   va   oliy   ta’limning   davlat   ta’lim   standartlari   talablariga   binoan   ishlab   chiqilgan,
o‘zi oladigan ta’limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;
 pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan
hayoti   va   sog‘lig‘iga   qilinadigan   har   qanday   jismoniy   hamda   ruhiy   zo‘ravonlikdan,
shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;
 ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;  akademik   ta’tillar   va   stipendiyalar   olish,   o‘qishni   tiklash   va   o‘qishini   boshqa
ta’lim   tashkilotlariga,   bir   ta’lim   shaklidan,   kasbdan,   ta’lim   yo‘nalishidan,
mutaxassisligidan boshqasiga ko‘chirish;
 ta’lim   tashkilotini   boshqarishga   doir   masalalarni   muhokama   qilishda   ishtirok
etish;
 ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish,
madaniy, sport va maishiy ob’ektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
 ta’lim   tashkilotining   ilmiy-tadqiqot,   tajriba-konstruktorlik,   ilmiy-texnikaviy,
eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.
Ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish
taqiqlanadi.
48-modda.   Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
Ta’lim oluvchilar:
o o‘quv   dasturlari   asosida   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarni   o‘zlashtirishi,
mashg‘ulotlarga   qatnashishi,   ularga   mustaqil   tayyorgarlik   ko‘rishi,   pedagog
xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
o ta’lim-tarbiya   jarayonining   boshqa   ishtirokchilariga   nisbatan   jismoniy   va   (yoki)
ruhiy   zo‘ravonlik   ishlatmasligi   va   ularning   o‘z   majburiyatlarini   bajarishiga   to‘sqinlik
qilmasligi;
o ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari
qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki
hujjatlar talablariga rioya etishi;
o axloqiy,   ma’naviy   va   jismoniy   kamol   topishga   hamda   o‘z   dunyoqarashini
kengaytirishga intilishi;
o ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarining   sha’ni,   qadr-qimmati   va   ishchanlik
obro‘sini hurmat qilishi;
o ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
49-modda.   Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilarning   kiyim-boshiga   doir   talablar   O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ta’lim   oluvchilarning   ayrim   toifalari   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   byudjeti   mablag‘lari
hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
50-modda.   Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilarni   vaqtincha   yashash   joylari   bilan
ta’minlash
Kunduzgi   ta’lim   shaklidagi   ta’lim   tashkilotida   ta’lim   oluvchilarga,   shuningdek   sirtqi   ta’lim
shaklida   yakuniy   va   oraliq   attestatsiya   davrida   vaqtincha   yashash   joylari,   ular   mavjud   bo‘lgan
taqdirda beriladi.
Vaqtincha   yashash   joylari   ta’lim   oluvchilarga   ta’lim   tashkiloti   tomonidan   belgilangan   tartibga
muvofiq beriladi.
Vaqtincha   yashash   joylariga   muhtojlar   mavjud   bo‘lgan   hollarda,   ushbu   joylardan   boshqa
maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vaqtincha   yashash   joylaridan   foydalanish   uchun   ta’lim   tashkiloti   bilan   tuzilgan   shartnomaga
muvofiq haq to‘lanadi.
Vaqtincha   yashash   joyidan   foydalanganlik   uchun   to‘lov   miqdori   ta’lim   tashkiloti   tomonidan
belgilanadi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   ayrim   turdagi   ta’lim   oluvchilar   uchun   vaqtincha   yashash   joyidan
foydalanganlik  uchun to‘lov qiymatini  kamaytirishga  yoki ularni  to‘lovdan  to‘liq  ozod qilishga
haqli.   Etim   bolalar   va   ota-ona   qaramog‘idan   mahrum   bo‘lgan   bolalar,   shuningdek   o‘qitish
davrida etim bo‘lib qolgan bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan
bolalar (shaxslar) vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi.
51-modda.   Voyaga   etmagan   ta’lim   oluvchilar   ota-onasining   hamda   boshqa   qonuniy
vakillarining huquq va majburiyatlari
Voyaga   etmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy   vakillari   bolaning   o‘qishi,
tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir.
Mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari,   fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   va   ta’lim
tashkilotlari   voyaga   etmagan   ta’lim   oluvchilarni   tarbiyalashda,   ularning   jismoniy   hamda   ruhiy
sog‘lig‘ini   muhofaza   qilish   va   mustahkamlashda,   shuningdek   individual   qobiliyatlarini
rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga ko‘maklashadi.
Voyaga   etmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy   vakillari   quyidagi
huquqlarga ega:
 jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalarga,
shuningdek   uzoq   vaqt   davolanishga   muhtoj   bo‘lgan   bolalarga   oilada   ta’lim   olish
imkoniyatini berish;  oilada   ta’lim   olayotgan   bolaning   fikrini   inobatga   olgan   holda   uning   o‘qishini
ta’limning   har   qanday   bosqichida   ta’lim   tashkilotida   davom   ettirish   to‘g‘risida   qaror
qabul qilish;
 ta’lim   tashkilotlari   bilan   hamkorlik   qilish,   ta’lim-tarbiya   jarayonini
takomillashtirish,   moddiy-texnika   bazasini   rivojlantirish,   ta’lim   tashkilotlariga   xayriya
yordami ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;
 ta’lim   tashkilotining   ustavi   va   (yoki)   boshqa   ta’sis   hujjati,   litsenziyasi,   davlat
akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikati, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari,
malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan tanishish;
 ta’limning   mazmuni,   qo‘llanilayotgan   ta’lim   va   tarbiya   usullari,   ta’lim
texnologiyalari   bilan,   shuningdek   o‘z   bolalarining   o‘quv   fanlarini   o‘zlashtirishi
natijalari bilan tanishish;
 ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
 ta’lim   tashkilotini   boshqarishga   doir   masalalarni   muhokama   qilishda   ishtirok
etish.
Voyaga etmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Voyaga etmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:
 o‘z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
 bolalarining   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’lim   yoki   boshlang‘ich   professional
ta’lim olishini ta’minlashi;
 bolalarining   o‘quv   mashg‘ulotlariga   qatnashishini   ta’minlash   va   o‘zlashtirishi
ustidan nazoratni amalga oshirish;
 o‘z   bolalarining   intellektual,   ma’naviy   va   jismoniy   rivojlanishi   uchun   shart-
sharoitlar yaratishi;
 ta’lim   tashkilotining   ta’lim-tarbiya   jarayonini   tartibga   soluvchi   ichki   tartib-
qoidalariga rioya etishi;
 jismoniy   va   yuridik   shaxslar   bilan   munosabatlarda,   shu   jumladan   sudda   maxsus
vakolatlarsiz   o‘z   bolalarining   ta’lim   sohasidagi   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini
himoya qilishi;
 ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi
shart.
Voyaga etmagan  ta’lim  oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari  zimmasida qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.   TA’LIM-TARBIYA JARAYONI ISHTIROKCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH
52-modda.   Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilar   qonun hujjatlariga  muvofiq  imtiyozlar,  stipendiyalar  va
vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonun hujjatlariga, o‘z
ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi.
Davlat   ijtimoiy   himoya   qilishni   ta’minlash   maqsadida   kam   ta’minlangan   oilalardagi   bolalar,
jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalar   (shaxslar)   uchun,
shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
53-modda.   Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   xodimlariga   qisqartirilgan   ish   vaqti   davomiyligi   belgilanadi,
haq to‘lanadigan har yilgi uzaytirilgan ta’til va boshqa imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   va   boshqa   xodimlariga   sanitariya-gigienaga   oid,   epidemiyaga
qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sog‘liqni saqlash kafolatlanadi.
Ta’lim  tashkilotlari  mehnatga haq to‘lash uchun mavjud bo‘lgan  mablag‘lar  doirasida mustaqil
ravishda ish haqiga, lavozim  maoshlariga tabaqalashtirilgan  ustamalar belgilashga  va mehnatga
haq to‘lash hamda uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.
54-modda.   Etim   bolalarni   va   ota-onasining   yoki   boshqa   qonuniy   vakillarining
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti
Etim   bolalarni   va   ota-onasining   yoki   boshqa   qonuniy   vakillarining   qaramog‘idan   mahrum
bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
55-modda.   Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalarni
(shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash
Davlat   jismoniy,   aqliy,   sensor  (sezgi)   yoki  ruhiy  nuqsonlari   bo‘lgan  bolalarning   (shaxslarning)
davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim
muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi. Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan,   shuningdek   uzoq   vaqt
davolanishga   muhtoj   bo‘lgan   bolalarni   o‘qitish   hamda   tarbiyalash   uchun   davlat
ixtisoslashtirilgan   ta’lim   muassasalari   tashkil   etiladi.   Ta’lim   oluvchilarni   ushbu   ta’lim
muassasalariga   yuborish va  ulardan  chetlatish  ota-onasining  yoki  boshqa qonuniy  vakillarining
roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo‘ladi.
56-modda.   Ijtimoiy   reabilitatsiyaga   muhtoj   bo‘lgan   bolalarni   (shaxslarni)   o‘qitish   va
tarbiyalash
Alohida sharoitlarda o‘qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning
ta’lim   olishini,   kasbiy   tayyorgarligini   va   ijtimoiy   reabilitatsiya   qilinishini   ta’minlaydigan
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan   mahrum   qilish   tarzida   jazoni   ijro   etish   muassasalarida   saqlanayotgan   bolalarning
(shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
  NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH,
TA’LIM TASHKILOTLARINI ATTESTATSIYADAN VA DAVLAT
AKKREDITATSIYASIDAN O‘TKAZISH. XORIJIY DAVLATDA OLINGAN TA’LIM
TO‘G‘RISIDAGI HUJJATNI TAN OLISH, TA’LIM SOHASIDAGI HUJJATLARGA
APOSTIL QO‘YISH
57-modda.   Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyatini   litsenziyalash   «Faoliyatning   ayrim   turlarini
litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi   Qonuni   bilan tartibga solinadi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlariga   litsenziya   berish,   litsenziyaning   amal   qilishini   to‘xtatib   turish
yoki   tugatish,   shuningdek   uni   bekor   qilish   va   qayta   rasmiylashtirish   Ta’lim   inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning har bir turi uchun alohida beriladi.
58-modda.   Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish
O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   maktabgacha,   umumiy   o‘rta,   o‘rta
maxsus,   professional   va   oliy   ta’lim   tashkilotlari,   shuningdek   maktabdan   tashqari   ta’limni,   oliy
ta’limdan  keyingi ta’limni, kadrlarni  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga
oshiruvchi ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv
dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va davlat  akkreditatsiyasidan   o‘tkazish  besh  yil  muddatga
amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat   akkreditatsiyasidan   o‘tkazish   ta’lim
tashkilotlarining   arizasiga   ko‘ra   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Ariza
akkreditatsiya muddati tugashidan uch oy oldin beriladi.
Attestatsiya   ikki  bosqichda  — ta’lim  tashkilotlari  faoliyatini   ichki  baholash  va  tashqi  baholash
bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ichki baholash ta’lim tashkilotining o‘zini o‘zi baholashidir.
Tashqi   baholash   ichki   baholash   o‘tkazilganidan   keyin   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan   amalga
oshiriladigan baholashdir.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   yoki   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari va mahalliy
davlat hokimiyati  organlari  tomonidan  tashkil  etilgan  ta’lim  tashkilotlari  tashkil  etilgan  kundan
e’tiboran besh yil mobaynida akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   litsenziya   olingan   kundan   e’tiboran   besh   yil   davomida
akkreditatsiyadan   o‘tgan   deb   hisoblanadi,   bu   muddat   tugagach,   ushbu   Qonunda   belgilangan
tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   davlat   akkreditatsiyasidan   o‘tkazish   maqsadida   Ta’lim   inspeksiyasi
huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi tuziladi.
Davlat   akkreditatsiyasi   ta’lim   tashkilotining   attestatsiyasi   asosida   amalga   oshiriladi.   Doimiy
faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotining maqomini va uning
faoliyati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga va o‘quv dasturlariga muvofiqligini
aniqlaydi.
Ta’lim   tashkilotining   davlat   akkreditatsiyasi   to‘g‘risida   ijobiy   qaror   qabul   qilingan   taqdirda,
unga davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi
sertifikat beriladi.
Ta’lim   tashkiloti   qayta   tashkil   etilgan   yoki   tugatilgan   hollarda   davlat   akkreditatsiyasi
to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishi Ta’lim inspeksiyasining qarori bilan tugatiladi.
Ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarining   talablari   yoki   sertifikatda   ko‘rsatilgan   shartlar
buzilganligi   aniqlangan   va   aniqlangan   qoidabuzarliklar   ta’lim   tashkiloti   tomonidan   bartaraf
etilmagan   hollarda   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan   davlat   akkreditatsiyasi   to‘g‘risidagi
sertifikatning amal qilishini bekor qilish xaqida qaror qabul qilinadi.
Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim  tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining reestriga kiritiladi
va bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 59-modda.   Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish
Ta’lim   tashkilotlarining   faoliyati   tashqi   baholashdan   o‘tkazilishidan   oldin   ular   Ta’lim
inspeksiyasi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   attestatsiyadan   o‘tkazish   mezonlari   va   ko‘rsatkichlari
asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash
natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim   inspeksiyasi   ta’lim   tashkilotining   faoliyatini   ichki   baholash   yakunlarini   o‘rganadi   va
ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
60-modda.   Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy   davlatda   1992   yil   1   yanvardan   keyin   olingan   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjat   tan   olish
jarayonidan   o‘tkazilganidan   keyin   O‘zbekiston   Respublikasining   butun   hududida   qonuniy
kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy   davlatda   olingan   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatni   tan   olish   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan
amalga oshiriladi.
Xorijiy   davlatda   olingan   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatni   tan   olish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
61-modda.   Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining haqiqiyligini,
shuningdek   muhr   yoki   shtampning   bosma   izi   haqiqiysiga   muvofiqligini   tasdiqlash   maqsadida
qo‘yiladi.
Apostilga qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.
Ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   berilgan   rasmiy   hujjatlarga   apostil   qo‘yish   Ta’lim   inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladi.
  TA’LIMNI MOLIYALASHTIRISH VA DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-
QUVVATLASH
62-modda.   Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish
Davlat   ta’lim   muassasalarini   moliyalashtirish   O‘zbekiston   Respublikasining   respublika
byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlaridan,   tumanlar   va   shaharlar   byudjetlaridan,   kadrlar   buyurtmachilarining   mablag‘lari
hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida  taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Nodavlat  ta’lim  tashkilotlarini  moliyalashtirish muassislarning, kadrlar buyurtmachilarining  pul
va   moddiy   mablag‘lari   hamda   qonun   hujjatlarida   taqiqlanmagan   boshqa   manbalar   hisobidan
amalga oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   ustavida   belgilangan   vazifalarga   muvofiq   pulli   ta’lim   xizmatlari   va
boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pulli   ta’lim   xizmatlarini   ko‘rsatish   davlat   ta’lim   muassasalarining   asosiy   faoliyatiga   to‘sqinlik
qilmasligi kerak.
Davlat   ta’lim   muassasalarida   qo‘shimcha   ta’lim   xizmatlari   ko‘rsatganlik   uchun   haq   undirish
tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   pulli   ta’lim   xizmatlari   va   boshqa   xizmatlar   ko‘rsatish   hamda
tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  hisobidan olingan  pul  mablag‘larini  mustaqil  ravishda
tasarruf etishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan iborat:
 shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan
tuzilgan   shartnomalar   asosida   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularning
malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag‘lar;
 jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   buyurtmalari   asosida   ilmiy-tadqiqot,   o‘quv-
uslubiy   va   qonunda   taqiqlanmagan   boshqa   ishlarni   bajarish   hisobidan   tushgan
mablag‘lar;
 ta’lim  tashkilotlari   tomonidan   ishlab  chiqilgan   mahsulotni,  bajarilgan   ishlarni   va
ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
 binolar,   inshootlar   va   asbob-uskunalarni   ijaraga   berish   hisobidan   tushgan
mablag‘lar;
 ta’lim   tashkilotlarining   bo‘sh   turgan   pul   mablag‘larini   bank   muassasalariga
depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar);
 davlat   va   xo‘jalik   boshqaruvi   organlari,   shuningdek   mahalliy   davlat   hokimiyati
organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
 bank kreditlari va ssudalari;
 jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari.
Maktabgacha,   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’limda   va   boshlang‘ich   professional   ta’limda
ajratiladigan   mablag‘lar   summalari   O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   tomonidan
belgilanadi hamda ushbu mablag‘lar tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarning o‘qish joyidagi
ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi. 63-modda.   Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari
Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat muassasalari
hamda   tashkilotlarining,   yuridik   va   jismoniy   shaxslarning,   shu   jumladan   chet   ellik   yuridik   va
jismoniy shaxslarning badallari hamda ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan tashkil etilishi mumkin.
64-modda.   Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
Ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklik   davlat   va   xususiy   sheriklarning   muayyan   muddatga
yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z
resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorlikdir.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklik   asosida   tashkil   etilishi
mumkin.
Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi     Qonuni        prinsiplari, normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
65-modda.   Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish
Davlat   ta’lim   sohasini,   ta’lim   tashkilotlari   faoliyatini   rivojlantirishga,   shuningdek
investorlarning,   shu   jumladan   chet   ellik   investorlarning   ushbu   sohadagi   huquqlari   va   qonuniy
manfaatlarini   himoya   qilishga   qaratilgan   investitsiyalarni   jalb   etish   uchun   qulay   ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
66-modda.   Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
Ta’lim tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega
bo‘lishi kerak.
Davlat   ta’lim   muassasalarining   operativ   boshqaruvida   yoki   xo‘jalik   yurituvida   bo‘lgan
ob’ektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv, ishlab chiqarish
va ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar
va   boshqa   ko‘chmas   mulk   ob’ektlarining,   shu   jumladan   ta’lim   kampuslariga   kiradigan   mulk
ob’ektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan ta’lim
tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.
Ta’lim   tashkilotlari   tugatilganda   ularga   tegishli   mol-mulk   kreditorlarning   talablari
qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.   TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK
67-modda.   Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
Ta’lim   tashkilotlari   quyidagilar   vositasida   tegishli   xorijiy   mamlakatlarning   ta’lim   muassasalari
va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro   darajadagi   birgalikdagi   ta’lim   hamda   ilmiy-tadqiqot   loyihalari   va
dasturlarini tayyorlash;
hamkorlikda   fundamental   hamda   amaliy   ilmiy-tadqiqot   loyihalarini   amalga
oshirish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;
talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini
amalga oshirish;
ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlar.
Ta’lim   tashkilotlari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   xorijiy   davlatlarning   ta’lim   muassasalari   va
tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
68-modda.   Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ta’lim   sohasidagi   xalqaro   hamkorlik   O‘zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomalari   va
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
 xorijiy   davlatlarning   tegishli   vakolatli   organlari,   ta’lim   muassasalari   bilan
hamkorlik qiladi;
 O‘zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashovchi   fuqarolarni   xorijiy   davlatlarning
ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuboradi;
 pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
 rahbar   hamda   pedagog   xodimlarning   xorijiy   davlatlarda   tayyorlash,   qayta
tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
 o‘z   xodimlari   hamda   mutaxassislarini   xalqaro   konferensiyalarga   va
stajirovkalarga   yuborish,   ularning   xalqaro   loyihalar   hamda   ilmiy   tadqiqotlarda   ishtirok
etishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   ta’lim
sohasidagi  xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirish  bo‘yicha boshqa tadbirlarni  ham  amalga  oshirishi
mumkin.
69-modda.   Xorijda ta’lim olish
O‘zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashovchi   fuqarolar   O‘zbekiston   Respublikasining   xalqaro
shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda xorijda ta’lim olish huquqiga ega.
  . YAKUNLOVCHI QOIDALAR
70-modda.   Nizolarni hal etish
Ta’lim sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
71-modda.   Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar
bo‘ladi.
72-modda.   O‘zbekiston   Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlarini   o‘z   kuchini   yo‘qotgan
deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1) O‘zbekiston   Respublikasining   1997   yil   29   avgustda   qabul   qilingan   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi   to‘g‘risida»gi   463-I-sonli     Qonuni        (O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 11-12, 295-modda);
2) O‘zbekiston   Respublikasining   1997   yil   29   avgustda   qabul   qilingan   «Ta’lim
to‘g‘risida»gi   464-I-sonli   Qonuni   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 225-modda);
3) O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1997   yil   29   avgustdagi   465-I-sonli
«O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   Qonuni   kuchga   kirish   tartibi
to‘g‘risida»gi   Qarori   (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997
yil, № 9, 226-modda);
4) O‘zbekiston   Respublikasining   2007   yil   9   aprelda   qabul   qilingan   «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-87-sonli Qonunining
(O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   palatalarining   Axborotnomasi,   2007   yil,   №   4,
160-modda)   1-moddasi ; 5) O‘zbekiston  Respublikasining  2013 yil  7 oktyabrda  qabul  qilingan  «O‘zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish,
shuningdek   ayrim   qonun   hujjatlarini   o‘z   kuchini   yo‘qotgan   deb   topish   to‘g‘risida»gi
O‘RQ-355-sonli   Qonunining   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   palatalarining
Axborotnomasi, 2013 yil, № 10, 263-modda)   15        va   16-moddalari ;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 yanvarda qabul qilingan «Ayrim davlat
organlari   faoliyati   takomillashtirilishi,   shuningdek   fuqarolarning   huquqlari   va
erkinliklarini   himoya   qilish   kafolatlarini   ta’minlashga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar
qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish   to‘g‘risida»gi   O‘RQ-456-sonli   Qonunining
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 1, 1-
modda)   14        va   15-moddalari ;
7) O‘zbekiston   Respublikasining   2018   yil   18   aprelda   qabul   qilingan   «O‘zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish
to‘g‘risida»gi   O‘RQ-476-sonli   Qonunining   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 4, 224-modda)   26-moddasi .
73-modda.   Ushbu Qonunning ijrosini, etkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini
ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi,   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi,   O‘zbekiston   Respublikasi
Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   hamda  boshqa  manfaatdor   vazirliklar,  davlat   qo‘mitalari,   idoralar
va tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati
aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
74-modda.   Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta
ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
75-modda.   Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.  MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2020 yil 23 sentyabr,
O‘RQ-637-son

O‘zbekiston Respublikasi da ta`lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari REJA: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonuni . 2. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati mazmuni asosiy tamoyillari. 3. Ta’lim tizimi va turlari.

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon; davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa; davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui; davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart- sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi; mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi; nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;

ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish ob’ektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti; ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga etmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari; ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli. 4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: 1) ta’lim ustuvorligining tan olinishi; 2) ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; 3) ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; 4) ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; 5) ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; 6) ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; 7) ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 8) o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; 9) davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 10) o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; 11) insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; 12) jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; 13) ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; 14) bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;

15) ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; 16) ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. 5-modda. Ta’lim olish huquqi Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Ta’lim olish huquqi: ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish; ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish; ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish; oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi. CHet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. TA’LIM TIZIMI, TURLARI VA SHAKLLARI 6-modda. Ta’lim tizimi Ta’lim tizimi: davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini; davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini; ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. 7-modda. Ta’lim turlari

Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: 1) maktabgacha ta’lim va tarbiya; 2) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 3) professional ta’lim; 4) oliy ta’lim; 5) oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 6) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 7) maktabdan tashqari ta’lim. 8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy- axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular etti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.