Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish metodlari
“Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish metodlari” 1
Mundarija Kirish.................................................................................................. ..3 I.Bob. Analitik qism. Pedagogik mahoratni tashkil etish. 1.1-§. Pedagogik mahorat tushunchasi …….....................................6 1.2-§. Pedagogik mahoratni o’quv jarayonidagi o’rni................16 II. Bob Asosiy qism. Pedagogik mahoratni usullari 2.1-§ Pedagogik mahorat va muomala madaniyati …….............27 2.2-§ Talabalar madaniyatini shakllantirish jarayonini tashkil etish………….................................................................35 III.Bob. Pedagogik qism. Pedagogik mahoratni takomillashtirish texnologiyalari 3.1-§ Pedagogik texnologiyalari xaqida tushuncha....................43 3.2-§ Pedagogik texnologiyalarni amalda qo’llash....................50 IV. Mehnat muhofazasi………..….....................……………........55 Xulosa…………………………………............... ………………...63 Foydalanilgan adabiyotlar……………………...........…….........66 Ilova………………………….............…….........…………....… 67 2
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi bo’lajak tarbiyachi va o’qituvchilardan yuksak darajadagi kasbiy mahoratni egallashlarini talab etadi. Ularni pedagogik faoliyatga ham nazariy, ham amaliy jihatdan tayyorlash ishida pedagogika ta’lim yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan “Pedagogik mahorat” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogika, psixologiya va o’qitish metodikasi fanlarida har bir o’qituvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha anchagina yo’l-yo’riq va tavsiyanomalar berilgan bo’lsa, "Pedagogik mahorat asoslari" fanida pedagogik mahorat o’rganish nimalarga bog’liq va unga qanday qilib erishiladi, mahoratli pedagog bo’lish uchun nimalarga e’tibor berish zarur, kabi savollarga javob topasiz. Ma’lumki, bugungi kunda farzanlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar muhitida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda… Buni chuqur anglab olgan davlat… bugun unib-o’sib kelayotgan farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bo’lib hayotga kirib borishini o’zi uchun eng ulug’… eng muqaddas maqsad, deb biladi… “, – deyishlari bejiz emasdir [16]. Pedagogik maxorat atamasi asrimizda barcha rivojlangan mamlakatlarning ilmfanida paydo bo’lib, tezda rasm bo’ldi. Tadqiqot maqsadi: bo’lajak pedagoglarga madaniy tafakkur, bolalar va o’quvchilar bilan muomala qila olish ko’nikmasi, o’z xulqi, xatti-xarakatini o’zi boshqara olish layoqatini tarbiyalash bo’yicha faoliyat tizimini ishlab chiqishdan iborat Pedagogik maxorat muhandis-pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog’liq bo’lgan bilimlarni tinglab, ularni o’zida mujassamlashtiradi. SHuning uchun ham pedagogik mahorat mohiyati talabaga ta’sir etish vositalari va usullari kabi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va 3
notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. BMIni o’rganish asosan pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi. Tadqiqotning ob’ekti: Pedagogik mahoratni tashkil etishning uslublari va uni takomillashtirishda ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasini tashkil etish. Tadqiqotning predmeti: Pedagogik mahoratni tashkil etishning uslublari va uni takomillashtirishda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatuvchi o’ziga xos pedagogik texnologiyalar. Ta’limning rolini urganish tamoyillari usul va vositalarini tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari Tadqiqotning vazifalari: • insonparvarlik xislatlarini rivojlantirish; • kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish; • kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o’z ishiga ijodiy yondoshish xislatlarini tarkib toptirish; • pedagogik takt va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish; • nutq texnikasini, o’z tovush va gavdasini boshqarish, jamoaga va shaxsga ta’sir ko’rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish. Tadqiqot metodlari: 1. Tarixiy xronologik taxlil. 2. O’quv yurtlarini davlat va me’yoriy xujjatlarini o’rganish. 3. Pedagogik kuzatuv 4. So’rovnoma 5. Monitoring 6. Intervьyu 7. Pedagogik tajriba Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. 4
Pedagogik mahorat-bu pedagogik (o’quv tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashqil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. SHunday ekan, pedagogik va uslubshunoslik fanlarining hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogik mahoratning nazariy – amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir. Bu o’rinda shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, pedagogik mahorat ta’lim – tarbiyani optimallashtirishning kasbiy ko’nikma va malakalari tizimi bo’lib, u asosan yosh avlodni maqsadga muvofiq yo’naltirish, ularning ma’naviy e’tiqodini, dunyoqarashini, qobiliyatlarini ijtimoiy ehtiyoj nuqtai – nazardan har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat. Ushbu bitiruv malakaviy ishdada bo’lajak yosh pedagoglarga, shuningdek ta’lim –tarbiya ishi bilan shug’ullanuvchilarga kasbiy pedagogik bilim va mahoratni takomillashtirish bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalar beriladi. Bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, oltita paragraf, xulosa, tavsiyalar, mexnat muxofazasi va foydalangan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I- Bob. Pedagogik mahoratni tashkil etish 1.1-§ Pedagogik mahorat tushunchasi Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lgan barkamol avlodni maxnaviy-axloqiy jihatdan voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim turlari, ayniqsa oliy ta’lim o’quv muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. CHunki ushbu maskanda ta’lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega bo’libgina qolmay, jismoniy va maxnaviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etadi. O’zining bilimi, ma’naviyati, madaniyati bilan O’zbekiston 5