QADIMGI YUNONISTON TARIXIGA KIRISH VA MANBASHUNOSLIGI
MAVZU:QADIMGI YUNONISTON TARIXIGA KIRISH VA MANBASHUNOSLIGI. Mundarija Kirish. ........................................................................................................................ 2 I BOB. ENG QADIMGI YUNONISTON. ............................................................... 4 1.1.Qadimgi Yunonistonning tabiati va aholisi. ........................................................ 4 1.2.Miloddan avvalgi XI–VI asrlarda Qadimgi Yunoniston va Afina. ..................... 9 1.3.Afinada demosning g`alabasi va davlatning mustahkamlanishi ........................ 13 II BOB.QADIMGI YUNONISTON TARIXI MANBASHUNOSLIGI VA YUNON TARIXINI DAVRLASHTIRISH. ........................................................... 17 2.1.Qadimgi Yunoniston tarixi manbashunosligi. ................................................... 17 2.2.Qadimgi yunoniston adabiyoti, me morchiligi va tasviriy san ati.ʼ ʼ ................... 21 2.3.Yunon tarixini davrlashtirish. ............................................................................ 29 XULOSA ................................................................................................................. 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. ................................................................ 32 1
Kirish. Qadimgi Yunoniston yoki Ellada — Bolqon yarim orolining janubi, Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning g arbidagi dengiz sohilidaʻ joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi. Arxeologik ma lumotlarga ko ra, Yunoniston hududida odamlar paleolit ʼ ʻ davridan yashab kelmoqda. Xalkidika yarim orolidan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yunoniston aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug ullanib, o troq hayot kechirgan. Yunonistoning jez davri madaniyati shartli ʻ ʻ ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yunoniston etnik tarkibi rangbarang (pelasglar, leleglar va boshqalar) bo lgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib ʻ chiqarib o z tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20— ʻ 17-asrlarda Krit orolida axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260-yil Mikena, Tirinf va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urug chilik ʻ munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shimoliy Yunoniston da — eoliylar, O rta Yunoniston va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ʻ ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar O rta dengiz, Marmar va ʻ Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yunonistonda polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urug zodagonlari ʻ bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda bo lgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan ʻ polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urug chilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6- ʻ asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning g alabasi natijasida ʻ 2
Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bog liq bo lgan.ʻ ʻ Perikl hukmronligi davri (443—429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yunonistonning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni o z qo liga olgan. Afina bilan Sparta o rtasida ʻ ʻ ʻ Yunonistonda gegemon bo lish, savdo yo llariga egalik qilish uchun kurash ʻ ʻ Peloponnes urushi (431—404) ga olib kelgan, u Afinaning mag lubiyati bilan ʻ tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371-yil) fivaliklar Sparta qo shinini ʻ tormor keltirishgan. 4-asr o rtasida Yunonistonning shim.da Makedoniya ʻ yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan g alaba qozonib Yunonistonni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) ʻ saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yunonistonda hukmron bo lish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar ko p ʻ ʻ bo lgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197-yil ʻ Kinoskefal jangida Rim qo shinlari Makedoniya ustidan g alaba qozongach, Rim ʻ ʻ Yunonistondagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan so ng) Yunoniston Rimga tobe bo lgan (miloddan avvalgi 27 ʻ ʻ yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yunoniston Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. 3
I BOB. ENG QADIMGI YUNONISTON. 1.1.Qadimgi Yunonistonning tabiati va aholisi. Qadimgi Yuno-niston, Bolqon yarim oroli, Egey, O`rtayer dengizining sharqidagi bir qancha orollarni va Kichik Osiyoning g`arbiy sohilidagi joylarni o`z ichiga olgan mamlakatdir. Bolqon yarim oroli tabiiy jihatdan Shimoliy, o`rta va Janubiy Yunonistonga bo`linadi. Janubiy Yunonistonni Peloponnes ham deyiladi. Yunoniston tog`lik mamlakat bo`lib, daryolar oqib o`tgan joylarning bir qismi kichik-kichik tekisliklardan iborat. Yunonistondagi tog`larning eng baland cho`qqisi Olimp bo`lib, uning balandligi 2911 metrdir. Bolqon yarim orolini uch tomondan Egey, Adriatika, Ioniya va O`rtayer dengizlari o`rab turadi. Yunonistonning iqlimi subtropik bo`lib, yozi u qadar issiq emas, iliq, yoqimli. Tog` tepalarida qish ancha sovuq bo`ladi. Vodiylarda qish u qadar sovuq emas. Yunoniston tog`lari mis, ruh, qo`rg`oshin, oltin, kumush kabi turli xil qimmatbaho toshlarga boy bo`lgan. Daryo vohalaridagi unumdor yerlar va tog` yaylovlari dehqonchilik, bog`dorchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun qulaydir. Arxeolog va antropologlarning ma`lumotlariga qaraganda Bolqon yarimoroli va orollarda odamlar tosh asridan beri yashab kelganlar. Bolqon yarimoroliga odamlar Afrikadan yoki Markaziy Yevropadan kirib kelganlar. Bolqon yarimoroli va orollarda qadimda pelast, ioniy va axey kabi qabilalar yashaganlar. Keyinchalik esa Bolqon yarimoroliga doriylar kirib kelib mahalliy aholi bilan qo`shilib ketganlar. Qadimgi Krit jamiyati. Krit O`rtayer dengizining sharqidagi yirik orollardan biridir. Bu orol odamlarning yashashlari uchun ancha qulayliklarga ega bo`lgan. Miloddan avvalgi VI–Vmingyilliklardayoq orolga Kichik Osiyodan odamlar suzib kelishgan. Miloddan avvalgi IV mingyillik oxiri va III mingyillikning birinchi yarmida Kritda xo`jalik – dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topib, odamlar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish 4
boshlangan. Ular birlashib, Kritda dastlabki davlatni tuzganlar. Miloddan avvalgi 2000-yilda Kritda Knoss hukmdorining juda ulkan va muhtasham saroyi qurilgan. Uch, hatto to`it qavatli qilib solingan bo`lib, devorlari nafis qilib suvalgan. Saroyning pastki qavatidagi binolar yog`du chiqarib turadigan quduqlar bilan yoritilgan ekan. Saroy odam, xilma-xil hayvon va o`simlik suratlari bilan bezatilgan. Devorlarda saroyda yashovchilarning turmushini ifoda etuvchi rasmlar ham bor. Binolar ichida chiqindi suvlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun sopol quvurlardart tashkil topgan qurilmalar ham bo`lgan ekan. Miloddan avvalgi 1750-yilda Kritda qattiq zilzila bo`lib, aholi markazlaridagi saroyJar, shuningdek Knos saroyi ham vayron bo`ladi. Shu vaqtda Kritga yaqin orollardan birida vulqon otiladi. Shu vaqtda orolni kuldan iborat bulutlar, vulqon changlari va balandligi bir necha o`n metr keladigan dengiz to`lqinlari bosib kelgan. Vulqon changlari, ulkan to`lqin, zilziladan zararlanmagan bog`-u rog` va ekinzorlarni yo`q qilib tashlagan. Krit davlatining ravnaqi va inqirozga yuz tutishi. Miloddan avvalgi XVIII asrning ikkinchi yarmida Kritdagi vayron bo`lgan saroylar qayta tiklangan. Knoss shohi Minos butun Kritda hukm-ronlikni qo`lga olib, kuchli dengiz davlati tuzgan. Minos kuchli harbiy-dengiz floti qurib Egey dengizidagi orollarni, Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli sohilidagi yerlarni, hatto Attikani ham o`ziga itoat ettiradi. Minos boshliq dengizchilar uzoq Sitsiliyagacha suzib borganlar. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, Minos Sitsiliyadagi janglarda halok bo`lgan ekan. Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda Krit O`rtayer dengizi havzasidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylangan. Bu davrda Kritda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlanadi. Krit shohlari O`rtayer dengizi havzasidagi hamma mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq olib boradilar. Minos va uning vorislari davrida Knoss saroyi qaytadan tiklanadi. Qaytadan tiklangan saroy devorlari ajoyib rasmlar bilan bezatilgan. Saroy devorlari zangori ko`ylaklar kiyib marjonlar, munchoqiar taqib olgan serpardoz saroy xonimlarining 5