QIZILQUM CHO’L LANSHAFTLARINING TRANSFORMATSIYASIGA TASHLAMA IRIGATSION KO’LLARNING TA’SIRINI BAHOLASH. SHARQIY QIZILQUM MISOLIDA
QIZILQUM CHO’L LANSHAFTLARINING TRANSFORMATSIYASIGA TASHLAMA IRIGATSION KO’LLARNING TA’SIRINI BAHOLASH. SHARQIY QIZILQUM MISOLIDA. MUNDARIJA KIRISH.......................................................................................... 3 I bob. QIZILQUM CHO’LINING VUJUDGA KELISHI TARIXI ………………………………………………………………………… 1.1. Qizilqum cho’li haqida malumot ....................................................... 1.2. Qizilqum cho’lining o’rganilish tarixi ............... ................................. 1.3. Qizilqum cho’li lanshaftlarining geologik shakillanishi va unga ta’sir etuvchi omillar............................................................ ................................. .... II bob. AYDAR-ARNASOY KO’LLAR TIZIMINING LANSHAFTLAR TRANSFORMATSIYASIGA TA’SIRINI TADQIQ QILISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI........... 2.1. Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining lanshaftlar transformatsiyasiga ta’sirini tadqiq qilish…………………………………………………. 2.2. Lanshaftlar transformatsiyasini tadqiq etish prinsplari va metodlari…. 2.3. III bob. 3.1. 3.2. XULOSA.............................. ...................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............
I BOB. QIZILQUM CHO’LINING VUJUDGA KELISHI TARIXI. 1.1. QIZILQUM CHO’LI HAQIDA MALUMOT. Turon tekisligidagi O’rta Osiyoning katta qismini egallovchi va umumiy maydoni 300 ming km kv ni tashkil etgan eng katta cho’llardan biri bo’lib, Qizilqum cho’li O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega muhim hududlardan biri xisoblanadi. Qizilqum cho’li asosan, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida (O’zbekiston, Qozog’iston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan bo’lib lekin tabiiy geografik okrugiga Qizilqum cho’lining O’zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi. Qizilqum cho’li qadimdan tabiatshunolar va sayyoxlarning e’tiborini o’ziga jalb qilgan hudud hisoblanadi.Uning hududi shimol va shimoliy-sharqda Sirdaryo vodiysi bilan, sharq va janubiy-sharqda Nurota tog’lari va Zarafshon vodiysi, janubiy g’arbda Amudaryo vodiysi bilan, g’arbda Amudaryo deltasi va shioliy-g’arbda Orol dengizi bilan chegaralangan. CHo’lning katta qismi tekislikdan iborat.Qizilqum cho’lining o’rtacha balandligi 300 metr bo’lib, janubiy- sharqida 300-400 metr, shimoliy- g’arbida 70-100 metr, Orol dengizi sohillarida 53 metrgacha tushadi. Qizilqum cho’lining eng keng joyi shimoldan janubga qarab Jusali- Farob meridianida 650km masofaga, g’arbdan sharqqa qarab Sulton Uvays tog’lari va CHordara suv ombori kengligida 600km masofaga cho’zilgan. Cho’lning katta qismi mamuriy jihatdan O’zbekiston Respublikasining Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlariga va Qoraqalpog’iston respublikasiga, qolgan shimoliy-sharqiy qismi Qozog’ston Respublikasiga qaraydi. Dengiz sathidan o’rtacha balandligi 200-300 metrni tashkil qiladi. Qizilqumning tekis relyef shakli va cho’l lanshaftlari strukturasi arid botiq lanshaftlari kuchli yemirilgan pasttog’ va tog’oldi prolyuvial tekislik lanshaftlari bilan ancha murakkablashgan Qoraqum cho’l lanshaftlaridan keskin farq qiladi. Qizilqumning katta maydonini egallab yotgan qumli va sho’rxok lanshaftlari orasida uncha baland bo’lmagan va bir- biridan ajralib turgan paleozoy past tog’lari qad ko’tarib turadi. Tog’larning mutloq balandligi 473 metrdan 922 metr gacha boradi. Past tog’larning asosiy qismi Qizilqum cho’lining markaziy qismida joylashgan bo’lib bularga: Tomditog’-922 m, Quljuqtog’- 785 m, Bo’kantog’-764m, Aristontog’-698 m, Ovminzatog’- 695 m, Yetimtog’-565 m, Qozoqtog’-613 m, va boshqalar shular jumlasidan. Faqatgina Sulto Uvays tog’i-473 m bo’lib Quyi Amudaryoning o’ng sohilida
joylashgan. Mazkur tog’lar paleozoy erasida burmalangan bo’lib, ular keyinchalik yakka yakka pasttog’ massivlariga o’xshab qolgan. Qizilqum cho’lida pasttog’, tog’oldi tekslik va qum massivlarini bir-biridan ajratib turuvchi berk botiq lanshaftlar ham keng tarqalgan. Bular orasida eng yiriklari Mingbuloq, Oyoqog’dirma, Qoraxotin, Mullali botiqlaridir. Shulardan Mingbuloq botig’ining yuzasidengiz sathidan -12m pastda joylashgan. Qizilqum cho’lining geografik o’rni Yevrosiyo materigi doirasida 39 va 46 gradus shimoliy kengliklar oralig’iga to’g’ri keladi. Uning murakkab relyef shakliga ega bo’lgan hududi, materik ichkarisida dengiz va okeanlardan uzoqda joylashganligi arid iqlimli tipik cho’l geotizimlarini vujudga kelishiga, shakllanishiga va dinamik rivojlanishiga bevosita qulay imkoniyat yaratgan. Maslan, aynana shu kengliklarning o’zida Atlantika okeanidan keladigan nam va iliq havo massalari ta’sirida G’arbiy Yevropada emanzorlardan tarkib tipgan keng bargli o’rmonlar vujudga kelgan. Shu bilan birga SHarqiy Osiyoda ham shu kengliklar oralig’idagi Tinch okeaniga yondosh bo’lgan joylarda musson iqlim tufayli eman-bukzorlardan tashkil topgan keng bargli o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Binobarin, Qizilqum cho’lining va uning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi arid geotizimlarning makon va zamonda paydo bo’lishida, tadrijiy shakllanishida va dinamik rivojlanishida birinchi navbatda tadqiq etilayotgan rayonning geografik joylashishini va uni o’rab turgan tabiiy geografik muxitning muhim ahamiyat kasb etishi isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Qizilqum cho’lining tabiati, tabiiy resurslarga boyligi, aholi zichligining nixoyatda pastligi inson xo’jaligi faoliyatining ta’sirida daryo vodiylari, tog’oldi tekisliklari va tog’oralig’i, botiqlariga nisbatan nihoyatda kam o’rganilganligi qadimdan tabiatshunos olim va sayyohlarning e’tiborini o’ziga jalb etgan. Uning tabiiy sharoiti va resurslari to’g’risidagi hozirgi tasavvurlarimiz bir necha avlod tadqiqotchi geograflarning mashaqqatli xizmatlari evaziga vujudga kelgan, shakllangan takomillashgan.
1.2 Qizilqum cho’lining o’rganilish tarixi. O’rta Osiyo cho’llari haqida ilk bor malumotlar Kichik Osiyo va Pontga sayoxat qilgan qadimgi yunon tarixchisi Gerodot asarlarida uchraydi. U o’zining asarida O’rta Osiyo cho’llarining relyefining tekisligi, iqlimining kontinentalligi to’g’risida so’z yuritgan. Arrian Qizilqumning janubi-sharqiy qismidan oqib o’tuvchi Zarafshon daryosiga tariff berar ekan, uni sersuv bo’lishiga qaramasdan qumlar orasiga singib ketadi, deb yozadi. Kladviy Ptolomeyning “Geografiyadan qo’llanma” asarida O’rta Osiyoning ko’plab joylariga, jumladan Buxoro, Samarqand, SHosh, Farob va Farg’ona kabi shaharlariga muhim geografik malumotlar bergan (Raximbekov, Dontsova, 1982). O’rta Osiyo va Qizilqum cho’li to’g’risidagi tabiiy-geografik bilimlarning shakllanib va rivojlanib borishida o’rta asrda yashab ijod qilgan Arab va Eronlik geograf-sayyohlarning xizmatlari katta bo’lgan. Jumladan Abulqosim Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Xurdodbek o’zining “Masofalar va mamlakatlar haqida kitob” ( “Kitobi ul masolik va-l-mamolik” ) asarida O’rta Osiyoning tabiati, cho’llari, yirik daryolari, havosi to’g’risida malumot bergan. Ibn Rustaning “ Qimmatbaxo durlar haqida kitob” ( “Kitobul ul-aloq in-nafisa”) nomli ensiklopedik asarining geografiyaga oid yettinchi qismida Qizilqumga tutash bo’lgan Quyi Amudaryo vohasi, daryoning deltasidagi o’tloq, botqoq joylar, uning ko’lga quyilishi va Orol sohillari haqidagi geografik malumotlar yozib qoldirgan. Abu Isxoq Istaxriy “ Iqlimlar kitobi” ( Kitobul aqolim) asarini yozin O’rta Osiyo kartasini tuzgan, o’lka tabiati to’g’risida umumiy malumotlar bergan Amudaryo va Sirdaryoni Orol dengiziga quyilishini ko’rsatgan. Shu bilan birga u Xorazm vohasini Jayxunning ( Amudaryoning ) butun foydasini ola bilgan mamlakatdur deb ta’riflagan. Mashxur sayyoh va geograf Ibn Batuta Yaqin Sharq, Kichik, O’rta va Markaziy Osiyo hamda Afrika mamlakatlari bo’ylab sayoxat qilib, to’plagan materiallar asosida “ Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi bo’lganlar tuhfasi” (“ Tuhfat un-nuzzor fi g’aroib il-amsor va ajoyib il- asfor) nomli asarini yaratgan. Asarning O’rta Osiyo geografiyasi tarixi, etnografiyasiga doir qismida Ustyurt platosi, Quyi Amudaryo, Xorazm vohasi, Qizilqum cho’li, Zarafshon vodiysi tabiati va Urganch, Buxoro, Samarqand shaharlari hamda u yerdagi noyob tarixiy obidalar haqida ko’plab malumotlar bergan. O’rta Osiyo va O’zbekiston hududlari tabiatiga oid ilmiy jihatdan asoslangan dastlabki geografik malumotlar IX-XII asrlarda yashab ijod etgan va bilim saloxiyati bilan jahonga mashxur bo’lgan qomuschi olimlar
tomonidan yaratilgan asarlardan keng o’rin olgan. Ayniqsa o’sha davrda O’rta Osiyoda geografiya fanining ravnaq topishiga o’zlarining ulkan xissalarini qo’shgan mashxur olimlar- Muhammad Ibn Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Narshaxiy, Abu Rayxon Beruniy va boshqalarning xizmati beqiyos katta bo’lgan. O’rta Osiyolik qomuschi allomalardan Abu Rayxon Beruniy Qizilqumning va Qoraqumning tabiati, paleogeografiyasi, geologiyasi, ularning tarixiy o’tmishdagi dinamik o’zgarishi, rivojlanishi, Amudaryo o’zanini o’tmishda bir necha marta o’zgarib turganligi, Turon pasttekisligida, xususan Qizilqum va Qoraqum hududlarida suvlik bilan quruqlikni almashtirib turganligi haqida teran fikr yuritib , ilmiy xulosalar qilgan. Shu bilan birga bunday o’zgarishlar endogen va ekzogen kuchlar tasirida sodir bo’lganligini etirof etgan. Bu esa Abu Rayxon Beruniyning O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi, paleogeografiyasi, dinamik geologiyasi to’g’risida mukammal ilmiy- nazariy bilimga ega bo’lganligidan dalolat beradi( Raximbekov, Dontsova 1982) I.V. Mushketov 1874-1880 yillar davomida O’rta Osiyoning eng yirik tog’ sistemalari hisoblangan Tyanshan va Pomir-Oloyda geologik glyatsiologik tadqiqot ishlarini olib borgan. U bu tog’ sistemalarining orografik va geologik tuzilishini, foydali qazilmalarin, tog’ muzliklarini atroflicha o’rgangan. Shu bilan birga I. V. Mushketov 1879-yilda Turon pasttekisligining katta hududini egallab yotgan Qizilqum cho’lida ilmiy qidiruv ishlarini amalga oshirib, uning g’arbiy qismini shimoldan janubga qarab kesib o’tgan, geologik tuzulishi, geomarfologiyasi va qazilma boyliklari to’g’risida malumotlar to’plagan. 1884-yilda u G.D. Romanovskiy bilan hamkorlikda Turkistonning 1 : 260000 masshtabli geologik kartasini tuzgan. I.V.Mushketovning O’rta Osiyo bo’yicha to’plagan geologik, geomorfologik, tabiiy geografik va glyatsiologik materiallari o’z ifodasini uning “ Turkiston” (“Туркестан” 1886) monografiyasida o’z aksini topgan. V.A. Obuchev 1886-1888 yillarda Kaspiyorti temir yo’lini qurish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyada ishtirok etib Qoraqum, Qizilqumning janubi-sharqiy qismi va Quyi Zarafshon regionlarida tadqiqot ishlarini olib borgan va bu hududlarning tabiiy sharoiti, geologik tuzulishi, qazilma boyliklari hamda Amudaryoning qadimiy o’zani O’zboy haqida qiziqarli malumotlar bergan (Обучев, 1890). A.B.Xoroshxin 1872- yilda Qizilqumga tashrif buyurib, uning tabbiy tarixiga, mahalliy aholining urf odatiga oid ko’plab geografik va etnografik malumotlar to’plagan. Shu bilan bir qatorda u o’zining “ Qizilqum kundaligi “ (“ Кызылкумский