QUMLI CHO’L-YAYLOV O’SIMLIKLAR QOPLAMINING ANTROPOGEN DINAMIKASI
QUMLI CHO’L-YAYLOV O’SIMLIKLAR QOPLAMINING ANTROPOGEN DINAMIKASI MUNDARIJA KIRISH ...........................................…………………………………........….... ...... ASOSIY QISM I BOB. QIZILQUMNING TABIIY O’SIMLIKLAR QOPLAMI VA UNING HOZIRGI HOLATI 1.1. Hudud florasi va o’simliklar qoplamining qisqacha tavsifi ..................... ......... 1.2. Qizilqum o’simliklar qoplamining hozirgi holati .... . . ....................................... II BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI 2.1.Tadqiqot sharoitlari............................................................................................ 2.2. Tadqiqot obyektlari........................................................................................... 2.3. Tadqiqot uslublari............................................................................................. III BOB. 3.1. Tanlangan biotopning botanik tarkibini o’rganish………………………… ..... 3.2. O’simliklar assotsiasiyasining fitotsenotik xususiyatlari.. ……………… ……. 3.3. O’simliklarning tuplar soni va proyektiv qoplami ......... ............................... ..... 3.4. O’simliklar qoplamining biomassasi .................... .............................................. 3. 5 . O’simliklar qoplamining inqiroz .. darajalari .... ................................................... 3. 6 . O’simliklar jamoalarining o’zgarishlarini GIS texnologiyalari yordamida baholash………………………………… ……........……........................ ................... XULOSALAR ………………………….........…………….…….……......... ............ TAVSIYALAR ………………..........................................…………........... ............. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ................... .........................
I BOB. QIZILQUMNING TABIIY O’SIMLIKLAR QOPLAMI VA UNING HOZIRGI HOLATI 1.1. Hudud florasi va o’simliklar qoplamining qisqacha tavsifi Qizilqum- Amidaryo va Sirdaryo oralig`idagi 300000 km 2 dan ortiqroq maydonni egallagan hududdir. Qizilqum yaylovlarining tabiati, iqlimi, faunasi, florasi tarqalish qonunyatlarini aks etiruvchi geobotanik va yaylov xaritalarini tuzish kabi ishlar ko`plab yirik olimlar tomonidan o’rganilib, ularning ilmiy asarlarida to`liq tafsiflab berilgan (Granitov, 1964-1967., Korovin 1961., Melnikova 1973., Mamatov, 1973). Janubi-sharqiy qizilqum qoldiq tog`lariga Nurotaoldi qoldiq tog`lari (Pistalitog`, Etarbelistog`, Baliqlitog`, Xonbanditog`) va Ko`kchatog` kiradi. Maskur hududning florasi va o`simliklar qoplami bo`yicha eng yirik fundamental asarlar qatoriga “Очерк растительности гор Писталитау” (Культиасов, 1923) nomli asarida 148 ta turlar ro`yxati kiritilgan, “Ботаническая география хребта Нуратау и низкогорий Кызылкума” nomli monografiyasi (Зокиров, 1971) unda o`simlik jamoalarining batafsil tavsifi hamda Nurota qoldiq tog`lari uchun 154 turlarning ro`yxati keltirilgan. Hozirgi kunda Janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog`lari uchun 781 ta tur keltirildi (Батошов, 2013, 2016). Janubi-sharqiy Qizilqum qoldiq tog`lari florasida o`ziga xos o`rin tutishi quydagicha ifodalash mumkun. Astragalus L . turkumi misolida ko`radigan bo`lsak, O`rta Osiyoda 600 dan ortiq (Камелин, 1981), O`zbekistonda esa 254 tur (Гончаров, 1955) tarqalgan. So`ngi yillarda olib borilgan dala tatqiqotlari va Milliy gerbariy (TASH) fondida saqlanayotgan namunalarni tahlil qilish natijasida mazkur florada turkumning 268 turi uchrashi ma`lum bo`ldi (Тожибаев va boshq. 2014; Батошов, 2019). O‘simlik jamoalari tarkibida turlar sonining kamligiga qaramay, Qizilqum florasi yer yuzidagi boshqa cho‘llar florasiga nisbatan ancha boy va xilma-xildir. Mazkur hudud florasining boyligi birinchi navbatda o‘simlik turlarining shakllanishida ekologik muhitning turli tumanligi bilan bog‘liqdir. Qizilqum florasining shakllanishida qoldiq tog‘larinig ahamiyati katta. P.K. Zakirov
ma’lumotiga ko‘ra, Qizilqumning qoldiq tog‘larida 556 tur uchraydi. Shundan 79 tur Fabaceae oilasiga tegishli bo‘lib, uning 48 turi Astragalus L. turkumi vakillari hisoblanadi. Qoldiq tog‘larda jami 19 ta endem turlar bo‘lib, bu qoldiq tog‘ umumiy florasining 3,5% ini tashkil qiladi . Jumladan, Qizilqumning qoldiq tog‘larida Astragalus turkumidan 3 ta endem tur uchrab ( Astragalus subbijugus Lebed ., A.centralis E. Sheld ., A. remanens Nabiev . ), ular mazkur hudud florasining 0,5% ini tashkil qiladi. Qizilqum qoldiq tog‘larining eng baland cho‘qqisi dengiz sathidan 1000 m gacha etganligi tufayli bu tog‘larda O‘rta Osiyo tog‘ florasining ayrim elementlari kuzatiladi. P.K. Zakirovning ma’lumotiga ko‘ra, qoldiq tog‘larda o‘simliklar qoplami vertikal profil bo‘yicha quyidagicha almashadi: 1. Dengiz sahidan 100 m balandlikda galofil o‘simliklar uchraydi; 2. Dengiz sahidan 200-250 m balandlikda gipsofil tipga mansub shuvoqli- galofitlar formatsiyalari tarqalgan. Bu formatsiyada Artemisia turanica, A. diffusa, Salsola orientalis, S. arbussula va boshqa yarimbuta va yarimbutachalar edifikatorlar sanaladi; 3. Tog‘ oldi tepaliklarida (250-300 m balandlikda) shuvoqzor va galofitli- shuvoqzorlar jamoalari uchraydi; 4. Tog‘ etaklarida 400-500 m balandlikda kudali-shuvoqzor ( Stipa hohenackeraina, Artemisia diffusa ) va efemeroidli-shuvoqzor ( Poa bulbosa, Carex rhysodes , Artemisia diffusa ) o‘simlik jamoalari tarqalgan; 5. Tog‘ning yuqori qismida, sho‘rakli-shuvoqzor o‘simlik jamoalari bilan birga sutlamali-shuvoqzor ( Lactuca orientalis, Artemisia diffusa ), skorofulariyali- shuvoqzor ( Scrophularia leucoclada, Artemisia diffusa ) va shuningdek, butazorli o‘simliklar jamoalari uchraydi ( Amugdalus spinosissima , Rhamnus coriacea , Halimiphyllum atriplicoides , Cotoneaster racemiflorus ). P.K. Zakirovning ma’lumotiga ko‘ra, qoldiq tog‘larda tarqalgan bir qator turkum turlari tog‘ florasiga yaqin bo‘lib, ular qoldiq tog‘larda o‘sishga ixtisoslashgan.
Qoldiq tog‘ o‘simliklari ko‘pgina maydonlarda aralash yoki oraliq xarakterga ega bo‘lib, u tog‘ va cho‘l o‘simliklar qoplami tipiga xos turlardan tashkil topgan. SHu sababli, qoldiq tog‘larning ushbu maydonlari yuqori cho‘lga mansubdir. Buni biz qoldiq tog‘lardagi quyidagi butali guruhlarda ko‘rishimiz mumkin: Amugdalus spinosissima, Rhamnus cariacea, Halimiphyllum atriplicoides, Cotoneaster racemiflorus, Atraphaxis spinosa, Ephedra equisetina, Artemisia leucodes, Astragalus centralis, Erodium litwinowii, Delphinium rugulosum, Silene tomentella, Vicia subvillosa, Cerastium inflatum, Galium spurium, Lagochilus intermedius, Dianthus tetralepis, Achnatherum caragana, Stipa aktauensis, Scorzonera pusilla kabi turlar o‘ziga xos maydonlar hosil qiladi. Yuqoridagi butali guruhlardan tashqari qoldiq tog‘larda tog‘oldi va tog‘ning yuqori cho‘liga xos boshqa fitotsenozlar ham uchraydi. Jumladan, irisli ( Iris songarica ), karrakli ( Cousinia resinosa ) va kudali- shuvoqzor ( Artemisia diffusa, Stipa hohenackeriana ), bo‘tako‘zli shuvoqzor ( Artemisia diffusa, Centaurea squarrosa ), skorofulariyali-shuvoqzor ( Artemisia diffusa, Scrophularia leucoclada ), sutlamali- shuvoqzor ( Artemisia diffusa, Lactuca orientalis ) va boshqalar. P.K. Zakirovning qayd qilishicha, Quljuqtog‘da 4 tipga xos (butali- psammofilli, yarimbutali-gipsofilli, galofilli va to‘qay) o‘simliklar assotsiatsiyalari uchraydi. Quljuqtog‘ning janubi yonbag‘irlarda sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda turon shuvog‘i va oq shuvoq formatsiyalari keng tarqalgan. Undan tashqari, qumoqli sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda singrenli formatsiyalar, shag‘alsimon sho‘rxok sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda qora boyalishli formatsiyalar , shag‘alli sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda toshbuyurg‘un va sho‘rxok sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda quyrovuqli formatsiyalar uchraydi. Galofilli o‘simliklar tipi titr ( Salsola gemmascens ) va sarsazan ( Halocnemum strobilaceum ) formatsiyalaridan tashkil topgan. Bu formatsiyalar qoldiq tog‘ning yonbag‘irlarida dog‘ yoki tasma ko‘rinishda, pasttekisliklarda esa ko‘pchimali sho‘rxoklarda uchraydi.
To‘qay tipiga mansub jamoalar Quljuqtog‘ning quruq soylarida tarqalgan. Bu erda yantoq ( Alhagi persarum ) formatsiyasi va yulg‘un ( Tamarix sp.) turlari keng tarqalgan. Psammofilli butali o‘simliklar tipi Ovminzatog‘ning shimoliy etaklaridagi qumliklarda tarqalgan bo‘lib, ba’zi hollarda ayrim psammofit turlar Ovminzatog‘gacha kirib keladi. Ovminzatog‘ ana shu tomoni bilan Quljuqtog‘dan farqlanadi. Ko‘char qumlar hatto tog‘ning eng yuqori cho‘qqilarida ham kuzatiladi. Bu erda butalardan asosan, juzg‘un ( Calligonium ) turlari, ko‘pyillik o‘tlardan Aristida pennata, Carex physodes va boshqalar uchraydi. Gipsofilli yarimbutali o‘simliklar toshli va shag‘alli tuproqlarda keng tarqalgan. Ularga shuvoqli va keyrukli formatsiyalar kiradi. P.K. Zakirovning geobotanik rayonlashtirishi bo‘yicha Quljuqtog‘ 3 ga bo‘linadi: Quljuqtog‘ va uning shimoliy hamda janubiy etaklari. Bu hududlar asosan shuvoqzorlardan tashkil topgan. I.F. Momotov shuvoq formatsiyalarini 3 ga - Artemisia terrae-albae, Artemisia diffusa, Artemisia turanica larga ajratadi. Artemisia terrae-albae va Artemisia diffusa lar sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarga xos bo‘lib, Quljuqtog‘ning shimoliy va janubiy yonbag‘irlarda tarqalgan. Turon shuvog‘i ( Artemisia turanica ) Quljuqtog‘ning janubiy yonbag‘irlarida asosiy landshaft hosil qiluvchi o‘simlik hisoblanadi. Janubi-G‘arbiy Qizilqum yil bo‘yi yaylov sifatida foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida o‘simlik qoplamining payhonlanishiga va kamyob turlar arealining yanada qisqarishiga olib kelmoqda. 1.2. Qizilqum o’simliklar qoplamining hozirgi holati. Yaylov chorvachiligi jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblanib, yaylovlarning katta qismi tabiiy y em- xashak resursi sifatida foydalaniladi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatiladi.