logo

QORAKO‘L QO‘YLARINI URCHITISHDA YAYLOV O‘SIMLIKLARINING YIL FASLLARI BO‘YICHA O‘ZGARISHI VA MAHSULDORLIKKA TA’SIRI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

518.9833984375 KB
QORAKO‘L QO‘YLARINI URCHITISHDA YAYLOV
O‘SIMLIKLARINING YIL FASLLARI BO‘YICHA O‘ZGARISHI VA
MAHSULDORLIKKA TA’SIRI
MUNDARIJA 
KIRISH  3
1 -BOB.  ADABIYOTLAR SHARXI
§1.1.  Qorako‘lchilikni rivojlanish tarixi 8
§1.2.  O‘zbekistonda  qorako‘lchilikni rivojlanish holati 13
§1.3. Qorako ‘ l   qo ‘ ylari   urchitilayotgan   tog ‘ oldi   va   cho ‘ l
yaylovlarining   tabiiy -  iqlimiy   va   yaylov  –  oziqaviy   sharoitlari 21
            1.4.Oziqlanish   omillarining   hazmlanish   jarayonlariga   va
hayvonlarning mahsuldorligiga ta’siri 31
2 . BOB.   Tadqiqot     ob y ektlarining   umumiy   tavsifi   va   foydalanilgan
uslublar.........................................................................................
§2.1.  Tadqiqot sharoiti 3 6
§2.2.  Tadqiqot obyektlari 3 6
§2. 3 .  Tadqiqot usullari 3 6
3.BOB. Tadqiqot ishining natijalari
§3.1. Yaylovlarning   mahsuldorligi   va   oziqa   zahiralarini   o ‘ rganishga
oid tahlillar 4 1
       § 3.2.  Tog‘, tog‘oldi va cho‘l tabiiy yaylovlar o‘t – o‘lanlarining        
botanik va kimyoviy tarkibi 4 6
          § 3. 3 .   Yil   fasllari   bo ‘ yicha   tabiiy   yaylovlar   oziqalarining
oziqaviylik   va      to ‘ yimlilik   qiymatlari 58
        § 3.4.  Qorako ‘ l qo ‘ ylarining gematologik ko ‘ rsatkichlarini  oziqlanish
sharoitlariga qarab o‘zgarishi 6 0
XULOSALAR  7 4
AMALIY TAVSIYALAR 7 5 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 7 6
K   I   R   I   SH
Magistrlik   d issertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
  Hozirgi   kunda   butun   dunyoda   aholi   sonining   jadallik   bilan   ortayotganligi
bois,   mavjud   go‘sht   zahiralaridan   (qoramol,   qo‘y-echki   va   boshq.)   oziq-ovqat
sifatida   keng   ko‘lamda   foydalanish   hayvonlar   bosh   sonining   keskin   kamayishiga
olib   kelmoqda.   Qo‘ychilik,   par r andachilik,   baliqchilik   va   quyonchilik   a holini
sifatli   go‘sht   va   go‘sht   mahsulotlari   bilan   barqaror   ta’minlashda   asosiy   zahira
manbalari   hisoblanadi.   Shu   bois,     qorako‘lchilikni   rivojlantirish,   cho‘l,   yaylov
sharoitlarda   qorako‘l   qo‘ylarini   boqish,   parvarishlash   va   oziqlantirishning   qulay
sharoitlarini aniqlash, ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
ishlab   chiqish   hamda   ishlab   chiqarishga   joriy   qilish   orqali   go‘sht   tanqisligi
muammosini   ijobiy   hal   qilinishiga   erishish   mumkinligi   bugungi   kunning   dolzarb
muammolaridan biridir.
Jahonda   keyingi   yillarda   tashqi   muhitning   noqulay   omillari   ta’siri   ostida   va
yaylovlardan   nooqilona   foydalanish   oqibatida   qishloq   xo‘jaligi   hayvonlari
mahsuldorligi   va   turli   infeksion   hamda   invazion   kasalliklarga   qarshi   tabiiy
chidamliligining   pasayishi,   ulardan   olinadigan   mahsulotlar   sifatining
yomonlashuvi va bosh sonining kamayib ketishini oldini olish bo‘yicha izlanishlar
olib borilmoqda. 
Respublikamiz   aholisini   sifatli   go‘sht   mahsulotlari   bilan   ta’minlashda,
qorako‘lchilik   sohasini   rivojlantirish,   ularning   mahsuldorligini   oshiruvchi
innovatsion   uslublar   ishlab   chiqish   borasida   muayyan   natijalarga   erishilmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasida   « .....mamlakat   oziq-ovqat   xavfsizligini   yanada   mustahkamlash,
2 ekologik   toza   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   kengaytirish » 1
  vazifalari   belgilab
berilgan.   Ushbu   vazifalardan   kelib   chiqqan   holda   mamlakatimizning   tog ‘   va
tog ‘ oldi   hududlarga   tez   moslashayotgan   qorako‘l   qo‘ylarini   fiziologik-
biokimyoviy ko‘rsatkichlariga, mahsuldorligiga ta’sirini aniqlash, ular organizmida
ro‘y   beradigan   o‘zgarishlarni   biologik   jihatdan   asoslash   ilmiy-amaliy   ahamiyat
ega. 
Respublikamiz   chorvachilik   mahsulotlarini   ishlab   chiqarishda   cho’l
chorvachiligi O’zbekistondagi eng muhim tarmoqlardan biri bo’lib hisoblanadi va
uni   yanada   barqaror   rivojlantirishning     beqiyos   imkoniytlari   mavjud.   Hozirgi
kunda O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yalpi go’sht mahsulotlarining 40%dan
ortiq   qismi,   sut   mahsulotlarining   20%,   jun   mahsulotlarining   100%,   po’stinbop
terilar   ishlab   chiqarishning   80%,   qorako’l   terilari   ishlab   chiqarishning   100%   va
shirdon   yoki   qorincha   fermentlari   ishlab   chiqarishning   100%   aynan   cho’l
chorvachiligi   ulushiga   to’g’ri   keladi.   Sohaning   asosiy   ishlab   chiqarish   vositalari
chorva   mollari,   qorako’l   qo’ylari   va   ularni   amalda   yil   davomida   ozuqa   bilan
ta’minlovchi   tabiiy   cho’l   yaylovlari   hisoblanadi.   Har   ikkala   omil   bir   biri   bilan
uzviy   bog’langan   bo’lib   birining   rivojlanishi   albatta   ikkinchisining   rivojlanishini
ta’minlaydi.   Shu   bois   cho’l   chorvachiligi   samaradorligi   va   uning   barqaror
rivojlanishi   tabiiy   cho’l   yaylovlarining   hosildorlik   va   yaylov   ozuqalarining
to’yimlilik   qiymatiga   bog’liq.   Yaylovlardan   uzluksiz   ravishda   foydalanish
yaylovlarni   yaroqsiz   holigi   kelishiga,   zaharli   va   zararli   o’simliklar   ko’payib
ketishiga   sharoit   yaratadi.   Mamlakatimiz   qishloq   xo’jaligida   olib   borilayotgan
iqtisodiy   islohatlar   jarayonida   chorvachilik   tarmog’ini,   qorako’lchilik   tarmog’ini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Agrar  siyosatning bosh masalalaridan
biri   bu   mamlakat   aholisini   oziq   –ovqat,   jumladan   chorvachilik   mahsulotlariga
bo’lgan ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobiga  qondirish hisoblanadi. 
  Qator   yillar   mobaynida   O’zbekidstonda   qorako’l   qo’ylari   boqiladigan
hududlardagi   yaylovlarning   asosiy     ozuqaviy   resurslarini   botanik   va   kimyoviy
tarkibini   hamda   mavjud   oziqa   vositalarining   to’yimlilik   qiymatini   aniqlash
1
Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017   йил   7   февралдаги   ПФ-4947-сонли   «Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» Фармони.
3 bo’yicha   tadqiqot ishari olib borilgan. Lekin haligacha yaylovlarning oziqaviylik
mahsulotlariga ekologik omillarning ko’rsatadigan ta’sirlarini o’rganish davomida
yaylovlarning mahsuldorligini kompleks baholash uchun, ya’ni tabiiy yaylovlardan
unumli   foydalanish   muammosini   ijobiy   hal   qilish   imkonini   beruvchi   tabiiy
yaylovlarning tabaqalashtirilgan oziqaviy mahsuldorligini baholash usullari ishlab
chiqilmagan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi   PF-4947 -son
“O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi
bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida”   gi   Farmoni,   2017   yil   16   martdagi
PQ-2841 -son   “ Chorvachilikda   iqtisodiy   islohatlarni   chuqurlashtirishga   doir
qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida ”gi   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining “ Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi,  2019 yil, 16 avgustdagi-PQ-4420- q aror lar i   hamda ushbu faoliyatga
tegishli   boshqa   me’yoriy-hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda
mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqot   obyekti .   Tadqiqot ning   ob y ekti   s ifatida   Nurobod   tumani   “Mulki
O‘sar” fermer xo‘jaligi  qorako‘l qo‘ylari  tanlab olingan.
Tadqiqot   predmeti .   Qorako ‘ l   qo ‘ ylari ga   y a ylov   o‘simliklarining   yil
fasllari dagi o‘zgarishi   orqali ko‘rsatadigan   ta’siri ,   o‘sish va rivojlanishi,   fiziologik
holatlari, qonning gematologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlari dan  iborat .
Tadqiqot   maqsadi va vazifalari.   Samarqand   viloyatidagi   cho‘l, yaylovlarida
tabiiy  sharoitida urchitilayotgan qorako‘l qo‘ylarini oziqlanishini va yil fasllaridagi
ozuqalarning   ratsionini   o‘rganish,   organizmining   fiziologik   holatini   baholashdan
iborat.
M aqsadga erishish uchun quyidagi aniq vazifalarni o‘rganish rejalashtirildi .
4 1.   Samarqand   viloyati   cho‘l   va   tog‘oldi   hududlarida   qorako‘l   qo‘ylari
boqilayotgan   yaylovlarda   o‘sayotgan   o‘simliklarning   fasllar   bo‘yicha   botanik   va
kimyoviy tarkibi, biologik qiymati va yaylovlarning mahsuldorligini aniqlash;
2.     Yil   fasllari   va   qorako‘l   qo‘ylarining   fiziologik   holatiga   mos   holda     yil
davomida   dalada   haydab   boqilgan   qo‘ylar   organizmining   to‘yimli   moddalarga
bo‘lgan talabini qondirilish darajasini aniqlash;
3.   Yil   davomida   dalada   haydab   boqilgan   qo‘ylar   ovqat   hazm   qilish   tizimida
iste’mol   qilingan   ratsion   tarkibidagi   to‘yimli   moddalarning   yil   fasllari   va
hayvonlarning   fiziologik   holatiga   bog‘liq   holda   hazmlanishi   va   mahsulotga
transformatsiya qilinishini aniqlash;
Ilmiy  yangiligi  quyidagilardan iborat:
Samarqand   viloyati   tabiiy   sharoitda   boqilayotgan   qorako‘l   qo‘ylarining
rivojlanishiga   yaylov   o‘simliklari   va   ularning   yil   fasllari   almashinuvi   bo‘yicha
o‘zgarib borishi hamda ularning qorako‘l qo‘ylarining rivojlanishiga ko‘rsatadigan
ta’sir darajasi aniqlanadi;
Ratsiondagi   ozuqalarning   qo‘ylarning   o‘sishi   va   rivojlanishiga   salmoqli
ta’sir etishi  o‘rganildi;
Tadqiqotning asosiy  masalalari  va farazlari.   Qishloq xo ‘ jaligini  jumladan
qorako ‘ lchilikni rivojlantirish borasida   yaratilayotgan imkoniyatlar oqibatida bosh
rivojlanib   borayotgan   chorvachilik   uchun   ozuqalar   bazasini   mustahkamlash
maqsadida   turli   yaylov   o ‘ simliklarini   botanik   va   kimyoviy   tarkibini   o ‘ rganish
ularning   to ‘ yimlilik   darajasini   aniqlash   orqali   qorako ‘ lchilikni   taraqqiy   etishi   va
qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining o‘sishiga  imkon  yaratiladi. 
Tadqiqot   ishining   usullari:   D issertatsiya   ishini   amalga   oshirishda
umumqabul qilingan zamonaviy fiziolo gi k ,   gematologik, biokimyoviy   va   statistik
tahlil usullaridan  foydalanil gan .
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.   Ishning nazariy va
amaliy ahamiyati shundan iboratki, bugungi kunda mamlakatimizda aholini sifatli
5 go‘sht  mahsulotlari bilan ta’minlash eng dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi. Shu
bois,   chorvachilikni,   xususan   qorako‘lchilikni   rivojlantirish   dolzarb   masalalardan
biri bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, qorako‘l qo‘ylari cho‘l-yaylov sharoitlariga tez
moslashuvchan, immun tizimi barqaror bo‘lgan hayvonlardan hisoblanadi. 
Dissertatsiya   ishining   asosiy   materiallari   o‘quv   jarayonida   ma’ruzalar
o‘qishda,   hayvonlar   fiziologiyasi   va   etiologiyasida   laboratoriya   va   amaliy
mashg‘ulotlarni   o‘tkazishda   ma’lumot   sifatida   foydalanish   mumkin.
Qorako‘lchilik   xo‘jaliklarida   ratsion   qo‘shimcha   ozuqa   sifatida,   qo‘llashning
ekologik va fiziologik asoslash mumkin.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi .   Mazkur tadqiqot natijalari bo ‘ yicha
1   ta   maqola   va   2   ta   tezislar   chop   etilib,   ilmiy-amaliy   anjumanlarda   muhokama
qilingan.
Dissertatsiyaning   tuzilishi   va   hajmi .   Dissertatsiya   tarkibi   kirish,   uch   bob,
asosiy   qism,   xulosa   va   foydalanigan   adabiyotlar   ro ‘ yxati   kabi   qismlardan   iborat.
Dissertatsiya   mavzusi   bo ‘ yicha   jami   3   ta   ilmiy   ishlar   nashr   etilgan.
Dissertatsiyaning asosiy mazmuni  82  sahifani tashkil etadi.
6 1. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1.  §  Qorako ‘ lchilikni rivojlanish tarixi
Qorako‘lchilik   chorvachilikning   muhim   va   o‘ziga   xos,   Respublikamizning
og‘ir   ekstremal   sharoiti   bilan   xarakterlanadigan   cho‘l   hududlarida   rivojlanib,   shu
hududlarda   samarali   foydalanuvchi   va   ushbu   region   aholisining   sotsial   turmush
darajasini   taminlashda   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   uning   asosiy   mahsuloti   –
qorako‘l terilari valyuta manbai hisoblanadi. Bu borada ta’kidlash lozimki, ushbu
mahsulot   o‘zining   rangbarangliklari,   gullarning   naqshlari,   jun   tola   qoplamining
yuqori sifati jihatidan tengsiz hisoblanadi [1; 6-7 b; 3; 89-95 b; 9; 90 b].
Qorako‘lchilikni   tarixiga   nazar   soladigan   bo‘lsak,   O‘rta   asrda   dehqonchilik
bilan,   birgalikda   chorvachilikning   rivojlanishiga   ham   alohida   e’tibor   berilgan.
Chorva   mollari   ichida   qorako‘l   qo‘ylarini   urchitish,   katta   maydondagi
yaylovlardan foydalanishda va tannarhi arzon bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda
muhim   rol   o‘ynagan.   Qorako‘l   qo‘ylari   ming   yillar   moboynida   xalq   seleksiyasi
asosida   keltirib   chiqarilgan.   Ular   eksterimal   sharoitga   moslashish   imkoniyatiga
ega.   Qorako‘l   qo‘ylarining   kelib   chiqish   makoni,   Buxora   viloyatining   Qorako‘l
tumani   hisoblanadi.   Ularning   asosiy   mahsuloti   qorako‘l   teri   bo‘lsada,   ulardan
yuqori sifatga ega bo‘lgan go‘sht, jun, ichaklaridan tibbiyot jarrohligi uchun ketkut
iplari,   shirdonidan   pishloq   ishlab   chiqarishda,   shohlaridan   turli   hildagi
taqinchoqlar,   tugmalar,   shoh   qoldiqlari   vatuyoqlaridan   kley   tayyorlanadi.
Qorako‘l   qo‘ylarining   qora,   sur,   ko‘k   va   oq   ranglari   mavjud   bo‘lib,   ko‘k   va
sur qorako‘llarda еtti xil rang baranglik mavjud [5; 55-64 b; 6; 72-79 b;10; 10 b].
7              O‘ninchi asrda Buxora va Xivadan keltirilgan qorako‘l teri bilan savdo sotiq
ishlari   boshlangan.   Ular   asosan   Rossiyaning   Tobolski,   Tver,   Nijniy-Novgorot   va
Irbit   shaharlarida   sotilganligini   mashhur   yozuvchi   Marko   Polo   qayd   etadi.
Arabistonlik   mashhur   geograf   Ibn-Xoukal   qorako‘l   terilarda   turli   xildagi   jilo
beradigan, xushro‘y tabiiy gullar mavjudligini yozib qoldiradi. Qorako‘l teri bilan
savdo   sotiq   ishlari   jahonda   bo‘lib   o‘tadigan   barcha   auksionlarda   (Nyu   York,
Leypsik,   London   va   Sankt-Peterburg)   “Buxora-qorako‘l”   nomi   bilan   sotiladi.
Hozirgi kunda 16 tadan ziyot mamlakatda qorako‘l qo‘ylari urchitilmoqda, ammo
ularning   ichida   O‘zbek   qorako‘li   sifat   ko‘rsatgichlari,   rangi   va   rangbarangligi
bo‘yicha   birinchi   o‘rinni   egallab   kelmoqda.   Bugungi   kunda   har   bir   qorako‘l
terimiz   o‘rtacha   25-30   dollordan   sotilmoqda.   O‘zbekistonda   barcha   toifa
xo‘jaliklarda   6   mln   dan   ziyotroq   qorako‘l   qo‘yi   mavjud.   103   ta   shirkat   xo‘jaligi
davlat   tasarrufida   faoliyat   yuritmoqda.   31   ta   qorako‘l   qo‘ylarining   zavod   tiplari
yaratilgan.   Qorako‘l   qo‘ylari   cho‘l   zonasida   yashayotgan   aholining   sotsial
masalalarini hal qilishda ham muhim ro‘l o‘ynaydi [7; 24-28 b].
Qorako‘l   qo‘ylari   O‘zbek   xalqining   milliy   boyligdir.
Qorako‘lchilik   chorvachilikning   asosiy   tarmoqlaridan   biridir   Qorako‘l
qo‘ylar eng qadimgi zot hisoblanib, ular barcha barra terili zotlarning urug‘boshisi
hisoblanadi.   Ular   vujudga   kelguncha   hozirgi   O‘rta   Osiyo   hududida   yashagan
qorako‘lchi-chorvadorlarning   ko‘p   asrlik   mehnati   sarflangan.   O‘zbekistonda
chorvachilikni   rivojlantirish   bo‘yicha   bosqichma   –   bosqich   choralar   amalga
oshirilib   kelinmoqda.   Amalga   oshirilayotgan   islohotlar   chorvachilikda,   shu
jumladan qorako‘lchilikda bozor munosabatlariga asoslangan yangi tizimini ishlab
chiqish   imkonini   berdi.   Yangidan   qabul   qilingan   dasturiy   hujjatlar,   shu   jumladan
“naslchilik   to‘g‘risida”   gi   qonun,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2006
yil   23   martdagi   308-sonli,   2008   yil   21   apreldagi   842-sonli   va   Vazirlar
Mahkamasining   qator   qarorlari   chorvachilikni   rivojlantirishga   o‘zining   kuchli
ijobiy   ta’sirini   ko‘rsatdi.   Shu   bilan   bir   qatorda   chorvachilik   mahsulotlarini   ishlab
chiqarishni   ko‘paytirish   bo‘yicha   Respublikada   ishlab   chiqilgan   2011-2015
8 yillarga   mo‘ljallangan   hukumat   dasturi   qabul   qilinib,   uning   bajarilishida   yaylov
chorvachiligining alohida o‘rni borligi belgilab o‘tilgan [8; 87-90 b]. 
              Hozirgi   kunda   qorako‘lchilik   Respublika   xalq   xo‘jaligida   muhim   o‘rin
egallaydigan   sohalardan   hisoblanib,   17,5   mln.   ga   cho‘l   yaylovlaridagi   barcha
kategoriyadagi xo‘jaliklarda (shirkat, dehqon, fermer) 4,5 mln. bosh shu jumladan
“O‘zbek   qorako‘l”   kompaniyasi   tizimidagi   xo‘jaliklarda   2,5   mln.   bosh   qorako‘l
qo‘ylari urchitiladi. Qorako‘l zotining nasl zahirasi juda boy. Uning tarkibida 10 ga
yaqin rang 30 dan ziyod rang-barangliklar, 4 gul, 4 konstitutsiya tiplariga mansub
qo‘ylar mavjud. Ushbu zot bilan uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqot ishlari
natijasida   qorako‘lchilikda   naslchilik   ishlarini   yuritish   tizimi,   turli   rang,
rangbaranglik va gul tipidagi qorako‘l qo‘ylarining 31 yangi zavod tiplari yaratilib,
patentlar   bilan   himoyalangan,   yaylovlarni   yaxshilash   texnologiyalari   ishlab
chiqilgan [11; 9 b].
            O‘zbekiston   Respublikasi   o‘zining   Mustaqillik   yillari   davomida   xalq
xo‘jaligi   barcha   tarmoqlari   bo‘yicha   ulkan   yutuqlarga   erishib,   dunyo
hamjamiyatini   hayratda   qoldirmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom
Karimovning   2013   yilning   asosiy   yakunlari   mamlakatimizni   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish   yakunlari   va   2014   yilda   O‘zbekistonni   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasining   majlisidagi   “2014   yil   Vatanimiz   taraqqiyotini   yangi
bosqichga   ko‘taradigan   yil   bo‘ladi”   mavzusidagi   ma’ruzasi   e’lon   qilindi.
O‘tgan   2013   yil   ham   mamlakatimiz   ijtimoiy   hayotining   turli   jabhalarida   yangi
yutuq   va   natijalarga   juda   boy   bo‘ldi.   Soha   respublika   miqyosida   yiliga   17000-
18000   tonna   go‘sht,   250-300   ming   dona   qorako‘l   terilari   va   3000   tonna   atrofida
jun   ishlab   chiqarishni   ta’minlamoqda.   Qorako‘lchilikning   nasl   bazasi   kuchli
xozirda   respublikada   29   ta   naslchilik   zavodlari   va   xo‘jaliklari   faoliyat
ko‘rsatmoqda va zot miqyosida 31 ta yuqori irsiyatli zavod tiplari mavjud. Barcha
zavod   tiplari   qorako‘lchilik   institutining   ilmiy   xodimlari   va   amaliyotchilar   ijobiy
hamkorligining   mahsuli   hisoblanib,   ularning   irsiyati   qora,   ko‘k,   Buxoro,
9 Qoraqalpoq, Surxondaryo surlari oq, guligaz ranglaridagi, turli gul tipli (qalamgul,
yassi,   qovurg‘asimon)   yuqori   sifatli   qorako‘l   terilari   ishlab   chiqarish   bo‘yicha
seleksiyalanib, mustahkamlangan [12; 10-12 b].
                Respublikamiz   Prezidentining   qator   farmonlarida   chorvachilikni   jadal
rivojlantirish, xalqimizning tobora o‘sib borayotgan chorva mahsulotlariga bo‘lgan
talabini  qondirishga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Chorvachilik qishloq  xo‘jaligining
yetakchi sohalaridan biri bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda
muhim   o‘rin   tutadi.   Bu   talabni   qondirishda   chorva   mahsulotlari   еtishtirishni
ko‘paytirish   katta   ahamiyatga   ega.   Chorva   mollari   va   parrandalardan   olinadigan
go‘ng o‘simliklar uchun qimmatli organik o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Hayvonlar
arzon to‘yimliligi kam bo‘lgan o‘simlik oziqalarini, kishilar iste’moli uchun zarur
bo‘lgan   qimmatli   mahsulot   va   sanoat   uchun   kerakli   bo‘lgan   xom   ashyoga
aylantirib   beradi.   Aholini   sifatli   va   arzon   chorva   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan
ta’minlash   dunyo   mamalakatlaridagi   kabi   bizning   mamlakatimizda   ham
eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi [13; 43 b; 14; 25-29 b].
              Mustaqillikga   erishganimizdan   keyin   mamlakatimizda   boshqa   soha   va
tarmoqlar   kabi   chorvachilikning   rivojlanishiga   katta   e’tibor   berilmoqda.   Iqtisodiy
islohotlarni   tobora   chuqurlashtirish   asosida   chorvachilikni   yanada   rivojlantirish
uchun   qator   imkoniyatlar   yaratilmoqda.   Istiqlolga   erishgan   kunlardanoq   agrar
sektorning   muhim   tarmog‘i   hisoblangan   chorvachilikni   rivojlantirishga   katta
e’tibor   qaratilgan.   Eng   asosiysi   sohada   bozor   munosabatlarini
qaror   toptirishga   qaratilgan   iqtisodiy   islohatlar   izchillik   bilan   amalga   oshirilib,
chorvachilikni barqaror rivojlantirishni huquqiy asoslari barpo etildi. Bunga misol
qilib, Davlat qonunlarini, Prezident farmon va qarorlarini va hukumat Dasturlarini,
Vazirlar   mahkamasining   qator   qarorlarini   keltirish   mumkin.   Ayniqsa,   bu   borada
Mamlakatimizning   birinchi   prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan   “Shaxsiy
yordamchi,   dehqon   va   fermer   xo‘jaliklarida   chorva   mollarini   ko‘paytirishni
rag‘batlantirish   chora   tadbirlar   to‘g‘risida”   gi   2006   yil   23   martda   qabul   qilingan
308–sonli   hamda   “Shaxsiy   yordamchi,   dehqon   va   fermer   xo‘jaliklarida   chorva
10 mollarini   ko‘paytirishni   rag‘batlantirishni   kuchaytirish   hamda   chorvachilik
mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora tadbirlar
to‘g‘risida”   gi   2008   yil   21   aprelda   qabul   qilingan   842   -   sonli   qarorlari   muhim
ahamiyat  kasb  etmoqda. Ushbu qarorlarni  joylarda ijrosini  ta’minlash  maqsadida,
Respublika   Vazirlar   mahkamasining   2009–2011   yillar   davomida   chorvachilikni
rivojlantirish,   qoramollar   bosh   sonini   va   sut   hamda   qoramol   go‘shti   ishlab
chiqarishni   ko‘paytirish   borasida   Respublika   dasturi   ishlab   chiqildi.   Mamlakatda
chorvachilik,   qoramolchilik,   asalarichilik   va   baliqchilikni   rivojlantirishga
yo‘naltirilgan   qator   qarorlar   va   me’yoriy   hujjatlar   qabul   qilindi.   Shu   sababli
qishloq   xo‘jaligi   doimiy   ravishda   amalga   oshiriladigan   iqtisodiy   islohatlarni
markazida turadi [15; 3-6 b].
       Barcha iqtisodiy o‘zgarishlarni jarayoni dehqonchilik va chorvachilik sektoriga
qancha   chuqur   ta’sir   etishiga   qishloq   xo‘jaligi   jumladan   chorvachilik   yuzdan
o‘zgaruvchan   iqtisodiy   islohatlarga   muxtoj.   Ko‘p   bosqichli   xo‘jaliklarni   tashkil
etish   hozirgi   kunning   talabi.   Hozirgi   davrda   fermer   xo‘jaliklarini   tashkil   etish   va
uni   ommaviy   tarzda   rivojlantirishni   mamlakatimizda   jadal   suratlar   bilan   olib
borilmoqda. Fermer xo‘jaliklari mahsulotini ishlab chiqarish qayta ishlash, saqlash
va   sotish   kabi   jarayonlarni   o‘z   qo‘llariga   olishlari   hamda   haqiqiy   mulk   egalari
bo‘lishi kerak. Respublikamizda chorva mollarini bosh sonini ko‘paytirish ularning
mahsuldorligini   oshirish,   jahon   andozalaridagi   yangi   texnolgiyalarni   joriy   etish,
chorva   mahsulotlarini   ishlab   chiqarishda   dehqon,   fermer,   ijara   kabi   ishlab
chiqarish usullarini qo‘llab chorvadorlarni mulk egalari deb his etgan holda mehnat
qilish bilangina  chorvachilikni  rivojlantirish mumkin [17; 90 b; 16; 77 b].
Hayvonlarning   alohida-alohida   sifatlarining   xususiyatlarini   yaxshilashi
naslchilik   ishini   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilganiga   bog‘liqdir.   Chorvachilikda   asosiy
urchitish   metodlari   –   toza   holda   urchitish   va   chatishtirish.
Chorvachilikning   tajribasida   hayvonlarni   uzoq   muddatda   bir   xil   sharoitda
saqlash   bilan   yopiq   urchitish   yomon   natijalarga   olib   kelgani   ma’lum.
Muallif   [ 47 ]   o‘qtiradiki,   “Ulus”   sovxozining   sovliqlarini   “Qorako‘l”
11 naslchilik   xo‘jaliklarning   qo‘chqorlaridan   olingan   urug‘   bilan   urug‘lantirilganda,
ulardan olingan qo‘zilarning hayotchanligi  oshib, tirik vazni  ko‘paygan, teri sathi
kengaygan va elita hamda o‘rta gulli qo‘zilar ko‘proq tug‘ildi. Agar naslchilik ishi
to‘g‘ri yo‘lga qo’yilgan bo‘lsa urchitish uchun keltirilgan qo‘ylarni chatishtirishni
yaxshilash   va   mahsuldorligini   ba’zi   bir   tomonlarini   oshirish   uchun   qon   quyish
yo‘li juda yaxshi natijalarni beradi. Mualliflar [18; 136 b; 19; 24 b] takidlanishicha,
eski   vaqtda   dehqonlar   vaqti-vaqti   bilan   o‘z   podalariga   boshqa   joydan   keltirilgan
qo‘chqorlarni qo‘shganlar.
Mualliflar [20; 61 b; 50; 50-51 b] ning yozishicha naslli qo‘chqorlarni vaqti 
vaqti   bilan   almashtirishga   katta   ahamiyat   berib,   shunday   usul   bilan   qorako‘l
qo‘ylarning teri sifatini yaxshilash mumkin deb hisoblaganlar. Muallif [40; 68-80
b]   fikricha,   keltirilgan   qo‘chqorlardan   shu   vaqtda   yaxshi   zot   olish   mumkinki,
qachonki   ularning   o‘sgan   sharoiti   bilan   yangi   sharoti   o‘xshash   bo‘lsa.
Mualliflar [21; 456 b; 45; 178 b] fikriga ko‘ra  ko‘k qorako‘l qo‘ylarni urchitishda
boshqa   sharoitda   o‘stirilgan   ko‘k   qorako‘l   qo‘chqorlardan   foydalanish,   olingan
ko‘k   qo‘zilarni   hayotchanligini   oshiradi,   albiniot   (oq   tanglay)   qo‘zilarning
tug‘ilishini kamaytiradi, degan fikrga kelgan.
1.2. § O‘zbekistonda qorako‘lchilikni rivojlanish holati 
                    Respublikamizda   chorvachilik   mahsulotlarini   ishlab   chiqarishda   cho‘l
chorvachiligi O‘zbekistondagi eng muhim tormoqlardan biri bo‘lib hisoblanadi va
uni   yanada   barqaror   rivojlantirishning   beqiyos   imkoniyatlari   mavjud.   Hozirgi
kunda   O‘zbekistonda   ishlab   chiqarilayotgan   yalpi   go‘sht   mahsulotlarining   40   %
dan   ortiqroq   qismi,   sut   mahsulotlarining   20   %,   jun   mahsulotlarining   100   %,
po‘stinbop   terilar   ishlab  chiqarishning   80  %,  qorako‘l  terilar   ishlab  chiqarishning
100   %   va   shirdon   yoki   qorincha   fermentlari   ishlab   chiqarishning   100   %   aynan
cho‘l   chorvachiligi   ulushiga   to‘g‘ri   keladi.   Sohaning   asosiy   ishlab   chiqarish
vositalari – chorva mollari va ularni amalda yil davomida oziqa bilan ta’minlovchi
tabiiy   cho‘l   yaylovlari   hisoblanadi.   Har   ikkala   omil   bir   –   biri   bilan   uzviy
12 bog‘langan   bo‘lib,   birining   rivojlanishi   albatta   ikkinchisini   rivojlanishini
ta’minlaydi.   Shu   bois   cho‘l   chorvachiligi   samaradorligi   va   uning   barqaror
rivojlanishi   tabiiy   cho‘l   yaylovlarining   hosildorlik   va   yaylov   oziqalarning
to‘yimlilik qiymatiga bog‘liq   [22,  128 b].
  Qorako‘l   qo‘yi   -   sur   qorako‘l   teri   еtishtirish   uchun,   asosan,   O‘zbekistonda
urchitiladigan qo‘ylar. Qo‘rako‘l qo‘yi tabiiy sharoitga boshqa qorako‘l qo‘ylariga
nisbatan chidamsizroq, ko‘k qorako‘l qo‘ylariga qaraganda chidamliroq. Sovliqlari
40-45   kg ,  qo‘chqorlari   55-60   kg,   yillik   jun  mahsuloti   2,5-3,0  kg.   Eng   yuqori   nav
sur terilar еtishtirish va nasldor sur qo‘chqorlarni ko‘proq olish uchun sur sovliqlar
sof   zot   sur   qo‘chqorlardan   qochiriladi.   Sur   sovliq   sur   qo‘chqordan   qochirilganda
sur qo‘zilar 90% dan ortig‘ini, qora sovliqlar, sur qo‘chqorlardan qochirilganda esa
sur   qo‘zilar  birinchi   bo‘g‘in  qo‘zilarining  4-6%  ini,  ikkinchi   bo‘g‘inning  27-28%
ini,   so‘nggi   bo‘ginlarning   48-50%   ini   tashkil   qiladi.   Qorako‘lchi-selektsionerlar,
mutaxassislar   hamda   cho‘ponlar   tomonidan   sur   qo‘ylarning   sermahsul   «Surxon»
turi, «Nurota» turi, kumush sur qo‘ylarning «Qoraqum» turi, tilla, kumush sur teri
beradigan «Qizilqum» turlari yaratilgan [23; 128 b].
     Mamlakatimizning cho‘l va adirli hududlarida qorako‘lchilikka ixtisoslashgan
yirik   xo‘jaliklar   joylashgan.   Ma’lumki,   qorako‘lchilik   O‘zbekiston
chorvachiligining   salmoqli sohalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari cho‘l va
adirlarning   tabiiy   o‘simlik   qoplami   qorako‘lchilikning   asosiy   oziqa   manbai
vazifasini o‘taydi [9; 9-b].
       O‘zbekistondagi mavjud 23,1 million gektar yaylov va pichanzorlarning 17,5
million   gektari   cho‘l   yaylovlari   sifatida   qorako‘lchilikda   foydalanilmoqda.
Shundan   hozirgi   kunga   kelib   yuqorida   qayd   qilingan   maydonning   37,1   %
inqirozga   uchragan,   1   million   gektardan   ortiq   maydonda   zaharli   va   zararli
o‘simliklar,   0,5   million   gektardan   ziyod   maydonni   esa   isiriqzorlar   tashkil   etadi.
Ana   shu   begona,   hayvonlar   tamonidan   iste’mol   qilinmaydigan   yoki   juda   kam
miqdorda   iste’mol   qilinadigan     o‘simliklar   ta’sirida   yaylovlarning   pichan
hosildorligi   keskin   kamayib   bormoqda   [24;   202-208   b].   Cho‘l   va   adirlardagi
13 mavjud   tabiiy   yaylovlarning   inqirozga   uchrashiga   asosiy   sabablardan   biri   bo‘lib
yaylovlardan   noto‘g‘ri   foydalanish,   isiriq,   eshak   miya   singari   zaharli   va   zararli
o‘simliklarni     ko‘payishi   va   nihoyat,   1   m 2
  maydonda   boqilishi   kerak   bo‘lgan
hayvonlar   bosh   sonini   me’yoridan   ancha   ortiq   bo‘lib   ketishi   hisoblanadi.
Yaylovlardan   uzluksiz   ravishda   foydalanish   yaylovni   yaroqsiz   holga   kelishiga,
zaharli va zararli o‘simliklarning ko‘payib ketishiga  sharoit yaratadi [25;  58-70 b].
Mamlakatimiz   qishloq   xo‘jaligida   olib   borilayotgan   iqtisodiy   islohatlar
jarayonida   chorvachilik   tarmog‘ini   rivojlantirishga   alohida   e’tibor   berilmoqda.
Agrar   siyosatning   bosh   masalalaridan   biri   bu   mamalakat   aholisini     oziq   ovqat
jumladan     chorvachilik   mahsulotlariga   bo‘lgan     ehtiyojlarini   ichki   imkoniyatlar
hisobiga qondirish hisoblanadi. Ammo, amalga oshirilayotgan chora – tadbirlarga
qaramasdan mamlakat  aholisini    o‘zimizda  еtishtirilgan chorvachilik  mahsulotlari
bilan   ta’minlash   darajasi   qoniqarsiz   holatda   qolmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi
bo‘yicha  2011 yil  natijasiga  ko‘ra, barcha  toifadagi    qishloq  xo‘jaligi  korxonalari
tomonidan     ishlab   chiqarilgan   go‘sht   aholi   jon   boshiga   52   kg,   sut   228,9   kg   va
tuxum 116, 4 donani tashkil etmoqda [26; 207 b].
            Respublikaning   barcha   toifadagi   xo‘jaliklarida   yirik   va   mayda   shoxli
hayvonlar   va   parrandalarning   bosh   soni   barqaror   ravishda   ortmoqda.   Jumladan
yirik   shoxli   qoramollar   soni   2010   yilga   nisbatan   548,8   ming   boshga   (6,0   %   ga),
sigirlar 114,6 ming boshga (3,0 % ga), qo‘y va echkilar 846,8 ming boshga (5,5 %
ga), parrandalar 4997,9 ming boshga (13,2 % ga) ko‘paydi.   Dehqon xo‘jaliklarida
yirik shoxli  qoramollarning 93,7 %,   sigirlarlarning 94,7 %, qo‘y va echkilarning
80,5%, cho‘chqalarning 79,5%, parrandalarning 60,3% parvarish qilinmoqda. Shu
bois,  2011 yilda  barcha toifadagi  xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan: - 1564,2 ming
tonna   go‘shtning   (tirik   vaznda)   -   94,7   %,   6766,2   ming   tonna   sutning   -   96,0   %,
3441,7 million dona tuxumning - 54,5 %,  28,7 ming tonna junning- 84,4%, 1022,3
ming   dona   qorako‘l   terining   -   63,0   %   dehqon   xo‘jaliklari   tomonidan   ishlab
chiqarilgan   [27; 5-34 b].
14           Keltirilgan   ma’lumotlardan   shu   narsa   ayon   bo‘ladiki,   chorvachilik
xo‘jaliklarida   mahsulot   ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirishning     asosiy
omillaridan biri   bo‘lib – oziqa bazasini   mustahkamlash hisoblanadi. Ammo, shu
narsani   qayd   qilish   joizki,   joylarda   paxtachilik   va   g‘allachilikka   ixtisoslashgan
fermer   xo‘jaliklarining   rivojlanishi   tufayli   oziqa   ekin   maydonlarini   keskin
qisqarishi, dehqon xo‘jaliklarida esa suv ta’minotida yuzaga kelayotgan   muayyan
qiyinchiliklar     sababli,   oziqalar   ekiladigan   maydonlarning   keskin   qisqarishi   va
ekinlar   mahsuldorligini   kamayishi   va   sifatini   yomonlashuvi   kuzatilmoqda.
Jumladan, Respublika bo‘yicha 1993 yilda jami qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan
maydonlar   tarkibidagi   еm   –   xashaklar   еtishtiriladigan   maydonlarning   salmog‘i
967,8   ming   gektarni   tashkil   etgan   bo‘lsa,   2011   yilda   uning   salmog‘i   330   ming
gektarni tashkil qildi yoki deyarlik 3 martaga qisqardi. Boshqacha qilib aytganda,
o‘tgan   yillar   mobaynida   еm   –   xashak   ekish   uchun   ajratiladigan   maydonlarning
miqdori 637,8 ming  ga kamaygan   [28; 125 b].
          Qishlov   uchun   tayyorlanadigan   oziqalar   tarkibini   asosan   shuvoq,   yantoq,
karrak,   tabiiy   pichanlar   hamda   sug‘oriladigan   maydonlarga   ekiladigan   boshoqli
ekinlar qoldiqlari (somon, turli poyalar va h.k.) tashkil qiladi. Tabiiy yaylovlardan
jamg‘ariladigan     oziqalar   tannarxi   juda   yuqori   bo‘lishi   bilan   birga,   ularni   tabiiy
holda   hatto   maydalab   berilganida   ham   jamg‘arilgan   oziqalarni   hayvonlar
tomonidan iste’mol qilinish darajasi juda past,  ya’ni 20 - 30 % dan oshmaydi. 
Ko‘rinib   turibdiki,   bunday   holatning   yuz   berishiga,   eng   avvalo   oziqalar
jamg‘arilishidagi muddatlarning turli-tumanligi, issiq va sovuq haroratlar, yomg‘ir
ta’sirida   uning   kimyoviy   tarkibini   o‘zgarishi   sabab   bo‘lmoqda.   Natijada,   oziqalar
tarkibida   katta   miqdorda   kletchatka   va   neytral   muhitlarda   parchalanuvchi
murakkab   uglevodlar   miqdorini   kamayib,   kislotali   muhitlarda
parchalanuvchilarining   (sellyuloza,   gemitsellyuloza   va   ligninlarni)   miqdorini
ko‘payib ketishi,  asosiy omillar bo‘lib hisoblanadi [29; 215 b].
                Bu   esa   yaylov   oziqalari   tarkibidagi     to‘yimli   moddalardan   samarali
foydalanishga salbiy   ta’sir ko‘rsatadi hayvonlarning oshqozon ichaklar tizimidagi
15 hazm jarayonlarining buzilishiga, mahsuldorligini pasayishiga va turli infeksion va
invazion   kasalliklar   bilan   kasallanishiga   sabab   bo‘ladi.   Bularning   barchasi
tarmoqning   rentabellik   darajasining   pasayib   ketishiga   olib   keladi.   O‘zbekiston
Respublikasining katta hajmdagi tog‘oldi va cho‘l hududlarining adir yaylovlarida
qorako‘l   qo‘ylari   urchitilib   kelinmoqda.   Qorako‘l   qo‘ylarining   asosiy   massivi
Buxoro,   Navoiy,   Qashqadaryo,   Samarqand,   Jizzax   va   Sirdaryo   viloyatlarida
rayonlashtirilgan [30; 105-113 b].
             90 yillargacha sohada  mavjud bo‘lgan va Respublikadagi  umumiy qorako‘l
qo‘ylarining   17,2   foizini   tashkil   qilgan       nasldor   qorako‘l   qo‘ylarining   bosh   soni
aynan o‘sha muddatda 4,7 % gacha kamayib ketdi va ular Respublikadagi mavjud
barcha naslchilik reproduktorlarida saqlanib qolindi.   Ularning genofondini saqlab
qolish   maqsadida   Respublikada   fermer   va   dehqon   xo‘jaliklarida   urchitilayotgan
mavjud   qorako‘l   qo‘ylarining   bosh   sonini   tekshirib   chiqish   uchun   ekspeditsion
tadqiqot   ishlari   tashkil     qilindi.     Ekspeditsiya   davomida   noyob   ranglarga     va
boshqa   rang   –   baranglikka   ega   bo‘lgan   hayvonlar   bosh   soni   uchrab   qolsa   ularni
«O‘zbekiston qorako‘lchilik ilmiy tekshirish va cho‘l ekologiyasi instituti» qoshiga
yig‘ish,  konsentratsiyalash,  jamlash  va  urchitish,  hamda  ulardan kolleksiyalangan
naslchilik   podalarini   tashkil   qilib   tadqiqot   ishlarini,     aynan   ana   shunday   noyob
hayvonlar   ustida   olib   borishda   foydalanish   choralari   ishlab   chiqilishi   kerak.
O‘zbekistonlik   qorako‘lshunos   olimlar   tomonidan   ishlab   chiqilgan   genetik
baholash   usulining   amaliyotga   mustaqillikning   dastlabki   bozor   iqtisodiyotiga
o‘tish   davridagi   seleksiyasiga   joriy   etilishi,   mavjud   bo‘lgan   qorako‘l   qo‘ylari
populyasiyasini sifat jihatidan qayta tiklanishini, ularni bosh sonini ko‘paytirish va
mahsuldorligini oshirish imkonini berdi [31; 29-30; 10; 10 b].
Respublika   qorako‘lchilari   oldida   turgan   mavjud   qorako‘l   qo‘ylarini
takomillashtirish va zot ichidagi va zavod tiplarini, rangi, rang-barangligi va barra
tiplari   bo‘yicha   yangi   qorako‘l   qo‘ylari   liniyalari   poda   tiplarini   yaratish   bo‘yicha
vazifalarni   amalga   oshirish   dunyo   mo‘yna   bozorida   yuzaga   kelgan   sharoitning
keskinlashuvi     aynan   shu   bosqichda   murakkablashmoqda.   Keyingi   yillarda
16 raqobatbardosh   mahsulotlar   ishlab   chiquvchi   mamlakatlarning   butun   jahon   savdo
tashkilotiga   a’zo   bo‘lish   uchun,   (jumladan   O‘zbekistonning   ham)   harakat
qilinayotganligi   sababli   bu   muammoning   еchimiga     boshqacha   yondoshish
zaruratini keltirib chiqardi.  Chunki, dunyo bozoridagi qorako‘l terilarning avvalgi
mavqieni tiklash uchun, eng avvalo seleksioner  olimlar bilan bir qatorda fiziolog,
kimyogar, immunolog va oziqlanish texnologlarining hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi
zarur. Respublikada qorako‘lchilikni rivojlantirishning yangi asosiy strategik rejasi
ishlab chiqilmoqda, zot bilan ishlashning yangi seleksion progressiv usullari bilan
bir qatorda chorvachilikning ushbu sohasining mahsulotlarini ishlab chiqarishning
yangi samarali texnologik usullari  ishlab chiqilmoqda [10; 9 b].
Mamlakatimizda   ko‘paytirilayotgan   qorako‘l   qo‘ylar   eng   qadimgi   zot   bo‘lib,
barcha   barra   terili   zotlarning   urug‘boshisi   hisoblanadi.   Ular   vujudga   kelguncha
hozirgi O‘rta Osiyo hududida yashagan - chorvador qorako‘lchilarning ko‘p asrlik
mehnati  sarflangan. Bugungi  kunda dunyoning   50 dan ortiq   davlatlarida qorako‘l
zotli qo‘ylari  mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni   31 mln. boshni   tashkil  qiladi.
Qorako‘l   zotli   qo‘ylar   asosan   Afg‘oniston,   O‘zbekiston,   Turkmaniston,
Qozog‘iston,   Tojikiston,   Rossiya   Federasiyasi,   Ukraina,   Moldaviya,   Ruminiya,
Bolgariya,   Polsha,   Slovakiya,   Xitoy,   Mongoliya,   Eron,   Germaniya,   Vengriya,
Italiya,   Norvegiya,   Serbiya,   AQSh,   Argentina,   Janubiy   Afrika,   Namibiya,   Chad,
Angola va boshqa davlatlarda urchitib  boqilmoqda   [9; 6-9 b]. 
Sobiq   Ittifoq   davrida   (1967-1985   yillarda)   qorako‘l   sovliqlar   serpushtligini
oshirishga   qaratilishi   maqsadida   sun’iy   ravishda   uzoq   yillar   davomida   biologik
stimulyatorni   qo‘llab,   son   jihatdan   ko‘paytirishga   erishishga   bo‘lgan   salbiy
harakatlar   oqibatida   qorako‘l   qo‘ylar   gavdasi   maydalashib,   qorako‘l   terilari
o‘lchami-sathi   kichiklashishiga   olib   kelgan.   Ammo,   mamlakatimiz   mustaqillikka
erishgan yillardan boshlab, qorako‘lchi olimlarimiz va qorako‘l ishlab chiqaruvchi
amaliyotchilar   tomonidan   jahon   sifat   ko‘rsatkichlariga   ega   bo‘lish   uchun   sohada
seleksiya-naslchilik   ishlarini   rivojlantirishda   qorako‘l   barra   tipi,   guli   va   rang
ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu davr
17 oralig‘ida   qorako‘l   qo‘ylari   seleksiyasi   (S.Yu.   Yusupov,   A.   Gaziyev,   M.Sh.
Ismailov,   B.S.   Mamatov,     A.J.   Boltayev   va   boshqalar),   ularni   oziqlantirish   va
asrash (N.A. Boboqulov, V.V. Popova va boshqalar), cho‘l ozuqabop o‘simliklari
introduksiyasi,   seleksiyasi   va   urug‘chiligi,   yaylovlar   fitomeliorasiyasi,   ulardan
rasional   foydalanish     (M.M.   Maxmudov,   A.   Rabbimov,   B.   Bekchanov,   X.R.
Xalilov,   A.   Xamidov,     Q.   Sindarov   va   boshqalar)   yo‘nalishlarida   samarali   ilmiy
tadqiqot ishlari amalga oshirildi. 
Mamlakatimiz   Mustaqillik   yillarida   soha   olimlari   va   chorvador   qorako‘lchilar
hamkorligi   natijasida   2000-2018   yillar   ichida   sur   va   qora   rangdagi   qorako‘l
qo‘ylarning   yarim   doira   qalam   gul,   qorvurg‘asimon   va   yassi   qalam   gul   tiplariga
ega   bo‘lgan   eksportbop   qorako‘l   teri   beruvchi   yuqori   mahsuldor   mustahkam
genotipidagi  9 ta   zavod tiplari, cho‘l ozuqabop o‘simliklarning 16 istiqbolli navlari
yaratildi,qo‘ylarni oziqlantirishning resurstejamkortexnologiyalari ishlab chiqildi.
Muhtaram   Przidentimizning   sohaga   alohida   e’tiborlari   sababli   keyingi   yillarda
sohada   iqtisodiy   islohatlarini   chuqurlashtirish,   qorako‘l   zotli   qo‘ylarning
naslnitakomillashtirish,   yaylovlar   hosildorligini   oshirish,   mavjud   suv   chiqarish
inshoatlarini ta’mirlash va yangidan qazish hamda xo‘jaliklarining moddiy texnika
bazasini yaxshilash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda [31; 29-30 b].
             Birgina 2017-2018 yillarda sohada iqtisodiy islohatlarini chuqurlashtirish va
sohani  jadal   rivojlantirish   yuzasidan   2  ta  Prezident   qarori   qabul   qilindi.  Natijada,
sohada   mulkga   bo‘lgan   munosabat   tubdan   o‘zgarib,qorako‘lchilik   rivojda   yangi
davr   boshlandi.     Jumladan,   O‘zbekiston   Respublika   Prezidentining   2017   yil   16
martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2841-sonli asosan  101 ta  o‘zini iqtisodiy jihatdan
oqlamagan   shirkat   xo‘jaliklari   tugatilib,   1000   dan   ortiqqorako‘lchilik   fermer
xo‘jaliklari   va   36   ta qorako‘l   naslchilik   mas’uliyati   cheklangan   jamiyatlariga
aylantirildi.   Tashkil   etilgan   fermer   xo‘jaliklari   va   chorva   bilan  shug‘ullanayotgan
aholiga   barcha   turdagi   servis   xizmatlarini   ko‘rsatish   maqsadida   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,   Buxoro,   Navoiy,   Samarqand,   Surxondaryo   viloyatlarida,
“Qorako‘lchilik markazlari”   tashkil etildi [1; 5-6 b; 2; 10-11 b].
18                 Ushbu   markazlar   orqali   qorako‘lchilik   yo‘nalishdagi   xo‘jalik   yurituvchi
subyektlardagi chorvashunoslar, seleksiyachi-zootexniklar, bonityor-baholavchilar,
texnik   urug‘laniruvchi   mutaxassis-xodimlarning   malakasini   oshirish,   sovliqlarni
urug‘lantirish   mavsumida   naslli   qo‘chqorlarni   ijaraga   berish   va   zooveterinariya
xizmatlarini   ko‘rsatish,   shu   bilan   birga,   qorako‘l   teri   va   junni   yig‘ish   ularga
birlamchi ishlov berish tizimi joriy qilindi. 
           Hududlarda tashkil etilgan “Qorako‘lchilik markaz”larida har yili Respublika
amaliy   o‘quv   seminarlari   tashkil   etilib,   qorako‘lchilik   subyektlardagi
chorvashunoslar,   seleksiyachi-zootexniklar,   bonityor-baholavchi   mutaxassislar   va
yaylovshunoslarning   malakasi   oshirilmoqda.   Shu   bilan   birga,   Buxoro   viloyati
“Qorako‘lchilik markazi”ga buxoro suriga mansub 3 ta gul tipidagi, oltin, kumush,
olmos   rang-baranglikdagi,   jami   1   ming   200   bosh   naslli   qo‘chqorlar   еtishtirilib,
tayyorlandi   vanasldor   qo‘chqorlar   otari   tashkil   etildi.   O‘zbekiston   Respublika
Prezidentining   2018   yil14   martdagi   “Qorako‘lchilik   sohasini   jadal   rivojlantirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-3603-sonli   qaror   qabul   qilindi.   Qarorga   asosan
cho‘l ozuqa yaylov o‘simliklarining urug‘chiligini ilmiy jihatdan asoslangan holda
yo‘lga   qo‘yish,   tabiiy   yaylovlarda   o‘simliklar   bioxilma-xilligini   tiklash   va
hosildorligini   oshirishyaylovlar   hosildorligini   oshirish   shuningdek,   qorako‘l   zotli
qo‘ylarni   takomillashtirish,   ular   naslini   tubdan   yaxshilash   maqsadida   Buxoro
viloyatidacho‘l   yaylov   ozuqabop   o‘simliklar   urug‘chiligi   ilmiy   ishlab   chiqarish
Markazi   hamda   Qorako‘lchilik   va   cho‘l   ekologiyasi   ilmiy   tadqiqot   institutining
Filiali tashkil etildi [9; 6 b].
             Yaylovlar hosildorligini oshirish uchun cho‘l yaylov o‘simliklar urug‘chiligi
ilmiy  ishlab  chiqarish  Markazi   tomonidan  Buxoro  Navoiy va  Jizzax  viloyatlarida
urug‘chilik   maydonlari   tashkil   etilmoqda.   Shuningdek,   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,   Buxoro,   Jizzax,   Qashqadaryo,   Navoiy,   Samarqand   va   Surxondaryo
viloyatlari   cho‘l   hududlaridagi   suv   chiqarish   inshoatlarini   ta’mirlash   maqsadida
2018-2019   yillarda   mahalliy   byudjetlarining   qo‘shimcha   manbalari   hisobidan   9,3
mlrd.   so‘m   mablag‘lar   ajratilib,   30   ta   yangidan   suv   chiqarish   inshoatlari   tashkil
etildi ,   28   ta   ta’mir   talab   suv   ishootlari   ta’mirlandi   va   46   ta   suv   inshoatiga
19 resurstejamkor   agregatlar   o‘rnatildi.   Bugungi   kunda   qaror   ijrosini   ta’minlash
maqsadida   Respublika   “Qorako‘lchilik”   uyushmasi,   Ilmiy   taqdiqot   insituti   va
uning   filiali,   hududiy   uyushmalar,   cho‘l   yaylov   o‘simliklar   urug‘chiligi   ilmiy
ishlab chiqarish Markazi hamda amaliyotchi qorako‘lchilar hamkorligida sohasini
rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
      Buxoro viloyati “Jongeldi” qorako‘l naslchilik jamiyatida qora rangdagi yarim
doira   qalamgul   qorako‘l   teri   beruvchi   qorako‘l   qo‘ylarning   “Jongeldi”   zavod   tipi
yaratildi.   Qimmatli   genetik   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   qorako‘l   zotli   naslli
qo‘chqorlarni tayyorlash maqsadida 36 ta qorako‘l naslchilik subyektlarida har yili
tug‘ilgan   qo‘zilar   baholash   (bonitirovka)dan   o‘tkazilib,   10   ming   bosh   naslli
qo‘chqorchalar   ajratilib,   o‘stirishga   qoldirildi.   Shu   bilan   birga,   qorako‘l   zotli
qo‘ylarning qonini yangilash maqsadida har yili 1,1  ming bosh   nasldor qo‘chqorlar
xo‘jaliklar   va   xududlararo   almashtirish   tizimi   joriy   etilmoqda.   Shuningdek,
Afg‘oniston   Islom   Respublikasidan   keltirilgan   naslli   qorako‘l   qo‘ylarni   ilmiy
asosda parvarishlash, irsiy xususiyatlarini o‘rganishva ularning naslini ko‘paytirish
maqsadidaafg‘on   qorako‘l   qo‘chqorlari   bilan   buxoro   suriga   mansub   maxalliy
qorako‘l   qo‘ylarini   juftlash   orqali   sur   qorako‘l   qo‘ylarining   yangi   seleksion
suruvlarini yaratish yo‘lga qo‘yilib,hozirgi kunda bu yo‘nalinda maqsadli seleksiya
ishlari   olib   borilmoqda.   Buxoro   viloyatida   eksportbop   qorako‘lcha   teri   еtishtirish
qayta   yo‘lga   qo‘yildi.Tashqi   bozorlarda   qorako‘lcha   teri   raqobotbardosh
mahsulotligini   inobatga   olib,   Halqaro   mo‘yna   auksion   bozorlari   talablariga   mos
bo‘lgan   o‘lcham   va   barra   guli   tipidagi   eksportbop   qorako‘lcha   teri   еtishtirishni
Qashqadaryo,   Navoiy   va   Samarqand   viloyatlarida   ham   joriy   etish   orqali   2020
yildan boshlab, o‘zbek qorako‘li brendi ostida Halqaro mo‘yna auksion bozorlarida
ishtirok etish tizimini joriy etish belgilangan [12; 5-6 b].
       
1.3. §    Qorako‘l qo‘ylari urchitilayotgan tog‘oldi va cho‘l yaylovlarining
tabiiy-  iqlimiy va yaylov – oziqaviy sharoitlari
                O‘zbekiston Respublikasi  iqlim sharoitiga ko‘ra, o‘rta qurg‘oqchil hududda
joylashgan   bo‘lib,   umumiy   maydoni   46   mln   700   ming   gektar,   shundan   qishloq
20 xo‘jaligi еrlari 25 mln 600 ming gektarni (umumiy maydonga nisbatan 55 foizni),
yaylov   va   pichanzorlar   esa   21   mln   100   ming     gektarni   (umumiy   maydonga
nisbatan  45 foizini)  tashkil   etadi.  Yaylovlar   tog‘-tog‘  oldi  hududlarida  21 foiz va
cho‘lliklarda   79   foiz   bo‘lib,   o‘rmon   fondi   еrlari   3   mln   250   ming   gektarni   tashkil
etadi. Yaylovlarning asosiy qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro,
Jizzax,   Samarqand,   Surxondaryo   va   Qashqadaryo   viloyatlari   hududlarida
joylashgan. Yaylovlar mamlakatimiz cho‘l-yaylov chorvachiligining asosiy ozuqa
manbai   bo‘lib,   ulardan   yilbo‘yi   foydalanish   imkoniyati   mavjud.   Yaylov   ozuqasi
eng arzon ozuqa manbai hisoblanadi. Cho‘l yaylovlar hosildorligi past, quruq mod-
daga   hisoblaganda   1,5-3,0   s/ga   dan   ortmaydi.   Bundan   tashqari,   cho‘l     yaylovlari
hosildorligi ob-havo sharoitlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi bois, hosildorlik
yillar va yil mavsumlari bo‘ylab keskin o‘zgarib turadi [3; 8-9 b].
          O‘zbekistonning yaylov hududlari tabiiy va iqlim sharoitlari turlicha bo‘lib,
ular     dengiz   sathidan   turli   balandliklarda   joylashganligi   sababli,   o‘zining   tabiiy-
geografik   va   yaylov-ozuqa   sharoitlari   turli-tumandir.   O‘zbekiston   xududidagi
(cho‘l, yarim cho‘l, adir (tog‘oldi) va tog‘ yaylovlari) yaylovlar 21 mln 100 ming
gektarni tashkil qiladi.   Respublikamiz yaylovlarining asosiy  qismi  cho‘l  va   yarim
(chala)   cho‘l   yaylovlaridan   iborat   bo‘lib,   iqlimi   keskin   kontinental,   havo
haroratining   kunlik   va   mavsumiy   o‘zgarishlari   katta   miqdorda   farqlanadi.   Yarim
cho‘l   va   cho‘l   zonalaridagi   o‘tzorlarda   asosan   kovil,   tipchak,   cho‘l   jitnyagi,
shuvoq, yantoq, iloq, qo‘ng‘irbosh, astragal va sho‘ra o‘simliklari uchraydi.
Yarim  cho‘l  yaylovlari o‘tlarida (erta bahorda) ko‘p sonli efemerlar  uchraydi. Bu
hudud   o‘tlarining   son   va   miqdor   jihatdan   yuqori   bo‘lishi   erta   bahorgi   va   keyingi
yog‘ingarchiliklarga   bog‘liq.   Cho‘l   zonalaridagi   o‘tloqlarning   o‘tlari   0,26   ozuqa
birligi   va  15   g  hazmlanuvchi   oqsil,   yarimcho‘l   zonalar   o‘tlariniki   esa   0,34  ozuqa
birligi   va   42   g   hazmlanuvchi   prteinli   oqsilga   egadir.   Cho‘l   mintaqasida   yaylov
chorvachiligi,   xususan   qorako‘lchilik   rivojlangan   hudud   hisoblanadi.   Bu
mintaqada yillik yog‘ingarchilik miqdori 100-250 mm ni, havoning o‘rtacha   yillik
harorati   +15   °S   atrofida   bo‘ladi.   Masalan,   Termizda   yozda   harorat   +48-50   °S
21 gacha   issiq,   qishda   esa   -18-20   °S   sovuq   bo‘lsa,   respublikamizning   shimoliy
hududlarida esa   (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati) yozda   harorat
+45-49 °C gacha issiq, qishda esa ba’zan -30-35 °C sovuq bo‘ladi [4; 12-23 b].
Yaylov deb tabiiy o ‘ simlik qoplami bilan qoplangan   uy hayvonlarini erkin
holatda boqish uchun mo ‘ ljallangan maydonga aytiladi. Har bir yaylov tipi ma’lum
botanik   turlar   va   tarkibdan   iborat   o ‘ simliklar   guruhidan   tashkil   topgan   bo ‘ lib
mahsuldor   holatda   saqlanadi   va   foydalanishi   lozim.   Odatda,   yaylovlar   tabiiy   va
sun ‘ iy turlarga ajratiladi. 
      O ‘ zbekistonda tabiiy yaylov maydonlarini batafsil o ‘ rganish, har hudud, yaylov
tiplari,   muayyan   xo ‘ jaliklarga   qarashli   yaylovbop   maydonlarning   o ‘ simlik
qoplami, oziqa zahiralari miqdori va sifatini o ‘ rganish masalalari  XX asrning 30-
chi   yillarida   boshlangan   va   hozirga   qadar   o ‘ z     dolzarbligini   yo ‘ qotgan   emas.
Jumladan, 1931 yilda I.I.Granitov, M.A.Kasimenko tarkibidan iborat geobotaniklar
guruhi   Qizilqum   yaylov   fondini   aniqlash   uchun   1934-1936   yillar   davomida
E . P . Korovin   ilmiy   rahbarligida   Konimex   Kompleks   Ekspeditsiyasi   (KKE)
xududning   geobotanikasi,   tuproqlari   qoplami   va   zoologik   jiqatdan   o'rganish
masalalarini   qamrab   oldi.   Qizilqum   yaylovlari,   Ustyurt,   O ‘ rtacho ‘ l,   Nurota,
Nishon ,   Toshkent   adirlari   o ‘ simlik   dunyosi,   tabiiy-iqlim   xususiyatlari   masalalari
tegishli tadqiq qilinib, ularning geobotanik xususiyatlari, o ‘ rganilidi [6; 72-92 b]. 
1.3.1-jadval
Viloyatlar Jami yaylov
maydoni, ming/ga Shu jumladan suv bilan
ta’minlanmagan
Ming/ga %
Qoraqalpog‘iston 3461,1 430,0 12,4
Buxoro 2416,0 439,7 18,2
Jizzax 582,0 205,0 35,2
Qashqadaryo 1011,9 122,5 12,1
Navoiy 9245,8 1110,3 12,0
Samarqand 633,2 124,9 19,73
22 Surxondaryo 407,9 64,6 15,84
Respublika
bo‘yicha jami: 17758,8 2498,4 14,0
Qorako ‘ 1chilikning   ravnaqida   o ‘ ta   muhim   hisoblangan   bir   masalahozirgi
kundagi yaylovlar  holatiga bir nazar  tashlaylik. Ta’kidlamoq joizki, endigi kunda
qorako ‘ 1chilikda foydalanib kelinayotgan yaylov maydonJarining uchdan biri turli
darajada   i nqirozga   uchragan   yoki   uchrashmoqda.   Hozirgi   kunda   Respublikamiz
yaylovlarida 2 mingga yaqin shahtali quduqlar ,  mingdan ortiq artezian skvajinalari ,
200   ga   yaqin   buloqlar   va   ) .   Boshqacha   qilib   aytadigan   bo ‘ lsak ,   mavjud   yaylov
maydonlarining   88   %ga   yaqini   suv   bilan   ta’minlangan,   xolos.   Hozirgi   paytda
qorako ‘ lchilik   yaylovari   holatini   Tabiatni   muhofaza   qilish   davlat   qo ‘ mitasi
ma’lumotlari   asosida   tahlil   qiladigan   bo’lsak ,   qo’yidagilami   ta’kidlash   joiz ;
mavjud   yaylov   maydonlarining   7.3   mln . ga   si   yoki   40.7%   inqirozga   uchragan.
Inqirozga uchramagan yoki kamroq inqirozga uchragan maydonlar miqdori 59.3%
dan oshma y di [6; 77 b]. 
             Jumladan ,  eng ko'p maydonlar 4.1 mln. ga yoki 43 . 8% Navoiy viloyatida ,
Qoraqalpog ` istond a  -1.5 min. ga (43.4%) ,  Buxoro viloyatida - 1 . 2 mln . ga (37.6%),
Surxondaryo   viloyatida   -   0.205   min .   ga   (41   . 2 % )   ni   tashkil   qiladi.   Qolgan
viloyatlarda   inqirozga   uchragan   yaylov   maydonlari   unchalik   katta   em   a s   va
viloyatlar bo ' ylab quyidagicha taq s imlanadi :  Samarqand viloyatida- 117 . 3 ming ga
yoki 23.6%, Qashqadaryo viloyatida -  185 . 7 ming ga yoki 24.5%, Jizzax viloyat i da
168.4   ming   yoki   25.4% .   Respublika   bo'yicha   foydalanishdan   chiqarilgan
maydonlar maydoni 240,8 ming ga bo'lib umum yaylov fondining 1,3% ni tashkil
etmoqda. Yaylovlar inqirozga uchraganligi oqibatida ulaming ozuqa hosildorlik ko '
rsatkichlari   ham   oxirgi   5   yil   davomida   ancha   pasayib   ketganligini   ko'rsatmoqda
(2.4 dan 1 . 84 s/gacha yoki 21 %ga kamaygan).
      Viloyatlar bo' y lab yaylov hosildorligi quyidag i cha pasaygan;
Qoraqalpog '   iston   Respublikasida   -27% ,   Buxoroda-18 , 5 %,   Jizzaxda   16 , 9 ,
Navoyida-26,5, Samarqandda-10 , 9 ,  Qashqadaryoda-6 , 2 va Surxondaryoda -17,4% .
23 2010   yil   ma'lumotlariga   nazar   tashlaydigan   bo 'l sak   qorako'lchilik   xo ' jaliklarining
jami   еr   maydoni   12.4   mln . ga   ni   tashkil   etadi,   shundan   10 . 3   mln.ga   yaylov
maydonlari   hisoblanib,   ular   yaylovlaming   holatiga   qarab   quyidagicha
taqsimlanadi: 
yaxshi yaylovlar-5.9 (58%) mln.ga ,
holati o  '  rta ya y lovlar-1.7 mln . ga (17%), 
qoniqarli yaylovlar-1.4 mln. ga(13%)
 va yaroqsiz yaylovlar-  1 . 2 mln . ga (12% )  ni tashkil etadi.
Mamlakatimiz   qorko‘lchiligi   amaliyotida   esa   yaylovlar   sharoiti   ta’siri   ostida   bir
necha bor ayrim hayvonlarning barralarining sifatida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Sovliqlarning   oziqlanish   sharoitlarini   o‘zgarishiga     mos   holda   bitta   qo‘chqorning
o‘zidan   turli   sifatga   ega   bo‘lgan   barra   terilari   olish   mumkin.Ayrim   nasllik
qo‘chqorlardan   olinadigan   qo‘zilar   tarisi   sifati,   ona   sovliqlarning   oziqlanish
sharoiti   yaxshilanishi   bilan   olinadigan   barra   terilarining   sifati   pasayishiga   olib
kelgan   bo‘lsa,   xuddi   shunday   sharoitda   boshqalari   yuqoridagi   sifatlarni
yaxshilanishini   ta’minlashlari   mumkin.   Tashqi   muhit   omillari   ta’siri   ostida
olinadigan   1   –   klass   qo‘zilarning   bosh   soning   o‘zgarishi   6,5   dan   20,0   %   gacha
bo‘lgan ko‘lamda bo‘lishi qayd qilingan  [8; 43-45 b].
            Qoraqum sharoitida qorako‘lchilik yaylovlarida boqiladigan hayvonlar bosh
sonini  50,0 % ga ortiqcha yuklatilishi olinadigan 1 –klassli  qo‘zilar bosh 78 – 80
%   dan     49,3   %   gacha   kamayib   ketishini   eksperimental   tadqiqotlar   yo‘li   bilan
ko‘rsatib   berishganlar.   Xo‘jalikda   urchitilayotgan   qorako‘l   qo‘ylari   bosh   soni
yaylovlarning   oziqaviylik   mahsuldorligiga   mos   holga   olib   kelinganidan     keyin
qo‘zilarning   klasslari   borasidagi   muammolar   yaxshilandi   va   eng   yuqori   darajaga
erishildi.   Bunday   holat   yoki   hodisa   albatta   tabiiy   qonunlar   yakunidir   [6,   8].
Mualliflar   [ 32 ,   94 -99   b]   ning   tekshirishlarini   ko‘rsatishicha,   ayrim   belgilarning
nasldan   naslga   o‘tish   darajasiga   oziqlanish   darajasining   ta’siri   etarlicha   yuqori
bo‘ladi.   Oltoy   zotli   qo‘ylarning   oziqlantirilishidagi   o‘zgarishlar   tirik   massaning
24 o‘zgarishiga   jiddiy   ta’sir   ko‘rsatgan   bo‘lsa,   qirqib   olinadigan   jun   massasiga   hech
qanday ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlab o‘tishgan [6; 8-9 b].
                 Mualliflarning   [33; 30 b]   tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, qo‘ylar ratsionining
asosiy   komponenti   bo‘lib,   protein   –   oqsil   hisoblanadi   va   uning   uzoq   muddatli
yaylovda   oziqlantirish   davomida   etishmasligi   mahsuldorlikning   rivojlanishining
buzilishiga   olib   keladi.     Yuqorida   ko‘rsatilganidek,   barralarning   hosil   bo‘lish
jarayoni   doimiy   ravishda   ikkita   omil   ta’sirida   bo‘ladi:   irsiy   (genetik)   va   irsiy
bo‘lmagan   (paratipik),   bu   paytda     tashqi   (atrof   muhit)   muhit   omillari   barra   hosil
bo‘lish  jarayonida    oxirgi  hal  qiluvchi  ta’sirni  beradi.   Bu ta’sir  shunchalik  kuchli
bo‘ladiki,   hatto   qo‘zilarning   o‘sish   va   rivojlanishining,   uning   barra   tipining
aniqlovchi   natijasi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Mualliflarning   [35;   345-b;   36;   26   b] ning
ta’kidlashicha, terilarning silliq tiplarini hosil bo‘linishi, ayniqsa, qo‘ylar bug‘ozlik
davrining  oxirgi   oylarida   «jiddiy  darajada    qo‘ylarni     yomon  va    to‘la  qimmatsiz
oziqlantirilish   darajasiga   bog‘liq»,   shu   sababdan   ham,   muallif   barra   tiplarini
olinishida   oziqlanish   darajasining   past   bo‘lishi   va   etilmagan   barra   terisiga   ega
bo‘lgan qo‘zilarning tug‘ilishini keltirib chiqaradi, deb xulosa qilgan.    
            Mualliflar   [38;   25-26   b]   ning   ta’kidlashicha,   qo‘ylarni   sistemali   ravishda
еtarlicha oziqlantirmaslik, doimiy ravishda va uziq – yuliq oziqlantirishlar, bir xil
darajada, yuqori sifatli barra terisini olinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli,
faqatgina   to‘la   qimmatli   oziqlantirishlar   hisobiga   hayvonlarning   irsiy   va
mahsuldorlik   xususiyatlarini   to‘la   namoyon   qilish   qobiliyatini     yuzaga   chiqarish
mumkin.     Dastlabki   qorako‘l   qo‘ylarini   kelib   chiqishida   oziqlanish   sharoitini
ta’siriga   turli   tadqiqotchilar   turlicha   qarashlari   diqqatni   o‘ziga   jalb   qiladi.
Mualliflarning [22,   28]   fikriga   ko‘ra,   asosiy   vazifa   qisqa,   erta   muddatlarda
qochirish va tul olishga erishish, ayniqsa  bug‘ozlik davrida oziqlanishni mo‘‘tadil
tashkil qilish uchun  yil davomida bir tekisdagi oziqlanish sharoitiga erishish zarur.
Keltirilganlarning   barchasini   birgalikda   muallif   «ko‘tara   yoki   bir   varakayiga
seleksiya»   deb   ataydi.   Mualliflarning   [39;   319   b;   40;   68-80   b]   takidlashicha,
qorako‘l  barra  terilarining sifatiga tashqi  muhitning ta’sirini  hisobga  olgan holda,
25 shuni   qayd   qilishadiki,   ikki   yil   qotorasiga   bitta   qo‘chqor   bilan   qochirilgan   ona
sovliqdan   hech   qachon,   bir   xil   sifatga   ega   bo‘lgan     avlod   bermagan.   Faqatgina
birinchi yil barra sifati bo‘yicha 34,7 % ga ega bo‘lgan bir xil avlod bergan bo‘lsa,
tajribaning   ikkinchi   yilida   esa   birinchi   yilga   nisbatan   boshqa   sifatga   ega   bo‘lgan
teri   berishi   aniqlangan.     Mualliflar   bu   hodisani,   tabiiy   yaylovlardagi   sharoitning
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar deb hisoblaydilar.Terining sifati bo‘yicha
olib boriladigan tanlash va saralash  ishlarining samarasining ijobiy bo‘lishiga, yil
davomida   mo‘‘tadil   oziqlantirishni   tashkil   qilish   hisobiga   erishish   mumkin.   Bu
sharoitlar   «qorako‘lchilikda   olib   borilayotgan   naslchilik   ishlarining   aniqlovchi
bosh va  hal qiluvchi omillari bo‘lib hisoblanadi».
             Muallif   [41; 131-139 b]   tomonidan, qorako‘lchilikda qabul qilingan saralash
va tanlash ishlarini olib borish uchun umum qabul qilingan usullarni inkor etuvchi
konsepsiyasi   tomonidan   ham   qo‘llab   quvvatlanganligi   bilan   birga
rivojlantirilganligi     ham   aniq   namoyon.   Ular   yana,   qorako‘l   qo‘ylarini
mahsuldorligini takomillashtirishda irsiyat va aqliy seleksiyani bosh rol o‘ynashini,
tanlash,   saralash   va   oziqlantirish   hamda   parvarishlashning   mo‘‘tadil   sharoitlari,
zotlarni   takomillashtirish   va   podanining   mahsuldorlik   sifatlarini
takomillashtirishda   –   chorvadorning   yagona   kompleks   aqliy   faoliyati   ekanligini
inkor etishgan.Yangi tug‘ilgan qo‘zilarning tirik vazni ham ayniqsa, yalqi tug‘ilgan
qo‘zilarda,   bug‘oz   sovliqlarni   tabiiy   yaylovlarda   boqish   tartibining   o‘zgarishiga
bog‘liq   xolda   o‘zgara   boradi.   Bunday   o‘zgarishlarning   yuzaga   kelishi,   odatda
tabiat   qonunlari   asosida   kechadi,   chunki,   qulay     sharoitga   tushgan,   normadagi
tabiiy yaylov oziqalari bilan oziqlantirilgan va nihoyat moddalar almashinuvi past
darajada kechayotgan sovliqlarning  homilasi ancha jadal rivojlanadi.  Bu esa   [42;
38-65]   va   boshqalar   (1950)   tomonidan   olib   borilgan   tadqiqot   ishlarida   o‘z
tasdig‘ini topgan.
               Qorako‘l qo‘ylari yil davomida yaylovda haydab boqiladigan mayda shoxli
kavshovchi   hayvonlar   sirasiga   kiradi.   Bu   hayvonlarni   qamab   boqish   faqatgina
konsentrat   oziqalar   bilan   va   o‘ta   sovuq,   qor   qoplami   qalin   bo‘lgan   paytlarda,
26 hamda   xo‘jalikning   tabiiy   yaylovlar   sharoitidan   va   xo‘jalikning   geografik
joylanishidan   kelib   chiqqan   holda   tayyorlangan   em   xashak   bilan   qo‘shimcha
oziqlantirish   uchungina   qo‘llaniladigan   xarakterdagi   tadbirlardan   biridir.   Chunki,
qorako‘l   qo‘ylari   o‘zlarining   oziqalar   tarkibidagi   to‘yimli   moddalarga   bo‘lgan
organizmining ehtiyojini 90 -95 % ni yaylov oziqalari hisobiga qoplashi va 5 – 10
% ulushigina qo‘ldan oziqlantiriladigan oziqalar hisobiga qoplanishi zarur [4; 12b].
              Shuni   qayd   qilish   zarurki,   oxirgi   35   -45   yillar   davomida   qorako‘l   qo‘ylari
ratsionidagi   konsentrat   oziqalarning   ulushi   bir   muncha   ortdi.   O‘tgan   asrning
o‘rtalarida   mualliflarning [40,   45] ko‘rsatishicha   cho‘l   hududlaridagi   yaylovlarning
sharoitini   faqatgina   yaylov   vositasi   ya’ni   asosiy   oziqa   bazasi     deb   qaralmasdan
balki,   qorako‘l   qo‘ylarining   hayot   faoliyati   doimiy   ravishda   o‘sha   joyda
o‘tayotganligini hisobga olgan holda        «asosiy ekologik muhit» ham  deb qarash
zarur.   Mana   shu   keltirilganlardan   ko‘rinib   turibdiki,   qorako‘l   qo‘ylarining
imkoniyatidagi   mahsuldorlik   darajasining   namoyon   bo‘lishligi   uchun   yil
fasllarining   yaylov   –   oziqaviylik   sharoitlari   tufayli   yuzaga   keladigan   ko‘plab
omillarning ijobiy ta’siri  bo‘lishi kerak.
         Yil davomida,   dalada haydab boqiladigan va o‘zlarining to‘yimli moddalarga
bo‘lgan   ehtiyojini   faqat   yaylov   oziqalari   tarkibidagi   to‘yimli   moddalar   hisobiga
qoplaydigan   hayvonlar,   jumladan   qorako‘l   qo‘ylari   organizmidagi   metabolik
jarayonlarning o‘zgarishiga  turli ekologik va yaylov – oziqaviy omillarning ta’siri
еtarlicha   jiddiy   va   o‘zining   salbiy     ta’siri   haqidagi:   hayvonlar   tirik   massasining
kamayishi   va   mahsuldorligining   turli   ko‘rsatkichlariga   o‘zining   turli     xavfli
asoratlarni   qoldiradi.   Bunday   sharoitda   tabiiy   tanlashning   ahamiyati   etarlicha
yuqori   darajada   ortadi,   qaysiki   zot   bilan   seleksion   ishlarini   olib   borishda   buni
e’tibordan   chetda   qoldirmaslik   zarur.   Oziqlantirish   omillari   turli   bo‘lgan
sharoitlarda qo‘ylarni saqlash va parvarishlashni aqliy boshqarish uchun  turli sifat
va   tarkibga   ega   bo‘lgan   oziqalarning   qo‘ylardan   olinadigan   barra   mahsulotiga
ta’sirini   ham   bilish   zarur.   Mualliflarning   [44;   121   b;   45;   178   b]   tadqiqotlari
natijalariga   ko‘ra,     iste’mol   qilingan   oziqalar   tarkibida   to‘yimli   moddalar   hayvon
27 organizmining   quyidagi   –teri,   suyaklar,   mushaklar,   yog‘,   elin   va   boshqa   qismlari
orasida   taqsimlanadi.     Moddalarning   taqsimlanishi   avvalo   iste’mol   qilingan
to‘yimli   moddalarning   miqdoriga   mos   holda   amalga   oshsa,   ikkinchi   tomondan   –
hayvonning genetik xususiyatlariga bog‘liq holda amalga oshadi.
              Qo‘ylardan   yuqori   mahsuldorlikka   erishish   maqsadida   yaylovlardan
foydalanishning   ahamiyati   haqidagi   ko‘rib   chiqilgan,   ma’lumotga   ko‘ra   bu
muammoni   kompleks   hal   qilish   imkoniyati   borligi   yaqqol   ko‘rinib   turibdi.
Faqatgina   ana   shunday   yondoshish   hisobiga   ya’ni   saralash   va   tanlashning
usullaridan   foydalangan   holda,   qo‘ylarni   yaylovda   haydab   boqish   davomida
yuzaga kelgan  sharoitni  maqsadli  boshqarish  hisobiga seleksioner  podasida  yangi
mahsuldor hayvonlar tipini olishi mumkin.
             O‘zbekistonda  qorako‘lchilikning asosiy  oziqa  bazasi  bo‘lib cho‘l  va yarim
cho‘l   hududlaridagi   yaylovlar   hisoblanadi.   Yaylov   sharoitining   bir-biriga
o‘xshamasligi,   ularda   o‘sadigan   o‘simliklarning   va   tuproq   qatlamining   turli
tumanligi,   termik   va   suv   bilan   ta’minlanish   xarakteristikalari   bilan     qorako‘l
terilarining   sifat   ko‘rsatkichlari   bilan   namoyon   bo‘luvchi   ayrim   rayonlardagi
qorako‘lchilikning   mahsuldorlik   xususiyatlarini   o‘ziga   xosligini   ta’min   etadi   va
nihoyat   yuqori   sifatli   terilar   hosil   bo‘lish   jarayoniga   juda   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.
Qorako‘l qo‘ylarini saqlash va parvarishlash sharoiti ko‘pchilik holatlarda  zotning
irsiy   xususiyatlarini   namoyon   qilish   xarakterini   aniqlaydi,   terining   barra   tiplarini
o‘zgarishini   chaqiradi.   Bularning   barchasi,   hayvonlar   mahsuldorligiga     tashqi
muhit   omillarining   ta’sirini   mukammal   o‘rganishni   va     konkret   sharoitda,
hududdagi   qo‘ylarni   parvarishlash   natijasida   seleksiyaning   maksimal   darajadagi
barra teri mahsuldorligiga erishish imkonini beruvchi usullar ishlab chiqishni talab
etadi. Bu to‘g‘rida yuqorida qisman bo‘lsada to‘xtalib o‘tgan edik, faqat uni ayrim
ma’lumotlar   bilan   to‘ldirishgina   zarur.   Naslchilik   ishlarini   takomillashtirish
jarayoni   davomida,   qo‘ylar   urchitilayotgan   hududlarning   tabiiy   –   yaylovlarining
xarakteriga mos holda ularni differensatsiyalash zarurati qalqib chiqdi va shuning
28 natijasida   qorako‘l   qo‘ylarini   seleksiyalashning   hududiy,   ilmiy   usullarini   ishlab
chiqish muammosi yuzaga keldi [45; 178 b].
                Uzoq   muddat   davomida   qorako‘lchilikda   olib   borilayotgan   naslchilik
ishlarining texnikaviy yuritilishi  barcha turdagi  tabiiy – yaylov sharoiti  uchun bir
xil bo‘lishi, zotning talablariga mos kelmasligidan tashqari, orttirilgan tajribalarga
ham qarama – qarshi edi. Sobiq ittifoq davridagi qorako‘lchilikda rangli   qorako‘l
terilar,   ayniqsa   ko‘k   va   sur   terilarni   ko‘plab   etishtirishda   erishilgan   yutuqlarga
qaramasdan,   qora   rangli   terilar   sifati   halqaro   bozordagi   talabdan   anchagina   ortda
qolib ketdi. Bu esa uning bozordagi sotilish qiymatida o‘z aksini topdi [4;12-23 b].
        Qorako‘l qo‘ylarini yashash sharoiti va uni o‘rab turgan muhit teri yuzasidagi
rang-barang   gullarning   hosil   bo‘lishiga   va   terniing   umumiy   sifatiga   juda   katta
ta’sir   ko‘rsatadi.     Muallif   [46;   89-93   b]   va   boshqalarning   ko‘plab   tadqiqotlari
qorako‘l   qo‘ylarini   turli   ekologik   –   geografik   (hududiy)   tiplariga   bog‘liq   holda
olinadigan qorako‘l terilarining sifatining o‘zgarishini o‘rganishga bag‘ishlangan.  
           Hozirda zotlarni takomillashtirish bo‘yicha zootexniya fani juda katta amaliy
tajribaga ega bo‘ldi, tanlash va saralashning yangi tamoyillari ishlab chiqildi, ana
shu ishlab chiqilgan tadbirlar asosida juda ko‘plab mahalliy zotlar, qo‘ylarning zot
va   zavod   tiplari   yaratildi.   Bu   zot   va   tiplarni   yaratish   uchun   seleksiyaning   barcha
progressiv   usullar   arsenalidan   foydalangan   holda,   majburiy   tanlash   va   saralash
ishlari   bilan   birga   to‘la   qimmatli   oziqlantirish   va   gigiena   asosida   parvarishlash
omillari   birgalikda   olib   borilishi   tufayli   erishilganligini   e’tirof   etish   zarur.
Qorako‘l   qo‘ylarini   urchitishning   o‘ziga   xos   spetsifikligi,   eng   avvalo     tabiiy
harorat   tartibining   va   yog‘adigan   yog‘ingarchiliklar   miqdori   bilan     qonuniy
ravishda   yuzaga   keluvchi   tabiiy   yaylov   oziqa   bazasining   stabillashmaganligidir.
Bunday   sharoitlarda   qorako‘lchilik   xo‘jaliklarini   yuritish   va   uning   rivojlanishi
bizning nazarimizda quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
    - yaylov – oziqaviy sharoit va yaylovlarning mahsuldorligi; 
29        - tabiiy yaylovlar  depressiyasi  yillarida qo‘shimcha oziqalar  hisobiga qorako‘l
qo‘ylarini oziqalar bilan ta’minlanishi;
    - cho‘l yaylovlarining oziqa maydonlaridan ratsional foydalanish va uni asrash;
    - qorako‘l qo‘ylarini boqish tartibini tashkil qilish;
    - seleksiya – naslchilik va texnologik tadbirlarni tashkil qilish;
1.4. §   Oziqlanish omillarining hazmlanish jarayonlariga va hayvonlarning
mahsuldorligiga ta’siri  
Qorako‘l   qo‘ylarni   oziqlantirish   ratsioni   va   ozuqaga   bo‘lgan   talabi   asosida
parvarishlash,   ulardan   olinadigan   go‘sht   va   jun   mahsulotini   yanada   oshirish
imkoniyatlarini   kengaytiradi.   Yoz   davrida   qorako‘l   qo‘ylari   asosan   yaylovda
boqiladi va bu davr yilning mart oyidan boshlanib to noyabr oyigacha davom etadi
va ularning bir yillik ozuqa iste’moli aynan shu davrlarga to‘g‘ri keladi. Qish davri
esa   dekabr,   yanvar   va   fevral   oylariga   to‘g‘ri   kelib,   bu   davrda   qo‘ylarni
qo‘yxonalarda ya’ni og‘ilxona-lagerda boqish tavsiya etiladi. Buning uchun aholi,
dehqon   va   fermer   xo‘jaliklari   qishlov   uchun   ozuqa   zaxirasiga   ega   bo‘lish   kerak
bo‘ladi, aks holda ko‘pgina yo‘qotishlarga sababchi bo‘ladi [46; 89-93 b].
            Yozda   qo‘ylarni   tog‘   zonasiga   haydab   boqish,   ya’ni   ularni   jazirama   issiq
ta’siridan   saqlash   uchun   to‘la   imkoniyat   mavjud.   Tog‘   va   tog‘oldi   hududlaridagi
yaylovlarning   o‘simliklari   asosan   efemerlardan,   ya’ni   bahorgi   ipsimon   qiyoq
o‘tlardan   iborat.   Qorako‘l   qo‘ylar   uchun   yaylovdan   foydalanishni   tashkil   etish
uchun   1   gektar   yaylov   еri   uchun   qancha   bosh   soni   to‘g‘ri   kelishini,   foydalanish
davridagi   yaylovning   ko‘k   massasi   hosildorligini,   qo‘ylarning   ko‘k   massani
еyiluvchanlik   darajasini,   yaylov   o‘ti   miqdorini   (kg),   1   kunda   1   bosh   qo‘yning
qancha yaylov o‘ti еyishini bilish kerak bo‘ladi [36; 61-65 b].
      Qorako‘l qo‘ylar uchun qancha gektar yaylov еri kerak bo‘lishi uchun (yaylov
o‘ti   ko‘k   massasi   hosildorligi   20   sentner)   bir   oy   davomida   yaylovga   bo‘lgan
talabni   aniqlash   kerak   bo‘ladi.   Yaylovdan   foydalanish   darajasi   60%.   Mazkur
yaylovning   1   gektar   ko‘k   massasining   20   sentnerli   va   60%-li   еyiluvchanligidagi
30 hosildorligi 12 s (20x 60: 100) tashkil etadi. Bir bosh qo‘y uchun me’yor bo‘yicha
kuniga 6 kg dan yaylov o‘ti talab etiladi, natijada 1000 bosh qo‘ylar uchun kuniga
6000   kg   o‘t   va   bir   oyda   esa   186   000   kg   yaylov   o‘ti   iste’mol   qiladilar.   Shunday
qilib, 40 kunda 1000 bosh qo‘ylar 240000 kg ya’ni 240 tonna yaylov o‘ti iste’mol
qiladi,   bu   200   gektar   yaylovga   to‘g‘ri   keladi.   Foydalaniladigan   yaylovlar   o‘z
holatiga   kelishi   uchun   40   kun   kerak     bo‘lishini   hisobga   olsak   1000   bosh   qo‘y
uchun   400   gektar   yaylov   еri   talab   etiladi.   Yaylov   chorvachiligida   yilning   har   xil
kelishiga   qarab,   15   %   ehtiyot   zahira   hisobidan   (yil   qurg‘oqchil   kelishi,   yozda
kunning   issiq   jazirama   davrlarida   yaylov   o‘tlari   qovjirab   qurishi   hisobiga)
qo‘shimcha   yana   60   gektar   yaylov   еri   kerak   bo‘ladi.   Shunday   qilib,   qish
mavsumidan   tashqari   yoz   mavsumida   1000   bosh   qo‘ylar   uchun   jami   460   gektar
yaylov еri kerak bo‘ladi [24; 202-208 b].
Qorako‘l qo‘ylarni qo‘shimcha ravishda oziqlantirish talab qilinadi, ayniqsa
qo‘zilatish   mavsumida   bo‘g‘oz   va   yangi   tuqqan   qo‘ylarni   alohida   oziqlantirib,
asrash   muhim   tadbirlardan   biri   bo‘lib   hisoblanadi.   Qorako‘l   qo‘ylar   yil   bo‘yi
yaylovda   boqilib,   ular   qo‘shimcha   ravishda   oziqlantirilmasa,   mahsuldorligi
pasayadi:  ularning vazni, qo‘zilari nimjon bo‘lib tug‘iladi, shuningdek qo‘ylardan
qirqib   olinadigan   jun   miqdori   ancha   kamayadi.   Qish   davrida   ayniqsa   sovliqlarni
qo‘zilatish mavsumida bo‘g‘oz qo‘ylarga tug‘ishidan bir oy oldin, tuqqandan keyin
esa   ikki   oy   davomida   alohida   parvarishni   talab   etadi.   Qishning   qorli-qirovli
davrida  qo‘ylarni  ertalab  konsentrat  ozuqalar  bilan bir  bosh  hisobiga o‘rtacha 0,3
kg  kechqurun  esa   pichanlar  bilan  1,2  kg  va   tabiiy  o‘tlar   pichanidan  bilan  1,1  kg,
ya’ni 1,15-1,20 ozuqa birligida oziqlantirish yaxshi natija berdi. Agarda xo‘jalikda
jami 1000 bosh qo‘y bo‘lsa uni qishlovdan betalofat olib chiqish uchun ozuqa ekin
maydonidan   o‘rtacha   10-12   gektar   suvli   еr   yoki   40-42   gektar   lalmi   еr   kerak
bo‘ladi. 
  O‘zbekistonning   tog‘   va   tog‘oldi   hududlarida   yaylovda   boqilgan   qorako‘l
qo‘ylar yoz mavsumining issiq kunlarida yaylovlar bilan еtarlicha ta’minlanganda
oziq tanqisligini sezmaydi, qishning qirovli kunlarida esa qo‘shimcha oziqlantirish
orqali qo‘ylar to‘la qiymatli oziqlantirilganda, emizikli sovliqlar oriqlamaydi. 
31 Qorako‘lchilikda qishlovni muvaffaqiyatli o‘tkazish har bir chorvadorning dolzarb
vazifalaridan   biri   bo‘lsa,   qo‘zilatish   mavsumi   esa   juda   katta   ma’suliyat   talab
qiladigan  ishdir,   u  ayniqsa   qishning   qorli-qirovli   hamda   erta  bahorning  shamolli-
yomg‘irli   namgarchilik   davrlariga   to‘g‘ri   keladi.   Qo‘zilatish   (to‘l)   mavsumi
fermerni yil davomida ishlarning natijasini belgilaydigan davr deb atalib, kelajakda
suruvlarning   taqdirini   ya’ni   suruvdagi   qo‘ylarning   mahsuldorlik,   nasldorlik
xususiyatlarini   o‘zida   aks   ettiradi   va   agarda   natijasi   yaxshi   bo‘lsa,   ko‘proq   sof
foyda   olinib,   yuqori   samaradorlikka   erishadi.   Shuning   uchun   aholi   xonadoni   va
fermer   xo‘jaliklari   qo‘zilatish   mavsumida   ishni   qanday   va   qay   tarzda   tashkil
etishiga bog‘liq bo‘ladi.  Ishlab chiqarish sharoitiga qarab qo‘zilatish mavsumi ikki
xil   bo‘ladi:   birinchisi-bu   qo‘ylarni   qishda-   erta   (yanvar-fevral)   tug‘dirish,
ikkinchisi-   bahorda   (mart-aprel)   tug‘dirish.   Qishda   (yanvar-fevralda)   tug‘dirish-
qorako‘l chilikda   bosh   sonini   ko‘paytirishni   ta’minlovchi   va   ularning
mahsuldorligini   oshiruvchi   ilg‘or   usullardan   biri   hisoblanadi.   Qishda   qo‘zilatish
uchun   ona   qo‘ylar   avgust–sentyabr   oylarida   urchitiladi   va   ular   bu   davrda   yaylov
o‘simliklari to‘yimliligi yuqori bo‘lib, yaxshi darajada semizlikka ega bo‘ladi. Bu
esa   pushtdorlik   xususiyatlarini   yaxshilab,   qisir   qolishini   oldini   olib,   egiz   qo‘zilar
tug‘ishlar   sonini   ortishiga   sharoit   yaratadi.   Bu   davrda   qo‘zilatishning   ijobiy
tomonlari   bilan   birga,   salbiy   tomonlari   xam   bor,   ya’ni   qo‘shimcha   xarajatlar   –
bo‘g‘oz   va   yangi   tuqqan   sovliqlar   uchun   omuxta   еmlar,   sifatli   pichan,   tug‘dirish
uchun   issiq   binolar   hamda   qo‘shimcha   ishchi   kuchi   va   boshqa   harajatlar   talab
qilinadi. Agarda ushbu yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlardan birining еtarli darajada
yoki umuman bo‘lmasligi suruvdagi yangi tuqqan ona qo‘y va ayniqsa qo‘zilarning
ko‘plab nobud bo‘lishiga olib keladi [47; 234 b].
              Bahorda   (mart-aprelda)   tug‘dirish-   bu   davrda   yaylovlarning   ko‘k   o‘tga
burkangan   davriga   to‘g‘ri   kelib,   qo‘ylarni   yilning   bu   davrida   issiq   qo‘yxonalarda
asrash   zarurati   bo‘lmaydi.   Bahorda   qo‘zilatish   uchun   ona   qo‘ylar   oktyabr-noyabr
oylarida   urchitiladi.   Sovliq   va   qo‘zilarni   yaylov   sharoitida   asrab,   qo‘shimcha
oziqlantirishsiz   yaylov   sharoitida   boqilib,   qo‘zilar   uchun   kerakli   miqdorda
onasining   sutiga   to‘yib   emadi,   ularning   o‘sishi   va   rivojlanishi   me’yorda   bo‘lib,
32 yuqori darajada semizlikka ega bo‘ladi. Bu usul qo‘zilatish mavsumini qo‘shimcha
xarajatlarsiz   o‘tkazishda   samarali   hisoblanadi.   Lekin   bu   davrda   qo‘zilatishning
ijobiy   tomonlari   bilan   birga   salbiy   tomonlari   xam   bor.   Yaylov   sharoitida
qo‘zilatishda   kechasi   xavo   xarorati   birdaniga   pasayib,   salqin   bo‘lishi   natijasida
yangi   tug‘ilgan   qo‘zilar   shamollab,   kasallanib   chiqim   bo‘lishi   mumkin,   yoki
qo‘zilar   1,5-2,0   oyligida   yaylov   o‘tini   iste’mol   qila   boshlaydi.   Bu   davrda   yaylov
o‘simliklari   dag‘allashadi   va   qurib   qoladi,   natijada   bahorda   tug‘ilgan   qo‘zilar
bahor va erta yozning ko‘k yaylov o‘tini yaxshi o‘zlashtira olmaydi, shuning uchun
qishda qo‘zilagan qo‘zilarga nisbatan o‘sishi va rivojlanishi nisbatan past bo‘ladi.
Bu   qo‘zilarni   go‘sht   uchun   so‘yishda   hamda   kelajakda   qo‘zilarni   parvarishlab,
suruvlarni   qayta   to‘ldirishni   ta’minlashda   muhim   axamiyatga   ega   bo‘lib
hisoblanadi [48; 23-44 b].
             Ko‘p yillik ilmiy va amaliy izlanish tajribalardan kelib chiqib, shuni xulosa
qilish   mumkinki,   sovliqlarni   qo‘zilatish   fevral   oyidan   boshlab   mart   oyining
o‘rtalarida   tugatish   eng   maqbul   davr   hisoblanadi.   Bu   davrni   kech   qishki   va   erta
bahorgi tug‘dirish davri  desa xam bo‘ladi, bunda  qochirish mavsumini sentyabr va
oktyabr   oylarida   o‘tkazish   maqsadga   muvofiq.   Bu   davrda   ona   qo‘ylarning
pushtdorlik   xususiyatlari   20-25   %   ga   ortib,   ulardan   ishlab   chiqarishga   yaroqli
sog‘lom qo‘zilar tug‘iladi.   Hisor va jaydari zotlari genotipiga ega 3 oylik qo‘zilar
(har bir bosh qo‘zining tirik vazni o‘rtacha 35-40 kg dan). Qo‘zilatish mavsumida
xar bir sovliqqa alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi. Bo‘g‘oz qo‘ylarni tug‘ishiga
1-3 kun qolganda ularni еlini qattalashadi, jinsiy a’zolari qizarib cho‘ziladi, sag‘risi
osiladi.   Tug‘ishdan   oldin   ona   qo‘y   bezovtalandi,   qorin   qismini   yalaydi,   tez-tez
yotib   turadi,   bemalol   joy   izlaydi,   agarda   bo‘g‘oz   sovliqni   oziqlantirish   va   asrash
sharoitlari   to‘g‘ri   bajarilgan   bo‘lsa,   tug‘ish   jarayoni   yaxshi   o‘tadi.   Jinsiy   a’zoda
yo‘ldoshi   ko‘rinib   xomila   chiqquncha   bo‘lgan   vaqt   30-40   minut,   birinchi   tug‘ish
qo‘ylarda   bu   50   minut   bo‘lsa   o‘z   vaqtida   tuqqan   hisoblanadi,   agarda   yuqorida
ko‘rsatilgn   vaqtdan   10-15   minut   o‘tib   ketsa,   tug‘ish   natijasiz   bo‘lib   bunday
xollarda   ona   qo‘yga   yordam   ko‘rsatish   lozim.   Ona   qo‘y   tuqqandan   1,5   soat
o‘tgandan   keyin   yo‘ldoshi   tushadi,   agarda   5-6   soatdan   o‘tib   ketsa,   veterinariya
33 vrachini   yordami   kerak   bo‘ladi.   Tuqqandan   keyin   ona   qo‘y   еlin   qismidagi   junlar
tozalanadi, jinsiy a’zolari issiq suv bilan yuviladi va 2-3 soatdan keyin ozgina (1-
1,5 l ) iliq suv bilan sug‘oriladi. Sog‘lom qo‘zi tug‘ilgandan 15-20 minut o‘tgandan
keyin   onasini   еlinini   xidlab   topadi   va   emadi,   bunday   paytlarda   ularni   stressga
uchratmaslik ya’ni bezovta qilmaslik tavsiya etiladi [4; 9 b].
             450 bosh ona qo‘y uchun 900 metr kvadratli qo‘yxona kerak bo‘lib, u 30 ta
katakchalarga   bo‘linadi   xar   birida   15   boshdan   qo‘y   saqlanadi,   kataklarning   tagi
qalin   to‘shama   bilan   to‘shalishi   lozim.   Bo‘g‘oz   qo‘ylar   tug‘ishiga   2   -3   kun
qolganda   qo‘yxona   atrofida   boqish,   agar   tuqqanlari   bo‘lsa   shu   zahoti   qo‘yxona
ichiga   kiritish,   tug‘ishi   gumon   bo‘lgan   qo‘ylarni   kechasi   qo‘yxona   ichidagi
kataklarda saqlash  kerak  bo‘ladi,  bunda xar   bir   ona qo‘y uchun  1,5-2,0 m/kv joy
bo‘lishi lozim [23]. Qishda va erta bahorda tug‘ishda qo‘yxonalarga alohida e’tibor
qilish   talab   etiladiki,   bunda   еlvizakdan,   namlikdan   saqlash   va   molxonalarni
yorug‘ligiga   e’tibor   qaratish   muhim   vazifalardan   hisoblanadi.   Bo‘g‘oz   qo‘ylarni
kataklarga   joylashtirishda   ayniqsa,   birinchi   tug‘um   ona   qo‘ylarni   alohida
katakchalarda saqlash, qo‘zilar tug‘ilgandan 15-20 kundan keyin, boshqa umumiy
yangi tuqqan ona qo‘ylar bo‘limiga o‘tkazish, ular 100 boshdan sovliqlar qo‘zilari
bilan guruh qilinib, saqmonlarga berkitilab alohida parvarishlash tavsiya etiladi.  
Tug‘ish   mavsumida   bo‘g‘oz   va   yangi   tuqqan   ona   qo‘ylarni   oziqlantirish   ishlarini
qat’iy   reja   asosida   olib   borish   kerak   bo‘ladi.   Ularni   yaylovda   boqib,   ertalab   va
kechqurun qo‘shimcha 1,5-2,0 kg sifatli  beda yoki tabiiy o‘tlar pichani, 300 -400
gramm omuxta еmlar va mineral ozuqa, tuzlar bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. 
Yangi tuqqan qo‘zilarga xar bir kilogramm qo‘shimcha vazn olishi uchun o‘rtacha
5   kg   ona   suti   sarf   qilinadi,   2,0-2,5   oyligida   esa   kunlik   o‘rtacha   250-300   gramm
semirishi   uchun   kuniga   1,2-1,5   litr   ona   sutini   emishi   kerak   bo‘ladi.   Laktasiya
davrining   o‘rtalariga   borib   ona   suti   asta   –   sekinlik   bilan   pasayib   boradi,
qo‘zilarning esa to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabi oshib boraveradi. Shuning uchun
qo‘zilarni   15-20   kunligidan   boshlab   konsentrat,   pichan   va   shirali   ozuqalarga
o‘rgatiladi,   qo‘zilar   uchun   eng   yaxshi   omuxta   ozuqalardan   –   suli,   arpa;   shirali
ozuqalardan-   maydalangan   ildizmevalilar   hisoblanadi,   sifatli   beda   pichani   bilan
34 xoxlaganicha   oziqlantirish   tavsiya   etiladi.   Shunday   qilib,   qo‘zilatish   mavsumini
muvaffaqiyatli   yakunlab,   yuqori   nasl   qiymatga   ega   avlodlar   olib,   qo‘ychilik
sohasini   rivojlanirish,   xalqimizni   oziq-ovqat   mahsulotlariga   bo‘lgan   talabini
qondirishda dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi [10; 8-10 b].
2. BOB.  Tadqiqot   ob y ektlarining umumiy tavsifi va foydalanilgan
uslublar
2.1.Tadqiqot sharoiti
            Tadqiqot ishlari qorako‘l qo‘ylari boqiladigan tabiiy sharoitlarda olib borildi.
Tajriba   xo‘jaliklari   Samarqand   viloyati   Nurobod   tuman   “Mulki   O’sar”   nomli
fermer  xo‘jaligi sharoitlaridagi  cho’l yaylovlarda olib borildi.  
2.2. Tadqiqot   obyekti.   Qorako‘l qo‘ylari O‘zbekiston Respublikasining cho‘l va
yarim cho‘l hududlarida urchitilayotgan chorvachilik hayvonlarining muhim sohasi
hisoblanadi va mamlakatning oziq – ovqat muammosi mustaqilligini hamda еngil
sanoatni   esa   o‘zida   еtishtirilgan   mahalliy   xom   ashyo   bilan   ta’minlash
muammolarini   еchimida   o‘ziga   xos   muhim   rolni   o‘ynaydi.   Shu   bois,   tadqiqot
ob`ekti bo ‘ lib, qorako ‘ l qo`ylari tanlandi.
2.3.   Tadqiqot   uslublari.   Tajribalar   o‘tkazilgan   xo‘jaliklarning   tabiiy
yaylovlaridagi o‘t – o‘lanlar va boshqa oziqabop o‘simliklarning kimyoviy tarkibi
va   to‘yimlilik   qiymatini   aniqlash   uchun   olib   borilgan   ilmiy   izlanishlarimiz   oziqa
vositalarining   rivojlanish   fazalari   va   ulardan   yil   fasllari   bo‘yicha   foydalanish
darajasiga   qarab   Butunittifoq   chorvachilik   ilmiy   tadqiqot   institut   (Rossiya,   1985)
tavsiyanomasiga   mos   holda   olib   borildi.   Tajribalarda   foydalanilgan   oziqalarning
kimyoviy   va   botanik   tarkibi   va   to‘yimlilik   qiymati   quyidagi     zamonaviy   usullar
yordamida   (Ozuqa   moddalari   tayyorlash   instituti,   Rossiya,1971),   (Chorvachilik
instituti, Rossiya,1967) o‘rganildi:
Tirik vazn o‘sishi birligiga ozuqa sarfini aniqlash usuli
35   Bu   uslub   qo‘ylarning   mahsuldorligini   aniqlashda   foydalaniladi.   Qo‘ylar   ustida
tajriba   boshlangan   davrda   va   oxirida   individual   o‘lchanib,   tirik   vaznning   mutloq
o‘sishi (kg) aniqlanadi:
Bu еrda;
  R-tirik vaznning mutloq o‘sishi (kg)
W
0 -boshlang‘ich tirik vazni (kg)
W
1 — o‘lcham olingan vaqtdagi tirik vazni (kg)
Hayvonlarga   ozuqa   sarflanishi   hisobga   olingan   davr   mobaynida   ozuqani
tarqatilishidan   oldingi   miqdori   va   еyilmay   qolgan   qismining   miqdori   o‘lchanib,
ozuqa   sarfi   turlari   bo‘yicha   hisobga   olinadi.   Yeyilgan   ozuqa   miqdori   aniqlanib,
uning   ozuqa   yoki   energatik   birligi   hisoblanadi.   Ozuqa   sarflanishi   hisobga   olingan
davrda 1 kg tirik vazn o‘sishiga sarflangan ozuqaning miqdori (ozuqa yoki energetik
birlikda) quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Bu еrda;
O
s   – sarflangan ozuqa miqdori
N
1   +   N
2   +   N
3   +   …..N
p   —   ozuqa   turlari   bo‘yicha   еyilgan   ozuqalarning   ozuqa   yoki
energetik birlikdagi miqdori (kg) R – tirik vaznning mutloq o‘sishi.
Qo‘ylarni   tabiiy   yaylovlarda   boqishda   ularning   ozuqaviy   faolligi   aniqlanadi.
Ozuqaviy   faollik   ko‘rsatkichi   etib   bir   bosh   qo‘yning   bir   kunda   1   kg   tirik   vaznga
nisbatan   egan   ozuqa   miqdori   qabul   qilingan.   Ozuqa   faolligi   quyidagi   formula
yordamida hisoblanadi.
Bu еrda:
O
f – ozuqaviy faolligi,
W
0 -yaylovda o‘tlatishdan oldingi tirik vazni
W
1 -yaylovda o‘tlatishdan keyingi tirik vazni,
Ozuqaviy   faolligi   yaxshi   bo‘lgan   (g/kg   ko‘rsatkichi   yuqori   bo‘lgan)   qo‘ylar
muskullarida,   to‘qimalarida   va   to‘plangan   yog‘   qatlamlarida   ko‘p   miqdorda
energetik materialni to‘playdi.
                Qorako‘l   qo’ylarining   gematologik   ko’rsatgichlari   quyidagi   usullarda
olib borildi:
36                 -   eritrotsitlar   va   leykotsitlarning   umumiy   soni   –   Goryaev   sanoq   turida,
Mendray   BC-5000   gematalogik   analizator     umumiy   fiziologik   biokimyoviy
tahlillar usuli.
        - gemoglobin – Sali gemometri yordamida, 
                -   ishqoriy   zahira   –   Konvey   kosachasidan   foydalangan   holda   Yeremenko
bo‘yicha, 
        - kalsiy – De – Vaard bo‘yicha, 
        - fosfor – R.Ya.Yudalevich bo‘yicha,
        - qon zarbobidagi umumiy oqsil, oqsilsiz moddalar, albuminlar, globulinlar –
elektrometrik usul bilan,
             -   Atomli–absorbsion spektrofotometr.   Atomli–absorbsion spektrofotometr
eritmalarda   metallar   miqdorlarini   aniqlash   uchun   qo‘llaniladi.   Atomli
absorbsiometr   usulining   ishlash   prinsipi   ultrabinafsha   yoki   gazlarning   atomining
ko‘rinadigan nurlanishlarining yutilishiga asoslangan. Namunalarni aniqlash uchun
eritiladigan moddalarni gaz holati o‘tkazish uchun eritma olovga purkaladi.
Nurlanishlarning   manbai   sifatida   shu   metaldan   yasalgan   yarim   katodli
lampalar   qo‘llaniladi.     bilan   o‘tuvchi   manfiy   zaryadlar   alanga   bilan   bir   vaqtning
o‘zida aniqlaydi.   Yorug‘lik manbaidan o‘tkaziladigan chiziqning spektral enining
uzunligi, olovdagi yutish elementi chizig‘i kabi 0,001 nm tashkil etadi, shu sababli
boshqa elementlarning yutilishi bundan mustasno.
Olovning   harorati   olovli   fotometriya   kabi   gaz   yoqilg‘isi   aralashmasi   bilan
aniqlanadi. 
Qon namunalarini olish.  Tajribadagi qo‘ylardan umumiy tahlil uchun ko‘p
miqdorda bo‘lmagan qon namunalari  qo‘loq suprasining ichki va tashqi venasidan
olindi.  Agarda   laboratoriya  tahlillari   uchun   katta   hajmdagi   qon   namunalari   lozim
bo‘lsa,   plazma   va   zardoblar   u   hollarda   yirik   shoxli   hayvonlar,   otlar,   tuyalar   va
qo‘ylardan   bo‘yintiriq   venasidan   olinadi.   Ko‘p   sonli   hayvonlardan   ertalab
37 oziqlanmasdan   oldin   olinadi.   Bazi   bir   ko‘rsatkichlar   qand,   xolistrin,   yog‘lar   qon
miqdoriga   oziqlantirish   jiddiy   ravishda   tasir   qiladi.   Limfotsitlar   va   eozinofillar
miqdorlari va ko‘pchilik gormonlar, glyukoza miqdorlari, kislota – ishqor tengligi
ko‘rsatkichlari   tasiri   qon   olish   vaqtida   hayvonlarni   haddan   ziyod   qo‘zg‘alishiga
bog‘liq.     Ko‘pchilik   qonning   biologik   ko‘rsatkichlarga   sifati   buzilgan   oziqalar,
zaharli moddalar, farmokologik preparatlarga bog‘liq. Qon namunalari aniqlashdan
oldin bu omillarni urganish lozim. 
Qon   tahlilini   umumiy   klinik   usullari.   Umumiy   gematologik   klinik   tahlil
namunalariga   eritrotsitlar,   leykotsitlar,   trombotsitlar   va   leykotsitlar   miqdorlarini
sanash, gemoglobulinlarni va eritrotsitlarni osmotik rezistentligi aniqlash, qonning
uvish   vaqti,   plazmalarni   rekalsinatsiya   vaqti,   eritrotsitlarni   cho‘kish   tezligi,   qon
ketish   davomiyligini   tahlillari   kiradi.   Tahlillar   aniq   usullarda   bajariladi   yoki
avtoanalizatorlardan foydalaniladi.
Goryaev   sanoq   to‘rida   eritrotsitlarni   sanash.   Aniq   qon   miqdori
barovariga aralashtiriladi aniq miqdordagi suyuqlik kameraga joylashtiriladi va bir
tomchi   suyuqliq   bir   qavat   qilib   joylashtiriladi.   Eritrotsitlarni   sanash   aniq
imkoniyatlari grafalangan kamera orqali bajariladi.
Reaktivlar.  0,9 % li natriy xlorid eritmasi. 
Maxsus   asbob   –   uskuna   jixozlar.   Mikroskop,   Goryaev   sanoq   to‘ri,
laboratoriya probirkalari, Sali apparati.   
Darajali   pipetkaga   0,02   ml   qon   va   8   ml   0,9   %   li   natriy   xlor   eritmasi   toza
quruq   probirkaga   olinadi.   Probirkaning   oxirgi   uchlari   artiladi,   probirka   tubidagi
qon   artiladi,   probirkani   yuqorigi   suyuqlik   qatlami   diqqat   bilan   yuviladi.   Probirka
ichidagi   suyuqlik   yaxshilab   aralashtiriladi.   500,   600,   700,   800   marta   quyuq   qon
maqsadli   ravishda   qo‘shiladi.   Kamera   va   qoplagich   oynacha   yuvilgan   va   quriq
artilagan   bo‘lish   kerak.   Qoplagich   oynacha   kamerada   shunday   artiladiki   unda
kamalak xalqa hosil bo‘lish kerak. Eritilgan qon namunasi probirkadan bir tomchi
olinadi va qoplagich oynacha chetlariga еtguncha kamera to‘ldiriladi. Eritrotsitlar
kamera   to‘ldirilgandan   keyin   bir   daqiqadan   so‘ng   tushurilgan   kondensator   yoki
yopilgan   diafragma   bilan   mikroskopning   kichik   kattalashtirilgan   obektivida
38 sanaladi.   Eritrotsitlar   diagonal   joylashgan   beshta   katta   kvadratda   yoki   saksonta
mayda   kvadratda   sanaladi.   Eritrotsitlar   mayda   kvadratlar   ichidagi   devorlarida
yotuvchi   yuqorigi   va   pastkilari   sanaladi.   Kvadrat   liniyalarini   pastki   va   o‘ng
tomonida joylashgan hujayralar sanalmaydi.
Goryaev   sanoq   to‘rida   leykotsitlarni   sanash.     Leykotsitlar   miqdorini
sanash malum tarqatigan qon bilan aniqlaniladigan kamera hajmida aniqlanadi.
Reaktivlar.   3   foizli   uksus   kislota   eritmasi,   bo‘yalgan   metilin   ko‘ki   yoki
gensan fioleitning  1  ml  1  % li bo‘yoqning suvli eritmasiga 100 ml uksiz kislotasi.
Kerakli   asboblar.   Mikroskop,   Goryaev   sanoq   turi,   probirkalar,
mikropipetkalar, Sali apparati.
Har qanday hayvondan maqsadli  ravishda 2 – 3 ta aralashtirilgan qon namunalari
tayyorlanadi. Bo‘yaladigan metilin ko‘ki va probirkaga qo‘shimcha 0,4 ml 3 yoki 5
% li uksiz kislotasi  qo‘shiladi. Mayda darajali pipetkalar bilan probirkalarga 0,02
ml qon olinadi  diqqat  bilan hullangan marli  bilan artiladi keyin quruq paxta yoki
marli   bilan   tazalanadi.   Sekinlik   bilan   puflamasdan   probirkalarga   o‘tkaziladi.
Pipetkadagi   suyuqlik   chayqatiladi.   Probirkadagi   qon   diqqat   bilan   aralashtiriladi,
probirka   yopiladi     4   daqiqaga   qoldiriladi   va   probirka   ichidagi   suyuqlik   vaqti   –
vaqti   bilan   arlashtirilib   turiladi.   Sanoq   kamerasi   еngil   mato   bilan   diqqat   bilan
tozalanadi,   fenom   ostida   quritiladi   va   distillangan   suvda   yuvilib   spirt   bilan
yog‘sizlantiriladi.   Toza   quruq   qoplagich   oynacha   kameraga   ishqalanadi   kamalak
xalqa   hosil   bo‘lguncha.   Probirkadagi   qon   yangidan   shishali   tayoqcha   bilan
qo‘zg‘atiladi   va   bir   tomchi   qon   olinib   qoplagich   oynacha   cheti   kamerasidan
qo‘yiladi.   Leykotsitlar   kamera   to‘lgandan   qon   xujayralari   o‘tirgandan   keyin   bir
daqiqadan   so‘ng   sanaladi.   Mikroskopning   kichik   kengaytirilgan   obektividan
birinchi   qorong‘ulashgan   maydonda   kondensor   tushurilgan   va   diafragmani
toraygan holda tekshiriladi. Leykotsitlar 100 ta katta kataklarda va 1600 ta mayda
kataklarda sanaladi.
39 3 BOB. TADQIQOT NATIJALARI
  §3.1. Yaylovlarning mahsuldorligi va oziqa zahiralarini o`rganishga oid
tahlillar
                 Qishloq  xo‘jalik ishlarini   tashkil   qilishda  va  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari
ishlab   chiqarishni   oshirishda   iqlimiy   sharoitlarni   hisobga   olish   va   undan
foydalanish     ma’lum   darajadagi,   ahamiyatga   ega.   Bu   vaqtda   yaylovlarning
zooiqlimiy   holati   bo‘yicha   o‘rganish   va   yaylov   chorvachiligidagi   xo‘jalik
faoliyatiga va iqlimning hayvonlarga ta’sirini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
          Yaylovlarning   hosildorligi   –   bu   yaylovlarda   o‘suvchi   o‘simliklar
qoplamining   tuproq – iqlimiy sharoitlar bilan bog‘liq holda jiddiy o‘zgarishlarga
uchraydigan  beqaror o‘lchamidir. Yaylovlar hosildorligining shakllanishida tashqi
muhit   harorati   va   bahor   paytida   yog‘adigan   yog‘ingarchiliklarning   yig‘indisi
muhim   ahamiyatga   ega.   Shu   bois   hozirda   agrometeorologik   bashoratlarning
asosida   o‘simliklarning   issiqlik   va   namlik   bilan   ta’minlanishi   hisobga   olinadi.
Yaylovdagi   o‘simliklar   qoplamining   mahsuldorligi   issiqlik   va   namliklarning
o‘zaro   nisbatiga   bog‘liq,   issiqlik   energiyasining   miqdori   qanchalik   katta   bo‘lsa,
organik massalarning o‘sishi shuncha jadal bo‘ladi.
              Tabiiy   o‘t-o‘lanlar   vakillarining   kattagina   qismi   o‘zlarining   bahorgi
vegetatsiyalarini   kunlik   havo   harorati   o‘rtacha   +3+5 0
C   ni   tashkil   qilganida
boshlaydilar, qaysiki havo haroratining umumiy yig‘indisining jamlamasi ijobiy 25
–   45 0
C   ni   tashkil   etadi.     Cho‘l   yaylovlarining   erta   bahorgi   o‘tlari   efemerlar   va
efemeroidlar o‘zlarining vegetatsiyasini o‘rtacha kunlik harorat 0 0
S dan o‘tganidan
40 keyin   (issiq   kunlik   haroratidan   foydalangan   holda)   boshlaydilar.   Cho‘l
yaylovlarining   ayrim   o‘simliklari   o‘zlarining   issiq   sevarligi   bilan   ajralib   turadi,
ular   tashqi   harorat   o‘rtacha  
9 0
C   dan   oshganidan   (saksavul),   10-11 0
C   (ajiriq,
trostnik) va 14 0
C (yantoq va karrak) keyin boshlaydilar.   
              Vegetatsiya   boshlanganidan   keyingi   yaylov   o‘simliklarining   rivojlanishi
asosan   haroratga   bog‘liq   bo‘lsa,   zeroki   bug‘lanishning   yog‘ingarchilikdan   yuqori
bo‘ladigan cho‘l va yarim cho‘l zonalaridagi o‘simliklarda vegetativ massalarning
jamlanishini   ortishi,   tuproqni   namlik   bilan   ta’minlanish   darajasi   hisobiga   amalga
oshadi.
                Qator   yillar   mobaynida   olib   borilgan   kuzatishlarning   natijalariga   ko‘ra,
yuqorida   nomlari   qayd   etilgan   juda   ko‘plab   yaylovlar   o‘simliklarining   turlari
uchun noqulay bo‘lgan  oylik yog‘ingarchiliklarning umumiy miqdori 20 – 25 mm
dan   ortiq   bo‘lmasa,   hattoki,   boshqa   iqlimiy   sharoitlar   teng   bo‘lganida   ham   yil
yaylov   -   oziqaviy   munosabat   noqulay   bo‘lib   -   qurg‘oqchil   hisoblanadi.   Bunday
yillari   cho‘l   yaylovlarining     yillik   o‘rtacha   qo‘ylar   tomonidan   iste’mol   qilinishi
mumkin bo‘lgan quruq massasining mahsuldorligi 1,5 -1,7 s/ga jan oshmaydi.  
             Bundan tashqari,  cho‘l  va yarim  cho‘l  hududlari  hosidorligini  metereologik
sharoitlar   va   yaylovlarning   tiplariga   bog‘liq   holda   o‘zgarish   dinamikasi   ham
aniqlandi va bu o‘zgarishlar 3.1.1 – jadvalda keltirilgan.  
                                                                                                               3.1.1 – jadval
Yaylovlar hosildorligining dinamikasi s/ga
Fasllar Yaylovlarning iqlimiy holati
Qulay O‘rtacha qulay Noqulay
Bahor 2,5±0,91 1,8±0 ,71 0,8±0,26
Yoz 12,0±1,91 2,7±1,01 2,4±0,49
Kuz 3,43±0,19 2,5±0,92 1,5±0,31
41 Qish 1,1±0,81 0,8±0,41 0,2±0,07
          Olingan   ma’lumotlarning   tahlili   shuni   ko‘rsatdiki,   cho‘l   hududlarining
hosildorligi   yilning   gidrotermik   sharoitiga   bog‘liq   holda   ancha   keng   ko‘lamda
o‘zgarib   turadi,   qaysiki   qulay   tabiiy   sharoit   kelgan   yillarda   o‘rtacha   qulay
sharoitlardagiga nisbatan 1,7-2,0 barobarga ortsa, noqulay kelgan yillari 2,2 – 2,7
barobarga kamayadi.
        Turli   metereologik   sharoitlarga   monand   ravishda   tabiiy   yaylovlar   o‘t   –
o‘lanlarining  tabiiy  namlik  holatida  va  mutloq  quruq  modda  holatdagi     kimyoviy
tarkibini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tahlillarimizning natijalariga 3,2 va 3.3 –
jadvallarda   berilgan.   Bajarilayotgan   ishimizning   uslubiga   asosan   olingan
ma’lumotlarni     solishtirish   imkoniyatiga   ega   bo‘lish   uchun   namunalar   mutloq
quruq   moddaga   aylantirilib,   sungra   hisob   –   kitob   qilindi.   Namlik   еtarli   bo‘lgan
yillari   tabiiy   yaylovlarning   o‘simliklari   tarkibidagi   proteinning   miqdori   o‘rtacha
qulay   va   noqulay   yillardagiga   nisbatan   ancha   yuqori   bo‘lishi   bilan   ajralib   turishi
kuzatildi.                                                                                                       
                                                                                                                  3.1.2-jadval
Yil fasllari bo‘yicha foydalanilgan yaylov o‘simliklarining tarkibi va to‘yimliligi
(mutloq quruq modda holatida)
   Yaylovlarnin
g iqlimiy
holati To‘yimli moddalar Yil fasllari
Bahor Yoz Kuz Qish
Q u lay Xom protein, g 94 175 151 78
Hazmlan.oqsil, g 46 134 99 48
Oziqa birligi, kg 0, 3 4 0,78 0,59 0,56
Yog‘, g 2 6,4 33,5 50,2 25,6
Kletchatka, g 97 261 323 411
42 AEM, g 413 461 406 444
Kul, g 60 69 70 41
Almashinuvchi 
energiya, MDj 8 ,85 9,16 8,37 8,61
1 MDj almashinuvchi 
energiya, 
hazmlanuvchi oqsil,g  1 0 ,8 14,6 11,8 5,6
O‘rtacha
Noqulay Xom protein, g 65 110 77 57
Hazmlanuvchi oqsil,g 22 51 39 31
Oziqa birligi, kg 0, 29 0,49 0,62 0, 19
Yog‘, g 2 4,5 2 9,3 24,5 22,0
Kletchatka, g 52 2 5 6 284 4 0 3
AEM, g 386 476 557 415
Kul, g 5 2 6 8 .1 57 43
Almashinuchi 
energiya, MDj 6 ,72 7,72 8,17 5,41
1 MDj almashinuvchi
energiya 
hazmlanuvchi oqsil, g 14,0 6,6 4,8 5,7
Noqulay Xom protein, g 4 9 75.5 70 52
Hazmlanuvchi oqsil,g 2 0 4 8 3 5 27
Oziqa birligi, kg 0, 22 0,46 0, 4 8 0, 15
Yog‘, g 16 ,2 2 2,1 23,8 1 5 ,5
Kletchatka, g 45 167 155 341
AEM, g 426 486 485 555
Kul, g 49 ,0 52 32 31
Almashinuvchi 
energiya, MDj 5 ,91 6,79 6,69 6,79
1 MDj almashinuvchi
energiya  9,2 11,5 9,7 3,98
43 hazmlanuvchi oqsil, g
                  Bundan   tashqari   tabiiy   yaylovlar   oziqalari   tarkibidagi   proteinning   miqdori
agroiqlimiy sharoitga bog‘liq bo‘lmagan holda ulardan foydalanish va vegetatsion
fazalariga bog‘liq holda bahorga nisbatan yozda va kuzga nisbatan qishda kamayib
borish moyilligi tahlillarimizda aniqlandi. 
            Yaylov o‘t-o‘lanlarining tarkibidagi quruq moddaning yog‘lilik darajasiga
yilning turli  fasllari   sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi  va yoz – kuz fasllarida
uning miqdori 3,1 dan 3,6 % gacha, erta bahor va qish fasllarida esa o‘rtacha  2,0 –
2,3   %     chegarasida   bo‘lishi   aniqlandi.   Yil   qanchalik   qulay   kelsa   tabiiy   yaylovlar
tarkibidagi xom kletchatkaning miqdori shuncha kam bo‘lishi kuzatildi. Shu bilan
bir   vaqtning   o‘zida   yaylovlar   o‘simliklarining   еtilish   darajasiga   bog‘liq   holda   va
tashqi   muhit   haroratining   ko‘tarilishiga   bog‘liq   holda,   ya’ni   bahordan   kuz   -   qish
fasllariga     qarab   ortib   borishi   kuzatildi.   Tabiiy   yaylovlar   o‘simliklarining
tarkibidagi   azotsiz   ekstraktiv   moddalarning   miqdoriga,   ularning   o‘sish   va
rivojlanishi hamda gidrotermik omillar ta’sir ko‘rsatmasligi e’tiborni jalb qiladi.
          Qorako‘l   qo‘ylarining   o‘sish   va   rivojlanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etuvchi
karotinning   eng   yuqori   miqdori   bahorgi   ko‘k   o‘tlar   tarkibida   yuqori     darajada
bo‘lishi   ayniqsa   iqlimiy     jihatdan   qulay   kelgan   yillarda   kuzatildi.   Keyinchalik
yaylov o‘simliklarining rivojlanishi  va poya hamda barglarining qurish darajasiga
mos holda yuqorida qayd qilingan navbatlashuv asosida sekin-asta kamayib boradi.
Tabiiy   yaylovlarning   iqlimiy   omillarga,   yil   fasllariga   mos   holda   ishlab   chiqarish
hosildorligi,   to‘yimli   moddalarning   miqdori   va   oziqaviylik   hajmining     o‘zgarish
dinamikasi  3.1.2 jadvalda keltirilgan. 
                      Jadvalda   keltirilgan,   ko‘p   yillik   o‘rtacha   ma’lumotlarga   ko‘ra   tabiiy
yaylovlarning   ishlab   chiqarish   hosildorligi   (umumiy   oziqa   zahiralari   hajminnng
50   %   iste’mol   qilinishi   hisobidan)   yilning   yaylov   –   oziqaviylik   sharoitlariga
bog‘liq   holda,   yaylovlarning   mahsuldorligiga   mos   holda   to‘yimli   moddalarning
44 chiqishi,   hamda   ularning   oziqaviylik   hajmi   yil   fasllariga   qarab   jiddiy   darajada
o‘zgarib turishi aniqlandi.   Agarda yil qurg‘oqchil – noqulay kelgan yillari  ishlab
chiqarish   hosildorligi   o‘rtacha   hayvonlar   tomonidan   iste’mol   qilinishi   mumkin
bo‘lgan   o‘simliklar   massasi   bahorda     1,78   s/ga   tashkil   etsa,   kuz   –   qish
mavsumlarining   kelishi   bilan   ularning   foydalanilish   darajasi   ham   mos   holda
1,44 va 1,04  s/ga cha kamayib borishi  aniqlandi.
                Qayd   qilingan   yillarda   1   ga   tabiiy   yaylovlardan   olinadigan   to‘yimli
moddalarning   miqdori   bahorda   152   oziqa   birligi,   2020   MDj   almashinuvchi
energiya   va   21,3   kg   hazmlanuvchi   oqsil   chiqish   bilan   birga   1   ga   tabiiy   yaylovda
1,26 bosh qo‘yga еtadigan oziqa zahirasi mavjud ekanligi aniqlandi.
        Yilning qolgan mavsumlarida tabiiy yaylovlarning  to‘yimlilik qiymati pasaya
borishi bilan birga ozuqaviylik hajmi bahorda 0,87 kuzda -0,80 va qishda esa 0,52
boshgacha   tushishi     aniqlandi,   vaholanki   bunday   oziqa   zahirasiga   ega   bo‘lgan
yillari  1 bosh ona qo‘y uchun bahorda   0,75, yozda – 1,20, kuzda – 1,29 va qishda
1,78 ga yaylov maydoni bo‘lishi talab etiladi.
              Iqlimiy   jihatdan   o‘rtacha   qulay   va   qulay   yillari   esa   bu   ko‘rsatkichlar   orta
boradi   va   yaylovlarning   oziqaviy   zahiralari     yil   fasllariga   mos   holda   bahorda   –
1,90 va 2,97 bosh, yozda – 1,28 va 2,84 tashkil qilib keyingi mavsumlarga qarab
ulardan  foydalanish  asta-sekin  kamayib borishi  aniqlandi, yoki  bir  bosh  qo‘yning
o‘rtacha   kunlik   ehtiyoji   o‘rtacha   qulay   yili     bahorda   –   0,52   ga   va   qulay   yili   esa
0,35   ga   ni   tashkil   qiladi.     Umuman   olganda,   ob   -   havoning   agroiqlimiy
sharoitlariga   bog‘liq   holda   1   ga   tabiiy   yaylovdan   olinadigan     to‘yimli
moddalarning   miqdori   va   oziqaviy   hosildorlik   noqulay   kelgan   yillari       2,5   –   3,0
martaga   kamaysa,   qulay   kelgan   yillari   aynan   ana   shuncha   miqdorda   (2,2-   2,8)
ortishi kuzatiladi.
3.2. Tog‘, tog‘oldi va cho‘l tabiiy yaylovlar o‘t – o‘lanlarining botanik va
kimyoviy tarkibi
45             Cho‘l   hududidagi   yaylovlar.     Hozirgi   vaqtda   O‘rta   Osiyo   mamlakatlarining
cho‘l   hududida   tabiiy   yaylovlarning   quyidagi   guruh   tiplari   farqlanadi:   qumlik
hududlarda   butasimonlar   va   efemerlar;   tuproqli   va   toshloqli   hududlarda   yarim
butasimonlar   –   efemerlar;   o‘rmonsimon   va   tuproqli   hududlar   yaylovlarida
efemerlar va sho‘rxok еrlarda esa har xil sho‘ralar (sho‘radoshlar)   uchraydi.
        Yaylovlar o‘t – o‘lanlar qoplamini tashkil qiluvchi har bir keltirilgan guruhlar
o‘zlarining botanik tarkibi bilan farq qilgani singari, u еrdagi tiplarning bir – biriga
bo‘lgan   nisbati   bilan   ham   farq   qiladi.   Umuman   olganda   yaylovlardagi   guruhlar
tiplarini   yagonaligini   ta’minlovchi   o‘simliklar   qoplamining   tuzilishi,   joylanishi,
ayrim biologik guruhlarning mavjudligi va boshqa qator muhim tabiiy va xo‘jalik
belgilari   barcha   turlar   uchun   bir   xil   hisoblanadi.   Xarakteristika   beriladigan
guruhlarga kiruvchi barcha turdagi tabiiy yaylovlarning doimiy va yagona belgisi
bo‘lib,   har   bir   yaylovning   muhim   xo‘jalik   belgisi   bo‘lib   oziqa   zahiralarining
dinamikasi hisoblanadi.
              Butasimonlar   va   efemerli   yaylovlar   asosan   qumli   hududlarda   tarqalgan.
Navoiy   viloyatida   bunday   yaylovlar   juda   katta   maydonni   tashkil   etadi.   Bundan
tashqari   Qizilqum   cho‘llari   hududining   kattagina   qismini   ham   qoplab   olgan
(V.N.Nikolaev va boshq.,1977). 
          O‘tkazilgan   tajribalarning   ko‘rsatishicha,   qumlik   cho‘llarning   o‘simliklar
qoplami   turlarning   boyligi   va   o‘zlarining   biologik   va   xo‘jalik   xususiyatlari   turli-
tumanligi bilan ajralib turadi.  Lekin hamma joyda o‘simliklar qoplamining asosiy
vakili sifatida oq saksovul va   iloq  hisoblanib turdi.
          Tadqiqot   mobaynida   olib   borilgan   tadqiqotlarimizning   ko‘rsatishicha
butasimonlar   va   efemerli   yaylovlar   boshqa   cho‘l   yaylovlari   orasida   eng   yuqori
miqdordagi (umumiy) ko‘k massa berishi bilan ajralib  turadi. Masalan yoz faslida
saksavulning   assimilyatsiyalovchi   shoxchalarining   yoppasiga   rivojlanishi
natijasida   bunday   massalarning   miqdori   1   ga   maydondan   6   -7   s/   ga   еtishini
kuzatdik.
46        Lekin shuni qayd qilish kerakki, cho‘l yaylovlari uchun bunday katta massaga
ega bo‘lgan  o‘simliklar massasidan qorako‘l qo‘ylari nisbatan kam miqdorda; 1 ga
maydondan olinadigan quruq massani bor - yo‘g‘i 1,5 - 2,5 s/ dan foydalanishadi.  
          Bunday   xolatlarning   yuz   berishi   bizning   nazarimizda   quyidagilarga   bog‘liq;
birinchidan saksavul  butasining yuqorigi qismida joylashgan mayda shoxchalarga
qo‘ylarning   bo‘ylari   еtmaydi,   ikkinchi   tomondan   –   saksavul     hamma   faslda   ham
qo‘ylar tomonidan iste’mol qilinavermaydi; masalan bahor va yoz oylarida qo‘ylar
saksavulni umuman iste’mol qilmaydi.
        Efemerlar   va   boshqa   har   xil   o‘t   –   ulanlarning   umumiy   vegetatsion   davri
hisoblangan   bahor   faslida   qora   qo‘ylari   faqat   ko‘k   massa   bilan   oziqlanadilar,   bu
faslda   ular   asosan   rang   (osoka   vzdutaya),   qo‘ng‘irbosh   (myatlik   lukovichn ы y),
kelinchakbuz (mortuk Bonaparta) va boshqa yaylov o‘tlarini iste’mol qiladilar. 
         Bahor faslida yaylovlarning umumiy  hosildorligi, yilning agrometeorologik
sharoitiga mos holda o‘rtacha 1 ga maydonda 4,64 s tashkil etadi, shundan qo‘ylar
tomonidan iste’mol qilinadigan oziqa zahirasi, taqdim qilingan yaylov tipining o‘t
– o‘lanlarini   o‘rtacha   iste’mol qilinishini 35 – 40 % deb olsak haqiqatda   1,66‒
s/ga quruq massani tashkil etadi (S.I.Kedrova, 1969, A.K.Kar ы nbaev, 2009). 
               Yoz faslida qo‘ylarning oziqlanishining asosini asosan «xas» (os ы p, lom va
boshqa   ozqviy   o‘simliklarning   barglari)   va   qisman   ildiziga   tayanib   qolgan   quruq
va   gullagan   iloqlarning   poyasi   va   boshqa     har   xil   o‘tlar   tashkil   qiladi.   Qayd
qilingan fasldagi yaylovlarning umumiy hosildorligini tashkil qiluvchi oq saksavul
qo‘ylar   uchun   oziqa   bo‘lib   hizmat   qilmaydi,   shuning   uchun   bu   yaylovlarning
iste’mol qilinadigan oziqa zahirasi nisbatan katta emas va   ulardagi oziqa zahirasi
o‘rtacha 1,37 sn/ga ni tashkil etadi.
          Kuz   fasliga   kelib  ushbu   tipdagi   yaylovlardagi   qo‘ylarning   ratsioni     yaylovda
deyarlik bir xil miqdorda bo‘lgan butasimonlar (donlayotgan butalar – oq saksavul,
cho‘g‘on   va   yarim   butalar   –   tresken,   singren   va   boshq.)   oziqalar   va   iloqlarning
quruq qoldiqlari va efemerlardan tashkil topadi.
47       Shu bois, butasimonlar va efemerli yaylovlar o‘simliklarining iste’mol qilinishi
mumkin   bo‘lgan   oziqa   zahirasi   (1,93   s/ga)   bir   muncha   ortadi   va   umumiy
hosildorlikning   o‘rtacha   yarmini   (quruq   massani     4,20   s/ga)   tashkil   etadi.   Qish
fasliga   kelib,   yaylovda   haydab   boqiladigan   qorko‘l   qo‘ylarining     oziqlanish
ratsioni   kuz   faslidagiga   ancha   yaqin   bo‘ladi   va   bu   davrda   qo‘ylar   butalarning
qurigan   shoxchalarini   va  nozik   poyalarini,  yarim   butalarning  yuqorigi   qismini   va
yaylovlarning   dag‘al   va   yo‘g‘on   o‘tlarini   qoldiqlaridan   foydalanadilar   (selen   va
boshqalar).
           Yarim butali va efemerli yaylovlar asosan qumlik bo‘lmagan ammo sho‘rhok
bo‘lmagan   yaylovlarda   tarqalgan.   Bunday   yaylovlar   katta   maydonni   tashkil   etib
Navoiy   viloyatidagi   ko‘plab   qorako‘lchilik   zonalarini   tashkil   etadi.   Shuvoq   –
efemerli   yaylovlarning   o‘simliklar   massasi   asosan   shuvoqdan   tashkil   topgan
bo‘lib, qolgan qismini tashkil qiluvchi boshqa o‘simliklarning miqdori 15 – 20 %
dan oshmaydi, ayrim hollarda faqat bahordagina yaylov ranglarining miqdori 35 –
40   %   ni   tashkil   qilishi   mumkin.   Umuman   olganda   efemerli   o‘t   –   o‘lanlar   bahor
paytida   oziqa   zahirasining   eng   maksimal   miqdorini   bersa,   yoz   va   kuz   fasllarida
shuvoq xuddi  shu rolni bajaradi.
                Yarim   butali   va   efemerli   yaylovlarning   eng   yuqori   oziqa   zahirasi     yoz
faslining boshlanish davrida foydalanish muddatida kuzatiladi va bu davrda   1 ga
dan olinadigan quruq moddaning miqdori 5,77 sn/ga ni tashkil etadi. Qayd qilingan
yaylovlarda iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan eng  maksimal oziqa zahirasi bahor
faslining oxiriga to‘g‘ri keladi. Qayd qilingan yaylovlardan foydalanish davomida
u   maydonlardagi   iste’mol   qilinishi   mumkin   bo‘lgan   oziqa   zahiralarining
dinamikasi boshqa tipdagi  cho‘l yaylovlardagidan anchagina kam.
             Shuvoq – efemerli  yaylovlar tipining boshqa  qayd qilingan yaylov tiplariga
nisbatan   asosiy   qiymati   shundan   iboratki,   ulardan   yil   davomida   qo‘ylarni   boqish
imkoniyati   saqlanib   qoladi.   Bundan   tashqari   bu   yaylovlarning   eng   muhim   ishlab
chiqarish   xususiyatlaridan   yana   biri,   ularning   hosildorligi   yil   davomida   juda  kam
o‘zgarishga uchraydi.
48                Qator yillar mobaynida olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalariga ko‘ra,
yilning  tabiiy  –   iqlimiy  sharoitiga   yarim   butali   –   efemerli   yaylovlarning   umumiy
hosildorligi   4,51   s/gani   tashkil   qiladi   va   shundan   qo‘ylar   tomonidan   iste’mol
qilinishi mumkin bo‘lgan oziqa zahiralari  - 2,48 s/ga quruq moddani tashkil etadi.
Umuman olganda yarim butali va efemerli yaylovlar cho‘l yaylov chorvachiligini
oziqlantirishda yuqori baholanadi. Qishki  mavsumida shuvoq   qo‘ylarning dalada
haydab boqilish davomidagi asosiy oziqasi hisoblanadi.
                  Efemerli   yaylovlar     cho‘l   hududlarida   nisbatan   unchalik   katta   bo‘lmagan
maydonlarni  egallaydi.     Cho‘ldan yarim  cho‘lga va aynan tog‘oldi  yarim cho‘llar
yayloviga o‘tishda efemerli yaylovlar landshaftli guruhlar hisoblanadi. 
Bu   yaylovlarning   o‘t   –   o‘lanlari   bilan   boshqa   oziqaviy   maydonlardan   o‘ziga   xos
xususiyatlarga ega bo‘lgan efemerlar va efemeroidlar bilan  qoplangan bo‘lib, ular
issiq   va   namli   bahor   paytida   deyarlik   o‘zlarining   vegetatsion   davrlarini   o‘tab
bo‘lishadi,   yozning   jazirama   issiqlari   boshlanishi   bilan   vegetatsiyasini   tugatib,
qurib bo‘lishadi. Cho‘l va yarim cho‘l yaylovlarini asosiy o‘t – o‘lanlarining ko‘p
yillik turlarini tashkil qiluvchi qorabosh iloq    va qo‘ng‘irboshlar hisoblanadi. Juda
katta   miqdorda   bir   yillik   boshoqlilar   vakillari   k o‘p   uchraydi.   Ayrim   joylarda
dukkaklilar oilasiga mansub no‘xotakni ko‘plab uchratish mumkin. 
                Adirlardagi   efemerli   o‘simliklarning   bahorgi   vegetatsiyasi   mart   oyining
boshlanishi   va   o‘rtalarida   boshlanadi.   Birinchilardan   bo‘lib   iloq   va   qo‘ng‘irbosh
vegetatsiyani   boshlaydi.   May   oyining   o‘rtalariga   borib   ko‘k   ko‘rinish   o‘zini
yo‘qotadi,   ertangi   o‘simliklar   quriy   boshlaydi.   May   oyining   ikkinchi   qismida
efemerli   yaylovlarda   qurigan   o‘simliklarning   sinishi   boshlanadi   va   yoz   fasliga
kelib turli o‘simliklarning qurib sinishi va sochilishi natijasida yaylovdagi turli o‘t-
o‘lanlar turlarining yo‘qolishi kuzatiladi, ayrimlari qurigan holda «ildiziga suyanib
qolgan» holdagi oziqalar ko‘rinishini oladi.
              Umuman   olganda   bir   yillik   o‘simliklar   juda   tez   maydalanib   yo‘qolishi
mumkin, ammo boshoqlilarning ayrimlari qish fasligacha qisman saqlanib qoladi.
49 Dukkakli bir yillik o‘simliklar vegetatsiya muddati o‘taganidan keyin bir oy ichida
o‘t   –   o‘lanlar   qotorida   qolmaydilar.   O‘simliklarning   quruq   «ildiziga   tayanib»
qolish   holatida     oziqa   massalari   tinimsiz   kamayib   boraveradi.   Bu   yaylovlarning
oziqa massalari  zahirasining eng ko‘p vaqti bahor – yoz davrlariga to‘g‘ri keladi,
chunki   bu   davrda   barcha   turdaga   efemerli   o‘simliklar   vegetatsiyalanib   o‘zlarinig
eng yuqori mahsuldorligiga еtadi.
            Efemerli   yaylovlarning   o‘rtacha   umumiy   hosildorligi   yilning   hosildorligi
bo‘yicha   o‘rtacha.  Bahorda   faslida,   ya’ni  yaylovlarning  mahsuldorligi   eng  yuqori
bo‘lgan   yillari,   quruq   modda   bo‘yicha   har   gektaridan   6,70   sn   dan   hosil   olish
mumkin.   Ammo,   yuqori   darajadagi   hosildorlik   unchalik   uzoqqa   cho‘zilmaydi   va
yozgi issiq haroratlar ta’sirida qurigan barcha efemerlar to‘kiladi, sinadi va quruq
«xas» sifatida yozgi shamollar ta’sirida u yoqdan bu yoqqa uchiriladi, yoz va kuz
fasllarida qorako‘l qo‘ylari tomonidan hush ko‘rib iste’mol qilinadi, ya’ni ularning
asosiy   tabiiy   yaylov   ratsioni   bo‘lib   qoladi.   Bahor   faslida   yaylovlar   o‘t   –
o‘lanlarining   asosini   erta   bahorda   ko‘klaydigan   efemerlar   tashkil   (70   %   gacha)
qiladi,   yozda   esa   aksincha,   mayda   o‘t   –   o‘lanlarga   nisbatan   ancha   yuqori   hosil
beruvchi   yirik   o‘t   –   o‘lanlar   (75%   gacha)   tashkil   qiladi.   Yirik   o‘t   –   o‘lanlarning
oziqaviy   massasining   hajmi   katta   bo‘lishi   va   ularning   nisbatan   kechroq
vegetatsiyasi   tufayli   yozgi   efemerli   yaylovlarning   umumiy   hosildorligi
qiyoslanayotgan fasllar orasida eng yuqori (7,62% quruq massa) bo‘lishi kuzatildi.
Kuzga   kelib   esa   efemerli   yaylovlarning   hosildorligi   keskin   kamaydi   va   o‘rtacha
bor – yo‘g‘i 3,08 sn/ga ni tashkil etdi. Qish faslida efemerli yaylovlarda qorako‘l
qo‘ylari   tomonidan   iste’mol   qilinishi   mumkin   bo‘lgan   ayrim   yirik   o‘t   –
o‘lanlarning qurigan poyasidan boshqa bironta o‘simlik turini topish qiyin.
       Bahorda qo‘ylar tomonidan iste’mol qilinadigan efemerli yaylovlarning oziqa
zahiralari o‘rtacha 3 s/ga ni tashkil etsa, yoz va kuz fasllarida foydalanish hisobiga
keskin kamayadi va o‘zaro mos holda 2,15 va 1,65 s/ga ni tashkil etadi. Umuman
olganda,   efemerli   yaylovlarning   yillik   o‘rtacha   umumiy   hosildorligi     4,93   s/ga
tashkil   etadi,   qo‘ylar   tomonidan   iste’mol   qilinishi   mumkin   bo‘lgan   yaylov
50 oziqalarining   zahirasi   o‘rtacha   –   1,86   s/ga   quruq   massani   tashkil   etadi.   Umuman
olganda   adirlarning   efemerli   yaylovlari   yilning   baxorgi   va   yozgi   oylarida   eng
yaxshi   oziqaviy   maydon   hisoblanadi,   qolgan   fasllarda   esa,   o‘zining   oziqaviylik
qiymatini keskin yo‘qotadi.
            Sho‘rali yaylovlar   asosan sho‘rhok tuproqlarda - taqir va sho‘rlarda tarqalgan
bo‘lib   cho‘l   hududlarini   barcha   tipdagi   cho‘llarida   uchraydi.   Sho‘rhok   еrlarda
o‘sadigan   va   to‘qimalarida   mineral   tuzlarni   saqlovchi   o‘simliklar   sho‘ralar   nomi
bilan   ma’lum.   Umuman   olganda,   sho‘rhok   yaylovlarning   o‘simliklar   qoplami
asosan   bir   yillik   o‘simliklardan   tashkil   topgan   bo‘lib,   qisqagina   muddatli
ahamiyatga ega bo‘lsa ham eng qimmatli yaylov bo‘lib hisoblanadi.
                    Cho‘l   xududidagi   taqirliklarni,   asosiy   o‘simliklari   bo‘lib;   -   buyurg‘un,
tasbuyurg‘un,   domalatpa,   donasho‘r,   baliqko‘z   kabi   o‘simliklar   hisoblanadi.
Ko‘tarmali   shurhok   yaylovlar   uchun   tipik   bo‘lib,   soran,   mirza   soran   (sarsazan)
tobesoran,  qo rabara oq , olabuta, buyurg‘un va boshqalar hisoblanadi.
                  Bir   yillik   sho‘rhok   yavlovlar   qa’tiy   fasliy   yaylovlar   bo‘lib   hisoblanadi.
Sho‘rhok   yaylovlar   o‘simliklarining   katta   qismi   qo‘ylar   tomonidan   faqat   kuz   va
qish oylarida qoniqarli va yaxshi darajada iste’mol qilinadi. Shu bois, bu yaylovlar
kuzgi – qishki yaylovlar bo‘lib hisoblanadi.
            Sho‘rhok   yaylovlarning   hosildorligi   efemerli   yaylovlarning   hosildorligiga
nisbatan   yil   davomida   yanada   kuchliroq   o‘zgarishga   uchraydi.   Sho‘rhok
yaylovlarning   umumiy   hosildorligi   unchalik   ahamiyatli   ham   emas   va   yoz   –   kuz
fasllarida   yilning   oziqaviy   sharoitiga   bog‘liq   holda   0,75   va   1,20   s/ga   quruq
massani   tashkil   qiladi.   Sho‘rhok   yaylovlarning   qo‘ylar   tomonidan   iste’mol
qilinadigan o‘rtacha yillik hosildorligi, o‘rtacha 0,50 sn/ga dan oshmaydi. 
                Hozirgi   paytda,   ya’ni   yil   davomida   bitta   yaylovdan   foydalanish,   u   еrda
boqilayotgan   hayvonlar   bosh   sonining   normadan   ortiq   bo‘lishi   natijasida
yaylovlardagi o‘t – o‘lanlar talab qilingan vegetatsion faza muddatini to‘la o‘tashi
uchun еtarlicha vaqt bo‘lmasligi tufayli, yildan yilga yaylovlardagi o‘simliklarning
51 bioxilma   –   xilligi,   ularning   botanik   va   kimyoviy   tarkibi,   hayvonlar   tomonidan
iste’mol qilinishi va iste’mol qilingan to‘yimli moddalarning hazmlanish darajasini
o‘rganish   hisobiga   biologik   jihatdan   ilmiy   asoslangan   tavsiyalar   berish   mumkin.
Shu bois, o‘rganilishi tavsiya qilingan kompleks tadqiqot ishlarini qiyoslanayotgan
yaylovlar   o‘simliklarining   kimyoviy   va   botanik   tarkiblarini,   yil   fasllariga   va
yilning   iqlimiy   holatiga   qarab     hosildorligini,   hayvonlar   tomonidan   iste’mol
qilinishini   o‘rganishdan   boshladik.   Tajribalar   uzoq   muddatli   kamida   uch   yil
mobaynida   oziqaviy   –   iqlimiy   sharoitlar   turlicha   bo‘lgan   yillarda,   ya’ni   yaylov
o‘simliklari   o‘zlarining   vegetatsiya   davrlarini   boshlashi   bilan   (fevral   oyining
ikkinchi yarmidan), toki kuz faslining oxiri va qish mavsumining boshlanishigacha
(dekabr - yanvar oylarigacha)   bo‘lgan davrlarda bajarildi. 
        Iqlimiy jihatdan noqulay kelgan yillari cho‘l huddudining yaylovlari deyarlik
bir xil faqatgina efemer - efemeroidlar va sho‘rhok o‘tlar bilan qoplansa, tog‘ oldi
yaylovlari   asosan   shuvoq   va   yarim   butalar   bilan   qoplangan   bo‘ladi.   O‘t   –
o‘lanlarning balandligi 8 - 10 sm dan ortmaydi.
          O‘rtacha   noqulay   kelgan   yillari   esa,   cho‘l   hududi   yaylovlari   efemer   va
efemeroidlardan   tashqari   boshqa   o‘t   –   o‘lanlar   bilan   boyiydi,   bu   esa   yaylovlar
holatini   yaxshilash   bilan   birga,   yaylovning   hosildorligini   ham   oshishiga   olib
keladi.   Tog‘   va   tog‘oldi   yaylovlarining   o‘t   –   o‘lanlar   qoplami   efemer   va
efemeroidlar   bilan  boyiydi,  shuvoq  va  yarim  butalarning  miqdori  noqulay  kelgan
yillardagiga nisbatan katta ulushga ega bo‘ladi, ularning balandligi 8 – 16 smdan
yuqori bo‘ladi.
              Iqlimiy   jihatdan   qulay   yillari,   esa   har   ikkala   qiyoslanayotgan   hududlarning
yaylovlaridagi   o‘t   –   o‘lanlar   orasida   efemer   –   efemeroidlar   hukmronlik   qiladi,
shuvoq,   butalar   –   yarim   butalar     va   boshqa   o‘simliklarning   yaxshi   rivojlanishi
kuzatiladi, bu esa yaylov o‘t - o‘lanlarining qish fasligacha turlari  еtarli miqdorda
saqlanib qolinishini ta’min etadi.
52             Bahor   va   yoz   oylarining   dastlabki   oylarida   cho‘l   hududidagi   yaylovlarda
qo‘ylar   asosan   efemer   –   efemeroidlar   va   boshoqli   o‘simliklar   bilan   oziqlanishsa,
yoz   va   kuz   oylariga   kelib   butasimon   va   yarim   butalarning   barglari   va   boshqa
o‘simliklarni iste’mol qilishga o‘tadilar. Kuz oylarining oxiriga kelib esa sho‘rhok
o‘tlarni iste’mol qilishga kirishadilar, chunki bu paytda bu turdagi o‘simliklarning
barchasi donlab vegetatsiya davrini tugatib qurishni boshlagan bo‘ladi.
            Tog‘   va   tog‘oldi   yaylovlarida   esa   oziqalarning   iste’mol   qilinish   dinamikasi
biroz   boshqacharoq   tarzda   bajarilishi   kuzatildi.   Bu   yaylovlarda   o‘simliklarning
vegetatsion   davri   cho‘l   hududiga   nisbatan   biroz   kechroq   boshlanganligi   sababli,
dastlab oftobru joylardagi maydonlarda rivojlanishni boshlgan efemerlar, boshoqli
o‘tlar   va   o‘tgan   yildan   qolgan   butasimonlarning   yumshoq   va   ingichka
shoxchalarini iste’mol qilishadilar.         Yoz oylaridan boshlab еtarlicha rivojlangan
boshoqli   o‘simliklarni,   yarim   butalarning   barglarini,   yozning   o‘rtalariga   kelib
rivojlanayotgan qora shashir, tulki quyruq, oq shuvoqlarni iste’mol qilish avj oladi.
             Ishning uslubiga mos holda tabiiy yaylovlarning hayvonlar doimiy ravishda
boqiladigan   maydonlardan   qirqib   olingan   o‘t   –   o‘lanlar   namunalarining   botanik
tarkibini tahlillari shuni ko‘rsatdiki,  yil fasllari bo‘yicha va tabiiy iqlimiy sharoitga
bog‘liq     holda   turli   turdagi   guruhiga   kiruvchi   o‘simliklarning   vegetatsion
rivojlanishi bir tekisda kechmaydi. 
           Tog‘ va tog‘oldi yaylovlaridagi o‘simliklar guruhlarining bir – biriga bo‘lgan
nisbati   ularning   vegetatsion   davrida   jiddiy   o‘zgarishlarga   uchrashi   kuzatildi.   Bu
yaylovlarning   oziqaviy   muvozanatida   murakkab   gullilar   yuqori   darajadagi
ahamiyatga ega bo‘lishi aniqlandi; - bahorda – 56,6%, kuzda – 31 % va qishda –
23,2 % ni tashkil etadi. Bular orasida boshoqlilar oilasiga kiruvchilar katta ulushga
ega bo‘lish bilan birga ularning eng ko‘p istemol qilinishi va asosiy oziqa sifatida
foydalanilishi   may   oyiga   to‘g‘ri   keladi   va   keyingi   oylarda   umumiy   o‘simliklar
massasida   ularning   ulushi   keskin   kamayadi.   Bu   bizning   nazarimizda,   boshoqlilar
boshqa   turdagi   o‘simliklar   orasida   juda   erta   vegetatsiyani   boshlaydilar   va   issiq
53 harorat   va   qurutuvchi   shamollar   ta’sirida   o‘zlarining   rivojlanish   vegetatsiyalarini
tamom qiladilar.
              Qo‘ylarning   kuzgi   ratsionining   tarkibi   asosan   buta,   yarim   butasimonlar   va
sho‘rhok   o‘t   –   o‘lanlar   assotsiyasi   bilan   taqdim   qilingan.   Yarim   butasimonlar
orasida   asosan   shuvoq   va   keyreuk,   sho‘rhoklar   orasida   esa   baliqkuz     va
donashurlar    bilan taqdim etilgan.  
          O‘zbekistonning   keskin   kontinental   iqlimi   o‘simliklarning   vegetatsiyasiga
o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.  Iqlimiy jihatdan qulay kelgan yillari quyosh nurining
insolyatsiyasi   va   namlik   еtarli   bo‘lganida   tog‘   va   tog‘oldi   yaylovlarning   o‘t   –
o‘lanlari,   hattoki   fevral   oyidan   boshlab   o‘zlarining   vegetatsiyasini   boshlab
yuborishadi.
                                                                                                             3.2.1-jadval
     Tabiiy tog‘ va tog‘oldi yaylovlarining fasllar bo’yicha botanik tarkibi, %      
Oilalar
Bahor Yoz Kuz Qish
Shuradoshlar - - 60.0 74
Murakkab gullilar 56,5 10,0 30,9 22,8
Efemerlar 4,0 1,0 - -
Dukkaklilar 1,0 2,0 - -
Boshoqlilar 36,0 14,0 - -
Turli o‘t –o‘lanlar 2.5 19,0 7,8 2,8
Soyabonguldoshlar - 49,0 0,3 0,1
Loladoshlar - 3.0 - -
Har xil gullilar - 1.0 - -
54                                    
                  Iqlim   noqulay   kelgan   yillari,   ayozli   qish   mavsumi   tufayli,   sovuq   haroratli
bahor   faslining   cho‘zilib   ketishi   yaylovdagi   ko‘plab   o‘simliklar   turlarining
rivojlanishini ta’minlovchi sharoitni yuzaga kelishini yo‘qqa chiqaradi va ularning
vegetatsion   davrlarini   boshlanishini   to‘xtatib   turishga   majbur   etadi.     Yozgi
haroratning   ko‘tarilib   ketishi,   kuchli   quyosh   nurining   insolyatsiyasi     o‘simliklar
tarkibida   kattagina   miqdordagi   to‘yimli   moddalarning,   ayniqsa   oqsillarni
jamlanishini ta’minlanishiga olib keladi. 
Ammo   shuni   ta’kidlash   lozimki,   mart   oyida   paydo   bo‘lgan   ko‘k   o‘tlardan
olingan   namunalarning   tarkibi   deyarlik   qish   mavsumidagi   namunalar   tarkibi
darajasidagi ko‘rsatkichlarga juda yaqin bo‘lishi aniqlandi. Aprel va may oylariga
kelib   o‘t   –   o‘lanlar   tarkibidagi   to‘yimli   moddalarning   miqdori   sezilarli   darajada
ortadi,   va   iyun   oyida   ko‘plab   o‘t   –   ulanlarning   o‘z   vegetatsiyasini   tugatishi
munosabati bilan yanada ortishi kuzatildi. O‘simliklar tarkibidagi quruq moddasida
15,8%   -   protein,   3,01   %   -   yog‘,   32,0   %   kletchatka   va   48,73%   AEM   lar   bo‘lishi
aniqlandi.
        Ko‘plab   mualliflar   tomonidan   [ 4,   9,   21 ]   ko‘k   o‘tlar   quruq   modasining
tarkibidagi   xom   kletchatkaning   miqdori   18   –   25%   dan   oshiq   bo‘lmagan   oziqalar
hayvonlar   organizmi   uchun   foydali   ekanligi   qayd   etilgan.   Tavsiya   qilingan
normadagi   kletchatka   saqlovchi   oziqalarning   hayvonlar   tomonidan   iste’mol
qilinishi, ular tarkibidagi to‘yimli moddalarni еtarlicha to‘liq hazmlanishini ta’min
etishi isbotlab berilgan. 
            Yoz   mavsumida   efemer   va   efemeroidlarning   o‘z   vegetatsiyasining   tugatishi
munosabati   bilan  qo‘ylar   buta   va  yarim   butalarning   barglari,  yumshoq   poyalarini
va boshqa turdagi o‘simliklarni iste’mol qilishga o‘tadilar. 
             Bundan tashqari, yaylovdagi chorva mollarini bosh sonini me’yoridan ortib,
haroratning   isib   ketishi   va   kuchli   issiq   shamollar   natijasida,   yozgi   yaylovlarning
55 o‘simliklar   qoplamidagi   o‘t   –   o‘lanlarning   botanik   tarkibi   o‘zgarishi   hisobiga
ularning   kimyoviy   tarkibida   ham   o‘zgarishlar   yuz   berishi   aniqlandi.
O‘simliklarning   umumiy   namligi     deyarlik   o‘zgarishga   uchramagan   bo‘lsada
protein   bahor   fasliga   nisbatan   -   0,4   %   ga,   kletchatka-1,7   %   ga   ortishi,   qolgan
ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa kamayish kuzatildi. 
                                                                                                           3.2.2-jadval  
   Yaylov o‘simliklari tarkibidagi moddalarning miqdori (mg /kg)
№ O‘simliklar Fe Ca Mg Na K
1 Yantoq 170 ,6 855,6 598,9 3711,1 4451,7
2 Karrak 123,3 1143,2 540,8 899,7 5480,6
3 Oqquray 166,1 375,1 44,8 101,1 455,6
4 Somon 113,8 621,4 543,9 499,3 6569,1
5 Shuvoq 368,8 1255,1 453,7 398,9 4257,9
    Mutloq   quruq   modda   tarkibidagi   proteinning   miqdori   bahor   paytida   9,98   %   ni
tashkil qilgan bo‘lsa, yoz paytida uning miqdori 13,69 % gacha, yog‘ning miqdori
ayrim   o‘simliklarning   donlashi   hisobiga   0,7   %   ga   ortganligi   aniqlandi.     Qolgan
ko‘rsatkichlar   bo‘yicha     xuddi   tabiiy   namlikda   kuzatilgan   holat   takrorlanishini
guvohi   bo‘ldik.   Kuz   fasliga   kelib   tabiiy   yaylovlar   o‘simliklarining   tarkibidagi
to‘yimli   moddalarning   miqdori   qo‘yidagi   ko‘rinishni   tashkil   etdi:   10,12   %   ,
protein, 3,25 % - yog‘, 36,60 % - kletchatka va 41,90 % AEM. Qish mavsumidagi
yaylovlarning   tarkibidagi   to‘yimli   moddalarning   miqdori   o‘zining   kam   miqdorda
saqlanishi bilan xarakterlanadi va protein – 7,61 %, yog‘ -2,48, kletchatka - 40,39
%   va   38,7   %   azotsiz   ekstrakt   moddalar.   Tog‘   va   tog‘oldi   yaylovlaridan   olingan
o‘simliklar  namunalari  tahlil   qilinganida  eng  kam  miqdordagi   kalsiyning  miqdori
kuz faslida, ya’ni ko‘pgina oziqalarning iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan qismini
qo‘ylar tomonidan foydalanganligidan keyin kuzatildi.         
56 3.3. Yil fasllari bo‘yicha tabiiy yaylovlar oziqalarining  oziqaviylik va
to‘yimlilik qiymatlari
                             O‘zbekiston sharoitida qadim zomonlardan buyon   tabiiy yaylovlardan
yilning   iqlimiy   jihatdan   qulay   va   noqulay   kelishiga,   u   еrda   o‘sadigan   o‘simliklar
vegetatsiyasining xarakteriga va katta hajmdagi massivlarning mavjudligiga qarab
ulardan   yil   fasllariga   qarab   foydalanib   kelingan.   Agar   bunday   foydalanishni
x   o‘jalik   yuritish   nuqtai   nazaridan   olib   qaraydigan   bo‘lsak,   bu   tizim   iqtisodiy
jihatdan   samarali   va   maqsadga   muvofiq   tizim   bo‘lib   hisoblangan.   Bu   tartibda
yaylovlardan   foydalanish   hozirda   ham   qorako‘lchilikda   keng   ko‘lamda
qo‘llanilmoqda.   Lekin,   xo‘jalik   yuritishning   turli   xillari   mavjudligi   bois   va
hududlarning   fermer   xo‘jaliklari   va   alohida   shaxslar   tomonidn   taqsimlab   olinishi
cho‘l   huddudlaridagi   yaylovlarga   nisbatan,   tog‘oldi   va   tog‘   yaylovlaridan
foydalanishning imkoniyatlarini bir muncha chegaralanishiga sabab bo‘lmoqda. 
                              Bahor   faslining   ikkinchi   yarmidan   boshlab   tashqi   haroratning   biroz
ko‘tarilishi  bilan cho‘l yaylovlarida fermer xo‘jaliklarining yirik va mayda shohli
hayvonlaridan   tashqari     o‘sha   atrofda   yashovchi   aholining   shaxsiy   mollari   ham
boqiladi.       Qator   yillar   mobaynida   tabiiy   yaylovlarda   ularning   hosildorligini,
o‘simliklarning   botanik   va   kimyoviy   tarkibini,   oziqalarning   biologik   jihatdan
qimmatliligini   o‘rganish   borasida   olib   borgan   tadqiqot   ishlarimzning   natijalariga
asosan   tog‘oldi   va   tog‘   yaylovlariga   nisbatan   cho‘l   yaylovlarida   1   ga.   da
boqiladigan hayvonlar bosh soni  1,5 – 2,0 barobarga ortib ketishini ko‘rsatdi. 1 ga
maydonga   boqiladigan   hayvonlar   bosh   sonini   normadan   ortib   ketishi   jiddiy
darajadagi   salbiy   oqibatlarga;   o‘sadigan   o‘simliklarning   to‘la   fazali
vegetatsiyasining buzilishiga, ularning botanik va kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga,
1   ga.yaylovdan   olinadigan   oziqa   massasining   kamayishiga,     yaylovning
hosildorligini   pasayishiga   va   oziqalarning   to‘yimlilik   qiymatining   keskin
pasayishiga   olib   kelishi   natijasida,   hayvonlarning   oziqalar   kompanentlariga
57 bo‘lgan   talabini   qondirilmasliga   olib   kelish   bilan   birga   yaylovlarning
degidradatsiyalanishini chaqirishi aniqlandi.  
  
3.1-rasm. Yaylovlarda tadqiqotlar olib borish jaryoni
     Mavjud yaylovlardan bu tarzda foydalanish  samarasi o‘laroq, qorako‘l qo‘ylari
tirik   massasining   kamayishiga,   mahsuldorligini   va   uning   sifatini   pasayishiga   olib
kelmayaptimikan degan savolga javob berish va hozirga paytdagi xo‘jalik foydali
ko‘rsatkichlarini   saqlab   qolish   uchun   tabiiy   yaylovlarning   monitoringgini;   -
xosildirligini,   o‘simliklarning   botanik   va   kimyoviy   tarkibini,   oziqa   massalarining
to‘yimlilik   qiymatini   aniqlash,   oziqalarning   iste’mol   qilinishi,   hazmlanishi,   katta
qorindagi   kechayotgan   hazm   jarayonlari   bilan   qon     tarkibidagi   fiziologik   va
58  biokimyoviy   o‘zgarishlar,   ularning   bir   –   biri   bilan   bog‘liqligi   haqidagi
ma’lumotlarni solishtirish bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib borish talab etildi.  
3.4. Qorako‘l qo‘ylarining gematologik ko‘rsatkichlarini  oziqlanish
sharoitlariga qarab o‘zgarishi
             
                  Qishloq   xo‘jalik   hayvonlarining   ichki   muhiti   sifatida   qon   ahamiyati   juda
katta.   To‘qimalarning   oziqlanishi   va   nafas   olishi,   almashinuv   jarayonlarini
boshqarish,   organizmning   himoya   reaksiyasi,   tashqi   muhit   omillarining   ta’siriga
javob   reaksiyasi,   irsiy   xususiyatlarni   namoyon   qilish   va   shu   kabi   ko‘plab
funksiyalarni bajaradi.
              Qo‘ylar   mahsuldorligini   qonining   oqsilli   tarkibi   bilan   bog‘lab   tushuntirish
bo‘yicha qilingan dastlabki harakat o‘zining ijobiy natijasini berdi.  Mualliflarning,
yuqori mahsuldor hayvonlar bilan kam mahsuldor hayvonlar qoni zardobining turli
oqsilli   fraksiyalarini   solishtirib   aniqlashlaricha,   yuqori   mahsuldorlikga   ega
sovliqlar   qoni   zardobidagi   albuminning   konsentratsiyasi   yuqori   bo‘lishi   qayd
etilgan. Ammo, yil davomida yaylov oziqasi bilan oziqlantirilgan qorako‘l qo‘ylari
qon zardobi oqsilli tarkibining oziqaviy va iqlimiy omillar, qo‘ylarning fiziologik
holatlari bilan bog‘liq holda o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q, bu
yo‘nalishdagi ishlar haligacha bajarilmagan. Lekin shu narsani qayd qilish kerakki,
yuqorida qo‘ylar va echkilarda olib borilgan tadqiqot ishlari ham qish mavsumida
qamab   boqilgan   yoki   yaylov   ratsioniga   ma’lum   darajada   qo‘shimcha   oziqalar
qo‘shib oziqlantirilgan hayvonlarda olingan ma’lumotlardir.
            Bu muammoning ijobiy еchimini topish uchun harakat qilishimizga asosiy
sabab   bo‘lgan   omil   bu   ekologik   sharoit   yomonlashayotgan     sharoitda   qishloq
xujalik hayvonlari organizmidagi metabolik jarayonlarni o‘rganish muammosining
biologiya fanining oldiga qo‘yilishidir.
            Ma’lumki  metabolizm – bu hayvonlar organizmida kechayotgan va uning
hayot   faoliyatini,   mahsuldorligini   ta’minlayotgan   morfo   -   kimyoviy,   fizik,
biokimyoviy     aylanishlarni   (o‘zgarishlarni),   hayvonlarning   turli   ekologik
sharoitlarda   saqlash   va   parvarishlash   bosqichlaridagi   metabolizmning   muhim
59 zvenolarini o‘rganish, ular organizmidagi moddalar almashinuvidagi  buzilishlarini
oldini   olish   va   aniqlash   hamda   o‘z   vaqtida   hayvonlarni   salomatligini   va   atrof
muhitni   mutadilligini     saqlab   qolish   tadbirlarini   ishlab   chiqish   imkoniyatlarini
beradi.
                      Shu   bois,   qator   yillar   mobaynida   yil   davomida   yaylov   oziqalari   bilan
oziqlantirilganda,   sovliqlarning qishki ratsionga qo‘shimcha konsentrat  va dag‘al
oziqalar     va   ayrim,   sintetik   azot   saqlovchi   moddalar   qo‘shib   oziqlantirilganida,
sovliqlar   qon   zardobining   oqsilli     tarkibidagi   o‘zgarishlar   o‘rganildi   va   biologik
jihatdan tahlil qilindi. 
                    Tadqiqot   ishlarini   olib   borishda;   -     sovliqlar   qon   zardobidagi   oqsilli
fraksiyalarning   tarkibi   bilan     ularning   mahsuldorligi   orasida   uzviylik   bor   yoki
yo‘qligini nazorat qilishdek aniq vazifa qo‘yildi. 
                Yaylov   oziqalari   bilan   oziqlantirish   davomida,   qon   zardobidagi   oqsil
fraksiyalarining   o‘zgarish   dinamikasiga   ta’sirini   o‘rganishda,   yil   fasllari,
hayvonlarning   fiziologik   holati   va   ratsion   tarkibiga   uzviy   bog‘liqligini   nazorat
qilish   uchun,     sovliqlardan   yil   fasllarining   har   birida   -   bahor,   yoz,   kuz   va   qish
mavsumlarida uch martadan tahlil  uchun qon olinib, laboratoriya tahlilidan keyin
olingan   natijalar   matematik   jihatdan   qayta   ishlandi   va   yillik   o‘rtacha   ko‘rsatkich
aniqlandi.   Bundan tashqari yarim statsionar tajribalarni bajarishda esa tajribaning
boshida   va   oxirida   olingan   natijalardagi   farqga   murojat   qildik,   bu   tajribalar   ham
o‘z navbatida takroriy tajribalar bilan mustahkamlanib borildi.
            Qon   zardobidagi   oqsil   fraksiyalarining   miqdori   qog‘ozli   elektroforez   usuli
bilan gradient potensiali 5 v/sm ga teng 0,01 N KON eritmasi bilan FEK –E-54 da
kolorimetrlash yo‘li bilan aniqlandi.
           Qon zardobidagi umumiy oqsilning miqdorini esa  Pulfryux refraktometrida
aniqladik. Olingan ma’lumotlar esa, quyidagi jadvalda keltirilgan.
                      Jadvalda   keltirilgan   ma’lumotlarning   ko‘rsatishicha,   sovliqlar   qochirish
mavsumi   boshlanishida   cho‘l   hududiga   qaytganidan   keyingi   davrda   qon
zardobidagi   umumiy  oqsilning   miqdori   bo‘yicha  yuqori   ko‘rsatgichga   ega-   ya’ni,
70,0±2,49 g% bo‘lishi aniqlandi. Su’niy qochirish mavsumi tugagach, sovliqlar va
60 boshqa   yoshdagi   qo‘ylar   qishki   mavsumda   saqlanadigan   qo‘yxonalar   atrofidagi
yaylovlarga   yaqinroq   masofalarga   haydab   kelinganidan   keyin,   bu   yaylovlarning
1m 2    
maydonidagi hayvonlar soni 2-3 barobarga ortdi. Yaylov oziqalari tarkibidagi
proteinning   еtarlicha   sovliqlar   organizmiga   tushmasligi   sababli,   kuzgi   mavsumga
nisbatan   qon   zardobi   tarkibidagi   umumiy   oqsilning   miqdori   13,15%ga   kamaydi
yoki 60,8 g% ni tashkil etdi.
                  Yaylovlarda ko‘k maysalarning paydo bo‘lishi bilan, ya’ni qo‘zilatish
mavsumi o‘tganidan keyin 15 – 20 kun o‘tgach, qon tarkibidagi umumiy oqsilning
miqdori   ortdi   (85,2±1,24   g%).   Keyingi   laktatsiya     va   qo‘zilarni   onasidan
ajratgungacha bo‘lgan davrlarda  qon tarkibidagi umumiy oqsilning miqdori yuqori
darajada saqlanib qoldi.
                                        Tajribalarimizning   natijalarini   ko‘rsatishicha,   qon   zardobidagi
umumiy oqsilning  konsentratsiyasi    sovliqlarning qayta  ko‘payish  sikli   davomida
ma’lum darajadagi o‘zgarishlarga o‘chraydi.
                                    Kuz  faslida  sovliqlar   qoni  zardobidagi   umumiy  oqsilning  miqdori
еtarlicha   yuqori   bo‘lgan   bo‘lsa,   qish   mavsumiga   kelib   pasaydi,   bahorda   ko‘k
maysalarning paydo bo‘lishi bilan laktatsiya davrida yana orta boshladi.
                            Sovliqlarning   bo‘g‘ozlikni   ikkinchi   yarmida   va   sut   berish   davrining
boshlang‘ich   qismida,   qon   tarkibidagi   umumiy   oqsil   konsentratsiyasining
pasayishini,   aynan   shu   davrlarda   yaylov   oziqalari   tarkibidagi   to‘yimli   moddalar,
ayniqsa protienning еtishmasligini ortishini dastlab homilaning rivojlanishi hamda
sut   berish   davrida     sut   hosil   bo‘lishi   uchun   qo‘shimcha   sarflanishi   bilan
tushuntiramiz. 
                           Kuz faslida, qon zardobidagi albuminning miqdori 44,2± 1,46 g% ni
tashkil   qildi.   Qish   faslida,   sovliqlar   bo‘g‘ozligida   uning  miqdori   53,36±   2,54  g%
gacha ortdi. Qo‘zilatish davri va sut berish davrining boshlanishida (bahor faslida)
bu  ko‘rsatkich 27,6±2,6 g% gacha pasaydi (jadvalga qarang).
                                                                        
61                                          3.4.1 jadval
Qon zardobidagi umumiy oqsil va uning fraksiyalarini yil fasllari va sovliqlarning
fiziologik holatiga mos holda o‘zgarish dinamikasi
Ko‘rsatkichlar Yil fasllari
Kuz Qish Bahor yoz
Umumiy oqsil,g
% 7,0±2,49    6,08±0,58 8,52±1,34 9,13±2,14
Albuminlar,% 44,2±1,46 53,36±2,54 27,6±3,6 31,6±1,7
Globulinlar,% 55,8±1,43 46,64±1,07 72,4±2,13 68,4±2,10
Alfa,% 11,16±0,76 11,28±0,49 8,4±0,72 8,84±0,55
Beta,% 7,6±0,97 12,1±1,02 13,8±2,8 15,41±1,9
Gamma,% 37,0±1.43 23,26±2,40 50,2±4,26 44,15±3,13
A/G 0,8±0,19 1,1±0,11 0,4±0,05 0,5±0,09
                    Bizning   nazarimizda,   b u nday   hodisaning   yuz   berishiga   asosiy   sabab   sut
beruvchi   sovliqlar   qoni   va   to‘qimalarida     moddalar   almashinuvining   jadallashuvi
t u fayli moddalarning jamlanib qolishi bo‘lgan bo‘lsa kerak.
                           Sovliqlar qon zardobidagi globulinlarning umumiy miqdori,   qo‘zilarni
onasidan   ajratish   vaqtida   (kuz)   55,8±   1,43   g%   ni   tashkil   etdi.   Qish   mavsumida,
ya’ni sovliqlarni bo‘g‘ozlik davri va qo‘zilatish mavsumi boshlanishidan oldin, bu
ko‘rsatkich   46,64±1,07   g%   gacha   kamaydi.   Qo‘zilatishdan   oldin   va   sut   berish
davrining  birinchi   oylarida   globulinlarning  umumiy  massasi  72,4±2,13  g%   gacha
ortdi,   sut   berish   davrining   oxiragacha   esa,   doimiy   ravishda   kamaya   bordi.   Kuz   -
qish – bahor mavsumlarida globulinlarning umumiy yig‘indisi gamma globulinlar
hisobiga   o‘zgarib   turdi.   Chunki,   alfa   va   beta   globulinlarning   miqdori   tuxum
hujayrasi   otalanganidan   toki   qo‘zilatishgacha   mutloq   o‘lchamlarda   deyarlik
o‘zgarishlarga   uchramadi   va   ularning   o‘zgarishi   0,56   dan   6,31%   gacha   bo‘lgan
chegarada qoldi.
62           
3.2- rasm. Qon tahlillarini gematologik analizatorda aniqlash jarayoni
    Kuzda   sovliqlar   qonidagi   gamma   –   globulinlar   miqdori   qo‘zilarni   onasidan
ajratganidan   keyin   va   bo‘g‘ozlikning   birinchi   oylarida   37,0±1,80   g%   ni   tashkil
etdi,   qishda   esa,   sovliqlarning   bo‘g‘ozligi   tufayli   23,26±2,40   g%   gacha   pasaydi.
Qo‘zilatishning boshlanishi va qo‘zilagandan keyingi birinchi oylari, ya’ni bahorda
sovliqlar qoni zardobidagi gamma –globulinlarning miqdori  50,21±4,26 g% gacha
ortdi.,   sungra   sut   berish   davrida   –   sekin   asta   kamaya   bordi.       Qon   zardobidagi
gamma   –   globulinlar   miqdorining   ortishi   organizmning   rezestentligini   oshganlik
qo‘rsatkichi   hisoblanadi,   qo‘zilatish     va   sut   berish   mavsumlarining   boshlanishida
gamma   –   globulinlarning   qon   zardobida   yuqori   darajada   bo‘lishini   hayvonlarni
63  zarur   to‘yimli   moddalar   bilan   еtarlicha   ta’minlanmaganligi   va   oqsillar
almashinuvining tezlashishi bilan tushuntirish mumkin.  
     Qon   tarkibidagi   oqsillar   koeffitsientini   o‘rganish   bo‘yicha   olingan
ma’lumotlarning   ko‘rsatishicha,   qish   faslida,   sovliqlarning   bo‘g‘ozlik   davri   va
qo‘zilatish mavsumi boshlanguniga qadar eng yuqori 1,16 teng bo‘lishi aniqlandi. 
                        Sut   berish   davrining   dastlabki   kunlari   esa   minimumgacha   pasaydi   -
0,4±0,05,   sut   berish   davrining   oxiriga   borib   yana   ko‘tarildi-   0,8±0,19.   Qo‘zilar
onasidan ajratilganidan keyin yana sekin astalik bilan uning ortishi kuzatildi. Oqsil
koeffitsientining   bu   tarzda   ortishini     muhim   to‘yimlik   va   plastik   material
hisoblanuvchi – albuminning miqdorini ortishi bilan tushuntirish mumkin.
                   Tajribalarimzdan olgan ma’lumotlarimiz   yil fasllariga bog‘liq holda qon
zardobidagi   oqsillar   va  ularning  fraksiyalarini   o‘rgangan  V.I.Terekning   qo‘ylarda
olgan ma’lumotlariga mos keladi. Muallif ham kuz faslida qo‘ylar qoni zardobida
umumiy   oqsil   va   albuminlar   miqdorini   ortganligini   aniqlagan.   Oqsillarning
globulinli   fraksiyasini   yuqori   konsentratsiya   ega   bo‘lishi   bahor   va   yoz   oylariga
xosligi tajribalarimiz mobaynida aniqlandi.
         Odamlar va ko‘pgina qishloq xujalik hayonlari organizmining ichki muhitini
tashkil  qiluvchi  qon, limfa  va to‘qimalararo suyuqliqlarni  tarkibiy qismini  tashkil
qiluvchi   komponentlarni     nisbatan   domiyligini   (gomeostazni)   o‘rganish
muammosi,   ilgaridan   tadqiqotchilarning   e’tiborini   o‘ziga   jalb   qilib   kelgan
bo‘lsada, qorako‘l qo‘ylarini yil davomida yaylov sharoitida oziqlantirilganida ular
organizmiga   ko‘rsatiladigan     qator   omillar   ta’sirida   o‘zgarish,   masalasi   deyarlik
hech kimni qiziqtirmagan.
            Yil fasllari va hayvonlarning fiziologik holatlari bilan uzviy bo‘lgan qorako‘l
qo‘ylari   qoni   komponentlari   ko‘rsatkichlarining   o‘zgarishi,   organizmni   ichki
muhitining   doimiyligini   (gomeostaz)   ta’minlanish   holatlarini   еtarlicha   yoritib
berdi.   Bajarilgan   tadqiqot   ishlarimizda   ham   oqsilli   va   boshqa   almashinuvlarni
tavsiflovchi bu holat o‘zining aksini qon komponentlarini o‘zgarishida ko‘rsatdi.
64      Jiddiy darajada tirik massasining kamayishi bilan birga kechadigan eng sezilarli
o‘zgarishlar qorako‘l qo‘ylarining bo‘g‘ozlik davrini oxiri, ya’ni qish va erta bahor
davrlariga to‘g‘ri kelishi aniqlandi.  
            Aynan,   shu   davrda   qorako‘l   qo‘ylari   bo‘g‘ozlik   davrini   ikkinchi   yarmini
boshidan   kechirayotgan   paytda   qo‘shimcha   oziqlantirishsiz   yaylovda   haydab
boqilganida,   ularni   tirik   massasining   keskin   kamayishi   va   ayrim   hollarda   bola
tashlash holatlari ham kuzatildi. Yaylov hayvonlarini qish va erta bahorda, yaylov
oziqalari   bilan   qo‘shimcha   oziqalarsiz   oziqlantirish   ratsion   tarkibidagi   oziqalar
to‘yimli   moddalarning   eng   past   darajada   saqlagan,   zarur   kaloriya,   oqsil   va
vitaminlarning to‘yimlilik qiymati keskin taqchillikga uchragan sharoitda kechadi.
Bundan  tashqari,   bu  kamchiliklarga  noqulay   iqlimiy  ta’sir:   tashqi  muhitning  juda
keskin   o‘zgaruvchan   past   harorati   va   yuqori   namlik   ham   qo‘shiladi.   Olingan
ma’lumotlarni   o‘rganilgan   xorijiy   va   mahalliy   adabiyotlarda   keltirilgan
ma’lumotlar   bilan   solishtirganimizda   qoramollar,   echkilar   ustida   olib   borilgan
tajribalarda   ham   yuqoridagiga   o‘xshash   holatlar   kuzatilganligi,   haqidagi
ma’lumotlarni   uchratdik.   Ayniqsa,   jundor   echkilar   ustida   olib   borilgan   tekshirish
ishlarida   diqqatni   jalb   qiluvchi   ma’lumotlar   olingan   [Rajamuradov,   1992,   2004].
Muallifning   ta’kidlashicha,   qish   va   erta   bahorda   bo‘g‘oz   echkilarni   qo‘shimcha
oziqalarsiz   yaylovda   haydab   boqish   natijasida,   echkilarning   tirik   massasini
kamayishi   bilan  birga,   ayniqsa,   birinchi   marta   to‘g‘ayotgan   tuvchalarda    iste’mol
qilingan   oziqalar   tarkibidagi   to‘yimli   moddalarning   еtishmasligi   natijasida   abort
(bola   tashlash),   embrional   o‘lim   holatlari   kuzatildi.   Bizning   nazarimizda   bunday
holatning   kuzatilishi   echkilar   organizmining   o‘ziga   xos   biologik   xususiyati   bilan
uzviy bo‘lsa kerak. 
            Qish   faslining   oxiri   va   bahorning   boshlanishi   –   bo‘g‘oz   hayvonlar
organizmidagi   oqsilli   va   umum   oziqaviy   taqchillik   hisobiga   chigallashuvchi
almashinuv funksiyalarining eng murakkab davri hisoblanadi.
       Iqlimiy va oziqaviy jihatdan noqulay kelgan yillarda, aynan yuqori mahsuldor
hayvonlar   bosh   soni   hisobidan   kattagina   miqdorda   sovliqlarni   chiqimi,   yoki   bola
tashlash   holatlar   kuzatildi.   Xarajatlangan   qo‘ylar   yorib   ko‘rilganida   esa,   o‘tkir
65 oqsillar   еtishmasligiga   xos   bo‘lgan   holat   jigar   nekrozi   va   uni   yog‘   bosishi
kuzatildi.   Oziqalar   еtishmasligiga   qaramasdan,   anemiya     tufayli   oksidlanish
jarayonlarining   susayishi   natijasida   jigarda   yog‘ning   jamlanishi   kuzatildi.
Yuqoridagiga o‘xshash, ancha chuqurlashib ketgan elimentar buzilishlar natijasida,
yaylovda   yangi   o‘t   –   o‘lanlarning   paydo   bo‘lishi   yoki   konsentrat   va   boshqa
qo‘shimcha   oziqalar   bilan   oziqlantirish   ham   hayvonlar   va   homilalar   harajatini
to‘xtatmaydi. 
                                                                                                                3.4.2-jadval
Qon tarkibidagi gemoglobin va umumiy oqsil miqdorining sovliqlarning tirik
massasi va semizligi bilan bog‘liq holda o‘zgarishi    
Qo‘ylarning 
Yoshi Tirik
massasi,kg Semizligi Gemoglobin,
g% Umumiy
oqsil,g%
Voyaga еtgan
sovliqlar 19,8±1,23 O‘rtachadan
past 7,4±1,6 5,7±0,96
25,7±0,98 O‘rtacha 7,8±0,9 6,6±1,17
31,01±0,71 O‘rtachadan
yuqori 9,7±1,1 7,6±0,12
Birinchi
tug‘ish -
to‘qlilar 13,4±0,91 O‘rtachadan
past 7,1±0,91 5,6±1,14
17,1±1,01 O‘rtacha 8,0±1,7 6,9±1,01
21,9±0,98 O‘rtachadan
yuqori 9,8±0,91 7,9±0,18
     
  Fiziologik   holati   (bo‘g‘ozlik,   laktatsiya   va   qisirlik   va   boshq.)   turlicha
bo‘lgan,   oziqaviy   sharoiti   bilan   farq   qiluvchi   yilning   turli   fasllarida   yaylovlarda
haydab   boqilgan   qorako‘l   qo‘ylari   organizmidagi   moddalar     almashinuvining
o‘zgarishidagi jiddiy o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar olindi.
Bahor   faslida   qon   tarkibida   oqsillar,   gemoglobin   va   mineral   moddalarning
konsentratsiyasi kamayadi (jadvalga qarang).
66                 Qon tarkibidagi  bu  o‘zgarishlar  umumiy qonuniyatlar  asosida  tavsiflanadi:
kuzda – eng yuqori darajasi bilan, erta bahor uning kamayishi (bo‘g‘ozlik davri) va
bahorning   ikkinchi   yarmida   va   yoz   oylarida   ayniqsa,   qo‘ylar   tog‘li   yaylovlarda
boqilganida   ortishi   kuzatiladi.       Qorako‘l   qo‘ylari   qonidagi     umumiy   oqsilning
kuzgi maksimal va bahorgi minimal miqdorlari orasidagi farq (8,0 -5,6 g%) 30 %
ga,   gemoglobin   -46%   gacha   (9,5   –   6,9   g%),   Ca   -10%   (11,5   –   10,5   mg%)   gacha
kulamda o‘zgarib turishi aniqlandi.
            3.4.3- jadval
Qorako‘l qo‘ylari qoni zardobidagi ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlarini yilning
kuz va bahor fasllarida o‘zgarishi (o‘rtacha ikki yil mobaynida yil fasliga mos
holda)  
Ko‘rsatkichlar Yilning fasllari
Kuz Bahor ( birinchi yarmi)
Umumiy oqsil,g% 8,0±1,12 5,6±0,98
Gemoglobin, g% 9.5±1,18 6,5±1,07
Neorganik fosfor, mg% 3,3±0,58 5,5±0,13
Kalsiy,mg% 10,5±1,08 9,5±0,87
     
          Shu   bois,   qorako‘l     qo‘ylari   qoni   zardobidagi   oqsillarni   vaqti   –   vaqti   bilan
laboratoriya   tahlilidan   o‘tkazib   t u rish   muhim,   chunki   u   oziqalar   tarkibidagi
to‘yimli   moddalar   еtishmasligiga   juda   sezilarli   darajada   reaksiya   qiladi   va   mos
holda o‘zgarib turadi.
            Yuqoridagilardan   kelib   chiqqan   holda,   tajribalar   bajarilgan   davrlarda   tabiiy
yaylovlarning  mahsuldorligiga, hayvonlarning  fiziologik  holatiga va  yil  fasllariga
bog‘liq   holda,   sovliqlar   organizmidagi   moddalar   almashinuvining   o‘zgarish
holatlarini kuzatdik.
              Yil   davomida   yaylov   sharoitida   boqilgan   sovliqlarning   fiziologik   holatiga
tashqi   muhitning   ta’sirini   o‘rganishni   kuz   faslidan,   ya’ni   qo‘ylar   qo‘zilardan
ajratilib, navbatdagi qochirish mavsumiga tayyorlanayotgan davrdan boshladik.
67        Qo‘zilar onasidan ajratilganidan keyin, yil sharoiti qo u lay kelgan yillari avgust
oyidan   noyabr   oyigacha   bo‘lgan   muddatda       sovliqlarning   tirik   vazni   3,5   –   4,0
kg.gacha   ortadi.   Kuz   faslida   oziqlantirish   darajasi   va   sifatiga   uzviy   holdagi
qo‘ylarning   semizlik   holati,   ular   organizmida   kechayotgan   moddalar   almashinuvi
va boshqa jarayonlarni fiziologik ko‘rsatkichlarida aks ettira olish qobiliyati, nayob
x ususiyat   hisoblanadi.   Yaylov-   oziqaviy  sharoit   bo‘yicha   yil   qulay   kelgan   yillari,
еtarlicha e’tibor bilan boqilgan qo‘ylar o‘rtacha semizli k ga ega bo‘lish bilan birga,
tirik   massasi   35   kg   dan   kam   bo‘lmaydi   va   qoni   tarkibidagi   gemoglobinning
konsentratsiyasi   –   13,86   g%,   eritrotsitlar   esa   8,0   ±   0,09   mln.tashkil   etgan   bo‘lsa,
yaylov – oziqa sharoiti  noqulay kelgan yillari  esa,  tirik vazni  25,6 kg dan yuqori
bo‘lmagan   holda   qon   ko‘rsatkichlari   mos   holda   9,9   ±0,16   g%   va   7,71   mln.ni
tashkil etdi.
             Sovliqlarni qochirish mavsumiga tayyorlash davridagi oziqlanish darajasi va
sifati     qon   zardobidagi   boshqa,   komponentlar   miqdorining   o‘zgarishida   ham   o‘z
aksini   topdi.     Yaylov   –   oziqaviy   sharoiti   qulay   kelgan   yillari     qon   zardobidagi
umumiy   oqsilning   miqdori   7,79   g%   ni,   fosfor   –   5,0   mg%   ni     tashkil   qildi.
Keltirilgan   ma’lumotlardan   shu   narsa   aniq   namoyon   bo‘ladiki,   oqsilli   oziqlanish
darajasini   tavsiflovchi   qon   zardobidagi   umumiy   oqsil     miqdorining   keskin
kamayishi   sovliqlarni   yomon   sifatli   va   past   darajadagi   oziqlanish   paytida   qayd
qilinadi.
      Sovliqlar   bo‘g‘ozligining   birinchi   yarmi   odatda,   ko‘pgina   oziqalarning
rivojlanish   fazasini   t u gashi   oldidan,   ularning   donlashi   natijasida   yaylov
mahsuldorligi   ortgan   paytda   kechadi.   Bo‘g‘ozlikning   ikkinchi   yarmi   esa,   tashqi
harorat   past   bo‘lgan   qish   mavsumidagi   yaylovlar   mahsuldorligining   va   ular
tarkibidagi to‘yimli moddalarning keskin kamaygan paytiga to‘g‘ri keladi.
        Bo‘g‘ozlikning   ikkinchi   yarmida,   sovliqlarning   qator   fiziologik
ko‘rsatkichlarida   jiddiy   o‘zgarishlar   ku zatiladi   va     umumiy   almashinuv   darajasi
ortadi,   bu   esa   homila   organlari   va   to‘qimalarining   ancha   jadal   rivojlanishi   bilan
bog‘liqdir.
68            Bo‘g‘ozlikning oxirgi kunlarida sovliqlarning nafas harakatlari tezlashadi, bu
esa qonning nafas funksiyalari ortishi  haqida mulohaza qilish imkoniyatini beradi.
Qonning nafas olish funksiyalarining ortishi  qon tarkibidagi eritrotsitlar miqdorini
bo‘g‘ozlikning   birinchi   yarmidagiga   nisbatan,   ya’ni   kuz   faslidagiga   2,86   mln.ga
ko‘payishi bilan namoyon bo‘ldi ( jadvalga qarang).
       3.4.4-  j adval
Yil fasllariga mos holda qorako‘l sovliqlanining qon zardobidagi ayrim
biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi   
Ko‘rsatkichlar Yil fasllari
Kuz Qish Bahor
(bug‘ozlikning
2- yarmi) Yoz
Umumiy oqsil, g% 6,99±1,17 5,20±1,81 8,48±1,12 8,9±0,98
Ishqoriy zahira, mg% 408,6±8,12 418,8±7,12 440,2±5,17 445,0±4,17
Neor. fosfor, mg% 4,65±0,98 2,93±0,71 5,11±0,48 4,98±0,93
Kalsiy, mg% 9,40±1,11 8,13±0,19 9,18±1,13 10,43±1,10
           Umuman olganda   sovliqlar organizmiga ularning bo‘g‘ozlik davrida to‘yimli
moddalarning   еtarli   tushmasligi   tufayli   qish   mavsumida   qon   tarkibidagi
gemoglobinning   va   leykotsitlarning   miqdori   kuz   mavsumiga   nisbatan   kamaysa,
eritrotsitlarning miqdori esa ortadi.
        Qish mavsumiga to‘g‘ri kelib qoluvchi bo‘g‘ozlik davrida oziqlanish darajasi
va   sifatining   еtarlicha   bo‘lmasligi   sababli,   sovliqlar   tirik   massasini     keskin
kamayishi   kuzatiladi,   bu   holat   ayniqsa,   ma’qul   tipdagi,   ya’ni   yuqori   mahsuldor
hayvonlarda duragay yoki past klassdagi sovliqlarga nisbatan ko‘chliroq namoyon
bo‘ladi.   Oktyabr   oyidan   mart   oyigacha   bo‘lgan   muddat   davomida   ma’qul   tipdagi
sovliqlar   tirik   massasidagi   o‘zgarishlar   qon   tarkibidagi   eritrotsitlarning   miqdori
past  sifatli  sovliqlardagiga nisbatan  1,02 mln.ga kamaydi.   Shunga mos holda qon
tarkibidagi   gemoglobin   konsentratsiyasining   ham   1,15   mg%   kamayishi   kuzatildi.
Ammo,   past   klassga   mansub   bo‘lgan   sovliqlar   qonidagi   gemoglobinning   darajasi
69 va eritrotsitlarning miqdori ham deyarlik anemiya holati bilan bir chegarada turishi
kuzatildi.
              Tajribalarimiz   davomida   maqbul   tipdagi   sovliqlarning   qoni   zardobidagi
umumiy   oqsil,   fosfor   va   boshqa   to‘yimli   moddalarning   miqdori   qish   mavsumida
kamayishini aniqladik. Umumiy oqsilning miqdori 5,2 g% ga, fosfor esa – 2,98 mg
% ga tushib ketdi. Keltirilgan ma’lumotlar tabiiy yaylovlar o‘simliklari tarkibidagi
zarur bo‘lgan to‘yimli va mineral moddalarga jiddiy darajada taqchilligidan dalolat
beradi, yoki qish mavsumida iste’mol qilingan oziqalar tarkibidagi protein, fosfor
va   boshqa   to‘yimli   moddalarning   еtarlicha   bo‘lmasligi,   bu   elementlarning   qon
zardobida kamayishiga olib keladi.
              Olingan   ma’lumotlarning   ko‘rsatishicha,   yilning   fasllari   bo‘yicha   tajriba
hayvonlari   qoni   tarkibidagi   gemoglobinning   konsentratsiyasi   jiddiy   o‘zgarishga
uchraydi.   Yilning   bahor   faslida   yaylovlardagi   ko‘k   o‘t   –   ulanlarning   ko‘payishi
hisobiga qon tarkibidagi gemoglobinning miqdori orta bordi (11,4±0,31g% gacha).
            Sovliqlar   tog‘   yaylovlariga   haydab   chiqilganidan   keyin   qon   tarkibidagi
eritrotsitlarning   miqdori     va   gemoglobinning   konsentratsiyasi   keskin   ko‘tarildi.
Bunday   keskin   darajadagi   o‘zgarish   2   -3   hafta   davomida   saqlanib   turdi,   keyin
stabillashdi.   Yoz   faslidagi   sovliqlar   qoni   tarkibidagi   gemoglobinning
konsentratsiyasi o‘rtacha – 9,97±0,46 g% ni tashkil etdi.
                                                                                                       3.4.5-jadval
Qonning morfologik ko‘rsatkichlari  
Yil fasllari Gemoglobin, g % Eritrotsitlar,
(1mm 3
 da mln.) Leykotsitlar,
(1 mm 3
 da ming.)
Kuz 10,86±0,18 8,00±0,22 7,43±0,26
Qish 7,85±0,16 10,86±0,52 6,59±0,27
Bahor
(bug‘ozlikning
ikkinchi yarmi) 11,4±0,31 1 2 , 0 3±0,16 8,03±0,81
Yoz 9,97±0,46 11 ,52±0,11 9,00±0,12
70               Qon   tarkibidagi   eritrotsitlarning   miqdori   yil   davomida   fiziologik   norma
chegarasida   bo‘lishini,   lekin   yil   fasllariga   mos   holda   yaylovlar   mahsuldorligi   va
sovliqlarning fiziologik holatlariga bog‘liq holatda  anchayin o‘zgarishlarga uchrab
t u rishini ta’kidlab o‘tamiz. 
               Eritrotsitlarning eng kam miqdori sovliqlar qisir, ya’ni qo‘zilaridan ajratilib,
qochirish   mavsumiga   tayyorlanayotgan   paytda   kuzatildi   va   bu   ko‘rsatkich   -
8,00±0,22 mln /mm 3
. ni tashkil etdi.
                  Sovliqlarning   bug‘ozlik   davrida   (qish   mavsumida),   qon   tarkibidagi
eritrotsitlarning   miqdori,   kuz   mavsumidagiga   nisbatan   35,75%   ga   ortishini
kuzatdik.   Bahor   faslida,   qaysiki   sovliqlarning   organizmi   to‘g‘ishga   va   sut   berish
jarayonlariga   tayyorlanayotgan   paytda,   hamda   qisman   sut   berish   davrida   90,30%
ga, yozda esa, tog‘li yaylovlar sharoitida – 106,5 % ga ortdi.
              Qon   tarkibidagi   leykotsitlarning   miqdori   yil   davomida   fiziologik   norma
chegarasida   saqlanib   qolgan   bo‘lsada,   sovliqlarning   fiziologik   holati   va   yil
fasllarining   o‘zgarishiga   mos   holda   6,59±0,27   ming/   mm 3
  dan   9,00±0,12   ming/
mm 3 
 gacha kulamda o‘zgarishga o‘chradi.
      Sovliqlarning   qo‘zilashi,   yaylovda   ko‘k   maysalarning   paydo   bo‘lishi   bilan   bir
vaqtga to‘g‘ri keladi. Yilning bahor fasli bilan mos keladigan sovliqlarni sut berish
davridagi moddalar almashinuvining darajasi o‘tgan qish mavsumidagiga nisbatan
jiddiy darajada ortdi. Bu esa, birinchi navbatda, sovliqlarning sut berish davri bilan
ta’minlangan   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   o‘zining   vegetatsiya   davrini   boshlagan
ko‘k o‘tlar bilan oziqlanishlari hisobiga ta’minlandi. 
           Qon tarkibidagi eritrotsitlar, leykotsitlar va gemoglobin miqdorlarining ham
sekin – astalik bilan ortishi kuzatildi. 
                                 Sut berish davrida sovliqlar organizmida moddalar almashinuvining
tezlashishi, to‘g‘ish kompaniyasiga еtib kelguniga qadar,  organizmning ehtiyojiga
еtarli   bo‘lmagan   darajadagi,       yomon   sifatli   yaylov   oziqalari   bilan   oziqlanishi
tufayli,     qorako‘l   qo‘ylari   tirik   massasining     kamayishi,   qon   tarkibida   esa   –
gemoglobin,   eritrotsitlar     kabi   boshqa   komponentlar   darajasining   kamayishiga
71 qaramasdan,   aynan   shu   davrda   sovliqlar   organizmida     jiddiy   darajadagi   biologik
zahiralar mavjudligidan dalolat beradi.
      Demak, yuqorida qayd etilganlar asosida shuni qayd qilishimiz mumkinki, qon
organizmning   ichki   muhiti   sifatida   o‘zining   tarkibini   doimiyligini   saqlab   turish
qobiliyatiga ega bo‘lish bilan birga atrof muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan holda
еtarlicha labillik xususiyatini ham namoyon qiladi. 
            Qon organizmning integratsiyalov с hi tizimi sifatida muhim metabolitlarni,
biotiklar va ksenobiotiklarni еtkazib berish, almashtirish, bog‘lash va tashish bilan
organizmning   mutadil   hayot   faoliyatini   ta’minlab   beradi.   Qon   organlar   va
to‘qimalarni   bir   biri   bilan   bog‘lab   turuvchi   vosita   sifatida   faqatgina   organizm
salomatligini   aks   ettirmay,   balki   tashqi   muhitning  o‘zgaruvchan   omillari   ta’siriga
moslanuvchanlik qobiliyatini ham taqoza etadi. 
       Shu bois,qonni sovliqlar organizmining tashqi sharoitga moslashish darajasini
aniqlash   uchun   interer   ko‘rsatkichlar   sifatida   foydalanish   mumkin   deb
hisoblaymiz. 
72 Xulosa
1. Qorako’l   qo`ylarini   oziqlanishida   eng   asosiy   ozuqa   manbai   bo`lgan
o`simliklarni   botanik   va   kimyoviy   tarkibini   o`rganish   dolzarb   masala
hisoblanadi.
2. Yaylov   ozuqalarining   to`yimlilik   darajasini   o`rganish   esa   olinadigan
qo’zilarning   yaylov   o’simliklaridan   maksimal   foydalanish   imkoniyatini
beradi .
3. Sovliqlarning   qo‘zilashi,   yaylovda   ko‘k   maysalarning   paydo   bo‘lishi   bilan
bir   vaqtga   to‘g‘ri   kelishi   va     yilning   bahor   fasli   bilan   mos   keladigan
sovliqlarni   sut   berish   davridagi   moddalar   almashinuvining   darajasi   o‘tgan
qish mavsumidagiga nisbatan jiddiy darajada ortishi aniqlandi.
4.   Qish   mavsumiga   to‘g‘ri   kelib   qoluvchi   bo‘g‘ozlik   davrida   oziqlanish
darajasi  va  sifatining  еtarlicha  bo‘lmasligi  sababli,   sovliqlar   tirik  massasini
keskin kamayishi kuzatildi.
5. Samarqand   viloyati   hududlarining   tog‘   va   tog‘oldi   yaylovlari   qorako‘l
qo‘ylarini urchitishda eng qulay hudud bo‘lib hisoblanadi. Ushbu hududning
butali   –   efemerli   yaylovlari,   cho‘l   va   yarim   cho‘l   hududlarining   boshqa
tipdagi   yaylovlariga   nisbatan   umumiy   miqdori   bo‘yicha   eng   yuqori   ko‘k
massa beradi.
73 AMALIY  TAVSIYALAR
Mamlakatimiz   prezedenti   tomonidan   chorvachilikni   rivojlantirish
bo‘yicha chiqarilgan qaror va farmoyishlarni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot
qilishva   shirkat,   fermer   hamda   shaxsiy   xo‘jaliklarda   qo‘ychilikni   tashkil   etish   va
rivojlantirishni   taklif   etamiz.   Chorvachilikni   asosiy   sohalaridan   biri   bo‘lgan  
qorako‘lchilikni   mamlakatimizning   cho‘l,   tog`   va   yaylov     hududlarida   keng
miqyosda   tashkil   etish   va   qishloq   aholisini   sifatli   go`sht,   jun   mahsulotlari   bilan
ta’minlash   darajasini   oshirish   imkoniyatlarini   kengaytirishni   taklif   etamiz.
Qorako’lchilikka   ixtisoslashgan   fermer   xo‘jaliklarini   to`g`ri   tashkil
etish   va   mamlakatimiz   hududidagi   yaylovlardan   unumli   foydalanishni   taklif
etamiz.   Respublikamizda   qorako‘l   qo‘ylarini   bosh   sonini   ko‘paytirish   va
ulardan   olinadigan   mahsulot   miqdorini   va   sifatini   oshirish   uchun   mustahkam
ozuqa   bazasini   yaratish,   me’yor   asosida   ratsion   tuzib,   to‘la   qiymatli  
oziqlantirishni tavsiya etamiz.
74 Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1.   Каримов   И.   А.   “Ўзбекистон   иқтисодий   ислоҳатларни   чуқурлаштириш
йўлида”.Тошкент “Ўзбекистон” 1995  йил.
2.   Каримов   И.А.“Ўзбекистон   иқтисодий   ислоҳотларни   чуқурлаштириш”
Тошкент – 1999 йил.
3.   Karimov.   I.A.   “Jahon   moliyaviy   –   iqtisodiy   inqirozi,   O‘zbekiston   sharoitida
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”. Toshkent  – “ O ‘ zbekiston ” – 2009  yil .
4.   Алиев   А.А.   Достижания     физиологии   пищеварения   селскохозяйственных
животных в ХХ веке./Селскохозяйтвенная биология.- 2007.-№ 2.- с 12-23
5. Баканов В.Н., Менкин В.К. «Кормление селскохозяйственных животных».
Москва, Агропромиздат, 1998. 
6.   Джураев   Ф.Ж.   Развитие   каракулеводство   в   Узбекистане.     Ташкент,
«Мехнат», 2001. С.72-92.
7.   Йе скарев   М.А.   Взаимосвяз   основных   селекционеруемых   признаков   у
каракулских   ягнят   каракулчевого   типа   //Сборник.   Науч.трудов.КазНИИК
«Новое в селекции каракулских овес Казахстана». – Алма – Ата.- 1989.-с.24-
28.
8.  Ergashev   R .  X . “ Qishloq   xo ‘ jaligi   iqtisodiyoti ”   Toshkent ,  2011  yil .
9.   Gaziev   A.   vaboshqalar.   «Qora   rangli   qorako‘l   qo‘ylari   seleksiyasi
samaradorligini   oshirish   usullari».   (Uslubiy   ko‘rsatmalar).   Samarqand.   2001.   90-
bet.
10.   Gaziev   A.   va   boshqalar.   «Qora   rangli   qorako‘l   qo‘ylari   seleksiyasi
samaradorligini   oshirish   usullari».(Uslubiy   ko‘rsatmalar).   Samarqand.   2002.   10-
bet.
11.   Гиёсов   М . А .   ва   бошқалар .   « Қоракўлчиликда   селекция   ютуқларини
апробациядан   ўтказиш   бўйича   Низом ».  Тошкент -2001.9- бет .
75 12.   Исмоилов   А .,   Муртозаев   О .   “ Қишлоқ   хўжалик   иқтисодиёти ”   Тошкент
2005  йил .
13.   Hamraqulov,   R.   K.,   K.   Karibaev   “Qishloqxo‘jalik   hayvonlarini
oziqlantirish”.  Toshkent , 1999   yil .
14.   Искандаров   М.   Ш,   Турсунов   Ш.   Заготовки   и   переработка   продукция
каракулеводства   рыночных   условиях.     Қоракўлчилик   ва   чўл   озуқа   ишлаб
чиқариш   технологияси.   Илмий мақолалар тўплами. Самарқанд, 2001, 25-29
бетлар.
15.   Калашников   А.П.   Теория   кормления   и   продуктивност   животных.
//Оптимизатсия   кормления   селкохозяйственных   животных.–М.
Агропромиздат, - 1991. – с. 3-6.
16. Наслчилик тўғрисида” ги Давлат қонуни. Тошкент. 1995 йил 21 декабр.
17.   NurallaevY.   A.   “Qorako‘lchilikda   naslchilik   ishlarini   yuritish”   Toshkent.
“ Mehnat ” 2016. B . 274.
18.Николаев   В.Н.,     Амангелдиев   А.А.,   Сметанкина   В.А.   Пустынные
пастбища, их кормовая сенност и бонитировка. Изд. «Наука» М.-  1977,- 136
с.
19.Нечаева   Н.Т.   Методика   учета   запаса   кормов   на   пустинных   пастбищах./
Нечаева Н.Т.// Ашхабад. Из-во АН. Туркменистана. 1987. с 24.
20.Нечаева   Н.Т.,   Улучшение   пустинных   пастбищ   Средней   Азии
/Шамсутдинов З.Ш., Мухаммедов Г.М. Ашхабад. 1972. с .61. 
21.Нормы   и   ратсионы   кормления   селскохозяйственных   животных.
Справочные   пособие./Калашников   А.П.,   Фисинин   В.И.,   Щеглов   В.В.   и   др.
Под ред.  Калашников А.П., Фисинин В.И., Щеглов В.В., Клейменова Н.И. и
др. 3-доп.переработ. М.Агропромиздат, - 2003.-456 с.
22.Обрывкова   Е.И.,   Показатели   азотистого   обмена   в   рубсе   каркулских   овец
на пастбище./ Перепелицин Е.П. // Мат. ИИИ -конф. физиологов Сред.Азии и
Казахстана. Душанбе, 1966. с 128.
76 23.Обрывкова   Е.И.   Биологические   основы   питания   каракулских   овес.
Фан.Тошкент, 1976. с. 128.
24.   Обрывкова   Е.И.   Опыт   определения   поедаемости   кормов   у   пасущихся
овес/   Перепелитсин.Е.П.//   Тр.   ВНИИК   Каракулводство,   вып.   VI ,Самарканд,
1975. с 202-208.
25.   Обрывкова   Е.И.   Пищеварение   в   рубсе   и   показатели   обмена   веществ   у
овес   при   пастбищном   содержания.   //   Биологические   основы   питания
каракулских овес. ВНИИК. – Ташкент. Изд. ФАН,- 1976,-с.58 – 70.
26.   Обухова   А.Д.,   Кедрова   С.И.   Исползование   пастбищ   в   овсеводческих
хозяйствах. 2 – е изд. перераб. М. Колос.-1968.-207 с. 
27.   Одинсова   Е.В.   Происхождение   и   развитие   каракулской   породы.//   Труды
ВНИИК – 1998.- т.6.- с.5-34.
28.   Омбаев   А.М.   Селекция   и   генофонд   каракулских   овес.   Алматы.   ТОО
«Издателство- Бастау» 2003. -125 с.
29.   Плохинский   Н.А.   Руководство   по   биометрии   для   зоотехников.   Изд.
Колос,- 1969,- 215 с.
30.   Петрухин     И.В.     Кормление   домашних   и   декаративных
животныхя//Справочная книга.       –М : Нива России, 1992. –с. 105-113
31.   Покатилова     Г.А.     Пути     повышения   продуктивности   овес   и   коз.   –М   :
ВНИИТЕИ агропром, 1990. - c . 29-30.
32.   Ражамуродов   З.Т..   Химический   состав   и   питателная   сенност   горных
пастбищ   Северного   Таджикистана,   для   коз/,   Сохибов   О.,   Рязанова   Л.И.       //
Производство,   переработка   и   исползование   кормов   в   овсеводстве.   Сб.
науч.трудов. Ставропол ВНИИОК., 1988., с 94-99.
33.   Ражамурадов   З.Т.   Физиологические   аспекты   питания   шерстных   коз   при
круглогодавое пастбищное содержание в условиях Северного Таджикистана.
Автореф.   докт.   дисс.   на   соискание   уч.степ.доктора   биол.наук.   1992.   пос.
Дубровицы.-30с.
77 34.   Ракишев   Н.Р.   Биологические   основы   повышения   эффективности
исползования   белкового   и   небелкового   азота   ратсионов   овсами.   Автореф.
доктор.дисс.на соискание уч.степ.доктора биол.наук. Алма- Ата. 2001.- с.30. 
35.Рахимов А.А.  Қоракўлчилик. Тошкент. Ўқитувчи. 1967,- 345 б.
36. Рисимбетов Т.К. Нормы кормления каракулских овес. А.- Ата,-1984;-26 с.
37.   Рисимбетов   Т.К.,   Кузимбаев   Ж.,   Щуклина   З.П.   Новое   в   технологии
выращивания   каракулских   ягнят.   Сб.науч.трудов   КазНИИК   .-   т.6.Кайнар,._
Алма – Ата.-1981.-с 61 – 65.
38.   Романов   Д.В.,   Илясова   Л.С.,   Винников   Н.Т.     Некоторые   показатели
рубсового   пищеварения   у   валушков   при   консентратном   типе   кормления./
Проблемы   селскохозяйственного   производства   при   изменяющихся
экономических   и   экологических   условиях.Сб.   науч.   ст.   Смоленск.  с.-х.   и-та.
Смоленск,- 1999,-  25 -26.
39.   Рябов   Е.И.   Влияние   неблагоприятных   погодных   условий   на   урожай   и
земелные ресурсы Ставрополского края. Ставропол,- 2001,- 319 с
40.   Рядчиков   И.Г.   Нормы   и   ратсионы   кормления   селскохозяйственных
животных.   Методология,   ошибки,   перспективы.   /   Селскохозяйственная
биология. 2006, - №4 . 68 - 80 с.
41.   Валиев   Р.Г.   «Исползование   заводных   каракулских   производителей   и
госплемзавода»,   Конимех,   Тр.   ВИНИК.   том   13.   1983.с.131-139.  
42.   Васин   В.Н.   «Наследование   продолжителности   эмбрионного   развития   и
установление связи  между числом дней отношения и качеством  смушка». В
книге селекция каракульских овес. Москва, Советская Азия, 1993. С.103-105.
43. Викторов П.И., Методика и организация зоотехнических опытов/ Менкин
В.К. //- М. Агропромиздат., 1991.-с 38-65.
44.   Юсупов   С.   Ю.,   Исмоилов   А.   И.,   Рахимов   А.   А.   “Қоракўлчилик”
Тошкент.“Меҳнат”, 1996.
45.   Юсупов   С.   Ю.,   Рўзимуротов   Р.   Х.   “Қоракўлчилик   маҳсулотларини
ишлаб чиқариш технологияси” Самарқанд 1995, 178 б.
78 46. Зокиров М. Д., Атамуродов  К.А., Ҳайдаров Я. Х. “Ҳайвонлар хом ашёси
товаршунослик”.Тошкент, 1999.89-93-бетлар.
47. Фриден Я.В. Горизонты биохими. М.:Мир, 1964, -234 с.
48.“Шахсий ёрдамчи ва деҳқон ва   фермер хўжаликларида чорва молларини
кўпайтиришни   рағбатлантиришни   чора-тадбирлари   тўғрисида”   ги
Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   ПК-308   сонли   қарори.   Тошкент
2006 йил 13 март.
49.   Шахсий   ёрдамчи,   деҳқон   ва   фермер   хўжаликларида   чорва   молларини
кўпайтиришни   рағбатлантиришни   кучайтириш   хамда     чорвачилик
маҳсулотлари   ишлаб   чиқаришни   кўпайтириш   борасидаги   қўшим   чачора-
тадбирлари тўғрисида” ги Ўзбекистон Республикаси президентининг ПК-842
сонли қарори. Тошкент 2008 йил.
50.   Шалимов   Ю.П.   Физико-химические   свойства   серулоплазмина
каракулских   овес   и   его   наследивание.   Автореф   .   дисс…   канд.   биол.   наук.   -
Самарканд., 1973, с. 50-51.
79

QORAKO‘L QO‘YLARINI URCHITISHDA YAYLOV O‘SIMLIKLARINING YIL FASLLARI BO‘YICHA O‘ZGARISHI VA MAHSULDORLIKKA TA’SIRI MUNDARIJA KIRISH 3 1 -BOB. ADABIYOTLAR SHARXI §1.1. Qorako‘lchilikni rivojlanish tarixi 8 §1.2. O‘zbekistonda qorako‘lchilikni rivojlanish holati 13 §1.3. Qorako ‘ l qo ‘ ylari urchitilayotgan tog ‘ oldi va cho ‘ l yaylovlarining tabiiy - iqlimiy va yaylov – oziqaviy sharoitlari 21 1.4.Oziqlanish omillarining hazmlanish jarayonlariga va hayvonlarning mahsuldorligiga ta’siri 31 2 . BOB. Tadqiqot ob y ektlarining umumiy tavsifi va foydalanilgan uslublar......................................................................................... §2.1. Tadqiqot sharoiti 3 6 §2.2. Tadqiqot obyektlari 3 6 §2. 3 . Tadqiqot usullari 3 6 3.BOB. Tadqiqot ishining natijalari §3.1. Yaylovlarning mahsuldorligi va oziqa zahiralarini o ‘ rganishga oid tahlillar 4 1 § 3.2. Tog‘, tog‘oldi va cho‘l tabiiy yaylovlar o‘t – o‘lanlarining botanik va kimyoviy tarkibi 4 6 § 3. 3 . Yil fasllari bo ‘ yicha tabiiy yaylovlar oziqalarining oziqaviylik va to ‘ yimlilik qiymatlari 58 § 3.4. Qorako ‘ l qo ‘ ylarining gematologik ko ‘ rsatkichlarini oziqlanish sharoitlariga qarab o‘zgarishi 6 0 XULOSALAR 7 4 AMALIY TAVSIYALAR 7 5

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 7 6 K I R I SH Magistrlik d issertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Hozirgi kunda butun dunyoda aholi sonining jadallik bilan ortayotganligi bois, mavjud go‘sht zahiralaridan (qoramol, qo‘y-echki va boshq.) oziq-ovqat sifatida keng ko‘lamda foydalanish hayvonlar bosh sonining keskin kamayishiga olib kelmoqda. Qo‘ychilik, par r andachilik, baliqchilik va quyonchilik a holini sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda asosiy zahira manbalari hisoblanadi. Shu bois, qorako‘lchilikni rivojlantirish, cho‘l, yaylov sharoitlarda qorako‘l qo‘ylarini boqish, parvarishlash va oziqlantirishning qulay sharoitlarini aniqlash, ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish orqali go‘sht tanqisligi muammosini ijobiy hal qilinishiga erishish mumkinligi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Jahonda keyingi yillarda tashqi muhitning noqulay omillari ta’siri ostida va yaylovlardan nooqilona foydalanish oqibatida qishloq xo‘jaligi hayvonlari mahsuldorligi va turli infeksion hamda invazion kasalliklarga qarshi tabiiy chidamliligining pasayishi, ulardan olinadigan mahsulotlar sifatining yomonlashuvi va bosh sonining kamayib ketishini oldini olish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Respublikamiz aholisini sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashda, qorako‘lchilik sohasini rivojlantirish, ularning mahsuldorligini oshiruvchi innovatsion uslublar ishlab chiqish borasida muayyan natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida « .....mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, 2

ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish » 1 vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizning tog ‘ va tog ‘ oldi hududlarga tez moslashayotgan qorako‘l qo‘ylarini fiziologik- biokimyoviy ko‘rsatkichlariga, mahsuldorligiga ta’sirini aniqlash, ular organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni biologik jihatdan asoslash ilmiy-amaliy ahamiyat ega. Respublikamiz chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda cho’l chorvachiligi O’zbekistondagi eng muhim tarmoqlardan biri bo’lib hisoblanadi va uni yanada barqaror rivojlantirishning beqiyos imkoniytlari mavjud. Hozirgi kunda O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yalpi go’sht mahsulotlarining 40%dan ortiq qismi, sut mahsulotlarining 20%, jun mahsulotlarining 100%, po’stinbop terilar ishlab chiqarishning 80%, qorako’l terilari ishlab chiqarishning 100% va shirdon yoki qorincha fermentlari ishlab chiqarishning 100% aynan cho’l chorvachiligi ulushiga to’g’ri keladi. Sohaning asosiy ishlab chiqarish vositalari chorva mollari, qorako’l qo’ylari va ularni amalda yil davomida ozuqa bilan ta’minlovchi tabiiy cho’l yaylovlari hisoblanadi. Har ikkala omil bir biri bilan uzviy bog’langan bo’lib birining rivojlanishi albatta ikkinchisining rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois cho’l chorvachiligi samaradorligi va uning barqaror rivojlanishi tabiiy cho’l yaylovlarining hosildorlik va yaylov ozuqalarining to’yimlilik qiymatiga bog’liq. Yaylovlardan uzluksiz ravishda foydalanish yaylovlarni yaroqsiz holigi kelishiga, zaharli va zararli o’simliklar ko’payib ketishiga sharoit yaratadi. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar jarayonida chorvachilik tarmog’ini, qorako’lchilik tarmog’ini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Agrar siyosatning bosh masalalaridan biri bu mamlakat aholisini oziq –ovqat, jumladan chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobiga qondirish hisoblanadi. Qator yillar mobaynida O’zbekidstonda qorako’l qo’ylari boqiladigan hududlardagi yaylovlarning asosiy ozuqaviy resurslarini botanik va kimyoviy tarkibini hamda mavjud oziqa vositalarining to’yimlilik qiymatini aniqlash 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» Фармони. 3

bo’yicha tadqiqot ishari olib borilgan. Lekin haligacha yaylovlarning oziqaviylik mahsulotlariga ekologik omillarning ko’rsatadigan ta’sirlarini o’rganish davomida yaylovlarning mahsuldorligini kompleks baholash uchun, ya’ni tabiiy yaylovlardan unumli foydalanish muammosini ijobiy hal qilish imkonini beruvchi tabiiy yaylovlarning tabaqalashtirilgan oziqaviy mahsuldorligini baholash usullari ishlab chiqilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 -son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni, 2017 yil 16 martdagi PQ-2841 -son “ Chorvachilikda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2019 yil, 16 avgustdagi-PQ-4420- q aror lar i hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqot obyekti . Tadqiqot ning ob y ekti s ifatida Nurobod tumani “Mulki O‘sar” fermer xo‘jaligi qorako‘l qo‘ylari tanlab olingan. Tadqiqot predmeti . Qorako ‘ l qo ‘ ylari ga y a ylov o‘simliklarining yil fasllari dagi o‘zgarishi orqali ko‘rsatadigan ta’siri , o‘sish va rivojlanishi, fiziologik holatlari, qonning gematologik, biokimyoviy ko‘rsatkichlari dan iborat . Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Samarqand viloyatidagi cho‘l, yaylovlarida tabiiy sharoitida urchitilayotgan qorako‘l qo‘ylarini oziqlanishini va yil fasllaridagi ozuqalarning ratsionini o‘rganish, organizmining fiziologik holatini baholashdan iborat. M aqsadga erishish uchun quyidagi aniq vazifalarni o‘rganish rejalashtirildi . 4

1. Samarqand viloyati cho‘l va tog‘oldi hududlarida qorako‘l qo‘ylari boqilayotgan yaylovlarda o‘sayotgan o‘simliklarning fasllar bo‘yicha botanik va kimyoviy tarkibi, biologik qiymati va yaylovlarning mahsuldorligini aniqlash; 2. Yil fasllari va qorako‘l qo‘ylarining fiziologik holatiga mos holda yil davomida dalada haydab boqilgan qo‘ylar organizmining to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabini qondirilish darajasini aniqlash; 3. Yil davomida dalada haydab boqilgan qo‘ylar ovqat hazm qilish tizimida iste’mol qilingan ratsion tarkibidagi to‘yimli moddalarning yil fasllari va hayvonlarning fiziologik holatiga bog‘liq holda hazmlanishi va mahsulotga transformatsiya qilinishini aniqlash; Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Samarqand viloyati tabiiy sharoitda boqilayotgan qorako‘l qo‘ylarining rivojlanishiga yaylov o‘simliklari va ularning yil fasllari almashinuvi bo‘yicha o‘zgarib borishi hamda ularning qorako‘l qo‘ylarining rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasi aniqlanadi; Ratsiondagi ozuqalarning qo‘ylarning o‘sishi va rivojlanishiga salmoqli ta’sir etishi o‘rganildi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Qishloq xo ‘ jaligini jumladan qorako ‘ lchilikni rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar oqibatida bosh rivojlanib borayotgan chorvachilik uchun ozuqalar bazasini mustahkamlash maqsadida turli yaylov o ‘ simliklarini botanik va kimyoviy tarkibini o ‘ rganish ularning to ‘ yimlilik darajasini aniqlash orqali qorako ‘ lchilikni taraqqiy etishi va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining o‘sishiga imkon yaratiladi. Tadqiqot ishining usullari: D issertatsiya ishini amalga oshirishda umumqabul qilingan zamonaviy fiziolo gi k , gematologik, biokimyoviy va statistik tahlil usullaridan foydalanil gan . Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishning nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, bugungi kunda mamlakatimizda aholini sifatli 5