Qutadg’u bilig ‘’dostonida nutq odobi haqida.
1
Mavzu: ,,Qutadg’u bilig ‘’dostonida nutq odobi haqida. REJA. 1.,,Qutadg’u bilig dostoni’’yaralish tarixi haqida ma’lumot. 2.,,Qutadg’u bilig’’ dostoni nusxalari. 3.,,Qutadg’u bilig’’dostonida nutq odobi. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH 2
Ma’lumki, adabiy ta’limda qadimgi turkey yodgorliklar, jumladan, “Qutadg‘u bilig”ni o‘rganish masalasi nafaqat o‘quvchi, balki o‘qituvchining o‘zidan ham katta kuch, bilim hamda mas’uliyat talab qiladi. Buning qator o‘ziga xos sabablari bor: birinchidan, asarning tili o‘quvchining tushunishi, mazmunni o‘zlashtirishi uchun qiyinchilik tug‘diradi, chunki asar qariyb ming yil oldin yaratilgan, demak, o‘sha davr adabiy tili hozirgi adabiy tildan tamomila farqli edi; ikkinchidan, badiiy matn sifatida o‘quvchi boshqa janr namunalarida o‘qigani kabi kutgan o‘tkir sujet (qahramonlarning turli sarguzashtlari, o‘zaro konfliktlar, ularning yechimi va hokazo) deyarli kuzatilmaydi; uchinchidan, asar hamda o‘rganish uchun olingan darslikdagi epizod parchalar hajmi ancha katta; to‘rtinchidan, bu asardagi obrazlar tizimi, adibning tafakkur tarzi ham hozirgi adabiyotdagidan keskin farqlanadi. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim») 3____________________________________________ 1 "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021. Muxlisa Normatova 225 b.
dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462 (melodiy 1069G’70) yilda yozilgan. Avtor dostonning muqaddimasida yoshi ellikdan oshganini ta’kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos Hojib XI asrning 20- yillari arafasida tug’ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani- Balasog’un (Quz o’rda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlaridan biri edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan edi. Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o’z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo’lib etishdi. U fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya, geometriya, matematika, tabiiyot, geografiya va boshqa fanlarni o’rgandi. U buyuk olimlarning ayrim axloqiy va falsafiy qarashlarini, medisinaga doir mulohazalarini targ’ib qildi, zamondoshlarini geometriya kabi fanlarni o’rganishga chaqirdi va hokazo. Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib o’z vatandoshi, ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy singari, turkiy qabila va xalqlarning tilini o’rgandi, adabiy til uchun, turkiy tilning madaniy hayotda yanada kengroq o’rin olishi uchun kurashdi, xalq og’zaki adabiyoti va yozma adabiyotning boy tajriba va tradisiyalaridan ta’lim olib, mashhur «Qutadg’u bilig» dostonini yaratadi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik asarlaridan biri edi. Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» dostonini Balasog’unda yoza boshladi; uni Qashqarda yozib tugatdi va qoraxoniy hukmdorlaridan bo’lgan Tavg’ach Bug’raxonga (Tavg’och ulug’ Bug’ro Qoraxon abo Ali Hasan binni Arslonxon) taqdim qildi. Bug’raxon doston avtorini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (muqarram, eshik og’osi) unvonini berdi. Shunday keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi. «Qutadg’u bilig»ning muqaddimasida ko’rsatilishicha, doston o’z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deb baholangan va turli joylarda turli nom bilan yuritilgan. Chinliklar «Adabul-muluk» (deb) ot berdilar. Mochin Malikaning nadimlari «Oyinul-mamlakat» (deb) atadilar, mashriqliklar «Ziynatul-umaro» deb 4
aytadilar, eronliklar «Shohnomai turkiy» dedilar, shuningdek, ba’zilar «Pandnomai muluk» debdilar, turonliklar «Qutadg’u bilig» deb aytibdilar. «Qutadg’u bilig»ning qo’l yozma nusxalari va nashri 5____________________________________________ 1 Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. 3-nashri:-Toshkent: «O’qituvchi», 1976:-106-126 b.