logo

Rim Respublikasi inqirozi va Rim imperiyasi ilk davri

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

56.4404296875 KB
Rim Respublikasi inqirozi va Rim imperiyasi ilk davri  
Kirish 
Asosiy qism.
I.Bob Rim respublikasining inqirozi 
I.1.Rim Respublikasining tushkunligi 
I.2.Sulla diktaturasining o rnatilishi ʻ
I.3.Spartak boshchiligida qullar qo zg oloni 	
ʻ ʻ
II.Bob.Respublikaning qulashi va ilk imperiya davri haqida
II.1.Pompeyning sharqqa yurishlari 1-triumvat 2-triumvat 
II.2..Yuliy Sezar diktaturasi
II.3.Rimda ilk imperiya davri 
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati
ʻ .          Kurs ishining maqsadi : Zamonaviy Rim  shahri hozirgi kunda Italiya
Respublikasining   poytaxti,   G‘arbiy   Yevropaning   yirik   shaharlaridan   biridir.
Lekin   qadimgi   davr   uchun   Rim   mil.avv.VI   asrda   vujudga   kelgan
madaniylashgan   davlat   va   jamiyatni   bildiradigan   tarixiy   termin   hisoblanadi.
Dastlab   Apennin   yarimorolida   yuzaga   kelgan,   keyinchalik   butun   0‘rtayer
dengizi   havzasini   egallagan   “Qadimgi   Rim”   atamasi   Rimda   sivilizatsiya
boshlangan   davr   bilan   bog'liq.   Lekin   undan   oldin   esa   rimlik   yoki   italyan
bo‘lmagan   markazlar,   ya’ni   Sitsiliya   va   Janubiy   Italiya   hududlaridagi,   etrusk
shaharlarida   sivilizatsiyalarning   vujudga   kelishi   mil.   avv.   VIII-VI   asrlarga
to‘g‘ri   keladi.   Apennin  yarimoroli   o‘zining   ko‘rinishi   bilan  etikchani   eslatadi.
Uning   geologik   davomiyligi   Sitsiliya   oroli,   Italiyadan   3   kilometrlik   Messin
quruqligidan ajralib chiqish bilan bogiiq. Sitsiliyaning shimolida kichkina Lipar
(Eoliya) orolchasi joylashgan. 
          Kurs   ishining   vazifasi:   Italiyaning   g‘arbiy   qirg‘og‘ida   Sardiniya   va
Korsika   orollari,   qirg‘oqqa   yaqin   joyda   Elba   va   Kapri   orollari   joylashgan.
Uning   hamma   tarafida   Tirren   dengizi   to‘lqinlanib,   janub   tarafdan   Ioniya,
sharqdan  Adriatika  dengizi  suvlari  yuvib  turadi.  Italiyaning  Tirren  dengizidan
ajralgan   va   janubiy   hududlarida   dengizchilik   rivoj   topgan.   Sharqiy   qirg‘oq
liniyasi   dengizdan   ajralgan   bo‘lib,   bu   yerda   dengizchilik   bilan   shug‘ullanish
noqulaylik   tug‘diradi.   Italiyaning   shimolida   mustahkam   Alp   tog‘lari   qad
rostlagan, markazda uncha baland bo‘lmagan yosh Apennin tog‘i, harakatdagi
Vezuviy   vulqoni   bo‘lgan.   Italiyaning   maydoni   va   hududlari   Yunonistonga
o‘xshaydi. Farqli tomonlari Etruriya va uning qizil yerlari, Kampaniya va uning
bir   qismi   hisoblangan   Latsiyaning   vulqonli   tuprog‘i,   Apuliyaning   qora
yerlaridir.   Italiya   Yunonistonga   qaraganda   suv   resurslariga   boy.   Yirik   suv
tarmoqlaridan   biri   -   Padus   bo‘lib,   o‘z   suvini   Adriatika   dengiziga   quyib,
tarmoqlanadi. Padusning irmoqlari chapdan Titsin, katta va kichik Duriya, o‘ng
tarafdan 211 Trebiya va Parmadir. Bu daryolar havzasida juda ko‘plab o‘tloqlar
mavjud.   Adriatika   o‘z   suvini   Rubikon,   Metavr,   Aufid   daryosiga   etkazadi.
Tirren   dengiziga   Amo,   Tibr,   Liris,   Voltum   daryolari   o‘z   suvlarini   quyadi.
Apennin   tog'idagi   qorlaming   erishi   bilan   uncha   katta   bo‘lmagan   yuqoridagi
daryolar   toshib,  aholiga ko‘p talofotlar   yetkazgan.  Toskaniya  va Pompiniyada
botqoqlar bo‘lib, ulardan o‘tish aholi uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Italiyada к
о'liar   ham   anchagina.   Masalan:   Alp   tog‘lari   etagida   Verban(Major),
Benak(Garda),   Etruriyada   Trazmimin,   Latsiyada   Regil,   Alban,   Samniyada
Futsin ko‘li mavjud. 
                Kurs   ishining   dolzarbligi. Miloddan   avvalgi   I   mingy   illik   o‘rtalarigacha
Italiyada   iqlim   salqin   va   nam   bo‘lgan,   shimoliy   hududlarda   deyarli   hayot
bo‘lmagan-o‘lik   hududlar   hisoblangan.   Italiyaning   qolgan   hududlari   esa
subtropik   iqlimga   ega   bo‘lib,   janubda   qor   juda   kamdan-kam   yoqqan.
Italiyaning   o‘simlik   dunyosi   juda   boy   bo‘lgan.   Alpning   1700   metr
balandlikdagi   qismlarida   ninabargli   daraxtlar:   qarag‘ay,   archalar,   Markaziy
Italiyada   esa   sarv,   qayinlar,   janubda   hamisha   ko‘m-ko‘k   tusga   ega   bo‘lgan
ulkan   daraxtlar   bo‘lgan.   Qadimgi   davrda   Italiyada   nok,   olma,   uzum
yetishtirilgan,   janubda   esa   bodom   va   anor   parvarish   qilingan.   Dehqonlar
bug‘doy,   arpa,   polba   va   boshqa   donli   ekinlami   yetishtirishgan.   Tomorqa
dehqonchiligida   esa   asosan   yuqorida   ta’kidlanganidek,   dukkakli   ekinlar
etishtirilgan. 0 ‘rmonlarda bo‘ri, ayiq, quyonlar, tog‘li joylarda ohular yurgan.
Manbalarga   ko‘ra   Italiyaning   nomi   “Vitulus”   -   “buqa”,   “buqacha”   so‘zidan
olingan,  boshqa   bir   variantga   ko‘ra   Bovian   shalirining  nomlanishi   shu   yerdan
olingan. Dengizlar ham baliq va mollyuskalarga boy bo‘lgan. Tarent ko'rfazida
chig‘anoqlardan marvaridlar olingan. Foydali qazilmalaming turli xillari bo‘lib,
temir   va   mis   Ilva   oroli   va   Janubiy   Etruriyadan,   kumush   Bruttiyadan,   oltin
Alpdan, qurilish toshlari va marmar Apennindan, Kampaniyadan esa tuz va soz
tuproq olingan. I.BOB.Rim respublikasining inqirozi
I.1.Rim Respublikasining tushkunligi
          Rim   respublikasi   o‘z   hududini   kengaytirib   borgan   sari   boshqaruvning
respublika shakli shuncha beqaror bo‘ lib boraverdi. Oxir-oqibatda respublika
shakli   o‘z   o‘mini   Rimda   diktatorlar   tomonidan   boshqariladigan   qudratli
imperiyalarga bo‘shatib berdi. 
         Boylik va Rim  chegaralarining kengayishi  ko‘plab muammolami  keltirib
chiqardi. Eng jiddiy norozilik jamiyatning quyi tabaqalari orasida o‘sib bordi
va harbiy buyurtmalarda ham pasayish boshlandi. Bu muammolar respublikani
larzaga kelishiga va yangi siyosiy tuzumni vujudga kelishiga olib keldi.
          Rim   rivojlangani   sari   boylar   va   kambag‘allar   orasidagi   farq   yana   ham
kengayib   bordi.   Rimning   ko‘plab   yirik   yer   egalari   farovon   sharoitlarda
yashashardi. Turli xil urushlar davomida egallangan xalqlarga mansub bo‘lgan
minglab   kishilar   shunday   sharoitlarda   241   ishlashga   majbur   bo‘lganlar.   Mil.
avv. 100-yilga kelib qulga aylantirilgan fuqarolar Rim aholisining 1/3 qismini
tashkil qilar edi. 
     Mayda dehqonlar qullar mehnatidan foydalanadigan katta imkoniyatga ega
bo’lgan kishilar bilan raqobatlashishga majbur boiardilar. Ulaming katta qismi
o‘   z   yerlarini   boy   yer   egalariga   sotdilar   va   uysiz,   ishsizga   aylanadilar.   Katta
qismi   qishloq   joylarda   qolganlar   va   mavsumiy   ishchilar   sifatida   ishlay
boshladilar.   Ba’zilari   Rimga   va   boshqa   shaharlarga   ish   qidirib   ketadi.   Ular
Rim   jamiyatining   to‘rtdan   bir   qismini   tashkil   qiladigan   shahar   kambag‘allari
toifasiga qo‘shiladilar. 
          Ikki   aka-ukalar   Tiberiy   va   Gay   Grakxlar   Rim   kambag‘   allariga   yordam
berish uchun harakat qildilar. 
          Qullaming   dahshatli   harakatlari   va   Ispaniyadagi   harbiy
muvaffaqiyatsizliklar   Rim   davlatining   kuchsizlanganini   ko‘rsatdi.
Nobiletetning   nazoratsiz   yakka   hukmronligi   erkin   aholining   katta   qatlamini
tashkil   qilgan   mayda   yer   egalarining   xonavayron   boiishi   jamiyatda   o‘tkir
norozilik   kayfiyatini   vujudga   keltirib,   davlat   tuzumi   va   boshqaruvini
sog’lomlashtirish, 
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 ,350 bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020.241 bet  jamiyatdagi   birlikni   mustahkamlash,   tashqi   siyosatni   kuchaytirish
borasidagi islohatlar o‘tkazishni talab qildi. 
      Dastlab xalq tribuni Tiberiy Simproniy Grakx tamonidan mil.avv. 133-yili
qonun loyihasi tayyorlandi. Tiberiy Simproniy Grakx ( mil.avv. 162-133 -yy)
Rimning   taniqli   urug1   nobilitetlaridan   biri   edi.   Tiberiyning   fikricha   radikal
islohatlar o‘tkazish zarur bo’lib, ular Rim hukmronligini mustahkamlash, ichki
va   tashqi   dushmanlarga   qarshi   tura   oladigan   jamiyatning-tayanch   kuchini
yaratishdan iborat edi. Tiberiyning bu intilishlari Rim nobilitetlari - mil. avv.
133-yilgacha konsul bolgan Appiy Klavdiy, Mutsiy Sevola, Lutsiniy Krasslar
tomonidan   qoilab-quvvatlangan.   Tiberiyning   qarashlariga   ko‘   ra,   Rim
hukmdorligining   qulashini   asosiy   sababi   mayda   yer   egalarining
qashshoqlashuvi   bo’lgan.   Tiberiy   bu   jarayonni   to‘xtatish   uchun   agrar   islohot
o‘tkazishni zarur deb topdi. Bundan oldin ham agrar islohot haqida bir qancha
g‘oyalar   mavjud   boigan.   Masalan,   mil.   aw   .   II   asr   o‘   rtalarida   Mark   Porsiy
Katon   agrar   islohot   o   ‘tkazish   taklifi   bilan   chiqqan   edi.   Mil.   aw   .   141-yilda
Gay   Liliy   ma’   suliyatli   qonun   loyihasini   tayyorlagan   ham   edi.   Ammo   o   ‘
shanda agrar islohatga qarshi yirik yer egalari va quldorlardan iborat qarshilik
kuchlari vujudga kelib, ulaming ta’ siri ostida Liliy yer islohati haqidagi 242
taklifini xalq yig‘ ilishiga kirita olmadi. Bu harakati uchun nobilitet o ‘rtasida
” Dono” degan laqabga sazovor bo‘ ldi. 
          Mil.avv.   134-yil   dekabrda   Tiberiy   xalq   tribuni   vazifasini   bajaruvchi
lavozimiga ko‘tarildi. Tez orada u agrar islohot haqidagi qonun loyihasini xalq
muhokamasiga qo‘ ydi. Qonun loyihasida yer egaligining miqdorini cheklash,
davlatdan   fuqarolaming   yerlarini   ijaraga   olish   tizimini   y   o‘   lga   qo‘   yishni
belgilar edi. Ijaraga yer olish normasi shudgor qilinadigan 500 yugerni olish,
agar   dehqonning   voyaga   yetgan   o   ‘   g‘   illari   bo‘   lsa   ular   uchun   ham   250
yugerdan   ijaraga   olish   mumkin   bo‘   ladigan   bo‘   ldi.   Bir   oila   1000   yugerdan
ko‘p yer bilan shug‘ ullanishi mumkin emas edi. Agar yer qo'yilgan normadan
ko‘payib   ketsa   davlatga   qaytarilishi   nazarda   tutildi.   Tortib   olingan   yerlardan
davlatning   yangi   yer   fondlari   shakllantirilib,   ular   ham   o‘z   navbatida   30
yugerdan   kichik   uchastkalarga   bo‘   linib,   yersiz   va   kam   yerli   fuqarolarga
bo‘   lib   beriladi.   Ushbu   yer   uchastkalarini   olgan   Rim   fuqarolari   uncha   katta
bo‘lmagan   davlat   solig‘   ini   to‘   lashi   kerak   bo‘   lgan,   ushbu   yerni   sotish   va
birovga hadya qilish huquqiga ega bo‘lmagan.
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov 2009. 351 bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020. 242 bet           Bu   islohot   yer   uchastkalaarini   sotish   va   mayda   yer   egaligiga   bo'linib
ketishiga   qarshi   qaratilgan   edi.   Muhokamadan   keyin   qonun   loyihasi   xalq
ovoziga   qo‘yilishi   kerak   edi.   Ammo   yirik   yer   egasi,   xalq   tribunlaridan   biri
Mark   Oktaviy   o   ‘zining   veto   huquqidan   foydalanib,   qonun   loyihasiga   qarshi
chiqdi.   Shunda   Tiberiy   Grakx   o   ‘z   fikrini   himoya   qilib,   xalq   tribuni   xalq
manfaatlariga   qarshi   chiqishi   mumkinmi   dedi.   Keyin   Mark   Oktaviy   xalq
muhokamasiga qo‘yilib, u o‘z lavozimidan ozod qilindi. Shundan keyin agrar
islohot   haqidagi   qonun   xalq   yig‘   ilishida   qabul   qilindi.   Bu   qonunni   amalga
oshirish   uchun   uch   kishidan   iborat   bo‘lgan   komissiya   tuzildi.   Komissiya
tarkibi   Tiberiy   Grakx,   uning   ukasi   Gay   Grakx,   Tiberiy   Appiy   Klavdiydan
iborat   bo’ldi.   Ammo   islohatlaming   keyingi   bosqichi   katta   qiyinchiliklarga
uchradi. Chunki, qonunni hayotga tadbiq etish senatning    ma’lum huquqlarini
cheklar   edi.   Shundan   keyin   islohatlarga   qarshi   kuchli   oppozitsiya   vujudga
keldi. Mil.avv. 132-yilda Tiberiy Grakx va uning yuzlab tarafdorlari o‘ldirildi.
          Yangi   demokratik   harakat   va   agrar   islohot   faoliyati   Tiberiy   Grakxning
kichik ukasi Gay Grakx (mil. aw . 153-121-yy) nomi bilan bog‘ liq. 0 ‘z oldiga
agrar   islohot   masalasini   tugatish,   Tiberiyning   qotillarim   jazolash   vazifasini
qo‘ygan.   Gay   Grakx   Rim   oligarxlari   hokimiyatiga   zarba   berishga   harakat
boshladi.   Chunki,   Rim   nobiliteti   243   va   senatorlar   demokratik   harakatning
asosiy qarshilari bo‘ldilar. 0 ‘ z dasturini amalga oshirish uchun Gay Grakx o ‘
z atrofiga rimning turli aholi qatlamlarini jamladi. Gay Grakx yersizlarga yer
ajratib   berish   masalasi   davom   qildirdi.   U   agrar   komissiyaning   ishini   qayta
tikladi   va   ularga   sudlov   huquqini   berdi.   Gay   tribunligi   davrida   Italiyada   bir
qancha   koloniyalarga   asos   solindi.   Gay   tushunardiki,   faqat   qishloq
plebeylarining qo‘ llab-quvvatlashlari kamlik qilardi. U o ‘z tomOniga shahar
aholisini ham og‘ dirishi kerak edi. Gay davlat xazinasidan juda past narxlarda
yer   uchastkalarini   Rimning   shahar   aholisiga   sota   boshladi.   Chunki   u   Rim
aholisining   qashshoq   qatlamini   yer   bilan   ta’minlashni   maqsad   qilib   qo‘ygan
edi. 
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov 2009. 
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020. Aholi   manfaatlarini   ta’minlashga   qaratilgan   yana   bir   islohot   Osiyodagi
provinsiyalardan soliq yig‘ ishga qaratilgan edi. Gay Grakxning yechimlariga
ko‘ra   Osiyodagi   aholidan   hosilning   10/1   qismi   hajmida   soliq   undirilgan.
Qisqacha   aytganda,   Gay   Grakx   islohatlari   ko‘plab   ijobiy   xususiyatlarga   ega
bo‘ldi.   Ammo,   bu   islohatlar   ham   katta   qarshilikka   uchrab,   o‘z   nihoyasiga
yetmay qoldi. mil. avv. 121-yilda Gay Grakx ham o‘ ldirildi.
  
    
                     I.2.Sulla diktaturasining o rnatilishiʻ           Mil.avv.   80-yil   boshlarida   Italiyada   ittifoqchilik   urushlari   tugaganidan
keyin   ichki   siyosiy   beqarorlik   holati   mavjud   bo‘   lib   turli   guruhlar   o   ‘rtasida
ijtirnoiy   ziddiyatlar   saqlanib   qolgan   edi.   Buning   sababi   Rim   fiiqaroligiga
yangi   kishilaming   qabul   qilinganligi,   xususan,   italiklarga   fuqarolik  huquqlari
taqdim   qilinganligida   edi.   0‘   zining   imtiyozlari   va   huquqlaridan   xavfsiragan
senat   oligarxiyasi   yangi   fuqarolami   Xalq   yig‘inida   siyosiy   faolligini
cheklashga   intilgan.   Ijtirnoiy   kurashlar,   ayniqsa,   mil.avv.   88   yilda   xalq
tribunligigiga   saylangan   Sulsipiy   Rufning   siyosiy   faoliyati   davrida   ayjiga
chiqadi. U senat oligarxiyasiga zarba beradigan bir qancha qonun loyihalarini
ilgari suradi. Bu esa senatda unga qarshi guruhning shakllanishiga olib keladi.
Shu bilan  bir   vaqtda Pont   podshosi  Mitridat  VI   Sharqda  Rimga  qarshi  urush
boshlaydi.   Mitridatga   qarshi   urushda   qo‘   shinga   qo‘   mondonlik   qilish   uchun
ikki   sarkardaning   nomzodi   ilgari   suriladi.   Bu   nomzodlar   senat   tarafidan
Komeliy   Sulla   xalq   yig‘   inidan   esa   Gay   Mariy   edi.   Xalq   yig‘ini   Sullani
chetlatib,   Sharqqa   Yurishga   Gay   Mariyni   qo‘mondon   etib   tayinladi.   Biroq,
sarkarda Sulla Rimga yurish 244 qiladi va jang bilan shahami egallaydi. Rim
birinchi bor rimlik qo‘ shinlar tomonidan jang bilan egallandi. 
         Sulla  Rimda hokimiyatni  egallaganidan so‘ng, avvalo,  Sulsipiy  va uning
tarafdorlari   yo‘q   qilishga   kirishadi.   Ular   qamaladi,   halok   boiadi   yoki   qochib
ketadi.   Gay   Mariy   Afrikaga   yashirinishga   majbur   boldi.   Sulla   oligarxiya
hokimiyatini   mutahkamlash   maqsadida   bir   qancha   islohotlar   o‘tkazadi.
0‘zining tarafdorlari dan 300 yangi a’ zoni senat tarkibiga kiritdi. Xalq yig‘ ini
va   xalq   tribunlari   huquqlarini   keskin   kamaytirdi.   Tribunlaming   qonun
loyihalari, avvalo, senatda obdon ko‘rib chiqilishi haqida qonun qabul qilindi.
Shu bilan birga xalq tribunlarining faoliyati senat nazoratiga olindi. 
          Mil.avv.   87-yilda   Sulla   o‘z   qo‘shini   bilan   Sharqqa   yurish   boshlaydi.
Fursatdan   foydalanib   Rimda   to‘   ntarish   sodir   boiib,   hokimiyatni   Gay   Mariy
vassiima   egallaydilar.   Ular   hokimiyat   tepasiga   kelganlaridan   so‘ng   eski
tartiblami qayta tiklab, Sulla tarafdorlaridan o‘ch olishni boshlaydilar. Dastlab
Sulla   tomonidan   qabul   qilingan   qonunlar   bekor   qilinib,   siyosiy   islohotlar
o‘tkaziladi. Xalq tribunlari hokimiyati qayta tiklanib Xalq yig’inidagi avvalgi
saylov tartibiga qaytiladi. 
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 353-54 bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 244- bet
Tez   orada   Mariy   vafot   etadi,   Sinna   boisa   ketma-ket   3   marta   konsullikka
saylanadi.   Sinnaning   qonunlari   Rimning   keng   aholi   qatlamlari   ehtiyojlarini qondiradi.   Sulla   armiya   qo‘mondonligidan   mahmm   qilinib,   o‘miga   boshqa
voris   jo‘natiladi,   bu   orada   esa   Sulla   qo‘shinlari   bilan   Sharqda   qator
muvaffaqiyatlarga   erishib,   Mitridat   VI   qo‘shinlarini   tor-mor   qildi.   Sulla   mil.
avv. 83-yilda o ‘ z qo‘ shini bilan Janubiy Italiyaga kelib tushdi. Sullaga qarshi
hukumat qo‘shin to‘playdi va unga qarshi chiqadi. Bu bilan fuqarolar umshida
yangi   davr   boshlanadi.   Bu   umshda   Sullaning   harbiy   tajribasi,   Metell   Piy,
Litsiniy Rrass va Gney Pompey kabi mohir sarkardalarining mavjudligi unga
qo‘ l kelib, g‘ alabaga erishadi. 
         Sulla hokimiyatni bosib olgach, o ‘z mavqeini huquqiy rasmiylashtirdi. U
senatga murojaat qilib, davlatda tartib o ‘matish uchun bir kishini favqulodda
vakolatlar   bilan   ta’minlash   zarurligini   aytdi.   Senat   Sullaga   nomaium
vaqtgacha   diktatorlik   vakolatini   berdi.   Qonunga   ko‘ra,   Sulla   qonunlar
chiqarish   va   boshqaruvni   tashkil   etish   uchun   cheklanmagan   vakolatlarga   ega
bo’ldi.   Ilgari   diktatura   muddati   6   oygacha   cheklab   qo‘yilar   edi.   Sulla   esa,
nomaium vaqtgacha diktator etib tayinlandi. 
          Sulla   hokimiyat   tepasiga   kelganidan   so‘ng   eng   avvalo   raqiblaridan
shafqatsiz o ‘ch oldi, tarafdorlarini esa saxiylik bilan taqdirladi. U proskripsiya
-   raqiblari   va   ularga   xayrixohlik   qiluvchilami   ro‘yxatini   tuzishni   buyuradi.
Ulaming   ko‘pi   o‘limga   hukm   qilinib,   mol-mulklari   musodara   qilinadi.
Farzandlari   va   nevaralari   siyosiy   huquqlardan   mahrum   qilinadi.   Buni
natijasida minglab odamlar halok bo‘ladi. 
          Sullaning   islohotchilik   faoliyati   davlatning   deyarli   barcha   sohalarini
qamrab oladi. U polis tizimining oxirgi qoldiqlarini yo‘ q qilib, yagona Italiya
davlatini   tuzishga   kirishadi.   Sullaning   islohotlari   senat   hokimiyatini
kuchaytirib, xalq yig‘ ini vakolatlarini cheklash edi. Senat tarkibi diktatoming
tarafdorlari   hisobidan   300   tadan   600   tagacha   oshiriladi.   U   shuningdek,   bir
qancha   lavozimlarda   ham   o‘zgartirishni   amalga   oshirib,   o‘z   hokimiyatini
mustahkamlaydi. 
   
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 354-bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 245-46 bet
   Lekin tez orada ko‘pchilik uchun kutilmagan holda Sulla mil. avv. 79-yilda
cheklanmagan   hokimiyatdan   voz   kechadi,   mil.   avv.   78-   yil   60   yoshida   vafot etadi. Lekin uni vafotidan so‘ng, Rim yana urushlar girdobida qoladi. Rimning
turli provinsiyalarida o‘zaro urushlar avj oladi.
              
    
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020
I.3.Spartak boshchiligida qullar qo zg oloniʻ ʻ           Ispaniyada   turli   kuchlar   o‘rtasidagi   kurash   avj   olgan   bir   vaqtda   Rim
respublikasida   qadimgi   dunyo   tarixidagi   eng   yirik   Spartak   rahbarligidagi
qullar   qo‘   zg‘   oloni   yuz   beradi   (mil.   avv.   74-71-yy).   Mil.   avv.   74   -yilda
Kapuya   shahridagi   gladiatorlar   maktabida   200   ta   gladiator   qochib   ketish
uchun til biriktiradi. Lekin, ulardan 78 tasigina shahardan chiqib, Vezuviy tog‘
lariga yashirinishni uddalaydi. Rim hukumati dastlab Spartak qo‘ zg‘ oloniga
kuchli e’tibor qaratmaydi. Mil. aw . 73-yil qishiga kelib gladiatorlar safi yangi
qochoqlar   hisobiga   10   ming   kishiga   yetadi.   Spartak   jangchilari   Kampaniya
shaharlari   va   villalariga   xujumlar   uyushtirib   mahalliy   yer   egalariga   qo‘rquv
soladi.   Qo‘zg‘оlonchilaming   muvaffaqiyatlari   rimliklaming   ularga   qarshi   3
ming   kishilik   qo‘shin   jo‘natishiga   majbur   qiladi.   Rimliklar   Spartak
qo‘shinlarini   Vezuviy   togMaridan   siqib   chiqarib,   ulami   qamal   qiladi.   Biroq,
Spartak   tol   novdalaridan   to‘qilgan   pillapoyalar   yordamida   tog'ni   oshib   o‘tib,
rim   qo‘shinini   tor-mor   qiladi.   Mil.avv.   73-   yil   qishiga   kelib,   Spartak
qo‘shinining   soni   70   ming   kishiga   yetadi.   Unga   qarshi   Rimning   har   ikkala
konsuli   boshchiligidagi   qo‘   shin   jo   ‘natiladi.   Spartak   bir   necha   bor   rimliklar
ustidan g‘ alaba qildi. Ayniqsa, Mutina shahri yaqinida Shimoliy  Italiya noibi
ikki   legion   bilan   Spartak   qo‘shiniga   qarshi   chiqadi,   lekin   u   to‘liq
mag‘lubiyatga   uchraydi.   Shundan   so‘ng   qo‘zg‘   olon   butun   mamlakatni
qamrab oladi. Bu holat esa Rimni og‘ ir ahvolga solib qo‘ yadi. 
          Mil.avv.   72-yilda   rimliklar   qiyinchilik   bilan   6   ta   legion   to‘plashga
erishadilar.   Unga   omon   qolgan   2   ta   legion   ham   qo‘   shilib,   qo‘shinga   pretor
boy quldor Mark Litsiniy Krass qo‘ mondonlik qiladi. U tez orada qo‘shinda
qat’iy intizom o‘matadi. Spartak qo‘shinlarida bo‘lsa, erishilgan g'alabalardan
ba’zi   yo‘lboshchilaming   orasida   ixtiloflar   boshlanadi.   Krass   Spartak   bilan
ochiq jangga kirmasdan uni izma-iz ta’qib qiladi. Spartak Rimni chetlab o‘tib,
Italiyaning   janubiga   yurish   qildi.   Taxminlarga   ko‘ra,   Spartak   Sitsiliyaga
o‘tishga   harakat   qilgan.   Spartakning   Sitsiliyaga   o‘tishida   kemalar   bilan
ta’minlashga va’da bergan dengiz qaroqchilari uni aldaydilar. Qullar qo‘shini
Bruttiya   viloyatida   qamalib   qoldi.   Krass   bu   yerda   52,   5   km   uzunlikdagi
xandak   qazishga   buyruq   berdi.   Spartak   qo‘   shinlari   rimliklaming   bu
to‘siqlarini   buzib   o‘tib,   Burundiziyga   qarab   harakat   qildilar.   Senat
qo‘zg‘olonni   tezroq   bostirish   uchun  Ispaniyadan   Pompey   va  Makedoniyadan
Mark Lukull boshchiligidagi qo‘ shinlami chaqiradi. 
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 357-58-59- bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 259-bet           Bu   orada   Spartak   qo‘shinlaridan   bir   necha   qistnlar   ajralib,   kuchlari
zaiflashadi. Krass qullar qo‘ shinini taqib ostiga olib, ulaming orqasidan izma-
iz   bordi.   Burundiziya   yaqinida   Krass   va   Spartak   qo‘shinlari   o‘rtasida   hal
qiluvchi   jang   bo‘ldi.   Jang   juda   shafqatsiz   bo‘   lib,   rimliklar   g‘   alaba   qildilar.
Spartak   va   minglab   qullar   bu   jangda   qahramonlarcha   halok   bo‘ldi.   Uning
o‘limidan   so‘ng   qo‘shinlari   bir   necha   qismga   bo‘linib   ketadi.   Krass   va
Pompey qo‘zg‘olonning so‘nggi o ‘choqlarini ham bostirishga erishadilar.
1.“Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 358-bet
2.“ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)D.Urakov 2020 259 bet      II.Bob.Respublikaning qulashi va ilk imperiya davri haqida
II.1.Pompeyning sharqqa yurishlari 1-triumvat 2- triumvat
          Pompeyning   Sharq   yurishlari.   I-triumvirat.   Respublikaning   ichidagi
sarosimalarga   qo'shimcha   ravishda   sodiq   harbiy   kuchlaming   ham   orasida
ixtiloflar   boshlandi.   Respublika   qanchalik   beqaror   bo'lgani   sari,
lashkarboshilar   shunchalik   hukmronlikni   egallashga   harakat   qila   boshladilar.
Ular   yersiz   kambag‘   allami   ularga   yer   va’da   qilib,   xizmatga   jalb   qila
boshladilar. Ular pul uchun urushardilar va faqat o ‘zlarining boshliqlarigagina
bo‘   ysunar   edilar,   xolos.   Shuningdek,   respublikaga   sodiq   bo‘   lgan   fuqaro-
askarlami   ham   almashtirdilar.   0   ‘   zining   shaxsiy   armiyasiga   ega   bo‘   lgan
lashkarboshilar   endilikda   hokimiyat   uchun   kurasha   boshladilar.   Spartak
boshchiligidagi qullar qo‘zg‘ oloni bilan bir vaqtda Mitridat VI 247 bilan (mil.
avv.   74-64-yy)   yangi   urush   boshlandi.   Dastlab,   Rim   qo‘   shinlariga   tajribali
sarkarda   Lukull   boshchilik   qilib,   bir   qancha   yutuqlarga   erishdi.   Lekin,
Mitridat VI ni yenga olmadi. Shundan so‘ ng qo‘ mondonlik Gney Pompeyga
topshiriladi. 
          Gney   Pompey   Sulla   davrida   tanilib,   fuqarolar   urushi   davrida   Sullani
qoilagan   edi.   Keyin   esa,   senat   uni   Spartakka   qarshi   Krass   qo‘   shiniga
yordamga   yubordi.   Mil.avv.   70-yil   Pompey   va   Krass   konsul   etib   saylandi.
Pompey   qo‘shinlari   rag‘batlantirildi.   Pompey   Rim   uchun   katta   ziyon
keltirayotgan dengiz qaroqchilarini tugatib, Rimda katta obro‘ga ega bo‘ldi.
          G‘ayratli   sarkarda   Pont   podshosini   tor-mor   qilib,   Armanistonni   vassal
davlatga   aylantirdi.   Pompey   Bosfor   podsholigida   Mitridat   VI   ga   qarshi
qo‘zg‘olon uyushtirib, uning o ‘ zini o ‘ ldirishga majbur qildi hamda Suriya
va   Yahudiyani   istilo   qildi.   Kichik   Osiyoda   Rim   hokimiyatini   qayta   tikladi.
Pompeyning   Sharq   yurishi   sharqiy   ellin   mamlakatlarini   (Misrdan   tashqari)
Rimga bo‘ysundirishni tugalladi. 
         Mil. avv. 60-  yilga kelib, Pompey Osiyodan g‘alaba bilan qaytadi,  biroq
Senat  tomonidan uning bir  qancha  so‘rovlari  javobsiz  qoldiriladi. U o‘zining
fidoyi askarlariga yer-mulk olib berishga erisha olmaydi. 
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 360 bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 259 bet      Bunga birinchi sabab Pompey yurishdan qaytayotganida qo'shinini tarqatib
yuborganligi   bo‘lsa,   ikkinchisi   Kross   bor   kuchi   bilan   uning   imkoniyatlarini
cheklayotgan   edi.   Shunda   Sezar   ular   bilan   birgalikda   ish   olib   borishga,   agar
o‘zi konsul bolsa, ulaming istaklarini amalga oshirishga va’da beradi. 0‘rtada
tuzilgan   ittifoq   mil.avv.   58-yilga   kelib   Sezaming   yolg‘   iz   qizi   Juliyaning
Pompeyga turmushga chiqishi bilan yanada mustahkamlanadi.
          Mil.   avv.   60   -yilda   Yuliy   Sezar   rimlik   boy   Krass   va   mashhur   sarkarda
Pompey bilan kuchlarini birlashtirdi. 
     Ulaming yordami bilan Yuliy Sezar mil.avv. 59-yilda konsullikka saylandi.
Bu uch kishidan iborat guruh keyingi o‘n yillik mobaynida Rimni   triumvirat
sifatida   boshqardi.   0‘sha   davrdagi   dushmanlari   tomonidan   esa   “Uch   boshli
ajdar” deb ataldi. 
          Sezar   kuchli   lashkarboshi   va   dono   harbiy   strateg   edi.   An’analarga   amal
qilgan   holda   u   faqat   bir   yil   konsullikda   turdi.   U   o‘zini   Galliya   (hozirgi
Fransiya)   gubematori   etib   sayladi.   Mil.avv.   58-50-   yillarda   u   o‘zining
armiyasini   butun   Galliyani   bosib   olish   uchun   og‘ir   kurashga   boshladi.
Sezardan   oldin   ham   bir   qancha   sarkardalar   gallami     qarshiligini   sindirishga
uringanlar,   ammo,   har   safar   ham   buni   uddasidan   chiqilmagan.   Sezar   gallar
qo‘zg‘olonlarini bartaraf eta oladi. Nafaqat bartaraf etadi, balki o‘zi ham yangi
hududlami bosib olishni boshlaydi. U to’liq og‘ir kechgan urushlarda erkakcha
mardlik va mas’uliyat bilan dushmanlami yengadi. 
         Galliya istilosi natijalari ulkan edi. Sezar 300 qabilani bo‘ ysundirdi. 800
shahar   qamal   qilib   olindi.   1   mln.   kishi   asir   olindi.   Rimliklar   qo‘   liga   ulkan
miqdorda   o‘lja   tushdi:   Rimda   oltin   qadoqlab   sotildi   va   uning   bahosi   juda
pastga tushib ketdi. Bulami hammasi Rimda Sezaming obro‘-e’tiborini oshirib
yubordi. 
     Sezarning Galliyadagi g‘ alabalari haqidagi xabar uni rimdagi eng e’tiborli
kishiga aylantirdi. Sezaming g‘alabalaridan cho‘chigan Pompey uning siyosiy
raqibiga   aylandi.   Mil.avv.   50-yilda   Pompeyning   urinishlari   bilan   senat   Sezar
o‘z legionlarini tarqatib yuborib, vataniga qaytishi haqidagi qarorini chiqaradi.
    
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 360-61 bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 260-bet      Sezar senat irodasiga qarshi chiqdi. Mil. avv. 49-yil 10-yanvar tunida u o ‘z
armiyasini olib, Italiyadagi Rubikon daryosini kechib o ‘tadi. 
          Qonunga   ko‘ra,   bu   daryodan   o‘tgan   har   qanday   qurollangan   qo‘shin
Rimning dushmani deb hisoblanar edi. Aytishlaricha, daryodan o‘tish oldidan
Sezar   uzoq   o‘ylanib   turib,   “   qur’   a   tashlandi”   deb   xitob   qiladi   va   qo‘shinga
daryodan   o‘tishga   buyruq   beradi.   Shimoliy   Italiyaning   shaharlari   Sezar
qo‘shinlariga deyarli qarshilik ko‘rsatmaydi. 
          U   o‘zarmiyasi   bilan   shiddatli   ravishda   Rimga   qarab   yuradi,   natijada
Pompey   qochib   ketadi.   Sezar   armiyasi   Pompeyning   Yunoniston,   Osiyo,
Ispaniya   va   Misrdagi   armiyasini   yengadi.   Mil.   aw   .   46-yilda   Sezar   Rimga
qaytadi. Shu yili senat uni diktator etib sayladi. 
          Sezar   3   marta   Pompey   bilan   muzokaralar   olib   borishga   urindi.   Lekin
Pompey   17-martda   o   ‘   ziga   sodiq   qo‘   shin   va   tarafdorlari   to‘planayotgan
Yunonistonga   jo'nab   ketdi.   Nozik   diplomat   Sezar   ikki   oy   davomida   hech
qanday qon to‘ kmasdan butun Italiyani egalladi. 
U Rimga kirib, 5000 funt tilla va kumushdan iborat davlat xazinasini egallab
oldi. Sezar Rimda ko‘ p turmay, Pompeyga sodiq yetti legion mavjud bo‘lgan
Ispaniyaga yurish qildi. Ispaniyada g‘alaba qilib, Sezar Bolqon yarim oroliga
o‘tmoqchi   edi.   Ispaniyadagi   Ilerda   shaharchasi   yonida   Sezar   dushman
qo‘shinlarini   2-avgust   kuni   tor249   mor   qiladi.   Shundan   so‘ng,   ikki   ispan
provinsiyasi   Sezar   tomoniga   o‘tdi.   Hal   qiluvchi   jang   mil.avv.   48-yilda
Yunonistondagi   Farsal   shahri   yonida   bo‘lib   o‘tdi.   Pompey   qo‘shinlari
yengildi.   Pompeyning   o‘zi   esa,   Misrga   qochib   ketdi   va   u   yerda   xoinona
o‘ldirildi. 
          Pompey   o‘ldirilgach,   Sezar   Misrdagi   fuqarolar   ishiga   aralashib,   Misr
malikasi   Kleopatrani   qo‘llab-quvvatlaydi   va   hokimiyatni   unga   olib   beradi.
Sezar   Kichik   Osiyoda   ham   qonli   urushlar   olib   boradi.   Pont   podsholigini
yengib,   uni   o‘z   ta'siriga   oladi.   Afrikada   olib   borilgan   urushlar   ham   Sezar
foydasiga hal bo‘lgan. 
     
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020          Shu davrda Pompeyning ikki o‘g‘li Ispaniyada Sezarga qarshi katta kuch
to‘plamoqda edi. Sezar Pompey o ‘g‘illari ustiga qarshi qo‘ shin tortib, ulami
tor-mor   keltiradi.   Bu   jang   mil.   avv.   45-yil   Ispaniyaning   Mund   degan   joyida
bo‘   ladi.   Ulardan   biri   jangda   halok   bo‘   ladi,   ikkinchisi   Shimoliy   Ispaniya
togMariga qochib ketadi. Shu bilan Rimdagi fuqarolar urushi nihoyasiga etadi.
Fuqarolar urushidan keyin Rimda Sezaming mavqei yanada kuchayib ketadi. 
          Mil.   avv.   44-yilda   u   butun   umrga   diktatorlikka   tayinlandi.   Endi   Rim
konsullari   va   senatorlari   uning   buyruqlarini   so‘   zsiz   bajarishlari   lozim   edi.
Sezar   imperator   bo‘lib   olgach,   saltanatini   mustahkamlash   uchun   ko‘pgina
ishlami amalga oshirgan. U birinchi navbatda Rim qo‘ shinlarini kuchaytirgan.
Rimda   birinchi   marta   oltin   pul   -   dinorni   zarb   etgan.   Tanga   pullarga   uning
rasmi   tushirilgan.   U   o‘z   nomidan   Yuliy   taqvimini   ham   joriy   qilgan.   Rimda
respublika   tuzumi   bekor   qilinib,   Sezaming   yakka   hokimligi   joriy   qilingan.
Senat uning yakka hokimligini tan olishga majbur bo‘lgan va faxrli oltin taxt -
kursida o'tirishga ijozat bergan. 
     Sezar davlatni katta kuch-qudratga ega mutloq hukmdor sifatida boshqardi.
Bu   harakat   haqiqatan   unga   cheksiz   hokimiyat   berdi,   garchi   uning   haqiqiy
kuchi   uning   legionlariga   bog'liq   bo‘lsa-da,   Diktator   Sullaga   o‘xshamagan
holda   Sezar   mag‘   lub   bo‘   lgan   dushmanlariga   qarshi   hech   qanday   jazo
choralari olib bormadi. Sobiq dushmanlari uning hokimiyatiga qarshi bo‘ lgan
paytda,   Pompeyning   armiyasidagi   lashkarboshilar   Sezaming   xizmati   ostiga
beriladi.   Sezar   Rim   va   uning   provinsiyalarini   tubdan   o   ‘   zgartirib   yuborgan
islohotlami   amalga   oshirdi.   U   viloyatlardagi   ko‘plab   kishilarga   Rim
fiiqaroligini berdi. 
         Shuningdek, Italiya va boshqa viloyatlardan ittifoqchilami qo‘shish orqali
senat   safini   kengaytirdi.   Rim   anchagina   gavjum   shahar   edi   va   Sezaming
birinchi   harakatlari   shahaming   xarobalarini     yo‘qotishdan   iborat   boldi.   U
xarobalarni   yo‘qotib,   yangi   jamoat   binolarini   qamrab   olgan   qayta   qurishni
amalga oshirishni rejalashtiradi. 
          U   yersiz   kishilar   mol-mulkka   ega   boiishi   mumkin   boigan   koloniyalarni
ochishni boshlaydi va askarlar maoshini ko‘paytiradi. 
     
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 363-bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 2612 bet          Umuman olganda Gay Yuliy Sezaming diktatorlik davri ancha murakkab
davrlardan   biri   bo’lgandi.   Bu   davrda   bir   qator   unga   dushman   boiganlar   turli
xil   sotqinliklar   va   ig‘volari   orqali   mamlakat   ahvolini   tang   holatga   solishga
urinsalarda,   Sezar   o‘zining   qa’tiyati   va   shijoati   orqali   bu   qiyinchiliklami
yengishga intilgan. 
      Rimda Sezaming boshqamvdagi ahamiyati oshib borgani sari, unga qarshi
norozilik harakati ko‘tarildi. Ko‘plab aslzodalar va senatorlar Sezaming oshib
borayotgan kuch-qudratidan, muvaffaqiyatlari va mashhurligidan tashvishlana
boshlashdi.   Shunday   vaziyatda   Sezami   chetlashtirib   hukumatni   Senatga
qaytarishni   o‘z   ichiga   olgan   fitna   tuzib   chiqildi.   Rim   aslzodalari,   senat
a’zolariga   Sezaming   tanho   hokimligi   kerak   emas   edi.   Ular   Rimda
boshqariladigan   respublikani   saqlab   qolish   tarafdorlari   edilar.   Fitnachilaming
rejasiga   ko‘ra,   Sezaming   o’ldirilishi   bilan   hukumat   avvalgiday
respublikachilarga   qaytib,   Sezar   o   ‘zgartirgan   tartibqoidalar   yana   o‘z   holiga
qaytar edi. Shuning uchun ular Sezami oidirish payiga tushadilar. K o‘pchilik
senatorlar   Mark   Brut   va   Gay   Kassiy   boshchiligida   unga   fitna   tayyorladilar.
Mil. avv. 44- yil mart oyida Sezar Sharqqa harbiy yurish uyushtirishdan oldin
Yupiter   bayrami   kuni   senat   majlisiga   borganda   mil.   avv.   44-yil   15-martida
Senat binosida pichoqlab o’ldiriladi. 
          Gay   Yuliy   Sezami   ba’zilar   yakkahokim   sifatida   bilsalar,   ayrimlar   uchun
Sezar   Rimning   asoschisi   hisoblanadi.   Umuman   olganda,   Sezar   Rim   tarixida
jasur va aqlli shaxs sifatida qoldi. 
          Sezarning   o’limidan   so‘ng   qaytadan   fuqarolar   urushi   boshlandi   va   Rim
Respublikasi   qoldirgan   barcha   narsalar   vayron   bo’ldi.   Sezar   vafotidan   keyin
uning   dushmanlari   Rimda   va   viloyatlarda   respublikani   qayta   tiklash   uchun
kurash   boshlaganlar.   Rim   aholisining   ko‘pchiligi   fitnachilami
qoilabquvvatlamagan.   Aksincha,   ulaming   Rimdan   ko‘chib   ketishini   talab
qilganlar.   Rim   senatida   ikki   oqim   paydo   boigan.   Biri   Sitseron   boshliq
respublikachilar   boisa,   ikkinchisi   Sezaming   sobiq   yordamchisi   Antoniy
boshliq   sezarchilar   oqimi   edi.   Mil.   avv.   50-40-yillarda   bu   ikki   oqim
tarafdorlari o ‘rtasida qattiq kurash davom etgan. Bu esa mamlakatda fuqarolar
urushining avj olishiga sabab bo‘lgan.
1       “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 363-bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 2612 bet           Sezaming   uchta   tarafdori   fitnachilami   y   o‘qotish   uchun   birlashishdi.
Sezaming   18   yoshli   jiyani   va   asrandi   o‘g‘li   Oktavian   tajribali   lashkarboshi
Mark   Antoniy   va   kuchli   siyosatchi   Lepid   bilan   birlashdi.   Mil.avv.   43-   yilda
ular Rimni egallashdi va keyingi o‘n yil davomida Ikkinchi tirumvirat sifatida
boshqarishdi.  
          Ittifoqchilarrespublikachilarga   qarshi   kurashib,   Sezaming   qotillariga
berilgan   avfni   bekor   qilganlar.   Mil.avv.   40-yillar   oxirida   Italiyada
respublikachilar   va   sezarchilar   o‘rtasidagi   kurash   kuchayib   ketgan.   Rim,
Italiya   va   uning   g‘arbiy   viloyatlarida   hokimiyat   sezarchilar   qo‘   liga   o‘tgan
bo‘lsa,   qolgan   viloyatlarda   respublikachilar   ustunlikka   ega   edilar.   Mamlakat
esa fuqarolar urushi girdobiga tortilgan. 
          Pompeyning   o‘g‘li   Sekot   Pompey   esa   Sitsiliya,   Sardiniya   va   Korsika
orollarini   bosib   olgan.   Uning   floti   Italiya   qirg‘oqlaridagi   shaharlami   qamal
qilib,   Rimga   oziq-ovqat   keltirilishiga   to‘   sqinlik   qilgan.   Mil.   avv.   42   -yilda
Makedoniya,  Yunoniston,  Kichik  Osiyo  va Suriya yerlarini  bosib  olgan  Brut
va   Kassiylar   sharq   tomondan   Rimga   jiddiy   xavf   solganlar.   Umumiy
dushmanga   qarshi   kurashish   uchun   Oktavian   Antoniy   bilan   yarashib   oladi.
Shu yili Oktavian va Antoniy qo'shinlari dushman ustiga bostirib borib, Filipp
shahri yaqinida bo‘ lgan jangda ulami tor-mor qilganlar. Kassiy o‘z chodirida
o‘ldirilgan.   Bmt   esa   dushmanlariga   asir   tushishni   xohlamay,   o‘zini   qilich
tig‘iga   tashlab   halok   bo‘lgan.   Filipp   shahri   yonidagi   jangda   respublikachilar
qo‘ shini tor-mor etilgach, Rim saltanatining yerlari uch qismga taqsimlangan.
          Antoniy   0‘rtayer   dengizining   sharqiy   sohillaridagi   boy   va   madaniy
o‘lkalami olgan. Galliya, Illiriya va Ispaniya Oktavianga topshirilgan. Emiliy
Lepidga esa Shimoliy Afrika taqdim etilgan. Italiya uchalasining boshqamvida
bo‘   lsa   ham,   u   yerda   asosan   Oktavian   hukmronlik   qilgan.   Uchlar   ittifoqi
uzoqqa cho‘zilmagan. Toj-taxt ulami bir-biriga qarshi qilib qo‘ygan. 
     Antoniy 0‘rtayer dengizining sharqida katta bir davlat tuzishni ko‘zda tutib,
Parflya   va   Midiya   ustiga   yurish   qilgan.   Ammo   jiddiy   g'alabaga   erisha
olmagan. U Misr malikasi Kleopatra bilan ittifoq tuzib, Rimga qarshi kurashga
tayyorgarlik   ko‘rgan,   hatto   u   Misr   malikasi   Kleopatraga   uylangan.
Antoniyning bu hatti-harakati 2 Oktavianga yoqmagan. Oktavian Kleopatra va
Antoniyga qarshi urush e’ lon qilgan. 
1    “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi) D.Urakov 2020    
          Har   ikki   tomon   urushga   tayyorlanganlar.   Antoniy   o‘z   flotini
Yunonistonning   g‘arbidagi   Aksiya   bumi   yoniga   olib   kelib,   dengiz   jangiga
shay bo’lib turgan. 
         Oktavian floti  va qo‘  shinlari ham  shu yerga yetib keladi. Mil. avv. 31 -
yilda Aksiya bumi yonida shiddatli dengiz jangi bo‘lib o‘tgan. Dengiz jangida
Oktavian floti porloq g‘alabaga erishgan. Kleopatra bilan Antoniyning floti va
qo‘shinlari Iskandariyaga chekinishga majbur bo‘lgan. 
     Mil.avv. 31-30-yillarda Oktavian qo‘ shinlari qishni Italiyada o‘tkazganlar.
Mil.avv. 30-yili Rim qo‘ shinlari qarshilikka uchramay, Suriyani ishg‘ol qilib,
Falastinga   bostirib   kirganlar.   Shundan   keyin   Rim   qo‘shinlari   Misrga   qarab
yurganlar.   Antoniy   ulaming   bu   harakatini   qaytarmoqchi   bo‘lgan.   Ammo
rimliklar   istehkomlami   yorib   o‘tib,   Misrga   intilganlar.   Shu   vaqtda   kimdir
Antoniyga:   Kleopatra   o‘zini   o‘zi   o’ldirdi,   degan   xabami   yetkazgan.   Antoniy
o‘zini qilich tig‘ iga tashlab, og‘ ir jarohatlangan. Jarohatlangan Antoniy o'zini
Kleopatra   yoniga   olib   borishni   buyurgan.   Ammo   malika   o‘lmagan   edi.   Bu
yerda   Antoniy   o‘lgan.   Kleopatra   Rimga   zanjirband   holda   borishdan   o‘limni
afzal   ko'rib,   o'zini   o‘zi   o‘ldirgan.   Shundan   keyin   Misr   ham   Rim   viloyatiga
aylantirilgan.   Shu   bilan   Rim   saltanatidagi   fuqarolar   urushi   ham   nihoyasiga
etgan.   Shu   vaqtdan   boshlab   Oktavian   g‘   oyat   katta   Rim   saltanatining   tanho
hukmdoriga aylandi. 
      Oktavian Mismi istilo qilgach, mil. avv . 29-yilda Rimga qaytib kelgan va
zafar   bayramini   o‘tkazgan.   Mil.   avv.   27-yilda   senat   yig‘   ilishida   imperator
unvonini   olgan.   Rim   davlatida   mil.   aw   .   27-yil   Prinsipiat   tartibini   o   ‘matgan
vaqtidir.   Prinseps   -   “   birinchi   kishi”   demakdir.   U   mamlakatni   viloyatlarga
bo‘lib,   u   yerlarga   o‘ziga   sodiq   bo‘lgan   kishilardan   noiblar   tayinlagan.
Shuningdek, senatni saqlagan holda davlat ishlarini o ‘z qo'lida tutib turgan. 
          Oktavian  Avgust   ichki   siyosatda   davlatni   qayta  yangilash   yo‘lidan  bordi
hamda   o   ‘z   siyosiy   faoliyatini   boshlanishida   xalqning   suverinitetini   himoya
qildi, lekin davlatda yagona monarx edi. 
     Avgust senatorlar tarkibini 600 taga kamaytiradi, natijada senat tarkibida 2
ta   senatorlar   tabaqasi   qoldi.   Senatorlarga   mulki   senzi   qilib   1   million   sester
o‘rnatildi   va   senatorlaming   otasi   yoki   bobosi   senator   bo‘lishi   shart   etib
belgilandi. 
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 363-64 bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 261 bet Qolgan fuqarolar  mulki  senziga  ega boisa  ham  boshqa tabaqadan  bo‘lganligi
sabab,   senatdan   chiqarildi.   Oxirgi   mulk   senzi   4000   sesterga   tushirilgan   edi.
Beboniklar   va   senatorlaming   bolalari   birinchi   magistr   darajasigacha
ko‘tarilgan. 
         Oktavian Rim va Italiya shaharlarining aholisiga ko‘p homiyliklar qilgan.
Italiyaning   Rimdan   boshqa   shaharlardagi   aslzoda   kishilarga   ham   Rim
fuqarolik huquqi berilgan.
          Oktavian   Avgust   mamlakat   hayotining   nafaqat   siyosiy,   balki   ijtimoiy-
iqtisodiy jabhalarga ham alohida e’tibor qaratgan. 
       Oktavian davlati quldorlik saltanati edi. U o‘z faoliyati davomida ko‘proq
quldorlar   manfaatini   ko‘zlab   ish   yuritgan.   Shuning   uchun   qullami   asoratda
saqlash   va   ular   ustidan   nazorat   o‘rnatishni   kuchaytirgan.   U   tasodifan   qul
qilingan kishilami ozod qilishga senat qarorini chiqartirgan. 
         Oktavian Rim va Italiya shaharlarining aholisiga ko‘p homiyliklar qilgan.
Shu davrdan  boshlab  butun Apennin  yarim   oroli   Italiya  deb  atala boshlagan.
Italiyaning   Rimdan   boshqa   shaharlaridagi   aslzoda   kishilarga   ham   Rim
fuqaroligi   huquqi   berilgan.   Oktavian   davrida   qurilish,   diniy   va   madaniy
ishlarga   ham   alohida   e’tibor   berilgan.   Rimda   82   ta   ibodatxona   qurilgan   va
tiklangan. Oktavian o‘zining tashqi siyosatida Rim saltanati va zamonasining
aslzodalari   manfaatlarini   ko‘zlab   ish   yuritgan.   U   Italiyaning   shimoli-sharqiy
tomonidagi   Italiya   va   Dunay   daryosining   boshlarida   yashovchi   qabilalami
o‘ziga   itoat   ettirgan.  Bu   davrda   Rim   saltanatining  yerlari   Ispaniyadan  Suriya
va   Misrgacha   bo‘lgan   maydonlami   egallagan.   Ammo   joylardagi   qabilalar
Rimga   qarshi   ko‘p   marta   qo‘zg‘olonlar   ko‘tarishgan.   Biroq,   bu   harakatlar
qattiqqoilik   bilan   bostirilgan.   Oktavian   qo‘   shinlari   mil.   avv.   36-yilda   Sekst
Pompeyning   Sitsiliya,   Sardiniya   va   Korsikadagi   orol   davlatini   tor-mor
keltirgan.   Oktavian   hukmronligining   oxirlariga   kelib,   Rim   davlati   asta-sekin
zaiflashadi.   Shimoldan   german   qabilalarining   hujumi   boshlangan.   Endilikda
Rimning   istilochilik   urushlariga   qurbi   etmay   qolgan.   U   o‘zini-o‘zi   arang
mudofaa qilib turgan. 
     
3 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009
4 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 Milodiy   14-yilda   Oktavian   Rim   shahri   yaqinidagi   Nole   shaharchasida   vafot
etgan. Imperator vafotidan so’ ng saltanatdagi ahvol yanada og'irlashib ketgan.
Koloniya va viloyatlarda katta-katta qo‘zg‘olonlar boshlangan. Imperatorlikka
da’vogar kishilar ko‘payib, ular o'rtasida qonli kurash boshlangan. 
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 II.2..Yuliy Sezar diktaturasi
     Sezar davlatni katta kuch-qudratga ega mutloq hukmdor sifatida boshqardi.
Bu   harakat   haqiqatan   unga   cheksiz   hokimiyat   berdi,   garchi   uning   haqiqiy
kuchi   uning   legionlariga   bog'liq   bo‘lsa-da,   Diktator   Sullaga   o‘xshamagan
holda Sezar mag‘lub bo‘lgan dushmanlariga qarshi hech qanday jazo choralari
olib   bormadi.   Sobiq   dushmanlari   uning   hokimiyatiga   qarshi   bo‘lgan   paytda,
Pompeyning   armiyasidagi   lashkarboshilar   Sezaming   xizmati   ostiga   beriladi.
Sezar Rim va uning provinsiyalarini tubdan o ‘ zgartirib yuborgan islohotlami
amalga   oshirdi.   U   viloyatlardagi   ko‘plab   kishilarga   Rim   fiiqaroligini   berdi.
Shuningdek,   Italiya   va   boshqa   viloyatlardan   ittifoqchilami   qo‘shish   orqali
senat   safini   kengaytirdi.   Rim   anchagina   gavjum   shahar   edi   va   Sezaming
birinchi   harakatlari   shahaming   xarobalarini     yo‘qotishdan   iborat   bo’ldi.   U
xarobalarni   yo‘qotib,   yangi   jamoat   binolarini   qamrab   olgan   qayta   qurishni
amalga   oshirishni   rejalashtiradi.   U   yersiz   kishilar   mol-mulkka   ega   bo’lishi
mumkin   boigan   koloniyalarni   ochishni   boshlaydi   va   askarlar   maoshini
ko‘paytiradi.   Umuman   olganda   Gay   Yuliy   Sezaming   diktatorlik   davri   ancha
murakkab   davrlardan   biri   bo’lgandi.   Bu   davrda   bir   qator   unga   dushman
boiganlar   turli   xil   sotqinliklar   va   ig‘volari   orqali   mamlakat   ahvolini   tang
holatga   solishga   urinsalarda,   Sezar   o‘zining   qa’tiyati   va   shijoati   orqali   bu
qiyinchiliklami yengishga intilgan. Rimda Sezaming boshqamvdagi ahamiyati
oshib   borgani   sari,   unga   qarshi   norozilik   harakati   ko‘tarildi.   Ko‘plab
aslzodalar   va   senatorlar   Sezaming   oshib   borayotgan   kuch-qudratidan,
muvaffaqiyatlari   va   mashhurligidan   tashvishlana   boshlashdi.   Shunday
vaziyatda Sezami chetlashtirib hukumatni Senatga qaytarishni o‘z ichiga olgan
fitna   tuzib   chiqildi.   Rim   aslzodalari,   senat   a’zolariga   Sezaming   tanho
hokimligi   kerak   emas   edi.   Ular   Rimda   boshqariladigan   respublikani   saqlab
qolish   tarafdorlari   edilar.   Fitnachilaming   rejasiga   ko‘ra,   Sezaming   oidirilishi
bilan   hukumat   avvalgiday   respublikachilarga   qaytib,   Sezar   o‘zgartirgan
tartibqoidalar yana o‘z holiga qaytar edi. Shuning uchun ular Sezami oidirish
payiga tushadilar.
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 364-bet
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020 263 bet   Ko‘pchilik   senatorlar   Mark   Brut   va   Gay   Kassiy   boshchiligida   unga   fitna
tayyorladilar.   Mil.avv.   44-yil   mart   oyida   Sezar   Sharqqa   harbiy   yurish
uyushtirishdan oldin Yupiter bayrami kuni senat majlisiga borganda mil. avv.
44-yil   15-martida   Senat   binosida   pichoqlab   oidiriladi.   Gay   Yuliy   Sezami
ba’zilar yakkahokim sifatida bilsalar, ayrimlar uchun Sezar Rimning asoschisi
hisoblanadi. Umuman olganda, Sezar Rim tarixida jasur va aqlli shaxs sifatida
qoldi. Jmperiyaning boshlanishi. Sezaming oiim idan so‘ng qaytadan fuqarolar
umshi boshlandi va Rim Respublikasi qoldirgan barcha narsalar vayron boidi.
Sezar  vafotidan keyin  uning dushmanlari  Rimda va viloyatlarda respublikani
qayta   tiklash   uchun   kurash   boshlaganlar.   Rim   aholisining   ko‘pchiligi
fitnachilami   qoilabquvvatlamagan.   Aksincha,   ulaming   Rimdan   ko‘   chib
ketishini   talab qilganlar. Rim  senatida   ikki   oqim  paydo  boigan. Biri   Sitseron
boshliq   respublikachilar   boisa,   ikkinchisi   Sezaming   sobiq   yordamchisi
Antoniy boshliq sezarchilar  oqimi  edi. Mil.avv.  50-40-yillarda  bu ikki    oqim
tarafdorlari o ‘rtasida qattiq kurash davom etgan. Bu esa mamlakatda fuqarolar
urushining   avj   olishiga   sabab   bo‘lgan.   Sezaming   uchta   tarafdori   fitnachilami
yo‘qotish   uchun   birlashishdi.   Sezaming   18   yoshli   jiyani   va   asrandi   o‘g‘li
Oktavian tajribali lashkarboshi Mark Antoniy va kuchli siyosatchi Lepid bilan
birlashdi.   Mil.avv.   43-   yilda   ular   Rimni   egallashdi   va   keyingi   o‘n   yil
davomida Ikkinchi tirumvirat sifatida boshqarishdi.
1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009
2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi)
D.Urakov 2020                                             Xulosa
          Italiyaning   ko'pgina   qismini   tog'lar   egallaydi,   faqatgina   20%   hududi
tekisliklardan   iborat.   Etruriya,   Kampaniya   va   Apuliyaning   unumdor   yerlari
Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo'lganligi uchun bu
yerda   tariq,   bug'doy,   polba   ekilgan,   bog'dorchilik   zaytun   daraxtlari   va
uzumchilik   bilan   shug'ullanganlar.   Qadimgi   Italiya   suv   va   o'rmonlaiga   boy
edi. Qadimda foydali qazilmalar ko'p emas edi: temir, mis, qo'rg'oshin, oltin,
kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. Qadimgi  Italiyani  3 qismga  bo'lish
qabul   qilingan:   Shimoliy   (Liguriya,   Alp   orti   galliyasi   va   Venetsiya),   o'rta
(Etruriya,   Latsiya.   Kampaniya,   Umbriya,   Pitsen   va   Samniy)   va   janubiy
(Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). Apennin tog'lari janubiy sharqqa
cho'zilib   borib   Arelin   tumanida   Adriatik   dengizigacha   yetib   boradi,   yarim
orolning   shimoliy   qismi   markaziy   va   janubiy   qismidan   ajratib   turadi.   Uning
shimoliy   iqlimi   O'rta   Yevropa   iqlimiga   yaqinroq.   Yarim   orolning     bu   qismi
juda  hosildor   bo'lib  keyinchalik   Italiya  deb   atala   boshlandi.   Dastlab   bu   nom
yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga
nisbatan   aytilgan.   Italiyani   o'zi   Apennin   janubidan   boshlanadi.   Markaziy
Italiyani G'arbiy qismi madaniyat tarixida o'z yer tuzilishiga ko'ra muhim rol
o'ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), latin markazi Rim, Kampaniya
(Kapuya   va   Neapol   bilan)   kabi   uch   tekislik   tashkil   etadi.   Bu   yerdan
kemachilik   uchun   qiig'oqlari   qulay   tabiiy   portlari   bo'lgan   Tibr   daryosi   oqib
o'tadi. Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin,
sharqdan Alban, janubdan Volsk tog'lari bilan o'rab turishi yarim orol tarixida
latin xalqlarini yuksalishiga sabab boiadi. Italiyani sharqiy qismi togiik bo’lib,
janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yowoyi sabin tog'lari
cho'zilib ketadi. Undan so'ng Samnit tepaliklariga yetadi. Janubiy Italiyaning
g'arbiy   qismida   samnitlaiga   qarindosh   togii   qabilalar   joylashgan   togiik
Lukaniya   va   Bruttiya   yotadi.   Sharqiy   qismida   suvsiz   Apuliya   va   Kalabriya
viloyatlari   boiib   bu   yerda   Tarent   qoitigi   orqali   Yunonistondan   kolonistlar
kelgan.   Bu   yerda   Tarent,   Regey,   Kroton,   Metapont,   Posidoniya,   Eleya   kabi
ko'p   sonli   yunon   koloniyalari   barpo   etilib,   buyuk   Yunoniston   deb   atalgan.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o'rin tutadi. 
          Orolni   sharqiy   va   janubiy   hududlarini   yunonlar   egalladilar.   Bu   yerga
ilgariroq   finikiyaliklar   kelib,   Panorm   (hozirgi   Palermo)   va   Lilibey   (hoziigi
Marsala)   shaharlariga   asos   soldilar.   Qadimdan   Italiyada   apelsin   va   limon
daraxtlari o'stirilgan. Italiyaga xurmo va anomi karfagenliklar olib keldilar.              Yunonistonga   qaraganda   Italiyada   hosildor   yerlar   ko'proq.   Ayniqsa,   Po
vodiysi,   Kampaniya,   viloyati   sikurn   va   falern   navli   vinolari   bilan   mashhur
edi.   Italiyada   dehqonchilik   uchun   juda   ko'p   botqoq   yerlar   quritilib,   sun’iy
sug'orish   ishlari   amalga   oshirildi.   Bu   ishning   mohir   ustasi   etrusklar   edi.
Mamlakatda   metall   juda   kam   bo'lgani   uchun   u   chetdan   olib   kelingan.   Faqat
Etruriyadan   mis   va   qoig'oshin,   El’ba   orolida   temir   qazib   olingan.   Metallga
ishlov   berishda   etrusklar   katta   yutuqlaiga   erishdilar.   324   Qadimgi   Rim
tarixini   an’anaviy   xronologik   chegarasi   Rim   shahrini   barpo   qilinishi   754—
753-yillardan   boshlanib,   G   ‘arbiy   Rim   imperiyasining   qulashi   476-yil   bilan
tugallanadi.   Rim   tarixini   o'rganishda   turli   xil   manbalar:   Rim   va   Yunon
tarixchilarining   asarlari,   tabiiy,   ilmiy   va   badiiy   adabiyot,   huquqiy
yodgorliklar,   arxeologiya,   epigrafika,   numizmatika   va   papirologiya
ma’Iiynotlaridan   foydalaniladi.   (   Qadimgi   Rim   tarixi   bo'yicha   moddiy
manbalar   xilma-xil   bo'lib,   Italiyaning   paleolit   va   neolit   davridan   dalolat
beradigan  tosh  qurollar,  sopol   idishlar,  qoyatosh  tasvirlari  mavjud.  Shimoliy
va   o'rta   Italiyada   etrusk   madaniyatiga   tegishli   bo'lgan   sog'onalar,   uyjoy
ibodatxona   qoldiqlari   topilgan.   Rim   shahrining   o'zida   palatin,   eskvilin   va
boshqa   tepaliklarda   hamda   forumda   ko'p   sonli   qabrlar,   ibodatxona
poydevorlari, ona bo'rining jez haykali, Serviy tulliv davridagi shahar devori
qoldiqlari   qazib   ochilgan.   Italiyaning   boshqa   shaharlarida   ko'p   sonli
arxeologik   yodgorliklar   mavjud.   Jumladan,   eramizning   79-yilida   vulqon
otilishi natijasida kul ostiga qolib ketgan Pompeya va Gerkulanum shaharlari
arxeologlar tomonidan to‘la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko'chalar, uylar,
ibodatxonalar to'laligicha saqlanib qolgan va eramizdan awalgi birinchi ming
yillikdan   eramizning   II   asrigacha   mavjud   bo'lgan   shahar   me’morchiligi
to'g'risida   boy   ma’lumotlar   beradi.     Moddiy   madaniyat   yodgorliklarida
ba’zida   yozuvlar   ko'p   bo'lgan.   Qazib   ochilgan   inshootlardan   etrusk,   latin,
yunon   yozuvlari   topilgan.   Bu   yozuvlar   bino   devorlari,   sopol   idishlarda   va
toshlarga   bitilgan.   Rim   tarixi   bo'yicha   eng   qimmatli   manbalardan   biri   bu
yozma   adabiyotdir.   Er.avv   III   asrdan   boshlanib   Rim   xalqaro   siyosatda
yetakchi   rol   o'ynashi   bilan   uning   tarixi   to'g'risida   boy   ma’lumotlar   to'plana
boshlandi. Er.avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim
tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo'ldi.  
          Rim   respublikasini   so'nggi   davridagi   yirik   siyosiy   arboblar   Sitseron   va
Sezaming asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I
asrida Velley Patirkulning ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida
Rimning   ichki   va   tashqi   siyosati,   diniy   hayoti   to'g'risida   boy   ma’lumotlar berilgan.   Velley   Patirkulning   ikki   jildli   asanda   Rim   butun   dunyo   tarixi
markazi   sifatida   tasvirlangan.Rim   tarixshunosligining   eng   yirik   vakili   Tatsit
(eramizning   I   asrining   2-yarmi,   I   asrning   boshlari)   asarlarida   eramizning   I
asridagi  voqealar  va  Rim  tarixiga  oid  german  qabilalari   to‘g‘risida   qimmatli
maiumotlar   berilgan.   II—III   asrlar   tarixiga   oid   asarlar   to‘la   saqlanmagan.
Ulami ichida IV asrda tuzilgan «Avgustlar tarixi yozuvchilari», «imperatorlar
taijimai   hollari»   kabi   to‘plamlami   ko'rsatish   mumkin.   So'nggi   imperiyaning
yirik   tarixchisi   Ammian   Martsellin   asarlarida   tarixiy   voqealar   eramizning
378-yiligacha   bayon   qilingan.   Qadimgi   Rim   tarixi   bo'yicha   muhim
ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy  (III asr)
asarlarida mavjud. Bundan tashqari, tarixiy voqealami borishini tiklash uchun
Askoniy   Pidian   (eramizning   I   asri),  Lutsiy   Anney  Flor   (II   asr)   Evtropiy  (IV
asr)   kabi   imperiya   davri   yozuvchilarining   yirik   asarlari,   har   xil
kompendiyalar,   yozuvchilarning   yirik   asarlari,   xronografiyalar   va   obzorlami
ko'rsatish   mumkin.   Rim   shahrining   arxeologik   yodgorliklari   alohida
ahamiyatga   ega.   Bu   yerdan   topilgan   qabrlar,   uy-joylar,   jamoat   binolari,
mudofaa devorlari, Rim fommi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo'lib
xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hoziigi kungacha bu yodgorliklami tarixiy-
madaniy jihatdan to'la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan
qimmatli bo'lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar. Rimning etrusklar
davri,   respublika   imperiya   davrlari,   diniy   hayoti   bo'yicha   qimmatli
maiumotlar   qadimgi   kohinlar   kollegiya   jadvallari,   qabrtosh   yozuvlari,
nasroniy   dini   kitoblari,   nasroniy   tarixchilarning   asarlari   orqali   bilib   olish
mumkin.   Rim   davlatiga   oid   davlat   aktlari,   senat   qarorlari   va   sud   i.„jj~Hori
Rim   kalendari   kabi   tarixiy   hujjatlar   mavjud.   Rim   mifologiyasi,   falsafa,
adabiyot,   karriediya   kabi   yozma   yodgorliklari   bizgacha   juda   katta   miqyosda
yetib   kelgan.   Shu   bilan   birga   Rim   imperiyasi   qaramog'ida   boigan   Italiyadan
tashqari   Yevropaning   boshqa   hududlarida,   Osiyo,   Afrikada   ko'p   miqdorda
me’moriy   inshootlar:   saroy-ibodatxona,   mudofaa   inshootlari   qoldiqlari,
ko'priklar,   portlar   saqlanib   qolgan.Rivoyatlaiga   ko‘ra   Rim   shahriga   er.   aw.
753-yil 21-aprelda asos solingan. «Qadimgi Rim» tushunchasi o‘n ikki asrdan
ortiqroq   tarixni   o'z   ichiga   olgan   (er.   aw.   753-yil   21-apreldan   boshlanib,
eramizning   476-yil   23-avgustida   G'arbiy   Rim   imperiyasining   halokati   bilan
tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o'z ichiga oladi. 
         Boshida uncha katta polis bo'lmagan Rim  er. aw. 265-yilga kelib, butun
Italiyani   o'ziga   bo'ysundirdi,   er.   aw.   II   asr   o'rtalarida   eng   qudratli   O'rtayer
dengizi   davlatiga   aylandi.   Eramizning   I—II   asrlariga   kelib,   O'rtayer   dengizi
qadimgi   sivilizatsiyalarini   ulkan   madaniy   merosini   o'zlashtirgan   bepoyon
imperiya   bo'ldi.   Jahon   tarixida   antik  madaniyatning   buyuk   yutuqlarini   qabul qilgan,   o'zlashtiigan   va   keyingi   avlodlarga   yetkazgan   davlat   va   jamiyat
sifatida   Qadimgi   Rimning   muhim   o'mi   belgilanadi.   Qadimgi   Rim   davlati   va
jamiyati   tarixi   uzluksiz   taraqqiyot   jarayonida   bo'lgan   iqtisodiy-siyosiy,
madaniy   va   ijtimoiy   voqelikdir.   Rim   tarixi   uning   taraqqiyotini   belgilovchi
tarixiy jarayonlarga ko'ra olti daviga bo'linadi: Podsho Rimi (er. aw. VIII—VI
asrlar). Bu vaqtda urug' qabila munosabatlari, tuzilmalari yemiriladi, ilk sinfiy
jamiyat   paydo   bo'ladi   va   Rimning   bo'lajak   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida asos bo'lib xizmat qilgan ilk davlat muassasalari shakllanadi; Ilk
respublika   davri   (er.   aw.   V—III   asrlar).   U   Italiyada   quldorlik   jamiyati   va
davlatining intensiv taraqqiyoti bilan belgilanadi. So'nggi respublika davri (er.
aw.   II—I   asrlar).   Bu   vaqtda   klassik   qulchilik   shakllanadigan   Rim   O'rtayer
dengizi   davlati   tashkil   topadi.   Ilk   imperiya   yoki   prinsipat   (eramizning   I—II
asrlari).   Bu   davr   Rim   imperiyasining   oltin   davri,   O'rtayer   dengizi   antik
sivilizatsiyasining   gullab-yashnashi,   iqdisodiyot   va   madaniyatning   o'sishi
bilan   belgilanadi.   Umumiy   tushkunlik   Rim   imperiyasining   yemirilish   xavfi
(eramizning III asri). Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilmalarida kuchli
tushkunlik  belgilari   yaqqol   ko'rinadi   va  Rim   davlatchiligining  halokati   xavfi
tug'iladi.   So'nggi   Rim   imperiyasi   yoki   Dominat   (eramizning   IV—V   asrlari).
Bu davr  quldorlik jamiyatining yemirilishi, unin;;  bag'rida feodalizmning ilk
belgilarini shakllanishi va g'aibiy Rim imperiyasini qulashi bilan belgilanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima, M.   — L., 1964; Utchenko S. L., 
Krizis i padeniye Rimskoy respubliki, M., 1965; Sokolov G., Iskusstvo 
Drevnego Rima, M., 1971; Alimuhamedov A., Antik adabiyo t tarixi, T., ʻ
1975. Muhammadjon Rahimov, Abduxalil Mavrulov.     Odoacer, who 
dethroned the last Roman emperor Romulus Augustulus in 476, neither used
the imperial insignia nor the colour purple, which was used by the emperor 
in Byzantium only."“  
2. ↑   Jump up to: 19,0
  19,1
  Peter, Heather   „The Fall of Rome“ .   BBC . BBC. Qaraldi:   11-
fevral 2020-yil.
3. ↑     Gibbon, Edward „Gothic Kingdom Of Italy.—Part II.“, . History Of The 
Decline And Fall Of The Roman Empire   (en). England: Harper & Brothers, 
1776.   „"The patrician Orestes had married the daughter of Count Romulus, 
of Petovio in Noricum: the name of Augustus, notwithstanding the jealousy 
of power, was known at Aquileia as a familiar surname; and the appellations
of the two great founders, of the city and of the monarchy, were thus 
strangely united in the last of their successors.", "The life of this inoffensive
youth was spared by the generous clemency of Odoacer; who dismissed 
him, with his whole family, from the Imperial palace"“  
4. 1.“Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009
5. 2.“ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi) D.Urakov 
2020

Rim Respublikasi inqirozi va Rim imperiyasi ilk davri Kirish Asosiy qism. I.Bob Rim respublikasining inqirozi I.1.Rim Respublikasining tushkunligi I.2.Sulla diktaturasining o rnatilishi ʻ I.3.Spartak boshchiligida qullar qo zg oloni ʻ ʻ II.Bob.Respublikaning qulashi va ilk imperiya davri haqida II.1.Pompeyning sharqqa yurishlari 1-triumvat 2-triumvat II.2..Yuliy Sezar diktaturasi II.3.Rimda ilk imperiya davri Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati ʻ .

Kurs ishining maqsadi : Zamonaviy Rim shahri hozirgi kunda Italiya Respublikasining poytaxti, G‘arbiy Yevropaning yirik shaharlaridan biridir. Lekin qadimgi davr uchun Rim mil.avv.VI asrda vujudga kelgan madaniylashgan davlat va jamiyatni bildiradigan tarixiy termin hisoblanadi. Dastlab Apennin yarimorolida yuzaga kelgan, keyinchalik butun 0‘rtayer dengizi havzasini egallagan “Qadimgi Rim” atamasi Rimda sivilizatsiya boshlangan davr bilan bog'liq. Lekin undan oldin esa rimlik yoki italyan bo‘lmagan markazlar, ya’ni Sitsiliya va Janubiy Italiya hududlaridagi, etrusk shaharlarida sivilizatsiyalarning vujudga kelishi mil. avv. VIII-VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Apennin yarimoroli o‘zining ko‘rinishi bilan etikchani eslatadi. Uning geologik davomiyligi Sitsiliya oroli, Italiyadan 3 kilometrlik Messin quruqligidan ajralib chiqish bilan bogiiq. Sitsiliyaning shimolida kichkina Lipar (Eoliya) orolchasi joylashgan. Kurs ishining vazifasi: Italiyaning g‘arbiy qirg‘og‘ida Sardiniya va Korsika orollari, qirg‘oqqa yaqin joyda Elba va Kapri orollari joylashgan. Uning hamma tarafida Tirren dengizi to‘lqinlanib, janub tarafdan Ioniya, sharqdan Adriatika dengizi suvlari yuvib turadi. Italiyaning Tirren dengizidan ajralgan va janubiy hududlarida dengizchilik rivoj topgan. Sharqiy qirg‘oq liniyasi dengizdan ajralgan bo‘lib, bu yerda dengizchilik bilan shug‘ullanish noqulaylik tug‘diradi. Italiyaning shimolida mustahkam Alp tog‘lari qad rostlagan, markazda uncha baland bo‘lmagan yosh Apennin tog‘i, harakatdagi Vezuviy vulqoni bo‘lgan. Italiyaning maydoni va hududlari Yunonistonga o‘xshaydi. Farqli tomonlari Etruriya va uning qizil yerlari, Kampaniya va uning bir qismi hisoblangan Latsiyaning vulqonli tuprog‘i, Apuliyaning qora yerlaridir. Italiya Yunonistonga qaraganda suv resurslariga boy. Yirik suv tarmoqlaridan biri - Padus bo‘lib, o‘z suvini Adriatika dengiziga quyib, tarmoqlanadi. Padusning irmoqlari chapdan Titsin, katta va kichik Duriya, o‘ng tarafdan 211 Trebiya va Parmadir. Bu daryolar havzasida juda ko‘plab o‘tloqlar mavjud. Adriatika o‘z suvini Rubikon, Metavr, Aufid daryosiga etkazadi. Tirren dengiziga Amo, Tibr, Liris, Voltum daryolari o‘z suvlarini quyadi. Apennin tog'idagi qorlaming erishi bilan uncha katta bo‘lmagan yuqoridagi daryolar toshib, aholiga ko‘p talofotlar yetkazgan. Toskaniya va Pompiniyada botqoqlar bo‘lib, ulardan o‘tish aholi uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Italiyada к о'liar ham anchagina. Masalan: Alp tog‘lari etagida Verban(Major), Benak(Garda), Etruriyada Trazmimin, Latsiyada Regil, Alban, Samniyada Futsin ko‘li mavjud.

Kurs ishining dolzarbligi. Miloddan avvalgi I mingy illik o‘rtalarigacha Italiyada iqlim salqin va nam bo‘lgan, shimoliy hududlarda deyarli hayot bo‘lmagan-o‘lik hududlar hisoblangan. Italiyaning qolgan hududlari esa subtropik iqlimga ega bo‘lib, janubda qor juda kamdan-kam yoqqan. Italiyaning o‘simlik dunyosi juda boy bo‘lgan. Alpning 1700 metr balandlikdagi qismlarida ninabargli daraxtlar: qarag‘ay, archalar, Markaziy Italiyada esa sarv, qayinlar, janubda hamisha ko‘m-ko‘k tusga ega bo‘lgan ulkan daraxtlar bo‘lgan. Qadimgi davrda Italiyada nok, olma, uzum yetishtirilgan, janubda esa bodom va anor parvarish qilingan. Dehqonlar bug‘doy, arpa, polba va boshqa donli ekinlami yetishtirishgan. Tomorqa dehqonchiligida esa asosan yuqorida ta’kidlanganidek, dukkakli ekinlar etishtirilgan. 0 ‘rmonlarda bo‘ri, ayiq, quyonlar, tog‘li joylarda ohular yurgan. Manbalarga ko‘ra Italiyaning nomi “Vitulus” - “buqa”, “buqacha” so‘zidan olingan, boshqa bir variantga ko‘ra Bovian shalirining nomlanishi shu yerdan olingan. Dengizlar ham baliq va mollyuskalarga boy bo‘lgan. Tarent ko'rfazida chig‘anoqlardan marvaridlar olingan. Foydali qazilmalaming turli xillari bo‘lib, temir va mis Ilva oroli va Janubiy Etruriyadan, kumush Bruttiyadan, oltin Alpdan, qurilish toshlari va marmar Apennindan, Kampaniyadan esa tuz va soz tuproq olingan.

I.BOB.Rim respublikasining inqirozi I.1.Rim Respublikasining tushkunligi Rim respublikasi o‘z hududini kengaytirib borgan sari boshqaruvning respublika shakli shuncha beqaror bo‘ lib boraverdi. Oxir-oqibatda respublika shakli o‘z o‘mini Rimda diktatorlar tomonidan boshqariladigan qudratli imperiyalarga bo‘shatib berdi. Boylik va Rim chegaralarining kengayishi ko‘plab muammolami keltirib chiqardi. Eng jiddiy norozilik jamiyatning quyi tabaqalari orasida o‘sib bordi va harbiy buyurtmalarda ham pasayish boshlandi. Bu muammolar respublikani larzaga kelishiga va yangi siyosiy tuzumni vujudga kelishiga olib keldi. Rim rivojlangani sari boylar va kambag‘allar orasidagi farq yana ham kengayib bordi. Rimning ko‘plab yirik yer egalari farovon sharoitlarda yashashardi. Turli xil urushlar davomida egallangan xalqlarga mansub bo‘lgan minglab kishilar shunday sharoitlarda 241 ishlashga majbur bo‘lganlar. Mil. avv. 100-yilga kelib qulga aylantirilgan fuqarolar Rim aholisining 1/3 qismini tashkil qilar edi. Mayda dehqonlar qullar mehnatidan foydalanadigan katta imkoniyatga ega bo’lgan kishilar bilan raqobatlashishga majbur boiardilar. Ulaming katta qismi o‘ z yerlarini boy yer egalariga sotdilar va uysiz, ishsizga aylanadilar. Katta qismi qishloq joylarda qolganlar va mavsumiy ishchilar sifatida ishlay boshladilar. Ba’zilari Rimga va boshqa shaharlarga ish qidirib ketadi. Ular Rim jamiyatining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan shahar kambag‘allari toifasiga qo‘shiladilar. Ikki aka-ukalar Tiberiy va Gay Grakxlar Rim kambag‘ allariga yordam berish uchun harakat qildilar. Qullaming dahshatli harakatlari va Ispaniyadagi harbiy muvaffaqiyatsizliklar Rim davlatining kuchsizlanganini ko‘rsatdi. Nobiletetning nazoratsiz yakka hukmronligi erkin aholining katta qatlamini tashkil qilgan mayda yer egalarining xonavayron boiishi jamiyatda o‘tkir norozilik kayfiyatini vujudga keltirib, davlat tuzumi va boshqaruvini sog’lomlashtirish, 1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov.2009 ,350 bet 2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi) D.Urakov 2020.241 bet

jamiyatdagi birlikni mustahkamlash, tashqi siyosatni kuchaytirish borasidagi islohatlar o‘tkazishni talab qildi. Dastlab xalq tribuni Tiberiy Simproniy Grakx tamonidan mil.avv. 133-yili qonun loyihasi tayyorlandi. Tiberiy Simproniy Grakx ( mil.avv. 162-133 -yy) Rimning taniqli urug1 nobilitetlaridan biri edi. Tiberiyning fikricha radikal islohatlar o‘tkazish zarur bo’lib, ular Rim hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi tura oladigan jamiyatning-tayanch kuchini yaratishdan iborat edi. Tiberiyning bu intilishlari Rim nobilitetlari - mil. avv. 133-yilgacha konsul bolgan Appiy Klavdiy, Mutsiy Sevola, Lutsiniy Krasslar tomonidan qoilab-quvvatlangan. Tiberiyning qarashlariga ko‘ ra, Rim hukmdorligining qulashini asosiy sababi mayda yer egalarining qashshoqlashuvi bo’lgan. Tiberiy bu jarayonni to‘xtatish uchun agrar islohot o‘tkazishni zarur deb topdi. Bundan oldin ham agrar islohot haqida bir qancha g‘oyalar mavjud boigan. Masalan, mil. aw . II asr o‘ rtalarida Mark Porsiy Katon agrar islohot o ‘tkazish taklifi bilan chiqqan edi. Mil. aw . 141-yilda Gay Liliy ma’ suliyatli qonun loyihasini tayyorlagan ham edi. Ammo o ‘ shanda agrar islohatga qarshi yirik yer egalari va quldorlardan iborat qarshilik kuchlari vujudga kelib, ulaming ta’ siri ostida Liliy yer islohati haqidagi 242 taklifini xalq yig‘ ilishiga kirita olmadi. Bu harakati uchun nobilitet o ‘rtasida ” Dono” degan laqabga sazovor bo‘ ldi. Mil.avv. 134-yil dekabrda Tiberiy xalq tribuni vazifasini bajaruvchi lavozimiga ko‘tarildi. Tez orada u agrar islohot haqidagi qonun loyihasini xalq muhokamasiga qo‘ ydi. Qonun loyihasida yer egaligining miqdorini cheklash, davlatdan fuqarolaming yerlarini ijaraga olish tizimini y o‘ lga qo‘ yishni belgilar edi. Ijaraga yer olish normasi shudgor qilinadigan 500 yugerni olish, agar dehqonning voyaga yetgan o ‘ g‘ illari bo‘ lsa ular uchun ham 250 yugerdan ijaraga olish mumkin bo‘ ladigan bo‘ ldi. Bir oila 1000 yugerdan ko‘p yer bilan shug‘ ullanishi mumkin emas edi. Agar yer qo'yilgan normadan ko‘payib ketsa davlatga qaytarilishi nazarda tutildi. Tortib olingan yerlardan davlatning yangi yer fondlari shakllantirilib, ular ham o‘z navbatida 30 yugerdan kichik uchastkalarga bo‘ linib, yersiz va kam yerli fuqarolarga bo‘ lib beriladi. Ushbu yer uchastkalarini olgan Rim fuqarolari uncha katta bo‘lmagan davlat solig‘ ini to‘ lashi kerak bo‘ lgan, ushbu yerni sotish va birovga hadya qilish huquqiga ega bo‘lmagan. 1 “Qadimgi dunyo tarixi“ R.Rajabov 2009. 351 bet 2 “ Jahon Tarixi (Qadimgi sharq, Yunoniston va Rim tarixi) D.Urakov 2020. 242 bet