Rim respublikasi inqirozi va ilk imperiya davri
Mavzu: Rim respublikasi inqirozi va ilk imperiya davri Reja: Kirish: I-bob. Rim respublikasi qulashi. 1.1. Birinchi triumvirat, yoki Pompeyning sharqqa yurishlari. 1.2. Ikkinchi triumvirat. 1.3. Rim respublikasi qulashi asosiy sabablar. II-bob. Ilk imperiya davri. 2.1. Avgust prinsipati. 2.2. Rim imperiyasi eramizning I asrida. 2.3. Rim imperiyasing oltin davri. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish: Kurs ishining dolzarbligi: Kurs ishining dolzarbligi shunda iboratki bu Rim respublikasi va ilk imperiya davrida qurilgan imoratlarni yodgorliklarni qoldiqlarini urganish yuq bulib ketishini oldini olish. Ularni kiyingi avlodga ham qoldirish yuq bulib ketayotganlarini qayta tiklash va rekanstruksiya qilish kerak.
2 Kurs ishining maqsadi: Rim respublikasining qulashi va ilk imperiya davridagi malumotlarni urganib hato va kamchiliklarini kurib chiqish va undan hulosa chiqarish hamda hozirgi davirga ham ayrim jihatlarini tadbiq etish. Usha davirda qilingan xato va kamchiliklardan tug’ri hulosa chiqargan holda davlatni boshqarish uchun juda zarurdir. Kurs ishining vazifasi: Rim respublikasini qulashini va ilk imperiya davri barpo bulishini urganib chiqish. Shu davrdagi siyosiy ahvolni urganish hamda aholi turmush tarzi urushlar bunyodkorliklar va kuplab sohalarni kurib chiqish. I bob: Rim respublikasi qulashi. 1.1. Birinchi triumvirat, yoki Pompeyning sharqqa yurishlari. Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'oloni bilan bir vaqtda Mitridat bilan (er. aw. 74—64-yillar) yangi urush boshlandi. Mitridat haqiqiy sharq despoti bo'lib, o'z onasi, ukasi, o'zi bilan nikohda bo'lgan singillarini, 3 o'g'li va 3 qizini o'limiga aybdor edi. U 300 ming kishilik qo'shinga, 400 kemadan iborat kuchli flotga ega edi. Dastlab Rim qo'shinlariga tajribali sarkarda Likulli boshchilik qilib bir qancha yutuqlarga erishdi, lekin Mitridatni yenga olmadi. Bundan tashqari, u qattiqqo'lligi bilan legionerlaming noroziligini tug'dirdi. Shunda senatning irodasiga qarshi xalq yig'ini sharqda qo'mondonlikni Gney Pompeyga topshirdi. Gney Pompey Sulla davrida tanilib, fuqarolar urushi davrida Sullani qo'llagan edi. Keyin esa uni Spartakka qarshi Krass qo'shiniga yordamga yubordilar. Er. aw. 70-yilda Pompey va Krass konsul etib saylandilar, Krass ovatsiya (piyoda triumf)da, Pompey triumfga sazovor bo'ldi, Pompey qo'shinlari rag'batlantirildi. Pompey O'rtayer dengizi qirg'oqlarini talagan dengiz qaroqchilarini tugatib, Rimda katta obro'ga ega bo'ldi.
G'ayratli sarkarda Pont podshosini tor-mor qilib, Armanistonni vassal davlatga aylantirdi. Pompey Bosfor podsholigida Mitridatga qarshi qo'zg'olon uyushtirib uni o'zini o'ldirishiga majbur qildi hamda Suriya va Yahudiyani istilo qildi. Kichik Osiyoda Rim hokimiyatini qayta tikladi. Urushdan keyin Rimda uning sharafiga zafar (triunf)uyushtirildi va Pompey sharqda 22 podsho ustidan g'alaba qildi, 12 mln. kishini bo'ysundirdi, 1538 shahar va qal’alami istilo qildi deb, e’lon 3 qilindi. Pompeyning sharqiy yurishi Ellin sharq mamlakatlarini Misrdan tashqari Rimga bo'ysundirishni tugalladi. Pompey Rimga qaytgan paytda qarzlami bekor qilish va davlat to'ntarishi amalga oshirish maqsadi bo'lgan qarzga botgan patritsiy Lutsiy Sergiy Katilina boshchilik qilgan harakatning fitnasi bostirildi. Etruriyada Katilina va uning uch ming kishilik tarafdorlari shafqatsiz jangda o'ldirildi. Katilina fitnasidan tez o'tmay Rimda siyosiy hokimiyat I triumviratni (er. aw. 60-yil «Uch erkak ittifoqi») tashkil etgan uch taniqli siyosiy arbob Pompey, Krass va Sezar qo'liga o'tdi. Gay Yuliy Sezar (er. aw. 100-yilda tug'ilgan) bu vaqtda Krass va Pompey kabi obro'ga ega emas edi. Lekin u shuhratparast, shijoatli bo'lgani uchun tez orada I triumviratning amaldagi rahbari bo'ldi, bundan tashqari u er. aw. 59-yilda kelishuviga binoan konsul qilib saylandi. Sezar agrar qonun loyihasini amalga oshirdi, natijada Pompeyning sobiq jangchi-veteranlari yer ulushlariga ega bo'ldilar. Sezar hokimiyat uchun kurashda shahar va qishloq plebsi, uning mustahkam tayanchi bo'lib xizmat qila olmasligini tushunar edi. Buning uchun yaxshi qurollangan sadoqatli qo'shin kerak edi. Bu qo'shinni tashkil qilish uchun katta miqdorda mablag' toppish maqsadida Sezar
Galliya provinsiyasiga S yil noiblik lavozimini olishga erishdi. Lekin Galliya hali Rimga tobe emas edi. Senat Galliyani bo'ysundirish uchun Sezaiga qo'shin to'plashga ruxsat berdi. Galliyani istilo qilish yetti yil davom etdi. Boshda Sezar gelvet (hoziigi Shvetsariya hududida yashovchi) qabilasiga qarshi, keyin esa german qabilalaridan bo'lgan Ariovis boshchiligidagi svevlaiga qarshi ulami harakatlarini olib bordi. Nihoyat belg qabilalari bilan keskin kurashdan keyin Galliya bo'ysundirildi va er. aw. 57-yilda Rim provinsiyasi deb e’lon qilindi. Er. aw. 56-yil bahor oyida Sezarning Galliyadagi vakolati yana 5 yilga uzaytirildi. Sezar er. aw. 55-yilda german qabilalariga qarshi Reyn Qrtiga, er. aw. 54-yilda esa Britaniyaga yurish qildi. Lekin er. aw. 54-yilda buyuk gall qo'zg'oloni yuz berdi. Bu qo'zg'olon arvem qabilalari tashabbusi bilan boshlanib, qo'zg'olonga qobiliyatli yo'lboshchi Versingetorik boshchilik qildi. Rimliklar juda qiyin ahvolga tushib qoldilar. Sezarda 60 ming qo'shin, qo'zg'olonchilarda 300 ming kishi bor edi. Faqat Sezarning harbiy, tashkilotchilik qobiliyati, uning diplomatik san’ati, qo'zg'olonchilar ichida o'zaro kelishmovchiliklar kelib chiqishiga olib keldi, natijada rimliklar bu qo'zg'olonni bostirdilar. Qo'zg'olonning so'ngi o'choqlari er. aw. 51-yilda tugatildi. Galliya istilosi natijalari ulkan edi. Sezar 300 qabilani bo'ysundiidi, 800 shahami qamal qilib oldi, 1 mln. kishini asir oldi. Rimliklar qo'liga ulkan miqdorda o'lja tushdi: Rimda oltin qadoqlab sotildi va uning bahosi juda pastga tushib ketdi. 4 Bularni hammasi Rimda Sezami obro'-e’tiborini oshirib yuboidi. Galliyada urush harakatlari tugamasdan I triumvirat amalda tugadi. Krass Parfiyaga yurish vaqtida yengilib halok bo'ldi. Sezarning yutuqlari va obro' e’tiborining oshib ketishi u bilan Pompey orasidagi munosabatlarda keskinlik va dushmanlikka sabab bo'ldi. Galliyada Sezarning vakolati tugadi, u o'z qo'shinini tarqatishi lozim edi. Lekin u
qo'shinni tarqatmadi. Sezarning kuchli qo'shinidan qo'iqib qolgan senat uni vatan dushmani deb e’lon qildi. Uning raqibi Pompeyga Italiyada qo'shin to'plab, Sezaiga qarshi chiqishga topshiriq berdi. Nozik diplomat va uzoqni ko'ra oladigan siyosatchi bo'lgan Sezar Rimdagi vaziyatni kuzatib Galliya noibligi davridan boshlab katta miqdorda pora berish bilan o'z tarafdoriariga ega bo'lgan edi. Sezar Pompey qo'shinlarini kutib turmadi. U er. aw. 49-yil yanvarida shimoliy Italiyaning chegarasi bo'lgan kichik Rubikon daryosidan o'tdi. Qonunga ko'ra bu daryodan o'tgan har qanday qurollangan qo'shin Rim dushmani deb hisoblanar edi. Aytishlaricha daryodan o'tish oldidan Sezar uzoq o'ylanib turib, «qur’a tashlandi» deb xitob qiladi va qo'shinga daryodan o'tishga buyruq beradi. Shimoliy Italiyaning shaharlari Sezar qo'shinlariga deyarli qarshilik ko'rsatmadilar. Pompey qo'l ostida jangovar qo'shin bo'lmaganligi uchun er. aw. 49-yil 17-yanvarida janubga qo'shin yig'ishga jo'nab ketdi. Uning orqasidan vahimaga tushgan konsullar va senatning ko'pgina senatorial qochib ketdilar. 1-Rasm. Rimda senat y ig’ilishi. 5