ROSSIYANING KAVKAZDAGI SIYOSATI
Rossiyaning Kavkazdagi siyosati Mundarija Kirish … …………………………………………………………………….3-8 I.Bob. Rus podsholigining Kavkaz mintaqasiga qiziqishining ortib borishi .. 1.1. Kavkazning geografik joylashuvi va qisqacha tarixi………………… 9-14 1.2. Rus podsholigi va Kavkaz hududi o`rtasidagi aloqalarning shakllana borishi va harbiy ekspeditsiyalarning tashkil etilishi …………………………………15-22 II.Bob. Kavkazning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi………….. 2.1. Rossiya imperiyasining Kavkaz hududiga amalga oshirilgan keng ko`lamdagi harbiy harakatlari…………………………………………………………23-32 2.2. Kavkaz xalqlarining rus bosqiniga qarshi mardonovar kurashi………33- 49 III. Bob. XX-XXI asr boshlarida Kavkazdagi vaziyat………………………. 3.1. Kavkaz SSSR tarkibida………………………………………………50-66 3.2. XX asr oxiri XXI asr boshlarida Kavkazdagi siyosiy jarayonlar va unga Rossiyaning munosabati…………………………………………...........67-79 IV. Xulosa……………………………………………………………… 80-81 V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………… 82-84. 1
Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli demokratiya yo‘lidan rivojlanayotgan yurtimizda tarixiy manbalarga tayangan holda, tarixiy voqeylikni bo‘yab ko‘rsatmasdan, o‘z ko‘rinishida yoritish, uni xolis tadqiq etishga sharoit yaratildi. Shu munosabat bilan yurtimizda tarix faniga alohida e’tibor qaratilib, nafaqat Vatan tarixi, shuningdek Jahon tarixini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, jahon tarixida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, globallashuv sharoiti O‘zbekistonga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Zero, O‘zbekiston tarixi- Jahon tarixining ajralmas qismidir. Kavkaz juda qulay geografik hududda joylashgan. Bu hududning iqlimi, tabiati va strategik ahamiyati qadimdan boshqa xalqlarni o`ziga qaratib kelgan. Qadimgi va o`rta asrlarda bu hudud juda ko`plab bosqinchilarga o`lja bo`lgan. Misol sifatida mo`g`ullar bu hududlarni vayronaga aylantirdi. Kavkazga nafaqat sharq xalqlari qiziqqan balki, g`arb xalqlari ham bu hududda o`z siyosatini yurgazish uchun harakat qilib kelgan. Shunday davlatlardan biri Rossiyadir. Rossiya hududida o`rta asrlarda mavjud bo`lgan Kiyev Rusi knyazlari Kavkaz mintaqasini o`z ta`siri doirasiga o`tkazish siyosatini boshlagan. Kiyev Rusining Kavkaz hududiga amalga oshirgan harbiy harakatlari maqsadi bu hududni egallab olish emas, balki bu hududda tashkil topgan Avar xaqonligiga kuchli zarba berib, ularning Rus yeriga bo`ladigan bosqinini butunlay tugatishdan iborat bo`lgan. Kiyev Rusining Kavkaz hududiga bo`lgan qiziqishini mog`ullar hujumi ancha vaqtgacha ortga surishiga sabab bo`lgan. Moskva atrofida birlashgan rus yerlari Ivan Grozniy davrida Sharqqa qarab o`z chegarasini kengaytirib borgan. Buning natijasida rus yerlarining chegarasi Kavkaz bilan tutashib ketadi. Natijada bu hududga bo`lgan qiziqish asta-sekin kuchaya boshlagan. Kavkaz yerlariga Rossiyaning tom ma’nodagi harbiy harakatlari Pyotr I davrdan boshlangan. U o`z davlat sarhadlarini Kavkaz hududi hisobiga yanada 2
kengaytirishga harakat qiladi. Bu harakatlar natijasida Kavkaz hududi asta-sekinlik bilan Rossiya ta`siriga tusha boshlagan. Pyotr I davridan boshlangan harbiy harakatlar XIX asr ikkinchi yarimigacha davom etdi. Natijada bu davrga kelib, Kavkaz hududi Rossiya ixtiyoriga to`la o`tgan. Rossiyaning Kavkazda amalga oshirgan harbiy siyosiy harakatlari hozirgi kungacha o`z dolzarbligini yoqotmagan. XVIII asr boshlaridan yuzaga kelgan muhim harbiy harakatlar natijasi bugungi kunda ham o`z ta`sirini saqlab kelmoqda. Hozirgi kunda ham mintaqadagi bo`layotgan har qanday o`zgarishga qaysidir ma`noda Rossiyaning ham ta`siri borligini sezishimiz mumkin. Shu va boshqa jihatlarni e`tiborga olgan holda tadqiqot mavzusi sifatida Rossiyaning Kavkazda amalga oshirga siyosati mavzusini tanladim. Tadqiqot obyekti va predmeti. Rossiyaning Kavkaz hududida amalga oshirgan siyosati tarixini ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Rossiyaning Kavkaz mintaqasini o`z ta`siriga tushirish maqsadida olib borgan harbiy harakatlari, diplomatik aloqalari tarixini o`rganish tadqiqot ishining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi Rossiyaning Kavkaz mintaqasida amalga oshirgan siyosatining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tomondan ochib berish va asosiy tendensiyalarini tadqiq etishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrlik dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi: Kavkaz hududining geostrategik joylashuvini o`rganish Kiyev Rusi va Kavkaz mintaqasi o`rtasidagi amalga oshirilgan ilk aloqalarni tahlil qilish ; Rossiyaning Kavkazga bo`lgan siyosatining o`zgarib borishini tadqiq qilish; Rossiyaning Kavkaz mintaqasini o`z hududiga qo`shib olish uchun harakatlarning boshlanishini o`rganish; 3
Rossiyaning Kavkaz tomonidan egallanish jarayonini to`liq ochib berish; Shimoliy Kavkaz va Janubiy Kavkaz hududlarining Rossiya ta`siri doirasiga o`tishini tadqiq qilish; Rossiyaning Kavkaz hududiga hozirgi kunda amalga oshirayotgan siyosatini tahlil qilish. Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili. Rossiyaning Kavkaz siyosatini o`rganishda rus va ingliz, va boshqa tilida yozilgan asarlar, Ommaviy axborot vositalari va internet ma`lumotlariga murojaat qilingan. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda chet ellik, MDH va Rossiyalik olim va tadqiqotchilar- Безугольный , А . Ю ; Блиев М . М ., Дегоев В . В .; Дадаев Ю . У . ; Гаджиев К . С ., Гутаков В ; Магомадова Т . С .; Потто В .; Покровский Н . И . ; Рунов В . А ., Куликов А . С . ; Салчинкина А . Р . 1 va boshqalarning mazkur muammoga bevosita yoki bilvosita to‘xtalib o‘tishgan ilmiy asarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, jurnal, gazeta va internet manbalarida chop etilgan maqolalaridan keng foydalanildi. Shuningdek internetdagi rasmiy web saytlaridan Rossiyaning Kavkaz siyosatiga oid ma’lumotlardan ham foydalanildi. 1 Безугольный, А. Ю. Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. — М., 2007. –С.34.; Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .25.; Дадаев Ю. У. Муртазеки – воинское формирование Шамиля // Вестник Института истории, археологии и этнографии. — Махачкала: ДНЦ РАН , 2014. — № 3 (39). — С. 48—60. — ISSN 2078-1423 .; Гаджиев К.С., Большая игра на Кавказе: вчера, сегодня, завтра (Москва, Международные отношения, 2010), -С.318.; Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2 // Вестник Европы, №21, 2007, -С. 19-20.; Магомадова Т. С. Начало "блистательной эпохи Шамиля" (восстание 1840 г. в Чечне). - Народно-освободительное движение горцев Дагестана и Чечни в 20 - 50-х годах XIX в. Всесоюзная научная конференция 20 - 22 июня 1989 г., Махачкала. 1989. с. 42.; Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 – C .15.; Покровский Н. И. Кавказские войны и имамат Шамиля / Предисл. Н. Н. Покровского , введ. и прим. В. Г. Гаджиева . — М.: РОССПЭН , 2000. –C.167.; Рунов В. А., Куликов А. С. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.9.; Салчинкина А. Р. Отдельный Кавказский корпус в Кавказской войне 1817 —1864 гг.: Европейская армия и неевропейские методы войны // Наука, образование, общество: Тенденции и перспективы: Сборник научных трудов по материалам Международной научно- практической конференции: в 3 частях . — М.: АР-Консалт, 2014. — Т. 3. — С. 66—70. 4
Tadqiqotning davriy va xronologik chegaralari. Tadqiqotning davriy va xranologik chegarasi XVIII asrdan XXI asr boshiga qadar Rossiyaning Kavkaz hududida amalga oshirgan siyosatini o`z ichiga oladi. Tadqiqotda qo'llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Mazkur mavzuni o‘rganishda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy davlatchilik tarixi, mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, milliy ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan tashqi siyosat masalalari keng va har tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston yondoshuvi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi. Prezidentning tarixni o‘rganishda aniq va real voqealarga tayanish kerak, degan fikrlari asosida mavzu ilmiy-metodologik me'yorlar doirasida yoritishga harakat qilindi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlaridagi nazariy yondashuvlar ishning metodologik asosi qilib olindi. Xususan " Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak 2 :”, " Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 3 ”, " kabi asarlaridan, bundan tashqari O'zbekistonda mustaqillik yillari chop etilgan ilmiy asarlar hamda davriy matbuot nashrlaridan ham keng foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur dissertatsiya Rossiyaning Kavkaz hududida olib borgan siyosati nafaqat tarix, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va diplomatiya, balki iqtisodiyot, madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek Markaziy Osiyoning mustaqillik davri bo`yicha izlanish olib borayotgan talabalar, ilmiy xodimlar va o`z tarixiga befarq bo`lmagan barcha odamlar uchun ilmiy-amaliy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. 2 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. 2017 yil14 yanvar Sh.M. Mirziyoyev.– Toshkent : O‘zbekiston, 2017. – 104 b. 3 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”./Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. 5