SANOAT CHIQINDILARIDAN SPIRTLAR OLISH UCHUN KATALIZATOR TANLASH
SANOAT CHIQINDILARIDAN SPIRTLAR OLISH UCHUN KATALIZATOR TANLASH MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………3 I BOB. YUQORI SPIRTLAR S I NTEZINING ASOSIY USULLARI VA SELEKTIV KATALIZATOR OLISH BO’YICHA TADQIQOTLARI ( adabiyotlar sharhi) ……………………………………………………. 1.1.C 6 - C 14 spirtla r ning olinish usullari va ularning qo‘llanilishi …….6 1.2. n-Alkanlarni havo kislorodi bilan oksidlash ……………………….9 1.3. Geterogen katalizatorlarda alkanlarning oksidlanish jarayoni ……11 1.4. Kislorod saqlagan birikmalar (spirtlar) olish uchun xomashyo...... 14 1.5. Spirtlar olish uchun katalizator tanlash ……………………...…12 II BOB. SANOAT CHIQINDILARINI ASOSIDA YUQORI SPIRTLAR OLISH UCHUN SELEKTIV KATALIZATOR TANLASH (TAJRIBAVIY QISM) …………………………………………………………………..22 2.1. Sanoat chiqindilaridan okt anol sintezi uchun xomashyo olish .….22 2.2. Okta nol sintezi uchun selektiv va samarador katalizator lar tayyorlash ……….……26 2.3. Gidrotermal usulda olingan sintetik seolitlarning xossalarini tadqiq e tish ……………………………………………………….…35 2.4 . Alkanlarni spirtlarga qadar oksidlanishi uchun selektiv va samarador katalizator tanlash ………………………………42 XULOSALAR ...............................................................................46 Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………...…50 Chop etilgan ilmiy ishlar ……………………………………..…56
KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi . Oxirgi yillarda dunyo bo yicha tabiiy va sintetik oktanol va undan yuqori zanjirli yog spirtlari (YuYoS)ʼ ʼ ishlab chiqarish hajmi yiliga 2,6 mln. tonnadan ortiqni tashkil etmoqda. Uning yarmi tabiiy xom ashyolar asosida, qolgan yarmi esa neft-gazning kimyoviy sintezi asosida ishlab chiqarilmoqda. Xususan, C 8 va undan yuqori zanjirli yog spirtlari ʼ (YuYoS) ishlab chiqarish sanoat uchun muhum ahamiyatga ega ammo, ushbu maxsulotlar sintezi tayyor daslabki xomashiyo va maxsus katalizator hamda katalitik muhitni talab etadi. Bu esa maxsulot tannarxining yuqori bo’lishiga olib keladi.Shu sababdan yurtimizdagi bu maxsulotlarga bo’lgan ehtiyoj impot asosida qoplanib kelinmoqda. Tarkibida 6-14 ta uglerod saqlagan yuqori spirtlar kimyo sanoatining ko‘pgina sohalari uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. CAGR agentligi prognoziga ko‘ra dekanol-1 ning bozori 2019 yilda 207 516 000 AQSH dollaridan 2025 yilga borib 264 356 000 AQSH dollariga o‘sishi kutiladi. 2020 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda 5,9% ga o‘sib borishi prognoz qilinmoqda. Tabiiy oktanol-1 ning sirt-faol moddalar, shaxsiy gigena va kosmetika, sovun & yuvish vositalari bozoriga kirib borishi o‘sib bormoqda. COVID-19 sababli shaxsiy gigena vositalari, dezinfeksilovchi vositalar, sovunlarga talab ortdi. O k t anol-1 kosurfaktant (suyuqliklarning sirt tarangligini pasaytiruvchi, sirt-faol moddalar) sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Uning diffuzion xossalarining yuqoriligi qo‘llaniladigan vositalarga tez va oson tozalashga imkon beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamiz va dunyoda C 6 -C 14 spirtlari, xususan dekanol-1 ishlab chiqarish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ushbu mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmaydi va chetdan katta miqdordagi valyuta hisobiga import qilinadi. Ushbu mahsulotlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning qator usullari bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasida ham ma’lum darajadagi kamchiliklar, xususan: jarayonning ko‘p bosqichli ekanligi, qimmatbaho qo‘shimcha materiallar qo‘llanilishi, yuqori energiya sarfi, qo‘llaniladigan katalizatorlarning past selektivligi va faolligi, 2
jarayonning unumi pastligi (konversiya, maqsadli mahsulotlar unumi), apparatur jihatdan murakkablik, gomogen katalizatorlarni aralashmadan ajratish va regenerasiya qilishning murakkabligi va boshqalar mavjudligi sohada yechimini kutayotgan vazifalar ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarning barchasi umumiy holda mahsulot tannarxining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli yangi ishlab chiqilayotgan usullar va texnologiyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar: jarayonning bosqichlari sonini kamaytirish, yuqori faollik va selektilikka ega katalizatorlar qo‘llash, energetik va xomashyo sarflarini kamaytirish, apparatur jihatdan jarayonni soddalashtirish va boshqalarni keltirish o‘rinli. Mazkur ishda mahalliy xom ashyolar asosida dekanol sintez qilish va ishlab chiqarish texnologiyasi borasidagi tadqiqotlar keltirilgan. Tadqiqot ob’yekti va predmeti . Tadqiqot ob’yekti sifatida “UzKorGas Chemicals” QK (Qoraqalpog‘iston) kimyoviy chiqindilari, tadqiqot predmeti sifatida esa ushbu chiqindilar asosida oktanol-1 sintez qilish imkoniyatlarini o‘rganish belgilangan. Tadqiqot maqsadi va vazifalari . Tadqiqotning maqsadi “UzKorGas Chemicals” QK chiqindilari asosida yuqori spirtlar – oktanol sintez qilish sharoitlarini tanlash hisoblanadi. Belgilangan maqsadga erishi uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: Oktanol sintezi va texnologiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari yuzasidan adabiyotlar to‘plash, sharhlash; “UzKorGas Chemicals” AJ korxonasi kimyoviy chiqindilari tarkibini fraksion ajratish orqali xomashyo olish; Chiqindilar asosida dekanol olish uchun katalizator tanlash ; Chiqindilar asosida dekanol olish uchun optimal sharoit tanlash . Ilmiy yangiligi . Mahalliy xomashyolar - “UzKorGas Chemicals” AJ korxonasi chiqindilari asosida dekanol olish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatildi. 3
Oktanni gaz fazada katalitik oksidlash orqali dekanol sintez qilish uchun TiO 2 /B 2 O 3 (40/60) tarkibli katalizator tarkibi ishlab chiqildi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili) . 2008 yilda dunyo bo‘yicha C10 va undan yuqori spirtlar ishlab chiqarishning umumiy quvvati 2,6 mln/tonna deb baholangan. Uning 50% i tabiiy xomashyolarga to‘g‘ri kelsa, qolgan 50% - neft-kimyo sanoatiga to‘g‘ri keladi. Turli regionlarda tabiiy/sintetik nisbati turlicha. Masalan, AQSH da sintetik YUYOS ulushi 70% ni tashkil etadi. Sintetik spirtlar ishlab chiqaruvchilari orasida yiriklari - Shell Chemical – 250 ming tonna/yil (chiziqli α -olefinlardan oksosintez yo‘li bilan, SHOP jarayoni), BP Amoco – 95 ming tonna/yil (alyuminiyorganik sintez yo‘li bilan, Epal-jarayoni), Condea Vista – 68 ming tonna/yil (etilendan alyuminiy-organik sintez, Alfol- jarayon). G arbiy Yevropada qariyb 50% ishlab chiqarish quvvatlari tabiiy xomʻ ashyolarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan. Tabiiy va sintetik yuqori yog‘ spirtlarining yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri Condea kompaniyasi (quvvati yiliga 250 ming tonna) bo‘lib, ikki turdagi texnologiya: etilendan alyuminiy organik sintezi va olifenlardan oksosintez usullari qo‘llaniladi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar, masalan, BASF, ICI, Exxon va Shell ko‘proq oksosintez usulidan foydalanishadi. Osiyo mintaqasida tabiiy xom ashyolar asosida ishlovchi korxonalar ulushi 60% ga yetadi. Asosiy ishlab chiqaruvchilar Mitsubishi va Fushun (oksosintez metodi) hamda Jilin (alyuminiyorganik sintez). BMI kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, xulosalar hamda 53 ta foydalanilgan adabiyotlardan iborat 2 bobda 56 bet hajmda rasmiylashtirilgan. Unda 26 ta rasm va 8 ta jadval keltirilgan. 4
I.BOB. YUQORI SPIRTLAR SINTEZINING ASOSIY USULLARI VA SELEKTIV KATALIZATOR OLISH BO’YICHA TADQIQOTLARI ( adabiyotlar s harhi) 1 .1. Yuqori spirtlarning olinish usullari va ularning qo‘llanilishi C 6 - C 14 spirtlar fraksiyasining qo‘llanilish sohasi turli tuman bo‘lib, C 6 - C 9 yog‘ qatori spirtlari: polimer va lak-bo‘yoq sanoati, monomerlarning emulsion polimerlanishi va sintetik smolalar olishda erituvchilar; tog‘-kon sanoatida flotoreagent (metallar va ko‘mirni boyitish); erituvchilar va ko‘pik hosil qilishni kamaytiruvchilar; metallurgiya sanoatida tuzlarni suvli eritmalardan ekstraksiya qilishda; himoya qoplamalari olishda reagent; yoqilg‘i va surkov materiallari ishlab chiqarishda ko‘pikni pasaytiruvchilar; qishloq-xo‘jaligida gerbisid va fungisidlarga qo‘shish uchun; tekstil va teri sanoatida elastiklik beruvchilar sifatida; kosmetika sanoatida parfyumer komponentlari sifatida qo‘llaniladi [ 1 ] . C6-C9 spirtlari ikki asosli kislotalar (ftal, sebasin, adipin) ning murakkab efirlari ko‘rinishida vinil polimerlari – PVX, PVA, PVB va boshqalar uchun plastifikatorlar siftida qo‘llaniladi. C 6 - C 9 spirtlari individual holda emas, balki aralashma holida bo‘lganda ham ular asosidagi mahsulotlarning sifatiga sezilarli salbiy ta’sir etmasligi aniqlangan. Biroq, plastifikatorlar sifatida qo‘llaniladigan spirtlar tozaligiga talab yuqori. 2-etilgeksil spirti asosidagi plastifikatorlarning xossalari eng yaxshi bo‘lib, C 6 -C 9 spirtlari aralashmasi ushbu xossalarga yaqin turadi. Plastifikatorlar sifatida azelain, oliyen, stearin va boshqa kislotalar qo‘llanilishi mumkin. Hozirgi vaqtda ftal kislota asosida plastifikatorlar keng tarqalgan. C 6 -C 9 yog‘ qatori spirtlari ftalatlari polimerlarga muzlashga qarshi xossalar beradi. Oxirgi vaqtlarda optimal xossalarga ega bo‘lish uchun bir necha plastifikatorlardan iborat kompozisiya qo‘llanilishi bo‘yicha tendensiya kuzatilmoqda. Spirt qismida C lar soni kam bo‘lgan quyi molekulyar murakkab efirlar (12 tagacha C saqlagan) qo‘llashda ularning plastifikasiyalovchi xossalari 5