Semema va semalar munosabati atash sememalari, ifoda sememalari va vazifa sememalari.
Semema va semalar munosabati: atash sememalari, ifoda sememalari va vazifa sememalari. Mundarija: Kirish………………………………………………………………………………3 I.bob.Semema va semalar munosabati……………………………………….….5 1.1. Nomema va semema haqida…………………………………………………… 5 1.2. Sememaning tarkibi…………………………………………………………....7 II.bob. Semalarning darajasiga ko’ra turlari……………………………….…..9 2.1. Ifoda semalari………………………………………………………………….9 2.2. Vazifa semalari……………………………………………………………….13 2.3. Semema semalarining munosabati…………………………………………… 14 Xulosa…………………………………………………………………………….24 Foydalanilgan adabiyot………………………………………………………….29 1
Kirish Leksikologiyada shunday bir termin borki, u lisoniy jihatdan ma’no hisoblanadi. Nutqiy jihatdan esa u tushuncha degani. Lisoniy va nutqiy birliklarni farqlar ekanmiz, biri inson ongi, xotirasida mavjudligi, ikkinchisi esa ayni damda undan foydalanib nutq hosil qilayotganligimiz tushuniladi. Semasiologiya, semema, sema va semalarning turlari – bu barchasi ma’no ifodalashga xizmat qiladi. So’z va ularning ma’nolarini o’rganadi. Leksikologiyaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan leksema va sememalar haqida ma’lumot bersak. Leksika so’zi grekcha so’z bo’lib, so’zga oid degan ma’noni bildiradi. Leksika- tilning barcha so’zlari, lug’at tarkibi nazarda tutiladi. 1 Leksika til so’zlarning barcha tursadi qatlami uchun xos va mos hisoblanadi. O’zbek tilining izohli lug’atida leksikaga quyidagicha ta’rif berilgan: Leksika yunoncha so’z bo’lib, so’zga oid; tilshunoslik hisoblanadi. Biror til yoki shevada muayyan paytda mavjud bo’lgan so’zlar majmuyi.Leksema terminini qo’llash 1918-yilda rus tilshunosi A.M.Peshkovskiy tomonidan taklif etilgan. Ilk marta N.N.Durnovoning “Grammatik lug’at”iga kirilgan. Leksema termini so’zlarni Grammatik xuxusiyatlardan xoli idrok etish uchun tanlangan 2 . Leksema linosiy birlik hisoblanib, u mantiqiy kategoriya asosida shakllangan. Mantiqan o’ylash, fikr yuritish uchun leksemadan foylanadiladi. Inson xotirasida bor barcha leksema nilan gapiradi. Nutq jarayonida esa ular so’zni hosil qiladi. So’zlarning ma’nolarini anglash esa lisoniy birlik. Misol uchun, daraxt deydigan bo’lsak, lisonda faqat daraxt shakli ko’z ongimizda gavdalanadi. Uni nutqqa aylantirar ekanmiz, daraxtning turlari-yu qismlarini birma bir alohida ifoda etib tasvirlaymiz. Bu nutq jarayonidir. Semalar - voqelikning belgilangan ob'ektlari va hodisalarining turli tomonlari va xususiyatlarining tilda elementar aks ettirilishi. Sema so zlarning semantik sohasi va so zlarning leksiko-semantik variantlariniʻ ʻ o rganish hamda ularning o xshashlik va farqlarini aniqlashda komponent ʻ ʻ 1 Mengliyev B Hozirgi o’zbek tili T.:2008 “Tafakkur bo’stoni”nashriyoti s:106 2 O’zbek tilining izohli lug’ati electron varianti 2 Mengliyev B Hozirgi o’zbek tili T.:2008 “Tafakkur bo’stoni”nashriyoti s:116 2
tahlilining operativ birligi (qarang. Komponent tahlil usuli). U semema komponenti - so'zning elementar ma'nosi (so'zning leksik-semantik varianti) sifatida amalga oshiriladi. Sememadan farqli o'laroq, semema ko'proq tarkib rejasining birligi hisoblanadi yuqori daraja : ijtimoiy shartlangan bo lib,ʻ kommunikativ darajadagi til birligining mazmun tomoni vazifasini bajaradi. ta'minlovchi semalar bilan bir qatorda o'z ma'nosiga ko'ra kontekstli semalar ham ajralib turadi, ular belgilangan obyekti yoki hodisa bilan bog'liq bo'lgan turli xil assotsiatsiyalarni aks ettiradi va so'zni qo'llashning muayyan holatlarida paydo bo'ladi. 3 Asosiy qism: Yer yuzi, qolaversa tilshunoslikdagi sathlarning ham tashqi va ichki xususiyatlari mavjud. Bu jihat leksemani ham chetlab o’tmagan. Leksemadagi ichki va tashqi omillar haqida aytar ekanmiz, uninf tashqi qobig’I nomema deyiladi, ichki esa semema(ifodalayman) deya nomlanadi. Nomema grek tilidan olingan bo’lib, leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari, harflari nazarda tutiladi 4 . Nomemealar bular harflar va tovushlar bilan ifodalanadi. Masala, b+a+h+o+r deydigan bo’lsa, bu tovushlarning barchasi nomema va bahor deganda tasavvurimizdagi tasvir va uning ma’nosi semema hisoblanadi. Nomemalrning joyi o’zgarsa ham faqat nomema deb aytilaveradi, lekin semema bo’lmaydi. Semema bo’lish uchun lisonda bir ma’no, tushuncha mavjud bo’lishi kerak. Inson xotirasida shakllangan bo’lishi zarurdir. Semema – mustaqil leksemalarning lisoniy tabiati, sinonimik qatori bilan aniqlanadigan mazmuni 5 ya’ni lisondagi bor barcha so’zlar bazasi va ularning ma’noviy xuxusiyatlarini o’zida mujassam etish hisoblanadi. Semalar nihoyatda ko’p. ammo nutqiy jarayonda ulardan qanday foydalanish, sinonimik so’zlardan qaysi biri qo’llash, qaysi jihatidan kelib chiqib tanlash bizning ixtiyorimizda. Semalar sememalarni tashkil etadi. 3 https://ief-usfeu.ru/uz/semy-yavlyayutsya-vidovymi-utochneniyami-rodovogo-ponyatiya-struktura-leksicheskogo/ 4 Mengliyev B Hozirgi o’zbek tili T.:2008 “Tafakkur bo’stoni”nashriyoti s:134 5 Mengliyev B Hozirgi o’zbek tili T.:2008 “Tafakkur bo’stoni”nashriyoti s:143 3
I.bob.Semema va semalar munosabati 1.1. Nomema va semema haqida. Leksema ikki tomonga ega til birligidir. Aniqrog’i, u shakl va mazmun tomonlaridan iborat ramzdir. Shuni alohida qayd qilamizki, til ramzlarining (leksemalarning) shakl va mazmun tomoni xususiy atamalar bilan ataladi. Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni nomema deyiladi. Nomema faqat leksemaning shakliga (moddiy qobig’i, tashqi tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma’nosi, ichki tomoni, signifikati va h. k.) esa semema nomi bilan yuritiladi. Demak, leksema = nomema + sememadir. Nomema tilga xos tomondir. U ongimizda muayyan fonemalar tizmasi sifatida mavjud. Nomemaning fonemalar tizmasidan iboratligi ichki nutq jarayonida (kishi fikr yuritganda, she’r yoki matnni ichda, tovush chiqarmay o’qiganda) aniq ma’lum bo’ladi. Chunki odam ichki nutq jarayonida so’zlarni, qo’shimchalarni ketma-ket tizib, xuddi gapirayotganday ularni bir-biriga biriktiradi, grammatik jihatdan shakllantiradi. Shu asosda fikr yuritadi. Demak, inson faqat ovoz chiqargandagina emas, balki ovoz chiqarmaganida ham fonemalarga moddiy shakl beradi. Odamning ichki nutqi o’zidan boshqa hech kimga ayon bo’lmaydi. Tashqi nutqda esa nomema tovushlar (yoki harflar) tizmasi, imo-ishoralar, turli xil signallar ko’rinishida muayyan tus oladi, voqelashadi. Avvalgi boblarda ko’rib o’tganimizdek, tashqi nutqning aniq moddiy shakli nutq vaziyati bilan, so’zlovchi (nutq muallifi) ning maqsad va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Sistem tilshunoslik leksemalarning moddiy tomoniga — nomemalarga ko’p ahamiyat bermaydi. Chunki ko’rib o’tganimizdek, nomemaning aniq shakli nutq sharoiti bilan bel gilanadi va u leksemaning mohiyatiga ta’sir etmaydi. Leksemaning mohiyati uning ichki tomoni — semema orqali va shunga ko’ra leksemaning boshqa til birliklari bilan munosabatga, aloqaga kirishuvi orqali belgilanadi. Ammo nutqda, ayniqsa, nazmiy, nutqda nomema katta ahamiyatga ega bo’ladi. Nazarimizda behad katta ahamiyatga ega: qofiya, radif, tajnisning o’nlab turlari, qalb, saj’, tasrit’, tasmit, taattuf, harfiy va lafziy san’atlar nomemaning 4
xususiyatlariga tayanadi. Shu sababli naz miy nutqda nomema va uning voqelanishiga katta e’tibor beriladi. Lekin til leksemalarining ilmiy tadqiqidagi asosiy tayanch nuqta bo’lib, leksemalarning ichki tomoni semema hisoblanadi. Semema leksemaning ichki tomoni uning mazmuni; ma’nosi nmani ifodalab kelishidir. Semema ko’pincha ongimizda ma’lum bir tushuncha va tushunchalar bilan borliq bo’ladi. Tushuncha — ong, mantiq birligi, Semema esa tilga, leksemaga xos birlikdir. Juda ko’p hollarda bir semema bir necha tushunchani o’z ichiga oladi. Jumladan, [o’rik] leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo’ladi: 1) toza, tar mevaning bir turi (toj. zardolu); 2) shu mevaning quritilgani (toj. G’ulung); 3) shu mevani beradigan daraxt. Bir sememaning bir necha tushunchani o’z ichiga olishini juda ko’p meva nomlarida ko’rish mumkin, qiyoslang [olma; anor; shaftoli; olcha; bodom; pista va h. k.) Ammo [uzum], [mayiz], [tok] leksemalarida tar meva, uning quritilgani, daraxti boshqa-boshqa leksemalar orqali ifodalanadi. Demak, [o’rik] leksemasi uch tushunchaga, voqealikdagi uch xil narsa — predmetga (atalmishga) aloqador bo’lsa, [uzum], asosan, bir tushunchaga — tar mevaning ma’lum turiga, bitta atalmishga aloqadordir. Shunga ko’ra tushuncha va se mema o’zaro hamma vaqt ham mos kelmaydi. Bu hodisani, ayniqsa, sinonimlarda (ma’nodosh leksemalar da) yaqqol ko’rish mumkin. [yuz], [bet], [aft], [bashara], [turq], [chehra], [jamol] leksemalarining sememalari, asosan, bitta tushuncha bilan - odam boshi old tomonining atalmishi bilan bog’lanadi. Ammo ayni vaqtda har bir leksema ushbu ma’noni o’ziga xos xususiyati, qo’shimcha ma’no munosabati bilan anglatib, ifoda lab keladi. Leksema o’zining eng muhim vazifasi bo’lgan voqea likdagi, inson ongidagi narsa- buyum, belgi, xususiyat va mohiyatlarni atashni semema orqali bajaradi. Sememaning ongimizdagi tushunchalar bilan bog’liqligi leksemaning atash, nomlash vazifasini bajarishga imkon beradi. Semema ongimizda mavjud bo’lgan turlicha tushunchalar bilan bog’lanadi. Mantiq fanidan ma’lumki, ongi(mizdagi 5