logo

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK QARASHLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

59.580078125 KB
SHARQ
MUTAFAKKIRLARINING
PEDOGOGIK
QARASHLARI
1 MAVZU: SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK
QARASHLARI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………....3
1. Sharq   mutafakkirlarining   ijtimoiy-pedagogik
qarashlari……………….5
2. Ijtimoiy   pedogogika   diniy   qarashlarning   paydo   bolishi   va
rivojlanishi.12
3. Imom   Ismoil   al-Buxoriy   ta’limlarida   ijtimoiy-pedagogik
qarashlar…..17
4. Imom at-Termiziyning ijtimoiy-pedogogik qarashlari…………………27
XULOSA………………………………………………………………..….....35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….………37
2 KIRISH
Mamlakatimizda   qonunlar   ustivorligiga   amal   qilinadigan   demokratik
jamiyatni   barpo   etishga   kirishilgan   bugungi   kunda   jamiyatimizning   barcha
a’zolarini,   birinchi   navbatda   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodni   ijtimoiy   ruxda
tarbiyalash   g‘oyat   dolzarb   masalalardan   hisoblanadi.   Zero,   har   bir   shaxs
birinchidan,   jamiyatimizning   a’zosi   sifatida   ijtimoiy   hayotimizda   amalga
oshirilayotgan islohotlar,  yangilanishlarning yaratuvchisi,  jamiyat   sub’ekti  bo‘lsa;
ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson
jamiyatning   ob’ektidir.   Ma’lumki,   jamiyat   taraqqiyoti,   ijtimoiy-ma’naviy
hayotning   rivojlanishi   murakkab   jarayonlardan   iborat.   Albatta,   bunday   jarayon
kishilarga   turlicha   ta’sir   ko’rsatadi.   Bilim   saviyasi   yetarliy   bo‘lgan,   e’tiqod   -
iymoni   but   bilgan   kishilar   har   qanday   murakkabliklar   boshqacha   qilib   aytganda,
barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday
xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda
bo‘ladi,   ba’zi   birlar   esa   hayotning   yengil   tomonini   tanlaydilar.   Bunday   kishilar
o‘zlarining   xuzur   halovatlarini   o‘ylaydilar.   Buni   bozor   iqtisodiyoti   sharoitidagi
qiyinchiliklar   yoki   turli   mafkuraviy   g‘oyalar   oqimi   harakatidagi   jarayonidan
yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga,
turmush   tarzimizga   yot   bo‘lgan   giyoxvandlik,   foxishabozlik,   qonunbuzarlik,   turli
aqidaparastlik   kabi   illatlarning   ham   suqulib   kirib   kelishi   ayrim   kishilar,   ayniqsa
yoshlar   tarbiyasiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatmoqda.   Shunday   ekan,   salbiy   og‘ishlar
girdobiga   kirgan   shaxslar   bilan   tarbiyaviy   ishlar   ko‘lamini   kuchaytirish,   ta’sir
ko’rsatishning darajasini oshirishni taqoza etadi  Buning uchun esa keng omma shu
jumladan salbiy og‘ishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan shug‘ullanishning faol yo‘l,
usul,   vositalarini   aniqlash,   ularga   tarbiyaviy   ta’sir   ko‘rsatishning   uslubiyotini
ishlab chikish zarur. Bunday ma’suliyatli ish esa umumiy pedagogikaning alohida
soxasi   bo‘lgan   «Ijtimoiy   pedagogika”ning   zimmasidadir.   Chunki,   tarbiyaviy   ish
nafakat   ta’lim   muassasalarida,   balki,   ijtimoiy   hayotimizning   barcha   jabhalarida
amalga   oshiriladi.   Keyingi   yillarda   pedagogika   yo‘nalilishidagi   oliy   o‘quv
yurtlarining pedagogika va psixologiya ta’lim  yo‘nalishida “Ijtimoiy pedagogika”
3 fani   o‘qitilib   kelinmoqda.   Bizningcha,   bu   fanni   barcha   oliy   o‘quv   yurtlarining
mavjud   ta’lim   yo‘nalishlarida   o‘qitilishi   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Sababi
shundaki,   mazkur   o‘quv   yurtlarini   tamomlab   tegishli   joyga   mutaxassis   bo‘lib
kelganlar   o‘z  navbatida   o‘zi  faoliyat  ko‘rsatayotgan  ob’ektda  ijtimoiy  pedagoglik
vazifasini ham bajaradi. 
4 1. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK
QARASHLARI
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga
ega.   Uning  tarixiy  taraqqiyotini   bir   necha   bosqichlarga   bo‘lib   o‘rganish   mumkin.
Birinchi   bosqich-qadimgi   davrlardan   XVII   asrgacha   bo‘lgan   davrni   o‘z   ichiga
oladi.   Ijtimoiy   pedagogikaning   bu   rivojlanish   bosqichi   tarbiyani   ijtimoiy   hodisa
sifatida tan olinishi bilan harakterlanadi. Bu davrda turli tarbiya nazariyalari paydo
bo‘lgan.   Bundan   ko‘rinadiki,   insoniyat   tarixining   ilk   bosqichlarida   ham
ijtimoiylashtirish muammosi mavjud bo‘lgan. 
Dastlab   tarbiya   umum   faoliyat   turi   sifatida   yuzaga   kelgan   bo‘lsa,
keyinchalik   esa   o‘ziga   xos   faoliyat   turiga   aylangan.   Mazkur   faoliyat   bilan
shug‘ullanuvchi   tarbiyachilar   paydo   bo‘lgan.   Vaqt   o‘tgani   sari   tarbiya   jarayoni
ham murakkablashib  borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana borgan, uning
axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiyasi ham
ommalasha   boshlagan.   Ibtidoiy   jamoa   tuzumida   yashagan   barcha   elatlarda
mehnatning   jins   va   yoshga   qarab   ajratish   an’anasi   bo‘lgan.   Mavjud   yoshlarni
muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy
jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida
tasavvur   qilishga   imkon   beradi.   Agar   ibtidoiy   davr   ijtimoiy   pedagogik
amaliyotning   vujudga   kelishiga   zamin   yaratgan   bo‘lsa,   qadimgi   dunyoning   ilk
sivilizatsiyalarining   paydo   bo‘lishi,   ijtimoiy-pedagogik   fikrning   shakllanishiga
kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik g‘oyalarning
yozma   manbalari   tasdiqlaydi.   Sharqda   ijtimoiy   pedogogik   g‘oyalar   odatda
muqaddas   kitoblar   shaklida   butun   halq   mulkiga   aylangan   (Xitoyda-Shukit,
Hindistonda-Vedalar,   Misrda-Tot   xudosi   kitoblari,   O‘rta   OsiyodaAvesto   va
boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi
yarmida   ijtimoiy   pedogogik   g‘oyalarni   yaratuvchilarining   nomlari   ma’lum   bo‘la
boshlaydi.   Shubhasiz,   ijtimoiy   pedagogik   tafakkurning   rivojlanishiga   antik   davr
(yunon   va   rim)   faylasuflari   katta   hissa   qo‘shishgan.   Xususan,   Suqrot   (mil.   avv.
5 469-399   y)   “O‘z   o‘zingni   angla”   degan   shiorni   ilgari   surgan   va   shu   bilan   ong
insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan. 
Demokrit   (mil.   avv.   460-370   y)   o‘z   ta’limotida   tarbiyada   bola   tabiatini
hisobga   olish   tamoyilini   asoslab   bergan.   Aflotun   (mil.   avv.   423-347   y)   ilk
marotaba   davlat   va   tarbiyaning   o‘zaro   munosabati   g‘oyasini   ilgari   surgan.
Uningcha,   tarbiya   ishi   davlatning   eng   muhim   vazifasi   hisoblangan.   Arastu
(mil.avv.   384-322   y)   antik   dunyoda   tarbiyaning   eng   to‘liq   nazariyasini   ishlab
chiqqan.   Aflotundan   farqli   o‘laroq   u   inson   tarbiyasida   asosiy   urg‘uni   davlatga
to‘liq bo‘ysundirishga emas, balki insonning o‘zini manfaatlariga qaratadi. Bundan
tashqari,   u   shaxsning   jamoat   bilan   uyg‘un   rivojlanishi   to‘g‘risidagi   g‘oyani   ham
birinchilardan   bo‘lib   o‘rtaga   tashlagan.   Feodalizm   davri   tarbiyasining   o‘ziga   xos
xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish bo‘lgan. O‘sha
davrning   (VI-XII   asrlar)   ijtimoiy-pedagogik   g‘oyasini   yaratuvchilari   o‘sib
kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo‘lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik,
yaqinlarga   yordam,   xususan   kasallar   va   nochorlarga   yordam   kabilar   ham   o‘z
ifodasini   topgan.   XV-XVI   asrda   avval   Italiyada,   so‘ngra   Yevropaning   boshqa
davlatlarida   ijtimoiy   fikrlar   rivojlana   boshlagan.   Bular   orasida   shaxs,   jamiyatni
insoniylashtirish,   individuallashtirish   alohida   o‘rinni   egallaydi.   Shunday   qilib,
ijtimoiy   pedagogik   g‘oya   bo‘lgan   gumanizm   (insonparvarlik)   tushunchasi
maydonga kelgan. 
  Uyg‘onish   davrida   ijtimoiy   gumanizm   g‘oyalarini   amalga   oshirila
boshlanishi   mashhur   italiyalik   pedagog-gumanist   Vittorino   de   Genotre   (1378-
1446)   tomonidan   ilk   marta   “Quvonch   uyi”   nomli   internat   maktabning   yaratilishi
bilan bog‘liq. Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, antik davrdan e’tiboran
Yevropada   yetim   bolalarni   parvarish   qilish,   ularni   tarbiyalash   masalasi   boshqa
qit’alarga qaraganda ijobiy tus olgan. Manbalarga ko‘ra ota-onasiz qolgan bolalar
uchun   ilk   tarbiya   uylari   IV   asrda   Kesariya   (Kichik   Osiyo)   shaharida   Vasiliy
Kesariyning   tashabbusi   bilan   paydo   bo‘lgan.   787   yilda   bunday   muassasa
Milandagi   soborda   ham   tashkil   etilgan.   O‘z-o‘zidan   ayonki   bunday   muassasalar
ruxoniylar tomonidan boshqarilgan. Bundan ko‘rinadiki, Yevropada cherkov «etim
6 va   nogiron   bolalarning”   raxnamosi   bo‘lgan.   XIV   asrga   kelganda   Yevropada
bunday   tarbiya   uylarining   soni   30   dan   ortiq   bo‘lgan.   Muhimi   shundaki,   bu
muassasalarda   faqatgina   tarbiya   ishi   nazariy   jihatdangina   emas,   balki   amaliy
jarayonda ham  amalga oshirilgan (bolalarga amaliy topshiriqlar  berilgan). Parijda
1640 yilda ruxoniy Vinsentom  Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda
mashxur   bo‘lgan.   Bu   muassasa   Qirol   Lyudovik   XIV   tomonidan   xomiylikka
olingan. Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri -XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-
pedagogika   eng   ilg‘or   g‘oyalar   va   ilmiy   konsepsiyalar   bilan   boyitilgan   davr
bo‘lgan   deb   aytish   mumkin.   Zotan   XVIII-XIX   asrlar   davlat   va  jamoat   institutlari
bilan biga ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bo‘lishi
davridir.   Tarbiya   masalalari   jamiyat   islohotlari,   inson   huquqlari   tengligi   bilan
bog‘lana   boshlangan.   Aynan   shu   davrda   ijtimoiy-pedagogikaning   asosiy
yo‘nalishlarining   aniq   faoliyatda   amalga   oshishi   yuz   beradi.   Ijtimoiy   pedagogik
g‘oyalarning   rivojlanishiga   fransuz   faylasufi,   yozuvchi,   ma’rifatparvar   J.J.Russo
(1712-1778   y)   ulkan   hissa   qo‘shgan.   U   tibbiiy   huquq,   din   va   tabiiy   rivojlanish
asosiga   qurilgan   tabiatan   shakllangan   tarbiya   g‘oyalarini   ilgari   suradi.   Rus
qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o‘z “reglamentlari”da
tarbiyaning halqparvar g‘oyalarini, insonga faol shaxsga bo‘lganidek yondashuvni,
bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan. 
Yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod
Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari-
muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shvetsariyalik   buyuk   pedagog   Iogann   Genrix   Pestalotssi   (1746-1827   y)   o‘z
faoliyatida   ijtimoiy   pedagogik   nazariyani   va   amaliyotni   birlashtirgan   va   o‘z
mablag‘lari   evaziga   yetimlar   uchun   uylar   ochgan.   XIX   asr   shunisi   bilan
harakterliki,  bu  davr   mobaynida  ijtimoiy  pedagogikaning  pedagogikadan  ajralishi
jarayoni   sodir   bo‘lgan   bo‘lsa;   ikkinchidan   psixologiya,   isotsiologiya,   tibbiyot,
falsafa kabi fanlarning yaqinlashuvi ro‘y bergan. XIX asr ijtimoiy pedagogikaning
asosiy   yo‘nalishlari   esa   quyidagilardan   iborat   bo‘lgan:   -   ijtimoiy   pedagogikaning
nazariy asoslarini ishlab chiqish; - ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat; -
7 xayriya   va   o‘quv-tarbiya   muassasalarining   tuzilishi   bo‘yicha   ijtimoiy   pedagogik
faoliyat;   -   ijtimoiy   pedagogikaning   harakat   doirasining   kengayishi;   Ijtimoiy
pedagogika   rivojlanishining   barcha   yo‘nalishlarini   asosiy   vazifa   bo‘lgan
bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika
g‘oyasi,   nazariyasi   va   amaliyotida   birinchi   o‘ringa   umuminsoniy   qadriyatlar
chiqadi.   Ijtimoiy   pedagogikani   rivojlantirishning   bu   boqichida   tarbiya   va
ta’limning uzviy bog‘liqligi masalasi ilgari surilgan. Bu borada ingliz faylasufi va
pedagogi   Robert   Ouenning   ijtimoiy   pedagogik   faoliyati   bir   qancha   qiziqarli   va
sermaxsul   tajribalardan   iborat.   Uning   tashabbusi   bilan   Nyu-Lenarkda   tashkil
etilgan “Inson harakterini tuzishni yangi instituti” ishchilarning turmush darajasini
yaxshilash   maqsadida   ta’limni   amaliyot,   ishlab   chiqarish   bilan   bog‘lab   olib
borishni   amalga   oshirdi.   Bundan   tashqari   jahonda   ilk   marta   didaktik   o‘yinlar
o‘tkaziladigan,   bolalarning   jismoniy   rivojlantirishga   qaratilgan   ta’lim   tarbiya
muassasalari   u   tomonidan   yaratilgan.   15   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab
pedagogika   va   ommaviy   tarbiya   tizimiga   buyurtmalar   berila   boshlangan.
Buyurtmalarda  yoshlarni  tarbiyalash,  shuningdek  ijtimoiy xulq-atvor  me’yorlarini
buzuvchi   shaxslarni   qayta   tarbiyalash   bo‘yicha   tavsiyalar   ishlab   chiqish   o‘z
ifodasini   topgan.   Buyurtmaning   ortishini   keltirib   chiqargan   sabab   Yevropa   va
Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. Zero,
qishloq   axolisining   shaharga   ko‘chib   o‘tishlari,   g‘ayri   axloqiy   xulq-atvor,
jinoyatchilik,   daydilikning   ko‘payishiga   olib   kelgan.   Shu   bilan   birga   Yevropada
milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha
ijtimoiy   qatlamlarda   muayyan   g‘oya   va   qadriyatlarning   madaniylashuvini   talab
qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taqoza etardi. XIX asr oxirida
mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo‘ldi.
 Nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan XX asrda ijtimoiy pedagogika
atamasi   fanga   kiritildi.   Shunday   qilib,   shu   davrdan   e’tiboran   ijtimoiy
pedagogikaning   mustaqil   fan   sifatida   rivojlanishining   uchinchi   bosqichi
boshlanadi.   XX   asr   inson   sivilizatsiya   tarixiga   ilmiy-texnikaviy   inqiloblar   asri
sifatida   nom   qoldirganligi   tarixdan   ma’lum.   Fan   ishlab   chiqarish   ob’ektidan
8 iqtisodiy   va   madaniy   sohaning   yetakchi   omiliga   aylangan.   Ilmiy   inqiloblar   o‘z
navbatida ijtimoiy pedagogikaning ham  keyingi rivojiga ta’sirini ko‘rsatdi. Uning
boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar
bilan   yaqinlashuvi   ro‘y   berdi.   Eng   asosiysi   XX   asrda   insonning   muammolari,
uning   tarbiyasi   va   ta’limi   uchun   ijtimoiy   sharoitlarni   yaratish   zamonning   eng
global muammosiga aylandi. Mazkur muammoni yechimini topilishida Yevropalik
quyidagi pedagoglarning ta’limotlari ahamiyatlidir. G.Kirshenshteynerning (1854-
1932 y. Germaniya) pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning faol harakatdagi
ehtiyojlarini   amalga   oshirishga,   ularda   ijodkorlikni   o‘stirishga   qaratilgan   islox
qilishga doir g‘oyani o‘rtaga tashlaydi. Uning ta’kidlashicha pedagogik tizimining
asosiy   tamoyillari-bolalarni   jamiyatda   har   tomonlama   tayyorlash   uchun   mehnat
maktablarini   yaratish,   hamkorlik   malakalarini   rivojlantirish,   davlat   manfaatiga
xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir. 
Jon Dyui (1859-1952 y AQSh) pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi.
Bu   pedagogning   xizmati   shundaki,   u   maktab   bilan   hayotning   aloqasi,   ta’limning
individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilgan holda ta’lim
tarbiya ishini amalga oshirish zarurligini ilgari surgan. Vilgelm Lay (1862-1926 y.
Germaniya)   “Harakatlar   pedagogikasi”ni   yaratdi.   U   inson   faoliyati   va
mavjudligining   fiziologik   va   psixologik   mexanizmlarini   o‘zida
mujassamlashtiruvchi   biologik   reaksiya   tamoyiliga   tayangan.   U   tarbiyaning
biologik tomonini-tug‘ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o‘yinlarida
paydo   bo‘lishini   va   ijtimoiy   tarbiyachining   reaksiyalariga   ta’sirini   ko‘rsatgan.
Hozirgacha   turli   davlat   olimlari   o‘rtasida   ijtimoiy   pedagogikaning   boshqa
pedagogik   fanlari   orasidagi   o‘rni   borasida   –bu   mustaqil   fan   bo‘la   oladimi   yoki
faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil
bir sohasi bo‘lib qolaveradimi, degan masalada bahsmunozara davom etmoqda. Bu
bahslar,   yangi   fan   tushunchasining   shakllanmaganligi   ijtimoiy   pedagogika
mohiyatini inkor etuvchi  ba’zi  pedagoglar  nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan
G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va
voyaga   yetmaganlar   huquqbuzarliklarining   profilaktikasi   deb   tushunishgan.
9 Ijtimoiy   pedagogikaning   mohiyatini   nemis   olimi   Paul   Natori   (XX   asrning   20-
yillari)   umuman   boshqacha   ta’riflangan.   U   ijtimoiy   pedagog   jamiyatning
tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini halqning madaniy va axloqiy
darajasini ko‘tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. 
XX   asrning   60-yillarida   ijtimoiy   pedagogika   huquqbuzarlik   sodir   etgan
bolalarga   yordam   berish,   bolalar   uyida   tarbiya   ishlari   o‘tkazish   maqsadidagi
ijtimoiy   tarbiya   asosi   sifatida   e’tirof   etila   boshladi.   Ijtimoiy   pedagogika
pedagogikani   rivojlanishi   bilan   birga   chet   ellarda   ijtimoiy   pedagogika   sohasidagi
mutaxassislarning   kasbga   oid   faoliyati   ham   rivojlandi.   Xususan,   XX   asrning   70-
yillarida   Germaniyada   oliy   ma’lumotli   pedagoglar   tayyorlana   boshlandi.   16   XX
asrning50-yillariga   kelib   ijtimoiy   pedagogika   muammolarining   global   darajaga
yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda
“Bola   huquqlari   deklaratsiyasi”ning   qabul   qilinganligi   guvohlik   beradi.   Unda
alohida   e’tibor   yetimlarning   ijtimoiy   himoyasiga,   ko‘p   bolali   oilalar,   kam
ta’minlangan   oilalar   bolalariga   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatishga   qaratilgan.   Bizning
respublikamizda   ijtimoiy   pedagogika   an’ana   va   tamoyillarini   tiklash   va   uni
rivojlantirish   masalasiga   alohida   ahamiyat   berilmoqda.   Buni   ma’naviy-ma’rifiy
ishlar   bo‘yicha   ijtimoiy   markazlarning   tashkil   etilganligidan   ham   yaqqol
ko‘rishimiz mumkin.
 Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya
qiladigan   mustaqil,   erkin   qilib   yaratilgan.   Shuning   uchun   tabiat   hodisalari,
jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar
s е kin-asta  madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi  asosida  ma'naviy qadriyatlar  shakllana
boshlagan,   rivojlana   boshlagan.   Ilk   davrlarda   ta'lim   yoshlarga,   ota-onalarning
yashash   uchun   tabiatdan   foydalanishi,   uy-ro’zqor   yuritish,   o’zaro   va   tabiatga
munosabat   axloqi,   odobi   sifatida   shakllana   boshlagan   bo’lsa,   bilimlar   hajmi
k е ngaya   boshlagach,   maxsus   tarbiyachilarga   ehtiyoj   tug’ila   boshlangan.   Ma'lum
qabila,   elat,   millat   miqyosidagi   ta'lim-tarbiya   qoidalari   majmuasi
konts е ptsiyalarida   ko’p   hollarda   alohida   kishilar   tomonidan   takomillashtirilgan.
10 Shuning   uchun   ham   ta'lim   konts е ptsiyalarida   ma'lum   muallifning   nomi   bilan
bog’lanmaydi.
    Antik   p е dagogikada   tabiatga,   atrof-muhitga   o’zaro   ongli   munosabatlarda,
axloqiy munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik p е dagogikasi shakllangan.
Bu   vaqtlarda   tarbiyaning   bosh   maqsadi   ham   yoshlarda   donishmandlik   sifatlarini
shakllantirish   bo’lgan.   Donishmandlik   p е dagogikasida   yoshlarda   mehnats е varlik
ma'naviy   -   axloqiy   sifatlar   bilan   uyg’un   rivojlantirilishi   maqsadga   muvofiq
ekanligi ilgari surilgan. Bu p е dagogik qarashlar mashhur «Av е sto» (er.av. VII asr)
asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan
edi.   Eramizdan   avvalgi   II   asrlarga   k е lib   O’rta   Osiyo,   qadimgi   Hindiston
p е dagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan.
610   yillarga   k е lib   yaratilgan   Islom   dinining   muqaddas   kitobi   «Qur'oni
Karim»da   inson   mohiyati   to’la   ochib   b е rilib,   komil   inson   tarbiyasi   bosh   maqsad
qilib   qo’yilgan   edi.   «Qur'oni   Karim»dagi   ta'lim   -   tarbiyaga   oid   ulug’   xazina   Al-
Buxoriy   hazratlarining   Hadislarida   b е riladi.   Jumladan,   (38-hadis)
”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”:
(626-hadis)   ”Har   bir   go’dak   Islom   tabiatida   tug’iladi,   so’ng   ota-onasi   uni   yo
yahudiy   qiladi,   yo   nasroniy   qiladi,   yo   majusiy   qiladi”:   (136-hadis)   ”Hech   bir   ota
o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”.
Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida
ochib b е riladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da
ham komillikning b е shta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.
1. Mehnatim muhabbatim.
2. Ma'rifatim sarmoyam.
3. Dinim aqlim.
4. Ilmim qurolim.
5. Sabru qanoat libosim.
IX-XV   asrlar   Markaziy   Osiyo   ma’naviy   madaniyati   rivojida   muhim   davr
hisoblanadi.   Shu   bois   faylasuf,   tarixchi,   pedagog,   matematik   olimlar   bu   davr
madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
11      
2. IJTIMOIY PEDOGOGIKA DINIY QARASHLARNING PAYDO
BOLISHI VA RIVOJLANISHI
Ijtimoiy   pedagogikaning   fan   sifatida   rivojlanishi   ancha   qadimiylikka   borib
tutashadi.   Uning   qadimiyligibuyuk   mutafakkirlarning   ilmiy   qarashlarida   o’z
tasdig’ini topgan.
Ijtimoiy   pedagogikaning   fan   sifatida   rivojlanishining   Birinchi
bosqichi -   qadimgi   davrlardan  XVII   asrgacha   bo’lgan   davrini   o’z   ichiga   oladi.   Bu
davrda   faktlar   to’planishi,   tarbiya   tajribasining   anglanishi,   pedagogik   va   ijtimoiy
nazariyalarning   shakllanishi   ro’y   bergan.   Ijtimoiy   pedagogikaning   bu   rivojlanish
bosqichi   tarbiyani   ijtimoiy   hodisa   sifatida   asta-sekin   tan   olinishi   bilan
xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo’lgan.
Birinchi   bosqichning   bu   kabi   davriy   chegaralanishi   avvalambor,   insoniyat
tarixining   ilk   bosqichlarida   ham   ijtimoiylashtirish   muammosining   mavjud
bo’lganligi   bilan   izohlanadi.   CHunki   ibtidoiy   jamoada   to’plangan   boy   tarbiyaga
oid ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy
hodisa   sifatida   insonning   hayvonot   olamidan   ajralishi   bilan   paydo   bo’lgan..
Dastlab  tarbiya faoliyat  turi  sifatida  yuzaga  kelgan  bo’lsa,  keyinchalik  esa   o’ziga
o’ziga   xos   faoliyat   turiga   aylangan   va   bu   bilan   shug’ullanuvchi   odamlar-
tarbiyachilar   paydo   bo’lgan.   Vaqt   o’tgani   sari   tarbiya   jarayoni   ham
murakkablashib   borgan,   yosh,   jins,   mazmuniga   ko’ra   farqlana   boshlagan ,   uning
axloqiy   jihatlariga   e’tibor   qaratila   boshlagan.   Juft   oilalarning   oilaviy   tarbiya   ham
ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada
kasal   va   yaradorlarga   yordam   ko’rsatilganligini   bolaligida   olingan   jarohatlar
tufayli   vafot   etganlarning   skeletlari   asosida   to’la   tasdiqlaydi.   Bu   kabi   qarashlar
etnografik   ma’lumotlarda   paydo   bo’lish   bilan   ham   o’z   tasdig’ini   topgan.   Ibtidoiy
jamoa   tuzumida   yashagan   barcha   elatlarida   mehnatning   jins   va   yoshga   qarab
ajratish   an’anasi   bo’lgan.   Mavjud   yoshlarni   muntazam   ravishda   turli   kasb-
xunarlarga o’rgatishgan.
12 Bularning   hamasi   ibtidoiy   jamoada   ijtimoiy-pedagogik   tajribaning   ilk
ko’rinishlari mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar   ibtidoiy   davrni   ijtimoiy   pedagogik   amaliyotning   vujudga   kelishiga
zamin yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi
ijtimoiy-pedagogik   fikrning   shakllanishiga   kuchli   ta’sir   ijtimoiy-pedagogik
fikrning   shakllanishi   yozuv   hamda   pedagogik   g’oyalarning   yozma   manbalarda
ko’rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog’liqdir.
SHarqning   quldorlik   davlatlarida   ijtimoiy   pedogogik   g’oyalar   bir   nechta
mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun
xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi
kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa).
Faqatgina  miloddan  avvalgi  I   ming  yillikning  o’rtalari   va  ikkinchi   yarmida
ijtimoiy pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi.
SHubhasiz,   ijtimoiypedagogik   tafakkurning   rivojlanishiga   antik   davr   (yunon   va
rim)   faylasuflari   katta   hissa   qo’shishgan.   Xususan,   Suqrot   (mil.   avv.   469-399   y)
“O’z o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha
yovuzlikni   yo’qotishi   mumkinligini   ta’kidlagan.   Demokrit   (mil.   avv.   460-370   y)
o’z   ta’limotida   tarbiyada   bola   tabiatini   hisobga   olish   tamoyilini   asoslab   bergan.
Bundan   tashqari   uning   fikricha,   bola   tarbiyasini   yoshligidan   boshlamoq   kerak.
Aflotun   (mil.   avv.   423-347   y)   ilk   marotaba   davlat   va   tarbiyaning   o’zaro
munosabati   g’oyasini   ilgari   surgan.   Uningcha   tarbiya   davlatning   eng   muhim
vazifasi   bo’lgan.   Arastu   (mil.avv.   384-322   y)   faylasuf ,   qomusiy   olim.   U   antik
duyoda   tarbiyaning   eng   to’liq   nazariyasini   ishlab   chiqqan.   Aflotundan   farqli
o’laroq   u   inson   tarbiyasida   asosiy   urg’uni   davlatga   to’liq   bo’ysundirishga   emas,
balki   insonning   o’zini   manfaatlariga   qaratadi.   SHaxsning   jamoat   bilan   uyg’un
rivojlanishi   to’g’risidagi   g’oya   ham   unga   tegishlidir.   Mark   Fabiy   Kvintilian   (mil.
avv.   42-118   y)   notiqlik   san’atining   qadimgi   yunon   nazariyotchisi,   pedagog.   Ilk
pedagogik   asar   bo’lmish   “Notiqning   tarbiyasi   haqida”   unga   tegishli   bo’lib,   unda
tarbiyaning   muhim   g’oyalari,   ta’lim   metodikasi   bayon   etilgan.Kvintilianning
13 asosiy g’oyalari –o’z “men”nini saqlab qolish, “o’z ustidan” hukmronlikka erishish
kabilarni tashkil etadi.
Feodalizm   davri   tarbiyasining   o’ziga   xos   xususiyatlari   asketizm,   dunyo
dinlari   qoidalariga   qattiq   amal   qilish   bo’lgan.   O’sha   davrning   (VI-XII   asrlar)
ijtimoiy-pedagogik   g’oyasini   yaratuvchilari   o’sib   kelayotgan   avlodga
singdirmoqchi bo’lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik,   yaqinlarga yordam ,
xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar paydo bo’ldi.
XV-XVI   asrda   avval   Italiyada,   so’ngra   yevropaning   boshqa   davlatlarida
kapitalistik   munosabatlar   rivojlana   boshladi.   Paydo   bo’layotgan   yangi   toifa
vakillariga,   aksariyat   ziyolilarga   asketizmning   tamoyillari   begona   edi.   YAngi
burjua   madaniyati   shakllana   boshlaydi   va   uni   xarakterlashtirish   uchun   odatda
insoniylashtirish   va   qayta   tiklash   tushunchalar   qo’llanilgan.   Gumanizm
(insoniylik)   tushunchasi   yangi   madaniyat   markazida   ilohiylik   emas,   inson   turishi
guvohlik   berardi.   Uning   o’zi   ham   qalban,   ham   jisman   go’zal   bo’lishi
lozim.   Faqatgina   inson   ongi ,   kuchi,   muvaffaqiyatiga   ishonchi,   faolligi,   irodasi
tufayli   barcha   qadriyatlar   va   o’z   baxtining   yaratuvchisiga   aylana   oladi.
Asketizm(yunoncha)-   tuyg’u   va   istaklarnicheklash   yokibostirish,   azob   tortish,
hayot ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari,   shaxsiyati ,
mashhurligida   emasligi   hisobga   olingan..   SHu   bilan   birga   gumanistlar   cherkovga
qarshi   ochiq   qarshi   chiqmaganlar.   Ular   xudoni,   olamni   harakatga   keltirgan   va
o’shandan beri unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan.
XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan
yoki   pedagogik   nazariyaga   murojaat   qilishgan.   Gumanizm   g’oyasi   pedagogikada
xuddi ana shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan.
Asl   tarbiya   o’z   mohiyatiga   ko’ra   doim   go’zallik   haqida,   uning   kelajagi
haqidagi   g’amxo’rlikni   bildirgan.   Uyg’onish   davrida   ijtimoiy   gumanizm
g’oyalarini   amalga   oshirila   boshlanishi   mashhur   italiyalik   pedagog-gumanist
Vittorino   de   Genotre   (1378-1446)   tomonidan   ilk   marta   “Quvonch   uyi”   nomli
internat   maktabning   yaratilishi   bilan   bog’liq.   SHuni   ta’kidlash   joizki,
14 ta’riflanayotgan   davrda   din,   pedagogika   va   ijtimoiy-pedagogika   bir-biriga   uzviy
ravishda rivojlangan.
Diniy   qarashlarda   asosiy   e’tibor   umuminsoniy   qadriyatlarga   qaratilgan.
Diniy   rivoyatlarda,   muqaddas   kitoblarda   oyatlarda   axloqiy   o’gitlar,   insonlararo
munosabatla,   qavm-qarindoshlarga ,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan.
Bu   asosda   ko’pgina   avlodlar   tarbiya   topishgan   va   bu   borada   yevropada   cherkov
uzoq   vaqt   mobaynida   “nogiron   bolalar”   rahnamosi   bo’lgan.   Unga   nafaqat   ruhiy
yordam so’rab, balki tibbiy, moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab
murojaat   qilishgan.   Butun   dunyoda   diniy   tashkilotlarning   boy   ana’nalari   mavjud.
Masalan,   yevropada   antik   davrlardan   buyon   ota-onasiz   qolgan   bolalarni
ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan
bolalar   uchun   ilk   tarbiya   uylari   IV   asrda   Kesariya   (Kichik   Osiyo)   shahrida
yepiskop   Vasiliy   Kesariyning   tashabbusi   bilan   paydo   bo’lgan.   787   yilda   bunday
muassasa  Milandagi  soborda ham paydo bo’lgan. Uzoq vaqt u yevropada yagona
bo’lib tashkilot  qolaverdi  va faqat  XIV asrga kelib tarbiya uylari soni  30 tagacha
ko’paydi. Qizig’i, endi unda faqat tarbiya bilan shug’ullanishmagan, ularda amaliy
ishlar ham olib borilgan:  onalarga yordam berilgan, bolalarni  oilalarga berishgan,
ularning   tarbiyasini   nazorat   qilishgan.   Keyinchalik   ham   bolalar   uylari   ruhoniylar
tomonidan  boshqarilgan.   Parijda   1640   yil   ruhoniy   Vinsentom   Depolen   tomonidan
asos   solingan   tarbiya   uyi   juda   mashhur   bo’lgan.   U   uyni   qirol   Lyudovik   XIV
tomonidan   moliyalashtirishga   erishgan.   Mehribonlik   bilan   shug’ullanuvchi
organlar- yirik cherkov tashkilotlari ham tuzila boshlagan.
  Ijtimoiy   pedagogika   rivojining   ikkinchi   davri-   XVII-XIX   asrlar-   ijtimoiy-
pedagogika   eng   ilg’or   g’oyalar   va   ilmiy   konsepslar   bilan   boyitilgan   davr   bo’ldi
desak, xato bo’lmaydi.
XVIII-XIX   asrlar   (burjua-demokratik   inqiloblar   davri)   olimlarining
(pedagog,   faylasuf,   sotsiolog ,   psixologlar)   davlat   va   jamoat   institutlari   bilan   biri
ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir.
Tarbiya   masalalari   jamiyat   islohotlari,   inson   huquqlari   tengligi   bilan   bog’lana
15 boshlandi.   Aynan   shu   davrda   ijtimoiy-pedagogikaning   asosiy   yo’nalishlarining
aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi.
Ijtimoiy   pedagogik   g’oyalarning   rivojlanishiga   fransuz   faylasufi,   yozuvchi,
ma’rifatparvar   J.J.Russo   (1712-1778 y) ulkan hissa qo’shgan. U tabiiy huquq, din
va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari
suradi.   Rus   qomusiy   olimi   va   pedagog   M.V.Lomonosov   (1711-1765   y)   o’z
“reglamentlari”da   tarbiyaning   xalqparvar   g’oyalarini,   insonga   faol   shaxsga
bo’lganidek   yondashuvni ,   bolani   axloqiy   sifatlarini   shakllantirish   muhimligini
bayon etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik g’oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari   Klod
Adriana Gelvetsiy   (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari-
muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
SHvetsariyalik   buyuk   pedagog   Iogann   Genrix   Pestalotssi   (1746-1827   y)   o’z
faoliyatida   ijtimoiy   pedagogik   nazariyani   va   amaliyotni   birlashtirgan   va   o’z
mablag’lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.
XIX   asr   shunisi   bilan   xarakterliki,   bu   davr   mobaynida   ijtimoiy
pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan
uning   boshqa   fanlar   psixologiya,   ijtimoiyogiya,   tibbiyot,   falsafa   kabi   fanlar
yaqinlashuvi bilan ham ro’y bergan.
            Islom   dini   ta’limoti   asoslarini   yorituvchi   Qur’on   Karimdan   keyingi   asosiy
manba   hadis   hisoblanadi.   Hadislarni   to’plash   va   ularga   muayyan   tartib   berish
asosan   VIII   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlanib ,   uni   eng   bilimdon,   turli   fan
asoslarini   mukammal   o’rgangan,   katta   hayotiy   tajribaga   ega   bo’lgan   kishi
(muhaddis)lar   tartib   bergan.   VIII-XI   asrlarda   to’rt   yuzdan   ortiq   muhaddis   hadis
ilmi   bilan   shug’ullangan.   Mazkur   bilimlarni   o’rganishning   o’ziga   xos   yo’nalishi
bo’lib ,   «hadis   ilmi»   nomi   bilan   yuritilgan.   Keyingi   yillarda   Muhammad   Alayhis-
salomning   hayoti,   faoliyati   hamda   uning   diniy-axloqiy   ko’rsatmalarini   o’z   ichiga
olgan   hadislar,   Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   “Al-jome’   as-sahih”   («Ishonarli
to’plam»), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), Imom  Iso Muhammad ibn
Iso at-Termiziyning “Ash-SHamoil an-nabaviya” asarlari nashr etildi. “Hadis” yoki
16 “Sunna”   so’zlari   bir   ma’noni   anglatib,   Rasulullohning   hayoti   va   faoliyati   hamda
diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.
3. IMOM ISMOIL AL-BUXORIY TA’LIMLARIDA IJTIMOIY-
PEDAGOGIK QARASHLAR
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   “Sahih”   yo’nalishining   asoschisi   eng   yetuk   va
mashhur   muhaddis   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriydir.   Imom
Ismoil   al-Buxoriy   hadis   ilmida   “Amir-ul-mo’’minin”,   “Imom   al-muhaddisiyn”
(“Barcha   muhaddislarning   peshvosi”)   degan   sharafli   nomga   sazovor   bo’lgan.   U
810   yilning   13   mayida   (ba’zi   manbalarda   810   yilning   20   iyulida)   (hijriy   194   yil
shavvol  oyining 13 kuni)  Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan yetim  qolgan.
Dastlabki   savodini   maktabda   chiqargan,   10   yoshidayoq   arab   tilida   yaratilgan
kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida hadislarni
yodlay   boshlagan.   Alloma   hadis   ilmini   zo’r   ishtiyoq   va   katta   qiziqish   bilan
o’rgandi.   Abdulloh   ibn   al-Muborak,   Vaqi’   ibn   Jarroh   kabi   olimlar   tomonidan
to’plagan   hadislarni   yod   olgan,   shuningdek,   hadis   rivoyatchilari   xususida   so’z
yuritilgan bahslarda ishtirok etgan.
  Imom   Ismoil   al-Buxoriy   825   yilda,   o’n   olti   yoshida   onasi   va   akasi   bilan
Hijozga   safar   qiladi.   Makkayu   Mukarrama   va   Madinai   Munavvarada   bo’lib,   haj
ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va
Madina   kabi   shaharlarda   bo’lib,   safar   jarayonida   muhaddislar   bilan   bilan
uchrashadi.   Muhaddislar   bilan   uyushtirilgan   suhbatlarda   ular   tomonidan   aytilgan
hadislarni   yodlab   borar   edi.   Olti   yil   Hijoz   shahrida   yashab,   u   yerda   yetuk
muhaddislardan   hadis   ilmi   bo’yicha,   Damashq,   qohira,   Basra   va   Bag’dod
shaharlarining   mashhur   olimlardan   esa   fikh   ilmi   bo’yicha   ta’lim   oladi.
SHuningdek,   allomaning   o’zi   ham   turli   bahs   va   munozaralarda   ishtirok   etib,
toliblarga dars ham beradi. Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o’tkir zehnli hamda
17 ziyrak olim bo’lgan. “Manbalarga ko’ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda
ko’pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar
ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib,
darhol   o’sha   fikrni   qog’ozga   tushirar,   shu   tahlitda   ba’zan   shamni   yigirma
martagacha o’chirib-yoqar ekan” 1
. Imom Buxoriyning o’tkir zehn egasi ekanligini
quyidagi   misoldan   ham   bilish   mumkin.   Rivoyatlarga   ko’ra,   u   qaysi   bir   kitobni
qo’lga   olib,   bir   marotaba   mutoala   qilsa,   unda   bayon   etilgan   barcha   fikrlar,
ma’lumotlarni   yodda   saqlab   qolavergan.   Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   qayd
etishicha,   yuz   ming   sahih   (ishonchli)   va   ikki   yuz   ming   g’ayri   sahih   (ishonchsiz)
hadisni   yod   bilgan.   SHogirdlaridan   Amir   ibn   Fallos   “Muhammad   ibn   Ismoil   al-
Buxoriyga   ma’lum   bo’lmagan   hadis,   albatta   ishonchli   hadis   emasdur”,   -   deydi.
Ustoz  Imom   Ahmad  ibn  Xanbal   al-Marvaziyning  aytishicha,   “Butun  Xurosondan
Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”.
  Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   o’tkir   zehni   xususida   yana   shunday   rivoyat
keltiriladi:   “Imom   Buxoriy   bilan   Basrada   hadis   darsiga   qatnashgan   sheriklaridan
biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini
eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini   biz yozib olar edik , ammo Buxoriy faqat
quloq   solibgina   o’tirardi.   SHu   tarzda   qancha   kunlar   o’tib,   orada   ustoz   qariyb   15
ming hadis rivoyat qildi. SHunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?,
-deb   ta’na   qilgan   vaqtimizda:   Sizlar   yozib   borayotgan   hadislarni   men   ustoz
og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir
chekkadan   yoddan   o’qib   berdi.   SHundan   keyin   biz   yozib   olgan   hadislarimizdagi
xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo’ldik” 2
.
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   juda   ko’p   zabardast   olimlardan   ta’lim   oladi.
Manbalarda   alloma   ustozlarining   soni   to’qson   nafarga   yaqin   bo’lgan   deb
ko’rsatiladi.  Muhammad  ibn  YUsuf  al-G’artobiy,  Ubaydulla ibn  Musa   al-Abasiy,
Abu   Bakr   Abdulla   ibn   az-Zubayr   al-Hamiydiy,   Ishoq   ibn   Ibrohim   ar-Rahavayh,
Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   o’zi   ham   yirik   va   mashhur   olimlar   Ishoq   ibn
Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy,  Muhammad ibn
18 Xalaf   ibn   qutayba,   Ibrohim   al-Harbiy,   Muhammad   Iso   at-Termiziy,   Muhammad
ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan.
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   o’ta   kamtar,   insonparvar,   xulq-odobda   tengsiz,
sahovatli   inson   ham   bo’lgan.   U   hadis   ilmining   yetuk   olimi   sanalsada,
zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson
nafar   muhaddisdan   hadis   eshitgan.   Allomaning   o’zidan   esa   to’qson   ming   nafar
kishi ishonarli hadislarini eshitgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy
600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih”
hadislarni yod olgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba
va   ulamolarga   hadis   ilmidan   saboq   beradi   va   mazkur   ilmning   targ’ibotchisiga
aylanadi.   Rivoyatlarga   ko’ra,   xalifaning   Buxorodagi   noibi   Xolid   ibn   Ahmad   ibn
Xolid   az-Zuhaliy   uni   saroyga   kelib   hadis   ilmidan   saboq   berishga   taklif   etadi.
Ammo   Imom   Ismoil   al-Buxoriy   bu   taklifni   qabul   etadi   va:   “Men   ilmni   xorlab
sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo’lsa, bolalarni
(ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”, -deb javob
beradi 1
.   SHu   bois   alloma   bilan   amir   Xolid   ibn   Ahmad   az-Zuhaliy   o’rtasidagi
munosabatga   bir   oz   putur   yetadi.   Bunga   ayrim   hasadgo’y   shaxslarning   ig’volari
ham   sabab   bo’ladi.   Amir   allomaning   shahardan   chiqib   ketishga   farmon   beradi.
Samarqand   ulamolari   Imom   Ismoil   al-Buxoriyni   o’z   yurtlariga   taklif   etadilar.
Yo’lga   chiqqan   Imom   Ismoil   al-Buxoriy   Samarqand   shahriga   yaqin   bo’lgan
Haftang   qishlog’i   (hozirgi   Poyariq   tumanining   hududi)da   betob   bo’lib   qoladi   va
shu yerda hijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 yil 1 sentyabr)
62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi. 
Imom  Ismoil  al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan.   Uning   “Al-jome’
as-sahih”   (“Ishonchli   to’plam”),  “Al-adab   al-mufrad”   («Adab   durdonalari»),  “At-
tarix   al-kibor”   (“Katta   tarix”),   “At-tarix   as-sag’iyr”,   (“Kichik   tarix”),   “Al-qiroatu
xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib o’qish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-saloti” (“Namozda
ikki qo’lni ko’tarish”) kabi asarlari mavjud bo’lib, ularning qo’lyozmalari bizgacha
yetib kelgan. Ammo “At-tarix al-avsat” (“O’rta tarix”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta
19 tafsir”),   “Al-jome’   al-kabir”   (“Katta   to’plam”),   “Kitob-ul-hiba”   (“Hadya   kitobi”)
nomli   asarlari   ham   bo’lganligi   ma’lum,   biroq   ular   bizgacha   yetib   kelmagan.
SHubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o’tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari
“Al-jome’   as-sahih”dir.   Bu   asar   “Sahih   al-Buxoriy”   nomi   bilan   ham   dunyoga
mashhur.   4   jilddan   iborat   mazkur   kitobda   payg’ambarimiz   Muhammad   Alayhis-
salom   hadislaridan   tashqari,   islom   huquqshunosligi,   islom   marosimlari,   axloq-
odob ,   ta’lim-tarbiya,   tarix   va   etnografiyaga   oid   ma’lumotlar   ham   berilgan.   Unga
600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hamda 4000 ta takrorlanmaydigan hadislar
kiritilgan.   Bó   kitob   Islom   ta’limotida   Qur’oni   Karimdan   keyingi   asosiy   manba
hisoblanadi.
Islom   dini   insonni   ma’naviy   kamolot   sari   yetaklovchi   ta’limotdir.   SHu   sababli
Qur’oni   Karimda   ham,   hadislarda   ham   yaxshi   xulq-odob   qoidalari   va   ularga
kishilarning   qat’iy   amal   qilishlari   lozimligi   borasidagi   qarashlar   keng   targ’ib
etilgan.   Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   “Al-jome’   as-sahih”   asarining   bir   jildiga
odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, “Al-adab al-mufrad”
(“Adab   durdonalari”)   nomli   asarda   ham   ijtimoiy   turmushda   hamda   insonlar
o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan
odob-axloq   qoidalari   borasida   yanada   batafsil   ma’lumotlar   berilgan.   Ushbu   asar
644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
Islom   dinining   yoyilishi   va   uning   ta’lim   -   tarbiyaga   ta’siri.     Hadis   ilmining
paydo bo`lishi, uning yo`nalishlari, muxaddislar.
  VII   asrdan   keyingi   pedagogik   qarashlar   va   madaniyat   haqida   gapriganda
shu narsaga amin bo`lamizki bu masalalar O`rta Osiyo tarixida islom dini g`oyalari
bilan   chambarchas   bog`liqdir.   Chunki   shu   davrdan   boshlab   bizning   yurtimizga
ham islom dini g`oyalari kirib kela boshlagan edi.
XII   asrboshlarida   islom   g`oyasiga   asoslangan   Arab   xalifaligi   tashkil   topib,
bu   davlat   o`z   movqeini   mustahkamlash   uchun   boshqa   mamlakatlarni   ham   zabt
etishni   boshladi.   Butun   Arabiston   yarim   oroli,   shuningdek,   Eron,   Kavkaz   orti,
Suriya,Shimoliy Afrika, Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi.
20 651   -   715   yillar   davomida   arablar   Movarounnahrni   egalladilar.   Ular   bosib
olingan xalqlarni islom diniga kirita boshladilar. Arab tili ham yangi madaniyat tili
bo`lib   maydonga   chiqdi.   Arablar   yunon   fanini   yutuqlaridan   foydalandilar,
faylasuflar   asarlarini   tarjima   qildilar.   Astronomiya,   tibbiyot,   kimyoga   oid   yirik
asarlar arabchaga ugirildi.
Arablar   fanni   tasnif   etishni   yunonlardan   olib,   fanlarni   2   nazariy   va   amaliy
qismlarga   ajratdilar.   Birinchi   qism   -   uch   bulim   tabiat,   ilohiyot,   matematika
to`g`risidagi   fanlar   edi.   Ikkinchi   qism   esa   etika,   iqtisod   va   siyosatga   bo`lingan.
Hind   fani   arab   madaniyatiga   asosan   arifmetika,   algebra,   tibbiyotga   ta’sir   etgan.
Yevropaliklar ham sonlarni hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar.
              Arablar ulkan davlat barpo etib, geografiya rivojiga ham katta ta’sir ko`rsatdi.
IX     asrlarda arab mulklari xaritalari tuzilgan edi.
              Arablar   bosib   olingan   joylarida   islom   dini   bilan   birga   bu   dinning   muqaddas
kitobi Qur’onning tili - arab tilini ham joriy etishdi.
              Islom dinining asoschisi va targ`ibotchisi Muhammad ibn Abdullox 570 yilda
Makkada Kuraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug`iladi.
              Payg`ambarimizga   nozil   bo`lgan   Qur’on   oyatlari   ham   ular   vafotidan   keyin
xalifalar tomonidan 23 yil davomida yod olinib va yozilib boriladi.
              "Qur’on"   musulmonlarning   muqadads   kitobi   bo`lib,   arab   tilida   "Qiroat"
ma’nosini  anglatadi. "Qur’on 114 sura,  6236 oyatdan iborat.  U kishilarni  tenglik,
birodarlik, tinch - totuv yashash,  ezgulikka undaydi. Katta axloqiy qimmatga ega
bo`lib, insonni ma’naviy kamolga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
              Prezidentimiz   I.A.Karimov   "Olloh   qalbimizda   va   yuragimizda"   risolasini
yozdi,   u   ko`p   tillarga   tarjima   qilindi.   Islom   dini   g`oyalarini   ta’lim   -   tarbiya
jarayoniga tadbiq etishga imkoniyat yaratildi.
              Qur’onda   inson   kamolotining   muhim   belgisi   sifatida   ilmlilik   ta’riflanadi.
Islom   musulmonlarni   ilm   olishga   undaydi.   Ko`plab   oyatlarda   ilm   va   ilmlilik
ulug`lanadi. Aql insonga berilgan buyuk ne’mat deb ta’riflanadi.
21               Qur’onda   axloq   va   axloqlilik   haqila   muhim   fikrlar   uchraydi.   Yaxshi   xulqlar
insoniy   fazilatlar   deb   ko`rsatiladi.   Islom   dinining   maqsadi   yomonlikning   oldini
olish va kishilarni to`g`ri yo`lga boshlashdan iborat.
              Qur’onda saxovat, mehmondo`stlik, jasorat, sabr, qanoat, to`g`rilik, sodiqlikka
katta   e’tibor   berilgan.   Islom   nafaqat   ota   -   onaga,   balki   qarindoshlar,   yetimlar,
kambag`allar,   qo`shnilar   umuman   butun   insoniyatga   yaxshilikni   ulug`laydi.
Sadoqat, olijanoblik, shirinsuxanlik odoblari ko`rsatiladi.
              Unda   axloqiy   kamolotga   to`sqinlik   qiluvchi   xususiyatlar   qoralandi.   Umuman
olganda   Qur’oni   karim   insonni   akliy,   axloqiy,   jismoniy   shakllantirishda,   bir   so`z
bilan aytganda komil insonni tarbiyalashda muhim manbadir.
              Hadis   (arabcha   -   rivoyat,   naql,   axborot   yetkazish   ma’nolari)   -   islom   dinida
Qur’ondan   keyingi   muqaddas   manba,   Muhammad   payg`ambarning   faoliyati   va
ko`rsatmalari   haqida   rivoyatlar   majmui.   Muhammad   payg`ambar   biror   gapni
aytgan   yoki   biror   ishni   qilib   ko`rsatgan   bo`lsa,   yoxud   boshqalarning   o`zlariga
qilayotgan   biror   ishni   ko`rib   uni   man   etmagan   bo`lsa,   shu   uch   holatning   har   biri
sunnat hisoblanadi. Shular haqida rivoyatlar hadis deb ataladi.
Hadis ilmi bilan shug`ullanish asosan VIII asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab
hadislar   yozilmay   yod   olingan,   lekin   uni   yod   bilganlar   kamayib   borgach,   ularni
yozishga zarurat tug`ilgan. Bu ishlarni boshida xalifa Umar turgan.
              VIII - IX asrlar hadis ilmi uchun "oltin davr" hisoblanadi. Hadislar o`rganilib,
tahlil   etilib,  ishonchlilari   yig`ila   boshlanadi.   Eng  nufuzli   6   ta  ishonchli   to`plamni
yaratgan muxaddislar bizning vatandoshlarimizdir. Bular al-Buxoriy, al-Xajjok, at-
Termiziy,   sulaymon   Sijistoniy,   an-Nasoiy,   ibn   Mojjalardir.   Bular   yaratgan   6   ta
kitob   "Sunnan"   va   "As   Saxix"   nomli   to`plamlar   bo`lib,   ular   ishonchli   to`plamlar
sifatida tan olingan.
              Hadis ta’lif etishda asosan uch yo`nalish paydo bo`lgan:
1.     Musnad   yo`nalish,   turli   mavzudagi   hadislar   alifbo   tarzida   joylashtirilgan
(Abdullox ibn Muso, Imom Ahmad ibn Xanbal).
2. Saxix (ishonchli)  - yo`nalish to`g`ri, ishonchli hadislar  kiritilgan. Bunga Imom
al-Buxoriy asos solgan.
22 3. Sunnan yo`nalishi to`g`ri hadislar bilan birga "zaif" hadislar ham kiritilgan (Abu
Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy, ibn Mojjalar shu yo`nalishda hadis to`plaganlar)
              Hadis   ilmi   rivojida   al-Buxoriy   va   Imom   at-Termiziylarning   o`rni   nihoyatda
kattadir.
              Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriy   (810-870)   hadis   ilmida
"Amir   ul-mu’minin",   "Imom   al-muxaddisiyn"   degan   sharafli   nomga   sazovor
bo`lgan.
              Balx,   Basra,   Bog`dod,   Damask,   Misr,   Makka   va   Madina   shaharlaridagi
hadischilardan ta’lim oladi. 6 yil Xijozda qolib hadis ilmidan ta’lim oladi, mashhur
olimlardan fiqx ilmini o`rganadi, o`zi ham talabalarga dars beradi.
              Al-Buxoriyning   zehni   juda   o`tkir   bo`lgan.   Uning   yozishicha   100   ming   saxix
va   200   ming   g`ayri   saxix   hadisni   yod   bilgan.   U   1080   ta   muhaddisdan   hadis
eshitgan, undan esa 90 ming kishi ishonarli hadislarni eshitgan.
              Buxoriydan boy ilmiy va ijodiy meros qolgan. Uning "Al-Jome’ as-saxix", "Al
adab   al-mufrad",   "At   Tarix   al-Kabir",   "At   Tarix   as-sagiyr",   "Al-Kiroat   xalfal
Imom,   "O`rta   tarix",   "Katta   to`plam",   "Hadya   kitobi"   nomli   asarlar   qolgan.
Bulardan "Al-Jome’ as-saxix" eng mashhur bo`lib, unga 600 ming hadisdan 7275
ta eng saxih hadislar kiritilgan.
              Mashhur   muxaddislardan   yana   biri   Abu   Iso   at   -   Termiziy   (824-892)
yoshligidan hadis ilmiga qiziqadi. U 850 yildan sayohatga chiqib, Makka, Madina,
Iroq, Xurosonda buladi, ilmi hadis, fikx, qiroat, tarixni o`rganadi. Ko`plab hadislar
to`playdi, al-Buxoriyga shogird bo`ladi. Uning mashhur asarlaridan: "Al-Jome’ as-
saxix"   (Sunnan),   "Ash   -   Shamoil   an-Nabaviya"   (Payg`ambarlarning   alohida
fazilatlari), "Vl-ilal fi-l-xadiys" (Hadislardagi illatlar va og`ishlar haqida).
              Hadislarda   ta’lim   -   tarbiya,   odob   -   axloq   haqidagi   fikrlar   juda   ko`plab
uchraydi.   Arablar   bosib   olganidan   keyin   Movarounnahrda   ham   arablardagi   kabi
machitlar   barpo   etildi,   machitlar   huzurida   esa   maktablar   ochildi.   Bu   maktablarda
o`g`il   bolalarga     Qur’oni   karimni   o`qishni   o`rgatishga   farmon   berildi.   Machit
imomi   bolalarni   o`qitardi.   maktablarda   arab   tili   muhim   fan   sifatida   o`qitilgan.
Ma’lumotlarga   ko`ra   O`zbekiston   hududida   ham   VIII-IX   asrlardan   boshlab
23 maktab va madrasalar paydo bo`la borgan. Bu yerda beriladigan ta’limning manbai
Qur’on   asoslari,   hadislar   va   ulamolarning   kitoblari   hisoblangan.   Ta’lim   va
tarbiyada   haqiqiy   insoniy   hislatlar   targ`ib   qilingan.   Farzandlarning   halol,   pok,
mehnatsevar,   kattalarga   hurmat   ruhida   tarbiyalashga   e’tibor   berilgan,   shu   bilan
birga dunyoviy bilimlar, hisob, adabiyot, tarix, geografiy ilmlari ham o`rgatilgan.
Tasavvuf   -   sufiylik   ta’limoti   islom   dini   negizida   datlab   VII-VIII   asrlarda   arab
davlatlarida paydo bo`ldi. XI asrlarda esa Movarunnahr (O`rta Osiyo), musulmon
davlatlari xalqlari hayotida keng yoyildi. Unda falsafiy - axloqiy, ijtimoiy -siyosiy
qarashlar va g`oyalar mujassamlashgan.
              Tasavvuf   ta’limotiga   ko`ra,   dunyo   butun   olam   xudoning   mujassamlanishi.
Xudo   barcha   narsalarda   mavjud,   narsalar   esa   xudoda   mavjud.Inson   ham   bir   kuni
xudo bilan qo`shiladi.
              Sufiylik   ta’limotining   nazariy   jihati   olloh   ishqi   uchun   fidoyilik   bo`lsa,
amaliyot esa unga sadoqatlilikdir.
              Sufiylik turli ko`rinish va oqimlarda namoyon bo`ladi. O`rta osiyoda tasavvuf
ta’limotining paydo bo`lishi yirik mutafakkir, "shayxlar shayxi" Yusuf Xamadoniy
(1048-1140)   nomi   bilan   bog`liq.   Uning   ta’limoticha   kishi   butun   fikrini   Olloh
visoliga   yetishishga   bag`ishlashi,   bu   yo`lda   halollik   bilan   kun   kechirishi,   mehnat
qilishi,   har   tomonlama   kamolga   yetishi   kerak,   shular   ahli   tasavvuv   bo`ladi.   O`zi
ham Olloh vasliga yetishishga harakat qiladi, o`z kamolotini oshirib boradi, kuplab
shogirdlar yetishtiradi.
              Sufiylikning   birinchi   oqimiga   Mansur   Xalloj,   Farididdin   Attor,   Jaloliddin
Rumiylar   ham   mansub   bo`lib,   ularning   ta’limoticha,   xudo   har   jihatdan   komildir,
eng oliy go`zallik, shodlik, baxt uning vaslidir, foniy bo`lishdir. Sufiylar poklikni
asosiy maqsad qilib qo`yadilar.
              Sufiylar komillikka erishishning 4 bosqichi bor deydilar:
1-bosqich - shariat: diniy marosim, takvolarni izchil bajarish.
2-bosqich - tariqat: nafsni tiyish, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib xudo
haqida o`ylash, fano, o`zdan kechish.
24 3-bosqich   -   ma’rifat:   hamma   narsaning,   borliqning   asosi   -   xudo   ekanini,   o`z
mohiyati xudo mohiyati bilan birligini bilish, anglash.
4-bosqich - haqiqat: sufiy xudoning dargohiga, vasliga yetadi.
              Sufiylik   ikkinchi   oqimining   yirik   vakillaridan   Imom   Fazzoliy   va   Ahmad
Yassaviydir.
              Imom   G`azzoliy   (1058-1112)   "Xujjatul   islom"   laqabini   olgan.   U
"Faylasuflarni   rad   etish",   "Saodat   kimyosi",   "Diniy   ilmlarni   tiriltirish"   kabi
ilohiyotga oid asarlar yozgan.
              G`azzoliy   inson   kamolga   yetishi,   ya’ni   xudo   vasliga   yetishi   uchun   ma’lum
shartlarni   bajarib,   muayyan   yo`lni   bosib   o`tishi   kerak,   deydi.   Bularni   u   har   bir
sufiy   islom   talablari   -   qonun   -   qoidalari,   aqidalarini,   Qur’onni   haqiqat   deb   bilib,
unga tobe bo`lishi va ularni so`zsiz bajarishda deb biladi.
Ahmad   Yassaviy   (1041-1166)   tasavvuf   shoiri,   din   va   shariat   peshvosi.   U
sufiylik g`oyalarini  targ`ib etishda she’rlardan foydalanadi. Yassaviy  hikmatlarini
axloqiy,   falsafiy,   ilohiy   ildizlari   to`g`ridan   -   to`g`ri   Qur’on   g`oyalari   va
payg`ambarlarimiz hadislariga borib bog`lanadi.
              Yassaviy   "Devoni   hikmat"   asarida   insonni   komillikka   eltadigan   din,   iymon,
xudo   yo`lida   fidoyilik,   e’tiqodda   sobitlik,   halollik   va   poklik   targ`ib   etiladi.
Yassaviy   hikmatlarida     to`g`rilik,     mehnatsevarlik,     mehribon   lik,   insof   g`oyalari
ilgari   suriladi.   Ayrim   hikmatlarda   ijtimoiy   adolatsizlikka   qarshi   fikrlarni   ko`rish
mumkin. U nodonlik, jaholatni qattiq qorlab yozadi:
              Duo qiling, nodonlarning yuzin ko`rmay,
              Haq taola rafiq bulsa, birdam turmay.
              Bemor bo`lsa, nodonlarni holin surmay,
              Nodonlardan yuz ming jafo ko`rdim mano,
              Ae do`stlar nodon birla ulfat bo`lub,
              Bag`rim kuyub, g`amdin tuyub, o`ldim mano.
              Adib   komillikka   erishishning   yo`li   har   qanday   nafsdan   ham   parhez   qilishda
ekanligini ta’kidlab, nafs yo`liga kirmaslikni maslahat  beradi. Shu bilan birga har
25 qanday   maqsadga   erishish   yo`lida   mehnat   qilish   lozimligini   alohida   ta’kidlab
o`tadi.
              Yassaviyning   iymon   -   e’tiqodga   chaqiruvchi   g`oyalari   yoshlar   tarbiyasida
muhim manbalardan biri bo`lib hisoblanadi.
              Najmiddin   Kubro   (1145-1188)   Xorazmda   tug`iladi.   "Najmiddin",   "Kubro"
(ulug`, yetuk), "Valiytarosh" unvonlariga ega bo`ladi. Ko`p joylarda bo`lib shariat
ilmlarini   urganadi.     "Kubroviy"   tariqatiga   asos   soladi,   bu   hadis   va   shariatga
asoslangan bulib, ko`p musulmon davlatlariga yoyiladi. Kubro murid tarbiyalashda
o`ziga  xos usullarni  ishlab  chiqadi. "Tariqatlari  risolasi",  "O`nta usul"  kitoblarida
sufiylar tarbiyalashning o`nta talabini ko`rsatadi: Tavba, Zuxd, Tavakkul, Qanoat,
Uzlat, Zikr, Tavakkux, Sabr, Murakaba, Rizo.
              Kubroning   yana   bir   xizmati   -jovanmardlik   g`oyalarini   tariqatga   joriy
etishbuladi.
              Baxovuddin   Naqshband   (1318-1369)   "Xojogon"   ("Naqshbandi")   tariqatini
XIV   asrda   asoslab   butun  olamga   yoydi.  "Xojogon"   tariqatini   VII   asrda   Abuxoliq
Fijduvoniy yaratgan edi. Naqshbandiy uning ishini davom ettirdi.
              Naqshbandiy   suluki   Islomdagi   sunniylikka   asoslanadi,   uning   boshqalardan
farqli, uziga xos tomonlari bor.
              Avvalo,   Naqshbandiya   suluki   halol   mehnat   bilan   kun   kechirishni   targ`ib
qiladi.   Uning   "Dil   ba   yeru   dast   ba   kor"   shiori   buning   isbotidir.   Ikkinchi   farq,
boshqa   sulukdagilar   pir   oldiga   yig`ilib,   ovoz   chiqarib   zikr   tushsalar,   bular   "zikri
xufiya"   bilan   shug`ullanganlar.   Uchinchisi,   bular   bemordan   kasallikni   uzlariga
tortib,   so`ng   bu   kasallikni   chiqarib   tashlaganlar   To`rtinchisi,   bular
karomatfurushlikka yo`l qo`yishmagan. Bid’atga qarshi bo`lganlar.
              Naqshbandiya tariqati asosida  insonning pok bo`lishi, mehnat bilan yashashi,
sabrli,   kamtar,   samimiy   bo`lishi,   iymon   mustahkam,   dilda   xudoni   jo   etgan,   xalq
bilan birga bo`lish kabi hislatlarni tarkib toptirish yotadi.
      
26 4. IMOM AT-TERMIZIYNING IJTIMOIY-PEDOGOGIK
QARASHLARI
Im о m   а t-T е rmiziy   to‘liq   ismi   Muhammad   ibn   Iso   ibn   Savra   ibn   Muso   ibn
az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, hijriy 209
(melodiy   824)   yili   Termiz   yaqinidagi   Bug‘   (hozirgi   Surxondaryo   viloyatining
Sherobod   tumani   hududida   joylashgan)   qishlog‘ida   o‘rta   hol   bir   oilada   tavallud
topgan.   Markaziy   Osiyolik   mashhur   tarixchi   Abu   Saad   Abdulkarim   as-Sam'oniy
(1113-1167)   at-Termiziy   Bug‘   qishlog‘ida   vafot   etganligi   uchun   al-Bug‘iy
taxallusi   bilan   ham   atalganini,   olimning   ko‘p   yig‘laganidan   umrining   oxirlarida
ko‘zi   ojiz   bo‘lib   qolganligidan   az-Zariyr   (ko‘zi   ojiz)   taxallusini   olganligini   ham
qayd qiladi.
  Lekin   el   orasida   at-Termiziy   nomi   bilan   mashhur   bo‘lishiga   sabab   uning   butun
hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lganligidan,   shuningdek,   olim   tug‘ilgan   Bug‘   qishlog‘i   Termiz   shahriga   yaqin
bo‘lib,   ma'muriy-idoraviy   jihatdan   unga   mansub   qishloqlardan   ekanligidan   deb
izohlash mumkin.
At-Termiziyning   oilasi   va   ota-onasi   haqida   manbalarda   aniq   ma'lumotlar
keltirilmagan. Tarixchilar uning «Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor
zamonida   yashagan,   so‘ng   u   yerdan   Termizga   ko‘chib   kelgan»,   -   degan   fikrini
27 keltirish   bilan   chegaralanadilar.   Shuningdek,   at-Termiziyning   ko‘zi   ojizligi
xususida   ham   yozma   manbalarda   turli-tuman   ma'lumotlar   keltirilgan.   Ba'zi
mualliflar   uni   tug‘ma   ko‘zi   ojiz   bo‘lgan   desa,   ko‘pchilik   mualliflar   olimning
keyinchalik, umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligini yozadilar.
At-Termiziy yoshligidan o‘ta tirishqoq, idrokli va zakovatli bo‘lganligi bois
o‘z   tengdoshlari   ichida   ajralib   turgan.   Ilmga   o‘ta   qiziqishi   tufayli   o‘sha   davrning
ko‘pgina   ilmlarini,   ayniqsa,   hadis   ilmini   chuqur   egallagan.   Termiz,   Samarqand,
Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat  qilgan mashhur
ulamo   va   muhaddislar   asarlarini   qunt   bilan   o‘rgangan,   qo‘shni   Balx   va   Hayraton
shaharlaridagi   ilm   ahllari   bilan   ilmiy   aloqalar   o‘rnatilishiga   munosib   hissa
qo‘shgan olimlardan biridir. Yoshligidan ilm-fanga tashna at-Termiziy 850 yildan,
ya'ni   yigirma   olti   yoshidan   boshlab   uzoq   yurtlarga,   qator   xorijiy   mamlakatlar   va
shaharlarga   safar   qiladi.   Jumladan ,   u   Hijozda   -   Makka   va   Madina,   Iroq,
Xurosonning   qator   shaharlarida   ko‘plab   muhaddis,   ulamolar   bilan   muloqotda
bo‘lib,   ulardan   ta'lim   oladi,   qizg‘in   ilmiy   munozara   va   bahslarda   ishtirok   etadi.
Tarixchi  Shamsuddin az-Zahabiyning ta'kidlashicha,  at-Termiziy Misr  va Shomni
shaxsan ziyorat qilmagan, shu boisdan ham bu mamlakatlar ulamolaridan bilvosita
hadislar   rivoyat   qilgan.   Uzoq   yillar   davom   etgan   safarlari   chog‘ida   at-Termiziy
nafaqat hadis ilmidan, balki ilm al-qiroat, al-bayon, fiqh, tarix kabi fanning boshqa
sohalari hamda ko‘plab ustozlardan saboq oladi.
Shu   bilan   bir   qatorda   at-Termiziy   payg‘ambar   alayhissalom   hadislarini
to‘plashga   alohida   e'tibor   bilan   qaraydi.   Bu   borada   u   har   qanday   qiyinchiliklarga
bardosh   beradi.   U   o‘zi   o‘qigan   yoki   biror   roviydan   eshitgan   hadisini   alohida
qog‘ozlarga   qayd   etib   borar,   ularning   asli   va   isnodini   izchillik   bilan   aniqlab
to‘g‘riligiga   to‘liq   ishonch   hosil   qilsagina   maxsus   qog‘ozlarga   qayd   etardi.
Hadislarning   to‘g‘riligiga   shubha   bo‘lganda   ularni   alohida   ajratib   yozardi.   Shu
tariqa   hadislar   sahiyh   (to‘g‘ri,   ishonchli),   hasan   (yaxshi,   ma'qul),   zaiyf   (bo‘sh,
ishonchsiz), g‘ariyb (g‘alati) kabi xillarga ajratilgan.
Hadis   ilmini   egallashda   va   takomillashtirishda   imom   at-Termiziy   o‘z
davrining   mashhur   muhaddislaridan   tahsil   oldi.   Uning   ustozlaridan   Imom   al-
28 Buxoriy,  Imom   Muslim   ibn   al-Hajjoj,   Abu   Dovud,  Qutayba   ibn  Sa'id,     Ishoq   ibn
Muso, Mahmud ibn G'iylon, Said ibn Abdurrahmon,   Muhammad ibn Bashshor , Ali
ibn   Hajar   al-Marvaziy,   Ahmad   ibn   Muniy',   Muhammad   ibn   al-Musanno,   Sufyon
ibn Vaqiy' va qator taniqli muhaddislarni ko‘rsatish mumkin.
Imom   at-Termiziy   o‘z   davrining   yetuk   muhaddisi   sifatida   ko‘pgina
shogirdlarga   ustozlik   ham   qilgan.   Uning   shogirdlaridan   Maqhul   ibn   al-Fazl,
Muhammad ibn Mahmud Anbar, Abu ibn Muhammad an-Nasafyun, Hammod ibn
Shokir,   Xaysam   ibn   Kulayb   ash-Shoshiy,   Ahmad   ibn   Yusuf   an-Nasafiy,   Abul-
Abbos   Muhammad   ibn   Mahbub   al-Mahbubiy   kabi   yetuk   olimlarni   ko‘rsatish
mumkin.   Yuqorida   ko‘rib   o‘tganimizdek,   at-Termiziyning   ustoz   va   shogirdlari
orasida turli mamlakat va elat vakillari borligi sezilib turibdi. Shu nuqtai-nazardan
qaralganda,   uzoq   o‘tmishda   ham   ilm-fanning   taraqqiyoti   va   ma'rifat   urug‘larini
tarqatish   borasida   turli   o‘lkalarning   vakillari   yakdil   bo‘lib   faoliyat   ko‘rsatib
samarali   hamkorlik   qilganliklari,   umumbashariy   qadriyatlar   ravnaqi   yo‘lida
haqiqiy baynalmilallik ruhi mavjud bo‘lganligi hozirgi davrimiz uchun ham ibratli
bir holdir.
              At-Termiziy   zehnining  o‘tkirligi   hamda   quvvai-hofizasi   kuchliligi   xususida
tarixiy manbalarda ko‘plab misollar, rivoyatlar keltiriladi. Jumladan, arab tarixchisi
Shamsuddin   az-Zahabiyning   (1274-1347)   «Tazkirat   ul-huffoz»   («Hofizlar   haqida
tazkira»)   nomli   asarida   quyidagi   hikoya   keltiriladi:   Abu   Iso   Muhammad   at-
Termiziy   Makkaga   hajga   borayotganida   yo‘lda   mashhur   muhaddislar   bilan
muloqotda bo‘ladi va ularning biridan hadislardan saboq berishini iltimos qiladi. U
olim: «Bo‘lmasa qog‘oz-qalam ol», degan. Aksiga olib shu payt at-Termiziy qalam
topa   olmagan   va   olim   ro‘parasida   o‘tirib   eshitgan   hadislarini   yozib   olayotgandek
qog‘oz   ustida   qo‘lini   harakat   qildiravergan.   Olim   esa   turli-tuman   hadislardan
yetmishga   yaqinini   hikoya   qilgan.   Shu   orada   olim   qog‘ozga   qarab   unda   hech
qanday yozuv yo‘qligini ko‘rgan va at-Termiziyning bu ishidan jahli chiqqan. At-
Termiziy   shunda   bamaylixotir   «Siz   aytgan   hadislaringizni   yoddan   aytib
beraymi?»,   -   deganu   hozirgina   olimdan   eshitgan   hadislarning   hammasini   birin-
29 ketin   takror   aytib   bergan.   At-Termiziyning   xotirasi   kuchliligidan   o‘sha   olim
hayratga tushib qoyil qolganligini bildirgan.
              Bu   xususda   yana   bir   hikoya   at-Termiziyning   so‘ziga   asoslanib   keltiriladi:
Makkaga ketayotganimda bir shayx to‘plagan hadislardan ikki qismini yozib olgan
edim.   Tasodifan   o‘sha   shayx   bilan   uchrashib   qoldim.   Yozib   olingan   hadislar
mazmunan   ularga   o‘xshash-u,   biroq   boshqa   hadislar   ekan.   Salom-alikdan   so‘ng
hadislarni   aynan   uning   o‘z   og‘zidan   eshitishni   iltimos   qildim.   U   rozi   bo‘lib,
hadislarni hikoya qila boshladi. Keyin menga qarab qo‘limdagi oq qog‘ozni toza,
ya'ni   hech   narsa   yozilmagan   holda   ko‘rgach:   «Bu   qilig‘ing   uchun   mendan
uyalmaysanmi?»,   -   dedi.   Men   ma'zurona   holda   bor   haqiqatni   aytib:   «Siz   hikoyat
qilgan hadislarning hammasini yoddan bilaman», dedim va uni birin-ketin so‘zma-
so‘z   aytib   berdim.   Shayx   esa   so‘zlarimga   ishonqiramasdan   «Nima,   mening
huzurimga kelishdan oldin ularni maxsus yodlagan edingmi?», - dedi. «Yo‘q», deb
javob qilib: «Agar so‘zlarimga ishonmasangiz, boshqa hadislardan ayting», dedim.
Shunda  u   o‘zining   g‘aroyib   hadislaridan  qirqtasini   hikoya  qildi.   Men   unga   ularni
ham   boshdan   oxir   birma-bir   aytib   berdim.   Shunda   u:   «Senga   o‘xshaganini   hech
qachon ko‘rmagan edim», - dedi.
At-Termiziy ko‘plab xorijiy mamlakatlarga qilgan safar chog‘ida hadislarni
to‘plab,   kitoblar   ta'lif   qilishga   ham   kirishgan.   Safardan   qaytgach ,   olimu   fuzalolar
bilan   ilmiy   munozaralarda   qatnashadi,   ko‘plab   shogirdlarga   ustozlik   qiladi.
Ayniqsa, mashhur muhaddis alloma al-Buxoriy bilan ko‘plab ilmiy bahslar yuritib
undan   istifoda   qiladiki,   bu   haqda   at-Termiziy   o‘zining   «Al-Ilal»   kitobida   ham
yozadi.  At-Termiziyning ko‘pchilik tasniflari, jumladan, uning mashhur asari «Al-
Jomi'»   ham   o‘z   vataniga   qaytganidan   keyin   yaratilgan.   Imom   at-Termiziy   892
yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot etgan va shu joyda dafn qilingan.
  Muhammad   ibn   Ali   Abu   Abdulloh   al-Hakim   at-Termiziy   eng   yiriklaridan
biri   va   IX-X   asrlarda   Xurosonning   eng   yirik   mutafakkirlari,   muhaddislari   va
huquqshunoslari.   Ga   binoan   manbalarda   al-Hakim   at-Termiziy   205/820   yilda
tug'ilgan va 320/932 yilda Termizda vafot etgan va 112 yil yashagan. U asli hadis
ilmining taniqli mutaxassisi Ali ibn Hasan oilasida tug‘ilgan. o‘g‘liga hadis ilmini
30 o‘rgatgan. At-Termiziy 8 yoshidan  an’anaviy ta’lim  olgan.Yoshligini  hadis, diniy
ilmlar va hanafiy qonunlarini o‘rganishga bag‘ishladi. Keksa Yigirma yetti yoshida
farzni   ado   etish   uchun   Makkaga   boradi   ziyorat   marosimi,   yo‘lda   ilohiyot   va
so‘fiylar bilan muloqotda o‘z bilimlarini oshirish murabbiylar. Yo‘l-yo‘lakay Kufa,
Bag‘dod va Basrada  to‘xtab, yig‘ib oldi hadis. At-Termiziy sayohatlari  davomida
bir   qancha   tasavvufiy   risolalar   bilan   tanishadi.   shu   jumladan   suriyalik   so‘fiy
Ahmad   ibn   Osim   al-Antakiyning   asari.   Manbalarga   ko‘ra,   u   iroqlik   bir   qancha
so‘fiylardan, xususan, Qutayb bin Sayyid at-Saqafiy al-Balxiy, Hasa bin Umar bin
Shafiq al-Balxiy, Sufyon bin Vaqiy, Abu Turob an-Naxshabiy, Yahyi al-Jalla’ va
Ahmad   ibn   Hadravayhiydan   tahsil   olgan.   Bundan   tashqari,   at-Termiziy   taqdirida
fikrlarini baham ko'rgan xotini muhim rol o'ynadi.
Termiziy shogirdlaridan Abu Bakr al-Varroq, Abu Ali Mansur ibnni alohida
ta’kidlash joiz. Abdulloh ibn Xolid az-Zuhli al-Xiraviy; Abu Ali al-Hasan ibn Ali
al-Jurdjoniy, Ahmad ibn hissa qo'shgan Muhammad ibn Iso, Muhammad ibn Jafar
ibn Muhammad ibn al-Haysam ta’limotini davom ettirishga katta hissa qo‘shgan.
At-Termiziyning   ba'zi   g'oyalari   qabul   qilingan   yana   bir   mashhur   mutafakkir
mutafakkir   Ibn   Arabiy.   At-Termiziy   nihoyat   qaytib   kelganida   Termizda   u   to'liq
ruhiy   qayta   tug'ilishni   boshdan   kechirdi   va   bu   uni   qabul   qilishga   undadi   astsetik
hayot tarzi va to'liq va to'liq taqvodor fikr yuritish ularning bu dunyo va oxiratdagi
taqdiri.   Taxminan   261/874   yillarda   ba'zi   mahalliy   ulamolar   uning   Xudoga
muhabbat   va   sevgi   haqidagi   nutqini   qabul   qildilar.   "Allohning   do'stlari"   (avliyo)
haqida   "bid'at"   va   "fitna"   sifatida.   At-Termiziyni   ayblovchilar   -   unga   dushman
bo'lgan   termizlik   olimlar   bir   qancha   "bid'atchilar"ga   ishora   qildilar.   uning   ikkita
asaridan iqtibos keltiradi - “[Allohning] do‘stlarining muhri” (Xatm al-avliyya) va
“Kamchiliklar”.   Allohga   sig‘inish”   (“Ilal   al-ubudiyya”)   bo‘lib,   u   musulmon
marosimlarining   ma’nosini   muhokama   qilgan.   Allohning   sevgisi   haqida.   At-
Termiziy   iymon   va   axloq   asoslariga   putur   yetkazishda   ayblangan,   hatto   bashorat
qilishga   da'vo   qiladi.   Balx   hukmdori   uni   “imtihon   qilish   uchun”   qarorgohiga
chaqirdi uning imoni". At-Termiziy ta’qiblardan qochib Balxga ko‘chishga majbur
bo‘ladi, so‘ngra 285/898 y. Nishopurga ko chib o tdi va u yerda ko plab tarafdorlarʻ ʻ ʻ
31 orttirdi.   U   yerda   hadisdan   dars   bergan.   Shunga   qaramay,   at-Termiziy   Balx
hukmdorini o zining pravoslavligiga to liq ishontira oldi. Ko'proq bundan tashqari,ʻ ʻ
ikkinchisi   o'z   ayblovchilariga   qarshi   sud   ishlarini   boshladi   va   oxir-oqibat   ularni
Termizdan   quvib   chiqarishni   buyurdi.   Shundan   keyin   hukmdor   at-Termiziydan
qaytishga   ruxsat   berdi   ona   shahriga   havolalar.   At-Termiziy   umrining   oxirini
vatanida   o‘tkazdi   va   u   yerga   majburiy   hijratdan   keyin   qaytib   keldi.   Abu   Ali   al-
Jurdjoniy   va   Abu   Bakr   al-Varroq   bo‘lgan   shogirdlari   qurshovida   umrining
oxirigacha tasavvufiy tasavvuf tarafdori bo‘lib qoldi. U atrofida vafot etdi 320/932,
garchi   uning   o'limining   aniq   sanasi   hali   ham   ilmiy   munozaralar   mavzusi   bo'lib
qolmoqda   (4,980-981).   At-Termiziy   hadis,   fiqh   va   Qur’on   ilmlariga   oid   80   ga
yaqin   asar   yozgan.   so'fiylar   bilan   shug'ullanishning   tasavvufiy   tajribasining
ahamiyatini   o'rganadi.   Qo'ng'iroq   qilaylik   ulardan   ba'zilari:   "Al-amsal   min   al-
kitobiy   va-s-sunnatiy",   "Buduvvu-sh-sha'ni   Abi   Abdulloh"   Muhammad   al-Hakim
at-Termiziy,   "Javob   kitob   ar-ra'i",   "Javob   al-masail   allati"   sa’alahu   ahlu   Saraxs
anha”, “Hatm al-avliyya’”, “As-salotu va maqasiduha”, “Bayan al-farq”. bayna-s-
sadr   va-l-kalb   va-l-fuod   va-l-lubb”,   “Kitabu   isbat   al-ilol”,   “Kitob   ar-riyazoti   va”
“adabi-n-nafs”,   “Al-kalom   alo   ma’na   la   ilaha   illalloh”,   “Manazil   al-kurbati”,
“Navodir   alusul   fi   ma’rifati   ahbari-r-rasul”,   “Kitob-ul-ihtiyatat”   va   boshqalar.   .
Ular orasida eng mashhuri “Xatm al-avliyya” (“Azizlar muhri”) edi. At-Termiziy u
birinchi   bo'lib   bu   asarda   Xudoning   do'stlari   haqidagi   ta'limotni   batafsil   ishlab
chiqdi.   uning   asosi   Muqaddaslik   (viloyat)ning   nazariy   tushunchasi   “Haqq   Alloh”
tushunchasidir. At-Termiziy Allohning do‘stlarini to‘rt toifaga ajratadi: 1) avliyou
haqqolloh  yoki   sodiqun;  2)   avliyou-lloh;   3)   siddiqun  (eng  samimiy);  4)  munfarid
(yagona).   At-Termiziy   avliyolarni   shariatga   qat'iy   rioya   qilishga   intiladiganlarga
ajratgan.   retseptlar   va   o'z-o'zini   takomillashtirish   (at-Tustari   "intiluvchan",
"izlovchilar") va "haqiqiy" Allohning do'stlari" (avliyo Alloh xoqon). Avliyou-lloh
hoqon   guruhi   uchun   10   ta   bekat   belgilangan   (manazil),   uni   yengishlari   kerak:   1)
jabarut (ko'rkat); 2) Sulton (hukmronlik); 3) jalol (buyuklik); 4) jamol (go'zallik);
5)   azamat   (kuch);   6)   haybat   (davogarlik);   7)   rahmat   (rahm-shafqat);   8)   baha
(porlash); 9) bahjat (hursandchilik); 10) fardoniyat (o‘ziga xoslik).
32 Avliyou-llohning tashqi belgilari sifatida muallif quyidagilarni ko'rsatadi:
1. Allohni zikr qilish (zikr) bilan band;
2. Ular hukmronlik qilish huquqiga ega va hech kim ularga qarshilik ko'rsatishga
qodir emas;
3. Ular donoligi bilan ajralib turadi;
4. Ular ilhomga ega;
5. Ularni xafa qilib, odamlarning o'zlari muammoga chaqiradilar;
6.   Suv   ustida   yurish,   Xizr   bilan   gaplashish   kabi   duolari   va   mo'jizalarini   ado
etishlari;
7. Hamma odamlar ularni hayratda qoldiradilar, faqat hasadgo'ylar (1,348).
Avliyou-lloh   hoqon   har   bir   bekatni   yengib,   yangi   yuksaklikka   erishadi
maqomi,   uni   eng   oxirgi   parkovka   fardaniyatiga   yaqinlashtirish.   At-Termiziy
tasavvufiy   bilim   bosqichlari   ierarxiyasidan   tashqari,   barcha   dindorlarni   ikkiga
bo'lgan.   Xudoga   yaqinliklariga   ko'ra   toifalarga   bo'linadi.   Oddiy   dindorlar   Avliyo
toifasiga   kiradi   at-tavhid   -   "Ilohiy   birlikning   [haqiqiy]   tarafdorlari".   Ularning
yuqoriligiga qaramay maqomga ega bo'lsalar ham, ular hali ham o'zlarining yovuz
istaklaridan kelib chiqadigan istaklarning qoldiqlariga ega asosiy ruh. At-Termiziy
“Avliyo   at-tavhid”ning   tepasida   “Allohning   do stlari”ning   to rt   toifasini   qo ygan.ʻ ʻ ʻ
Xudoning   alohida   marhamatiga   sazovor   bo'lganlar.   Birinchi   toifa   tuzilgan
“samimiy”   (sodiqun)   deb   ataladi.   Xudoga   bo'lgan   muhabbatlari   va   sadoqatlariga
qaramay,   ular   hali   ham   yo'q   dunyoviy   qo'shimchalardan   butunlay   voz   kechishi
mumkin.   Shuning   uchun   ularning   har   biri   ishtirok   etadi   uning   nafslari   va
shaytonliklaridan   xalos   bo'lish   uchun   uning   tuban   ruhi   bilan   cheksiz   kurash
takliflar.   "Samimiy"   o'z   tanasining   a'zolari   ustidan   to'liq   nazoratga   erishishga
intiladi   asosiy   ruhning   asboblari.   Ular   ilohiy   talablarni   qat'iy   bajaradilar   qonun,
lekin ular faqat qo'rqib Allohga o'ta farz ibodatlarni qiladilar Ularni to'g'ri yo'ldan
ozdirmoqchi   bo'lgan   tuban   qalblari   bilan.   Oxir   oqibat,   ular   ko'proq   yutuqlarga
erishishga   yordam   beradi   degan   umidda   Xudodan   rahm-shafqat   so'rashga   majbur
bo'ldi   mukammallik.   Ularning   joylashuvi   «Bayt-ul-'izzoda»   oldindan   belgilab
qo'yilgan bo'lsa, «erkin va oliyjanob” (axror kirom) “Bayt-ul-ma’mur”da yettinchi
33 osmondadir. Agar "samimiy" keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'lib, "erkin
va olijanob" (axror kirom), so'ngra Alloh ularga O'zining yaqinligi va rahmatining
nurini tushiradi. U yurak va o'rtasida joylashadi astsetikning asosiy ruhi, shu bilan
unga   impulslar   va   istaklar   bilan   kurashishga   yordam   beradi,   nafsdan   keladi.   Ular
birinchi   ikki   darajali   asketlardan   farq   qiladi,   chunki   ular   qabul   qilishga   qodir
to'g'ridan-to'g'ri   Xudodan   ilhom   oling   va   vahiyli   tushlarni   ko'ring.   Ushbu
bosqichda bo'lish kamolot, «siddiqun» o‘nta fazilatni asta-sekin o‘zlashtirib boradi,
ularga   mos   keladi   o'nta   asosiy   ilohiy   sifatlar.   Ushbu   o'nta   fazilatning   har   biri
"Xudoning do'sti" u yoki bu ilohiy sifatlarga xos shart-sharoitlarni bajarish orqali
erishadi.   O'ninchi   fazilatga   erishgan   zohid   -   Ilohiy   noyoblikka   ega   bo'ladi
Xudoning   yerdagi   vakilining   maqomi.   Hakim   at-Termiziy   bunday   kishini
“Allohning do‘sti” deb atagan. “yagona [uning turi]” (munfarid). Uning pozitsiyasi
uni   deyarli   tenglashtiradi   payg'ambarlar   va   albatta   qolgan   siddiqlardan   yuqori.
Munfarid   ko'p   fazilatlarga   ega,   payg'ambarlarga   xos,   jumladan,   ilohiy   vahiylarni
olish qobiliyati "Vafsiy orzular" (1.333). At-Termiziyning ko'plab g'oyalari ichida
eng ziddiyatlisi  uning  "muhr"  haqidagi   ta'limoti  edi.  avliyolar”  (hatm  al-avliyya),
ya’ni.   muqaddaslik   davrini   yakunlaydigan   eng   muhim   "Xudoning   do'sti".
A.Korben,   A.D.Knish   va   boshqalar   kabi   ba zi   tadqiqotchilar   at-Termiziyningʼ
o ziga   xosligini   e tirof   etishadi.   Bu   fikrni   maqom   bergan   zamonaviy   shia	
ʻ ʼ
mutafakkirlaridan   o'zlashtirgan   bo'lishi   mumkin   Oxirgi   "masih"   va   "yashirin"
imomlariga   "nashat   qiluvchi",   ular   hamma   narsadan   tashqari   boshqa   narsalar   bu
dunyoda   ilohiy   rahmatning   dirijyori   hisoblangan.   Bu   shia   tushunchasi
Muhammadning   "payg'ambarlar   muhri"   sifatidagi   sunniy   tushunchasiga   javoban
shakllangan   (ya'ni.   bashorat   aylanishining   oxirgi   bo'g'inida,   o'limidan   keyin
o'rtasida   to'g'ridan-to'g'ri   bog'liqlik   Xudo   va   Uning   ummati   tomonidan   butunlay
tugatilgan) (3.127). Nafsdan qo'rqib, nafs bilan kurashuvchi solihlarni (siddiqlarni)
ajratib ko'rsatdi. ustunlik; Yaqinlik va rahm-shafqat nuri tufayli “aziz ulug‘” (axror
kirom). nafsga muvaffaqiyatli qarshilik ko'rsatadi, lekin ular ham uning fitnalariga
duchor bo'lishlari mumkin; qirq solihlar (siddiqunlar) Allohning sevgisi bilan to'liq
qamrab olinadi va darhol ega bo'ladi xayollar orqali Yaratgan bilan muloqot qilish,
34 lekin  nafs   ta’siridan  butunlay   xalos   bo‘lmagan.   To'liq  faqat   «yagona»  (munfarid)
uning   ta'sirini   engishga   qodir,   uning   maqomi   yetadi   payg'ambarlar   (anbiyo')   va
elchilar   (rusul)   maqomi.   U   azizlar   ierarxiyasining   boshida   turadi,   borliq   “qutb”
(kutb),   “muqaddaslik   muhri”   (“hatm   al-avliyya”).   Azizlar   dunyo   tartibining
kafillari   va   dunyo   hukmdorlari.   At-Termiziy   avliyolarning   mo''jizalar   ko'rsatish
qobiliyatini tan olishga chaqirgan. (2,159-160).
Termiziydan   keyin   tasavvufda   tasavvuf   ierarxiyasi   g oyasi   o rnatildi.ʻ ʻ
mukammal deb tan olingan. “Azizlar muhri” risolasida u batafsil muhokama qiladi
ikki   yo'lni   taklif   qiladigan   ma'rifat   va   muqaddaslik   holatiga   erishish   imkoniyati   -
shariat va tariqat talablariga qat'iy rioya qilish yoki Ilohiy orqali At-Termiziy so'fiy
mutafakkirlar   orasida   birinchi   bo'lib   bu   joyni   batafsil   asoslab   bergan   Muqaddas
zohidlar,   aslida   o'z   huquqlarini   "payg'ambarlar"   (rusullar)   va   payg'ambarlar   bilan
tenglashtiradilar. 
XULOSA
Oliy   ta’limdagi   islohotlar   zamonaviy   bosqichi   demokratik   yuksak
rivojlangan mamlakatlar darajasida O’zbekistonning ilg’or ilmiy-texnik,  iqtisodiy,
ijtimoiy   va   madaniy   rivojlanishini   ta’minlashga   qodir   va   ma’naviy,   madaniy   va
axloqiy sifatlarga ega yuksak malakali raqobatbardosh kadrlami tayyorlashni talab
etadi. Oliy maktabda ta’lim mazmuni mutaxassislar shaxsini rivojlantirish, ylaming
chuqur fundamental bilimlarini va amaliy tayyorgarliklarining asosiy vositalaridan
biri   hisoblanadi.   Oliy   maktabda   ta’limning   yangi   mazmuni   zamonaviy   bosqichda
davlat standarti  bilan belgilanadi. 
Oliy     ta’lim     standarti     kadriar   tayyorlash,     ta’lim     mazmuni     sifatiga
talablami   belgilaydi.   Davlat   standarti   me’yoriy   hujjatlari   asosida   oliy   maktabda
o’qitish jarayonini takomillashtirish yo’llari belgilanadi. Oliy   maktabda   o ’qitish
jarayoni   ijtimoiy-pedagogik   qonuniyatlar   bilan   belgilanadi va o’qitish tashkiliy
shakllari   va   metodlari   turli-tuman   tizimlari   doirasida   amalga   oshiriladi.   Oliy
35 maktabda ta’lim mazmunini qayta tashkil  qilish:  mutaxassislami  tayyorlash  yangi
samarali     shakllarini     izlash     bevosita     talabalar     bilim     olish     faoliyatlarini
faollashtirish bilan bog’iiq. 
  Bilim   olish   faoliyati   nazariy   asoslarini   asoslash   uchun   yaqin   sharq   va
Markaziy   Osiyo   qomusiy   olimlarining   pedagogik   qarashlari   muhim   ahamiyatga
ega.   Oliy   ta’lim   mazmunining   sifatini   takomillashtirish   pedagogikadagi   bugungi
kunda   yangi     pedagogik     innovatsiya     yo’nalishisiz     mumkin     emas.     Oliy
maktabda   innovatsiyon   jarayonlar   innovatsiyon   xususiyati   yangiliklar   kiritish,
o’qituvchilar   kasbiy   imkoniyatlari   bilan   belgilanadi.   Oliy   maktabda   pedagogik
innovatsiyalar   pedagogik   texnologiyalar   muammolari   bilan   uzviy   bog’liqdir.
Pedagogik   texnologiyalardan   foydalanish   ta’lim   texnologiyalari   ilmiy   asoslarini,
mualliflik   maktablarini   va   yangi   tajriba   texnologiyalarini   ishlab   chiqish   bilan
bog’iiq.Mazkur    q o ’llanmada   pedagogik   texnologiyalam i   tizim lashtirish   va
umumlashtirishga urinishlar ushbu muammoni hal etmaydi. 
Ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish  oliy   maktabda  o’quv jarayoni
yangi  texnologik  muammolami qo’yishni va hal etishni talab etadi.
Umuman,   qadimgi   Sharq   va   G‘arb   falsafasining   ijtimoiy   muammolari   orasida
axloq   mavzusi   yetakchilik   qiladi.   O‘sha   davrda   yaratilgan   hikmatli   so‘z,   iboralar
bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Markaziy Osiyoda
siyosiy   fikrlarning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishida   islom   dini   ham   muhim
manbalardan biri bo‘ldi.
IX   asrda   maxsus   islom   ilmlari   shakllandi.   Greklardan   o‘tgan   falsafa,
matematika,   fizika   va   boshqa   qator   ilmlardan   tashqari   kalom,   hadis,   fiqh   kabi
islomiy   ilmlar   yuzaga   keldi.   Islom   Sharqda   nafaqat   din   sifatida,   balki   yaxlit
madaniyat,   ma’naviyatning   shakllanishida   ham   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   U
madaniyatning ilm-fan, san’at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatdi.
Bu   davrda   diniy   ilmlar   sohalarida   mintaqa   shuhratini   olamga   tanitgan   imom
Buxoriy,   imom   Termiziy,   Nizomulmulk,   dunyoviy   ilmlar   sohasida   esa,   Forobiy,
Beruniy,   Ibn   Sino   hamda   tasavvuf   ma’naviy-ma’rifiy   ta’limoti   sohasida   Ahmad
36 Yassaviy,   Ahmad   Yugnakiy,   Yusuf   Xos   Hojib ,   Najmiddin   Kubro,   Bahouddin
Naqshband   va   boshqa   yirik   alloma   va   mutafakkirlarning   jamiyat   taraqqiyoti
rivojida   ma’naviyat   hodisasining   beqiyos   o‘rni   haqidagi   qarashlari   butun   jahon
ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh hissa qo‘shdi.
Abu  Nasr   Forobiy  (873–950)   jahon  ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   tarixida   “Sharq
Aristoteli” (“Ikkinchi muallim”) degan unvonga sazovor bo‘lgan mashhur qomusiy
olimdir. Forobiy o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarida jamiyatning vujudga kelish
sabablarini,   axloqning   shakllanishi,   inson   va   jamiyatning   o‘zaro   munosabatini,
insoniylik, adolatparvarlik, tarraqiyot, buyuk jamiyat, komil inson kabi mavzularni
ilmiy-nazariy   jihatdan   asoslashga   harakat   qilgan.   Forobiy   talqinicha,   “…haqiqiy
baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar –
fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida   birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli
jamoadir. 
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu
tartibda barcha xalqlar baxtaga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun
yer yuzi fazilatli bo‘ladi”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. A.Mavlonova,   B.Normurodova.   “Tarbiyaviy   ishlar   metodikasi”.   O’quv
qo’llanma. Toshkent, “FAN” 2008 y.
2. Mavlonova R.A., To’raev O.T., Xasanboeva O, Xoliqberdiev K.M. –
3. «Pedagogika» T., «O’qituvchi » – 1998 i.
4. Ismoilova Z. Tarbiyaviy ish metodikasi – T.: Istiqlol, 2003.
5. Shodmonova   Sh.,   Tilobova   N.   “Tarbiyaviy   ishlar   uslubiyoti”   o’quv
predmetidan ta’lim texnologiyasi – T.: TDIU, 2006.    
6. Kukushin V.S. Teoriya i metodika vospitaniya.  Rostov nqD.: Feniks, 2006.
7. Kukushin   V.S.     Teoriya   i   metodika   vospitatelnoy   raboto’.   –   Rostov   nqD.:
MarT, 2004.
8. Abu   Xikmat   Gazzoliy.   Yanglishuvlaridan   qutqaruvchi   shaxs   mash’ali.
Turkiston – 1992y.,-2 son.
37 9. Milliy maktab roydevorini yaratish yo’lida.  Jamoa – Toshkent, 1990
10. Roziqov O.R. Ogaev S.Yu., Ogaev S.Yu., Maxmudova M.M., Azizov B.R.
38

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK QARASHLARI 1

MAVZU: SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDOGOGIK QARASHLARI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………....3 1. Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari……………….5 2. Ijtimoiy pedogogika diniy qarashlarning paydo bolishi va rivojlanishi.12 3. Imom Ismoil al-Buxoriy ta’limlarida ijtimoiy-pedagogik qarashlar…..17 4. Imom at-Termiziyning ijtimoiy-pedogogik qarashlari…………………27 XULOSA………………………………………………………………..….....35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….………37 2

KIRISH Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruxda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining xuzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga, turmush tarzimizga yot bo‘lgan giyoxvandlik, foxishabozlik, qonunbuzarlik, turli aqidaparastlik kabi illatlarning ham suqulib kirib kelishi ayrim kishilar, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, salbiy og‘ishlar girdobiga kirgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar ko‘lamini kuchaytirish, ta’sir ko’rsatishning darajasini oshirishni taqoza etadi Buning uchun esa keng omma shu jumladan salbiy og‘ishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan shug‘ullanishning faol yo‘l, usul, vositalarini aniqlash, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning uslubiyotini ishlab chikish zarur. Bunday ma’suliyatli ish esa umumiy pedagogikaning alohida soxasi bo‘lgan «Ijtimoiy pedagogika”ning zimmasidadir. Chunki, tarbiyaviy ish nafakat ta’lim muassasalarida, balki, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshiriladi. Keyingi yillarda pedagogika yo‘nalilishidagi oliy o‘quv yurtlarining pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida “Ijtimoiy pedagogika” 3

fani o‘qitilib kelinmoqda. Bizningcha, bu fanni barcha oliy o‘quv yurtlarining mavjud ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi shundaki, mazkur o‘quv yurtlarini tamomlab tegishli joyga mutaxassis bo‘lib kelganlar o‘z navbatida o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektda ijtimoiy pedagoglik vazifasini ham bajaradi. 4

1. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK QARASHLARI Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga ega. Uning tarixiy taraqqiyotini bir necha bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan harakterlanadi. Bu davrda turli tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosi mavjud bo‘lgan. Dastlab tarbiya umum faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana borgan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiyasi ham ommalasha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo‘lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi, ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik g‘oyalarning yozma manbalari tasdiqlaydi. Sharqda ijtimoiy pedogogik g‘oyalar odatda muqaddas kitoblar shaklida butun halq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta OsiyodaAvesto va boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g‘oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 5