TARJIMA TILLARARO VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYANING TURI SIFATIDA
Mavzu : TARJIMA TILLARARO VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYANING TURI SIFATIDA MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………..…………….….3 I BOB. Tarjima, uning maqsadi va vazifalari 1.1 Tarjima tarixi va uning rivojlanishi, taraqqiyoti ………………………….…....8 1.2 Tarjima nazariyasining vazifasi , tarjima bosqichlari……………..………..….12 I bob uchun xulosa………………………………………………………………16 II Bob. Madaniyatlararo muloqotning asosiy tushunchalari 2.1“Til” tushunchasi …………….……………………………….……………...18 2.2 “Madaniyat” tushunchasi …………………………………………………….20 2.3. “Kommunikatsiya” tushunchasi……………………………………….….…23 IIbob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….27 III Bob. Tillararo va madaniyatlararo kommunikatsiyada tarjimaning o‘rni 3.1 “Madaniyatlararo muloqot” tushunchasining mohiyati va o‘ziga xos Xususiyati………………………..………………………………………..………29 3.2 Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining darajalari …………………………..………..30 III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………...31 Xulosa ……………………………………………………………………............33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI ………………..…….….35 Ilova ……………………………………………………………………..…….....38 1
KIRISH «Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim», Shavkat Mirziyoyev Turli xalqlar, tillar va madaniyatlar yaqinlashgan bugungi kunda, xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga, boshqa madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Madaniyatlararo, xalqaro muloqot masalalari umume’tiborni tortmoqda. Madaniyatlararo muloqot muammolari bilan shug‘ullangan aksariyat xorijlik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, chet elliklar bilan muomalada bo‘lganda grammatik, leksik va uslubiy xatolar kechiriladi, chunki bu ulardagi til bilimining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Biroq muloqot jarayonida ijtimoiy-madaniy me’yorlarning, odob-axloq qoidalarining buzilishi salbiy qabul qilinadi. Chunki bunday me’yorlarning buzilishi muayyan madaniyat vakilining haqoratlanishi yoki kamsitilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kurs ishining dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda kommunikativ xatolar madaniy shok holatini yuzaga chiqarib, shaxslararo va millatlararo muloqotning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga, hatto jiddiy to‘qnashuv, geosiyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan xulosa qilib, globallashuv, standartlashuv, integratsiyalashuv va madaniyatlarning aralashuvi yuz berayotgan bugungi kunda madaniyatlararo muloqot muammolarini o‘rganish, ularni tadqiq etish dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda til bilishning o‘zi kommunikatsiya ishtirokchilari bir-birini tushunishlari uchun yetarli bo‘lmaydi. Kurs ishining ob’ekti. Tarjima tillararo madaniyatlarni barcha munosabatlarning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishi uchun asosiy o‘rinni 2
egallaydi, nutq ishtirok etgan va ishtirok etmagan muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari, ijtimoiy-madaniy me’yorlar, odob-axloq qoidalari, kommunikatsiyadagi ustuvor xususiyatlar hamda xushmuomalalikning milliy tizimi haqida bilimga ega bo‘lish kerak bo‘ladi. Zero, yoshlarimizning Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning ta’kidlaganidek: “mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib dunyo miqiyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi” o‘ta muhim vazifalardan birdir. Kurs ishining predmeti. Predmeti sifatida tarjimaning har bir so‘zdagi o‘rnini beqiyosligi, so‘zma - so‘z tarjima qilgan bilan uning mohiyati, mazmuni yoritilmasligi alohida o‘rin kasb etadi. Talabalarni barcha tarjima qilinayotgan tillar, madaniyatlararo muloqot masalalaridan xabardor etish, ularga kommunikatsiya turlari, verbal va noverbal muloqot vositalaridan foydalanish, kommunikatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, til va madaniyatning o‘zaro aloqasi, shaxs va uni shakllantiruvchi omillar, milliy xarakter, madaniyatlararo to‘siqlar va to‘qnashuvlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish, diskursning milliy-madaniy xususiyatlarini tahlil etish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Kurs ishining maqsadi . Shuning bilan birga, tili o‘rganilayotgan xalqlarning milliy urf odatlari, dunyoqarashlari, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarini to’liq anglash, muloqot jarayonida ijtimoiy madaniy me’yorlarini o’rniga qo’yishdan iborat. Tarjima jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganishdan oldin, tarjima modelini shakllantirish lozim deb topdik. Inson faoliyatining asosiy shakli bu muloqotdir. Inson ongli mavjudot bo’libdiki, doimiy ravishda muloqotga kirishishiga xarakat qiladi. Ammo tarjimani muloqot modelini yaratishdan oldin umuman olganda nutq aktini ya’ni bir tilli muloqot modelini tuzish maqsadga muvofiqdir. Kurs ishining vazifasi. Insoniyat faoliyatining murakkab shakli bo‘lmish tarjima - bir tilda yaratilgan nutqiy ifodani, uning shakl va mazmun birligini saqlagan holda, o‘zga til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy 3
jarayondir. Demak, asliyatga mansub bo‘lgan til vositalari yordamida yaratilgan nutqiy ifoda (matn) tarjima tili qonuniyatlari asosida vujudga kelgan shunday ifoda bilan almashtiriladi. Shu yo‘l bilan asliyat va tarjima tillari matnlarining mazmuniy uslubiy adekvatligi yuzaga keltiriladi. Mazkur ta’rif tillararo amalga oshiriladigan jarayonga aloqador bo‘lib, insoniyat faoliyatining ko‘proq qi smi mazkur amaliyot bilan bog‘liqdir. Shu tufayli “tarjima” deganda aksariyat kishilar ko‘z oldiga, birinchi navbatda, bir tildagi matnni ikkinchi tilga o‘girish faoliyati namoyon bo‘ladi. Kurs ishining ilmiy yangiligi. Lingvistik tarjimashunoslik bo‘yicha yaratilayotgan ko‘pchilik tadqiqotlarda tarjima nazariyasi va amaliyotining juz’iy masalalari bilan bir qatorda mazkur soxaning mohiyatini aks ettiradigan umumnazariy muammolar ustida ham keng ko‘lamda bosh qotirilmoqda. Bu hol lingvistik tarjimashunoslikning tadqiqotchilar e’tiborini borgan sari ko‘proq o‘ziga tortayotganligidan dalolat beradi. Tarjimaga lingvistik tarjimashunoslik nuqtai nazaridan yondashib, quyidagicha ta’rif berish mumkin. Tarjima insoniyat faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, u tufayli biz insoniyat taraqqiyoti tarixini barcha tafsilotlari bilan ochiq - oydin tasavvur etamiz. Tarjima xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kengayishiga xizmat qiluvchi qudratli quroldir. Kurs ishining o‘ganilganlik darajasi . Lingvistik tarjima nazariyasi tarjimani tillararo va madaniyatlararo doirada qamrovli o’rganadi. Tarjima jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish bilan bir qatorda tarjimonning tarjima jarayonida bajarauvchi funksiyalarini aniqlashga xarakat qiladi. Xorijiy mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni aniqladiki, komunikativ muloqotning xarakteri shakli va uslubi, muloqotning birinchi daqiqasi ba’zan esa soniyalaridanoq ma’lum bo’ladi. Binobarin, kommunikasiyada har qanday vaziyatni yumshatishga qodir bo’lgan murojaat turlari mavjud. Masalan, 4
suhbatdoshni ismini ayta turib jilmayish suhbatning do’stona ohangda davom etishini ta’minlaydi va h.k.z. Kurs ishida qo‘llanilgan metodlar . Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’tiborni qaratadi. Bugungi mavzuda an-anaviy metoddan foydalandim, ya’ni kitob bilan ishlash - o‘qish, o‘rganish, reja tuzish, konspekt qilish. Kurs ishining nazariy ahamiyati . Tarjima turli xalqlar adabiyotlarining o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri jarayonini tezlashtiradi. Tarjimaviy asarlar tufayli kitobxonlar jaxon adabiyoti durdonalaridan bahramand bo‘ladilar, ularning estetik tuyg‘ulari oshadi, didlari o‘sadi, ularda go‘zal narsalar haqida tushunchalar hosil bo‘ladi. Tarjima tillarning kamoloti uchun zaruriy vosita sifatida, ularning rivojlanish sur’atini jadallashtiradi, lug‘at boy l igini oshiradi va takomillashtiradi. Tarjima inson ma’naviy hayotini boyitadi, ona tilining imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi, uni serjilo qiladi. Tarjima tufayli kitobxon tafakkuri charxlanib, yangi tushunchalar bilan boyiydi. Tarjima jamiyatda yangicha munosabatlar, qarashlar qaror topishiga xizmat qiladi. Tarjima tufayli milliy adabiyotlar o‘rtasidagi aloqalarning mahsuli sifatida yangi g‘oyaviy yo‘nalishlar, yangicha syujet, janr shakllanadi. Tarjima Vatan adabiyotiga yangi obrazlar, badiiy-tasviriy vositalar h adya etadi. Bir so‘z bilan aytganda, tarjima - asliyatni qayta yaratish, qayta talqin 5