logo

TEXNOLOGIYA FANI O'QUVCHILARGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

74.634765625 KB
TEXNOLOGIYA FANI O'QUVCHILARGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Reja:
Kirish
I   bob.   PEDAGOGIK   TEXNOLOGIYANING   RIVOJI.   PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI.
1.1. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga
xos jixatlari
1.2.   “Texnologiya”   va   “pedagogik   texnologiya”   tushunchalari,   uning   paydo   bo`lishi,   tarixiy
rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta`riflari
1.3. Pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari
II   bob.   TA`LIM   JARAYONIDA   TA`LIM   OLUVCHI   SHAXSI.   PEDAGOGIK   TIZIM
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ASOSI. PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR TASNIFI
2.1.O`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida
2.2.Pedagogik jarayon tizim sifatida,  pedagogik texnologiyaning asosiy belgilariva tasnifi
2.3.Pedagogik texnologiya turlari
III bob.MAQSADNI BELGILASH TA`LIMNI TEXNOLOGIYALSHTIRISHNING ASOSIY
ELEMENTI.O`QITISHNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHDA METOD VA   VOSITALAR
3.1.Ta`lim   oluvchilar   tomonidan   bilim,   ko`nikma   va   malakalarni   o`zlashtirish   darajalari,   ularga
erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish.
3.2.Ta`limni  tashkil  etish shakllariining  mohiyati,    mazmuni,  guruxlarni  shakllantirish  tamoyillari,
ta`lim   texnologiyasida   o`qitish   metodlarining   o`rni,   ahamiyati,   tasniflanishi     va   ularni     tanlash
omillari
XULOSA
FOYDALNILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1 Kirish
Pedagogik   texnologiyadan   tayyorlangan   mazkur   o`quv   qo`llanma   o`zida   shu
moduldan   ma`ruzalar   matni,   amaliy   mashg`ulotlar   ishlanmasini   mujassamlashtirgan
bo`lib, oily ta`lim talabalari, o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.   O`quv qo`llanmada
pedagogik   texnologiya   fanining   maqsadi   va   vazifalari,   ilmiy-tadqiqot   metodlari,
dolzarb   muammolari,   ta`lim-tarbiya   jarayonida   pedagogik   texnologiya   metodlaridan
foydalanish   istiqbollari   va   muammolari,   pedagogik   texnologiyaning   darajalari,
tuzilishi   va   nazariy   asoslari,   o`quvchi   shaxsi   ta`lim   jarayoning   obyekti   va   subyekti
sifatida, pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari
va tasnifi, pedagogik texnologiya turlari, ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma
va   malakalarni   o`zlashtirish   darajalari,   ularga   erishishning   maqsad   va   natijalarini
shakllantiriash va talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish, ta`limni tashkil etish
shakllariining   mohiyati,   mazmuni,   guruxlarni   shakllantirish   tamoyillari,   ta`lim
texnologiyasida o`qitish metodlarining o`rni, ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash
omillari, “keys-stadi” tushunchasining mohiyati, kelib chiqish tarixi, tipologiyalari va
“keys-stadi” texnologiyasini tuzilishi, “hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning
mazmuni va o`ziga xosliklari, loyixa” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy
ta`limning   o`ziga   xosliklari,   o`quv   loyixasi   tushunchasi   va   “loyixa”   texnologiyasini
ishlab  chiqish  qoidasi,  tabaqalashtirilgan  va individual   ta`lim   texnologiyasi,  axborot
texnologiyalari va ta`limning jamoaviy hamda guruxiy texnologiyasi, insonparvarlik
pedagogikasi,   tarbiya   san`ati   va   tenologiyasi,   yaxlit   yondashuv   va   tarbiyaviy   ish
kabilar   yoritilgan.   O`quv   qo`llanmadan   umumiy   o`rta   ta`lim   muassasalari,   oily   va
o`rta   maxsus   ta`lim   muassasalari   pedagog   xodimlari,   tadqiqotchi-izlanuvchilar   ham
foydalanishi tavsiya etiladi.
2 I bob. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING RIVOJI.   PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI.
1.1.Pedagogik  texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi
sifatida
Pedagogik   texnologiya   pedagogikaning   mustaqil   soxasi   sifatida   XIX-asrning
2yarmida rivojlandi va fanga kirib keldi. Pedagogika fani differensiyalash jarayonida
pedagogika   fani   tarkibidan   alohida   yo’nalish,     mustaqil   fan   bo’lib   ajralib   chiqdi.
Pedagogik   texnologiya   fani   hozirda   pedagogikaning   mustaqil   soxasi   sifatida
OTM.larida   o’qitilib   kelinadi.   Pedagogik   texnologiya   fanining   asosiy   maqsadi-yosh
avlodda mazkur fan orqali BKM.larni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak
mahorat va san’at bilan bosqara olishdir.
Pedagogik texnologiya  ta’lim – tarbiya jarayonini yuksak mahorat san’at bilan
boshqarishdir.
Pedagogik   texnologiya   –   texnologiyaga   nisbatan   tor   tushuncha   bo’lib-unda
faqat ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini mahorat, san`at bilan o’rganish.
Pedagogik   texnologiyalar   pedagogik   jarayonning   ijtimoiy   maqsadga
yo’naltirilgan usul, shakl va uyushmalar yigindisiga asoslangan loyihadir.
Shuningdek,   pedagogik   texnologiyalar-pedagogik   jarayonni   yangicha   qurish
boshqarish tashkil etishning mexanizmidir.
Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik
asoslari va o`ziga xos jixatlari
Pedagogik   texnologiya   (PT)   –   shunday   bilimlar   sohasiki,   ular   yordamida   3   –
ming   yillikda   davlatimiz   ta’lim   sohasida   tub   burilishlar   yuz   beradi,   Ta`lim
beruvchifaoliyati   yangilanadi,   talaba   yoshlarda   hurfikrlilik,   bilimga   chanqoqlik,
vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Texnologiya»ning  fan  sifatida  vujudga  kelishiga – XVII  asrda, sanoat ishlab
chiqarishini  paydo  bo`lishi  metallurgiya,  mashinasozlik, jumladan  sanoat jihozlari,
paroxod,     parovoz,     o`q     otuvchi     qurollarni   ishlab   chiqarish   jadal   rivojlana
boshlanishi, sabab bo`ldi. Bunday  murakkab  va  mehnattalab  mashina  va jihozlarni
3 ishlab   chiqarishni,     faqat     texnologik     jarayoni     aniq     ishlab     chiqilgan   texnologik
hujjatlar     asosida     tashkil     etish     mumkin     edi.     Ushbu     hujjatlarda   –   xom   ashyo,
materiallar,   yarim     fabrikat   va   mahsulotlarni   olish,     ishlov   berish,   qayta   ishlash
yo`llari  va  usullarining  murakkab  jarayonlarini  o`zaro bog’liq,  ketma-ket va  aniq
bajariladigan  harakat,  operatsiyalarga  bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir
etiladi.     Bu   kengaytirilgan   va   ommaviy   ishlab     chiqarishga   asos   bo`ladi.   Bizning
davrda, texnologiya   deb, ma’lum   ishni   bajarish   san’ati tushuniladi.   Uni   egallash
uchun  u  aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi.
«Texnologiya»ning     fan     sifatida     shakllanishi,     texnologiyani   ko`paytirish     va     shu
asosda     mutaxassislarni     ommaviy     tayyorlash,     hamda   ommaviy   ishlab   chiqarishni
tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi.
«Texnologiya» va «Pedagogika»ning  fan  sifatida  bir  tarixiy davrda shakllanganligi,
bu qonuniy hodisadir.
PT   –   bu   Ta`lim   beruvchi(tarbiyachi)ning   o’qitish   (tarbiya)   vositalari
yordamida   ta`lim   oluvchi(talaba)larga   muayyan   sharoitda   ta’sir   ko’rsatishi   va
aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal
shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida   keltirilgan   ta’rifdan   ko’rinib   turibdiki,   PT   tushunchasini   izohlashda
texnologiya   jarayoni   asos   qilib   olindi.   Aslini   olganda   ham   bu   tushunchaga   berilgan
ta’riflar   soni   pedagogik   adabiyotlarda   nihoyatda   ko’pdir.   Pedagogik   nashrlarda
«texnologiya»   atamasining   xilma-xil   ko’rinishlarini   uchratish   mumkin:   «o’qitish
texnologiyasi»,   «o’quv   jarayoni   texnologiyasi»,   «ma’lumot   texnologiyasi»   va
hokazo.
O’qitish   texnologiyasi   PTga   yaqin   tushuncha   bo’lsa-da,   aynan   o’xshash
ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq
o’quv   materialini   o’zlashtirish   yo’lini   muayyan   texnologiya   atrofida   ifoda   etadi.   U
ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
4 PT   esa   ma’lumot   texnologiyasini   joriy   etish   taktikasini   ifodalaydi   va   «Ta`lim
beruvchi– moddiy muhit  – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional  tizim  qonuniyatlariga
tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi   kunda   o’qituvchilar   metodikani   ko’p   hollarda   texnologiyadan   ajrata
olmayaptilar.   Shu   boisdan   bu   tushunchalarni   aniqlashtirish   kerak   bo’ladi.   Metodika
o’quv   jarayonini   tashkil   etish   va   o’tkazish   bo’yicha   tavsiyalar   majmuasidan   iborat.
Metodikadan   ko’zlangan   aniq   maqsad   predmet   mavzulariga   oid   nazariyalarni   aniq
hodisalar   tekisligiga   ko’chirishdir.   Misol   uchun,   gaz   qonunlari   tushunchalarini
shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr
bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT   o’qitish   jarayonining   o’zaro   bog’liq   qismlarini   tashkiliy   jihatdan   tartibga
keltirish,   bosqichlarini   qurish,   ularni   joriy   etish   shartlarini   aniqlash,   mavjud
imkoniyatlarni   hi-sobga   olgan   holda   belgilangan   maqsadga   erishishini   ta’minlay-di.
Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani
kafolatlaydigan   muolajalar   yig’in-disidir.   Texnologiya   o’zining   egiluvchanligi,
natijalarning   turg’unligi,   samaradorligi,   oldindan   loyihalanish   zarurati   bilan
metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv
jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-
yillardan   boshlab   pedagogik   adabiyotlarda   bu   tushunchaning   mohiyati   yangicha
talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi -
bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar
sohasi» ekanligi e’tirof etiladi.
Obyektiv   borliqni   o’rganishning   tizimli   yondashish   metodi   fanda   keng
ko’lamda   qo’llanilgach,   uning   ta’siri   ostida   asta-sekinlik   bilan   PT   mohiyatiga   ham
aniqlik   kiritildi:   rus   olimasi   N.F.Talizina   texnologiyani   «belgilangan   o’quv
maqsadiga   erishishning   oqilona   usullarini   aniqlashdan   iborat»deb   tushuntiradi.
Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida
fan   sifatida   qarash   lozimligini   o’qtiradi:   «O’qitish   texnologiyasi   –   bu   o’quv
5 jarayonini   nima   real   tavsiflasa   o’sha,   o’qituvchiga   o’rnatilgan   maqsadlarga   erishish
uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan .
ILMIY ADABIYOTLARDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING UCH 
ASPEKTI  TO‘G‘RISIDA FIKR  YURITILADI:
ILMIY TAVSIFIY AMALIY
ASPEKTda   ASPEKTda   SPEKT da   o‘qitishning   rejalashtirilgan   o‘qitish
pedagogik
maqsadi,  mazmuni natijalariga texnologiya
va  metodlari  ilmiy erishishning maqsadi, jarayoni amalga
asoslanadi hamda mazmuni, metodlari va oshiriladi   pedagogik   jarayon
vositalarining ishtiroki
loyihalashtiriladi. asosida algoritm 
jarayoni ishlab 
chiqiladi.
1-rasm. Ppedagogik texnologiyaning asosiy aspektlari
1.2.“Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo
bo`lishi, tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik
texnologiya” tushunchasiga ta`riflari
Tarixan “Texnologiya”  tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bog‘liq ravishda
yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, hunar va fan haqidagi ta’limotga muvofiq
keladi.
6 Texnologiya   deganda,   odatda   ashyolarni   qayta   ishlash   metodlari   va   ishlab
chiqarish jarayoni hamda ulaming ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi.
Siyosiy lug‘at ( М .,1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi:
1) ishlab   chiqarish   jarayonida     ashyolar,     materiallar,     yarim     tayyor
ashyolamiqayta   ishlash,   tayyorlash   holati,   xususiyati,   shaklining   o'zgarish   metodlari
yigindisi;
2) ashyolar,     materiallar   va   yarim   xom     ashyolarga     muvofiq     ishlab     chiqarish
qurollari  orqali  ta ’sir o`tkazish  usullari  to'g'risidagi fan.
«Qomusiy   lug‘at»da   ham   shunga   yaqin   izoh   beriladi,   lekin   unda   birmuncha
kengroq     yoritiladi:     «Fan     sifatida     texnologiyaning     vazifasi     har     tomonlama
samarali   va   tejamli   ishlab   chiqarish jarayonlarini   aniqlash   va   amaliyotda undan
foydalanish     maqsadida     fizika   ,     kimyo,     mexanika     va     boshqa   qonuniyatlarini
bajarish.» (M., 1979)
Texnologiya   grekcha   so‘z   bo‘lib,   “texnos”-   san’at,   mahorat,   “logos”-   ta’limot
degan ma’nolami bildiradi.
Pedagogik   texnologiya   tushunchasining   shakllanishi   va   rivojlanishi   tarixida   turli
qarashlar     mavjud     bo‘lgan:     u     texnik     vositalar     haqidagi     ta’limot     deb,   hamda
o‘qitish   jarayonini   loyihalashtirilgan   holda   izchil   va   muntazam   tashkil   etish     deb
talqin  qilingan.  Hozir  pedagogik  texnologiyalarning  bir qancha ta’riflari mavjud.
V.P. Bespalko  pedagogik  texnologiyani  amaliyotga  tatbiq  qilinadigan muayyan
pedagogik     tizim     loyihasi   sifatida     belgilaydi.     U     pedagogik     tizim   texnologiyalar
ishlab   chiqish   uchun   asos   boladi,   deb   hisoblaydi.   Bunda asosiy diqqat    о ‘quv-
pedagogik   jarayonni   oldindan   loyihalashga   qaratiladi,   didaktik     vazifa   va     o‘qitish
texnologiyalari     tushunchasidan     foydalaniladi.   Shu   tariqa   V.P.   Bespalko   o‘quv
jarayonini   loyihalash   g‘oyasini   ilgari   suradi.   Afsuski,   hozirigi   qadar   pedagogik
texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q.
N.F.Talizina   har   bir   pedagog   real   pedagogik   jarayonni   tashkil   etishdan   oldin
o‘quv jarayoni haqida   texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lshi shart
deb   hisoblaydi,   U   fan   va   amaliyot   oralig‘ida   tamoyillarni   olg‘a   suruvchi,     metodlar
7 ishlab     chiquvchi,     ulami     izchil     qo‘llash     kabi     masalalar   bilan     shug‘ullanuvchi
alohida  fan  bo‘lishi  kerak,  deb  hisoblaydi.  Ularsiz pedagogik jarayon  texnologiya
real  o‘qitish jarayoni  sifatida  asoslanmay qoladi.
Ayrim   mualliflar   o   ‘qitish   texnologiyalariga   fan   va   san’at   oralig‘idagi   fan   deb
qaraydilar,   boshqalari   uni   loyihalash   bilan   bog‘laydilar.   Shunday     qilib,     bir
yondashuvda  o‘qitish  texnologiyalari  o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan
qandaydir   jihozlash   sifatida   ham   belgilanadi.   Unda   texnologiya   o‘quv   jarayonini
texniklashtirishni   taqozo   qiladi.   Boshqa     yondashuvda     texnologiyaga     ta’lim
amaliyotini     yangi     yoki   zamonaviylashtirilgan     bilimlar   bilan   ta’minlashning   usuli
sifatida   qarashga   imkoniyat     beradi.     Bunda     texnologiyaga     ta’limning     ilmiy
tamoyillari  va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.
Texnologiya   tushunchasi   60-yillardagi   Amerika   va     G‘arbiy   Yevropada   ta’limni
isloh  qilinishi  bilan bog‘liq  ravishda  kirib  keldi.  B.Blui, J.  Koroll, P.Ya.Galperin,
V.I.Davidov,     N.A.Menchinskaya,     Z.I.Kalmikova,     L.I.Zankov     texnologiyalari
mashhur.     O‘qitishni     tashkil     qilishning     texnologik   yondashuvlari     V.P.Bespalko,
N   .F.Talizina,     L.M.Fridman,   Yu.N.Kulyutkina,     G.S.Suxobskoy,     T.V.Kudryavsev,
A.M.     Matyushkin,   M.l.Maxmutov   kabi   aksariyat   psixolog   va   didaktikachilarga
taalluqlidir.
Texnologik     yondashuvlar     tahlili     shuni     ko‘rsatadiki,     aksariyat     o   ‘qitish
texnologiyalari   bo‘sh   texnologiyalanganligi    bo‘yicha   qolib   ketmoqda.   Bir qator
texnologiyalarda   nazariy   asoslar   kuehaytirilgan   bo‘lib,   amaliy   tomoni   u   qadar
oydinlashtirilmagan.
T.A.Ballo   texnologiyaning     bir     tomonini,     ya’ni     o   ‘qitishda     topshiriqli
yondashuvni   yoritadi.     BoshqaJarida   yo   kompyuter   orqali   dasturlashtirilgan   o‘qitish
yoki  o‘qitishning  muammoli  tuzilmasi  ajralib  turadi.
L.V. Zankov,   T.Ya.Galperin,  V.l.Davidov  tadqiqotlarida   bosqichli o‘qitishning
yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.
8 1.     Pedagogik   texnologiyada     hali     ko‘p   aniqlanmagan     masalalar   bor.     Bu
muammoni   tadqiq   etish,   o‘qitish   texnologiyasining   tushunchasi   va   metodologik
mohiyatini  aniqlash  bilan  bog‘liq.
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga
erishish   uchun,   pedagogik   tizinuiing   barcha   tashkiliy   tomonlariga   aloqador     nazariy
va  amaliy  (ta’lim  tizimi  doirasida)  tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.
«Pedagogik  texnologiya  — psixologik  va  pedagogik  o‘gitlar  yig‘indisi bo‘lib,
shakllar,   metodlar,     usullar,   o‘qitish   yo‘llari,   tarbiyaviy   vositalaming   maxsus
to‘plamidir.   Ayni   zamonda   u   pedagogik   jarayonning   tashkiliy-metodik   omilini   ham
bildiradi» (B.Lixachev).
«Pedagogik    texnologiya   —  o‘quv    jarayonini    amalga    oshirishning   mazmuniy
texnikasi» (V.P.  Bespalko).
«Pedagogik texnologiya  — rejalashtirilgan o ‘qitish natijalariga  erishish jarayoni
tavsifi» (I.P. Volkov).
«Texnologiya  — ishlov  berish,  holatni  o ‘zgartirish  san'ati,  mahorati, malakasi
va metodlar yig‘indisi» (V.M.  Shepel).
«Pedagogik texnologiya  — talaba va o ‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish
orqali o ‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o ‘tkazish bo'yicha  ular
pedagogik  faoliyatining  har  tomonlama  o‘ylangan modelidir.» (V. M. Manaxov).
«Pedagogik   texnologiya   —   bu   ta’lim   shakllarini   jadallashtirish   vazifasini
ko‘zlagan   o   ‘qitish   va   bilimlarni   o   ‘zlashtirishning   barcha   jarayonlarini   texnika   va
inson omillarida va ulaming birgalikdagi   harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish
va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO).
«Pedagogik  texnologiya — pedagogik  maqsadlarga  erishishda 
foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va  metodologik vositalarda amalda 
boMishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Clarin).
«Pedagogik texnologiya  — o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari
mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi».(G.K.
Selevko).
9 Texnologiyalar va pedagogik texnologiyalarga quydagicha ta’riflar berilgan:
-“Faoliyatda,  biror  ishda,  mahoratda,  san’tda  qo’llaniladigan  usullar
yig’indisidir” ( Izoxli lug’at ta’rifi)
-“Texnologiya – ishlov berish, axvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati,
metodlari yig’indisidir” ( V. M. Shepelh)
-“Pedagogik texnologiya ta’limni rejalashtiriladigan natijalarga erishish jarayoni
tafisloti” ( I. P Volkov ta’rifi)
-“Ta’lim   texnologiyasi   –   didaktik   tizimning   tarkibiy   jarayonli   qismi”   (   M.
Chorshanov ta’rifi)
-   “Pedagogik   texnologiya-   muayyan   vaziyatlarda   pelagogik   maslaxatlarni
yechishning optimal usuli” ( A. Kushnir)
-“ Aniq natijani qo’lga kiritishga yo’naltirilgan aniq faoliyat” ( V. P. Yudin
ta’rifi)
-“O’qituvchining   mahoratiga   bog’liq   bo’lmagan   holda   pedagogik
muvaffaqiyatni   kafolatlaydigan,   ta`lim   oluvchi   shaxsini   shakllantirish   jarayonning
loyixasidir”     ( V.P. Bespalhko ta’rifi)
-“O’qituvchining   o’qitish   (   tarbiya)   vositalari   yordamida   ta`lim   oluvchilarga
muayyan   sharoit   va   izchillikda  ta’sir   ko’rsatish   xamda   mazkur   faoliyatning  maxsuli
sifatida   ularda   oldindan   belgilangan   sifatlarni   shakillantirish   jarayonidir”   (N.
Saidaxmedov ta’rifi.)
Texnologiya   va   pedagogik   texnologiyaga   berilgan   tahrif   mazmunidan   mahlumki
mahorat   sanhat   bilan   ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   boshkarish   amalga   oshirish
ma’nolari kelib chikadi.
Faqat,   V.P.Bespalkoning   ta’rifida   pedagogik   texnologiyani   o’qituvchining
mahoratiga   bogliq   bo’lmay   ammo   pedagogik   jarayonning   ijobiy   muvaffaqiyatli
bo’lishini taminlashini, ta`lim oluvchilar shaxsini esa ijobiy tomonga shakllantirishini
ta’kidlagan.   Bizningcha,   olim   Ta`lim   beruvchimahoratiga   bogliq   bo’lmay   deganda
mulhtimediyani nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Chunki, mulhtimediya asosida dars
o’tish   jarayonida   Ta`lim   beruvchiboshqaruvchi   rolini   o’taydi,   asosiy   vazifani,   dars
10 loyixasini mulhtimediya (ovozli, rejali, ko’rgazmali, ma’lum bir soatga muljallangan,
DTS   ga   mos   keladigan   dars   shakli)   boshqaradi   ya’ni   dars   mulhtimediya   asosida
tashkil   etiladi.   Unda   Ta`lim   beruvchideyarli   boshqaruvchi   rolini   o’taydi   va   passiv
ishtirok etadi.Ta’kidlash joizki mulhtimediya asosida o’tilgan darslar yuqori saviyada
bo’ladi.Unda ta`lim oluvchilarning ilmiy saloxiyati, bilish faoliyati shakllanadi.
Pedagogik   texnologiyalarning   rivojlanish   tarixi   turli   davrlarda   turlicha
ko’rinishlarda bo’lagan.
Masalan,   pedagogik   texnologiya-1940-1950-yillarda   “ta’lim   texnologiyasi”deb
nomlanib  ta’lim jarayonida  texnik vositalardan (diafilm kineskop magnit metalari va
boshqalar) dan foydalanib dars o’tishga nisbatan pedagogik texnologiya deb atalgan.
1950-1970-yillarda   bilimlarni   o’zlashtirishning   barcha   tomonini   qamrab   olib
kompleks   integrativ   jarayonga   nisbatan   qo’llanilgan   ta’lim   turiga   pedagogik
texnologyalar deb atalgan.
Hozirgi   kunda   pedagogik   texnologiyalar   deb   ta’limning   komphyuterli   va
axborot texnologiyalarini yaratish va dars jarayonida ulardan foydalanishga nisbatan
aytiladi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar bu ta’lim jarayonini tubdan islox etish,
yangicha   shakl,   usul,   vositalar   asosiga   qurish   boshqarish   va   tashkil   etishning
mexanizmi va loyixasidir.
Klaster   usulining   mazmuniga   ko’ra   texnologiya   va   pedagogik   texnologiyani
quyidagicha izoxlash  mumkin.
11Texnologiya
san’at bilan
boshqarish maxorat
tushunchasiyunoncha
so’zdan iborat
san’at
h aqidagi fan,
tushuncha
yuksak maxorat
h aqida ta’limot 3-rasm “Texnologiya” so`zining “Klaster” usulining mazmuniga ko`ra 
izohlanishi
4-rasm “Pedagogik texnologiya” so`zining “Klaster” usulining mazmuniga 
ko`ra izohlanishi
1.3.Pedagogik   texnologiyaning   darajalari,   tuzilishi   va   nazariy   asoslari
Ta’lim  amaliyotiga  nisbatan pedagogik  texnologiyaning  uch  sathi, ya`ni darajalari
quyidagicha belgilanadi:  umumpedagogik, xususiy metodik,  lokal (modul).
1. Umumiy     pedagogik     daraja .     Umumiy     pedagogik     (umumdidaktik,
umumtarbiyaviy)   texnologiya   ta’lim-tarbiya   jarayonining   yaxlit   tizimliligi,   ma’lum
bir   region,     o`quv     yurti     tomonidan     uzliksiz     ta’lim     tizimining     muayyan     bir
bosqichidagi   texnologiyaning   umumiy   qo`nuniyatlari,   ilmiy-nazariy   asoslari,
tamoyillari,   amaliyotda   qo`llashning     umumiy     xususiyatlari,     shart-sharoitlarini
ifodalaydi.   Shu   o`rinda   qayd etish   kerakki,   uzliksiz   ta’lim    tizimining   har    bir
bosqichida     ta’lim     mazmuni     orqali   tegishli     o`ziga     xos     maqsad     va     vazifalarni
amalga    oshirish     ko`zda    tutilganligi    sababli,   pedagogik    texnologiya  ham    o`ziga
12PEDAGOGIK
T EXNOLOGIYA
pedagogik jarayonni
yuksak mahorat va san’at
bilan boshqaraishT a ` lim - tarbiyani  yangicha,  yuksak
mahorat bilan tashkil et ishning
loyxasi, m exanizimidir
tarbiyani
san’at
darajasida
tashkil etishta’limni
mahorat
bilan
boshqarish xos  xususiyatga  ega bo`ladi.  Bu  darajada  pedagogik texnologiya  pedagogik  tizim
tushunchasiga     sinonim     xisoblanadi.     Uning     tarkibiga   ta’lim-tarbiya     jarayonining
maqsad  va  vazifasi,  mazmuni,  vosita  va  metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va
sub’ekti faoliyatining algoritmlari kiradi.
2. Xususiy  metodik  darajada  pedagogik  texnologiyaning  muayyan  bir
predmet,     kursni   o`qitish     jarayonining     maqsad     va     vazifalarini     amalga     oshirish
maqsadida   foydalaniladigan   ta’lim   mazmuni,     o`qitish   vositalari,   metodlari,
shakllarining majmuasi tushuniladi.
3. Lokal   (modul)   darajada   ta’lim-tarbiya     jarayonining   ma’lum   bir
qismining   xususiy   didaktik     va     tarbiyaviy     maqsadini     hal     etishga     qaratidgan
texnologiya   tushuniladi.   Unda   o`quvchilarning   mustatsil   ishlarini   tashkil   etish,
o`quvchilar bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarni  shakllantirish  kabi  masalalar
ko`zda tutiladi.   Pedagogik   texnologiyaning yuqorida   qayd   etilgan   uchta   darajasi
birbirini  to`ldiradi va  taqozo   etadi.  Biz  pedagogik  texnologiyani  qo`llash  haqida
so`z     yuritishdan     avval,     pedagogik     texnologiyaning   ilmiy   asoslariga   to`xtalib
o`tamiz.
Pedagogik     texnologiya     bir     qancha     asoslarga     ega.     Bulardan     eng
ahamiyatlilari   ijtimoiy,   falsafiy,     metodologik,     didaktik,     pedagogik,     psixologik,
fiziologik,     gigienik,   mafkuraviy,     huquqiy-me’yoriy,     iqtisodiy,     tarixiy,     nazariy,
amaliy  va  boshqa  asoslar xisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Pedagogik texnologiyaning  ijtimoiy  asosi     har  bir  shaxs,   jamiyat  va  davlatning
ta’limtarbiya     sohasidagi     ehtiyojlaridan     kelib     chiqadi     va     shu     ehtiyojlarni
qondirishning maqsad  va  talablarini,  tashkiliy  shakllari va  usullarini  belgilaydi. U
shaxsning, jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi.
Pedagogik   texnologiyaning   falsafiy     asosi   uning   maqsadlari   hamda   tashkiliy
shakl   va   usullarining   falsafiy   jihatdan   to’g’ri   yo’nalishda   bo’lishini   ta’minlashga
xizmat   qiladi.   Falsafiy     oqimlar     va     yo’nalishlarning     har     biri     ta’lim-tarbiya
masalalariga     o’ziga     xos   yondashadi.     Shu     sababdan     pedagogik     texnologiyaning
falsafiy     yo’nalishi     uning     to’g’ri   yoki     noto’g’riligini,     jamiyatning     ma’lum
13 maqsadlariga   muvofiq   yoki   zidligini ko’rsatadi.   Bu   pedagogik   texnologiyalarga
baho  berishda  asosiy  ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Pedagogik  texnologiyaning  metodologik  asosi   uni  amalga  oshirishda qaqday
metodlarga   asoslanilishini   belgilaydi.   Insonlarning   olamni   hamda   o’zlarini   bilishlari
turli   tarixiy     davrlarda     turlicha     asoslarga     ega     bo’lgan     va     ular     o’ziga     xos
metodlarni     keltirib   chiqargan.   Hozir   olam   va   uning   xususiyatlari   haqida   xolis
ma’lumotlar olish, haqqoniy bilimlar hosil qilishning ilmiy metodologiyasi pedagogik
texnologiyalarning   metodologik   asosi     hisoblanadi.     Metodologik     asosning     ilmiy
jihatdan  to’g’ri  bo’lishi  pedagogik texnologiyalar uchun zaruriy shartdir.
Pedagogik     texnologiyaning   didaktik     asosi   uning     ta’lim-tarbiya     qoida     va
tamoyillariga   muvofiqligini   belgilaydi.   Didaktik   talablar   ta’lim-tarbiyaviy
vazifalarning nazariy jihatdan to’g’ri bajarilishini ta’minlaydi.
Pedagogik    texnologiyaning    didaktik    jihatdan    to’gri     bo’lishi     uning    yuqori
samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi. Buning uchun zamonaviy didaktikaning
ilmiy xulosalaridan ijodiy foydalanish talab qilinadi.
Pedagogik   texnologiyaning   pedagogik   asosi   zamonaviy   pedagogika fanining
ilmiy xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibiy
tuzilishi,   mazmuni,     shakli,     usullari,     vositalari,     pedagogik   jarayonning     tashkil
qilinishi,  olib borilishi, uning diagnostikasi,  monitoringi, o’quvmavzu rejalar  va shu
kabilarning   ilmiy   jihatdan   to’g’ri   bo’lishi   ta’minlanadi.   Pedagogik   texnologiyalar
hozirgi pedagogika fanining rivojlanishida katta o’rin egallab bormoqda.
Pedagogik   texnologiyaning   psixologik   asosi   psixologiya   fanining   ilmiy
xulosalari   va   tavsiyalari   bilan   belgilanadi.   Ulardan   ta’lim-tarbiya   jarayonida   to’g’ri
foydalanish orqaligana  kutilgan natijaga  erishish  mumkin.  Shu  sababli pedagogik
texnologiya  psixologiya  qonunlarini   to’liq  hisobga   olishi   talab    qilinadi.  Ta’limning
har     bir     bosqichida     tegishli     yosh     psixologiyasi     xususiyatlariga   moslashtirilgan
pedagogik  texnologiyalar  qo’llaniladi.  Har  bir  bosqichda  tegishli darajadagi bilim
va   tarbiya   beriladi.   Bu   masalalarni    o’rganish   bilan   pedagogik psixologiya fani
shug’ullanadi.
14 Pedagogik     texnologiyaning   fiziologik     asosi   ta`lim   oluvchilar-ning     turli
yoshdagi fiziologik   xususiyatlarini   hisobga   olishdan   iborat. Bunda   o’gil   va   qiz
bolalar   fiziologiyasidagi   farqlar   aloxida   xisobga   olinishi   lozim.   Pedagogik
texnologiya   jarayonida   fiziologik   talablarni   hisobga   olish   sog’lom   avlodnivoyaga
etkazishning zaruriy sharti hisoblanadi.
15 II   bob.TA`LIM   JARAYONIDA   TA`LIM   OLUVCHI   SHAXSI.   PEDAGOGIK
TIZIM   PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ASOSI. PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR TASNIFI
2.1.O`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida
Zamonaviy  ta’lim  tizimi  fuqaroning  bilim  olishi, ijodiy  qobiliyatlarini 
namoyon etishi,  individual  jixatdan  rivojlanishi,  kasbi  bo`yicha  mehnat  q`ilish 
xuquqini  ro`yobga chiqarish omili.
Shaxs   -   insonning     ruxiy,     ma’naviy     moxiyati     bo`lib,   unda     quyidagi     sifatlar
umumlashgan tizim xolatida bo`ladi:
• Ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar majmuasi;
• Atrof-muxitga, o`ziga va dunyoga bo`lgan munosabatlar tizimi;
• Hayot   davomida   turli   ijtimoiy   vazifalarni   bajarishi   orq`ali   vujudga   keladigan
faoliyat tizimi, xulq`-atvor majmuasi; • Dunyoni va unda o`zining o`rnini anglash;
• Extiyojlar tizimi;
• Q`obiliyat va ijodiy imkoiiyatlar majmuasi;
• Tashqi muxit ta’sirlariga javob berish reaktsiyasi va x.k.
Shaxs   sifatlari   taxlil   q`ilinganda   unda   nasliy   (biologik)   va   hayotda   orttirilgan
ijtimoiy sifatlar uygun xolatda bo`lishini ko`rish mumkin.
Shaxsda biologik va ijtimoiy sifatlarning nisbatiga ko`ra ular to`rt darajaga bo`linadi:
Temperament   darajasi   Shaxsda   biologik   va   Shaxs     tajribasi     darajasi   ijtimoiy
sifatlarning nisbatiga ko`ra
Ruxiy jarayonlarning darajalarga bo`linishi Shaxsning  yo`naltiril
o`ziga xoslik darajasi ganlik  darajasi
1-rasm.   Shaxsda   biologik   va   ijtimoiy   sifatlarning   nisbatiga   ko`ra   darajalarga
bo`linganligi
I. Temperament   darajasi   insonlarping   irsiyat   orqali   belgilangan     nerv
sistsmasiningxususiyatlari     tushiniladi.     Ular     jumlasiga     instinkt     va   extiyojlarning
o`ziga osligi, jinsiy, yosh, milliy va boshqa xususiyatlar kiradi.
16 II. Ruxiy   jarayonlarning   o`ziga   xoslik   darajasi   -   iroda,   sezgi,   tafakkur,   xotira,
diqqat,   tasavvur,   axborotni   qabul   qilish   va   xarakterning   o`ziga   xos   tomonlarini   o`z
ichiga oladi.
Shaxsning     mantiqiy     fikr     yuritish     operatsiyalari     (taqqoslash,     abstrakt     tasavvur,
induktsiya, dedukiya), aqliy faoliyat usullarini egallaganligi muxim rol o`ynaydi. III.
Shaxs   tajribasi   darajasi - bunga   shaxs   egallagan   bilim,   ko`nikma,   malakalar va
odatlarining     majmuasi     kiradi.     Bo`larning   ichida     uzluksiz     ta’lim     tizimi,
o`quvchilarni   o`q`itish,   o`quv   faoliyatida   bilim,     mexnat   va   amaliy     faoliyatida
ko`nikma va malakalarli shakllantirish muxim axamiyatga ega.
IV.   Shaxsning     yo`naltirilganlik     darajasi   -   shaxsning     ijtimoiy     axamiyatga     ega
bo`lgan,   atrof-muxitga     munosabati,     shuningdek,     xulq-atvorining     ruxiy   asoslarini
yo`naltiruvchi   va   boshqaruvchi   sifatlarini   mujassamlashtiradi.   Bunga   shaxsning
qiziqishi,   nuq`tai   nazari,   ijtimoiy   faoyaligi,   ichki   dunyosi,   axloqiy-yetik   tamoyillari
va   dunyoqaraish   kiradi.   Shaxsning     yo`naltirilganligi,     extiyojlari     va   «men»
kontseptsiyasi     bilan   birgalikda   shaxsning   o`z-o`zini   boshqarish   mexanizmining
asosini   tashkil   etadi.   Shaxsning   axloqiy     yetik     qarashlari     va     xususiyatlari     u
o`zlashtirilgan   bilim,     ko`nikma     va     malakalar     bilan   birgalikda   estetik   va   axloqly
xususiyatlarni  tashkil  etadi. Yuqorida q`ayd etilgan darajalarni  insonlarning ijtimoiy
moxiyatini, shaxsning irsiy xususiyatlarini  tashkil  etuvchi  yadro  atrofidagi xalqalar
shaklida     tasavvur     etish   mumkin.     Lekin     shaxs     strukturasida     qator   xususiyatlar
bo`lib,     ular     barcha     darajalarga   radius     shaklida     singib     ketadi.     Ular   guruxiga
extiyoj,   xarakter,     q`obiliyat     va     «men»   kontseptsiyasi   kirib,   shaxs   strukturasining
tayanchini   xosil   q`iladi.   Shunday   q`ilib,   shaxs   xususiyatlarining   guruxlari   bir-biri
bilan   uzviy   bog`langan,   bir-birini   to`ldiradi   va   taqozo   etadi   va   murakkab   yaxlit
tizimni tashqil etadi.
Zamonaviy  uzluksiz  ta’lim  tizimi  avvalo  shaxsning  davlat  ta’lim  staidartlari
darajasida bilim olishini ta’minlashi lozim.
Bilim   -   atrof-muxitli   urganish   jarayonida   tekshirilgan   nzzariy   va   amaliy
faoliyatning   natijasi   bo`lib,   uning   inson   miyasida   to`gri   aks     ettirilishi   sanaladi.
17 Ta’lim   tizimi   bilim,       ko`nikma         va       malakalarning     individual     tarzda,     har     bir
shaxsda  aks  etishni ta’minlashi lozim.  Bilimlar quyidagi guruxlarga ajratiladi:
- Belgili, belgi va til shaklida, kodlangan verbal bilimlar,
- Obrazli,   sezgi   organlari   orq`ali   obrazlar   shaklida   qabul   qilingan   bilimlar.   -
Moddiy   bilimlar   -   mexnat   faoliyati   natijasida   paydo   bo`ladigan   bilimlar.   -
Texnik         bilimlar-   insonning         ijodiy         va         mehnat   jarayonida     vujudga
keladigan bilimlar.
Bilimlar   asosini   tushunchalar   tashkil   qiladi.   Tushunchalar   -   atrof-muxitdagi
predmet  va   xodisalarning   mavjud   xususiyatlari  haqidagi    bilimlar   bilan   ulardagi
aloqa  va bogliklikni aks ettiradi.
Biologik ta’limda tushunchalar ikki guruxga ajratmladi:
1. Umumiy biologik tushunchalar.
2. Xususiy biologik tushunchalar.
Shaxsning     o`zlashtirgan     bilimlarini     amaliyotga     q`o`llashda     ko`nikma     va
malakalar   muxim     rol     o`ynaydi.     Ko`nikma     va     malakalarni     til     bilan   tushuntirib
bo`lmaydi,     ularni   amaliy   faoliyatda   ko`rsatish   kerak   bo`ladi.   Shu   sababli   inson
hayotining asosini faoliyat usullari (ko`nikma va malakalar) tashkil etib, u shaxsning
muxim sifati sanaladi.
Ko`nikma   -   shaxsning     muxim     sifati,    ya’ni     o`zlashtirgan     bilimlari     asosida,
yangi   vaziyatlarda   muayyan   faoliyatni   samarali   bajarishi   xisoblanadi.   Oddiy
ko`nikmalar etarli darajada mashq qilganda u avtomatik xolatga - malaka darajasiga
etadi. Malaka - biror  bir faoliyatni avtomatik ravishda bajarilishi sanaladi. Malaka bu
avtomatlashgan ko`nikmadir.
Demak,   o`quv   dasturidan   o`rin   olgan   mavzular   bo`yicha   o`quvchilarda   bilim,
ko`nikma   va   malakalarni   shakllantirish   samaradorligini   oshirish   muxim   sanaladi.
Aq`liy   faoliyat   usullari  deganda   fikr   yuritish   uchun    zarur   bo`lgan  usullar
tushuniladi. Ular quyidagi guruxlarga ajratiladi:
1. Xarakteriga ko`ra: predmet-faoliyatli, kurgazmali-obrazli, abstrakt, intuitiv.
2.   Mantiq`iy           yo`nalishiga         ko`ra:       taq`q`oslash,         taxlil       q`ilish,
18 abstrakt   tasavvur   qilish,   umumlashtirish,   sintez,   tasniflash,   induktsiya   va
deduktsiya, gipoteza va eksieriment.
3.  Olinadigan    natija    shakliga    ko`ra:     fanga    avvaldan    ma’lum     bo`lgan
kashfiyotlarni   q`ayta   kashf   q`ilish,   tushunchalarning   ta’rifi   va   tasdigini   topish,   ,
qonuniyat, qonun va nazariyalar yaratish.
5. Fikr yuritish tipiga ko`ra: emperik, dialektik,  mantiq`iy.
Ta’lim   tizimida   aqliy   faoliyat   usullariiing   tarkibiga   kiruvchi   o`quv   faoliyati   usullari
muhim axamiyat kasb etadi.
O`quv faoliyati usullari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
• O`quv       faoliyatini       rejalashtirish         ko`nikma           va         malakalari:       o`quv
topshiriq`larini   anglash,   maq`sadni   belgilash,   unga   erishish   uchun   optimal   va
samarali   yullarini   faoliyatning     bosq`ichlari   va   davomiyligiii   aniq`lash,   faoliyat
algaritmnii to`zish, mustaq`il ish rejasini tuzish.
• O`z     o`quv     faoliyatini   tashkil     etish     ko`nikma       va     malakalari:           o`z
o`quv faoliyatini  tashqil  etish,  o`quv  adabiyotlari  va  jixozlarning  mavjudligi  va
ulardan   foydalana   olishi,   gigienik   talablarga   javob   beradigan   sharoit   yaratishi,   ish
rejimini tashkil etish, uy vazifalarini mustaq`il bajarishni tashkil etish.
• Axborotni   qabul   qilish   ko`nikma     va   malakalari:   turli   axborot   manbalari
ustidaishlash,    matn    tuzish,    bibliografik    izlanish    olib  borish, spravochniklar
bilan ishlash,   axborotni   diqqat   bilan   tinglash   va   yozish,   diqqatini   boshq`arish,
kuzatish o`tkazish va eslab q`olish.
• Fikr   yuritish   faoliyati   ko`nikma   va   malakalari:   o`quv   materialining
mazmuninianglash,   asosiy   goyani ajratish,   taxlil   q`ilish,   sintezlash,   abstraktsiya
va   aniq`lash,   induktsiya     va     deduktsiya,     tasniflash,     umumlashtirish,         dalillash,
xikoya,         xisobot,   ma’ro`za   to`zish,   xulosalarni   ishlab   chiq`ish,   muammolariing
yechimini topish.
• O`z   o`quv   faoliyati   natijasini   anglash   va   baholash   ko`nikma   va   malakalari:
o`quv   faoliyati   natijasini   anglash,   o`z-o`zini   va     o`zaro   nazorat   q`ilish,     muammo
yechimining  to`griligini  aniqlash,  xodisalarga  turli  jixatdan  baho berish,  nazariy
19 va     amaliy   ko`nikmalarning     to`g`riligi     va     mustaxkamlashni     tekshirish
ko`nikmalari.
Shaxsning o`z-o`zini boshq`arishi va nazorat q`ilish muxim sistema sanaladi. Bu
sistema   asosida   shaxs   rivojlanishining   psixologik   omillari:   extiyojlari,
yo`naltirilganlik va "Men" kontseptsiyasi tashkil etadi.
An`anaviy    ta’limda   o`uvchilar    faoliyati      passiv    tinglovchi    sifatida   tashkil
etilib, yappasiga  o`qitish  nazarda  tutilsa,  zamonavny  pedagogik  texnologiyalarga
asoslangan   ta’lim-tarbiya  jarayonida o`quvchilarning kizi-q`ishi,  q`ibiliyati,  extiyoji,
motivi   xisobga   olingan   xolda   shaxsning   xar   tomonlama   rivojlanishiga   zamin
tayyorlanadi. Shu sababli barcha texnologiyalar shaxsga yunaltirilgan bo`ladi.
Shaxs — muayyan  ijtimoiy  guruhning  vakili  bo‘lgan,  biror faoliyat turi bilan
shug‘ullanadigan,     atrof-muhitga     ongli     munosabatda     bo‘la   oladigan,   o‘ziga   xos
individual — psixologik xislatiarga ega bolgan konkret inson.
Shaxsning     psixologik     xislatlariga     quyidagilar     taalluqli:     xarakter,
temperament,   qobiliyat,   kuchli   hissiyotlari   va   motivlari,   shuningdek,   psixik
jarayonlaming kechish xususiyatlari yig‘indisi  (majmui).
Har   bir  kishidagi   bu  takrorlanmas  individual  xislatlar  to‘plami   (majmui)undagi
barqaror   yaxlitlikni   vujudga   keltiradi.     Bu   yaxlitlik   shaxsning   nisbiy     turg‘un
psixologik  qiyofasi  va  boyligi  sifatida  qaraladi.  U  psixik  holatlar   va    jarayonlaming
to‘xtovsiz   o‘zgarib   turishiga   qaramasdan   saqlanib   qoladi.   Shuningdek,     shaxsning
psixik     boyligi     shaxsning     yashash     sharoiti     va   ijtimoiy   tarbiya   jarayonlarida   yuz
berayotgan   o‘zgarishlarning   oqibati   sifatida   ma’lum   darajada   harakatchanligini
hamda o‘zgaruvchanligini saqlab qoladi.
Shaxs     atrof-muhit,     insonlar     bilan     faol     aloqada     bo‘lish     jarayonida
shakllanadi.   Shaxs faolligining   manbai   bo‘lib   inson -shaxsiy ehtiyojlarining ko‘p
qirraliligi, u o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat, jamoa ehtiyojlari hisoblanadi.
Murakkab   hosila   ehtiyojlariga   qiziqish,   moyillik,   did,   ko`rsatma,   e’tiqod,   istak
kiradiki,  ular  yig‘indisi  «motivatsiya  doirasi»ni,  shaxsning «yo‘nalganligi»ni hosil
qiladi.
20 2.2.Pedagogik jarayon tizim sifatida,  pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari
va tasnifi
«Pedagogik     texnologiya»     tushunchasining     qo`llanilishi,   shuningdek,     asosiy
e’tiborni  faqat  ta’lim  jarayonini  samarali  tashkil  etishgagina qaratmay, balki ham
ta’lim,   ham   tarbiya   jarayonining   samaradorligini   ta’minlashga   birdek   qaratish
lozimdir.
«Ta’lim     texnologiyasi»     tushunchasi     «ta’lim     metodikasi»     tushunchasiga
nisbatan   kengdir.     Ta’lim     metodi   —   o`quv     jarayonining     majmuaviy   vazifalarini
yechishga  yo`naltirilgan  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  birgalikdagi  faoliyati usuli
bo`lsa,     ta’lim   metodikasi     esa     muayyan     o`quv     predmetini     o`qitishning     ilmiy
asoslangan  metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi.
Ta’lim   texnologiyasi   —   ta’lim   maqsadiga   erishish   jaraenining   umumiy
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyixalashtirilgan ta’lim   jarayonini   yaxlit tizim   asosida,
bosqichma —boskich  amalga  oshirish,  aniq  maqsadga  erishish  yo`lida  muayyan
metod,     usul     va   vositalar   tizimini   ishlab   chiqish,   ulardan   samarali,   unumli
foydalanish hamda ta’lim jarayonini yo`qori darajada boshqarishni ifodalaydi.
O`qituvchining     samarali     faoliyat     ko`rsatishga     undovchi     darsning     metodik
ishlanmasidan  farqli  o`laroq,  ta’lim  texnologiyasi  o`quvchilar  faoliyatiga nisbatan
yo`naltirilgan     bo`lib,     u     o`quvchilarning     shaxsiy     xamda   o`qituvchi     bilan
birgalikdagi   faoliyatlarini     inobatga     olgan     xolda,     o`quv     materiallarini     mustakil
u'zlashti     rishlari   uchun     zarur     shart   —   sharoitlarni     yaratishga     xizmat     kiladi.
Pedagogik texnologiyaning  markaziy  muammosi — o`quvchi  shaxsini rivojlantirish
orkali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagog  olim V.P.Bespalko
pedagogik   tizimni   pedagogik   texnologiyaning   asosi ekanligini e’tirof etgan xolda
uning quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi: 1)   o`quvchi;
2) ta’lim —tarbiyaning maqsadi;
3) ta’lim — tarbiya mazmuni;
4) o`quv jarayoni;
21 5) o`qituvchi yoki texnik vositalar;
6) ta’lim — tarbiyaning  tashkiliy  shakllari
Xalq xo`jaligining moddiy ishlab chikarishga asoslangan soxalarida qo`llanilayotgan
texnologiyalar     moxiyatini     urganish     xamda     muammo     doi   rasida     nashr     etilgan
risolalar     mazmuni     bilan     tanishish     «pedagogik     texnologiya»     ta’lim   —tarbiya
faoliyatining     yaxlit     jarayoni     tugrisidagi     fan     ekanligini     e’tirof     etish     imkonini
berdi.
Pedagogik     texnologiyaning     quyidagi     tarkibiy     unsurlari     uning     asosini
belgilashga xizmat qiladi :
- ta’lim jarayonining umumiy loyixasi
- ta’limni tashkil etishga bo`lgan ijtimoiy extiyoj
- o`qituvchi faoliyati
- ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va texnik vositalari
- o`quvchi faoliyati
- ta’lim maqsadi
- ta’lim natijasi
- Auditoriya
Pedagogik texnologiyalar mazmuni, moxiyatiga ko`ra quyidagicha tasniflanadi:
1. Shaxs strukturasiga muljallanganligiga ko`ra:
- bilim, ko`nikma  va  malakalarii  shakllantirishga  mo`ljallangan  
axborot texnologiyalari;
- aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga qaratilgan aqliy faoliyat texnologiyalari; II.
Mazmuni va tuzilishiga ko`ra:
- ta’lim-tarbiya beruvchi texnologiyalar;
- dunyoviy va diniy ta’limga muljallangan texnologiyalar;
- umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalari;
- insonparvarlik va texnokrat texnologiyalari;
- xususiy predmet texnologiyalari;
- monotexnologiya va kompleks (majmua) texnologiyalari.
22 III.  Ta’lim   oluvchilarning   bilish   faoliyatyani   tashkil   etish   va  boshkarilishiga   ko`ra
V. P. Bespalko  quyidagi texnologiya turlarini tavsiya etadi:
- klassik ma’ruza ta’limi;
- UTV  yordamida  ta’lim  berish;
«Maslaxatchi-konsultant» tizimi;
- mustaqil ish;
- «Kichik guruxdar» tizimi-guruxli differentsial o`qitish usuli;
- kompyuter ta’limi;
- «Repetitor» tizimi - individual ta’lim; - dasturli ta’lim.
IV. Ta’lim-tarbiya    jarayonida    o`quvchi    shaxsining    tutgan    o`rni  muxim 
axamiyat  kasb etadi,    shunga   ko`ra   pedagogik  texnologiyalar  quyidagi 
guruxlarga ajratiladi:
a) Avtoritar texnologiyalar
b) Didaktotsentrik texnologiyalar
v) Shaxsni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar
g)  Insonparvarlik va xamkorlik texnologiyalari
d)  Erkin tarbiya texnologiyalari
V.   Hozirgi   zamon   ta’lim         tizimida         xukmronlik         qilayotgan   an’anaviy
ta’limni     mazmunan     yangilash         va         ta’lim         jarayonini     tashkil     etishni
tubdan   o`zgartirishga   qaratilgan   texnologiyalarni   quyidagi   guruxlarga   ajratish
mumkin:   1.Pedagogik     munosabatlarni     insonparvarlashtirish     va
demokratizatsiyalash asosidagi-pedagogik texnologiya;
2. O`quvchilarning     bilish     faoliyatini     faollashtirish     va
samaradorliginioshirishga qaratilgan pedagogyak texnologiya;
3. Ta’lim     jarayonini     tashkil     etish     va     boshqarishning     samaradorligini
oshirishgaqaratilgan pedagogik texnologiya;
5.   O`quv     materialini     didaktik       jixatdan     takomillashtirish     va     qayta     ishlash
asosidagi pedagogik texnologiya;
23 5. Xalq, pedagogikasi metodlaridan foydalanish pedagogik texnologiyasi; 6.
Alternativ pedagogik texnologiya;
7.  Majmuali (kompleks) politexnologiya;
Yangi   o’zbek   davlatchiligining   tamal   toshi   qo’yilyapti:   ijtimoiy,   iqtisodiy,
ma’naviy,   mafkuraviy   sohalarda   tub   islohotlar   amalga   oshirilmoqda.   Ta’lim-tarbiya
sohasining   isloh   qilinishi   pedagogika   fanini   fivojlantirish   uchun   qulay   imkoniyatlar
yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan
tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi.
Sho’rolar   tuzumi   davrida   barcha   ijtimoiy   fanlar   kabi   pedagogika   ham
kommunistik  mafkura  qobig’i   bilan  o’ralgan,  uning  rivojlanish   me’yori  cheklangan,
ilg’or   chet   mamlakat   g’oyalari   esa   burjua   g’oyalari,   deb   tanqid   qilinar   va   rad   etilar
edi.   Holbuki   har   qanday   g’oya   ham   o’zida   ma’lum   ijobiy   jihatlarni
mujassamlashtirishi   mumkin,   ularni   amaliyotga   joriy   etish   foydadan   xoli   emas   edi.
Jumladan,   pedagogik   texnologiya   (PT)   ham   burjua   didaktikasiga   tegishli   yo’nalish
sifatida qarab  kelindi  va  bu muammoni   tadqiqot  ob’ektiga aylantirishning  iloji  yo’q
edi.
Bugun   malakatimiz   istiqloli   sharofati   tufayli   barcha   fan   sohalarini   rivojlangan
davlatlarda   to’plangan   tajribalar   asosida   tahlil   qilish   va   yanada   takomillashtirish
imkoniyatlari   mavjud.   Umuminsoniy   qadriyatlarni   ijodiy   o’rganish   va   hayotimizga
tatbiq   etish   davri   keldi.   Milliy   dasturda   ta’kidlanganidek,   yaqin   kelajakda   «kadrlar
tayyorlash   sohasidagi   hamkorlikning   xalqaro   huquqiy   bazasi   yaratiladi,   xalqaro
hamkorlikning   ustivor   yo’nalishlari   ro’yobga   chiqariladi,   xalqaro   ta’lim   tizimlari
rivojlantiriladi» .
2.3.Pedagogik texnologiya turlari
O‘yinli     texnologiyalardan     foydalanishning     asosini     talabalarning
faollashtiruvchi   va   jadallashtinivchi   faoliyati     tashkil   etadi.   O‘yin   olimlar
tadqiqotlariga     ko‘ra     mehnat     va     o‘qish     bilan     birgalikda   faoliyatning   asosiy
turlaridan   biri   hisoblanadi.   Psixologlarning     ta’kidlashlaricha,     o‘yinli     faoliyatning
24 psixologik   mexanizmlari   shaxsning   o‘zini   namoyon   qilish,   hayotda   o‘z   o‘mini
barqaror qilish,   o‘zini   o‘zi   boshqarish,   o‘z   imkoniyatlarini   amalga   oshirishning
fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
O‘yin   ijtimoiy   tajribalami   o‘zlashtirish   va   qayta   yaratishga     yo‘nalgan
vaziyatlarda,   faoliyat   turi   sifatida   belgilanadi   va   unda   shaxsning   o‘z   xulqini
boshqarishi   shakllanadi   va   takomillashadi.   L.S.Vigodskiy     o‘yinni     bolaning     ichki
ijtimoiy     dunyosi,     ijtimoiy   buyurtmalarni   o‘zlashtirish   vositasi   sifatida   ta’riflaydi.
A.N.Leontev     o‘yinga     shaxsning     xayolotdagi     amalga     oshirib   bo‘lmaydigan
qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar   ta’kidlaydilarki,     o‘yinga     kirishib   ketish   qobiliyati   kishi   yoshiga
bog`liq emas,  lekin  har bir yoshdagi shaxs uchun  o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalami bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi.
Ular  quyidagilar:
• maftunkorlik ;
• kommunikativlik ;
• o'z  imkoniyatlarini  amalga  oshirish;
• davolovchilik ;
• tashxis;
• millatlararo  muloqot;
• ijtimoiylashuv .
Tadqiqotchilar o‘yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. o‘yinlarning muhim
qirralari  S.V.Shmakov  tomonidan  yoritilgan.  U erkin  rivojlanuvchi  faoliyatni
farqlaydi.   Bunday   faoliyat   faqat   natija   (tadbir)   tufayli   bahra   olish   uchun   emas,
balki     xohishlariga     ko‘ra,     faoliyat   jarayonining     o‘zidan     bahra     olish     uchun
qo‘llanadi.
O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteiga -«ijod
maydoni»ga ega bo`ladi. O‘yin  uchun  hissiy  ko‘tarinkilik  xosdir.  U  o‘zaro kurash,
musobaqalashish,   raqobat   shaklida   namoyon   bo‘ladi.   O‘yinning     o‘yin   mazmunini
25 aks     ettiruvchi,     uni     rivojlantirishning   mantiqiy   va   vaqtincha   izchilligini   ko‘zda
tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar.
Tadqiqotchilar   nazariy   aspektda   o‘yinga   faoliyat,   jarayon   va   o‘qitish   metodi
sifatida qaraydilar.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish,
natijalami     tahlii     qilishni     qamrab     oladi     va     bunda     shaxs     subyekt   sifatida   o‘z
imkoniyatlarini tola amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari,
shaxsning   o‘zini   namoyon   qila   olishi,   o‘z   imkoniyatlarini   amalga   oshirish
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
O‘yindan     tushunchalar,     mavzu     va     hatto     o‘quv     predmeti     bo‘limini
o‘zIashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.
O‘yin   bilish   va   uning   bir    qismi    (kirish,   mustahkamlash,    mashq, nazorat)
tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar   turli   maqsadlaiga   yo‘naltirilgan   bo`ladi.   Ular   didaktik,   tarbiyaviy,
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo`llaniladi.
O‘yinning     didaktik     maqsadi     bilimlar     doirasi,     bilish     faoliyati,     amaliy
faoliyatda   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarni   qo`lash,   umumta’l'im   malaka   va
ko‘nikmalarini  rivojlantirish,  mehnat  ko‘nikmalarini  rivojlantirishni kengaytirishga
qaratilgan bo`ladi.
O‘yinning   tarbiyaviy   maqsadi   mustaqillik,   irodani   taibiyalash,   muayyan
yondashuvlar,     nuqtai     nazarlar,     ma’naviy,     estetik     va     dunyoqarashni
shakllantirishdagi   hamkorlikni,   kollektivizmni,   jamoaga   kirishib   keta   olishni,
kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo`ladi.
Faoliyatni   rivojlantiruvchi   o‘yinlar   diqqat,   xotira,   nutq,   tafakkur, qiyoslash
malakasi,     chog‘ishtirish,     o‘xshashini   topish,     faraz,     xayol,     ijodiy   qobiliyat,
empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni
rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi.
26 Ijtimoiylashuv  o‘yinlari jamiyatning  me’yorlari  va  qadriyatlariga jalb qilinish,
muhit   sharoitlariga   ko‘nikish,   ehtiroslami   nazorat   qilish,   o‘z- o‘zini boshqarish,
muloqotga o‘rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga   oid   adabiyotlarda   pedagogik   o‘yin   degan   tushuncha   mavjud.
Pedagogik jarayonni  tashkil   etishning bir   qator   metodlari  va  usullari hamda turli
shakldagi   pedagogik   o‘yinlar   «o‘yinli   pedagogik   texnologiyalarni   tashkil   etadi.
Pedagogik o‘yinda  ta’limning pedagogik  maqsadlari   aniq  qilib  qo‘yiladi.  Pedagogik
o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar va vaziyatlami
vujudga   keltirish   yotadi.       Pedagogik   o‘yinIar   faoliyat   turlari,   pedagogik   jarayon
xarakteri,  о ‘yin metodikasi,  soha  xususiyati,  o‘yin  muhiti  bo‘yicha  tasnif qilinadi.
O‘qitishni   jadallashtirish     texnologiyasini   Viktor   Fedorovich   Shatalov   ishlab
chiqdi va hayotga joriy   qildi.   U   o‘qitishning   an’anaviy   sinf-dars   usulining   hali
ochilmagan   katta     imkoniyatlarini     ko‘rsatib   berdi.   V.F.   Shatalovning   maqsad-
mo‘ljali:
27 III bob.MAQSADNI BELGILASH TA`LIMNI
TEXNOLOGIYALSHTIRISHNING ASOSIY ELEMENTI.O`QITISHNI
TEXNOLOGIYALASHTIRISHDA METOD VA VOSITALAR
3.1.Ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish
darajalari, ularga erishishning  maqsad va natijalarini shakllantiriash va
talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim   maqsadini aniq o'rnatishdan   boshlab
to  uning  natijalarini  baholashgacha  bo'lgan  bosqichlarning  har  biri  uchun  ijodiy
faoliyatni     talab     etadi.     Pedagog   faoliyatining     texnologiyalanuvchanlik     darajasini
prof  N.Sayidahmedov  quyidagi  mezonlar asosida alohida  ajratib  ko'rsatgan:
1. Tashxislanuvchan     o'rnatilgan     maqsad   —   ta`lim   oluvchi-talaba
tomonidan   didaktik     jarayon     mahsuli     sifatida     o'zlashtirilgan     aniq
o'lchamli  tushunchalar, amallar va  faoliyat  turlari.
2. Ta’lim   mazmunini   o'quv   element lari   yordamida   bayon   qilishda
abstraksiya   pog'onalarining   va   axborotlarni     o'zlashtirish     darajasining
hisobga olinishi.
3. O'quv     materiallarini     o'zlashtirish     bosqichlarining     yetarlicha
mantiqiyqat’iyanligi —didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi.
5. O‘quv   jarayoniga   yangi    vositalar    va   axborotlashtirish    usullarining joriy
etilishi.
5. O‘qituvchining     qoidabop     (algoritmli)     va     erkin,     ijodiy
faoliyatidagimumkin bo'lgan chetga chiqish chegarasining ko'rsatihshi.
6. Ta`lim   oluvchi-talaba   va   Ta`lim   beruvchifaoliyatida   shaxsiy
motivlashganlikning   ta'minlanishi     (erkinlik.     ijodiyot,     kurashuvchanlik.
hayotiy, kasbiy mohiyat va boshqalar).
7. O'qitish   jarayonining   har   bir   bosqichida     kommunikativ
munosabatlarning,axborot   texnikalari   bilan   muomala   qilishning   maqsadga
muvofiqligi.
28 Yuqorida     berilgan     ko'rsatkichlar     loyihalangan     o'quv   jarayonining   texnologik
darajasini   to   'liq   ifodalaydi,     amalda   joriy   etilishi   esa   pedagogni   yuqori   malakali
mutaxassisga   aylantiradi,   talabaning   nufuzini   ham   birmuncha   oshiradi   va   ijodiy
faoliyatni rivojlantirishning yangi qirralarini  ochadi.
Ta’lim-tarbiya     mazmuni,     maqsad   elemen tlari   va     vazifalari     davrlar   o`tishi
bilan     kengayib     borishi     natijasida     uning     shakl     va   usullari   ham   takomillashib
bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy  yo`nalishlari  shu  faoliyatdan  ko`zda
tutilgan maqsad elementlarini  to`liq,  amalga  oshirish  imkoniyatini  beruvchi yaxlit
tizimga,   ya’ni   texnologiyalarga   aylanib   bormoqda.   Xuddi   shu   kabi   maqsadni
belgilash   ham   ta’lim-tarbiya   sohasida   ta`limni   texnologiyalashtirishning   asosiy
elementi   sifatida   e`tirof   etiladi,   ya`ni   pedagogik   texnologiyada     maqsadni
belgilashtexnologiyalashtirishning     asosiy     omili   hisoblanib,   quyidagi   bosqichlarni
o`z ichiga oladi:
- pedagogik  texnologiyani  loyihalashtirish;
- o’quv  jarayonini tuzish;
- o’quv     jarayonini   tashkillashtirish.   Har   bir   bosqich   ostida   tаълим
олувчилар   томонидан   БМК   ўзлаштириш   даражаси   yotadi   va   maqsad
elementlari   ham   aynan   mazkur     daraja   orqali   belgilanadi.   Quyida     keltirilgan
jadval orqali maqsad  elementlari ning qo`yilishi fikrimizga  isbotdir:
Zamonaviy   pedagogik   texnologiyani   muntazam   tahlil     qilib     borish,
loyihalashtiruvchi     vositalarning     eng     zarurini     tanlash     metodlarining   maqsadga
muvofiqligini     aniqlay     bilish     (ta'lim     metodlari),   olinishi     zarur     bo'lgan     natijani
oldindan     tahlil     qilish     (maqsadlarning     amalga     oshishiga     erishish),     o'quv
jarayonining     yaxlitligini   ta’minlash   kabi   tamoyillarga   asoslanadi.     Pedagogik
texnologiyalarni   ta   ’lim   jarayoniga     joriy     qilish,   ayniqsa,     xorijiy     davlatlardagi
pedagogik     texnologiyalar     tajribalaridan     foydalangan     holda     o'zimizning
tizimlashtirilgan   ta'lim   jarayonining   zamonaviy   pedagogik   texnologiya   tizimini
vujudga     keltirish     borasidagi     amalga     oshiriladigan     ishlarni   umumlashtirish   va
hayotda qo'llash uchun quyidagi tadbirlarga amal qilish maqsadga  muvofiqdir:
29 1. Ta'lim   jarayoni   ishtirokchilari   —   ta`lim   beruvchi(pedagog)   va   ta`lim
oluvchitalabalar  o'rtasida:
O'quv rejasini  ishlab chiqish.   Ya'ni  ta`lim  beruvchi (pedagog)  bo'lim  va bobni
o'rganish   rejasini   tuzar   ekan,   ushbu   rejada   ta`lim   oluvchi-talaba   va   ta`lim   beruvchi
(pedagog)     faoliyati   o   'z   ifodasini   topmog'i   lozim.     Zamonaviy     pedagogik
texnologiya     tamoyillaridan     biri     bo'lgan     o'quv   mehnatining   ta`lim   beruvchi
(pedagog)   va   ta`lim   oluvchi-talaba   o'rtasida   izchil   rejalashtirilgan   taqsimoti   ta`lim
beruvchi(pedagog)dan ta'lim jarayonini izchil  boshqarishni talab  qiladi.
2. Fanning   ichki   bog'lanishi   va   fuqarolararo   bog'lanish   imkoniyatlaridan
maqsadli  foydalanish.
Har  bir  o'rganiladigan  kichik  va  yirik  o'quv  birliklari  oldin o'rganilganlarga
tayanadi.  Bunda fanlararo bog'lanishlar va ta`lim oluvchi- talabalarning tayyorgarlik
darajalarini bilish  ham  muhim tomonlardan  biridir.  Demak, ta`lim oluvchi-talabani
yangi     bo'lim,     bobni     o'rganishga   olib   kirishda   undagi   mavjud   bilimlarga   tayanish,
agar  mavjud  bilimlar   yangi     bobni,    bo'limni    o'rganishga    yetarli     bo'lmasa,     oraliq
tayyorgarlik olib borish  va shundan  keyingina bilimlarni  o'rganishning  navbatdagi
bosqichiga o ‘tish  mumkin.
3. O'quv  birliklarini  (mezonlarini)  belgilash.
O'quv   birliklari ta`lim oluvchi-talaba   o'rganishi   lozim   bo'lgan   tushunchalar,
ta’riflar,   qoidalar,   qonunlar,   hodisalar-  voqealardan  iborat    bo'lib,   ular    orasidagi
mantiqiy   bog'lanishning   ta'minlanishi  shu   bob   yoki   bo'limning   o'zlashtirilishiga
olib     keladi.   Ta`lim   beruvchi(pedagog)     bob,     bo'lim     uchun     ajratilgan     soatlarda
ta`lim   oluvchi-talabalar     o'rganishi     lozim     bo'lgan     mezonlar     hisoblanib,   ta`lim
oluvchi-talaba bilimini   baholashning   chegaraviy   qiymati   aniqlab   olinadi.   O‘quv
rejasini   tuzishda ta`lim beruvchi (pedagog)   va ta`lim oluvchi-talabalar bilishi kerak
bo'lgan     o'quv   birliklarini     bo'limlar,     boblar   bo'yicha   aniqlaydi   va   ularga     mustaqil
topshiriq sifatida bo'limni  o'rganishdan oldin vazifa qilib beradi.
5. Diagnostik tahlil.
30 Ta`lim oluvchi-talabalar  bilimidagi  notekisliklarni  aniqlash,  ularni to'ldirib va
navbatdagi   o'zlashtirish   bosqichiga   ko'tarish     maqsadida   diagnostikalash     amalga
oshiriladi.    Diagnostikalash  quyidagi   maqsadlarni   amalga  oshiradi:  -  ta`lim  oluvchi-
talabalar  o'zlashtirish  darajasini  diagnostikalash;
- ular  bilimidagi  yetishmovchiliklaming  oldini  olish;
- aniqlangan  yetishmovchiliklarni  to'ldirish  maqsadida  maxsus topshiriqlar  ishlab
chiqish;
- maxsus  topshiriqlar  bajarish  soatlarini  belgilash;
- yakuniy diagnostik  tahlil  qilish.
Diagnostika ta ’lim   texnologiyasining asosiy elementlaridan biri hisoblanib,   asosiy
o'zlashtirishdagi     kamchiliklar     soatini     aniqlash,   har     bir   ta`lim   oluvchi-talabaning
bilim  darajasini  aniqlash,  rejaning borishiga  tuzatishlar  kiritish yoki  bilan  ta ’lim
jarayonining  natijasi kafolatlanganligini  ta ’minlaydi.
5. Tuzatish  kiritish.
Bo‘lim   yoki   bobning   o‘zlashtirilish   darajasining   diagnostik   tahlili     natijasi     50
foizdan     kam     ko'rsatkichni     bersa,   ta`lim   beruvchi   (pedagog)     ta   ’lim   jarayonining
borishiga  tuzatish  kiritishi shart.
6. Qayta to'ldirish (nuqsonlarni yo'qotish).
Qayta     tuzatish     kiritilishidan     (korreksiya)     maqsad     olingan     bilimlardagi
kamchiliklarni     bartaraf   etishdan     iborat.     Kamchiliklami   bartaraf   etish   to'ldirish
asosida amalga oshiriladi.
7. Kutilishi lozim bo'lgan natijani olish.
Bu     element     zamonaviy     pedagogik   texnologiyalarning     markaziy   g'oyasi
hisoblanadi. Pedagogik texnologiya  ta’lim jarayoni  natijasi kafolatli  bo'lishini talab
qilar  ekan,  jarayon  borishidan  ko'zda  tutilgan maqsad amalga oshirilishi va natijali
bo'lishning rejalashtirilishini ta`lim beruvchi (pedagog)lar oldiga vazifa qilib qo'yadi.
Ta’lim   texnologiyasi   asosida   o'tkaziladigan   mashg'ulotlar   an’anaviy
pedagogik amaliyotdan qator xususiyatlariga ko'ra farq qiladi:
31 - mashg'ulotlar   ta`lim   oluvchi-talabalarning   o'quv   maqsadlarini   oydinlashtirishdan
boshlanadi;
- ta’lim-tarbiya jarayoni oldindan qayd etilgan natijaga mo'ljallab   tashkil   etiladi; -
har   bir   ta`lim   oluvchi-talaba   o'z   faoliyati   xususiyatlariga     mos   keladigan   sur'atda
ishlaydi;
- jamoa a’zolarining  har bin  o'zlari  erishgan  natijadan tez-tez ogohlantirib turiladi;
- erishilgan natija ta ’limning har bir bosqichida etalonga birlashtirib turiladi;
- natija   ta`lim   oluvchi-talabalaming   asosiy   o'quv   maqsadlariga   ko'ra   aniqlanadi;   -
o'quv     materialini   to'liq   o'zlashtirgan   ta`lim   oluvchi-talaba     keyingi   mavzuni
o'rganishga o'tadi;
- etalondan     past     o'zlashtirgan   ta`lim   oluvchi-talabalar     uchun     ta   ’lim   o'xshash
sharoitlarda takrorlanadi;
- ta`lim   oluvchi-talaba   uchun   o'qish-o'iganish   harakatiga   teng   maqsadlami   amalga
oshirishdan boshlanadi;
- ta`lim oluvchi-talaba harakatga teng maqsadlardan oraliq maqsadga — bilimlarga,
undan  umumiy  o'quv  maqsadiga  qarab  boradi;
- harakatga     teng     maqsaddan     umumiy   o'quv     maqsadiga     qarab   borish
o'qisho'rganishning  sikliyligini  ta ’minlaydi;
- yakuniy  (nazorat)  baho o'quv kursi to'liq o'rganilgach chiqariladi.
Texnologik   yondashuv,   eng   avvalo,   yuzakilikda   emas,     balki     rejalashtirilgan
natijani  amalga oshirish  imkonini, beruvchi  konstruktiv,  ko'rsatmali  sxemada  o'z
ifodasini     topadi.  Maqsadga   yo'naltirilganlik,  jarayon   natijalarini   tashxisli   tekshiruv,
ta’limni  alohida  o'rgatuvchi  epizodlarga  bo'lish,  o'quv  jarayonining barcha bunday
qirralarini   bugungi     kunda   ta   ’limni     qayta   ishlab   chiqish     sikli     g'oyasiga
mujassamlashtirish  imkonini  tug'diradi.
U asosan o'z  ichiga quyidagilarni  oladi:
- ta’limda umumiy maqsadning qo'yilishi;
- tuzilgan umumiy maqsaddan  aniq  maqsadga o'tish;
32 - ta`lim   oluvchi-talabalarning     bilim     darajalarini     dastlabki     (tashxisli)   baholash;   -
bajariladigan   o'quv   ishlari   majmuasi  (bu  bosqichda   teskari bog‘lanish   asosida
zudlik    bilan    ta  ’lim    jarayoniga    tuzatish     kiritish  imkoniyati    bo'lishi     lozim);  -
natijani  baholash.
O‘quv     maqsadlarining     to‘liq     standartlashtirilishining     me’yori   quyidagicha
bo'lishi mumkin:
a) yuqori,  ammo  mutlaq  emas:
b) mutlaq.
Birinchi   holatda   maqsadning   murakkabligi   tufayli   uni   to'liq   kuzatuvchan
xattiharakatlar     tipigaaylantirish     imkonini     bermaydi,   sikl   to'laligicha   qayta   ishlab
chiqilmaydi.
Ikkinchi holatda konveyerli jarayon bo'lgan ta’limning reproduktiv  tipi bilan ish
yuritiladi.
O'quv   jarayonini     pedagogik     texnologiya     asosida     tashkil     etishning
rejalashtirish     bosqichida,     yetakchi   pedagog     olimlar,     metodist   o'qituvchilar
pedagogik   texnologiyaning   qonun-qoida   va   prinsiplari   asosida   uslubiy   materiallami
islilab   chiqish   paytlarida   ulardan   yuksak   malaka   talab   etiladi.     Materiallar   tayyor
bo'lgach,   pedagog,   asosan,     tashkiliy   va     konsultativ     (ijodiy     qo'shimchalar   kiritish
imkonini  saqlagan  holda)  vazifalarni  bajaradi.
O'quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati
— o'quv jarayonining  so'nggi  natijalariga  yo'naltirilganligini  kuzatish mumkin.
Umumiy ko'rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
- identifikatsiyalangan  o'quv  maqsadlarini  ishlab  chiqish;
- o'quv  maqsadlari  taksonomiyasi;
- o'quv  maqsadlarini  nazorat  (test)  topshiriqlariga  aylantirish;
- maqsadga erishish usullari;
- erishilgan  o'quv  maqsadlarini  baholash.
Pedagogik   texnologiyani   tushunishning   asosiy   yo'li   aniq   belgilangan
maqsadlarga     qaratilganlik,     ta   ’lim     oluvchi   bilan   muntazam   o'zaro     aloqani
33 o'rnatishdir.   O'zaro   aloqa  pedagogik texnologiyaning   asosini   tashkil  qilib,  o'quv
jarayonini  to 'liq  qamrab  oladi.
Ta`lim   beruvchi   (pedagog)     o'z     oldiga   ta`lim   oluvchi-talabalar     o'quv
materialining  mazmunini  tushunib,  o'zlashtirib  olsin,  ma’lum  bilimlarni  egallab,
amaliyotga     qo'llashga     o'rgansin     degan     maqsadni   qo'yadi.     Biroq     o'zlashtirish,
tushunish,  qo'llash  nimani  anglatadi? Ta`lim beruvchi (pedagog) o'z  oldiga qo’ygan
maqsadga  erishganligini  qanday  biladi?
Pedagogik maqsadga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq  vositalari
bo`lgandagina,  ta`lim beruvchi (pedagog)  o’zining  mehnati  samarali  ekanligiga va
tanlagan     metodlarining     maqsadga     muvofiqligiga,     yoki,     aksincha,     samarasiz
ekanligiga  ishonch  hosil  qilishi  mumkin.
M.V.Klarin  fikri  bo'yicha, ta`lim bervchi (pedagog)lar  tomonidan maqsadlarni
belgilashning  tipik usullari  quyidagicha:
1. O‘quv  materialining  rejasidan  kelib  chiqib,  maqsadni  belgilash.
2. Maqsadni  o ‘qituvchi (pedagog)  faoliyati  orqali  aniqlash.
3. Ta`lim   oluvchi-talabaning     intellektual,     emotsional,     shaxsiy     rivojlanish   ichki
jarayonlari va qonuniyatlari orqali o ’quv maqsadini qo‘yish.
O’qitishning     maqsadi     va     ta’lim     mazmunini   ta`lim   bervchi   (pedagog)     yoki
ta`lim oluvchi-talabaning   faoliyati   orqali   belgilash   ta’limda kutilayotgan   natijalar
haqida  aniq  taassurotga  ega bo’lishga  imkon bermaydi.  Bu natijalar haqida ta`lim
oluvchi-talabalar   faoliyatining   faqat   tashqi   tomondan   namoyon   bo’lishini   kuzatish
mumkin.  Bu maqsadga erishishning juda sodda va samarasiz yo'lidir.
Rivojlangan davlatlarda o ’quvchi-talaba va ta`lim beruvchi (pedagog)lar uchun
maqsadlarni alohida-alohida belgilash odat tusiga kirgan. Bu mantiqan to’g’ri, chunki
o’qitish   jarayoni   pedagog   va   ta`lim   oluvchi-   talabaning     o’zaro     hamkorlikdagi
faoliyati   hisoblanadi. Bunda maqsadlar ta`lim beruvchi (pedagog)ning   faoliyatidan
kelib chiqqan   holda   qo'yiladi   (o‘rgatish,   tushuntirish,   ko'rsatish,   aytib berish   va
hokazo),     ta`lim   oluvchi   -talabaning   xarakterlarida     ifodalanadigan   natijalar   esa
34 ta’limning vazifalari deyiladi.  Bunday ma’noda ta’lim vazifalari ta`lim oluvchitalaba
mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi  mumkin bo’lgan  narsani anglatadi.
Umuman   olganda,   ta   ’lim   jarayonida   vazifalarni   o’lchash,   aniqlash,     o'qitishni
qayta   takrorlash     imkoniga   ega   bo’lish   uchun     har   bir   maqsadga   erishish   mezonini
bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo’yilishi kerakki, unga erishganlik haqida
aniq xulosa chiqarish mumkin  bo’lsin.
Xullas, Professor  N.Saydahmedov  yuqorida  bayon  qilingan  fikrlarini hisobga
olgan  holda ta`lim oluvchi-talabalarning  o'quv  materiallarini o'zlashtirish faoliyatini
quyidagi 4 daraja asosida ko'rsatgan:
3.2.Ta`limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni
shakllantirish tamoyillari, ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining o`rni,
ahamiyati, tasniflanishi  va ularni  tanlash omillari
Metod – grekcha atama bo'lib, aynan “nimagadir yo'l” degan ma'noni anglatadi,
ya'ni   maqsadga   erishish   yo'lini   bildiradi.   Metodlarni   har   qanday   muammoni,   ya`ni
maqsadni uzatish va qabul qiish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- so'z orqali ifodalanadigan metod; - ko'rgazmali metod; - amaliy metod.
Metodlar quyidagi guruhlarni o'z ichiga oladi:
- birinchi guruh metodlari:  so'z orqali uzatish va informatsiyasini eshitish orqali
qabul qilish metodlari bo`lib, og'zaki metodlarni:
- hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar;
- ikkinchi guruh metodlari:  o'quv informatsiyasini ko'rgazmali uzatish va ko'rish
orqali   qabul   qilish   metodlari   bo`lib,   ko'rgazmali   metodlarni:   -   tasviriy   namoyish
qilish va boshqalar;
- uchinchi   guruh   metodlari:     o'quv   informatsiyasini   amaliy   mehnat   harakatlari
orqali berish bo`lib, amaliy metodlarni:
- mashqlar,   labaratoriya   ishlari,   dastur   tuzish,   pedagogik   masalalarni   yechish,
mehnat harakatlari va boshqalarnio`z ichiga oladi.
35 Ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining tanlash omillari:
Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda ta`lim oluvchilarning:
- bilim saviyasi,
- o'zlashtirish qobiliyati,
- ta'lim manbai,
- didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo'llaniladi:
- o'qitishning ma'ruza (suhbat) metodi;
- o'qitishning amaliy ishlar metodi;
- laboratoriya ishlar metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- ilmiy tatqiqot meiodlari;
- o'qitishning muammoli – izlanish va reproduktiv metodi;
- o'qitishning induktiv va diduktiv metodi;
- o'qitishning nazorat va o'z – o'zini nazorat qilish metodi.
Interfaol     metodlar   asosida   tuzilgan     dars   tizimlarida     turli     strategiyalardan
foydalaniladi.  Bunda talabalarga yashirincha  usullardan (kitob,  konspektlar  va h.k.)
foydalanish  taqiqlanmaydi,  aksincha, bunday  usullarni  qo'llash rag'batlantiriladi.
Talabalarning  ijodiy  imkoniyatlarini  rivojlantirish,  muammolarni  hal qilishda
tayyor     standart     yechimlar     bilan     birga     nostandart   yechimlar   qilishga   undash,
talabalar   ichki     hissiyotlarini   yuzaga   chiqarib,   ularni   mantiqiy   fikrlashga   chorlash,
ularni   solishtirish,   xususiy   analitik   fikr   yuritishga   o'rgatish,     ularning   intellektual.
zukkolik   xislatlarini   shakllantirish   va   ma'lum   yo'nalishda   yanada   yuqori   darajada
rivojlantirish  maqsadida  muammoli  uslubdan  foydalaniladi.
Muammoli   vaziyat   qanday   hosil   qilinadi?   Buning   uchun   bajarilishi   lozim
bo'lgan  topshiriq  e’lon  qilinadi.  Endi  shu  vazifani bajarish uchun talaba bor bilim
va   ko'nikmalarini   eslaydi,   topshiriqni   bajarishda   shu   paytgacha   egallagan
bilimlarining   yetishmasligini   sezish   bilan   birga   talaba   shaxsida   ma’lum   psixologik
qarama-qarshilik   shaklidagi     holat     yuz     beradi.     Galdagi     muammo     topshiriqni
bajarish     va   shu   topshiriqni   bajarish   uchun   yangi   bilim,     iqtidor   va   ko'nikmalarni
36 izlash     muammosi     paydo     bo'ladi.     Ana     shu     vaziyat     esa     muammoli   tahsilning
boshlanish jarayoni  hisoblanadi.
Pedagog  talabalarning  topshiriqni  mustaqil  bajarish  jarayonini zukkolik bilan
boshqaradi,     e’tibor   bilan     kuzatadi,     kerak     bo'lganda   jonli   muloqotga   chorlaydi.
Talabalar   mantiqiy   fikrlash   davomida   ularning   jonli     mushohadasi,     fikr   doirasi
pedagog   tomonidan   izchillik bilan hisobga olinadi va tahsil oxirida faol talabalarga
qo’yilgan ballar yoki  baholami  e’lon  qiladi.
Talabalarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim,  iqtidor va ko'nikmalarni
shakllantirish,   o 'z   tajribalarini   tanqidiy   nuqtai   nazardan yanada mustahkamlash,
real   haqiqiy   amaliyotdagi   sharoitda   sinash   va   amaliy   ko'nikmalarni   yangi   bilimlar
bilan yanada boyitish maqsadida shu uslubdan foydalaniladi.
Ma'lumki, har qanday fan o'qitilishi uchun belgilangan maqsadga   ko'ra,   uning
mazmuni tanlanadi.  Uni  o'zlashtirish  uchun  unga mos metodlar tanlanadi.  So'ngra
o'quv vositalari va nihoyat, bularga mos ravishda o'qitish shakli tanlanadi.
Talabalarning   psixologik   tayyorgarliklari   va   fikrlash   yoki   olingan   bilimlarni
o'zlashtirish   darajalariga   qarab   har   bir   ta’lim   bosqichi uchun   mos   mazmun   va
metodlar  tanlanadi.  Har  bir  bosqichning o'ziga xos mazmunini bayon qilish mantiqi
va metodlari bor. Ta’limda har doim  mazmun va  metodlar  muammosi mavjud,  bu
muammolar   bir-biri   bilan   uzviy   bog'langan.   Ta’lim   metodlaridagi   muammolar
«Kimni     qanday     o'qitamiz?»     degan     savol     bilan     bog'liq     bo'lib,   bundan   ta'lim
metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog'liq ekanligi kelib chiqadi.   Bu ikki
muammo o'zaro qarama-qarshilikda bo'lib,  bir-birini to'ldirib boradi.
Metodikaning     maqsadi     mazkur   fandan   yangi   o'quv   fani     (o'quv   predmeti)
yaratish     va     bu     fanning     o'zlashtirilishini     ta   ’minlashdan   iborat.     Bunday   o'quv
fanlari   talabaning   barcha   talab   va   ehtiyojlarini   qoniqtirishi,     zamonaviy     pedagogik
texnologiyalar talablari  asosida «avval  o'qish,  so'ngra,  bu  o'qishga  o'rgatish uchun
o'qitish»     prinsipiga   asoslanishi,     talabaning     o'quv     materialini   o'zlashtirishidagi
ko'rsatkich   va     o'zlashtirish   darajalari,     nazariy   va     amaliy   bilimlarini   egallashda
«soddadan-murakkabga»     qoidasiga     asoslangan     nazorat   topshiriqlarini   belgilash
37 hamda   talabalarga   individual   va   tabaqalashgan   holda   yondashuvlar   xususiyatlarini
hisobga olishi lozim.
An’anaviy   metodikada   talaba   shaxsining   rivojlanishini   hisobga olgan holda
uning bilimi ko'nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmasligi
ayon.   An’anaviy   ta`limda   ta`lim   beruvchi   talabaga   iloji   boricha   o'rganilayotgan
mavzudan   ko'proq   axborot   berishga   harakat   qiladi.   Ta`lim   beruvchi   axborotlarni
to'plash,     axborotlarni     tanlash     va     qayta   ishlash,   o'rganilgan   axborotlarni   qo'llash
kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga har doim ham rioya qilavermaydi.
Keyingi navbatda  talabaning  bilish  faoliyati  (olgan  bilimi)  uni  bilish faoliyatining
yangi pog'onasiga, ya’ni bu bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga ko'tarishi kerak.
Shundagina bilim ko'nikmaga, ko'nikma esa malakaga aylanadi. 
38 XULOSA
Hozirgi  kunda   bilimlar   juda  ko’p  bo`lib,  ularni   egallash  uslublari  ham   zamon
va   makon   talablari   asosida   tubdan   o’zgarmoqda,   ular   nafaqat   zamonaviy   zarur
bilimlar   yig’indisida,   balki     yangi   bilimlarni   o’rganish   uslublarida   ham   katta
o’zgarishlar   ro’y   bermoqda.   respublikamizda   ta’lim   tizimining   modernizatsiyasi
amalga oshirilayotgan ayni  paytda  yangi  mazmun, yondashuv, pedagogik  mentalitet
taklif etilmoqda.
Bunday   sharoitlarda   fan   o’qituvchilari   zamonaviy   innovatsion   texnologiyalar,
g’oyalar, yo’nalishlarning keng qamrovida harakatlanishlariga to’g’ri keladi. Ma’lum
narsalarni   ochish   emas,   balki   respublikamizda   mavjud,   qolaversa,   xalqaro   ijobiy
pedagogik   tajribalardan   foydalanishlari   zarur.   Bugungi   ta’lim   texnologiyalarini
o’rganmay turib, pedagogik savodli mutaxassis bo’lishi mumkin emas. Zero, “Har bir
avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish
va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur
qilib   bo’lmaydi.   Bu   vazifani   amalga   oshirishning   birdan   bir   yo’li   ta`lim   tizimini
tinmay   takomillashtirib   borish   orqali   yosh   avlodni   barkamol,   komil   inson   qilib
tarbiyalash” 1  
ekanligi   doimo   pedagoglarning   e`tiboridadir.   Demak,   bugungi   ta`lim
oluvchi kelajakdagi savodli mutaxassis bo’lishi uchun bizning bosh maqsadimiz ham
ma`nan barkamol, mustaqil  fikrli shaxs tarbiyalashni  izchil amalga oshirish shartdir.
Bu   borada   ta`lim   sohasida   olib   boriladigan   ishlar   katta   ahamiyat   kasb   etadi.       Toki
hayot   davom   etar   ekan,   ta`lim   ham,   tarbiya   ham   zamon   o’rtaga   qo’yayotgan  yangi-
yangi   talablarga   ko’ra   muttasil   ravishda   o’zgarib-yangilanib   boraveradi.   Biz   ham
“Pedagogik         texnologiya”   o`quv   qo`llanmasini   yaratish   drqli   ta`lim   sohadagi
dastlabki   qadamlarimizni   to’g’ri   qo’ydik,   deb   o`ylaymiz.   Mazkur   o`quv   qo`llanma
ustozlarningilg`or   tajribalari,   fikr-mulohazalari,   yaratgan   asarlari,   turli   manbalar
asosida   etildi.     “Pedagogik   texnologiya”   o`quv   qo`llanmasi   ilk   bor   chop
etilayotganligi   bois   kamchilik   va   nuqsonlardan   holi   bo`lmasligi   tabiiy,     shu   sababli
1
39 ustozlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar uchun biz  mualliflar minnatdorchilik
bildiramiz.
40 FOYDALNILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. SH.M.Mirziyoev.   Konstitutsiya-erkin   va   farovon   hayotimiz,
mamlkatimizni   yanada   taraqqiy   ettirishning   mustahkam   poydevoridir-Toshkent:
O’zbekiston, 2017. 22b
2. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   to’g’risida”gi   Farmoni.//
O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. –T., 2017. –B.39.
3. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston   Respublikasi
innovatsion   rivojlanish   vazirligini   tashkil   etish   to’g’risida”gi   Farmoni   //   QHMMB:
06/17/5264/0339-son 01.12.2017 y.
4. Azizxodjayeva   N .N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat
(darslik). - T..  2006 y.
5. Ishmuxammedov P., Abdukodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar.   (o`quv  qo`llanma).  T.,  2010.
6. Kolechenko A. K.   Entsiklopediya   pedagogicheskix  texnologiy - SPb.:
KARO,  2005g.
7. Selevko   G.     Pedagogicheskie   texnologii     na   osnove   didakticheskogo     i
metodicheskogo usoversh yenstvovaniya UVP  (uchebnoe posobiya). - M.   2005  g.
8. Pedagogicheskie   texnologii   /   Pod.   red.   Kukush   ina     V.     S.     (uchebnoe
posobiya). - M .:  2006  g.
9. Podlasiy  I.  P.  Pyedagogika V 2  kn. - M., 2003  g.
10. Kaldibekova   A.S.,     Xodjaev     V.X.     O‘quvchilarning     bilish     faolligini
oshirish yo`llari - T., 2006 u.
11. Ishmuhamedov     R.J.     Bolalarni     tarbiyalash     va     sog‘lomlashtirish
ishlarida pedagogik texnologiya (o ‘zbek va rus tillarida). - T.,2004 u.
12. Ishmuxamedov   R.J.   Innovatsion     texnologiyalar   yordamida   ta’lim
samaradorligini  oshirish  yullari. - T., 2005  y.
13. Tolipov   O   .,     Usmonboeva   M.   Pedagogik   texnologiyalarning   tadbiqiy
asoslari.-  T .:  2005  u.
41 14. Sayidahmedov N.  Yangi pedagogik texnologiyalar -  Т ., 2003  у .
15. N .N .  A zizxo'jayeva pedagogik texnologiyalar  va pedagogik  mahorat
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg' armasi nashriyoti Toshkent2006
16. Sh.S.Shodmonova   va   boshqalar.   Pedagogik   texnologiyalar.-T:   “Fan   va
texnologiya”, Tosshkent 2011
17. D.Ro’zieva,   M.Usmonboeva,   Z.Holiqova.   Interfaol   metodlar:   mohiyati
va   qo’llanilishi   /   Metodik   qo’llanma.–   Toshkent:   Nizomiy   nomidagi   TDPU
nashriyoti, 2013.
18. Golish     L.V.,     Fayzullaeva     D.M.     Pedagogik     texnologiyalarni
loyihalashtirish     va     rejalashtirish:     O’quv-uslubiy     qo’llanma.   Innovatsion     ta’lim
texnologiya  seriyasi. – T.: “Iqtisodiyot” nashr., 2011.
19. Golish L.V. Texnologii obucheniya na lektsiyax i seminarax/ Uchebnoe
posobie/ Pod ob щ  red.  Akad. S.S. Gulyamova. - T.: TGEU, 2005.
20. O’.   Tolipov,   M.   Usmonboeva.     Pedagogik   texnologiya:   nazariya   va
amaliyot. - T.: Fan, 2005
21. A.A.Abduqodirov «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va
ulardan foydalanish uslubiyoti .-T.: «Fan va texnologiyalar», 2015.
22. O`Tolipov,   D.Ro`ziyeva.     Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik
maxorat.-T.:Innovatsiyo-ziyo, 2019.
23. Komilov   N.   Komil   inson   –   millat   kelajagi.   –   Toshkent:   O’zbekiston,
2001.
Elektron ta’lim  resurslari
1. www. tdpu.  uz
2. www.  pedagog. uz
3. www.  Ziyonet.  uz
4. www.  edu.  uz
5. tdpu-IN TRA NET.  Ped
42

TEXNOLOGIYA FANI O'QUVCHILARGA QO'YILADIGAN TALABLAR Reja: Kirish I bob. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING RIVOJI. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI. 1.1. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari 1.2. “Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo`lishi, tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta`riflari 1.3. Pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari II bob. TA`LIM JARAYONIDA TA`LIM OLUVCHI SHAXSI. PEDAGOGIK TIZIM PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ASOSI. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR TASNIFI 2.1.O`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida 2.2.Pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilariva tasnifi 2.3.Pedagogik texnologiya turlari III bob.MAQSADNI BELGILASH TA`LIMNI TEXNOLOGIYALSHTIRISHNING ASOSIY ELEMENTI.O`QITISHNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHDA METOD VA VOSITALAR 3.1.Ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish. 3.2.Ta`limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni shakllantirish tamoyillari, ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining o`rni, ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash omillari XULOSA FOYDALNILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1

Kirish Pedagogik texnologiyadan tayyorlangan mazkur o`quv qo`llanma o`zida shu moduldan ma`ruzalar matni, amaliy mashg`ulotlar ishlanmasini mujassamlashtirgan bo`lib, oily ta`lim talabalari, o`qituvchilari uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanmada pedagogik texnologiya fanining maqsadi va vazifalari, ilmiy-tadqiqot metodlari, dolzarb muammolari, ta`lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish istiqbollari va muammolari, pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari, o`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida, pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari va tasnifi, pedagogik texnologiya turlari, ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish, ta`limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni shakllantirish tamoyillari, ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining o`rni, ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash omillari, “keys-stadi” tushunchasining mohiyati, kelib chiqish tarixi, tipologiyalari va “keys-stadi” texnologiyasini tuzilishi, “hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va o`ziga xosliklari, loyixa” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy ta`limning o`ziga xosliklari, o`quv loyixasi tushunchasi va “loyixa” texnologiyasini ishlab chiqish qoidasi, tabaqalashtirilgan va individual ta`lim texnologiyasi, axborot texnologiyalari va ta`limning jamoaviy hamda guruxiy texnologiyasi, insonparvarlik pedagogikasi, tarbiya san`ati va tenologiyasi, yaxlit yondashuv va tarbiyaviy ish kabilar yoritilgan. O`quv qo`llanmadan umumiy o`rta ta`lim muassasalari, oily va o`rta maxsus ta`lim muassasalari pedagog xodimlari, tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishi tavsiya etiladi. 2

I bob. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING RIVOJI. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI. 1.1.Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida XIX-asrning 2yarmida rivojlandi va fanga kirib keldi. Pedagogika fani differensiyalash jarayonida pedagogika fani tarkibidan alohida yo’nalish, mustaqil fan bo’lib ajralib chiqdi. Pedagogik texnologiya fani hozirda pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida OTM.larida o’qitilib kelinadi. Pedagogik texnologiya fanining asosiy maqsadi-yosh avlodda mazkur fan orqali BKM.larni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat va san’at bilan bosqara olishdir. Pedagogik texnologiya ta’lim – tarbiya jarayonini yuksak mahorat san’at bilan boshqarishdir. Pedagogik texnologiya – texnologiyaga nisbatan tor tushuncha bo’lib-unda faqat ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini mahorat, san`at bilan o’rganish. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning ijtimoiy maqsadga yo’naltirilgan usul, shakl va uyushmalar yigindisiga asoslangan loyihadir. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar-pedagogik jarayonni yangicha qurish boshqarish tashkil etishning mexanizmidir. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. «Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo`ldi. Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni 3

ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi. «Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi. «Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir. PT – bu Ta`lim beruvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va hokazo. O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. 4

PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k. PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70- yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi. Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv 5