TURLI KONSTITUSIYaDAGI QORAKO’L QO’YLARINING ShARTLI PATOGEN MIKROORGANIZMLARGA QARShI TABIIY IMMUNOBIOLOGIK XUSUSIYaTLARI
TURLI KONSTITUSIYaDAGI QORAKO’L QO’YLARINING ShARTLI PATOGEN MIKROORGANIZMLARGA QARShI TABIIY IMMUNOBIOLOGIK XUSUSIYaTLARI MUNDARIJA № Magistrlik dissertasiyasining tarkibiy qismlari bet Kirish 3 I bob Adabiyotlar sharhi 15 1.1. Qorako’l qo’ylari va ularning konstitusiya tiplari 15 1.2. Immunitet, uning turlari va namoyon bo’lish shakllari 19 1.3. Immunitetning spesifik va nospesifik gumoral omillari 24 1.4. Immunoglobulinlar va ularning immunitet hosil bo’lishidagi ahamiyati 29 1.5. Shartli patogen mikroorganizmlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari 40 II bob Xususiy tadqiqotlar. 59 2.1. Tadqiqot materiallari va uslublari 59 2.2. Tadqiqotlarni o’tkazish sharoiti va bosqichlari 64 2.3. Turli yoshdagi qorako’l qo’zilarining qon zardobidagi immunoglobulinlar miqdori va ularning antitela hosil bo’lishidagi ahamiyati. 65 2.4. Turli yoshdagi qorako’l qo’zilari organizmida shartli patogen mikroorganizmlarga qarshi antitelalar hosil bo’lish dinamikasi 68 2.5. Turli konstitusiyadagi qorako’l qo’ylarining tabiiy immunobiologik xususiyatlarini o’rganish 71 III bob Tadqiqotning asosiy natijalari. 77 Xulosalar 81 Amaliy tavsiyalar 83 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 84 Ilovalar 93 1
KIRISh Bugungi kunda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslanganganligi, halqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida O’zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufayli barcha jabhada turli o’zgarishlar ro’y bermoqda, halqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda[1,2,3,4,6,12,13,14,15,16]. Jamiyatimizda yangicha qadriyat va an’analar shakllanmoqda. Ana shunday muhim yangilik va an’analardan biri – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning mamlakatimiz parlamenti - Oliy Majlisga Murojaatnomasini taqdim etilishidir[17]. Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi ana shu ulkan yangilik jamiyatimizdagi ijtimoiy munosabatlarni sifat jihatidan o’zgartirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yilni nomlash bo’yicha taklifiga asosan 2023 yil yurtimizda “ Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili ” deb e’lon qilindi. Biz mamlakatimiz va xalqimiz oldida turgan ana shu eng muhim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishimiz hamda bunday ulug’ ishlarga o’z hissamizni qo’shishimiz zarur. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “ 2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “ Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili ”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” da ko’zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizning barkaror 2
rivojlanishini ta’minlash, aholi farovonligini amalda yuksaltirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashda muhim dasturamal bo’lib xizmat qilmoqda[7] . Shuning uchun ham 2023 yilni mamlakatimizda “ Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili ” deb e’lon qilinishi va bu masala bo’yicha davlat dasturini hayotga tadbiq etilishi katta ahamiyatga egadir. Bugun jahonda globallashuv jarayoni shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini yanada keng va chuqur modernizasiya qilish, davlat va jamiyat tizimini takomillashtirish, huquqiy tizimni yanada isloh qilish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, dinlararo bag’rikenglikni ta’minlash eng dolzarb vazifalar qatorida turadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ishlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “ 2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” quyidagilardan iboratdir: 1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish ; 2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish ; 3. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash ; 4. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish ; 5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish ; 6. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; 7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish . 3
Taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan dolzarb va ustuvor maqsad-vazifalar aholi farovonligi, qonun ustuvorligi, iqtisodiy barqarorlik hamda yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan [7]. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo’lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etib, “ Ma’na viyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”, deb ta’riflaydi [13]. Mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o’zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimi yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarori da mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va ta’lim yo’nalishlari uyg’unligiga erishish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mexnatidan foydalanishni yaxshilash, xududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsad qilib qo’yilgan [5]. 4
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kunlardanoq, nurafshon va oydin istiqlol yo’lidan borib xalq xo’jaligining barcha jabhalarida, shu jumladan chorvachilik sohasida ham barqaror rivojlanish tendensiyasini qo’lga kiritdi. Mamlakatimizda veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, veterinariya sohasi chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, veterinariya nazoratini kuchaytirish, chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirish, xalqni sifatli chorva mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash hamda naslchilik- seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish borasida keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi[3,4,6,8,9,10,11,12]. Veterinariya xizmatini yanada takomillashtirish va chorvachilikni talab darajasida rivojlantirish va bugungi kun uchun nafaqat moddiy balki iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Mamlakatda veterinariya xizmatini yanada yaxshilashga hamda chorvachilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan qator qarorlar va me’yoriy xujjatlar qabul qilindi[3,6,8,9,10]. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ning: - 2019 yil 18 martdagi“Chorvachilik tarmog’ini yanada rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarito’g’risida”gi PQ-4243 son qarorida; - 2019 yil 28 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF- 5696 son Farmonida; - 2019 yil 28-martdagi “O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-4254 qarorida; - 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik tarmog’ini davlat tomonidan ko’llab- quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4576-son qarori da; - 2021 yil 03 martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5017 son qarorida; 5