ZARAFSHON MILLIY BOG‘IDAGI QUSHLARNING TURLI BIOTOPLAR BO‘YICHA TARQALISH XUSUSIYATLARI
ZARAFSHON MILLIY BOG‘IDAGI QUSHLARNING TURLI BIOTOPLAR BO‘YICHA TARQALISH XUSUSIYATLARI ANNOTATSIYA Magistrlik ishi Zarafshon milliy tabiat bog i ornitfaunasining biotoplarʻ bo‘yicha tarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan. O zbekistonda bioxilma- ʻ xillikni saqlashda o rmon ekotizimlari beqiyos rol o ynaydi. O zbekistonda 75 ʻ ʻ ʻ ming gektarga yaqin maydonda to‘qaylar saqlanib qolgan — bu umumiy o rmon ʻ fondining 1% dan kamrog i va qat iy muhofaza qilinadigan hududning atigi 2% ʻ ʼ dan kamrog ini tashkil etadi. ʻ Hozirgi vaqtda tor bo‘laklar ko‘rinishida daryo bo‘ylarida saqlanib qolgan.To qay yoki tekislik o rmonlari noyob biotoplar bo lib, O zbekiston ʻ ʻ ʻ ʻ bioxilma-xilligini saqlashda katta ahamiyatga ega. To‘qay o‘rmonining ekotizimi Butunjahon yovvoyi tabiat fondining (WWF) tomonidan jiddiy muhofazaga muhtoj ekologik hududlarning Global 200 ro yxatiga kiritilgan. ʻ Qushlarning turli biotoplarga ega bo‘lgan bog‘lanish shakllari bir qator omillarning kombinatsiyasi bilan; iqlim, o‘simlik, tuproq qoplami, relyef, suv manbalarining mavjudligi va bu hududning sinantropizatsiya darajasi, bezovta qiluvchi omil mavjudligi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida ana shu omillarning ta’sir darajasiga qarab biotoplarning asosiy turlarini aniqlash, qushlar olamining tur tarkibi va dinamikasini aniqlash bu ishning vazifalari hisoblanadi. 1
A N N O T A T I O N The master’s thesis is devoted to the study of the distribution of the avifauna of Zarafshan National Nature Park by biotopes. Forest ecosystems play an incomparable role in the preservation of biodiversity in Uzbekistan. About 75,000 hectares of forests have been preserved in Uzbekistan - this is less than 1% of the total forest stock and less than 2% of the strictly protected area. Currently, they are preserved in the form of narrow sections along the river banks. Forests or plain forests are unique biotopes and are of great importance in preserving the biodiversity of Uzbekistan. The ecosystem of the forest is included in the Global 200 list of ecological areas in need of serious protection by the World Wildlife Fund (WWF). Forms of connection of birds with different biotopes with a combination of a number of factors; climate, vegetation, soil cover, terrain, availability of water sources and the degree of synanthropization of this area, the presence of a disturbing factor, determining the main types of biotopes in the Zarafshan National Nature Park, depending on the degree of influence of these factors, the species composition and dynamics of the bird world identification is the task of this work. 2
MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………...….5 1.Bob. Adabiyotlar sharhi ………………………………………….………...12 1.1. Zarafshon milliy tabiat bog‘i xarakteristikasi……………………………...12 1.2.Zarafshon daryosi havzasining umurtqali hayvonlar faunasini o‘rganish tarixi………………………...………………………………………………….14 2. Bob. Tadqiqot sharoiti, obyekti, uslublari .……………….……………..… 16 2.1. Tadqiqot sharoiti, tadqiqot o‘tkazilgan hududning fizik – geografik tavsifi..16 2.2. Tadqiqot obyekti…………………………………..……………………….22 2.3. Tadqiqot uslublari………………………………………………..………...23 Tadqiqot natijalari. 3. Bob. Zarafshon milliy tabiat bog‘idagi qushlarning turli biotoplar bo‘yicha tarqalish ekologiyasi .............................................................25 3.1. Zarafshon milliy tabiat bog‘idagi asosiy biotop tiplari.......................25 3.2. Zarafshon milliy tabiat bog‘idagi qushlarning bioxilma-xilligi, tur tarkibi va ekologik guruhlar.................................................................................................31 3.3.Zarafshon milliy tabiat bog‘ida qushlarning daraxt-buta biotopida tarqalishi..…………………………………………………………………...…32 3.3.1. Qish-bahor ornitokompleksining shakllanishi…..……………..……..…32 3.3.2. Bahor-yoz ornitokompleksining shakllanishi…..…………………….…41 3.3.3. Yoz-kuz ornitokompleksining shakllanishi...………………….…….…53 3.3.4. Kuz oylari ornitokompleksi.………………………….……………...…62 3.3.5. Kuz-qish davrida ornitokomplekslarning shakllanishi…….……….……71 3.4Zarafshon milliy tabiat bog‘ida qizil kitobga kiritilgan turlar…………..….82 3.5. Zarafshon milliy tabiat bog‘i qushlarini muhofaza qilish……………..…..85 Xulosalar ……………………………………………………….……………...89 Tavsiyalar ………………………………………………………...…………....90 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………..91 3
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. So‘ngi yillarda inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri kuchayib bormoqda.To‘qay landshaftlarda insonning xo‘jalik faoliyati ta’siri darajasining oshib borishi, tabiatdagi muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Bunday o‘zgarishlar esa hayvonlar va o‘simliklar turlari tarkibi va ular sonining o‘zgarishiga olib keladi. Ayrim hayvon turlari sonining qisqarishi genofondda va turlarning butunlay yo‘qolib ketish xavfini keltirib chiqarmoqda. Qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar tizimining tashkil etilishi ekotizimlar holatini yaxshilash va ularni boyitishga muhim o‘rinni egallaydi. Erning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Dunyoda bioxilma-xillikni saqlash global muammolardan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda antropogen bosimning tabiiy ekotizimlarga ta sirining kengayibʼ borishi bunday muammolar ko‘lamining ham ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, to‘qay landshafti joylashgan daryo bo‘yi hududlarida joylashgan o‘simlik dunyosi obektlarning cho‘llanish ta siriga moyilligi hudud florasining ʼ shakllanishi va transformatsiyasida asosiy o‘rin egallamoqda. Bu o‘rinda, flora komponentlarining tarkibini aniqlash, undagi o‘zgarishlarni qushlarni turli biotoplar bo‘yicha ekologik tahlil qilish va moslashish xususiyatlarini o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi o‘rnatiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit 4
ekologik tizimni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi: – davlat qo‘riqxonalari; – majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari; – tabiat bog‘lari; – davlat tabiat yodgorliklari; – ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar; – muhofaza etiladigan landshaftlar; – ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar. – Qonun hujjatlarida davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiyhududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin. O‘zbekistonda qo‘riqxona ishlari o‘tgan asrining 20-yillarida boshlangan edi. 1926 yilda O‘zbekistonda birinchi qo‘riqxona – Guralash qo‘riqxonasi (hozirgi Zomin qo‘riqxonasi) tashkil etildi.Quyidagi jadvalda O‘zbekistondagi alohida muhofaza qilinadinadigan hududlar toifalar ko‘rinishida aks etgan.(1- jadval.) 5