logo

VETERINARIYA TERMINLARINING “O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DAGI LEKSIKOGRAFIK TALQINI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

488.5 KB
VETERINARIYA TERMINLARINING “O‘ ZBEK TILINING
IZOHLI LUG‘ATI”DA GI LEKSIKOGRAFIK TALQINI
MUNDARIJA
KIRISH. ISHNING UMUMIY TASNIFI………………………………..3
I   BOB.   SOHA   TERMINOLOGIYASI   VA   VETERINARIYA
TERMINLARI HAQIDA
1.1.Termin   va   terminologiya   haqida.   O‘zbek   tilshunosligida
terminologiya……………………………………………………………………… 7
1.2.O‘zbek   tilshunosligida   kasb-hunar   atamalari   va   ilmiy-texnikaviy
terminlarning o‘rganilishi………………………………………………………… 13
1.3.Veterinariya terminlar tizimiga kiruvchi  birliklar…………………… 18
Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 23
  II BOB. VETERINARIYA SOHASIDAGI   TERMINLARNING   LEKSIK-
SEMANTIK VA GRAMMATIK-STRUKTURAL XUSUSIYATLARI 
2.1.Veterinariya   terminlarining   leksik-semantik   jihatdan
guruhlanishi……………………………………………………………………… 24
2.2.  Veterinariya terminlarining grammatik-struktural xususiyatlari……….. 4 2
2.3.   Sohaga   oid   terminlarning   imlosi   masalalari.     (Veterinariya   terminlari
misolida)…………………………………………………………………………. 48
Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 5 1
        III   BOB.   VETERINARIYA     TERMINLARINING     “O‘ ZBEK   TILINING
IZOHLI  LUG‘ATI” DAGI  LEKSIKOGRAFIK TALQINI 
3.1. “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”  haqida va unda kasb-hunar atamalari va
ilmiy-texnikaviy terminlarning berilishi………………………………………… 53
3.2.   Veterinariya   terminlarining   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da
berilishi…………………………………………………………………………… 60
3.3.   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da       mavjud   ayrim   so‘zlarning
veterinariya terminlari bilan shakldosh bo‘lishi…………………………….……. 69
Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 80
1 XULOSA………………………………………………………………………………...……… 81
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………………… 84
ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Tadqiqot   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Jahon   tilshunosligida
leksikografik   tal qinlar     bir   necha   yillardan   buyon   o‘rganilib   kelinmo qda.   Bu
so hada o‘zbek tilshunosligida juda ko‘plab tad qiqot ishlari olib boril gan . Qomusiy
lug‘atlar,   ma’lum   bir   fanga,   kasb-hunarga   oid   lug‘atlar,   tarjima   lug‘atlar   hamda
o‘zbek tili leksik sathiga kiruvchi birliklarni izohlovchi izohli lug‘atlar yaratilgan.
Ma’lum fan yoki kasb-hunarga oid terminlar izohi berilgan terminologik lug‘atlar
ham   bugungi   kunda   o‘zbek   ilm-fan   tizimida   yaratilgan.   Ko‘plab   ilm-fan,   sohaga
oid   terminlarning   tilshunoslik   nuqtayi   nazardan,   leksik   nuqtayi   nazardan   ilmiy
tadqiqi,     terminologik   lug‘atlarning   leksikografik   tadqiqi     tilshunoslarimiz
tomonidan amalga oshirilgan. Bugungi kunda ilm-fan, texnika, tibbiyot, sanoat va
ishlab   chiqarish   sohalarining   jadal   taraqqiyoti,   o‘zaro   integratsiyalashuvi,   yangi
sohalarning paydo bo‘lishi terminologik tadqiqotlarni har bir soha terminologiyasi
doirasida   bajarishni   taqazo   etadi.   Bu   haqida   yurtboshimizning   quyidagi   fikrlari
diqqatga   sazovor:   “Hozirgi   kunda   mamlakatimizda   yashayotgan   turli   millat
vakillari  va  chet  el  fuqarolarida o‘zbek tilini  o‘rganishga qiziqish  va e’tibor  ortib
borayotganini   hisobga   olib,   ular   uchun   maxsus   darslik,   lug‘at   va   qo‘llanmalar,
video   va   audiomateriallar   hajmini   oshirish   bo‘yicha   ishlarni   yanada
kuchaytirishimiz   zarur. 1
      Bundan   tashqari   mana   shu   terminlarni   har   tomonlama
tizimli     tadqiq   etish,   ya’ni   terminlarning   leksik   qatlamdagi   o‘rni,   terminlarning
omonimiya,   polisemiya,   sinonimiya,   polifunksionallik   kabi   hodisalarga
munosabatini   yangicha   qarashlar   asosida   o‘rganish,   terminlarning   ma’noviy
xususiyatlarini   aniqlash,   grammatik  struktur   tuzilishini   tahlil   qilish,   terminlarning
yasalishi,   o‘z   yoki   o‘zlashgan   qatlamga   mansubligini   aniqlash   tilshunoslarimiz,
terminologlarimizning   vazifalaridan   biridir.     Shu   ma’noda,       “Veterinariya
1
  Мирзиёев Ш.  Ў збекистон  хал қ ига байрам табриги.   “ Хал қ    сўзи”  газетаси. 2021- йил , 21- октябрь. №224. –Б.1.
2 terminlarining   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ atida”gi   leksikografik   talqini”   mavzu si
dolzarb   mavzulardan   sanalib,   veterinariya   terminlarining   tilshunoslik   nuqtayi
nazaridan o‘rganilishida ahamiyat kasb etadi . 
Tadqiqot   mavzusining   o‘rganilishi.   O‘zbek   tilshunosligida   soha
terminologiyasi bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar, monografiya, lug‘atlar yaratilgan.
N.   Sadinovaning   “O‘zbek   tili   ish   yuritish   terminologiyasi”,   Y.   Shirinovaning
“O‘zbek   tili   bank-moliya   terminologiyasi”,   N.   Usmonovning   “O‘zbek   tilining
pedagogik terminologiyasi”, T. Valiyevning “O‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarining
struktur-semantik   xususiyatlari   va   leksikografik   talqini”,   I.   Ermatovning   “O‘zbek
tilshunoslik   terminlarining   shakllanishi   va   taraqqiyoti”,   Z.   Djurabayevaning
“O‘zbek tilida ekologik terminlar”, O. Tursunovaning “Tarixiy manbalarda huquq
terminlarining   qo‘llanilishi”,   O.O‘rinovaning   “O‘zbek   tilidagi   qoramolchilik
terminlarining   leksik-semantik   tadqiqi”   kabi   qator   ishlari   soha   terminologiyasi
bo‘yicha  qilingan  ishlardir 2
. Biroq   o‘zbek  tilshunosligida     veterinariya terminlari
alohida monografik tarzda  tadqiq etilmagan.  
Tadqiqot   maqsadi.   V eterinariya   sohasiga   oid   terminlarning   leksik-
semantik,   grammatik   struktur   jihatlarini   o‘rganish   va   bu   terminlarning   “ O‘zbek
tilining   izohli   lu g‘ atida”   qay   darajada   aks   ettirilganligini   o‘rganib   chiqish.
Tadqiqotning vazifalari:
-termin   va   terminologiya   haqida,   o‘zbek   tilshunosligida   terminologiya
sohasi haqida ma’lumot berish;
  -soha terminologiyasi va veterinariya terminlari haqida ma’lumot berish;
-o‘zbek   tilshunosligida   kasb-hunar   atamalari   va   ilmiy-texnikaviy
terminlarning o‘rganilishini yoritish;
2
  Дониёров   Р.   Ўзбек   тили   техник   терминологиясининг   айрим   масалалари.   –Тошкент:   Фан,   1977;   Шу
муаллиф.   Ўзбек   тилининг   илмий-техникавий   терминлари   тарихидан.   –Тошкент:   Фан,   1979;   Маматов   Н.
Ўзбек   пахтачилик   терминологияси:Филол.фан.номз.дисс.   ...автореф.   –Тошкент,   1995;   Ҳожиев   А.   Термин
танлаш   мезонлари.  Ахборот.11-12-чақирув.  –Тошкент:   Фан,  1996;   Мадвалиев   А.   Ўзбек   терминологияси   ва
лексикографияси   масалалари.   –Тошкент:   ЎзМЭ,   2017;   Мираҳмедова   З.   Ўзбек   тилининг   анатомия
терминологияси   ва   уни   тартибга   солиш   муаммолари.   –Тошкент:   Фан,   2010.   –127б;   Исломов   И.   Ўзбек
тилининг   географик   терминологияси:   тизими,   генезиси,   семантик   структураси   ва   лексикографик   талқини:
Филол.фан.докт(DSc)…дисс.автореф. –Тошкент, 2021. – 69 б.
3 -veterinariya terminlar tizimiga mansub birliklarning ideografik strukturasini
tadqiq etish;
-veterinariya   sohasidagi   terminlarinng   leksik-semantik   xususiyatlari
o‘rganish;
-veterinariya terminlarining grammatik strukturasini aniqlash;
-   veterinariya   terminlari   misolida   sohaga   oid   terminlarning   imlosi
masalalariga e’tibor qaratish
v eterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ atida” gi leksikografik
talqinini tahlil qilish;
-v eterinariya terminlarida omonimiya, polisemiya va sinonimiya muammosi
va   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da       bu   muammoning   namoyon   bo‘lishi
o‘rganish.
Tadqiqotning ob y ekti  sifatida veterinariya  sohasiga oid  terminlar  olindi. 
Tadqiqotning   predmeti ni   veterinar   terminlar i   va   “ O‘zbek   tilining   izo hli
lug‘ati ”  tashkil etadi. 
Tadqiqotning   usullari.   Tadqiqot   mavzusini   yoritishda   tavsifiy,   qiyosiy,
komponent tahlil  metodlaridan foydalanildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat: 
- o‘zbek   tilshunosligida   veterinariya   terminlarining   leksik-semantik,
grammatik-struktur xususiyatlari, bu terminlarning leksikografik tal qini  o‘rganildi;
-     veterinariya   terminlarining   “O‘zbek   tilining   izo hli   lug‘ati”da   aks   etish
holati   shu   fanga   doir   bo‘lgan   terminologik   lug‘atlar     bilan  solishtirib   o‘rganishsh
orqali ochib berildi.
-   veterinariya   terminlari   misolida   sohaga   oid   terminlarning   imlosi
masalalariga e’tibor qaratildi.
-     v eterinariya   terminlarida   omonimiya,   polisemiya   va   sinonimiya
muammosi   va   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da       bu   muammoning   namoyon
bo‘lishi o‘rganildi.  
4 Tadqiqotning   nazar iy   va   amaliy   ahamiyati.   Ushbu   tadqiqotda
umumlashtirilgan   nazariy   xulosalar   v eterinariyaga   oid   terminlarni   umumiy   yaxlit
tizim sifatida o‘rganilishini oydinlashishiga xizmat qiladi.     Shu sababli   tadqiqotda
erishilgan natijalardan v eterinariya sohasi  bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda,
shu   soha   bo‘yicha   tuziladigan   lug‘atlarda   foydalanish   mumkin.   Ayni   paytda
dissertatsiya   natijalari   “Hozirgi   o‘zbek   tili”,   “Tilshunoslik   nazariyasi”,   “Nazariy
tilshunoslik   masalalari”,   “O‘zbek   tilining   sohada   qo‘llanilishi”   kabi   kurslarni
o‘qitishda,   darsliklar,   o‘quv-uslubiy   qo‘llanmalar,   ilmiy   risolalar   yaratishda
ahamiyat   kasb   etadi.   Shuningdek   dissertatsiya   ishining   asosiy   natijalari   va
materiallaridan   oliy   ta’lim   muassasalarining   o‘zbek   filologiyasi   fakultetlari
talabalari   uchun   va   magistratura   yo‘nalishlarida   o‘tiladigan   leksikografiya,
terminologiya darslarida keng foydalanish tavsiya etiladi. 
Dissertatsiyaning   tuzilishi   va   hajmi.   Dissertatsiya   kirish,   uch   asosiy   bob,
umumiy   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati   va   ilovadan   iborat.
Dissertatsiyaning umumiy hajmi 86 sahifani tashkil etadi.
 
5 I   BOB.   SOHA   TERMINOLOGIYASI   VA   VETERINARIYA
TERMINLARI HAQIDA
1.1.Termin   va   terminologiya   haqida.   O‘zbek   tilshunosligida
terminologiya.
Leksik   tizim   tarkibida   terminlarning   asosiy   vazifasi   ilm-fan   sohalaridagi
aniq tushunchalarni bir-biridan ajratish, ular o‘rtasiga chegara qo‘yishdan iboratdir.
Terminning asl lug‘aviy ma’nosi ham shuni anglatadi: bu atama lotin tilidan kelib
chiqqan bo‘lib (terminus), “chegara belgisi, chek, chegara” ma’nolarini anglatadi.
Terminlar   ishlatilishi   chegaralangan   so‘zlar   tarkibida   bo‘lib,   o‘zbek   tili
terminologiyasi   va   leksikografiyasi   masalalarini   tadqiq   etgan     A.Madvaliyev
terminlarni   ham   chegaralangan   leksik   qatlamga   mansub   lug‘aviy   birliklarga
kiritadi   va   ularning   terminologik   tadqiqotlarning   asosiy   obyekti   ekanligini
ta’kidlaydi. 3
Х. Jamolxonovning   “ Hozirgi   o‘zbek  adabiy   tili ”  darsligida   terminlar   haqida
quyidagicha   fikr   keltiriladi:     “ Terminlar   fan,   texnika,   adabiyot,   san’at   va   boshqa
sohalarga   oid   ixtisoslashgan,   qo‘llanishi   muayyan   soha   bilan   chegaralangan
tushunchalarni   ifodalaydigan   nominativ   birliklardir:   gulkosa,   shona   (botanikada);
to‘rtburchak,   kvadrat   (geometriyada);   ega,   kesim   (tilshunoslikda),   qofiya,   turoq,
vazn  (adabiyotshunoslikda) kabi ” . 4
Azim   Hoji y evning   “Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug‘ati”da   termin
so‘ziga   quyidagicha   ta’rif   beriladi:   “Termin   (lot.   Terminus   –   chek,   chegara,
chegara   belgisi).     Fan,   texnika   va   boshqa   sohaga   oid   narsa   haqidagi   tushunchani
aniq   ifodalaydigan,   ishlatilish   doirasi   shu   sohalar   bilan   chegaralangan   so‘z   yoki
so‘z   birikmasi;   atama.   Terminlar   bir   ma’noli   bo‘lishi,   ekspressivlik   va
emotsionallikka   ega   bo‘lmasligi   kabi   belgilari   bilan   ham   umumiste’moldagi
so‘zlardan   farqlanadi.   Mas.,   geometriyaga   oid   terminlar:   aylana,   uchburchak...;
3
 Мадвалиев А Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. –  Тошкент: ЎзМЭ, 2017. – Б.29
4
 Жамолхонов Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент, 2005. –Б.148-150.
6 fizikaga oid terminlar: jism, bosim, harakat, maydon; kimyoga oid terminlar: suv,
kumush, ishqor, tuzlar va b. 5
 
Ayrim   ishlarda   termin   so‘zining   ma’nosi   va   bu   so‘ zning   ishlatilish   tarixi
haqida   ham   ma’lumotlar   mavjid.   “Termin”   s o‘ zi   (loterminologiya   terminus   -
chegara,   chegara)   r o‘ yxatlardagi   oxirgi   ustunni   belgilash;   chekka,   natija,   natija,
terminologik   ma ’ noda   Aflotun   davridan   beri   ishlatilgan.   O‘ sha   paytlarda   atama,
agar   ularga   aniq   ta ’ rif   berilgan   b o‘ lsa,   s o‘ zlar   yoki   iboralar   bilan   ifodalangan
tushunchalar   sifatida   tushunilgan.   Qadimgi   yunonlar   “logotip”   s o‘ zini   belgilash
uchun ishlatgan. 6
A.Abduazizov  fan, texnika, san’at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda
qilib, bir ma’noda ishlatiladigan so‘zlarni terminlar, har bir fan, texnika, san’at va
madani yatga   oid   bo‘lgan   terminlar   birlashtirilib   terminologiya   deyilishini   qayd
etadi.   Olim   terminlarning   asosiy   belgilari   sifatida   ularning   bir   ma’noliligi
(monosemantik   ekanligi),   neytral,   alohida   emotsional-ekspressiv   bo‘yoqqa   ega
emasligi,   biror   fan   va   texnika   sohasiga   tegishli   ekanligini   aytib   o‘tadi.   Ba’zan
terminlar   badiiy   asarlarda   stilistik   talabga   ko‘ra   ishlatilishi   mumkinligi   ham
darslikda   aytib   o‘tiladi.     Ba'zi   terminlar   bir   qancha   fanlar   uchun   umumiy   bo‘lib
qol-ganligi   ham   misollar   bilan   tushuntiriladi.   7
  O.Azizov   “Tilshunoslikka   kirish”
asarida   fikrni,   maqsadni   yaqqol,   ahiq   qilib   berishda   ma’nosi   aniqlashgan,
ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan so‘zlarni termin deb ataydi. 8
 
Terminlar   ma’lum   sohada   faqat   bir   tushunchaga   teng   leksik   ma’noga   ega
lug‘aviy   birliklar   bo‘lib,   har   qanday   so‘z   ham   termin   bo‘lavermaydi.   Termin
quyidagi   xususiyatlari  bilan  so‘zlardan  farq  qiladi.  1.Terminning  ma’nosi   hamma
vaqt tushunchaga teng keladi. So‘zda ham tushuncha bor. Biroq so‘z pragmatiklik
xususiyatiga   ega.   Terminda   esa   pragmatiklik   mavjud   emas.   2.Terminning   leksik
ma’nosi aniq tushunchaga asoslanadi. 3.Terminlar uchun sinonimiya, omoonimiya
5
 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. –Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –Б. 104. 
6
Эрматов   И.   Р.   Ўзбек   тилшунослик   терминларининг   шаклланиши   тараққиёти:Филол.фан.докт(PhD)…
дисс.автореф. –Тошкент, 2019.
7
 Abduazizov A.    Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent: Sharq,  2010. –B.77.
8
  Азизов О. Тилшуносликка кириш. –Тошкент: Ўқитувчи, 1996. –Б.76.
7 ijobiy   hodisa   emas.   4.   Terminlar   ijtimoiy   chegaralangan   qatlamga   kiradi.
Terminlarning ifoda  tomoni  so‘zga ( hujayra, to‘qima ) yoki tur g‘ un birikmaga ( o‘q
ildiz, popuk ildiz ) teng bo‘ladi. 
Terminlarning mazmun  tomonida  muayyan soha tushunchalari ifodalangan 
bo‘ladi: Masalan,  boshoq  terminining mazmun planida   “ poya uchida o‘sadigan 
to‘pgul yoki to‘pmevaning bir xili ”  tushunchasi ifodalangan.
Shaklan so‘zga  teng  termin  aslida  leksemaning  o‘zidir,  chunki   u ko‘pincha
til   sistemasida   mavjud   bo‘lgan   yoki   shu   tilning   so‘z   yasalish   modellari   asosida
shakllangan   leksemaning   terminlashishi   natijasida   yuzaga   keladi,   natijada
terminning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. qiyos
qiling:   tish   (leksema:   “odamning   tishi”,   “hayvonlar   tishi”)- tish   (termin:
“odamning   tishi”,   “hayvonlar   tishi”).   Bunda   leksemaning   mazmun   plani   (leksik
ma’nosi)   terminning   mazmun   planiga   (tushunchaga)   tengdir.   Demak,   terminlarda
ko‘pincha   leksik   ma’no   bilan   tushuncha   o‘zaro   teng   bo‘ladi.   Ba’zi   sohalarda
leksema o‘zining ko‘chma ma’nosida terminlashib qolishi ham mumkin, ammo bu
hodisa   juda   kam   uchraydi.   qiyos   qiling:   gul -botanikada:   “o‘simlikning   urchish
(ko‘payish)   organi”;   gul -amaliy  san’atda:   “Biror  narsaga  chizib,  tikib, bosib  yoki
o‘yib   tushirilgan   bezak,   naqsh”.   Bu   misollarda   gul   leksemasi   o‘zining   bosh
ma’nosida   botanikada,   ko‘chma   ma’nosida   esa   amaliy   san’atda   terminlashgan.
Ammo   bir   sohaning   o‘zida   leksemaning   ikkita   tushuncha   nomi   sifatida
terminlashishi   (ko‘p   ma’noli   termin   bo‘lishi)   terminologiyaning   izchilligiga   xilof
bo‘ladi. Masalan,   uru g‘  leksemasi uzoq yillar botanikada ikki tushunchaning nomi
bo‘lib   keldi:   1)   “o‘simlikning   uru g‘ I”   (ruscha:   semya );   2)   “turdan   katta,   oiladan
kichik taksonomik  kategoriya”  (ruscha:   rod ).  Bunday  polisemiya  keyingi  yillarda
taksonomik   kategoriya   ma’nosidagi   uru g‘   terminining   turkum   termini   bilan
almashtirilishiga sabab bo‘lgan. Ba’zan termin o‘ta ommalashib, umumtil birligiga
aylanib qoladi. Bu hodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi.
Terminlarning   qo‘llanilish   tarixi   antik   davrga   borib   taqaladi.     Dastlab
fanlarning  paydo bo‘lishi   bilan,  fanlarning  o‘ziga xos  tushunchalarini  ifodalovchi
8 birliklar yaratilgan. Dastlab bu Sharqda rivojlangan bo‘lib, keyinchalik Yevropaga
o‘tgan. Ular terminlarni ifodalashda lotincha so‘zlardan foydalanishgan. 
Termin   chegaralangan   leksik   qatlamga   mansub   lug‘aviy   birlik   sifatida
terminologik   tadqiqotlarning   asosiy   ob y ekti,   terminologik   lug‘atlar   yaratishning
muhim   manbai   hisoblanadi.   Leksikologiya,   leksikografiya ,   terminologiya
sohalarining   obyektlarida,   o‘rganish   tomonida   qanday   farq   bor?   Bu   savolga
quyidagi   fikrlar   bilan   javob   beramiz.     Leksikologiya   umumadabiy   til   lug‘aviy
birliklarini o‘rganish bilan shug‘ullansa, leksikografiya ana shu lug‘aviy birliklarni
to‘plash,   tartibga   solish   va   tavsiflash   orqali   lug‘atlar   yaratish   nazariyasi   va
amaliyoti   bilan   shug‘ullanadi.   Shunga   o‘xshab,   terminologiya   maxsus   lug‘aviy
birliklarni     terminlarni   tadqiq   etuvchi   fan   sohasi   hisoblanadi.   Terminlar   asosida
lug‘atlar   yaratish   hamda   yaratilgan   lug‘atlar   majmui   ko‘pchilik   tilshunoslar   va
mutaxassislar   tomonidan   “terminologik   leksikografiya”,   “ilmiy-texnik
leksikografiya”   deb nomlanib keladi.   A.Madvaliyev “O‘zbek terminologiyasi va
leksikografiyasi masalalari” kitobida ayrim tilshunoslar (A. A. Reformatskiy va A.
D.   Xayutinlardan   so‘ng   S.   V.   Grinyov)   mazkur   birikma   terminlar   o‘rniga,
leksikografiya   terminiga   ohangdosh   va   vazifadosh   bo‘lgan   terminografiya
terminini qo‘llashni taklif etganligini   va unga maxsus yoki terminologik lug‘atlar
tuzish  nazariyasi   va  amaliyoti   sifatida  ta’rif   berishganligini  keltiradi. Olimlarning
ushbu   fikrlariga   quyidagicha   mulohaza   bildiradi:   “Terminografiya”   so‘zini
qo‘llash, birinchidan, ixchamlikni ta’minlaydi; ikkinchidan, bu so‘z   terminologiya
so‘zining   ma’nolaridan   birini   bajara   boshlaydi   va   ma’lum   darajada   omonimiyani
bartaraf   etadi.   Biz   ham,   “terminografiya”   terminining   zikr   qilingan   ijobiy
tomonlarini   e’tiborga   olgan   holda,   uni   amaliyotda   qo‘llashni   maqsadga   muvofiq,
deb   hisoblaymiz.   Olim     terminografiya   terminologik   lug‘atlar   tuzish,     ya’ni
terminografik faoliyatning ham nazariy, ham amaliy jihatlari bilan shug‘ullanishini
qayd   etadi,   terminologik   lug‘atlar   va   ularni   tuzish   qoidalari   haqida   ma’lumot
beradi. 9
    Biroq   hozirda   o‘zbek   tilshunosligida   terminologiya   so‘zi   keng
9
  Мадвалиев  А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси  масалалари. –Тошкент: ЎзМЭ, 2017. –Б.30.
9 qo‘llanilmoqda   va   bu   sohaning   o‘rganish   obyekti   haqida   A.Hojiyevning
Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug‘ati”dagi   izohni   keltirib   o‘tamiz:
“Terminologiya   (termin+logos–   so‘z,   ta’limot)1.Biror   ilm,   kasb   va   b.sohaga   oid
terminlar   majmui.   Mas.,   grammatik   terminologiya,   san’at   terminologiyasi.
2.Tilshunoslikning   terminlarni   o‘rganuvchi   bo‘limi. 10
  Bu   ta’rifda   terminologiya
tushunchasining   mohiyati   to‘g‘ri   va   aniq   ochib   berilgan.   Terminologiya   so‘zi
qachondan   ishlatila   boshlagan.   Bu   haqida   N.Mahmudov   quyidagi   ma’lumotlarni
qayd   etgan:   “Terminologiya   so‘zi   Germaniyada   birinchi   marta   professor   Shyuts
tomonidan   1786-yili   qo‘llangan,   fransiyada   bu   so‘z   XVIII   asrda   paydo   bo‘lgan,
ingliz   tilida   esa   Katta   Oksford   lug‘atidagi   ma’lumotga   ko‘ra   birinchi   marta   1807
yili   qayd   etilgan.   Rus   tilshunosligida   1989   yildan   muayyan   bilim   sohasiga   oid
maxsus so‘zlarning jamini “terminologiya”deb nomlash,  terminlarni  o‘rganadigan
fan   nomini   terminshunoslik   (“terminovedenie”)   deb   atash   barqarorlashdi.   O‘zbek
tilshunosligida   ham   “terminologiya”   va   “terminshunoslik”ni   shu   tarzda   farqli
tushunchalar sifatida ajratish  maqsadga muvofiqdir”   11
. 
O‘zbek   tili   terminologiyasi   ham   tilshunoslik   sohasida   o‘z   orniga   ega.   U
yaxlit   tizim   sifatida   o‘zida   bir   qancha   xususiyatlarni   namoyon   qiladi.   Bu
xususiyatlar   D.Jamoliddinovaning   doktorlik   dissertatsiyasida   mukammal   tarzda
ochib   berilgan 12
.   Biz   ushbu   tadqiqotdan   foydalangan   holda   o‘zbek   tili
terminologiyasi quyidagi xususiyatlarni aytib o‘tamiz:
1. Tilda terminologik tizim o‘zining barqaror o‘rniga ega. Shu bilan birga, til
tizimidagi boshqa birliklar bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq.
2.   Terminologik   tizim   ochiq   tizimdir.   Chunki   u   tizimga   kirib   kelgan   yangi
terminlarga xos xususiyatlarini ham o‘zida namoyon qiladi. 
10
 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. –Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –Б. 104. 
11
 
Маҳмудов Н. Илмий матнда термин  таносиби ва такомили // Ўзбек тили ва адабиёти. –   Тошкент,  2020. –
Б. 10. 
12
 Жамолиддинова Д. Бадиий матнда терминларнинг лингвопоэтик ва лингвокультурологик хусусиятлари: 
Филол.фан.докт(DSc)…дисс. –Тошкент, 2021. –B.11-20
10 3.   Terminologik   tizim   butunlik   sifatida   ichki   bo‘linuvchanlik   xususiyatiga
ega.   Uni   ko‘plab   kichik   tizimlarga   ajratish   mumkin.   Masalan,   zoonimlar,
floronimlar kabi aniq terminlar tizimi va hokazo.   
Aniq   terminlar   ham   o‘z   ichida   yana   bo‘laklarga   bo‘linadi:   narsa-buyumni
ifodalovchi   terminlar,   dori-darmonni   ifodalovchi   terminlar   tizimi   kabi.     Narsa-
buyumni ifodalovchi terminlar ham o‘z navbatida mashinasozlik sohasi terminlari,
tibbiyot sohasi terminlari tizimi kabi turlarga bo‘linadi. Terminologik tizimning bu
xususiyati uning diskretlik belgisiga egaligini ko‘rsatadi.
4.   Terminologik   tizim   elementlari   bir-biri   bilan   ierarxik   munosabatda
bo‘ladi. Ierarxiyadagi biror element tushib qolgudek bo‘lsa, muvozanat buziladi va
tizim parchalanadi.
5. Terminologik tizimda uni tashkil qilgan elementlar orasida butun-bo‘lak,
jins-tur munosabati ham shakllanishi mumkin. 
6.   Terminologik   tizimning     eng   muhim   jihatlaridan   yana   biri
substansionallikdir.   Terminologik   tizimda   ham   dialektikaning   umumiylik-
xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik kategoriyalari o‘z aksini topadi.
Terminologik   tizim   ma’lum   tartibga   ega.   Terminologik   tizimni   tartibga
solish quyidagi  vazifalarni bajarishni taqozo qiladi:
1) nutqda terminlarni ishlatishning real holatini o‘rganish;
2) tilda yangi hosil bo‘lgan terminlarni aniqlash, ularni tartibga tushirish va
terminologik lug‘atlarga kiritish;
3) milliy terminlarni ikki yoki ko‘p tilli terminologik lug‘atlarga kiritish.
Terminologik   tizim da   ilmiy   terminlar   asosiy   o‘rinni   egallaydi.   Ilmiy
terminologiya ham ichki bo‘linishga ega:
1)   aniq   tushunchalarni   anglatuvchi   terminlar   mikrotizimi   (o‘simliklar,
hayvonlar nomlarini anglatuvchi terminlar); 
2)   mavhum   tushunchalarni   anglatuvchi   terminlar   mikro tizimi   (huquqiy,
iqtisodiy, sotsial-siyosiy, pedagogik yo‘nalishlarda qo‘llanuvchi terminlar). 
11 Terminlar   tilning   umumiy   leksik   fondidan   o‘rin   oluvchi     alohida   tizimni
tashkil   qiladi .   Terminlar   til   tizimi   mikroelementi   ekan,   tizim   shu   kabi
mikroelementlar   yig‘indisidan   iborat   butunlik   hisoblanadi.   Butunlik   ichida   esa
mikroelementlar shartlangan munosabatda bo‘ladi.
1.2.O‘zbek   tilshunosligida   kasb-hunar   atamalari   va   ilmiy-texnikaviy
terminlarning o‘rganilishi
O‘zbek   tilshunosligida   terminlarni   nazariy   tomondan   o‘rganish,   ularni
tartibga keltirish masalalari XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan. To‘g‘ri
tilimiz tarixida ham terminlarni o‘rganish va shunga oid lug‘atlar yaratish bo‘lgan.
Masalan,   Muhammad   Xoksorning     “Muntaxab   ul-lug‘at”   asarida   astronomiya,
matematika,   musaqashunoslik,   adabiyot   faniga   oid   terminlar   berilgan.   Biroq
terminlarni   ilmiy  asosda   o‘rganish   yuqorida  aytganimizdek   XX  asrning  20-yillari
o‘rtalaridan   boshlangan.   Albatta,   terminlarni   o‘rganish   ehtiyoji   to‘satdan   sodir
bo‘lgan   emas.   Bunga   barcha   bilim   sohalari   bo‘yicha   o‘zbek   tilida   ta’lim   berishni
yo‘lga   qo‘yish,   bilim   sohalarining   sezilarli   ravishda   rivojlanib   borishi,   ilmiy
tafakkur doirasining kengayishi, turli fanlardan darsliklar, qo‘llanmalar yaratilishi,
tilde   terminlarning   ko‘payib   borishi   kabi   omillar   sabab   bo‘lgan.   Turli   fan
sohalariga   oid   terminlar   dastlab   (XX   asrning   20-30-yillarida)   sof   amaliy
maqsadlarni   ko‘zlab   o‘rganilgan.   Bu   haqida   S.Normamatovning   “O‘zbek
lug‘atchiligi   shakllanishida   va   rivojlanishida   jadid   ma’rifatparvarlarining   o‘rni”
nomli   doktorlik   ishida   ma’lumot   berilgan.   13
  Bu   dissertatsiyada   1926-yili   G‘ozi
Olim   Yunusov   tomonidan   yaratilgan   dastlabki   terminologik   lug‘at   haqida
ma’lumot berilgan. 1926-yili G‘ozi Olim Yunusov tomonidan yaratilgan dastlabki
terminologik   lug‘at   “Qisqacha   ruscha   -o‘zbekcha   siyosiy-huquqiy   lug‘at”i   bo‘lib,
mazkur   lug‘at   o‘zbek   lug‘atchiligida   sohaviy-terminologik   lug‘atlar   tuzishni
boshlab berganligi bilan ham ahamiyatli. 
13
 Нормаматов С. Ўзбек луғатчилиги шаклланишида ва ривожланишида жадид маърифатпарварларининг 
ўрни: Филол.фан.докт(DSc)…дисс. –Тошкент, 2019. –B.193
12 Bundan   tashqari   ushbu   dissertatsiyada   N.To‘raqulov   tomonidan   “O‘zbek   –
rus   tilining  siyosiy-ijtimoiy  lug‘atchasi”   (1922);   M.Hasan  tomonidan  “O‘zbekcha
siyosiy-ijtimoiy lug‘at” (1926); Mualliflar jamoasi tomonidan   “Qisqacha ruscha -
o‘zbekcha   lug‘at”   (1926);   U.Ahmadjonov,   B.Ilyosovlar   tomonidan   tuzilgan
“O‘zbekcha-ruscha   lug‘at”   (1931);   T.N.Qori-Niyoziy     tomonidan   “Ruscha   -
o‘zbekcha   riyoziyot   terminlari   lug‘ati”   (1931);   Husayinxon   Niyoziy   tomonidan
“Ruscha-o‘zbekcha fizika terminlari lug‘ati” (1932); A.Asqarov, T.Najmiddinovlar
tomonidan     “Normal   mikroskopik   anotomiyadan   lotincha-o‘zbekcha-ruscha
terminologik   lug‘at”   (1933);   N.Sayfulmulukov   tomonidan     “Ruscha-o‘zbekcha
paxtachilik terminlari lug‘ati” (1934); S.Ibrohimov tomonidan “Paxtachilikka doir
qisqacha   izohli   lug‘at”   (1935);   N.Kolosovskiy,   Z.Saidnosirovalar   tomonidan
“Kimyo   terminologik   lug‘ati”   (1935);   G‘.Rahimov   va   boshqalar   tomonidan
“Ruscha - o‘zbekcha elektronika terminlari lug‘ati” (1937); T.Zohidov tomonidan
“Qisqacha izohli zoologiya terminlari lug‘ati” (1938) va boshqalar tuzilganligi va
bu   terminologik   lug   gatlarning   o‘sha   davrda   ilm-fan   rivojida   tutgan   o‘rni   haqida
ma’lumot  berilgan.Bundan  tashqari  o‘sha  davrlarda  terminning xususiyati,  u yoki
bu termini qanday qo‘llash haqida,arabcha, forscha,     turkiy, sof o‘zbekcha, ruscha
va rus tili orqali kirib kelgan grekcha, lotincha terminlar  va ularning qo‘llanilishi
haqida   qator   maqolalar   va   Ulug‘   Tursunovning   “Terminologiya   masalalari”
risolasi   e’lon   qilingan.   14
O‘zbek   terminologiyasida   o‘tgan   asrning   50-yillaridan
keyin   qator   salmoqli   ilmiy   ishlar   amalga   oshirildi.   S.Ibrohimov,   S.Usmonov,
S.Akobirov,   A.Hojiev,   N.Mamatov,     R.Doniyorov,   A.Madvaliyev,
Z.Mirahmedova,   X.Dadaboyev,  I.Islomov    kabi   tilshunoslarning  tadqiqotlarini   bu
sohada   olib   borilgan   samarali   ishlar   sifatida   qayd   etish   mumkin. 15
    Mustaqillik
14
  Жаббор С. Ўзбек кимё номенклатураси тўғрисида //   Социалистик илм ва техника. 1933. №2-3; Иброҳимов
С. Тил-термин масалалари// Қурилиш. 1931.№3; Улуғ Турсун. Терминология масалалари. –Тошкент, 1933. 
15  
Иброҳимов С. Фарғона шеваларининг касб-ҳунар лексикаси. I. –  Тошкент: Фан, 1956; Акобиров С.Ф. Тил
ва терминология. – Тошкент, 1968; Шу муаллиф. Терминология ишининг мазмуни ва вазифалари ҳақида //
Ўзбек   тили   ва   адабиёти   масалалари.   –   Тошкент,   1964.   –   №   3.   –   Б.   31-38;       Усмонов   С.   Ўзбек
терминологиясининг   баъзи   масалалари.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,   1968;   Дониёров   Р.   Ўзбек   тили   техник
терминологиясининг   айрим   масалалари.   –   Тошкент:   Фан,   1977;   Шу   муаллиф.   Ўзбек   тилининг   илмий-
техникавий терминлари тарихидан. – Тошкент: Фан, 1979;  Маматов Н.  Ўзбек пахтачилик терминологияси:
Филол. фан. номз.дисс. ...автореф. – Тошкент, 1995; Ҳожиев А. Термин танлаш мезонлари. Ахборот. 11-12-
чиқарув.   –   Тошкент:   Фан,   1996;   Мадвалиев   А.   Ўзбек   терминологияси   ва   лексикографияси   масалалари.   –
13 yillarida   terminlarga   xos   xususiyatlarni   yangi   aspektda   tadqiq   qilish   ko‘zga
tashlanadi.   Jumladan,     I.   Pardayeva,   N.Usmonov,   Z.   Isaqova,   Z.Mirxoliqov,
G‘.Ismailov,   A.To‘raxojayeva,   М . А bdiyev     kabi     tilshunoslarning   tadqiqot
ishlarida   sohalar   terminologiyasining   o‘ziga   xos   leksik-semantik,   grammatik-
struktur   xususiyatlari,   terminlarning   o‘z   va   o‘zlashgan   qatlamga   oidligi,   o‘zbek
tilining   ichki   imkoniyatlari   asosida   yasalishi       kabi   masalalar   o‘rganilgan.   Bu
tadqiqotlarni   shartli   ravishda   ikki   guruhga:   kasb-hunar   terminlar   tadqiqi,   ilmiy-
texnikaviy terminlar tadqiqiga   ajratib o‘rganish mumkin. 16  
Z.Mirahmedovaning  sohaga  bag‘ishlangan  monografiyasi   va A.Madvaliyev
hamda  М . А b d i y e v ning   terminologiya   shakllanishi,   taraqqiyoti   omillariga
bag‘ishlangan     kitoblarida   o‘zbek   sohaviy   terminologiyasida   qilingan   tadqiqotlar,
yaratilgan asarlar xususida bir qancha ma’lumotlar berilgan. 17
   Bu manbalarda soha
terminologiyasi bo‘yicha hozirga qadar   qilingan ishlar haqida ma’lumot berilgan.
Xususan, o‘zbek tilshunosligida turli fan sohalari terminlari paxtachilik, botanika,
tilshunoslik,   adabiyotshunoslik,   tarix,   matematika,   fizika,   texnika,   geografiya,
musiqa, dorishunoslik, tibbiyot, kimyo, elektotexnika, xalq amaliy san’ati turlari va
boshqa sohalarga oid terminlar mufassal o‘rganilgan.
A.Madvaliyev ning   monografiyasida   XX   asrning   20-yillaridan   soha
terminologiyasi   bo‘yicha   lug‘atlar   yaratish   boshlanganligi,   bugungi   kunga   qadar
O‘zbekistonda  fan va texnikaning deyarli  barcha soha va bo‘limlari bo‘yicha uch
yuzdan   ortiq   turli   xarakterdagi   terminologik   lug‘atlar   yaratilganligi,   ular   ma’lum
Тошкент:   Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси,   2017;   Мираҳмедова   З.   Ўзбек   тилининг   анатомия
терминологияси   ва   уни   тартибга   солиш   муаммолари.   –Тошкент:   Фан,   2010.   –127   б;   Исломов   И.   Ўзбек
тилининг   географик   терминологияси:   тизими,   генезиси,   семантик   структураси   ва   лексикографик   талқини:
Филол.фан.докт(DSc)…дисс.автореф. –Тошкент, 2021. – 69 б.
16
 
Пардаева   И.   Ўзбек   тилининг   заргарлик   терминологияси:   Филол.   фан.   номз.дисс.   ...   автореф.   –   Тошкент,
1994;   Усмонов   Н.   Ўзбек   тилининг   педагогик   терминологияси:   Филол.   фан.   номз.дисс.   ...   автореф.   –
Тошкент, 1994; Исақова З. Алишер Навоийнинг “Мажолис ун-нафоис” асаридаги ижтимоий-сиёсий лексика:
Филол.   фан.   номз.дисс.   ...   автореф.   –   Тошкент,   2010;   Мирхолиқов   З.   Ўзбек   тилида   балиқ   номларининг
луғавий-маъновий   ва   грамматик   хусусиятлари:   Филол.   фан.   номз.дисс.   ...   автореф.   –   Тошкент,   1990;
Исмаилов   Ғ.   Ўзбек   тили   терминологик   тизимларида   семантик   усулда   термин   ҳосил   бўлиши:   Филол.   фан.
номз.   дисс.   ...   автореф.   –   Тошкент,   2011;   Тўрахожаева   А.   Мустақиллик   шароитида   ўзбек   тили   ижтимоий-
сиёсий   лексикасининг   тараққиёти:   Филол.   фан.   номз.дисс.   ...   автореф.   –   Тошкент,   2012;   Абдиев     М.   Соҳа
лексикасининг систем таҳлили муамммолари. –Тошкент, 2006.  
17
 
Абдиев    М. Соҳа лексикасининг систем  таҳлили  муамммолари.  –Тошкент, 2006;    Мираҳмедова  З. Ўзбек
тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари. –Тошкент: Фан, 2010; Мадвалиев
А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси  масалалари. –Тошкент: ЎзМЭ, 2017.
14 darajada   soha   terminologiyasini   tartibga   solishga   xizmat   qilgani   va   hozirda   ham
xizmat qilayotganligi  aytib o‘tilgan.  18
Soha   terminologiyasi   bo‘yicha   qilingan   ishlarni   maqolalar,   ilmiy   tadqiqot,
ya’ni   dissertatsiyalar,   monografiyalar   va   soha   terminologiyasi   boyicha   yaratilgan
lug‘atlar ko‘rinishida o‘rganish mumkin.  
Biz o‘rganayotgan sohaga yaqin soha tibbiyot terminologiyasi va anatomiya
terminologiyasi bo‘lib, tibbiyot hamda anatomiya terminologiyasi shakllanishi, bu
soha   taraqqiyoti,   o‘ziga   xos   tomonlari   xususida   A.Madvaliyevning   “O‘zbek
terminologiyasi   va   leksikografiyasi   masalalari”   monografiyasidan   o‘rin   olgan
“Tibbiyot   terminologiyasining   sohaviy   va   izohli   lug‘atlarda   berilishiga   doir”
maqolasida va Z.Mirahmedovaning “O‘zbek tilining anatomiya terminologiyasi va
uni tartibga solish muammolari” monografiyasida ma’lumot berilgan.  19
А.Мadvaliyev   o‘z   maqolasida   tibbiyot   terminologiyasining   shakllanish
manbalari uzoq o‘tmishga borib taqalishi, jumladan, bizning qomusiy olimlarimiz:
Ibn   Sino,   A.R.Beruniylar,   o‘sha   davr   mashhur   tib   olimlaridan   Mansur   Hasan   ibn
Nuh Qamariy, Ismoil ibn Hasan Jurjoniy, Abdurahmon Marvaziy, Hakim Azraqiy,
Badriddin   Muhammad   ibn   Bahrom   Qalonasiy   Samarqandiy,   Sultonali   Tabib
Xurosoniy kabilarning bu sohaga o‘z hissalarini qo‘shganliklarini aytib o‘tadi.  
Abulg‘ozi   Bahodirxonning   “Manofi   ul-inson”   asarida   ham   tibbiyot   ilmi,
unga   oid   terminlar,   murakkab   va   umumiy   dorilar   haqida   ma’lumotlar   berilgan.
Tibbiyot   terminologiyasini   o‘rganishga   monografik   tarzda   e’tibor   20-asrning   50-
60-yillaridan   boshlangan.   Bu   haqida   A.Madvaliyev   o‘z   monografiyada   to‘liq
ma’lumot bergan. Biz quyidagi ma’lumotlarni ushbu monografiyadagi ma’lumotlar
asosida shakllantirdik.    Y.X.To‘raqulov rahbarligida tibbiyotning barcha sohalariga
oid terminlarni qamrab oladigan mukammal lug‘at yaratish ustida ish olib boriladi
va   ikki   jildli   “Ruscha-o‘zbekcha   meditsina   lug‘ati   tuzilib   nashr   etiladi.   Lug‘atni
yaratishda   o‘sha   yillarda   tibbiyot   fani   amaliyotida   katta   faollik   ko‘rsatib   xizmat
18
  Мадвалиев  А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси  масалалари. –Тошкент: ЎзМЭ, 2017. –Б.134.
19
 
Мадвалиев  А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси  масалалари.  – Тошкент: ЎзМЭ, 2017. –Б.229-
245; Мираҳмедова З. Ўзбек тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари.  –
Тошкент: Фан, 2010. –Б.19-45.
15 qilgan 50 dan ortiq taniqli  olimlar va shifokorlar  jamoasi  ishtirok etgan. Tibbiyot
xodimlari, talabalar, umuman, keng o‘quvchilar ommasining o‘zbek tilida tibbiyot
terminlari lug‘atiga bo‘lgan ulkan ehtiyojini e’tiborga olib yaratilgan ushbu lug‘at
tibbiyotning nazariy, klinik bo‘limlari va gigienaga oid hamda tibbiyotga yondosh
sohalarga   tegishli   terminlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Lug‘atda   avvalo   rus   tilida   qabul
qilingan   termin   keltirilib,   so‘ng   unga   muvofiq   (muqobil)   o‘zbekcha   termin   va
uning   o‘zbekcha   qisqacha   izohi   berilgan.   O‘zbekcha   ekvivalenti   bo‘lmagan   va
tibbiyot   adabiyotida   muntazam   qo‘llanib   kelayotgan   terminlar   o‘zicha   qoldirilib,
ularga   ham   o‘zbekcha   izoh   berilgan.   Lug‘atda   jami   19   380   terminologik   birlik
qamrab olingan bo‘lib, ularning 11 445 tasi asosiy termin, 7935 tasi ana shu asosiy
terminlar   ishtirokida   hosil   qilingan   birikma   terminlardan   iborat.   Ko‘p   hollarda
asosiy   termin   sifatida   berilgan   birikma   terminlar   takror   holda,   asosiy   terminga
illyustratsiya   sifatida   berilgan   birikmalar   qatorida   ham   qo‘llanavergan.
Yuqoridagilarga   qaramay,   ushbu   ikki   jildli   tibbiyot   lug‘ati   terminlarni   qamrab
olish jihatidan, ularni izohlash nuqtayi nazaridan eng to‘liq, eng mukammal lug‘at
hisoblanadi   va   keyingi   davrda   tibbiyot   sohasida   tuzilgan   lug‘atlar   uchun   baza
sanaladi.   Undan   so‘ng   1978-yilda   “Ruscha-latincha-o‘zbekcha   meditsina   lug‘ati”
nashr   etilgan.   O‘zbek   tiliga   davlat   tili   maqomining   berilishi   va   respublikamiz
ijtimoiy xayotidagi yangicha til siyosati umumtil amaliyoti bilan bir qatorda soha
terminologik   tizimlarida   ham   so‘z-terminlar   va   iboralarni   o‘z   o‘rnida   qo‘llashga,
bunda ona tili materiallaridan keng foydalanishga jiddiy e’tiborni taqozo etganligi
bois   shifokorlar   va   bemorlar   o‘rtasidagi   muomalaning   qulay   va   tushunarli
bo‘lishini,   tibbiyot   sohasida   ish   yuritishning   to‘liq   davlat   tiliga   o‘tkazishni
ta’minlash  maqsadida  O‘zbekiston  Sog‘likni  saqlash  vazirligi  va uning bo‘limlari
tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan bir qancha mo‘‘jaz (kichik xajmli) lug‘atlar
hamda     “S hifokorga   yordamchi:   ish   yuritish   va   iqtisodiyot   atamalari   va   so‘z
birikmalari   (ruscha-uzbekcha)   lug‘ati”   ( Murodova   M),     “Mo‘‘jaz   tibbiy   lug‘at:
tibbiy   atamalar   ruscha-o‘zbekcha   lug‘ati”   ( Usmonxo‘jayev   A.,   Najmiddinov   O.
M., Murodova M.   - Toshkent, 1992)   kabi lug‘atlar yaratilgan.    Yuqorida qisqacha
16 tahlil qilingan terminologik lug‘atlar bilan bir qatorda so‘nggi yillarda tibbiyotning
xususiy   bo‘limlari   -   anatomiya,   fiziologiya,   oftalmologiya,   akusherlik,   bemorlar
parvarishi   kabi   sohalar   bo‘yicha,   shuningdek,   tibbiyotga   yondosh   farmatsevtika,
kimyo,   mikrobiologiya,   biologiya,   botanika   sohalari   bo‘yicha   ham   turli   hajmdagi
terminologik   lug‘atlar   nashr   etilganini   ta’kidlab   o‘tish   joiz.   Ushbu   lug‘atlar
umumtibbiy terminologiyaning rivojlanishiga va shu sohada tuzilajak lug‘atlarning
sifatini oshirishga xizmat qiladi.
    Yiqoridagi   ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   bir   sohaning   to‘liq
terminologik lug‘ati yaratilsa, o‘sha soha egalariga, nafaqat shu soha egalari, balki
xalqqa, fan rivojiga ulkan hissa bo‘ladi. 
1.3.Veterinariya terminlar tizimiga kiruvchi birliklar 
Umumiy   patologiya   asoslari.   Hayvon   organizmida   uchraydigan
kasalliklarning   paydo   bo‘lishi,   rivojlanish   qonuniyatlari   hamda   oqibatini
o‘rganadigan   fandir.   Umumiy   patologiya   asosan   quyidagilarni   o‘rganish   bilan
shug‘ullanadi.   1)   Kasallik   haqida   tushuncha;   2)   kasallik   paydo   qiluvchi   sabab   va
sharoitlar;   3)   Kasallik   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishi   qonuniyatlari.   4)
organizmning   reaktivligi;   5)   qon   aylanishining   mahalliy   buzulishlari;   6)
to‘qimalardagi   patologik   o‘zgarishlar;   7)   yallig‘lanish   8)   issiqlik   almashinuv
patologiyasi 9) Moddalar almashinuvi va oziq o‘zlashtirish patologiyasi 10) Nerv
va   ichki   sekretsiya   bezlari   (endokrin)   sistemasi   tomonidan   organizm   faoliyatini
boshqarishning   izdan   chiqish   va   boshqalar. 20
  U   o‘z   ichida   turli   kasalliklarga
bo‘linadi   va   quyidagi   terminlar   bilan   nomlanadi:   Hujayra   va   to‘qimalardagi
patologik   o‘zgarishlar,   gipobiotik   jarayonlar,   gipertrofiya,   regeneratsiya,
blastoma (o‘sma), transplantatsiya, qon aylanishining mahalliy buzulishi, arterial
gepiremiya,   venoz   gepremiya,   staz,     to‘qimalar   kamqonligi,   qon   oqish,   tromboz,
emboliya,   infarkt,yallig‘lanish   turlari,   issiqlik   almashinuv   patologiyasi,   isitma,
isitma   bosqichlari,   moddalar   almashinuvi   patologiyasi,   asosiy   almashinuvni
20
  Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. –  Б.6 .
17 buzilishi,   yog‘   almashinuving   buzilishi,   oqsil   almashinuving   buzilishi     uglevod
almashinuving buzilishi,suv almashinuving buzilishi, shish va istisqo. 21
 
II.  Yuqumsiz   ichki  kasalliklar   haqidagi  fan   xususiy  patologiya  va terapiya
deb  yuritiladi.  U  umumiy  patologiyadan  farqli   ravishda   yurak-tomir,  nafas,   hazm
organlari,   nerv   hamda   organizmning   boshqa   a’zo   va   sistemalarida   paydo
bo‘ladigan   har   qaysi   kasalliklarning   obyektiv   sabablarini   (etiologiyasini),
rivojlanish   qonuniyatlarini   (patogenezini),   namoyon   bo‘ladigan
simptomlarini(belgilarini) o‘rganadi.  Yuqumsiz ichki kasalliklar hayvonlarda ko‘p
uchraydi va har yili barcha kasalliklar bilan kasallangan hayvonlarning 85-90% ni
tashkil  etadi.   22
   Yuqumsiz ichki kasalliklar  ham  o‘z navbatida turlarga bo‘linadi.
1)yurak   qon   aylanish   kasalliklari:   travmatik   perikardit,   miokardit,   miokardoz,
endokardit,   yurak   poroklari,   yurak   tomirdagi   yetishmovchilik;   2)   nafas   olish
sistema organlari  kasalliklari: rinit, laringit, bronx, o‘pka, va plevra kasalliklari,
bronxitlar,   pnevmoniya,   krupoz   pnevmoniya,   o‘pka   emfizemasi,   plevrit;   3)   hazm
organlari   kasalliklari:   stomatit,   faringit,   qizil   o‘ngachning   tiqilib   qolishi,
timpaniya, oshqozon oldi atoniyasi va gipotoniya, katta qorinning to‘lib ketishi va
parezi,   gastrit,   enterit,   gastro-enterit;   4)   yosh   mollar   kasalliklari:   dispensiya,
bezoar   kasalligi,   dinamik   sanchiqlar,   mexanik   sanchiq,   oshqozonning   birdan
kengayishi, ichak meteorizmi, kopro va ximostazlar, qum sanchiqlari, obturatsion
sanchiqlar, ichak buralib qolganda paydo bo‘ladigan sanchiqlar; 5) siydik ajratish
patologiyasi:   buyrak   kasalliklari,   nefrit,     nefrozlar,   yod   yetishmovchiligi,   mis
yetishmovchiligi, marganes yetishmovchiligi, rux yetishmovchiligi va hk. 23
III.   Xirurgiya   va xirurgiya kasalliklari.   “Xirurgiya”   grek tilidan   so‘zma-
so‘z     tarjima   qilinganda   “qo‘l   harakati”   degan   tushunchani   beradi.   Ilgari   bu   nom
meditsina kasalliklarini “qo‘l harakati” bilan davolashni o‘z ichiga olgan. Demak,
u   yoki   bu   kasalliklarni   davolashda   qo‘l   yoki   mexanik   ta’sir   (operatsiyalar)   talab
21
 Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. –  Б.627 .
22
 Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. –  Б.140 .
23
 Shu manba. –B. 140-227.
18 qilingan.   XIX   asr   oxiri   XX   asrning   boshlarida   rus   veterinariya   xirurglari
tomonidan   har   xil   qishloq   xo‘jalik   hayvonlarida   uchraydigan   qator   kasalliklarni
operatsiya   qilish   va   davolash   usullari   ishlab   chiqildi.  Meditsina   fanidagi   yutuqlar
veterinariya   xirurgiyasining   rivojlanishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.   24
  Xirurgiya   va
xirurgiya   kasalliklariga   quyidagi   kasallik   nomlari   kiradi:   1)   yiringli   infeksiya,
qon   oqish,   qon   oqishni   to‘xtatish,   shikastlanishlar,   limfoektravazat;   2)ochiq
shikastlanishlar: kuyish va sovuq olishi, kuyish va sovuq urish; 3)suyak, bo‘g‘in va
paylarning   kasalliklari:   suyaklarning   sinishi,   bo‘g‘imning   chiqishi,   bo‘g‘imning
cho‘zilishi, bo‘g‘imlarning yiringli yallig‘lanishi, poylarning yallig‘lanishi, shilliq
xaltachalarning yallig‘lanishi; 4) teri va yumshoq kletchatka kasalliklari: ekzema,
dermatit, teri nekrozi, falajlar, karbankul, absess, flegmona, maraz, oqma, sensis,
piemiya;   5)   ko‘z   kasalliklari:   konyuktivit,   keratit,   flebit;   6)   tuyoq   kasalliklari:
tuyoq   milkining   flegmonasi,   o‘tkir   narsalar   sanchilishidan   tuyoqning
jarohatlanishi,   tuyoq   kaftida   bo‘ladigan   aseptik   pododermatit,   tuyoqlarning
revmatik   yallig‘lanishi,   yiringli   podermatit,   tuyoq   bo‘g‘imining   yiringli
yallig‘lanishi,   qoramollarning   xosmol   (panarasiya)   kasalligi,   qo‘ylarda   tuyoq
chirish kasalligi, qo‘ylarda tuyoq orasi bezlarining yiringli yallig‘lanishi, qoramol
va   qo‘y   tuyoqlarining   deformapiyasi,   cho‘chqa   tuyoqlarining   yorilishi,   tuyoq
kasalliklaring  oldini  olish  va  tuyoqlar  parvarish  qilish,  dabba (girija)  lar;   kindik
dabbasi, introvaginal dabba; qishloq xo‘jalik hayvonlarini bichish, ayiqlarni axta
qilish,   buqalarni   axtalash,   qo‘chqor   va   tuyalarni   bichish,   erkak   cho‘chqalarni
bichish, erkak tuyalarni bichish, bichilgandan keyin bo‘ladigan og‘irlashuvlar. 25
Epizotologiya   va   infeksion   kasalliklar :   1)   hamma   yoki   bir   nechta   tur   uy
hayvonlari   uchun   umumiy   kasalliklar:   kuydirgi,   yomon   sifatli   shish,   qotma,
botulizm,   nikrobakterioz,   tuyoq   cherish,   salmonellezlar,   pasterelez,   tuberkulez,
brutsellez,   lentoeniroz,   quturish,   ayeska   kasalligi,   oqsil,   chechak,
dermatomikozlar,   trixofitiya,   mikrosporiya;   2)   qora   mollarning   infeksion
24
 Shu manba. –B. 229-230.
25
 Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. –  Б.229-302 .
19 kasalliklari:   qorason,   yuqumli   vaginit,   paratuberkulez,   vibrioz,   qora   mollar
shilimshiq   qavatlarining         resperator   kasalliklari,     virus   diareyasi,   yuqumli
rinotraxeit,   Paragrip-3   va   hk;   3)   qo‘y   va   echkilarning   infeksion   kasalliklari:
yuqumli   agalaktiya,   qo‘ylarning   yuqumli   mastiti,   bradzon,   yuqumli
enterotoksemiya;   4)   otlarning   infeksion   kasalliklari:   manqa,   epizootic   linfangit,
soqov,   rinopnevmanit;   cho‘chqalarning   infeksion   kasalliklari:   cho‘chqa   o‘lati,
cho‘chqa   saramasi,   infeksion   atrofik   renit,   cho‘chqa   dizenteriyasi,
cho‘chqalarning   virusli   gastroenteriti;   yosh   mollarning   yuqumli     kasalliklari:
kolibakterioz,   qo‘zilarning   anaerob   dizenteriyasi,   diplokokk   infeksiya,   cho‘chqa
bolalarining   shish   kasalligi;   parrandalarning     infeksion   kasalliklari:   parranda
kolibakteriozi,   parrandalarning   chechak   difteriti,   nyukasl   kasalligi,
parrandalarning yuqumli laringotraxepti va hk. 26
Parazitologiya   va   hayvonlarning   invazion   kasalliklari:     trematozodlar,
fassiolez,   kavsh   qaytaruvchi   hayvonlar   paramfistomatozi,   dikrosillioz,   opistorxoz,
oriyentobilxarsioz,   sestozodlar,   sestodlarning   lichinkalari   qo‘zgatadigan
kasalliklar,  qoramollarning   sistiserkozi,   cho‘chqa  sistiserkozi,  exinakokkoz,   jinsiy
yetuk sestodlar qo‘zg‘aydigan kasalliklar, hayvonlarning qo‘tir kasalliklari va hk.
Aytish   mumkinki,   har   bir   umumiy   kasallik   turlari   bo‘yicha   ham   alohida
monografiya, darslik, qo‘llanmalar yaratilgan. Masalan, yuqumsiz ichki kasalliklar
xususida   ham   alohida   darslik   yozilgan   bo‘lib,   unda  bir   turning  ichki   bo‘linishlari
va undagi alohida kasalliklar batafsil yoritilgan yoki har bir tur bo‘yicha terminlar
lug‘atlari yaratilgan. 27
 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, veterinariya terminlari  ham  soha talabi
bilan   anchagina   miqdorni   tashkil   etadi.   Bu   terminlar   o‘z   navbatida   yana   ichki
mazmuniy turlarga bo‘linadi. 
Bob bo‘yicha qisqa xulosa
26
 Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. –  Б.332-446 .
27
 Norboyev Q.N., Bakirov B., Eshburiyev B.M. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. –Toshkent, 2016. –348
b.;   Салимов   Х. ,   Сайитқулов   Б. ,   Салимов   И.   Ветеринария   микробиологияси,   вирусологияси,
эпизоотологиясига оид изоҳли луғат ва маълумотнома .  – Тошкент: Tafakkur, 2013.
20 Ushbu   bobda   soha   termin   va   terminologiya   haqida,   leksik   birliklar   orasida
terminning   tutgan   o‘rni,     terminning   boshqa   leksik   birliklardan   farqli   tomonlari
ochib   berilgan.   Leksikologiya,   leksikografiya,   terminologiya   sohalari   o‘rtasidagi
farq,   o‘zbek   tilshunosligida   terminologiya   masalalari,   soha   terminlarining   o‘zbek
tilshunosligida o‘rganilishi va bu ishlar haqida ma’lumot berildi.
Terminlarning leksik ma’nosi aniq tushunchaga asoslanishi, terminlar uchun
sinonimiya,   omonimiya   ijobiy   hodisa   emasligi,   terminlar   ijtimoiy   chegaralangan
qatlamga   kirishi   haqida   fikrlar   bildirildi.   Termin   va   terminologiya   bo‘yicha,   bu
sohaning rivoji bo‘yicha tilshunos olimlarimiz fikrlari o‘rganildi.
O‘zbek   tilshunosligida   kasb-hunar   atamalari   va   ilmiy-texnikaviy   terminlar
qadimdan   o‘rganilganligiga   ahamiyat   qaratildi.   Masalan,   tibbiyot   sohasiga   oid
terminlarning   o‘rganilishi   va   sohaga   oid   lug‘atlar     yaratilishi   bizning   o‘lkamizda
juda  qadimiy sanaladi. Bu bevosita o‘rta asrlar madaniyati, sivilizatsiyasiga to‘g‘ri
keladi.   Bu   soha   terminlarining   o‘rganilishi   va   bevosita   amaliy   maqsadda,     ya’ni
xalqqa   tushunarli   bo‘lishi   uchun   qiyin   terminlarning   (yunoncha)   tarjimada
berilishi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   o‘sha   davrda   Ibn   Sino,   A.R.Beruniylar,   o‘sha   davr
mashhur   tib   olimlaridan   Mansur   Hasan   ibn   Nuh   Qamariy,   Ismoil   ibn   Hasan
Jurjoniy,   Abdurahmon   Marvaziy,   Hakim   Azraqiy,   Badriddin   Muhammad   ibn
Bahrom Qalonasiy Samarqandiy, Sultonali Tabib Xurosoniy kabilar tibbiyot sohasi
terminologiyasiga   o‘z   hissasini   qo‘shgan.   Quvonarlisi,   sohaga   oid   terminlarni
izohlash,   lug‘atlarda   aks   ettirish   undan   keyingi   davrlar:XIII-XIV   asrlarda   ham,
XVI-XVII   asrlar   xonliklar   davrida   ham   davom   etgan.   Hatto     XVII   asrda
Muhammad   Xoksorning     “Muntaxab   ul-lug‘at”   asarida   astronomiya,   matematika,
musaqashunoslik,   adabiyot   kabi   fanlarga   oid   terminlar   berilganligi   ilm-fan   rivoji
o‘lkamizda to‘xtab qolmaganligidan dalolat beradi. Biroq terminlarni ilmiy asosda
o‘rganish, yuqorida aytganimizdek, XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan.
Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji to‘satdan sodir bo‘lgan emas. Bunga barcha
bilim   sohalari   bo‘yicha   o‘zbek   tilida   ta’lim   berishni   yo‘lga   qo‘yish,   bilim
sohalarining   sezilarli   ravishda   rivojlanib   borishi,   ilmiy   tafakkur   doirasining
21 kengayishi,   turli   fanlardan   darsliklar,   qo‘llanmalar   yaratilishi,   tilda   terminlarning
ko‘payib borishi kabi omillar sabab bo‘lgan. 
Veterinariya   terminlar   tizimining   umumiy   tavsifi   ushbu   bobda   ko‘rib
chiqildi. Veterinariya terminlari ham soha talabi bilan anchagina miqdorni tashkil
etishi,   bu   terminlar   o‘z   navbatida   yana   ichki   mazmuniy   turlarga:   umumiy
patologiya,   uning   tarkibiy   qismlari,     kasallik   haqida   tushuncha,   kasallik   paydo
qiluvchi  sabab   va sharoitlar, kasallik   paydo bo‘lishi   va rivojlanishi   qonuniyatlari,
organizmning   reaktivligi,   qon   aylanishining   mahalliy   buzulishlari,   to‘qimalardagi
patologik   o‘zgarishlar,   yallig‘lanish,     issiqlik   almashinuv   patologiyasi,     moddalar
almashinuvi   va   oziq   o‘zlashtirish   patologiyasi,   nerv   va   ichki   sekretsiya   bezlari
(endokrin)   sistemasiga     bo‘linishi,   yuqumsiz   ichki   kasalliklar   va   uning   turlari,
xirurgiya   va   xirurgiya   kasalliklariga,   epizotologiya   va   infeksion   kasalliklar,
parazitologiya va hayvonlarning invazion kasalliklari haqida ma’lumotlar berildi.  
II BOB. VETERINARIYA SOHASIDAGI  TERMINLARNING
LEKSIK-SEMANTIK VA GRAMMATIK-STRUKTURAL
XUSUSIYATLARI
22 2.1.Veterinariya terminlarining leksik-semantik jihatdan guruhlanishi 
Veterinariya   terminlarining   leksik-semantik   xususiyatlarini   uning   katta   bir
guruhi     yuqumsiz   ichki   kasalliklar   oid       kasallik   turlari   va   ular   ma’no
xususiyatlarini   tushuntirib   o‘tish   bilan   chegaralanamiz.   Ushbu   terminlar   haqida
ma’lumot berishda quyidagi darslikdan foydalanildi. 28
Nafas   tizimining   kasalliklariga   quyidagilar   kiradi   va   ularning   kelib   chiqish
sabablari quyidagicha: 
1. Burundan   qon   ketishi   ( Haemarrhagia   narum )   –   burun   hamda   havo
b o‘ shliqlari   shilliq   pardasidagi   mayda   qon   tomirlarining   asosan   mexanik
ta as s u rotlar, issiq eltishi,    jismoniy zo‘riqish paytlarida, ba’zan yuqumli (kuydirgi)
va   yuqumsiz   kasalliklar   (leykemiya,   skorbut,   gemofiliya,   qon-dog‘   kasalligi)
paytida qon tomirlarining jarohatlanishi oqibatida  kelib chiqadi .
2. Rinit   ( Rhinitis )   - burun shilliq pardasining yallig‘lanishi  bo‘lib, kelib
chiqishiga   ko‘ra,   birlamchi   va   ikkilamchi,   jarayonning   xarakteriga   ko‘ra ,   kataral,
krupoz   va   follikulyar,   kechishiga   ko‘ra ,   o‘tkir   va   surunkali   rinitlar   farqlanadi   va
kuzatiladi.
3. Gaymorit va frontit ( Highmoritis et Frontitis )  - yuqori jag‘ va peshona
bo‘shliqlari   shilliq   pardasining   yallig‘lanishi   bo‘lib,   birlamchi   va   asosan
ikkilamchi kasalliklar sifatida yuzaga chiqadi.
4. Aerosistit   (Aerosistitis)   -   havo   xaltasi   shilliq   pardasining   kataral
yallig‘lanishi hamda xalta bo‘shlig‘ida eksudatning to‘planishi bilan kuzatiladi. 
5. Laringit   (Laryngitis)   -   hiqildoq   shilliq   pardasining   yallig‘lanishi
bo‘lib,   birlamchi   va   ikkilamchi,   o‘tkir   va   surunkali,   kataral   va   krupoz   (fibrinoz)
laringitlar farqlanishi kuzatiladi.
6. Bronxit     (Bronchitis)   -   bronxlarning   yallig‘lanishi   bo‘lib,   o‘tkir   va
surunkali,   birlamchi   va   ikkilamchi,   kataral,   yiringli,   gemorragik   va   fibrinoz
bronxitlar farqlanishi kuzatiladi. 
28
 Norboyev Q.N., Bakirov B., Eshburiyev B.M. Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. –Toshkent,  2016. – 
348 b.
23 7. Bronxopnevmoniya   (Bronchopneumonia,   kataral   pnevmoniya,
o‘choqli   pnevmoniya,   nospesifik   pnevmoniya,   “ o‘pka ” )   -   bronxlar   va   o‘pka
bo‘lakchalarining   yallig‘lanishi   bo‘lib,   bronxlar   hamda   alveolalar   bo‘shlig‘iga
tarkibida   epiteliy   h ujayralari,   qon   plazmasi   va   leykositlar   saqlovchi   kataral
ekssudatning to‘planishi bilan xarakterlanadigan kasallik hisoblanadi. 
8. Krupoz pnevmoniya   (Pneumonia crouposa) - o‘pka bo‘lakchalarining
fibrinli   yallig‘lanishi   hamda   patologik   jarayonning   bosqichli   kechishi   bilan
xarakterlanadi. 
9. O‘pka   emfizemasi   (Emphysema   pulmonum)   -   o‘pka   hajmining
kattalashuvi   va   alveolyar   to‘qima   hisobiga   o‘pkada   havo   miqdorining   ko‘payishi
oqibatida o‘pkaning patologik kengayishiga alveolyar emfizema deb nomlanadi. 
10. Plevrit   (Pleuritis)   -   plevraning   yallig‘lanishi   bo‘lib,   birlamchi   va
ikkilamchi,   quruq   va   eksudativ,   o‘tkir   va   surunkali,   o‘choqli   va   diffuz   plevritlar
farqlanishi kuzatiladi .
11. Pnevmotoraks   (Pneumothorax) - plevral bo‘shlig‘ida havo to‘planishi
bilan xarakterlanadigan kasallik hisoblanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngach kasalliklari:
1. Stomatit   (Stomatitis)   -   og‘iz   bo‘shlig‘i   shilliq   pardasining
yallig‘lanishi   bo‘lib,   kataral,   ba’zan   aftali,   yarali,   difteritik   va   flegmonoz
stomatitlar,   patologik   jarayonning   joylashishiga   ko‘ra,   o‘choqli   va   diffuz
stomatitlar farqlanishi kuzatiladi
2. Faringit   (Pharyngitis)   -   halqum,   yumshoq   tanglay,   limfatik
follikulalar, shilliq osti to‘qimasi va yutinish muskullarining hamda halqum limfa
tugunlarining  yallig‘lanishi  bo‘lib,  kataral,  krupoz,  difteritik,  yarali   va  flegmonoz
faringitlar farqlanishi kuzatiladi.
3. Qizilo‘ngachning tiqilishi   (Obturatio oesophagi) - qizilo‘ngachga turli
yot   narsalarning   tiqilishi   va   oziqa   luqmasini   yutilishining   buzilishi   bilan
xarakterlanadi.   Ko‘pincha   qoramollar   va   ba’zan   mayda   hayvonlar   va
cho‘chqalarda uchraydigan kasallikdir. 
24 4. Qizilo‘ngachning   yallig‘lanishi   (Oesophagitis)   -   diffuz   yoki   o‘choqli
shakllarda bo‘lib, cho‘chqa, qoramol va otlar kasallanishi kuzatiladi.
Oshqozon oldi bo‘limlari va shirdonning kasalliklari
1. Katta   qorin   alkalozi   (Alcalosis   ruminis)   -   muhitning   (p h )   ishqoriy
tomonga   o‘zgarishi   oqibatida   katta   qorinda   oziqalar   hazmlanish   jarayonining
buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallik dir . 
2. Katta qorin timpaniyasi  (Timpania ruminis) - gazlar hosil bo‘lishining
kuchayishi   va   chiqarilishining   qiyinlashishi   hisobiga   katta   qorinda   gazlarning
to‘planib qolishi, qorin devorining taranglashishi bilan ta’riflanadi. 
3. Katta   qorin   parezi   (Paresis   ruminis   abingestis)   -   uning   devori   silliq
muskullari   tonusining   keskin   pasayishi   tufayli   katta   qorinda   qattiq   oziqa
massasining turib qolishi bilan ta ’ riflanadi.
4. Katta   qorin   parakeratozi   (Parakeratosis   ruminis)   -   kavshovchilarning
surunkali   kasalligi   bo‘lib,   katta   qorin   shilliq   pardasi   so‘rg‘ichlarining   o‘sishi   va
uning kreatininli epiteliy bilan qoplanishi bilan xarakterlangan kasallikdir.  
5. Qatqorinning   tiqilishi   (Obstructio   omasis)   -   qatqorin   varaqlarining
quruqlashgan va qattiq oziqa massasi yoki qum bilan to‘lib qolishi hisoblanadi.
6. Travmatik   retikulit   va   retikuloperitonit   (Reticulitis   et   reticulo-
peritonitis   traumatica)   -   to‘rqorinning   va   qorin   bo‘shlig‘i   a’zolarining   turli   xil
o‘tkir metal  jismlar bilan jarohatlanishi  bo‘lib, yiringli jarayonlarning rivojlanishi
bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
7. Shirdonning   yallig‘lanishi   va   siljishi.   Shirdonning   yallig‘lanishi
(Abomasitis)   -   shirdon   shilliq   pardasining   va   devorining   o‘tkir   yoki   surunkali,
ekssudativ yoki alterativ yallig‘lanishidir. 
Me’da va ichaklarning kasalliklari
1. Gastrit   (Gastiritis)   -   oshqozon   shilliq   pardasi   va   uning   devorining
yallig‘lanishi   bo‘lib,   a’zoning   sekretor-fermentativ,   evakuator,   ekskretor   va
inkretor funksiyasining buzilishi bilan  ta`riflanadi . 
25 2. Me’da   yarasi   (Morbus   ulcerosis;   Ulcus   Ventriculi)   -   veterinariya
uchun   shartli   nozologik   termin   hisoblanadi,   oshqozonning   surunkali   kechuvchi
residivli   kasalliklarining   yig‘indisi   bo‘lib,   oshqozonda   peptik   va   simptomatik
yaralar   hosil   bo‘lishi,   shilliq   pardasining   destruktiv   jarohatlanishi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir. 
3. Gastroenterit   (Gastroenteritis, Abomasoenteritis) - me’da (shirdon) va
ingichka   ichaklarning   asosan   o‘tkir   kechuvchi   yallig‘lanishi   bo‘lib,   hazm
jarayonlari   va   immun   javobning   buzilishlari,   organizm   intoksikasiyasi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir. 
4. Enterokolit   (Enterokolitis)   -   ingichka   va   yug‘on   ichaklar   devorining
yallig‘lanishi   bo‘lib,   ularda   sekretor,   motor,   so‘rilish   va   ekskretor   jarayonlarning
buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
Oshqozon-ichak kokillari
1. Oshqozonning   kengayishi   (Dilatatio   ventriculi)   -   oshqozon-ichak
ileusi   hisoblanib,   pilorik   ba’zan   kardial   sfinkterning   spazmi   va   oshqozon
xajmining kattalashuvi hamda undagi motor va sekretor funksiyalarining buzilishi
bilan xarakterlanadigan kasallik dir .
2. Ichak meteorizmi   (Metiorismus intestinarum) - ichaklardagi motor va
sekretor   faoliyatlarning   buzilishi,   achish-bijg‘ish   jarayonlarining   kuchayishi,
ingichka va yo‘g‘on ichaklarning gazlar bilan to‘lishi  va uning chiqib ketishining
qiyinlashuvi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
3. Enteralgiya   -   ichaklarning   kataral   spazmi,   ichak   devorining   spastik
qisqarishlari   vaqti-vaqti   bilan   takrorlanib   turishi   bilan   xarakterlanadigan
kasallikdir. 
4. Ximotaz va  koprostaz   (Obturatio  intestinorum)   -  ingichka  (ximostaz)
yoki   yo‘g‘on   (koprostaz)   ichak   bo‘limlarida   oziqa   massasining   turib   qolishi
hisoblanadi.
26 5. Obturatsion   ileuslar   -   ichaklarning   toshlar,   konkrementlar,   fito-   va
pilobezoarlar,   gelmintlar   yoki   yot   narsalar   (kartoshka,   latta,   suyak   va   b oshqalar )
bilan tiqilib qolishi  kasalligi hisoblanadi .
6. Strangulyasion ileuslar   -  ichak buramalarining o‘zlarini o‘rab turuvchi
charvilar   bilan   birgalikda   qisilishi   oqibatida   paydo   bo‘ladi   va   mexanik   ileuslar
hisoblanadi.
7. Tromboembolik   ileuslar   (Trombosis   et   embolia   arteriorum
mesenterialium)   -   ichaklar   o‘tkazuvchanligining   gemostatik   buzilishlari   bo‘lib,
charvi   arteriyalarining   tiqilishi   hamda   ichaklarning   ma’lum   qismida   qon
aylanishning to‘xtashi bilan  xarakterlanadigan kasallik dir. 
Jigar va o‘t yo‘llarining kasalliklari
1. Jigarning   funksiyalari   va   ularning   buzilishlari.   Jigar   organizm
kimyoviy   gomeostazida   markaziy   a’zo   sifatida   bir   qancha   hayotiy   muhim
funksiyalarni   bajaradi:   oqsillar,   uglevodlar,   lipidlar,   pigmentlar,   vitaminlar   va
boshqa   moddalar   almashinuvida   qatnashadi,   o‘t   suyuqligini   ishlab   chiqaradi,
toksinlarni   zararsizlantiradi,   temir,   mis   kabi   elementlar   va   20   foizga   yaqin   qonni
zahira holida saqlashi mumkin. 
2. Jigar   va   o‘t   yo‘llari   kasalliklarining   sindromlari.   Jigar   kasalliklari
paytida   sarg‘ayish,   xolemiya,   jigarning   funksional   yetishmovchiliklari,
gepatoliyenal   sindrom,   portal   gipertoniya,   jigar   komasi   va   jigar   sanchig‘i
sindromlari kuzatilgan.
3. Gepatit (Hepatitis)   - jigarning diffuz yallig‘lanishi bo‘lib, gepatositlar
va boshqa strukturaviy elementlarining infiltrasiyasi, distrofiyasi, nekrozi va lizisi
hamda jigar yetishmovchiligi bilan xarakterlanadigan kasallik dir .
4. Gepatozlar   -   jigar   parenximasining   distrofik   o‘zgarishlari   bilan
kechadigan   kasalliklarining   umumiy   nomlanishi   bo‘lib,   yallig‘lanish   jarayoniga
xos belgilarning kuzatilmasligi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
27 5. Jigar sirrozi  (Cirrhosis hepatis) - surunkali kuchayib boruvchi kasallik
bo‘lib, jigar to‘qimasining distrofiyasi, nekrozi va biriktiruvchi to‘qimaning diffuz
holatda o‘sishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
6. Jigar   abssessi   (Abscessi   hepatis)   -   jigarda   chegaralangan   bir   yoki   bir
necha   yallig‘lanish   o‘choqlarining   paydo   bo‘lishi   bilan   xarakterlanadi,   ko‘pincha
bo‘rdoqiga boqilayotgan qoramollarda uchraydi.
7. Xolesistit va xolangit   (Cholecystitis et cholangitis) - o‘t xaltasi va o‘t
yo‘llarining yallig‘lanishi dir .
8. O‘t-tosh kasalligi   (Cholelethiasis) - asosan o‘t xaltasida va qisman o‘t
yo‘llarida o‘t - toshlarining hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadigan kasallik dir .
Qorin pardasining kasalliklari
1. Peritonit   (Peritonitis)   -   qorin   pardasining   chegaralangan   yoki   diffuz
yallig‘lanishi bo‘lib, mahalliy va umumiy belgilar, organizmning a’zo va tizimlari
muhim funksiyalarining buzilishi bilan  xarakterlanadigan kasallik dir. 
2. Qorin istisqosi   (Ascitis) - ayrim kasalliklarning asorati sifatida paydo
bo‘ladi   va   qorin   bo‘shlig‘ida   transsudatning   to‘planishi   bilan   xarakterlanadigan
kasallik dir .
Ayirish tizimining kasalliklari
1. Nefrit   (Nephritis)   -   buyraklarning   yuqumli-allergik   tabiatdagi
yallig‘lanishi   bo‘lib,   jarayon   asosan   t o‘ pchalardagi   qon   tomirlarda   kechishi   va
qisman oraliq to‘qimaga ham o‘tishi mumkin.
2. Nefroz   (Nephrosis)   -  buyrak  kanalchalari   epiteliysi   va to‘pchalardagi
kapillyarlar   bazal   membrnasining   regenerativ  o‘zgarishlari   va   organizmda  modda
almashinuvi jarayonlari buziladigan kasallik hisoblanadi. 
3. Nefroskleroz   (Nephrosclerosis,   buyraklarning   surunkali   interstisinal
yallig‘lanishi,   buyrak   sirrozi,   “bujmaygan   buyrak”)   -   buyrak   parenximasining
atrofiyaga   uchrashi   oqibatida   uning   o‘rniga   biriktiruvchi   to‘qima   o‘sishi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir. 
28 4. Piyelonefrit   (Pyelonephritis)   buyraklarning   yiringli-nekrotik
yallig‘lanishi  bo‘lib, buyrak parenximasidan tashqari  buyrak jomi, siydik yo‘li va
siydik chiqarish kanalini boshqa bo‘limlarining ham patologik jarayonga tortilishi
bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
5. Urosistit   (Urocystitis)  -  siydik xaltasi  shilliq pardasining chuqur  yoki
yuzaki yallig‘lanishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
6. Siydik   -   tosh   kasalligi   (Urolithiasis)   -   buyrak   jomi,   siydik   pufagi   va
uretrada   har   xil   kattalikdagi   siydik   toshlarining   hosil   bo‘lishi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir.
7. Siydik   xaltasining   falaji   (Paralysis   et   paresis   vesicae   urinariue)   -
siydik xaltasi devori qisqarish qobiliyatining vaqtinchalik yoki doimiy xarakterdagi
yo‘qolishi hisoblanadi.
8. Siydik xaltasining spazmi  (Cystospasmus, sistospazm) - siydik xaltasi
sfinkterining   qisqarishi   va   natijada   siydik   ajralishining   butunlay   to‘xtashi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir. 
9. Qoramollarning surankali gematuriyasi  (Haematuria chronika) - siydik
ajratish   a’zolarining   (asosan   buyrak   va   siydik   pufagi)   buzilishlari   bilan
xarakterlanadigan va gematuriya, anemiya, oriqlash belgilari bilan o‘tadigan og‘ir
kasallikdir.
Qon tizimining kasalliklari
1. Anemiyalar.   Anemiya, kamqonlik (Anaemia) - qonda eritrositlar soni
va   gemoglobin   miqdorining   kamayishi   bilan   tavsiflanadigan   patologik   holat
hisoblanadi.
2. Postgemorragik   anemiya   (Anaemia   posthaemorragiea)   -   qon
yo‘qotilishi tufayli kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, eritrositlar soni va gemoglobin
miqdorining kamayishi bilan yuzaga keladi. 
3. Gemolitik   anemiya   (Anemia   hemolitika)   -   eritrositlar   gemolizining
kuchayishi   oqibatida   qondagi   eritrositlar   sonining   va   gemoglobin   miqdorining
29 kamayishi,   gemolitik   sarg‘ayish,   og‘ir   kechgan   hollarda   gemoglobinuriya
kuzatilishi bilan ta`riflanadi. 
4. Gipoplastik   va   aplastik   anemiyalar   (Anaemia   hipoplastica   et
aplastica)- qon ishlab chiqarilishining hamma qismlari va eritropoezning buzilishi
bilan o‘tadigan kasalliklar bo‘lib, qon hosil  qiluvchi  hujayralarda proliferasiya va
tabaqalanish jarayonlarining buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
Asab tizimining kasalliklari
1. Oftob   urishi,   giperinsolyasiya,   gelioz   ( Heliosis )   -   quyosh   nurlarining
(asosan infraqizil) bosh suyagiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri tufayli bosh miya yarim
sharlarining kuchli qizib ketishi bilan  xarakterlanadigan kasallikdir .
2. Issiq   eltishi,   gipertermiya   ( Hypertermia )   -   butun   organizmning   qizib
(issiqlab)   ketishi   tufayli   markaziy   asab   tizimi   funksiyalarining   buzilishi   bilan
ta`riflanadi. 
3. Bosh miya giperemiyasi ( Hyperemia   cerebri )  - miya yarim sharlari va
uning   pardalarining   qonga   to‘lishi   oqibatida   funksiyalarining   buzilishi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir . 
4. Bosh miya anemiyasi ( Anaemia   cerebri )  - qon bilan ta’minlan ishining
yetarli   darajada   emasligi   tufayli   bosh   miya   funksiyalarining   yomonlashishi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir .
5. Meningoensefalit   (Meningoencephalitis)   -   bosh   miya   va   uning
pardalarining   yallig‘lanishi   bo‘lib,   yarim   sharlar   po‘stloq,   po‘stloq   osti   va
vegetativ markazlari funksiyalarining izdan chiqishi bilan ta`riflanadi. 
6. Bosh   miya   qorinchalarining   surunkali   istisqosi   ( Hydrocephalis
chronikus ,   gidrosefaliya,   oglum)   -   miya   qorinchalarida   ko‘p   miqdorda   likvor
suyuqligining   to‘planishi,   miya   moddasining   atrofiyasi   va   funksiyalarining
buzilishi bilan tavsiflanadi.
7. Meningomiyelit   ( Meningomyelitis )   -   orqa   miya   va   pardalarining
yallig‘lanishi bo‘lib, asosan go‘shtxo‘r hayvonlar va otlar kasallanadi. 
30 8. Stresslar.   Stress   (inglizchadan   stress   -   zo‘riqish   ma’nosini   anglatadi)
Stress holati tasodifan sodir bo‘ladigan noqulay ta’sirotlar - stressorlarga nisbatan
organizmda   kuzatiladigan   asosan   gumoral   -   nevrogen   moslashish   (adaptasiya)
o‘zgarishlarining yig‘indisi hisoblanadi.
9. Nevrozlar   ( Neurosis )   -   asab   tizimining   bir   guruh   funksional
kasalliklari bo‘lib, odatda psi x ologik travmalar oqibatida kelib chiqadi va oliy asab
tizimining   qayta   tiklanuvchi   dinamik   buzilishlari   bilan   xarakterlanadigan
kasallikdir . 
10. Epilepsiya   (Epilepsia)   -   reflekslarning   va   sezgilarning   qisman   yoki
to‘lig‘icha yo‘qolishi tonik klonik qaltiroq tutqanog‘i bilan o‘tadigan kasallikdir.
11. Eklampsiya   ( Eclapsia )   -   bo‘g‘ozlik   toksikozi   bo‘lib,   toni k- klonik
qaltiroq xurujlari kuzatilishi bilan tavsiflangan. 
Oziqa toksikozlari
1. Zaharli o‘simliklardan zaharlanish. Zaharli o‘simliklar oziqalar, donlar
bilan   birgalikda   hayvonlar   tomonidan   iste’mol   qilinganda   ko‘p   hollarda
hayvonlarning yoppasiga zaharlanishi kuzatiladigan kasallikdir.
2. K ampirchopondan   zaharlanish   (Trixodesmatoksikoz).   Kampirchopon
(trixodesma sedaya, Trichodesma inkanum) - Kampirchoponga sezgirlik bo‘yicha
cho‘chqa,  parrandalar, otlar, qoramol va qo‘ylar turadi. 
3. Ko‘kmarazdan   zaharlanish   (Geliotroptoksikoz)   -   ko‘kmaraz   yovvoyi
holda o‘sadigan zaharli o‘simlik, egilgan boshoqli ( Heliotropium   Lasiocarpum ) va
qil boshoqli ( H .   Dasicarpum ) turlari zaharli hisoblanib, O‘rta Osiyo respublikalari
va Ozarbayjonda o‘stiriladi.
4. Ayiqtovonlilardan   (uchma   o‘t)   zaharlanish.   Tabiatda   ayiq-
tovondoshlarning   ( Ranunculaceae )   ko‘p   turi   tarqalgan   bo‘lishiga   qaramasdan
ularning ayrimlari zaharlidir. 
5. O‘simliklarni   qayta   ishlash   mahsulotlaridan   zaharlanishlar.   Qishloq
xo‘jalik   o‘simliklarini   (paxta   chigiti,   lavlagi,   kartoshka   va   b.)   texnik   qayta
31 ishlashdan   shrot,   jom,  barda   kabi   hayvonlar   uchun  to‘yimli   oziqalar   olinib   ularni
noto‘g‘ri ishlatish tufayli turli zaharlanishlar kelib chiqishi kuzatiladi.
6. Gossipolotoksikoz.   Paxta   shroti   tarkibida   34-44%   gacha   protein   va
12%   gacha   moylar   bo‘lib,   noto‘g‘ri   ishlatilganda   hayvonlarning   ulardan
zaharlanishlari uchraydi.
7. Kartoshka bardasidan zaharlanish. Kartoshka bardasi sog‘in sigirlar va
bo‘rdoqiga   boqilayotgan   cho‘chqalarga   ko‘p   miqdorda   berilganda   zaharlanish
uchraydi. 
8. Nitrat   va   nitritlar   saqlovchi   oziqalardan   zaharlanish.   Oziqabop
o‘simliklarni (lavlagi, makkajo‘xori, kungaboqar, bug‘doy, suli, arpa, raps, beda va
b.)   parvarishlashda   hosildorlikni   oshirish   maqsadida   azotli   o‘g‘itlarni   me’yoridan
ortiqcha miqdorda ishlatish o‘simliklarda nitratlarning ko‘p miqdorda to‘planishiga
sabab bo‘l ishi mumkin . 
9. Fotodinamik xususiyatli oziqalardan zaharlanish. Ko‘pchilik oziqabop
o‘simliklar   (grechixa,   sebarga   yovvoyi   no‘xat,   oddiy   dalachoy,   temirtikan   va   b.)
gullash   va   meva   tugish   davrida   ayrim   meterologik   sharoitlarda   o‘zida
flyuoressentlovchi moddalar saqlaydi. 
10. Oziqa mikotoksikozlari.  Mikotoksikozlar   hayvonlar   va   parrandalar
kasalliklarining   katta   guruhini   tashkil   etib,   oziqalarni   turli   zaharli   zamburug‘lar
bilan zaharlanishi oqibatida yuzaga keladi.
11. Ustilagotoksikoz (Qorakuyadan zaharlanish). Qorakuya zamburug‘lari
tabiatda   keng   tarqalgan   bo‘lib,   ko‘pchilik   boshoqli   donli   o‘simliklarga   zarar
yetkazadi.
12. Fuzariotoksikoz.   Fuzariya   turiga   mansub   zamburug‘lar   bilan
zaharlangan oziqalar berilishidan kelib chiqadigan kasallikdir. 
13. Staxiobotriotoksikoz.   Zaharlanish   otlar   va   qoramollarga   staxiobotris
zamburug‘lari   bilan   zararlangan   somon,   pichan,   qipiq   kabi   dag‘al   oziqalarning
berilishidan kelib chiqadi. 
32 14. Klaviseptoksikoz.   Claviceps   purpura   L.   va   Claviceps   paspalia   L.
zamburug‘lari   bilan   zararlanadigan   oziqalarni   hayvonlarga   berilishidan   kelib
chiqadigan klaviseptoksikozlar farqlanadi. 
15. Osh tuzidan zaharlanish. Parrandalar,cho‘chqalar, ba’zan otlar va yirik
shoxli hayvonlar va qo‘ylar kasallanishi kuzatiladi. 
16. Mochevinadan (karbomid) zaharlanish. Karbomid - sintetik yo‘l bilan
olinadigan   preparat   bo‘lib,   tarkibida   46%   gacha   azot   saqlaydi.   Kavshovchi
hayvonlar   ratsioniga   oqsil   o‘rnini   qoplaydigan   vosita   sifatida   qo‘shiladi.   Katta
qorin   suyuqligining   ureaza   fermenti   ta’sirida   mochevinaning   parchalanishidan
ammiak va karbonat angidrit  hosil bo‘ladi.
Oqsillar, uglevodlar  va yog‘lar  almashinuvi  buzilashlarining ustunligi  bilan
o‘tadigan kasalliklar
1. Yog‘   bosishi   (Adipositas)   -   modda   almashinuvining   buzilishi
oqibatida   teri   osti   kletchatkasi   va   organizmning   boshqa   to‘qimalarida   ortiqcha
darajada yog‘ to‘planishi bilan xarakterlan adigan kasallikdir .
2. Alimentar distrofiya (Distrophia alimentaris) - kuchli oriqlash, modda
almashinuvlarining buzilishi, parenximatoz va boshqa a’zolarda distrofik va atrofik
o‘zgarishlarning kuzatilishi bilan tavsiflanishi kuzatiladi.
3. Ketoz   (ketosis)   -   keton   tanachalarining   to‘planib   qolishi,   oqibatda
gipofizar   -   buyrak   usti   bezlari,   jigar,   yurak,   buyraklar   va   boshqa   a’zolarning
jarohatlanishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
4. Mioglobinuriya (paralitik mioglobinuriya, Myoglobinuria paralitica) -
muskullarda   sut   va   boshqa   kislotalarning   to‘planib   qolishi,   muskullar
kontrakturasining   o‘zgarishi,   muskul   tolalarining   shishi,   qattiqlashishi,   falaji   va
mioglobinuriya bilan o‘tadigan o‘tkir kechuvchi kasallikdir.
Mineral   moddalar   almashinuvining   buzilishlari   ustunligi   bilan   o‘tadigan
kasalliklar
1. Osteodistrofiya   (Osteodistrophia)   -   suyaklarning   jarohatlanishi   bilan
o‘tadigan   patologik   jarayon   bo‘lib,   suyak   to‘qimasining   asosan   kalsiy,   fosfor   va
33 magniyga   nisbatan   kambag‘allashishi   (osteomalyasiya),   suyak   to‘qimasi
elementlarining   kamayishi   bilan   o‘tadigan   suyak   tarkibining   qayta   qurilishi,   bu
elementlarning   butunlay   so‘rilib,   kamayib   ketishi   (osteoporoz),   suyak
bo‘shliqlarida   fibroz   osteogen   to‘qimaning   o‘sishi   (osteofibroz)   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir. 
2. Alimentar   osteodistrofiya   (Osteodistrophia   alimentarica)   -   surunkali
kasallik   bo‘lib,   suyak   to‘qimasida   osteomalyasiya,   osteoporoz,   osteofibroz   va
shuningdek,   osteoskleroz   shaklida   kechuvchi   distrofik   jarayonlar   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir.
3.   Mikroyelementlarning yetishmovchiligi yoki ularning ortiqchaligidan
kelib chiqadigan kasalliklar
1. Gipokobaltoz   (Hypocobaltosis)   -   organizmda   kobaltning
yetishmovchiligi   oqibatida   kuzatiladigan   endemik   kasallik   bo‘lib,   eritropoez   va
oqsil   almashinuvining   buzilishi,   suyaklar   distrofiyasi   va   kuchli   oriqlash   bilan
tavsiflanishi kuzatiladi. 
2. Gipokuproz   (Hipocuprosis)   -   surunkali   tarzda   kechadigan   kasallik
bo‘lib,   organizmda   misning   yetishmovchiligi   oqibatida   kelib   chiqadi   va
gemopoezning   buzilishi,   teri   qoplamasi   rangining   o‘zgarishi,   markaziy   asab
tizimida distrofik o‘zgarishlar kuzatilishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
3. Rux   yetishmovchiligi.   Surunkali   tarzda   kechadigan   kasallik   bo‘lib,
modda   almashinuvlarining,   epidermis   hujayralari   shoxlanishining   buzilishi
(parakeratoz),   suyaklarning   hosil   bo‘lishi,   qon   ishlab   chiqarilishi,   reproduktiv
xususiyatning  izdan  chiqishi,  yosh  hayvonlarning o‘sish  va  rivojlanishdan  qolishi
bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
4. Marganes   yetishmovchiligi   (toyuvchi   bo‘g‘in   kasalligi)   -   surunkali
kasallik   bo‘lib,   reproduktiv   funksiyalarning   buzilishi,   suyaklar   va   bo‘g‘inlarning
deformasiyasi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
5. Selen   yetishmovchiligi   (oq   mushak   kasalligi,   muskullar   distrofiyasi,
miopatiya,   jigarning   alimentar   nekrozi)   -   tana   va   yurak   muskullarining   distrofik
34 o‘zgarishlari bilan kechadigan kasallikdir.
6. Selenning ortiqchaligi. (Selenli toksikoz, “ishqor kasalligi”) - o‘tkir va
surunkali   tarzda   kechuvchi   kasallik   bo‘lib,   kamqonlik,   yurak-qon   tomir
yetishmovchiligi va shoxlarning jarohatlanishi bilan tavsiflangan.
7. Ftorning   yetishmovchiligi   (tishlarning   enzootik   kariyesi)   -   surunkali
kasallik bo‘lib, tishlar qattiq to‘qimasining jarohatlanishi va kovaklar hosil bo‘lishi
bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
8. Ftorning   ortiqchaligi   (enzootik   flyuoroz,   Fluorosis)   -   surunkali
kasallik bo‘lib, osteoskleroz va tishlar emalining gipoplaziyasi bilan tavsiflangan.
9. Borning   ortiqchaligi   (borli   enterit)   -   ichaklarning   yallig‘lanishi,
nefrozonefrit,   miya   va   boshqa   a’zolarning   jarohatlanishi   bilan   xarakterlanadigan
kasallikdir.
10. Molibdenning   ortiqchaligi   -   umumiy   toksikoz,   diareya,   kuchayib
boruvchi oriqlash va osteoporoz bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
Gipovitaminozlar
1. Retinolning   yetishmovchiligi   (A   hypovitaminosis)   -   surunkali
kechadigan   kasallik   bo‘lib,   epiteliy   h ujayralarining   zo‘r   berib   shoxlanishi   va
metaplaziyasi,   ko‘rishning,   ko‘payish   xususiyatlarining   yomonlashishi   va   yosh
hayvonlarning o‘sishdan qolishi bilan xarakterlanadi.
2. Tokoferolning   yetishmovchiligi   (E   hypovitaminosis)   -   surunkali
kechuvchi   kasallik   bo‘lib,   to‘qima   va   a’zolarda   oksidlanish   jarayonlarining
buzilishi, jigar   h ujayralarining yemirilishi  va nekrozi, muskullar distrofiyasi  bilan
xarakterlanadi.
3. Filloxinonning   yetishmovchiligi   (K   hypovitaminosis)   -   qonning
ivuvchanligining kamayishi va qon quyilishi bilan xarakterlanadi .  
4. Askorbin   kislotasining   yetishmovchiligi   (C   hypovitaminosis)   -   qon
tomirlar   o‘tkazuvchanligining   ortishi,   gemorragiyalar   kuzatilishi,   tishlar   milkida
yaralar   bo‘lishi,   bo‘g‘inlarning   shishi,   organizm   rezistentligining   pasayishi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir.
35 Endokrin tizim kasalliklari
1. Qandli   diabet   (Diabetes   mellitus)   -   surunkali   kasallik   bo‘lib,
insulinning   mutloq   va   nisbiy   yetishmovchiligi   tufayli   modda   almashinuvlarining
buzilishi, giperglikemiya va glyukozuriya bilan kechishi kuzatiladi.
2. Qandsiz   diabet   -   antidiuretik   gormon   sekresiyasining   pasayishi   yoki
butunlay to‘xtashi yoki buyrak kanalchalarining ularga nisbatan sezuvchanligining
kamayishi   oqibatida   tarkibida   qand   bo‘lmagan   ko‘p   miqdorda   siydik   ajratishning
kuchayishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
3. Tug‘ruqdan   keyingi   gipokalsiyemiya   (tug‘ruqdan   keyingi   falaj,
Paresis   puerperalis)   o‘tkir   kechuvchi   kasallik   bo‘lib,   muskullarning   yarim   falaji,
tomoq,   til,   ichaklarning   falaji,   qondagi   kalsiy   miqdorining   keskin   kamayishi
hisobiga koma holati bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
4. Endemik   buqoq   (Struma   endemika)   -   surunkali   tarzda   kechadigan
kasallik   bo‘lib,   yodning   yetishmovchiligi   oqibatida   qalqonsimon   bezning
kattalashuvi   (buqoq)   va   uning   funksiyalarining   buzilishi   bilan   xarakterlanadigan
kasallikdir. 
Yosh hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari
1. Antinatal   gipotrofiya   -   fiziologik   jihatdan   yetilgan   a’zo   va   tizimlari
morfofunksional jihatdan to‘liq rivojlanmagan va vazni juda kichik hayvonlarning
tug‘ilishi bilan o‘tadigan kasallik dir .
2. O‘tkir gipoksiya.  Gipoksiya - kislorod tanqisligi, asfiksiya - bug‘ilish.
Asfiksiya holati gipoksiyaning oxirgi bosqichida ham kuzatilishi mumkin. Buzoq,
qo‘zi va cho‘chqa bolalarining “o‘lik tug‘ilishi” - deb qayd etiladigan holat, o‘lim
asosan gipoksiya va asfiksiya oqibatida kuzatiladigan kasallikdir.
3. Bronxopnevmoniya   -   (Bronchopneumonia),   (kataral   pnevmoniya,
o‘choqli   pnevmoniya,   nospesifik   pnevmoniya,   “o‘pka”)   -   bronxlar   va   o‘pka
bo‘lakchalarining   yallig‘lanishi   bo‘lib,   bronxlar   hamda   alveolalar   bo‘shlig‘iga
tarkibi   epiteliy   xujayralari,   qon   plazmasi   va   leykositlardan   iborat   kataral
ekssudatning to‘planishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
36 4. Dispepsiya   ( Dispepsia)   -   yosh   hayvonlarning   o‘tkir   kechadigan
kasalligi   bo‘lib,   modda   almashinuvi   va   hazm   jarayonlarining   b u zilishi,
organizmning suvsizlanishi va intoksikasiyasi bilan o‘tadigan kasallikdir.
5. Gastroenterit   (Gastroenteritis)   -   yosh   hayvonlarda   ko‘p   uchraydigan
kasalliklardan   biri   bo‘lib,   oshqozon   va   ichaklar   devorining   yallig‘lanishi,   hazm
jarayonining   buzilishi,   intoksikasiya   va   organizmning   suvsizlanishi   bilan
xarakterlanadigan kasallikdir. 
6. Qaytalovchi   timpaniya   -   oshqozon   oldi   bo‘limlarining   kattalashuvi,
hazm  jarayonlarining buzilishi, organizm umumiy holatining yomonlashishi  bilan
xarakterlanadigan kasallikdir.
7. Cho‘chqa   balalarining   gipoglikemiyasi.   Cho‘chqa   bolalarining
tug‘ilgandan keyingi 36-48 soat ichida paydo bo‘ladigan kasalligi bo‘lib, qondagi
glyukoza   miqdorining   keskin   pasayishi,   organizmda   azot   almashinuvi
mahsulotlarining to‘planib qolishi, umumiy holatning yomonlashishi hamda o‘lim
bilan namoyon bo‘ladigan kasallikdir.
8. Retinolning   yetishm o vchiligi   (A   Hypovitaminosis )   -   yosh
hayv o nlarning   ne o natal   va   ko‘pincha   p o stnatal   taraqqiyoti   davridagi   sabablarga
ko‘ra riv o jlanaveradi. 
9. Ra x it   kasalligida   D   vitaminining   faol   shakllarining   yetishmovchiligi
tufayli   oziqalar   tarkibidagi   kalsiy   va   f o sf o rning   o‘zlashtirilishi   yomonlashadi,
o qibatida   o‘sayotgan   suyaklarning   minerallanish   jarayonlari   izdan   chiqishi
kuzatiladi. 
10. Alimentar   anemiya   -   qon   ishlab   chiqarilishining   buzilishi,   qon
tarkibidagi   gemoglobin   konsentrasiyasining   kamayishi,   kamqonlik,   m o ddalar
almashinuvi jarayonlarining susayishi, natijada hayv o nlarning o‘sishdan q o lishi va
organizm rezistentligining pasayishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
11. Bezoar   kasalligi   -   asosan   qo‘zilar   va   qisman   buzoqlarda   kuzatilib,
shirdonda   junlardan   (pilobezoar),   o‘simliklardan   (fitobezoar),   sut   kozeinidan
37 (laktobezoar) iborat dumaloq to‘pchalarning hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadigan
kasallikdir. 
12. Enzootik   ataksiya,   gipokuproz   (Hipocuprosis)   -   yangi   tug‘ilgan
hayvonlar va 2-4 oylik yoshdagi qo‘zilarning enzootik kasalligi bo‘lib, organizmda
mis elementining yetishmovchiligi oqibatida gemopoezning buzilishi va markaziy
asab tizimida distrofik o‘zgarishlar kuzatilishi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
13. Oq   mushak   kasalligi.   (Miopatiya,   muskullarining   mumsimon
degenarasiyasi).   Yosh   hayvonlar   organizmida   moddalar   almashinuvi
jarayonlarining   chuqur   buzilishlari,   nerv   tizimi,   gavda   va   yurak   muskullarining
morfo - funksional o‘zgarishlari bilan  xarakterlanadigan kasallikdir . 
Parrandalarning yuqumsiz kasalliklari
1. Nafas tizimining yuqumsiz kasalliklari (respirator kasalliklar) hamma
kategoriyalardagi parrandachilik xo‘jaliklarida va asosan, yosh parrandalar orasida
keng   tarqalgan.   Burun   yo‘llari   va   bo‘shliqlarining   yallig‘lanishi   tuxumdan   yangi
chiqqan   jo‘jalarda,   bronxlar,   o‘pka   va   havo   xaltasining   yallig‘lanishlari   kattaroq
yoshdagi jo‘jalarda ko‘proq uchraydigan kasallikdir.
2. Hazm tizimining kasallaklari hamma turdagi parrandalar orasida keng
tarqalgan   bo‘lib,   barcha   yuqumsiz   kasalliklarining   20   foizini   tashkil   etadi.   Yosh
jo‘jalar orasida inkubasiya qoidalari, oziqlantirish va saqlash talablarining buzilishi
oqibatida   muskulli   oshqozon   va   ichaklarning   yallig‘lanishlari   (kutikulit,
dispepsiya,   gastroenterit)   keng   tarqalgan   bo‘lsa,   katta   yoshdagi   parrandalar   va
o‘stirish  davridagi  jo‘jalarda og‘iz  bo‘shlig‘i  va jig‘ildonning kasalliklari  ko‘proq
uchrashi kuzatiladi..
3. Stomatit (Stomatitis). Og‘iz bo‘shlig‘i va tilning yallig‘lanishi bo‘lib,
quruq   oziqalar   bilan   boqish   va   suvning   yetishmasligi,   ratsionning   asosiy   qismini
unsimon   oziqalar   tashkil   etishi,   juda   issiq   oziqalar   berilishi   va   boshqa   sabablar
oqibatida yuzaga keladi. 
38 4. Jig‘ildonning yallig‘lanishi (ingluvitis) - katta yoshdagi  tovuq, kurka,
sesarka   va   kaptarlarda   ko‘pincha   yuqumli   kasalliklarning   asorati   sifatida
kuzatilishi mumkin. 
5. Jig‘ildonning   tiqilishi   (Obturatio   ingluviti).   Sinonimlari:   qattiq
jig‘ildon, jig‘ildon atoniyasi, jig‘ildonning kengayishi - jig‘ildonning oziqa massasi
bilan  to‘lib  qolishi,  uning  tonusining   yo‘qolishi,  to‘liq  yoki   qisman  tiqilishi  bilan
tavsiflanadigan kasallikdir. 
6. Kutikulit (Kutikulitis) - muskulli oshqozon ichki qavatining eroziyali,
yarali yoki nekrotik yallig‘lanishi bilan tavsiflanib, embrional davrda va tuxumdan
yangi chiqqan jo‘jalarda uchraydi.
7. Gastroenterit   (Gastroenteritis)   -   oshqozon   va   ichaklar   shilliq
pardasining   yallig‘lanishi   bo‘lib,   ko‘pincha   kataral   gastroenterit   bilan   katta
yoshdagi jo‘jalar va ona tovuqlar kasallanishi kuzatilgan.
8. Ichaklarning   tiqilishi   (Obturatio   intestini)   -   ichak   kanaliga   qattiq
konsistensiyadagi   oziqa   massasi   (koprostaz)   yoki   yot   jismlarning   tiqilib   qolishi
bilan xarakterlanadigan kasallikdir.
9. Kloasit   (Kloasitis)   -   kloaka   shilliq   pardasining   yallig‘lanishi   bo‘lib,
barcha   turdagi   va   yoshdagi   parrandalarning,   ayniqsa   yangi   tuxumga   kirgan
tovuqlar va o‘rdaklarning kasallanishi ko‘p qayd etilgan.
10. Sariqlik   peritoniti   (Salpingoperitonitis)   -   tuxum   beradigan
tovuqlarning   kasalligi   bo‘lib,   peritonial   parda,   plevra   va   ichki   a’zolar   zardob
pardasining yallig‘lanishi bilan tavsiflanadigan kasallik.
Modda almashinuvi buzilishlari
1. A gipovitaminozi  Retinolning yetishmovchiligi (A Hypovitaminosis) -
ko‘pincha   tuxumdan   chiqqan  yosh   jo‘jalarda  va   broylerlarni   go‘sht   uchun   boqish
davrida uchraydi. 
2. D   gipovitaminoz   (Raxit.   D   hypovitaminosis).   Surunkali   kasallik
bo‘lib,   kalsiy - fosfor   almashinuvining   buzilishi   va   suyak   to‘qimasi   o‘sishining
yomonlashishi bilan tavsiflanadigan kasallik. 
39 3. E   gipovitaminozi   Tokoferol   yetishmovchiligi   (E   hipovitaminosis)   -
hamma   turdagi   parrandalar   va   asosan   1   oylikkacha   bo‘lgan   jo‘jalar   kasallanishi
kuzatilgan. 
4. B   guruhi   gipovitaminozlari.   Asosan   3   oylikkacha   yoshdagi
jo‘jalarning   kasalligi   bo‘lib,   barcha   turdagi   yosh   parrandalar   ratsionida   B   guruhi
vitaminlarining yetishmovchiligi tufayli kasallanishi mumkin. 
5. Uratli   diatez   (podagra)   -   asosan   oqsil   almashinuvining   buzilishi,
organizmda   siydik   kislotalarining   ko‘plab   ishlab   chiqarilishi   va   ularning
to‘qimalarda, zardob pardalarda to‘planib qolishi bilan tavsiflanishi kuzatiladi. 
6. Pat   tushishi   (allopesiya)   -   katta   yoshdagi   va   go‘shta   boqilayotgan
tovuqlar   uchun   xarakterli   bo‘lib   kasallikning   sabablari   oziqlantirish   va   saqlash
texnologiyalarining   buzilishi:   ratsionda   oqsillar   va   yog‘lar   miqdorining
ortiqchaligi,   kalsiy,   oltingugurt,   marganes,   yod,   siankobolamin   kabilarining
yetishmovchiligi, terida parazitlarning bo‘lishi.
7. Peroz   (toyuvchi   b o‘ g‘in,   perosis)   -   yosh   tovuq   va   kurka   j o‘ jalarning
kasalligi   bo‘lib,   oyoqlar   paylari   va   tutqichlarining   bo‘shashishi   va   b o‘ g‘inlarning
joyidan siljishi bilan  xarakterlanadigan kasallikdir . 
8. K a nnibalizm   (bir   -   birini   cho‘qish,   K a nnibalismus)   -   parrandalarning
bir - birining terisini, sirg‘a va tojlarini, kloakasini cho‘qishi bilan tavsiflangan.
Mo‘ynali hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari
1. Respirator   kasalliklar.   M o‘ ynali   hayvonlarning   yuqumsiz   respirator
kasaliklari   barcha   turdagi   xo‘jaliklarda   (qo‘riqxona,   hayvonot   bog‘i,   xon a donlar)
kuzatilib bu kasaliklar asosan yosh hayvonlarda uchraydi.
Ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari
2. Stomatit.   Og‘iz   bo‘shlig‘i   pardasining   yallig‘lanishi   bo‘lib,   zardobli,
pufakchali, tugunchali, yarali va ixoroz stomatitlar bor. 
3. Oshqozon kengayishi - oshqozon hajmining kattalashishi, atoniyasi va
keyinchalik asfiksiya bilan xarakterlanadigan kasallikdir. 
40 4. Gastroenterit   -   oshqozon   va   ichaklarning   yallig‘lanishi   bo‘lib,
a’zolarning   motor   va   sekretor   funksiyalarning   izdan   chiqishi   bilan   namoyon
bo‘ladi.
5. Ichaklarning   tiqilishi.   Ichaklar   yuzasining   torayishi   yoki   yot   narsalar
bilan   tiqilishi   bo‘lib,   ko‘pincha   ona   tulki   va   chiyabo‘rilar   bolalash   paytida
kasallanishi kuzatiladi.
6. Yog‘li   gepatoz   -   vitaminlar   yetishmovchiligi   va   turli   xil
intoksikasiyalar   oqibatida   jigarda   ortiqcha   darajada   yog‘larning   to‘planib   qolishi
bilan  xarakterlanadigan kasallikdir . 
Modda almashinuvining buzilishlari
1. B
1   gipovitaminozi.   Barcha   turdagi   mo‘ynali   hayvonlarda   uchraydi.
Hayvonlarning   o‘ limi,   m o‘ yna   sifatining   pasayishi   va   ikkilamchi   infeksiyaning
ravojlanishi   oqibatida   m o‘ ynachilik   xo‘jaliklariga   katta   iqtisodiy   zarar   yetkazishi
mumkin. 
2. B
2   gipovitaminozi   -   o‘sishdan   qolish,   dermatit,   teri   qoplamasining
depigmentasiyasi va siyraklashuvi bilan  xarakterlanadigan kasallikdir . 
3. Temir   taqchilligi   anemiyasi   -   (m o‘ ynaning   oqarishi)   -qonda
gemoglobin   miqdorinig   kamayishi   va   teri   qoplamasining   (tivitning)
dep i gmentasiyasi bilan  xarakterlanadigan kasallikdir .
2.2.  Veterinariya terminlarining grammatik-struktural xususiyatlari
igi, viruslar  simmetriyasi,  gemorravik  diatez, gen injeneriyasi,  genetic kod,
gorizontal   o`tish,   dezenfeksiya   vositalari,   defibrinlangan   qon,   diagnozlar
kompleksi, dizyunktiv ko`payish, zardob titri, industrial texnologiya, intaklik holati,
interkurent
  kasalligi,   infeksion   ekzantema,   infeksiyalangan   hayvon,   karantinli
kasalliklar, k Terminlar ham so‘zlar kabi ichki va tashqi  imkoniyatlar asosida hosil
qilinadi. 
41 Shuning   uchun   terminlarni   sodda,   qo`shma,   juft   turlarga   bo`lishdan   asosiy
maqsad,   ularni   bir   biridan   farqlash,   ajratishdir.   Bu   terminlar   ko`rinishi   jihatidan
bir-biridan farq qilsa-da, lekin terminlik xususiyatini yo‘qotmaydi.
Sodda terminlar tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning
bor-yo`qligiga   qaramay,   yolg‘iz   bir   o‘zakdan,   yoki   negizdangina   paydo   bo`lgan,
birgina   lug`aviy   ma`noli   qism   bo`lgan   so`z   hisoblanadi.   Masalan,   burga,   o`choq,
agar,   zardob,   krizis,   oila   kabi   so`zlarni   bunga   misol   tariqasida   keltirishimiz
mumkin. Yolg‘iz o`zakdan hosil  bo`lgan terminlar bu   tub terminlar   hisoblanadi,
bularga   faqatgina   lug`aviy   va   so`z   o`zgartiruvchi   qo`shimchalar   qo`shilishi
natijasida   ham   hosil   bo`lishi   mumkin.   Masalan   aviditet,   agamma,   agoniya,
anabioz,   antidote,   batilla,   bezlar,   biopsiya,   bubon,   vibrios,   viruriya,   gidroliz,
dezobarer,   destruksiya,   dupleks,   ikosayedr,   idiosoma,   izogametalar ,   ingibirotlar,
iridoviruslar,   kapsid,   yo`tal,  kaverna,   karbunkul,   katabolizm,   klon,   lateks,   leykoz,
lizis, mallein, migratsiya, mog`orlar, mutatsiya, nukleoid, parez, passaj, piyemiya,
popullyatsiya,   properdin,   retinok,   rinit,   rozeolalar,   sanatsiya,   simbioz,   sporalar,
stress, suspenziya, tenezimlar, tarsduksiya, tremor, tulyarin, uremiya, fenotip, eliza
kabi so`zlar tub terminlarga misol bo`ladi.
Sodda   yasama   terminlar   tub   terminlarga   biror   yasovchi   affiksning
qo`shilishi   bilan   hosil   bo`lgan   terminlardir.   Masalan:   avidlik,   antigenlik,
bakteriotsiogenlik,   bepushtlik,   virurentlik,   immunlash,   kasallik,   kaprinlashganlik,
kamqonlik,   klonlash,   konservalash,   kruponlash,   kulturalash,   letallik,   leofillash,
maleinlash,   insidentlik,   immunogenlik,   darsobvallash,   oriqlash,   parazitlik,
patagenlik,   polimorflik,   reaktogenlik,   regitlik,   sterillash,   fumigatsiyalash,
chidamlilik,   enzotiklik,   o`choq,   tindalash,   dispanserlash   kabi   so`zlar   yasama
terminlarga   misol   bo`la   oladi.   Demak,   yasama   terminlar   tub   terminlardan   so`z
yasovchi   qo`shimchani   olishi   bilan   farqlanadi,   bu   esa   so`zning   ma`nosini   tubdan
o`zgarishiga   asos   bo`lib   xizmat   qiladi.   Xalq   tilida   ham   ana   shunday   holat
kuzatiladi,   chunki   har   qanday   so`z   yasovchi   qo`shimcha   so`zga   qo`shilganida
yangi   ma`no   ifodalaydi.   Terminlarga   ham   so`z   yasovchi   affiksni   qo`shganimizda
42 ulardagi   ma`nosiga   o`zgarish   kirishini   kuzatishimiz   mumkin.   Shu   sababli   har
qanday affiks yasama terminlarni hosil qilish xususiyatiga ega emas.
Qo‘shma terminlar.  Bunday terminlar birdan ortiq o‘zak birikuvidan iborat
qo‘shma   so‘zlar   hisoblanadi.   Umuman   olganda   qo`shma   terminlar   ikki   va   undan
ortiq   sodda   terminlarning   birikuvidan   tuzilgan   terminlar   hisoblanadi.   Qo`shma
terminlar   ham   qo‘shma   so‘zlardek   o‘z   qatlam   so`zlaridan,   boshqa   til
materiallaridan   hamda   har   ikkala   manbalarning   o`zaro   qo`shiluvi   natijasida
yasaladi. O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo`shma terminlar asosan
umumiste`moldagi   tayyor   qo`shma   so`zlarning   ilmiy   termin,   yoki   nomen   sifatida
terminologik   tizimlarga   qabul   qilinishidan   hosil   bo`ladi.   Bunday   palan   asosida
qo`llanuvchi   leksik   birliklar   ko`proq   xalq   tili   bilan   bo`g`liq   holda   rivojlangan
terminologik   sistemalarda   tez-tez   uchraydi.   Masalan,   o`z   ona   tilimizdagi
so`zlardan ya`ni materiallardan tuzilgan qo`shma terminlar ayni ruscha terminlarni
to`liq   kalkalash   jarayonida  ham   yuzaga   kelishi   mumkin.  Bizga   ma`lumki,  o`zbek
xalqi   qadimdan   boshqa   xalqlar   bilan   hamkorlik   qilishni   yaxshi   ko`radigan,
qo`shnichilikka e`tibor qilib yashab kelgan. Shu boisdan tilimizda ba`zi so`zlarning
arabcha,   forscha   yoki   ruscha-baynalmilal   bo`lgan,   hatto   har   ikkala   qismi   ham
muayyan til materialidan yasalgan qo`shma so`zlar va terminlar uchrashi mumkin.
Demak, tilimizda qo`shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko`ra
turlichadir, shu boisdan qo`shma terminlarni tashkil etga komponentlarining kelib
chiqish materialiga ko`ra ikki guruhga ajratish mumkin: 
1. bir   tildagi   qatlamga   mansub   so`z   birliklaridan   hosil   etilgan   qo`shma
terminlar;
2. turli tillarga mansub so`z birliklaridan hosil etilgan qo`shma terminlar.
Qo`shma   terminlar   o`zbek   tilida   ot+ot,  sifat+ot,   son+ot,  ot   +fe`l   shaklidagi
formula   orqali   hosil   qilish   mumkin.   Masalan,   ot+ot   shaklidagi   mikrobiologiya,
mikroorganizmlar,   mikrosporiya,   neyrominidaza,   neyrotrop,   koronavirus,
immunodifuziya,   imminodiagnostika,   immunoprofilaktika,   yo‘riqnoma,
lissoviruslar, ultrafiltrlash, fagoterapiya, fagosiyoz, flaviviruslar, fotobakteriyalar,
43 neyrogen,   sifat+ot   shakliga   qorason,   oqqon   kabi   so‘zlarda   sifatning   otga
qo‘shilishi   natijasida   yangi   bir   ma`noni   ifodalovchi   so‘z   hosil   qilinadi.   Bu   kabi
misollarni   yanada   ko‘plab   keltirishimiz   mumkin.   Lekin   veterinariya   terminlarida
ot+fe’l shaklidagi qo`shma terminlarni juda ham kam uchratamiz.
Juft terminlar.  Juft terminlar ikki so‘zning juftlanishi asosida hosil bo‘ladi.
Biz tadqiqot davomida juft terminlarga kam duch keldik.   Agamma-globulinemiya,
alfa-virus,   andrede-indikator,   veterinariya-sanitariya,   diffenbax-grefe,
differensial-diagnostik,   smedi-viruslar   kabi   so`zlarni   juft   terminlarga   misol
tariqasida keltirishimiz mumkin.
Kuzatishlardan   ma’lum   bo‘ladiki,   besh   va   undan   ortiq   tarkibli   termin-
birikmalar   uchramaydi   hamda   sodda   terminlar   va   termin-birikmalar   yetakchi
o‘rinda bo‘lgani holda, qo‘shma va juft terminlar miqdori juda kam hajmni tashkil
etadi. Mavjud veterinar va lingvistik terminlar tizimidagi murakkab terminlarning
aksariyati   umumnutqda   so‘z   birikmasi   sifatida   ham   ishlatiladi   va   ular   tarkibidagi
har bir lug‘aviy ma’noli birlik o‘z avtosemantikligini saqlab qoladi. 
Termin-birikmalar.   Barcha   terminosistemalarda   kuzatilgani   kabi
veterinariya terminlarimiz orasida ham termin-birikmalar  miqdori  ustuvorlik kasb
etadi.   Birikma-terminlar   birdan   ortiq   leksik   birlikdan   tashkil   topadi   va   birikma
holatida   bo‘ladi.   Unda   hokim   qism   tushuncha   mohiyatini   bildirib,   tobe`   bo`lak
uning   nimaga   xosligini   belgilaydi,   yoki   ma’noni   mo‘ljallangan   tushuncha
hajmigacha   toraytirib,   ifoda   etish   uchun   xizmat   qiladi.   Masalan   veterenariya
terminlarining mohiyati   hokim   so`zdan  anglashilib  turadi.  Uning aniqlovchisi  esa
uning   nimaga   taalluqliligini   ko‘rsatib   kelgan.   Masalan,   sifat+ot   shakliga   zardobli
mastit,   zamburug`li   infeksiya,   irsiy   immunitet,   immunodefitsit   holat,   infeksion
ekzantema,   belgisiz   infeksiya   kabi   so`zlarda   sifatning   otga   qo`shilishi   natijasida
yangi   bir   ma`noni   ifodalovchi   so`z   hosil   qilinadi.   Bu   birikmalar   so`zga   aniqlik
kiritish   uchun   aniqlovchi   orqali   berilgan,   aniqlovchi   aniqlanishidan   anglashilgan
holatni aniq bekgilanishida ahamiyat kasb etadi. Birikma terminlar ma`nosi xoh u
terminologik   xarakterda   bo`lsin,   yoki   terminologik   xarakterda   bo‘lmasa   ham
44 somlovchi xususiyatlarni o`zida saqlaydi. Bu uning nomlovchi ma`nosi ham hokim
bo`lakdan,   ham   tobe   bo`lakdan   tarkib   topganligi   bilan   izohlanadi.   Birikma
terminlar  asosan  ot  turkumidan olinganligi  bilan diqqatga  sazovordir. Bu birikma
terminlar   asosan   terminlardangina   iborat.   Birikma   terminlar   o`zbek   tilida   ham
asosan ot turkumiga oid lug`aviy birliklardan hosil bo`ladi. Birikma terminlar so`z
turkumi   nuqtai   nazaridan,   aytilganidek,   chegaralangan   emas,   bu   xuddi   qo`shma
terminlardagi   kabi   sifat+ot,   ot+ot,   son+ot,   ot+fe`l   shaklida   bo`lishi   mumkin.
Masalan,   antigenlar   guruhi,   antenatal   gipotrofiya,   bezoar   kasalligi,   gamazoid
kanasi,  ko`z  atrofiyasi,  ko`z  soqqasi,  ko`z  gavhari   kabi   ot+ot,   binokulyar  ko`rish ,
finotipik   qo`shilish,   fiziologik   yetilish   ot+fe`l   shaklidagi   birikma   terminlarni
ko`plab   kuzatishimiz   mumkin.   Bular   asosan   bitishuv   yo`li   orqali   birikkan
birikmalar hisoblanadi. 
Ikki   tarkibli   termin-birikmalar   –   sodda   so‘z   birikmasi   shaklida   bo‘lib,
shaklan   hokim-tobelik   munosabati   sezilib   turishi   barchamizga   ma`lum:
adenosatellit viruslar, ammion suyuqligi, anifilaktik shok, antigen shifti, antitoksin
birligi, askoli reaksiyasi, atidofilli sut, batsilla tashuvshi, balgar tayoqchasi, bome
areometri,   veterinariya   cheklashlari,   verionlar   lipidlari,   virulentlik   birlasallik
o`chog`i, kimyoviy pereparatlar, kiritma tanachalari, komensal mikroorganizmlar,
kumbs reaksiyasi, lapinlashgan shtammlar, leteks test, lipoproteid qobiq, ko`zning
kameralari,   ko`rish   nervi,   mikrobiologik   reaktorlar,   monotrop   potogenlar,
mutualist   yashash,   nosog`lom   hudud,   obligat   parazitlar,   organizm   reaktivligi,
fotodinamik   terapiya,   faol   sayr,   pantrop   potogenlar,   potogen   mikroorganizmlar,
permissive   harorat,   plazmatik   hujayralar,   politip   qo`shilish,   prodromal   davr,
respirator   viruslar,   serologik   maxsuslik,   simutan   emlashlar,   parazitologik
vaziyatlar, sintetik muhitlar, tabiiy rezistentlik, temir bakteriyalari, terminal holat,
tonik   tortishish,   transport   kasalligi,   to`yinmagan   kislotalar,   ubikvitar   turlar,
utillash asbobi, fenotipik qo`shilish, xronik kasalliklar, seyler muhiti, sitoplozmatik
membrana, sitotsit  viruslar,  chapek muhitlari, ezilgan tomchi, eklips davr, elektiv
muhit, epizotologik bashorat, etiopatogenetik ta`sir, efemer kasalliklar, yuqumlilik
45 indeksi,   yaqqol   infeksiya,   o`choq   indeksi,   qonni   stabillash,   qo`zg`atuvchilar
inokulyatsiyasi,   hujayra   kulturasi,   hujayra   otganoidlari,   himoyalovchi   emlashlar,
adenosatillit viruslar, avleolyar periodontit, bekkari chuquri  kabilar .
Uch tarkibli termin-birikmalar –  bunday murakkab terminlar uch mustaqil
ma’noli   lug‘aviy  birlikdan  iborat   bo‘ladi,  ya’ni  uch  tarkibli   so‘z  birikmasi   zanjiri
termin   sifatida   ma’no   ifodalab,   bir   tushunchani   anglatishga   xizmat   qiladi:
Shuningdek, veterinariya terminlarida uch tarkibli birikmalarning keltirilish holati
quyidagi   misollarda   o`z   aksini   topadi:   oq   mushak   kasalligi,   bachadondan   qon
ketishi,  yuqumli  kasalliklarning   tarqalishi,  epizootiyaga  qarshi   tadbirlar,   epizotik
holar   darajasi,   emlashdan   so`nggi   reaksiya,   endokrin   xom   ashyozi,   cheklov
qo`yilgan   kasalliklar,   flyuressensiyalovchi   antitelolar   usuli,   transmissiv   fakultativ
kasalliklar,   transmissiv   obligat   kasalliklar,   teskari   kranskriptaza   fermenti,   solk
rangli  sinovi,   sirti  fail  modda,  sifat  nazorat  xizmati,   reaksiya  titrlarining   oshishi,
patagen   fakultativ   mikrorganizmlar,   oqar   suvni   tozalash,   oqar   suvni
zararlantirish,   normative   texnik   hujjatlar,   molar   qonini   olish,   mikroblarning
organizmdan   chiqishi,   kasallikni   qo`zg`atuvchi   rezeruvarlar,   infeksiya
qo`zg`atuvchilarini   tashuvchanlik,   infeksion   kasallik   davrlar,   diploid   hujayralar
kulturasi, diagnistik immune zardoblar, virusning membrana oqsili, antitelalarning
faol   markazi,   antigenning   faol   qismi,   bosh   sinuslarining   yallig`lanishi,   buzilgan
ozuqalardan   zaharlanishlar,   virionning   kimyoviy   birligi,   gram   bilab
bo`linmaydigan   bakteriyalar,   jigar   komasi   sindromi,   immunologik   elektron
mikroskopiya  kabilar.
To‘rt   tarkibli   termin-birikmalar.   Xuddi   shunday   to`rt   tarkibli   termin
birikmalar esa veterinariya terminlarining yanada boyishi uchun asos bo`lib xizmat
qilmoqda.   Aynan   shu   terminlar   veterinariya   asoslari   va   mikrobiologiyasi
kitoblarida keltirilgan bo`lib, veterinariya fanini o`rganayotgan o`quvchi uchun bu
fanning   ichki   imkoniyatlarini,   kasallik   turlarining   nomlarini   o`rganishga   asos
bo`lib   xizmat   qiladi.   Biz   ilmiy   ishni   olib   borishda   asosan   veterinariya
terminlaridagi birikma holarlarini kuzatdik. Kuzatish davomida sohaga oid bo`lgan
46 birikmalar   holatiga   o`xshash   birikmalar   borligining   guvohi   bo`ldik.   To`rt   tarkibli
termin-birikmalarga   quyidagi   misollarni   keltirishimiz   mumkin:
agglyutinatsiyalovchi   immumin   qon   zardobi,   yuqumli   kasalliklarning   bexosdan
paydo bo`lishi,  yuqumlik  kasallikka  qarshi  kurash,o‘ta  xavfli   yuqumli   kasalliklar,
epizotik   jarayonning   harakatlantiruvchi   kuchlari,   organizmdan   kasallik
qo`zg`atuvchisining   chiqarilishi,   kasallikka   gumon   qilingan   hayvonlar,   kasallik
qo`zg`atuvchisining   uzatilish   omillari,   bo`g`iz   hayvonlarda   shishlar   paydo
bo`lishi,   bo`g`oz   hayvonlarning   yotib   qolishi,   bo`g`oz   biya   qon   zardobi,   vakuola
hosil   qiluvchi   virus,   veterenariya-sanitariya   chiqindisi   zavodi,   veterenariya-
sanitariya ekspertiza laboratoriyasi, ketozga qarshi ketost aralashmasi  kabilar .   
2.3.  Sohaga oid terminlarning imlosi masalalari. 
 (Veterinariya terminlari misolida)
Bir tilning o‘z davridagi nufuzi juda ko‘p omillar bilan o‘lchanadi. Shunday
omillardan   biri   ana   shu   tildagi   so‘zlarning   imlosi   masalasidir.     O‘zbek   tiliga
“Davlat tili” maqomi berilgandan so‘ng, oradan ko‘p o‘tmay 1995-yil 24-avgustda
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   mahkamasining   339-son   qarori   bilan   “O‘zbek
tilining   asosiy   imlo   qoidalari”   ni   tasdiqlash   haqida   qaror   qabul   qilindi.   Bu   qaror
“Lotin   yozuviga   asoslangan   o‘zbek   alifbosini   joriy   etish   to‘g‘risidagi   Qonunning
bajalishini   tezlatish,   davlat   organlari,   boshqaruv   idoralari,   tashkilot,   korxona,
muassasalar,   maktab,   o‘rta   va   oliy   ta’lim   dargohlarida,   ommaviy   axborot
vositalari, matbuotda ish yuritishda davlat tilida ish olib borish va    lotin yozuviga
asoslangan  o‘zbek alifbosida ish yuritishni  joriy etish maqsadida  yaratildi. Ushbu
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”   7 bo‘lim, 82 banddan iborat bo‘lib,   unda
harflar,   asos   va   qo‘shimchalar,   qo‘shib   yozish   va   ajratib   yozish,   chiziqcha   bilan
yozish,   bosh   harflar   imlosi,   bo‘g‘in   ko‘chirish   qoidalari   berilgan.   Bu   asosiy   imlo
qoidalarida   talaffuzi   va   yozilishi   turlicha   bo‘lgan   so‘zlar   imlosi   haqida   ham
bandlar   berilgan.   Chunki   bizning   lug‘at   boyligimiz   tarkibida   ham   chetdan   qabul
qilingan   o‘zlashma   so‘zlar,   terminlar   mavjud   bo‘lib,   ular   eshitishimiz,
47 talaffuzimizdan   qat’iy   nazar,   asliga   muvofiq,   shakliy   yozuv   qoidasiga   binoan
yoziladi.   Bu   holat   bizga   bu   so‘zlarning   ayrimlari   imlosi   masalasida   qiyinchilik
tug‘diradi.   Shunday   muammo   veterinariya   terminlari   imlosida   ham   bor,   desak
yanglishmaymiz.   Masalan,   veterinariya   terminini   o‘zini   to‘g‘ri   yozish   ko‘pchilik
shu   soha   egasi   bo‘lmagan   kishilarda   qiyinchilik   hosil   qiladi.   Ko‘pchilik
veterinariya so‘zidagi birinchi bo‘g‘indagi “e” tovushini “i” tarzida talaffuz qiladi
va   yozuvda   ham   shunday   xatolikka   yo‘l   qo‘yadi.   Regeneratsiya,   gepiremiya,
gepremiya,   plevrit,   flebit   kabi   terminlarda   ham   talaffuz   va   imloda   shu   holat   yuz
beradi.  Ya’ni,  birinchi bo‘g‘indagi “e” tovushini “i” tarzida talaffuz qilinadi. Biroq
regeneratsiya,   gepiremiya,    gepremiya,   plevrit,   flebit  tarzida yozilishi kerak. Mana
shunday   muammolar     shu   sohaga   o‘zlashgan   bir   qancha   so‘zlarda   uchraydi.
Quyida   ularning   ayrimlariga   to‘xtalib   o‘tamiz.     1)   v enoz,     staz,     tromboz,
ximostazlar   salmonellezlar,   pasterelez,   tuberkulez,   brutsellez,   lentoeniroz,
kolibakterioz,   fassiolez,   nefroz,   ximostoz,   kaprostoz   kabi   terminlarning   oxirgi   “z”
tovushi   talaffuzimizda     “s”   kabi   aytiladi,   biroq   yozuvda   “z”   harfi   bilan   yoziladi.
Miokardit,   miokardoz,     nikrobakterioz,   vibrioz   ,   oriyentobilxarsioz,   piemiya   kabi
veterinariya   terminlarida   ikki   unli   o‘rtasiga   talaffuzda   bir   “y”   tovushi   qo‘shib
aytiladi.   Lekin   imlo   qoidasida   aytilganidek   (“O‘zbek   tilining   asosiy   imlo
qoidalari”,   1-bo‘lim,   7-band),     “y”   undoshi   qo‘shib   aytilsa   ham,   yozuvda
yozilmaydi.   Ekzema,   absess   kabi   terminlarning   2-bo‘g‘inidagi   “e”   tovushi   “i”
tarzida   talaffuz   etiladi,   ammo   yozuvda   “e”   harfi   yoziladi.   Salmonellezlar
dikrosillioz,   exinakokkoz   kabi   terminlarda     qo‘sh   undoshlarning   biri   talaffuzda
eshitilmaydi,   ammo   yozuvda   yoziladi.   Sestozodlar,   ximostazlar,   salmonellezlar,
diplokokk   infeksiya,   rinotraxeit,   gaymorit,   miokardit,   miokardoz,   endokardit,
bronxit,   stomatit,   osteodistrofiya,   gastroyenterit   k abi   terminlarda   “o”   tovushi   “a”
tarzida   aytiladi,   ammo   “o”   yoziladi.     Epizootik   so‘zidagi   qo‘sh   unli   talaffuzda
aytilmaydi, biroq yozuvda saqlanadi. 
O‘zbekcha   so‘zlar   va   so‘z   birikmalari   orqali   ifodalangan   veterinariya
atamalarida   bunday   imlo   bilan   bo‘gliq   masalalar   yuz   bermaydi.     Chunki   bu
48 terminlar kundalik hayotda faol qo‘llaniladigan  umumxalq ishlatadigan so‘zlardan
olingan.   Masalan, ochiq shikastlanishlar, kuyish va sovuq olishi, kuyish va sovuq
urish,   suyaklarning   sinishi,   bo‘g‘imning   chiqishi,   bo‘g‘imning   cho‘zilishi,
bo‘g‘imlarning   yiringli   yallig‘lanishi,   poylarning   yallig‘lanishi,   shilliq
xaltachalarning yallig‘lanishi, falajlar,   maraz, oqma, tuyoq bo‘g‘imining yiringli
yallig‘lanishi,   qoramollarning   xosmol   (panarasiya)   kasalligi,   qo‘ylarda   tuyoq
chirish kasalligi, qo‘ylarda tuyoq orasi bezlarining yiringli yallig‘lanishi, qoramol
va   qo‘y   tuyoqlarining   deformapiyasi,   cho‘chqa   o‘lati,   cho‘chqa   tuyoqlarining
yorilishi,   dabba  (girija)  lar,  kindik   dabbasi,  kuydirgi,   yomon  sifatli  shish,   qotma,
oqsil, chechak, qorason, manqa va hk.   O‘tgan yillarda butun  yer yuziga, insoniyat
salomatligiga xavf slogan kasallik  koronavirus terminini talaffuzi va imlosida ham
farq   bor.   Lug‘atda   koronavirus   termini   haqida   quyidagi   ma’lumot   beriladi:
Koronavirus   (lot.corona-toj)-Coronaviridae   oilasiga   mansub,   genomi   bir   zanjirli
RNKdan   iborat,   nuklein   kapsidi   naysimon,lipoproteid   qobiqli,   tojsimon
virusdlar.Bu   oilaga   tashqi   qobiqning   tuzilishi   umumiy   bo‘lgan   viruslar   kiradi.
Virionlarning   tashqi   qobig‘ida   to‘g‘nag‘ichga   o‘xshash   bo‘rtgan   joylar   quyosh
tojini   eslatadi.   Koronaviruzlar   yirik   shoxli   hayvonlar   va   parrandalarda   gepatit,
nevrit, ich  o‘ tish entefalomiyelit va nafas y o‘ llari kasalliklarini q o‘ z g‘ atadi 29
.  Mana
shu k oronavirus  termini  o g‘ zaki nutqda k o‘ proq  “ karonavirus ”  shaklida ishlatiladi.
Ammo bu holat orfografiya qoidasiga zid hisoblanadi. 
Xullas,   yuqoridagi   fikr-mulohaza   va   misollardan   veterinariya   terminlari
talaffuzi   va   imlosida   ham   yetarlicha   muammolar   mavjudligini   ko‘ramiz.
Terminlarning talaffuzi va imlosiga e’tibor qaratish zaruriyati va bu terminlarning
to‘g‘ri yozilgan holatda ommalashuviga zamin yatarish kerakligi tilshunoslarimiz,
terminologlarimiz oldidagi vazifalardan biri sanaladi. 
Bob bo‘yicha qisqa xulosa
29
  Салимов   Ҳ.С. ,   Сайитқулов   Б. ,   Салимов   И.Ҳ.     Ветеринария   микробиологияси,   вирусологияси,
эпизоотологиясига   оид   изоҳли   луғат   ва   маълумотнома .   –   Тошкент:   Tafakkur ,   2013;   D o‘ stmurodov   T ,
Otaq o‘ ziyev   T.   Kimyo atamalari  lu g‘ ati .   – Toshkent:   O ‘ zbekiston, 2003 ; Zikriyayev  A., Fayzullayev  S. Biologiya
atamalarining izohli lu g‘ ati. – Toshkent: Bilim, 2004
49 Mazkur   bobda   veterinariya   terminlarining   leksik-semantik   jihatdan
guruhlarga   bo‘lib,   har   bir   kasallikning   semantik   ma’nosi   mavzuga   oid
darsliklardan foydalangan holda sharhlandi. 
Veterinariya   terminlarining   grammatik-struktural   xususiyatlari   o‘rganildi.
Sohaga   oid   terminlarning   o‘z   va   o‘zlashgan   qatlami   aniqlandi.   Terminlar   ham
so‘zlar   kabi   ichki   imkoniyatlar   asosida   va   tashqi   imkoniyatlar   asosida   olinishi
mumkinligi veterinariya terminlari misolida o‘rganildi. 
Terminlar   yasalishiga   alohida   e’tibor   qaratildi.     Sodda   tub,   sodda   yasama,
qo‘shma, birikmali  terminlar izohlab berildi.   Aviditet, agamma, agoniya, anabioz,
antidote,   batilla,   bezlar,   biopsiya,   bubon,   vibrios,   viruriya   kabi   sodda   tub
terminlar,   antigenlik,   bakteriotsiogenlik,   bepushtlik,   virurentlik,   immunlash,
kasallik,   kamqonlik,   klonlash,   parazitlik,   patagenlik,   polimorflik,   reaktogenlik,
regitlik,   sterillash,   fumigatsiyalash,   chidamlilik,   enzotiklik,   tindalash,
dispanserlash   kabi   sodda   yasama   terminlar,   mikrobiologiya,   mikroorganizmlar,
mikrosporiya,   neyrominidaza,   neyrotrop,   koronavirus,   immunodifuziya,
imminodiagnostika,   immunoprofilaktika   kabi   qo‘shma   terminlar   hamda   qo‘shma
terminlarning tarkibiy qismlari    qaysi  so‘z turkumlari  bilan ifodalangani (ot bilan
otdan, sifat bilan ot) kabilarga e’tibor qaratildi.  
Ushbu   bobda   terminlar   imlosi   masalasi   ham   o‘rganildi.     Regeneratsiya,
gepiremiya,     gepremiya,   plevrit,   flebit,   v enoz,     staz,     tromboz,   ximostazlar
salmonellezlar,   pasterelez,   tuberkulez,   brutsellez,   lentoeniroz,   kolibakterioz,
fassiolez, nefroz, ximostoz, kaprostoz, ekzema, absess,  salmonellezlar dikrosillioz,
exinakokkoz,   sestozodlar,   ximostazlar,   salmonellezlar,   diplokokk   infeksiya,
rinotraxeit,   gaymorit,   miokardit,   miokardoz,   endokardit,   bronxit,   stomatit,
osteodistrofiya,   gastroyenterit ,   e pizootik   kabi   terminlar   imlosi   xususida   fikr-
mulohazalar   bildirilgan.     Ochiq   shikastlanishlar,   kuyish   va   sovuq   olishi
suyaklarning   sinishi,   bo‘g‘imning   chiqishi,   bo‘g‘imning   cho‘zilishi,
bo‘g‘imlarning   yiringli   yallig‘lanishi,   poylarning   yallig‘lanishi,   shilliq
xaltachalarning  yallig‘lanishi, falajlar,  maraz, oqma, tuyoq bo‘g‘imining yiringli
50 yallig‘lanishi,   qotma,   oqsil,   chechak,   qorason,   manqa   kabi   o‘zbekcha   so‘zlar   va
so‘z   birikmalari   orqali   ifodalangan   veterinariya   atamalarida   bunday   imlo   bilan
bo‘gliq masalalar yuz bermasligiga e’tibor qaratildi.  
 III BOB. VETERINARIYA  TERMINLARINING  “O‘ ZBEK
TILINING   IZOHLI  LUG‘ATI” DAGI  LEKSIKOGRAFIK TALQINI  
51 3.1.“O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”  haqida va unda kasb-hunar
atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlarning berilishi   
Tildagi   so‘zlarni   izohlashga   qaratilgan   lug‘atlar   izohli     lug‘atlar   deyiladi.
O‘zbek   tili   leksik   qatlamiga   kiruvchi   umumiste’moldagi   til   birliklari,   ma’lum
sohaga yoki fanga doir terminlar, shevaga xos so‘zlar, ayrim tarixiy   leksemalarni
barcha   ma’nolari   bilan   izohlab   beradigan   lug‘at     “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”
sanaladi.   2   jildli   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”   1981-yili   Moskvada   “Rus   tili”
nashriyotida nashr qilingan bo‘lib,  unda oltmish ming so‘z va birikma izohlangan.
Lug‘atning     kirish   qismida     lug‘atning   tuzilishi   va   undan   foydalanish   tartibi
berilgan. Unda barcha so‘z turkumlariga oid tub so‘zlar,  yasama so‘zlar, qo‘shma
so‘zlar   va   murakkab   qisqartma   so‘zlar   kiritilganganligi   qayd   etilib,   so‘z   tanlash
prinsipi  va vazifalariga  ko‘ra lug‘atga  quyidagi  so‘zlar  kiritilmaganligi  aytilgan. 30
1)   ma’lum   dialektga   xos   bo‘lib,   adabiy   tilda   ishlatilmaydigan   so‘zlar;   2)   fan,
texnika, san’at va kasb-hunarning ayrim sohasida, ya’ni tor doirada qo‘llanib, faqar
o‘sha   soha   vakillarigagina   ma’lum   bo‘lgan   so‘zlar;   3)   faqat   ayrim   ijodkor
asarlarida ishlatilgan, ommalashmagan  so‘z va iboralar;  4)  qo‘pol, vulgar so‘z va
iboralar;       hozirgi   o‘zbek  adabiy  tili   nuqtayi  nazaridan  leksik  ma’nosi   bo‘lmagan
kishi   nomlari;   6)   geografik   nomlar;   7)   so‘zlarning   bosh   harfi   asosida   yaratilgan
qisqartma so‘zlar izohli lug‘atda izohlanmagan. Bundan tashqari ushbu lug‘atga –-
lik qo‘shimchasi bilan yasalib, joyga munosabat bildiruvchi otlar, -gina, kina, -qina
qo‘shimchasi qo‘shilgan sifat va otlar, fe’llarning zamonlarda o‘zgargan shakllari,
vazifa   shakllari   kiritilmagan.   Ravishdish   va   sifatdoshlar   boshqa   so‘z   turkumi
vazifasida   qo‘llanilganda   kiritilgan   va   izohlangan.   Bosh   so‘zlar   izohli   lug‘atda
alfavit tartibida joylashtirilgan. Omonimlar alohida-alohida maqolalarda bosh so‘z
tarzida berilgan va bir-biridan faqrlanishi uchun och rangdagi rim raqamlari bilan
ko‘rsatilgan. Agar bosh so‘z ko‘p ma’noli bo‘lsa, uning har bir ma’nosi to‘q arab
raqamlari bilan satr boshidan berilgan. Lug‘atdagi maqolalarni ixchamlashtirish va
undan   foydalanishni   osonlashtirish   uchun   maxsus   leksikografik   belgilar,   shartli
30
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II томлик. 1-жилд. –Москва: Рус тили, 1981. –Б.12.
52 qisqartmalar ishlatilgan. Lug‘atda bosh so‘zdan keyin agar shu so‘z boshqa tildan
o‘zlashgan   bo‘lsa,   qaysi   tildan   o‘zlashtirilganligi   haqida   ma’lumot   katta   qavs
ichida   berilgan.   Ot   so‘z   turkumiga   doir   so‘zlar   bosh   kelishik   va   birlikda,   sifatlar
oddiy   darajada,     fe’llar   harakat   nomining   –moq   affiksini   olgan   shaklda,   ravishlar
va yordamchi so‘zlar, undov va taqlid so‘zlar  o‘z nomlari  bilan berilgan. Lug‘atda
ayrim   hollarda   urg‘u   ko‘rsatilmagan.   Lekin   ayrim   hollarda   boshqa   tillardan
o‘zlashgan  so‘zlarda urg‘u ko‘rsatilgan. Lug‘at  boshida unda ishllatiladigan shrtli
belgilar   ro‘yxati   keltirilgan.   Bu   ro‘yxatda   terminlar   qaysi   fanga   oidligi   ham
qisqartirilgan   bo‘lib,   veterinariya   oid   terminlar   vet   qisqartmasi   bilan   berilgan.
Bundan   tashqari   1981-yil   nashr   etilgan   “ O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati” da
anatomiya,   arxeologiya,   astronomiya,   botanika,   biologiya,   geografiya,   geologiya,
geometriya,   geodeziya,   gedrologiya,   matematika,   mexanika,   fizika,   kimyo   kabi
fanlarga   oid   terminlar,     binokorlik,   bog‘dorchilik,   buxgalteriya,   konchilik,
meditsina, ovchilik, iqtisod, farmasevtika, texnika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga
oid terminlar ham berilgan.  
2006-2008-yillarda   “O‘zbekiston   Milliy   Ensiklopediyasi”   Davlat   nashriyoti
tomonidan   yangi   “ O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”   nashr   etildi.   Bu   lug‘at da   sakson
ming so‘z  va  so‘z birikmasi   kiritilgan  bo‘lib, besh   jilddan  iborat.    2006-yil   nashr
etilgan   “ O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati” ning   1-jildida   yangi   izohli   lug‘atning
yaratish zaruriyati, bu lug‘at 1981-yil yaratilgan lug‘atning qayta yoki to‘ldirilgan
nashri emas, balki leksikografiyaning bugungi yutuqlari asosida yaratilgan mutlaqo
yangi   lug‘at   ekanligi,   ayrim   o‘rinlardagina   2   jildli   izohli     lug‘at   materiallaridan
foydalanilganligi,   yangi   izohli   lug‘atning   o‘ziga   xos   tomonlari:   avvalgi   lug‘atda
“eskirgan” “diniy” kabi belgilar ostida berilgan yoki umuman berilmagan     tarixy,
etnografik,   diniy   terminlarga   yangicha   yondashuv,   so‘zlarga   to‘liq   etimologik
ma’lumot   berilganligi   kabilar   aytib   o‘tilgan.   Ushbu   lug‘atda   o‘zbek   lug‘tchiligi
tarixi, izohli lug‘atni yaratishda ishtirok etgan olimlar ism-shariflari keltirilgan.  31
31
  Ўзбек тилини н г изоҳли луғати. V томлик.  1-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006.
53 Lug‘atning tuzilishi va undan foydalanish, lug‘at maqolasi tuziladigan  bosh
so‘z va so‘z shakllari bosh harflar bilan berilishi, hozirgi o‘zbek tiliga oid mustaqil
so‘zlar, yordamchi, undov, taqlid, modal so‘zlar kiritilganligi ham lug‘atning kirish
qismida aytilgan.
Chegaralangan so‘zlardan ko‘pchilik qo‘llaydigan va tushunadigan, darslik,
ilmiy-ommabop   asar   va   davriy   matbuotda   ko‘p   qo‘llanadigan   terminlar,   kasb-
hunar   leksikasidan   ham   ko‘pchilik   tushunadigan   so‘zlar,   kasb   egasini   bildiruvchi
so‘zlar   va   ulardan   yasalgan   soha   nomini   bildiruvchi   so‘zlar   kiritilganligi,   oddiy
so‘zlashuv nutqiga oid so‘zlardan ko‘pchilik qo‘llaydigan, yozma nutkda ham ko‘p
uchraydigan so‘zlar, shevaga oid so‘zlardan adabiy tilda parallel qo‘llanadiganlari
yoki   adabiy tilga mansub bo‘lmasa ham, ko‘pchilik shevalarda qo‘llanadigani va
yozma manbalarda ham uchraydiganlari,  adabiy tilda varianti bo‘lmagan, ma’lum
bir   yoki   birdan   ortiq   shevada   qo‘llanadiganlari,   tarixiy   so‘zlardan   o‘tmishni
yoritish va tasvirlashga oid ishlarda qo‘llanadigan so‘zlar, eskirgan so‘zlardan o‘z
vaqtida   keng   iste’molda   bo‘lib,   hozirda   boshqa   so‘z   bilan   almashgan   yoki   ilmiy,
badiiy   asarlar   va   boshqa   manbalarda   qo‘llanuvchi   so‘zlar,   hozirgi   tilda   mustaqil
holda   deyarli   qo‘llanmaydigan,   hatto   butunlay   iste’moldan   chiqqan,   lekin
iste’molda bo‘lgan maqol, matal va turg‘un iboralar tarkibida, shuningdek, ma’lum
bir   so‘z   bilangina   qo‘llanuvchi   nil   (bo‘yoqchining   nilimi),   bebiliska   (bebiliska
pul),  chumak  (chumak urmoq),  barham  (barham bermoq),  miq  (miq etmaslik),  ato
(ato   qilmoq)   kabi   so‘zlar,diniy   tushunchalarni   bildiruvchi,   og‘zaki   va   yozma
nutqsa keng  qo‘llanadigan   aqiqa, azon, ro‘za,  iyd, namoz, nikoh,  fotiha, cherkov,
buddizm,   nasroniy   kabi   so‘zlar   kiritilganligi   lug‘atning   kirish   qismida   aytib
o‘tilgan. 
Demak,   yuqoridagi   aytilganlardan   ma’lum   bo‘ladiki,   izohli   lug‘atda     ilm-
fan, kasb-hunar, sohalarga oid barcha terminlar emas, balki  ko‘pchilik qo‘llaydigan
va   tushunadigan,   darslik,   ilmiy-ommabop   asar   va   davriy   matbuotda   ko‘p
qo‘llanadigan   terminlar,   kasb-hunar   leksikasidan   ham   ko‘pchilik   tushunadigan
so‘zlar joy olgan va izohlangan. 
54 Lug‘atdan   joy   olgan   biror   soha,   fanga   oid     terminlar   izohi   bilan   shu   fan,
sohaga oid terminlar izohli lug‘atida berilgan sharhlar ham ommaga yoki soha, fan
egalariga  mo‘ljallanganligiga  qarab   farqlanadi.   Mavzuni   o‘rganish   paytida   biz   bu
holatga   bir   necha   bor   duch   keldik   va   bir   necha   sohalardagi   lig‘atlar   bilan   izohli
lug‘tdagi   sharhlarni   solishtirdik.   Masalan,   ayrim   kimyoviy   terminlar   izohiga
e’tibor   qaratsak,   izohli   lug‘atda   ancha   ommaviylashtirib,   tushunarli
berilganligining guvohi  bo‘lamiz:   ERBIY - [lot. Erbium < Shvetsiyadagi  Itterbyu
(Ytterby)   qishlog‘i   nomidan]   Mendeleev   davriy   sistemasining   III   -   guruhiga
mansub   kimyoviy   element;   yaltiroq   metall.   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V
tomlik.     5-jild,   45); 32
  ERBIY   -   Mendeleyev   davriy   sistemasining   III   guruhiga
mansub   kimyoviy   element.   Lantanoidlarga   kiradi.   ( Kimyo   atamalari   lug‘ati)   33
.
ERITMA   -   1   Bir   yoki   bir   necha   moddaning   suyuqlikda   juda   mayda   qismlarga
(molekulalarga)   ajralgan   holdagi   qorishmasi.   Suvdagi   tuz   eritmasi.   To‘yingan
eritma.   Olma   mevasiga   sakkiz   protsentli   kalsiy   xlor   eritmasi   bilan   ishlov   berilsa,
undagi zamburug‘larning rivojlanishi to‘xtaydi. “Fan va turmush”  (O‘zbek tilining
izohli   lu g‘ ati.   V   tomlik.     5-jild,   47);     ERITMA   -   erituvchi,   erigan   modda   va
ularning   o zarota'sirlashuv   mahsulotlaridan   iborat   bir   jinsli   tuzilmadir  ʻ ( Kimyo
atamalari lug‘ati).    QALAY  II - [a. , – eritib ajratib olish; qalay yoki , – ishqor] 1
Mendeleev   davriy   sistemasining   IV   guruhiga   mansub   kimyoviy   element;
bolg‘alaganda   tez   yassilanadigan,   yumshoq,   kumushsimon   oq   rangli   metall.   Sof
qalay.   Qalay   qotishmasi.   2   Idishlarning   betini   qoplash,   oqartirish   uchun
yugurtirilgan shunday metall qatlami. Qalayi ko‘chgan idish  (O‘zbek tilining izohli
lu g‘ ati.   V   tomlik.     5-jild,   233);   QALAY   –   Mendeleyev   davriy   sistemasining   IV
guruhiga   mansub   kimyoviy   element.   Tartib   raqami     50       (Sn)   atom   massasi
118,710. Tabiiy Qalay 10 ta izotopdan iborat: P25p (0,96%), p45p (0,66%), p55p
(0,35%),   P(,8p   (14,30%),   "78p   (7,61%),   ||85p   (24,03%),   ""5p   (8,58%),   |j5p
(32,85%),   sh5p   (4,72%),   |245p   (5,94%).   Oxirgi   izotop   kuchsiz   radioaktiv
32
  “ O ‘ zbek   tilining   izohli   lug ‘ ati ” da   lug ‘ at   maqolasi   tuziladigan     bosh   so ‘ z   va   so ‘ z   shakllari   bosh   harflar   bilan
berilganligi   bois  ( shu   jumladan ,  terminlar   ham )  leksikografik   qoidalarga   binoan   aynanligicha   yozildi .   
33
 Do‘stmurodov T., Otaqo‘ziyev T. Kimyo atamalari lug‘ati – Toshkent: O‘zbekiston, 2003.
55 nurlanuvchi   ( Kimyo   atamalari   lug‘ati).   Yoki   biologiya   faniga   xos   bo‘lgan   ayrim
terminlarni   ikki   lug‘at:   izohli   va   biologik   terminlar   lug‘atidagi 34
  izohiga   e’tibor
qaratsak   ham,   yuqoridagi   fikrimiz   dalili   bo‘la   oladi:   BIOSFERA   [bio..   +   yun.
sphaira - shar] Yerning hayotga makon bo‘lgan, tirik orga-nizmlar tarqalgan joyi,
qismi.   Inson   faoliyati   Yer   yuzini   tubdan   o‘zgartirishga   qodir   bo‘lgan   hozirgi
davrda   biosferaning   rivojlanishi   yangi   pog‘onaga   ko‘tarildi.   «O‘zME».   (O‘zbek
tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.   1-jild, 319);   BIOSFERA   [bio.. + yun. sphaira -
shar]   tarkibi,   tuzulishi   va   energitikasi   tirik   organizmlar   faoliyati   bial
belgilanadigan,   tirik   mavjudot   tarqalgan   yer   qobig‘i   (Biologiyadan   qisqacha
ruscha-o‘zbekcha   lug‘at.   9);   BOTULIZM   \lot.   botulus   —   kolbasa]   Odamlarda,
shuningdek,   ayrim   sutemizuvchi   hayvonlarda   uchraydigan   o‘tkir   yuqumli   ka-
sallik.   Botulizm   mikrobi   faqat   anaerob   (havosiz)   sharoitda   rivojlanadi.   «O‘zME»
(O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.  V   tomlik.    1-jild,  392);   BOTULIZM   \lot.   botulus
— kolbasa] Botulinus bakteriyasi (Clostridium botulinum) bilan ifloslangan ozuqa
mahsulotlari   (kolbasa,   baliq,   konservalar   va   b.)ni   iste’mol   qilishdan   yuzaga
keladigan   og‘ir   zaharlanish   (Biologiyadan   qisqacha   ruscha-o‘zbekcha   lug‘at.   –
B.10).  BURGA . Sakrab yuradigan, qon so‘ruvchi, qanotsiz mayda hasharot. Burga
tutishga ham barmoq ho‘llash kerak. Maqol.  Shu payt o‘chakishgandek yelkasida,
kuraklari   ostida   chumolimi,   burgami   o‘rmalay   boshladi.   X.   To‘xtaboev,   Shirin
qovunlar   mamlakati   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V   tomlik.     1-jild,   445);
BURGALAR   (Aphaniptera)   –   hasharotlar   turkumi.   Odam   va   hayvonlarning
ektoparazitlari. (Biologiyadan qisqacha ruscha-o‘zbekcha lug‘at. –B.9).  IRIT  [yun.
iris   —   rangdor   parda,   yoy   parda]   Ko‘z   rangdor   (yoy)   pardasining   yallig‘lanishi
(bunda   ko‘z   yoshlanadi,   xiralasha-di,   qattiq   og‘riydi,   bemor   yoruqqa   qaray
olmaydi)   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V   tomlik.     1-jild,   225).   Veterenariya
atamalarida   qisqaroq   ta’riflangan.     IRIT   –   rangli   pardaning   yallig‘lanishi. 35
DEZINFEKSIYA   [dez..   +   infeksiya]   Zararsizlantirish,   xavfsiz   holga   keltirish:
34
  Олимхўжаева П.Р., Шарофиддинхўжаев Н.Ш. Биологиядан қисқача русча-ўзбекча луғат. –Тошкент: Ибн 
Сино нашриёти, 1990. – 84 б.
35
  Салимов   Ҳ.С.,   Сайитқулов   Б ,   Салимов   И.Ҳ.   Ветеринария   микробиологияси,   вирусологияси,
эпизоотологиясига оид изоҳли луғат ва маълумотнома .  – Тошкент: Tafakkur ,  2013.-  Б. 61 .
56 yuqumli   kasalliklarni   tarqatuvchi   mikroblarni   maxsus   yo‘llar   bilan   yo‘q   qilish,
tugatish.   Dezinfeksiya   qilmoq.   shsh   Qandala   tarqalgan   xonalarni   0,2   protsentli
trixlorofos   emulsiyasi..   bilan   dezinfeksiya   qilinsa,   yaxshi   natija   beradi.   “ Fan   va
turmush ”  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild,  5 9 1 ).
DEZINFEKSIYA   -   veterinariya   terminlarining   lug‘atida   10   ta   holatda
ta’rifi   keltirilgan.   Bu   ta’riflar     “O‘zbek   tilining   izo hli   lug‘ati”da   keltirilgan
ta’riflardan far q qiladi.(Ko‘rsatilgan lug‘at, 41). 
KLON   \ingl.  clone <  yun.  klon - shox, novda; avlod, nasl]   biol.  Bir hujayra
yoki  bir  organizmning jinssiz  ko‘payish  yo‘li  bilan vujudga kelgan  hamda bir  xil
genlar to‘gotamiga ega bo‘lgan barcha avlod (nasl)lari yig‘indisi, majmui.  (O‘zbek
tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  2-jild, 283) .
KLON   (gr.   klon   —   nasl,   urug‘)   —   bir   bakteriya,   hujayra   yoki   virusning
nasli, shuningdek, virus yoki bir hujayrali (ko‘p hujayrali) organizmning vegetativ
yo‘l  (jinsiz ko‘payish yo‘li)  bilan hosil  qilingan, irsiy jihatdan bir  xil  xususiyatga
(belgiga)   ega   bo‘lgan   ajdodi (Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,
epizootologiyasiga   oid   izohli   lug‘at     va   ma’lumotnoma,   66) .   Veterinariya
mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli   lug‘atda
koronavirus terminiga ta’rif berilgan:   KORONAVIRUCJIAP  (lot. sorona - toj) –
Coronaviridae   oilasiga   mansub,   genomi   bir   zanjirli   RNKdan   iborat,   nuklein
kapsidi   naysimon,   lipoproteid   qobiqli ,   tojsimon   viruslar.   Bu   oilaga   tash qi
qobig‘ining     tuzilishi   umumiy   bulgan   viruslar   kiradi.   Virionlarning   tash qi
qo bi g‘ ida   to‘g‘nag‘ichga   o‘xshash   b o‘r tgan   joylar   qu yosh   tojini   eslatadi.
Koronaviruslar   yirikshoxli   h ayvonlar   va   parrandalarda   gepatit,   nevrit,   ich   o‘tish,
ensefalomielit   va   nafas   y o‘ li   kasalliklarini   qo‘ zg‘atadi   (Veterinariya
mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli   lug‘at     va
ma’lumotnoma,  68 ) .
LIMFA   \lot.   lympha   -   toza   suv,   namlik]   fiziol.   Hujayralar   orasidagi
bo‘shliqlar   va   limfa   tomirlarini   to‘ldirib   turuvchi   rangsiz,   tiniq   suyuqlik.   Bundan
tashqari,   mikroblar   o‘siq   devorlariga   qon   va   limfa   orqali   kelishlari   mumkin.   H.
57 Hakimov,   O‘tkir   appenditsit.   Quloq   suprasi   qon   tomirlari   bilan   birga   limfa
tomirlariga  ham boy.   “Fan va turmush ”   (O‘zbek tilining izohli  lu g‘ ati. V tomlik.
2-jild, 498) . 36
Veterenariya   atamalarida   faqat   hayvonlar   uchun   xoslangan   tushunchasi
beriladi:       LIMFA   (lot.   lympha   —   toza   suv,   namlik,   suyuqlik)   —   umurtqali
hayvonlar   limfa   tizimining   tarkibida   bo‘luvchi   qon   plazmasiga   yaqin   suyuqlik.
(Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli
lug‘at     va   ma’lumotnoma,   72 ) .   “ O‘zbek   tili   izohli   lug‘ati ” da   sekret   so‘zining
ma’nosi   quyidagicha   sharhlangan.     SEKRET   [lot.   secretus   —   ajratilgan,   ajratib
chiqarilgan]   biol.   Odam   va   hayvon   organizmidagi   bez   hujayralari   ishlab
chiqaradigan   va   ajratadigan   modda;   ajralma   (tupuk,   shilliq,   gormon   va   sh.k.).
Organizmning   normal   hayoti   uchun   sekretlar   muhim   ahamiyatga   ega.   “ O‘zME ” .
(O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  3-jild, 474) .   Veterenariya atamalarida esa
quyidagicha   izohlangan:   SEKRET   (   lot.   secretus   chiqarish,   ajratish)   –   ichki
sekretsiya bezlari  ishlab chiqarib qonga tushadigan  moddalar. Spetsifik fiziologik
xususiyatlarga   ega (Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,
epizootologiyasiga oid izohli lug‘at  va ma’lumotnoma,  102 ) . 
  Izohlardan   yana   bir   narsa   ko‘rinib   turibdiki,   bu   “ O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati” da har bir so‘z badiiy asarlardan, maqollardan va hk materiallardan misol
orqali  izohlanganidir.   Bu “O‘zbek tilining izohli  lu g‘ ati” barcha uchun tushunarli
bo‘lishga mo‘ljallanganligidadir. 
3.2.Veterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da
berilishi
1981 - yil   nashr   etilgan   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”   1-   va   2-jildida
veterinariyaga       oid   terminlar     juda   ko‘p   miqdorda   emas.   Faqat   bu   sohada   emas,
boshqa   soha   va   fanlarga   oid   terminlar   ham   kam   keltirilgan.   Buning   sababi
lig‘atning   kirish   qismida   izohlangan   bo‘lib,   unda   soha   va   fan   terminlarining   tor
doirada   qo‘llanib,   faqa t   o‘sha   soha   vakillarigagina   ma’lum   bo‘lgan   so‘zlar
36
 Ўзбек тилиниг изоҳли луғати. 2-жилд – Тошкент: ЎзM Э , 2006 –  Б. 498 .
58 keltirilmaganligi   aytib   o‘tilgan.   Shunday   bo‘lsa-da,     veterinariyaga       oid
terminlarning  ayrimlari  izohlangan.  Masalan,   1-jildda     veterinariya  so‘zining  o‘zi
keltirilgan:VETERINAR   –   Veterinariya   mutaxassisi,   mol   doktori.
VETERINARIYA   [r<lat]   Hayvonlarning   kasalliklari   va   ularni   davolash
to‘g‘risidagi fanlar sistemasi (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 177).
Bundan   tashqari   ayrim   terminlar   (krizis,   nevroz,   miokardit,   laringit,     va   hk)   ham
meditsinada, ham veterinariyada bor. 1981 - yil nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli
lu g‘ ati”ida   meditsina   termini   sifatida   izohlangan.   Chunki   kundalik   hayotda   xalq
orasida bu so‘zlar meditsina termini sifatida faol qo‘llaniladi. 
BRUSELLOZ  [r<ingliz] med. Uy hayvonlarida bo‘ladigan va ularning suti,
go‘shti,   qoni   orqali   odamga   ham   yuqadigan   og‘ir   kasallik   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 144). 
KASHAR –  Chorva qishlaydigan joylarda chorvachilik xodimlari, (cho‘pon,
zootexnik,   vetvrach   kabilar)ning   yashashi   va   ishlashi   uchun   moslangan   bino
(O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 374).
KRIZIS  [r<grek] 2.med. Kasallikning keskin o‘zgarishi, kasalning eng og‘ir
ahvoldan   tuzalishiga   tomon   o‘zgarish   payti   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   II
tomlik. 1-jild, 401).
KUYDIRGI   Qora   mol,   ot,   qo‘ylarda   bo‘ladigan,   ba’zan   odamlarga   ham
zarar keltiradigan yuqumli kasallik (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild,
402)  
LARINGIT   [r<grek]   med.   Hiqildoq   shilliq   pardasining   yallig‘lanishi
(O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 427)
MIKROB   [r<   grek]   Mikroskop   orqaligina   ko‘rish   mumkin   bo‘lgan   juda
mayda   jonivor   yoki   o‘simlik   organizmi.   Kasal   qo‘zg‘ovchi   mikroblar.   (O‘zbek
tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 463).
M IOKARDIT   –[r]   med.   Yurak   mushagining,   miokardning   yallig‘lanishi
(O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 466) 
59 NEVROZ   –[r<grek]   med.   Markaziy   nerv  sistemasining   kasalligi.   Umumiy
navroz. (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 500)
NEFRIT     –   [r<grek]   med.   Buyrak   yallig‘lanishi   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 501)
OQSIL   –II   Chorva   mollari   va   cho‘chqalarda   bo‘ladigan   yuqumli   kasallik
(O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 559)
PATOGENEZ   –[r<grek]   med.Kasallikning,   kasallik   jarayoninig   paydo
bo‘lishi   va   tadrijiy   takomili,   shuningdek,   patologiyaning   shu   jarayonning
o‘rganadigan bo‘limi. (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 579)
PNEVMONIYA   – [r<grek] med. O‘pkaning yallig‘lanishi  (O‘zbek tilining
izohli lu g‘ ati. II tomlik. 1-jild, 593). 
Yuqoridagi   so‘zlar   izohidan   ko‘rinib   turibdiki,   ular   termin   sifatida
izohlanganda, asosan, meditsina terminlari ostida izohlangan. Ammo shu terminlar
veterinariyada kasallik nomlari sifatida borligi uchun keltirib o‘tdik.  
Ammo ayrim so‘zlar faqat hayvon kasalliklari sifatida izohlangan. Masalan,
2-jildda   tegana   so‘zi   izohida   hayvonlarga   xos   kasallik   ekani   aytilgan.   Biroq   vet
termini   ostida   berilmagan.   Bundan   anglashiladiki,   bu   kasalik   nomi   xalq   orasida
qo‘llaniladigan   nom.   Lug‘atda   tegana   so‘zining   bir   ma’nosi   sifatida   keltirib
o‘tilgan:   TEGANA   –   Otlarda   bo‘ladigan   ,   teri   ostini   pishirib,   qabartiradigan
kasallik (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik. 2-jild, 151). 
Chechak   so‘zining   bir   ma’nosi   izohlanganda,   uning   termin   ekanligi
aytilmagan.   CHECHAK   II   Badanga   suvli   pufakchalar   toshirib,   isitma
chiqaradigan,   ko‘pincha   bolalarda   bo‘ladigan   og‘r   yuqumli   kasallik.   Bolaga
chechak chiqibdi (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik.  2-jild, 365). 
Ammo   veterinariya   sohasidagi   epizootologiya   va   infeksiyon   kasalliklar
bo‘limida chechak kasali keltirilgan.  37
  
EXINAKOKK   [r<grek] It, mushuk, bo‘ri ichaklarida bo‘ladigan, urug‘I uy
hayvonlari   orqali   odamga   o‘tsa,   miya,   o‘pka,   jigar   va   boshqa   ichki   organlarga
37
 Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. – Б.379
60 joylashib   o‘sib,   g‘umbakka   aylanib   og‘ir   kasallika,   hatto   o‘limga   ham   sabab
bo‘ladigan tasmasimon gijja (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik.  2-jild, 457).
Yallig‘lanish   so‘zi   ham   izohli   lug‘atda   quyidagicha   sharhlangan:   qizib,
qizarib   shishish.   Ichak   yallig‘lanishi,   o‘pka   yallig‘lanishi.   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati.   II   tomlik.     2-jild,   480).   Lekin   bu   so‘z   ham   termin   sifatida   izohlanmagan.
Ammo veterinariya sohasida ham bu kasallik keltirilgan.  38
  
YAG‘IR   1   Ot,   eshak,   tuya   singari   hayvonlar   ustida   terining   og‘ir   yukdan
ezilishi,   ishqalanishi   tufayli   yuz   beradigan   yiringli   yara,   jarohat   Yoli   quyuq
eshakdan,   yag‘ir   bo‘lgan   ot   yaxshi.   Maqol.   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.     II
tomlik. 2-jild, 493).
O‘SMA   II   med.   Odam   yoki   hayvonlar   organizmida   paydo   bo‘ladigan,
odatda zararli shish. Jigar o‘smasi. Miya o‘smasi (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II
tomlik.  2-jild, 516).
QOQSHOL   II   med.   Tuproqda   bo‘ladigan   mikrobdan   yuqadigan   qattiq
tortishib, qaqshab qitib qolish kasalligi (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik.  2-
jild, 609).
QUTURISH   2   Hayvonlarda   va   odamda   bo‘ladigan,   asosiy   belgisi   suvdan
qo‘rqishdan iborat og‘ir yuqumli kasallik (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. II tomlik.
2-jild, 627).
QO‘TIR 1   Badanda pufakchalar hosil qilib, qattiq qishishtiradigan yuqumli
teri   kasalligi.   2.  Shunday   kasallikka   yo‘liqqan.  Qo‘tir   bola.    Qo‘tir   echki.   Pismiq
egasidan xo‘p kaltak yeb, yana biltanglab qolgan qo‘tir itdek egilib-bukilib, yerga
sirpangandek   bo‘lib   inqilladi.   M.Ismoiliy,   Farg‘ona   t.o.   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati. II tomlik.  2-jild, 642).
2006-2008-yillarda   nashr   etilgan   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da
veterinariyaga  oid so‘zlar  keltirilgan. Ayrim  veterinariya sohasida  qo‘llaniladigan
terminlar   bu   lu g‘ atda   “vet”   belgisi   bilan   berilmagan,   chunki   bu   terminlarning
38
 Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. –  Б.54
61 ayrimlari   xalq   tilida   qo‘llaniladi   yoki   tibbiyot   terminida   ham   qo‘llaniladi.   Bular
quyidagilar: 
BAVOSIR   tib.   To‘g‘ri   ichakning   va   orqa   chiqaruv   yo‘li   venalarining
kengayishi  hamda tugunchalar hosil  bo‘lishi  natijasida paydo bo‘ladigan kasallik.
Surunkali   bavosirga   yantoq   ara-lashmasidan   tayyorlangan   malham   qo‘llaniladi.
“Fan va turmush”.   Bavosirni  muta-xassis  vrach davolaydi.   “Salomatlik”.   (O‘zbek
tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild, 158).
BOTULIZM   \lot.   botulus   —   kolbasa]   Odamlarda,   shuningdek,   ayrim
sutemizuvchi hayvonlarda uchraydigan o‘tkir yuqumli ka-sallik.   Botulizm mikrobi
faqat   anaerob   (havosiz)   sharoitda   rivojlanadi.   “O‘zME”.   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild, 392).  
BRONXIT   tib.   Bronxlar   (asosan,   shilliq   pardalari)ning   yallig‘lanishidan
iborat nafas yo‘llari kasalligi.  Biz tez-tez sha-mollab turamiz. Bu kasallik, ayniqsa,
kuzda xuruj qilib, tumov, bronxit, angina shak-lida yuz beradi.  Gazetadan.  (O‘zbek
tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild).
VETERINAR   [lot.   veterinarius   -   veterinariya   mutaxassisi,   vrachi]
veterinariya     bo‘yicha   oliy   malakali   mutaxassis;   mol   doktori.   Hozirgi   zamon
veterinariy lari   faqat   kasal   hayvonlarni   davolabgina   qolmay,   sog‘lomlarini   ham
tekshirib   turishadi,   ularni   kasallik   yuqishidan   ehtiyot   qilishadi,   kasalga
chalinmasligi uchun emlashadi. “U  kim, bu nima?”  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati.
V tomlik.  1-jild, 543).
VETERINARIYA   [lot.   veterenarius   —   hayvonlarni   boquvchi,
parvarishlovchi;   hay-vonlarni   davolovchi]   Hayvonlarning   kasalliklari,   ularning
oldini olish usullari hamda ushbu kasalliklarni davolash to‘g‘risidagi fanlar tizimi.
O‘rtog‘im   tanishganimizdan   buyon   mol   doktori   bo‘laman,   deb   yurardi.
Hujjatlarini   veterinariya   texnikumiga   topshirdi.   X.   To‘xtabo y ev,   S h irin   qovunlar
mamlakati.  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild, 543).  
GAYMORIT   [ingl.   Highmore   —   ingliz   vrachi   va   anatomi   N.   Gaymor
nomidan]   tib.   Yuqori   jag‘   (Gaymor)   bo‘shlig‘i   shilliq   pardasining,   ba’zan   esa
62 suyak   devorlarining   yallig‘lanishi   (ko‘pincha   grippning   asorati   sifatida   namoyon
bo‘ladi)  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild, 565).
GIJJALAR   Odam,  hayvon   va   boshqa   tirik   organizmlarda   yashab,   kasallik
paydo   qiladigan   parazitlarnint   umumiy   nomi;   gelmintlar.   Ichakda   o‘rnashib
oluvchi pakana gijja tuxumi ham bolalar yashovchi  muhitda ko‘p uchraydi.   «Fan
va turmush» (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild) .
GEPATIT   [yun.   hepar.   hepatos   —   jigar]   Jigarning   yallig‘lanishi.   Virusli
gepatit   yuqumli   kasallik   bo‘lib,   unda   asosan   jigar   shikaspshnadi.   “ Fan   va
turmush ” .  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild, 588).
LARINGIT  \lot.  laryngitis <  yun.  larynx, laryngos —  h iqildoq|  tib.  Hiqildoq
shilliq pardasining tumov, gripp va b. shu kabi kasalliklar oqibatida yallig‘lanishi.
(O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  2-jild).
OPERATSIYA   [lot.   operatio — ish, harakat, faoliyat]   1  Ba’zi kasalliklarni
davolash   maqsadida   kasallangan   joyni   jarro hl ik   yo‘li   bilan   yorish,   kesish,   tikish.
Ko‘z   operatsiyasi.   Operatsiya   stoli.   U   vrachlarning   taklifini   kutmay,   operatsiya
xonasi yoniga o‘zi chiqib turdi.   T. Ashurov, Oq ot.   (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati.
V tomlik.   3 -jild,  129) .  
PANDEMIYA  \yun.  pandemia - butun xalq < pan — butun, barcha + demos
— xalq]  tib.  Epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamlakat yoki qit’ada
yoppasiga tarqalishi  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  3-jild, 212).  
PANZOOTIYA   [pan.. +   yun.   zoon - hayvon] Hayvonlar o‘rtasida yuqumli
kasallikning butun mamlakat, bir qancha mamlakat, qit’a bo‘ylab juda tez va keng
tarqalishi   (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  3-jild, 213).  
PARAZIT   [yun.   parasitos   —   tekinxo‘r;   ham-tovoq]   1   sft.   biol.   Boshqa
organizmlarning tanasida yoki ichida yashab, uning hisobiga oziqlanuvchi jonivor
yoki o‘simlik.  Parazit o‘simlik. Parazit hayvon.  .  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V
tomlik.   3 -jild,  217) .  
63 RINIT   [yun.   rhis,   rhinos   —   burun]   Tumov;   burun   shilliq   qavatining
yallig‘lanishi.  Rinit bilan og‘rimo q  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  3-jild,
386).  
SARKOMA   [yun.   sarx,   sarkos   —   go‘sht,   et   +   omos   —   xom,   pishmagan:
shish,   o‘sma   borligini   bildiruvchi   qo‘shimcha]   tib.   Asosan,   biriktiruvchi
to‘qimalardan  (suyak, pay-mushak  va  b.)   paydo  bo‘ladigan  xavfli   o‘sma   (O‘zbek
tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.   3 -jild,  450) .  
TEGANA   I I   1   maxs.   Tegirmon   toshlari   orasidan   chiqayotgan   un   tushib
yig‘iladigan gardishsimon joy.
2   Otlarda   bo‘ladigan,  teri   ostini  shi-shirib,  qabartiradigan   kasallik.   (O‘zbek
tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  4-jild, 46).  
CHURRA   Ichki a’zolardan birining yoki ular bir qismining, mas, ichaknint
osilib,   biror   bo‘shliqqa   ichki   qorin   pardasi   bilan   turtib   chiqib   qolishidan   iborat
kasallik;   dabba.   C h urra   umurtqalararo   diskdan   chiqadigan   bo‘lsa,   bel   va
oyoqlarga   og‘riq   beradi,   harakat   cheklanadi.   “ O‘zME ” .   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati. V tomlik.  4-jild, 517). 4-517
SHISH   Organizm   to‘qimalarining   tashqi   ta’sir   yoki   kasallik   tufayli   bo‘rtib
chi-qishi;   bo‘rtma;   o‘sma.   Y o mon   shish.   O‘ pka   shishi.   S h ishni   davolamoq.   -Axir
darmonim yo‘q, bod kasalim bor, oyog‘im shish, bu yil menga rahm qiling, — deb
yalindi   S h arif   ota.   J.   Sharipov,   Xorazm.   Agar   bu   shish   gazak   shishi   bo‘lsa,
paxtadog‘   foyda   qiladi,   lekin   rak   shishi   bo‘lsa,   avj   oldiradi.   A.   Qa hh or,   Qo‘sh-
chinor chiro ql ari.  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  4-jild, 583).  
EKZEMA  [lot.  eczema - toshma < ekzeo — qaynab toshaman]  tib.  Terining
nerv   va   endokrin   sistema   faoliyatining   buzilishi,   organizmda   surunkali   infeksiya
manbai   bo‘lishi,   shuningdek,   me’da-ichak   kasalliklari   tufayli   organizm
sezuvchanligining   ortishi   bilan   kechadigan   surunkali   allergik   kasalligi.   Ekzema
organizmda modda almashinishining buzilishi tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin.
Gazetadan.  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild,  24 ).
64 EMFIZEMA   [yun.   emphysema — bo‘rtish, shishish, qappayish]   tib.   Kishi
organizmi to‘qimasida yoki biror a’zosida havoning to‘planib qolishi natijasida shu
a’zoning   shishuvidan   iborat   kasallik.   O‘pka   emfizemasi.   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild,  38 ).
EXINOKOKK  [lot.  echinos - tipratikan + kokkos — don, urug‘: sharsimon
bakteriya]  tib.  It, mushuk, bo‘ri ichaklarida bo‘ladigan, urug‘i uy hayvonlari orqali
odamga o‘tsa, miya, o‘pka, jigar va b. ichki a’zolarga joylashib, o‘sib, g‘umbakka
aylanib,   og‘ir   kasalikka,   hatto   o‘limga   ham   sabab   bo‘ladigan   tasmasimon   gijja.
Qiz in gizning   o‘pkasiga   exinokokk   tushgan,   ahvoli   an ch a   og‘ir..   Y.   S h ukurov,
Xirurg.  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild,  63 ).
YALLIG‘LANISH 2 .   Organizmning zararlangan (lat  y egan, jarohatlangan.)
joyida   qizish,   qizarish,   shishishdan   iborat   og‘riqli   jarayon.   Ichak   yallig‘lanishi.
O‘pka   yallig‘lanishi.   Doktor   nazoratida,   kunlar   o‘tgan   sari   jarohatdagi
yallig‘lanish   qaytib,   oyog‘im   yerdan   yengil   ko‘chadigan   bo‘lib   qoldi,   —   dedi
Hamro.   N.   Safarov,   Tirilgan   odam.   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V   tomlik.     5-
jild, 107).
YARA   1   tib.   Teri   yoki   shilliq   pardaning,   shuningdek,   teri   osti
to‘qimalarining turli sabablarga ko‘ra nobud bo‘lgan qismi ko‘chib, uning o‘rnida
hosil bo‘ladigan nuqson.  
2   Tig‘, zarb va sh.k. ta’sirida hosil bo‘ladigan shikast; jarohat.   Yomon yara.
Tig‘   yarasi.   Yarani   davolamoq.     U..   granata   oskolkasi   o‘ng   oyog‘ini   yorib
yuborgan,   okop   devoriga   suyanib   tipirchilayotgan   soldat   yoniga   borib,   yarasini
bog‘lay boshladi.   A. Ubaydullayev, Qonli  izdan.   Qonli ko‘ylakni  Qoratoy ehtiyot
bilan   tilib,   yarani   ochdi.   Y a ra   ko‘krakda,   yurakka   yaqin:   undan   quyuq   qon   hali
ham   siljib   turar   edi.   Oybek,   Tanlangan   asarlar.   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V
tomlik.  5-jild, 116).  
YAG‘IR   1   Ot,   eshak,   tuya   singari   hayvonlar   ustida   terining   og‘ir   yukdan
ezilishi,   ishqalanishi   tufayli   yuz   beradigan   yiringli   yara,   jarohat.   Y o li   quyuq
eshakdan,   yag‘ir   bo‘lgan   ot   yaxshi.   Maqol.   Tuya   qancha   kashta   bo‘lsa,   yag‘iri
65 ham shuncha katta.  Maqol.   Y o‘ ng‘ichqapoyalarga so‘yib yuborilgan eshaklarning
yag‘irlarini qarg‘alar cho‘qimoqda.  S. Ayniy, Qullar.
2  ko‘chma  Og‘ir yuk yoki zarba tufayli kishi yelkasida hosil bo‘lgan jarohat,
yara.   Y a g‘ir etdi arson elkamni, Badan kuyib, tosh bo‘ldi tovon.   E. Rahim.   Og‘ir
yukda yag‘ir bo‘ldi   o ppoq, nozik   y elkalar.   Hamza.   Husan — mo‘min, qobil bola.
Ye lkasi   Sa ri msoqboyning   qamchisidan   yag‘ir   bo‘lgan,   —   dedi   Arslonqul.   B.
Rahmonov, Mardlar qissasi.
3   ko‘chma   Juda   iflos,   isqirt   (ust-bosh   haqida).   To‘pping   muncha   yag‘ir
bo‘lib ketibdi. Y a g‘ir yostig‘ingizni  y erga qo‘ying, — dedi Xolniso, — baytalmonni
muncha   quchoqlaysiz.   Mirmuhsin,   C h iniqish.   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V
tomlik.  5-jild, 116).
O‘SIMTA   Odam, hayvon yoki o‘simlik tanasidan o‘sib, bo‘rtib yoki turtib
chiqqan qism.  Ko‘richak o‘simtasi. Murtak (chigit) o‘simtasi.    Nerv to‘tsimasi nerv
hujay-ralaridan,   ya’ni   neyronlardan   hosil   bo‘ladi,   neyronlar   esa   tana   va
o‘simtalardan   iborat.   «Anatomiya».   Quyon   miyachasining   birgina   hu-jayrasida
oltmish   mingdan   ko‘p   o‘simta   bor.   N.   Y o qubov,   Jon.   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild, 173).  
O‘SMA   II   tib.   Organizmdagi  o‘zgargan va o‘zining odatdagi shakli hamda
vazifasini   yo‘qotgan   hujayralardan   iborat   to‘qimalarning   zo‘r   berib   o‘sib   ketishi.
Jigar   o‘smasi.   Miya   o‘smasi.     Tajribalardan   ma’lum   bo‘ldiki,   kobraning   zahari
hammo   rak   o‘smasini   ham   o‘sishdan   to‘xtata   olar   ekan.   “Fan   va   turmush ” .
(O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild, 173).  
O‘CHOQ   1   Orqa   va   yon   tomonlari   yopiq   bo‘lib,   ichiga   o‘t   yoqiladigan,
ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan qurilma.  Loy o‘choq. Er o‘choq.
Temir o‘choq.    Tosh o‘choqda archa cho‘g‘i yallig‘lanib turibdi.  P. Qodirov, Qora
ko‘zlar.   Brigada   buloqqa   yaqinroq   joydan   o‘choq   kovlab,   qozonni   o‘rnatdi.   S.
Anorboyev,   Oqsoy.   Kunchiqar   tomonda   katta   o‘choq,   qozonda   sho‘rva   qaynab
turibdi.   “Ertaklar”.   Himmat..   o‘choqda   lovullab   yonayotgan   o‘tga   kosovni   tutib..
66 papirosini   tutatib   oldi.   M.   Muhamedov,   Qimmat   bilan   Himmat.   (O‘zbek   tilining
izohli lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild, 1 88 ).
2   ko‘chma   Biror   narsa   paydo   bo‘ladigan,   amalga   oshadigan,   tarqaladigan
joy;   manba,   markaz.   Bilim   o‘chog‘i.   Ma’rifat   o‘chog‘i.   Tarbiya   o‘chog‘i.
[Elmurod]  Agar  o‘zi  bu yerdan  ketganda ham, dastlabki  madaniyat  o‘chog‘ining
abadiy   qolishini   o‘ylab,   o‘zidan-o‘zi   g‘ururlandi.   P.   Tursun,   O‘qituvchi.   Xullas,
Sheroz qadimdan adabiyot, san’at o‘choqlaridan biri bo‘lgan, u yerda miniatyura
maktabi   ham   rivojlangan.   Gazetadan.   Mamlakatning   markaziy   va   shimoliy
tumanlarida   yong‘in   o‘choqlari   soni   ortib   bormoqda.   Gazetadan.   Qumqishloq
dehqonlarini   qadimdan   qiynab   kelgan   botqoqlarni   isitma-bezgak   o‘choqlarini
quritish   uchun   bir   necha   chaqirim   uzunlikda   zovur   qazish   kerak.   H.   G‘ulom,
Mash’al.  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild, 188).  
QOQSHOL  II  tib.  Odam va hayvonlarda organizmga terining jarohatlangan
yeridan   kirib,   o‘zidan   zahar   ajratib,   butun   orga-nizmni   zaharlovchi   tayoqcha
shaklidagi   alohida   mikrob   qo‘zg‘atadigan   o‘tkir   yuqumli   kasallik   (bemor
kamalakdek   egilib   qoladi   va   har   qanday   tashqi   ta’sirdan   tirishib   qolaveradi).
Sultonning oyog‘i shishib ketdi.. Madali aka: -Hozir darrov ukol qilmasa, qoqshol
bo‘lib   qoladi,   —   dedi-da,   dori   sumkasini   tita   boshladi.   A.   Muxtor,   Davr   mening
taqsirimda.  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild,  357 ).
QUTURISH 1 Q UTURMOQ   fl. har. n.  Rashk asossiz gumonlar jazavasining
quturishidan boshqa narsa emas.  Gazetadan.
2   Hayvon   va   odamlarda   viruslar   qo‘zg‘atadigan,   quturgan   hayvon
tishlaganda   yoki   so‘lagi   tekkanda   yuqadigan,   markaziy   nerv   sistemasi
funksiyasining   izdan   chiqishi,   tomir   tortishishi,   falajlik,   hiqildoq   va   nafas   yo‘li
muskullarining   spazmi   bilan   o‘tadigan   o‘tkir   yuqumli   kasallik.   Uo‘zi   bunyod
qilgan   laboratoriyasida..   o‘n   yilcha   ilmiy   tadqiqot   ishlari   bilan   shug‘ullanib,
kuydirgi, bo‘g‘ma va quturish kabi dahshatli kasalliklarga dunyoda birinchi bo‘lib
davo   topdi.   “Fan   va   turmush ” .   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V   tomlik.     5-jild,
392 ).
67 QO‘TIR 1  Badanda pufakchalar hosil qilib, qattiq qichishtiradigan yuqumli
teri  kasalligi.   Tiqilinch  va   iflos   joylar-da,  yotoqlarda  yashovchi  kishilar  turli   ter-
lama, qo‘tir.. va boshqa shunga o‘xshash yuqumli kasalliklarga duchor bo‘ladilar.
N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish.
2  Shunday kasallikka yo‘liqqan.  Qo‘tir bola. Qo‘tir echki.    Pismiq, egasidan
xo‘p   kaltak   yeb,   yana   biltanglab   qolgan   qo‘tir   itdek,   egilib-bukilib,   yerga
sirpangandek   bo‘lib  inqilladi.   M.   Ismoiliy,  Farg‘ona .   t.  o.   (O‘zbek  tilining  izohli
lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild,  417 ).  
3.3.   “ O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da       mavjud   ayrim   so‘zlarning
veterinariya terminlari bilan shakldosh bo‘lishi  
O‘zbek   tilshunosligida   terminologiya   masalasiga   doir     tadqiqotlarda
umumxalq   ishlatadigan   so‘zlar   bilan       terminlar   o‘rtasida   yuz   beradigan
shakldoshlik,         bir   sohadagi   terminlarning   ikkinchi   sohadagi   terminlar   bilan
shakldosh bo‘lishi haqida fikrlar bildirilgan. 39
  Bir sohada shakldosh bo‘lishi ijobiy
hodisa   sifatida   baholanmaydi.     Mazkur   bo‘limda   umumxalq   ishlatadigan   so‘zlar
(“ O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da   izohi   berilgan   leksemalar)   va   veterinariya
terminlarining shakdoshligiga e’tibor qaratildi. 
ASSOTSIATSIYA   [lot.   associatio   -   qo‘shil-ma,   birlashma]   1   Umumiy
maqsadga   erishish   uchun   tuzilgan   uyushma,   ittifoq.   O‘zbekiston   Buxgalterlar   va
auditorlar   assotsiatsiyasi   sizni   o‘qishga   taklif   qiladi.   Gazetadan.   As-
sotsiatsiyaning   asosiy   vazifasi   yo‘lboshchimiz   sudlar   faoliyati   mohiyatini   tubdan
o‘zgar-tirish   borasida   qo‘ygan   vazifalarni   izchil-lik   bilan   bajarshidan   iboratdir.
Gazetadan.  2   psxl.   Nerv-miya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan alohida psixik aktlar,
ya’ni   tasavvurlar,   fikrlar,   his-tuyg‘ular   orasidagi   bog‘lanish   va   shu   bog‘lanishga
asoslangan   idrok.   O‘xshashlik   natijasidagi   assotsiatsiya   (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati.   V   tomlik.     1-jild,   10).   Veterenariya ga   oid     lug‘at larda   bu   termin   boshqa
ma’noni   ifodalab   kelgan:     ASSOTSIATSIYA   —   tabiiy   yoki   maxsus   yaratilgan
39
  Абдиев  М. Соҳа лексикасининг систем таҳлили муамммолари. –Тошкент, 2006. –Б.13;  Исломов И. Ўзбек
тилининг   географик   терминологияси:   тизими,   генезиси,   семантик   структураси   ва   лексикографик   талқини:
Филол.фан.докт(DSc)…дисс.автореф. –Тошкент, 2021. – Б.21.
 
68 sharoitda   mavjud   bo‘lgan   har   xil   turdagi   mikroorganizmlar   guruhi   (Veterinariya
mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli   lug‘at     va
ma’lumotnoma,17).   Shakldoshlik   haqidagi   fikrlarni   izohlashda   “ O‘zbek   tili ning
izohli   lug‘ati ”   bilan     “Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,
epizootologiyasiga oid izohli lug‘at  va ma’lumotnoma”, “ Biologiya atamalarining
izohli   lu g‘ ati”,     “ Kimyo   atamalari   lu g‘ ati ”   lug‘atlaridagi   ma’lumotlarga
tayaniladi. 40
AGAR  [f. yukl.  S h art ergash gaplar-ning boshida kelib,  -sa, -sa ham, -ganda
va sh. k. shart affikslari yordamida ifodalangan ma’noni kuchaytiradi, ta’kidlaydi.
Agar u kelgan bo‘lsa, o‘zini b il dirgan bo‘lar edi.   Oybek, Tanlangan asarlar.   Agar
shu   kolxozlar   ham   bosh   qo‘shadigan   bo‘lsa,   damba   yigirma-yigirma   besh   kunlik
ish.   A.   Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari.   Agar   uning   [qutidorning]   yonida   usta
Olim bo‘lmaganda edi, ehtimol, u qay vaqtlargacha serrayib qolar edi.  A. Qodiriy,
O‘tgan kunlar   (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild,  36 ) .
Bu   so‘z   v eterenariya   atamalarida quyidagi   ma’noda   ishlatiladi.     AGAR   —
dengiz   suv   o‘tlaridan   olinadigan   mahsulot,   suvdagi   eritmasi   ilvira   hosil   qiladi.
Mikrobiologiyada   mikroorganizmlarning   yashashi   va   ko‘payishi   uchun   qattiq,
yarim   suyuq   ozuqa   muhitlari   tayyorlashda   va   emlash   vositalari   (vaksinalar)
samaradorligini   oshiruvchi   modda   sifatida   ishlatiladi   (Veterinariya
mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli   lug‘at     va
ma’lumotnoma, 5) . Kimyo atamalarida bu so‘z takrorlanib, boshqa bir tushunchani
ifodalash   uchun   qo‘ llaniladi.     AGAR-AGAR   (suv   o‘ ti)   –   ayrim   dengiz   suv
o‘ tlaridan   olinadigan   mahsulotdir,   uning   asosiy   tarkibiy   qismi   murakkab
polisaxarid b o‘ lib, tarkibida galaktoza va boshqa moddalar b o‘ ladi. Uning qaynoq
eritmasi   sovitilsa   quyuqlashib   iviqqa   aylanadi.   U   kimyoda,   tibbiyotda,
40
  Салимов   Ҳ.С. ,   Сайитқулов   Б. ,   Салимов   И.Ҳ.     Ветеринария   микробиологияси,   вирусологияси,
эпизоотологиясига   оид   изоҳли   луғат   ва   маълумотнома .   –   Тошкент:   Tafakkur ,   2013;   D o‘ stmurodov   T ,
Otaq o‘ ziyev   T.   Kimyo atamalari  lu g‘ ati .   – Toshkent:   O ‘ zbekiston, 2003 ; Zikriyayev  A., Fayzullayev  S. Biologiya
atamalarining izohli lu g‘ ati. – Toshkent: Bilim, 2004.
69 mikrobilolgiyada   qattiq   oziq   muhit   tayyorlashda   va   konditer   sanoatida   ishlatiladi
(Kimyo atamalari lu g‘ ati, 5).Ana shu tarzda agar so‘zining takror shakli biologiya
terminlarida   boshqa   mazmunda   ishlatiladi:   AGAR-AGAR   ba’zi   qizil   suv
o‘ tlaridan   ajratib   olinadigan   murakkab   uglevodlar   aralashmasi.   Oziq-ovqat
sanoatida,   mikrobiologiya,   biokimyo   va   boshqalarda   ilmiy   maqsadlar   uchun
ishlatiladi ( Biologiya atamalarining izohli lu g‘ ati, 8) .
AGGLYUTINATSIYA   [lot.   agglutinatio   -yopishtirish]   1   biol.   Suyuqlik
ichida muallaq suzib yuradigan zarrachalarning, mas, qizil va oq qon tanachalari,
mikroblar va sh.k. ning bir-biriga yopishib, qumoq-qumoq bo‘lib cho‘kishi.
2  t i lsh.  So‘z yasalish yoki shakl (forma) yasalish asosini o‘zgartmagan holda
unga   standart   affikslarni   qo‘shish   orqali   so‘z   yoki   shakl   yasalishi.
Agglyutinatsiyada   har   bir   affiks   faqat   bir   grammatik   ma’noga   ega   bo‘ladi.   Mas,
terimchilarimizga  so‘zidagi har bir qo‘shimcha  (-im, -chi, -lar, -{i)miz, -ga)  o‘ziga
xos ma’no va vazifaga egadir  (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  1-jild, 36) .
AGGLYUTINATSIYA   (lot.   agglutinatio   —   yopishmoq)   —   korpuskulyar
zarrachalar-viruslar,   bakteriyalar,   eritrotsitlar,   leykotsitlar,   trombotsitlar,   to‘qima
hujayralari, korpuskulyar kimyoviy faol zarrachalarning ularga qarshi hosil bo‘lgan
antitelolar — agglyutininlar ta’sirida bir-biriga yopishib qolib, cho‘kmaga tushishi
Veterinariya mikrobiologiyasi, virusiologiyasi, epizootologiyasiga oid izohli lug‘at
va   ma’lumotnoma,   7) .   AGGLYUTINATSIYA   –   yopishuvchanlik   –   antigen
zarrachalar   (Masalan,   bakteriyalar,   eritrositlar,   leykositlar   va   boshqalar)ning,
shunigdek,   antigenlar   yopishgan   har   qanday   inyert   zarralarning   agglutinenlar
ta ' sirida   yopishib   va   agregatlar   hozil   qilib   chokmaga   tushishi.   Bu   reaksiyadan
infeksion kasalliklarni, qon guruhlari, shuningdek, mikroorganizmlarni aniqlashda
foydalaniladi. ( Biologiya atamalarining izohli lu g‘ ati )  
ZARDOB   [f.   —   safro;   yaradan   oqa-yotgan   sariq   suyuqlik]   1   Qatiq   yoki
ivigan   sutdan   ajralib   chiqadigan   sarg‘ish   suyuklik.   Sutga   yoki   qatiq   zardobiga
qorilgan xamir-dan tayyorlangan non xushta’mlik xossasiga ega bo‘ladi.   «Fan va
turmush».   -Ha,   aytgan-day,   sal   bo‘lmasa   esimdan   chiqay   depti,   ke-yinroq
70 xurmachaning ustini ochib qo‘ygin, o‘zing bilasan-ku, bolam, yana, zardob yig‘ib,
uyimay qolmasin.  S. Anorbo y ev, S h erali.
2   Kasallangan   yoki   jarohatlangan   a’zodan   ajralib   chiqadigan   suyuqlik.
Shakar   qo‘shib   iste’mol   qilinadigan   tolqon   —   zardobi   qaynovchi   barcha
kishilarga davodir.  Gazetadan.
3  tib.  Qon va limfaning ivishidan hosil bo‘ladigan suyuqlik va undan tayyor-
lanadigan   suyuq   dori.   Davolash   uchun   yuboriladigan   dorilar   o‘rtasida   hozirgi
kunda zardob [sivorotka] vaksinalar soni ortib bormoqda.  N. Ismoilov, Kasallarni
parvarish qilish.
4   ko‘chma   Dard-alam.   Shahzodaxon   shularni   o‘ylaydi,   yuragiga   yig‘ilib,
unga   tobora   ozor   berayotgan   zardobni   qanday   bo‘shatish   yo‘lini   izlaydi.   K.
Y a shin,   Hamza.   Evoh.   Bu   ham   to‘xtamadi,   o‘tdi.   Qalbga   zardob   bo‘lib   tomdi
o‘kinchi.  A. Muxtor.
Zardob   yutmoq   Dard -alam   chekmoq.   Suhbat   qilsang   Zuhra   bilan
gulbog‘da, Men yashirin zardob yutdim shu chog‘da.   S. Abdulla, Tohir va Zuhra.
Beklarning ishqidan zardob yutaman, To o‘lguncha beklarni  yod etaman.   «Y u suf
va   Ahmad».   Y u ragi   zardobga   to‘lmoq ,   d ard - alamga   botmoq.   Xo‘p,   mayli,   o‘zim
ham  yotaverib,   yuraklarim   zardobga   to‘lib  ketdi.   N.  Aminov,  Suvarak.   Y o qubjon
negadir   zardobga   to‘lib   o‘tirgan   ekan,   shekilli,   do‘ng‘shlab   javob   berdi.   A.
Qah ho r, Sarob.   Ibn Sino shularni  o‘ylab, yuragi zardobga to‘ldi-da, ko‘zining bir
chekkasidan   yumalab   chiqqan   yoshni   barmog‘i   bilan   artdi.   M.   Osim,   Karvon
yo‘llarida   (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  2-jild, 136) .
Veterenariya   atamalarida   bu   so‘ z   kasallik   nomi   sifatida   sharhlanadi.
ZARDOB   KASALLIGI   —   biror   oqsil   (antigen)   organizmga   takror
yuborilganida,   uning   birinchi   yuborilganiga   qarshi   hosil   bo‘lgan   antitelolarning
uchrashi   (bir-biriga   yopishishi   natijasida)   paydo   bo‘ladigan   kasallik.   Zardob
kasalligi ayniqsa, avvaldan shu zardobga sezgirligi oshgan hayvonlar va odamlarda
og‘ir   kechadi   (Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga
oid   izohli   lug‘at     va   ma’lumotnoma,   46).   Biologiyada   bu   so‘z   bildiradigan
71 tushuncha   davolash   ishlarida   ishlatiladi   narsaga   nisbatan   ishlatiladi .   ZARDOB   –
odam yoki hayvon qoniningshaklli  elementlaridan tozalangan suyuq qismi bo‘lib,
diagnostik   yoki   davolash   ishlarida   q o‘ llaniladi   ( Biologiya   atamalarining   izohli
lu g‘ ati ,  151) .
KRIZIS   \yun.   krisis   —   hal   qilish;   buri-lish   nuqtasi;   oqibag‘]   1   Birdan,
to‘satdan   yuz   bergan   o‘zgarish,   tang   va   mushkul   ahvol;   tanglik.   Iskandar   ruhiy
krizisni boshidan kechirayotganida, Ashur unga eng makkor, hiylakor, yovuz odam
bo‘lib  tuyuldi.   “O‘TA ” .   Ishsizlik   va  uy-joy  krizisidan  million-million  boshpanasiz
amerikaliklar azob chekmoqda. ( Gazetadan).
Siyosiy   krizis   Xalq   ommasining   umumiy   ahvol   va   hukumat   siyosatidan
qat’iy   noroziligi   orqasida   mamlakatda   vujudga   kelgan   tang   siyosiy   holat.
Hukumat   krizisi   Eski   hukumatning   iste’fo   berishi   h al   etilgan,   ammo   hali   yangi
hukumat tuzilmagan davr.
2   tib.   Kasallikning   keskin   o‘zgarishi,   kasalning   eng   og‘ir   ahvoldan
tuzalishga   tomon   o‘zgarish   payti.   ..isitmaning   tartibli   sur’atda   pasayib   borishida
asosan   ikki   hol   mavjud.   Bundan   biri   «lizis»,   ikkinchisi   “ krizis ”   deb   ataladi.   N.
Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish.
3   iqt.   Nizoning   keskin   shakli   bo‘lib,   maqsad   va   mablag‘,   taktika   va
strategiyaning qarama-qarshiligini, qimmatli qog‘ozlarning qayta baholanishini aks
ettiradi.   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V   tomlik.     2-jild,   417) . Veterenariya
atamalarida   izohli   lug‘atdagi   ikkinchi   ma’no   aks   etgan:   KRIZIS   (gr.   krisis   —
tasodif   o‘zgarish)   —   kasallik   tez   kechayotgan   paytda   haroratning   zudlik   bilan
me’yorgacha   yoki   hattoki,   undan   ham   pastga   tushishi   natijasida   vujudga   kelgan
keskin   burilish   holati   (Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,
epizootologiyasiga oid izohli lug‘at  va ma’lumotnoma, 69) .
    MARKER   I   \fr.   marqueur   <   marquer   —   belgilamoq,   belgi   qo‘ymoq]
Bilyard o‘yini-da: hisob olib boruvchi va bilyardchilarga xizmat ko‘rsatuvchi kishi.
MARKER   II   q.x.   Egat   olish   va   ekin   ekish   uchun   reja   chizig‘i   tortuvchi
asbob; xatkash.   (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.  2-jild, 546) . Veterenariya
72 atamalarida   bu   so‘z   boshqa   tushunchani   ifodalash   qo‘ llaniladi.     MARKER   (fr.
marquer   —   belgilamoq)   —   marker   irsiy   belgi   bo‘lib,   u   orqali   har   xil
mikroorganizmlar   va   sun’iy   o‘stirilayotgan   hujayralar   bir-biridan   farqlanadi.
Masalan, marker bo‘lib fermentlar, transferinlar, antigenlar yoki boshqa moddalar
xizmat   qilishi   mumkin   (Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,
epizootologiyasiga oid izohli lug‘at  va ma’lumotnoma, 74) .
OILA   [a.   4 ±.U   —   bola-chaqa,   xonadon;   urur,   avlod]   1   Er-xotin,   ularning
bola-cha-qalari   va   eng   yaqin   tug‘ishtanlaridan   iborat   birga   yashovchi   kishilar
majmui;   xonadon.   Ahil   oila.   San’atkorlar   oilasi.   Oila   bosh-lig‘i.   mm   [Eshvoy]
Kambag‘al   bo‘lishiga   qa-ramay,   Yo‘lchining   oilasiga..   yordam   ko‘rsatar   edi.
Oybek,   Tanlangan   asarlar.   Oshaninghar   bir   a’zosi   o‘z   ishi,   yumushi   bilan
mashg‘ul.  H. G‘ulom, Mash’al.  Birovga qiziqish, oila qu-rish.. Bu gaplar Zamirani
cho‘chitar,   Ochil   uni   yomon   yo‘lga   boshlayotganday   tuyulardi.   P.   Qodirov,   Uch
ildiz.
Oilani buzmoq  Er-xotinlikka barham bermoq, ajralmoq.  Jahl ustida urshiib
qolgan   bo‘lsangiz,   extimol,   yarashib   qolarsiz.   Qaynatangiz,   qaynanangiz   kelib
qolishar? Oilangizni buzmang!  Mirmuhsin, Umid.
2   ko‘chma   Bir   maqsad,   maslak   bilan   birlashgan   ko‘p   kishilar,   xalqlar,
mamlakatlar.   O‘zbekistonda   turli   millat   vakillari   bir   oila   bo‘lib   yashamoqdalar.
Gazetadan.   -Butun   askarlar   bir   oila,   axil,   mexribon   va   qalin   do‘stmiz,   —   dedi
Bektemir.  Oybek, Quyosh qoraymas.
3   O‘simliklar   va   hayvonlar   sistematikasida   tuzilish   jihatidan   bir-biriga
o‘xshash,   kelib   chiqish   jihatidan   ham   o‘zaro   yaqin   bir   necha   urug‘ni   o‘z   ichiga
olgan   guruh.   Dukkaklilar   oilasi.   O‘rdaktumshuqlilar   oilasi.   Turp   butaguldoshlar
oilasiga   mansub   ikki   yillik,   ildizmevali   ko‘kat   o‘simligi   deyishadi   botaniklar.   K.
Mahmudov, Qiziqarli pazandalik.
4  Qardosh tillar guruhi.  Oltoy tillar oilasi. Som-hom tillari oilasi.
5   s.t.   Rafiqa,   xotin.   Oilam   maktabda   o‘qituvchi (O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati.   V   tomlik.     3-jild,   97) .   Veterenariya   atamalarida     bu   so‘zning   uchinchi
73 ma’nosi   keltirilgan.     OILA   (lot.   familia,   ae,   f)   —   hayvonlar,   o‘simliklar,
mikroorganizmlar,   viruslar   sistemasining   tarkibiga   kiradigan   taksomonik
kategoriya.   Kelib   chiqishi   bir-biriga   yaqin   bo‘lgan   avlodlar   oilaga   birlashtiriladi.
Masalan,   yuqumli   rinotraxeit   virusi   –   gerpes   oilasiga   mansub   (Veterinariya
mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli   lug‘at     va
ma’lumotnoma,  83 ) .
  Veterenariya   atamalarida   rangli   parda   termini   keltirilgan.   RANGLI
PARDA   –   tomirli   traktning   old   qismi   bo‘lib,   ko‘z   soqqasiga   perpendikulyar
joylashadi.   U   shox   pardaning   ortida,   gavharning   oldida   yotadi.   (Veterinariya
mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli   lug‘at     va
ma’lumotnoma, 9 4 ) .  
RANGLI   PARDA   –   o‘ zbek  tilining  izohli   lu g‘ atida  y o‘ q,  lekin  xalq  tilida
s o‘ z   birikmasi   sifatida   ishlatiladi.   Ushbu   s o‘ z   birikmasi   derazaga   tutiladigan
matonga   nisbatan   ishlatiladi.   Masalan,   Men   uyimga   har   xil   rangli   pardalar   olib
keldim .
  (O‘zbek tili izohli lug‘atida)   TERMINAL   [ingl.   terminal <   lot.   ter minals
— oxirgi, so‘nggi; oxiriga tegishli]   1   tex.   Hisoblash sistemasi  tarkibiga ki-ruvchi,
axborotlarni sistemaga kiritish va undan chiqarib olish uchun mo‘ljallangan chetda
turuvchi,   sirtqi   moslama   (kompyuterda   ishlaganda,   monitor,   sichqoncha,   kla-
viatura kabilar terminal hisoblanadi).
2   Portning   (havo   yoki   dengiz   portining)   konteynerli   va   bog‘lama   yuklarni
saklash va qayta ishlashga mo‘ljallangan qismi.
3   Umuman,   katta   miqdordagi   yuk,   narsa-buyum   vaqtincha,   mavsumiy
saqlanadigan   ombor.   Paxta  tolasi   terminali.     Terminallar,   o‘z   navbashida,  tashqi
savdo   kom-paniyalari   bilan   tuzgan   shartnomalariga   ko‘ra,   tolani   eksp o rtga
ortishadi.   Gazetadan.   ..tayyor   maxsulotlarning   terminallar   orqali   xorijga
chiqarilayotgani   qayta   ishlash   korxonalariga   ham..   yangi   imkoniyatlar   eshigini
ochdi..  Gazetadan.
74 4.   Plastik   kartochkalar   yordamida   ishlaydigan,   turli   hisob-kitob   va
to‘lovlarni   amalga   oshirish   uchun   xizmat   qiladigan   elektron   qurilma.
Respublikadagi   barcha   savdo   va   xizmat   ko‘rsatish   shoxobchalariga   o‘rnatilgan
terminallar yordamida to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.   Gazetadan.   Bank
mutaxassislari   tomonidan   o‘rnat i shgan   1300   savdo   terminali   va   20   bankomat
mijozlar   xizmatida.   Gazetadan.   (O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati.   V   tomlik.     4-jild,
74) . Veterenariya   atamalarida   bu   so‘z   ushbu   tushunchani   ifodalash   uchun
qo‘llanilgan:   TERMINAL   HOLAT   (lot.   terminalis   —   oxirgi)   —   hayvon
hayotining oxirgi bosqichi, ya’ni hayot va o‘lim o‘rtasidagi hayvonning holati, jon
talvasasi.   (Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid
izohli lug‘at  va ma’lumotnoma,  111 ) .
FOKUS   I   [lot.   focus   -   o‘choq,   olov]   1   fiz.   Optik   sistema   orqali   o‘tgan
parallel   nurlar   dastasining   o‘zaro   kesishgan   yoxud   to‘plangan   nuqtasi.   Linza
fokusi.   Botiq   ko‘zgu   fokusi.   Har   bir   planeta   ellips   bo‘ylab   harakat   qiladi   va   bu
ellipsning fokuslaridan birida quyosh turadi.  «Astronomiya».
2   Fotografiyada:   surati   olinayotgan   narsaning   ob y ektivda   eng   aniq   va
ravshan   ko‘rinadigan   nuqtasi.   Fokus   masofasi.   Fokusni   to‘g‘rilamoq.   Fokusda
turmoq.
FOKUS   II   [nem.   Hokus   pokus]   s.   t.   Ko‘z   ilg‘amas   darajadagi,   ko‘zni
aldaydigan   chaqqonlik,   mohirlik   bilan   qilinadigan,   o‘zining   g‘ayritabiiyligi   bilan
tomoshabinlarni   hayratga   soladigan   hiyla:   ko‘zboyloqchilik,   nayrangbozlik.
[Munira.]   Birinchi   kursliklarning   nomini   ko‘tarish   uchun   bitta   fokus   ko‘rsatasiz
konsertda.   F. Musajonov, Lofchi.   (O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati. V tomlik.   4-jild,
35 4) .  
Veterenariya atamalarida   focus quyidagi tushunchani ifodalaydi:   FOKUS   –
nurlarning   kesishgan   nuqtasi.   (Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,
epizootologiyasiga oid izohli lug‘at  va ma’lumotnoma,  118 ) .
O‘CHOQ   1   Orqa   va   yon   tomonlari   yopiq   bo‘lib,   ichiga   o‘t   yoqiladigan,
ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan qurilma.  Loy o‘choq.  Ye r o‘choq.
75 Temir o‘choq. Tosh o‘choqda archa cho‘g‘i yallig‘lanib turibdi.   P. Qodirov, Qora
ko‘zlar.   Brigada   buloqqa   yaqinroq   joydan   o‘choq   kovlab,   qozonni   o‘rnatdi.   S.
Anorboyev,   Oqsoy.   Kunchiqar   tomonda   katta   o‘choq,   qozonda   sho‘rva   qaynab
turibdi.   “Ertaklar”.   Himmat..   o‘choqda   lovullab   yonayotgan   o‘tga   kosovni   tutib..
papirosini   tutatib   oldi.   M.   Muhamedov,   Qimmat   bilan   Himmat.   (O‘zbek   tilining
izohli lu g‘ ati. V tomlik.  5-jild, 187) .
(Veterenariya   atamalarida)   O‘CHOQ   (ANTROPOURGIK)   —   inson
faoliyati   ta’siri   ostida   yangidan   paydo   bo‘ladigan   tabiiy   antropourgik   epizootik
o‘choq.   Masalan,   yangi   erlarni   o‘zlashtirish   natijasida   go‘shtxur   hayvonlar   o‘lati,
trixenellyoz,   kuydirgi   kasalliklarining   epizootik   o‘choqlari   vujudga   keladi.
(Veterinariya   mikrobiologiyasi,   virusiologiyasi,   epizootologiyasiga   oid   izohli
lug‘at  va ma’lumotnoma,  12 9) .
O‘CHOQ (BIRLAMCHI)   — yangi yoki yaqinda paydo bo‘lgan epizootik
o‘choq. Bunday o‘choqlarda odatda yangi kasallangan hayvonlarning soni kundan-
kunga ko‘payib boraveradi va shu sababdan kasallikning tarqalish xavfi o‘sadi. Bu
holat   ko‘proq   tez   tarqaluvchi   oqsil,   cho‘chqalar   o‘lati   kabi   kasalliklarda   vujudga
keladi.
O‘CHOQ   (INFEKSIYA   O‘CHOG‘I)   (tur.   ocak   —   o‘choq)   —   infeksiya
tarqalgan o‘choq. Infeksiya jarayonining ma’lum bir joyda namoyon bo‘lishi.
O‘CHOQ   (STATSIONAR)   —   statsionar   yoki   turg‘un   epizootik
o‘choqlarda   ma’lum   bir   kasallikning   ma’lum   bir   muddat   o‘tgandan   keyin   ayrim
sharoitlar ta’siri ostida (mikrob tashuvchi hayvonlar, kemiruvchilarning mavjudligi
hamda   qo‘zg‘atuvchining   tashqi   muhitda   o‘ta   chidamliligi   va   h.k.)   bir   necha   bor
paydo bo‘lishi. Masalan: kuydirgi kasalligi.
O‘CHOQ   (SO‘NAYOTGAN)   —   kasallikka   qarshi   kurashish   natijasida
kasal   hayvonlar   sog‘ayadi   va   yangidan   kasal   hayvonlar   paydo   bo‘lishi   kamayadi
yoki to‘xtatiladi. Bu esa kasallikning tarqalish xavfining pasayishiga olib keladi.
O‘CHOQ (EPIZOOTIK)  — kasallik qo‘zg‘atuvchisining manbai joylashib
olgan ma’lum bir hudud.  
76 O‘CHOQ   VALENTLILIGI   (lot.   valentia   -   kuchi)   —   tabiiy   o‘choqlarda
yuqumli kasallikning qayta chiqish imkoniyati.
O‘CHOQ   INDEKSI   —   ayni   bir   epizootik   manzildagi   kasallangan
hayvonlarning o‘rtacha soni  bilan ifodalanadigan epizootik jarayonning intensiv -
jadal ko‘rsatkichi. 
O‘CHOQ   (YANGI)   —  yangi   paydo   bo‘lgan   epizootik  o‘choq,   unda  kasal
hayvonlar   soni   kundan-kunga   ko‘payib   boradi.   (Veterinariya   mikrobiologiyasi,
virusiologiyasi, epizootologiyasiga oid izohli lug‘at  va ma’lumotnoma,  12 9 ).
Shu kabi s o‘ zlar  o‘ zbek tilining izohli lu g‘ ati va veterinariya terminlari bilan
solishtirilganda   shunday   farqli   jihatlarini   k o‘ rishimiz   mumkin.   Birgina   « o‘ choq»
s o‘ zining   o‘ zida   bir   necha   xil   ma ' nolarning   aks   etishi   leksikografik   talqinning
naqadar   fanlar   uchun   foydali   jihatlarini   ochib   berayotganligini   k o‘ rishimiz
mumkin.   Aslida   veterinariya   soahasidan   xabardor   b o‘ lmagan   odamga   « o‘ choq»
sozini   aytsangiz   uning   xayoliga   faqatgina   ovqat   pishirish   uchun   moslama   kelishi
mumkin. Aslida  o‘ zbek tilining izohli lu g‘ atida « Brigada buloqqa yaqinroq joydan
o‘choq kovlab, qozonni o‘rnatdi.»  shaklida keltirilgan b o‘ lsa, veterinariya lu g‘ atida
esa,     bu   s o‘ z   9   xil   ma ' noda   kelganligini   k o‘ rishimiz   mumkin.   Demak,   “ o‘ choq”
s o‘ zi veterinariya terminlarida k o‘ p ma ' noli s o‘ z sifatida keltirilganligini aytishimiz
mumkin.  
Konstitut s iya   –   yuridik   jihatdan   qonunlar   to plami.   Konstitutsiya   –ʻ
hayvonlarning   organizmidagi   juda   muhim   morfologik   va   fiziologik   xususiyatlari
yig indisi.   Qo pol,   nozik,   zich   va   bo sh   tiplari   mavjud.     O	
ʻ ʻ ʻ ʻ sma -   o simlik   turi;	ʻ
O	
ʻ sma -   t o	ʻ qimalarning   barqaror   patologik   o sishi   o ziga   xos   biologik	ʻ ʻ
xususiyatlariga   ega   bulishi,   o sishning   chegaralanmasligi   va   boshqarilmasligi	
ʻ
xo jayralarning tuzilishi va funksiyasining o zgarishiga aytiladi	
ʻ ʻ   Tomir  – qon oqishi
uchun bo ljallangan organizmning bir bo lagi. Tomir – o simliklar yer osti organi.	
ʻ ʻ ʻ
Oziqa   moddalarni   so rib   olish   uchun   xizmat   qiladi.  	
ʻ Tormoz   –   avtomobillarni
to xtatish qurilmasi;  	
ʻ Tormoz   -   hayvonning javob qaytish qobiliyati susay ishi   yoki
batomom   yo qoli	
ʻ shi.   Bit   –   lotincha   Hemimetabola   guruhiga   mansub   hasharotlar
77 turkumi.   Hasharot.   Bit   –   informatik   eng   kichik   o lchov   birligi.   Rishta   –   badiiyʻ
o zaro munosabat, tuyg u; Rishta organizmda parazitlik qiluvchi parazit turi. Tur –	
ʻ ʻ
morfofiziologik   jihatdan   nisbatan   o xshash   kelib   chiqishi   bir,   tabiiy   sharoitda	
ʻ
o zaro   chatishib   serpusht   nasl   beradigan,   ma’lum   arealni   egallagan   organizmlar	
ʻ
majmui. 
Bob bo‘yicha qisqa xulosa
Veterinariya   terminlarining   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ atida”   gi
leksikografik   talqiniga   asosiy   e’tibor   qaratilgan   mazkur   bobda   “O‘zbek   tilining
izohli   lu g‘ ati”     haqida   va   unda   kasb-hunar   atamalari   va   ilmiy-texnikaviy
terminlarning berilishi o‘rganildi. 
Veterinariya   terminlarining   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da   qo‘llanilish
tarzi tahlil qilindi. “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati” (1981-yil va 2006-2008-yillarda
nashr   etilgan)   asos   qilib   olinib,     bu   lug‘atlarda   aks   etgan   veterinariyaga   oid
terminlar o‘rganib chiqildi. 
1981 - yil   nashr   etilgan   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”   1-   va   2-jildida
veterinariyaga       oid   terminlar     juda   ko‘p   miqdorda   emasligi   aniqlandi.   Faqat   bu
sohada emas, boshqa soha va fanlarga oid terminlar ham kam keltirilgan. Buning
sababi lig‘atning kirish qismida izohlangan bo‘lib, unda soha va fan terminlarining
tor   doirada   qo‘llanib,   faqa t   o‘sha   soha   vakillarigagina   ma’lum   bo‘lgan   so‘zlar
keltirilmaganligi   aytib   o‘tilgan.   1-2-jildda   keltirilgan   veterinar,     veterinariya,
bruselloz, kashar, krizis, kuydirgi, laringit, mikrob, miokardit,  nevroz,nefret, oqsil,
pnevmoniya,  tegana, chechak, exinakokk, yallig‘lanish, yag‘ir, o‘sma, qoqshol, 
quturish, qo‘tir kabi terminlar izohlangan. Shulardan  kuydirgi, oqsil, tegana
kabilar   hayvonlarga   xos   kasallik   sifatida   izohlangan.   Qolgan   terminlar     tibbiy
termin deb yoki o dam, hayvon va boshqa tirik organizmlarda  uchraydigan kasallik
deb   izohlangan.     2006-2008-yillarda   nashr   etilgan   “O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati”da   bavosir,   botulizm,   bronxit,   veterinar,     veterinariya,   gaymorit,   gijja,
churra, gepatit, laringit, operatsiya, pandemiya,  panzootiya, parazit, rinit, sarcoma,
tegana,   shish,   ekzema,emfezema,   exinokokk,   yallig‘lanish,     yara,   yag‘ir,   o‘sma,
78 o‘simta,   qoqshol,   quturish,   qo‘tir   kabilar   izohlangan.   “O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati”da   (2   nashrida   ham)   kuydirgi,   oqsil,   tegana   kabi   so‘zlar   hayvonlarga   xos
kasallik   sifatida   izohlangan.   Qolgan   terminlar     tibbiy     termin   deb   yoki   o dam,
hayvon va boshqa tirik organizmlarda  uchraydigan kasallik deb izohlangan.  
Umumxalq   ishlatadigan   so‘zlar   (“ O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da   izohi
berilgan   leksemalar)   va   veterinariya   terminlarining   shakdoshligiga   e’tibor
qaratilganda   assotsiatsiya,     agar,   agglyutinatsiya,   zardob,   krizis,   marker,   oila,
terminal,   fokus,   o‘choq   kabi   leksemalarning   shakldoshligi   xususida   fikrlar
bildirildi.
  
 
XULOSA VA TAKLIFLAR
Veterinariya   terminlari   va   ularni     “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ atida”gi
ko‘rinishlarini tadqiq etish jarayonida  quyidagi xulosalarga kelindi:
1.Termin     va   terminologiya   haqida,     leksik   birliklar   orasida   terminning
tutgan   o‘rni,     terminning   boshqa   leksik   birliklardan   farqli   tomonlari   o‘rganildi.
79 Leksikologiya,   leksikografiya,   terminologiya   sohalari   o‘rtasidagi   farq,   o‘zbek
tilshunosligida   terminologiya   masalalari,   soha   terminlarining   o‘zbek
tilshunosligida o‘rganilishi haqida ma’lumot berildi.
2.Terminlarning   boshqa   leksik   birliklardan   farqlari:   leksik   ma’nosi   aniq
tushunchaga   asoslanishi,   terminlar   uchun   sinonimiya,   omonimiya   ijobiy   hodisa
emasligi,   terminlarda   pragmatiklik   mavjud   emasligi,   terminlar   ijtimoiy
chegaralangan qatlamga kirishi kabi qator  masalalarga munosabat bildirildi. 
3. O‘zbek tilshunosligida kasb-hunar atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlar
qadimdan   o‘rganilganligiga   ahamiyat   qaratildi.   Masalan,   tibbiyot   sohasiga   oid
terminlarning   o‘rganilishi   va   sohaga   oid   lug‘atlar     yaratilishi   bizning   o‘lkamizda
juda     qadimiy   sanalishi   haqida   ma’lum   ma’lumotlarga   tayanilgan   holda   fikr-
mulohazalar bildirildi. 
4. Veterinariya terminlari ham soha talabi bilan anchagina miqdorni tashkil
etishi,   bu   terminlar   o‘z   navbatida   yana   ichki   mazmuniy   turlarga:   umumiy
patologiya,   yuqumsiz   ichki   kasalliklar,   xirurgiya   va   xirurgiya   kasalliklariga,
epizotologiya   va   infeksion   kasalliklar,   parazitologiya   va   hayvonlarning   invazion
kasalliklariga   bo‘linishi   haqida   ma’lumot   berildi.   Shu   sohaga   doir   darsliklarga
asoslanib,   veterinariya   terminlar   tizimiga   kiruvchi     birliklarning   ma’lum   qismi
ishga kiritildi.
5.Veterinariya terminlarining leksik-semantik jihatdan guruhlarga bo‘lib, har
bir   kasallikning   semantik   ma’nosi   mavzuga   oid   darsliklardan   foydalangan   holda
sharhlandi.   Veterinariya   terminlarining   grammatik-struktural   xususiyatlari
o‘rganildi.   Sohaga   oid   terminlarning   o‘z   va   o‘zlashgan   qatlami   aniqlandi.
Terminlar   ham   so‘zlar   kabi   ichki   va   tashqi   imkoniyatlar   asosida   olinishi
mumkinligi veterinariya terminlari misolida o‘rganildi. 
6. Terminlar yasalishiga alohida e’tibor qaratildi.  Sodda tub, sodda yasama,
qo‘shma,   birikmali   (ikki   birikmali,   uch   birikmali   va   to‘rt   birikmali)   terminlar
veterinariya terminlari misolida izohlab berildi.  
80 7.   Regeneratsiya,   gepiremiya,     tromboz,   ximostazlar   salmonellezlar,
pasterelez,   tuberkulez,   brutsellez,   lentoeniroz,   kolibakterioz,   fassiolez,   ekzema,
absess,    exinakokkoz,  sestozodlar,   ximostazlar,   miokardit,  miokardoz,  endokardit,
bronxit,   stomatit,   osteodistrofiya,   gastroyenterit ,   e pizootik   kabi   terminlar   imlosi
xususida fikr-mulohazalar bildirildi.     O‘zbekcha so‘zlar  va so‘z birikmalari orqali
ifodalangan   veterinariya   atamalarida   bunday   imlo   bilan   bo‘gliq   masalalar   yuz
bermasligiga e’tibor qaratildi.  
10.Veterinariya   terminlarining   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ atida”   gi
leksikografik   talqiniga   asosiy   e’tibor   qaratilgan   mazkur   bobda   “O‘zbek   tilining
izohli   lu g‘ ati”     haqida   va   unda   kasb-hunar   atamalari   va   ilmiy-texnikaviy
terminlarning berilishi o‘rganildi. 
11.Veterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da qo‘llanilish
tarzi tahlil qilindi. “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati” (1981-yil va 2006-2008-yillarda
nashr   etilgan)   asos   qilib   olinib,     bu   lug‘atlarda   aks   etgan   veterinariyaga   oid
terminlar o‘rganib chiqildi.  
12.1981 - yil   nashr   etilgan   “O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”   1-   va   2-jildida
veterinariyaga       oid   terminlar     juda   ko‘p   miqdorda   emasligi   aniqlandi.   Faqat   bu
sohada emas, boshqa soha va fanlarga oid terminlar ham kam keltirilgan. Buning
sababi lig‘atning kirish qismida izohlangan bo‘lib, unda soha va fan terminlarining
tor   doirada   qo‘llanib,   faqa t   o‘sha   soha   vakillarigagina   ma’lum   bo‘lgan   so‘zlar
keltirilmaganligi   aytib   o‘tilgan.   1-2-jildda   keltirilgan   veterinar,     veterinariya,
bruselloz, kashar, krizis, kuydirgi, laringit, mikrob, miokardit,  nevroz,nefret, oqsil,
pnevmoniya,  tegana, chechak, exinakokk, yallig‘lanish, yag‘ir, o‘sma, qoqshol, 
quturish, qo‘tir kabi terminlar izohlangan. Shulardan  kuydirgi, oqsil, tegana
kabilar   hayvonlarga   xos   kasallik   sifatida   izohlangan.   Qolgan   terminlar     tibbiy
termin deb yoki o dam, hayvon va boshqa tirik organizmlarda  uchraydigan kasallik
deb   izohlangan.     2006-2008-yillarda   nashr   etilgan   “O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati”da   bavosir,   botulizm,   bronxit,   veterinar,     veterinariya,   gaymorit,   gijja,
churra, gepatit, laringit, operatsiya, pandemiya,  panzootiya, parazit, rinit, sarcoma,
81 tegana,   shish,   ekzema,emfezema,   exinokokk,   yallig‘lanish,     yara,   yag‘ir,   o‘sma,
o‘simta,   qoqshol,   quturish,   qo‘tir   kabilar   izohlangan.   “O‘zbek   tilining   izohli
lu g‘ ati”da   (2   nashrida   ham)   kuydirgi,   oqsil,   tegana   kabi   so‘zlar   hayvonlarga   xos
kasallik   sifatida   izohlangan.   Qolgan   terminlar     tibbiy     termin   deb   yoki   o dam,
hayvon va boshqa tirik organizmlarda  uchraydigan kasallik deb izohlangan.  
13.Umumxalq   ishlatadigan   so‘zlar   ( “ O‘zbek   tilining   izohli   lu g‘ ati”da   izohi
berilgan   leksemalar)   va   veterinariya   terminlarining   shakdoshligiga   e’tibor
qaratilganda   assotsiatsiya,     agar,   agglyutinatsiya,   zardob,   krizis,   marker,   oila,
terminal,   fokus,   o‘choq   kabi   leksemalarning   shakldoshligi   xususida   fikrlar
bildirildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
I. Normayiv-huquqiy hujjatlar va metadologik ahamiyatga molik nashrlar:
                    1 .1 .   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “Олий   таълим
тизимини   янада   ривожлантириш   чора-тадбирлари       тўғрисида   (Халқ   сўзи
2017 йил, 21 апрел) 
82 1.2. 2019-yil 21-oktyabrdagi  “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. –Toshkent, 2019.
1.3.Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг     ў збек   тилига   давлат   тили
мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги
нутқи.  http://xs.uz/uz/  –Toshkent, 2019.
1. 4.   Мирзиёев   Ш.   Ўзбекистон   хал қига   байрам   табриги.   “ Хал қ     сўзи”
газетаси. 2021- йил , 21- октябрь. №224. 
 
II.  Monografiya, ilmiy maqola, ilmiy to‘plamlar, ilmiy-nazariy adabiyotlar :
2.1.   Abduazizov   A.   Tilshunoslik   nazariyasiga   kirish.   –Toshkent:   Sharq,
2010. 
2.2. Азизов О. Тилшуносликка кириш. –Тошкент: “Ўқитувчи”, 1996. 
2.3. Эрматов И.Р. Ўзбек тилшунослик терминларининг шаклланиши ва
тараққиёти:   филология   фанлари   бўйича   фалсафа   доктори   диссертацияси
автореферати. – Toшкент, 2019. 
2.4.  Ўринбоев Б.  Ҳозирги ўзбек адабий тили. -Самарқанд, 2001. 
2.5.  Nurmonov A. Hozirgi O‘zbek adabiy tili. –T.: Sharq, 2002. –B. 62-63.
2.6. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli
lug‘ati. – Toshkent:Turon zamin ziyo, 2015
2.7.  Абдиев  М. Соҳа лексикасининг систем таҳлили муамммолари.  
Тошкент, 2006.   
2.8.  Бакаева Н.Дж. Терминология золотошвейного производства Бухари
и Гиждувана: Кан. филол. наук. авторев. дисс.  – Т.:1971.
2.9. Жамолиддинова Д. Бадиий матнда терминларнинг лингвопоэтик ва
лингвокультурологик   хусусиятлари:   Филол.фан.докт(DSc)…дисс.   –
Тошкент, 2021.  
2.10. Жамолхонов Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент, 2005.
83 Мадвалиев   А   Ўзбек   терминологияси   ва   лексикографияси   масалалари.   –
Тошкент: ЎзМЭ, 2017. 
2.11.   Маҳмудов   Н.   Илмий   матнда   термин     таносиби   ва   такомили   //
Ўзбек тили ва адабиёти. –   Тошкент,  2020.
2.12.  Мираҳмедова З. Ўзбек тилининг анатомия терминологияси ва уни
тартибга солиш муаммолари. –Тошкент: Фан, 2010
2.13.   Нормаматов   С.   Ўзбек   луғатчилиги   шаклланишида   ва
ривожланишида жадид маърифатпарварларининг ўрни: Филол.фан.докт(DSc)
…дисс. –Тошкент, 2019.
2.14. Шопўлатов Ж. Ветеринария асослари. –Тошкент: Меҳнат, 1993. –
632 б. 
2.1 5 .  М а д в а л и е в   А   Ў з б е к   т е р м и н о л о г и я с и   в а   л е к с и к о г р а ф и я с и	
м а с а л а л а р и .   –     Т о ш к е н т :   Ў з М Э ,   2 0 1 7 .  
2.1 6 .   Otaq o‘ ziyev   T.   Kimyo   atamalari   lu g‘ ati .   –   Toshkent:   O‘ zbekiston,
2003.
2.17.   Исхакова   Х.Ф.   Структура   терминологических   систем.   Тюркские
языки. – М.:наука, 1987.
 
III. Foydalanilgan boshqa adabiyotlar:
3.1.   A.Zikiryayev,   S.Fayzullayev.   «Biologiya   atamalarining   izohli   lug‘ati».
Toshkent- «Bilim», 2004
3.2.   Do‘stmurodov T., Otaqo‘ziyev T. Kimyo atamalari lug‘ati – Toshkent:
O‘zbekiston, 2003.
3.3.   Hojiyev   A.Tilshunoslik   terminlarining   izohli   lug‘ati.   –
Toshkent:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002
3.4.   O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati,   besh   tomlik   2-3-5-   tom.     «O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008.
3.5.   Sh.Rahmatullayev,   A.Hojiyev.   « O‘ zbek   tilining   imlo   lug‘ati».
Toshkent-«o‘qituvchi»-2011.
84 3.6.   Салимов   Х.,   Сайитқулов   Б.,   Салимов   И.   Ветеринария
микробиологияси,   вирусологияси,   эпизоотологиясига   оид   изоҳли   луғат   ва
маълумотнома. – Тошкент: Tafakkur, 2013.
3.7.  Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. 
3.8. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ,  2006.
3.9. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 3-жилд – Тошкент: ЎзМЭ,  2008.
3.10.  Ўзбек тилининг изоҳли луғати .  4-жилд – Тошкент: Ўз МЭ,   2008 .
3.11.  Ўзбек тилининг изоҳли луғати .  5-жилд – Тошкент: Ўз МЭ,   2008 .
3.12.   Ҳожиев   А.   Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати.   –
Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –Б. 104. 
3.13.   Э.   Бегматов,   А.Мадвалиев,   Н.Маҳкамов,   Т.   Мирзаев   (раҳбар),
Н.Тўхлиев,   Э.Умаров,   Д.Худойберганова,   А.Ҳожиев.   «Ўзбек   тилининг
изоҳли   луғати»   Биринчи   жилд.   Тошкент-   «Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006
3.14.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   II   томлик.   1-жилд.   –Москва:   Рус
тили, 1981. – 631б.
3.15.   Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати.   II   томлик.   1-жилд.   –Москва:   Рус
тили, 1981. – 715 б. 
3.16.  З.Рахматуллин. Русча-ўзбекча эмбриология терминлари сўзлиги. –
Т.:Самарқанд, 1934, 31б.
3.17. А.Усмонхўжаев, О.М.Нажмиддинов. Тиббий атамалар русча-
ўзбекча атамалар луғати. – Т.:1992, 64б.
3.18. А.Қосимов. Тиббиёт ходимлари луғати. –Т.:1998, 272б.
3.19. А.Қосимов. Тиббий терминлар изоҳли луғати.  I   том. –Т.:2003, 
472б.
3.20. А.Қосимов. Тиббий терминлар изоҳли луғати.  II   том. –Т.:2003, 
568 б.
85 3.21.  А.Қосимов. Тиббий терминлар изоҳли луғати.  III   том. –Т.:200 8 , 
576 б.
3.22.  А.Қосимов. Тиббий терминлар изоҳли луғати.  IV  том. –Т.:2003, 
480 б.
  
86

VETERINARIYA TERMINLARINING “O‘ ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DA GI LEKSIKOGRAFIK TALQINI MUNDARIJA KIRISH. ISHNING UMUMIY TASNIFI………………………………..3 I BOB. SOHA TERMINOLOGIYASI VA VETERINARIYA TERMINLARI HAQIDA 1.1.Termin va terminologiya haqida. O‘zbek tilshunosligida terminologiya……………………………………………………………………… 7 1.2.O‘zbek tilshunosligida kasb-hunar atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlarning o‘rganilishi………………………………………………………… 13 1.3.Veterinariya terminlar tizimiga kiruvchi birliklar…………………… 18 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 23 II BOB. VETERINARIYA SOHASIDAGI TERMINLARNING LEKSIK- SEMANTIK VA GRAMMATIK-STRUKTURAL XUSUSIYATLARI 2.1.Veterinariya terminlarining leksik-semantik jihatdan guruhlanishi……………………………………………………………………… 24 2.2. Veterinariya terminlarining grammatik-struktural xususiyatlari……….. 4 2 2.3. Sohaga oid terminlarning imlosi masalalari. (Veterinariya terminlari misolida)…………………………………………………………………………. 48 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 5 1 III BOB. VETERINARIYA TERMINLARINING “O‘ ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI” DAGI LEKSIKOGRAFIK TALQINI 3.1. “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati” haqida va unda kasb-hunar atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlarning berilishi………………………………………… 53 3.2. Veterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da berilishi…………………………………………………………………………… 60 3.3. “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da mavjud ayrim so‘zlarning veterinariya terminlari bilan shakldosh bo‘lishi…………………………….……. 69 Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………… 80 1

XULOSA………………………………………………………………………………...……… 81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………………… 84 ISHNING UMUMIY TAVSIFI Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida leksikografik tal qinlar bir necha yillardan buyon o‘rganilib kelinmo qda. Bu so hada o‘zbek tilshunosligida juda ko‘plab tad qiqot ishlari olib boril gan . Qomusiy lug‘atlar, ma’lum bir fanga, kasb-hunarga oid lug‘atlar, tarjima lug‘atlar hamda o‘zbek tili leksik sathiga kiruvchi birliklarni izohlovchi izohli lug‘atlar yaratilgan. Ma’lum fan yoki kasb-hunarga oid terminlar izohi berilgan terminologik lug‘atlar ham bugungi kunda o‘zbek ilm-fan tizimida yaratilgan. Ko‘plab ilm-fan, sohaga oid terminlarning tilshunoslik nuqtayi nazardan, leksik nuqtayi nazardan ilmiy tadqiqi, terminologik lug‘atlarning leksikografik tadqiqi tilshunoslarimiz tomonidan amalga oshirilgan. Bugungi kunda ilm-fan, texnika, tibbiyot, sanoat va ishlab chiqarish sohalarining jadal taraqqiyoti, o‘zaro integratsiyalashuvi, yangi sohalarning paydo bo‘lishi terminologik tadqiqotlarni har bir soha terminologiyasi doirasida bajarishni taqazo etadi. Bu haqida yurtboshimizning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Hozirgi kunda mamlakatimizda yashayotgan turli millat vakillari va chet el fuqarolarida o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish va e’tibor ortib borayotganini hisobga olib, ular uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur. 1 Bundan tashqari mana shu terminlarni har tomonlama tizimli tadqiq etish, ya’ni terminlarning leksik qatlamdagi o‘rni, terminlarning omonimiya, polisemiya, sinonimiya, polifunksionallik kabi hodisalarga munosabatini yangicha qarashlar asosida o‘rganish, terminlarning ma’noviy xususiyatlarini aniqlash, grammatik struktur tuzilishini tahlil qilish, terminlarning yasalishi, o‘z yoki o‘zlashgan qatlamga mansubligini aniqlash tilshunoslarimiz, terminologlarimizning vazifalaridan biridir. Shu ma’noda, “Veterinariya 1 Мирзиёев Ш. Ў збекистон хал қ ига байрам табриги. “ Хал қ сўзи” газетаси. 2021- йил , 21- октябрь. №224. –Б.1. 2

terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ atida”gi leksikografik talqini” mavzu si dolzarb mavzulardan sanalib, veterinariya terminlarining tilshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganilishida ahamiyat kasb etadi . Tadqiqot mavzusining o‘rganilishi. O‘zbek tilshunosligida soha terminologiyasi bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar, monografiya, lug‘atlar yaratilgan. N. Sadinovaning “O‘zbek tili ish yuritish terminologiyasi”, Y. Shirinovaning “O‘zbek tili bank-moliya terminologiyasi”, N. Usmonovning “O‘zbek tilining pedagogik terminologiyasi”, T. Valiyevning “O‘zbek tili yo‘lsozlik terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va leksikografik talqini”, I. Ermatovning “O‘zbek tilshunoslik terminlarining shakllanishi va taraqqiyoti”, Z. Djurabayevaning “O‘zbek tilida ekologik terminlar”, O. Tursunovaning “Tarixiy manbalarda huquq terminlarining qo‘llanilishi”, O.O‘rinovaning “O‘zbek tilidagi qoramolchilik terminlarining leksik-semantik tadqiqi” kabi qator ishlari soha terminologiyasi bo‘yicha qilingan ishlardir 2 . Biroq o‘zbek tilshunosligida veterinariya terminlari alohida monografik tarzda tadqiq etilmagan. Tadqiqot maqsadi. V eterinariya sohasiga oid terminlarning leksik- semantik, grammatik struktur jihatlarini o‘rganish va bu terminlarning “ O‘zbek tilining izohli lu g‘ atida” qay darajada aks ettirilganligini o‘rganib chiqish. Tadqiqotning vazifalari: -termin va terminologiya haqida, o‘zbek tilshunosligida terminologiya sohasi haqida ma’lumot berish; -soha terminologiyasi va veterinariya terminlari haqida ma’lumot berish; -o‘zbek tilshunosligida kasb-hunar atamalari va ilmiy-texnikaviy terminlarning o‘rganilishini yoritish; 2 Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим масалалари. –Тошкент: Фан, 1977; Шу муаллиф. Ўзбек тилининг илмий-техникавий терминлари тарихидан. –Тошкент: Фан, 1979; Маматов Н. Ўзбек пахтачилик терминологияси:Филол.фан.номз.дисс. ...автореф. –Тошкент, 1995; Ҳожиев А. Термин танлаш мезонлари. Ахборот.11-12-чақирув. –Тошкент: Фан, 1996; Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. –Тошкент: ЎзМЭ, 2017; Мираҳмедова З. Ўзбек тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари. –Тошкент: Фан, 2010. –127б; Исломов И. Ўзбек тилининг географик терминологияси: тизими, генезиси, семантик структураси ва лексикографик талқини: Филол.фан.докт(DSc)…дисс.автореф. –Тошкент, 2021. – 69 б. 3

-veterinariya terminlar tizimiga mansub birliklarning ideografik strukturasini tadqiq etish; -veterinariya sohasidagi terminlarinng leksik-semantik xususiyatlari o‘rganish; -veterinariya terminlarining grammatik strukturasini aniqlash; - veterinariya terminlari misolida sohaga oid terminlarning imlosi masalalariga e’tibor qaratish v eterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izohli lu g‘ atida” gi leksikografik talqinini tahlil qilish; -v eterinariya terminlarida omonimiya, polisemiya va sinonimiya muammosi va “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da bu muammoning namoyon bo‘lishi o‘rganish. Tadqiqotning ob y ekti sifatida veterinariya sohasiga oid terminlar olindi. Tadqiqotning predmeti ni veterinar terminlar i va “ O‘zbek tilining izo hli lug‘ati ” tashkil etadi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusini yoritishda tavsifiy, qiyosiy, komponent tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: - o‘zbek tilshunosligida veterinariya terminlarining leksik-semantik, grammatik-struktur xususiyatlari, bu terminlarning leksikografik tal qini o‘rganildi; - veterinariya terminlarining “O‘zbek tilining izo hli lug‘ati”da aks etish holati shu fanga doir bo‘lgan terminologik lug‘atlar bilan solishtirib o‘rganishsh orqali ochib berildi. - veterinariya terminlari misolida sohaga oid terminlarning imlosi masalalariga e’tibor qaratildi. - v eterinariya terminlarida omonimiya, polisemiya va sinonimiya muammosi va “O‘zbek tilining izohli lu g‘ ati”da bu muammoning namoyon bo‘lishi o‘rganildi. 4

Tadqiqotning nazar iy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda umumlashtirilgan nazariy xulosalar v eterinariyaga oid terminlarni umumiy yaxlit tizim sifatida o‘rganilishini oydinlashishiga xizmat qiladi. Shu sababli tadqiqotda erishilgan natijalardan v eterinariya sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda, shu soha bo‘yicha tuziladigan lug‘atlarda foydalanish mumkin. Ayni paytda dissertatsiya natijalari “Hozirgi o‘zbek tili”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Nazariy tilshunoslik masalalari”, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” kabi kurslarni o‘qitishda, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy risolalar yaratishda ahamiyat kasb etadi. Shuningdek dissertatsiya ishining asosiy natijalari va materiallaridan oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun va magistratura yo‘nalishlarida o‘tiladigan leksikografiya, terminologiya darslarida keng foydalanish tavsiya etiladi. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 86 sahifani tashkil etadi. 5