logo

XIX ASRNING OXIRI XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND MA’RIFATPARVARLARINING TASHQI MA’RIFIY – MADANIY ALOQALARI.

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

117.294921875 KB
XIX ASRNING OXIRI XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND
MA’RIFATPARVARLARINING TASHQI MA’RIFIY – MADANIY ALOQALARI.
MUNDARIJA
KIRISH……………..………………………………………………………….  3
I-   BOB   XIX   ASR   OXIRI   VA   XX   ASR   BOSHLARIDA   SAMARQAND
JADIDLARI   VA   MA’RIFATPARVARLIK   MUHITINING   VUJUDGA
KELISHI ……………….…..…………………………………..…………  11-32
1.1  Mavzuning tarixshunosligi tahlili…....…………………..………………...11
1.2   XIX   asr   oxri   va   XX   asr   boshida   Samarqandda   jadidchilik   va
ma’rifatparvarlikning   vujudga   kelishi   hamda   rivojlanishi……………………17
Birinchi bob bo’yicha xulosalar……………………………..……….……...…32
II   BOB   SAMARQANDLIK   MA’RIFATPARVARLARNING   MILLIY
MATBUOT   HAMDA   TA’LIMNI   RIVOJLANTIRISH   YO‘LIDAGI
ALOQALARI………………………………………………………….......33-64
2.1 Samarqand milliy matbuoti va Ismoil Gaspirali……………………………33
2.2 Milliy ta’limning yo‘lga qo‘yilishida tashqi aloqalarning o‘rni…….……...51
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar………………………………………………..64
III   BOB   XIX   OXIRI   VA   XX   ASR   BOSHLARIDA   SAMARQAND
ZIYOLILARINING MADANIY SOHADAGI HAMKORLIGI………65-84
3.1 Samarqandda milliy teatrning vujudga kelishida hamkorlik masalalar…….65
3.2 Kutubxona va bosmaxonalarning tashkil topishi.……………...…………..77
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar………………...…..…………………………84
UMUMIY XULOSA…………………………………………………..............88
FOYDALANILGANADABIYOTLAR RO’YXATI………...………..…….92
1 KIRISH
Dissertatsiya  mavzusining asoslanishi  va uning dolzarbligi.   Bugungi
kunda dunyoda yuz berayotgan jadal rivojlanish jarayoni natijasida zamon ham
shiddat   bilan   rivojlanmoqda.   Bularning   barchasi   ilm-fan   sohasidagi   yangiliklar
va   kashfiyotlar   natijasi   ekanligi   hech   kimga   sir   emas.   Bugungi   kunda   ko‘plab
rivojlangan   mamlakatlarni,   rivojlanish   strategiyasi   negiziga   qaralganda   bunday
tez rivojlanish jarayoniga bevosita ilm-fan sohasida amalga oshirilgan islohotlar
natijasi ekanligiga guvoh bo‘lasan kishi. 
Shu   boisdan   ham   mamlakatimiz   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga   kiritgan
dastlabki yillardanoq ijtimoiy sohani rivojlantirishga, shu o‘rinda ta’lim-tarbiya
tizimiga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Mustaqillikning   dastlabki   vaqtlarida   barcha
sohalarda   bo‘lgani   kabi   ijtimoiy   sohani,   jumladan,   ta’lim   tizimini   tubdan   isloh
qilish, zamonaviy ta’lim jarayonlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilganligi
ham bejizga emas edi.
Shu   o‘rinda   marhum   birinchi   prezidentimiz   Islom   Abdug‘aniyevich
Karimov   o‘zining       maqolalari,   nutq   va   ma’ruzalarida   jadid   ma’rifatparvar
bobolarimizning   mashaqqatli   hayot   yo‘li   va   bu   yo‘lda   ular   chekgan   zahmatlar
yosh   avlod   uchun   o‘rnak   bo‘lmog‘i,   yoshlarni   o‘zlikni   anglash,   milliy   g‘urur,
vatanga   muhabbat   va   insonparvarlik   ruhida   tarbiyalashda   jadid   fidoyilarning
bosib   o‘tgan   kurash   yo‘lini   va   ular   qoldirgan   ulkan   merosni   chuqur   o‘rganish
muhim deya da’vat etganlar 1
.
So‘nggi   yillarda   mamlakatimizda   ta’lim   tizimida   olib   borilayotgan
islohotlar   yangi   bir   bosqichga   qadam   qo‘ydi   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.
Hozirgi   kunda   ta’lim   tizimida   amalga   oshirilayotgan   islohotlardan   asosiy
maqsad   kelajak   yosh   avlodga   samarali   ta’lim   va   tarbiya   berish,   ularni
vatanparvarlik   ruhida,   bilimli   va   ma’rifatli   qilib   tarbiyalash   muhim   vazifaga
1
Яхшиликов. Ж, Убайуллаева. Н.      Жадидчилик ва Бехбудий.  Тошкент -2004. 3- б .
2 aylanmoqda.   Bu   masalada   esa   ma’rifatparvar   jadidlarning   ta’lim   sohasiga
qo‘shgan hissasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
 
Yurtboshimiz   Mirziyoyev   Shavkat   Miromonovich   tomonidan   Oliy
Majlisga   yo‘llagan   murojaatnomalarida   ham   shu   narsani   ta’kidlab   o‘tdilar.
Xalqimizda “Ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli so‘z bor,
shu   sababli   ta’lim   sohasida   davlat   siyosatining   uzluksiz   ta’lim   tizimi
prinsiplariga   asoslanishi,   ya’ni   ta’lim   bog‘chadan   boshlanishi   va   butun   umr
davom etishi lozim degan jumlalarini o‘z nutqlarida keltirib o‘tgandilar 2
.
Hozirgi   kunda   ta’lim   tizimida   amalga   oshirilayotgan   islohotlar
markazida   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablari   turganini   hisobga   oladigan   bo‘lsak,
Turkiston   o‘lkasida   XX   asrning   boshlarida   yashab,   ijod   qilgan   jadid
ma’rifatparvarlarining   ijodini   yanada   chuqurroq   va   keng   ko‘lamda   o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Turkiston   o‘lkasida   jadidchilik   harakatining   shakllanishi   va
rivojlanishida   Samarqandlik   ma’rifatparvarlar   alohida   muhim   ahamiyatga
egadir.   Samarqand   juda   qadim   davrdan   buyon   ilm-fan   va   madaniyat   markazi
bo‘lib   kelmoqda.   XIX   asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib   Rossiya   imperiyasi
tomonidan   O‘rta   Osiyo   mustamlakaga   aylantirilishi   va   podsho   hukumatining
Turkiston   o‘lkasida   olib   borayotgan   siyosatidan   norozilik   harakatlari   XIX
asrning   oxiri   XX   asrning   boshlariga   kelib   nihoyatda   kuchayadi.   Shu   davrda
boshlangan qurolli qarshilik harakatlarini  podsho hukumati kuchlari tomonidan
shafqatsiz   qonga   botiriliganini   ko‘rgan   ziyoli   qatlam   vakillari   bo‘lgan   jadid
ma’rifatparvarlari   mustaqillikni   qo‘lga   kiritishni   tinch   yo‘l   bilan   ya’ni   xalqni
ma’rifatli qilish orqali mustaqillikni qo‘lga kiritishga harakat qiladilar. Turkiston
o‘lkasidagi   jadidchilikning   yirik   markazlaridan   biri   bu  Samarqand   hisoblanadi.
Bu   yerda   mashxur   jadid   ma’rifatparvari   Turkiston   jadidlarining   otasi   deb   tan
olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919 y) shu davr nuqtayi nazaridan juda
katta ishlarni amalga oshiradi. Turkistonda jadidchilikning vujudga kelishida va
2
 O’zbekiston Respublikasi Preazidentining (Oliy majlisga murojatnoma 28.12. 2018).  “Xalq so’zi”  28. 12. 
2018 y.
3 keng yoyilishida Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmatlari juda katta. Shu o‘rinda
Samarqandlik   boshqa   ma’rifatparvarlar   Siddiqiy   Ajziy,   Abduqodir   Shakuriy,
Xoji Muin va Saidrizo Alizodalarning ham xizmatlari beqiyos bo‘lgan.
Yurtboshimiz   Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyev   tomonidan
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   tavalludining   145-yilligiga   bag‘ishlangan   nutqida
ko‘pchilik   ziyolilar   qatorida   men   ham   bu   fikrni   katta   armon   bilan   o‘ylayman:
mamlakatimizda   uchinchi   renessansni   XX   asrda   ma’rifatparvar   jadid
bobolarimiz   amalga   oshirishlari   mumkin   edi 3
.   Nega   deganda   bu   fidoyi   va
jonkuyar   zotlar   butun   umrlarini   milliy   uyg‘onish   g‘oyasiga   bag‘ishlab,   o‘lkani
jaholat   va   qoloqlikdan   olib   chiqish,   millatimizni   g‘aflat   botqog‘idan   qutqarish
uchun bor kuchi va imkoniyatlarini safarbar etdilar deya ta’kidlaganlar.
Bu   davrda   A.   Avloniy,   M.   Behbudiy,   M.   Abdurashidxonov,   U.
Xo‘jayev, A. Fitrat, I. Ibrat, A. Cho‘lpon, A. Qodiriy, Ashurali Zohiriy va Xoji
Muin va boshqa yuzlab insonlar milliy uyg‘onishning oldingi saflarida turganlar.
Turkiston   o‘lkasida   XIX   asrning   oxirida   vujudga   kelgan   jadidchilik
harakati   XX   asrning   boshlaridan   boshlab   butun   o‘lka   hududida   keng   yoyila
boshladi.   Yuqorida  ta’kidlab  o‘tganimizdek  jadidchilik harakatining  Turkiston
o‘lkasidagi   dastlabki   yirik   markazi   Samarqand   bo‘lgan.   Bu   yerdan   yetishib
chiqqan   yetuk   ma’rifatparvarlar   butun   o‘lkada   ma’rifatparvarlik   g‘oyalarini
keng   targ‘ib   qilganlar.   Bu   borada   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   xizmatlari   beqiyos
bo‘lib, ko‘plab arab mamlakatlariga qilgan sayohatlari va u yerdan ta’limga oid
turli   yangiliklarni   olib   kelganligi   va   o‘lkada   keng   joriy   etgani,   shu   o‘rinda   esa
Turkiya,   Eron,   Ozarbayjon,   Kavkaz   xalqlari   ya’ni   Qrim   ma’rifatparvari
Ismoilbek Gaspirinskiy bilan madaniy sohadagi aloqalari muhim ahamiyat kasb
etgandir.
Tadqiqot obyekti va predmeti:  Tadqiqot obyektini – XIX asr oxiri XX
asr   boshlarida   Samarqandda   faoliyat   yuritgan   jadid   ma’rifatparvarlari   tashkil
etadi.
3
O’zbekiston Respublikasi Preazidentining (O’qituvchi va Murabbiylarga yo’llagan tabrigi).  01.10. 2020 
y .“ daryo .  uz ”.
4 Tadqiqot predmetini – XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Samarqand
ma’rifatparvarlarining   tashqi   ma’rifiy-madaniy   aloqalarini   o‘rganish
hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va   vazifalari:
Tadqiqotning   maqsadi   -   XIX   asrning   oxiri   XX   asrning   boshlarida
Samarqand   ma’rifatparvarlarining   tashqi   ma’rifiy-madaniy   aloqalarini
chuqurroq o‘rganish va yoritib berishdan iborat. Maqsaddan kelib chiqgan holda
quyidagi vazifalar belgilab olindi: 
Samarqandda   jadidchilik   harakatining   vujudga   kelishi   va   Samarqand
ma’rifatparvarlarining Turkiston jadidchiligida tutgan o‘rnini o‘rganish;
-     Samarqand ma’rifatparvarlari va ularning tashqi madaniy aloqalarini
o‘rganish;
-   Turkiston   o‘lkasida   ma’rifatparvarlikning   shakllanishida   Samarqand
jadidlarining tutgan o‘rnini asoslash;
-   Samarqandda   milliy   matbuot   tizimining   shakllanishi   va   bu   jarayonda
“Tarjimon” va “Mullo Nasriddin” gazetasining tutgan o‘rnini ochib berish;
  -   Yangi   usul   maktablarini   vujudga   kelishi   va   unga   ta’sir   ko‘rsatgan
tashqi   omillarni   Ismoil   Gaspiriniskiy   va   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   ma’rifiy
va madaniy aloqalarini ilmiy jihatdan tahlil qilish;
- Samarqandda milliy teatrning vujudga kelishida Ozarbayjon, tatar teatr
truppalari bilan hamkorlik masalalarini atroflicha o‘rganish;
- Turkistonda kutubxona va bosmaxonalarning tashkil topish jarayoniga
ta’sir ko‘rsatgan sabablarni o‘rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
-   XIX   asrning   oxiri   XX   asr   boshlarida   Samarqandda   faoliyat   yuritgan
jadid   ma’rifatparvarlarining   hayoti   va   ijodini,   ularning   ilmiy   merosini,
ma’rifatparvarlik sohasiga qo‘shgan hissasi asoslab berildi; 
-   milliy   matbuotning   vujudga   kelishida   Ozarbayjon,   tatar   va   eron
matbuot   nashrlari   “Tarjimon”   va   “Afandi”   gazetalarining   ijobiy   ta’sir
ko‘rsatganligi asoslandi;  
5       -   Samarqanddagi   dastlabki   usuli   jadid   maktabiga   asos   solinishi,   Ismoil
Gaspiriniskiyning o‘lka ma’rifatparvarlari bilan ma’rifiy-madaniy aloqalari turli
adabiyotlarda faktlar asosida tahlil qilindi; 
 -Samarqandda dastlabki milliy teatrga asos solinishi, Ozarbayjon, tatar, rus
teatr   truppalarining   o‘lka   bo‘ylab   gastrol   safarlari,   padarkush   drammasining
milliy teatr rivojidagi o‘rni ochib berildi.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari:   XIX   asrning   oxiri   XX
asrning   boshlarida   Samarqandda   ma’rifatparvarlikning   vujudga   kelishi,   unga
ta’sir   ko‘rsatgan   ichki   va   tashqi   omillar,   Samarqandda   faoliyat   yuritgan   jadid
ma’rifatparvarlari ularning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishish, ular maktab
va   maorif   tizimiga   olib   kirgan   yangiliklarining   Samarqand   jadidlarining   tashqi
ma’rifiy   va   madaniy   aloqalari,   Samarqandlik   ma’rifatparvarlar   harakatini
Turkiston jadidchiligida tutgan o‘rnini tahlil qilish masalalari ko‘riladi.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili) .   Magistrlik
dissertatsiyasi   ishida   mavzuga   aloqador   bo‘lgan   o‘zbek   va   rus   tilidagi
adabiyotlar keng ko‘lamda qo‘llanilgan.
Tarixchi olimlar tomonidan o‘zbek tilida chop etilgan  Д .  А .  Алимова   ва
Д .   А .   Рашидоваларнинг   “ Махмудхужа   Бехбудий   ва   унинг   тарихий
тафаккури ” 4
, nomli risolasi. 
Abdurashidov  Z ning “Ismoil  Gaspiriniskiy va Turkistonda jadidchilik”
kitobida:   Rossiya   imperiyasi   hududidagi   turkiy   xalqlar   orasidagi   jadidchilik
harakatining asoschisi Isomil Gaspiranskiy va uning o‘lka jadidchilikni yoyishda
tutgan o‘rni  kengroq tadqiq qilinadi 5
.
I.   Rasulov,   A.   Isoqboyev,   D.   Nasriddinov   tomonidan   yozilgan
“Turkiston ijtimoiy-siyosiy madaniy hayotida tatarlar” nomli monagrafiyasida 6
.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   tanlangan   asarlar   I   jildi   to‘plamida   ham   XX
asrning boshlarida faoliyat olib borgan Mahmudxo‘ja Behbudiy ijod namunalari,
4
  Алимов a . Д. А.  ва Д. А. Рашидовалар.   Махмудхужа Бехбудий ва унинг тарихий тафаккури. -Тошкент-
1999.й 
5
 Абдурашидов. З.    Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.    Тошкент-2008 й.
6
 Расулов. А, Исокбоев. А, Насрединова. Д.   Туркистон ижтимоий-сиёсий маданий хаётида татарлар.  
Тошкент-2019 й. 
6 1903-1918-yillarda   e’lon   qilingan   ijtimoiy-siyosiy   maqolalari,   nutqlari
kiritilgandir 7
.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   tavalludining   145-yilligiga   bag‘ishlangan
“Zarafshonning   Behbudiysi”   nomli   maqolalar   to‘plamida   ham   Behbudiyning
shonli hayot yo‘li haqida bosilgan maqolalar o‘rin olgan 8
.
Rustam   Sharipov  tomonidan  “Turkistonda   jadidchilik  harakati   tarixidan”
nomli   kitobida   Turkiston   o‘lkasida   jadidchilik   harakatining   paydo   bo‘lishi,
namoyondalari va jadid adabiyotining yo‘nalishi haqida ma’lumotlar berilgan 9
.
Shuhrat   Rizayev   tomonidan   yaratilgan   “Jadid   drammasi”   kitobida
Turkistonda jadid teatri va dramaturgiyasining shakllanishi va uni davrlashtirish
masalalari tahlil qilinadi 10
.
“Ibrat,   Siddiqiy-Ajziy,   So‘fizoda   tanlangan   asarlar”   to‘plamida   ham
Samarqandlik Saidahmad Siddiqiy Ajziy hayot yo‘li va ma’rifatchilikdagi tutgan
o‘rni har tomonlama tadqiq etilganini ko‘rishimiz mumkin 11
.
“Jadid   ma’rifatparvarlik   harakatining   g‘oyaviy   asoslari”   Respublika
ilmiy-   amaliy   anjumani   materiallari   ham   jadid   ma’rifatparvarlarining   milliy
ta’lim,   matbuot   adabiyot   va  san’atni   rivojlantirishga   qo‘shgan   hissasi   va   uning
Milliy   g‘oya   targ‘ibotidagi   ahamiyati,   Respublika   ilmiy-amaliy   anjuman
materillarida ko‘plab ma’lumotlarni uchratamiz 12
.
Nusrat   Rahmatning   “Jadid”   nomli   kitobida   ham   jadidchilikning   otasi
bo‘lgan   Mahmudxo‘ja   Behbudiyga   baxshida   hikoyalarda   ham   ko‘plab
ma’lumotlar bor 13
.
7
 Махмудхужа Бехбудий.  Танланган асарлар  I -жилд.  Тошкент “ Akademnashr ”. 2018-й.
8
 “Зарафшон”нинг Бехбудийси.   Буюк маьрифатпариар Махмудхужа Бехбудий таваллудининг 145-
йиллигига.    “ SAHHOF ” 2020. 
9
 Шарипов. Р.    Туркистонда жадидчилик харакати тарихидан. 
10
 Ризаев. Ш.  Жадид драмаси. шаклланиш даври,манбалари, хусустятлари.  Тошкент – 1997 й.  
11
Ибрат, Сиддикий Ажзий, Суфизода. Танланган асарлар.   Тошкент – 1999 й.  www    .   ziyouz    .   com     
kutubxonasi .
12
 Жадид маьрифатпарварларлик харакатининг гоявий асослари. Республика илмий-амалий анжуман 
материаллари.   Тошкент-2016 й.   www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
13
 Рахмат. Н.  Жадид.   Тошкент -2020 й.   www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
7 Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash
kabi maqolalar to‘plamidan ham mavzuga oid bo‘lgan ma’lumotlar uchraydi 14
.
B. Qosimovning “Maslakdoshlar” risolasida ham Turkistonda jadidchilik
harakati   nomoyondalari   va   ularni   birlashtirgan,   g‘oyalari   masalasiga   ham
alohida to‘xtalib o‘tgan 15
. 
Begali   Qosimov   va   Ulug‘bek   Dolimovning   “Ma’rifat   darg‘alari”
kitobidagi   Muqaddima   o‘rnida   ma’rifatparvarlikning   yetakchilari   bo‘lgan
jadidlarning ma’rifatparvarlik  faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tilgan 16
.
Shuningdek   adabiyotshunoslardan   akademik   N.Karimovning
“Mahmudxo‘ja   Behbudiy”     monagrafiyasida   ham   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning
Turkistonda   jadidchilik   harakatida   tutgan   o‘rni,   o‘lkada   yangi   usul
maktablarining ochilishi va faoliyati masalasiga alohida e’tibor qaratilgan 17
.
Begali   Qosimov   “Ismoilbek   Gaspirali”   ushbu   kitobda   buyuk
ma’rifatparvar Ismoil Gaspiralining murakkab hayoti va serqirra faoliyati haqida
ham hikoya qilinadi 18
.
Shuningdek,   Ж . Яхшиликов ,   Н . Убайдуллаева   Жадидчилик   ва
Бехбудий   nomli   risolasida   ham   Jadidchilikning   shakllanish   jarayoni   Ismoil
Gaspirali,   o‘lkada   jadidchilikining   yoyishda   qilgan   xizmatlari   haqida   batifsil
yotitilgan 19
.
  Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jadidlar faoliyatiga oid juda
ko‘plab   tadqiqotchilar   o‘zlarining   ilmiy   maqolalarini   chop   etdilar.   Bular
qatorida   S.   Agzamxodjayevning   “Jadidchilikning   g‘oyaviy   rivojlanish
bosqichlari”,   Z.   Abdurashidovning   “Turkiston   jadidlari   va   milliy   g‘oya
targ‘iboti”,   B.   Xasanovning   “Jadid   matbuoti   sahifalarida   Turkiston   ta’lim
masalalarining   yoritilishi”,   B.   Irzayev   va   U.   Ortiqovning   “Jadid   matbuoti
14
  Жадидчилик: ислохот, янгиланиш, мустакиллик ва тараккиёт учун кураш.   Тошкент- 1999 й. 
www    .   ziyouz    .   com   
15
 Косимов. Б.     Маслакдошлар.   Тошкент – 1994 й.   www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
16
 Косимов. Б. Долимов. У.    Маьрифат даргалари.  Тошкент – 1990 й.  www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
17
 Какимов. Н.      Махмудхужа Бехбудий.  Тошкент – 2020 й.  www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
18
Косимов.  Б. Исмоилбек Гаспрали.   Тошкент – 1992  й.
19
Яхшиликов. Ж. Убайдуллаева.  H .   Жадидчилик ва Бехбудий.    Тошкент  - 2004.  4- б .
8 sahifalarida Turkistondagi siyosiy jarayonlar”, R. Rahmatjonovning “Jadidlar va
matbuot”,   A.   Mingnorovning   “Madaniy   jarayonlar   va   ta’lim   masalalarining
Turkiston   milliy   matbuotida   yoritilishi”,   N.   Karimov   “Jadid   teatrining   milliy
manbalariga   doir”,   D.   Ziyoyevaning   “XX   asr   boshida   shahar   kutubxonalari
taraqqiyotida   jadid   ma’rifatparvarlarining   o‘rni”,   N.   Mustafoyeva   “Turkiston
jadidlarining zamonaviy o‘rta va oliy maktab, maorif masalalariga munosabati”,
Sh.   Ziyodov   “Turistonda   shaxsiy   kutubxonalar   tarixidan”.   A.   Rasulov   va   D.
Nasriddinovaning   “Jadidchilik   harakatida   tatar   ayollarning   o‘rni”   kabi
maqolalarini   keng   o‘quvchilar   ommasiga   taqdim   etdilar.   Yuqorida   nomlari
keltirilgan   asarlar   orqali   jadidchilik,   uning   o‘rganilishi,   jadid   milliy   matbuoti,
teatri   va   drammaturgiyasini   o‘rganishga   oid   juda   ko‘plab   ma’lumotlarni
olishimiz mumkin.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi.   Ushbu
dissertatsiyaning   mazmun   mohiyatini   yoritib   berishda   retrospektiv   (zamondan
o‘tmishga   nazar),   qiyosiylik,   tizimli   tahlil   qilish,   og‘zaki   tarix   kabi   usullardan
foydalanildi.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Mazkur
tadqiqot   ishi   natijasida   Jadidchilik   harakati,   uning   Turkiston   madaniy   hayotida
ko‘rsatgan   ta’siri,   Samarqandda   ma’rifatparvarlikning   shakllanishi   va   unda
Samarqand   jadidlarining   tutgan   o‘rni,   Samarqand   ma’rifatparvarlarining   tashqi
ma’rifiy va madaniy aloqalari, Samarqand ma’rifatparvarlarining Qrim, Kavkaz,
Rossiya,   Misr,   Eron   Arab   mamlakatlari   bilan   madaniy-ma’rifiy   aloqalarining
Turkistondagi   ta’lim   tizimiga   o‘tkazgan   ta’siri,   milliy   matbuot   va   milliy
teatrning shakllanishida olib borgan aloqalari va ta’lim tizimiga aloqador boshqa
masalalar atroflicha o‘rganiladi. 
Ish tuzilmasining tavsifi.  Tadqiqot ishi – kirish, asosiy qism (3 bob va 6
fasl), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, jami
90 sahifadan iborat.
9 10 I – BOB: XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA SAMARQANDDA
MA’RIFATPARVARLIKNING VUJUDGA KELISHI, UNGA TA’SIR
KO‘RSATGAN OMILLAR
1.1 Mavzuning tarixshunosligi tahlili.
So‘nggi   yillarda   yurtboshimiz   Shavkat   Miromonovich   Mirziyoyev
tomonidan   ilm   fan,   yoshlar   tarbiyasi   va   ta’lim   sohasida   amalga   oshirilgan
islohotlari,   jadidchilik,   uning   namoyondalari   faoliyati,   ular   tomonidan   ilgari
surilgan g‘oyalar, jadidlar merosini har tomonlama chuqur o‘rganish masalasini
ilgari   surgani   bejiz   emas.   Yurtboshimiz   Sh.   Mirziyoyev   “Biz   o‘z   oldimizga
mamlakatimizda   Uchinchi   Renessans   poydevorini   barpo   etishdek   ulug‘
maqsadni   qo‘ygan   ekanmiz,   buning   uchun   yangi   Xorazmiylar,   Beruniylar,   Ibn
Sinolar,   Ulug‘bek,   Navoiy   va   Boburlarni   tarbiyalab   beradigan   muhit   va
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston”da Uchinchi
Renessans   poydevorini   barpo   etishdek   ulug‘   maqsadni   qo`ygan   ekanmiz,   shu
maqsadda   “Yangi   O`zbekiston   -   maktab   ostonasidan,   ta’lim-tarbiya   tizimidan
boshlanadi 20
”-   deydilar.   Shu   boisdan   ushbu   harakat   yurtimizda   bundan   bir   asr
oldin   yashab   o‘tgan   Turkiston   xalqlarining   milliy   ozodligi   uchun   jonini   fido
qilgan,   jadid   marifatparvarlarining   merosini   har   tomonlama   chuqur
o‘rganishimiz lozim ekanligini belgilab beradi.
Jadidchilik   harakatiga   bo‘lgan   qiziqishning   tobora   keng   quloch
yozayotganligi   bu   mavzu   bilan   nafaqat   O‘zbekiston   yoki   Markaziy   Osiyoda,
balki   Germaniya,   Fransiya,   AQSH,   Yaponiya   va   Turkiya   singari
mamlakatlardagi   olimlarning   shug‘ullanayotganligi   sababli   Turkiston   xalqlari
tarixining bu murakkab davri keng ko‘lamda o`rganilmoqda 21
.
Shu   qatorda   mustaqillikdan   so‘ng   O‘zbekistonda   ham   mamlakatni   har
tomonlama ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rivojlantirish uchun
keng   ko‘lamli   islohotlar   olib   borilmoqda,   shu   qatorda   ta’lim-tarbiya   sohasida
ham qator islohotlar amalga oshirilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada
20
 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining: Oliy Majlisga Murojatnomasi. 29.12.2020 y.  www. gazeta. uz
21
 Jadidchilik: islohot, yangilanish mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. Toshkent :  Universitet .  1999 y. 23-b
11 yurtboshimiz   Shavkat   Mirziyoyev   ta’kidlaganlaridek,   yosh   avlod   ta’lim-
tarbiyasiga alohida e’tibor berish, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasida,
ta’lim tizimini avvalo bog‘chadan boshlash va ta’limning uzviyligini ta’minlash
masalasini   o‘rtaga   tashlaganlari   bejiz   emas.   Shunday   ekan   yurtboshimiz
uchinchi   renessans   poydevorini   yosh   avlod   bilan   yaratishimiz   kerak   deb
ta’kidlar   ekan,   2020-yil   1-oktabr   “Ustoz   va   murabbiylar”   bayrami   munosabati
bilan  yo‘llagan   bayram  tabrigida  shu   masalaga   alohida  to‘xtalib,  ta’lim-tarbiya
tizimini   isloh   qilishda   jadidlar   faoliyatini   har   tomonlama   va   chuqur   o‘rganish
masalasi haqida alohida to‘xtalib o‘tadilar.
Mustaqillikning   dastlabki   yillaridayoq   jadidlar   faoliyatini   keng   va
chuqurroq o‘rganishga alohida e’tibor berildi.   Ularning har biri haqida alohida-
alohida asarlar, monagrafiyalar, bir nechtalab risolalar yaratilganini ko‘rishimiz
mumkin.   El-yurt   taqdirida   beqiyos   ahamiyat   kasb   etgan   bu   kabi   buyuk
siymolarning   hayoti   va   faoliyatini,   maqsadlari,   ularning   g‘oya   va   intilishlari
hukmronlik   qilgan   salkam   70   yil   davomida   faqat   qing‘ir   ko‘zgu   orqali
ko‘rsatilib kelinganligi hech kimga sir emas. Marhum  birinchi  Prezidentimiz I.
A.   Karimov   tasdiqlaganlaridek,   sovet   davrida   “Tarixiy   haqiqatni   bilishga
qaratilgan   harakatlar   rag‘batlantirilmagan,   aksincha,   hukmron   mafkura
manfaatlariga   xizmat   qilmaydigan   manbalar   xalq   ko‘zidan   imkon   qadar   uzoq
tutilgan”.   Ahvol   shu   darajaga   yetib   kelgandiki,   o‘z   tariximizni   o‘zimiz   yozish
huquqiga ham ega bo‘lmay qoldik 22
.
  So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar
shuni   ko‘rsatmoqdaki,   milliy   ta’limning   shakllanishida   g‘oyat   katta   hissa
qo‘shgan   jadid   ma’rifatparvarlarining   ta’lim   sohasida   amalga   oshirgan
islohotlari,   shuningdek   ularning   boy   ilmiy   merosini   o‘rganishga   katta   e’tibor
qaratildi.   Jumladan:   tarixchi   olimlarimizdan   Qahramon   Rajabovning
“Jadidchilik”,   Dilorom   Alimova,   Dilbar   Rashidovalarning   “ Махмудхужа
Бехбудий   ва   унинг   тарихий   тафаккури ” 23
, Hamid Ziyoyev, Hamdam Sodiqov,
22
  Ж . Яхшиликов ,  Н . Убайдуллаева .        Жадидчилик   ва   Бехбудий .       Тошкент . 2004.  4- б .
23
  Алимов a.  Д .  А .   ва   Д .  А .  Рашидовалар .      Махмудхужа   Бехбудий   ва   унинг   тарихий   тафаккури .    
Тошкент -1999  й .
12 Haydar   Bobobekov,   Dono   Ziyoyeva,   Saidakbar   A’zamxo‘jayev,   Payon
Ravshanov,   R.   Shamsuddinov   kabi   yetuk   tarixshunos   olimlarimiz,
adabiyotshunoslardan Naim Karimov, Begali Qosimov, Solih Qosimov, Shuxrat
Rizayev,   Boybo‘ta   Do‘stqorayev,   G‘ofurjon   Maxmudov,   kabi
respublikamizning yetuk filolog adabiyotshunos  olimlari bu bo‘yicha jonbozlik
ko‘rsatganlar.   Shu   qatorda   faylasuf   olimlardan:   Abulfayz   Jalolov,   Erkin
Yusupov,   Guli   Maxmudova   kabi   faylasuf   olimlar   jadidlar   hayoti   ularning
faoliyati, ularning qarashlari va g‘oyalarini jadidchilik harakatini keng ko‘lamda
o‘rgandilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shuningdek   jadidchilik   harakatini   o‘rganish   bilan   nafaqat   yurtimizda
balki   xorijda   yashab   qolgan   millatdoshlarimiz   Zaki   Validiy   To‘g‘onning
“Turkistonga   ilmiy   safari”,   Boymirza   Hayit   “Turkistonda   jadidchilik   va   uning
tugatilishi” 24
,   Mustafo   Cho‘qayevning   “Turkistonda   milliy   kurash”,
“Turkistondagi   bosmachilik   harakati”   kabi   maqolalarida   ham   jadidchilik
harakatining   g‘oyaviy   asoslari   masalasi   ko‘rilgan.   Xorij   olimlaridan   ingliz
Edvard Olvort, Fredrik Star, nemislardan Ingberg Baldauf “Jadidism  in Central
Asia   within   reformism   and   modernism   in   the   muslim   world” 25
,   yaponlardan
Xisao   Komatsu,   Paulo  Sartori   “Central   Asian   Jadidism   and   Local   Genealogies
of   Centural   Change” 26
,     Adeb   Khalid   “Jadidism   in   Central   Asia” 27
  singarilar
jadidchilik harakatini asl mohiyatini o‘rganish hamda yoritishda salmoqli ishlar
qilishganlar.
Yuqorida   nomlari   keltirilgan   insonlarning   ko‘pchiligining   tashabbusi
bilan Toshkentda Adabiy meros va jadidchilik masalalari  (1998-yil) mavzusida
respublika,   Markaziy   Osiyo   XX   asr   boshida   islohotlar   uchun   kurash,
yangilanish,   rivojlanish   va   mustaqillik   (1999-yil)   mavzusida   xalqaro   ilmiy
konfrensiya   anjumanlar   o‘tkazildi 28
.   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar
akademiyasi   (O‘zRFA)   tarix   instituti   olimlarining   izlanishlari   tufayli
24
  Boymirza. H.    Turkistonda jadidchilik va uning tugatilishi. 2001y.  14- b. 
25
Baldauf. I.    Jadidism in central asia within reformism and modernism in the muslim world.   2001y .  22 -b.
26
  Paulo Sartori.   Central Asian Jadidism and Local Genealogies of Centural Change. 2016 y.    17 -b. 
27
  Adeeb Khalid.    Jadidism in Central Asia.    1999-y.  31-b. 
28
  Яхшиликов. Ж.  Убайдуллаева. Н.    Жадидчилик ва Бехбудий.  Тошкент  -2004.  5-б
13 “Jadidchilik:   islohot,   yangilanish,   mustaqillik   va   taraqqiyot   uchun   kurash”,
“Turkiston   va   Buxoro   jadidchiligi   tarixidagi   chizgilar”   sarlavhali   davriy
to‘plami ham (1999) vujudga keldi 29
. G‘. Mahmudov “Jadid adabiyotida milliy
istiqlol   mavzusi”   (1999-yil) 30
,   D.   Alimova   “ Джадизм   в   Средней   Азии .   Пути
обнавления, реформы, борьбы за  низависимость” 31
,   A .   Aliyev   “ Ma ’ naviyat ,
qadriyat   va   badiyat ”   (2000- yil ),   Sh .   Rizayev   “ Jadid   drammasi ”,   (1997- yil ),   P .
Sharipov   “ Turkiston   jadidchilik   harakati   tarixidan ”   (2002- yil ),   kabi
monagrafiyalar   va   risolalarini   e ’ lon   qilishganlar 32
.
Yuqorida   ta ’ kidlab   o ‘ tilganlar   kabi   shular   qatorida   Mahmudxo ‘ ja
Behbudiyning   hayoti   va   faoliayti   ilmiy - ijodiy   merosini   o ‘ rganish   bo ‘ yicha
maqolalar   yozildi ,   ko ‘ plab   risolalar   nashr   etilgan   va   hozirgi   kunda   ham
tadqiqotlar   olib   borilmoqda .
Bular   qatoriga   Begali   Qosimov   va   Ulug ‘ bek   Dolimovning   “ Ma ’ rifat
darg ‘ alari ”   kitobidagi   Muqaddima   o ‘ rnida ,   B .   Qosimovning   “ Maslakdoshlar ”
nomli   tadqiqotidagi , “ Adibi   avval … ( Mahmudxo ‘ ja   Behbudiy   va   uning   davri ) 33
”
H .   Karimov   va   A .   Aliyevlarning   “ O ‘ zbek   pedogogikasi   tarixidan ”   Vatan
adabiyoti ”   darsliklaridan   o ‘ rin   olgan   Mahmudxo ‘ ja   Behbudiy   sarlavhali   ilmiy
ocherklari ,   Shuhrat   Rizayev ,   Sunnatila   Ahmedov ,   Zebiniso   Axrorova ,   Sherali
Turdiyev   singarilarning   hammabop   maqolalarini   tilga   olmoq   joiz   hisoblanadi 34
.
Shuningdek ,   Mahmudxo ‘ ja   Behbudiy   haqida   jadidshunoslik   jumladan
Behbudiyshunoslikka   katta   hissa   qo ‘ shgan   Begali   Qosimov   tomonidan   nashrga
tayyorlangan   qimmatli   kitob   –   Mahmudxo ‘ ja   Behbudiyning   “   Tanlangan
asarlar ”   to ‘ plami   jamoatchilikka   tuhfa   etiladi 35
.   Bundan   tashqari   Dilorom
Alimova   va   Dilbar   Rashidovalarning   “ Mahmudxo ‘ ja   Behbudiy   va   uning   tarixiy
tafakkuri ”   (1999),   A .   Aliyevning   “ Mahmudxo ‘ ja   Behbudiy ”   (1994)   N .
29
  Яхшиликов.  Ж. Убайдуллаева. Н.     Жадидчилик ва Бехбудий.  Тошкент  -2004 й.  5-б
30
  Mahmudov .  G ’.     Jadid   adabiyotida   milliy   istiqillol   mavzuyi .    1999-  yil . 
31
 Алимова. Д. А.     Джадизм   в Средней Азии. Пути обнавления, реформы, борьбы за низависимость.  
Тошкент-2000 й.
32
 Яхшиликов.  Ж. Убайдуллаева. Н.     Жадидчилик ва Бехбудий.  Тошкент  -2004 й.  5-б
33
 Косимов. Б.     Маслакдошлар.   Тошкент – 1994 й.   www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi
34
Яхшиликов.  Ж. Убайдуллаева. Н.     Жадидчилик ва Бехбудий.  Тошкент  -2004 й.  5-б
35
Алимов a . Д. А.  ва Д. А. Рашидовалар.   Махмудхужа Бехбудий ва унинг тарихий тафаккури. -Тошкент-
1999.й
14 Avazovning   “ Mahmudxo ‘ ja   Behbudiy   -   ma ’ rifatparvar ”   (1993)   va   boshqa
risolalari   e ’ lon   qilinadi . 
Behbudiy   tavalludining   125   yilligiga   bag ‘ ishlab   Samarqand   davlat
universitetida   2001- yil   15- yanvarda   o ‘ tkazilgan   “ Mahmudxo ‘ ja   Behbudiy   va
Istiqilol ”  mavzusidagi   ilmiy   anjumanda  50  dan   ortiq   ma ’ ruzalar   tinglandi 36
. 
  Jadid   ma ’ rifatparvarlik   harakatining   g ‘ oyaviy   asoslari   masalasida  2016-
yilda   “ Jadid   ma ’ rifatparvarlarining ,   milliy   ta ’ lim ,   matbuot ,   adabiyot   va   san ’ atni
rivojlantirishga   qo ‘ shgan   hissasi   va   uning   milliy   g ‘ oya   targ ‘ ibotidagi   ahamiyati ”
mavzusidagi   respublika   ilmiy - amaliy   anjumani   materiallari   2016- yil   15- aprel
materiallarida   ham   juda   ko ‘ plab   maqolalar   e ’ lon   qilingan . 
Shuningdek   2022-yil   Samarqandlik   yetuk   ma’rifatparvar   Saidrizo
Alizoda tavalludining 135 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Saidrizo Alizoda
Murosolot/ Maktublar Respublika ilmiy-amaliy anjumani materillari to‘plamida
ham   Alizodaning   ma’rifatparvarlikda   tutgan   o‘rni,   uning   Turkiston   va
Ozarbayjonning ilmiy va maorif aloqalarida tutgan o‘rni yoritib berildi. Eron va
Ozarbayjon   safarlaridan   qaytgandan   so‘ng     Samarqandda     “Hayot”   va   “Yangi
hayot”     maktablarini   tashkil   qilganligi,   shuningdek   Shakuriyning   yangi   usul
maktabida   o‘qituvchi   bo‘lib   ishlaganligi   va   jadid   adabiyoti,   ta’limga   qo‘shgan
xizmati haqida ham batafsilroq so‘z yuritiladi va turli maqolalar e’lon qilindi 37
Yuqorida   sanab   o‘tilgan   tadqiqotlarning   barchasidan   shuni   ko‘rishimiz
mumkinki,   sobiq   ittifoq   davrida   noto‘g‘ri   talqin   qilingan   jadidchilik   va   uning
yirik namoyondalarining faoliyati mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq har
tomonlama   chuqur   va   keng   ko‘lamda   o‘rganila   boshlangani,   jumladan   O‘rta
Osiyo     jadidlarining   otasi   deb   e’tirof   e’tilgan   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning
jadidchilik   harakatlari,   uning   ilmiy   ijodi   yo‘li   va   faoliyati,   umuman   olganda
Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining yirik namoyondalari, ularning ijodi
va ijtimoiy siyosiy, madaniy hayotida tutgan o‘rni nafaqat mamlakatimida, balki
chet   el   davlatlarida   ham   ushbu   soha   bilan   shug‘ullanadigan   ko‘plab
36
  Mahmudxo’ja Behbudiy va Istiqilol.   Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plami  2001-y.
37
  Saidrizo Alizoda.     Murosolot/ Maktublar Respublika ilmiy-amalliy anjuman materillari to’plami 2022-y.
 
15 tadqiqotchilar tomonidan hozirgi kunda ham keng qamrovda o‘rganilayotganini
ko‘rishimiz mumkin.
Xullas, jadidchilik mavzusini o‘rganish bilan aloqador bo‘lgan bir qator
dolzarb   masalalar   o‘z   yechimini   kutmoqda.   Samarqandlik   ma’rifatparvarlar
jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa ma’rifatparvarlar ijodini va ilmiy
merosini   o‘rganish,   ushbu   harakatning   mafkuraviy   negizini   va   g‘oyaviy
asoslarini   tashkil   etuvchi   ijtimoiy   falsafiy   qarashlarini,   shu   o‘rinda   jadidchilik
harakatining   vujudga   kelishiga   ta’sir   ko‘rsatgan   tashqi   omillar,   Turkistonda
ma’rifatparvarlik   harakatining   shakllanishida   Samarqand   ma’rifatparvarlarining
tutgan o‘rnini atroflicha o‘rganish masalasi turadi.
-Hozirgi   kunda   ham   jadidlar   ilmiy   merosi   va   faoliyati   masalasida
ko‘plab   yosh   tadqiqotchilar   ilmiy   izlanishlar   olib   bormaqdalar   va   ularning
saflari   yil   sayin   o’sib   borayotganligining   o’zi   ham   mavzuni   keng   ko’lamda
tadqiq etish imkonini beradi.   
1.2   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   Samarqandda   jadidchilik   va
ma’rifatparvarlikning vujudga kelishi hamda rivojlanishi.
Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining vujudga kelishi XIX asrning
oxiri   XX   asrning   boshlariga   to‘g‘ri   keladi.   Turkiston   o‘lkasida
16 ma’rifatparvarlikning   shakllanish   jarayoni   o‘z-o‘zidan   vujudga   kelgani   yo‘q.
Ma’rifatparvarlik harakati XIX asrdan  boshlab musulmon sharqida keng yoyila
boshlagan   ijtimoiy-siyosiy   hodisa   bo‘lib,   XIX   asrning   80-yillaridan   boshlab
Qrimda shakllangan bo‘lib, asr oxirida Turkiston o‘lkasiga ham kirib kelib XX
asrning boshlarida keng yoyiladi. 
Turkistonda   jadidchilik   harakati   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lgani   yo‘q,
albatta.   O‘lkada   ushbu   harakatning   vujudga   kelishi   uchun   ma’lum   bir   shart-
sharoit va sabablar mavjud edi. XIX asrning o‘rtalari va XX asrning boshlariga
kelib   jamiyatda   yangilanish   zarurati   yuzaga   keladi.   Bir   qator   ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy va huquqiy muammolar  paydo bo‘ladi. Jamiyatda paydo bo‘lgan ana
shunday   muammolarni   hal   etish   uchun   bel   bog‘lagan   ziyolilar   xalq   orasida
(jadidlar) deb tan olinadi 38
.
Marhum   birinchi   prezidentimiz   I.   Karimov   ta’kidlab   o‘tganlaridek,
“Jamiyat   taraqqiyotining   asosi   uni   muqarrar   halokatdan   qutqarib   qoladigan
yagona   kuch   bu-   ma’rifatparvarlikdir” 39
.   Ma’rifatparvarlikning   vujudga   kelishi
haqida   adabiyotshunos   olim   B.   Do‘stqorayev,   Feodal   qoloqlik   bu   sharqni
g‘arbdagi   mustabidlarga   qaram   bo‘lishiga   olib   kelganligi   bois,   milliy   zulmdan
qutulish   uchun   ozodlik   kurashi   asosiy   hodisaga   aylanadi.   Mustaqillik   va   erkka
erishish   uchun   jamiyatda   mavjud   tuzumni   isloh   qilish   kerak   deb   ta’kidlab,   bu
borada “Qadim” eskilik tarafdorlariga qarshi turadigan “jadid” (yangi)lar siyosiy
maydonga keladi. 
Shu tariqa jadid ma’rifatparvarlar Turkiya, Misr hamda Turkistonda ham
siyosiy oqim sifatida paydo bo‘ldi 40
. Turkistonda ma’rifatparvarlikning vujudga
kelishida Samarqandlik jadid ma’rifatparvarlari muhim ro‘l o‘ynagan. Aynan bu
borada   jadidlar   faoliyati   bilan   uzoq   yillardan   buyon   ishlab   kelayotgan
adabiyoshunos   olim   Akademik   Naim   Karimov   bilan   bo‘lgan   suhbatda   ham   u
kishi   shuni   shuni   ta’kidlab   o‘tdilarki,   Turkiston   jadidlari   orasida   Samarqand
38
Шарипов. Р.    Туркистонда жадидчилик харакати тарихидан.     Тошкент. 2002 й.  14-б.  
39
Каримов. И.    Биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз. 7-жилд.      Тошкент. 1999 й. 135-б. 
40
 Б. Дусткораев. Туркистон жадидларининг йирик сиймоси. “Жахон адабиёти” журнали.1998 й. 3-сон. 
146- б .
17 jadidlari   faoliyati   ancha   kengroq   bo‘lganligini   va   Turkistonda
ma’rifatparvarlikni   yoyishda   tashqi   madaniy   aloqalar   olib   borgan   bo‘lib,   bu
borada   Behbudiyning   Haj   safari   va   qrim   ma’rifatparvari   Gaspiriniskiy   bilan
alolari   haqida   gapirar   ekanlar.   Shu   qatorda   Samarqandlik   ma’rifatparvar
Saidrizo Alizodaning Pokiston va Eron bilan ilmiy aloqalar o‘rnatganligi haqida
ham to‘xtalib o‘tdilar 41
.
Shu   boisdan   ham   XX   asr   boshlarida   Samarqandda   faoliyat   yuritgan
Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Saidahmad   Sidqiy   Ajziy,   Abduqodir   Shakuriy,   Said
Rizo   Alizoda   va   Xoji   Muyin   kabi   jadid   ma’rifatparvarlarining   hayoti   ijodi
haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   (1875-1919).   XIX   asrning   oxiri   XX   asr
boshlarida   Samarqandda   faoliyat   yuritgan   jadid   ma’rifatparvari   Turkiston
jadidlari   otasi   nomi   bilan   mashxur   bo‘lgan   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   1875-
yilning   19-yanvarida   Samarqand   yaqinidagi   Baxshitepa   qishlog‘ida   tug‘ilgan
bo‘lib, uning tug‘ilgan yili haqida ham turlicha qarashlarni ko‘rishimiz mumkin.
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   1874-yil   30-yanvar   payshanba   kuni   Samarqand
shahrining Yomini mahallasida tavallud topgan deyilsa ko‘p jihatdan maqsadga
muofidir 42
.
Tadqiqotchilarning   ko‘pchilligi   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   kambag‘al
oilada tug‘ilib o‘sganligini uqtirishadi. Bu masala ko‘p jihatdan unchalik to‘g‘ri
emas.   Mantiqan   olib   qaraganda,   ta’limga   ega   bo‘lish,   kitoblar   sotib   olish,
kutubxona   bilan   qiroatxona   tashkil   etish,   nashriyotlar   tashkil   qilib,   nashr
ishlarini   yo‘lga   qo‘yishi,   bularning   barchasi   mablag‘siz   qilish   mumkin
bo‘lmagan   ishlar   ekanligi   ham   bundan   dalolat   berishi   mumkin 43
.
Mahmudxo‘janing  oilada   yagona   o‘g‘il   ekanligini   hisobga   olsak,   u   holda  unga
yaxshigina meros ham qolgan bo‘lsa ajab emas. Bu so‘zlarning tasdig‘i sifatida
41
  Adabiyotshunosh olim. Akademik Karimov. N. bilan bo’lgan suxbatdan.  01.12. 2022 y.
42
 Mahmudxo’ja Behbudiy “Tanlangan asarlar” I jild.  Тошкент -2018. 10- b .
43
 Алимов a . Д. А.  ва Д. А. Рашидовалар.   Махмудхужа Бехбудий ва унинг тарихий тафаккури. -Тошкент-
1999.й .    6-б.
18 Behbudiylar   oilasining   Jomboyda   vaqf   mulk   egasi   va   Baxshitepada   kattagina
ko‘rkam bog‘ yerlarining xo‘jayini ekanligini aytishimiz kifoya bo‘ladi.
Mahmudxo‘jalar   oilasi   nihoyatda   ma’rifatli   bo‘lgan.   Mahmudxo‘janing
ikki   singlisi   ham   yaxshi   ta’lim   olgan.   Ular   Qur’on   va   hadislar   bilan   yaqindan
tanish bo‘lgan. Nadim Behbudiyning aytishicha, ularning kelib chiqishi mashhur
Ahmad Yassaviyga borib taqaladi.
Behbudiy   dastlabki   ta’lim   olgan   shaxslar   qatoriga   uning   tog‘alarini   ham
ko‘rishimiz   mumkin.   Jumladan,   6-7   yoshidayoq   Qur’onni   o‘qishni   tog‘asi
Muhammad   Siddiqdan   o‘rgansa,   15   yoshidan   boshqa   tog‘asi   mulla   Odildan
dunyoviy   fanlar   arab   tili   grammatikasi,   mantiq,   matematika,   huquqshunoslik
asoslari   va   tilshunoslik   kabi   barcha   fanlarni   o‘rganishga   kirishgan,   shubhasiz,
Behbudiylar   oilasida   hukm   surgan   yuksak   madaniyat   va   ilm-ma’rifat   muhiti
ijobiy  ta’sir  qiladi.  Mahmudxo‘janing  1893-yili   otasi  vafot   etadi   va  18  yoshlik
Mahmudxo‘ja mustaqil  hayotga qadam qo‘yadi, qozixonaga mirza bo‘lib ishga
kiradi. Mirzalik ishi Behbudiyga jamiyatning turli qatlamlarida yuz berayotgan
jarayonlar   haqida   yaqindan   tanishish   imkonini   bergan   bo‘lishi   mumkin.   1899-
yili   25   yoshli   Behbudiy   birinchi   marta   Haj   safariga   chiqadi.   Makka-yu
Madinaga  ziyorat  safari  Behbudiy  dunyoqarashini  kengaytirishga xizmat  qiladi
va   teranroq   fikrlashga   zamin   yaratadi.   U   sayohati   davomida   Rossiyaning
ko‘plab shaharlari, Turkiya, Qrim, Eron, Misr kabi mamlakatlarida bo‘ladi. Haj
safari   chog‘ida   Behbudiy   arab   dunyosi   mamlakatlari   Misr   va   Turkiyada
jadidchilik   chuqur   ildiz   otganini   ko‘rdi   va   u   yerdagi   ta’lim-tarbiyaning   yangi
usullari   bilan   yaqindan   tanishadi,   isloh   qilingan   madrasa   va   undagi   pedagogik
tizimini o‘rgandi 44
.
Behbudiyning   arab   dunyosiga   qilgan   sayohati   va   u   yerda   ko‘rgan
bilganlari   keyinchalik   unga   ko‘p   muammolarni   hal   etishga   qo‘l   keladi.     Haj
safaridan   uch   yil   o‘tgach,   Mahmudxo‘ja   Rossiyaning   turli   o‘lkalariga   qilgan
1903-1904   yillardagi   safari   Behbudiy   dunyoqarashi   tafakkurini   yanada
44
 Алимов a . Д. А.  ва Д. А. Рашидова.   Махмудхужа Бехбудий ва унинг тарихий тафаккури. –Тошкент 
1999.й .   9-б.
19 kengaytirganligini   uning   ta’lim,   maorif   sohasida   amalga   oshirgan   islohoti,
jumladan, Ismoil Gaspiriniskiy bilan uchrashuvi Turkiston o‘lkasida ham yangi
usuldagi   jadid   maktablari,   teatr   san’ati,   matbuot   sohasidagi   gazeta,   jurnallar,
kutubxonalar   tashkil   qilinishi   yangi   usuldagi   maktablar   uchun   darsliklar   joriy
qilish   masalasini   bevosita   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   nomi   bilan   bo‘g‘liq   desak
bo‘ladi.
Behbudiyning   jadidchilik   harakatini   keng   targ‘ib   qilishida   I.
Gaspiriniskiy   va   u   tomonidan   chiqarilayotgan   “Tarjimon   gazetasi”ning   o‘rni
beqiyos   hisoblanadi.   Jumladan,   “Tarjimon”   gazetasining   Turkistonga   ta’sirini,
Behbudiy   ta’rifiga   ko‘ra,   Turkistonda   turkiy   tilni,   usuli   jadid   (yangi   usul)   deb
nomlangan   yangi   ochilgan   isloh   qilingan   maktablar   yordamida   tarqatishda
ko‘rish mumkin 45
. Unda o‘qitish faqat turkiy tilda olib borilgan, undan tashqari
Turkistonning   barcha   yangi   va   yosh   ziyolilari   Behbudiy   kabi   “Tarjimon”
yordamida   dunyoda   bo‘layotgan   o‘zgarishlarni   o‘rgangan   va   chorak   asr
davomida   ushbu   gazeta   orqali   ular   o‘zlarining   ma’naviy   ehtiyojlarini   to‘liq
qondirishgan   va   zamonaviy   yangi   adabiyot   bilan   tanishishgan.   Bundan   shuni
bilish   kerakki,   Mahmudxo‘janing   ma’rifatparvarlik   harakatining   shakllanishida
Ismoil   Gaspiriniskiy   jadidchilik   g‘oyalarining   ta’siri   nihoyatda   katta
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
Saidahmad   Siddiqiy   Ajziy   (1864-1927   y).   XIX   asrning   oxiri   XX   asr
boshlarida   Samarqandda   yashab   faoliyat   yuritgan   jadid   ma’rifatparvarlaridan
biri bo‘lgan Siddiqiy Ajziy 1864-yilda Samarqand viloyatining Jomboy tumani
Xalvoyi   qishlog‘ida   hunarmand   dehqon   oilasida   tug‘ilgan.   Ma’rifatparvar
shoirning   asl   ismi   Saidahmadxo‘ja,   unvoni   esa   Siddiqiydir.   Uning   otasi
Turkistonlik bo‘lib,  Amir Abusayid zamonida Samarqandga ko‘chib kelgan deb
qaraladi. Ajziyning 5-7 yoshlarida otasi Husanxo‘ja vafot etgach, dastlab bobosi
Alixo‘ja qo‘lida, keyinroq esa usta Abdulqayum xonadonida ulg‘ayadi. Yangasi
qo‘lida   savod   chiqaradi.   Bilimni   ko‘proq   mustaqil   egallaydi.     Siddiqiy
yoshligidan   madrasaga   qatnab   Buxoro   va   Samarqand   madrasalarida   tahsilni
45
 Абдурашидов.  З.   Гаспириниский и Туркестан в начале ХХ века связи – отношеия – влияние. Тошкент
-2011. ст-47. 
20 davom ettiradi. Sharq klassik adabiyotini qunt bilan o‘rgangan Ajziy arab, fors,
ozarbayjon, turk, tojik, va keyinroq rus tilini ham o‘zlashtiradi. Forscha she’rlari
fors   adabiyoti   bilan   yaxshi   tanish   ekanligidan   dalolat   beradi.   Siddiqiy   Ajziy
maktabda,   madrasada   shuningdek   rus   maktabida   o‘qiydi,   rus   tili   adabiyotini
o‘rganadi.   Siddiqiy   Ajziy   1880-yillardan   boshlab   o‘zi   an’anaviy   usuldagi
she’rlar  yozishni  mashq qila boshlaganligi  ma’lum. Biroq zamonasining  buyuk
yetuk shaxslaridan biri sifatida e’tirof etilishida uning ma’rifatparvarlik faoliyati
muhim hisoblanadi.
Shoir Ajziy XIX asrning 90-yillarining oxirida Makkaga safarga chiqadi.
1900-1901   yillarda   Misr,   Arabiston,   Turkiyaga   boradi   bir   qator   sharq
mamlakatlarida bo‘lib islom dunyosidagi yangiliklar bilan tanishadi. 1900-yilda
Rossiyaning   Jiddadagi   elchixonasida   tarjimonlik   ham   qilgan 46
.   So‘ngra
Russiyaning Moskva, Piterburg shaharlarini aylanib Tiflisga o‘tadi. Tiflisda Jalil
Mamadqulzoda,   Akobir   Toirzoda   bilan   tanishadi.   Siddiqiy   1901-yilda   o‘z   ona
yurtiga qaytadi va yangi tipdagi maktab tashkil qiladi. Siddiqiyning o‘zi keyingi
paytlargacha   shu   yerda   mudir   va   muallim   bo‘lib   ishlagani   haqida   ma’lumotlar
ham uchraydi.
Samarqand   yaqinidagi   Xolvoyidagi   oddiy   qishloq  maktabi   bo‘lib   uning
oldi   kun   chiqarga   qaragan   ham   sodda,   ham   puxta,   ham   salobatli   ikki   xonalik
bo‘lib,   har   biriga   qirqtagacha   o‘quvchi   sig‘adi.   Pol,   shif,   golland   pechlari   sof
rus-yevropa uslubida. Binoning janubida g‘ishtdan gizak figura chiqarilib, 1903-
yil sanasi  yozib qo‘yilgan. Bu maktab shu atrofdagi yigirmaga yaqin qishloqqa
ma’rifatxona   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Bu   maktabning   ochilishi   haqida   1914-yilda
Xolvoyida     rus   maktabi   ochilibdi   degan   shov-shuv   gaplar   tarqaladi.   Aslida   bu
gaplar undan oldinroq tarqalganligi haqida ma’lumotlar bor. Turkistonning turli-
tuman   joylaridan   ko‘pchilik   bu   maktabni   ko‘rgani   kela   boshlaydi.   Jumladan,
ushbu   maktabda   yorug‘,   katta   xona,   bo‘yra   o‘rnida   esa   partalar,   dars
jarayonlarning   muayyan   dastur   bilan   olib   borilishi,   umumiy-milliy   jo‘g‘rofiya,
tarix, handasa, hisob, tibbiyot o‘qitilishi o‘quv jihozlaridan xarita va globus kabi
46
 Ибрат, Сиддикий – Ажизий, Суфизода.   Танланган асарлар.   Тошкент – 1999.  116 – б.
21 ko‘rgazmali   qurollardan   keng   foydalanilganligi   bu   yerga   kelganlarni
ko‘pchiligini hayratga solgan  47
.
Siddiqiy  Ajziy Xalvoyi  qishlog‘ida  o‘zi   ochgan  maktabda tabiiy  fanlar,
arab   hamda   rus     tillaridan   saboq   berib   darsliklar   tuzadi.   Shuningdek,   rus
yozuvchilaridan   Lev   Tolstoy   hikoyalarini,   Krilov   masallarini,   Gogolning
“Shinel”   povest   asarini   o‘zbek   va   tojik   tillariga   tarjima   qilganini   ko‘rishimiz
mumkin.
Saidahmad   Siddiqiy   Ajziy   vaqtli   matbuot   nashr   ishlarida   ham   faol
qatnashadi. Ilm-ma’rifatga bag‘ishlangan  maqolalari bilan Qozon, Orenburg va
Kavkazdagi   nashrlarda   ham   qatnashadi.   Ma’rifatparvarlikning   yirik   vakili
bo‘lgan   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   o‘z   ishlarida   Siddiqiyni   doim   birinchi
yordamchi sifatida har vaqt ko‘rgan hisoblanadi. 
      Behbudiy   aytishicha,   Russiya   inqilobigacha   bo‘lgan   davrda   bizning
harakatlarimizning har sohasida birgalikda ishtirok etgan shaxs deya aytiladi.
    Ajziy   1917-yil   fevral   inqilobidan   so‘ng   ijtimoiy   harakatlarda   bevosita
ishtirok   etadi.   Ajziy   20-yillarda   ham   samarali   ijod   qiladi   va   hajviyalar   yozadi.
1918-21  yillarda  Viloyat  adliya  komissari   lavozimlarida   ishlagan  bo‘lib,  1922-
yildan   boshlab   esa   yana   o‘zining   eski   kasbi   bo‘lgan   o‘qituvchilikka   qaytgan.
Ajziy   1927-   yilda   o‘z   umrining   katta   qismini   o‘tkazgan   Xalvoyi   qishlog‘ida
xastalikdan vafot etadi.
Siddiqiy   Ajziyning   hayot   yo‘liga   qarayotgan   bo‘lsak,   juda   mashaqqatli
davrda bo‘lsa ham  ilm-ma’rifatga katta hissa qo‘shgan shaxslardan biri ekanligi
e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
        Abdulqodir   Shakuriy   (1875-1943).   XIX   asrning   oxiri   XX   asr
boshlarida   Samarqandda   faoliyat   yuritgan   yetuk   ma’rifatparvar,   ta’lim   fidoyisi
bo‘lgan   Abdulqodir   Shakuriy   1875-yilda   Samarqand   yaqinidagi   Rajabamin
qishlog‘ida   tug‘ilgan   bo‘lib,   ota-onasi   o‘z   zamonasining   yetuk   ilm-ma’rifatli
insonlari   bo‘lishgan.   Otasi   Qori   Abduqodir   imomlik   va   xattotlik   bilan
shug‘ullangan bo‘lib, onasi Bibixalifa Roziyabonu esa taniqli muallima safatida
47
 Ибрат, Сиддикий – Ажизий, Суфизода.   Танланган асарлар.  Тошкент – 1999.  117 – б.
22 qizlarga   ta’lim   bergan.   Shakuriyning   yetuk   ma’rfatparvar   bo‘lishida   oilaviy
ta’lim-tarbiya muhitining ta’siri katta bo‘lgan.
Abdulqodir   Shakuriy   dastlab   eski   uslubdagi   maktabni   tamomlagach,
Samarqanddagi Orifjonboy madrasayi oliyasida ta’limni davom ettiradi. Bundan
tashqari   Abdulqodir   Shakuriy   rus   gimnaziyasiga   borib,   uning   ichki   tartib-
qoidalari   hamda   o‘qitish   uslublari   bilan   yaqindan   tanishadi 48
.   Shundan   so‘ng
yosh   muallim   Shakuriyda   o‘z   xalqining   farzandlarini   savodli   qilishga   bo‘lgan
qiziqish   ortib,   uni   yangi   usuldagi   maktab   tashkil   qilishga   kirishadi.     Ta’limni
isloh   qilishdagi   qiziqishi   sababli   Shakuriy   “Tarjimon”   gazetasi   orqali
Ozarbayjon, Tatariston va Qrimdagi yangi usul maktablari va ulardagi yangicha
o‘qitish   uslublari   bilan   yaqindan   tanishib   xabardor   bo‘lib   boradi.   Keyinchalik
esa   o‘z   tajribalariga   tayangan   holda   Samarqand   yaqinidagi   Rajabamin
qishlog‘ida, o‘z hovlisida, 1901-yilda yangi usuldagi maktab tashkil etadi va shu
orqali Samarqandda zamonaviy ta’lim islohotini amalga oshirganini ko‘rishimiz
mumkin.  Turkistonda   dastlabki   tashkil   qilingan   jadid  maktablarida  rus   va   tatar
darsliklari asosida ta’lim olib borilgan bo‘lib, Shakuriy maktabida ham dastlabki
paytlarda   tatar   tilidagi   “Ibadati   islomiya”   “Muallimi   avval”   “Muallimi   soniy”
kabi   qo‘llanmalardan   foydalaniladi.   Shu   bilan   birgalikda   Abdulqodir   domla
Samarqannda   o‘z   izdoshlari   va   hamkasblari   bilan   o‘z   ona   tilida   darsliklar
yaratadi. Ammo Samarqanddagi dastlabki jadid maktabi moddiy qiyinchiliklarni
boshdan   kechiradi   va   mahalliy   ulomalar   tomonidan   uning   egasi   kofirlik   va
shakkoklikda   ayblanadi.   Samarqandda   o‘sha   davrda   faoliyat   yuritib   yangi
usuldagi   maktablar   tashkil   etgan   va   ular   uchun   yangi   darsliklar   yaratgan
Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Saidahmad   Ajziy,   Xoji   Muin   va   shu   kabi   ko‘plab
taraqqiyparvarlar   qatori   Shakuriy   maktabi   ham   Rus   ma’muriyati   tomonidan
ta’qib   ostiga   olinadi   bu   maktabning   11   joyga   ko‘chganligining   o‘zi   bu
maktabning boshiga qanday kunlar tushganligini  ko‘rsatib turadi. Shakuriyning
fidoyiligi   natijasi   o‘laroq   Eron,   Turkiya   va   Tatariston   bilan   yaniq   madaniy-
48
  Янги Узбекистон  “2021 йил 18-август 166-сон.   6-б.
23 ma’rifiy   aloqalar   yo‘lga   qo‘yilgan   va   u   yerdan   keltirilgan   darslik   va
qo‘llanmalardan maktabda keng foydalanilgan. 
Biz bilamizki, Turkiston o‘lkasida jadidchilikning keng yoyilishida Qrim
ma’rifatparvari Ismoil Gaspiriniskiyning xizmatlari kattadir. Uning Turkistonga
tashrifi   aynan   1908-yilda   ikkinchi   marta   Samaraqandda   bo`lgan   vaqtida
Gaspiriniskiy  Samarqandlik  mashhur  jadid  ma’rifatparvarlaridan  Maxmudxo`ja
Behbudiy   va   Abduqodir   Shakuriylar   bilan   uchrashganligi,   Shakuriy   va
Behbudiy Gaspiriniskiy bilan uzoq suhbatlar qurganligini ko‘ramiz. Gap tarix va
kelajak,   muqaddas   obidalar   va   ularning   taqdiri,   rus   istilochilik   siyosati   va
o‘zlikni saqlab qolish haqida edi 49
. 
Samarqandning usuli jadid maktabi muntazam dastur va idora usuliga ega.
Katta   muallim   Abduqodir   afandi   Shakuriy   maktab   intizomi   va   rivoji   uchun
uning   oddiy   xodimigina   emas,   bakli   fidoyisi   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ismoilbek
afandi   Samarqandda   bo‘lgan   davrda   Shakuriy   tomonidan   tashkil   etilgan   yangi
usuldagi   maktab   faoliyati   bilan   yaqindan   tanishganligi   va   bu   yerdagi   ta’lim
islohotlaridan ancha mamnun ekanligini aytib o‘tganligini ko‘rishimiz mumkin.
Abdulqodir   Shakuriy   Gender   tenglik   masalasiga   ham   alohida   e’tibor
bergan   bo‘lib,   xotin-qizlarning   ta’lim   tarbiya   olishiga   jiddiy   yondashadi.   Shu
sababli   XX   asrning   boshlarida   Samarqandda   qizlar   uchun   jadid   maktabini
tashkil   etadi 50
.   Bu   maktabga   Shakuriyning   o‘zi   rahbarligida   hamda   rafiqasi
ishtirokida ta’lim jarayonnini olib borib o‘g‘il va qiz bolalar guruhini birlashtirib
o‘qitgan. A. Shakuriy o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyatini izchil davom ettirib,
o‘z   mablag‘idan   2   ta   maktab   bunyod   ettiradi,   birinchisi   Samarqand   shahrining
Sharbatdor   mahallasida,   ikkinchisi   esa   Rajabamin   qishlog‘idagi   hozirgi   44-
maktab hisoblanadi. 1921-yildan boshlab Shakuriy domla Samarqand shahridagi
13   maktabda   mudir   sifatida   faoliyat   yuritgandir.   Abdulqodir   domlaning   milliy
ta’lim   tizimidagi   xizmatlari   ulkan   ekanligini   yuqoridagi   fikrlardan   ham
49
 Каримов. Н.      Махмудхужа Бехбудий.     Тошкент. 2010 й. 32-б.
50
 Янги Узбекистон.  “2021 йил 18-август 166-сон.  6-б.
24 bilishimiz   mumkin.   Ammo   sovet   hukumatining   qatag‘onlik   siyosati   Shakuriy
domlani ham afsuski chetlab o‘tmaganiga tarix guvohdir.
Xoji   Muin   Shukrulloh   (1883-1942).     O‘tgan   asrning   boshlarida
Turkistonda   ma’rifatparvarlik   harakatida   faol   ishtirok   etgan   allomalar   orasida
Xoji   Muinning   ham   alohida   o‘rni   borligini   unutmasligimiz   kerak.   Xoji   Muin
Shukrulloh   1883-yil   19-martida  Samarqandda   dunyoga  keladi.   Otasi   Shukrullo
savdogar   bo‘lib,   32   yoshida   vafot   etib   o‘n   ikki   yoshida   ham   ota,   ham   onadan
ayrilgan Xoji Muin bobosi imom Mirsaid Sharif o‘g‘li tarbiyasida qoladi. Aynan
bobosi   qo‘lida   tarbiya   olgan   davrida   arab   tili   qoidalarini   va   diniy   ilmlarni
o‘rgana   boshlaydi.   Xoji   Muin   o‘z   davrining   taniqli   ziyolilaridan   bo‘lgan
Saidahmad   Vasliy   bilan   1900-yilda   tanishganidan   keyin   bu   bilimlarni
mukammallashtirishga   imkoniyat   tug‘iladi.   Vasliy   Xoji   Muinga   arab   tilining
qoidalarini   o‘rgatibgina   qolmasdan,   balki   she’riyatga   muhabbatini   ham
kuchaytirib,   o‘z   davrining   yetuk   ma’rifatparvarlari   davrasiga   olib   kiradi 51
.   Shu
tariqa   Xoji   Muinning   ma’rifatparvarlik   faoliyati   XX   asrning   boshida,   ya’ni
1901-yili   eski   maktabda   muallimlik   bilan   boshlanadi.   Shu   o‘rinda   bu   sohada
orttirgan   tajribasi   va   domla   Abdulqodir   Shakuriy   ochgan   maktabning   ta’sirida
1903-yilda Xo‘ja Nisbatdor mahallasida o‘zi ham yangi usul maktabini ochadi.
Shu o‘rinda Vasliy bilan yaxshi  aloqada bo‘lish Xoji Muinga 1903-yilda uning
hayotida yangi bir davrni boshlab berganligini ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shu
yili   u   Vasliyning   uyida   mashhur   jadid   ma’rifatparlaridan   biri   bo‘lmish
Mahmudxo‘ja Behbudiy bilan tanishadi. 
Xoji   Muinga   ayniqsa   Behbudiyning   “Muxtasari   jo‘g‘rofiya   umumiy”
nomli   asari   juda   katta   taassurot   qoldirganligini   keyinchalik   o‘zining   bir
maqolasida alohida ta’kidlab o‘tgani ma’lum. Xoji Muin shu tariqa Behbudiyni
o‘ziga ustoz deb biladi va uning haqiqiy izdoshiga aylanadi. Turk-tatar matbuoti
va   adabiyotini   muntazam   o‘qib   borishi   hamda   Behbudiy   boshchiligida
Samarqand   ma’rifatparvarlari   ta’sirida   taraqqiyparvar   inson   bo‘lib   yetishgan
Xoji Muin o‘zining zamondoshlari orasida yangi usul “usuli jadid” maktabining
51
 Хожи Муин.   Истикилол кахрамонлари “Танланган асарлар” Тошкент -2010 й.  5-б.
25 birinchi muallimi sifatida taniladi. Yuqorida nomlari tilga olingan Samarqandlik
yetuk   ma’rifatparvarlar   qatori   Xoji   Muin   ham   o‘z   hisobidan   yangi   usul
maktabini   ochadi,   ya’ni   ma’rifatchilik   faoliyati   maktabdorlikdan   foyda   olish
bo‘lmagan, balki o‘z xalqi bolalarini savodli qilish bo‘lgan. 
Jadid   muallimlari   qatori   Xoji   Muin   ham   yangi   usul   maktablari   uchun
darsliklar   yozib   chop   ettiradi.   U   1908-yilda   fors   tilida   “Rahnomyi   savod”   I.
Rahmatullazoda   bilan   hamkorlikda   o‘zbek   tilida   “O‘qituvchi”   nomli   alifbo
kitoblarni   yozadi.   Yangi   maktab   muallimlari   bolalarga   nafaqat   ta’lim,   balki
tarbiya   berishni   ham   o‘z   oldilariga   maqsad   qilib   qo‘ygan   edilar.   Xoji   Muin
mashxur   ma’rifatparvar   Abdulqodir   Shakuriy   domlaning   iltimosi   bilan   bolalar
uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator she’rlarni turkiydan forsiyga
tarjima   qilganligini   va   keyinchalik   Behbudiy   yordamida   ularni   “Guldastai
adabiyot” nomi bilan chop ettiradi.
Xoji Muinning drammaturgiya sohasidagi ishlari aynan M. Behbudiyning
1914-yilda sahnalashtirilgan “Padarkush” pyesasi menda zo‘r ta’sir qoldirdi deb
yozadi va men keyin men shoirlikni bir chetga surib sahna adabiyotini yoritish
fikriga   tushdim   deb   aytadi   shoir.   Xoji   Muin   Qudratilla   Nusratillo   o‘g‘li   bilan
birgalikda   1914-yili   “To‘y”     pyesasini   yozib   bostiradi.   Mana   shundan   keyin
drammaturgiyaning   “Eski   maktab,   yangi   maktab”   pyesasida   eski   usul   maktabi
bilan   yangi   usul   maktabi   o‘quv   tizimidagi   farqlar   tasvirlanganini   yangi   usul
maktabi   olqishlanganini   ko‘rsak,   “To‘y”,   “Ko‘knori”,   “Mazluma   xotin”   kabi
sahna   asarlarida   xalq   orasida   urfga   kirib   qolgan   yomon   odatlar   qoralanadi.
Bulardan tashqari X. Muin “Maorif qurbonlar”, “Juvonbozlik qurbonlari”, “Boy
ila   xizmatkor”,   “Qozi   ila   muallim”   kabi   pyesalar   ham   yozgan 52
.   XX   asrning
boshlarida   Turkistonda   milliy   matbuotning   shakllanishida   ham   Xoji   Muinning
xizmatlari   beqiyosdir.   Milliy   matbuotimizda   chop   etilgan   maqolalarda
jaholatdan   olib   chiqishdek   ezgu   bir   maqsadi   bilan   ko‘zga   tashlanganini
ko‘rishimiz mumkin. 
52
  Хожи Муин   Истикилол кахрамонлари, “Танланган асарлар”.  Тошкент -2010 й.  8-б.
26 XX asrning boshlarida vaqtli matbuotda faol ishtirok etgan Xoji Muin o‘z
kundaligida   yozganidek,   1907-yildan   toki   1937-yilgacha   bo‘lgan   oraliqdagi
davrda 23 xil gazeta va jurnallarda 200 tacha maqola, 400 tacha xabar va 1500
misra   atrofida   o‘zbek   va   tojik   tillaridagi   she’rlari   bilan   qatnashganini
ko‘rishimiz   mumkin 53
.   1913-yilda   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   “Samarqand”
gazetasi hamda “Oyna” jurnali nashrga chiqqunga qadar “Turkiston viloyatining
gazetasi”da   muntazam   qatnashib   turgan.   Xoji   Muinning   “Sadoyi   Turkiston”,
“Samarqand”   gazetalari   va   “Oyna”   jurnalida   chop   etilgan   maqolalarida   ham
asosan   xalqning   ma’naviyatini   shakllantirish,   maorif,   ta’lim-tarbiya   haqida
bo‘lib ular publitsistning yongan qalbidan dalolat beradi.
Xoji   Muin   haqida   Behbudiy   o‘zi   yozgan   maqolalarida   eng   avvalo,
muallim   sifatida   tilga   olinganini   ko‘rishimiz   mumkin.   Xoji   Muinning
dramaturglik   faoliyatining   shakllanishida   ham   Mahmudxo‘janing   ta’siri   katta
bo‘lganini   ko‘rish   mumkin.   Xoji   Muin   o‘z   davri   uchun   serqirra   ijod   qilgan
shaxslardandir, uning faoliyati ko‘proq Behbudiy bilan bog‘liq bo‘lib, Behbudiy
haqida   asosiy   ma’lumotlarni   biz   ko‘proq   Xoji   Muin   tomonidan   yozilgan
maqolalarda,   tarjimayi   hollarida   ko‘rishimiz   mumkin.   Afsuski,   Samarqandlik
yetuk ma’rifatparvar Xoji Muinning keyingi hayoti va ijodi sovet hukumatining
siyosiy qatag‘onligiga uchraganligini ko‘rishimiz mumkin.
Said   Rizo   Alizoda   (1887-1945).   XX   asr   tarixida   o‘zidan   o‘chmas   iz
qoldirgan   mashhur   ma’rifatparvar,   jurnalist   va   tarjimon   Said   Rizo   Alizoda
(1887-1945) 1887-yil 15-fevralda Samarqand shahridagi Sayid mahallasida asli
Buxorolik   (millati   eroniy)   Sayid   Mirmahsum   oilasida   dunyoga   kelgan.   Uning
onasi   Xadichabegim   millati   ozarbayjon   bo‘lgan.   Alizoda   2   yoshida   onadan
yetim qoladi. Otasi Sayid Mirmahsum  Buxorodan Samarqandga ko‘chib keladi
va   ota   kasbi   shoyiboflik   bilan   shug‘ullangan.   Said   Rizo   Alizoda   boshlang‘ich
ta’limni Samarqandning chorraha dahasidagi Abulqosim Al Ganjiyning jadidlar
usulidagi   maktabida   olgan.   So‘ng   shu   murabbiy   qo‘lida   madrasani   bitirgan.
Madrasada   tahsil   olish   jarayonida   fors,   arab   tillarini   mukammal   o‘zlashtirgan.
53
  Хожи Муин   Истикилол кахрамонлари, “Танланган асарлар”.  Тошкент  -2005  й .  8- б .
27 1905-1907   yillarda   Samarqanddagi   Demurovlar   bosmaxonasida   harf   teruvchi
sifatida   ishga   kiradi   va   shu   yerda   rus   tilini   ham   mukammal   o‘rganadi 54
.   Shu
tariqa u keyinchalik ingliz, ivrit, fransuz va boshqa bir necha tillarni egallab, shu
tillarda erkin gaplashgan.
Said   Rizo   Alizoda   o‘zbek,   tojik   va   ozarbayjon   xalqlarining   ilmiy-
madaniy aloqalarini o‘rnatish va rivojlanish tarixiga ulkan hissa qo‘shgan. U ona
tilidan   tashqari   14   ta   tilni   mukammal   bilgan.   Said   Rizo   Alizoda   1905   yildan
keng   ko‘lamli   xalqaro   ahamiyatga   molik   jurnalist   sifatida   tan   olingan.
Keyinchalik Said Rizo o‘z mahallasida o‘quvchilarni to‘plab, arab tilidan saboq
bera boshladi. Said Rizo o‘zi tug‘ilib o‘sgan “Sayidlar mahallasi”da 1907-yilda
o‘zi   ochgan   “Maktabi   islomiya”   yangi   usul   maktabida   Iroqning   Bog‘dod
shahridan   Abulqosim   Al   Ganjiy,   Ozarbayjonlik   Mirzo   Muhammad   Ohunzoda,
Erondan   Og‘a   Mali   o‘gli,   Afg‘onistondan   Mirzo   Aslamxon   kabi   ulomalar
bo‘lgan maorif xodimlari bilan birga dars berib bolalarni o‘qitgan.
“Maktabi  Islomiya” yopilgandan so‘ng keyin 1915-yilda shu mahallada
yashagan   mulla   Halim   Karimzodaning   hovlisida   Said   Rizo   Alizoda   u   bilan
birgalikda   “Hayot”   va   “Yangi   Hayot”   nomli   maktablar   ochadi.   Ushbu
maktablarning   ochilishida,   mashxur   olim,   yozuvchi   ma’rifatparvar
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   ishtirok   etgan.   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   maktabning
ochilishiga o‘zi Odessa shahridan olib kelgan globusni hadya qiladilar.   Ammo
ushbu maktab ham 1915-yilda yopiladi.
O‘smirlik   chog‘laridan   ijod   bilan   shug‘ullanishni   boshlagan   Said   Rizo
Alizoda   17-18   yoshlarida   “Nizomnoma”,   “Risolat-ul   ittihodiya”   kabi   risolalari
bilan   “Hisob”   darsligini   tuzgan.   1913-1915   yillarda   Mahmudxo‘ja   Behbudiy
muharrirligidagi “Oyna” jurnali uchun “Alifbe” kitoblari tuzib, nashr ettirgan 55
.
1915-yildan boshlab Samarqand shahrida Said Rizo tahririda, o‘zbek va
tojik tillarida turli varaqalar, chaqiriq-shiorlar, plakatlar nashr qilindi. Umuman,
20-yillarda   Said   Rizo   Alizoda   pedogogik,   jurnalistik   faoliyat   bilan   juda   band
54
  Saidrizo Alizodaning nabirasi, F. Alizoda bilan suxbat.  2022  y . 05. 05
55
Ализода. Ф.   Маьрифатпарвар таржимон ва журналист Саид Ризо Ализода.     Самарканд.   2017 й. 13-б
28 bo‘lishiga   qaramay,   o‘zbek   tilida   boshlang‘ich   maktablar   uchun   o‘quv
qo‘llanmalar, o‘qish kitoblari, majmualar yaratishga ham alohida e’tibor qaratdi.
Masalan,   u   ustozi   Shayx   Abulqosim   da’vati   bilan   “Qalam   ahllariga   da’vat”
(1904), “Ilmi hisob” (1906), “Holisot” (1908) kabi bir qancha o‘quv-pedogogik
ishlarni   yaratdi.   1917-yildan   Said   Rizoning   o‘zbek   va   tojik   tillarida   “Birinchi
yil” (“Alifbe”) nomli kitobi Samarqandda nashr etildi.
Said Rizoning “Birinchi yil” nomli “Alifbe” sida pedogogik asar sifatida
ta’lim   va   tarbiyaning   uzviyligiga   amal   qilingan.   Shunga   ko‘ra   bu   “Alifbe”
pedogogik   asar   sifatida   kelgusida   chuqur   o‘rganishni   talab   qiladi.   Shunisi
e’tiborliki,   Said   Rizo   o‘z   “Alifbe”si   orqali   juda   ko‘p   xalq   maqollari   va
matallarini o‘quvchilar ongiga yetkazishga muvaffaq bo‘lgan.
Said Rizo Alizoda nafaqat ma’rifatparvar, balki ajoyib tarjimon sifatida
birinchi   bo‘lib   A.Qodiriyning   “O‘tkan   kunlar”,   “Mehrobdan   chayon”
romanlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, Pushkinning “Kapitan qiz”,
“Yevgeniy  onegin”,   “Dubrovskiy”,   “Belkin   qissalari”,  “Buron”,   L.  Tolstoy,  A.
Chexovning   hikoyalari,   Sinkler   Eptonning   “Yuz   foiz”,   Mopassonning
“Do‘ndiqcha”,   Molyerning   “Zo‘raki   tabib”,   Voynichning   “So‘na”,
Sholoxovning   “Ochilgan   qo‘riq”,   Gladkovning   “Sement”,   Osturovskiyning
“Po‘lat qanday toblandi” kabi asarlarni o‘zbek va fors tillariga tarjima qilgan. U
badiiy   asarlar   bilan   bir   qatorda   tarix   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   Bartoldning
“Turkiston   tarixi”,   Karamzinning   “Rossiya   tarixi”,   “Xitoy   tarixi”,   “Yevropa
tarixi” kabi risolalarini ham o‘zbek va tojik tillariga mahorat bilan o‘girgan. Bu
tarjimalarning bir qismi  1923-1936 yillarda Pokistonning Lohur shahrida nashr
qilingan.     1902-1917   yillar   davomida   Turkistonda   yaratilgan   15   ta   “Alifbe”
kitobi qayd qilingan bo‘lib, shular orasida Said Rizo Alizodaning “Birinchi yil”
asari asari ham o‘rin olgan 56
.
U   o‘tgan   asrning   20-30   yillarida   ko‘plab   xorij   yozuvchilari   asarlarini
o‘zbek   va   tojik   tillariga   tarjima   qildi.   O‘sha   davrda   rusiyzabon   aholi   uchun
Samarqandda   o‘zbek   va   tojik   tillarini   o‘rganish   bo‘yicha   kurslar   tashkil   etdi.
56
Долимов. У.     Туркистонда жадид мактаблари.     Самарканд - 2006 й.    96-б
29 Ozarbayjon   dramaturgiyasining   bir   qancha   pyesalari   bilan   o‘zbek
tomoshabinlarini   tanishtirdi   (masalan,   shu   davrda   mashhur   bo‘lgan
Ganjibekovning   “Arshin   mol   alan”   asari   Alizoda   tarjimasida   sahna   yuzini
ko‘rgan edi).
Samarqandlik ma’rifatparvarlardan biri sifatida yuqorida faoliyatiga urg‘u
berilgan shaxs, ya’ni Alizodaning ma’rifatparvarlik faoliyatining dastlabki davri
ham  aynan biz o‘rganayotgan  asarlarga to‘g‘ri  kelgan bo‘lib, Alizodaning  ham
keyingi faoliyati sovet hukumatining qatog‘onlik siyosatiga duchor bo‘lib 1937-
yilda siyosiy ayblov bilan qamoqqa olinadi 57
.
XX   asrning   boshlarida   Turkistonda   jadidchilikning   harakatini   yoyishga
o‘z   hissasini   qo‘shgan   yuqorida   nomlari   keltirilgan   Samarqandlik
ma’rifatparvarlar   Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Siddiqiy   Ajziy,   Abdulqodir
Shakuriy,   Xoji   Muin   va   Said   Rizo   Alizodalarning   qizg‘in   ijod   faoliyati   butun
Turkistonda   yoshlarni   ma’rifatli   qilishda,   xalqni   uyg‘otishga   qaratilgan
intilishlari ularning mustaqillik sari tashlagan qadamlari diqqatga sazovor desak
mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Bular   kabi   ulug‘   zotlar   o‘z   davri   uchun   chinakam
qahramon sifatida o‘rtaga chiqqan va bu yo‘lda hatto o‘z jonidan kechgan yetuk
shaxslar hisoblanadi.
Birinchi   bob   bo’yicha   xulosalar:   -Jadidlar   faoliyati   mustaqillikning
dastlabki   yillaridan   boshlab   Jadid   ma’rifatparvarlarining   ilmiy   merosiga   katta
e’tibor   qaratilishdan   boshlangan.   Jumladan,   yurtimizda   juda   ko‘plab
tadqiqotchilar,   tarixchi,   adabiyotshunos   va   boshqa   soha   vakillari   jadidlar
faoliyatiga oid juda ko‘plab izlanishlar olib bordilar. Ushbu izlanishlar natijasida
ularning  faoliyatiga  va  ilmiy  merosiga  oid juda  ko‘plab  maqolalar, risolalar  va
monagrafiyalar e’lon qilindi. 
- Shuningdek xorijda ham juda ko‘plab tadqiqotchilar Markaziy Osiyoda
jadidchilik   harakati,   uni   vujudga   kelishida   turtki   bo‘lgan   omillar,   jadid
ma’rifatparvarlarining   ilmiy   merosi   va   ularning   faoliyatini   chuqur   o‘rganish
57
  Saidrizo   Alizodaning   nabirasi ,  F .  Alizoda   bilan   suxbat . 2022  y . 05. 05
30 bo‘yicha   izlanishlar   olib   bormoqda   va   ko‘plab   maqola   va   risolalari   e’lon
qilinmoqda. 
-Mustaqillik   yillarida   jadid   ma’rifatparvarlarining   ilmiy   merosini
o‘rganish   yuzasidan   ko‘plab   ilmiy-amaliy   konfrensiyalar   bo‘lib   o‘tib,   ularda
jadidlar   faoliyatiga   oid   ko‘plab   maqolalar   jamlangan   va   ilmiy   to‘plamlar
ommaga taqdim etildi. 
Ma’rifatparvarlik harakati Turkistonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q,
uning   shakllanishiga   tashqi   omillar   ta’sir   ko‘rsatdi.   Bunda   musulmon   olamida
ta’lim   va   tarbiya   tizimida   amalga   oshiriladigan   islohotlar   bevosita   ta’sir
ko‘rsatgan   bo‘lib,   bunda   o‘lkada   yetishib   chiqqan   jadid   ma’rifatparvarlari,
jumladan, Samarqand jadidlarining o‘rni beqiyos bo‘lgan. 
-Turkistonda   dastlabki   jadid   maktablarining   shakllanishida   qrim
ma’rifatparvari   Ismoil   Gaspiriniskiyning   xizmatlari   katta   bo‘lganli,   dastlabki
jadid   maktabiga   ham   Gaspiriniskiy   asos   solganligidan   bilish   mumkin.   Ushbu
maktab   1893-yilda   Samarqandda   ochilganligi   ham   jadidchilikning   markazi
Samarqand bo‘lganligidan dalolat beradi. 
-O‘lkada jadidchilikning shakllanishida Samarqand jadidlarining xizmati
katta bo‘lgan. Jumladan, Turkiston jadidlarining otasi Mahmudxo‘ja Behbudiy,
shu   qatorda   Sidqiy   Ajziy,   Abduqodir   Shakuriy,   Xoji   Muin   va   Saidrizo
Alizodalarning   o‘lkada   olib   borgan   ma’rifatparvarlik   harakati   natijasida
dastlabki   usuli   jadid   maktablari,   milliy   teatr   va   milliy   matbuot   vujudga
kelganligini aytishimiz mumkin.
-Turkistonda jadidchilikning shakllanishida Mahmudxo‘ja Behbudiyning
xizmati beqiyos bo‘lib, Yevropa va Sharq musulmon o‘lkalari bo‘ylab sayohati,
uning   fikr   doirasini   kengaytirib   o‘lkaga   qaytgach   esa   musulmon   olamida   yuz
berayotgan o‘zgarishlardan andoza olgan holda uni o‘lkada joriy qilganligi ham
bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
31 32 II BOB SAMARQANDLIK MA`RIFATPARVARLARNING MILLIY
MATBUOT VA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDAGI
ALOQALARI
2.1 Samarqand milliy matbuoti va Ismoil Gaspiriniskiy
O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqilligiga erishgan dastlabki  yillaridayoq
birinchi   prezidentimiz   I.   A.   Karimovning   sa’y-harakatlari   bilan   jadid
ma’rifatparvarining   milliy   ta’lim,   matbuot,   adabiyot   va   san’atning   rivojlanishi,
jadidchilik   harakati   va   jadid   ma’rifatparvarlari   ilmiy   faoliyatiga   katta   e’tibor
berildi.   Jumladan,   hozirgi   kunda   jadid   ma’rifatparvarlarning   milliy   matbuot
sohasini   shakllantirish   va   yanada   rivojlantirish   borasidagi   olib   borgan
faoliyatlari keng o‘rganilmoqda 58
. 
So‘nggi   yillarda   yurtimizda   amalga   oshiriladigan   islohotlar   qatorida
matbuot   sohasiga   ham   katta   e’tibor   qaratilayotgani   hech   kimga   sir   emas.
Shuningdek,  yurtimizda  boshqa   sohalarda  bo‘lgani  kabi  matbuot  sohasida  ham
qator islohotlar amalga oshirilmoqda.   Hozirgi kunda mamlakatimizda matbuot
va ommaviy axborot vositalariga ko‘plab erkinliklar va ularning faoliyati uchun
barcha   shart-sharoitlar   yaratilmoqda.   Muhtaram   yurtboshimiz   Shavkat
Miromonovich   tomonidan   matbuot   va   ommaviy   axborot   vositalari   faoliyatida
ochiqlik   va   oshkoralik   siyosati,   ommaviy   axbarot   vositalari   (OAV)   ning
faoliyatini yanada takomillashtirish, ommaviy axborot vositalarining erkinligini
ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Ushbu   bobda   Samaqandda   milliy   matbuotning   vujudga   kelishi   va   unga
ta’sir   ko‘rsatgan   tashqi   omillar,   Ismoil   Gaspiriniskiy   va   Samarqand
ma’rifatparvarlarining madaniy aloqalari masalasiga to‘xtalib o‘tiladi. 
Turkistonda   milliy   matbuot   shakllanishi   haqida   mulohaza   qilishdan   oldin,
uning   o‘lkada   shakllanishi   va   rivojlanishida   muhim   ro‘l   o‘ynagan   Sharqning
musulmon   matbaachiligi   tarixiga   e’tibor   qaratiladigan   bo‘lsa,   maqsadga
muvofiqroq bo‘ladi.
58
 Жадид маьрифатпарварлик харакатининг гоявий асослари.     Тошкент  -2016  й .   113  б .
33 Matbuotchilik dastlab XV asrning o‘rtalaridan G‘arbiy Yevropada vujudga
kelgan   bo‘lib,   bu   jarayon   musulmon   olamiga   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida
kirib kelgandir. Demak, musulmon olamida matbuotchilik Yevropaga qaraganda
kech   paydo   bo‘lgan.   Amerikalik   tadqiqotchi   Adeeb   Xolidning   bergan
ma’lumotlariga   e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,   musulmon   olami   o‘zining   asrlar
davomida shakllangan qo‘lyozma kitob san’atiga ega bo‘lib, kitob san’ati yuqori
darajada   rivojlangani   bois   ham   islom   olami   matbuotchilikni   tez   qabul   qila
olmaganini ta’kidlab o‘tadi 59
.
Jadidchilik harakatining o‘zi XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiya, Misr,
Eron, Ozarbayjonda va Qrimda vujudga kelgan ijtimoiy siyosiy jarayon bo‘lib,
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasiga ham kirib kelgan.
Bu   jarayonning   o‘lka   bo‘ylab   keng   yoyilishi   XX   asrning   boshlariga   to‘g‘ri
kelgan   bo‘lib,   ushbu   jarayonning   o‘lka   bo‘ylab   keng   yoyilishida   matbuotning
o‘rni   beqiyos   bo‘lgan.   XIX   asrning   oxiri   XX   asrning   boshlarida   butun   yer
yuzida   sodir   bo‘layotgan  iqtisodiy-ijtimoiy  va   siyosiy   jarayonlar   va   dunyoning
ko‘plab   nuqtalarida   ilm-fan   sohasida   yangi   kashfiyotlarning   amalga   oshirishi,
yangi   ilmiy   texnika   va   texnalogiyalar   sohasidagi     turli   islohotlar   amalga
oshirilayotgan bir sharoitda Turkiston o‘lkasi ham bunday ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy jarayonlardan chetda qolishi mumkin emas edi.
Sharqning   ko‘plab   mamlakatlarida   XIX   asrda   shakllana   boshlagan
ma’rifatparvarlik harakati, Turkiston o‘lkasida, shu jumladan Samarqandda ham
tashqi   omillar   (Ozarbayjon,   Eron,   Turkiya   va   Kavkaz   davlatlarida   amalga
oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari) ta’sirida, XX asrning boshlarida kirib
kelgan deyish maqsadga muvofiqdir.
Jadid   ma’rifatparvarlari   Turkiston   o‘lkasida   ma’rifatparvarlik   g‘oyalarini
yoyishda turli yo‘llardan foydalangan holda keng targ‘ib qilishga harakat qilgan.
Bu   o‘rinda   Samarqandlik   jadid   ma’rifatparvarlari   ham   turli   yo‘llar   orqali,
jumladan,   yangi   usul   maktablarini   tashkil   etish,   milliy   ta’lim   tizimini   yaratish,
59
 Turk Dili ve Edibeyati Arastirmalari Dergisi Sayi / Number: 22.    3- b . 
34 yangi   usul   maktablari   uchun   darsliklar   yaratish   orqali   yoshlarni   yetuk   bilimli
shaxslar   sifatida   tarbiyalash,   xalqni   ma’rifatli   qilishga   va   dunyoda   sodir
bo‘layotgan   o‘zgarishlardan   jumladan,   Turkiston   o‘lkasida   sodir   bo‘layotgan
ijtimoiy-siyosiy   jarayonlardan   xabardor   qilish   maqsadida   turli   gazeta   va
jurnallar,   dramaturgiya   (milliy   teatr)larda   esa   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlar   aks
etgan sahna asarlarni sahnalashtirish  orqali Turkiston o‘lkasida, o‘z g‘oyalarini
keng   targ‘ib   qilib   xalq   ommasini   savodli   va   ma’rifatli   qilishga   harakat   qilgan.
Turkiston o‘lkasida milliy g‘oya targ‘ibotining oqsashiga eng katta to‘siq milliy
matbuotning yo‘qligi edi 60
. 
Turkiston   o‘lkasida   jadidchilik   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lib   qolgani   yo‘q
bunga   ham   ma’lum   bir   tashqi   jarayonlar   o‘z   ta’sirini   o‘tkazgan.   O‘lka
matbuotchiligining   shakllanishida   musulmon   olamida   vujudga   kelgan
matbuotning ta’siri katta bo‘lgan. Bularga misol tariqasida Ozarbayjon, eron, rus
va   tatar   matbuotlarining   ta’siri   sezilarli   bo‘lgan.   Turkiston   o‘lkasida
matbuotchilikning shakllanishi va rivojlantirishida jadidchilikning yirik markazi
Samarqand   bo‘lgan   bo‘lib,   bu   yerdan   yetishib   chiqqan   jadid   ma’rifatparvarlari
turli   gazeta,   jurnallar   orqali   xalqni   ma’rifatli   qilishga,   o‘lka   bo‘ylab   esa
ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng yoyishga harakat qilganlar.
Endi   Turkiston   o‘lkasida   dastlabki   matbuotchilikning   vujudga   kelishi
haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu jarayon o‘lkada XIX asrning oxirlarida Podsho
Rossiyasi   Turkistonning   bosib   olgandan   so‘ng   Turkiston   o‘lkasida
“ Туркестанские   ведемости ” Turkiston  viloyatining  gazetasi  1870-yil  28-aprel
kunidan   Turkiston   general   gubernatori   Kaufman   farmoniga   binoan   chiqa
boshlaydi 61
.   Shu   tariqa   O‘rta   Osiyoda   dastlab   vaqtli   matbuotga   asos   solindi.
Mashxur fransuz tarixchisi A. Benningsenning ma’lumotlariga ko‘ra, 1875-1917
yillar   oralig‘ida   Rossiya   imperiyasida   172   ta   musulmon   gazeta   va   jurnallar
bo‘lib ularning 66 foizidan ortig‘i Ozarbayjon va tatar tillarida chop etilgan 62
.
60
  Жадид маьрифатпарварларлик харакатининг гоявий асослари. Республика илмий-амалий анжуман 
материаллари.   Тошкент. 2016 й. 33-б.  
61
  Туркистон матбуоти  тарихи.    Тошкент -2000 й. 33-б .
62
  История общественно-культурного реформаторства на Кавказе и в Центральной Азии (Х I Х-начало ХХ 
века). Самарканд: 2012 й. 178 ст. 
35 Markaziy   Osiyo   va   Kavkaz   ma’rifatparvar   islohotchilarining   madaniy   va
ma’rifiy   sohadagi   eng   faol   aloqalari   XX   asrning   boshlarida   Podsho
Rossiyasining   taqiqlari   va   choralariga   qaramay   jadal   rivojlangan   milliy
matbuotda ko‘rinadi. 
Bu   o‘rinda   Ozarbayjon   gazetasining   ham   ta’siri   katta   bo‘lgan   bo‘lib,
Ozarbayjon   tilidagi   gazetalar   butun   Kavkaz   hududi   bo‘ylab   tarqalgan
hisoblanib,   uni   janubiy   (Tabriz),   g‘arbiy   (Yerevan,   Batumi)   va   shimoliy
Ozarbayjon   (Petrovsk)   aholisi   o‘qigan.   Ozarbayjon   tili   butun   Sharqiy
Kavkazorti uchun xalqaro til bo‘lgan. 
XX   asrning   bshlarida   Ozarbayjon   matbuotida   o‘z   davrining   ko‘zga
ko‘ringan  yorqin  noyob  nashrlaridan   biri   bu  “Mullo  Nasriddin”   haftalik  rasmli
jurnali  bo‘lib, Rossiya  imperiyasining musulmon oilalari  o‘rtasidagi  o‘ziga xos
bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajargan 63
. 
      Jurnal 1906-yildan 1917-yilgacha Ozarbayjonning Tiflis shahrida nashr
etilgan   va   musulmon   mamlakatlarining   ijtimoiy   fikrlari,   adabiyoti,   tanqid   va
satiralarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etgan. Ushbu jurnalning noshiri
bo‘lgan taniqli Ozarbayjon yozuvchi va dramaturgi Jalil Mamedqulezade (1869-
1932)   bo‘lib,   u   Ozarbayjonning   eng   yaxshi   shoirlari,   rassomlari   va
yozuvchilarini   o‘z   atrofiga   to‘plagan.   Jumladan,   ular   orasida   M.A.   Sabir,   O.F.
Nemanzade,   A.   Axberdiyev,   A.   Amizzade   va   boshqalar   bo‘lgan.   Ushbu   jurnal
Rossiya imperiyasining musulmonlar yashaydigan barcha mintaqalarida va hatto
Afg‘oniston   va   Hindistonda   ham   o‘z   obunachilariga   ega   bo‘ladi.   Bu   jurnal
Ozarbayjon va shu qatorda barcha musulmon xalqlarini taraqqiyotga chaqiradi. 
          Shuningdek,   “Mullo   Nasriddin”   jurnalida   Podsho   Rossiyasi   va   Eron
shohlarining   ustidan   kulinishi,   o‘z   davri   uchun   nisbatan   inqilobiy   materiallarni
e’lon qilingan 64
. Unda ayollar haq-huquqlari uchun kurashgan va islom sharqida,
g‘arbning   ta’siri   yoyilishini   qo‘llab   quvvatlagan.   Jurnal   o‘z   nomini   turkiy
xalqlar orasida xalq og‘zaki  qahramoni bo‘lmish (Nasriddin Afandi) dan olgan
63
 История общественно-культурного реформаторства на Кавказе и в Центральной Азии (Х I Х-начало ХХ 
века). Самарканд: 2012 й. 182 ст. 
64
https : //  bbcazeri . com
36 bo‘lib,   jurnalning   birinchi   muqovasida   “Sharqning   uyg‘onayotgan   xalqlari”
ta’svirlangan 65
.   20   yil   davomida   o‘z   o‘quvchilariga   dunyoni   turli   karikatura   va
hajviyalar   bilan   shuhrat   qozongan   bu   jurnalda   ko‘proq   diniy   ulomolar   hajv
qilingan, ularni esa ta’lim va dunyoviy jamiyatning dushmanlari deb tasvirlaydi. 
          Mullo   Nasriddin   jurnali   O‘rta   Osiyo   shaharlaridagi   vaziyatni   har
tomonlama doimiy  ravishda  yoritib borgan. 1907-yildagi  14-sonida  Buxorodek
qadimiy   an’analarga   ega   bo‘lgan   katta   shaharda   bosma   nashrlarining   yo‘qligi
haqida   sharhlar   bilan   maqola   bosiladi.   1908-yil   52-soni   Samarqanddagi   hayot
haqiqati, “eski yil” felyetoni joylashtiriladi 66
.
Shundan   ko‘rinib   turubdiki,   o‘lkada   ma’rifatparvarlik   g‘oyalarining
shakllanishida   Ozarbayjon   matbuotining   ta’siri   katta   bo‘lgan   bo‘lib,   hatto
Buxoroda   (Nasriddin   afandi)   jurnali   nashri   yo‘lga   qo‘yilganiligini   ko‘rishimiz
mumkin.
Shuningdek   XIX   asrning   oxiridan   e’tiboran   Turkiston   o‘lkasiga   Qrim
tatar   ma’rifatparvalarining   davriy   matbuot   nashrlari   ham   kirib   keladi.   Ismoil
Gaspiriniskiy   noshirligi   ostida   nashr   qilingan   “Tarjimon”   alohida   ahamiyatga
egadir.  
Yuqorida   ta’kidlab   o‘tkanimizdek   Turkiston   o‘lkasida   dastlabki   vaqtli
matbuot   1870-yildan   boshlab   “ Туркестанские   ведемости ”   Turkiston
viloyatining   gazetasi   nashri   yo‘lga   qo‘yilgan.     Turkistonlik   ko‘plab   jadid
ma’rifatparvarlari   jumladan   Samarqand   ma’rifatparvarlari   ham   ushbu   gezeta
orqali   turli   ko‘plab   yangiliklardan   xabardor   bo‘lib   turganlar.   Samarqandlik
yetuk   ma’rifatparvar   bo‘lmish   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   o‘zi   ham
Ostroumovning   “Turkiston   viloyati   gazetasi”ni   o‘qiganligi   ma’lum.   Ushbu
gazeta   chorizmning   mustamlakachilik   idora   usulini   o‘tkazish,   Turkiston
xalqlarini   sodiq   fuqorochilik   ruhida   tarbiyalash,   diniy   jaholatni   qo‘llab-
quvvatlash siyosatini amalga oshirishga da’vat etgan. 
65
  https : // bbcazeri . com
66
История общественно-культурного реформаторства на Кавказе и в Центральной Азии (Х I Х-начало ХХ 
века). Самарканд: 2012 й. 183 ст
37      Yuqorida ta’kidlaganimizdek Turkiston va Kavkaz xalqlarining matbuot
sohasidagi   aloqalari   XX   asrning   boshlaridan   faollashgani   haqida   so‘z
yuritganimizdek   bunga   o‘lkada   matbuot   sohasi   uchun   erkinligi   e’lon   qilingan
1905- yil 17-oktabrdagi manifest  so‘ng ommaviy hodisaga aylanadi 67
. 
Turkiston   o‘lkasida   jadid   matbuotining   shakllanishida   Kavkaz
musulmonlari,   jumladan   Qrim   tarat   va   Ozarbayjon   ma’rifatparvarlarining   va
ular   tomonidan   nashri   yo‘lga   qo‘yilgan   turli   gazeta   va   jurnallarning   o‘rni
beqiyos bo‘lgan.
  Rossiya   imperiyasining   turli   o‘lkalardagi   jadidchilik   harakati   va   bu
harakat   nomoyondalari   ularning   ma’rifatparvarlik   harakatlari   va   g‘oyalari
Turkiston   o‘lkasida   jumladan   Samarqandga   kirib   kelishi   jarayoniga   ana   shu
hududlarda   chiqayotgan   turli   gazeta   va   jurnallar   orqali   yoyilgandir.   Turkiston
o‘lkasi   shu   o‘rinda   Samarqandda   ma’rifatparvarlikning   keng   yoyilishida   Qrim
ma’rifatparvari Ismoil Gaspiriniskiyning xizmatlari kattadir.
       Turkistonlik barcha jadidlar Qrim ma’rifatparvari Ismoil Gaspiriniskiyni
o‘zlarining   ruxiy   o‘qituvchisi   deb   hisoblashgan.   Chunonchi   Turkistonlik
ma’rifatparvarlar   Qrim   ma’rifatparvari   Ismoil   Gaspiriniskiy   bilan   Turkiston
jadidlarining   ko‘pchiligi   (Mahmudxo‘ja   Behbudiy   va   Abduqodir   Shakuriydan
boshqa)   shaxsan   tanish   bo‘lmagan,   uchrashishmagan.   Faqatgina   Turkiston
jadidlarining otasi  hisoblangan Mahmudxo‘ja Behbudiy va muallim  Abduqodir
Shakuriylar   Ismoil   Gaspiriniskiy   bilan   shaxsan   uchrashgan   va   suxbatda
bo‘lgan 68
. 
Samarqandlik   jadid   ma’rifatparvarlari   ham   Ismoil   Gaspiriniskiyning
faoliyatini   kuzatdilar   va   “Tarjimon”   gazetasi   orqali   uning   g‘oyalari     bilan
tanishadilar. Rossiyaning barcha musulmonlari shu jumladan Turkiston jadidlari
1906-yilgacha     mamlakatdagi   yagona   “Tarjimon”   musulmon   gazetasini
o‘qishgan. “Tarjimon”   gazetasi   orqali   XX   asrning   boshlarida   paydo   bo‘lgan
yangi   o‘zbek   adabiyotining   avlodi   o‘sdi   dunyoqarashini   ham   kengaytirdi.
67
  История общественно-культурного реформаторства на Кавказе и в Центральной Азии (Х I Х-начало ХХ 
века). Самарканд: 2012 й. 178 ст
68
  Абдурашидов. З.  Гаспириниский и Туркестан в начале ХХ  века связи-отношеия -влияние.   Тошкент. 
2011 й. 159 ст.
38 “Tarjimon”ni   o‘qish   orqali   o‘lka   ma’rifatparvarlari   erkinlikka   intilishi
kuchayadi.  
      Qozoq   ma’rifatparvari   Zaki   Validi   to‘g‘onning   so‘zlariga   ko‘ra   o‘lka
jadidlari Ozarbayjon, Eron, Turk va tatar adabiyotidan, “Tarjimon” gazetasining
yangi   g‘oyalarini   olishgan 69
.   Turkiston   o‘lkasi   jumladan   Samarqandda   milliy
matbuot tizimining shakllanishi “Tarjimon” gazetasi muhim ro‘l o‘ynagan. Shu
jumladan   Turkiston   ma’rifatparvarligining   shakllanishida   jadidchilikning   otasi
sifatida e’tirof etilgan Samarqandlik ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning
xizmatlari   beqiyosdir.   Bu   borada   qrim   ma’rifatparvari   Gaspiriniskiy   va
Behbudiyning madaniy va ma’rifiy sohagadi aloqalari jadal kechgan. Shuni ham
takidlash   kerakki   Qrim   tatar   ma’rifatparvari   Ismoil   Gaspiriniskiy   Turkiston
o‘lkasida   o‘zining   jadidchilik   g‘oyalarini   yoyishda   Mahmudxo‘ja   Behbudiyni
tanlagani va u orqali o‘z g‘oyalarini butun o‘lka bo‘ylab yoygani malum. 
        Mahmudxo‘ja Behbudiy 1902-yil makkaga borib qaytgach, Qozon, Ufa
shaharlarida,   Arabiston,   Misr,   Turkiya   mamlakatlarida   bo‘lib   qaytgach
musulmon   sharqida   bo‘layotgan   yangilanish   jarayonidan   boxabar   bo‘ladi.
Mahmudxo‘janing   bu   kabi   yangiliklar   bilan   yaqindan   tanishishiga,   musulmon
sharqida   keng   yoyilgan   “Tarjimom”   gazetasining   ta’siri   katta   bo‘lgan.
Gaspiriniskiy   tomonidan   1883-   yildan   boshlab   Bog‘chasaroyda   nashr
qilinayotgan   bu   gazetada   musulmon   mamlakatlarida   bo‘layotgan   har   qanday
yangiliklar,   demokratik   jarayonlar,   milliy   ozodlik   harakatlari   va   boshqa
hodisalar haqida ma’lumotlar berib borilgan. 
Demak   Mahmudxo‘ja   Behbudiyni   “Tarjimon”   gazetasi   muallifi   bilan
yaqindan   tanishish   ishtiyoqi   kulchi   bo‘lgan.   Jadidchilik   harakatining   asoschisi
Ismoilbek   Gaspirali   bilan   Turkiston   jadidlarining   otasi   Mahmudxo‘ja
Behbudiyning   bir   necha   marta   uchrashgani   ma’lum,   suxbat   davomida
ma’rifatparvarlik, millat, madaniyat xususida suxbatlar qilgani ma’lumdir. U o‘z
davri   uchun   vatqli   matbuot   sahifalarida   zamonning   dalarb   mavulariga   oid
ijtimoiy siyosiy, tarixiy, adabiy maqolalari bilan faol qatnashgani ma’lum.
69
Абдурашидов. З.  Гаспириниский и Туркестан в начале ХХ века связи-отношеия -влияние.     Тошкент. 
2011 й. 160 ст.
39 XX   asr   boshlarida   Turkistonda   matbuotning   shakllanishida   qrim   tatar
ma’rifatparvarlarining   o‘rni   beqiyos   bo‘lgan.   O‘zbek   matbuoti   asosi   bo‘lgan
“Taraqqiy”   gazetasining   asoschisi   Ismoil   Obidav   hisoblanadi.   Ismoil   Obidov
1881-yilda   Sharqiy   Turkistonning   Gulja   shahrida   dunyoga   kelgan.   Otasining
vofotidan   so‘ng   amakisi   yordami   bilan   Qozonga   va   undan   Maskvaga   ko‘chib
o‘tib   maktab   va   bilim   yurtlarini   tugatgan   Ismoil   1905-yilgi   inqilobdan   so‘ng
Turkiston   o‘lkasiga   yo‘l   oladi.   Ismoil   Obidov   bu   yerda   Munavvarqori
Abdurashidxonov,   Abdulla   Avloniy   va   Mahmudxo‘ja   Behbudiylar   yaqindan
tanishadi   va   ular   bilan   hamkorlikda   o‘zbek   tilida   “Taraqqiy”   progressiv
gazetasini   1906   yil   27-   iyundan   nashr   etishni   boshlaydi 70
.   Demakratik
yo‘nalishdagi   o‘zbek   milliy   matbuotining   dastlabki   namunalari   sifatida   1905-
1907 yillarda yuz berayotgan birinchi rus inqilobi davrida tashkil topgandir 71
.
          Matbuot   idoralari   ma’rifatparvarlarning   fikriga   ko‘ra,   mahalliy   aholi
ongiga   mafkuraviy   ta’sir   ko‘rsatishning   eng   samarali   yo‘li   sifatida,   jamiyatda
bo‘layotgan   yangilanishlar   bo‘yicha   g‘oya   va   islohotlarini   xalq   ommasiga
yetkazishadi. 
           XX   asrning   boshlari,   dastlabki   10   yilligida   ozar   va   tatar
ma’rifatparvarlari   yordamida   O‘rta   Osiyoda     “Taraqqiy”,   “Xurshid”,   1906   yil.
“Tujjor”,   “Shuxrat”   1907   yil,   “Turon”,   “Buxoroi   sharif”   1912   yil,   “Oyina”,
“Samarqand”     1913   yil,   “Sadoi   Farg‘ona”,   “Sadoi   Turkiston”,   1914-1915
yillarda,   1916   yilda   Saidrizo   Alizoda   o‘zining   o‘zining   “telegraf   xabarlari”
gazetasini   ochadi   va   nafaqat   o‘lkada   bakli   Turkiya,   Eron,   Afg‘oniston,
Hindiston   va   Arab   mamlakatlarida   ham   keng   tarqalgan   “Shulai   inqiob”,   1917
yilda   esa   Xurriyat,   Najot,   Kengash,   Ulug‘   Turkiston   va   Turon   kabi   nashrlar
yo‘lga qo‘yiladi 72
. 
70
  История общественно-культурного реформаторства на Кавказе и в Центральной Азии (Х I Х-начало ХХ 
века). Самарканд: 2012 й. 188 ст
71
 Туркистон матбуоти тарихи.  Тошкент -2000 й. 69-б
72
  История общественно-культурного реформаторства на Кавказе и в Центральной Азии (Х I Х-начало ХХ 
века). Самарканд : 2012  й . 188  ст
40       Umuman   olganda   yangi   asr   boshlarida   o‘lkada   15   dan   ortiq   davriy
nashrlar   faoliyat   yuritgan   bo‘lib   bu   esa   juda   kuchli   ma’fkuraviy   kuchni
namoyon qilgan. 
Samarqandda matbuotchilikni shakllanishi haqida XX asrning 1-yarmida
faoliyat   yuritgan   yana   bir   Samarqandlik   ma’rifatparvar   Said   Rizo   Alizoda
(1887-1937)ning   nabirasi   Farhod   Alizoda   bilan   bo‘lgan   suxbatda   ham   aynan
Samarqandda   dastlabki   matbuot   tizimining   shakllanishi   haqida   gap   ketar   ekan,
Farhod   Alizodanning   fikri   ham   yuqorida   takidlaganimizdek   Turkiston
o‘lkasidagi   dastlabki   gazeta   “ Туркистаниский   вдемости ”   rus   tilida   1870-
yillarda fon Kaufmanning buyrug‘i bilan chiqa boshlaganini takidladilar. 
Farhod Alizoda yana shuni takkidladilarki, Samarqandda 1-gazeta 1905-
yilning   4-may   kuni   chiqganligi   va   ushbu   gazetaning   muxarriri   Marozov
bo‘lganligi haqida gapirar ekan, bu paytda Marozov Ozorbayjonda yani Bokuda
bo‘lganligi, V.I. Lenin esa Marozov va uning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Xudash
Marozovani Samarqandga chaqirganligini aytdilar. Aynan Marozov va turmush
o‘rtog‘i   Xudash   Marozovalar   Samarqanda   yashirinchi   tarzda   gazeta   chiqara
boshlaganligini takidlab o‘tdilar.
Ushbu   gazetani   Marozov   Samarqanddagi   o‘sha   vaqtdagi   xususiy
bosmaxonada aka-uka Dumurov bosmaxonasida yashirinchi chiqara boshlagan.
Farhod   Alizodaning   bergan   ma’lumotiga   ko‘ra   o‘sha   1905-yil   4-may   kuni
“ Самарканд ”   nomli   gazeta   Marozov   tomonidan   rus   tilida   chiqarila
boshlanganini   va   ushbu   gazetaning   1906-yilda   chiqgan   bir   nusxasi   Said   Rizo
Alizodaning uy muzeyida saqanayotganligini takidlab o‘tdilar 73
.
       Farhod Alizodaning ma’lumotlariga ko‘ra toki 1913 yilgacha musulmon
(o‘zbek)   tilida   hech   qanday   gazeta   chiqgani   yo‘qligini,   Samarqandda   1913-
yilgacha “ Самарканд ”, “ Голос   Самарканд ”, “ Извести ”, “ Труд ” kabi gazetalar
bularning   barchasi   rus   tilida   chop   etilgan.   1913-yilda   Mahmudxo‘ja   Behbudiy
muharrirligi   ostida   “Oyina”   bu   haftalik   jurnali   chiqa   boshlagan   bo‘lib,   ushbu
73
  Saidrizo Alizodaning nabirasi.    Alizoda. F.   bilan suxbat     05.05.2022 y.
41 jurnal   3   ta   tilda   (rus,o‘zbek   va   tojik)   tillarida   bo‘lib     1915-yilgacha   chiqib
turgandir 74
.
Matbuot   butun   millatni   uyg‘otish   uchun   birinchi   omil   bo‘lgani   uchun
uning  tarixi  ham  “yangi   davrdagi  uyg‘onish  davri”  tarixining  muhim  bir   qismi
hisoblanadi.   Yuqorida   takidlab   o‘tganimizdek   Samarqanddagi   dastlabki   gazeta
chor   hukumati   tomonidan   birinchi   marta   Ostroumovning   nazorati   ostida
chiqarilgan “Turkiston viloyatining gazetasi” bo‘lgandir. Ushbu gazeta dastlabki
vatqda   oddiy   xalq   orasida   keng   tarqalmagan   bo‘lsa   ham   qozixona   va
volostxonalar  kabi  idoralarda  majburiy suratda tarqatilgan, shuning  uchun ham
qozi   va   mirzalar   ushbu   gazetani   xohlasa-xohlamasa   o‘qiganlar.   Bu   gazetaning
xalq   orasida   bir   oz   tarqalishi   rus-yapon   urushi   davriga   tog‘ri   kelganini
ko‘rishimiz mumkin.
          Samarqandda   matbuotchilikning   yo‘lga   qo‘yilishida   tashqi   marifiy-
madaniy   aloqalarning   ham   ta’siri   kuchli   bo‘lganligini   bilamiz.   Jadidchilik
tarixida   chuqur   iz   qoldirgan   Qrim   ma’rifatparvari   Ismoil   Gaspiriniskiy   va   u
tomonidan   chiqa   turg‘on   “Tarjimon”   gazetasi   Turkiston   o‘lkasiga   Jamladan
Samarqandga   1889-yillarda   kirib   kela   boshlagan.   Ushbu   gazeta   1883-yildan
boshlab Bog‘chasaroyda chiqarila boshlangan. Ushbu gazetani o‘lka xalqlaridan
birinchilardan   bo‘lib   1889-yildan   Xoji   Abduqodir   (me’mor)   olib   o‘qigandir.
Ushbu gazeta butun musulmon olamida jadidchilik harakati va uning g‘oyalarini
keng   yoyishda   muhim   ro‘l   o‘ynagan.   Uning   muharriri   bo‘lgan     Gaspiriniskiy
ko‘plab mamlakatlarga sayohatlar qilib o‘z kuzatishlari davomida sharq va g‘arb
madaniyatini,   ta’lim   tizimi   va   boshqa   jihatlarini   yoritib   borgan   va   shu   bilan
birgalikda   “Tarjimon”   gazetasida   jahonda   bo‘layotgan   o‘zgarishlar   yangiliklar
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar haqida har bir sonida yangi ma’lumotlar
berib borilgandir.
“Tarjimon”   gazetasining   o‘lkada   keng   tarqalishi   rus-yapon   urushi
davriga to‘g‘ri kelgandir 75
. Ushbu gazeta o‘lka bo‘ylab jadidchilik harakatining
74
 Saidrizo Alizodaning nabirasi.   Alizoda. F.  bilan suxbat      05.05.2022 y.
75
  Хожи   Муин .   Танланган асарлар.    Тошкент.  2005 й. 120 б.
42 yoyilishida   xalqni   ma’rifatli   bo‘lishida   muhim   ro‘l   o‘ynagandir.   Samarqand
ma’rifatparvarlari   ushbu   gazetani   olib   o‘qish   orqali   uning   muharriri   bo‘lmish
I.Gaspiriniskiyni  taniydilar  va  uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari   bilan yaqindan
tanishadi.   Balki   ushbu   gazeta   Turkistonda   keng   tarqalmaganda   o‘lkada
ma’rifatparvarlik   g‘oyalari   keng   yoyilmasligi   ham   mumkin   edi.   “Tarjimon”ni
o‘qish   orqali   XX   asrning   boshlarida   yangi   o‘zbek   adabiyotning   yirik   vakillari
yetishib   chiqganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Shu   bois   ham   ushbu   gazeta   butun
musulmon   olamida   Turkiya,   Eron,   Misr,   Arabiston,   Ozarbayjon   va   boshqa
musulmon   olamida   keng   tarqalgan   va   ma’rifatparvarlikning   muhim   bosqichi
bo‘lgan deb aytishimiz mumkin.
Bu   davrda   Samarqandda   Eron   gazetalarining   ham   kirib   kelgan   bo‘lib,
Eron gazetalari ham albatta “Tarjimon”dan keyin kirib kelgandir 76
. Eronda ham
matbuotchilikning   rivojlanishida   “Tarjimon”   gazetasi   ta’sir   ko‘rsatgan   bo‘lishi
mumkin.   Samarqandga   kirib   kelgan   Eron   gazetalari   Texronda   chiqgan
“Tarbiyat”   va   Kalkutaga   chiqagan   “Xablul-matin”ni   rus-yapon   urushi
vaqtlaridagini   keng   tarqalgan   hisoblanadi.   Ushbu   ro‘znomalar   Samarqandga
ba’zi Eron savdogarlari orqali olinar va tarqatilar edi.
XX   asrning   boshida   kelib   dunyoda   bo‘layotgan   siyosiy   jarayonlar
ta’sirida   rus   inqilobi,   eron   inqilobi   va   boshqa   jarayonlar   negizida   1905-yildan
Turkistonda   va   Rossiyada   turli   milliy   gazeta   va   majmualar   chiqa   boshlaydi.
Bularning hammasi Samarqandda bir muncha tarqalgan, shulardan Samarqandga
doimiy suratda kelib turgan va xalq tomonidan suyib o‘qilgan matbuot gazetalari
“Tarjimon”,   “Vaqt”     gazetalari   va   “Sho‘ro”   majmulari   hisoblanadi.   Yuqorida
keltirib o‘tganimizdek 1913-yilgacha o‘lkada chiqarilgan gazetalarning barchasi
rus tilida bo‘lganligini nashr qilinganini keltirib o‘tdik.
Samarqandda birinchi marta chiqgan gazeta bu “Samarqand” gazetasidir.
Ushbu   gazetani   Turkiston   jadidlarining   otasi,   yetuk   ma’rifatparvar
Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   siyosiy   publisist   sifatidagi   faoliyati,   1913-1915
76
 Хожи Муин.  Танланган асарлар.     Тошкент.   2010 й. 121 б.
43 yillarda   “Samarqand”   gazetasi   va   “Oyina”   jurnalini   nashrini   yo‘lga   qo‘ygan
paytdan e’tiboran kuchaygandi 77
. 
      1913-yildan   boshlab   “Samarqand”   gazetasi   nashrini   yo‘lga   qo‘yadi.
Ushbu   gazeta   Samarqand   taraqqiyparvarlar     jadidlarining   to‘g‘ich   gazetasi
bo‘lib,   gazeta   1913-yil   10-aprelda   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning   mas’ul
muxarligi   ostida   chiqa   boshlagan.   “Samarqand”   gazetasi   Samarqandlik
ma’rifatparvarlarning   moddiy   yordami   bilan   nashrni   yo‘lga   qo‘ygandirlar.
Ushbu   gazeta   haftada   2   marta   2   sahifada   chiqgan.   Gazetaning   7-8   sonlaridan
keyin   esa   4   betli   bo‘lib   chiqa   boshlaydi.   Shuningdek   ushbu   gazeta   400-600
nusxadan iborat bo‘lgan. Uning tili sof o‘zbek tilda bo‘lmagan, uning har sonida
esa tojikcha she’r va maqolalar bosilib turgan 78
.
Samarqand gazetasining bosilish jarayonida unga 2 marta ruxsat olingan
bo‘lib   birinchisi   1913-yilning   10-aprelida   beriladi   va   shundan   so‘ng   gazeta
chiqa   boshlagan.   Shu   o‘rinda   Behbudiy   negadir   1913-yil   23-may   kuni
Samarqand   viloyati   harbiy   gubernatoriga   “Yagni   Samarqand”   (“Samarqandi
nav”-“   Новый   Самарканд ”)   gazeta   chiqarishga   ruxsat   so‘rab   yana   ariza   bilan
murojat qilganini ko‘rishimiz mumkin.
Mahmudxo‘ja Behbudiy nashr etgan bu gazeta avval “Samarqand” keyin
bir   necha   soni   chiqgach   esa   (26-27-sonlaridan   keyin)   “ Новый   Самарканд ”
nomi   bilan   chiqdi.   Ushbu   gazeta   28-sonidan   boshlab   esa   u   yana   o‘z   nomiga
qaytdi. “Samarqand”   gazetasining   taqdiri   mustabid   hukumatining   tazyiqi
va   moddiy   jihatdan   qiynalganligi   sababli,   gazetani   nashr   qilish   qiyinchilik
tug‘dirganligi   sababli   Behbudiy   gazetani   44-sonidan   boshlab   to‘xtatishga
majbur   bo‘lgan.   Xalqga   yangi   fikrlar   bergan   va   unga   rahbarlik   qila   boshlagan
“Samarqand”   gazetasining   to‘xtab   qolishi   hattoki   yoshlar   ongiga   yomon   ta’sir
qiladi 79
.
Ammo   Mahmudxo‘ja   tomonidan   nashrga   qo‘yilgan   “Samarqand”
gazetasi   moddiy   tomondan   qiyinchilikka   duchor   bo‘lganligi   sababli   45-sonida
77
 Шарипов.  P .   “Туркистон жадидчилик харакати тарихидан”.  Тошкент-2002 й.  4-б.
78
 Туркистон матбуоти тарихи.     Тошкент -2000 й.   97 б.
79
  Хожи Муин. Танланган асарлар туплами. Тошкент. 2010 й.   121  б .
44 to‘xtab   qolgan.   Behbudiy   moddiy   qiyinchiliklar   sababli   gazetani   45-sonini   bir
betlik qilib chiqarishi va shu sonida jamiyat egalariga tashakkur aytadi.
      Ismoil   Gaspiriniskiy,   Turkistonliklar   “Samarqand”   gazetasini   qayta
chiqarish   yo‘llarini   izlshiga   imid   bog‘lagan   bo‘lsada,   ammo   Turkistondagi
vaziyat bunga imkon bermaydi 80
. “Samarqand” gazetasiga Siddiqiy Ajziy, Said
Rizo,   Xoji   Muin,   Rojiy,   Nusratullo   Milliy,   Nurmuhammad   Bek   o‘g‘li   Mulla
Ibrohim   Saidkamol   o‘g‘li   va   shu   kabi   boshqa   ma’rifatparlar   ham   maqolalar
yozib turgandirlar.
Behbudiyning   matbuotdagi   ishi   faqat   shu   bilan   to‘xtab   qolgani   yo‘q
Behbudiy   “Samarqand”   gazetasidan   qolgan   ozgina   mablag‘   bilan   bo‘lsada
barcha  qiyinchilik  va  masuliyatni  o‘z  zimmasiga   olgan  holda  1913-yilning  20-
avgustidan   boshlab   haftalik   jurnal   hisoblangan   “Oyina”   jurnalini   chiqara
boshlaydi. 
“Oyina”   jurnalining   birinchi   soni   1913-yilning   avgust   oyida   chiqgan
bo‘lib,  20 oy  davomida chiqariladi   va ushbu  jurnal  ham   “Samarqand”  gazetasi
singari turli taziyiq va moddiy taminotning yo‘qligi sababli 1915-yilda nashrdan
to‘xtagan   bo‘lsada   ushbu   jurnalning   68   ta   soni   nashr   qilingani   ko‘rishimiz
mumkin.   Ushbu   jurnal   haftalik   jurnal   bo‘lib   Turkiston   xalqini   g‘aflatdan
uyg‘otishga   va   ma’rifatli   qilishga   anchagina   xizmat   qilgandir.   Shuning   uchun
Behbudiy   afandining   ushbu   jurnali   ham   huddi   Ismoilbeyning   “Tarjimon”
gazetasi   singari   turli   o‘lka   xalqlari   tomonidan   sevib   o‘qilgan   bo‘lib,
Turkistondan   tashqari   Kavkaz,   Eron,   Turkiya,   Tatariston,   Misr   va
Afg‘onistongacha   tarqalgan   va   har   yerda   sevib   o‘qilgan   jurnal   bo‘lgan.   Shuni
alohida   aytishimiz   mumkinki   O‘zbek   milliy   matbuotida   jurnalchilikka   asos
slogan inson bu Mahmudxo‘ja Behbudiydir 81
.
“Oyina”   jurnali   Samarqandda   1913-yildan   nashri   boshlangan   paytdan
e’tiboran   unga   Abdurauf   Fitrat,   Siddiqiy,   Xoji   Muin,   Akobir   Shomansur,
80
  Turk Dili ve Edibeyati Arastirmalari Dergisi Sayi / Number: 22.   37- b .  
81
  Абдуазизова. Н.   Узбекистон журналистикаси тарихи.    Тошкент-2002 й.  11-б.
45 Muhammad Said, Saidrizo Alizoda, Saidaxad Vasliy, Tavollo, Hakim Buxoriy,
Sadriddin Ayniy va Niyoziy Rajabzodalar o‘z maqolalari bilan qatnashgan. 
      “Oyina”   jurnali   Turkiston   matbuoti   tarixiga   yurt   ozodligi   va   obodligi
uchun kurashgan nashr sifatida kirgan 82
. Mahmudxo‘janing say-harakatlari bilan
Samarqandda   vujudga   kelgan   milliy   matbuot   ta’sirida   1915-yildan   keyin   ham
Samarqandda   turli   gazeta,   jurnal   va   varqalar   chiqa   boshlaganini   ko‘rishimiz
mumkin.  Jumladan:  Telegraf  xabarlari,  Xuriyat,  Mehnatkashlar  tovushi,   Tayoq
majmuasi,   Bololar   yo‘ldoshi,   Shulayi   inqilob   majmuasi,   Devoriy   “Sharq”
gazetasi, Yosh kuch va Zarafshon gazetalari shular jumlasidandir.
  1915-yildan   bshlab   Samarqandda   bosmaxona   egasi   bo‘lgan   Gazarufning
say-harakati   bilan   bir   muddat   “Telegraf   xabarlari”   nomli   maxsus   kundalik
varaqa   chiqarila   boshlaydi.   Ushbu   varaqa   o‘zbekcha   tilda   Husayn   Ibrohimov
qalami bilan yozilgan bo‘lib 20-30 ta sondan so‘ng to‘xtab qolgandir. 
  1916-yildan   ma’rifatparvar   Saidrizo   Alizodaning   say-harakati   bilan
“ Агента   телегрофлари ”   nomli   varaqa   chiqarila   boshlaydi   bu   varaqa   ham
o‘zbekcha bo‘lib 500-1000 dona bosilgan va 14-15 sonlaridan boshlab bu varaqa
ham   faoliyatini   to‘xtatgan   bo‘lib,   Saidrizo   Alizoda   tomonidan   1917-yil   fevral
o‘zgarishlaridan   keyin   forsiy   tilda   “Varaqai   telegrofot”   nomli   gazetalar   chiqib
bu ham  20-sonlarida to‘xtaydi, shu yilning o‘zida bir  qancha vaqt “Zarafshon”
kutubxonasining   mudiri   bo‘lgan   Akobir   afandining   noshirligida   o‘zbek   tilida
“Telegraf   xabarlari”   varqasi   nashri   yo‘lga   qo‘yilganini   ko‘rishimiz   mumkin,
ammo bu varaqa ham ko‘p vaqt davom etmaydi ya’ni 50-sonida o‘z faoliyatini
to‘xtatadi.
Samarqandda   shu   davrda   yo‘lga   qo‘yilgan   gazetalardan   yana   biri   –
Xuriyat   gazetasidir.   Ushbu   gazeta   ham   1917-yil   fevral   inqilobidan   keyin
Samarqandlik   ma’rifatparvarlar   tomonidan   haftada   ikki   marta   chiqarila
boshlaydi.   Gazetaning   birinchi   soni   16-aprelda   chiqarila   boshlangan   bo‘lib,
mas’ul   muxarrir   Mardonquli   Shomuhammadzoda   tayinlanadi.   Xuriyat
gazetasining 27-sonidan e’tiboran uning bosh muxarriri etib Abdurauf Fitrat etib
82
 Абдуазизова. Н.   Узбекистон журналистикаси тарихи.   Тошкент- 2002 й.  12-б
46 tayinlanadi. Ushbu gazeta oktabr to‘ntarishidan keyin ochiqdan-ochiq ishchi va
oddiy   xalq   foydasiga   xizmat   qilgan   bo‘lib   ma’rifatparvarlar   tomonidan   ta’sis
etilgan   “Zarafshon”   shirkati   sarmoyasining   bir   qismini   shu   gazetani   nashriga
sarf   qiladi.   Xuriyat   gazetasi   moddiy   yordam   yo‘qligi   sababli   Muhammadqul
O‘rinboy   uning   nashrini   o‘zining   zimmasiga   oldi.   Lekin   shunday   bo‘lishiga
qaramay   gazetani   ortiq   davom   ettirishini   iloji   bo‘lmay   qoladi   va   ushbu   gazeta
ham 1918-yilda 87-sonidan boshlab nashrdan to‘xtab qolgandir 83
 .
          Shu davrda Samarqanda sho‘ro hukumati  tomonidan ham  matbuotning
yo‘lga   qo‘yilganligini   ham   ko‘rishimiz   mumkin.   1918-yil   11-iyunda   sho‘ro
hukumati   tomonidan   “Mehmatkashlar   o‘qi”   nomli   gazeta   chiqarila   boshlaydi.
Ushbu gazetaning ma’sul muharriri etib esa Samarqandlik jadid ma’rifatparvari
Xoji   Muin   tayin   etiladi.   Bu   gezeta   5-sonidan   boshlab   o‘z   nomini   o‘zgartirib
“Mehnatkashlar   tovushi”   degan   nom   ostida   nashrga   chiqarila   boshlaydi.
“Mehnatkashlar   tovushi”   gazetasi   500   dan   2000   nusxalar   oralig‘ida   bosib
chiqarilgan   va   keng   xalq   ommasiga   tarqalgandir.   Ushbu   gazetaning   tarjima   va
tahrir   ishlarida   ma’lum   muddatga   Saidrizo   Alizoda,   Muhammadjon   Yusufiy,
qori   Muhammadrahim   Toji   va   Sadriddin   Ayniy   kabi   ma’rifatparvar   jadidlar
xizmat qiladilar. 
       Yuqorida nomlari keltirilgan ma’rifatparvar jadidlarimiz orasidan ushbu
gazeta nashrida uzoq vaqt ishlagan shaxs bu shabhasiz  Sadriddin Ayniydir. Bu
gazeta bir tomondan xalqni hukumatga yaqinlashtirishga xizmat qilagan bo‘lsa,
ikkinchi   tomondan   esa   buzuq   niyat   bilan   hukumat   idoralariga   kirib  olib  xalqni
qiynaydigan   masalalar   haqida   doimo   raxmsiz   suratda   tanqid   va   kulguli
maqolalar chop etganligini ko‘rishimiz mumkin 84
.
“Mehnatkashlar tovushi” gazetasining mas’ul muharrirligi oxirgi yillarda
turli shaxslar qo‘liga o‘tsada lekin bu omillar gazeta ma’naviy jihatdan yuksala
olmaydi. Shu sababli 1922-yilning o‘rtalaridan e’tiboran 304-sonlaridan boshlab
o‘z   faoliyatini   to‘xtatadi.   Ushbu   gazeta   nafaqat   Samarqandda   balki   butun
83
 Хожи Муин. Танланган асарлар туплами. Тошкент. 2010 й.  122 б.
84
 “Хожи Муин Танланган асарлар туплами”  Т ошкент.  2005 й  123-б. 
47 Turkiston  o‘lkasida  sho‘ro  hukumati  chiqargan  va  uzoq  muddat  nashr   qilingan
gazeta hisoblanadi.
“Tayoq” nomli majmuasi ham Mehnatkashlar tovushi gazetasining tahrir
hayati   tomonidan   nashr   etilgan   hajviy   jurnal   bo‘lib,   1920-yil   yanvardan   15
kunda   bir   marotaba   nashrdan   chiqganligini   ko‘rishimiz   mumkin   ammo   ushbu
jurnal qog‘oz ozligi uchun 8-sonidan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
           1919-yilda   Samarqandda   tatarlar   maktabining   mudiri   va   muallimi
X.Abdullayevning   tashabbusi   bilan   maorif   idorasi   tomonidan   “Bolalar
yo‘ldoshi” nomli bolalar uchun alohida bir jurnal chiqarila boshlagan va gazeta
3-sonidan to‘xtab qolgan bo‘lib uning tahrir hay’atida S.Ayniy ham bo‘lgandir.
Samarqandda bollalar uchun birinchi bor ta’sis etilgan jurnal shu hisoblanadi.
Saidrizo Alizodaning ham matbuot sohasida olib borgan ishlari diqqatga
sazovor   bo‘lib,   1919-yildan   boshlab   viloyat   firqa   qo‘mitasi   tomonidan   xaftalik
fors tilida “Shulai  inqilob”   majmuasi  nashri yo‘lga qo‘yiladi  va unga Saidrizo
Alizoda   muharrir   etib   tayinlanadi.   Bu   gazeta   ming   dona   atrofida   bosilib,
Buxoro,   Afg‘oniston   va   Erongacha   tarqalgan   edi.   Ushbu   majmuaning   doimiy
yozuvchilari Ayniy afandi  va S. Alizoda edilar 85
. Ushbu gazeta ham  qog‘oz va
toshbosma asbobi kamligidan 1921 yil oxirlaridan 92-sonidan boshlab nashrdan
to‘xtaganini ko‘rishimiz mumkin. 
Shuningdek 1919-yil noyabr oyidan hukumat tomonidan “Sharq” nomli
kundalik   devoriy   gazeta   chiqarila   boshlaydi.   Bu   gazeta   boshda   Alizodaning
qalami   bilan   yozilgan   bo‘lib   64-sonidan   boshlab   esa   Muhammadjon
Yusufiyning   qo‘liga   o‘tgandir.   “Sharq”   gazetasi   1921   yil   13-avgustda   132-
sonidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
1921-yilning may oyidan Samarqandda viloyatning yosh kommunistlari
tomonidan   “Yosh   kuch”   nomli   devoriy   gazeta   chiqarilgan   ko‘p   o‘tmay   3-
sonidan nashr keyin nashr o‘z faoliyatini tugatganini ko‘rishimiz mumkin. 1922-
yil   o‘rtalaridan   Samarqandda   “Zarafshon”   nomli   gazeta   muntazam   chiqishi
yo‘lga qo‘yilib, unga G‘ozi Yunus muharrir etib tayinlanadi. U Toshkentdan bir
85
  “Хожи Муин “Истикилол кахрамонлари”.  Танланган асарлар. Т ошкент – 2010 й.   124 – 125  б .
48 necha   pud   yangi   harf,   150   pudgacha   yaxshi   oq   qog‘oz   va   ikkita   harf   teruvchi
keltirib,   oktabr   oyidan   boshlab   chiqarila   boshlaydi.   Demak   XX   asr   boshlarida
Samarqandda turli xil mabuot gazeta va jurnallari nashri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
uning rivojiga bevosita yuqorida tilga olgan qrim ma’rifatparvari Ismoilbeyning
xizmati   katta   bo‘lib   aynan   u   tomonidan   nashri   yo‘lga   qo‘yilgan   “Tarjimon”
gazetasining   musulmon   olamida   tutgan   o‘rni   va   ushbu   gazetaning   Turkiston
o‘lkasiga   kirib   kelishi   va   xalqni   jaholadan   uyg‘otishga,   jahonda   bo‘layotgan
siyosiy   jarayonlardan   boxabar   etishda   tutgan   o‘rni   beqiyos   bo‘lib,   uning
muharriri  hisoblanmish  Ismoilbey afandi  ko‘plab musulmon o‘lkalarga sayohat
qilib,   g‘arb   va   sharqning   ko‘plab   davlatlarida   bo‘lib,   u   yerdagi   xalqning
ma’naviy   va   madaniy   hayotini   yaqindan   o‘rganib,   ushbu   jarayonlarni   ham
musulmon   olamiga   joriy   qilishga   harakat   qilganligini   ko‘rishimiz   mumkin.
Ismoilbey   o‘zining   ushbu   g‘oyalarini   Turkiston   o‘lkasi   bo‘ylab   yoyishda
Samarqandlik   yetuk   jadid   ma’rifatparvari   Behbudiyni   tanlaydi   va   u   bilan
bo‘lgan bir nacha bor uchrashuvlari davomida, o‘lkadagi madaniy hayot, ta’lim
masalasi usuli jadidning yo‘lga qo‘yilishi, matbuot va boshqa ma’rifiy sohadagi
ishlar   shuningdek   siyosiy   jarayonlar   haqida   ham   suxbatlashgan   bo‘lib,   u
o‘zining yangi g‘oyalarini Mahmudxo‘ja orqali butun Turkiston o‘lkasida keng
targ‘ib qilishga erishgan hisoblanadi.
Matbuot bu ta’lim tizimini zamonaviylashtirish bilan bir qatorda Rossiya
musulmonlarida   alohida   ijtimoiy   siyosiy   yo‘nalish   shakllanishida   muhim   ro‘l
o‘ynagan.   1905   yilda   rus   hukumati   tomonidan   e’lon   qilingan   manifestda
imperiya   hududlaridagi   xalqlar   uchun   muayyan   erkinliklar   jumladan   so‘z
erkinligini   berish   oqibatida   o‘lkada   o‘nlab   musulmon   matbuot   nashrlari   paydo
bo‘lgandir 86
.
      Turkiston   o‘lkasida   jumladan   Samarqandda   milliy   matbuotning
shakllanishida   tashqi   omillarning   ham   ta’siri   katta   bo‘lgan   ekan.   Jumladan
86
 Turk Dili ve Edibeyati Arastirmalari Dergisi Sayi / Number: 22.   42-b. 
49 podsho hukumati tomonidan ta’sis etilgan “Turkiston viloyati gazetasi” o‘lkada
matbuotning shakllanishida turtki bo‘ladi. 
    -XIX   asrning   so‘ngi   choragida   butun   imperiya   hududida   matbuotning
shakllanishida Kavkaz xalqlarining ta’siri kuchli bo‘lgan. XX asrning boshlarida
Turkiston   o‘lkasida   ma’rifatparvarlikning   shakllanishida   Ozarbayjonda   nashr
etilayotgan “Mullo Nasriddin” ya’ni Afandi,  jurnalining o‘rni beqiyos bo‘lgan. 
  -Samarqandda   ma’rifatparvarlikning   shakllanishida   Qrim   tatar
ma’rifatparvarlarining   ham   xizmati   nihotada   katta   bo‘lgan   ekan.   Qrim   tatar
ma’rifatparvari   I.   Gaspiriniskiy   va   uning   “Tarjimon   gazetasi   katta   ta’sir
ko‘rsatgan   bo‘lib,   ushbu   gazetada   musulmon   sharqi   va   g‘arb   madaniyati
taqqoslanib,   musulmon   olamida   bo‘layotgan   o‘zgarishlar   va   yangiliklar   yoritib
borilgan.
      -I.   Gaspiriniskiy   va   M.   Behbudiylarning   faol   aloqalari   muhim   ro‘l
o‘ynagan   bo‘lib,   Ismoilbey   o‘z   g‘oyalarini   Turkiston   o‘lkasida   keng   yoyishda
Mahmudxo‘ja Behbudiy orqali boshqa ma’rifatparvarlari bilan aloqalarni yo‘lga
qo‘ygan ekan.
-Samarqandlik ma’rifatparvarlar xalqni ma’rifatli qilish yoshlarni  milliy
vatanparvar   qilib   tarbiyalashda   matbuot   nashrlaridan   foydalangan   ekan   va   bu
jarayon xaqlni ma’rifatli qilishda eng samarali yo‘llardan biri ekanligini amalda
isbotlaganlar.
2.2 Milliy ta’limning yo‘lga qo‘yilishida tashqi aloqalarning o‘rni
Turkiston   o‘lkasida   dastlabki   jadid   guruhlari   XX   asrning   boshlarida
yuzaga   kelgan   bo‘lib,   jadidlarning   taniqli   vakillari   milliy   ziyollilarni   o‘zagini
tashkil   etgan   shaxslar     edi 87
.   XIX   asrda   sharqning   boshqa   musulmon
mamlakatlarida   paydo   bo‘lgan   ushbu   jarayonning   Turkiston   o‘lkasida   kengroq
87
  Аьзамхужев. С.    Туркистон мухторияти.    Тошкент – 2000 й.   7 б.  
50 yoyilishida jadid ma’rifatparvarlarining xizmati beqiyosdir. Bu boradaTurkiston
o‘lkasidagi   jadidchilik   harakatining   yirik   markazi   Samarqand   bo‘lib,   ko‘proq
shu   yerdan   jadidchilik   harakatining   g‘oyaviy   asoslari   butun   o‘lkada   keng
tarqalgan   deyishimiz   mumkin.   Shu   o‘rinda   o‘lkada   ma’rifatparvarlik
harakatining yoyilishida  Samarqandlik jadidlarning ham  xizmati  beqiyos  desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
   Bilamizki   Turkiston  o‘lkasida  milliy ta’limning yo‘lga qo‘yilishida  jadid
bobolarimizning xizmatlari kattadir. O‘rta Osiyo jadidlarining otasi deya e’tirof
etilgan ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy Samarqandlik bo‘lib butun o‘lka
bo‘ylab   ma’rifatparvarlikni   keng   yoyishda   katta   hissa   qo‘shgan   shaxslardan
biridir.   Shuningdek   ushbu   davrda   Behbudiy   afandiga   yelkadosh   bo‘lgan
Samarqandlik ma’rifatparvarlar, Saidaxmad Sidqiy Ajiziy, Abduqodir Shakuriy,
Xoji   Muin,   Saidrizo   Alizoda   va   boshqa   shu   kabi   zamonasining   yetuk
ma’rifatparvarlari   Turkiston   o‘lkasida   milliy   ta’lim   tizimini   yo‘lga   qo‘yish   va
o‘lkada yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, xalqni esa ma’rifat yo‘li
bilan milliy mustaqillik sari kurashishga dav’at etganlar. 
      Samarqandlik   ma’rifatparvarlar   ana   shunday   maqsadlar   yo‘lida   hattoki
o‘z   hisoblaridan   yangi   usul   maktablarini   tashkil   qilib   yosh   avlodning   talim   va
tarbiyasiga   alohida   e’tibor   qaratgandirlar.   Shuni   ham   ta’kidlab   o‘tishimiz
kerakki,   ular   nafaqat   yangi   maktablar,   shu   maktablar   uchun   yangi   o‘quv
darsliklari   ham   yaratgandirlar   va   yevropacha   ta’lim   tizimini   qabul   qilib,   uni
o‘zlariga   moslashtirgan   holda   zamonaviy   ta’lim   tizimi   yaratishga   hissa
qo‘shgandirlar.
XIX   asrning   oxirlarida   Turkiston   o‘lkasida   yangi   usuldagi   jadid
maktablarining   shakllanish   jarayoni   Rossiyadan   kelgan   tatar   ziyoli   va
muallimlarining   faoliyatlari   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lgan.   Turkiston
o‘lkasidagi   yangi   usul   maktablarining   paydo   bo‘lishi   va   shakllanishi   o‘lka
bo‘ylab rus-tuzem maktablarining rivojlanish vaqtlariga to‘g‘ri keladi 88
.
88
  Абдирашидов. З.   Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.  . T  2008 й. 26-б. 
51 Tatar   ziyolilari   tomonidan   yangi   ululdagi   maktablar   yirik   markazlarda
ochilgan   bo‘lib   tatar   maktablari   rus-tuzem   maktablaridan   ko‘ra   ko‘proq
muofaqqiyat qozonganligini ko‘rishimiz mumkin.
Jadid ma’rifatparvarlarining o‘lkada ta’lim  va  tarbiya tizimida, ommani
savodli qilish harakatiga ham albatta qandaydir omillar turtki bo‘lgan bo‘lib, ana
shu   omillardan   biri   sifatida   tashqi   madaniy-ma’rifiy   aloqalarni   ko‘rishimiz
mumkin.   Turkiston   o‘lkasida   ma’rifatparvarlikning   yoyilishida   tashqi   madaniy
aloqalarning   o‘rni   muhimdir.   Bu   masalada   ayniqsa   ko‘proq   Qrim
ma’rifatparvarlari,   jumladan   Ismoil   Gaspiriniskiy   (1851-1914y)ning   xizmatlari
nihoyatda beqiyos ekanligini bilamiz. N.P. Ostroumovning yozishicha o‘lkadagi
birinchi   yangi   usul   maktablari   vodiyda   Farg‘ona   viloyatida   1890-yillarning
boshlariga tog‘ri kelishi haqida fikr yuritar ekan, yana shuni ham takidlaydiki bu
maktablar   tatar   muallimlari   tomonidan   o‘z   millatiga   mansub   bollarni   o‘qitish
uchun   ochilgandir.   Shunday   ekan   Turkiston   o‘lkasidagi   birinchi   “usuli   jadid”
maktabining   yo‘lga   qo‘yilishi   Ismoilbey   Gaspiriniskiy   nomi   bilan   bevosita
bog‘liqdir 89
.
   Tadqiqotning   ushbu   bobida   milliy   ta’limning   yo‘lga   qo‘yilishida   tashqi
aloqalarning o‘rni haqida gapirganda, Samarqandlik jadidlarning milliy ta’limni
yo‘lga   qo‘yishdagi   xizmatlari,   ularning   Turkiston   jadidchiligida   tutgan   o‘rni
haqida   gapirar   ekanmiz,     Samarqand   ma’rifatparvarlarining   Qrim
ma’rifatparvarlari bilan ma’rifiy va madaniy sohada olib borgan aloqalariga ham
alohida   to‘xtalib   o‘tishimiz   joiz   bo‘lib   bu   tadqiqot   ishining   muhim   ajralmas
ekanligini ta’kidlab o‘tish ham maqsadga muoffiqroq bo‘ladi. Yuqorida keltirib
o‘tkanimizdek, o‘lkada ma’rifatparvarlikning shakllanishida Samarqandlik yetuk
ma’rifatparvarlarning   xizmatlari   katta   bo‘lib   bu   borada   Turkiston   jadidlarining
otasi   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   va   boshqa   ma’rifatparvarlarning   Qrim
ma’rifatparvarlari   jumladan   Ismoil   Gaspiriniskiy   bilan   madaniy   va   ma’rifiy
sohada olib borgan aloqalariga alohida takidlab o‘tishimiz kerak bo‘ladi.
89
 Абдирашидов. З.    Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.  . T  2008 й. 27-б. 
52 Butun   Turkiston   o‘lkasi   bo‘ylab   jumladan   Samarqandda   jadidchilik
harakatining   shakllanishida   Qrim   ma’rifatparvari   Ismoil   Gaspiriniskiy   (1851-
1914)   ning   Turkistonga   qilgan   sayohatlari   jumladan   Samarqandga   tashrifi
o‘lkada   jadidchilikning   shakllanishida   muhim   bosqich   bo‘ldi   desak   mubolag‘a
bo‘lmaydi.   1890   yillarga   kelganda   Ismoilbey   afandi   o‘zining   ma’rifatparvarlik
g‘oyalarini   yoyish   uchun   nazarini   Turkiston   o‘lkasiga   qaratganligi   bejiz   emas
edi. Chunki Rossiya musulmonlarining deyarli yarimi shu o‘lkada yashar edi.
E’tiborli   jihati   shundaki   Turkistonlik   jadid   ma’rifatparvarlari   Ismoilbey
afandini   o‘zlarining  ruhiy  o‘qituvchisi  deb  hisoblashgan.   Shu  o‘rinda   takidlash
kerakki   Turkiston   jadidlari   shu   qatorda   Samarqand   ma’rifatparvarlarining
ayrimlari,   (Mahmudxo‘ja   Behbudiy   va   Abduqodir   Shakuriylar)   Ismoil
Gaspiriniskiy   bilan   shaxsan   tanish   bo‘lganlar.   O‘lkaning   boshqa
ma’rifatparvarlari   esa   Ismoilbeyni  bevosita  “Tarjimon”  gazetasi  orqali  tanigani
ma’lum.   Shu   davrda   Turkistonda   faoliyat   yuritgan   jadidlar   uning   faoliyatini
kuzatdilar   va   “Tarjimon”   gazetasi   orqali   uning   g‘oyalari   mazmuni   bilan
tanishdilar.   Shu   o‘rinda   aytish   kerakki   Russiya   musulmon   islohotchilari,
Turkiston   jadidlari   ham   1906-yilgacha   aynan   mamlakatda   yagona   bo‘lgan
Ismoil Gaspiriniskiy muallifligidagi “Tarjimon” gazetasini o‘qishgan.
Qozoq   ma’rifatparvarlaridan   tashqari   barcha   Turkiston   jadidlari   rus
maktabida o‘qimagan, ba’lki milliy muhitda o‘sgan usuli jadid maktabida ta’lim
olgan. Zaki  Validi  To‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra ular  Ozarbayjon, eron, turk va
tatar adabiyotidan, “Tarjimon” gazetasidan o‘zlariga yangi g‘oyalarni olgandir.
Endi   Ismoil   Gaspiriniskiyning   Turkiston   o‘lkasi   bo‘ylab   sayohatiga
to‘xtalib   o‘tadigan   bo‘lsak   bu   sayohatlar   nechog‘lik   ahamiyatga   ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Ismoilbey afandining, Turkiston bo‘ylab sayohatiga asosiy
sabab   Buxoro   amiri   Amir   Abdulaxadxonning   taklifi   bo‘lgandir 90
.   Ismoil
Gaspiriniskiy Turkistonga alohida e’tibor bilan qaraydi va unda bo‘layotgan har
bir   voqea   hodisalarni   o‘zi   tomonidan   nashri   yo‘lga   qo‘yilgan   “Tarjimon”
gazetasida   yoritib   boradi.   Gapiriniskiy   Turkistonga   kelmasdan   avval   amir
90
 Абдирашидов. З.   Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.     Тошкент  2008 й. 42-б. 
53 Abdulahad   bilan   shaxsan   tanish   bo‘lgan   bo‘lib   u   bilan   bir   necha   bor
uchrashgandir.   Gaspiriniskiyning   amir   Abdulahadxon   bilan   birinchi   uchrashivi
ya’ni   tanishuvi   1883-yilda   bo‘lib   amir   Abdulahadxon   Gaspiriniskiyga   uning
islohotchilik   faolliyatini   ma’qullab   yangi   ta’sis   qilingan   “Tarjimon”   gazetasida
obuna bo‘lish istagini bildirib maktub yo‘llagan.
1893-yilda   Amir   Russiyaga   qilgan   sayohatidan   qaytayotganda
Bog‘chasaroyga   keladi   va   Ismoilbey   bilan   uchrashadi.   Uchrashuv   davomida
amir Ismoilbeyni Buxoroga taklif qiladi.
Turkiy xalqlarning XX asr boshidagi ma’naviy otasi hisoblanmish Ismoil
Gaspiriniskiyning   Turkistonga   bo‘lgan   dastlabki   tashrifi   1893-yil   may   oyida
boshlandi   u   Buxoro,   Samarqand   va   Toshkent   safari   chog‘ida   tatar   savdogari
Abdug‘aniboy   Husayinov   bilan   uchrashadi 91
.   U   Kavkazni   2-3   kun   ichida
aylanib,   Tiflis   va   Boku   shaharlarida   bo‘ladi.     Ismoilbey   vaqtni   mahalliy
musulmon   ma’rifatparvarlari   bilan   o‘tkazadi.   Gaspiriniskiy   Buxoroda   4   kun
bo‘ladi va bu vaqt moboynida bir qancha mahalliy maktablarni borib ko‘radi va
u yerdagi ta’im jarayonlari bilan yaqindan tanishadi. Buxorodan safaridan so‘ng
Ismoilbey Samarqandga yo‘l olgan bo‘lib, u yerda Ismoilbey Kulchanov degan
mahalliy rus buyrokrati bilan uchrashgani ma’lum.
Samarqandga kelgan Gaspiriniskiy Samarqand viloyat hokimi graf  N. Y.
Rostovsevdan   maktablar   borasidagi   materiallar   bilan   tanishish   uchun
ruxsatnoma   olishga   boradi.   A.Y.   Rostovsev   Gaspiriniskiyni   boshqa   rus
ma’murlaridan aksincha o‘laroq yaxshi qarshi oladi. Rostovsev Gaspiriniskiyga
mahalliy   maktablar   xususida   ma’lumot   olish   uchun   maxsus   ruxsatnoma   ham
bergan edi. 
Umuman   olganda   Ismoil   Gaspiriniskiyning   Samarqandagi   uchrashuvlari,
boshqa   joylardagidan   ko‘ra   samaraliroq   bo‘lganini   ko‘rishimiz   mumkin.   Shu
o‘rinda   o‘lkaning   ma’naviy-madaniy   rivojiga   katta   ta’sir   o‘tkazgan.   Ismoilbey
Samarqandga   kelgan   vaqtida   shu   yerda   yashayotgan   tatar   missioneri
Abdug‘aniboy   Husainov   uni   o‘z   uyiga   mehmonga   taklif   qiladi.   Abdug‘aniboy
91
 Махмудхужа Бехбудий.  “Танланган асарлар”  I -жилд.    Тошкент  -2018 й. 41-б.
54 Gaspiriniskiydan   ushbu   sayohatingizdan   bir   nishona   tarzida   shaharda   usuli
savtiyani   yo‘lga   qo‘yishini   iltimos   qiladi.   Gaspiriniskiy   esa   usulni   savtiyani
o‘rgatish   uchun   30-40   kun   Samarqandda   qololmasligini   bilgan   va   shu   sababli
o‘zi   bilan   sayohatga   hamroh   bo‘lgan   Shirvonlik   muallim   va   adib   Majidbek
G‘anizodani   o‘z   roziligi   bilan   shu   yerda   qoldiradi   va   Majidbek   G‘anizoda
Samarqandda   40   kun   qolib   “usuli   savtiya”ni   o‘rgatish   tartibi   va   samarasini
ko‘rsatgandir.   Ammo   ushbu   maktab   ko‘p   vaqt   faoliyat   korsatmagandir.   Shu
tariqa   Turkistondagi   dastlabki   yangi   usul   maktabi   Samarqandda   Ismoil
Gaspiriniskiyning tashabbusi  bilan 1893-yilda ochiladi 92
. Bu maktab bor yo‘g‘i
3   oy   faoliyat   ko‘rsatgan   bo‘lishiga   qaramasdan   Gaspiriniskiy   tomonidan
yoqilgan ma’rifat uchquni so‘nmaydi.
XX   asrning   boshiga   kelganda   ma’rifatparvarlik   o‘lkada   keng   yoyiladi.
Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, 1900-yilgacha usuli jadid maktablari
tatar   muallimlari   tomonidan   ochilgan   bo‘lib,   shu   qatorda   1900-yildan   boshlab
esa   mahalliy   ziyolilar   tomonidan   ham   yangi   usul   maktablarini   ochila
boshlanganini   ko‘rishimiz   mumkin.   Bu   o‘rinda   mahaliy   ziyolillardan
Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidaxmad Sidqiy
Ajziy   va   boshqa   kabi   ma’rifatparvarlar   dastlabki   yangi   usul   maktablarini
ochganliklarini va milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishda xizmatlari beqiyosdir.
Ismoil Gaspiriniskiyning Turkiston bo‘ylab sayohati  davomida o‘zining
“Tarjimon”   gazetasini   o‘lkada   tarqalishidan   manfaatdor   edi.     Bog‘chasaroylik
ma’rifatparvar   ham   1893-yillarda   Turkistonga   keladi.   Bazi
adabiyotshunoslarning   bergan   taxminlariga   ko‘ra   barcha   narsaga   qiziquvchi
Behbudiyning   shu   yillarda   Ismoil   Gaspiriniskiy   bilan   uchrashmagan   bo‘lishi
mumkin   emas.   Lekin   shunisi   aniqki   Behbudiy   va   Ismoilbey   xazratlarining
qachon va qayerda tanishganligi haqida aniq bir fikr yo‘q. Biroq Behbudiyning
birinchi biblografi Xoji Muinning ustoz haqidagi maqolalarida ba’zi fikrlar bor
edi.
92
  Абдирашидов. З.   Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.  . T ошкент- 2008 й. 92-б. 
55 Xoji   Muinning   bergan   ma’lumotlariga   ko‘ra   Behbudiy   afandi   Hijoz
safaridan   keyin   Bog‘chasaroyda   nashrdan   chiqayotgan   “Tarjimon”   gazetasini
olib o‘qiy boshladi 93
. Mahmudxo`ja Behbudiy  xaj  safaridan oldin bir  necha  yil
qozixona   va   hukumat   idoralariga   ishlab   kelayotgan   paytlarda,   missioner
Ostroumov   tomonidan   nashr   etilayotgan   “Turkiston   viloyatining   gazetasi”ni
o‘qib   yurgan   bo‘lsada,   ushbu   gazeta   uning   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotdagi   dunyo
qarashlari   va   g‘oyalarini   kengaytirmagan.   Behbudiy   afandi   1898-1899   yillarda
katta farzandining vafotidan so‘ng uning iztirobini unitish maqsadida Buxorolik
do‘sti   Xo‘ja   Boqo   bilan   Xaj   safariga   otlandilar.   Turkistonlik   bu   ikki
ma’rifatparvar   Istanbul,   Misr   va   Hijozga   sayohat   qilib   xaj   amallarini   ham
bajaradilar.   Xaj   safari   Behbudiy   uchun   e’tiqodiy   masala   bo‘lsada   ammo   shu
bohonada,   turli   musulmon   o‘lkalaridagi   ma’orif   tizimini   ham   o‘rganmoqchi
bo‘lgan.   Shu   maqsadda   Misrning   islom   olamida   dang   taratgan   “Al-Azhar”
madrasasi   shuningdek   Intanbuldagi   maktablarda   ta’lim-tarbiya   usuli   haqida
o‘rgangan   va   turk   matbuoti   bilan   ham   yaqindan   tanishgan 94
.   Shuningdek   u
narsoniylarning ta’lim va tarbiya ishlariga ham katta ahamiyat beradi. Behbudiy
sayohati davomida xajga borish va qaytish chog‘ida Istanbulda to‘xtab mahalliy
turk matbuoti vakillari bilan suxbatda bo‘lib do‘stlashgan. 
Mahmudxo‘ja   shu   vaqtda   orttirgan   yangi   do‘stlari   orqali   butun   dunyoda
sodir bo‘layotgan ulkan siyosiy voqaealar haqida “Tarjimon” gazetasi  va uning
muharriri   tomonidan   amalga   oshirilayotgan   olamshumul   ishlari   haqida
ma’lumotga   ega   bo‘ladi 95
.   Ismoil   Gaspiriniskiy   tamonidan   Bog‘chasaroyda
chiqayotgan “Tarjimon”ni  o‘qiy boshlagandan  so‘ng Behbudiyning fikr  doirasi
yanada   kengayib   dunyoqarashi   o‘zgaradi.   Ostroumovning   “Turkiston   viloyati
gazetasi”ning   musulmonlarni   ag‘fol   etish   maqsadi   bilan   yozayotgan   so‘zlarini
tushuna  boshlaydi   va   o‘ziga yaqin  do‘stlarini   mustabid  hukumatning mahalliy
aholini   asoratga   solish   maqsadidan   ogohlantiradi.   Shu   tariqa   Behbudiy
93
  Каримов. Н.   Махмудхужа Бехбудий.    Тошкент – 2010 й. 29 б. 
94
 Махмудхужа Бехбудий.    Танланган асарлар  I -жилд.   T ошкент -2018 41-б.
95
 Махмудхужа Бехбудий.     Танланган асарлар  I -жилд.    T ошкент -2018 42-б.
56 Samarqanddagi   yaqin   safdoshlariga   shu   jumladan   butun   Turkiston   o‘lkasi
bo‘ylab o‘zi o‘qigan gazetalarni tarqata boshlaydi.
  Demak   yuqoridagi   keltirib   o‘tganimiz   va   Xoji   Muinning   bergan
ma’lumotlariga   ko`ra   Behbudiy   “Tarjimon”   gazetasini   “xijoz   safari”dan   keyin,
ya`ni   1899   yildan   keyingina   olib   o‘qiy   boshlagan.   Bu   vatqga   qadar   demak
Behbudiy   bilan   Gaspiriniskiy   bilan   shaxsan   tanish   bo`lmagan   va   hatto   u
Gaspiriniskiy   muallifligidagi   “Tarjimon”   gazetasini   ham   o‘qimaganligini
ko‘rishimiz mumkin.
    Samarqandlik   ma`rifatparvarning   aynan   “Tarjimon”   gazetasini   o`qishi
bilan, missioner Ostroumov muharrirlik qilgan gazetani asl mohiyatini tushunib,
undan voz kechganligini ko‘rishimiz mumkin. Taxmin   qilish   mumkinki,
yosh   Maxmudxo`ja   dunyoqarashining   shakllanishida   Russiya   jadidchilik
xarakatining asoschisi  Ismoilbek Gaspiralining xizmati  katta bo`lgan. Sharqu –
g‘arbning     tarix   va   madaniyatini   chuqur   bilgan   arab   va   fors   tillari   bilan   bir
qatorda   ingliz,   fransuz,   nemis   tillarida   ham   erkin   so`zlasha   olgan   Ismoilbey
1881   yilda   rus   tilida   “Russiya   musulmonligi”   kitobini   yozadi.   Bu   kitobda   u
Russiyada yashovchi barcha musulmonlarning o‘zligini saqlab qolish yo‘li bitta
u   ham   bo‘lsa,   ma’rifat   va   u   orqali   mamlakatning   ijtimoiy,   siyosiy   madaniy
hayotiga tengma-teng aralashishga erishishdir, degan fikrni ilgari suradi.
Bu yo‘ldagi  birinchi  qadam  “usuli  jadid”, “usuli  savtiya”  maktablarining
tashkil   qilish   bo‘ladi.   Qrim   ma’rifatparvari   Ismoil   Gaspirali   1984   yilda
Bog‘chasaroyda   bir   maktab   ochadi   va   unga   “usuli   jadid   maktabi”   deb   nom
beradi.   Yuqorida   ta’kidlaganimizdek   Behbudiy   xazratlari   1899-yili   25   yoshida
birinchi   marta   xaj   safari,   muqaddas   hisoblangan   Makka-Madinaga   qilgan
ziyorati   uning   dunyo   qarashini   shu   qadar   kengaytiradi   va   umumjahon   tarzida
fikrlashga   zamin   yaratganini   ko‘ramiz.   Sayohat   chog‘ida   Behbudiy   Russiya
shaharlari,   Qrim,   Eron,   Turkiya,   Misr   mamlakatlarida   bo‘ladi.   Safar   davomida
ushbu hududda yashovchi aholini turmush tarzi hayoti bilan Turkistondagi hayot
tarzini   taqqoslash   imkoniga   ega   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   ta’lim-tarbiya   tizimi,
57 savdo   ishlarini,   zarur   va   muhim   bitimlar   tuzish,   ham   diniy   ham   dunyoviy
aloqalar o‘rnatishiga turtki bo‘ladi.
 Xaj safari Behbudiyni arab dunyosi mamlakatlari, Turkiya va Misrda yuz
bergan jadidchilikning chuqur ildiz otgan jihatlarini ko‘rdi, ushbu hududlardagi
ta’lim   va   tarbiyaning   yangi   usullari   bilan   tanishadi.   Xaj   safarlaridan   3-4   yil
o‘tgach, ya’ni 1903-1904 yillarda Maskva, Peterburg, Orenburg, Qozon va Qrim
kabi   shaharlarda   bo‘lgan   Behbudiy   afandi   ma’orif   sohasidagi   Rossiyalik
jadidlari, ayniqsa Qrimlik tatar qardoshlari tajribasi bilan yaqindan o‘rtoqlashib,
Ismoil   Gaspiriniskiy   bilan   yaqindan   tanishganligi,   shuningdek   Ismoilbey   ham
asosiy   e’tiborini   Behbudiyning   o‘lkadagi   ma’rifatparvarlik   say-harakatlani
amalga oshirishga qaratadi 96
.
Qrimda   1883-yildan   boshlab   Ismoil   Gaspiriniskiy   tamonidan
chiqayotgan   “Tarjimon”   gazetasi   XIX   asrning   oxrida   ko‘plab   musulmon
mamlakatlari bo‘ylab Shu o‘rinda arab mamlakatlarida ham ushbu gazeta keng
yoyilgan   edi.   Xoji   Muinning   yuqorida   bergan   ma’lumotlariga   ko‘ra   Behbudiy
xazratlari   aynan   Ismoil   Gaspiriniskiyning     Bog‘chasaroyda   chiqoyotgan
“Tarjimon”   gazetasi   bilan   aynan   xaj   safaridan   keyin   tanishganligi   va   uning
dunyoqarashi   kengaytirganligi   aytib   o‘tgani   ma’lum.   Mahmudxo‘ja   Behbudiy
bu gazetalarning ko‘pida turli mavzuda maqolalar yozib, xalqqa rahbarlik etgan.
Duma   va   saylov   masalasi   qo‘zg‘alganda   shu   mavzuga   oid   kerak   og‘zaki   va
matbuot orqali xalqqa foydalik ma’lumot va ta’limot berib turgan.
Shuningdek   Samarqandda   1903-yilda   yangi   maktablar   ochila
boshlangach,   Behbudiy   afandi   bir   yoqdan   xalqni   maktab   va   maorifga   tashviq
etganidek, ikkinchi tomondan esa bu maktablar uchun o‘z ona tilimizda kitoblar
yo‘qligini   ko‘zda   tutib   maktablar   uchun   forscha   va   o‘zbekcha   turli   kitoblar
yozgan va ularni o‘z maorifi orqali bosib chiqarganini ko‘rishimiz mumkin.
96
Алимова Д. А.  Рашидова. Д. А.    Махмудхужа Бехбудий ва унинг тарихий тафаккури.   Тошкент. 1999 
й,  10-б.
58 Ismoil   Gaspiriniskiy   Bog‘chasaroyda   o‘zining   55   yillik   yubiley
tantanalari o‘tgandan so‘ng Samarqandga kelib Behbudiy va uning maslakdosh
birodarlari bilan uchrashgan.
Ismoilbekning   Turkiston   bo‘ylab   ikkinchi   safari   1908-yilga   to‘g‘ri
keladi.   Safar   tafsilotlari   “Buxoroda   ne   ko‘rdim?”   sarlavhasida   “Tarjimon”ning
o‘sha   yili   sonlarida   (47-50-57-59-64   va   78)   sonlarida   bosilgan.   1908-yilda
Turkistonga ikkinchi safarida Gaspiriniskiy Buxoroda uzoq vaqt to‘xtamaydi. U
faqat Abdulahadxonning qabulida bo‘ladi va tezda Samarqandga jo‘nab ketadi 97
.
Samaraqandda   bo`lgan   vaqtida   Gaspiriniskiy   Maxmudxo`ja   Behbudiy   va
Abduqodir   Shakuriylar   bilan   uzoq   suxbatlar   quradi.   Gap   tarix   va   kelajak,
muqaddas obidalar va ularning taqdiri, rus istilochilik siyosati va o`zlikni saqlab
qolish   haqida   edi 98
.   “Samarqandning   usuli   jadid   maktabi   muntazam   dastur   va
idora usuliga ega. Katta muallim Abduqodir afandi Shakuriy maktab intizomi va
rivoji uchun uning oddiy xodimgina emas, bakli fidoyisi bo`lib xizmat qiladi.
Ziyoli   ulamolardan   Maxmudxo`ja   Bexbudiy   janoblari   maktab   bunyod
etilgandan  buyon  xizmat  ko`rsatib   keladi.  Muallim  Abduqodir   Shakuriy  afandi
ustodi   savtiya   va   nizomini   o`rganish   maqsadida   “Tarjimon”   idorasi   bilan
kelishilgan   holda   boshqa   joylarda   ochilgan   usuli   savtiya   maktablarini   ziyorat
qilib,   ezgu   niyatlari   va   istaklari   bilan   kaspiy   ma`lumot   olgan.   Ismoil
Gaspiriniskiy   Samarqandlik   do`stlari   huzuriga   qilgan   tashrifi   chog`ida   asosan
boshlang`ich   ta`lim   va   tarbiya   ishlari   bilan   qiziqqan   hamda   Behbudiy   va
Shakuriyning   bu   sohada   olib   borayotgan   ishlaridan   mamnun   bo`lganligini
ko`rishimiz mumkin.
Ushbu maktabning yuztacha tolibi (o‘quvchilari) va uchta muallimi bor.
Maktab   dasturida   turkcha,   forscha   va   arabchaning   boshlang‘ich   darslari,   din
ilmi,   jug‘rofiya   va   tarix   mavjud.   Ohangini   kelishtirib   munojat   she’r   o‘qish
maktabga   xos   bo‘lgan   usul.   Shunday   qilib,   Behbudiy   Qrim   ma’rifatparvari
97
 Абдурашидов. З.   Гаспириниский и Туркестан в начале ХХ века связи -отношеия -влияние. Тошкент.  
2011 й.  205  c т
98
  Каримов. Н.   Махмудхужа Бехбудий.    Тошкент – 2010 й. 33 б. 
59 bo‘lgan Ismoilbek bilan 1908-yilda Samarqandda uchrashgani va bundan keyin
ham   bir   necha   bor   bu   ikki   ma’rifatparvarlar   o‘rtasida   ma’rifiy   aloqalar   yaxshi
yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi.
    Yuqorida   aytgamizdek   Samarqandda   milliy   ta’limning   shakllanishida
tashqi   ma’rifiy-madaniy   aloqalar   ham   ta’sir   etgandir.   Shu   asnoda   XX   asrning
boshlarida o‘lka hududida tatar va rus-tuzem maktablari bilan bir qatorda milliy
jadid   maktablari   ham   vujudga   kelgan   bo‘lib   bunday   usuli   savtiya   maktablari
tarmog‘ini   kengayishida   shu   vaqtda   Samarqandda   ijod   qilayotgan   jadid
ma’rifatparvarlari   Mahmudxo‘ja   Behbudiy,   Abduqodir   Shakuriy   va   Sidqiy
Ajiziy   va   boshqalarning   xizmatlari   kattaroqdir.   Jumladan   Saidaxmad   Sidqiy
Ajziy XIX asrning 90-yillarining oxrida Makkaga safarga chiqgan bo‘lib, 1900-
1901   yillarda   Misr,   Arabiston,   Turkiya   boradi   bir   qator   sharq   mamlakatlarida
bo‘lib   islom   dunyosidagi   yangiliklar   bilan   tanishadi.   Sidqiy   Ajziy   1900   yilda
Rossiyaning   Jiddadagi   elchixonasida   tarjimonlik   ham   qilgan 99
.   So‘ngra
Russiyaning   Moskva,   Peterburg   shaharlarini   aylanib   Tiflisga   o‘tadi.   Tiflisda
Jalil Mamadqulzoda , Akobir Toirzoda bilan tanishadi. Xaj safari Behbudiy kabi
Ajziyni   ham   dunyoqarashi   va   fikr   doirasini   nihoyatda   kengaytirgan   bo‘lib,
Siddiqiy   Ajziy   1901-yilda   Samarqand   yaqinidagi   o‘zi   tug‘ilib   o‘sgan   Xolvoyi
qishlog‘ida yangi tipdagi “usuli savtiya” maktabini tashkil qiladi.
        Samarqand   yaqinida   joylashgan   Xolvoyidagi   maktab   oddiy   qishloq
maktabi bo‘lib ikki xonalik bo‘lib, har biriga qirqtagacha o‘quvchi sig‘adi. Pol,
shif,   golland   pechlari   sof   rus-yevropa   uslubida   qurilgan   bo‘lib,   Binoning
janubida   g‘ishtdan   gizak   figura   chiqarilib   1903   yil   sanasi   yozib   qo‘yilgan.
Ushbu   maktabga   shu   atrofdagi   yigirmaga   yaqin   qishloqlar   uchun   ma’rifatxona
bo‘lib   xizmat   qilgandir.   Sidqiy   Ajziyning   o‘zi   esa   ushbu   maktabda   uzoq   vaqt
mudir va muallim bo‘lib ishlaydi.
Xalvoyida   tashkil   etilgan   ushbu   maktabni   Turkistonning   turli-tuman
joylaridan ko‘plab kishilar ko‘rgani kela boshlaydi. Jumladan maktabda yorug‘
baxavo   xona,   bo‘yra   o‘rnida   esa   partalar,   dars   jarayonlarning   muayyan   tartib-
99
 Ибрат, Сиддикий – Ажизий, Суфизода.   Танланган асарлар.  Тошкент – 1999.  116 – б.
60 programma bilan olib borilishi, umumiy milliy jo‘g‘rofiya, tarix, handasa, xisob,
tibbiyot   o‘qitilishi   o‘quv   jihozlaridan   xarita   va   globus   kabi   ko‘rgazmali
qurollardan   keng   foydalanilganligi   bu   yerga   kelganlarni   ko‘pchiligini   hayratga
solgan  100
.
Shuningdek   Siddiqiy   Ajziy     Xalvoyi   qishlog‘ida   o‘zi   ochgan   maktabda
tabiiy   fanlar,   arab   hamda   rus     tillaridan   saboq   berib   darsliklar   tuzganligini
ko‘rishimiz mumkin.
Samarqandda   ochilgan   yana   bir   yangi   usuldagi   maktab   bu   Abdulqodir
Shakuriy   tomonidan   Samarqand   yaqinida   Rajabamin   qishlog‘ida   tashkil
qilingandir.   Ushbu   maktabning   asoschisi   bo‘lgan   Abdulqodir   Shakuriy   rus
gibnaziyasiga   borib,   uning   ichki   tartib-qoidalari   hamda   o‘qitish   uslublari   bilan
yaqindan   tanishadi 101
.   Shundan   so‘ng   yosh   mullim   Shakuriyda   o‘z   xalqining
farzandlarini   savodli   qilishga   bo‘lgan   qiziqish   ortib   uni   yangi   usuldagi   maktab
tashkil   qilishga   kirishadi.     Ta’limni   isloh   qilishdagi   qiziqishi   sababli   Shakuriy
“Tarjimon”   gazetasi   orqali   Ozarbayjon,   Tatariston   va   Qrimdagi   yangi   usul
maktablari   va   ulardagi   yangicha   o‘qitish   uslublari   bilan   yaqindan   tanishib
xabardor   bo‘lib   boradi.   Keyinchalik   esa   o‘z   tajribalariga   tayangan   holda
Samarqand   yaqinidagi   Rajabamin   qishlog‘ida   o‘z   hovlisida   1901-yilda   yangi
usuldagi   maktab   tashkil   etadi   va   shu   orqali   Samarqandda   zamonaviy   ta’lim
islohotini   amalga   oshirganini   ko‘rishimiz   mumkin.     Turkistonda   dastlabki
tashkil   qilingan   jadid   maktablarida   rus   va   tatar   darsliklari   asosida   ta’lim   olib
borilgan   bo‘lib,   Shakuriy   maktabida   ham   dastlabki   paytlarda   tatar   tilidagi
“Ibadati   islomiya”   “Muallimi   avval”   “Muallimi   soniy”   kabi   qo‘llanmalardan
foydalanadi.   Shu   bilan   birgalikda   Shakuriy   domla   Samarqannda   o‘z   izdoshlari
va   hamkasblari   bilan   o‘z   ona   tilida   darsliklar   yaratadi.   Ammo   Samarqanddagi
dastlabki   jadid   maktabi   moddiy   qiyinchiliklarni   boshdan   kechradi   va   mahalliy
ulomalar tomonidan uning egasi kofirlik va shakoklikda ayblanadi.
100
 Ибрат, Сиддикий – Ажизий, Суфизода.   Танланган асарлар.  Тошкент – 1999.  117 – б.
101
 Янги Узбекистон  “2021 йил 18-август 166-сон.  6-б.
61       Samarqannda   o‘sha   davrda   faoliyat   yuritib   yangi   usuldagi   maktablar
tashkil   etgan   va   ular   uchun   yangi   darsliklar   yaratgan   Mahmudxo‘ja   Behbudiy,
Saidaxmad Ajziy, Xoji Muin shu kabi ko‘plab taraqqiyparvarlar qatori Shakuriy
maktabi   ham   Rus   ma’muriyati   tomonidan   ta’qib   ostiga   olinadi   bu   maktabning
11   joyga   ko‘chganligining   o‘zi   bu   maktabning   boshiga   qanday   kunlar
tushganligini ko‘rishimiz mumkin. Shakuriyning fidoyiligi natijasi o‘laroq Eron,
Turkiya   va   Tatariston   bilan   adaniy-ma’rifiy   aloqalar   yo‘lga   qo‘yganligi   va   u
yerdan keltirilgan darslik va qo‘llanmalardan maktabda keng foydalanilgan. Biz
bilamizki   Turkiston   o‘lkasida   jadidchilikning   keng   yoyilishida   Qrim
ma’rifatparvari Ismoil Gaspiriniskiyning xizmatlari kattadir. Uning Turkistonga
tashrifi   aynan   1908-yilda   ikkinchi   marta   Samaraqandda   bo`lgan   vaqtida
Gaspiriniskiy  Samarqandlik  mashhur  jadid  ma’rifatparvarlaridan  Maxmudxo`ja
Behbudiy va Abduqodir Shakuriylar bilan uchrashganligi Shakuriy va Behbudiy
Gaspiriniskiy bilan uzoq suxbatlar qurganligini ko‘ramiz. Gap tarix va kelajak,
muqaddas obidalar va ularning taqdiri, rus istilochilik siyosati va o‘zlikni saqlab
qolish   haqida   edi 102
.   Samarqandning   usuli   jadid   maktabi   muntazam   dastur   va
idora usuliga ega. Katta muallim Abduqodir afandi Shakuriy maktab intizomi va
rivoji uchun uning oddiy xodimgina emas, bakli fidoyisi bo‘lib xizmat qiladi.
        Ismoilbek   afandi   Samarqanda   bo‘lgan   davrda   Shakuriy   tomonidan
tashkil   etilgan   yangi   usuldagi   maktab   faoliyati   bilan   yaqindan   tanishgandir.
Ismoilbey   maktab   o‘quvchilarini   imtihon   qilib   ko‘rdi.   Hammasi   o‘ylagandan
ham   ziyoda  bo‘lib  Gaspiriniskiy  maktab  muallimlari,  Shakuriy  va  Behbudiylar
bilan uchrashib uzoq suxbatda bo‘ldi 103
.
Samarqanddagi   yetuk   ma’rifatparvarlardan   yana   biri   bu   Said   Rizo
Alizoda   bo‘lib,   u   o‘zi   tug‘ilib   o‘sgan   “Sayidlar   mahallasi”da   1907-yilda   o‘zi
ochgan   “Maktabi   islomiya”   yangi   usul   maktabida   Iroqning   Bog‘dod   shahridan
Abulqosim   Al   Ganjiy,   Ozarbayjonlik   Mirzo   Muhammad   Ohunzoda,   Erondan
102
 Каримов. Н.   Махмудхужа Бехбудий.    Тошкент – 2010 й. 32 б
103
Абдирашидов.  З.    Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.  Тошкент. 2008 й. 51-б.
62 Og‘a   Mali   o‘gli,   Afg‘onistondan   Mirzo   Aslamxon   foizlu   ulomalar   bo‘lgan
maorif xodimlari bilan birga dars berib bollarni o‘qitgan.
“Maktabi   Islomiya”   yopilgandan   so‘ng   keyin   1915   yilda   shu   mahallada
yashagan   mullo   Halim   Karimzodaning   hovlisida   Said   Rizo   Alizoda   u   bilan
birgalikda   “Hoyot”   va   “Yangi   Hayot”   nomli   maktablar   ochadi   ushbu
maktablarning   ochilishida,   mashxur   olim,   yozuvchi   ma’rifatparvar
Mahmudxo‘ja   Behbudiy   ishtirok   etgandir.   Mahmudxo‘ja   Behbudiy   ushbu
maktabning   ochilishiga   o‘zi   Odessa   shahridan   olib   kelgan   globusni   hadya
qiladilar.
Turkistonda   yangi   usul   maktablarini   tashkil   qilish   oson   kechmaydi.   Bir
tomondan mahalliy rus ma’murlari to‘sqinlik qilgan bo‘lsalar, boshqa tomondan
esa   musulmon   diniy   mutaassiblari   tomonidan   to‘sqinlikka   uchraydi 104
.
Mustamlaka   ma’muriyati   yangi   usul   harakatiga   qarshi   rus-tuzem   maktablari
faoliyatini   kuchytirishga   harakat   qiladi.     Mahalliy   millat   bollalarini   mazkur
maktablarga   to‘laroq   jalb   qilish   maqsadida   milliy   o‘qituvchilarga   e’tibor
qaratiladi. Ya’ni darslik yaratish maqsad qilinadi.
Yangi   usul   maktablarining   keng   yoyilishiga   mutaassib   dindorlar   qarshi
chiqgan   bo‘lib   ular   ko‘proq   an’anaviy   ta’lim   tizimidan   manfaatdor   bo‘lgan
chunki   ushbu   maktablarga   faqat   diniy   bilimlargina   berilgan   bo‘lib,   yangi
usuldagi   maktablarda   diniy   bilimlar   bilan   birgalikda   dunyoviy   fanlar   ham
chuqur   o‘rgatilganligi   uchun,   eski   an’anaviy   maktab   o‘qituvchilari   ishsiz
qolishdan qo‘rqib yangi usul maktablari faoliyatiga qarshi chiqadi.
Jumladan   1914-yili   Sidqiy   Ajziy   yangi   usul   maktabi   ochib   bola
o‘qitganligi uchun Samarqandda bir necha ming kishi xuzurida “kofir” deb e’lon
qilinadi 105
.   Shunday   bo‘lsada   o‘lkada   jumladan   Samarqandda   ham   usuli   jadid
asta-sekin o‘zini yo‘lini topa borgan bo‘lib yuqorida aytganimizdek, yangi usul
maktablarini faoliyatini Behbudiy afandi har jihatdan qo‘llan quvvatlab moddiy
jihatdan   qo‘llab   quvvatlab   turgandir.   Buni   yorqin   misoli   sifatida   muallim
104
  Абдирашидов.  З.    Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.  Тошкент. 2008 й. 52-б
105
  Абдирашидов.  З.    Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.  Тошкент. 2008 й.. 53-б
63 Shakuriy domla tomonidan Rajabaminda tashkil etilgan maktabni bollar o‘qishi
uchun qulay va yaqinroq bo‘lgan o‘z hovlisiga ko‘chirib keldirgani ham bundan
yaqqol   misol   bo‘ladi   desak   ham   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Shuningdek   1912-yili
Samarqandda   Shakuriy   maktabidan   tashqari   yana   ikkita   yangi   usul   maktabi
bo‘lgan va Abduqodir Shakuriy tomonidan esa qizlar maktabi ham ochiladi. 
Ikkinchi   bob   bo’yicha   xulosa:   Turkiston   o‘lkasida   jumladan
Samarqandda   milliy   matbuotning   shakllanishida   tashqi   omillarning   ham   ta’siri
katta   bo‘lgan   ekan.   Jumladan   podsho   hukumati   tomonidan   ta’sis   etilgan
“Turkiston viloyati gazetasi” o‘lkada matbuotning shakllanishida turtki bo‘ladi. 
    -XIX   asrning   so‘ngi   choragida   butun   imperiya   hududida   matbuotning
shakllanishida Kavkaz xalqlarining ta’siri kuchli bo‘lgan. XX asrning boshlarida
Turkiston   o‘lkasida   ma’rifatparvarlikning   shakllanishida   Ozarbayjonda   nashr
etilayotgan “Mullo Nasriddin” ya’ni Afandi,  jurnalining o‘rni beqiyos bo‘lgan. 
  -Samarqandda   ma’rifatparvarlikning   shakllanishida   Qrim   tatar
ma’rifatparvarlarining   ham   xizmati   nihotada   katta   bo‘lgan   ekan.   Qrim   tatar
ma’rifatparvari   I.   Gaspiriniskiy   va   uning   “Tarjimon   gazetasi   katta   ta’sir
ko‘rsatgan   bo‘lib,   ushbu   gazetada   musulmon   sharqi   va   g‘arb   madaniyati
taqqoslanib,   musulmon   olamida   bo‘layotgan   o‘zgarishlar   va   yangiliklar   yoritib
borilgan.
      -I.   Gaspiriniskiy   va   M.   Behbudiylarning   faol   aloqalari   muhim   ro‘l
o‘ynagan   bo‘lib,   Ismoilbey   o‘z   g‘oyalarini   Turkiston   o‘lkasida   keng   yoyishda
Mahmudxo‘ja Behbudiy orqali boshqa ma’rifatparvarlari bilan aloqalarni yo‘lga
qo‘ygan ekan.
-Samarqandlik ma’rifatparvarlar xalqni ma’rifatli qilish yoshlarni  milliy
vatanparvar   qilib   tarbiyalashda   matbuot   nashrlaridan   foydalangan   ekan   va   bu
jarayon xaqlni ma’rifatli qilishda eng samarali yo‘llardan biri ekanligini amalda
isbotlaganlar.
Milliy   ta’limning   o‘lkada   keng   yoyilishida   Qrim   ma’rifatparvari   Ismoil
Gaspiriniskiyning   xizmati   beqiyos   bo‘lgan   ekan.   Samarqandda   usuli   jadid
maktablarining   tashkil   topish   jarayoni   XIX   asrning   oxirida   ya’ni   1893-yilga
64 to‘g‘ri   kelgan   bo‘lib   shu   bois   ham   Samarqand   o‘lkadagi   jadidchilikning
dastlabki   yirik   markazi   bo‘lgan   ekan.   Samarqanddagi   dastlabki   usuli   jadid
maktabi   ham   qrim   ma’rifatparvari   Ismoilbeyning   tashabbusi   bilan   tashkil
etilgan.
    -Samarqandda   usuli   jadid   maktablar   tarmog‘ining   kengayishiga
Mahmudxo‘ja Behbudiy va Ismoil Gaspiriniskiyning ma’rifiy sohadagi aloqalari
katta   ta’sir   ko‘rsatgan   Behbudiy   xaj   safaridan   qaytgach   o‘lkada   yangi   usul
maktablari   tarmog‘ini   kengaytirishga   katta   hissa   qo‘shgan,   ushbu   maktablar
uchun darsliklar ham yaratgan.
    -Shuningdek   Samarqandlik   boshqa   ma’rifatparvarlar   Ajziy,   Shakuriy,
Xoji   Muin   va   Saidrizo   Alizodalar   ham   yangi   usul   maktablarini   tashkil   etgan
bo‘lib   Shakuriy   maktabida   bo‘lgan   Ismoil   Gaspiriniskiy   maktab   o‘quvchilarini
imtihon   qilgan   holda   ushbu   maktab   o‘quvchilarini   qrim   tatar   o‘quvchilaridan
ham bilimli ekanligini ta’kidlaganini ko‘rishimiz mumkin
65 III-BOB: XIX OXRI VA XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND 
ZIYOLILARINING MADANIY SOHADAGI HAMKORLIGI
3.1 Samarqandda milliy teatrning vujudga kelishida hamkorlik masalalar
        O‘zbek   milliy   teatri   va   drammaturgiyasining   shakllanishi,   bevosita
ijtimoiy-hayot   taqozosi   va   ehtiyoji   tufayli   paydo   bo‘lgandir.   XIX   asrning
oxirlari   XX   asr   boshlariga   jamiyat   hayotida   eng   ilg‘or   fikrli   qatlamlar
qarashlarini   aks   ettirgan   milliy   uyg‘onish   muayyan   mafkura   sifatida,   birinchi
o‘rinda   ma’rifatparvarlik   sohasida   ko‘rinadi.   Mana   shunday   mafkuraning
haqiqiy   jarchilari   bo‘lgan   jadidlar   keng   miqiyosli   amaliy   faoliyat   bilan
o‘zlarining   g‘oyalarini   jamiyat   hayotiga   kengroq   qaror   toptirishga   harakat
qilgandirlar.   Ushbu   tadqiqot   davomida   o‘lkada   ma’rifatparvarlikning   keng
yoyilishiga   oid   jarayonlar   bilan   tanishib   o‘tishda   shu   narsaga   amin   bo‘ldikki,
ma’rifatparvarlik Turkiston o‘lkasida shu o‘rinda
Samarqandda   ham   dastlab   yangi   usulgadi  maktablar   tashkil  etish   orqali
ta’sir   o‘tkazgan   bo‘lsa,   ikkinchi   boshqichda   milliy   matbuot   turli   gazeta   va
jurnallar   orqali   ijtimoiy   va   siyosiy   jaryonlarni   aks   ettirish   orqali,   keying
bosqichda   esa   milliy   teatr   va   dramaturgiyani   yo‘lga   qo‘yish   orqali   xalqni
uyg‘otishga ma’rifat nurlarini taratishga harakat qilganlar.
      Turkiston   o‘lkasida   milliy   teatrning   shakllanish   tarixiga   nazar
tashlamoqchi   bo‘lsak   shuni   ko‘rishimiz   mumkinki   o‘lkada   dastlabki   teatr
to‘garaklari   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   tashkil   etilgan   bo‘lib,   Podsho
hukumatining   o‘lkadagi   rasmiy   nashri   bo‘lgan   “ Туркестанские   ведомости ”
gazetasida   yozilishicha   rus   arxittektori   hisoblangan   S.   V.   Lexanov,   uning
turmush   o‘rtog‘i   M.   G.   Lexanova   va   N.F.   Ulyanovlar     birinchi   marotaba
Toshkentda   1867-yilda   dastlabki   havaskorlar   drama   to‘garagini   tashkil
etganlar 106
 .
        Shuningdek   Samarqandda   1876-yilda   musiqalidrama   to‘garagi,   1890-
yilda esa havaskorlik jamiyati tuziladi 107
. 
106
  Туркестанские ведомости” .    1903 й. 23 июль. 
107
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.    22 бет.
66 Shu darvda Qo‘qon shahrida ham dramatik san’at havaskorlari to‘garagi
tashkil   etilgan   bo‘lib,   ushbu   to‘garaklar   qisqa   vaqt   ichida   Yevropa   va   rus
dramaturgiyasi   mumtoz   shakllarini   sahnalashtirgandirlar.   Jumladan   Toshkent
to‘garagi   A.   N.   Ostroviskiy   asarlarini,   sahnalashtirgan   bo‘lsa,   Samarqand
havaskorlari esa A. N.  Ostroviskiy asarlari qatorida L.N. Tolstoy pesalarini ham
sahnalashtirganligini ko‘rishimiz mumkin.
     1877-yilning oktabr oyida F. I. Nadler rahbarlik qilgan rus teatr jamoasi
Rossiyadan   o‘lkaga   tashrif   buyurib,   A.   F.   Pesemiskiyning   “Mash’um   taqdir”
pesasini   sahnaga   moslashtirib   “ Военное   собрание ”   binosida   namoyish   qilgan.
Ushbu truppa 1880 yillargacha o‘lkada bo‘lib, butun Turkiston shaharlari harbiy
qismlari   bo‘ylab   spektakllar   ko‘rsatgan   bo‘lib,   ushbu   spektaklarning   aksariyati
yengil   komediya   bo‘lib,   ba’zida   tomoshabinlarning   tabaqalarga   qarab   jiddiy
ko‘rinishdagi drama asarlari ham qo‘yilgan.
Shuni takidlash  kerakki o‘tgan asrning 80 yillaridan boshlab toki 1917-
yilgacha   Turkiston   o‘lkasida   Samarqandda   ham   Rossiyadan   Vasilev   Vyatskiy
(1890-1896   yillar),   N.   D.   Kruchinina   (1894-1899   yillar),   V.   I.   Yakov   (1900-
1903   yillar),   Z.   A.   Malinovskaya   (1903-1917   yillar),   N.   P.   Kazanskiy   (1904-
1906   yillar),   M.   C.   Kojevnikov   (1907-1908   yillar),   V.   F.   Komissarjevskaya
(1910 yil), M. Shumskaya (1912-1913 yillar), A. S. Kostanyan (1913-yilda), D.
X   Yujin   (1916   yilda),   L.   V.   Sobinov   (1912-1915   yillarda)   kabi   tashkilotchi
san’atkorlarning   teatr   hamda   konsert   jamoalari   kelib,   Toshkent,   Samarqand,
Qo‘qon,   Buxoro,   Xo‘jand,   Marg‘ilon,   Ashxabot,   Chorjo‘y   kabi   shaharlarda
spektakllar ko‘rsatganlar va musiqiy kechalar tashkil etganlar 108
.
Har   bir   jarayonning   shakllanishida   qadaydir   tashqi   omillar   ta’sir
ko‘rsatadi.   Jumladan   bu   Turkistonda   jadid   milliy   teatri   va   dramaturgiyasining
shakllanishida ham o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Turkiston   o‘lkasiga   1880-1917   yillar   oralig‘ida   yuzdan   ortiq   teatr   va
musiqa jamoalari gastrollarga kelgan 109
.
108
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.    22 бет.
109
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  23 бет.
67     G‘arb   mamlakatlarining   teatr   va   musiqa   madaniyatining   bizning
o‘lkalarga   kirib   kelish   jarayoni   1905-1907   yillardan   boshlab   shu   qadar
kuchayganki, hattoki Gansels rahbarligidagi Italiyan opera truppasi Toshkentga
to‘rt   marotaba   gastrol   ushishtirib,   1907-1910   yillarda   ko‘plab   spektakllar
namoyish qilgandir. 
    O‘lkada   Yevropacha   teatr   va   dramaning   shakllanishi   va   yoyilishida
Ozarbayjon   ziyolilarining   xazmatlari   beqiyos   bo‘lgan.     Ozarbayjon   teatr
san’atining yangi shakli ma’rifatparvar Mirza Fatali Ohundov (1812-1878) ning
dramatik   ijodi   natijasida   shakllangan   bo‘lib   uning   “Qaroqchini   yengan   ayiq”,
“Lenkaron   xonning   vaziri”,   “Xoji   Qora”,   “Sharq   advakati”   va   boshqa   sahna
asarlarining   ta’siri   ostida   N.   Vazirov,   J.   Mamadqulzoda,   N.   Narimonov,   A.
Axberdievdek jadid dramaturglari yetishib chiqgan. Bular o‘z navbatida, o‘zbek
jadid   dramaturgiyasi   va   teatri   tug‘ilishi,   rivojlanishi   uchun   beqiyos   ta’sir
ko‘rsatganlar 110
.
    Ozarbayjonlik   aktyorlar   ilk   bora   Turkistonga   kirib   kelishi   1911   yilga
to‘g‘ri   kelgan   bo‘lib,   Sidqiy   Ruhillo,   Ahmadbek   Kamarliniskiy,   Husayn
Arabliniskiy   kabi   yetuk   ozarbayjonlik   aktyorlar   Samarqandda   va   boshqa
shaharlarda   bo‘lib   M.   F.   Ohundovning   “Hoji   qora”,   A.   Haqberdievning   “Og‘a
Muhammad   shoh   Hojar”   I.Turgenevning   “Pulsizlik”,   N.   Vezirovning
“Yomg‘irdan   qutilib,   selga…”   ,   “Musibati   Faxriddin”,   N.   Narimonovning
“Nodirshoh” tarixiy dramasi kabi spektakllarni sahnada namoyish qilganlar.
Yuqorida   nomlari   sanab   o‘tgan   aktyorlardan   so‘ng   Turkistonga   tashrif
buyurgan   Ozarbayjonlik   rejissor   va   aktyor   Aliasqar   Asqarovning   o‘lka   milliy
teatrining   shakllanishi   va   rivojlanishida   muhim   bosqich   bo‘ldi   desak
adashmagan   bo‘lamiz.   A.   Asqarov   o‘z   truppasi   bilan   ozarcha   spektakllarni
qo‘yish   qatorida,   yerli   xalq   vakillarini   sahna   sanatiga   jalb   etishda   jonbozlik
ko‘rsatadi 111
.
110
   Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  22 бет.
111
   Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  24 бет.
68       M.   Behbudiyning   “Padarkush”   dramasi   1913-yildagina   bosib   chiqadi.
Ushbu   asar   o‘zbek   dramachiligining   hamma   yakdil   e’tirof   etganbirinchi
namunasidir 112
.
A.   Asgarovning   rejissyorligida   ilk   sahna   asari   “Padarkush”ning   umri
boshlangan bo‘lib, keyinchalik Toshkent, Qo‘qon, Namangan va Kattaqo‘rg‘on
kabi   shaharlarda   sahnalashtirgan   spektaklarning   rejissori   ham   A.   Asqarov
bo‘lgan.
      Samarqandning   ruslar  yashayotgan  qismida   4-iyul  kuni   Bokudan   kelgan
Mirakbar   Xontalshiniskiy   “Ko‘hna   Turkiya”   fojeasi,   “Doshim-doshim”   va
“Tursunali va Balibodi” kabi sahna asarlari,   jumladan “Ko‘hna Turiya” fojiasi
Turkistonlik,   Kavkaz,   Eron   va   Tatar   musulmon   tomoshabinlari   tomonidan
olqishlanib muoffaqiyat qozongan 113
.
Ozarbayjon   o‘lkada   bo‘lishi   tub   yerli   xalqlarning   1915-yildan   boshlab
teatr spektakllariga ko‘proq qatnashishi va yaqinlashuvi uchun keng yo‘l ochgan
desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Turkistonda   o‘lkasida   tatar   teatr   truppalarining
kirib   kelishi   ham   XX   asrning   boshlariga   to‘g‘ri   kelib   1904-yilda   Novmiq
Kamolning   “Ishq   balosi”   spektakli   o‘lkada   yashyotgan   tatar   xavoskorlari
tomonidan   namoyish   qilingandir.   Jumladan   1910   yildan   Toshkentda   doimiy
ravishda tatar taetr jamoalari ish boshlagan 114
.
Tataristonlik   taetr   to‘dalari   Turkistonga   1911   yildan   kela   boshlaydilar.
Shuningdek,   1911-yilda   Ilyosbek   Oshkazarskiy   rahbarligidagiprofessional   tatar
truppasining Samarqand, Toshkent, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida bo‘lishi ham
o‘lkada   mahalliy   teatrchilikning   shakllanishida   katta   ta’sir   ko‘rsatgandir.   Shu
qatorda   O‘lkada   turli   sabablar   bilan   kelib   qolgan   arman   professional   teatr
jamoalarining   gastrollari   Turkiston   shaharlarida   1903-yillardan   boshlangani
haqida   ham   ma’lumotlar   uchraydi,   ammo   amran   truppa   jamoalari   yerli
xalqlardan ko‘ra ko‘proq rus va o‘z millatiga mansub aholi uchun sahna asarlari
sahnalashtirgan bo‘lsa kerak.
112
 “ Махмудхужа Бехбудий таввалудининг 145-йиллигига багишланган библографик кулланма.    
Самарканд.  2020 й 4-б
113
   Ризаев. Ш.     Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.   25 бет.
114
 “ Туркистон вилояти газети” 1910 й. 4-февраль. 
69 Rus,   ozarbayjon,   tatar   taetrlarining   tub   yerli   ziyoli   ma’rifatparvarlarga
ta’siri,   amaliy   yordamlari   haqida   alohida   to‘xtalsak,   bu   ta’sir   va   amaliy
yordamsiz o‘zbek jadid teatri va dramaturgiyasi shakllanishi mumkin emas edi.
Demak XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasida vujudga kelgan jadid
dramasining shakllanishi bevosita tashqi madaniy aloqalar negizida shakllangani
yuqoridagi   ma’lumotlarda   keltirib   o‘tdik.   XX   asrning   10   yillaridan   boshlab
Turkiston   madaniy   hayot   tarixida   yangi   o‘zbek   milliy   teatrining   ham   vujudga
kelish   davri   bo‘lib   kiradi.   Millatni   ma’rifat   nuri   bilan   uyg‘otib,   taraqqiyot   va
milliy   ozodlik   tantanasi   bilan   orzulangan   jadid   ma’rifatparvarlarining   xalqni
uyg‘otishga   ma’rifatli   qilishga   buyuk   amallardan   biri   sifatida   teatr   deb
hisoblagan   holda   shu   yo‘lda   samarali   faoliyat   olib   borganligini   ko‘rishimiz
mumkin.
Yuqorida   keltirganimizdek   Turkiston   o‘lkasida   rus,   tatar   va   ozarbayjon
teatr   truppalarining   kirib   kelishi   o‘zbek   milliy   taetr   san’atining   antik   davrlarda
vujudga   kelgan   yunon   teatri   ko‘rinishidagi   teatr   madaniyati   oradan   ikki   ming
yildan   ko‘proq   vatq   o‘tib   mazmun   ham   shakl   jihatdan   keskin   o‘zgarishlarga
uchrab, yangitdan tug‘ilish uchun muhim omil bo‘lgandir 115
.
Ijtimoiy-tarixiy jarayon taqqazosi bilan yo‘qolib, o‘z o‘rnini qiziqchi va
masxarabozlarga  tomoshalariga   bo‘shatib   bergan   ellin  teatri  madaniyati  keying
davr Yevropa taetri taraqqiyotiga zamin bo‘lib, uning tarkibiga singib o‘zgarib,
ular vositasida o‘zining eng qadimiy maskanlaridan bo‘lgan Markaziy Osiyoga
yana qayta boshlaydi.
Umuman,   teatr   masalasiga   e’tibor   XX   asrning   10-yillarda   juda   kuchli
bo‘lgan.   Podsho   hukumatining   Turkiston   o‘lkasidagi   rasmiy   nashri   bo‘lgan
“Turkiston   viloyati   gazetasi”   dan   boshlab,   “Sadoyi   Farg‘ona”   va   “Sadoyi
Turkiston”   gazetalarida   ham   hattoki   Oyina   jurnalidagi   maqolalarda   uchratish
mumkin.   Bunday   maqolalar   mahalliy   ziyolilarni   taetrchilik   harakatiga   dav’at
115
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  51бет.
70 qilsa   xalqni   shunday   madaniyat   o‘choqlaridan   bahramand   bo‘lishiga   targ‘ib
etganligini ko‘rishimiz mumkin.
        Endi   Samarqandda   jadid   milliy   teatrining   shakllanishi   masalasiga
to‘xtaladigan   bo‘lsak,   Turkiston   jadidlarining   otasi   Mahmudxo‘ja   Behbudiy
1911-yilda   dastlabki   sahna   asari   bo‘lmish   “Padarkush   yoxud   O‘qimagan
bolaning   holi”   3   ta   pardali   va   4   manzarali   bo‘lgan   milliy   asari   ya’ni   birinchi
fojiali   asarini   yozadi.   Ushbu   asarni   nashr   qilish   xususidagi   urunishlari   ikki
yilgacha muoffaqiyatsiz kechganligini ko‘rishimiz mumkin. Faqat pesani 1812-
yili   rus-fransuz   urushining   100   yilligiga   bag‘ishlab   Tiflisdagi   senzorga
yuborilishi   asarni   nashr   qilish   uchun   imkon   bo‘lgan.   Matbuot   ishlari   Tiflis
qo‘mitasi   senzori   ruxsati   bilan   Kavkaz   o‘lkasi   sahnalarida   qo‘yish   mumkin
degan   1913-yil   23-martdagi   19940-sonli   qarorga   ko‘ra   ushbu   asar   1913-yili
Samarqandda alohida kitob holida chop etiladi 116
.
Padarkush  asarining nashr  etilishi   bu bevosita  aytish  mumkinki,  o‘zbek
milliy jadid teatrining tug‘ilishini belgilab berganligini ko‘ramiz. Shuni o‘zi ham
Turkistonda   ma’rifatparvarlik   harakatining   shakllanishida   Samarqand
ma’rifatparvarlarining   o‘rni   qay   darajada   bo‘lganligidan   dalolat   beradi   deb
bemalol   aytishimiz   mumkin.   1913-yilning   o‘zidayoq   Samarqandda   Behbudiy,
Toshkentda Munavvar qori va A. Avloniylar rahbarligida asarni sahnalashtirish
ishlari   boshlangan.   Samarqandning   yosh   o‘zbek   va   tatar   taraqqiyparvarlari   bir
bo‘lib,   o‘zbekcha   “Padarkush”   va   tatarcha   “Oldaduq   ham   oldaduq   asarlarini
Samarqand   qiroatxonai   islomiya   nafiga   1914-yilning   15-yanvar   oqshomida
qo‘ymoqchi bo‘ldilar.  Shijoatli o‘zbek va tatarlar birlashib, Xo‘qand Buxoro va
boshqa   Turkiston   shaharlarida   milliy   teatr   ko‘rsatishni   niyat   qilganlar.   Idoraga
kelgan   maktublarga   qaraganda   Xo‘qand   va   Toshkent   “Padarkush”   fojiasini
sahnada   mashq   qilmoq   emishlar.  Agarda   g‘ayratlik   yoshlar   milliy  teatrga   rivoj
bersalar,   yana   boshqa   asarlarda   tartib   va   nashr   qilinur 117
.   Shu   kichkinagina
berilgan xabardan ko‘plab ma’lumotlar olsa bo‘ladi.
116
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  53 б.
117
 Абдурашидов. З. Эгамкулова. Н.    Махмудхужа Бехбудий ва унинг “Ойина” журнали.   Тошкент  2019
й.   158 б.
71           Birinchidan - xabar voqae sodir bo‘lmasdan turib mushtariylarini muhim
bir madaniy tadbirga otlangani ko‘rsatsa.
Ikkinchidan - esa spektaklning nomoyish kuni aniq ma’lum qilingan.
Uchinchidan   -   yuqorida   ta’kidlab   o‘tkanimizdek   Samarqandatatarlarning
mustaqil   teatr   truppalari   borligini   aglatgan   holda,   milliy   havaskorlar   bilan
hamkorlik ilk paytlardayoq hamkorlik qilayotganligi ko‘rsatib o‘tilgandir.
To‘rtinchidan – “Padarkush”ni Samarqand ahliga hali ko‘rsatib ulgurmasdanoq,
yirik   shaharlarda   gastrol   safarlarini   o‘tkazishni   raejalashtiradiki,   maqsad
mablag‘   bilan   birga   yangi   san’at   turini   Turkiston   bo‘ylab   tashviq   etmoq   va
yoshlarni milliy teatr rivoji uchun dav’at qilmoq bo‘lgandir.
Dekam   “Padarkush”   asarining   e’lon   qilinishi   va   sahnalashtirilishi
faqatgina  Mahmudxoja   va   boshqa   ziyoli   jadid  ma’rifatparvarlari   uchun  muhim
bir hodisa bo‘libgina qolmay, Butun o‘lkada ijtimoiy-madaniy hayotning yanada
rivoji uchun, teatr havaskorlari negizida yangidan-yangi ma’rifatchi teatr truppa
jamoalari vujudga kelishi uchun ham turtki bo‘lgan.
Shunday   ekan   “Padarshush”   pesasini   ilk   bor   havaskorlar   tomonidan
1914-yil   15-yarvar   kuni   Samarqandning   yangi   shahar   qismida   namoyish
etiladi 118
.   Shu   munosabat   bilan   “Turkistonda   birinchi   milliy   teatr”   hamda
“padarkush”   ketidan   tatar   turuppasi   qo‘ygan   “Oldaduq   ham   oldanduq”   nomli
tatarcha teatr voqeasi ham sahnaga qo‘yiladi 119
.
“Oyina”   jurnali   mazkur   sonlarida   “Padarkush”   fojiasi   ilk   bor
sahnalashtirilganda nihoyatda yaxshi sahnalashtirgan aytilib, teatr ibratxonasiga
minglab xalq kirishga oshiqqanligi, 320 ta o‘rinlik taetr zaliga yana 50 kishilik
joy   qilinganligi   va   biletlar   esa   baland   narxlarda   avvaldan   sotilib   bo‘linganligi
haqida   ham   ma’lumotlarni   uchratishimiz   mumkin.   Bundan   ko‘rinadiki
tomoshaxonaga kelganlarning ko‘pchiligi chamasi 300-400 kishi atrofida qaytib
ketishga   majbur   bo‘lganligi,   shu   barobarida   ayrimlar   esa   o‘z   biletlarini   ikki
barobar   qimmatga   sotib   foyda   ko‘rib   qolgan   bo‘lsalar   ba’zilari   esa   uch   so‘m
118
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й. 54 б.
119
 “Ойин a ”  журнали 1914-й. 15-сон.
72 berib   tik   turib   bo‘lsada   tomosha   qilishga   rozi   bo‘lgan   bo‘lsada,   ammo   joy
yetishmaganligi oqibatida oxiri teatr ma’muriyati tomonidan xalqdan uzr so‘rab,
ushbu   asarni   yaqin   kunlarda   sahnalashtirishga   vada   berganligi   haqida   ham
ma’lumotlar   borligining   o‘zi   ham   ushbu   sahna   asarining   naqadar   qiziqarli
bo‘lganligini   va   mahalliy   aholi   tomonidan   yaxshi   kutib   olinganligidan   ham
dalolat beradi.
      Dastlabki   sahnalashtrish   ishlaridagi   ba’zi   kamchiliklarni   hisobga   olgan
holda   yaqin   kunlarda   Eski   shaharda   usuli   jadid   maktablari   foydasi   uchun
qaytadan   sahnalashtirishga   va   biletlar   narxini   arzonlashtirgan   holda   sotishga
vada   berishining   o‘zi   ham   ushbu   spektaklning   juda   katta   voqelik   ekanidan
dalolatdir.
    Asarni sahtalashtiruvchi rejissyor haqida ma’lumotlar deyarli 
uchratishimiz   qiyin   lekin,   Jadid   teatri   tarixini   birinchilardan   bo‘lib   taxlil   etgan
Ozarbayjonlik Aliasqar Asqarovning xizmatlari ta’siri katta bo‘lgan.  
    “Padarkush”   pessasining   ilk   namoyishi   bu   Samarqandda   teatr
havaskorlarining   ijodiy   jipslashuvi   va   truppa   shaklida   jipslashuvi   uchun   turtki
bo‘lgan eng muhim omil bo‘lgandir. 
Ushbu   spektakldagi   rollarni   Abdusalom   Abdurahim   o‘g‘li,     (Boy),
Abbos   (Hayrullo),   Mardonqul   Shomuhaxmmad   o‘g‘li   (domla),   Yozdonqul
Shomuhaxmmad   o‘g‘li   (Boyvachcha   Toshtemir),   Mirzo   No‘mon   mulla   Fozil
mufti o‘g‘li (Ziyoli), Rahimqul Muhammad Solih o‘g‘li,   Mirxoshim Mirrahim
o‘g‘li   Muhuddin   Jo‘raboy   o‘g‘li   (Mayxonadagi   bo‘z   bollar,   yigitlar),
Muhammad Aminjon Niyoziy (Boyning birodar ukasi) Abdulla Badriddin o‘g‘li
(Boy   xotini),   tatar   aktyorlaridan   Ahmadjon   Shamsuddinov   (Pristav)lar   ijro
etganlar 120
.
Ushbu   sahna   asarining   ilk   muofaqqiyati   butun   o‘lkada   ketma-ketlikda
barcha   yirik   shaharlarda   sahnalashtiriladi.   Bunda   ayrim   shu   yerlik   yoshlar   o‘z
kuchlari   bilan   mustaqil   holda   o‘ynalsa   ayrim   shaharlarda   esa   Samarqandlik
mushaxislar yoki ular bilan joylardagi havaskorlar hamkorlikda o‘ynaladi.
120
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  54 б.
73      “Padarkush” pessasining ikkinchi marotaba sahnalashtirilishi 1914-yilning
may   oyida   bo‘lib,   bu   safar   esa   rejissyorlikni   Mulla   Orif   Abdurahimzoda
bajargan.   Ammo   spektaklni   qo‘yish   uchun   aktyorlarni   doim   ish   bilan
ta’minlashga   mablag‘   kerak   edi.   Ammo   bu   bo‘yicha   esa   hech   qanday   moddiy
baza   yo‘q   bo‘lgan   bo‘lib,   Shu   tomoni   qiziqarliki   spektakllarning   o‘zi   ma’rifiy
muassasa   va   maktablarni   mablag‘   bilan   taminlovchi   asosiy   manbalardan   biri
bo‘lgan.   Shu   sabab   teatr   aktyorlari   o‘zlarining   asosiy   kasb-korlaridan   bo‘sh
paytlaridagina   teatr   sahnalashtirish   bilan   shug‘ullanganlar 121
.   Jumladan   Xoji
Muin   muallimlik,   Abdulla   Badriy   matbuotda   harf   teruvchi,   Xoshimqul
baqqolchilk,   Rabbimqul   mashinachi   tikuvchi,   Abdusalom   boyvachcha
rangfurushlik,   Akobir   Shomansurov   esa   savdogarlik   bilan   tirikchilik   qilgan
bo‘lib bu kabi shahslar  teatrdan tushgan darommaddan hech qanday ulush ham
foyda ham olmaganlar.
 “Padarkush”ning 7-maydagi ikkinchi bor namoyish qilinishidan tushgan
mablag‘ning sarf xarajati haqida aniqroq ma’lumotlar uchraydi. Biz quyida shu
xususida   biroz   to‘xtalib   izoh   berib   o‘tsak.   Ikkinchi   marotaba   spektaklga   kirish
uchun biletlar sotilishidan jami 384 so‘m 50 tiyin yig‘ilib, o‘shandan 184 so‘m
50 tiyini barcha ketgan sarf xarajatga, qolgan 200 so‘m esa foyda bo‘lib, uning
110   so‘mi   usuli   jadid   maktabi   islohotiga,   35   so‘mi   jomboydagi   Bozoramin
O‘rinxo‘ja ta’sis etgan va muallim mulla Komil idorasidagi maktabga. 15 so‘m
Bog‘ishamol   maktabiga,   yana   15   so‘mi   Buxoriy   qishlog‘idagi   mulla   Jo‘raboy
maktabiga,   Podshoxlikning   “ городскойучилиша ”   maktabidagi   musulmon
o‘quvchilar   uchun   25   so‘m.   Shuningdek   35   so‘mi   esa   muallim   Abdulqodir
maktabiga   ajratilganligi   ma’lum 122
.   Shuni   ham   takidlash   kerakki   Samarqandda
milliy   teatr   sahnalashtirishda   tub   yerli   aktyorlar   va   tatar   truppalarining
birgalikdagi xizmatlari beqiyos bo‘lgandir.
1914-yilning   o‘rtalariga   kelib   taetr   san’ati   Samarqandda   ancha   jonlanib
rivoj   tapgan   bo‘lib,   “Padarkush”   pessaning   shu   yerning   o‘zida   ikki   marotaba
121
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  56 б.
122
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  57 б.
74 sahnalashtirilishi   mahalliy   yoshlarni   yana   ham   yangi   milliy   pessalar   bilan
taetrchilik   harakatini   yanada   rivoj   toptirish   ishlariga   qiziqishi   ortdi   desak   ham
bo‘ladi.
          Samarqandda milliy dramaturgiyaning yangi namunalarini yaratishga bel
bog‘lagan   shijoatli   nuarrix   dramaturglar,   ko‘rina   boshlaydi.   Shu   paytlarda
Turkistondagi   turmush   tarzidan   namuna   olib   quyidagi   pessalar   yozilganini
ko‘rishimiz mumkin. 1) “To‘y”, 2) “Ahmad porina”, 3) “isloh (i) maktab haqida
kengash majlisi”, 4) “Boy ila xizmatkor”, 5) “Ko‘knori”, 6) “Eshigida qonli ko‘z
yoshlarim”,   7)   “Eski   maktab   holi”   va   boshqa   sahna   asarlar   paydo   bo‘la
boshlaydi 123
.
Gap   shunda   ediki,   teatrdan   birlamchi   maqsad   yangi   g‘oyat   ta’sirchan
san’at   turi   yordamida   millatni   madaniy-ma’rifiy   savodxonligini   oshirish,   ilm
olish va o‘qishga dav’at etish bo‘lsa. Yana bir tomondan esa, teatr tomoshalari
orqali mablag‘ topib “usuli savtiya” maktablari, matbuot, boshqa o‘quv yurtlari,
hayriya   jamiyatlari   madaniy-marifiy   muassasalar   va   ularning   ta’minotini
yaxshilashga qaratilgandir.
Mahmudxo‘janing     mazkur   pessasi   1914-yilning   yanvardan
sentabrigacha bo‘lgan oralig‘da 15 marotaba sahnaga  qo‘yilgan bo‘lib shundan
7   tasi   Behbudiyning   o‘z   roziligi   bilan   sahnalashtirganligi   haqida   ham
malumotlarni uchratish mumkin.
Shunday ekan Turkiston o‘lkasi jumladan Samarqandda milliy teatrning
shakllanish jarayoni bevosita “Padarkush” va uning muallifi nomi bilan bog‘liq
ekanligini   ko‘rishimiz   mumkin   bo‘lib   Samarqandda   milliy   dramaturgiyaning
keying   boshqichida   esa   Nusratillo   Raxmatillo   o‘g‘li   va   Samarqandlikyetuk
ma’rifatparvar, Behbudiyning shogirti Xoji Muinning ham xizmatlari nihoyatda
beqiyosdir.   Xoji   Muinning   drammaturgiya   sohasidagi   ishlari   aynan   M.
Behbudiyning   1914-yilda   sahnalashtirilgan   “Padarkush”   pessasi   menda   zo‘r
ta’sir   qoldirdi   deb   yozadi   va   men   keyin   men   shoirlikni   bir   chetga   surib   sahna
adabiyotini   yoritish   fikriga   tushdim   deb   aytadi   shoir.   Xoji   Muin   Qudratilla
123
  Ризаев. Ш.    Жадид драмаси.    Тошкент-1997 й.  58 б.
75 Nusratillo   o‘g‘li   bilan   birgalikda   1914-yili   “To‘y”     pesasini   yozib   bostiradi.
Mana shundan keyin drammaturgiyaning “Eski maktab, yangi maktab” pesasida
eski   usul   maktabi   bilan   yangi   usul   maktabi   o‘quv   tizimidagi   farqlar
tasvirlanganini yangi usul maktabi olqishlanganini ko‘rsak, “To‘y”, “Ko‘knori”,
“Mazluma   xotin”   kabi   sahna   asarlarida   xalq   orasida   urfga   kirib   qolgan   yomon
odatlar qoralanadi. Bulardan tashqari X. Muin “Maorif qurbonlar”, “Juvonbozlik
qurbonlari”, “Boy ila xizmatkor”, “Qozi ila muallim” kabi pesalar ham yozgan.
XX asrning boshlarida Turkistonda milliy matbuotning shakllanishida ham Xoji
Muinning xizmatlari beqiyosdir. 
  Jumladan Xoji Muinning drammaturgiya sohasidagi ishlari haqida gapirar
ekan, aynan M. Behbudiyning 1914-yilda sahnalashtirilgan “Padarkush” pessasi
menda   zo‘r   ta’sir   qoldirdi   deb   yozadi   va   men   keyin   men   shoirlikni   bir   chetga
surib sahna adabiyotini yoritish fikriga tushdim deb aytadi shoir.
 Xoji Muin, Qudratilla Nusratillo o‘g‘li bilan birgalikda 1914-yili “To‘y”
pesasini yozib bostiradi. Mana shundan keyin drammaturgiyaning “Eski maktab,
yangi   maktab”   pesasida   eski   usul   maktabi   bilan   yangi   usul   maktabi   o‘quv
tizimidagi   farqlar   tasvirlanganini   yangi   usul   maktabi   olqishlanganini   ko‘rsak,
“To‘y”, “Ko‘knori”, “Mazluma xotin” kabi sahna asarlarida, xalq orasida urfga
kirib   qolgan   yomon   odatlar   qoralanadi.   Bulardan   tashqari   Xoji   Muin   “Maorif
qurbonlar”, “Juvonbozlik qurbonlari”, “Boy ila xizmatkor”, “Qozi ila muallim”
kabi   pesalar   ham   yozgan.   XX   asrning   boshlarida   Turkistonda   milliy
matbuotning shakllanishida ham Xoji Muinning xizmatlari beqiyosdir.
 
3.2 Kutubxona va bosmaxonalarning tashkil topishi.
Markaziy Osiyo shaharlari uzoq o‘tmishdan buyon ilm-fan va madaniyat
markazi   bo‘lib   kelgani   hammamizga   ayon   bo‘lib,   bu   yerdan   dunyo   ilm-faniga
hissa   qo‘shgan   buyuk   allomalar,   olimlar   va   shoirlar   yetishib   chiqgandir.
76 Sharqning yirik shaharlarida ko‘plab kutubxona va rasadxonalar vujudga kelgan
bo‘lib,     Dastlab   IX-XII   asrlarda   vujudga   kelgan   bunday   ilm   maskanlari   va
kutubxonalar qurilgan bo‘lib, undan keying davrlarda ham jumladan Temuriylar
davrida   ulkan   kutubxonalar   tashkil   etilganligi   hammaga   ma’lum.   Shu   o‘rinda
aytishimiz kerakki xonliklar davrida ham Samarqand, Buxoro, Qo‘qon va Xiva
shaharlarida   ham   xon   saroylarida   ulkan   kutubxonalar   vujudga   kelgandir.   Ana
shunday   jarayonlar   natijasi   o‘laroq,   XIX   asr   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlarida
ham   ma’rifat   va   madaniyatni   rivojlantirish   va   o‘lkada   ma’rifat   nurini   yoyish
uchun   vujudga   kelgan   ma’rifatparvarlik   harakatining   yetakchilari   bo‘lgan
jadidlar   ham   o‘z   faoliyatlarida   davomida   kutubxona   va   bosmaxonalar   tashkil
etishga ko‘proq e’tibor berganligini ko‘rishimiz mumkin.
Endi   Turkiston   o‘lkasidagi   dastlabki   kutubxonalar   va   ularning
faoliyatiga qiziqgan holda qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak shuni ko‘rishimiz
mimkinki,   Turkistonda   kitob   chop   etish   ishlari   XIX   asrning   70-yillaridan,
Rossiyaning   o‘lkani   bosib   olishi   bilan   boshlanadi 124
.   O‘lka   hududida   bundan
oldin   kitob   nashr   etish   yo‘lga   qo‘yilmagan   bo‘lsada,   sayyohlar   va   xajdan
qaytayotgan   kishilar   tarafidan   Turkiyadan   va   Hindiston   kabi   hududlardan   turli
xil  bosma kitoblar  olib kelganligi  va keng tarqalganligini  ko‘rishimiz mumkin.
Manashu   olib   kelingan   kitoblarni   ayrimlari   fors   tilida   bo‘lgan   va   ba’zi
manbalarda keltirilishiga qaraganda Buxoro hududida hind bosma kitoblari turk
bosma kitoblaridan ancha ko‘p tarqalganli haqida ko‘proq ma’lumotlar bor. 
Turkiston   o‘lkasidagi   ilk   bosmaxonaning   tashkil   topishiga
to‘xtaladigan bo‘lsak ushbu jarayon 1868-yil Turkiston general gubernatorining
okrug   shtabida   ochiladi.   Ushbu   bosmaxona   juda   ham   kichik   bo‘lganligi   uchun
nashr   imkoniyatlari   ancha   cheklangan   edi.   Bu   bosmaxonada   davlat
boshqaruviga oid bo‘lgan hujjatlar jumladan Turkiston harbiy okrugi qo‘shiniga
oid bo‘lgan qaror  va buyruqlar  shu  qatorda turli  ish qog‘oz hujjatlarigina  chop
etilgandir.   Ammo   keying   yillarda   o‘lkada   kutubxona   va   bosmaxona
masalalariga   ko‘proq   e’tibor   qaratilishi   natijasida   1870-yildan   o‘lkada
124
 Turk Dili ve Edibeyati Arastirmalari Dergisi Sayi / Number: 22.   5-bet.
77 bosmaxona   uskunalari   ko‘paytirildi   va   hukumatning   “Turkestanskiya
Vedomosti” gazetasini nashr erishga moslashtiradi. 
   Shuni ham takidlashimiz kerakki aynan bosmaxona tashkil etilgan shu yil
o‘lkada   milliy   matbuotning   shakllanishiga   turki   bo‘lgan   omil,   mahalliy   aholi
uchun mo‘ljallangan “Turkiston viloyatining gazetasi”ni nashr qilish ham yo‘lga
qo‘yiladi.  
           Turkiston   o‘lkasida   dastlabki   bosmaxonalar   xonliklar   davrida
shakllangan bo‘lib, jumladan bu borada ma’rifatparvar Xiva xoni Muhammmad
Rahimxon   Feruzning   xizmatlari   beqiyos   bo‘lgan.   Xon   Muhammad   Rahimxon
soniyning   farmoni   bilan 1874-yilda Erondan  litografik  (kitob  bosish)   dastgohi
olib   kelingan   v   axon   saroyida   tipolitografiya   tashkil   etiladi 125
.   Turkiston
o‘lkasida   dastlabki   toshbasma   (litografiya)larni   tashlik   etilishi   asosan   XIX
asrning   80-yillariga   to‘g‘ri   kelib,   Jumladan   Xiva   xoni   Muhammad   Rahimxon
Feruz   tomonidan   litografiya   (toshbasma)   1874   yilda   tashkil   qilingan   va   1910
yilgacha   kitoblar   chop   etilgani   ma’lum.   Ushbu   bosmaxonada   1880   yillda   A.
Navoiyning   “Xamsa”,   Munisning   esa”   Devoni   munis”   va   boshqa   asarlar   chop
etiladi.
      1882-yilda Toshkentlik savdogarlardan biri Esanboy Husanboy o‘g‘li bir
litografik   bosma   uskunasini   sotib   olib   uni   esa   ishlatish   uchun   rus   kishiga
beradi 126
.   Oradan   bir   yil   vaqt   o‘tgach   mazkur   kichik   litografik   bosmaxonada
Esanboy   Husaynboy   o‘g‘lining   moyiyaviy   yordami   bilan   “Sabotul-ojiziyn”
So‘fi   Olloyorning   asari   nashr   etilganini   ko‘rishimiz   mumkin.   Boshqa   kichik
bosmaxonalar ham shartnoma asosida turli adabiy kitoblar chop etila boshlanadi.
Toshkentdagi   birinchi   bosmaxona   1877   yilda   Semen   Laxtin   tomonidan
ochilgan   xususiy   bosmaxona   bo‘lib,   ushbu   bosmaxona   22   yildan   so‘ng   ya’ni
1899   yilda   Vasiliy   Il’in   qo‘liga   o‘tdi   va   shahardagi   eng   oldi   bosmaxonalardan
biriga   aylangan   hisoblanadi.   Shu   narsaga   alohida   e’tibor   qaratishimiz   kerakki
XX   asr   boshlarigacha   ochilgan   o‘lkadagi   barcha   bosmaxonalar   ruslar   nazorati
125
  Qosimov. B. va boshqalar.  Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti.  – Toshkent.  2004 y.   75-b.  
126
  Turk Dili ve Edibeyati Arastirmalari Dergisi Sayi / Number: 22.   7-bet.
78 ostida   bo‘lib   ushbu   bosmaxonalarda   rus   tiladagi   kitoblar   bilan   bir   qatorda
mahalliy tipdagi adabiy kitoblar ham nashr  qilina boshlanadi. 
Yuqoridagi   jumlalardan   kelib   chiqib   nega   ruslar   ushbu   sohani   o‘z
qo‘llarida uzoq vaqt  ushlab qolishgan degan savol  beixtiyor  tug‘ilishi  aniq. Bu
ish   bejiz   amalga   oshirilmagan,   chunki   matbaachilik   katta   foyda   keltirgani
sababli ruslar ushbu sohani ko‘proq o‘z qo‘llarida saqlab qolishdan manfaatdor
bo‘lgan   bo‘lsa,   yana   boshqa   tomondan   esa   rus   amaldorlari   siyosiy   sabablarga
ko‘ra mahalliy millat vakillarini matbuot ishidan uzoqroqda saqlagan deyishimiz
mumkin.
Katta   qiyinchiliklarga   qaramasdan   mahalliy   millat   vakillari   1917   yilga
qadar 5 ta bosmaxona ochishga erishgan bo‘lib, bularning dastlabkisi 1894-yilda
Samarqandda,   keyinchalik   1901-yil   Buxoroda,   1904-yil   Andijonda,   1907-yil
Toshkentda va 1908-yilda Namanganda ochilgan bo‘lib, bu bosmaxonani tashkil
etishda   1908-yilda   jadid   nomoyondasi   Is’hiqxon   Ibrat   ruxsat   olgan   holda
“Matbaai  Is’hoqiya” nomi bilan shuxrat qozongan. Ushbu kutubxonadan bir yil
avval 1907-yilda Toshkentda “Matbaai G‘ulomiya” nomli G‘ulom Hasanovning
litografiyasi   tashkil   etilgan   edi 127
  XX   asrning   boshlarida   kelganda   birgina
Buxoro shahrining o‘zida 13 ta kutubxona va 96 ta qiroatxona bor edi. Buxoro
shahridagi   hukmdor   saroyidagi   kutubxonada   xitoy,   uyg‘ur,   pushtun,   arab,   fors
va   boshqa   tillardagi   qo‘lyozmalar   saqlangan 128
.   Ushbu   kutubxonalarda   xon   va
amirlarning   shaxsiy   kolleksiyalari   ko‘plab   qo‘lyozma   va   toshbosma   kitoblar
saqlangan.
Xiva   shahrida   ham   xon   saroyida   juda   boy   kutubxona   mavjud   bo‘lgan
bo‘lib,   bu   yerda   qimmatli   qo‘lyozma   asarlar   asrlar   davomida   saqlanib   kelgan.
Ayniqsa ma’rifatparvar  xiva xoni  Muhammad Rahim  Feruz davrida kutubxona
ishlariga   katta   e’tibor   bergan   bo‘lib,   juda   ko‘p   asarlar   qaytadan   ko‘chiriladi,
tarjima qilinib toshbosma usulida chop etiladi va yangi-yangi asarlar yaratiladi. 
127
  Turk Dili ve Edibeyati Arastirmalari Dergisi Sayi / Number: 22.  5-bet.
128
Жадид маьрифатпарварларлик харакатининг гоявий асослари. Республика илмий-амалий анжуман 
материаллари.   Тошкент-2016 й.  151 б.  
79 Ma’rifatparvar Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz davrida xonlikda
kutubxonalarga katta e’tibor berilgan bo‘lib, juda ko‘p asarlar qayta ko‘chirilib
tosh bosma usulida chop etiladi va yangi-yangi asarlar yaratiladi 129
. 
XIX asrga ikkinchi yarmiga kelganda shaharlardagi barcha madrasalarda
kutubxonalar   mavjud   bo‘lgan   bo‘lib,   ularda   ta’lim   jarayoniga   oid   turli   darslik
qo‘llanmalar   shu   jumladan   adabiyotlar   ham   mavjud   bo‘lgan.   Buxoro
madrasalarida   kutubxonlar   esa   maxsus   binolarda   joylashgan   bo‘lib   ularda
harorat va namli muntazam ravishda kuzatib borolganini ko‘rishimiz mumkin.
   Turkistonda yana bir  nechta yirik shaharlarda ham  shaxsiy  kutubxonalar
mavjud bo‘lib, ular orasida Abdulvohid Sadr Balxiy, Muhammad Sharif  - Sadri
Ziyoga   tegishli   kutubxonalar   shular   jumlasidandir.   Buxoro   amirligining   yirik
bekliklari   bo‘lgan   Kitob   va   Shahrisabz   bekliklarida   ham   beklar   huzurida
kutubxonalar tashkil etilgan bo‘lib, oddiy xalq bundan bexabar bo‘lgan. Ushbu
kutubxonadan asosan saroy ayonlari, olim va ulamolar uchun ochiq bo‘lgan.
       Dastlabki   bosmaxonalar   tashkil   topishi   haqida   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   bu
jarayon   XIX   asrning   ikkinchida   Rossiyaning   chekka   o‘lkalarida,   jumladan,
Turkiston o‘lkasida noshirlik ishi vujudga kela boshlaydi. Dastlab o‘lkada kitob
bosish   ishi   bilan   podshoning   statistika   qo‘mitalari   shu’g‘ullanadi.   Ushbu
qo‘mitalar   bizning   o‘lkaga   oid   turli   ma’lumotlarni,   keyinroq   esa   Turkiston
o‘lkasini o‘rgangan rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qilidirganlar.
1868-yildan   toki   1910   yilgacha   bo‘lgan   davr   moboynida   o‘lkada   nashr
e’tilgan   kitoblarning   asosiy   qismi   rus   tilida   tashkil   etilgan   kitoblar   bo‘lgan.
Samarqandlik   ma’rifatparvar   Saidrizo   Alizodaning   nabirasi   Farhod   Alizoda
bilan   bo‘lgan   suxbatdan   shuni   bilish   mumkinki,   Turkistonda   kitoblar   nashr
etishda dastlab Toshkentda O.A. Porsev, V.M. Ilin, Samarqandda esa Demurov
kabi   bosmaxonalar   mavjud   bo‘lganligini   va   bu   yerda   bosilgan   kitoblarning
asosiy qismi esa rus tilida nashr etilganligini aytar ekan, bobosi Saidrizo Alizoda
129
  Жадид маьрифатпарварларлик харакатининг гоявий асослари. Республика илмий-амалий анжуман 
материаллари.   Тошкент -2016  й .  152  б .  
80 ham   dastlabki   ma’rifatparvarlik   faoliyatini   Samarqanddagi   Demurovlar
bosmaxonasida harf teruvchi bo‘lib ish boshlaganini ta’kidlab o‘tdilar 130
.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki 1898-yilda Toshkentning eski shahar
markazida   1-bosmaxona   tashkil   etilgan   bo‘lib   unda   o‘zbek,   turkman,   qozoq,
tojik va qirg‘iz tillarida yangi darsliklar chiqarila boshlangan.
Podsho   Rossiyasi   tomonidan   Buxoro   amirligi,   xiva   va   qo‘qon
xonliklarining   zabt   etish   jarayonida   harbiylar   tomonidan   hukmdor   saroylari,
bekliklardagi,   markaziy   shaharlardagi   kutubxonalardagi   juda   ko‘p   qadimiy
qo‘lyozma   kitoblarni   talon-taroj   qilgan   bo‘lib.   Ulardan   eng   qimmatlarini
Rossiyadagi muzeylar va  kutubxonalarga yuborilgan bo‘lsa, bir qismi shu yerda
saqlanib qolgan edi. Shularni  bir joyda to‘plash maqsadida Turkiston o‘lkasida
kutubxonalar   tashkil   etishga   kirishiladi.   Shu   sabanli   1870-yilda   Toshkentdagi
rus   amaldorlari   va   aholi   uchun   ilk   kutubxonalar   tashkil   etilgan   bo‘lib   uning
fondi asosan rus tilida kitoblar jamlangandir.
Turkiston   o‘lkasida   yangi   usul   maktablari   dastlabki   teatr   va   milliy
matbuot   nashriyotlar   tashkil   etish   orqali   ma’rifatparvarlik   faoliyatini   olib
borayotgan   jadidlar   keng   xalq   ommasi,   asosan   yoshlarga   ziyo   tarqatish
maqsadida   dastlabki   ommaviy   kutubxonalar   tashkil   etishga   kerishadi.   Shu
o‘rinda Namanganda Is’hoqxon Ibrat tamonidan 1908 yilda “Matbaai Is’hoqiya”
nomidagi   ilk   nashryoti   tashkil   etilgan   bo‘lib   1910   yilda   uning   qoshida
“Kutubxonai Is’hoqiya” nomli kutubxona tashkil etiladi 131
.
Buxoro   shahrida   ham   yosh   Buxoroliklar   tomonidan   “Ma”rifat”   nomli
kutubxona   tashkil   etilgan   bo‘lib,   “Ma’rifat”   kutubxonasida   o‘lkada   va   xorijda
chiqayotgan   ko‘plab   adabiyot   va   darslik   va   qo‘llanmalar   ta’lim   tarbiyaga   oid
bo‘lgan   jurnallar   hamda   gazetalar   jamlangan   bo‘lib,   Istanbulda   nashr   etilgan
“Sirotil   mustaqim”,   “Xikmat”   “Tarifi   muslimin”   jurnallari.   Rossiyada   chop
etilayotgan “Vatq gazetasi”, “Irshod”, “Tarjimon”  va “Sho‘ro jurnallari o‘lkada
nashr qilingan jadid matbuoti namunalari saqlangandir.
130
 Saidrizo Alizodaning nabirasi, Alizoda. F.  bilan suxbat   05.05.2022 y.
131
  Saidrizo Alizodaning nabirasi, Alizoda. F.  bilan suxbat   05.05.2022 y
81 Shuniungdek   1913-yildan   boshlab   esa   Samarqandda   Mahmudxo‘ja
Behbudiy   tomonidan   usuli   savtiya   maktablari   uchun   darsliklar   chop   etish   va
mahalliy   matbuotni   rivojlantirish   maqsadida   “Nashryoti   Behbudiya”
kutubxonasi   tashkil   etiladi.   Behbudiy   tomonidan   nashr   etilgan     ushbu
kutubxonada   zamonaviy   adabiyotlar   bilan   bir   qatorda   shu   davr   uchun   matbuot
namunalari, tarixiy va diniy adabiyotlar ham to‘plangan.
Buhbudiy   tomonidan   1913-yilda   o‘zi   Samarqandda   ochgan   nashryotida
kitob   do‘konlari   tarmog‘ini   tashkil   etish   bo‘yicha   katta   ishlar   olib   boradi.
Jumladan Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Andijon va Namangan shaharlarida kitob
do‘konlari   ochgan   bo‘lib,   aynan   Samarqanddagi   kitob   do‘koni
Mahmudxo‘janing o‘z uyida joylashgan edi. Behbudiy tomonidan tashkil etilgan
ushbu   kutubxona   o‘sha   paytda   Samarqandning   ruslar   yashaydigan   qismida
joylashgandir.
Ushbu kutubxonaning ham kitob savdo do‘koni vazifasini ham bajargan
bo‘lib,   Behbudiy   bu   yerda   jamlangan   kitoblarning   bir   qismini   1899-1900
yillardagi   va   1914-yilgadi   haj   safarlari   davomida   arab   va   boshqa
mamlakatlardan   olib   kelgan   qimmatli   qo‘lyozma   kitoblar   borligi   bilan   ham
ajralib turgan. “Kutubxonai Behbudiya” kutubxonasiga shuningdek, Shuningdek
Qozon,   Petrburg,   Orenburg,   Boku,   Bog‘chasaroy   shaharlaridan   sha   qatorda
Eron, Afg‘oniston, Misr,Hindiston, Livandan va Turkiyadan yuborilgan edi 132
.
Behbudiy   tomonidan   Samarqandda   dastlabki   ommaviy   kutubxonini
ochilishi   ham   Turkiston   madaniy   hayotida   ijobiy   hodisa   bo‘lgan   bo‘lib,   bu
kutubxona   Samarqandning   ruslar   yashayotgan   qismida   joylashgan   bo‘lib
“Kutubxonai Behbudiya” deb nomlangan 133
. 
1914-yilda   Toshkentda   joylashgan   “Turon”   jamiyati   qoshida   ham
kutubxona   tashkil   etiladi.   Unda   jamiyat   a’zolari   o‘z   kitoblarini   sovg‘a   qilgan
bo‘lib,   shu   tariqa   yaxshigina   kitobga   ega   bo‘lgan   yana   bir   kutubxona   tashkil
132
  “Зарафшон”нинг Бехбудийси.   Буюк маьрифатпариар Махмудхужа Бехбудий таваллудининг 145-
йиллигига.    “SAHHOF” 2020.   9 -б. 
133
  “Зарафшон”нинг Бехбудийси.   Буюк маьрифатпариар Махмудхужа Бехбудий таваллудининг 145-
йиллигига.    “ SAHHOF ” 2020.  9- б. 
82 topadi.   “Turon   kutubxonasi   esa   keyichalik   Toshkent   viloyati   kutubxonasiga
aylantirilgan. 
Yana shunday kutubxonalardan biri 1915-yil Hamza Hakimzoda Niyoziy
tomonidan   tashkil   etilgan   “G‘ayrat”   kutubxonasi   bo‘lib,   bu   kutubxonaga
Toshkentda   chop   etilgan   yangi   darsliklar   qo‘llanmalar   va   tarbiyaga   oid
adabiyotlar   olib   kelingan.   Ushbu   kutubxona   maktab   o‘qituvchilari   va
o‘quvchilarini   turli   yangi   darslik   va   adabiyotlar   bilan   ta’minlashda   katta   hissa
qo‘shgan. 
Yuqorida nomlari keltirilgan mazkur kutubxonalarda asosan  zamonaviy
adabiyotlar   yangi   usul   maktablari   uchun   yaratilgan   darsliklar.   Sharq
mamlakatlari   va   Turkiston   o‘lkasida   chop   etilgan   matbuot   asarlari
ma’rifatparvar   jadidlar   ijodiga   mansub   adabiyotlar   jamlangan.   Ushbu
kutubxonalarni   tashkil   etisdan   asosiy   maqsad   bu,   yoshlarni   avvalo   maktab
o‘quvhilari,   madrasa   toliblarini   va   boshqa   ziyolilarni   matbuot   asarlari   bilan
muntazam   tanishtirib   borish   bo‘lgan.   Sababi   esa   ushbu   gazeta   va   jurnallarini
boshqa joydan topish masalasi amri mahol bo‘lgan 134
.
Shu tariqa jadidlar XX asrning boshlaridan o‘lka bo‘ylab ma’rifatni keng
targ‘ib   qilish   uchun   dastlabki   ommaviy   kutubxonalarni   tashkil   etganlar.
Ma’rifatparvarlarning   shaxsiy   mablag‘   va   hayriyalari   hisobdan   tashkil   qilingan
bu   kutubxonalar   va   ularda   jamlangan   adabiyotlar   mazmun-mohiyati   jihatdan
saroy   kutubxonalaridan   ancha   farq   qilgan.Ushbu   kutubxonalar   o‘zida   zamon
ruhini aks ettirgan holda oddiy xalq ommasini ayniqsa yoshlarni dunyoqarishini
kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Uchinchi   bob   bo’yicha   xulosalar:   Turkiston   o‘lkasida   milliy   teatrning
shakllanishida tashqi omillarning ta’siri sezilarli bo‘lgan. Bu borada Ozarbayjon
taetr   truppalarining   o‘lka   bo‘ylab   gastrol   safarlari,   ular   tomonidan   o‘lkada
jonlantirilgan   sahna   asarlarining   bevosita   ta’siri   natijasida   XX   asrning
boshlaridan o‘lkada milliy teatr shakllandi. 
134
  Жадид маьрифатпарварларлик харакатининг гоявий асослари. Республика илмий-амалий анжуман 
материаллари.   Тошкент -2016  й .  155  б .  
83     -Turkiston   o‘lkasida   nafaqat   Ozarbayjon   balki   tatar   teatr   truppalarining
ham ta’siri bo‘lgan jumladan Samarqandga kirib kelgan yosh tatar havaskorlari
ham   o‘z   sahna   asarlarini   sahnalashtirganini   ko‘rishimiz   mumkin.   Padarkush”
asarning     Samarqandda   sahnalashtirilishi,   Turkiston   o‘lkasida   milliy   teatrning
shakllanishida   turtki   bo‘lgan   bo‘lib,   bu   o‘rinda   o‘lkada   milliy   teatrning
shakllanishida   Samarqand   markaz   vazifasini   bajarib   berganligi   yana   bir   bor
isbotlashini ko‘rish mumkin.
   -Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan sahnalashtirilgan “Padarkush” pessasi
o‘lkada   turli   xil   sahna   asarlarini   yo‘lga   qo‘yish   va   sahnalashtirish   imkonini
bergan   bo‘lib,   milliy   teatrga   Behbudiydan   keyin   katta   hissa   qo‘shgan
shaxslardan   biri   Behbudiyning   shgirti   va   izdoshi   bu,   Xoji   Muinning     xizmati
xam beqiyos bo‘lgan ekan. 
Kutubxonalar   va   bosmaxonalarning   tarixini   o‘rganish   davomida   biz
Markaziy   Osiyo   tarixida   faoliyat   olib   borgan   turli   xil   kutubxonalar   taqdirini
o‘rganib,   hali-hamon   tarixshunoslik   fanida   nomalum   bo‘lgan   yangi
kutubxonalarning   nomlari   va   ularning   ularning   faoliyati   haqida   ko‘plab
ma’lumotlarni qo‘lga kiritishimiz mumkin. 
O‘lkada tashkil etilgan bosmaxona va kutubxonalar bevosita oddiy xaql
ommasini   ma’rifatli   qilish,   yosh   avlodni   esa   milliy   vatanparvar   ruhida
tarbiyalashda muhim ro‘l o‘ynagan. 
O‘lkada   dastlabki   boshma   uskunalar   boshqa   sharq   mamlakatlaridan
jumladan Erondan olib kelingaligi ham musulmon olamida madaniy va ma’rifay
sohadagi aloqaari doimo bo‘lib turganligidan dalolat beradi.
XULOSA.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Samarqand jadidlarining tashqi
ma’rifiy – madaniy aloqalari nomli magistrlik dissertatsiyasini yozish davomida
quydagicha xulosaga kelishimiz mumkin. 
Turkiston   o’lkasiga   XIX   asrning   oxiridan   kirib   kelgan   jadidchilik
harakati,   butun   o’lka   bo’ylab   keng   yoyilishi   XX   asrning   boshlariga   to’g’ri
keladi.   Ushbu   harakat   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   musulmon
84 mamlakatlarida     vujudga   kela   boshlagan   jarayon   bo’lib,   Turkiston   o’lkasi
bo’ylab keng ko’lamda yoyilishi XX asrning boshlariga to’g’ri kelishiga guvoh
bo’ldik.
XX   asrning   boshlariga   kelib   Turkiston   o’lkasida   jadid
ma’rifatparvarlarining   yangi   avlodi   yetishib   chiqgan   bo’lib,   ular   o’lka   bo’ylab
ma’rifatparvarlik   g’oyalarini   yoyishda   jonbozlik   ko’rsatganlar.   O’lkada
ma’rifatparvarlikning   vujudga   kelishiga   ham   yuqorida   ta’kidlab   o’tganimizdek
tashqi   omillar   ta’sir   ko’rsatgan   bo’lib,   bu   borada   Qrim   tatar   ma’rifatparvari
Ismoil Gaspiriniskiyning ham xizmatlari beqiyos ekan. 
Turkiston   o’lkasida   jadidchilikning   yirik   markazlaridan   biri   bu
Samarqand   bo’lib,   bu   borada   Samarqandda   yetishib   chiqgan   ma’rifatparvarlar
ushbu   jarayonning   butun   o’lka   bo’ylab   keng   yoyishga   bor   kuch   g’ayrati   bilan
harakat   qilgan   holda,   turli   arab   va   kavkaz   mamlakatlariga   sayohat   qilib,   o’sha
yerda   joriy   etilayotgan   yangiliklar   bilan   yaqindan   tanishgan   holda   o’qitishning
ham yangi usullarini olib kelganlar. 
Ushbu   mavzuni   o‘rganish   jarayonidan   xulosa   qilib   aytadigan
bo‘lsak, XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasiga, jumadan
Samarqand   hududiga     kirib   kelgan   va   keng   yoyilgan   ma’rifatparvarlik   g‘oyasi
o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   xalqni   ma’rifat   nuri   bilan   yo‘g‘dirishga,   yoshlarni   esa
milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lganligini ko‘rishimiz
mumkindir.
  Samarqandda faoliyat yuritgan mashxur jadid ma’rifatparvarlarining ijodi
va   foaliyatini   kenroq   o‘rganish   natijasida   Turkiston   jadidlarining   otasi   deya
e’tirof etilgan faoliyatini uning ma’rifatparvarlik sohasida olib borgan ishlarini,
o‘lkada   jadidchilik   harakatini   keng   yoygan   bo‘lib,   o‘z   maslakdoshlari
Saidahmad   Sidqiy   Ajziy,   Abduqodir   Shakuriy,   Xoji   Muin   va   Saidrizo
Alizodalar   ma’rifatparvarlik   sohasida   juda   katta   ishlarni   amalga   oshriganlar,
jumladan,   milliy   ta’lim,   milliy   matbuot   va   milliy   taetrlar   tashkil   etgan   bo‘lib,
xalqni ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orishga harakat qilganlar. 
85 Turkiston   jadidlarining   otasi   bo‘lgan   Mahmudxo‘ja   Behbudiyning
Haj   safari   arab   mamlakatlari,   shu   qatorda   Rossiya   va   Kavkazning   ko‘plab
mamklakatlariga qilgan sayohatlari orqali musulmon olamida sodir bo‘lib turgan
o‘zgarishlarni   o‘rganib   o‘sha   hududlardagi   ta’lim   va   tarbiya   ishlari   bilan
yaqindan   tanishgan   holda   Turkiston   o‘lkasiga   olib   kirgan   va   shu   g‘oyalar
asosida o‘lkada zamonaviy ta’limni, milliy matbuotni yo‘lga qo‘ygandir. 
        Shuningdek.   Behbudiy   hazratlari   Ismoil   Gaspirinsikiy   bilan
uchrashuvlari   ham   qrim   ma’rifatparining   ma’rifatparvarlik   g‘oyalarini   o‘lkada
keng   miqyosda   targ‘ib   qilgan   holda   o‘lka   jadidlarini   qo‘llab-   quvvatlaganini
ko‘rishimiz   mumkin.   Shuni   aytishimiz   mumkinki,   o‘lka   jadidlari   zulmat
botqog‘idan ma’rifat nuri ila yo‘l topishga harakat qilganlar. 
Samarqandda   milliy   matbuot   va   milliy   ta’limni   yo‘lga   qo‘yishdagi
aloqalar   masalasida   ham   Samarqandda   milliy   matbuotning   shakllanishi   haqida
to‘xtalib,   bunga   ta’sir   ko‘rsatgan   tashqi   omillar   jumladan   qrimda   Ismoilbey
tomonidan   nashr   etilgan   “Tarjimon”   gazetasining   o‘rni,   ma’rfatparvarlikni
yoyishda ko‘rsatgan ta’siri haqida so‘z yuritilgan. 
Turkiston   o‘lkasida   jumladan   Samarqandda   milliy   matbuotning
shakllanishida   tashqi   omillarning   ham   ta’siri   katta   bo‘lgan   ekan.   Jumladan,
podsho hukumati tomonidan ta’sis etilgan “Turkiston viloyati gazetasi” o‘lkada
matbuotning shakllanishida turtki bo‘ladi. 
XIX   asrning   so‘ngi   choragida   butun   imperiya   hududida
matbuotning   shakllanishida   Kavkaz   xalqlarining   ta’siri   kuchli   bo‘lgan.   XX
asrning   boshlarida   Turkiston   o‘lkasida   ma’rifatparvarlikning   shakllanishida
Ozarbayjonda   nashr   etilayotgan   “Mullo   Nasriddin”   ya’ni   Afandi,     jurnalining
o‘rni beqiyos bo‘lgan. 
Samarqandda   ma’rifatparvarlikning   shakllanishida   Qrim   tatar
ma’rifatparvarlarining ham xizmati nihotada katta bo‘lgan ekan. Bu borada tatar
ma’rifatparvari   I.   Gaspiriniskiy   va   uning   “Tarjimon   gazetasi   katta   ta’sir
ko‘rsatgan   bo‘lib,   ushbu   gazetada   musulmon   sharqi   va   g‘arb   madaniyati
86 taqqoslanib,   musulmon   olamida   bo‘layotgan   o‘zgarishlar   va   yangiliklar   yoritib
borilgan.
    Ismoil   Gaspiriniskiy   va   Mahmudxo‘ja   Behbudiylarning   faol   aloqalari
muhim ro‘l o‘ynagan bo‘lib, Ismoilbey o‘z g‘oyalarini Turkiston o‘lkasida keng
yoyishda   Mahmudxo‘ja   Behbudiyni   tanlagan   holda   u   orqali     o‘lkaning   boshqa
ma’rifatparvarlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan ekan.
Samarqandlik   ma’rifatparvarlar   xalqni   ma’rifatli   qilish   yoshlarni   milliy
vatanparvar   qilib   tarbiyalashda   matbuot   nashrlaridan   foydalangan   ekan   va   bu
jarayon xaqlni ma’rifatli qilishda eng samarali yo‘llardan biri ekanligini amalda
isbotlaganlar. 
Shuningdek,   Samarqandlik   boshqa   ma’rifatparvarlar   Ajziy,   Shakuriy,
Xoji   Muin   va   Saidrizo   Alizodalar   ham   yangi   usul   maktablarini   tashkil   etgan
bo‘lib, Shakuriy maktabida bo‘lgan Ismoil Gaspiriniskiy maktab o‘quvchilarini
imtihon   qilgan   holda   ushbu   maktab   o‘quvchilarini   qrim   tatar   o‘quvchilaridan
ham bilimli ekanligini ta’kidlaganini ko‘rishimiz mumkin. 
Turkiston o‘lkasida milliy teatrning shakllanishida tashqi omillarning ta’siri
sezilarli bo‘lgan bo’lib, bu borada Ozarbayjon teatr truppalarining o‘lka bo‘ylab
gastrol   safarlari,   ular   tomonidan   o‘lkada   jonlantirilgan   sahna   asarlarining
bevosita ta’siri natijasida XX asrning boshlaridan o‘lkada milliy teatr shakllandi.
Turkiston o‘lkasida nafaqat Ozarbayjon balki tatar teatr truppalarining ham
ta’siri bo‘lgan, jumladan, Samarqandga kirib kelgan yosh tatar havaskorlari ham
o‘z sahna asarlarini sahnalashtirganini ko‘rishimiz mumkin.
“Padarkush”   asarining   Samarqandda   sahnalashtirilishi   va   ushbu   asar   xalq
tomonidan   yaxshi   qabul   qilinganligi,   bu   o‘z   o‘rnida   Turkiston   o‘lkasida   milliy
teatrning shakllanishida turtki bo‘lgan bo‘lib, bu o‘rinda o‘lkada milliy teatrning
shakllanishida   Samarqand   markaz   vazifasini   bajarib   berganligi   yana   bir   bor
isbotlashini ko‘rish mumkin.  
Turkiston   o‘lkasida   tashkil   etilgan   dastlabki   kutubxona   va   bosmaxonaga
asos solinishi jarayoniga to‘xtalib o‘tganda shuni ko‘rish mumkinki,   kutubxona
va   bosmaxonalarning   tarixini   o‘rganish   davomida   biz   Markaziy   Osiyo   tarixida
87 faoliyat   olib   borgan   turli   xil   kutubxonalar   taqdirini   o‘rganib,   hali-hamon
tarixshunoslik   fanida   noma’lum   bo‘lgan   yangi   kutubxonalarning   nomlari   va
ularning   ularning   faoliyati   haqida   ko‘plab   ma’lumotlarni   qo‘lga   kiritishimiz
mumkin. 
O‘lkada tashkil etilgan bosmaxona va kutubxonalar bevosita oddiy xalq
ommasini   ma’rifatli   qilish,   yosh   avlodni   esa   milliy   vatanparvarlik   ruhida
tarbiyalashda muhim ro‘l o‘ynagan. O‘lkada dastlabki  bosma uskunalar boshqa
sharq   mamlakatlaridan   jumladan,   Erondan   olib   kelinganligi   ham   musulmon
olamida   madaniy   va   ma’rifay   sohadagi   aloqalari   doimo   bo‘lib   turganligidan
dalolat beradi. 
Umuman   olganda   Turkiston   o’lkasida   jadidchilik   harakatining   keng
yoyilishida Samarqandlik ma’rifatparvarlar xalqni ma’orif, matbuot nashrlari va 
kutubxonalar,   bsmaxonalar   tashkil   etib   yangi   usul   maktablari   uchun
yangi o’quv darsliklari nashr etirgan holda o’lkani mustaqillik ozodlik sari olib
chiqishga harakat qilgan haqiqiy qahrom bo’lganlar. Ular qrim tatar, turk, eron,
ozarbayjon va boshqa yerlik ma’rifatparvarlar bilan aloqa o’rnatgan holda yangi
ta’lim   jarayonini   olib   kelib   turli   shirkatlar   tuzib   yoshlarni   chetga   o’qishga
yuborganliklarining   o’zi   ham   kelajak   yoshlaridan   umidi   kattaligidan   dalolat
beradi.   Shu   bois   ham   biz   yoshlar   jadid   ma’rifatparvarlarining   ijodini,   ular
qoldirgan ulkan merosni o’rganishimiz va avaylab asragan holda kelajak avlodni
ham milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyashda muhim omil bo’lmog’i lozimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
1.  I. A. Karimov.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.    Toshkent   “Sharq”  1998 y. 
2.  I. A. Karimov.    Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.  Toshkent  
“Ma’naviyat”  2008 y.
88 3.   И. А.   Каримов.    Биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз. 7-жилд. 
Тошкент. 1999 й. 
4 .  Sh. M. Mirziyoyev.     Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy 
g’ururimiz poydevoridir.    Toshkent.   “Tasvir”  2021 y.  
5 .  Sh. M. Mirziyoyev.     Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik.   
Toshkent.  2021 y. 
6 .  O’zbekiston Respublikasi Preazidenti Sh. M. Mirziyoyevning  (Oliy majlisga 
murojatnomasi) 28.12. 2018.    
7 .  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning (Oliy majlisga 
murojatnomasi) 24.01. 2020 y. 
8 .  O’zbekiston Respublikasi  Preazidenti Sh. Mirziyoyevning (O’qituvchi va 
Murabbiylarga yo’llagan tabrigi). 01.10. 2020 y. 
Mavzuga oid adabiyotlar ro’yxati:
1. Яхшиликов. Ж, Убайуллаева. Н.      Жадидчилик ва Бехбудий.  Тошкент-
2004 й. 
2. Алимовa. Д. А.  ва Д. А. Рашидовалар.    Махмудхужа Бехбудий ва унинг
тарихий тафаккури. -Тошкент-1999.й
3. Абдурашидов. З.    Исмоил Гаспириниский ва Туркистонда жадидчилик.
Тошкент-2008 й.
4. Расулов. А, Исокбоев. А, Насрединова. Д.   Туркистон ижтимоий-сиёсий
маданий хаётида татарлар.  Тошкент-2019 й. 
5.   Махмудхужа   Бехбудий.     Танланган   асарлар   I -жилд.     Тошкент
“ Akademnashr ”. 2018-й.
6.Зарафшоннинг   Бехбудийси.     Буюк   маьрифатпариар   Махмудхужа
Бехбудий таваллудининг 145-йиллигига.    “ SAHHOF ” 2020. 
7. Шарипов. Р.    Туркистонда жадидчилик харакати тарихидан.    Тошкент.
2002 й.  
8. Ризаев. Ш.  Жадид драмаси. шаклланиш даври,манбалари, хусустятлари.
Тошкент – 1997 й.  
89 9.   Ибрат,   Сиддикий   Ажзий,   Суфизода.   Танланган   асарлар.       Тошкент   –
1999 й.  www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
10.Жадид   маьрифатпарварларлик   харакатининг   гоявий   асослари.
Республика   илмий-амалий   анжуман   материаллари.       Тошкент-2016   й.
www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
11. Рахмат. Н.  Жадид.   Тошкент -2020 й.   www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
12.   Жадидчилик:   ислохот,   янгиланиш,   мустакиллик   ва   тараккиёт   учун
кураш.   Тошкент- 1999 й.  www    .   ziyouz    .   com   
13.   Косимов.   Б.           Маслакдошлар.       Тошкент   –   1994   й.     www    .   ziyouz    .   com   
kutubxonasi .
14.   Косимов.   Б.   Долимов.   У.         Маьрифат   даргалари.     Тошкент   –   1990   й.
www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
15.   Ка p имов.   Н.             Махмудхужа   Бехбудий.     Тошкент   –   2020   й.
www    .   ziyouz    .   com      kutubxonasi .
16. Косимов.  Б. Исмоилбек Гаспрали.   Тошкент – 1992  й.
17.   Jadidchilik:   islohot,   yangilanish   mustaqillik   va   taraqqiyot   uchun   kurash.
Toshkent :  Universitet .  1999 y.
18. Mahmudov. G’.    Jadid adabiyotida milliy istiqillol mavzuyi.     1999-  yil . 
19.   Алимова.   Д.   А.         Джадизм   в   Средней   Азии.   Пути   обнавления,
реформы, борьбы за низависимость.  Тошкент-2000 й.
20. Долимов. У.     Туркистонда жадид мактаблари.     Самарканд - 2006 й.
21.   Mahmudxo ’ ja   Behbudiy   va   Istiqilol .       Respublika   ilmiy-amaliy   anjuman
materiallari to’plami  2001-y.
22.   Saidrizo   Alizoda.           Murosolot/   Maktublar   Respublika   ilmiy-amalliy
anjuman materillari to’plami 2022-y.
23.     Абдурашидов.   З.   Эгамкулова.   Н.         Махмудхужа   Бехбудий   ва   унинг
“Ойина” журнали.   Тошкент  2019 й.   
24. Аьзамхужев. С.    Туркистон мухторияти.    Тошкент – 2000 й.   
25. Абдуазизова. Н.   Узбекистон журналистикаси тарихи.  Тошкент-2002 й
90 26. Абдурашидов.  З.   Гаспириниский и Туркестан в начале ХХ века связи
– отношеия – влияние. Тошкент -2011.
27. Каримов. Н.      Махмудхужа Бехбудий.     Тошкент. 2010 й.
28. Хожи Муин.   Истикилол кахрамонлари “Танланган асарлар” Тошкент -
2010 й.
29. Хожи Муин   Истикилол кахрамонлари, “Танланган асарлар”.  Тошкент
-2005 й.
30.   Ализода.   Ф.       Маьрифатпарвар   таржимон   ва   журналист   Саид p изо
Ализода.      Самарканд.   2017 й. 
31.   Qosimov .   B .   va   boshqalar .     Milliy   uyg ’ onish   davri   o ’ zbek   adabiyoti .     –
Toshkent .  2004  y .    
32. Туркистон матбуоти  тарихи.    Тошкент -2000 й.
33. История общественно-культурного реформаторства на Кавказе и в 
Центральной Азии (Х I Х-начало ХХ века). Самарканд : 2012  й .
 Xorij adabiyotlari.
1.  Adeeb Khalid.    Jadidism in Central Asia.    1999-y.
2.  Boymirza. H.  Turkistonda jadidchilik va uning tugatilishi. 2001y. 
3.  Baldauf. I.    Jadidism in central asia within reformism and modernism in the 
muslim world.   2001y. 
4.  Paulo Sartori.   Central Asian Jadidism and Local Genealogies of Centural 
Change. 2016 y. 
 Matbuot nashrlari
1.   Янги   Узбекистон    “2021  йил  18- август  166- сон  
2.  Turk Dili ve Edibeyati Arastirmalari Dergisi Sayi / Number:  22  
3.   Жахон   адабиёти   журнали . 1998  й .  Дусткораев .  Б .    ( Туркистон  
жадидларининг   йирик   сиймоси .)
Og’zaki tarix.
1.    Saidrizo Alizodaning nabirasi, Alizoda. F.  bilan suxbatan.  05. 05. 2022 y.
2.  Adabiyotshunosh olim. Akademik  Karimov. N. bilan suxbatdan. 01.12. 2022 
y.
91 Internet manbalari.
1.  www.ziyouz.com
2.  https: //   bbcazeri.com
3.   https: // edebi. net
92

XIX ASRNING OXIRI XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND MA’RIFATPARVARLARINING TASHQI MA’RIFIY – MADANIY ALOQALARI. MUNDARIJA KIRISH……………..…………………………………………………………. 3 I- BOB XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND JADIDLARI VA MA’RIFATPARVARLIK MUHITINING VUJUDGA KELISHI ……………….…..…………………………………..………… 11-32 1.1 Mavzuning tarixshunosligi tahlili…....…………………..………………...11 1.2 XIX asr oxri va XX asr boshida Samarqandda jadidchilik va ma’rifatparvarlikning vujudga kelishi hamda rivojlanishi……………………17 Birinchi bob bo’yicha xulosalar……………………………..……….……...…32 II BOB SAMARQANDLIK MA’RIFATPARVARLARNING MILLIY MATBUOT HAMDA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDAGI ALOQALARI………………………………………………………….......33-64 2.1 Samarqand milliy matbuoti va Ismoil Gaspirali……………………………33 2.2 Milliy ta’limning yo‘lga qo‘yilishida tashqi aloqalarning o‘rni…….……...51 Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar………………………………………………..64 III BOB XIX OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA SAMARQAND ZIYOLILARINING MADANIY SOHADAGI HAMKORLIGI………65-84 3.1 Samarqandda milliy teatrning vujudga kelishida hamkorlik masalalar…….65 3.2 Kutubxona va bosmaxonalarning tashkil topishi.……………...…………..77 Uchinchi bob bo’yicha xulosalar………………...…..…………………………84 UMUMIY XULOSA…………………………………………………..............88 FOYDALANILGANADABIYOTLAR RO’YXATI………...………..…….92 1

KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan jadal rivojlanish jarayoni natijasida zamon ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Bularning barchasi ilm-fan sohasidagi yangiliklar va kashfiyotlar natijasi ekanligi hech kimga sir emas. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarni, rivojlanish strategiyasi negiziga qaralganda bunday tez rivojlanish jarayoniga bevosita ilm-fan sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasi ekanligiga guvoh bo‘lasan kishi. Shu boisdan ham mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillardanoq ijtimoiy sohani rivojlantirishga, shu o‘rinda ta’lim-tarbiya tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillikning dastlabki vaqtlarida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ijtimoiy sohani, jumladan, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, zamonaviy ta’lim jarayonlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilganligi ham bejizga emas edi. Shu o‘rinda marhum birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining maqolalari, nutq va ma’ruzalarida jadid ma’rifatparvar bobolarimizning mashaqqatli hayot yo‘li va bu yo‘lda ular chekgan zahmatlar yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lmog‘i, yoshlarni o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, vatanga muhabbat va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda jadid fidoyilarning bosib o‘tgan kurash yo‘lini va ular qoldirgan ulkan merosni chuqur o‘rganish muhim deya da’vat etganlar 1 . So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar yangi bir bosqichga qadam qo‘ydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad kelajak yosh avlodga samarali ta’lim va tarbiya berish, ularni vatanparvarlik ruhida, bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalash muhim vazifaga 1 Яхшиликов. Ж, Убайуллаева. Н. Жадидчилик ва Бехбудий. Тошкент -2004. 3- б . 2

aylanmoqda. Bu masalada esa ma’rifatparvar jadidlarning ta’lim sohasiga qo‘shgan hissasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomalarida ham shu narsani ta’kidlab o‘tdilar. Xalqimizda “Ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli so‘z bor, shu sababli ta’lim sohasida davlat siyosatining uzluksiz ta’lim tizimi prinsiplariga asoslanishi, ya’ni ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim degan jumlalarini o‘z nutqlarida keltirib o‘tgandilar 2 . Hozirgi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari turganini hisobga oladigan bo‘lsak, Turkiston o‘lkasida XX asrning boshlarida yashab, ijod qilgan jadid ma’rifatparvarlarining ijodini yanada chuqurroq va keng ko‘lamda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishida Samarqandlik ma’rifatparvarlar alohida muhim ahamiyatga egadir. Samarqand juda qadim davrdan buyon ilm-fan va madaniyat markazi bo‘lib kelmoqda. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyo mustamlakaga aylantirilishi va podsho hukumatining Turkiston o‘lkasida olib borayotgan siyosatidan norozilik harakatlari XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib nihoyatda kuchayadi. Shu davrda boshlangan qurolli qarshilik harakatlarini podsho hukumati kuchlari tomonidan shafqatsiz qonga botiriliganini ko‘rgan ziyoli qatlam vakillari bo‘lgan jadid ma’rifatparvarlari mustaqillikni qo‘lga kiritishni tinch yo‘l bilan ya’ni xalqni ma’rifatli qilish orqali mustaqillikni qo‘lga kiritishga harakat qiladilar. Turkiston o‘lkasidagi jadidchilikning yirik markazlaridan biri bu Samarqand hisoblanadi. Bu yerda mashxur jadid ma’rifatparvari Turkiston jadidlarining otasi deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919 y) shu davr nuqtayi nazaridan juda katta ishlarni amalga oshiradi. Turkistonda jadidchilikning vujudga kelishida va 2 O’zbekiston Respublikasi Preazidentining (Oliy majlisga murojatnoma 28.12. 2018). “Xalq so’zi” 28. 12. 2018 y. 3

keng yoyilishida Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmatlari juda katta. Shu o‘rinda Samarqandlik boshqa ma’rifatparvarlar Siddiqiy Ajziy, Abduqodir Shakuriy, Xoji Muin va Saidrizo Alizodalarning ham xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145-yilligiga bag‘ishlangan nutqida ko‘pchilik ziyolilar qatorida men ham bu fikrni katta armon bilan o‘ylayman: mamlakatimizda uchinchi renessansni XX asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi 3 . Nega deganda bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuchi va imkoniyatlarini safarbar etdilar deya ta’kidlaganlar. Bu davrda A. Avloniy, M. Behbudiy, M. Abdurashidxonov, U. Xo‘jayev, A. Fitrat, I. Ibrat, A. Cho‘lpon, A. Qodiriy, Ashurali Zohiriy va Xoji Muin va boshqa yuzlab insonlar milliy uyg‘onishning oldingi saflarida turganlar. Turkiston o‘lkasida XIX asrning oxirida vujudga kelgan jadidchilik harakati XX asrning boshlaridan boshlab butun o‘lka hududida keng yoyila boshladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek jadidchilik harakatining Turkiston o‘lkasidagi dastlabki yirik markazi Samarqand bo‘lgan. Bu yerdan yetishib chiqqan yetuk ma’rifatparvarlar butun o‘lkada ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilganlar. Bu borada Mahmudxo‘ja Behbudiy xizmatlari beqiyos bo‘lib, ko‘plab arab mamlakatlariga qilgan sayohatlari va u yerdan ta’limga oid turli yangiliklarni olib kelganligi va o‘lkada keng joriy etgani, shu o‘rinda esa Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Kavkaz xalqlari ya’ni Qrim ma’rifatparvari Ismoilbek Gaspirinskiy bilan madaniy sohadagi aloqalari muhim ahamiyat kasb etgandir. Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqot obyektini – XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda faoliyat yuritgan jadid ma’rifatparvarlari tashkil etadi. 3 O’zbekiston Respublikasi Preazidentining (O’qituvchi va Murabbiylarga yo’llagan tabrigi). 01.10. 2020 y .“ daryo . uz ”. 4

Tadqiqot predmetini – XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Samarqand ma’rifatparvarlarining tashqi ma’rifiy-madaniy aloqalarini o‘rganish hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi - XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Samarqand ma’rifatparvarlarining tashqi ma’rifiy-madaniy aloqalarini chuqurroq o‘rganish va yoritib berishdan iborat. Maqsaddan kelib chiqgan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi: Samarqandda jadidchilik harakatining vujudga kelishi va Samarqand ma’rifatparvarlarining Turkiston jadidchiligida tutgan o‘rnini o‘rganish; - Samarqand ma’rifatparvarlari va ularning tashqi madaniy aloqalarini o‘rganish; - Turkiston o‘lkasida ma’rifatparvarlikning shakllanishida Samarqand jadidlarining tutgan o‘rnini asoslash; - Samarqandda milliy matbuot tizimining shakllanishi va bu jarayonda “Tarjimon” va “Mullo Nasriddin” gazetasining tutgan o‘rnini ochib berish; - Yangi usul maktablarini vujudga kelishi va unga ta’sir ko‘rsatgan tashqi omillarni Ismoil Gaspiriniskiy va Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’rifiy va madaniy aloqalarini ilmiy jihatdan tahlil qilish; - Samarqandda milliy teatrning vujudga kelishida Ozarbayjon, tatar teatr truppalari bilan hamkorlik masalalarini atroflicha o‘rganish; - Turkistonda kutubxona va bosmaxonalarning tashkil topish jarayoniga ta’sir ko‘rsatgan sabablarni o‘rganish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Samarqandda faoliyat yuritgan jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va ijodini, ularning ilmiy merosini, ma’rifatparvarlik sohasiga qo‘shgan hissasi asoslab berildi; - milliy matbuotning vujudga kelishida Ozarbayjon, tatar va eron matbuot nashrlari “Tarjimon” va “Afandi” gazetalarining ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslandi; 5