XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYA VA BUXORO AMIRLIGINING SAVDO ALOQALARI
Mavzu: XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYA VA BUXORO AMIRLIGINING SAVDO ALOQALARI . Reja: 1. Kirish. a.XIX asr oxirida Buxoro amirligining tashqi siyosati. 2. Asosiy qism. a.Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligining savdo aloqalari. b.Rossiya imperiyasidan kelga elchilar. 3. Xulosa
Buxoro xonligining tashqi diplomatik va savdo aloqalari haqida ayrim ma’lumotlar keltiriladi. Demokratik jamiyat qurish yo’lida shu vaqtgacha bosib o’tilgan tarixiy bosqichlarni tahlil etish asosiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Jamiyat va davlatchilik tarixni yanada chuqurroq anglash va undan to’g’ri xulosa chiqarish mustaqil davlat barpo etish yo’lida asosiy omillardan biri bo’lishi mumkin. Hozirgi zamonaviy bosqichda tarixiy bosib o’tilgan yillarga qayta nazar tashlash ilmiy tadqiqot olib borishda zaruriy jihatlaridan biridir. Har tamonlama va chuqur o’rganilgan so’nggi o’rta asrlar davridan bizning davrimizgacha bo’lgan (ХVIII-ХIX asrlar) tariximizga nazar tashlasak ajdodlarimizning qanday yuksak madaniyatga ega bo’lganliklariga yana bir bor amin bo’lamiz. Maqolamni dolzarbligi shundan iboratki tarixshunoslik fanida bu mavzu yuzasidan qilingan fundamental ishlar juda sanoqlidir. O’zbekiston Markaziy Osiyo xalqlari hayotida siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan qadimgi dunyo sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. O’zbekistonning boy o’tmishi va uning ko’psonli tarixiy obidalari, moddiy va manaviy madaniyati azaldan sharqshunos olimlarni o’ziga jalb etib kelgan Ayniqsa xonlikning Rossiya
bilan savdo aloqalarini muhim jihatlar yoritiladi. Shuningdek, rus elchilarining xonliklar haqida yozib qoldirilgan esdaliklari tahlil qilinadi. O‘zbek davlatchiligi tarixini ilmiy tadqiq etish, unga haqqoniy baho berish va to‘plangan tajribadan ijodiy foydalanish mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy – siyosiy va madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun XX asrning oxiriga kelib jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekiston tarixini, xususan o‘zbek davlatchiligi tarixini har tomonlama o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu bois ham, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tarixining qator dolzarb masalalarini o‘rganishda aniq va haqqoniy tarixiy yondashuv masalasi muhim bo‘lib bormoqda. Ta’kidlash joizki, o‘zbek xonliklaridan biri bo‘lgan Buxoro xonligi – O‘rta Osiyo tarixi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va xalqaro munosabatlarida katta iz qoldirgan davlat bo‘lib, uning har bir hukmdori yuritgan ichki va tashqi siyosat hamda uning oqibatlarini o‘rganish alohida ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. Xonlik haqidagi ayrim ma’lumotlarni (jumladan, XVIII asrda O‘rta Osiyoning qo‘shni Sharq davlatlari bilan aloqalarini) o‘rganishda rus manbalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki ularda iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tahlil qilish, savdo yo‘llarini o‘rganish uchun qilingan harakatlar, hamda qaysi mamlakatdan qanday mollar qancha miqdorda keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar batafsil berilgan. Rus manbalarida rus elchi va elchiliklarining hisobotlari, Buxoro, Xiva va Hind elchilari hamda savdogarlarining so‘rov ma’lumotlari keltirilgan. Shuningdek, hukmdorlar hamda xonlarning bir-birlariga tortiqlari, sovg‘alari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Anashu ma’lumotlar orqali O‘rta Osiyo xonliklarining Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi savdodagi tutgan o‘rnini bilib olish mumkin. Xususan A.Jenkinson Buxoro bozorlaridagi hind savdogarlarining faoliyati haqida, ... “ular Buxoroga na oltin, na kumush, na qimmatbaho toshlar, na ziravorlar keltiradi. Men, Hindistondagi bu tovarlar ishlab chiqariladigan eksport tovarlar portugallar qo‘l ostida bo‘lganligi uchun, bu tovarlar bilan savdo okean orqali olib borilishini aniqladim”[3:], deb yozgan ma’lumotlarida elchining hind savdogarlariga o‘z munosabatini bildirganligini ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, tadqiqotchilar O‘rta Osiyo bilan Moskva o‘rtasidagi savdoning uch xil usuli borligi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tadi. Jumladan: 1.“Povalnaya” deb ataluvchi oddiy savdo bo‘lib, bu savdo erkin savdogarlar orqali amalga oshirilgan. 2. Shox va xonlarning tovarlari bilan savdo bo‘lib, bu savdo shox va xonlarning elchilik bilan kelgan shaxsiy savdogarlari orqali amalga oshirilgan. Shox va xonlarning tovarlaridan soliq olinmagan. 3. “Lyubitelskiye pominki” deb atalib, ikki davlat shox va xonlari o‘rtasidagi bojsiz tovar ayirboshlash hisoblangan. XVIII asrda, ya’ni Petr I hukmronligi yillarida Rossiyaning O‘rta Osiyoga qiziqishi kuchayadi. O‘rta Osiyo Rossiyani Sharqning savdo — iqtisodiy markazi, Rossiyadan Hindistonga boradigan asosiy yo‘llardan biri ekanligi bilan o‘ziga jalb qilardi. 1714 yili Petr I Sibir gubernatori knyaz Gagarindan Erketi shahrida (ya’ni Yorkend) oltin qumlar borligi xususida xabar topadi. Erketi bu davrda Jung‘or xonligiga bo‘ysunganligi aytiladi. Gagarin Petr I ga bu shaharni bosib olib, Yorkend yo‘lidagi Yamishev ko‘li bo‘yida qal’a qurishni tavsiya qilgan [2: 26-27-b]. Yevgraf Kaydalov kundaliklarida ham bu haqda ma’lumotlar berilgan. U