logo

XOTIRA

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

199 KB
  XOTIRA
Reja
1. Xotira   h a q ida  ma’lumotlar
2. Xotiraning  nerv-fiziologik asoslari
3. Xotiras  turlari
4. Xotira  jarayonlari
5. Diqqat haqida ma’lumotlar Xotira   biz   ilgari   idrok   qilgan,   boshdan   kechirgan   va   bajargan
ishlarimizni   yodda   saqlash,   keyinchalik   ularni   eslash   yoki   xotirlash
jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz
boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin
egallaydi.   Bu   yo’nalish   uning   faoliyatini   hayot   sharoiti   ta'sirida
shakllantiradi. Kishi  o’zining shu faoliyati  uchun muhim bo’lgan voqea,
hodisalarni   yaxshi   eslab   qoladi.   Aksincha,   kishi   uchun   kam   ahamiyatga
ega   bo’lgan   narsalar   yomon   esda   qoldiriladi   va   tezda   unutib   yuboriladi.
Shu   o’rinda   xotira   borasidagi   ta'riflarga   qaytsak,   ko’pgina   adabiyotlarda
xotira   tushunchasi   quyidagicha   ta'riflanadi.   "Indvidning   o’z   tajribasida
esda   olib   qolishi,   esda   saqlashi   va   keyinchalik   uni   yana   esga   tushirishi
xotira   deb   ataladi".   Lekin   mazkur   ta'riflarni   tahlil   qilgan   professor
E.G’.G’oziev  tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi.
"Xotira  atrof-muhitdagi  voqelik (narsa)ni  bevosita va  bilvosita,  ixtiyoriy
va   ixtiyorsiz   ravishda,   passiv   va   faol   holda,   reproduktiv   va   produktiv
tarzda,   verbal   va   noverbal   shaklda,   mantiqiy   va   mexanik   yo’l   bilan   aks
ettiruvchi   esda   olib   qolish,   esda   saqlash,   qayta   esga   tushirish,   unutish
hamda   tanish   hissidan   iborat   psixik   jarayon.   Alohida   va   umumiylik
namoyon   qiluvchi   ijtimoiy   hodisa   barcha   taassurotlarni   ijobiy   qayta
ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir".
Shuni   ta'kidlash   joizki,   keltirilgan   mazkur   ta'rif   xotiraning   murakkab,
keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. 
Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi
xotiraga   aniq   va   kuchli   ta'sir   ko’rsatadi,   ya'ni   yaxshi   esda   olib   qolishni
ta'minlaydi.   Biz   ko’pincha   u   yoki   bu   narsa   va   hodisalarni   yomon   esda
qoldiramiz.   Bu   xotirani   yomonligini   emas,   balki   ularga   qiziqish
yo’qligini   ko’rsatadi.   Masalan,   o’quvchilar   hamma   fanlarni   bir   xil
o’zlashtira   olmaydilar.   Bu   ularning   har   xil   xotiraga   ega   ekanliklar   bilan
emas,   balki   o’qitilayotgan   fanga   qiziqishning   har   xilligi   bilan tushuntiriladi.   Esda   olib   qolishga   kishining   emosional   munosabati   ham
katta   ta'sir   ko’rsatadi.   Kishi   uchun   yaqqol   hayajonli   reaksiya   vujudga
keltiruvchi   narsalar   ongda   chuqur   iz   qoldirib,   puxta   va   uzoq   yodda
saqlanadi.   Biz  bir   narsadan  ta'sirlansak,  o’sha   uzoq  vaqt   esda   saqlanadi.
Samarali   xotira   kishining   iroda   sifatlariga   ham   bog’liqdir.   Kuchsiz,
irodasiz,   ishyoqmas   kishilar   har   doim   yuzaki,   yomon   xotirlaydilar.
Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar
puxta   va   chuqur   eslab   qoladilar.   Samarali   xotira   kishining   umumiy
madaniyatiga,   uning   aqliy   saviyasiga,   bilimiga,   uquviga   fikrlash
qobiliyatiga,   ko’nikmaa   va   odatlariga   ham   bog’liqdir.   Shunday   qilib,
xotiraning   tabiati   va   uning   samaraliligi   shaxsning     xususiyatlari   bilan
bog’liqdir.   Shaxs   o’z   oldiga   qo’yilgan   maqsad   va   vazifalari   asosida
o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. 
Xotira   sohasida   quyidagi   asosiy   jarayonlar:   esda   olib   qolish,   esda
saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar
faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish
hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to’plash bilan
bog’liqdir.   To’plangan   tajribadan   keyingi   faoliyatda   foydalanish   qayta
esga tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qatnashmay
qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. 
Xotiraning nerv-fiziologik asoslari
Esda   olib   qolish   nerv   tizimining   egiluvchan,   ya'ni   o’zgaruvchanlik,
qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati
tufayli   yuzaga   keladi.   Har   qanday   insonning   miyasi   egiluvchanlik
xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining
sifati   miyaning   faolligi   va   turli   faoliyatga   to’g’ridan-to’g’ri   bog’liq
ravishda   rivojlanadi.  Atrofni  o’rab  olgan  borliqni   faol   biluvchi  kishi   o’z
miyasi   faoliyatini   to’xtovsiz   kuchaytiradi.   Shu   bilan   birga   uning
egiluvchanlik   darajasini   oshiradi.   Miya   egiluvchanligi   vaqtincha pasayishi,   xotira   samarasining   susayishi,   ba'zi   paytda   odamning
toliqishiga   sabab   bo’ladi.   Dam   olgandan   keyin   yana   tiklanadi.   Odatda
miya  egiluvchanligi   yosh   o’tishi   bilan   susayadi.   Masalan,   keksa   kishilar
gaplaridan   adashib   ketadi,   ilgari   gapirganlari   esdan   chiqib,   o’sha   gapni
takrorlayveradilar.   Miya   egiluvchanligining   ko’rsatkichi   bosh   miya
po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli
saqlanishi   va   ularning   tez,   oson   jonlantirilishi   hisoblanadi.   Muvaqqat
nerv   aloqalari   assosiasiyalarni   hosil   qiluvchi   fiziologik   mexanizmdir.
Assosiasiya   bizning   xotiramizda   mustahkamlangan   va   ongimizda   qayd
qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni
esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi.
Bu o’rinda akademik  I.P.Pavlovning  quyidagi so’zlari juda xarakterlidir.
"Muvaqqat   nerv   bog’lanishlari   -   deb   yozadi   I.P.   Pavlov   hayvonot
olamida   va   bizning   o’zimizda   ham   bo’ladigan   eng   umumiy   fiziologik
hodisadir.   Shu   bilan   birga   u   psixik   hodisa   hamdir,   turli-tuman   harakat,
taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan
bog’lanishlar-ki,   bu   bog’lanishlarni   psixologlar   assosiasiyalar   deb
ataydilar".
Xotira,   ya'ni   esda   olib   qolish,   idrok   qilinayotgan   narsalardan   hosil
bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir.
Shu   bois   inson   xotirasidagi   assosiasiyalar   3   turga   ajratiladi.   Bular
yondoshlik   assosiasiyasi,   o’xshashlik   assosiasiyasi   va   qarama-
qarshilik   assosiasiyalaridan   iboratdir.   Yondoshlik   assosiasiyasining
asosida   vaqt  va  fazoviy munosabatlar   yotadi. Boshqacha  qilib  aytganda,
yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda
yoki   ketma-ket   idrok   qilishdan   hosil   bo’ladi.  Masalan,   bog’chada   bolasi
har   kuni   o’zining   tarbiyachi   opasi   va   tarbiyalanayotgan   guruhini   idrok
qiladi.   Keyinchalik,   ya'ni   katta   bo’lgandan   so’ng   bog’chasini   eslasa tarbiyachi   opasi   va   aksincha,   tarbiyachi   opasini   eslasa,   bog’cha   guruhi
ko’z o’ngida gavdalanadi.
Hozirgi   paytda   idrok   qilinayotgan   narsa   bilan   ilgari   idrok   qilingan
narsa   o’rtasida   ma'lum   o’xshashlik   bo’lsa,   bu   narsalar   o’rtasida
o’xshashlik   assosiasiyasi   hosil   bo’ladi.   Masalan,   bola   dastavval
bog’chaga   kelgan   paytida   bog’cha   mudirasining   tashqi   ko’rinishi,   ovozi
va   munosabatlarini   o’z   onasiga   o’xshatishi   mumkin.   Keyinchalik   bola
onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda
onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi
obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi. 
Ho   zirgi   idrok   qilinayotgan   narsalar   bilan   ilgari   idrok   qilinayotgan
narsalar   o’rtasida   qarama-qarshi   belgilar   va   xususiyatlar   bo’lsa,   bunday
narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz-
qish,   issiq-sovuq   kabi   narsalar   o’rtasida   qarama-qarshilik   assosiasiyalari
hosil bo’ladi.
Shunday   qilib,   xotiraning   nerv-fiziologik   asosida   bosh   miya   po’stida
hosil   bo’ladigan   shartli   reflekslar,   turli   assosiativ   bog’lanishlar   yotadi.
Lekin,   odam   esda   olib   qolish   paytida   assosiasiyalar   hosil   bo’lganligini
mutlaqo   sezmaydi.   Har   xil   assosiasiyalarning   hosil   bo’lganini   odam
keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi.
Xotiraning   nerv-fiziologik   mexanizmlari   xususida   to’xtalar   ekanmiz,
so’nggi   yillarda   texnikaning   g’oyat   tez   rivojlanishi   natijasida   turli   esda
olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini
ta'kidlash   joiz.   Bu   o’z   navbatida   xotiraning   nerv-fiziologik
mexanizmlarini   psixolog   va   fiziologlardan   tashqari   injenerlar,
bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib
keldi.   Natijada   xotiraning   nerv   fiziologik   mexanizmlarini   tushuntiruvchi
bir   qancha   yangi   nazariyalar   maydonga   keldi.   Ana   shunday
nazariyalardan   eng   muhimi   molekulalarning   o’zgarishi   bilan   bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib
qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir.
O’tkazilgan   tekshirishlarga   ko’ra,   biror   narsa   esda   olib   qolinganda,
asosan   nerv   hujayralarining   (neyronlarning)   dendrit   shoxlari   tarkibida
o’zgarish   yuzaga   keladi.   Ular   qandaydir   boshqacharoq   tuzilishga   kirib
oladilar.   Dendritlar   tuzilishidagi   hosil   bo’lgan   o’zgarish   darrov   o’tib
ketadigan   bo’lmay,   ancha   mustahkam   bo’ladi.   Shu   sababli   esda   olib
qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
Xotira turlari
Xotira   insonning   holati   va   faoliyatining   barcha  sohalarida   qatnashishi
tufayli   uning   namoyon   bo’lish   shakllari,   holatlari,   shart-sharoitlari,
omillari   ham   xilma-xil   ko’rinishga   egadirlar.   Odatda   xotirani   muayyan
turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda
olib   qolish,   esda   saqlash,   esga   tushirish,   unutish   singari   jarayonlarni
amalga   oshiruvchi   faoliyatining   xususiyatlariga   bog’liqligi   olinadi.   Shu
o’rinda   ta'kidlash   joizki,   ayrim   darsliklarda   xotira   turlari   turlicha
klassifikasiya   qilinadi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiy   tahriri   ostida   chiqqan
"Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:
 Faoliyatda   ko’proq   sezilib   turadigan   psixik   faollikning
xususiyatiga qarab:  harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
 Faoliyatning maqsadlariga ko’ra:  ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
 Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga
ko’ra:  qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
M.G.Davletshin   tahriri   ostida   chiqqan   "Umumiy   psixologiya"
o’quv qo’llanmasida quyidagi xotira klassifikasiyasi qayd qilinadi:
 Psixik faolligiga ko’ra:  ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.
 Faoliyat   maqsadiga   ko’ra:   harakat,   emosional,   obraz   va   so’z-
mantiq xotirasi.
 Muddatiga ko’ra:  uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira. E.G’.G’oziev   tahriri   ostida   chiqqan   "Umumiy   psixologiya"   o’quv
qo’llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikasiya qilingan.
1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra: 
a) harakat yoki motor harakat xotirasi; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u
yoki hissiyot xotirasi;
g) so’z-mantiq xotira.
2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan :
a) ixtiyorsiz; b) ixtiyoriy; v) mexanik.
3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:
a) qisqa muddatli xotira; b) uzoq muddatli xotira; v) operativ (tezkor)
xotira.
4. Ruhiy faoliyat qo’zqatuvchisining sifatiga ko’ra:
a) musiqiy;  b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal;  b) kasbiy.
Keltirilgan   xotira   turlarini   umumiy   tarzda   quyidagicha   ifodalash
mumkin:
Psixik aktivlik 
faoliyatiga ko'ra Materialning 
davomiyligiga ko'ra
Faoliyat maqsadiga  
ko'raHarakat
Obraz
Emotsional
So'z ma'no Qisqa muddatli
Uzoq muddatli
Operativ
Ixtiyorsiz IxtiyoriyXotira turlari Harakat xotirasi   - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning
u   yoki   bu   ko’rinishlarini   ustunlik   qilishida   kuzatiladi.   Masalan,   harakat,
hissiyot,   idrok,   aql-zakovat   kabi   ruhiy   faoliyatning   ko’rinishlari
mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda
va   ularning   mahsulotlarida   o’z   ifodasini   topib   harakatlarda,hissiy
kechinmalarda,   tuyg’ularda,   obrazlarda,   timsollarda,   fikr   va
mulohazalarda aks etadi.
Turli harakatlar va ularning bajarilishi  tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi
va   boshqalarni   esda   qoldirish,   mustahamlash,   esga   tushirishdan   iborat
xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning   bosh   qa   turlariga   qaraganda,   harakat   xotirasi   ba'zi
odamlarda aniq ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida
klassik   misolga   aylanib   qolgan   ushbu   holatni   keltirib   o’tish   maqsadga
muvofiqdir:   bir   musiqa   ishqibozi   musiqalarni   xotirasida   mutlaqo   qayta
tiklay   olmas   ekan,   lekin   u   yaqindagina   eshitgan   operani   faqat
pantomimika   tarzidagina   qayta   tiklash   imkoniyatiga   ega   bo’lgan.
Turmushda   shunday   odamlar   uchraydiki,   ular   o’zlarida   harakat
xotirasining   borligini   umuman   payqamaydilar.   Mazkur   xotira   turining
g’oyat   ahamiyati   shundan   iboratki,   u   yurish,   yozish,   ifodali   harakat
malakalari   bilan   bir   qatorda   har   xil   amaliy   mehnat   malakalarini   tarkib
toptirishning   asosini   tashkil   qiladi.   Agar   insonda   harakat   xotirasi
bo’lmaganda edi, o’zini har gal "boshdan boshlab" o’rganar edi. Figurali
uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy
gimnastika   bilan   shug’ullanish   harakat   xotirasini   taqozo   etadi.   Jismoniy
chaqqonlik,   mehnat   mahorati,   "oltin   qo’llar",   ziyrak   ko’zlar,
egiluvchanlik   va   kuzatuvchanlikka   ega   bo’lish   yuksak,   barqaror   harakat
xotirasi mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi. His-tuyg’u   yoki   hissiyot   xotirasi.   Bu   xotira   his-tuyg’ular,   ruhiy
kechinmalar,   hissiyotlar,   ehtiyojlarimiz   va   qiziqishlarimiz   qanday
qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga
nisbatan   munosabatimiz   qay   tarzda   amalga   oshirilayotganligidan   doimo
xabar   berib   turish   imkoniyatiga   ega.   Shuning   uchun   har   bir   kishining
hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi   narsa   va   hodisalardan,   o’z-o’zimizga   bo’lgan
munosabatlarimizdan   kelib   chiqadigan   yoqimli   hamda   yoqimsiz
kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira
turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda
saqlanib   qolgan   hissiyotlar   harakatga   undovchi   va   o’tmishda   salbiy
kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida
namoyon bo’ladi.
Hissiy   xotira   o’zining   vujudga   kelish   xususiyati,   tezligi,   dinamikasi,
davomiyligi   bilan   xotiraning   boshqa   turlaridan   ma'lum   ma'noda   ajralib
turadi.   har   bir   odamga   o’z   turmush   tajribasidan   ma'lumki,   ko’pincha,
qachonlardir   o’qigan   kitoblar,   tomosha   qilgan   kinofilmlar   faqat
"taassurotlar",   bog’lanishlar   zanjirini   yechishning   dastlabki   tuguni
sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat
kasb   etib,   umumiylik   alohida   olingan   odamlar   kayfiyatlari   bir-birlariga
o’xshashligi,   iliq   ruhiy   muhitni   vujudga   keltirish   yoki   noxush
kechinmalar   to’lqinini   barpo   etish   ehtimoli   to’g’risida   mulohaza
yuritilayotgan   alomati   ostida   ijtimoiy   guruhiy,   jamoaviy,   barqaror   va
beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.
Obrazli   xotira   -   tasavvurlar   va   turmush   manzaralari,   shuning   bilan
birga,   tovushlar,   ta'mlar,   ranglar   shakllar,   bilan   bog’liq   bo’lgan   xotira
turidir.   Obraz   xotirasi   deb   yaqqol   mazmunni,   binobarin,   narsa,
hodisalarning   aniq   obrazlarini,   ularning   xususiyatlari   va   bog’lanishlarini esda   qoldirish,   ongda   mustahkamlash   hamda   zaruriyat   tug’ilganida   esga
tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. 
So’z-mantiq   xotirasi   mazmunini   fikr   va   mulohazalar,   aniq   hukm
hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil
shakllar   yordamida   ifodalanganligi   tufayli   ularni   ifodalash   faqat
o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma'nosini  izohlash, talqin qilib
berish   yoki   ularni   so’zma-so’z   ifodalanishini   aynan   aytib   berishga
qaratilgan   bo’lishi   mumkin.   Agar   ma'lumot,   axborot,   xabar,   material
ma'no   jihatidan   qayta   ishlanmasa,   u   holda   materialni   so’zma-so’z
o’zlashtirish,   mantiqiy   o’rganish   bo’lmasdan,   balki   aksincha   mexanik
esda olib qolishga aylanib qoladi.
So’z-mantiq   xotirasining   vujudga   kelishida   birinchi   signal   bilan   bir
qatorda   ikkinchi   signallar   tizimi  asosiy   hisoblanadi.  Chunki  so’z   mantiq
xotirasi faqat insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib,
bu   xotira   turi   o’zining   sodda   shakllari   bilan   hayvonlarga   ham   taalluqli
bo’lgan   harakat,   his-tuyg’u   va   obrazli   xotiralardan   sifat,   ham   miqdor
jihatdan   keskin   farq   qiladi.   Ana   shu   boisdan   so’z-mantiq   xotirasi   bir
tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan
ularga   nisbatan   yetakchilik   qiladi.   Shu   bilan   birga,   boshqa   turlarning
rivojlanishi   so’z   mantiq   xotirasining   takomillashuviga   uzviy   bog’liqdir.
So’z-mantiq   xotirasining   o’sishi   qolgan   xotira   turlarining
barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira   turlariga   nisbatan   boshqacha   tarzda   yondashish   hollari   ham
uchraydi.   Shu   bois   xotira   faoliyatini   amalga   oshirayotgan   faollik
xususiyatlari   bilan   uzviy   bog’liq   ravishda   turlarga   ajratiladi.   Masalan,
faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi. 
Ixtiyoriy  xotira   deganda   ma'lum   maqsadni   ro’yobga   chiqarish   uchun
muayyan   davrlarda   aqliy   harakatlarga   suyangan   holda   amalga
oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita   boshqaradi.   Ko’pincha   psixologiya   fanida   ixtiyoriy   xotiraga
ixtiyorsiz   esda   olib   qolish   qarshi   qo’yiladi.   Bu   jarayon   ma'lum   kerakli
topshiriq   yoki   vazifa   qo’yilsa,   esda   olib   qolishga   etaklovchi   faoliyat
biron-bir   maqsadni   ro’yobga   chiqarishga   yo’naltirilgan   taqdirda   yuzaga
keladi.   Biz   matematik   topshiriqlarini   yechayotganimizda   masaladagi
sonlarni   esda   olib   qolishni   o’z   oldimizga   maqsad   qilib   qo’ymaymiz.
Mazkur   so’z   mantiq   xotirada   asosiy   maqsad   faqat   masala   yechishga
qaratiladi.   Buning   natijasida   sonlarni   esda   saqlashga,   hech   qanday   o’rin
ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat bo’lsa-da, esda
saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Xotiraning   ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   turlari   xotira   taraqqiyotining   ikkita
ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi.  Ixtiyorsiz xotiraning  turmushda va
faoliyatda katta o’rin egallashini  har  kim o’z shaxsiy  tajribasidan  biladi.
Ixtiyorsiz   xotiraning   muhim   xususiyatlaridan   biri   ma'lum   maqsadsiz
aqliy,   asabiy,   irodaviy   zo’r   berishsiz   hayotiy   ahamiyatga   ega   bo’lgan
keng   ko’lamdagi   ma'lumot,   xabar,   axborot,   ta'surotlarning   ko’pchilik
qismini   aks   ettirishdir.   Shunga   qaramasdan   inson   faoliyatining   turli
jabhalarida   o’z   xotirasini   boshqarish   zarurati   tug’ilib   qolishi   mumkin.
Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga
tushirish   yoki   eslash   imkoniyatini   yaratadigan   xotiraning   mazkur   turi
katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
So’nggi   paytlarda   rus   va   xorij   psixologiyasida   xotira   borasidagi
tadqiqotchilarning   e'tiborini   esda   olib   qolishning  dastlabki,   boshlang’ich
daqiqalarida   vujudga   keladigan   holatlar,   jumladan   tashqi   taassurot
izlarining   mustahkamlanishigacha   bo’lgan   jarayonlar,   holatlar,
mexanizmlar,   shuningdek,   ularning   mustahkamlanish   muddatlarini   ham
o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Masalan,   biror   material   xotirada   mustahkam   joy   olish   uchun   uni
sub'ekt   tomonidan   tegishli   ravishda   qayta   ishlab   chiqish   zarur   va materialni   bunday   ishlab   chiqish   uchun   ma'lum   darajada   muddat   talab
etish   tabiiydir.   Ana   shu   muddat   xotirada   qayta   tiklanilayotgan   izlarni
mustahkamlash   deb   qabul   qilingan.   Mazkur   jarayon   inson   tomonidan
yaqindagina bo’lib o’tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va
takomillashadi.   Inson   muayyan   daqiqalarda,   lahzalarda,   ayni   paytda
bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go’yo ko’rishda, eshitishda davom
etayotgandek   tuyuladi.   Ushbu   jarayon   kelib   chiqishi   jihatidan   beqaror,
hatto   o’zgaruvchan,   lekin   ular   shu   qadar   maxsus   tajriba   orttirish
mexanizmlarining   faoliyatida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   boisdan
ularning   roli   shu   qadar   ahamiyatli-ki,   bu   jarayonlarda   esda   olib   qolish,
esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning
alohida   turi   sifatida   qaraladi.   Ushbu   jarayon   odatda   psixologiya   fanida
qisqa muddatli xotira  deb ataladi.
Juda   ko’p   qaytarishlar   va   qayta   tiklashlar   natijasida   materialni   uzoq
muddat davomida esda saqlanib qolishi xarakterli bo’lgan uzoq muddatli
xotiradan  farq qilgan holda, qisqa  muddatli  xotira bir  marta hamda juda
qisqa   vaqt   oraliqida   idrok   qilish   va   shu   ondayoq   qayta   tiklashdan   so’ng
qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Hozir   ilmiy   adabiyotlarda   qisqa   muddatli   xotirani   quyidagi   atamalar
bilan   nomlash   uchraydi:   "bir   lahzalik",   "dastlabki",   "qisqa   muddatli"   va
boshqalar.
Operativ xotira   inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol
tezkor   harakatlar,   usullar   uchun   xizmat   qiluvchi   jarayonni   anglatuvchi
mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida
ushbu   holatni   namoyon   qilish   uchun   quyidagi   misol   keltiriladi.
Matematik   amalni   bajarishga   kirishar   ekanmiz,   biz   uni   muayyan
bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan oraliq
natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim
materiallar esdan chiqa boshlaydi. Mazkur   holat   matnni   talaba   yoki   o’quvchi   tomonidan   o’qishda,   uni
ko’chirib   yozishda,   ijodiy   fikr   yuritishda,   aqliy   faoliyatni   amalga
oshirishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Xotira jarayonlari
Xotira   faoliyati   esda   qoldirishdan   boshlanadi.   Esda   qoldirish   idrok
qilingan   narsa   va   hodisalarni   miya   po’stida   iz   hosil   qilishdir.   Uning
fiziologik   asosi   miya   po’stida   muvaqqat   nerv   bog’lanishining   vujudga
kelishidir. Esda qoldirish o’zining faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz   esda   qoldirishda   oldindan   maqsad   quyilmaydi,   mavzu
tanlanmaydi   va   iroda   kuchi   sarflanmaydi.   O’zining   go’zalligi,   hissiy
ta'sirchanligi,   hajmi,   harakatchanligi,   tezligi,   shakli   va   boshqa   xossalari
bilan   farq   qiladigan   narsa   va   hodisalar   ixtiyorsiz   esda   qoladi.   Masalan,
tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy   esda   qoldirishda   esa   oldindan   maqsad   qo’yib   mavzu
belgilanadi.   Masalan,   dars   materiallarini   esda   olib   qolish,   imtihonga
tayyorlanish   va   boshqalar.   Ixtiyoriy   esda   qoldirishda   quyidagi   turli
usullardan foydalaniladi:
 maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
 o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish; 
 esda   qoldirishning   rasional   usullaridan   foydalanish,   masalan,   esga
tushirish yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor   esda   qoldirishda   qiziqish   katta   rol   o’ynaydi.   Bizning
oldingi   tajribamiz   bilan   bog’liq   narsa   va   hodisalar   beixtiyor   oson   esda
qoladi. Biz ba'zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa,
shu faktlarga tegishli bo’lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish   inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib,
undan   ortiqcha   harakat   talab   qilmagan   holda   hayotiy   tajribalarni kengaytiradi   va   boyitadi.   Biroq   ixtiyorsiz   esda   qoldirish   tez   bo’lsa   ham
ko’pincha   noaniq   bo’ladi,   bunday   esda   olib   qolingan   narsa   va   hodisalar
keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish   ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan
materialni   esda   qoldirishdir.   Kishi   ixtiyoriy   esda   qoldirish   uchun   esda
saqlashning   maxsus   usullarini   saqlagan   holda   materialni   puxta   esda
qoldirish uchun o’zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda
saqlanishni ma'noli esda saqlash bilan qo’llanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
o Ma'lumot,   xabar,   taassurot,   axborot   va   materiallarni   eshitish   orqali
idrok qilish hamda esda olib qolish. 
o Egallash   yoki   o’zlashtirish   zarur   bo’lgan   materiallarni   ko’rib   idrok
qilish yordamida esda olib qolish. 
o Materiallarni   harakat   yordamida   va   eshitish   orqali   idrok   qilish
hamda esda olib qolish.
o Aralash   holatda   esda   olib   qolish,   eshitish,   ko’rish,   harakat   kabilar
orqali   idrok   qilish   va   esda   olib   qolish   yoki   bir   nechta   ta'sir   etuvchilar
yordamida aks ettirish.
Mana   shu   yo’llar   orqali   eshitish,   ko’rish,   eshitish   harakat,
kombinotorlashtirilgan   (aralash)   turlari   yordamida   xotiraning   qaysi   turi
ustunroq yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda   olib   qolishda   assosiasiyalarning   ahamiyati   muhimdir.   Buning
uchun esda olib qolish jarayonining bog’lanishlari paydo bo’lish sur'atini
aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi: 
 Sabab oqibat bog’lanish.
 Bo’lak va yaxlit munosabati.
 Qarama-qarshilik munosabati.
 Inkor etish holati.
 Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi. Esda   olib   qolish   inson   faoliyatining   xususiyatiga   bevosita   bog’liqdir.
A.A.Smirnov,   P.I.Zinchenko   tajribalari   shuni   ko’rsatadiki,   esda   olib
qolish   u   yoki   bu   faoliyatdagina   samarali   bo’lishi   mumkin.
A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat
taklif qilinsa, birinchi holda ular ma'noli matnni esda olib qolish nazarda
tutiladi.   Sinaluvchilar   matnni   yodlar   ekanlar,   materiallar   ustida   hech
qanday   faol   ish   olib   bormaganlar.   Ikkinchi   holda   esa   esda   olib   qolish
vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda
uchraydigan   ma'noviy   xatolarni   aniqlash   taklif   etiladi.   Ikkinchi   holda
esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan.
Maxsus   vositalar   va   oqilona   usullarni   qo’llash   orqali   esda   olib   qolish
sohasidagi   yondashishdan   iborat   tashkiliy   faoliyat   alohida   ahamiyatga
ega.   A.A.Smirnov   o’tkazgan   tajribasida   shuni   ko’rsatadiki,   matnni
maxsus   tuzib   chiqilgan   rejaga   asoslangan   holda   yodlash   rejasi,   pala-
partish   esda   olib   qolishdan   ikki   barobar   samaraliroq   ekan,   psixolog
olimlarning   tavsiyasiga   binoan   yodlash   jarayonida   materialni   takrorlash
bilan   uni   faol   esga   tushirishni   o’zaro   almashtirib   turish   yuqori   natijalar
beradi.   Kuzatishlar   va   tajribalar   shuni   ko’rsatadiki,   o’quvchilar   va
talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni
muallimning   rahbarligida   egallashadi.   Aks   holda   o’quv   faoliyati
ishtirokchilari   materialni   bevosita   ixtiyorsiz   esda   olib   qolish   bos?ichida
qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o’sishga qarama-qarshidir.
Shu   narsani   alohida   ta'kidlab   o’tish   kerakki,   o’quv   materiallarining
ma'nosiga tushunib esda olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’lib qolmasdan,
balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan
keskin darajada ajralib turadi.
Esda   olib   qolish   jarayoni   deganda   sezgi,   idrok,   tafakkur,   ichki
kechinmalarni   xotirada   saqlanish   xususiyati   tushuniladi.   Kundalik
hayotimizda   kitob,   jurnal,   gazeta   o’qiyotganimizda   materialni   esda   olib qolish   uchun   shu   materialning   ma'nosiga   tushunib   olishga   harakat
qilamiz.   Jamiki   narsa   insonga   yetarli   darajada   tushunarli   bo’lmasa,   u
taqdirda   ularni   esda   olib   qolish   jarayoni   juda   qiyin   kechadi.
O’rganilayotgan   materialning   mazmuni   va   ma'nosiga   tushunib   olish
uchun   odam   uni   tahlil   qilishga,   umumlashtirishga   harakat   qiladi.
A.A.Smirnov   ta'kidlaganidek,   materialni   o’zlashtirib   olish   xuddi   shu
jarayonga   yaqqol   misoldir.   Mualliflarning   shaxsiy   fikriga   ko’ra
o’zlashtirayotgan   materiallarni   esda   olib   qolish   qiyinligi   sababli   ularni
tushuna   olmaslikdir.   Tushunib   olishning   esda   olib   holishdagi   ahamiyati
xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon   psixologiya   fani   to’plagan   ma'lumotlarga   qaraganda
o’zlashtirilayotgan   materialni   mexanik   tarzda   egallashga   nisbatan   uning
ma'nosini tushunib o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda   olib   qolish   jarayonida   o’zlashtirilayotgan   materialning   ma'noga
ega   bo’lishi   yoki   bo’lmasligi   muhimdir.   Assosiativ   psixologiya
maktabining vakili, taniqli psixolog   G.Ebbingauz   jahon psixologiyasida
birinchi bo’lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda
intellektni   ilmiy   tajriba   metodi   negizida   tekshirdi   va   keng   ko’lamda
turmushga   tatbiq   etdi.   U   xotira   jarayonini   tajriba   orqali   tekshirishning
asosiy   yo’nalishini   ishlab   chiqdi.   Xotirani   "sof"   ko’rinishda   o’rganishga
harakat qilib ma'no kasb etmaydigan bo’g’inlardan foydalandi. Uning bu
tadqiqoti   kishining   mantiqiy   xotirasi   emas,   balki   mexanik   xotirasiga
nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir.
G.Ebbingauzning   bu   tadqiqoti   psixologiyada   introspektiv   (o’z-o’zini
kuzatish   yoki   ichki   kuzatish)   metodiga   qarama-qarshi   qo’yilgan   ilmiy
tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira
jarayonini   tekshirishda   o’z   oldiga   38   ta   ma'no   anglatmaydigan
bo’g’inlardan   tuzilgan   materialni   esda   olib   qolishni   maqsad   qilib
qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish o’rtacha 55 marta takrorlashni  talab qiladi.   Esda   olib   qolish   uchun   38-40   so’zdan,   11   ta   so’z   o’zaro   bog’liq
bo’lmagan   so’zlardan   foydalangan.   Bu   materialni   o’zlashtirish   6-7
marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to’g’ri
keladi.
Rus   psixologlari   tadqiqotlarining   natijalari   ma'noga   ega   bo’lgan
materialni   o’zlashtirishda   esda   olib   qolish   uchun   turli   xil   yo’nalish,
ko’rsatma   berish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi,   degan   fikrni   tasdiqlaydi.
A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn , P.A.Ribnikov va boshqalar  bolalarning
xotira   faoliyatini   o’rganganlar.   Shuningdek,   ular   o’qish   faoliyatiga
asoslangan   holda   maktab   o’quvchilarida   tekshirish   ishlarini   olib
borganlar.
I.P.Zinchenko,   M.N.Shardakov,   A.I.Lipkinalar   tadqiqot   ishlarining
aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda
tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni
esda   olib   qolishga   to’g’ri   yo’nalish   berilishining   natijasida   material
mazmunini   tushunib   olgan   hamda   esda   olib   qolish   tezligi,   aniqligi,
mustahkamligi va to’liqligi ta'minlanadi.
A.A.Smirnovning   ta'kidlashicha,   shu   davrgacha   hech   kim   hech   bir
ilmiy   adabiyotlarda   bolalarga   va   quyi   sinf   o’quvchilariga   ahamiyatli
bo’lgan materialni mexanik tarzda esda  olib qolishlari ko’rsatilmagan.
Nemis  psixologi   Vilyam  Shtern   (1871-1938)   fikricha,  bolalarda  ham
katta   yoshdagi   odamlarda   ham   ma'nosiga   tushunib   o’zlashtirishga
nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham
to’g’ri, Meymon fikriga ko’ra, inson ulg’ayishi bilan ma'nosiz materialni
esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma'noga ega
bo’lgan   bilimlarni   esda   olib   qolishi   esa   sezilarli   darajada   rivojlanib
boradi.   Shunga   o’xshash   omillar   boshqa   psixologlar   tomonidan   ham
to’plangan   bo’lib,   bu   haqda   boy   materiallar   umumiy   psixologiya
xrestomatiyalarida o’z aksini topgan. A.A.Smirnov   ma'no   anglatmaydigan   bo’g’inlarda   va   ma'no   kasb
etuvchi   so’zlardan   tuzilgan   material   asosida   tekshirish   o’tkazgan.   Katta
va   kichik   yoshdagi   ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   esda   olib   qolishni   alohida
tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni
esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo’yilgan.
Ma'no   kasb   etgan   materialni   esda   olib   qolish   yosh   bolalarga   nisbatan
kattalarda   ustunligi   lekin,   ma'nosiz   materialni   esda   olib   qolish   kichik
yoshdagi   bolalarga   qaraganda   kam   samara   bermasligi   aniqlangan.
Ma'nosiz   bo’g’inlar   nafaqat   kichik   yoshdagi   bolalarda,   balki   katta
yoshdagilarda ham yaxshi o’zlashtiriladi.
A.N.Leontev   tadqiqot   ishlarida   katta   yoshdagilarning   ma'nosiz
bo’g’inlardan   tuzilgan   materialni   yaxshi,   puxta   esda   saqlab   qolishi
ta'kidlangan. Katta yoshdagilar ma'nosiz bo’g’inlarni qandaydir mazmun
bilan   tez   va   oson   bog’lay   oladilar.   Shuning   uchun   ularda   bolalarga
nisbatan kuchliroq ma'no kasb etadi. Shuningdek, ma'no anglatmaydigan
materialni   o’zlashtirish   jarayoni   tez   ko’chadi,   mahsuldorroq   bo’ladi.
Ma'nosiz   materiallarni   egallash   uchun   iroda   kuchi,   irodaviy   sifatlar
muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yo’nalish berilmay, materialni yaxshi
olib   qolinishi   kishining   jadal   faoliyati   bilan   bog’liq.   Ixtiyorsiz   esda   olib
qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov
ma'noli   materialni   esda   olib   qolishning   bolalar   uchun   yengil   ko’chishi
ularning   yosh   xususiyatlariga   bog’liq   narsa   emasligini   ta'kidlab   o’tadi.
Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go’yo ma'nosi yashirinib
yotgandek qabul qiladilar. Matn ma'nosining noma'lumligi unga nisbatan
qiziqish,   bilishga   intilish   mazmunini   izlashga   talabchanlikni   uyg’otadi.
Odatda   ma'nosiz   so’zlarni   laboratoriya   sharoitiga   qaraganda   kundalik
turmushda puxtaroq eslab qolinadi. Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan:  1)  materialni esda
olib   qolish   darajasi   yosh   davrlari   xususiyatiga   ega   emas,   balki   uning
yakkahol   shaxsiy   xususiyatlariga   bog’liqdir;   2)   mexanik   esda   olib
qolishning   odat   tusiga   kirib   qolishi   ham   yosh   davrlarining   xususiyati
emasdir;   3)   so’zlarni   esda   olib   qolish,   mexanik   esda   olib   qolishning
biron-bir xususiyatidir. 
Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda   idrok   qilingan   narsalar,   his-tuyg’u,   fikr   va   ish-
harakatlarning   ongimizda   qaytadan   tiklanishi   esga   tushirish   deyiladi.
Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil
bo’lgan nerv bog’lanishlarning qo’zg’alishidir. Esga tushirishning  tanish,
eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va
ixtiyoriy turlari  mavjud.
Tanish   ilgari   idrok   qilingan   narsa   va   hodisalarni   takror   idrok   qilish
natijasida   u   yoki   bu   hodisani   esga   tushirishdir.   Tanish   aniq   va   noaniq
bo’lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his
qilamiz,   xolos.   Masalan,   bir   odam   ko’zimizga   issiq   ko’rinadi,   lekin   uni
qaerda   ko’rganimizni   eslay   olmaymiz.   To’liq,   aniq   tanishda   esa   idrok
qilinayotgan narsaning nomi  katta rol  o’ynaydi. Masalan,  biz bir  kishini
ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov
kim ekanligini bilamiz.
Eslash   narsa   va   hodisalarni,   uni   ayni   paytda   idrok   qilmay   esga
tushirishdir.   Masalan,   bo’lib   o’tgan   voqea   va   hodisalarni,   bilib   olgan
ishlarimizni   bemalol   esga   tushirishimiz   mumkin.   Eslash   ham   aniq   va
noaniq bo’ladi. Masalan, biz she'rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda
va qachon o’qiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan
boshlanadi.   Masalan,   imtihonga   kirganda   biletni   ko’rib,   uning   savolini
o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol o’ynar ekan.
Bevosita   esga   tushirish   materialni   idrok   qilish   ketidanoq   esga tushirishdan   iborat.   Masalan,   she'rni   yod   olganimizda   bir   necha   satrni
o’qigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz.
Bir   karra   ko’zdan   kechirilgan   materialni   bevosita   esga   tushirilgan
miqdoriga qarab, xotiraning ko’lami aniqlanadi.
Materialning   ko’p   qismini   bevosita   esga   tushira   oladigan   kishining
xotira   ko’lami   keng   hisoblanadi.   Masalan,   artistlarda   so’z   va   iboralarni
esda tutib qolish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini
yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng
bo’ladi.
Vaqt   o’tkazib   esga   tushirish   esda   olib   qolingan   narsani   oradan   bir
qancha   vaqt   o’tkazib   esga   tushirishdirki,   bunda   shu   orada   ongimizda
boshqa jarayonlar o’tgandek bo’ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va
hodisalarni shu tariqa eslaymiz.
Idrok   qilingan   narsalar   miyamizda   o’rnashib   qolishi,   esimizda   turishi
tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Esda   saqlash   deganda   ilgari   tug’ilgan   taassurot,   fikr,   his-tuyg’u   va
ish-harakatlarning   takrorlanishiga   moyillik   paydo   qilishi   va
mustahkamlanishi   tushuniladi.   Bunga   sabab   asab   tizimining
egiluvchanligidir.   Shuning   uchun   asab   tizimi   ilgari   bo’lib   o’tgan
taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay
sharoit   bo’lsagina   esga   tushadi.   Bunday   sharoit   bo’lmaganda   zarur
materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday   qilib,   esga   tushirishda   ana   shu   tariqa   qiynalib   qolib,   zarur
bo’lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi   reminissensiya
hodisasi  (xira esga  keltirish)  deyiladi. Bu  hodisaning sababi  shuki,  uzoq
vaqt   bir   ish   bilan   mashg’ul   bo’lganda   miya   charchashi   yuz   beradi.
Charchash   haddan   tashqari   oshishi   natijasida   nerv   xujayralarida
tormozlanish   yuz   beradi.   Materialni   esda   qoldirilgandan   keyin   12   soat ichida esga tushirilsa, materialning ko’p qismi unutiladi. Materialni o’qib
o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir
necha   vaqt   o’tgandan   keyin   uni   to’la   xotirlay   olishlikning   sababi
materialni o’qib, o’rganib olishda ro’y beradigan charchashdir.
Materialni eslash uchun bo’lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish
yuzaga   keladi,   bu   esa   materialni   qayta   esga   tushirishdagi   qiyinchilikni
kuchaytirib   yuborishi   mumkin.   Vaqt   o’tishi   bilan   ishga   chalqib   ketgan
insonlarda   tormozlanish   tarqab   ketadi.   Shunda   esga   tushirish   lozim
bo’lgan   narsa   xotiraga   kiradi.   Materialni   mustahkamlashga   bo’lgan
qiziqishning   bo’lishi   materialni   uzoqroq   esda   saqlashga   olib   keladi.
Unutish   vaqtga   bog’liq   bo’ladi.   Bu   G.Ebbingauz   tomonidan   aniqlangan
bo’lib,   unutish   materialni   yod   olingandan   keyin   darhol   ayniqsa   tez   ro’y
beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan.
To’plangan   natijalarning   ko’rsatishicha,   materialni   yod   olgandan   so’ng
unutish   sur'ati   tez   keyinchalik   esa   u   birmuncha   sekinlashadi.   Bu
qonuniyat   ma'nosiz   ayrim   bo’g’inlarni   unutish   ustida   olib   borilgan
ishlarida   tasdiqlangan.   Tajribalarning   ko’rsatishiga   qaraganda,
o’rganilgan   narsalar   bir   soatdan   keyin   unutiladi.   Materialni   o’zlashtirish
jarayoni   maboynida   xotirlash   natijasida   unutish   sekinlashib   boradi.
Muvaqqat   asab   bog’lanishlari   susayishi   natijasida   qachonlardir   sodir
bo’lgan   narsa   va   hodisalarning   o’zaro   aloqalari   xotirada   asta-sekin
yo’qolib   boradi.   Vaqtning   o’tishi   bilan   birmuncha   unutilib   ketilayotgan
vaqtli     bog’lanishlarni,   ya'ni   assosiasiyalarni   qaytadan   tiklash   jarayoni
kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi. G.Ebbingauzning   izdoshlari
va   shogirdlari   tomonidan   o’tkazilgan   juda   ko’p   tadqiqotlarning
ko’rsatishicha,   unutish   sur'ati   materialning   ma'noli   yoki   ma'nosizligiga,
uning   qanchalik   anglanilganligiga   bog’liqdir.   Material   qanchalik
mazmundor   anglanilgan   tushunib   olingan   bo’lsa,   u   holda   unutish   ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish
avval   tez   sur'atda   bo’lib,   keyinchalik   esa   u   sekinlashadi.   Biron-bir
materialni   o’zlashtirish   yoki   esda   olib   qolish   insonning   ehtiyojlari,
qiziqishi,   faoliyatning   maqsadi   bilan   bog’liq   bo’lsa,   bu   material   sekin
unutiladi.
Unutishning   tezligi   esda   olib   qolingan   materialning   mustahkamligiga
teskari   proporsional   xususiyat   kasb   etadi.   Demak,   esda   olib   qolishning
mustahkamligiga   o’zlashtirilayotgan   materialning   ma'noga   ega   yoki   ega
emasligiga   bog’liqlikdan   tashqari   yana   bir   nechta   omillar   o’z   ta'sirini
ko’rsatadi   va   uning   faoliyat   mazmuniga   aylanishiga   ham   bog’liq.
Shuningdek,   ular   shaxsning   shaxsiy,   individual   xususiyatlariga   ham
bevosita bog’liqdir.
Xotiradagi individual farqlar
Xotira   jarayonlaridagi   individual   farqlar   esda   qoldirishning   tezligida,
aniqligida,   mustahkamligida   va   qayta   esga   tushirishga   tayyorligida
ifodalanadi.   Bu   farqlar   malum   darajada   nerv   faoliyati   tiplarining
xususiyatlari bilan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi va
harakatchanligi bilan bog’liqdir. Individual farqlar yana shunday hollarda
namoyon   bo’ladiki,   ba'zi   odamlar   obrazli   materiallarni,   rang,   tasvir,
narsa, tovushlarni samarali va mustahkam esda olib qoladilar.
Boshqa bir odamlar so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa
odamlarda   esa   malum   bir   materialni   esda   olib   qolishda   yaqqol   ustunlik
sezilmaydi.   Shunga   muvofiq   psixologiyada   xotiraning   quyidagi   tiplari
farqlanadi:   ko’rgazmali   obrazli   xotira,   so’z   mantiqiy   xotira   va   oraliq
tipdagi   xotira.   Masalan,   ko’rgazmali   obrazli   xotira   tipi   ko’proq
rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyotchi olimlarda uchraydi. Bundan
tashqari   xotirlash   va   esda   qoldirish   jarayonlarida   analizatorlarning
qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:
a) ko’rish; b) eshitish; v) harakat; g) aralash xotira. Bir  xil  kishilar  ko’rish orqali, ikkinchi  xillari  eshitish  orqali, uchinchi
xillari   harakat   yordamida,   to’rtinchi   xillari   esda   qoldirishning   birga
qo’shilgan usulida yaxshi esda qoldiradilar. 
Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan. 
Xotiraning   individual   farqlari   kishi   faoliyatining   xususiyatiga
bog’liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi
tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib, sekin unutish;
2) tez esda qoldirib, tez unutish;
3) sekin esda qoldirib, sekin unutish;
4) sekin esda qoldirib, tez unutish.
Xotira tasavvurlari
Ilgari   idrok   qilingan   narsa   va   hodisalar   obrazlarining   ongimizda
qaytadan gavdalanishiga  xotira tasavvurlari  deyiladi.
Esda   olib   qolish   va   qayta   esga   tushirish   tasavvur   obrazlari   orqali
amalga   oshiriladi.   Xotira   va   xayol   tasavvurlari   bir-biridan   farq   qiladi.
Xotira   tasavvurlari   ilgari   idrok   qilingan,   ammo   hozir   ko’z   o’ngimizda
bo’lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishdan iborat. 
Masalan, yoshlik vaqtimizdagi hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta
tiklashimiz   xotira   tasavvurlari   bo’ladi.   Xayoliy   tasavvur   xotira
tasavvuriga   qaraganda   murakkab   bo’lib,   ongimizdagi   bilimlar
tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan
narsalarning   obrazlarini   yaratishdan   iboratdir.   Xayoliy   tasavvur   ijod
qilish bilan bog’liq.
Masalan :   ertaklar,   romanlar   umuman   biror   asarni   o’qiyotganimizda
undagi   qahramonlarning   ko’z   o’ngimizda   gavdalanishi   xayoliy
tasavvurdir.  Tasavvurlar   paydo   qilishda   so’zning   ahamiyati   katta.   So’z   bilan
nomlash tegishli obrazning yaratilishiga yordam beradi. Masalan, "ildiz",
"o’t"   so’zlarini  to’rt  kishiga   berib,  qanday  tasavvur  qilishlarini   so’rasak,
ularning   tasavvurlari   bir-biridan   farq   qilishini   ko’ramiz,   chunki,   har   bir
kishi   tajribasiga   ko’ra,   kasbiga   ko’ra   tushunadi.   Masalan,   matematik
ildizni   sonning   ildizi   deb,   botanik   o’simlik   qismini,   uning   ildizini,   tish
doktori   esa   tish   ildizini   tushunadi.   Tasavvur   qilishning   fiziologik   asosi
shartli   reflekslarning   hosil   bo’lishi,   bosh   miya   po’stida   paydo   bo’lgan
izlarning jonlanishidir.
Tasavvur  birorta turtki  tasirida jonlanadi, masalan,  biror  odam  haqida
tasavvurlarning   tug’ilishi   uchun   birorta   so’z   yoki   hodisa   turtki   bo’ladi.
Asosan, maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash
orqali tasavvurlar tug’iladi. 
Di qq at  h a q ida  ma’lumotlar
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar
ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning
hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol
aks   ettirilsa,   boshqa   birlari   shunchaki   juda   xira   aks   ettiriladi,   yoki
umuman   aks   ettirilmaydi.   Bu   esa   ana   shu   odamga   ta'sir   etayotgan
narsalarga   diqqatning   qay   darajada   qaratilishiga   bog’liqdir.   Demak,
diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi. 
Diqqat   tushunchasiga   olimlar   tomonidan   bir   qator   ta'riflar
keltirilganligini   ta'idlash   mumkin.   P.I.Ivanov   tomonidan   diqqat   deb-
ongni   bir   nuqtaga   to’plab   muayyan   bir   ob'ektga   aktiv   qaratilishga
aytiladi.     F.N.Dobrinin,   N.V.Kuzmina,   I.V.Straxov,   M.V.Gamezo,
N.F.Gonobolin   va   boshqalarning   fikricha,   diqqatning   vujudga   kelishi
ongning   bir   nuqtaga   to’planishi   ong   doirasining   torayishini   bildiradi,
guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi. E.B.Pirogovaning  ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy,
aqliy   yoki   harakatlantiruvchi   faolligi   darajasining   oshirilishini   taqazo
etadigan   tarzda   ongning   yo’naltirilganligi   va   biror   narsaga
qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha
faoliyatlarida   albatta   ishtirok   qiladi.   Eng   sodda   faoliyatdan   tortib   eng
murakkab   faoliyatni   ham   diqqatning   ishtirokisiz   bajarish   mutlaqo
mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya
kattadir.  Jumladan,  fransuz   olimi   Kyuve  geniallikni   chidamli  diqqat   deb
ta'riflashi,   Nyutonning   kashfiyot   fikrni   doimo   shu   masalaga   qaratilish
jarayoni,   deyishi,   K.D.Ushinskiyning "diqqat   ruhiy   hayotimizning
shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning  barchasi
shu   eshik   orqali   o’tib   kiradi"   degan   fikrlari   uning   ahamiyatini   bildiradi.
haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib
bormaydi.
Diqqat   psixik   faoliyatning   yo’naltirilishi   va   shaxs   uchun   ma'lum
ahamiyatga   ega   bo’lgan   ob'ekt   ustida   to’planishidan   iborat   bilish
jarayonidir.   Yo’naltirish   deganda   psixik   faoliyatning   tanlovchanlik
tabiati,   ob'ektni   ixtiyoriy   va   beixtiyoriy   tanlash   tushuniladi.   O’quvchi
maktabda   o’qituvchi   gapirayotgan   gaplarni   eshitib   o’tirganda   mana   shu
eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli
ravishda   qo’zg’algan   shu   maqsadga   bo’ysundirilgan   bo’ladi.
O’quvchining   biror   boshqa   narsaga   chalg’imasdan   o’quv   materialining
mazmuniga   zehn   qo’yib   o’tirishida   uning   psixik   faoliyatining   yo’nalishi
ifodalanadi. 
Psixik   faoliyatning   yo’naltirilishi   deganda   ana   shu   tanlashgina
tushunilib   qolmay,   balki   ana   shu   tanlanganni   saqlash   va   qo’llab-
quvvatlash   tushuniladi.   Diqqatning   bilish   jarayoni   uchun   ahamiyatini
alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda,
xotira,   xayol   va   tafakkur   jarayonlarida   har   doim   ishtirok   etadi.   Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha
psixik   jarayonlarimizda   qatnashsa   ham,   lekin   diqqatning   o’zi   hech
narsani aks ettirmaydi. 
Odam   biror   narsaga   zo’r   diqqat   bilan   kirishgan   paytida   uning   tashqi
qiyofasida   ayrim   o’zgarishlar   ko’zga   tashlanadi.   Demak,   diqqat   odatda
o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir. 
Birinchidan , diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga
muvofiqlashishga   urinishdan   iborat   harakatlar   (tikilib   qarash,   quloq
solish) qilinadi.
Ikkinchidan,   ortiqcha   harakatlar   to’xtaydi.   Jiddiy   diqqatning
xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va
teatr   zalidagi   jimlik   diqqat   vaqtidagi   harakatsizlik   natijasi   bo’lib,   bu
jimlik   odamlar   ma'ruzachini   yoki   artistni   zo’r   e'tibor   bilan
tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan,   kuchli  diqqat  paytida kishining nafas  olishi  sekinlashib
va pasayib qoladi.
Demak,   diqqat   paytida   organizm   reseptorlarimiz   alohida   holatda
bo’ladi.   Ammo   bu   holat   diqqatning   faqat   tashqi   ifodasi   bo’libgina
qolmay, balki   uning ma'lum   yo’nalishi  va  barqarorligini  saqlab   turuvchi
shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan
avval   organizmimizni   shu   ishga   moslab   muayyan   bir   holatda   tutib
olamiz.
Diqqatning   tashqi   ifodalanishiga   rassomlarning   rasmlari,   turli
jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi.
Ular yordamida kishi diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va
pantomimikani ko’rsatish mumkin.
Diqqatning nerv-fiziologik asoslari Odamga har bir daqiqada ta'sir qilib turadigan qo’zg’atuvchilar turlicha
reflekslarga   sabab   bo’ladi.   Chunki   har   qanday   refleks   organizmning
tashqi ta'sirotga beradigan qonuniy javob reaksiyasidir. 
Diqqatning   nerv-fiziologik   asosida   orientirovka   yoki   tekshirish   deb
ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik   I.P.Pavlov
maxsus   ibora   bilan   "bu   nima   gap   refleksi"   deb   ham   ataydi.   Ana   shu
refleks   odatda   organizmga   to’satdan   birorta   yangi   narsaning   ta'siri   yoki
haddan   tashqari   kuchli   ta'sirot   orqali   hosil   bo’ladi.   Orientirovka   yoki
tekshirish   refleksi   diqqatning   fiziologik   asosi   hisoblanadi,   chunki   bu
refleks   bosh   miya   yarim   sharlarining   po’stida   kuchli   qo’zg’alish
jarayonidan   iborat   bo’ladi.   Boshqacha   qilib   aytganda   har   bir   daqiqada
organizmga   turli   narsalarning   ta'siridan   hosil   bo’lgan   qo’zg’alishlarga
nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da nisbatan kuchli
(ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi.
Bosh   miya   yarim   sharlarining   po’stida   paydo   bo’ladigan   kuchli
qo’zg’alish   manbai   nisbatan   uzoqroq   saqlanib   turadigan   mustahkam
qo’zg’alish   bo’ladi.   Ana   shu   nuqtai-   nazardan   akademik   I.P.Pavlov
"diqqatning   fiziologik   asosini   bosh   miya   po’sti   qismidagi   optimal
qo’zg’alish   manbai   tashkil   qiladi",   deb   ta'kidlagan.   Buni   biz   akademik
I.P.Pavlovning quyidagi so’zlaridan ochiq oydin ko’rishimiz mumkin.
"Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida -
deydi I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo’ladi va
differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi.   Shunday qilib,
optimal   qo’zg’alishga   ega   bo’lgan   joy   ayni   chog’da   bosh   miya   yarim
sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining
sust   qo’zg’algan   boshqa   qismlari   bunday   xususiyatga   qobil   emas.
Ularning   ayni   chog’da   funksiyasi   juda   nari   borganda   tegishli
qo’zg’ovchilar   asosida   ilgaridan   hosil   qilingan   reflekslarni   qayta
tiklashdan iboratdir".  I.P.Pavlov   tomonidan   kashf   etilgan   nerv   jarayonlarining   induksiya
qonuni diqqatning fiziologik asoslarini  tushunib olish uchun ahamiyatga
egadir.   Mana   shu   qonunga   muvofiq,   bosh   miya   po’stining   bir   joyida
maydonga   kelgan   qo’zg’alish   jarayonlari   bosh   miya   po’stining   boshqa
joylarida   tormozlanish   jarayonlarini   yuzaga   keltiradi.   Bosh   miya
po’stining   ayrim   bir   joyida   yuzaga   kelgan   tormozlanish   jarayoni   bosh
miya   po’stining   boshqa   joylarida   kuchli   qo’zg’alish   jarayonlarini   paydo
bo’lishiga   olib   keladi.   Ayni   shu   paytda   har   bir   onida   miya   po’stida
qo’zg’alish   jarayoni   uchun   optimal,   ya'ni   nihoyatda   qulaylik   bilan
harakatlanuvchi   biror   bir   kuchli   qo’zg’alish   manbai   mavjud   bo’ladi.
"Agar   bosh   suyagiga   qarash   imkoni   bo’lganda,   degan   edi   I.P.Pavlov,
uning   ichidagi   miya   ko’rinadigan   bo’lsa,   agar   miya   yarim   sharlarida
optimal   kuchli   qo’zg’alish   uchun   eng   yaxshi   sharoit   tug’ilgan   nuqtasi
miltillab   ko’rinadigan   bo’lsa,   yangi   sog’lom   bir   narsani   o’ylab   turgan
odamning   miyasiga   qaraganimizda   uni   miyasini   katta   yarim   sharlarida
juda   halati   jimjimador   shakli,   surati   va   hajmi   har   damda   bir   o’zgarib,
turlanib,   jimir-jimir   qilib   turgan   yoruq   narsani   u   yoqdan   bu   yoqqa
yugurib   qimirlab   turganini   va   miya   yarim   sharining   bu   yorug’   narsa
atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik".
A.A.Uxtomskiy   tomonidan   ilgari   surilgan   dominantlik   tamoyili   ham
diqqatning   fiziologik   asoslarini   aniqlash   uchun   katta   ahamiyatga   ega.
Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun
turadigan   hukmron   o’chog’i   mavjud   bo’ladi,   bu   hukmron   qo’zg’alish
o’chog’i   aynan   shu   damda   miyaga   ta'sir   qilib,   unda   yuzaga   kelayotgan
hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning
natijasida   boshqa   qo’zg’alishlarga   nisbatan   uning   hukmronligi   yanada
oshib   boradi.   Nerv   tizimi   faoliyatining   tabiati   qo’zg’alishning   hukmron
bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi. Bu   hol   psixologik   jihatdan   biror   qo’zg’atuvchilarga   diqqatning
qaratilishi va ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan
diqqatning chalqishida ifodalanadi. 
Jiddiy   diqqat,   odatda   o’ziga   xarakterli   bo’lgan   tashqi   ifodalari   bilan
bog’liq   bo’ladi.   Narsani   yaxshilab   idrok   qilishga   qaratilgan   harakatlar
bilan (tikilib qarash bilan eshitish)  ortiqcha harakatlarni  to’xtatish, nafas
olishni   sekinlashtirish,   diqqat   uchun   xos   bo’lgan   yuz   harakatlari   bilan
bog’liq bo’ladi.
Diqqat turlari
Odam   ayrim   narsalarga   o’z   diqqatini   ongli   ravishda   o’zi   hohlab
qaratsa,   boshqa   bir   narsalar   diqqatni   beixtiyor   ya'ni   bizning
hohishimizdan   tashqari   jalb   qiladi.   Odam   psixik   faoliyatining   muayyan
ob'ektga   yo’naltirilishi   va   to’planishida   ifodalanadigan   diqqat   quyidagi
turlarga bo’linadi.
 Diqqatning   aktivligiga   qarab   -   ixtiyorsiz,   ixtiyoriy   va   ixtiyoriydan
so’nggi diqqat.
 Diqqatning ob'ektiga qarab  - tashqi va ichki diqqat.
 Diqqatning   faoliyat   turlariga   qarab   -   individual,   guruhiy   va
jamoaviy diqqat
Ayrim   adabiyotlarda   diqqatning   ikkita   va   ayrimlarida   uchta   deb
ko’rsatiladi.   Ular   ixtiyorsiz   diqqat,   ixtiyoriy   diqqat   va   ixtiyoriydan
so’nggi diqqat turlaridan iboratdir. 
Diqqat   turlarida   insonda   yuzaga   keladigan   holatlar   quyidagi   jadvalda
aks ettirilgan.Ixtiyorsiz	
Ixtiyoriy	
Ixtiyoriydan 	
so'nggi	Tashqi	
Ichki	
Индивидуал	
Гуруҳли	
Жамоа
Diqqat turlari
Aktivligiga
qarab Ob'ektiga
qarab Faoliyat
formasiga qarab Ixtiyorsiz diqqat  deb to’satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. 
Odamning ko’z  o’ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli  narsalar,
o’zining   tashqi   ko’rinishi   jihatidan   odatdagi   narsalardan   keskin   farq
qiluvchi   predmetlar,   to’satdan   paydo   bo’lgan   qattiq   tovush,   biror
narsaning   keskin   harakati   va   shu   kabilar   ixtiyorsiz   diqqatni   yuzaga
keltiruvchi   sabablar   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   hikoya   o’qish
mashg’uloti paytida to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning qattiq va
bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi. 
Ixtiyorsiz   diqqat   odamning   har   turli   ehtiyojlari   va   qiziqishi   bilan
bevosita   bog’liq   bo’lgan   diqqatdir.   Shuning   uchun   ham   ayni   chog’dagi
ehtiyojlarimiz,   qiziqishlarimiz   bilan   bog’liq   bo’lgan   narsalarning   ta'siri
ixtiyorsiz   diqqatga   sabab   bo’ladi.   Masalan,   erkin   o’yin   paytida   zaldan
eshitib   qolgan   bolani   qiziqtirgan   musiqa   ovozi   uning   diqqatini   o’yindan
darhol o’ziga jalb qilib oladi.
Ixtiyorsiz   diqqatning   nerv-fiziologik   asosini   orientirovka   yoki   bu
nima?   refleksi   tashkil   qiladi.   Chunki   tevarak-atrofimizdagi   narsalarning
salgina   o’zgarishi   bizda   darhol   orientirovka   refleksini   yuzaga   keltiradi.
Boshqacha qilib aytganda, "nima gap?" degan ma'noda atrofimizga razm
sola boshlaymiz.            Foydalanilgan adabiyotlar 
P. I. Ivanov
M.E. Zufarov 
D.M. Mirzajonuv    
WWW.ZEYO.UZ

XOTIRA Reja 1. Xotira h a q ida ma’lumotlar 2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari 3. Xotiras turlari 4. Xotira jarayonlari 5. Diqqat haqida ma’lumotlar

Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta'riflarni tahlil qilgan professor E.G’.G’oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir". Shuni ta'kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan

tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha

pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar". Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi, o’xshashlik assosiasiyasi va qarama- qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya'ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa

tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi. Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi. Ho zirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Masalan yoz- qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi. Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assosiasiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta'kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq