logo

YUQORI MALAKALI SPORTCHILARNING MIKROSIKIL TRENIROFKA YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

99.9658203125 KB
Y UQORI  MA LA KA LI  SPORTCHILA RN IN G MIKROSIK IL TREN IROFKA
Y UKLA MA LA RIN I  REJ A LA SHTIRISH
KIRISH ……………………………………………………………………
… 3-5
I. Bob.MALAKALI SPORTCHILARNING MASHG`ULOT 
YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH BOSQICHALARI 6
1.1.   Sportda yuklamalarni rejalashtirishning umumiy qonu-niyatlari  6-14
1.2. Sport mashg`uloti yuklamalarini rejalashtirishning mohiyati va o‘ziga 
xosligi. 15-19
1.3 Sport mashg`ulotlarida malakali futbolchilarning mikrosikl (haftalik) 
yuklamalarini ishlab chiqish. 20-30
II.Bob .  YUQORI   MALAKALI   FUTBOLCHILARNING  
MIKROSIKIL   MASHG ` ULOT   YUKLAMALARINI   NAZORAT  
QILISH 31
2.1.   Mikrosikil   yuklamalarni   rejalashtirishda   sport   mashg‘ulotlarining
umumiy tamoyillaridan foydalanish 31-40
2.2.   Yuqori   malakali   futbolchilarda   mikrosiklli   yuklamalarni
me ’ yoriylashtirish   usullari . 40-48
2.3.  Futbolchilarni   tayyorlashda   yuklamalarni   pedagogik   nazorat   qilish  … 48-55
Xulosa……………………………………………………………………… 56-57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI ……………………. 58-60
1 KIRISH
Bitiruv   malakaviy   ishining   dolzarbligi :   Dunyoda   bugungi   kunda
futbol   mashg ‘ ulotlarini   rejalashtirish ,  mashg ‘ ulotning   samarali   mikrosikllarini
ishlab   chiqish   eng   ustuvor   yo ‘ nalishlardan   biriga   aylanmoqda .   Bu   sport
tayyorgarligi   vazifalarini   hal   etish   shartlari   hisoblanib ,   vositalarni   va
uslublarni ,   futbolchi   egallashi   lozim   bo ‘ lgan   sport   natijalarni   oldindan
ko ‘ zlashni   nazarda   tutmoqda .   Futbol   sport   turi   rivojlangan   mamlakatlarda ,
yangi   zamon   talablariga   mos   maktablar ,   futbol   akademiyalarning   tashkil
etilishi   kelajakda   iqtidorli   malakali   futbolchilarni   tayyorlash   tizimini
rivojlantirish   uchun   xizmat   qilmoqda .   Zamonaviy   sportda   malakali
futbolchilarning   tayyorgarligiga   yuqori   talablar   qo ‘ yilmoqda .   Bundan   kelib
chiqqan   holda   yetakchi   xorijiy   mamlakatlarda   tayyorgarlik   davrida
mashg ‘ ulot   mikrosiklida   futbolchilarning   jismoniy   va   texnik   taktik
tayyorgarliklarini   takomillashtirish   bo ‘ yicha   guruhli   va   individual   mashg ‘ ulot
dasturlarini   ishlab   chiqish   zarurati   yuzaga   kelmoqda .   Respublikamizda
futbolchilarni   xalqaro   va   nufuzli   musobaqalarga   tayyorlashning   tashkiliy   -
uslubiy   jihatlari   takomillashib ,   sportchilar   tayyorlashning   jahon   standartlari
darajasiga   yetkazishning   chora - tadbirlari   amalga   oshirilmoqda . 
O ‘ zbekiston   Respublikasining   2020   yil   30- oktabrdagi   PF -6099- son
“ Sog ‘ lom   turmush   tarzini   keng   tatbiq   etish   va   ommaviy   sportni   yanada
rivojlantirish   chora - tadbirlari   to ‘ g ‘ risida ” gi   Farmoni ,   O ‘ zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   04.12.2019   y .   PF -5887- son   “ O ‘ zbekistonda   futbolni
rivojlantirishni   mutlaqo   yangi   bosqichga   olib   chiqish   chora - tadbirlari
to ‘ g ‘ risida ” gi   Farmoni ,   2015   yil   5   sentabrdagi   394- son   “ Jismoniy   tarbiya   va
sport   to ‘ g ‘ risida ” gi   O ‘ zbekiston   Respublikasi   Qonuni   hamda   O ‘ zbekiston
Respublikasi   Prezidentining  2017  yil  3  iyundagi   PQ -3031- son  “ Jismoniy   tarbiya
va   ommaviy   sportni   yanada   rivojlantirish   chora - tadbirlari   to ‘ g ‘ risida ” gi   Qarori
va   2018   yil   16   martdagi   PQ -3610-   son   “ Futbolni   yanada   rivojlantirish   chora -
2 tadbirlari   to ‘ g ‘ risida ” gi   qarorlari   va   mazkur   sohaga   tegishli   boshqa   me ’ yoriy -
huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishga   ushbu
dissertatsiya   tadqiqoti   muayyan   darajada   xizmat   qiladi .
O ‘ zbekistonda   iste ’ dodli   va   salohiyatli   futbolchilarni   saralash   hamda
professional   futbol   klublari   uchun   sifatli   sport   zaxirasini   tayyorlash   muhim
ahamiyat   kasb   etadi .   Vatanimiz   va   xorijiy   olimlar   malakali   futbolchilarni
tayyorgarlik   darajasini   oshirish   yuzasidan   bir   qator   taklif   va   tavsiyalar   ishlab
chiqilgan ,   biroq   malakali   futbolchilarning   musobaqa   faoliyatini   o ‘ zgaruvchan
muddatlari   bo ‘ yicha   yuklamalarni   me ’ yorlashga   oid   tajribalarning   kamligi
muammoligicha   qolmoqda .   Buning   uchun   tayyorgarlik   siklida   o ‘ tkaziladigan
o ‘ quv - mashg ‘ ulotlarni   optimallashtirishda   shug ‘ ullanuvchilarning   taktik
xususiyatlarini   inobatga   olgan   holda   ilmiy   asosda   tashkillashtirish   zamon   talabi
bo ‘ lib   qolmoqda . 
Sportda   yuqori   natijaga   erishish   mashg ‘ ulotlarni   to ‘ g ‘ ri   tashkil   qilish
malakali   futbolchilarni   texnik   imkoniyatlarini ,   jismoniy   qobiliyatlarini   har
tomonlama   rivojlantirishga ,   kuchlilik ,   tezkorlik ,   chidamkorlik ,   chaqqonlik
jismoniy   sifatlarini   oshirishi   mumkin .  Sportchilarni   texnik   jihatdan   rivojlantirish
masalalari   ko ‘ pgina   tadqiqotchilar   ilmiy   ishlarda   va   ilmiy   adabiyotlarida   o ‘ z
ifodasini   topgan .   ( R . I . Nurimov   2001;   R . A . Akramov   2006;   S . A . Golemyazov
1998;   А.I.Talipdjanov   2012;   U.M   Аxmadjonov   2019;   N . M . Yusupov   2013   va
boshqalar ).  Malakali   futbolchilarning   mashg ‘ ulotlarda   texnik   jihatdan   tayyorlash
bo ‘ yicha   ilmiy   tadqiqot   ishlari   ko ‘ plab   yoritilgan   bo ‘ lishiga   qaramasdan ,
ayniqsa   yuqori   malakali   futbolchilarni   texnik   jihatdan   tayyorlash   masalalari
bo ‘ yicha   ilmiy   tadqiqot   ishlarini   olib   borish   dolzarb   masalalardan   biri
xisoblanadi .
Mahallalarda   malakali   futbolchilarni   ommaviy   sportga   jalb   qilishni   yangi
bosqichga   olib   chiqish   chora - tadbirlari   to ‘ g ‘ risida   O ‘ zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   PQ -201- son ,   11.04.2022   yildagi ,   qaroriga   muvofiq   2022   yildan
boshlab   har   yili   an ’ anaviy   tarzda   30   iyun   —   O ‘ zbekiston   Respublikasi
malakalilari   kuni   hamda   dekabr   oyida   o ‘ tkaziladigan   « Malakalilar   forumi »
3 doirasida   sportning   futbol ,   mini - futbol ,   voleybol ,   yengil   atletika ,   shaxmat ,
shashka ,   stol   tennisi ,   stritbol ,   vorkaut   turlari   bo ‘ yicha   besh   bosqichli   ommaviy
sport   musobaqalarini   o ‘ tkazish   tizimi   joriy   etilgan .
2023   yil   1-martdan   boshlab   «Besh   tashabbus   olimpiadasi»   sport
musobaqalari o‘tkazish tizimi joriy qilingan.
Ilmiy   uslubiy   adabiyotlar   tahlili:   O‘zbekiston   Respublikasining
yetakchi   mutaxassislari,   xorijiy   tajribali   pedagoglar,   ko‘pchilik   olimlar
tomonidan   aholi   istiqomat   qiladigan   joylarda   futbol   sport   turini   tashkil   qilish
muammolari ko‘pdan-ko‘p ilmiy-uslubiy adabiyotlarda o‘z yechimini topgan.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi:   Yuqori   malakali   sportchilarning
mikroskl   mashg`ulot   yuklamalarini   rejalashtirish   bo‘yicha   taklif   va   tavsiyalar
ishlab chiqish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi  vazifalar   belgilandi:
1.yuqori   malakali   sportchilarni   mashg‘ulot   yuklamalarining   mikrosikl
vazifalari bo‘yicha meyorlar nisbatlarini aniqlash;
2. yuqori   malakali   futbolchilarda   mikrosiklli   yuklamalarni
me’yoriylashtirish usullarini aniqlash; 
3. tayyorgarlik   davrining   turli   bosqichlarida   tadbiq   qilingan   mikrosikllar
xususiyatlari   asosida   va   shiddat   zonalari   bo‘yicha   tiklantiruvchi   vositalar
majmualarini ishlab chiqish va tadbiq qilish.
Bitiruv   malakaviy   ishining   ob’ekti:   Samarqand   shaxar   Futbol   maxorat
maktabi misolida olib borilmoqda.
Bitiruv   malakaviy   ishining   tuzilishi   va   tavsifi:   Bitiruv   malakaviy
ishining   tuzilishi   va   xajmi.   Ish   kirish,   ikkita   bob,   xulosa   va   adabiyotlar
ro‘yxatidan   iborat.   Ish   60   betdan   iborat   matnda   bayon   qilingan.   Adabiyotlar
ro‘yxati 39 ta manbani o‘z ichiga oladi, shulardan 5 tasi internet saytlari.
4 I.Bob.MALAKALI SPORTCHILARNING MASHG`ULOT
YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH BOSQICHALARI
1.1. Sportda yuklamalarni rejalashtirishning umumiy qonu-niyatlari
Yuqori   malakali   futbolchilarni   tayyorlashning   zamonaviy   tizimi   ko‘p
yillar   davomida   shakllantirilgan   bo‘lib,   hozirgi   vaqtda   bu   holat
takomillashtirilishi   davom   ettirilmoqda,   bu   maqsadlarda   fan   va   amaliyotning
yangi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. 
Sport   yo‘nalishidagi   zamonaviy   tayyorgarlik   tizimi   uchun   mashg‘ulotlar
jarayonining intensifikatsiyalanishi o‘ziga xos xususiyat bo‘lib, bu o‘z tarkibiga
quyidagi jihatlarni qamrab oladi:
- nisbatan yuqori darajada ixtisoslashtirish;
- mashg‘ulot mashqlari hajmi ortishi va shuningdek, katta yuklamaga ega
mashqlar miqdori oshirilishi; - maxsus ish qobiliyati darajasini oshirish imkonini
beruvchi   -   «qat'iy»   tartibdagi   mashg‘ulotlar   rejimidan   keng   miqyosda
foydalanish; 
- musobaqalar amaliyotining kengaytirilishi;
-  zo‘riqishli   yuklamalardan  keyin  sportchilar   organizmida   jarayonlarning
qayta   tiklanishi   jadallashtirilishi   (intensifikatsiyasi)   uchun   va   shuningdek   ish
qobiliyatini stimullovchi (turki beruvchi) qo‘shimcha vositalardan foydalanishni
tarkibga kiritish [20, 22, 25, 27 va boshqalar]
N.M.Yusupov   [13]   tomonidan   qayd   qilinishicha,   turli   xil   sabablarning
ta’siri   ostida   sport   yo‘nalishida   tuzib   chiqilgan   taqvim   rejalari   tarkibida
mas’uliyatli   musobaqalar   yil   mavsumining   katta   qismini   qamrab   oladi   va
tayyorgarliklar tuzib chiqilishi tizimi tavsiflari bo‘yicha esa faqat sportchilarning
yil   davomida   muvafaqqiyatli   chiqish   qilishlari   uchun   amalga   oshirilgan
tayyorgarlik bitta-ikkita yuqori cho‘qqi darajasiga erishishlarini ta’minlab beradi
xolos,   ushbu   ko‘rinishda   tezkor   tarzda   o‘zgaruvchan   xususiyatga   ega   bo‘lgan
sport   amaliyotiga   nisbatan   sportchilarda   talab   qilingan   tayyorgarlik   darajasiga
5 erishishning   ortda   qolishi   kuzatiladi.   Turli   xil   musobaqalaming   o‘tkazilishi
ommalashishi   o‘z   navbatida,   shunga   olib   keladiki,   ya’ni   sportning   turli   xil
yo‘nalishlarida   bu   ko‘rinishdagi   musobaqalar   soni   keskin   ortib   borishi   kuza-
tiladi,   hatto   ayrim   sport   turlarida   ularning   yil   mavsumi   davomida   8-10   oyni
qamrab olishi qayd qilinadi
Musobaqalar amaliyoti darajasi o‘sib borishi bilan bog`liq holatda alohida
nazariy   qoidalarni   qayta   ko‘rib   chiqish,   shuningdek   yuzaga   kelgan   masala
yechimida istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqish talabi vujudga keladi. Biroq,
bir   qator   mutaxasislar   tomonidan   yuqori   malakali   sportchilarning   yillik
tayyorgarlik   mashg‘ulotlari   tarkibini   tuzib   chiqishga   nisbatan   yangicha
yondoshuvlar   shakllantirilishiga   urinib   ko‘rilgan   bo‘lib,   bunda
mashg‘ulotlaming mavsum davomida davrlarga ajratilishidan voz kechish taklif
qilinadi,   aksincha   bu   holatda   sportchilarning   tayyorgarligi   aynan,   yil
mavsumining ko‘p qismini band qiluvchi ko‘rinishda o‘tkaziluvchi ko‘p sondagi
musobaqalarda ishtirok etish va unchalik uzoq davomiylikda bo‘lmagan maxsus
tayyorgarlik   jarayonlarining   navbatlashishi   shaklida   tashkil   qilinishi   taklif
qilinadi.
Ko‘pgina   mutaxassislar   tomonidan   ko‘rsatib   o‘tilishicha   [16,18,   22   va
boshqalar],   yil   mavsumining   ko‘p   qismida   amalga   oshiriluvchi   musobaqalarda
ishtirok   etish   imkoniyatlari   sportchilarda   bir   vaqtning   o‘zida   yuqori   darajada
tayyorgarlik   darajasiga   erishish   qiymatlarining   keskin   pasayib   ketishiga   olib
kelishi   mumkin,   shu   bilan   birgalikda   asosiy   musobaqalarda   yuqori   natijalarga
erishish   ko‘rsatkichlari   pasayishi   qayd   qilinishi   mumkin,   bundan   tashqari
sportchilarda   yil   mavsumi   davomidagi   tayyorgarlik   ko‘rsatkichlari   sifati
yomonlashishi  va ulaming jarohatlanish  ehtimolligi  darajasi  ortishi  mumkinligi
ta’kidlab   o‘tiladi.   Hozirgi   vaqtda,   bu   keltirib   o‘tilgan   holatlar   ko‘pgina   sport
mutaxasislari   tomonidan   tan   olingan   bo‘lib,   bir   necha   yillar   davomida   sport
yo‘nalishida tayyorgarlik jarayonida davrlarga ajratishdan voz kechishning faol
holatda   sinovlardan   o‘tkazilish   o‘zini   oqlamagan,   ushbu   ko‘rinishda   asos
sifatidagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish talabi yuzaga keladi.
6 Mavjud   ilmiy   bilimlar   va   amaliyot   tajribalarida   to‘plangan   natijalar
musobaqa faoliyatining optimal strukturasini aniqlash imkonini beradi [11, 15va
boshqalar]   va   bunda   uning   sportchilaminj;   ko‘p   darajali   tayyorgarlik   holatiga
muvofiq   ko‘rinishda   bo‘lishi,   talalb   qilingan   sport   natijalariga   erishishni
ta’minlay olish darajasi e’tiborga olinadi [17]. Bu holat o‘z navbatida, musobaqa
va   mashg`ulotlar   faoliyatlari   o‘rtasidagi   aloqadorlikni   o‘zida   aks   ettiruvchi
qonuniyatlar   qoidalariga   asoslanilib,   musobaqa   faoliyati   tizimi   va
sportchilarning tayyorgarligi tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va yagona birlik
tamoyilini   shakllantirish   imkonini   beradi   [18],   bu   esa   sport   yo‘nalishida
tayyorgarlikda   boshqa   tamoyillarning,   jumladan,   yuklamalarning   asta-sekin
oshirib   borilishi   va   maksimal   qiymatdagi   yuklamalarni   bajara   olish
ko‘nikmalariga   erishish   o‘rtasidagi   bir   butun   yagonalik,   to‘lqinsimon   ko‘rinish
va   yuklamalarning   variativ   tavsiflari,   tayyorgarlik   jarayonining   sikl   tavsiflari
o‘rtasidagi   birlik   kabilardan   keng   miqyosda   foydalanilishi   imkoniyatlarini
yangicha ko‘ra olish imkonini yaratib beradi.
Sportchilarning   musobaqalarda   muvafaqqiyatli   ishtirok   etishi   har   xil
omillarga   bog‘liq   hisoblanadi.   Zamonaviy   sport   yo‘nalishlarida   sport
jamoasining   nisbatan   yuksak   natijalarga   erishishga   intilishi   bevosita   ularning
funktsional tayyorgarligi, texnik-taktik jihatdan mahorati, shuningdek psixologik
barqarorlik   holati   yuqoriligi   bilan   tavsiflanishi   talab   qilinadi.   Musobaqalarda
jamoaning   ishtirok   etishiga   turli   xil   sabablar   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatishi
mumkin,   jumladan,   tashqi   omillar   sifatida,   obektiv   bo‘lmagan   hakamlik
faoliyati,   musobaqa   o‘tkaziluvchi   mahalliy   joy   iqlim   sharoitlari,   raqibning
kutilmagan ko‘rinishda muvafaqqiyatli tarzda ishtiroki kabilar ko‘rsatib o‘tiladi,
shuningdek   ichki   omillar   sifatida   texnik-taktik   va   psixologik   jihatlami   hisobga
olish, ma’lum bir aniq raqiblarga nisbatan tayyorgarlik davomida yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar ko‘rsatib o‘tiladi.
Bu   holat   ayniqsa,   sport   o‘yinlari   yo‘nalishlarida   o‘ziga   xos   xususiyat
hisoblanib, bunda u yoki  bu sabablarga  ko‘ra ma’lum  bir  aniq o‘yinlar  amalga
oshirilishi   davomida   maxsus   texnik-taktik   va   psixologik   tayyorgarlik   amalga
7 oshirilmasligi,   shuningdek   raqibning   kuchsiz   va   kuchli   jihatlarini   alohida
qismlar   bo‘yicha   tahlil   qilib   chiqmaslik   asosida   musobaqada   ishtirok   etish
muvaffaqiyatsizlikka   olib   kelishi   mumkin.   Sportda   hatto,   shunday   vaziyatlar
ham   kuzatiladiki,   ya’ni   bunda   yuqori   darajada   tayyorgarlikka   ega   bo‘lgan
sportchi ma’lum bir aniq sport o‘yinlari turlarida ijobiy natijalami qo‘lga kirita
olmasligi ham mumkin, biroq bu holat uning navbatdagi, yaqin kunlarda amalga
oshiriluvchi   musobaqalarda   muvafaqqiyatli   ishtirok   etish   ehtimolini   yo‘qqa
chiqarmaydi.
Sportchining   tayyorgarlik   darajasi   va   uning   ma’lum   bir   aniq
musobaqalarda   maksimal   natijalarga   erishishga   intilishi   o‘zaro   bog‘liqlikdagi
holatlar   hisoblanadi   va   shu   bilan   bir   vaqtda   yaxshi   darajada   tashkil   qilingan
jarayonlarda   bu   holatlar   sezilarli   darajada   o‘zaro   farqlanishlarga   egaligi   qayd
qilinadi.
N.M.Yusupov   [13] tomonidan keltirilgan fikrlarga ko‘ra, ulardan birining
asosini   tayyorgarlikning   asosiy   va   maxsus   komponentlarining   uzoq   vaqt   davo-
miyligida shakllantirilishi tashkil qiladi, ikkinchisining asosini esa ushbu asosda,
ma’lum   bir   aniq   musobaqada   nisbatan   yuksak   darajadagi   tayyorgarlik   holatiga
nisbatan tezkorlikda erishish tashkil qiladi.
Buni   tushinib   yetish   ma’lum   bir   ma’noda   sportning   zamonaviy
bosqichdagi   rivojlanishi   uchun   xos   bo‘lgan   -   yil   mavsumi   davomidagi   asosiy
musobaqalarga   (jahon   chempionati,   Olimpiada   o‘yinlari)   rejalashtirilgan
ko‘rinishda   tayyorgarlik   talab   qilinishi   va   ko‘p   sondagi   boshqa   musobaqalarda
ishtirok   etish   holatlari   ta’siri   ostida   yuzaga   keluvchi   ziddiyatli   vaziyatlarni
yengib o‘tishga imkon beradi.
Mavsum   davomidagi   musobaqalarda   ishtirok   etishni   ko‘zda   tutuvchi
intensiv   holatdagi   sport   amaliyoti   mashg‘ulotlar   faoliyatining   zo‘riqishli
ko‘rinishda   amalga   oshirilishini   talab   qiladi,   bu   holat   o‘z   navbatida   sport
yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar nazariyasi va amaliyotida mavjud bo‘lgan tamoyil
jihatidan   asoslangan   qonuniyatlarga   amal   qilishning   buzilishiga   olib   keladi.
Birinchidan,   bunda   yuklamalarning   maksimal   darajada   bo‘lishi,   asosiy
8 musobaqalar   o‘tkazilishi   vaqtida   nisbatan   yuqori   darajadagi   tayyorgarlikni
ta’minlab   beruvchi   adaptatsion   reaktsiyalarga   turtki   berish   talab   qilingan
holatda,   mashg‘ulotlar   yuklamalarida   mavsum   davomida   qochib   bo‘lmaydigan
holatda susaytirilish yuzaga keladi  Natijada, rejalashtirilgan tartibda va ayrim
holatlarda sakrash tarzidagi adaptatsiya shakllantirilishi davomida organizmning
muhirr   funktsional   tizimlarining   imkoniyatlarida   deadaptatsiya   holati   qayd
qilinadi.   Ikkinchidan,   О . А .Qurbonov   [25]   tomonidan   haqqoniy   tarzda;   qayd
qilinganidek, ko‘p sondagi startlar amalga oshirilishi, jumladan futbolda turli xil
mintaqalarda   va   turli   xil   iqlim   sharoitlarida   va   turl   xil   balandlik   sharoitlarida
o‘tkaziluvchi   ikkinchi   darajali   turnirlarda   va   o‘rtoqlik   uchrashuvlarida   ishtirok
etish   bevosita   sportchilar   organizmida   barqaror   –   tejamkorlik   fazasi   asosidagi
adaptatsiya   reaktsiyalari   bilan   halokatli   ko‘rinishdagi   -   tejamkorlikka   qarshi
tavsiflarga ega bo‘lgan adaptatsiya  reaktsiyalari  aralashib  ketishiga  olib keladi,
jumladan   asosiy   startlarga   chiqishni   ta’minlab   beruvchi   tayyorgarlikning
cho‘qqi   darajasiga   erishishda   rejalashtirilgan   ko‘rinishdagi   mashg‘ulotlar
yuklamalariga moslashish bilan birgalikda tartibsiz ko‘rinishda, ekstremal tashqi
muhit   sharoitlariga   moslashish   holatlarining   aralashib   ketishi   qayd   qilinadi.
Natijada,   sportchilaming   tayyorgarlik   darajasi   pasayishi   kuzatiladi,   sport
natijalari beqarorlashadi, jarohatlanish ehtimolligi darajasi keskin ortadi.
Mashg‘ulotlar   jarayonini   tuzib   chiqishda   nafaqat   qisqa   muddatlarda
mashg`ulotlar   samarasini   yuzaga   keltiruvchi   yo‘nalishlarda   va   talab   qilingan
qiymatlarda   ishlarni   amalga   oshirish   talab   qilinadi,   balki   uning   avval   amalga
oshirilgan   va   navbatdagi   amalga   oshiriluvchi   mashg`ulotlarga   ko‘rsatuvchi
ta’siri ham hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [18, 21]
Kun   davomida   yuklamalarni   optimal   qiymatlarda   rejalashtirish
maqsadlarida   sportchining   umumiy   hayot   faoliyati   rejimini   hisobga   olish   talab
qilinadi.   Asosiy   mashg‘ulotlami   bajarish   uchun   optimal   vaqt   kunning   ikkinchi
yarmi   hisoblanadi.   Ertalabki   soatlar   davomida   amalga   oshiriluvchi   zo‘riqish!i
mash-g‘ulotlar   ta’sirida   sportchilarda   ko‘pgina   vaziyatlarda   tunning   ikkinchi
yarmida   uyqu   buzilishiga   olib   kelishi   qayd   qilinadi.   Ertalabga   yaqin   esa   uyqu
9 vaqtida   yuzaki   uyqu,   bezovtalik   holatlari   kuzatilishi   aniqlangan.   Bu   holat   start
olish oldidan shiddatli ish bajarish ta’siri ostida kunlik ritmning me’yoriy tartibi
buzilishi   orqali   ham   yuzaga   keladi.   Ushbu   sababga   ko‘ra,   ertalabki   soatlarda
tezlikka   yo‘naltirilgan   mashqlami   keng   ko‘lamda   bajarish   tavsiya   qilinmaydi
[22] .
Mashg‘ulotlarni   tuzib   chiqish   umumiy   tizimi   tarkibida   mikrosikllarning
o‘rni va taqsimlanish holatlarini qarab chiqamiz.
Mashg‘ulotning ko‘p yillik jarayonining turli yo‘nalish va bosqichlaridagi
vazifalari   va   mazmunlari   keyingi   bobda   qisqacha   ko‘rib   chiqiladi,   faqat
sportchining   ko‘p   yilligidan   tashqari.   Bu   bosqich   sport   mashg‘ulotining   ko‘p
yillik   jarayonini   yakunlaydi   va   erishilgan   natijalarni,   ko‘nikish   jarayonini,
texnik,   taktik   muusobaqa   tajribasi   orqali   pasayishni,   yosh   bo‘yicha   o‘rnini
to‘ldirish tufayli barqaror holatda bo‘lishini ta'minlaydi.
Keyingi   bosqichda   (umumiy   ishchanlikni   saqlab   turish)   jismoniy   tarbiya
mashqlarining   sistematik   vazifalarini   davom   yettirish   zarur,   aks   holda,
faoliyatning   birdaniga   o‘zgarishi   inson   salomatligiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.  
Mashg‘ulot   davrlari   xususiyatlarini   ko‘rsatish   —   har   bir   davrda
mashg‘ulot jarayonining mazmuni va tuzilishini xarakterlab beruvchi o‘ziga xos
belgilarni   ko‘rsatish   va   shu   bilan   birga   bir   davrdan   ikkinchi   davrga   o‘tilishi
munosabati bilan bu belgilar qanday o‘zgarishini kuzatib borish demakdir. Shuni
unutmaslik kerakki, davrlash asosan sportchi tayyorlashning amaliy bo‘limlariga
taalluqlidir.   Sportchining   ongini   va   xulqini,   umuman   tarbiyalash   singari
bo‘limlarning   esa   o‘z   taraqqiyot   mantig‘i   bo‘lib,   ular   mashg‘ulot   davrlariga
qismangina bog‘liqdir.
Nisbatan   uzoq   davom   etmaydigan   musobaqa   davrida   mashg‘ulot
yuklamalarining  dinamikasi   yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  tendensiyaning  yakunidek
bo‘lib   ko‘rinadi;   mashg‘ulot   vaqtida   yuklamalarning   umumiy   hajmi   dastlab
biroz   pasayishda   davom   etadi   va   keyin   stabillashib   qoladi;   spetsifik
yuklamalarning   jadalligi   esa   (ba’zi   ko‘rsatkichlar   bo‘yicha)   to   maksimum
darajagacha o‘sib boradi va ana shu darajada u ham  stabillashib qoladi. Bunda
10 albatta,   nisbatan   stabillashish   nazarda   tutiladi.   Ana   shu   umumiy   tendensiya
fonida   hajm   va   jadallikning   o‘rta   «to‘lqinlar»   va   mikrosikllar   doirasida
to‘lqinsimon tebranishlari ro‘y beradi.
Agar   musobaqa   davri   uzoq   muddat   davom   etadigan   bo‘lsa   u   holda   bir
qator   yangi   lahzalar   paydo   bo‘ladi.   Mashg‘ulot   talablarining   nisbatan
stabillashishidan   keyin,   yana   yuklamalar   umumiy   hajmining   o‘sishi   va   ular
jadalligining   biroz   kamayishi   sodir   bo‘ladi,   keyin   yana   hajmning   qisqarishi   va
intensivlikning   ortishi   tendensiyasi   boshlanadi.   Shunday   qilib,   uzoq   muddatli
musobaqa davrining oraliq bosqichida tayyorlov davridagi yuklamalar umumiy
dinamikasining   ba’zi   bir   belgilari   takrorlanayotgandek   bo‘ladi.   Biroq   bu
qisqargan masshtablarda va umumiy hamda maxsus tayyorgarlikning boshqacha
nisbatida   sodir   bo‘ladi.   Yuklamalarning   bunday   takroriy   katta   «to‘lqin»ining
vazifasi   tayyorlov   davridayoq   asos   solingan   sport   formasining   poydevori
kengayishidan iborat.  Mashg‘ulot   yuklamalarining   yangidan   ortib   borishi
so‘nib   borayotgan   adaptatsion   jarayonlarning   yana   faollashtirishga   va   maxsus
mashq   ko‘rganlikni   takomillashtirishga   imkon   beradi.   Shu   bilan   birga   oraliq
bosqichda   bir   holatdan   ikkinchi   holatga   o‘tish,   faol   dam   olish   effektlaridan
anchagina keng miqyosda  foydalaniladi. Mashg‘ulotning mana shunday tashkil
etilishi tufayli sport formasida turishning jamlangan muddatlari ancha ortishiga
erishiladi.   Bunda   sport   natijalari   dinamikasida,   yuklamalar   umumiy
dinamikasidagi asosiy «to‘lqin»larning miqdoriga qarab, bir necha «cho‘qqi»lar
paydo bo‘ladi.
Musobaqa   davridagi   yuklamalarning   «to‘lqin»lari   hajm   va   shiddatlilik
jihatidan   bir-biriga,   ayniqsa,   loyiq   boTishi   kerak.   Bunda   umumiy   hajmning
ortishi   maxsus   mashqlar   jadalligining   uzoq   muddat   pasayib   ketishiga   olib
kelmaydigan me’yorda bo‘lsagina to‘g‘ri bo‘ladi. Hajmni oshira borish bosqichi
musobaqalar o‘rtasidagi tanaffuslar vaqtiga yoki har holda unchalik mas’uliyatli
bo‘lmagan musobaqalarga to‘g‘ri kelgani ma’qul. Chunki bunday bosqich sport
ko‘rsatkichlari   vaqtincha   o‘smay   qolishi   yoki   pasayishi   bilan   bog‘liq   boTishi
mumkin.
11 Musobaqa   davridagi   yuklamalar   dinamikasining   ayrim   xususiyatlari,
yuqorida aytilganlardan tashqari quyidagi shart-sharoitlarga ham bog‘liq:
1)   yuklamalaming   bir   haftalik   dinamikasida   sport   musobaqalari   ko‘p
hollarda asosiy punktlar hisoblanadi;
2)   sport   musobaqalari   shunga   o‘xshagan   mashg‘ulot   yuklamalariga
qaraganda ancha  keskin ta’sir  ko‘rsatishi  bilan xarakterlanadi;  ular  organizmda
ancha   sezilarli   biologik   o‘zgarishlar   paydo   qiladi   hamda   tiklash   jarayonlari
vaqtini ancha uzaytiradi;
3)   mashq   ko‘rganlik   o‘sa   borgani   sari   spetsifik   yuklamalarning   ayrim
funksional sistemalarga ta’siri ham ortadi. Bu qo‘lga kiritilgan mashq ko‘rganlik
darajasini   mashq   ko‘rganlikka   erishishda   ishlatilgan   yuklamalarga   qaraganda
kamroq yuklamalar  vositasida  saqlab  turishga imkon beradi. Biroq bu nisbatan
katta   bo‘lmagan   (bir   necha   hafta   masshtabidagi)   vaqt   oralig‘idagina   to‘g‘ri
bo‘ladi.   Mashq   ko‘rganlikni   uzoq   vaqt   saqlab   turilganda   esa,   uni   yanada
yuksaltirishdan   tashqari,   nisbatan   kichik   yuklamalami   katta   va   maksimal
yuklamalarga almashlab turish zarur bo‘lib qoladi.
Bular   bari   yuklamalarning   haftalik   dinamikasida   va   mikrosikllar
tuzilishida   o‘z   ifodasini   topadi.   Bunda   o‘rta   «to‘lqin»larning   intervallar   va
mas’uliyatli musobaqalar bilan o‘zaro nisbati shunday bo‘ladiki, bu navbatdagi
mas’uliyatli musobaqalargacha intensivlikning muayyan ko‘rsatkichlari saqlana
borgani   yoxud   o‘sa   borgani   holda   yuklamalarning   haftalik   hajmini   oldindan
kamaytirishga imkon beradi.
Yuklamalar umumiy hajmini oshirish uchun ajratilgan haftalar soni bilan
hajm qisqarishi sodir bo‘ladigan haftalar o‘rtasidagi nisbat musobaqa davrining
bosqichiga,   musobaqalar   taqvimiga,   tayyorlov   davrida   qo‘lga   kiritilgan
hajmning   kattaligiga   va   boshqa   shart-sharoitlarga   qarab   turlicha   bo‘lishi
mumkin.   Amalda   3:2;   2:2;   1:2   va   boshqa   tartibdagi   nisbatlar   uchrab   turadi.
Maxsus tadqiqotlar u yoki bu konkret sharoitda qanday nisbat optimal bo‘lishini
ko‘rsatib   borishi   kerak.   Biroq   aniq   haftalik   yuklamalar   hajmi   ortishi   va
kamayishi   shunday   nisbatda   bo‘lishi   kerakki,   navbatdagi   asosiy   musobaqa
12 boshlanadigan   vaqtga   kelib   sportchi   yuksak   funksional   imkoniyatlarga
erishibgina qolmay, balki ularni ayni mana shu lahzada maksimal darajada ishga
sola oladigan ham bo‘lsin. Ko‘makchi xarakterdagi yaqinlashtiruvchi va boshqa
musobaqalar   yuklamalarning   bir   haftalik   hajmi   pasayishi   fonida   ham,   o‘sib
borayotgan sharoitda ham o‘tkazilishi mumkin.
Tabiiyki,   musobaqa   davridagi   mikrosikllarning   asosiy   formasi,   yuqorida
aytib o‘tilgan musobaqa mikrosikli bo‘ladi. Biroq bu yerda barcha mikrosikllar
bir   xil   emas.   Asosiy   musobaqalar   o‘tadigan   kunlarni   o‘z   ichiga   olgan
mikrosikllar   haftalik   yuklama   hajmining   kamayishi   va   mashg‘ulot
jarayonlarining   eng   kam   miqdori   bilan   xarakterlanadi.   Ko‘pincha   musobaqalar
arafasida   2—3   kun,   ba’zan   esa   undan   ham   ko‘p   kun   hajmi   kattaroq
yuklamalardan   xoli   qilinadi.   Bu   vaqt,   asosan,   musobaqa   boshlanadigan
paytgacha   tiklash   va   «o‘ta   tiklash»   samarali   bo‘lishi   uchun;   faol   dam   olish   va
hajmi uncha katta bo‘lmagan razminka mashg‘uloti uchun ajratiladi.
Musobaqa   oldidan   qatorasiga   bir   necha   kun   to‘liq   dam   olish,   odatda,
maqsadga muvofiq deb hisoblanmaydi. Malakali sportchilar, agar ular har kungi
mashg‘ulotga   odatlanib   qolgan   bo‘lsalar   (aytaylik,   stayerlarda   bo‘lganidek),
mashg‘ulotlari   umuman   to‘xtatmasliklari   mumkin,   lekin   keyingi   kunlardagi
bunday   mashg‘ulotlar   yaqinlashtiravchi   xarakterda   o‘tkazilishi   kerak.  
Yuklamalarning   haftalik   hajmi   oshirilgan   mikrosikllarda   (ayniqsa,   oraliq
bosqichlarda)   mashg‘ulot   kunlarining   o‘zi   ko‘payishi   bilan   xarakterlanadi.
Shunga   yarasha   yuklamalar   va   dam   olish   rejimi   ham   ancha   tig‘iz   bo‘ladi.   Shu
bilan   birga   eng   ko‘p   kuch   g‘ayrat   talab   qiladigan   musobaqalar   yoki   oshirilgan
mashg‘ulot   yuklamali   mikrosikllar   ketidan   keladigan   yuklama   tashlash
mikrosikllaridan ham foydalaniladi. 
Yuklama   tashlash   mikrosikllarida   taxminan   3   kundan   5   kungacha   vaqt
asosan   xilma-xil   mashqlarga   o‘tish   va   mashg‘ulot   sharoitini   o‘zgartirish   yo‘li
bilan ta’min etiladigan faol dam olishga ajratiladi.
13 1.2. Sport mashg`uloti yuklamalarini rejalashtirishning mohiyati va o‘ziga
xosligi.
Zamonaviy   futbolning   rivojlanish   tendentsiyalari   yuqori   malakaga   ega
bo‘lgan   sportchilarni   tayyorlash   samaradorligini   oshirish   uchun   mavjud
imkoniyatlar  zahirasini  qidirib topish talabini  yuzaga keltiradi. Ushbu zahiralar
asosida   bir   butun   tashkiliy   masalalar   hal   qilinishi   va   kelgusida   mashg`ulotlar
jarayonining tuzib chiqilishida uslubiy tamoyillarni takomillashtirish masalalari
qarab chiqiladi.
Yil davomida futbolda sport yo‘nalishidagi  mashg‘ulotlarni tuzib chiqish
tizimi   sezilarli   darajada   musobaqalar   taqvim   jadvali   bilan   belgilanadi.   Yillik
tsiklning   tuzilishi   tayyorgarlik   (8-12   haftalik),   musobaqaga   tegishli   (34-36
haftalik) va o‘tish (4-6 haftalik) davrlaridan tashkil topadi.
Yillik   tsiklda   yuklamalaming   hajmi   jamoaning   qanday   ligada   o‘yin
ko‘rsatishiga,   musobaqa   davrining   davomiyligiga   va   uning   tarkibidagi   o‘yinlar
soniga bog‘liq hisoblanadi [4,10].
R   Kuryazov   [11]   tomonidan   keltirilgan   ma’lumotlarga   ko‘ra,   tayyorlov
davri   davomida   mashg‘ulotlar   yuklamalarining   hajmi   180-   240   soat   atrofida
belgilangan   bo‘lib,   musobaqa   davri   davomida   380-   400   soatni   tashkil   qiladi.
Ushbu   ko‘rinishda,   yillik   tsiklda   tayyorgarlik   davomida   o‘quv-
mashg‘ulotlarning hajmi oliyliga jamoalar uchun 700-750 soatni tashkil qiladi.
O‘zbekistonda   tayyorgarlik   davrining   davomiyligi   Rossiyadagi   qiymatga
nisbatan   birmuncha   kam   bo‘lib,   76   kunni   tashkil   qiladi   (agar,   jamoa
tayyorgarlikni   15  dekabrdan  boshlansa).   Ma’lumki,  musobaqa   MPK  darajasiga
erishish  maqsadlarida 6-8 hafta yetarli hisoblanadi, ya’ni  ushbu vaqt davomida
texnik-taktik   va   harakatlarga   tegishli   sifatlami   o‘yin   darajasi   talabi   qiymatida
oshirish amalga oshirilishi mumkin. O‘tish davri sharoitlarida futbolchi ma’lum
14 bir   aniqlikdagi   harakatlarga   tegishli   rejimni   bajarishi   talab   qilinib,   bu   rejim
murabbiy tomonidan ishlab chiqiladi.
Futbolchilarning   musobaqalarda   ishtirok   etishi   sezilarli   darajada   o‘ziga
xos   tavsiflarga   ega   mavsum   oldi   tayyorgarliklar   sifatini,   uning   davomiyligi   va
tarkibiy   tuzilishi   bilan   bog`liq   hisoblanadi.   Navbatdagi   bob   davomida
futbolchilarning   yillik   tayyorgarlik   tsikli   davomida   bajarishi   talab   qilinuvchi
yuklamalari batafsil qarab chiqiladi.
Quyidagi   tadqiqot   ishlarida   [12,16,23]   mualliflar   tomonidan   keltirili-
shicha,   sportchi   organizmiga   tanlash   asosidagi   yo‘naltirilish   bo‘yicha
mashg‘ulotlarni   bajarish   nisbatan   kuchli   ta’sir   ko‘rsatadi,   bu   holatdagi
mashg`ulotlardan   foydalanish   ma’lum   yo‘nalishda   pedagogik   ta’sir   usullari   va
vositalarini   yo‘naltirish   imkonini   beradi.   Turli   xildagi   masalalarni   hal   qilishga
yo‘naltirilgan,   vositalarning   ketma-ketlikda   joylashtirilishidan   tashkil   topgan
majmuaviy   mashg‘ulotlar   sportchilar   organizmiga   nisbatan   keng   ko‘lamda,
biroq   nisbatan   kuchsiz   darajada   ta’sir   ko‘rsatishi   qayd   qilinadi.   Garchi,
mashg‘ulotlar jarayoni davomida katta hajmdagi ishlar bajarilishiga qaramasdan,
uning   alohida   qismlarida   ish   bajarish   qobiliyati   turli   xil   funksional   tizimlar
tomonidan ta’minlanadi.
Sport turlarining o‘ziga xos tavsiflariga bog‘liq holatda, u yoki bu tipdagi
mashg‘ulotlar   mashqlari   va   ularni   tuzib   chiqish,   amalga   oshirish   usullari
tanlanadi. Texnika va taktikaning, jismoniy va psixologik imkoniyatlaming katta
qiymatda   turli   xilligi   bilan   farqlanuvchi   sport   o‘yinlarida   va   yakka   kurash
turlarida   asosan   kompleks   tipdagi   mashg‘ulotlar   rejalashtiriladi,   bu   holatda
ketma   ketlikda   va   parallel   holatda   juda   turli   xildagi   vazifalar   yechimi   qarab
chiqiladi.   Sport   o‘yinlari   turlarida   kompleks   yo‘naltirishga   ega   bo‘lgan
mashg`ulotlardan   ustuvorlikda   foydalanish   tabiiyki,   tanlash   asosidagi
mashg`ulotlardan   foydalanishni   ham   mustasno   qilmaydi   masalan   faqat   aerob
imkoniyatlarning   oshirilishi   yoki   kuch   sifati   rivojlantirilishi   yo‘nalishidagi
mashg‘ulotlar tanlanishi mumkin.
15 Yuqorida   ta’kidlangani   kabi,   mikrosikl   strukturasiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi
omillardan   biri   -   yuqori   va   quyi   darajalardagi   mashg‘ulot   yuklamalarining
ketma-ketlikda joylashtirilishi bilan bog‘liq hisoblanadi. Shunga bog‘liq holatda,
М . А .Godik tomonidan [27] olingan ma’lumotlar katta qiziqish uyg‘otadi, bunda
ushbu muallif tomonidan tajriba tadqiqotlarida yuqori malakaga ega bo‘lgan 4 ta
futbolchilar   guruhlari   bo‘yicha   kun   davomida   ikki   martalik   mashg‘ulotlar
asosida to‘rtta variantda mashg‘ulotlar jarayoni tuzib chiqilgan. Birinchi variant
shunday rejalashtirilganki, ya’ni bunda katta qiymatdagi yuklamaga ega bo‘lgan
asosiy   mashg‘ulotlar   bajarilganidan   keyin,   ushbu   yo‘nalishda   o‘rtacha
qiymatdagi   yuklamaga   ega   bo‘lgan   mashqlar   mashg‘ulotlari   bajarilishi
belgilangan.
Futbolchining   jismoniy   holati,   sog‘lomlik,   tana   tuzilishining   darajasi   va
harakat funksiyalarining rivojlanganlik darajasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun
futbolchining   jismoniy   holatini   nazorat   qilish,   shu   uch   ko‘rsatkichni   nazorat
qilish demakdir. 
Sog‘lomlik   holatini   baholashni,   dispanserizatsiya   sharoitida   maxsus
shifokorlar   (terapevt,   jarroh,   nevropatolog   va   boshqalar)   amalga   oshiradilar.
Joriy   holatni   jamoa   shifokori   aniqlaydi.   Murabbiy   uchun   o‘yinchilarning   har
birining sog‘lomligi haqidagi xulosa juda muhim hisoblanadi, chunki murabbiy
shu asosida trenirovka jarayonini individuallashtirish prinsipini amalga oshiradi.
Tana   tuzilishi   darajasini,   futbolchilarni   harakat   sifatlarini   rivojlanish
darajasini   ko‘rsatuvchi   antropometrik   ko‘rsatkichlar   holatining   maxsus
formulasi   va   antropometrik   asbob   yordamida   baholash   mumkin.   Demak,
masalan,   katta   vazn   va   uzun   bo‘yli   futbolchilarda   kuch   va   kuch   chidamliligi
ko‘rsatkichi   katta   bo‘lishi   mumkin.   Shu   vaqtning   o‘zida   bunday   futbolchilarda
qoida   bo‘yicha,   aerob   sharoitda   va   hokazo   bajaradigan   ish   imkoniyatlari
chegaralangan bo‘ladi.
Jismoniy rivojlanish bir xil me’yorda borishi uchun, maxsus indekslardan
foydalanish tavsiya qilinadi
16 Futbolchi   chidamliligini   namoyon   bo‘lishida   eng   muhim   rol   qon
aylanishiga tegishlidir. Yuklama vaqtida u ish bajarayotgan organga zaruriy qon
hajmini   yetkazishi   lozim.   Organlarning   qonga   bo‘lgan   talabi,   qon-tomir   tizimi
ishining   kattaligini   aniqlaydi.   Organlarning   bunday   tizimilarining   funksional
sifatlari   yuklamalarni   sinash   bilan   aniqlanadi.   Yurak   qon-tomir   tizimining
ko‘pgina sinovlari, jismoniy ish vaqtida va keyin puls va qon bosimini o‘lchash
hamda   tiklanishni   borishiga   asoslanadi.   Moslashuv   qanchalik   yuqori   darajada
bo‘lsa,   qon   aylanish   ta’siri   shunchalik   ahamiyatsiz   va   tinchlanish   sharoitiga
qaytish shunchalik tez amalga oshadi.
Sport mashg‘uloti jarayonlari tuzilishining xususiyatlari avvalo mazmunli
spetsifikasi   (maxsuslik)   bilan   aniqlanadi.   Lekin   funksional   o‘zgarishlari
jismoniy   yuklanish   bilan   bog‘liqdir.   Mashg‘ulot   jarayonlari   tuzilishining
xususiyatlari   sportchi   sutkalik   va   haftalik   rejimida   jismoniy   yuklanish   va   dam
olishning   zichlashgan   rejimidan   ham   kelib   chiqadi.   Hozirgi   zamon   sportiga
xarakterni   kundalik   mashg‘ulotlar,   har   bir   ayrim   mashg‘ulotlar,   dastlabki   va
keyingilar   bilan   kelishgan   holda   oldingi   mashg‘ulotdagi   jismoniy   yuklanishlar
kattaligi   va   foydali   yo‘nalishga   bog‘liq   holatda   keyingi   mashg‘ulotlarda
jismoniy   yuklanish   kattaligi   va   yo‘nalishi   o‘zgaradi,   bu   esa   o‘z   navbatida
mashg‘ulotning   tuzilishi   u   yoki   bu   detallari   o‘zgarishiga   bogiiq   boiadi.   Agar
mashg‘ulotlar   har   kuni   ikki   marta   va   undan   ham   ko‘p   marta   o‘tkazilsa   (bu
yuqori malakali sportchi) u holda aralash mashg‘ulotning o‘zaro munosabati va
tuzulishining variativligi va mashg‘ulotlarning o‘zaro bogiiqligi m aium dir. Bir
kundagi 2 -3 mashg‘ulot xuddi bir necha soat davomida o‘tkazilgan intervallarga
bo‘lingan   jismoniy   yuklanishning   umumiy   yig‘indisini   ifodalaydi.   Haqiqatdan
ham,  razminka,   uning  umumiy  ishga   bo‘lgan   nisbati   va  shu   kabi   2-mashg‘ulot
tuzilishining   elementlari   ko‘p   jihatdan   1-   mashg‘ulotning   ta'siri,   ayniqsa,   3-
mashg‘ulotning tuzilishi 1 va 2- mashg‘ulotlarning yig‘indisi sifatida qaraladi.
Mashg‘ulotning   mikrosikli   deb,   bir   qancha   mashg‘ulot   jarayonining
yig‘indisiga   aytiladi.   Bu   esa   trenirovka   jarayonining   umumiy   tuzulishi
17 tomomlanmagan   takrorlanuvchi   fragmentlari   (qayta   tiklanuvchi   kunlar   bilan)
tashkil etadi. Ko‘p hollarda mikrosikl haftani tashkil etadi.
Mashg‘ulot   tuzilishi   tizimida   xususiyatlar   mazmuni   va   o‘rniga   bog‘liq
holda mikrosiklning 3 turi mavjud:
1) xususiy mashg‘ulotli;
2) keltiruvchi (oldingi musobaqalarga bog‘liq);
3) musobaqaviy va tiklanuvchi.
O‘z   navbatida   xususiy   mashg‘ulotli   mikrosikl   mazmuni   yo‘nalishiga
qarab   umumiy   tayyorgarlik   (mashg‘ulotning   tayyorlov   davri   birinchi   bosqichi
uchun eng mos) va maxsus tayyorgarlik (tayyorlov davrining ikkinchi bosqichi
va   musobaqa   davrining   ma’lum   mezosikli   uchun   eng   mos)larga   bo‘linadi.   U
yoki bu, o‘zining turiga, shartlariga, mashg‘ulot talablariga kerakli kattaliklarga
ega. 
Birinchi mashg‘ulot jism oniy yuklanishning bir tekis o‘sib borishi, hajmi
nisbatan   bir   tekisdagi   intensivlik   bilan   xarakterlanadi,   ikkinchisi   esa,   katta
hajmda   yuqori   intensiv   jismoniy   yuklanish   darajasi   bilan   (bu   m   axsus
tayyorgarlik   mikrotsikl   uchun   xarakterli)   xarakterlanadi.   Keltiruvchi
mikrosikllar   musobaqalarga   bevosita   tayyorgarlik   bilan   mos   holda   ko‘riladi.
Bo‘ladigan   musobaqalarning   rejim   va   rejalari   qator   elementlarini
modellashtiradi (jism oniy yuklanish va dam olishni musobaqada chiqish va ular
orasidagi   intervallar   tartibga   mos   holda   taqsim   etish).   Shu   bilan   birga
mikrosikllar tuzilishining konkret mazmun va shakllari, oldingi mashg‘ulotdagi
shartlarga   bog‘liq,   musobaqa   ahamiyati   va   yakunlash   usuliga   bog‘liq   ravishda
sportchi   holati   bilan   aniqlanishi   mumkin   (masalan,   yakunlanishning   ba’zi
usullarida   so‘nggi   musobaqadan   oldingi   mikrotsikl   musobaqa   mikrosikliga
nisbatan   aniq   kontrast   chizig‘iga   ega   bo‘lishi   mumkin).   Musobaqaviy
mikrosikllar   musobaqaning   o‘rnatilgan   maxsus   qoidalari   va   aniq   reglamenti
asosida   chiqishlar   tartibi   asosida   tuziladi.   Bu   mikrosikllar   tuzilishi   shunday
bo‘ladiki,   oldingi   razminka   mashg‘ulotlari   va   boshqa   faktorlar   yordamida
musobaqa   boshlanishi   davriga   kelib   sportchining   optimal   holatini   ta’minlash,
18 navbatdagi faza uchun ish qobiliyatini o‘rnatish va maksimal darajada o‘rnatish,
yordam   berish   (agar   ular   ko‘pincha   uchraydigan   bir   xil   startlardan   tashkil
topmasa)   hamda   final   startlarda   sportchining   butun   imkoniyatlaridan   to‘la
foydalana olishni kafolatlaydi. Tiklovchi mikrosikllar yuqori jismoniy yuklanish
kuchli   musobaqa   yoki   mashg‘ulotli   mikrosikldan   keyin   uchraydi.   Ular
mashg‘ulot   talablarining   kamayishi,   faol   dam   olish   kunlarining   ortishi,
musobaqa   mashqlari   va   tashqi   sharoitlar   tarkibining   navbatma-navbat
almashinib   turishi   bilan   xarakterlanadiki,   bularning   to‘plami   tiklovchi
jarayonlarni optimallashtirishga yo‘naltiriladi. 
1.3 Sport mashg`ulotlarida malakali futbolchilarning mikrosikl (haftalik)
yuklamalarini ishlab chiqish.
1-kun.   Jamoani   yig`ish,   1-mashg‘ulotni   o‘tkazish,   yo‘naltirilishi   -   aerob
imkoniyatlami rivojlantirishga qaratiladi.
Chigil   yozdi   mashqi:   800   metr   masofaga   bir   tekisda   yugurish,   bunda
yurakning urish tezligi 130-140 urish/daq ni tashkil qiladi.
Stretching - 10 daqiqa.
Bir tekisda yugurish, bunda yurakning urish tezligi 150- 160 urish/daq ni
tashkil qiladi — 30 daqiqa.
10 daqiqa davomida stretching.
2-kun.   Ertalab   tibbiy   ko‘rikdan   o‘tish.   Kunning   ikkinchi   yarmida   -
jismoniy tayyorgarlik rivojlanish darajasini testdan o‘tkazish.
3-kun. O‘quv-mashg`ulotlar yig`ini o‘tkaziluvchi joyga uchish.
1-mashg‘ulot.   Barcha   harakatlar   imkoniyatlari   namoyon   bo‘lishini
rivojlantirish.
Chigil   yozdi   mashqi:   Har   bir   futbolchi   to‘p   bilan,   maydon   bo‘ylab
ko‘ndalangiga harakatlanib, yugurish mashqlarini bajaradi - 15 daqiqa. 
Stretching- 10 daqiqa.
19 8x8   metr   o‘lchamdagi   maydonda,   «4x2,   5x2   kvadrat»   bo‘ylab,   1   urinish
bilan mashq bajarish, mashqni bajarish davomiyligi 12 daqiqani tashkil qiladi.  
Stretching - 3 daqiqa.
15   metr   masofa   kesimida   4   marta   yugurish   mashqini   bajarish   va   10
metrga tezlashish - 7 daqiqa. 
Jarima   maydonigacha   S  maydonda,   o‘yinda   2   marta   uzatishdan   keyin,   1
urinish bilan mashq bajarish, mashqni  bajarish davomiyligi  12 daqiqani  tashkil
qiladi. 
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   800   metr   masofaga   bir   tekisda
yugurish .
4-kun.   1-mashg‘ulot.   Yo‘naltirilishi   barcha   harakatlar   imkoniyatlari
namoyon   bo‘lishini   rivojlantirish,   jamoaviy   o‘zaro   birgalikdagi   harakatlarni
takomillashtirish. 
Chigil   yozdi   mashqlari:   To‘p   bilan   20x20   metr   va   15x15   metr
o‘lchamdagi 2 ta «Kvadrat»da mashq bajarish. «Kvadratlar oralig`idagi masofa
20   metr,   xushtak   chalish   bo‘yicha   to‘p   bilan   boshqa   «Kvadrat»   tomon
tezlashish,   mashqlar   orasida   to‘p   bilan   harakatlanish.   Mashqni   bajarish
davomiyligi - 15 daqiqa.
Stretching - 15 daqiqa.
2 ta guruh bo‘lib darvozalarga zarba berish, mashqni bajarish davomiyligi
20   daqiqani   tashkil   qiladi,   har   bir   darvozaga   zarba   berish   10   marta   takroriy
bajariladi.
1-guruh:   o‘rta   chiziqdan   5   metr   uzoqlik   masofasida,   markazdagi
hamkorga   yonlama   uzatishni   amalga   oshiradi,   5   ta   to‘siq   (h   -   40   sm)   orqali
sakrab   o‘tiladi,   markazdagi   o‘yinchi   hamkordan   to‘pni   qabul   qiladi   va   jarima
maydoni bo‘ylab darvozaga zarba beradi, qanot burchaklari  bo‘ylab tezlashadi,
to‘pni   qabul   qiladi   va   yon   chiziq   yoni   bo‘ylab   o‘rta   chiziqqacha   tezlik   bilan
to‘pni   idora   qilishni   amalga   oshiradi   (35-40   metr)   ustunlarni   aylanib   o‘tish
orqali markazga tomon harakatlaniladi (15-20 metr).
20 Ustunchalar   oralig‘idagi   masofa   2   metmi   tashkil   qiladi,   ustunchalar   yon
chiziqdan   5   metr   uzoqlik   masofasida   joylashadi.   2-guruh:   markazdan   yon
tomonda 15 metr masofa uzoqligida turgan hamkorga to‘p uzatiladi, bir-biridan
5   metr   masofa   uzunligila   «ilon   izi»   ko‘rinishida   joylashtirilgan   6   ta
ustunchalami   aylanib   o‘tish   orqali,   hamkordan   diagonal   uzoq   masofadan   pas
qabul qiladi jarima maydonigacha etib bormasdan turib darvozaga zarba beradi
yon   chiziq   yonidan   markaz   chiziqqacha   tezlik   bilan   to‘pni   idora   qilish   amalga
oshiriladi. Markazdan 1 ustungacha oraliq masofa 10 metmi tashkil qiladi.
Pauza 3 daqiqa, guruhlarning almashinishi.
Jarima maydonidan darvozalarga zarba berish 5 daqiqa.
4+4+2   tizimda   o‘yinchilarning   joylashtirilib,   to‘pning   turish   holatiga
bog`liq,   dastlab   sekin-asta   va   keyin   tezkorlikda   o‘rin   almashinish   mashqini
bajarish. O‘z yarim maydonida «pressing»ni bajarish davomida futbolchilarning
joylarini   almashinishi   bajarilishi.   O‘yin   boshlanishi,   himoyadan   chiqish.
Mashqni bajarish davomiyligi -3 5 daqiqa.
Chigil yozdi mashqlari (razminka): stretching 5 daqiqa.
2-mashg‘ulot.   Yo‘naltirilishi   -   barcha   harakatlar   imkoniyatlari   namoyon
bo‘lishini rivojlantirish, gurah texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish.
Chigil yozdi mashqlari: 8><8 o‘lchamdagi maydonda «5x2
kvadrat» bo‘ylab, ikkita to‘p bilan, mashq bajarish, mashqni bajarish
davomiyligi - 10 daqiqa.
Stretching - 5 daqiqa.
«5x2 kvadrat» bo‘ylab, 1 urinish bilan, bitta to‘pda mashq
bajarish, mashqni bajarish davomiyligi 10 daqiqani tashkil qiladi.
Pauza   -   2   daqiqa.   8   ta   darvozada   o‘yin   mashqlarini   bajarish,   uchinchi
o‘yinchiga pas tashlash, to‘p faqat darvozada hamkor tomonidan qabul qilingan
holatdagina, urilgan deb hisoblaniladi. Mashqni bajarish davomiyligi 20 daqiqa. 
Pauza - 3 daqiqa.
Qanotdan uzatishdan keyin darvozalarga zarba berish - 10 daqiqa.
21 2   ta   darvozada   futbol   o‘ynash,   bunda   darvozalardan   biri   maydon
markazidan   16   metr   uzoqlik   masofasida   joylashtiriladi,   qanotlarda   10metr
“koridor” belgilanadi, “koridor”dagi uchinchi  o‘yinchiga pas tashlashdan  keyin
o‘tiladi. Mashqni bajarish davomiyligi - 25 daqiqa.
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   stretching   va   kuch   mashqlari   -   10
daqiqa.
5-kun.   1-mashg‘ulot.   Yo‘naltirilishi   -   barcha   harakatlar   imkoniyatlari
namoyon   bo‘lishini   rivojlantirish,   guruh   texnik-taktik   harakatlarini
takomillashtirish. 
Chigil yozdi  mashqlari: Har bir o‘yinchi  to‘p bilan, doira bo‘ylab mashq
bajaradi - 25 daqiqa.
To‘pni   guruh   bo‘lib,   20*15   metr   o‘lchamdagi   «robm»   bo‘ylab   uzatish
mashqni bajarish:
-qayrilish bilan pas tashlash - 5 daqiqa;
-uchinchi o‘yinchiga pas tashlash - 5 daqiqa; 
-qo‘sh holatdagi «devor» mashqi - 5 daqiqa.
O‘yinchilarning doira bo‘ylab o‘rin almashinishi.
Juft holatda, to‘pning 40-45 metr masofaga «plesser» usulida uzatish  - 8
daqiqa.
2 ta guruh bo‘lib o‘yin mashqlarini bajarish.
1-guruh: 20x40 metr o‘lchamdagi maydonchada 5><5 holatda
o‘yin, to‘pni tanlash, pressing, hujumga chiqish, chiziqda to‘pni
egallash va uzatish. Mashqni bajarish davomiyligi - 5 daqiqa,
takrorlashlar soni 4 martani tashkil qiladi.
Pauza - 2 daqiqa.
  2-guruh:   S   maydonda   o‘yinchilar   4   ta   himoyachi   va   2   tasi   tayanch
holatda joylashadi.
Hujum  chizig‘ida  8 ta futbolchi  joylashadi,  to‘pni  nazorat  qilish, markaz
bo‘ylab va qanot bo‘ylab hujum qilish mashqi bajariladi. 
22 Bitta   darvoza   bo‘ylab   o‘yin   mashqini   bajarish.   Mashqni   bajarish
davomiyligi - 20 daqiqani tashkil qiladi.
Pauza - 2 daqiqa. 
Futbol   o‘ynash,   o‘yin   shartlari   quyidagicha:   maydon   uchta   hududga
ajratiladi. Birinchi hududda (hujumning boshlanishi) - 2 urinishli o ’yin amalga
oshiriladi;   ikkinchi   hududda   (hujumning   rivojlantirilishi)   -   3   ta   urinishda,
uchinchi   hududda   (hujumning   tugallanishi)   -   urinishlar   cheklanmagan   holatda
mashq bajariladi.
Bunda   birinchi   hududdan   birdaniga   uchinchi   hududga   pas   tashlash
mumkin   emas.   Hujumga   chiqish   faqat   o‘rta   chiziqdagi   o‘yinchilar   orqali
amalga   oshiriladi.   To‘pni   nazorat   qilish,   o‘yinchilaming   saranjom
ko‘rinishdagi joylashish holatiga e’tibor qaratiladi.
Mashqni bajarish davomiyligi - 20 daqiqa. 
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   400   metr   masofaga   bir   tekisda
yugurish - 5 daqiqa
2-mashg‘ulot.   Yo‘naltiriIishi   -   barcha   harakatlar   imkoniyatlari   namoyon
bo‘lishini rivojlantirish, jamoa texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish.
Chigil yozdi mashqlari: stretching - 5 daqiqa.
45x25   o‘lchamdagi   maydonchada   to‘p   bilan   o‘yin   mashqini   bajarish,
mashqni bajarish sharti quyidagicha: darvozaning ikkila tomonidan to‘pni urish
- mashqni bajarish davomiyligi 10 daqiqani tashkil qiladi;
Qo‘llardan ushlagan holatda, juft bo‘lib futbol o‘ynash - mashqni bajarish
davomiyligi - 12 daqiqa.
Pauza - 3 daqiqa.
2   ta   guruh   bo‘lib,   ikkala   darvozalarga   zarba   berish:   qanotlardan   to‘pni
uzatish, idora qilish, zarba berish va 2 ta hujumchi zarba yo‘nalishida yuguradi,
ulardan   biri   darvozaga   zarba   beradi,   boshqa   bittasi   markazdan   yuqoridan
uzatishni amalga oshiradi va u to‘p bilan jarima maydoni chizig`idan darvozaga
zarba yo‘llaydi. Mashqni bajarish davomiyligi - 15 daqiqa.
23 Pauza - 3 daqiqa. 4+4+2 tizimda taktik o‘rin almashish mashqini bajarish.
O‘yinchilaming to‘pga va raqibga nisbatan joylashishi ustida ishlanadi. Himoya
hududida   “pressing”   sharoitida   futbol   o‘ynash,   qanotlar   orqali   hujumga   chiqib
borish.   O‘yinchilarning   to‘g`ri   joylashishlari,   kafolatlash,   tezkor   tarzda   o‘rin
almashinish. Mashqni bajarish davomiyligi - 2x20 daqiqa.
Pauza - 3 daqiqa. 
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   bir   tekisda   yugurish,   stretching   va
kuch mashqlarini bajarish - 10 daqiqa.
6-kun.   1-mashg`ulot.   Yo‘naltirilishi   anaerob   alaktat   imkoniyatlarni
rivojlantirish. 
Chigil   yozdi   mashqlari:   yugurish   mashqlari   va   20   daqiqa   davomida
stretching.
Masofa kesimida to‘xtamasdan mokisimon yugurish:
1-seriya: 20 metr + 40 metr + 60 metr + 80 metr + 100 metr.
2-seriya: 80 metr + 60 metr + 40 metr + 20 metr.
Seriyalar orasidagi pauza - 5 daqiqa. 
To‘p bilan yakka tartibda (individual) harakatlar - 10 daqiqa.
Kunning ikkinchi yarmida - nazorat o‘yini.
7-kun. 1-mashg‘ulot. Guruh texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish.  
Chigil   yozdi   mashqlari:   Butun   maydon   bo‘ylab   to‘pni   idora   qilish,
xohlagan yo ְ‘ nalishda uzatish mashqini bajarish. 
Mashqni   bajarish   davomiyligi   5   daqiqa,   3   daqiqa   davomida   stretching.  
To‘pni   idora   qilish,   pastlatib,   xohlagan   hamkorga   uzatish   va   15   metr
masofaga tezlashish - 15 daqiqa.
Stretching - 3 daqiqa. 
O‘yin   mashqlari   -   S   maydonda   darvozabon   maydonchasigacha   to‘pni
nazorat   qilish,   uzoq   masofadan   uzatishdan   keyin   o‘z   hamkoriga   uzatish   -   15
daqiqa.
24 Dumalab   ketayotgan   (harakatlanayotgan)   to‘p   bilan   darvozalarga   zarba
berish, bunda darvozagacha bo‘lgan oraliq masofa 20-25 metrni tashkil qiladi -
10 daqiqa.
O‘yin mashqlari - 6 ta o‘yinchi hujum qiladi, 3 ta o‘yinchi himoyalanadi,
6-7   soniyadan   keyin   o‘z   darvozasini   himoya   qilish   uchun   2   ta   o‘yinchi
himoyaga   qo‘shimcha   kiritiladi,   hujum   qiluvchilar   6-7   soniya   davomida
darvozaga   hujum   qilishni   zarba   bilan   yakunlashlari   talab   qilinadi.   Mashqni
bajarish davomiyligi - 20 daqiqa.
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   bir   tekisda   yugurish,   stretching   va
kuch mashqlari - 10 daqiqa. 
2-mashg‘ulot. Stretching - 30 daqiqa va qayta tiklanish tadbirlarini amalga
oshirish - sauna, suv havzasi (basseyn), uqalash (massaj) qabul qilish .
Ushbu yig‘in davomida asosiy diqqat-e’tibor futbolchilarning hujumda va
himoyada   guruh   va   jamoa   texnik-taktik   harakatlarini   87   takomillashtirish,
shuningdek   ularning   jismoniy   tayyorgarligi   darajasini   rivojlantirish   uchun
qaratiladi.   Ko‘pgina   mashg‘ulotlar   vositalari   maxsus   ixtisoslashtirilgan   turda
bo‘lib, maxsus bo‘lmagan vositalardan kam hajmda foydalaniladi.
1-kun.   O‘quv-mashg‘ulotlar   yig‘ini   o‘tkaziluvchi   joyga   uchib   borish,
joylashish, dam olish.
  1-mashg‘ulot.   Aerob   imkoniyatlami   rivojlantirish.   Bir   tekisda   yugurish
va 30 daqiqa davomida stretching bajariladi.
  2-mashg‘ulot   (kechqurun).   Yo‘naltirilishi   -   barcha   harakatlaming
namoyon boMishini rivojlantirilishga qaratiladi.
Chigil   yozdi   mashqlari:   Juft   bo‘lib   to‘p   bilan   «Vengercha   mashq»
harakatlarini bajarish, mashqni bajarish davomiyligi 30 daqiqani tashkil qiladi.  
Darvozagacha   20-25   metr   masofadan   dumalab   borayotgan   (harakatdagi)
to‘pni   zarb   bilan   daravozaga   yo‘naltirish,   mashqni   bajarish   davomiyligi   5
daqiqani tashkil qiladi.
 8x8 metr o‘lchamdagi maydonchada «5x2 kvadrat» bo‘yicha, 2 urinishda
mashq bajarish, mashqni bajarish davomiyligi 6 daqiqani tashkil qiladi
25   2   ta   guruh   bo‘lib   darvozaga   zarba   berish,   to‘pning   jarima   maydoniga
chiziq   yoni   bo‘ylab   burchakdan   o   ’yinga   kiritilishida,   burchak   ostida   zarba
berish   amalga   oshiriladi,   o‘rin   almashinadi.   Mashqni   bajarish   davomiyligi   6
daqiqani tashkil qiladi. 
«5x2   kvadrat»da   1   urinishda   mashq   bajarish,   mashqni   bajarish
davomiyligi 6 daqiqani tashkil qiladi. 
«Qo‘sh   devorv>   orqali   darvozaga   zarba   berish,   mashqni   bajarish
davomiyligi 6 daqiqani tashkil qiladi.
Jarima maydonidan jarima maydonigacha 2 ta darvozada futbol  o‘ynash,
bunda har biri 10 daqiqadan bo‘lgan 2 ta taym belgilanadi.
  Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   20   daqiqa   davomida   bir   tekisda
yugurish va 10 daqiqa davomida streching.
  2-kun.   Futbolchilaming   tibbiy   ko‘rikdan   o‘tkazilishi.   Kechqurun   mash-
g‘ulot   o‘tkaziladi.   Yo‘naltirilishi   -   barcha   harakatlaming   namoyon   bo‘lishi
rivojlantirilishiga qaratiladi.
 Ikkita tarkibda nazorat o ’yini tashkil qilinadi.
  3-kun.   Ertalab,   aerob   imkoniyatlarni   rivojlantirish   mashqlari   bajariladi,
bir tekisda yugurish va 30 daqiqa davomida stretching bajariladi.
  4-kun.   1-mashg‘ulot.   Yo‘naltirilishi   -   kuch   imkoniyatlarini
rivojlantirishga qaratiladi.
  Mashg‘ulot   trenajyor   zalida   o‘tkaziladi.   Juft   holatda   35   soniyali   pauza
bilan, 2 ta seriyada bitta mashqni 35 soniya davomida bajarish amalga oshiriladi.
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   10   daqiqa   davomida   stretching
bajariladi. 
2-mashg‘ulot.   Yo‘naltirilishi   -   gumh   texnik-taktik   harakatlami   takomil-
lashtirishga qaratiladi.
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   bir   tekisdagi   yugurish   va   5   daqiqa
davomida stretching bajariladi.
  5-kun.   1-mashg‘ulot   (ertalab).   Yo‘naltirilishi   -   aerob   imkoniyatlami
rivojlantirish.
26   20   daqiqa   davomida   bir   tekisdagi   yugurish   va   10   daqiqa   davomida
stretching bajariladi.
 Kunning birinchi yarmisida nazorat o‘yini o‘tkaziladi.
  O‘yindan   keyin   12   daqiqa   bir   tekisda   yugurish   va   5   daqiqa   stretching
bajariladi.
  Kechqurun   qayta   tiklanish   tadbirlari   -   suv   havzasi   (basseyn),   saunadan
foydalanish amalga oshiriladi.
6-kun.   1-mashg‘ulot   (ertalab).   Yo‘naltirilishi   -   kuch   imkoniyatlarini
rivojlantirish.   Mashg‘ulot   trenejyor   zalida   o‘tkaziladi.   Juftlikda   har   bir
stantsiyada 35 soniyadan ishlaydi, qaytarilishi 2 seriya.
 5 daqiqa davomida stretching bajariladi.
  2-mashg‘ulot   (kechqurun).   Yo‘naltirilishi   -   guruh   texnik-taktik
harakatlarini takomillashtirishga qaratiladi.
  Chigil   yozdi   mashqlari:   5   daqiqa   stretching,   3   daqiqa   yugurish
mashqlarini bajarish.
  Uchlik holatida to‘p bilan mashq bajarish, mashqni bajarish davomiyligi
20   daqiqani   tashkil   qiladi,   hamkorlarning   almashtirilishi   1   daqiqadan   keyin
amalga oshiriladi:
 - 3 ta ustunni yugurib o‘tib to‘pni qaytarib olish; 
- 3 ustun oralig`ida yugurgan holatda to‘pni qaytarib olish; 
- bo‘sh joyga pas tashlash - urinish bilan to‘pni qaytarib olish; 
- pas - markazda hamkorni aldab o ’tish, to‘pni qaytarib olish;
  -   pastdan   pas   tashlash,   hamkomi   orqadan   quvlash   bilan   ustungacha
masofada to‘pni olish,
  3 ta ustunni aylanib o‘tish, boshqa hamkorga tashlash, orqadan quvlash,
ustungacha to‘pni olish va qaytadan ustunlardan o‘tish va hokazo.
  -   3   ta   ustunni   aylanib   o‘tishdan   keyin   chap,   o   ’ng   oyoq   bilan   to‘pni
qaytarib olish; 
27 -   3   ta   ustunni   aylanib   o‘tish,   to‘pni   o‘rin   almashinish   bilan   birgalikda
«devor»dan qaytarib olish; 
- 3 ta ustunni aylanib o‘tish, hamkorga tashlash, to‘pni qaytarib olish, 12
metrga olg‘a intilish.
  To‘pni egallab olish va jarima maydonigacha uchta nuqtadan darvozaga
zarba berish.
  Mashqni   bajarish   davomiyligi   1   daqiqa,   pozitsiyani   almashtirishdan
keyin, jami 3 daqiqani tashkil qiladi.
  Orqadan   yugurish   bilan   birgalikda   uchlik   holatida   darvozalarga   zarba
berish, qanotlardan uzatish orqali zarba berish. Mashqni bajarish davomiyligi 20
daqiqa, har bir qanot bo‘ylab mashqni bajarishga 10 daqiqadan ajratiladi. 
Jarima   maydonidan   maydon   markazigacha   «9x9   kvadrat»   bo‘yicha,   3
marta   uzatishdan   keyin,   1   urinish   bilan   mashq   bajarish,   mashqni   bajarish
davomiyligi 15 daqiqani tashkil qiladi.
Chigil   yozdi   mashqlari   (razminka):   20   daqiqa   davomida   bir   tekisda
yugurish va 5 daqiqa davomida stertching bajariladi.
  7-kun.   1-mashg‘ulot   (ertalab).   Yo‘naltirilishi   -   aerob   imkoniyatlami
rivojlantirish.
 Bir tekisda yugurish va stertching - 30 daqiqa. 
Nazorat o‘yini o‘tkaziladi 
  O‘yindan   keyin   12   daqiqa   davomida   bir   tekisda   yugurish   amalga
oshiriladi.
  Kunning   ikkinchi   yarmisida   qayta   tiklanish   tadbirlari   -   suana,   suv
havzasidan (basseyn) foydalanish amalga oshiriladi.
  8-kun.   1-mashg‘ulotni   o‘tkazish   (kechqurun).   Yo‘naItirilishi   -   guruh
texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish.
 Chigil yozdi mashqlari: 300 metr masofaga bir tekisda yugurish, 5 daqiqa
stretching bajariladi, 3 daqiqa yugurish mashqlari amalga oshiriladi.
28  9x9 metr o‘lchamli maydonchada «5x2, 6x2 kvadrat» bo‘yicha, qaytarib,
1 urinishda  mashq bajarish,  mashqni  bajarish davomiyligi  2x8 daqiqani  tashkil
qiladi.
  To‘pni   juft   holatda   40-45   metr   masofaga   uzatish   (plasser),   mashqni
bajarish davomiyligi 10 daqiqani tashkil qiladi. 
Juft   bo‘lib   darvozalarga   zarba   berish,   to‘pni   yuqoridan   uzatish,   oldinga
intilish,   darvozaga   zarba   berish.   Zarba   beruvchi   o‘yinchi   oldinga   intilishga
qaytadi. Mashqni bajarish davomiyligi 2 x 8 daqiqani tashkil qiladi.
  Har   biri   5   tadan   o‘yinchidan   tashkil   topgan   3   ta   jamoa   bilan   o‘yin
mashqlarini   bajarish,   bunda   maydon   uchta   hududga   ajratiladi.   Vazifa   -
himoyadan   tezkorlikda   chiqishga   qaratiladi.   Gol   uruvchi   jamoa   tezda   boshqa
darvoza   tomon   hujumga   o‘tadi.   To‘p   yo‘qotilgan   holatda,   pressing   qo‘laniladi.
Mashqni bajarish davomiyligi 20 daqiqani tashkil qiladi.
 Chigil yozdi mashqlari (razminka): bir tekisda yugurish va stretching - 15
daqiqa.
 9-kun. Nazorat o‘yini. O‘yindan keyin 12 daqiqa davomida bir tekisda yugurish
mashqi bajariladi.
  Kunning   ikkinchi   yarmida   qayta   tiklanish   tadbirlari   -   suana,   suv
havzasidan   (basseyn)   foydalanish   amalga   oshiriladi.   10-kun.   Uyga   qaytish
(uchish).
10   kunlik   o‘quv-mashg‘ulotlar   yig‘ini   davomida   turli   xildagi   malaka
darajalari   va   turli   xil   raqiblar   uyin   uslublari   bo‘yicha   5   ta   nazorat   o‘yini,
shuningdek 10 ta mashg‘ulot mashqlari o‘tkaziladi. Yo‘naltirilishi - quyidagicha
ifodalanadi: 
- 4 ta mashg‘ulot - aerob imkoniyatlarni rivojlantirish uchun; 
- 2-mashg‘ ulot - kuch imkoniyatlarini rivojlantirish uchun; 
-   1-mashg‘ulot   -   barcha   harakatlanish   imkoniyatlari   namoyon   bo‘lishini
rivojlantirish uchun ajratiladi.
  Uchta   mashg‘ulot   guruh   texnik-taktik   harakatlami   takomillashtirishga
qaratiladi.   Ushbu   ko‘rinishda,   ko‘rinib   turibdiki,   bu   mikrotsiklda   urg‘u   yangi
29 futbolchilami tekshirish va optimal tarkibni aniqlash, jamoaviy va asosiy gumh
holidagi   texnik-taktik   harakatlami   sinov-muhokamadan   o   ’tkazishga   qaratiladi.
Aerob va kuch imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
II.Bob .  YUQORI MALAKALI FUTBOLCHILARNING MIKROSIKIL
MASHG`ULOT YUKLAMALARINI NAZORAT QILISH
2.1.  Mikrosikil yuklamalarni rejalashtirishda sport mashg‘ulotlarining
umumiy tamoyillaridan foydalanish
Butun   mashg`ulotlar   jarayonini   tashkil   qiluvchi   ko‘plab   alohida   qismlar
ichida   boshlang`ich   qismlardan   biri   -   bu   alohida   mashg‘ulotlar   mashqlari
tizimidan   iborat   hisoblanadi,   bu   qism   ayniqsa,   mikrosikl   davomida   butun
jarayon   tarkibida   qismlarning   o‘zaro   bog`liqligi   ta’minlanishida   muhim   o‘rin
tutadi.  Mikrosikl   -   mashg‘ulotlar   bosqichlarining   tugallangan
ko‘rinishdagi, takrorlanuvchi tavsiflarga ega qismidan tashkil topadi [4]. 
Mikrosikllaming   qimmati   shundaki,   ya’ni   mashg‘ulotlaming   chastotasi
yuqori qiymatga egaligiga qaramasdan unda bir xillik (monoton) havfi va salbiy
ta’sirga ega psixologik ta’sirlar darajasi yaqqol kamaytirilishi amalga oshiriladi.
Mikrosikllardan   voz   kechish   sterotip   shakldagi   mashqlar   ishlab   chiqilishida
30 yuklamalaming   uzoq   vaqt   davomiyligida   standartlashtirilishiga   olib   kelishi
mumkin,   yakuniy   holatda   esa   bu   samarali   natijalarga   erishish   o‘sishiga
to‘sqinlik qilishi mumkinligi qayd qilinadi [8, 11].
Mikrosikllarning   davomiyligi   3-5   dan   10-15   kungacha   belgilanishi
mumkin.   Mashg‘ulotlar   tarkibi   va   amalga   oshirilishi   joyiga   bog‘liq   holatda,
mashg`ulotlarni   tuzib   chiqish   tizimida   quyidagi   mikrosikllar   tiplari   o‘zaro
farqlanadi:   jumladan,   jalb   qiluvchi,   bazaga   oid,   harakatga   keltiruvchi   (zarba
beruvchi), musobaqa oldi, musobaqaga tegishli va qayta tiklash maqsadlaridagi
mikrosikllar.   Bu   mikrosikllarning   har   biri   nisbatan   batafsil   holatda   quyidagi
mualliflar ishlarida keltirilgan [8,12, 18, 22 va boshqalar]. 
«Jalb   qiluvchi»   (tortuvchi)   mikrosikllar   har   bir   mashg‘ulotlar   katta
siklining   boshlang`ich   tayyorgarlik   davri   uchun   xos   hisoblanadi.   Bu   mikrosikl
uchun   mashg‘ulotlar   yuklamalarining   bir   tekisda   o‘sib   borishi   xos   xususiyat
bo‘lib, mashg‘ulotlar mashqlari hajmi sezilarli darajada va shiddatliligi darajasi
o‘rtacha qiymatda oshirib boriladi. 
«Bazaga oid» (asos) mikrosikllar quyidagi ikkita turda o‘zaro farqlanadi:
boshlang‘ich   va   harakatga   keltiruvchi.   Boshlang‘ich   mikrosiklning   vazifasi   -
futbolchilarda   aerob   imkoniyatlar   darajasini   oshirish,   yuqori   darajadagi
shiddatga   ega   bo‘lgan,   zo‘riqishli   mashg`ulotlar   yuklamalarini   bajarishda
funksional   tizimlar   va   harakatlanishga   oid   imkoniyatlar   tayyorgarligi
maqsadlariga   yo‘naltiriladi.   «Harakatlantiruvchi»   (zarba   beruvchi)   mikrotsikl
maxsus tayyorgarlik bosqichi uchun tipik holat bo‘lib, uning o‘ziga xos jihatlari
-   sportchilar   organizmi   adaptatsion   imkoniyatlarning   sarflab   bo‘linishi
chegaralari doirasida hajmi katta va yuqori shiddatga ega bo‘lgan mashg‘ulotlar
yuklama-larini   bajarishda   ifodalanadi.   Uning   asosiy   vazifasi   -   futbolchilar
organizmida   adaptatsiya   jarayonlarini   stimullash   (turtki   berish),   texnik-taktik,
jismoniy, psixologik va integral tayyorgarlik masalalarini hal qilishga qaratiladi.
Garchi, ayrim holatlarda ulardan foydalanish musobaqalar  davrida ham  imkoni
mavjud   bo‘lsada,   harakatlantiruvchi   mikrosikllar   tayyorgarlik   davrining   asosiy
tarkibini tashkil qiladi.
31 «Musobaqa   oldi»   makrosikllari   oldinda   o‘tkazilishi   belgilangan
musobaqalar   shartlariga   muvofiq   holatda,   taqvim   o‘yinlarini   modellashtirish
asosida   tuzib   chiqiladi.   Ular   bevosita   chempionat   boshlanishi   oldidan   amalga
oshirilib, davomiyligi 2-3 haftani tashkil qiladi. Bu makrosikl tarkibida ma’lum
bir   aniq   raqiblarga   nisbatan   tor   doirada   ixtisoslashtirilgan   tayyorgarliklarni
amalga   oshirish.   uchrashuv   o‘tkaziluvchi   joyni,   o‘yinning   texnik-taktik
xususiyatlarini va raqibning ehtimolligi mavjud bo‘lgan kuchini hisobga olib ish
olit   borishga   qarab   chiqiladi.   Bu   mikrosikllarda   jamoaning   shakllantirilishi   va
guruhga tegishli o‘yin taktik sxemalar shakllantirilishi yakunlanadi, shuningdek
maxsus jismoni) tayyorgarlik tizimi optimallashtiriladi, jamoaning asosiy tarkib
aniqlanadi.   Mashg‘ulotlar   yuklamalarining   hajmi   uncha   katta   qiymatga   ega
emas,   alohida   mashg`ulotlarda   ixtisoslashtirilgan   dasturlar   maksimal   qiymatda
qayd qilinadi. Mashg`ulotlar yuklamalar va dam olish ketma-ketligi chempionat
taqvim jadvaliga muvofiq tuzib chiqiladi.
Musobaqa mikrosikllari musobaqalar dasturlariga mos tuzib chiqiladi. Bu
mikrosikllarning   tizimi   va   davomiyligi   turli   xil   sport   turlari   bo‘yicha
o‘tkaziluvchi   musobaqalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ma’lum   bir   aniq
sportchilar   ishtirok   etuvchi   dasturlar   raqami,   startlarning   umumiy   soni   va   ular
o‘rtasidagi   to‘xtalishlar   vaqtini   hisobga   olgan   holda   aniqlanadi.   Futbolda
musobaqa mikrosikli musobaqalar taqvim jadvali asosida tuzib chiqiladi.
Sh.T.Iseyev   [4]   fikriga   ko‘ra,   mikrosikl   tuzilishiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi
ko‘plab omillar va shartlar ichida quyidagilar alohida ajratib ko‘rsatiladi: 
-  turli   xil   mashg‘ulotlar  mashqlarini  bajarishni  amalga   oshirishdan  keyin
charchash   va   qayta   tiklanish   jarayonlarining   ta’siri,   ushbu   holatga   bog‘liq
ko‘rinishda, yuklamalar va dam olish ketmaketligi tartibi, bu holatning nisbatan
yuqori va o‘rtadan yuqori darajadagi yuklamalar sharoitlarida qayd qilinishi;
  -   turli   xil   ustuvorlikdagi   yo‘nalishlar   bilan   birgalikda   mashqlar   bajarish
tarkibida bajariluvchi mashqlarning qat’iy tartibda ketma ketlikda navbatlashishi
32 talab qilinib, bu holat ushbu mashg‘ulotlar bosqichining butun bosqich vazifalari
tarkibini qamrab olishi belgilanadi; 
-   haftalik   davriylikka   yaqin   holatda   (6-8,   10-12   kunlik)   organizm
funksional  holatining bioritm ko‘rinishidagi  tebranishlar  davrlariga muvofiqligi
ta’minlanishi;
- sportchining umumiy hayot faoliyati rejimi (jumladan, mehnat rejimi va
o‘quv   faoliyati   va   hokazolar)   va   ularning   haftalik   ish   qobiliyati   bilan
belgilanuvchi dinamik tavsiflari;
 - mashg‘ulotlami tuzishda umumiy tizim tarkibida mikrosikllarning o‘rni.
Boshqacha   aytganda,   mikrosikllaming   u   yoki   bu   xususiyatlari
o‘zgartirilishi   mashg‘ulotlar   jarayoni   davrlari   va   bosqichlariga   qonuniy
ko‘rinishda bog‘liq hisoblanadi. 
Mutaxasislar   tomonidan   hisoblanilishicha,   mikrosikllar   davomida
mashg`ulotlarni  shunday  tartibda  rejalashtirish   talab  qilinadiki,  ya’ni   bunda  bir
xil  yo‘nalishdagi   yuklamalar  faqat  ma’lum  vaqt  oraliqlari   bo‘yicha  joylashtirib
chiqilishi,   yetakchi   funksiyalarning   yuqori   darajada   qayta   tiklanishi   yetarlicha
bo‘lishi   talab   qilinib,   bu   funksiyalami   boshqa   funksiyalar   to‘xtatib   qo‘yishiga
yo‘l qo‘ymaslik hisobga olinadi [9, 11, 16]. Masalan,  М . А Godik [27] tomonidan
keltirilishicha, aerob tavsiflarga ega bo‘lgan katta hajmdagi ishlar bajarilganidan
keyin   uncha   katta   hajmda   bo‘lmagan   anaerob   tavsiflarga   ega   ishlami   amalga
oshirish talab qilinadi. Bunda anaerob tavsifga ega bo‘lgan ishlarning bajarilishi,
birinchidan   aerob   funksiyalarning   qayta   tiklanishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatmaydi
va ikkinchidan, anaerob sifatlarning rivojlanishi ushbu vaziyatda stimullanadi.
Mashg‘ulotlar   jarayonini   tuzib   chiqishda   nafaqat   qisqa   muddatlarda
mashg`ulotlar   samarasini   yuzaga   keltiruvchi   yo‘nalishlarda   va   talab   qilingan
qiymatlarda   ishlarni   amalga   oshirish   talab   qilinadi,   balki   uning   avval   amalga
oshirilgan   va   navbatdagi   amalga   oshiriluvchi   mashg`ulotlarga   ko‘rsatuvchi
ta’siri ham hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [13, 19].
Qayd   qilib   o‘tish   kerakki,   ko‘pgina   tadqiqotchilar   tomonidan   oldingi
mashg‘ulotlar   bajarilishidan   keyin   turli   xil   «organ   va   organlar   tizimlarining»
33 funksional   holati   to‘liq   holatda   qayta   tiklanmagan   haftalik   mikrosikl
strukturasidan   foydalanish   tavsiya   qilinadi   [10,   16,   20,   26,   27   va   boshqalar].
Ulaming fikrlariga ko‘ra, to‘liq holatda qayta tiklanmaslik bajariluvchi bir necha
mashg‘ulotlar   (2-3   ta,   ehtimol   undan   ko‘p)   samarasi   yig‘indi   ko‘rinishida
umumiylashtirish   maqsadga   muvofiq   hisoblanadi.   Hozirgi   vaqtda   sport
amaliyotida   katta   son   miqdoridagi   mag‘ulotlaming   «.yig`indi   samarasi»dan
foydalanish keng tarqalishi qayd qilinadi.  Mikrosikllarning   struktura   tarkibini
rejalashtirishda   oqilona   hisoblangan   usullarni   asoslab   berish   uchun   keng
tarqalgan   holat   sifatida   katta   hajmdagi   yuklamalar   asosida   mashg‘ulotlarni
bajarishdan   keyin   o‘rtacha   va   kichik   qiymatlardagi   yuklamalarga   ega   bo‘lgan
mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish qulay va samarali ta’sir berishi qayd qilinadi.
 Ma’lumki, bu ko‘rinishdagi yuklamalardan foydalanish afaol holatda dam
olish» ta’sir  mexanizmi  bo‘yicha  faollashtirishni  amalga oshirishi  qayd  qilinib,
og`ir   mashg`ulotlar   bajarishdan   keyin   qayta   tiklanish   davri   davomida   bu
ko‘rinishdagi mashg‘ulotlar bajarilishi belgilanadi [12, 15 va boshqalar].
A.A.Kuznesov   [22]   tomonidan   bildirilgan   fikrlarga   ko‘ra,   turli   xi
tavsiflarga   ega   bo‘lgan   va   turli   xil   davomiylikdagi   ishlarni   bajarishda   ish
qobiliyatining   ta’minlanishi   asosiy   mexanizmlarini,   shuningdek   charchash
jarayonining   rivojlanishi   mexanizmlarini   batafsil   o‘rganish   bevosita   o‘quv-
mashg‘ulot   jarayonida   alohida   mashqlar   va   majmualarni,   dasturlarni
rejalashtirish,   sportchilarning   musobaqa   faoliyatiga   tegishli   bo‘lgan   butun
funksional   holatni   va   kompensator   reaktsiyalarni   modellashtirish   imkonini
beradi. 
Sportchilarning   ish   va   dam   olish   rejimi   tizimini   oqilona   tarzda   amalga
oshirish   uchun   o‘quv-mashg`ulot   va   musobaqalarga   tegishli   yuklamalar
bajarilishidan   keyin   qayta   tiklanish   reaktsiyalari   qonuniyatlarini   bilish   ham
sezilarli ahamiyatiga ega hisoblanadi.
Bir qator tadqiqotchilar [5, 9, 10, 11] tomonidan qayta tiklanish reaksiya-
larining o‘ziga xos xususiyatlari ajratib ko‘rsatilib, bunda aynan uning fazalarga
oid   tavsiflari,   odatda   ish   qobiliyati   ko‘rsatkichlari   bilan   bog‘liq   holatdagi
34 qiymatlari o‘zgarishlari, jumladan, bu qiymatlarning pasayishi, qayta tiklanishi,
superkompensatsiyalanishi va barqarorlashishi holatlari tavsiflangan.
  Ish   qobiliyati,   fiziologik,   biokimyoviy   va   psixologik   reaksiyalar   tebra-
nishlari   fazalari   aks   etishi   va   davomiyligi   bevosita   sport   turining   o‘ziga   xos
xususiyatlari,   yuklamalar   yo‘nalishlari   va   qiymatlari,   sporchilarning   holati,
tayyorgarlik   darajasi   va   malakasi,   uning   malakali   xususiyatlari   va   boshqalar
bilan bog‘liq hisoblanadi. Ushbu nuqtai  nazardan, alohida diqqat-e’tibor super-
kompensatsiya   fazasiga   qaratilishi   beigilanib,   bu   holat   uzoq   vaqt
davomiyligidagi adaptatsiya jarayonlari shakllanishi asosida qayd qilinadi.
R.A.   Akramov   [20]   tomonidan   keltirilgan   fikrlarga   ko‘ra,   superkompen-
satsiya ma’lum bir aniq turdagi ishlarni bajarish ta’minlanishi davomida sportchi
organizmning  funksional   zahiralari  yetarlicha  chuqur   holatda  sarflanishiga  olib
keluvchi   yuklamalarga   nisbatan   ko‘rsatiluvchi   reaksiya   hisoblanib,   bunda
sporchining   malaka   va   tayyorgarlik   darajasi   qanchalik   yuqori   bo‘lsa,
superkompensatsiya   fazasining   namoyon   bo‘lishi   organizm   funksional
strukturalarining   zahiralari   to‘liq   sarflanishiga   olib   keluvchi   sportchilarning
charchash  darajasiga  shunchalik  ko‘proq bog‘liq bo‘lishi  qayd qilinadi. Yaxshi
tayyorgarlikka   ega   bo‘lgan   va   yuqori   malakadagi   sportchilarda   faqat
mashg‘ulotlar   mashqlarining   chegaraviy   darajadagi   yuklamalari   yoki   ularning
seriyalari   (kun   davomida   2-3   ta   mashg‘ulotni)   superkompensatsiya   fazasining
yaqqol namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
U.M   Аxmadjonov,   А.I   Tolibjonov,   Sh.T   Ise y ev   [16,12,9]   tomonidan
aniqlanishicha,   superkompensatsiya   geteroxron   (bir   vaqtning   o‘zida   amalga
oshmaydigan)   tavsiflarga   ega   bo‘lib,   masalan   chidamlilikni   rivojlantirishga
qaratilgan   yo‘nalishda   yuklamalarni   bajarishdan   keyin,   eng   avvalo   mushaklar
tarkibida   fosfogen   zahirasi   qayta   tiklanishi   amalga   oshadi,   shuningdek   qon
tarkibida   glyukoza   kontsentratsiyasi   qayta   tiklanadi,   navbatdagi   bosqichda   esa
mushak   va   jigarda   glikogen   zahirasi   qayta   tiklanishi   qayd   qilinadi.
Superkompensatsiya   jarayonining   geteroxronlik   tavsiflari   faqatgina   energetik
jihatlarga tegishli emas, balki plastik (qurilish-struktura materiallari) ta’minotga
35 ham   tegishli   hisoblanadi:   jumladan,   energetik   potentsialni   qayta   tiklashga
qaratilgan   superkompensatsiya   jarayoni   oqsillaming   adaptatsion   tarzda
biosintezi tezligi darajasi ortishiga olib keladi, shuningdek quyidagi holatlar ham
o‘ziga   xos   belgilar   ko‘rinishida   qayd   qilinadi:   jumladan,   aerob   yo‘nalishdagi
yuklamalar   bajarilishidan   keyin   oqsillaming   adaptatsion   sintezlanish   reaksiyasi
mitoxondriyalar   darajasidagi   va   mushaklarda   oksidlanishda   ishtirok   etuvchi
oqsillar   darajasida   faollashishi   kuzatiladi,   kuch   rivojlantirilishiga   yo‘naltirilgan
yuklamalar   bajarilishidan   keyin   esa   glikolitik   tavsiflarga   ega   holatda
mushaklarning   mashq   bajarishda   ishtirok   etuvchi   miofibrilla   oqsillari
sintezlanishi faollashadi.
Superkompensatsiyani   rivojlantirishni   boshqarishda   turli   xil   usullar
mavjud hisoblanadi. Maxsus sharoitlarning ta’minlanishi, jumladan organizmda
funksional zahiralarning sarflanishiga olib keluvchi sharoitlar yuzaga keltirilishi
(gipoksiya, ya’ni kislorod tanqisligi sharoitida mashg`ulotlarni amalga oshirish,
toliqish   charchash   holatida   mushaklarning   qo‘shimcha   tarzda   elektr   ta’sirida
stimullanishi,   psixologik   va   farmakologik   stimulyatorlardan   foydalanish   va
hokazolar)   superkompensatsiya   fazasining   yuqori   darajada   namoyon   bo‘lishiga
turtki   berish   imkonini   beradi.   Aerob   tavsiflarga   ega   bo‘lgan   yuklamalardan
foydalanilgan   holatda,   zahiralarning   sarflanishi   past   qiymatdagi   energetik
qimmatga   egai   bo‘lgan   ko‘rinishdagi   parhezga   amal   qilish   asosida   vujudga
keltirilishil   mumkin,   bu   holatda   uglevodlarning   sarflanishi   intensiv   tarzda
amalga   oshishi   natijasida   aerob   tavsiflarga   ega   ish   bajarilishida   ish   davomida
mushaklarda   glikogen   zahirasining   superkompensatsiyalanishi   ifodalanishi
kuzatiladi [18].
N.M.Yusupov   [13]   tomonidan   amalga   oshirilgan   tadqiqotlai   natijalarida
qayd   qilinishicha,   ish   bajaruvchi   mushaklarda   eng   avvalo   tezkor   kislorod   va
kreatinfosfat  zahirasining   qayta  tiklanish  kuzatiladi,  keyin  mushaklar   ichida  va
jigarda   glikogen   zahirasi   qayta   tiklanadi,   faqat   navbatdagi   bosqichdagina   yog‘
zahiralari va ish bajarish davomida sarflangan oqsillar zahiralari qayta tiklanishi
aniqlangan.   Qayta   tiklanish   jarayonlarining   geteroxronlik   tavsiflari   birinchi
36 navbatda,   mashg`ulotlar   yuklamalarining   yo‘naltirilish   xususiyatlariga   bog‘liq
hisoblanadi.   Bir   xil   sharoitlarda   aynar,   yuklamalarning   yo‘naltirilganlik
tavsiflari turli xil organlarda ish bajarish funksiyasi amalga oshirilishi davomida
mavjud   zahiralarning   sarflanishi   va   ularning   qayta   tiklanishi   darajasi   va
davomiyligini belgilab beradi.
Bu   holat   mushaklar   guruhlari   darajasida   yetarlicha   darajada   yaqqol
ko‘rinishda   namoyon   bo‘lib,   toliqish   darajasi   va   qayta   tiklanish   davomiyligi
mashg‘ulotlar   va   musobaqa   jarayonida   faollik   darajasiga   bevosita   bog‘liq
hisoblanadi [21].
Shuningdek,   ish   bajarilishi   davomida   organizmning   bajaruvchi   va
regulyator   qismlarida   qayta   tiklanish   o‘rtasida   o‘zaro   aloqadorlik
qonuniyatlarining ta’siri ham sezilarli  darajada katta qiymatga ega hisoblanadi.
Qon   gemoglobini   tarkibida   va   mushaklarda   mioglobinda   kislorod   zahirasi   ish
bajarilishi   tugallangandan   bir   necha   soniya   keyin   qayta   tiklanadi,   bu   holat
arterial   qon   tarkibida   kislorodning   yuqori   partsial   bosimga   egaligi   hisobiga
amalga   oshadi.   Shuningdek,   fosfagenlarning   (ATF,   KF)   qayta   tiklanishi   ham
yetarlicha darajada tez amalga oshadi, ayniqsa ATF aerob metabolizm hisobiga
qayta   tiklanadi.   Maksimal   qiymatda   bajariluvchi   anaerob   yuklamalardan   keyin
yig`ilib   qoluvchi   laktat   miqdori   odatda,   1-1,5   soat   davomida   me’yoriy   holatga
keltiriladi.   Shu  bilan   bir   vaqtda,  ish   bajaruvchi   mushaklarda   glikogen   miqdori,
ayniqsa   yetarlicha   darajada   davomiylikda   bajariluvchi   aerob   yuklamalardan
keyin bir necha kun davomida qayta tiklanishi qayd qilinadi [11].  Aerob
tavsiflarga   ega   bo‘lgan,   bir   martalik   yuklamalar   bajarilishidan   keyin
mushaklarda   glikogen   yetarlicha   darajada   tez   qayta   tiklanadi:   ya’ni,   12   soat
davomida   67%   gacha,   24   soatdan   keyin   esa   odatda,   deyarli   oldingi
miqdorigacha   qayta   tiklanishi   qayd   qilinadi   [29].   Agar,   aerob   tavsifga   ega
bo‘lgan yuklama oraliq pauzalar bilan birgalikda amalga oshirilsa va bu oraliqlar
to‘liq   qayta   tiklanishni   ta’minlanmasa,   u   holda   mushak   to‘qimasi   tarkibida
glikogen nol qiymatgacha kamayishi kuzatiladi. Birmuncha maksimal qiymatga
ega   bo‘lgan,   ko‘p   marta   takroriylikdagi   yuklamalar   sharoitida,   hatto   to‘la
37 qimmatli   uglevod   parhezi   amalga   oshirilgan   sharoitda   ham   bu   holatda   qayta
tiklanish davri 3-4 kun va undan ortiq bo‘lishi kuzatiladi [19].
Kun   davomida   yuklamalarni   optimal   qiymatlarda   rejalashtirish
maqsadlarida   sportchining   umumiy   hayot   faoliyati   rejimini   hisobga   olish   talab
qilinadi.   Asosiy   mashg‘ulotlami   bajarish   uchun   optimal   vaqt   kunning   ikkinchi
yarmi   hisoblanadi.   Ertalabki   soatlar   davomida   amalga   oshiriluvchi   zo‘riqish!i
mashg‘ulotlar   ta’sirida   sportchilarda   ko‘pgina   vaziyatlarda   tunning   ikkinchi
yarmida   uyqu   buzilishiga   olib   kelishi   qayd   qilinadi.   Ertalabga   yaqin   esa   uyqu
vaqtida   yuzaki   uyqu,   bezovtalik   holatlari   kuzatilishi   aniqlangan.   Bu   holat   start
olish oldidan shiddatli ish bajarish ta’siri ostida kunlik ritmning me’yoriy tartibi
buzilishi   orqali   ham   yuzaga   keladi.   Ushbu   sababga   ko‘ra,   ertalabki   soatlarda
tezlikka   yo‘naltirilgan   mashqlarni   keng   ko‘lamda   bajarish   tavsiya   qilinmaydi
[12]
Kun   davomida   ikki   martalik   mashg‘ulotlarni   amalga   oshirish   yuqori
samaradorlikka   ega   bo‘lib,   agar   bunda   asosiy   va   qo‘shimcha   mashg‘ulotlar
yuklamalari   oqilona   ko‘rinishda   taqsimlab   chiqilishi   amaga   oshirilsa   va
mashg‘ulotlarning   umumiy   miqdori   katta   yuklamalarga   ega   bo‘lgan
mashqlarning   miqdori   kamaytirilishi   bilan   amalga   oshirilmasa,   bu   holat   o‘z
navbatida   mashq   qilish   darajasi   samaradorligi   oshirilishiga   kuchli   turtki
beruvchi holat sifatida baholanadi.
Yuklamalarning oqilona ko‘rinishda ketma-ketlikda joylashtirilishi uchun
yuklamalarni,   ularning   kompleks   shakllarini   va   mikrosikl   davomida
mashg‘ulotlar   seriyalarini   bajarishdan   keyin   qayta   tiklanish   jarayonlarining
amalga   oshishi   tempini   hisobga   olish   talab   qilinadi.   Ma’lumki,   har   qanday
yuklamalarni   bajarishdan   keyingi   qayta   tiklanish   jarayonlari   turli   xil   shiddatda
amalga oshadi.  Tabiiyki  qayta tiklanish  jarayonining nisbatan  katta qiymatdagi
intensivligi   yuklama   bajarilishdan   keyin   tezda   qayd   qilinadi.   Chegaraviy
darajadagi bir martalik yuklamalarni bajarishdan keyin qayta tiklanish davrining
davomiyligi   sezilarli   darajada   aerob   imkoniyatlar   darajasi   bilan   belgilanadi.
38 Shunday   ko‘rinishdagi   fikr   tarqalganki,   ya’ni   sportchilarda   yuqori   darajadagi
aerob imkoniyatlar qayta tiklanish jarayoni tezligini belgilab beradi [00].
  Biroq, yuqori darajadagi aerob xususiyatlar kislorod tanqisligi sharoitida
laktat   fraktsiyasining   nisbatan   tez   qayta   tiklanishiga   ta’siri   qilib,   deyarli   bu
holatda alaktat fraktsiyaning qayta tiklanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi, bunda uning
ta’sir   darajasi   aerob   imkoniyatlar   darajasi   nisbatan   yuqori   bo‘lmagan
sportchilardagi kabi qiymatga ega bo‘lishi qayd qilinadi [17]. 
.N.M.Yusupov   [13]   tomonidan   turli   xil   yo‘nalishdagi   yuklamalarni
bajarishdan   keyin   jismoniy   imkoniyatlarning   qayta   tiklanishi   tezligi   haqidagi
ma’lumotlar keltirilgan.
Turli   xil   yo‘nalishdagi,   qiymatdagi   va   davomiylikdagi   yuklamalar
bajarilishida,   qayta   tiklanish   davrining   birinchi   uchdan   bir   qismida   umumiy
holatda 55-65%, ikkinchi qismida - 25-35% va uchinchi qismida - 5-15% qayta
tiklanish reaksiyalari amalga oshishi qayd qilinadi [25]. 
Ushbu   ko‘rinishda,   turli   xil   ustuvorlikka   ega   bo‘lgan   mashg‘ulotlarning
ketma-ketlikda   joylashtirilishi   mashg‘ulotlar   jarayonida   katta   ta’sirga   ega
boshqarish   yo‘llaridan   biri   hisoblanadi.   Ma’lumki,   malakaga   ega   bo‘lgan   yoki
yaxshi   darajada   mashq   qilgan   sportchilar   standart   holatdagi   yuklamalar
bajarilishiga   nisbatan   gomeostaz   holatida   kam   qiymatdagi   siljishlar   qayd
qilinadi   va   ularda   nisbatan   malakaga   to‘la   ega   bo‘lgan   yoki   yetarlicha   mashq
qilmagan   sportchilarga   nisbatan   qayta   tiklanish   jarayoni   tezroq   amalga   oshishi
qayd qilinadi [24, 25, 29]. 
2.2. Yuqori malakali futbolchilarda mikrosiklli yuklamalarni
me’yoriylashtirish usullari.
Zamonaviy   mashq   qilish   holati   mikrosikllar   tarkibida   mashg‘ulotlar
yuklamalarining   katta   qiymatda   turli   xilligi   va   yuqori   darajada
me’yoriylashtirilishi bilan tavsiflanadi [13, 21, 24 va boshqalar]
39   Oldin   qayd   qilib   o‘tilganidek,   mikrosikl   davomida   yuklamalarni
rejalashtirishda   turli   xil   ustuvorlikka   ega   bo‘lgan   mashg`ulotlarning   ketma-
ketligi tartibini qat’iy ko‘rinishda chiqish talab qilinadi. Sport mashg`ulotlarida
kompleks va tanlash asosidagi yo‘naltirishdan foydalaniladi.
Quyidagi   tadqiqot   ishlarida   [15,   18,   19]   mualliflar   tomonidan
keltirilishicha,   sportchi   organizmiga   tanlash   asosidagi   yo‘naltirilish   bo‘yicha
mashg‘ulotlarni   bajarish   nisbatan   kuchli   ta’sir   ko‘rsatadi,   bu   holatdagi
mashg`ulotlardan   foydalanish   ma’lum   yo‘nalishda   pedagogik   ta’sir   usullari   va
vositalarini   yo‘naltirish   imkonini   beradi.   Turli   xildagi   masalalarni   hal   qilishga
yo‘naltirilgan,   vositalarning   ketma-ketlikda   joylashtirilishidan   tashkil   topgan
majmuaviy   mashg‘ulotlar   sportchilar   organizmiga   nisbatan   keng   ko‘lamda,
biroq   nisbatan   kuchsiz   darajada   ta’sir   ko‘rsatishi   qayd   qilinadi.   Garchi,
mashg‘ulotlar jarayoni davomida katta hajmdagi ishlar bajarilishiga qaramasdan,
uning   alohida   qismlarida   ish   bajarish   qobiliyati   turli   xil   funksional   tizimlar
tomonidan ta’minlanadi.
Sport turlarining o‘ziga xos tavsiflariga bog‘liq holatda, u yoki bu tipdagi
mashg‘ulotlar   mashqlari   va   ularni   tuzib   chiqish,   amalga   oshirish   usullari
tanlanadi. Texnika va taktikaning, jismoniy va psixologik imkoniyatlarning katta
qiymatda   turli   xilligi   bilan   farqlanuvchi   sport   o‘yinlarida   va   yakka   kurash
turlarida   asosan   kompleks   tipdagi   mashg‘ulotlar   rejalashtiriladi,   bu   holatda
ketmaketlikda   va   parallel   holatda   juda   turli   xildagi   vazifalar   yechimi   qarab
chiqiladi.   Sport   o‘yinlari   turlarida   kompleks   yo‘naltirishga   ega   bo‘lgan
mashg‘ulotlardan   ustuvorlikda   foydalanish   tabbiyki,   tanlash   asosidagi
mashg`ulotlardan   foydalanishni   ham   mustasno   qilmaydi   masalan   faqat   aerob
imkoniyatlarning   oshirilishi   yoki   kuch   sifatj   rivojlantirilishi   yo‘nalishidagi
mashg‘ulotlar tanlanishi mumkin.
Murakkab   harakat   koordinatsiyalarga   ega   bo‘lgan   sport   turlarida
tayyorgarlik   tizimi   tarkibida   ham   asosiy   o‘rin   kompleks   tipdi   yo‘naltirilgan
mashg`ulotlarga ajratiladi. 
40 Siklik   va   tezlik-kuch   ustuvorligiga   yo‘naltirilgan   sport   turlarida   katta
qiymatdagi   yuklamalarga   ega   bo‘lgan,   sportchi   organizmiga   nisbatan
mashg`ulotlaming   o‘tkir   ta’siri   seziluvchi   mashqlar   aksincha   tanlash   asosidagi
tavsiflarga ega bo‘lishi qayd qilinadi.
Malakaga   ega   bo‘lgan   sportchilarni   tayyorlash   jarayoni   davomida
kompleks   yo‘naltirilishga   ega   bo‘lgan   mashg‘ulotlardan   mashq   qilish   bo‘yicha
oldin erishilgan darajani ushlab turish maqsadlarida foydalanish mumkin.
Bu holat uzoq vaqt davomiyligiga ega bo‘lgan musobaqa davrida amalga
oshirilishi   maqsadga   muvofiq   hisoblanadi,   bu   davrda   sportchining
musobaqalarda   ishtirok   etishiga   to‘g‘ri   keladi.   Bu   ko‘rinishdagi   mashg‘ulotlar
dasturlarini   tuzib   chiqishning   o‘ziga   xos   xususiyatlari   mashg`ulotlar   jarayoni
tarkibining   turli   xilligini   ta’minlash   imkonini   beradi,   shuningdek   umumiy
yig‘indi   qiymati   unchalik   katta   bo‘lmagan   sharoitda   sezilarli   hajmda   ishlarni
bajarish imkoniyati yuzaga keladi.
Kompleks   mashg‘ulotlar   tanlash   asosidagi   yo‘naltiruvchi   va   sezilarli
darajadagi   yuklamalar   bilan   bajariluvchi   mashg‘ulotlar   mashqlaridan   keyin
qayta tiklanish jarayonlari tezlashtirilishi  uchun juda yaxshi  vosita hisoblanadi,
shuningdek   bu   tipdagi   mashg‘ulotlar   mikrosiklar   tarkibida   qayta   tiklanish
jarayonlarida katta o‘rinni egallaydi [12, 21, 26 va boshqalar].
Yuqorida   ta’kidlangani   kabi,   mikrosikl   strukturasiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi
omillardan biri yuqori va quyi darajalardagi mashg‘ulot yuklamalarining ketma-
ketlikda joylashtirilishi bilan bog‘liq hisoblanadi. 
Birinchi   variant  shunday  rejalashtirilganki,  ya’ni   bunda  katta  qiymatdagi
yuklamaga   ega   bo‘lgan   asosiy   mashg‘ulotlar   bajarilganidan   keyin,   ushbu
yo‘nalishda   o‘rtacha   qiymatdagi   yuklamaga   ega   bo‘lgan   mashqlar
mashg‘ulotlari bajarilishi belgilangan .
Ikkinchi   variantda   esa   mashg‘ulotlaring   aksincha,   teskari   yo‘nalishda
ketma-ketlikda   joylashtirilishi   amalga   oshirilgan:   ya’ni,   o‘rtacha   qiymatdagi
yuklamalarga   ega   mashqlar   mashg‘ulotlari   bajarilgandan   keyin,   ushbu
41 yo‘nalishda   yuqori   qiymatdagi   yuklamaga   ega   bo‘lgan   asosiy   mashqlar
mashg‘ulotlari bajarilishi amalga oshirilishi belgilangan.
Uchinchi variantda - yuklamalaming qiymatlari va ulaming yo‘nalishi har
bir mashg‘ulotda o‘zgartirilib borilgan: jumladan, katta yuklama qiymatiga ega
mashqlar bajarilganidan keyin qo‘shimcha holatda kichik qiymatdagi yuklamaga
ega,   ushbu   yo‘nalishdagi   mashqlar   bajarilishi   belgilangan.   Bu   tuzib   chiqilgan
barcha   mashg‘ulotlar   variantlari   futbolchilarda   ish   bajarish   qobiliyatining
sezilarli   darajada   pasayishiga   olib   kelgan.   Futbolchilarda   maxsus   ish
qobiliyatining nisbatan kam darajada susayishi qiymatlari mikrosiklda to‘rtinchi
variantdagi   mashqlar   mashg`ulotlari   dasturini   bajarishdan   keyin   qayd   qilingan,
bu holatda mashg‘ulotlar kechki vaqt davomida (soat 19-21) amalga oshirilgan,
qo‘shimcha   mashqlar   esa   ertalab   (soat   7-9)   uchinchi   variantdagi   kabi   ketma-
ketlik   tamoyili   asosida   bajarilgan.   Amalga   oshirilgan   tadqiqotda   olingan
natijalar   asosida   mikrosikl   davomida   mashg‘ulotlar   mashqlarining   ketma-ket
optimalligi holatlari aniqlangan.
Bu ko‘rinishdagi umumiylik ikkinchi mikrosiklning to‘liq qayta tiklanish
fazasida   boshlanish   imkonini   beradi,   shu   bilan   bir   vaqtda   navbatdagi   ish   kuni
davomida   ikkinchi   mikrosiklda   sportchilar   qisman   qayta   tiklanish   fazasida
mashg‘ulotlarni amalga oshiradi va keyin esa dam olish kuni belgilanadi.
Tayyorgarlikning   alohida   bosqichlarida   turli   xil   yo‘nalishdagi
vositalarning taqsimlanishini tahlil qilish davomida funksional, texnik, taktik va
o‘yinga   tegishli   tayyorgarliklar   vositalarining   qo‘llanilishida   ma’lum   bir   aniq
tendensiyalar   aniqlangan.   Muallif   tomonidan   ko‘rsatib   o‘tilganidek,   ushbu
vositalarning   taqsimlanish   tavsiflari   ularning   hajmi   tsiklik   sport   turlarida
qo ֲ laniluvchi   ushbu   ko‘rinishga   o‘xshash   vositalardan   sezilarli   darajada
farqlanadi,   shu   sababli.   mashg`ulotlar   jarayonida   muallif   tomonidan
sportchilaming   aerob   va   shuningdek   anaerob   sifatlarini   rivojlantirishga   katta
e’tibor   qaratish   tavsiya   qilinadi   va   ayniqsa   tezkor-chidamlilikni   belgilab
beruvchli   anaerob-glikolitik   imkoniyatlar   rivojlanishiga   e’tibor   qaratish
kerakligi ta’kidlab o‘tiladi.
42 Mikrosiklning   oqilona   ko‘rinishda   rejalashtirilishi   asosi   sifatidja   alohida
mashg‘ulotlar yuklamalaridan keyin toliqish va qayta tiklanish qayd qilinishi bir
qator tadqiqotchilar tomonidan keltirib o‘tiladi [7, 11, 14, 24 va boshqalar].
Sh.T.Iseyev   [4]   tomonidan   yuqori   malakaga   ega   bo‘Igan   gandbol-chilar
ustida amalga oshirilgan tajriba tadqiqotlari natijalarida mikrosiklda yuklamalar
va   dam   olishlaming   ketma-ketlikda   joylashtirilishi   quyidagi   ko‘rinishda   uchta
tipdagi reaksiyalar namoyon bo‘lishiga olib kelishi qayd qilingan :
- mashq qilish darajasining maksimal darajada o‘sishi;
 - mashq qilish samarasining sezilarsiz darajada bo‘lishi; 
- sportchining me’yoridan ortiq toliqishi.
Bunda   birinchi   tipdagi   reaksiya   mikrosiklda   katta   qiymatdagi   yuklama-
larning   optimal   miqdorda   qo‘llanilishi,   ulaeerning   o‘zaro   oqilona   ko‘rinishda
ketma-ketlikda   joylashtirilishi,   shuningdek   kichik   qiymatdagi   yuklamalar   bilan
o‘zaro   ketma-ketlikda   muvofiq   tarzda   joylashtirilishi   sharoitlarida   bajariluvchi
barcha   mashg‘ulotlarda   qayd   qilinadi.   Agar,   mikrosikl   davomida   mashq   qilish
darajasi   o‘sishiga   turtki   berish   vazifasini   bajaruvchi   yuklamalar   o‘quv-
mashg‘ulotda   sezilarsiz   darajadagi   mashqlardan   foydalanilsa,   u   holda   ikkinchi
tipdagi reaksiya vujudga kelishi qayd qilinadi.
Va   nihoyat,   katta   qiymatdagi   yuklamalarning   su’istemol   tarzida
qo‘llanilishi yoki ularning oqilona bo‘lmagan tartibda, nomuvofiq ko‘rinishdagi
ketma-ketlikda   joylashtirilishi   sportchining   haddan   ortiq   darajada   toliqishiga
olib kelishi, ya’ni uchinchi tipdagi reaksiyani yuzaga keltirishi kuzatiladi.
Ushbu   muallif   tomonidan   amalga   oshirilgan   tadqiqot   natijalari   ko‘rsa-
tishicha, o‘yin mashqlari hisobiga siklik bo‘lmagan tavsiflarga ega mashqlaming
yaratilishi imkoniyatlari zaruriy ehtiyoj bo‘lib, bunda oldindan ma’lum bo‘lgan
funksional holati tizimidagi siljishlar gandbolchilarda maxsus ish qobiliyatining
ta’minlanishiga   qaratiladi.   Buning   uchun   o‘yin   mashqlarini   seriyalarga   bo‘lib
chiqish   va   ularni   ma’lum   bir   aniq   miqdoriy   qiymatlar   bo‘yicha   dozalarga
ajratish talab qilinadi, ya’ni bajarilish shiddati, davomiyligi, takroriylik miqdori,
43 ish   bajarish   va   dam   olish   ketma-ket   joylashtirilishi   hisobga   olinishi   talab
qilinadi.
Sport   mashg‘ulot   nazariyasi   va   amaliyotida   mikrosikl   davomida
yuklamalar   va   dam   olishlarning   ketma-ket   joylashtirilish   variantlari   ishlab
chiqilgan   bo‘lib,   ulardan   amaliyotda   keng   foydalaniladi,   bu   variantlarda
navbatdagi mashg‘ulotlar oldingi mashg‘ulotlardan keyin qisman qayta tiklanish
amalga   oshmagan   fonda   bajarilishi   kuzatiladi.   Bunday   holatda   bir   qancha
mashg‘ulotlarning   umumiy   yig`indi   samaralari   qayd   qilinadi.   Ushbu
ko‘rinishdagi seriyalarda yig‘indi holidagi katta qiymatdagi yuklamalar masalasi
muhokama   qilinishi   talab   qilinib,   dam   olish   rejalashtirilishi   va   bunda   ish
qobiliyatining   yuqori   darajada   qayta   tiklanishiga   erishish   zaruriy   shart
hisoblanadi  [15, 34].
Bir qator mualliflar tomonidan [4, 12, 13, 19] bir xil yo‘nalishdagi ikkita
mashg‘ulotning   sportchilar   organizmiga   umumiy   yig`indi   ta’siri   tavsiflangan
bo‘lib,   ikkinchi   mashg‘ulot   birinchi   mashg‘ulotdan   keyin   organizmda   qayta
tiklanish   to‘liq   amalga   oshmasligi   fonida   bajarilishi   amalga   oshirilgan   sharoit
tahlil   qilingan.   Tezlik   yo‘nalishidagi,   katta   yuklamaga   ega   bo‘lgan   ikkita
mashg‘ulot   bajarilishi   davomida,   24   soat   oralig`ida   yuzaga   keluvchi   toliqish
tavsiflari   bir   xildagi   yuklamada,   takroriy   amalga   oshiriluvchi   mashg`ulotlarda
kuzatiluvchi   toliqish   tavsiflariga   o‘xshash   bo‘lishi   qayd   qilingan.   Ikkinchi
mashg‘ulot   dasturi   bajarilishi   davomida   sportchilarning   ish   qobiliyati   sezilarli
darajada   past   bo‘lishi   kuzatilib,   toliqish   ta’sirida   ular   bajarilishi   talab   qilingan
ishning   75-80   foiz   ko‘pini   bajara   olmasligi   kuzatiladi,   o‘z   navbatida   tez
rivojlanuvchi   toliqish   sportchilar   psixologik   holatiga   sezilarli   darajada   salbiy
ta’sir   ko‘rsatishi   qayd   qilinadi.   Bu   holat   ayniqsa,   past   malakaga   ega   bo‘lgan
yoki yetarlicha darajada mashq qilmagan sportchilarda nisbatan yuqori darajada
ifodalanishi   kuzatiladi.   Bir   xil   yo‘nalishdagi,   katta   qiymatdagi   yuklamaga   ega
bo‘lgan   ikkita   mashg`ulotning   ta’sir   xususiyatlari   mashg‘ulotlar   davriga,
sportchining malaka darajasiga deyarli bog`liq emas, shu sababli mikrosiklda bir
xil   yo‘nalishdagil   katta   qiymatdagi   yuklamalarga   ega   bo‘lgan   ikkita
44 mashg‘ulotning   ketma-ket   joylashtirilishida   ehtiyotkorlik   talab   qilinadi   va   bu
holal:   faqat   yuqori   malakaga   ega   bo‘lgan   va   faol   mashq   qilgan   sportchilarda
chidamlilikni oshirish maqsadida foydalanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yangi   harakatlarga   tegishli   holatlarni   o‘rganish,   texnikani   takomillashtirish,
tezlik   va   koordinatsion   qobiliyatlarni   oshirish   yo‘nalishidagi   mashg‘ulotlar
ketma-ket joylashtirilishida ko‘rsatib o‘tilgan sifatlarning rivojlantirilishi asosini
tashkil   qiluvchi   asosiy   uslubiy   ko‘rsatmalarga   amal   qilgan   holatda
rejalashtirilishi maqsada muvofiq hisoblanadi.
24   soat   oralig`i   bo‘yicha   amalga   oshiriluvchi,   o‘zaro   farqlanuvchi
yo‘nalishlarga   ega   va   katta   qiymatga   ega   bo‘lgan   yuklamalar   asosidagi   ikkita
mashg‘ulotlarning umumiy yig‘indi ko‘rinishidagi ta’siri bir xildagi yo‘nalishga
ega   bo‘lgan   mashg‘ulotlarning   ushbu   tipdagi   ta’siridan   tamoyil   jihatidan
farqlanadi.   Agar,   oldingi   katta   yuklama   asosida   mashg`ulotning   bajarilishida
qayd   qilingan   toliqish   g‘olati   ikkinchi   boshqa   yo‘nalishdagi   mashg‘ulot
bajarilsa,   u   holda   ikkinchi   mashg‘ulot   bajarilishi   aynan   oldingi   mashg‘ulotda
kuzatilgan   toliqish   darajasini   chuqurlashtirmaydi,   balki   sportchining   ish
qobiliyatining   boshqa   bir   jihati   ko‘rsatkichlari   qiymatining   susayishiga   olib
keladi.
Ushbu   ko‘rinishda,   agar   tezlik   imkoniyatlarini   oshirishga   yo‘naltirilgan
mashg`ulotlar   bajarilishidan   keyin,   ish   bajarish   davomida   aerob   tavsifga   ega
bo‘lgan tezlikga oid chidamlilik darajasini  oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot
bajarilishi amalga oshirilsa, u holda so‘nggi holatning sezilarli darajada qiymati
pasayishi   kuzatiladi.   Shu   bilan   bir   vaqtda,   ikkinchi   mashg‘ulotni   bajarish
davomida tezlik imkoniyatlari darajasi sezilarli pasayishi qayd qilinadi. Shunga
o‘xshash   holat   mualliflar   tomonidan   turli   xil   ustuvorlikka   ega   bo‘lgan
yo‘nalishlarda,   katta   qiymatdagi   yuklamalarga   ega   mashg`ulotlar   birligida
umumiy yig‘indi ta’sir tavsiflarini o‘rganishda aniqlangan.
O.A.Qurbonov   [26]   tomonidan   keltirilgan   ma’lumotlar   katta   qiziqish
o‘yg‘otadi,   jumladan   bunda   ushbu   muallif   tomonidan   mikrotsikl   davomida
qiymatining   asta-sekin   oshirib   borilishi   yoki   kamaytirib   borilishi   ko‘rinishida
45 yuklama   berilishidan   keyin   umumiy   yig‘indi   ta’sirining   suzuvchilarda   qayta
tiklanish   davrida   tavsiflari   ko‘rsatib   berilgan.   Ushbu   muallif   tomonidan
aniqlanishicha,   mikrosiklda   haftaning   oxirigi   qismida   yuklamaning   asta-sekin
oshirib   borilishi   natijasida   sezilarli   darajadagi   “kumulyativ”   samara   kuzatilishi
qayd   qilingan,   shuningdek   mikrosiklda   yuklamaning   qiymati   asta-sekin
kamaytirib   borilishida   sportchilarda   ko‘pgina   ko‘rsatkichlar   qiymatlarining,
jumladan, nafas olish, asab-mushak apparati, qon, kislorod tanqisligiga nisbatan
funksional barqarorlik, maxsus chidamlilik kabilarning nisbatan tezroq me’yoriy
holatga   kelishi   kuzatilgan.   Futbolchilarda   organizmning   funksional   holati
me’yoriylashtirilishi   uchun   yuklamalarning   umumiy   yig‘indi   qiymatini   va
shiddatliligini   kamaytirish   talab   qilinmasdan,   balki   faqat   mashg‘ulotlar   rejasini
tuzib chiqishni variatsiyalash maqsadga muvofiqligi ta’kidlanadi.
M.A.Godik [27] tomonidan malakali futbolchilarning tayyorgarlik davrida
mikrosikl   variantlarining   samaradorligi   o‘rganilgan.   Aniqlanishicha,   ikkinchi
mashg‘ulotdan   22   soat   o‘tganidan   keyin   chidamlilikni   rivojlantirish   bo‘yicha
kichik   hajmdagi   mashg‘ulotlarni   amalga   oshirishni   boshlash   mumkin
hisoblanadi. 38 soat o‘tganidan keyin esa, tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirish va
texnik   mahoratni   takomillashtirish   bo‘yicha   kichik   hajmdagi   mashg‘ulotlarni
amalga   oshirishni   boshlash   mumkin,   shuningdek   chidamlilikni   rivojlantirish
bo‘yicha   kichik   va   o‘rtacha   hajmdagi   mashg‘ulotlarni   bajarishga   kirishish
mumkin   hisoblanadi.   46   soatdan   keyin   esa   har   qanday   mashg`ulotlar
mashqlarini bajarishga ruxsat etiladi.
Amalga   oshirilgan   tahlillar   natijasida   aniqlanishicha,   12   kunlil;
mikrosiklning   qo‘llanilishi   nafaqat   sportchilar   organizmi   holatining;
yaxshilanishini   ta’minlashi,   balki   sport   yo‘nalishidagi   texnik:   natijalarning
darajasi oshirilishini ham ta’minlashi qayd qilingan.
R.I,   Nurimov   [19]   tomonidan   mashg`ulot   usullarining   bir   xil
yo‘nalishdagi   jismoniy   yuklamalar   samaradorligi   darajasi   yetti   kunlik   sikl
davomida   o‘rganib   chiqilgan.   Amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   natijalari   asosida
chiqarilgan   xulosalarda   ko‘rsatilishicha,   dastlabki   yetti   kun   davomida   bir   xil
46 yo‘nalishdagi   yuklamalar   bajarilishi   ta’siri   ostida,   bajariluvchi   mashqlarning
shaklidan   qat’iy   nazar,   jismoniy   sifatlarning   ishonarli   o‘sishi   qayd   qilinmaydi.
Yetti   kunlik   sikldan   keyin   mashq   qiluvchilarda   jismoniy   sifatlarning   ishonarli
qiymatlarda   o‘sishi   faqat   qo‘llaniluvchi   mashg‘ulotlar   usullaridan   bittasidan
foydalanilgandagina   qayd   qilinadi.   Ushbu   ko‘rinishda,   umumiy   chidamlilikni
rivojlantirishda   o‘zgaruvchan   uslub   nisbatan   samarali   ta’sirga   ega   hisoblanadi,
tezkor-kuch   sifatlarini   rivojlantirilish   uchun   esa   oraliqli-seriyali   usuldan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Aniqlanishicha   [15,   19   va   boshq.]   kun   davomida   ikki   martalik
mashg‘ulotlarni   amalga   oshirish   mashg‘ulotlar   jarayonini   tashkil   qilishning
dominant   shakli   hisoblanib,   bu   holatdan   ayniqsa   malakaga   ega   bo‘lgan
sportchilarda   maxsus   tayyorgarlikni   amalga   oshirishda   keng   foydalaniladi.
Alohida   bosqichlarda   kun   davomida   uchta   va   hatto   to‘rtta   mashg`ulotlarni
bajarish   belgilanadi.   Biroq,   uch   martalik   va   to‘rt   martalik   mashg‘ulotlarni
bajarish   saralash   sharoitlarida   epizod   ko‘rinishida   amalga   oshirilishi   mumkin.
Bu   ko‘rinishdagi   mashg‘ulotlarni   xususiy   holatlarda   amalga   oshirish   nafaqat
ko‘p vaqt sarfini talab qilishi, shu bilan bir vaqtda sportchilarda haddan tashqari
toliqishni   vujudga   kelishi   kuzatilish,   har   bir   mashg‘ulot   davomida
sportchilarning   ish   qobiliyati   susayib   borishi,   ish   bajarishga   bo‘lgan   qiziqishi
so‘nishiga olib kelishi mumkinligi tasdiqlangan.
Tadqiqotchilar   natijalariga   [6,   7,   25,   29   va   boshq.]   ko‘ra,   sport
mashg‘ulotlarida   foydalanish   maqsadlarida   mikrosikllarni   tuzib   chiqishda
umumiy   retseptlarni   taklif   qilishning   imkoni   mavjud   emas.   Bu   masala   har   bir
aniq   alohida   holatlarda,   u   yoki   bu   sportchilarning   (yoki   tahminan   bir   xil
tayyorgarlik,   malaka,   mashq   qilish   davri   va   bosqichidagi   sportchilar
guruhlarining) tayyorgarlik darajasini, malaka darajasini, mashg`ulotlar davrlari
va   bosqichlarini   hisobga   olgan   holda   hal   qilinishi   talab   qilinadi.   Biroq,   barcha
holatlarda   mikrosikllarning   tuzib   chiqish   usullari   asosida   turli   xil   jismoniy
yuklamalarni   bajarish   davomida   toliqish   va   qayta   tiklanish   jarayonlarining
umumiy   qonuniyatlariga   asoslanishi   talab   qilinadi,   shuningdek   ushbu
47 qonuniyatlarning   sportchilar   organizmiga   ta’sir   xususiyatlari   hisobga   olinishi
zarur.
2.3.   Futbolchilarni   tayyorlashda   yuklamalarni   pedagogik   nazorat  qilish
Futbolchilarning   yuqori   darajada   tayyorgarligi,   mashg`ulot   jarayonida
jismoniy   tayyorgarlik   kabi,   texnik-taktik   mahoratga   ta’sir   ko‘rsatuvchi
maxsuslashtirilgan mashqlarni qo‘llanilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Futbolchilar   o‘yin   vaqtida   bajaradigan   taktik   harakati,   taktik   bilimlarni
amalga moshirishi va maydonda vujudga kelgan vaziyat baholangandan keyingi
ular   tomonidan   qabul   qilingan   yechimlar   hisoblanadi.   Shuning   uchun   taktik
fikrlash darajasi texnik samaradorlikni asoslaydi va maqsadga muvofiq shakllar
va   sharoitlarda   imkoniyatdan   foydalanishga   yordam   beradi   deb   taxmin   qilish
mumkin.
Sport mashg‘ulotining zamonaviy tasavvuri, futbolchi holatini boshqarishi
pedagogik jarayoni hisoblanib, pedagogik nazorat yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Futbolchilar   tayyorgarligida   qo‘llaniladigan   yil   davomidagi   mashg‘ulot
albatta davrlarga, tayyorgarlik davrlari esa, o‘z navbatida bosqichlarga bo‘linadi.
Futbolchilar   tayyorgarligining   turli   davr   va   bosqichlarida   murabbiylar   oldida
turgan vazifalarni tibbiy-pedagogik nazoratsiz tasavvur  qilib bo‘lmaydi, chunki
tayyorgarlikning   turli   bosqichlarida   o‘quv-mashg‘ulot   jarayoni   mobaynida
pedagogik   tadqiqotlar,   futbolchilarni   shug‘ullanganlik   darajasini   ko‘tarish,   o‘ta
shug‘ullanganlik   va   zo‘riqish   holatini   oldindan   ogohlantirish   kabi   maqsadni
aniqlash turibdi .
Futbolchilarning   jismoniy,   texnik   va   taktik   tayyorgarligini,   murabbiyga
tayyorgarlik   jarayonini   modellashtirish,   o‘quvmashg‘ulot   jarayoni   vosita   va
uslubiyotlarini dasturlashtirish imkonini beruvchi, mashg‘ulot va o‘yinlarni ko‘p
karra   kuzatish   va   ularning   harakat   tavsifini   taqqoslash   asosida   baholanadi.
48 Mashg‘ulot   jarayonida,   futbolchilar   tayyorgarligini   nazorat   qilish   va   tezkor
baholash asosiy o‘rin egallaydi.
Hozirgi   davrda,   o‘quv-mashg‘ulot   jarayonini   rejalashtirish   pedagogik
nazorat natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Pedagogik   nazorat   maqsadi,   sport   faoliyatining   aniq   sharoitlarida
futbolchilarning   harakat   funksiyalari   holatini   to‘g‘ri   baholash   asosida
qulaylashtirish   yo‘li   bilan   jismoniy   tarbiya   va   mashg‘ulot   samaradorligini
oshirish hisoblanadi.
Sportda   nazorat   predmeti,   o‘quv-mashg‘ulot   jarayonining   mazmuni,
musobaqa faoliyati, futbolchilarning har tomonlama tayyorgarlik holati (texnik,
texniko-taktik   va   boshq.)   ularning   ishchanlik   qobiliyati,   funksional   tizimlar
imkoniyatlari hisoblanadi .
Futbolda   yuklamani   nazorat   qilish   samaradorligi   ko‘p   jihatdan   qaysi
ko‘rsatkichlar   qo‘llanilishi,   yuklamani   nazorat   qilishda   o‘zaro   aloqa   turlari
qancha,   mashg‘ulot   va   musobaqa   yuklamasining   holati   qanday   bo‘lishi   kerak,
yuklama ta’siri qanday mezonlar yordamida baholanishiga bog`liq .  
Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib, tibbiy tadqiqotlar va sport-texnika
ko‘rsatkichlari,   pedagogik   kuzatuv   ma’lumotlarini   tahlil   qilish   va   taqqoslash
asosida shug`ullanganlikni aniqlash uslubiyatini tavsiflashni maqsad qildik .
Pedagogik nazorat turlari
Futbolchilarni texnik-taktik mahoratini aniqlash hamda harakat sifatlarini
namoyon etish, ularni irodaviy sifatlarini rivojlanish darajasini va organizmning
funksional imkoniyatlarini hisobga olib asta-sekin octkazilishi lozim.
Futbolda maxsus shug‘ullanganlik quyidagi sifatlar bilan tavsiflanadi:
 - yuqori darajadagi texnik va taktik mahorat;
  -yurak   qon-tomir   tizimi   va   quwat   bilan   ta’minlovchi   mushaklar   faoliyatining
o‘ziga xosligi;
- yuqori darajadagi harakat koordinatsiyasi;
- maxsus irodaviy sifatlar.
49 Bu sifatlarni baholash uchun turli nazorat mashqlari va testlar qo‘llaniladi.
Futbolchilarning   texnik   va   taktik   mahorat   darajasini,   harakat   sifatlarining
rivojlanish   darajasini   hamda   organizmning   funksional   imkoniyatlarini
aniqlashda ulardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Bu   sifatlarni   umumlashtirish,   yuqori   sport   natijalarini   asosiy   omili
hisoblanadi.
To‘g‘ri   baholash,   isbot   kuchini   birmuncha   oshirish   va   ko‘rsatkichlar
ishonchli   bo‘lishi  uchun  futbolchilarning maxsus   xususiyatlaridan  kelib  chiqib,
ilmiy asoslangan testlar va nazorat sinovlarini tanlash lozim. 
Tanlangan testlar va nazorat sinovlari bo‘yicha uzluksiz testlashni amalga
oshirish,   murabbiyga   trenirovka   va   musobaqa   yuklamasi   ta’sirida
futbolchilarning   jismoniy   sifatlarini   rivojlanish   dinamikasini   kuzatish
imkoniyatini yaratadi.
Futbolchilarning   holati   haqidagi   ma’lumotlar,   uning   jismoniy,   texnik,
taktik   va   psixologik   tayyorgarligi   darajasini   aks   ettiruvchi   nazorat
ko‘rsatkichlari   majmuasida   namoyon   bo‘lishi   mumkin.   Murabbiy   trenirovka
yuklamasini   boshqarish   hisobiga   bu   ko‘rsatkichlarni   maqsadga   muvofiq
yo‘naltirib o‘zgartirishga harakat qilishi kerak.
Shug‘ullanganlik   darajasini   aniqlash   bo‘yicha   sinovlarni   o‘tkazish
jarayonida   futbolchilar   maksimal   natijalami   ko‘rsatishi   kerak,   chunki   muhim
sifatlarni   yuqori   darajada   namoyon   etmasa,   bu   sinovlarni   o‘tkazish   maqsadga
muvofiq emas.  Pedagogik   nazorat   —   aks   aloqa   tizimi   yordamida
futbolchilarga   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   natijalari   haqida   ma’lumotlar   olishga
imkon   yaratuvchi   sport   trenirovka   jarayonini   boshqarishning   muhim
funksiyasidir.
Pedagogik nazorat vazifalari : 
-   jismoniy   sifatlarni   tarbiyalashda   qulay   vosita   va   uslubiyatlarni   aniqlash
maqsadida jismoniy holat darajasini baholash;
  -   tayyorgarlikning   turli   bosqichlarida   jismoniy   va   psixologik   sifatlarni
rivojlanishini nazorat qilish;
50  - texnik-taktik tayyorgarlikni baholash;
 - futbolchilarni haqiqiy holatini zarurat bilan taqqoslash, olingan ma’lumotlarni
tahlil qilish; 
-   o‘quv-trenirovka   jarayoniga   tuzatishlar   kiritish   maqsadida   pedagogik   ta’sir
uslubiyatlaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish.
Shunday qilib, trenirovka jarayoni rejasini amalga oshirishning aniq asosi,
nazorat paytidagi olingan axborotlar bo‘lishi kerak. 
Murabbiy   amaliy   ishlarda   futbolchilarning   quyidagi   holatlarini   hisobga
olishi shart: mustahkam, joriy, tezkor. 
Mustahkam   holat,   nisbatan   uzoq   vaqt   davomida   saqlanib   turadi   —   bir
nechta   hafta   yoki   oylar.   Masalan,   bunday   holat,   tayyorgarlik   bosqichining
ko‘pgina   trenirovka   jarayonida   o‘zlashtirilgan   sport   shakli   hisoblanadi.
Mustahkam   holatni   tavsiflovchi   ko‘rsatkichlar,   trenirovka   jarayonini
rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy   holat   —   bu   bir   yoki   seriya   trenirovka   mashg‘ulotini   bajargan
futbolchining   holati.   Ma’lumki,   har   bir   trenirovka   mashg`uloti   bir   necha   kun
saqlanib   turuvchi   «iz»   qoldiradi.   Agar,   shu   vaqtda   organizmning   yetakchi
funksional tizimlari faoliyatini asboblar yordamida ro‘yxatlashga urinib ko‘rilsa,
unda   quyidagilarni   ko‘rish   mumkin.   Ayrim   tizim   faoliyat   ko‘rsatkichlari   hali
ishlash   darajasiga   yetib   bormaganligi,   boshqa   tizimlar   esa   tiklanish   bosqichida
bo‘ladi.
Bunday   qo‘zg‘alishning   chuqurligi   va   tavsifi   joriy   holatni   bildiradi   va
keyingi trenirovka mashg‘ulotining yuklamasini rejalashtirish uchun asos bo‘lib
xizmat   qiladi.   Masalan,   futbolchilar   maxsus   chidamlilikni   rivojlantirishga
yo‘naltirilgan mashg‘ulotni o‘tkazgan bo‘lsalar. Bu trenirovka natijasini hisobga
olib (anaerob tarqalish mahsulotinining yuqori darajada yig‘ilganligi), murabbiy
keyingi   trenirovka   ishlarini   ular   uchun   shunday   rejalashtirishi   kerakki,   barcha
charchoq ko‘rinishlarini tez yo‘qotish mumkin bo‘lsin.
Tezkor holat — bir yoki seriya jismoniy mashqlarni bajargandan keyingi
sportchi organizmining holatidir. Masalan, o‘yinda keskin yugurib chiqish yoki
51 keskin   yugurib   chiqishlar   seriyalarini,   trenirovkada   texnik-taktik   mashqlarni
bajargan   futbolchi   holati.   Tezkor   holat   juda   qisqa   vaqtli   bo‘lib,   uning   nazorati
mashg‘ulot   paytidagi   yuklamani   boshqarish   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Mashqlar   seriyasini   bajargandan   keyingi   futbolchilarning   holatini   baholashda
murabbiy   quyidagi   qarorni   qabul   qilishi   lozim:   yoki   trenirovka   intensivligini
kamaytirish, yoki dam olish oralig‘ini ko‘paytirish va hokazo.
Bu turdagi holatlarini baholash uchun odatda, uch xil nazorat qo‘llaniladi:
davriy (yoki bosqichma-bosqich), joriy va tezkor.
  Davriy   nazorat,   kumulyativ   trenirovka   ta’siri   va   futbolchining
mustahkam   holatini   baholash   uchun   mo‘ljallangan.   U   trenirovka   va   musobaqa
faoliyatini tadqiqot natijalari bilan o‘tkazilgan test natijalarini taqqoslash asosida
aniq bosqich yakunida amalga oshiriladi.
Joriy nazorat, bir yoki seriya vazifasini bajargandan keyingi sportchining
holatini baholash uchun, trenirovka kuni yoki mikrosikllar davomida o‘tkazilgan
testlar   asosida   jismoniy   yuklamaga   organizmni   o‘zgarish   tezligini   aniqlashga
yo‘naltirilgan.
Tezkor   nazorat,   organizmning   turli   tizimlarida   qo‘zg‘alishni   chaqiruvchi
qisqa   vaqtli   yuklamaga   aniq   ta’sir   ko‘rsatuvchi,   testlar   asosida   bir   yoki   seriya
mashqlarni bajarishdan keyin shu paytning o‘zida amalga oshadigan trenirovka
ta’siri tezligini baholash uchun o‘tkaziladi.
Pedagogik nazoratda futbolchining harakat funksiyalarini holatni baholash
eng   asosiy   hisoblanadi,   shuning   uchun   uning   ikki   elementi   mavjud   —   harakat
funksiyalarning umumiy holati va maxsus jismoniy tayyorgarlik.
Harakat   funksiyalarining   holatini,   futbolchi   organizmining   funksional
tizimlariga mos holatdan kelib chiqib baholash maqsadga muvofiq. 
Maxsus   jismoniy   tayyorgarlik   holatini,   musobaqa   sharoitida   maxsus
ko‘rsatkichlar yordamida baholash kerak.
Ma’lumki,   futbolchilaming   musobaqalarga   tayyorlanishi   jarayoni
samaradorligi ko‘pgina omillar hisobga olinishini asosida belgilanadi, jumladan
52 tashqi   muhitning   yuqori   harorati   sharoitlari   hisobga   olinadi.   Hozirgi   vaqtda
tashqi   muhitning   yuqori   harorati   ta’siri   va   odam   organizmining   turli   xil
funksional   tizimlaridagi   o‘zgarishlar   va   insolyatsiya   (suv-tuz   almashinuvi
o‘zgarishi)   tavsiflarini   aniqlashga   bag`ishlangan   ko‘plab   tadqiqotlar   amalga
oshirilgan. Tashqi muhitning yuqori harorati sharoitida uzoq vaqt davomiyligiga
hayot   kechirish  ta’sirida  odam   organizmida  yurak-qon  tomir  tizimi  faoliyatida,
suv-tuz   almashinuvi   dinamikasida   va   shartli   reflector   faoliyatda   sezilarli
darajada   siljishlar   yuzaga   kelishi   aniqlangan.   Shuningdek,   organizmga
yuklamalar   va   tashqi   muhitning   yuqori   haroratining   birgalikda   ta’siri,   tashqi
muhitning yuqori harorati va insolyatsiya ta’siri sharoitida organizmning yuqori
harorat   sharoitiga   moslashishi   kabi   xos   o‘zgarishlar   yuzaga   kelishi   haqida
ma’lumotlar mavjud hisoblanadi [7, 8, 9]. 
Biroq,   bulaming   barchasi   futbolda   o‘quv-mashg‘ulotlar   jarayonini
rejalashtirish   bo‘yicha   tavsiya   va   ko‘rsatmalarda   har   doim   ham   to‘liq   holatda
hisobga   olinmaydi.   Shuningdek,   yosh   futbolchilar   uchun   alohida   tartibdagi
ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan [23]. 
Shu   sababli,   Osiyo   futbol   konfederatsiyasi   doirasida   ko‘pgina
musobaqalar   issiq   iqlim   sharoitiga   ega   bo‘lgan   mamlakatlarda   o‘tkazilishni
hisobga   olgan   holatda,   hozirgi   vaqtda   yuqori   malakaga   ega   bo‘lgan
futbolchilaming   tayyorgarlik   jarayonini   optimallashtirish   imkonini   bemvchi
ko‘rsatmalar  va tavsiyalami  ishlab  chiqish talab qilinadi. Ushbu  qo‘llanmaning
asosiy   vazifalaridan   biri   -   bu   futbol   bo‘yicha   mataxasislarni   fiitbolchilar
organizmi holatini nazorat qilishda yuqori darajada axborot bera olish imkonini
beruvchi usullardan foydalanish va ushbu asosda tashqi muhit omillarini hisobga
olingan   holatda,   o‘yinlar   oralig‘idagi   tsikllarda   mashg‘ulotlar   yuklamalarini
optimal   darajada   rejalashtirish   yo‘nalishidagi   ishlanmalar   bilan   tanishtirishdan
tashkil topadi
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   malakaga   ega   bo‘lgan   futbolchilami
tayyorlash   tizimida   asosiy   vazifa   -   erishilgan   sport   formasini   saqlash   va   uning
53 ehtimolligi   mavjud   bo‘lgan   yuqori   sport   natijalarida   ro‘yobga   oshirilishidan
tashkil   topgan,   musobaqa   davri   yuklamalari   tizimini   optimallashtirishga   oid
omillaming ahamiyati borgan sari ortib borishi qayd qilinadi.
O‘yinlar oralig‘idagi sikllarda yuklamalami rejalashtirishda mutaxassislar
tomonidan quyidagi omillar hisobga olinadi:
- mashg‘ulotlaming ushbu bosqichi vazifalariga oydinlik kiritish; 
- o‘yinchilar sport formasining holati; 
-   oldinda   turgan   o‘yinlaming   o‘tkazilish   joyi   (uyda   yoki   mehmonda)   va
navbatdagi o‘yinlar oralig‘idagi siklning rejalashtirilgan modeli;
-   oldingi   mikrotsiklning   tarkibi   va   oxirgi   o‘tkazilgan   uchrashuvning
natijalari;
-   faoliyatning   umumiy   rejimi   (mashg`ulotlar   va   maishiy   turmushga   oid
rejimning birlashtirilishi); 
- iqlim sharoitlari
- jamoani tayyorlashning an’anaviy o‘ziga xos xususiyatlari va boshqalar. 
Bir   qator   mutaxassislar   [10,   15,   20,   27]   tomonidan   qayd   qilinishicha,
musobaqa   davri   davomiyligining   uzaytirilishi   va   shuningdek,   ichki   va   xalqaro
miqyosda taqvimga oid o‘yinlar sonining sezilarli darajada oshirilishi kuzatiladi.
Musobaqa taqvimi xususiyatlariga bog‘liq holatda, malakaga ega bo‘lgan
futbolchilarda   o‘yinlar   oraiig‘idagi   sikllarning   davomiyligidagi   tebranishlar
diapazoni 6-8 kundan 3 kungachani tashkil qiladi. 
Futbolchilami   tayyorlash   tizimini   takomillashtirishning   markaziy   vazifa-
laridan biri - bu o‘yinlar oralig‘idagi siklning davomiyligiga bog‘liq bo‘lmagan
holatda, o‘yinchilami taqvimga oid o‘yinlarga nisbatan yuqori darajada tayyor-
garlik   holatida   olib   kelish   yo‘llarini   qidirib   topishdan   tashkil   topadi.   Buning
uchun   mashg‘ulot   mashqlari,   ulaming   tarkibi,   dam   olish   kunlarining   son
miqdoriga   sezilarli   darajada   tuzatishlar   (korreksiya)   kiritilishi   talab   qilinadi,
shuningdek   turli   xil   qiymatdagi   va   turli   xil   yo‘nalishlardagi   yuklamalaming
ketma-ketlikda joylashish tartibi o‘zgartiriladi.
54 XULOSA
Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlashning zamonaviy tizimi ko‘p yillar
davomida   shakllantirilgan   bo‘lib,   hozirgi   vaqtda   bu   holat   takomillashtirilishi
davom   ettirilmoqda,   bu   maqsadlarda   fan   va   amaliyotning   yangi   yutuqlaridan
keng   ko‘lamda   foydalaniladi.   Bugungi   kunda   futbol   mashg‘ulotlarini
rejalashtirish,   mashg‘ulotning   samarali   mikrosikllarini   ishlab   chiqish   eng
ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. 
Bu sport tayyorgarligi vazifalarini hal etish shartlari hisoblanib, vositalarni
va   uslublarni,   futbolchi   egallashi   lozim   bo‘lgan   sport   natijalarni   oldindan
55 ko‘zlashni   nazarda   tutmoqda.   Sportda   yuqori   natijaga   erishish   mashg‘ulotlarni
to‘g‘ri   tashkil   qilish   malakali   futbolchilarni   texnik   imkoniyatlarini,   jismoniy
qobiliyatlarini   har   tomonlama   rivojlantirishga,   kuchlilik,   tezkorlik,
chidamkorlik, chaqqonlik jismoniy sifatlarini oshirishi mumkin. 
Yuqori   malakali   sportchilarning   mikrosikil   trenirofka   yuklamalarini
rejalashtirish   davridagi   yuklamalar   dinamikasi   maksimaldan   minimalgacha
to‘lqinsimon tebranish hosil qiladi. Bir hafta yuklama asta-sekin oshib boradigan
va   ikkinchi   haftada   maksimum   darajada   erishilgan   natijadan   2-3   marta   yuqori
bo‘lgan rejalashtirish optimal hisoblanadi.
Yuqori   malakali   sportchilar   sport   mashg‘ulot   nazariyasi   va   amaliyotida
mikrosikl   davomida   yuklamalar   va   dam   olishlarning   ketma-ket   joylashtirilish
variantlari   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   ulardan   amaliyotda   keng   foydalaniladi,   bu
variantlarda   navbatdagi   mashg‘ulotlar   oldingi   mashg‘ulotlardan   keyin   qisman
qayta tiklanish amalga oshmagan fanda bajarilishi kuzatiladi. 
Bunday holatda bir qancha mashg‘ulotlarning umumiy yig`indi samaralari
qayd   qilinadi.   Ushbu   ko‘rinishdagi   seriyalarda   yig‘indi   holidagi   katta
qiymatdagi   yuklamalar   masalasi   muhokama   qilinishi   talab   qilinib,   dam   olish
rejalashtirilishi   va   bunda   ish   qobiliyatining   yuqori   darajada   qayta   tiklanishiga
erishish zaruriy shart hisoblanadi.
Sportchilarning   musobaqalarda   muvafaqqiyatli   ishtirok   etishi   har   xil
omillarga   bog‘liq   hisoblanadi.   Zamonaviy   sport   yo‘nalishlarida   sport
jamoasining   nisbatan   yuksak   natijalarga   erishishga   intilishi   bevosita   ularning
funktsional tayyorgarligi, texnik-taktik jihatdan mahorati, shuningdek psixologik
barqarorlik holati yuqoriligi bilan tavsiflanishi talab qilinadi. 
Musobaqalarda   jamoaning   ishtirok   etishiga   turli   xil   sabablar   ham   o‘z
ta’sirini   ko‘rsatishi   mumkin,   jumladan,   tashqi   omillar   sifatida,   obektiv
bo‘lmagan   hakamlik   faoliyati,   musobaqa   o‘tkaziluvchi   mahalliy   joy   iqlim
sharoitlari,   raqibning   kutilmagan   ko‘rinishda   muvafaqqiyatli   tarzda   ishtiroki
kabilar   ko‘rsatib   o‘tiladi,   shuningdek   ichki   omillar   sifatida   texnik-taktik   va
56 psixologik   jihatlarni   hisobga   olish,   ma’lum   bir   aniq   raqiblarga   nisbatan
tayyorgarlik davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tiladi.
Sport   mashg‘ulot   nazariyasi   va   amaliyotida   mikrosikl   davomida
yuklamalar   va   dam   olishlarning   ketma-ket   joylashtirilish   variantlari   ishlab
chiqilgan   bo‘lib,   ulardan   amaliyotda   keng   foydalaniladi,   bu   variantlarda
navbatdagi mashg‘ulotlar oldingi mashg‘ulotlardan keyin qisman qayta tiklanish
amalga oshmagan fonda bajarilishi kuzatiladi. 
Bunday holatda bir qancha mashg‘ulotlarning umumiy yig`indi samaralari
qayd   qilinadi.   Ushbu   ko‘rinishdagi   seriyalarda   yig‘indi   holidagi   katta
qiymatdagi   yuklamalar   masalasi   muhokama   qilinishi   talab   qilinib,   dam   olish
rejalashtirilishi   va   bunda   ish   qobiliyatining   yuqori   darajada   qayta   tiklanishiga
erishish zaruriy shart hisoblanadi
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Sh.M.Mirziyoev.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz.T.,2016.http://Lex.uz.
2.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning   2019   yil   4
dekabrdagi   “O‘zbekistonda   futbolni   rivojlantirishni   mutlaqo   yangi   bosqichga
olib   chiqish   chora-tadbirlari   to‘g risida”gi   PF-5887-sonli   farmoni.   Xalq   so‘ziʼ
gazetasi. 6-dekabr 252-son.
3.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning   2020   yil   24-
yanvardagi “O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish
57 va   ommalashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   farmoni.   Xalq   so‘zi   gazetasi.
25- yanvar 19-son. 1-3-bet
4.Sh.T.Iseyev   “Futbolchilarni   yillik   siklda   tayyorlashni   rejalashtirish”.
O‘quv qo‘llanma.. Toshkent 2014. 27, 43-45 bet.
5. А .M. А chilov.,   J. А . А kramov.,   O.V.Goncharova.   Bolalarning   jismoniy
sifatlarini tarbiyalash. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2009. 112-114 bet. 
6.Sh.T.Iseyev   “Futbol   nazariyasi   va   uslubiyati”.   Darslik.   R.I.Nurimov.
Toshkent 2015. 203-bet.
7 .Sh.U.Аbidov. ” Yosh futbolchilarning o‘quvmashg ulot jarayonini tashkilʼ
qilish va rejalashtirish ” . Uslubiy tavsiyanoma. Toshkent 2011. 19-bet.
8.Sh.U.Аbidov.   Yosh   futbolchilarning   o‘quv-mashg ulot   jarayonini	
ʼ
tashkil qilish va rejalashtirish.  O‘quv qo‘llanma . Toshkent, 201 4
9 .Sh.T Ise y ev. Futbol jamoalarining g alaba qozonishida futbolchilarning	
ʼ
standart vaziyatlaridan samarali foydalanish. «Pedagogik ta lim». J. № 2, 2003	
ʼ
10.O.А.Kurbanov Futbol  bo‘yicha  XVEE  jaxon  Chempionati   o‘yinlarida
berilgan yakuniy zarbalarining samaradorligi  taxlili. Pedagogik ta lim, J., № 5,	
ʼ
2003. 20.
11.Kuryazov   R.   11-12   yoshli   futbolchilarning   jismoniy   va   taktik
tayyorgarligi. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2013.
12.А.I.Talipdjanov   yukori   malakali   futbolchilar   tayyorlashning
zamonaviy tizimi. Uquv qo‘llanma. Tashkent, 2012.
13.N.M.Yusupov   Yukori   malakali   futbolchi   kizlar   tezlik-kuch
tayyogarligining vosita va usullari. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2011.
14.Sh.X.   Esroilov,   N.M.   Yusupov,   А.Т.   Shermuhamedov,   А.А.   Artiqov,
O.Yo.   Bektorov   Sport   pedagogik   mahoratini   oshirish   (Futbol)   Darslik
TOSHKENT «EQTESOD-MOLEYA» 2015 
1 5 .Sh.T   Ise y ev.   Futbol   jamoalarining   g‘alaba   qozonishida
futbolchilarning   standart   vaziyatlaridan   samarali   foydalanish   usullari .   Uslubiy
qo‘llanma. Toshkent, 2007..
16.U.M Аxmadjonov, А.I Tolibjonov, Sh.T Iseev, “Futbolchilarni 
58 jismoniy tayyorgarligi” O‘quv-qo‘llanma. Ilmiy-texnika axborot press 
nashriyoti. 2019 yil, B.127.
1 7 .А.M Аchilov., J.А Аkramov, O.V Goncharova Bolalarning jismoniy 
sifatlarini tarbiyalash. O‘quv-qo‘llanma. Toshkent. 2009 yil, B.95 .
18.O.V   Gongarova   Yosh   sportchilarni   jismoniy   qobiliyatlarini
rivojlantirish o‘quv qo‘llanmasi. Toshkent 2006 yil B.115.
19.R.I, Nurimov “ Futbol nazariyasi va uslubiyati” Darslik. 2015 yil,Ilmiy
texnika axborot press nashriyoti, B. 217.
20. R.A. Akramov  “ F utbol ”  darslik T oshkent – 2006
21.Р.И   Нуримов,   О.Л   Қурбонов,   А.М   Усмонов..   Физическое
подготовки футболистов. Учебная пособье. Ташкент. 2009, С. 95-97
22.А.А   Кузнецов.   Футбол   -   настолная   книга   детского   тренера.-М:
Олимпик-человек. 2008. - 72 с.
23.И.А   Кошбахтиев.   Управление   подготовкой   футболистов,Учебное
пособие. Т.2001.124 с.
24.Лях В Коордиационная тренировки в футболе М. Советский спорт
2010 г, С. 216.
25.О.А   Қурбонов,   З.Р   Нуримов,   А.М   Усмонов,   Скоростно   силовая
подготовка футбалистов. Ташкент. Монография Лидер пресс 2009 г,84 с
26.О.А.Курбанов.   Методика   совершенствования   удара   по   мячу
головой юных футболистов: Автореф. дисс. канд. пед. наук. - Т., 2006. - 24
с.
27.М.А.Годик   Физическая   подготовка   футболистов.   М.   Олимпия
Пресс. 2006. - 270 с
28.М.А.Годик.   Физическая   подготовка   футболистов   в
подготовительном периоде. - Ж.: «Фан спортга», 2007. - №3. - С. 18-23.
29.В.А.Барков,   А.Ш.Кхафодки.   Развитие   специфических
координационных   способностей   у   юнных   футбалистов   Висник
Чернииского Национального педагогически университет 27, С.154 .
59 30.И.В.Аверьянов.   Методика   совершенствования   кинестетических
координационных способностей футболистов 10–11 лет: дис. … канд. пед.
наук. Омск, 2008. 240 с.
31.О.П.Базилевич   Управление   подготовкой   вмсококвалифициро-
ваннмх футболистов: автореф. дис. ... канд.пен.наук. -М .,1983. - 2 0 с.
32.Лях   В.И.   Жмуда   В.,   Витковски   3.   Добротность   тестов
определяющих   координационные   способности   юных   талантливых
футболистов   в   возрасте   15-18   лет.   Материалы   международной   научной
конференции. Минск, 2000.
33.И.В.Майпас   Программирование   тренировочных   нагрузок   юных
футболистов   на   этапе   спортивного   совершенствования:   Автореф.   дисс.
канд. пед. наук. -Т., 2004. -28 с.
34.М.В.Рылов   Беговая   нагрузка   в   тренировочном   процессе
начинающих футболисток 10-12 лет. //  Физическая  культура. - М., 2005. -
№1.- С . 36-37  с
35   http://www.twirpx.com  – adabiyotlarning elektron varianti.
36.  http://www.referat.ru  - referat va elektron darsliklar
37.  www.istedot.uz     -     elektron variantlari
38.  www.sport.uz     -     elektron variantlari
39.  www.ziyoUz.uz     -     elektron variantlari
60

Y UQORI MA LA KA LI SPORTCHILA RN IN G MIKROSIK IL TREN IROFKA Y UKLA MA LA RIN I REJ A LA SHTIRISH KIRISH …………………………………………………………………… … 3-5 I. Bob.MALAKALI SPORTCHILARNING MASHG`ULOT YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH BOSQICHALARI 6 1.1. Sportda yuklamalarni rejalashtirishning umumiy qonu-niyatlari 6-14 1.2. Sport mashg`uloti yuklamalarini rejalashtirishning mohiyati va o‘ziga xosligi. 15-19 1.3 Sport mashg`ulotlarida malakali futbolchilarning mikrosikl (haftalik) yuklamalarini ishlab chiqish. 20-30 II.Bob . YUQORI MALAKALI FUTBOLCHILARNING MIKROSIKIL MASHG ` ULOT YUKLAMALARINI NAZORAT QILISH 31 2.1. Mikrosikil yuklamalarni rejalashtirishda sport mashg‘ulotlarining umumiy tamoyillaridan foydalanish 31-40 2.2. Yuqori malakali futbolchilarda mikrosiklli yuklamalarni me ’ yoriylashtirish usullari . 40-48 2.3. Futbolchilarni tayyorlashda yuklamalarni pedagogik nazorat qilish … 48-55 Xulosa……………………………………………………………………… 56-57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI ……………………. 58-60 1

KIRISH Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi : Dunyoda bugungi kunda futbol mashg ‘ ulotlarini rejalashtirish , mashg ‘ ulotning samarali mikrosikllarini ishlab chiqish eng ustuvor yo ‘ nalishlardan biriga aylanmoqda . Bu sport tayyorgarligi vazifalarini hal etish shartlari hisoblanib , vositalarni va uslublarni , futbolchi egallashi lozim bo ‘ lgan sport natijalarni oldindan ko ‘ zlashni nazarda tutmoqda . Futbol sport turi rivojlangan mamlakatlarda , yangi zamon talablariga mos maktablar , futbol akademiyalarning tashkil etilishi kelajakda iqtidorli malakali futbolchilarni tayyorlash tizimini rivojlantirish uchun xizmat qilmoqda . Zamonaviy sportda malakali futbolchilarning tayyorgarligiga yuqori talablar qo ‘ yilmoqda . Bundan kelib chiqqan holda yetakchi xorijiy mamlakatlarda tayyorgarlik davrida mashg ‘ ulot mikrosiklida futbolchilarning jismoniy va texnik taktik tayyorgarliklarini takomillashtirish bo ‘ yicha guruhli va individual mashg ‘ ulot dasturlarini ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda . Respublikamizda futbolchilarni xalqaro va nufuzli musobaqalarga tayyorlashning tashkiliy - uslubiy jihatlari takomillashib , sportchilar tayyorlashning jahon standartlari darajasiga yetkazishning chora - tadbirlari amalga oshirilmoqda . O ‘ zbekiston Respublikasining 2020 yil 30- oktabrdagi PF -6099- son “ Sog ‘ lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to ‘ g ‘ risida ” gi Farmoni , O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2019 y . PF -5887- son “ O ‘ zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora - tadbirlari to ‘ g ‘ risida ” gi Farmoni , 2015 yil 5 sentabrdagi 394- son “ Jismoniy tarbiya va sport to ‘ g ‘ risida ” gi O ‘ zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ -3031- son “ Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to ‘ g ‘ risida ” gi Qarori va 2018 yil 16 martdagi PQ -3610- son “ Futbolni yanada rivojlantirish chora - 2

tadbirlari to ‘ g ‘ risida ” gi qarorlari va mazkur sohaga tegishli boshqa me ’ yoriy - huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi . O ‘ zbekistonda iste ’ dodli va salohiyatli futbolchilarni saralash hamda professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi . Vatanimiz va xorijiy olimlar malakali futbolchilarni tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan , biroq malakali futbolchilarning musobaqa faoliyatini o ‘ zgaruvchan muddatlari bo ‘ yicha yuklamalarni me ’ yorlashga oid tajribalarning kamligi muammoligicha qolmoqda . Buning uchun tayyorgarlik siklida o ‘ tkaziladigan o ‘ quv - mashg ‘ ulotlarni optimallashtirishda shug ‘ ullanuvchilarning taktik xususiyatlarini inobatga olgan holda ilmiy asosda tashkillashtirish zamon talabi bo ‘ lib qolmoqda . Sportda yuqori natijaga erishish mashg ‘ ulotlarni to ‘ g ‘ ri tashkil qilish malakali futbolchilarni texnik imkoniyatlarini , jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga , kuchlilik , tezkorlik , chidamkorlik , chaqqonlik jismoniy sifatlarini oshirishi mumkin . Sportchilarni texnik jihatdan rivojlantirish masalalari ko ‘ pgina tadqiqotchilar ilmiy ishlarda va ilmiy adabiyotlarida o ‘ z ifodasini topgan . ( R . I . Nurimov 2001; R . A . Akramov 2006; S . A . Golemyazov 1998; А.I.Talipdjanov 2012; U.M Аxmadjonov 2019; N . M . Yusupov 2013 va boshqalar ). Malakali futbolchilarning mashg ‘ ulotlarda texnik jihatdan tayyorlash bo ‘ yicha ilmiy tadqiqot ishlari ko ‘ plab yoritilgan bo ‘ lishiga qaramasdan , ayniqsa yuqori malakali futbolchilarni texnik jihatdan tayyorlash masalalari bo ‘ yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb masalalardan biri xisoblanadi . Mahallalarda malakali futbolchilarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora - tadbirlari to ‘ g ‘ risida O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ -201- son , 11.04.2022 yildagi , qaroriga muvofiq 2022 yildan boshlab har yili an ’ anaviy tarzda 30 iyun — O ‘ zbekiston Respublikasi malakalilari kuni hamda dekabr oyida o ‘ tkaziladigan « Malakalilar forumi » 3

doirasida sportning futbol , mini - futbol , voleybol , yengil atletika , shaxmat , shashka , stol tennisi , stritbol , vorkaut turlari bo ‘ yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o ‘ tkazish tizimi joriy etilgan . 2023 yil 1-martdan boshlab «Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalari o‘tkazish tizimi joriy qilingan. Ilmiy uslubiy adabiyotlar tahlili: O‘zbekiston Respublikasining yetakchi mutaxassislari, xorijiy tajribali pedagoglar, ko‘pchilik olimlar tomonidan aholi istiqomat qiladigan joylarda futbol sport turini tashkil qilish muammolari ko‘pdan-ko‘p ilmiy-uslubiy adabiyotlarda o‘z yechimini topgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Yuqori malakali sportchilarning mikroskl mashg`ulot yuklamalarini rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi: 1.yuqori malakali sportchilarni mashg‘ulot yuklamalarining mikrosikl vazifalari bo‘yicha meyorlar nisbatlarini aniqlash; 2. yuqori malakali futbolchilarda mikrosiklli yuklamalarni me’yoriylashtirish usullarini aniqlash; 3. tayyorgarlik davrining turli bosqichlarida tadbiq qilingan mikrosikllar xususiyatlari asosida va shiddat zonalari bo‘yicha tiklantiruvchi vositalar majmualarini ishlab chiqish va tadbiq qilish. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti: Samarqand shaxar Futbol maxorat maktabi misolida olib borilmoqda. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va tavsifi: Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va xajmi. Ish kirish, ikkita bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ish 60 betdan iborat matnda bayon qilingan. Adabiyotlar ro‘yxati 39 ta manbani o‘z ichiga oladi, shulardan 5 tasi internet saytlari. 4

I.Bob.MALAKALI SPORTCHILARNING MASHG`ULOT YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH BOSQICHALARI 1.1. Sportda yuklamalarni rejalashtirishning umumiy qonu-niyatlari Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlashning zamonaviy tizimi ko‘p yillar davomida shakllantirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda bu holat takomillashtirilishi davom ettirilmoqda, bu maqsadlarda fan va amaliyotning yangi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Sport yo‘nalishidagi zamonaviy tayyorgarlik tizimi uchun mashg‘ulotlar jarayonining intensifikatsiyalanishi o‘ziga xos xususiyat bo‘lib, bu o‘z tarkibiga quyidagi jihatlarni qamrab oladi: - nisbatan yuqori darajada ixtisoslashtirish; - mashg‘ulot mashqlari hajmi ortishi va shuningdek, katta yuklamaga ega mashqlar miqdori oshirilishi; - maxsus ish qobiliyati darajasini oshirish imkonini beruvchi - «qat'iy» tartibdagi mashg‘ulotlar rejimidan keng miqyosda foydalanish; - musobaqalar amaliyotining kengaytirilishi; - zo‘riqishli yuklamalardan keyin sportchilar organizmida jarayonlarning qayta tiklanishi jadallashtirilishi (intensifikatsiyasi) uchun va shuningdek ish qobiliyatini stimullovchi (turki beruvchi) qo‘shimcha vositalardan foydalanishni tarkibga kiritish [20, 22, 25, 27 va boshqalar] N.M.Yusupov [13] tomonidan qayd qilinishicha, turli xil sabablarning ta’siri ostida sport yo‘nalishida tuzib chiqilgan taqvim rejalari tarkibida mas’uliyatli musobaqalar yil mavsumining katta qismini qamrab oladi va tayyorgarliklar tuzib chiqilishi tizimi tavsiflari bo‘yicha esa faqat sportchilarning yil davomida muvafaqqiyatli chiqish qilishlari uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik bitta-ikkita yuqori cho‘qqi darajasiga erishishlarini ta’minlab beradi xolos, ushbu ko‘rinishda tezkor tarzda o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan sport amaliyotiga nisbatan sportchilarda talab qilingan tayyorgarlik darajasiga 5