YUQORI TARTIBLI MOMENTLAR
“ YUQORI TARTIBLI MOMENTLAR ” MUNDARIJA Kirish ..................................................................................................................... 1- BOB. OLIY MATEMATIKA. EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKA FANINI O‘QITIShNING NAZARIY MASALALARI 1.1. Oliy matematika fani taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari........................... 1.2. Oliy matematika fanini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar.......................................................................................................... ...... 2- BOB. OLIY MATEMATIKA. EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKA FANIDAN ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI 2.1. Tasodifiy miqdorlar va ularning sonli xarakteristikalari . ...... .......................... 2.2. Yuqori tartibli momentlar……………… ........................... ............................. 2.3.Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar...... ............... 2.5. Adabiyotlar................................................................................................... ...
KIRISh Hozirgi paytda zamonaviy ta’lim tizimining shakllanish jarayonida o‘quv- tarbiya jarayonining pedagogik nazariyasi va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Axborot uzatishning an’anaviy usullari o‘z o‘rnini axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga bo‘shatib bermoqdaBunday sharoitda o‘qituvchi innovatsiyali texnologiyalar, g‘oyalar, yo‘nalishlarning turli xilma-xilligini yaxshi ajrata bilishi zarur. Darslarda aqliy zo‘riqishning ortishi ta’lim oluvchilarda butun mavzuni o‘rganish mobaynida o‘rganilayotgan materialga qiziqishini, ularning faolligini qanday qilib so‘ndirmaslik haqida o‘ylashni taqozo etadi. Shu munosabat bilan ta’lim oluvchilarning fikrlashini faollashtiradigan, ularni bilimlarni mustaqil egallashga undaydigan ta’limning yangi samarali uslublari va uslubiy vositalarni izlash ishlari olib borilmoqda. .Shaxsni shakllantirish keng qamrovli tushuncha xisoblanib,unga bevosita ta’lim va tarbiya masalasi xam o‘rin olgan. Zamonaviy oliygoxning asosiy vazifasi – yangi metodika va texnologiyalar asosida talabalarni o‘qitish sifatini oshirishdir. Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda quyidagi: ta’lim to‘g‘risidagi qonun xujjatlari, qonun osti xujjatlari jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy xujjatlar qo‘llanilmoqda. Yuqorida qayd etilgan normativ xujjatlar bilan amalga kiritilgan o‘quv dasturi, huquqshunoslik fanining nazariy va amaliy muammolari, huquqshunoslik fanini o‘qitishdagi innovatsiyalar, o‘quv dasturi, ma’ruza matnlari, huquqshunoslik fanidan tayyorlanayotgan keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar oliy ta’lim muasasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan lozim darajada o‘rganilmagan. Bu xolatlar oliy ta’lim muasasalarida qo‘llaniladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkiliy-huquqiy xujjatlarini va ular asosida ishlab chiqiladigan lokal xujjatlarni xar tomonlama nazariy va amaliy jixatdan o‘rganish va taxlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi. Bugungi eng samarali o‘qitish metodikasi modul texnologiyasini ishlatish va bu texnologiyaga talabalar va pedagoglarni tayyorlashdir. Ta’limda modulli yondoshuvning dolzarbligi Modulli o‘qitish tizimi boshqa o‘qitish tizimlari bilan solishtirilganda ta’lim maqsadi va mazmuni,shakl va metodlari xamda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro munosabat usullari kabi umumiy parametrlarining o‘ziga xosligiga ko‘ra farq lanadi. Blok-modulli texnologiya ta’lim oluvchilarning darsdagi bilish faolligi va mustaqilligini rivojlantiradi, o‘qishga ongli munosabatni kuchaytiradi. Ta’lim oluvchining uning keyingi o‘qishida muhim ahamiyat kasb etuvchi o‘quv fanining mazmunini o‘zlashtirishga intilishi asta-sekin birinchi o‘ringa chiqib bormoqda. Keyingi bosqich sifatida darslarda muvaffaqiyatga erishish vaziyatining paydo bo‘lishi maydonga chiqadi, bu o‘qishga motivatsiya vujudga kelishini va, demak, ta’lim oluvchi qobiliyatlarining yanada ochilishini taqozo etadi. Har bir ta’lim
oluvchiga murakkablik darajasi bo‘yicha alohida yondashuv bo‘lishi lozim. Natijada o‘quvchi unga muhim bo‘lgan bilimlar miqdorini egallaydi. Darsning har bir bosqichida nazoratning turli usullari qo‘llaniladi: o‘qituvchi tomonidan nazorat, o‘zaro nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish. Bularning hammasi ta’lim oluvchilarning faollashishiga ko‘maklashadi. Yangidan yaratilayotgan tizim hech narsani buzmagan holda ilgari foydalanilgan didaktik tamoyillarni, induktiv va deduktiv yondashuvlarni, ta’lim oluvchilar mustaqil mehnatlarining umumiy va maxsus ko‘nikma va malakalarini ratsional tarzda uyg‘unlashtiradi. Har bir blok tizimlilik va yaxlitlik, vaqt o‘tishi bilan barqarorlik va xotirada tezda namoyon bo‘lish xususiyatlariga egadir. Blok ning tuzilmasi quyidagicha : – nazariy material modul i; – nazariy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish modul i; – amaliy tatbiq modul i; – maslahat modul i; – dastlabki nazorat modul i; – nazorat modul i. Modul li o‘qitish texnologiya si ta’lim oluvchining o‘qish jarayoniga muammoli yondashuvi va ijodiy munosabati bilan nazariya va amaliyotni o‘rganish bo‘yicha kompleks faoliyatini mujassamlantiradi . Undan foydalanish ta’lim oluvchilarda mustahkam, anglangan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi . Modul – bu muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha maqsadli va mantiqan tarkiblashtirilgan dasturning tayanch o‘quv birligidir.U o‘zida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarining mantiqan va didaktik yakunlangan mustaqil bilimlarini,shuningdek, o‘quv – texnologik xaritalar, adabiyotlar, nazorat bloklari va xisobot shakllarini mujassamlashtiradi. Modulda kasbiy – amaliy yaxlitlangan muammolar, OTMning xususiyati xamda davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqqan xolda belgilangan maqsadlar o‘z ifodasini topadi. Bitiruv loyiha ishining maqsadi. Oliy matematika fanini o‘qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, tanlangan mavzu yuzasidan elektron o‘quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv loyiha ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: Birinchidan, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan “Oliy matematika” fanini o‘qitishining ustivor yo‘nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish; Ikkinchidan, “Oliy matematika” fanini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘llarini yoritish; Ikkinchidan, “Oliy matematika” fani o‘quv dasturi mazmun mohiyatini ochib berish; Uchinchidan, “Oliy matematika” fanidan tanlangan mavzu bo‘yicha elektron o‘quv moduli ishlanmasini tayyorlash ; To‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalarida “Oliy matematika” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot predmeti va ob’ekti.
Ushbu bitiruv loyixa ishining predmeti fizika fani o‘qitilishida zamonaviy modulli o‘qitish texnologiyasi bilan tanishish va dars jarayoniga qo‘llash. Tadqiqot ob’ekti sifatida “ Yuqori tartibli momentlar” mavzusi tanlandi. Tadqiqotning amaliy axamiyati Bitiruv loyixa ishini bajarish yakunida oliy matematika fanining “Tasodifiy miqdorlar va ularning sonli xarakteristikalari” mavzusi bo‘yicha tizimlashtirilgan elektron ishlanma yaratiladi. Elektron ishlanmadan talabalarning istalgan vaqtda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratilsa va talaba bilan o‘qituvchi muloqoti amalga oshirilsa, mavzuning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi ta’minlanadi.Talabalarning darsga tayyorlanishlari uchun ishlanmaning mavjudligi xisobidan ularning darsga oldindan tayyorlanib kelishi dars jarayonida o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bitiruv loyiha ishi kirish, ikki bob, besh paragraf va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan.
1-BOB. OLIY MATEMATIKA FANINI O‘QITIShNING NAZARIY MASALALARI 1.1. Oliy matematika fani taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari Bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, ularning zamirida biz tanlagan va butun dunyo e’tirof etgan, “O‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘li turibdi. Ana shu yo‘lning ajralmas qismi bo‘lgan, yoshlarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgan Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi ta’lim-tarbiya sohasi rivoji, har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “ Bizning e ng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” degan shior hayotimizda tobora o‘zining yaqqol o‘z ifodasini topmoqda. XXI asr O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy zaruratga aylandi. Bu zarurat Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan “ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” masalasiga e’tibor qaratishni talab etdi. Matematika fanlarni o‘qitish ta’lim-tarbiya birligiga asoslanib, ushbu fanlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda siyosiy, g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni shakllantiradi. Demak, yosh avlod, bo‘lajak mutaxassislarning, umuman, millatning qanday siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy, g‘oyaviy tamoyillar asosida yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog‘liq. Bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual-ma’naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan matematika fanlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘zgarishlar, dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari yoshlarning dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan, ma’naviy dunyosini boyitadigan, ularning ongida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan mantiqiy fikrlashga o‘rgatuvchi matematika fanlarini mazmunan takomillashtirish hamda ta’lim samaradorligini yanada oshirishni talab etadi. O‘tgan davr mobaynida oliy ta’lim tizimida matematika fanlarning me’yoriy hujjatlari, o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirish va ularni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirildi.