1925-1985-yillarda Qoraqalpoqlar
1925-1985 -yillarda Qoraqalpoqlar Reja: 1. 1925-1945 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 2. 1946-1989 yillarda Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 3. Qoraqalpog‘istonning sovet hokimiyati yillaridagi madaniy hayoti
1925 yil 1 2 - 1 9 fevralda To‘rtko‘lda bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom Sovetlarining I Ta’sis s’ezdida «Qoraqalpog‘iston avtonom oblastini tashkil etish to‘g‘risida deklaratsiya» qabul qilindi. Unda Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti Qozog‘iston ASSR tarkibida bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi. Allayor Do‘stnazarov Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti partiya komitet i mas’ul sekretari qilib saylandi. Oradan ko‘p o‘tmay, bu lavozimda Abu Qudabaev va Pyotr Varlamov faoliyat ko‘rsatdi. Qoraqalpog‘iston 1925 - 1932 yillarda Qozog‘iston ASSR va 1932 - 1936 yillarda RSFSR tarkibida bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston ASSR 1936 yil dekabrda O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Qoraqalpog‘iston avtonom oblastidagi voqealar bilan bir vaqtda, 1925 yilning 13 fevralida bo‘lib o‘tgan RKP(b)ning Qozog‘iston O‘lka komiteti byurosi majlisida, «Qoraqalpog‘istonni tashkillashtirish borasidagi haqiqiy ishlarning ahvolini to‘g‘ri tushunib etmaslik oqibatida vujudga kelgan kuchli milliy ziddiyat g‘ayritabiiy hodisa hisoblanishi» ta’kidlandi. SHu bois I.Bekimbetov va A.Do‘stnazarovlar Qoraqalpog‘iston oblast Tashkiliy byurosi tarkibidan chiqarildi. Qoraqalpog‘iston avtonom oblastining Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritilishi 1925 yilning 11 mayida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya Sovetlarining XII s’ezdida tasdiqlandi. Biroq Qoraqalpog‘iston avtonom oblastining vakolatlari doirasi chegaralangan bo‘lib, amalda ular deyarli hech qanday huquqqa ega emas edi. SHunday bo‘lsa-da, qoraqalpoq xalqining iqtisodiy va madaniy rivoji uchun muayyan sharoit yaratildi. Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti rahbarlari (A.Qudabaev, A.Do‘stnazarov va boshqalar) o‘z davriga qattiq «bog‘lanib» qolgan edilar, ularning ish uslubi O‘rta Osiyodagi milliy- hududiy chegaralanish sharoitida kutilmaganda ro‘y beradigan tor doiradagi partiyaviy vazifalarni bajarishga qaratilgan edi.
«Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti to‘g‘risidagi Nizom» (1926 yil 1 noyabr)ga muvofiq, oblast. To‘rtko‘l, CHimboy, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irotdan iborat to‘rtta okrugga bo‘lindi. Qoraqalpog‘istondagi siyosiy-iqtisodiy iqlimning keskin o‘zgarishi P.I.Varlamovning 1927 yilning 26 oktyabrida oblast partiya tashkiloti mas’ ul kotibi lavozimiga kelishi bilan uzviy bog‘liq edi. VKP(b) Qozog‘iston O‘lka komitetinint P.I. Varlamov nomiga yozilgan xatida kimlar bilan kurashish kerakligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga quyidagi ko‘rsatma berilgan: «Qoraqalpog‘iston AOda boylarning va ruhoniylarning ta’siri kuch li. SHu bois boy va eshonlarning asosiy kuchi ularning er va suvdan foydalanishdagi imtiyozida bo‘lib, ular bilan zaruriy islohotlarni o‘tkazish orqali kurashish kerak». 1927 yilda davlat hokimiyati «apparatini mustahkamlash va sog‘lomlashtirish» maqsadida Qozog‘iston O‘lka komitetidan Qoraqalpog‘istonga 68 nafar mas’ul xodim etib keldi. P.Varlamov boshchiligidagi Markaz emissarlari Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti davlat apparatini «tozalash» jarayonida uning «ruhan aksilinqilobchi yot, jinoyatchi va yaroqsiz unsurlar bilan haddan tashqari to‘ldirib yuborilganligini, ular xizmatchilar umumiy sonining 20 foizini tashkil etgan»ligini aniqladi. VKP(b) partiya komiteti va Qozog‘iston ASSR MIK Prezidiumining a’zolari U.Bekimbetov, F.Matkarimov, tuman muassasalari rahbarlari G.Abdullaev, I.Jilqiboev, YU. Matyokubov, Tokmambetov, Qurbonboev, Eshimbetov, Boboniyozov va boshqalar saidvaqqosovchilik bilan bog‘liq ekanlikda ayblandi, ularga «o‘ng og‘machilik» yorlig‘i yopishtirildi. Boylarga sherik bo‘lgani, ijtimoiy kelib chiqishini yashirgani va ishdagi sinfiy yo‘lni xaspo‘shlagani uchun Kegayli rayon partiya komiteti (ray kom) kotibi S.Eltezerov, Qipchoq revkom kotibi Boybozorov, Qo‘ng‘irot ray kom kotibi Isamov, CHimboy raykom kotibi Tojiboev, Qipchoq rayon ijroiya komiteti Ro‘ziboev, Qorao‘zak rayon ijroiya komiteti raisining
o‘rinbosari Beknazarov va boshqalar ishdan olinib, partiyadan o‘chirildi va sudga berildi. «Partiya va hukumat yo‘lini buzganligi uchun» (bu holat g‘alla tayyorlash va ekish kampaniyalari vaqtida boylarni himoya qilishda ifodalangan) birinchi toifa bo‘yicha prokuror o‘rinbosari K.Irmonov, sobiq prokuror X.YUsupov, oblast sudining sobiq raisi SH.Urumboev va boshqa yot unsurlardan tozalandi. Qoraqalpog‘istondagi iqtisodiy hayotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1925- 1926 yillarda oblastda 16 ta sanoat korxonasi ishlagan bo‘lib, shulardan 14 tasi davlatga qarashli va 2 tasi xususiy zavodlar edi. 1926 - 1927 yil larda oblastda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsuloti 5489 rublni tashkil etgan. 1927-1928 yillarda mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun 110 000 rubl mablag‘ ajratilgan. Oziq-ovqat sanoati rivojiga alohida e’tibor qaratilgan. Qoraqalpog‘iston sharoitida paxtachilik, chorvachilik, uzumchilik uchun ularning xomashyo bazasi tashkil qilingan. Uchsoy, Mo‘ynoq, Urga, Qozoqdaryo kabi joylarda ov bilan baliqchilik yanada rivojlantirildi. 1926 yilda Qoraqalpog‘istonda 4 516 nafar hunarmand bo‘lib, ulardan 2 753 nafari baliq ovlovchi va ovchi, 214 nafari metallga ishlov beruvchi, 204 nafari ko‘nchi, 316 nafari to‘quvchi va tikuvchi, 152 nafari oshpaz va qandolatpaz, 56 nafari yog‘ochga ishlov beruvchi duradgor va boshqalar bo‘lgan. 1927-1928 yillarda Orol davlat baliqchilik trest i tashkil etildi. Baliqchilik sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha paxta tozalashdan keyingi ikkinchi o‘rinda, ishchilar bandligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turgan. YUklarning aksariyat q ismi CHorjo‘y temir yo‘l stansiyasiga Amudaryo or q ali etkazilgan. Bu yo‘l uzo q va q immat hisoblangan. 1926-1927 yillarda 619 km masofaga ega CHimboy-Qizil O‘rda yo‘li q urildi. 1928 yilning aprelida q ishlo q xo‘jaligini kollektivlashtirish harakati boshlanib, qishloq xo‘jaligi artellari va TOZlar shaklidagi 13 ta kolxozni
vujudga keltirishga muvaffaq bo‘lindi. Ular u qadar katta bo‘lmay, har birida 6 - 10 nafar a’zo bo‘lib, umumiy soni 28 - 40 kishigacha etgan. 1928 yilning iyun oyi boshlarida Qozog‘iston O‘lka komiteti kotibi F.I.Goloshchekin Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, boylar va ruhoniylar bilan kurashish borasidagi shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratdi. 1928 yilning 17 avgustida Qozog‘iston MIKning «Boylar er egaligidagi mol- mulklarni musodara qilish to‘g‘risidagi Dekret» sinfiy kurashning kuchayishini qonuniylashtirdi: dastlab Xo‘jayli, CHimboy, To‘rtko‘ldagi, so‘ngra viloyatning boshqa rayonlaridagi boylar va ruhoniylarning erlari tortib olindi. Ularni yangi tashkil topayotgan jamoa xo‘jaliklariga topshirish natijasida boylar va eshonlar 20 ming desyatina er maydonidan ajraldilar. 1929 yilning 1 1 avgustida Qozog‘iston O‘lka komiteti paxtakor rayonlarda kolxoz qurilishi ishini jadallashtirishga oid qaror qabul qilib, Qoraqalpog‘iston AO partiya komitetiga amaliy tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, oblast apparatining ayrim xodimlari o‘tkazayotgan «o‘ng og‘machilik» oqibatida kolxozlar tuzish to‘xtatib turilganligi aniqlandi. 1929 yil mobaynida 18 ta yangi kolxoz tashkil etilib, bunday jamoa xo‘jaliklarining umumiy soni 32 taga etkazildi. 1929 yilning 1 fevralidan OGPU (Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi) xodimlari barcha rayonlarga safarbar qilindi. Ularga biror-bir shubha uyg‘otadigan, kollektivlashtirishni amalga oshirishga faol qarshilik qilishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash va shu orqali «OGPU yo‘nalishi bo‘yicha bunday toifadagi shaxslarni aniqlashga kirishish va ularga nisbatan jinoiy ish rasmiylashtirib, ularni er islohoti (kollektivlashtirish) boshlanishiga qadar Qoraqalpog‘istondan badarg‘a qilish hamda ular ishini 1929 yilning 1 iyuniga qadar rasmiylashtirish» topshirig‘i berildi. Qisqa vaqt ichida OGPU xodimlari tomonidan faqatgina CHimboy va To‘rtko‘l rayonlaridan 516 nafar xonadon boshliqlari shubhali shaxslar sifatida aniqlandi.