logo

Alisher Navoiy ijodida Farhod va Majun obrazlarining qiyosiy tahlili. 9v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.2861328125 KB
Mavzu Alisher Navoiy ijodida Farhod va Majun obrazlarining 
qiyosiy tahlili.
REJA:
 I bob. Alisher Navoiy xamsasidagi ishqiy-sarguzasht dostonlarining 
g’oyaviy-badiiy ahamiyati.
1.1Farhod obrazining g’oyaviy-badiiy talqini.
1.2 Majnun obrazing g’oyaviy-badiiy talqini.’
I bob bo’yicha xulosa
II bob Alisher Navoiy xamsasida Farhod va Majnun obrazlaring xamsa 
asarida tutgan o’rni.
2.1 Ishq dardiga yuliqqan Farhod obrazi komil inson sifatida.
2.2 Xamsa asarida haqiqiy ishqni yoritgan Majnun qiyofasi. 
II bob bo’yicha xulosa
III bob.Navoiy salaflari xamsasidagi Farhod hamda Majnun obrazli.
3.1 Xusrav va Farhod timsollarining tarixiy va badiiy ildizlari. 
3.2”Layli va Majnun’’dostonining yaratilish haqida ma’lumot bering 
III bob bo’yicha xulosa
Umumiy xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Ilova  Kirish
Mavzuning dolzarbligi.   Xalqimizning azaliy orzularini ro’yobga chiqargan
milliy   istiqlol   o’tmish   madaniy   va   ma’naviy   merosimizga   yangicha,   xolis   nigoh
tashlash imkonini berdi. Buning natijasida besh asrdan beri davom etib kelayotgan
navoiyshunoslik yurtimizda yangi manbalar, tadqiqot metodlari, yo’nalishlar bilan
tobora   takomillashib   bormoqda.   Zero   “ avliyolar   avliyosi,   mutafakkirlar
mutafakkiri   va   shoirlar   sultoni”   bo’lgan   “Alisher   Navoiy   xalqimizning   ongi   va
tafakkuri,   badiiy   madaniyati tarixida   butun   bir   davrni tashkil etadigan buyuk shaxs,
milliy   sha’nu   shuhratini   dunyoga   tarannum   qilgan   so’z   san’atkoridir…   olamda
turkiy   va   forsiy   tilda   so’zlashuvchi   biron-bir   inson   yo’qki,   navoiyni   bilmasa,
Navoiyni   sevmasa,   Navoiyga   sadoqat   va   e’tiqod   bilan   qaramasa”. 1
  Darhaqiqat,
Alisher   Navoiy   hayoti   va   adabiy   merosi   besh   yarim   asr   davomida   turli   millat
vakillari   bo’lgan   adabiyotshunos,   sharqshunos   olimlar   tomonidan   tadqiq   va   tahlil
etilmoqda.   Xususan,   Alisher   Navoiy   ijodining   undan   oldin   yashagan   Sharqning
buyuk   mutafakkirlari,   forsiyzabon   va   turkiyzabon   shoirlar   adabiy   merosi   bilan
munosabati   masalasida   bir   qator   ilmiy   tadqiqotlar   yaratilgan.   Bular   qatorida
Navoiyning   “Farhod   va   Shirin”   dostonini   shu   mavzudagi   asarlar   bilan   qiyosan
o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega.
Sosoniylar   sulolasining   oxirgi   yirik  hukmdorlaridan   biri  bo‘lgan  Xusrav 2
  II
Parvez va uning ma’shuqasi Shirin haqidagi rivoyatlar juda qadimdan xalq og‘zaki
ijodida, solnoma va tarixiy asarlarda, ayrim asarlar tarkibidagi kichik hikoyalarda
keng tarqalib keldi.
X-XI asarlarga   kelib   Eron   solnomalari   va   adabiyotida   mashhur   va   fojiaviy
taqdirga  ega  bo‘lgan  buyuk  hukmdor   va sohibjamol,  yuksak  aql-zakovatli   malika
Shirin   haqidagi   rivoyatlarga,   g‘ayritabiiy   kuch-qudratga   ega   bo‘lgan   hunarmand,
o‘z   ishqi   yo‘lida   jonini   fido   qilgan   oshiq   Farhod   haqidagi   rivoyatlar   ham   kelib qo‘shildi.   Natijada,   o‘zining   jozibadorligi,   murakkabligi   bilan   jahon   adabiy
an’analaridagi eng go‘zal ishqiy rivoyatlardan biriga aylandi.
Nizomiy Ganjaviyning ushbu mavzudagi dastlabki yirik dostoni «Xusrav va
Shirin»   hamda   Amir   Xusrav   Dehlaviyning   «Shirin   va   Xusrav»   dostonlari
yaratilgandan   keyin   esa,   ushbu   mavzuda   doston   yozish   sharq   adabiyotidagi   eng
boy an’anaga aylandi. XIV-XVI asrlarda Eron, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, turk,
uyg‘ur,   Hind   xalqlari   adabiyotida   birin-ketin   «Xusrav   va   Shirin»,   «Farhod   va
Shirin», «Farhodnoma» kabi nomlar bilan dostonlar maydoniga kela boshladi.
Rus   olimi   G.Y.Alievning   ma’lumot   berishicha,   adabiyotshunoslikda   ushbu
mavzuda   yozilgan   oltmishdan   ortiq   asar   aniqlangan. 3
  Ular   orasida   Alisher
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni alohida ahamiyatga ega.
“Xusrav va Shirin” mavzusidagi dostonlarni aniqlash, o‘rganish va
qiyoslashga doir jahon adabiyotshunosligida ko‘plab ilmiy-tanqidiy asarlar,
monografiyalar yozilgan. Ularning deyarli barchasida Xusrav va
  Farhod  munozarasi asarning eng   muhim, boshqacha qilib
aytganda, kulminatsiyasi ekanligi e’tirof etiladi. Biroq
mavjud ilmiy   manbalarda   mazkur   munozara atroflicha  qiyoslangan
holda	
  tahlil	  va	  tadqiq	  etilmagan.	  Buning	  natijasida, munozara o‘zining asl
mohiyatini yo‘qotib, shoh va hunarmand, yoxud ikki tabaqa vakilining   ziddiyati
va   uning   maqsadi:   «…hokim   tabaqaning   jirkanchligi   va ikkiyuzlamachiligi
(«…nichtojnostilitsimerie»)ni     fosh     qilish» 4
    bo‘lib     qoldi.
Shundan   kelib   chiqqan   holda,   Alisher   Navoiy   ijodi,   aniqrog’i,   uning   “Farhod
va Shirin” dostonidagi Xusrav va Farhod munozarasini salaflarining asarlari bilan
qiyosan   o’rganish   navoiyshunoslikning   muhim   va   dolzarb   vazifalaridan   biridir.  Bu,
avvalambor   Alisher   Navoiy   asarlarining   mazmun   va   g’oyaviy   mundarijasi,
kompozitsion   va   badiiy   barkamolligi   haqida   to’laroq   tasavvurga   ega   bo’lish
imkonini   bersa,   ikkinchi   tomondan,   xamsanavislik   an’anasining   muhim
jihatlaridan   biri   nazira   va   badiiy   topilma,   izdoshlik   va   o’ziga   xoslik   tamoyillari
haqida     ilmiy     mulohaza     yuritish,     by     boradagi     nazariy     tushunchalarni
3
  Алиев   Г.Ю.   Легенда   о   Хусраве   и   Ширин   в   литературах   народов   Востока.   –   М.:   Наука,   1960.   стр.   - 163.
4
Shukitob,   96- бет. takomillashtirish   uchun   zamin   hozirlaydi.   “Xusrav   va   Farhod”   munozarasi   Sharq
yozma   dostonchiligi,   masnaviynavisligi   tarixida   muhim   o’ringa   ega   bo’lgan
munozara   usulining   o’ziga   xos   namunasidir.   Binobarin,   uning   qiyosiy-tipologik
tadqiq   etilishi   munozara   usulining   ham   janr   ham   kompozitsion   vosita   sifatidagi
nazariy   jihatlarini   kengroq   yoritish   imkonini   beradi.   Ushbu   magistrlik
dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi shular bilan belgilanadi.
Mavzuning   o`rganilish   darajasi.   “Xusrav   va   Shirin”   mavzusidagi
dostonlarni   aniqlash,   o‘rganish   va   qiyoslashga   doir   jahon   adabiyotshunosligida
ko‘plab   ilmiy-tanqidiy   asarlar,   monografiyalar   yozilgan.   Xususan,   chex   olimi
G.Dudaning   «Farhod   va   Shirin»,   rus   olimlari   A.E.Krimskiy   va   I.Braginskiyning
fors-tojik adabiyoti tarixiga bag‘ishlangan qator asarlarida   shu mavzuga doir ayrim
fikrlar bildirilgan.
XX   asr   navoiyshunosligining   poydevorini   qo’ygan   olimlardan   biri
Y.E.Bertels   o’zining   “Nizomiy”   va   “Navoiy”   monografiyalarida   “Xusrav   va
Shirin” mavzusida yozilgan eng muhim asarlarni tavsiflar ekan Xusrav va Farhod
munozarasi   haqida   ham   qisman   to’xtalib   o’tadi,   uni   (Nizomiy   dostonidagi
munozarani)   jang   maydonidagi   qilichlar   zarbiga   qiyoslaydi:   “Farhodning   Xusrav
bilan   suhbati   –   dostonning   eng   shoyondiqqat   o’rinlaridan   biri.   Xusravning   savollari
va   Farhodning   javoblari   qilichbozlarning   shamshirlari   kabi   kesishadi”. 5
  Shu
o’rinda   qayd   etish   lozimki,   Y.E.Bertelsning   “Navoiy”   monografiyasi   taniqli   olim
va   tarjimot   professor   I.K.Mirzayev   tomonidan   tarjima   qilinib   nashr   ettirilganligi
adabiyotshunoslik sohasidagi muhim hodisalardan biri bo’ldi.
Ushbu   mavzuga   bevosita   aloqador   bo‘lgan   maxsus   tadqiqotlardan   biri
G.Y.Alievning   “Sharq   xalqlari   adabiyotida   Xusrav   va   Shirin   afsonasi” 6
,   “Sharq
xalqlari   adabiyotida   Nizomiyning   mavzu   va   sujetlari” 7
,   turkman   olimi
G‘.Begdelining  «Sharq	  adabiyotida   «Xusrav	  va   Shirin	  mavzusi» 8	 
va   o‘zbek
5
BertelsY.E.   Navoiy   (RustilidanI.Mirzayevtarjimasi)   –   Toshkent:   Tafakkurqanoti,   2015.   234- bet.
6
Алиев   Г.Ю.Легенда   о   Хусраве   и   Ширин   в   литературе   народов   Востока.   –   М.:   Наука,   1960.
7
 Алиев Г.Ю. Темы и сюжеты Низами в литературах народов Востока.   – М.: Изд. Восточной литературы,  
1985.
8
BegdeliG‘.Shergedebiyatinda   «XosravvaShirin»   mo‘vzusu.   –   Bakы:   Elm,   1970. adabiyotshunos   olimi   S.Erkinovning   «Navoiy   «Farhod   va   Shirin»i   va   uning
qiyosiy tahlili» 9
  nomli monografiyalarni qayd etib o‘tish lozim.
Ozarbayjon   adabiyotshunosi   M.Rafili   Nizomiy   va   Navoiy   asarlari   xususida
fikr   bildirib,   “ikki   oshiq   o’rtasida   bo’lb   o’tgan   keskin   aytishuvning   maftunkorlik
kuchi shu darajada ediki, Nizomiy mavzui bo’yicha o’z ona tilida doston yaratgan
ulug’   o’zbek   shoiri   Navoiy   shu   o’rinlarga   qo’l   tegizmadi”,-   deb   yozadi. 10
  Ya’ni
uning fikriga ko’ra Navoiy munozarani aynan tarjima qilgan. Biroq bu mavzudagi
barcha  dostonlarni   tadqiq  etgan  Y.E.Bertels  Navoiy   dostonida  “dramatizm,  hatto,
Nizomiyga   qaraganda   ham   kuchaytirilgan”ligini   alohida   qayd   etadi:   “U   yerda
(Nizomiyda)   Farhod faqat raqib bo’lsa, bu yerda – dushman, qurolsiz, zanjirband
dushman.   Shuning   uchun   Farhodning   tap   tortmay   qilgan   javoblari   Navoiyda
yanada   katta   kuch   kasb   etadi ”. 11
  Adabiyotshunos   S.Erkinov   ham   bu   fikrni
tasdiqlagan   holda:   “…uchala   muallif   asarlaridagi   lavhalar   o’rtasidagi   yaqinlik
to’g’risida   so’zlash   bilan   bilan   bir   qatorda   o’rtadagi   farqlar,   har   bir   muallifning
g’oyaviy   niyati   bilan   bog’liq   tomonlar,   faktlarni   umumlashtirishdagi   mahorat
haqida   ham   alohida   fikr   yuritishga   to’g’ri   keladi”   deya   ta’kidlaydi.   Akademik
A.P.Qayumov   esa   Navoiy   dostonidagi   munozara   haqida:   “Farhod   bilan   Xusrav
o’rtasidagi   dialog   “Farhod   va  Shirin”  dostonining,   Navoiy   she’riyatining,   demak,
butun   o’zbek   adabiyotining   eng   yorqin,   eng   mazmundor,   eng   go’zal   va   ta’sirli
badiiy   lavhasidir” 12
,   -   deb   yozgan   bo’lsa,   yetuk   olim   N.Komilov:   “Bu   munozara
dostonning   o’zagidir.   Navoiy   dunyoqarashi,   maqsad-muddaosi   xuddi   shu   yerda
aniq   ifodalangan”,-deya   baho   beradi   [   23.   211]. 13
Yana   bir   ustoz   adabiyotshunos
A.Haitmetov   Navoiy   dostonida   Farhod   bilan   Xusravning   mashhur   dialogi   Xoja
Yahyo (sarbadorlar harakati sardorlaridan) bilan Tog’aytemur o’rtasidagi dialogni
eslatib turadi, deb yozgan edi [4. 280].
Shuningdek,   “Farhod   va   Shirin”   dostoniga   bag’ishlangan   A.Abdug’afurov
[6],   B.Valixo’jayev   [18,   19,   20],   T.Jalolov   [22]   va   boshqa   ko’plab   olimlarning
9
Erkinov   S.   Navoiy   «Farhod   va Shirin»i   va   uning   qiyosiy   tahlili.-   Toshkent:   Fan,   1971.
10
Рафили.   Творчество   Низами   //   Низами   (Сборник   научных   статей).   IV.   Баку,   1947.   Стр.   400.
11
BertelsY.E.   Navoiy   (RustilidanI.Mirzayevtarjimasi)   –   Toshkent:   Tafakkurqanoti,   2015.   23- bet.12QayumovA.”FarhodvaShirin”	 sirlari.
 	–T.:  	G’afurG’ulomnomidagiAdabiyotvasan’atnashriyoti,  	1979.	109- bet.
13
Ko’pmurojaatetiladiganmanbalarningadabiyotlarro’yxatidagitartibraqamivasahifasikataqavsichidako’rsatilgan. ilmiy   maqola,   risola   va   monografiyalarida   Xusrav   va   Farhod   munozarasi   haqida
fikr-mulohazalar bildirilgan.
“Munozara”   atamasi,   uning   janriy   va   kompozitsion   belgilari   haqida
Y.E.Bertels.   I.S.Braginskiy,   A.Qayumov,   E.Rustamov   kabi   olimlarning   nazariy
qarashlari   ma’lum.  Jumladan,   Y.E.Bertels   ta’rifiga   ko`ra,  “Munozara”   qasidaning
o`ziga   xos   turidir,   nasib   esa   bahs   bo`lib,   ikki   qarama-qarshi   tarafning   o`zaro
munozarasidir.   Tortishuv   odatagiday   tantanali   madh   qasidaga   bag`ishlangan
shaxsni sharaflash bilan tugallanadi [17].
Bu   borada,   ayniqsa,   M.Abduvohidovaning   "O`zbek   adabiyotida   munozara"
monografiyasi   [5]   alohida   ahamiyatga   ega   bo’lib,   unda   mazkur   janrning   yuzaga
kelishi   va   taraqqiyot   yo`li   tadqiq   etilgan.   Biroq   unda   munozara   asar
kompozitsiyasining   tarkibiy   qismi   sifatida   emas,   alohida   janr   sifatida   asosan
XV asrda yaratilgan munozaralar misolida tadqiq etilgan.
Bevosita   shu   mavzu   atrofidagi   tahliliy   mulohazalar   adabiyotshunos
S.Tohirovning   so’nggi   yillarda   nashr   ettirilgan   ilmiy   maqolalarida   ham   mavjud
bo’lib,   ularda   Xusrav   va   Farhod   munozarasining   ildizlari   hamda   bir   qator
xususiyatlari yoritilgan [34, 35].
Dissertatsiyaning   ilmiy-tadqiqot   ishlari   rejalari   bilan   bog`liqligi .
Bugungi   kunda   adabiyotshunoslik   sohasidagi   ilmiy   tadqiqotlarning   istiqbol
rejasini  mumtoz adabiyotimizning   jahon adabiy jarayoni tarixi va taraqqiyotidagi
mavzui, mumtoz asarlarimizning   mavzu va g`oyalar ko`lami, badiiy ilmiy-nazariy
jihatdan   xolisona   tadqiq   etish   belgilab   beradi.   Shundan   kelib   chiqqan   holda,
Alisher   Navoiy   nomidagi   Samarqand   davlat   universiteti   o`zbek   adabiyoti   tarixi
kafedrasi 2011-2015- yillar uchun “Alisher Navoiy ijodi va adabiy ta’sir masalasi”
mavzusini  tanlagan   bo`lib,  mazkur   tadqiqot   ushbu  keng   qamrovli  muommo  bilan
bog`liq   holda   Alisher   Navoiy   ijodining   xamsanavis   salaflari   bilan   ijodiy
munosabati masalasini yoritishga qaratilgan.
Tadqiqotning   maqsad   vavazifalari.   Magistrlik   dissertatsiyasining   asosiy
maqsadi Alisher Navoiy “Farhod va Shirin”   dostoni tarkibidagi Xusrav va Farhod munozarasining   Nizomiy   Ganjaviy,   Xusrav   Dehlaviy   va   boshqa   forziyzabon
shoirlarning asarlaridagi munozaralar bilan qiyosiy tipologik tadqiq etishdir.
Mazkur   maqsadlarni   amalga   oshirish   jarayonida   quyidagi   vazifalarni
bajarish   ko’zda tutilgan:
- Xusrav   va   Farhod   timsollarining   tarixiy   va   afsonaviy   ildizlari   hamda
adabiyotga   kirib   kelish,   takomillashish   jarayonlari   yoritilgan   ilmiy
adabiyotlarni tavsif va tahlil etish, umumlashtirish;
- Badiiy   adabiyotda   munozara   usulidan   foydalanish   tarixiga   oid   ilmiy   va
badiiy manbalarni tadqiq etish;
- Nizomiy   Ganjaviy   va   Amir   Xusrav   Dehlaviyning   Xusrav   va   Shirin
haqidagi   dostonlari   tarkibidagi   Xusrav   va   Farhod   munozarasini   matn,
kompozitsiya, g’oyaviy-badiiy xususiyatlar nuqtai nazaridan o’rganish;
- Alisher Navoiyning Xusrav va Farhod timsollariga munosabati aks etgan
adabiy matnlarni atroflicha va xolis tahlil etish;
- “Farhod va Shirin” dostonidagi Xusrav va Farhod munozarasini qiyosiy-
tarixiy va germenevtik metodlar asosida tadqiq va tahlil etish;
- Alisher   Navoiy   yaratgan   munozaraning   o’ziga   xosligi,   shoirning   bu
boradagi badiiy mahorati masalasida muayyan xulosalarga kelish.
Tadqiqotning obyekti  va manbalari.   Tadqiqotning asosiy  obyekti  Xusrav
va   Shirin   mavzusida   yozilgan   dostonlar   tarkibidagi   Xusrav   va   Farhod
munozarasidir.
Magistrlik   dissertatsiyasini   bajarishda   Alisher   Navoiyning   «Farhod   va
Shirin»   dostoni 14
,   Nizomiy   Ganjaviyning   «Xusrav   va   Shirin» 15
,   Amir   Xusrav
Dehlaviyning   «Shirin   va   Xusrav» 16
,   Qutb   Xorazmiyning   «Xusrav   va   Shirin» 17
,
Abdulloh   Hotifiyning   «Shirin   va   Xusrav» 18
  dostonlari   tanqidiy   matnlari   asosiy
manba   vazifasini o'tadi.   Tadqiqotda,   shuningdek,   ilmiy   manba   sifatida   E.E.Bertels
14
AlisherNavoiy. MAT. 20 tomlik.8-tom. – Toshkent: Fan, 1991;AlisherNavoiy. Farhod va Shirin. –
Toshkent:   G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.
15
Nizomiy   Ganjaviy.   Xusrav   va   Shirin.   Kulliyot.Jildi   yakum.   –   Dushanbe:   Irfon,   1983.
16
Amir   Xusravi   Dehlaviy.   Shirin   va   Xusrav.   Osori   muntaxab.Jildi   yakum.   –   Dushanbe:   Irfon,   1971.
17
Qutb   Xorazmiy.   Xusrav   va   Shirin.   Uch   bulbul   gulshani. –   Toshkent:   Badiiy   adabiyot,   1986.   331-618- betlar.
18
AbdullohiHotifiy.   ShirinvaXusrav.   –   Dushanbe:   Irfon,   1981. [14,   15,   16],   G.Y.Aliev   [8,   9],   G‘.Begdeli   [13],   S.Erkinov   [39],   A.Qayumov   [42],
N.Komilov   [23,   2s,   S.Tohirov   [34,   35]   kabilarning   ilmiy   ishlaridan   o’rni   bilan
foydalanildi.
Tadqiqotning metodologiyasi  va metodi.   Milliy istiqlol  mafkurasi  hamda
yurtboshimizning   milliy   mafkura   va   madaniyatga   doir   dasturiy   ko’rsatmalari,
gumanitar   sohalar   va   umuman   ilmiy   tadqiqot   ishlarining   ustuvor   yo’nalishlariga
oid qarashlari ushbu magistrlik ishining metodologik asosini tashkil etadi.
Mavzuni   izchil   va   atroflicha   yoritish   maqsadida   ilmiy   bilishga   asoslangan
qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik, ilmiy tavsif  va sharh metodlaridan foydalanildi.
Adabiyotshunoslik   sohasida   fundamental   tadqiqotlar   yaratgan   Y.E.Bertels,
A.Haitmetov,   B.Valixo’jayev,   A,Qayumov,   R.Orzibekov,   I.Haqqulov,
M.Muhiddinov,   D.Salohiy   hamda   ushbu   mavzuga   bevosita   aloqador   bo’lgan
S.Erkinov,   S.Tohirov   kabi   olimlarning   ilmiy   ishlaridagi   tadqiqot   metodlaridan
foydalanildi.
Himoyaga   olib   chiqilayotgan   asosiy   holatlar:
Fors-tojik va turkiy dostonchilik (masnaviynavislik) tarixida munozara usuli
o’ziga   xos  o’ringa  ega .   Qator   dostonlarda  munozara  asar  kompozitsiyasining  eng
muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida gavdalanadi.
Sharq mumtoz adabiyotidagi ishqiy-romantik   sujetlar orasida Xusrav-Shirin-
Farhod uchburchagi  ziddiyatga boy ekanligi bilan ajralib turadi.Asarlarda mazkur
ziddiyatning turli talqinlari kuzatiladi.
Xusrav   va   Farhod   ziddiyati   ular   o’rtasidagi   munozarada   ayniqsa   yaqqol
namoyon   bo’ladi.   Unda   nafaqat   ikki   tabaqa   vakili,   balki   xil   dunyoqarash,   “ishq”
tushunchasiga ikki xil munosabat o’rtasidagi ziddiyat sifatida namoyon bo’ladi.
Munozaralarning   matnini   qiyosiy-tipologik   tadqiq   etish,   sharhlash,   lingvo-
poetik   xususiyatlarini   yoritish   har   bir   muallifning   dunyoqarashi,   uslubi   hamda
badiiy mahorati haqida to’laqonli tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi.
Alisher   Navoiyning   “Farhod   va   Shirin”   dostoni   tarkibidagi   munozara
Nizomiy   an’analari   asosida   yaratilgan   bo’lsa-da,   g’oyaviy-badiiy   xususiyatlariga
ko’ra oldingi munozaralardan ajralib turadi. Unda Xusrav va Farhod timsollarining xarakter   jihatlari   yaqqol   namoyon   bo’lishi   bilan   birga,   Navoiyning   “ishq”
konsepsiyasiga xos muhim qarashlari ham o’z ifodasini topgan.
Tadqiqotning   amaliy   ahamiyati. Ushbu   magistrlik   ishida   tadqiq   etilgan
manbalarga   adabiyotshunoslikda   ko’p   marotaba   murojaat   etilgan   bo’lsa-da,
“Xusrav   va   Farhod”   munozarasining   o’zi   alohida   tadqiq   etilmagan.Bu   esa
ishning   amaliy   ahamiyatini   belgilaydigan   dastlabki   omillardandir.   Alisher
Navoiy   dostonidagi   munozara   ilk   marotaba   alohida   tadqiqot   doirasida   qiyosan
o’rganilmoqda.   Tadqiqot   materiallari,   unda   bildirilgan   fikr-mulohaza   va
xulosalar   Akademik   litsey   va   KH   kolejlari   hamda   oily   ta’lim   bakalavriat
bosqichining   “Filologiya   va   tillarni   o’qitish”   yo’nalishi   o’quv   dasturlariga
kiritilgan   “Adabiyot”,   “O’zbek   mumtoz   va   milliy   uyg’onish   davri   adabiyoti
tarixi”   fanlari   yuzasidan   yaratiladigan   o’quv   adabiyotlarining   XII-XV   asrlarga
oid bob va fasllarini to’ldirish, takomillashtirish imkonini berishi mumkin.
Ushbu tadqiqot ishi kelajakda Alisher Navoiy adabiy merosini xamsanavis
shoir  va mutafakkirlar  ijodi  bilan  qiyosan tadqiq va tahlil  qilishda  ilmiy manba
vazifasini o’tashi shubhasiz.
Ishning tuzilishi va hajmi.   Magistrlik dissertatsiyasi Kirish har biri uchta
faslni o’z ichiga oladigan uchta asosiy bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyot
va manbalar ro’yxatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi 82 sahifani tashkil etadi.

Mavzu Alisher Navoiy ijodida Farhod va Majun obrazlarining qiyosiy tahlili. REJA: I bob. Alisher Navoiy xamsasidagi ishqiy-sarguzasht dostonlarining g’oyaviy-badiiy ahamiyati. 1.1Farhod obrazining g’oyaviy-badiiy talqini. 1.2 Majnun obrazing g’oyaviy-badiiy talqini.’ I bob bo’yicha xulosa II bob Alisher Navoiy xamsasida Farhod va Majnun obrazlaring xamsa asarida tutgan o’rni. 2.1 Ishq dardiga yuliqqan Farhod obrazi komil inson sifatida. 2.2 Xamsa asarida haqiqiy ishqni yoritgan Majnun qiyofasi. II bob bo’yicha xulosa III bob.Navoiy salaflari xamsasidagi Farhod hamda Majnun obrazli. 3.1 Xusrav va Farhod timsollarining tarixiy va badiiy ildizlari. 3.2”Layli va Majnun’’dostonining yaratilish haqida ma’lumot bering III bob bo’yicha xulosa Umumiy xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Ilova

Kirish Mavzuning dolzarbligi. Xalqimizning azaliy orzularini ro’yobga chiqargan milliy istiqlol o’tmish madaniy va ma’naviy merosimizga yangicha, xolis nigoh tashlash imkonini berdi. Buning natijasida besh asrdan beri davom etib kelayotgan navoiyshunoslik yurtimizda yangi manbalar, tadqiqot metodlari, yo’nalishlar bilan tobora takomillashib bormoqda. Zero “ avliyolar avliyosi, mutafakkirlar mutafakkiri va shoirlar sultoni” bo’lgan “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy sha’nu shuhratini dunyoga tarannum qilgan so’z san’atkoridir… olamda turkiy va forsiy tilda so’zlashuvchi biron-bir inson yo’qki, navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa”. 1 Darhaqiqat, Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosi besh yarim asr davomida turli millat vakillari bo’lgan adabiyotshunos, sharqshunos olimlar tomonidan tadqiq va tahlil etilmoqda. Xususan, Alisher Navoiy ijodining undan oldin yashagan Sharqning buyuk mutafakkirlari, forsiyzabon va turkiyzabon shoirlar adabiy merosi bilan munosabati masalasida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Bular qatorida Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini shu mavzudagi asarlar bilan qiyosan o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega. Sosoniylar sulolasining oxirgi yirik hukmdorlaridan biri bo‘lgan Xusrav 2 II Parvez va uning ma’shuqasi Shirin haqidagi rivoyatlar juda qadimdan xalq og‘zaki ijodida, solnoma va tarixiy asarlarda, ayrim asarlar tarkibidagi kichik hikoyalarda keng tarqalib keldi. X-XI asarlarga kelib Eron solnomalari va adabiyotida mashhur va fojiaviy taqdirga ega bo‘lgan buyuk hukmdor va sohibjamol, yuksak aql-zakovatli malika Shirin haqidagi rivoyatlarga, g‘ayritabiiy kuch-qudratga ega bo‘lgan hunarmand, o‘z ishqi yo‘lida jonini fido qilgan oshiq Farhod haqidagi rivoyatlar ham kelib

qo‘shildi. Natijada, o‘zining jozibadorligi, murakkabligi bilan jahon adabiy an’analaridagi eng go‘zal ishqiy rivoyatlardan biriga aylandi. Nizomiy Ganjaviyning ushbu mavzudagi dastlabki yirik dostoni «Xusrav va Shirin» hamda Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonlari yaratilgandan keyin esa, ushbu mavzuda doston yozish sharq adabiyotidagi eng boy an’anaga aylandi. XIV-XVI asrlarda Eron, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, turk, uyg‘ur, Hind xalqlari adabiyotida birin-ketin «Xusrav va Shirin», «Farhod va Shirin», «Farhodnoma» kabi nomlar bilan dostonlar maydoniga kela boshladi. Rus olimi G.Y.Alievning ma’lumot berishicha, adabiyotshunoslikda ushbu mavzuda yozilgan oltmishdan ortiq asar aniqlangan. 3 Ular orasida Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni alohida ahamiyatga ega. “Xusrav va Shirin” mavzusidagi dostonlarni aniqlash, o‘rganish va qiyoslashga doir jahon adabiyotshunosligida ko‘plab ilmiy-tanqidiy asarlar, monografiyalar yozilgan. Ularning deyarli barchasida Xusrav va Farhod munozarasi asarning eng muhim, boshqacha qilib aytganda, kulminatsiyasi ekanligi e’tirof etiladi. Biroq mavjud ilmiy manbalarda mazkur munozara atroflicha qiyoslangan holda tahlil va tadqiq etilmagan. Buning natijasida, munozara o‘zining asl mohiyatini yo‘qotib, shoh va hunarmand, yoxud ikki tabaqa vakilining ziddiyati va uning maqsadi: «…hokim tabaqaning jirkanchligi va ikkiyuzlamachiligi («…nichtojnostilitsimerie»)ni fosh qilish» 4 bo‘lib qoldi. Shundan kelib chiqqan holda, Alisher Navoiy ijodi, aniqrog’i, uning “Farhod va Shirin” dostonidagi Xusrav va Farhod munozarasini salaflarining asarlari bilan qiyosan o’rganish navoiyshunoslikning muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Bu, avvalambor Alisher Navoiy asarlarining mazmun va g’oyaviy mundarijasi, kompozitsion va badiiy barkamolligi haqida to’laroq tasavvurga ega bo’lish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, xamsanavislik an’anasining muhim jihatlaridan biri nazira va badiiy topilma, izdoshlik va o’ziga xoslik tamoyillari haqida ilmiy mulohaza yuritish, by boradagi nazariy tushunchalarni 3 Алиев Г.Ю. Легенда о Хусраве и Ширин в литературах народов Востока. – М.: Наука, 1960. стр. - 163. 4 Shukitob, 96- бет.

takomillashtirish uchun zamin hozirlaydi. “Xusrav va Farhod” munozarasi Sharq yozma dostonchiligi, masnaviynavisligi tarixida muhim o’ringa ega bo’lgan munozara usulining o’ziga xos namunasidir. Binobarin, uning qiyosiy-tipologik tadqiq etilishi munozara usulining ham janr ham kompozitsion vosita sifatidagi nazariy jihatlarini kengroq yoritish imkonini beradi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi shular bilan belgilanadi. Mavzuning o`rganilish darajasi. “Xusrav va Shirin” mavzusidagi dostonlarni aniqlash, o‘rganish va qiyoslashga doir jahon adabiyotshunosligida ko‘plab ilmiy-tanqidiy asarlar, monografiyalar yozilgan. Xususan, chex olimi G.Dudaning «Farhod va Shirin», rus olimlari A.E.Krimskiy va I.Braginskiyning fors-tojik adabiyoti tarixiga bag‘ishlangan qator asarlarida shu mavzuga doir ayrim fikrlar bildirilgan. XX asr navoiyshunosligining poydevorini qo’ygan olimlardan biri Y.E.Bertels o’zining “Nizomiy” va “Navoiy” monografiyalarida “Xusrav va Shirin” mavzusida yozilgan eng muhim asarlarni tavsiflar ekan Xusrav va Farhod munozarasi haqida ham qisman to’xtalib o’tadi, uni (Nizomiy dostonidagi munozarani) jang maydonidagi qilichlar zarbiga qiyoslaydi: “Farhodning Xusrav bilan suhbati – dostonning eng shoyondiqqat o’rinlaridan biri. Xusravning savollari va Farhodning javoblari qilichbozlarning shamshirlari kabi kesishadi”. 5 Shu o’rinda qayd etish lozimki, Y.E.Bertelsning “Navoiy” monografiyasi taniqli olim va tarjimot professor I.K.Mirzayev tomonidan tarjima qilinib nashr ettirilganligi adabiyotshunoslik sohasidagi muhim hodisalardan biri bo’ldi. Ushbu mavzuga bevosita aloqador bo‘lgan maxsus tadqiqotlardan biri G.Y.Alievning “Sharq xalqlari adabiyotida Xusrav va Shirin afsonasi” 6 , “Sharq xalqlari adabiyotida Nizomiyning mavzu va sujetlari” 7 , turkman olimi G‘.Begdelining «Sharq adabiyotida «Xusrav va Shirin mavzusi» 8 va o‘zbek 5 BertelsY.E. Navoiy (RustilidanI.Mirzayevtarjimasi) – Toshkent: Tafakkurqanoti, 2015. 234- bet. 6 Алиев Г.Ю.Легенда о Хусраве и Ширин в литературе народов Востока. – М.: Наука, 1960. 7 Алиев Г.Ю. Темы и сюжеты Низами в литературах народов Востока. – М.: Изд. Восточной литературы, 1985. 8 BegdeliG‘.Shergedebiyatinda «XosravvaShirin» mo‘vzusu. – Bakы: Elm, 1970.

adabiyotshunos olimi S.Erkinovning «Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili» 9 nomli monografiyalarni qayd etib o‘tish lozim. Ozarbayjon adabiyotshunosi M.Rafili Nizomiy va Navoiy asarlari xususida fikr bildirib, “ikki oshiq o’rtasida bo’lb o’tgan keskin aytishuvning maftunkorlik kuchi shu darajada ediki, Nizomiy mavzui bo’yicha o’z ona tilida doston yaratgan ulug’ o’zbek shoiri Navoiy shu o’rinlarga qo’l tegizmadi”,- deb yozadi. 10 Ya’ni uning fikriga ko’ra Navoiy munozarani aynan tarjima qilgan. Biroq bu mavzudagi barcha dostonlarni tadqiq etgan Y.E.Bertels Navoiy dostonida “dramatizm, hatto, Nizomiyga qaraganda ham kuchaytirilgan”ligini alohida qayd etadi: “U yerda (Nizomiyda) Farhod faqat raqib bo’lsa, bu yerda – dushman, qurolsiz, zanjirband dushman. Shuning uchun Farhodning tap tortmay qilgan javoblari Navoiyda yanada katta kuch kasb etadi ”. 11 Adabiyotshunos S.Erkinov ham bu fikrni tasdiqlagan holda: “…uchala muallif asarlaridagi lavhalar o’rtasidagi yaqinlik to’g’risida so’zlash bilan bilan bir qatorda o’rtadagi farqlar, har bir muallifning g’oyaviy niyati bilan bog’liq tomonlar, faktlarni umumlashtirishdagi mahorat haqida ham alohida fikr yuritishga to’g’ri keladi” deya ta’kidlaydi. Akademik A.P.Qayumov esa Navoiy dostonidagi munozara haqida: “Farhod bilan Xusrav o’rtasidagi dialog “Farhod va Shirin” dostonining, Navoiy she’riyatining, demak, butun o’zbek adabiyotining eng yorqin, eng mazmundor, eng go’zal va ta’sirli badiiy lavhasidir” 12 , - deb yozgan bo’lsa, yetuk olim N.Komilov: “Bu munozara dostonning o’zagidir. Navoiy dunyoqarashi, maqsad-muddaosi xuddi shu yerda aniq ifodalangan”,-deya baho beradi [ 23. 211]. 13 Yana bir ustoz adabiyotshunos A.Haitmetov Navoiy dostonida Farhod bilan Xusravning mashhur dialogi Xoja Yahyo (sarbadorlar harakati sardorlaridan) bilan Tog’aytemur o’rtasidagi dialogni eslatib turadi, deb yozgan edi [4. 280]. Shuningdek, “Farhod va Shirin” dostoniga bag’ishlangan A.Abdug’afurov [6], B.Valixo’jayev [18, 19, 20], T.Jalolov [22] va boshqa ko’plab olimlarning 9 Erkinov S. Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili.- Toshkent: Fan, 1971. 10 Рафили. Творчество Низами // Низами (Сборник научных статей). IV. Баку, 1947. Стр. 400. 11 BertelsY.E. Navoiy (RustilidanI.Mirzayevtarjimasi) – Toshkent: Tafakkurqanoti, 2015. 23- bet.12QayumovA.”FarhodvaShirin” sirlari. –T.: G’afurG’ulomnomidagiAdabiyotvasan’atnashriyoti, 1979. 109- bet. 13 Ko’pmurojaatetiladiganmanbalarningadabiyotlarro’yxatidagitartibraqamivasahifasikataqavsichidako’rsatilgan.