logo

Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.892578125 KB
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim
vazirligi 
Samarqand Davlat Chet tillar Instituti
          Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari
                                fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu :  Turli   lingvomadaniyatlardagi   o‘xshatishlarning   qiyosiy   tahlili
                      
Samarqand  2021 Turli   lingvomadaniyatlardagi   o‘xshatishlarning   qiyosiy   tahlili
Har   xil   lingvomadaniyatlardagi   turg‘un   o‘xshatishlarni   qiyoslash   insonning  
xarakteri   va   xatti-harakati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   o‘xshatishlarning   etaloni   sifatida
hayvon   va   jonivorlarni bildiruvchi so‘zlardan ko‘proq foydalanilganini   ko‘rsatadi.  
Masalan,     qiyoslanilgan     tillarning     aksariyatida     tulki     ayyorlik,     aldoqchilik,
yolg‘onchilik     ramzi,     etaloni     sifatida     faol     ishlatiladi:     tulkiday     ayyor,     tilki     gibi
(turkcha)   xitriy   kak   lisa   (ruscha) ,   as   false   as   fox   (inglizcha),   you   kathi   (koreysch
a).Mutaxassislarning     ta’kidlashicha,     g‘arb     va     slavyan     lingvomadaniyatlarida,
xususan,   ingliz   va   rus   tillarida   as   false   as   fox ,   xitriy   kak   lisa   turg‘un   o‘xshatishlari  
mifopoetik     manbalarga     asoslanadi,     chunki     qadimgi     tasavvurlarga     ko‘ra,     tulki  
jodugar     hisoblangan,     unda     yo‘qolish,     ko‘rinmaydigan     bo‘lib     qolish     qobiliyati  
mavjud     bo‘lgan
Qayd     qilingan     xususiyatni     sharq     lingvomadaniyatida,     xususan,  
koreys     va     xitoy     madaniyatida     ham     kuzatish     mumkin.     Koreys     va     xitoy  
mifologiyasida   tulkining   qizga   aylanib   qolishi   keng   tarqalgan.  
Lingvomadaniyatlarning   aksariyatida   turg‘un   o‘xshatishlarni   obraz   va   uning  
mazmuni   jihatidan   bir-biriga   muqobilligi,   muqoyasa   obyektlarining   o‘xshashligiga  
guvoh     bo‘lamiz.     Masalan,     “befahmlik,     beso‘naqaylik,     qo‘pollik”     ayiqday  
(o‘zbekcha),     ayı     gibi     (turkcha),     ko‘m     kathi     (koreyscha),             kak     medved     (rus
cha);
“kuchli,     qo‘rqmas”,     “mardlik,     jasorat”     arslon     kabi     (o‘zbekcha),     aslan     gibi  
(turkcha);   “semirmoq”,   “ko‘p   ovqat   yemoq”   cho‘chqaday   (o‘zbekcha),   As   fat   as   a  
pig   (inglizcha),   tweji   kathi   (koreyscha);   “ko‘p   ovqat   yemoq”     molday   (o‘zbekcha),  
so‘     kathi     (koreyscha);     “befahm”     eshakday     (o‘zbekcha),     eşek     gibi     (turkcha),
kak    osel   (ruscha)   va   h.k.   etalonlar   vositasida   ifodalanadi.
Lingvomadaniyatlarning     aksariyatida     ayni     o‘xshatish     etalonlari     turli   belgilarnin
g     o‘lchovi     sifatida     qo‘llanilishi   mumkin:   o‘zbek     tilida     qo‘ydek     “yuvoshlik”,
turk     tilida     koyun   gib   “ahmoq,     dovdir”,     “qaror     berishda     yoki   xatti-harakatlarida  
boshqalarga   tobe     bo‘lgan”,     rus     tilida     ovsa     etaloni   “qo‘rqoqlik”;o‘zbek   tilida
bo‘riday   “dovyurak,     mard”,   “g‘ajimoq,     tish     qayramoq”,   turk     tilida    
kurt   gibi   “ishning     ko‘zini     biladigan”,     rus     tilida   kak   volk   “och”;         o‘zbek     tilida
ilonday   “chaqmoq,   zahar     sochmoq”,   “sovuq”,   turk     tilida   yılan   gibi   “xoin,
yoqimsiz”,   rus     tilida   kak   zmeya     “badjahl”;   o‘zbek     tilida     itday     “qopmoq”,
“sadoqatli”,     “akillamoq”,     “yugurmoq”,     “izg‘imoq”,     “ergashmoq”,     “ishlamoq”,
“ichmoq”     turk     tilida     köpek     gibi	
  “laganbardor”,     rus     tilida
kak     sobaka     “aqlli”;o‘zbek   tilida   ho‘kizday   “qaysar”,   “katta,   qo‘pol”,   “kuchli”,   “is hlamoq”,   turk   tilida   öküz     gibi     “ahmoq,     tushunchasiz”;
o‘zbek     tilida     maymunday     “sakramoq,   irg‘ishlamoq”   “o‘ynatmoq”,   turk     tilida
maymun 	gibi     “g‘alati,     kulgili   harakatlar   qilmoq”,   “taqlidchi”   va   h.k.
Ba’zi   lingvomadaniyatlar   uchun   me’yoriy   hisoblangan   o‘xshatish   etalonlari
boshqa     xalqlarning     lisoniy     mental     an’analari     uchun     begona     bo‘lishi     mumkin.
Masalan,     o‘zbeklarda     xushbichim     qomatli     ayollarga     sarvday ,     turklarda     gavdali
ayollarga     at     gibi     o‘xshatishi     qo‘llaniladi. Hindlarda     sohibjamol     qizning yurishi
filning     ulug‘vor     va     mahobatli     qadam     tashlashiga     muqoyasa     qilinadi.     Yoki     hin
d
ayoli   sigirga   qiyoslanganda   u   xursand   bo‘ladi,   chunki   hind   xalqining   idrokida   sigir
o‘zallik   timsoli     sifatida     gavdalanadi.   Shuningdek,     Hindistonda     sigir     muqaddas
hayvon   sanaladi.
O‘zbek     lingvomadaniyati     uchun     ayollarning     yuzini     oyga,     olmaga,     ba’zan
kulchaga,     inglizlarda     olchaga,     atirgulga     (as     red     as     a     cherry     /rose/),     xitoy     va
koreyslarda   o‘rikka,   majnuntol   novdasiga   qiyoslash   me’yor   hol   hisoblanadi.
Xitoy     va     Koreyada     ayollarni     ilonga     o‘xshatilsa,     ular     xursand     bo‘lishadi.
Chunki,     mazkur     lingvomadaniyatlarda     ilon     donolik,     go‘zallik     va     epchillik     ram
zi   hisoblanadi.
Ayni     tushuncha     turli     lingvomadaniyatlarda     o‘zgacha     ifoda     vositalari,     ya’ni
boshqacha     o‘xshatish     etalonlari     vositasida     aks     ettirilishi     mumkin.     Masalan,baq
uvvat     kishilarni     o‘zbeklar     filga,     inglizlar     otga     muqoyasa     qilishadi:     filday  
baquvvat ,   strong   as   a   horse .   Yoki   o‘zbeklar   tinimsiz   ishlaydigan,   mehnat   qiladiga
n   kishilarni   chumoliga   ( chumoliday ),   turklar   esa   ariga   o‘xshatadilar   ( arı   gibi ).
Dunyoni     obrazli     qiyoslash     maqsadida     istifoda     etiladigan     ba’zi     o‘xshatish  
etalonlari     boshqa     lingvomadaniyatlarda     frazeologizm     yoki     metafora     ko‘rinishid
a   namoyon     bo‘lishi     ham     mumkin.     Masalan,     o‘zbek     madaniyatida     “imillamoq,  
sudralmoq”   ma’nosida   qo‘llaniladigan   toshbaqaday   etaloni   koreys   madaniyatidagi     
abo‘k   thata   (toshbaqa   minmoq)   frazeologizmiga   muqobil   bo‘ladi.     O‘zbek   tilida  
“semirmoq”,     “ko‘p     ovqat     yemoq”ni     anglatgan     cho‘chqaday     o‘xshatish     etaloni  
koreys     tilida     tweji     (cho‘chqa)     ko‘rinishida     metaforaga     aylanganini     ko‘rish  
mumkin.     Yoki   rus   tilida   “qo‘rqoq”   ma’nosi   kak   zayats   o‘xshatishi   bilan,   turk   tilid
a   tavşan   yürekli     metaforasi   bilan   ifodalanadi.
Har     bir     lingvomadaniyatda     shu     xalqning     mentalitetini,     uning     o‘ziga     xos  
milliy-madaniy   xususiyatlarini   aks   ettiruvchi   turg‘un   o‘xshatishlar   mavjud   bo‘ladi.
Masalan,   “o’zbek   tilidagi   musichaday   beozor   (odam)   o‘xshatishini   boshqa   tillarda
uchratish     qiyin.     Musichaday     o‘xshatish     etalonida     milliy-madaniy     konnotatsiya    
mavjud,     unda     “beozorlik”     belgisining     o‘zbekka     xos     ta’kidi     yaqqol     o‘z     ifodasi
ni   topgan.     Musichaga   xos     yumshoq     tabiat   va     harakat         o‘zbek   idrokida     ijobiy
talqin     topishidan tashqari,     bu     mushfiq     qush     haqidagi     islomiy     rivoyat     ham     musichaday  
etalonining     an’anaga     kirishiga     ta’sir     etgani     ehtimoldan     holi     emas.     Ana     shu     ta
riqa
musichaday     beozor     turg‘un     o‘xshatishi     beozorlikning     o‘zbekcha     o‘lchovi     sifat
ida   tamoman   milliy   obraz   maqomini   olgan”
Lekin   hamma   lingvomadaniyatlarda   ham  
shunday   emas.   Masalan,       ingliz   tilida   “beozorlik”   timsoli   sifatida   “kabutar”   qabul
qilinganini     kuzatish     mumkin:     As     harmless     as     a     dove     (Musichaday     beozor).    
Yoki
koreys     tilida     “sigirday     beozor”     birikmasini     uchratish     mumkin.     Shuningdek,     ci
n 	gibi     o‘xshatishi     turk     tiliga     xos     milliy-madaniy     konnotatsiyani     ifodalab,     u
“aqlli,
bilimdon”   belgisini   ifodalashga   xizmat   qiladi.   Chunki   turk   xalq   ertaklarida   cin   (jin,
ajina)   aqlli,   epchil,   abjir   obraz   sifatida   talqin   qilinadi.
O‘xshatishlar     har     bir     xalqning     iqlimi,     fauna     va     florasi,     joylashgan  
hududining     o‘ziga     xos     xususiyatlaridan     kelib     chiqqan     holda     ham     yaratiladi.  
Masalan,   So‘fining     tani     shu   topda     Arabiston     tog‘larining   saratondagi   toshlari
day  
qizib     yonardi     (Cho‘lpon.     Kecha     va     kunduz).     Cho‘lpon     tomonidan     yaratilgan  
mazkur     o‘xshatishda     Arabiston     iqlimining     juda     issiqligidan     kelib     chiqqan     hol
da,   Razzoq   so‘fining   ruhiy   holati   ifodalangan.   Mif,     ertak,   doston   va
badiiy     asar     qahramonlari   vositasida   ham   muayyan   o‘xshatishlarning     vujudga
kelganligini   kuzatish   mumkin.   Jumladan   o‘zbek   tilida
“baquvvat,   pahlavon,   gavdali,   juda   ham   kuchli,   bahodir”   ma’nosida   Alpomishday ;
rus   tilida   “jasur,   botir”   ma’nosida   kak   Axill ,   ingliz   tilida   “jasur   va   botir”   ma’nosida  
as   brave   as   Robim   Hood     o‘xshatishlari   qo‘llaniladi.
Umuman,   o‘xshatishlar   har   bir   xalqning   lingvomadaniy   boyligi   bo‘lib,   ular
milliy     dunyoqarash,     dunyodagi     hodisalarni     milliy     tasavvurlarga     ko‘ra     taqqosla
sh, qiyoslash     natijasida shakllanadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu : Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili Samarqand 2021

Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili Har xil lingvomadaniyatlardagi turg‘un o‘xshatishlarni qiyoslash insonning xarakteri va xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlarning etaloni sifatida hayvon va jonivorlarni bildiruvchi so‘zlardan ko‘proq foydalanilganini ko‘rsatadi. Masalan, qiyoslanilgan tillarning aksariyatida tulki ayyorlik, aldoqchilik, yolg‘onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi: tulkiday     ayyor,     tilki     gibi (turkcha)   xitriy   kak   lisa (ruscha) ,   as   false   as   fox   (inglizcha),   you   kathi   (koreysch a).Mutaxassislarning ta’kidlashicha, g‘arb va slavyan lingvomadaniyatlarida, xususan, ingliz va rus tillarida as   false   as   fox ,   xitriy   kak   lisa turg‘un o‘xshatishlari mifopoetik manbalarga asoslanadi, chunki qadimgi tasavvurlarga ko‘ra, tulki jodugar hisoblangan, unda yo‘qolish, ko‘rinmaydigan bo‘lib qolish qobiliyati mavjud bo‘lgan Qayd qilingan xususiyatni sharq lingvomadaniyatida, xususan, koreys va xitoy madaniyatida ham kuzatish mumkin. Koreys va xitoy mifologiyasida tulkining qizga aylanib qolishi keng tarqalgan. Lingvomadaniyatlarning aksariyatida turg‘un o‘xshatishlarni obraz va uning mazmuni jihatidan bir-biriga muqobilligi, muqoyasa obyektlarining o‘xshashligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, “befahmlik, beso‘naqaylik, qo‘pollik” ayiqday (o‘zbekcha), ayı     gibi (turkcha), ko‘m     kathi (koreyscha),         kak     medved (rus cha); “kuchli, qo‘rqmas”, “mardlik, jasorat” arslon     kabi (o‘zbekcha), aslan     gibi (turkcha); “semirmoq”, “ko‘p ovqat yemoq” cho‘chqaday   (o‘zbekcha), As   fat   as   a   pig   (inglizcha), tweji   kathi (koreyscha); “ko‘p ovqat yemoq” molday (o‘zbekcha), so‘     kathi (koreyscha); “befahm” eshakday     (o‘zbekcha), eşek     gibi (turkcha), kak    osel (ruscha) va h.k. etalonlar vositasida ifodalanadi. Lingvomadaniyatlarning aksariyatida ayni o‘xshatish etalonlari turli belgilarnin g o‘lchovi sifatida qo‘llanilishi mumkin: o‘zbek tilida qo‘ydek “yuvoshlik”, turk tilida koyun   gib “ahmoq, dovdir”, “qaror berishda yoki xatti-harakatlarida boshqalarga tobe bo‘lgan”, rus tilida ovsa etaloni “qo‘rqoqlik”;o‘zbek tilida bo‘riday “dovyurak, mard”, “g‘ajimoq, tish qayramoq”, turk tilida kurt   gibi “ishning ko‘zini biladigan”, rus tilida kak   volk “och”; o‘zbek tilida ilonday “chaqmoq, zahar sochmoq”, “sovuq”, turk tilida yılan   gibi “xoin, yoqimsiz”, rus tilida kak   zmeya “badjahl”; o‘zbek tilida itday “qopmoq”, “sadoqatli”, “akillamoq”, “yugurmoq”, “izg‘imoq”, “ergashmoq”, “ishlamoq”, “ichmoq” turk tilida köpek gibi   “laganbardor”, rus tilida kak     sobaka “aqlli”;o‘zbek tilida ho‘kizday “qaysar”, “katta, qo‘pol”, “kuchli”, “is

hlamoq”, turk tilida öküz     gibi     “ahmoq, tushunchasiz”; o‘zbek tilida maymunday     “sakramoq, irg‘ishlamoq” “o‘ynatmoq”, turk tilida maymun  gibi “g‘alati, kulgili harakatlar qilmoq”, “taqlidchi” va h.k. Ba’zi lingvomadaniyatlar uchun me’yoriy hisoblangan o‘xshatish etalonlari boshqa xalqlarning lisoniy mental an’analari uchun begona bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zbeklarda xushbichim qomatli ayollarga sarvday , turklarda gavdali ayollarga at     gibi o‘xshatishi qo‘llaniladi. Hindlarda sohibjamol qizning yurishi filning ulug‘vor va mahobatli qadam tashlashiga muqoyasa qilinadi. Yoki hin d ayoli sigirga qiyoslanganda u xursand bo‘ladi, chunki hind xalqining idrokida sigir o‘zallik timsoli sifatida gavdalanadi. Shuningdek, Hindistonda sigir muqaddas hayvon sanaladi. O‘zbek lingvomadaniyati uchun ayollarning yuzini oyga, olmaga, ba’zan kulchaga, inglizlarda olchaga, atirgulga (as red as a cherry /rose/), xitoy va koreyslarda o‘rikka, majnuntol novdasiga qiyoslash me’yor hol hisoblanadi. Xitoy va Koreyada ayollarni ilonga o‘xshatilsa, ular xursand bo‘lishadi. Chunki, mazkur lingvomadaniyatlarda ilon donolik, go‘zallik va epchillik ram zi hisoblanadi. Ayni tushuncha turli lingvomadaniyatlarda o‘zgacha ifoda vositalari, ya’ni boshqacha o‘xshatish etalonlari vositasida aks ettirilishi mumkin. Masalan,baq uvvat kishilarni o‘zbeklar filga, inglizlar otga muqoyasa qilishadi: filday   baquvvat , strong   as   a   horse . Yoki o‘zbeklar tinimsiz ishlaydigan, mehnat qiladiga n kishilarni chumoliga ( chumoliday ), turklar esa ariga o‘xshatadilar ( arı   gibi ). Dunyoni obrazli qiyoslash maqsadida istifoda etiladigan ba’zi o‘xshatish etalonlari boshqa lingvomadaniyatlarda frazeologizm yoki metafora ko‘rinishid a namoyon bo‘lishi ham mumkin. Masalan, o‘zbek madaniyatida “imillamoq, sudralmoq” ma’nosida qo‘llaniladigan toshbaqaday   etaloni koreys madaniyatidagi abo‘k   thata   (toshbaqa minmoq) frazeologizmiga muqobil bo‘ladi. O‘zbek tilida “semirmoq”, “ko‘p ovqat yemoq”ni anglatgan cho‘chqaday o‘xshatish etaloni koreys tilida tweji     (cho‘chqa) ko‘rinishida metaforaga aylanganini ko‘rish mumkin. Yoki rus tilida “qo‘rqoq” ma’nosi kak   zayats o‘xshatishi bilan, turk tilid a tavşan   yürekli     metaforasi bilan ifodalanadi. Har bir lingvomadaniyatda shu xalqning mentalitetini, uning o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi turg‘un o‘xshatishlar mavjud bo‘ladi. Masalan, “o’zbek tilidagi musichaday   beozor   (odam)   o‘xshatishini boshqa tillarda uchratish qiyin. Musichaday o‘xshatish etalonida milliy-madaniy konnotatsiya mavjud, unda “beozorlik” belgisining o‘zbekka xos ta’kidi yaqqol o‘z ifodasi ni topgan. Musichaga xos yumshoq tabiat va harakat o‘zbek idrokida ijobiy talqin topishidan

tashqari, bu mushfiq qush haqidagi islomiy rivoyat ham musichaday etalonining an’anaga kirishiga ta’sir etgani ehtimoldan holi emas. Ana shu ta riqa musichaday     beozor turg‘un o‘xshatishi beozorlikning o‘zbekcha o‘lchovi sifat ida tamoman milliy obraz maqomini olgan” Lekin hamma lingvomadaniyatlarda ham shunday emas. Masalan, ingliz tilida “beozorlik” timsoli sifatida “kabutar” qabul qilinganini kuzatish mumkin: As     harmless     as     a     dove (Musichaday beozor). Yoki koreys tilida “sigirday beozor” birikmasini uchratish mumkin. Shuningdek, ci n  gibi o‘xshatishi turk tiliga xos milliy-madaniy konnotatsiyani ifodalab, u “aqlli, bilimdon” belgisini ifodalashga xizmat qiladi. Chunki turk xalq ertaklarida cin (jin, ajina) aqlli, epchil, abjir obraz sifatida talqin qilinadi. O‘xshatishlar har bir xalqning iqlimi, fauna va florasi, joylashgan hududining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ham yaratiladi. Masalan, So‘fining     tani     shu   topda     Arabiston     tog‘larining   saratondagi   toshlari day   qizib     yonardi (Cho‘lpon. Kecha va kunduz). Cho‘lpon tomonidan yaratilgan mazkur o‘xshatishda Arabiston iqlimining juda issiqligidan kelib chiqqan hol da, Razzoq so‘fining ruhiy holati ifodalangan. Mif, ertak, doston va badiiy asar qahramonlari vositasida ham muayyan o‘xshatishlarning vujudga kelganligini kuzatish mumkin. Jumladan o‘zbek tilida “baquvvat, pahlavon, gavdali, juda ham kuchli, bahodir” ma’nosida Alpomishday ; rus tilida “jasur, botir” ma’nosida   kak   Axill , ingliz tilida “jasur va botir” ma’nosida as   brave   as   Robim   Hood   o‘xshatishlari qo‘llaniladi. Umuman, o‘xshatishlar har bir xalqning lingvomadaniy boyligi bo‘lib, ular milliy dunyoqarash, dunyodagi hodisalarni milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqosla sh, qiyoslash natijasida shakllanadi.