logo

Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.29296875 KB
Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili
Reja: 
1. Dastlabki darsliklar haqida.
2. Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili.
3. Darsliklarda aks etgan kamchiliklar va uning izohi.
  XX   asrning   boshlarida   Turkistonda   yaratilgan   ilk   darslik   va   qo‘llanmalar
sifatida  Sh.Bekto‘raning “Tatarcha sarf, nahv” , M.Abdulqodirning “Qavoidi lisoni
turkiy”   (Turk   tili   qoidalari),   “Sarf-i   tyurkiy”   (Turk   tili   grammatikasi),   Bekir
Cho‘ponzodaning   “ Къырымтатар   илъмий   сарфы ”   (Qrimtatar   tilining   ilmiy
grammatiksi)   kabi   asarlar   ona   tili   o‘qitishdagi   dastlabki   manbalar   edi.   Chorizm
istilosining   ilk   davrlarida   amaliy   xarakterdagi   qator   asarlar,   jumladan,
M.M.Faxriddinovning   “Turkcha   qoida”   (T.,1913),   Elbekning   “Bitik   yo‘llari”   (T.,
1919), “Yozuv yo‘llari” (T., 1921),  Shorasul Zunnun ning “O‘zbekcha til qoidalari”
(T., 1925), Munavvarqori, Qayum Ramazon va Shorasul Zunnunning “O‘zbekcha
til   saboqlig‘i”   (T.,   1925)   darslik   va   qo‘llanmalari   yaratildi.   Lekin   Fitratning
“O‘zbek   tili   qoidalari   to‘g‘risida   bir   tajriba”   kitobi   o‘zbek   tilining   fonetikasi,
morfologiya  va  sintaksisi  izchil  yoritilgan  grammatika   sifatida  yuzaga  keldi.  Ona
tili   darsliklarining   milliy   xarakterga   ega   emasligi,   o‘qitishdagi   noqulayliklar
sababli 20-yillarga kelib, matbuotda Elbek, Qayum Ramazon, Shokirjon Rahimiy,
Shorasul Zunnunlarning o‘zbek tilining tovushlar tizimi, morfo-sintaktik hodisalar
yuzasidan  maqolalari  e’lon qilindi. Bu maqolalarni  o‘zbek tili  tabiatini  yoritishga
bag‘ishlangan  dastlabki  tilshunoslik tadqiqotlari  deyish mumkin. Jumladan,  Fitrat
va   Q.Ramazonning   “Bitim   yo‘llari”   qo‘llanmasi   ham   o‘zbek   tilshunosligining
nazariy masalalariga bag‘ishlangan edi. 
O‘zbek   tili   bo‘yicha   tuzilgan   ilk   darsliklarni   boshqa   til   vakillari   yozgani
uchun   ularda   o‘zbek   tiliga   xos   hodisalar   o‘zga   tillar   qonuniyatlari   asosida
izohlangan   hamda   arab,   tatar,   turk   va   rus   tillari   grammatikalaridan   foydalangan.
O‘zbek   tilini   ilmiy   o‘rganish   Fitratning   “Sarf”   va   “Nahv”   asari   va   u
boshchiligidagi   “Chig‘atoy   gurungi”   faoliyatidan   boshlangan.   Bu   davrda   ham
tilshunoslik   terminlari   borasida   bahslar   bo‘lgan.   Ba’zi   mutaxassislar   arabcha,
forscha   va   ruscha   terminlarni   qo‘llash   tarafdori   bo‘lsa,   boshqalar   bunday
terminlarni o‘zbekchalashtirishni yoqlaganlar. Ushbu masalaning yechimida Fitrat
va Elbekning faoliyati alohida ahamiyatga ega.  Hozirgi o‘zbek tilshunosligida unli
tovushlar   deb   yuritiladigan   “unli”   Fitrat   ishlarida   cho‘zg‘i   termini   bilan
ifodalangan.   Tadqiqotchilar unlilarning cho‘ziqlik belgisiga diqqat qaratgan holda cho‘zg‘i   terminini   qo‘llaganlar.   Bundan   tashqari,   Elbekning   ilmiy   kuzatishlarida
tovush   harfi,   tovushliq   terminlari   ham   ishlatilgan.   1926-yilga   kelib   hozir   ham
ishlatilayotgan   unli   terminini   ishlatish   rasmiy   tus   olgan.   Ayni   paytda,   o‘zbek   tili
ichki   imkoniyatlari   asosida   ham   termin   yaratishga   harakat   qilingan.   Jumladan,
tovushli   (tovishli),   unsiz   (tovushsiz)   terminlari   keyinchalik   o‘zgartirilgan   unli   va
undosh terminlarining dastlabki muqobillari edi. Bu davr terminologiyasida bosim
termini   ham   bo‘lib,   «so‘zning   bir   bo‘g‘inini   qattiqroq   cho‘zib   aytilishidan
iboratdir.   Bu   bizning   tilda   ko‘proq   so‘zning   oxirida   voqe   bo‘ladi».
Anglashilganidek,   bosim   termini   ostida   hozirgi   paytda   urg‘u   deb   yuritilayotgan
hodisa ta’riflagan. Bu vaqtda grammatikaning bir bo‘limi bo‘lgan sintaksis termini
ham yo‘q edi. «Nahv» grammatikaning bir bo‘limi nomi sifatidagi ilk terminlardan
biridir,   unda   gap,   kesim,   ega,   aniqlovchi,   kirish   so‘z,   qo‘sh   nuqta   va   boshqalar
qo‘llangan.
Bu   darslikda   hozir   foydalanilmayotgan   nahv   (sintaksis),   kelishkanlik
(moslashuv), eksik gap (atov gap) terminlari ham bor. O‘tgan asrning 30-yillarida
ta’lim   ehtiyojiga   ko‘ra   yaratilgan   ona   tili   darsliklari,   qo‘llanmalari   va   lug‘atlar
orqali   o‘zbek   tilshunosligi   terminlari   paydo   bo‘la   boshladi,   bunda   Fitrat,   Elbek,
O.Usmon,   B.Avizov,   A.G‘ulom   kabilar   professional   mutaxassis   sifatida   ish   olib
bordilar.   O‘zbek   tilshunoslik   terminlarining   taraqqiyot   bosqichlarini   shartli
ravishda uchga bo‘lish mumkin: 
1.   Ilk   taraqqiyot   bosqichi.   Bu   davr   isloh   qilingan   arab   hamda   lotin
grafikalariga   asoslangan   yozuv   davri   1920-1940-yillarni   o‘z   ichiga   oladi   va   ona
tilidan   bir   qadar   sodda   darslik   va   qo‘llanmalarning   yaratilishi   hamda   tilshunoslik
terminlarining hali to‘liq barqarorlashmaganligi bilan xarakterlanadi. 
2.   Sho‘rolar   davri   bosqichi   –   kirill   yozuviga   o‘tilishi   munosabati   bilan   rus
grammatikalariga   asoslanib   milliy   grammatikalar   yaratilgan,   terminologiya
nisbatan barqarorlashgan va 1940-1990-yillarni qamrab olgan davr. 
3. Mustaqillik davridagi taraqqiyot bosqichi. 
Tilshunoslik terminlari shakllanishining ilk bosqichida qo‘llangan terminlar
evolyutsiyasida   turli   holatlarni   kuzatish   mumkin.   Ba’zi   terminlar   til   hodisasining mohiyatini to‘la va to‘g‘ri qayd eta olmaganligi tufayli iste’moldan chiqqan bo‘lsa,
ba’zilari   keyinchalik   muqobillarining   yaratilishida   asos   bo‘lib   xizmat   qilgan.
Masalan,   kelishiklarning   alohida   kategoriya   ekanligi   haqida   20-yillar   o‘zbek
tilshunosligida   aniq   shakllangan   tasavvur   bo‘lmagan.   Shu   sababli   ular   maxsus
yoritilmay,   «belgilar»   turkumi   ichida   sanab   o‘tilavergan.   Hozirgi   o‘zbek
tilshunosligi   terminologiyasida   mavjud   bo‘lgan   kelishiklar   deb   yuritiluvchi
paradigma   «Sarf»da   qarash   belgisi   (qaratqich   kelishigi),   tushma   belgisi   (tushum
kelishigi),   borish   belgisi   (jo‘nalish   kelishigi),   chiqish   belgisi   (chiqish   kelishigi),
o‘rin  belgisi   (o‘rin-payt   kelishigi)   terminlari   asosida   shakllanganiga   shubha   yo‘q.
Bu   terminlar   hozirgi   kunda   bir   oz   o‘zgarishga   uchragan   bo‘lsa   ham,   umuman,
lisoniy   tushuncha   mohiyatiga   to‘la   mos   keladi.   Ularning   quyidan   yuqoriga,
oddiydan   murakkabga,   mukammallikka   prinsipi   asosida   shakllanishini   nazarda
tutadigan bo‘lsak, lisoniy tushunchalarni anglata olish darajasiga ko‘ra tilshunoslik
terminlari  asta-sekin  barqarorlashib  borgan.  Har  bir  termin tushunchani   nechog‘li
ifodalashidan   kelib   chiqib,   dastlab   variant   sifatida   paydo   bo‘lgan.   Keyinchalik
tushunchani   to‘liq   va   aniq   anglata   olgan   terminlar   ilmiy   muomalada   qolgan,
boshqalari iste’moldan chiqib ketgan. Buni suffiks – qo‘shimcha, fonema – tovush,
so‘z   organlari   –   nutq   a’zolari,   logik   urg‘u   –   so‘z   urg‘usi,   egalik   kelishigi   –
qaratqich   kelishigi   kabi   terminlar   juftligida   ko‘rish   mumkin.   Tilshunoslik
terminlarining   shakllanishini   kuzatishdan   ma’lum   bo‘ldiki,   morfemika   terminlari
ham   dastlab   o‘zlashma   terminlar   hisobiga   shakllangan,   keyinroq   milliy   tilga   oid
variantlari   yuzaga   kelgan.   Masalan,   30-yillar   grammatikalarida   so‘z   tarkibi
tushunchasi   so‘z   tuzilishi   termini   bilan   ifodalangan   va   bu   termin   ostida   o‘zak,
negiz,   qo‘shimcha   (pristavka)   anglangan.   O.Usmon,   B.Avizovlar   darsligida   shu
tushunchaga   o‘zak,   negiz,   suffiks,   prefiks   hodisasi   biriktirilgan.   1943-yildan
boshlab so‘z tuzumi termini so‘z sostavi  termini bilan almashtirildi va bu doiraga
o‘zak, negiz tushunchalari kiritildi, qo‘shimcha terminiga yondosh atama – suffiks
ham   saqlandi.   So‘z   sostavi,   suffiks,   prefiks   terminlari   60-yillargacha   qo‘llandi
Tilshunoslik   terminlarining   shakllanishini   kuzatishdan   ma’lum   bo‘ldiki,
morfemika   terminlari   ham   dastlab   o‘zlashma   terminlar   hisobiga   shakllangan, keyinroq   milliy   tilga   oid   variantlari   yuzaga   kelgan.   Masalan,   30-yillar
grammatikalarida  so‘z   tarkibi  tushunchasi  so‘z  tuzilishi   termini  bilan  ifodalangan
va   bu   termin   ostida   o‘zak,   negiz,   qo‘shimcha   (pristavka)   anglangan.   O.Usmon,
B.Avizovlar   darsligida   shu   tushunchaga   o‘zak,   negiz,   suffiks,   prefiks   hodisasi
biriktirilgan.   1943-yildan   boshlab   so‘z   tuzumi   termini   so‘z   sostavi   termini   bilan
almashtirildi   va   bu   doiraga   o‘zak,   negiz   tushunchalari   kiritildi,   qo‘shimcha
terminiga   yondosh   atama   –   suffiks   ham   saqlandi.   So‘z   sostavi,   suffiks,   prefiks
terminlari   60-yillargacha   qo‘llandi.   H.Qayumiylarning   ham   «Sarf»   asari   chop
etildi. Bir yil o‘tib, O.Usmon va B.Avizovlarning darsligi yuzaga keldi va u 1939-
yilda   qayta   nashr   qilindi.   Umuman,   o‘tgan   asrning   40-yillarigacha   nashr   etilgan
darsliklarda   morfologiya   alohida   fan   sohasi   sifatida   o‘rganildi,   shu   orqali
grammatik   terminlar   tizimi   shakllandi.   O‘sha   paytda   yaratilgan   terminlarning
barchasi   hozir   to‘liq   qo‘llanmasa   ham,   ular   keyingi   davr   terminologik   tizimining
taraqqiyoti  uchun ta’sir  ko‘rsatdi. Morfologiyaga oid terminlarning taraqqiyoti va
bu   yo‘nalishdagi   izlanishlar   o‘tgan   asrning   50-yillaridan   boshlandi.   X.Komilova,
S.Fuzailov,   A.G‘ulomov   kabi   tilshunoslarning   dastlabki   tadqiqotlari
morfologiyaga   bag‘ishlangani   bilan   ahamiyatlidir.   Buning   natijasida   «Hozirgi
zamon o‘zbek adabiy tili» kitobi yaratildi. A.Hojievning «Lingvistik terminlarning
izohli lug‘ati» yuzaga keldi. Fitrat birinchi bo‘lib, «tilimizning belgili qoidalarini»
ishlab   chiqdi   va   o‘zbek   tili   fonetikasi,   morfologiyasi   hamda   sintaksisiga   oid
tushunchalarni   ifodalovchi   terminlarni   yaratdi.   Uning   ot   so‘z   turkumi   haqidagi
fikrlari tasnif sifatida emas, balki til hodisalari sifatida qayd qilinadi. O‘sha vaqtda
ishlatilgan   ayrim   terminlar   hozirgi   variantlari   bilan   taqqoslanganda,   tugal   gap
hozirgi   to‘liq  gaplarga, eksik  gap  to‘liqsiz  gaplarga,  so‘rash  gapi  –  so‘roq  gapga,
xabar gapi – darak gapga, tilak gap, qayg‘urishli  gap va undashli  gap esa buyruq
gaplarga   teng   keladi.   «Nahv»da   o‘nta   tinish   belgisi   ko‘rsatilgan.   Ularning
qo‘llanishi   haqidagi   fikrlarda   katta   tafovut   yo‘q.   Elbek   o‘zbek   tilshunosligi
terminlarini   tartibga   solishga   kirishgan   ilk   tadqiqotchilardan   biridir.   U   imloq
(taqlidiy   so‘zlar),   yolg‘ov   (affiks),   atama,   jo‘rnoq   (so‘z   yaosvchi   qo‘shimcha),
tirkalgich (qo‘shimcha) kabi terminlarni iste’molga olib kirdi.  Mustaqillik   yillarida   “Davlat   tili   haqida”gi   qonun   va   uning   mazmun-
mohiyatidan   kelib   chiqib   “Ona   tili”   darsliklari   yaratilgan.   Ma’lum   bir   ijtimoiy-
iqtisodiy   sharoitdan   boshqa   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitga   o‘tishda   va   undan   keyin
jamiyat hayotida katta o‘zgarishlar yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar tilda ham aks
etadi,   chunki   til   jamiyat   bilan   birga   rivojlanadi.   Shunisi   ham   borki,   jamiyat
qanchalik   taraqqiy   etmasin,   tildagi   narsa-hodisalar   nomi   ma’lum   muddatgacha
o‘zgarishsiz   saqlanadi.  Tushunchalar   yo‘qolishi   yoki  boshqa   nomda  atalishi  bilan
oldingi   so‘zlar   ham   yo‘qola   boshlaydi.   Shuning   uchun   ham   tilda   birdaniga
uzilishlar ro‘y bermaydi. Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillari va hozirgi
davr darsliklarida ham yuqorida aytilgan yangilanish va eski terminlarning ma’lum
muddat   saqlanishini   kuzatish   mumkin.   Buni   M.Asqarova,   K.Qosimovalarning
1995-yilda   chop   etilgan   ona   tili   darsligida   ko‘rish   mumkin .   Masalan,   so‘z
o‘zgartuvchi qo‘shimchalar, grammatik bog‘lanish  terminlari mustaqillikdan oldin
yaratilgan   darsliklardan   o‘tgan   bo‘lib,   keyin   ham   ma’lum   muddat   saqlangan,
ammo hozirgi davr darsliklarida uchramaydi. Bu terminlarning birinchisi   sintaktik
shakl   yasovchi   qo‘shimchalar ,   ikkinchisi   esa   tobe   so‘z   terminlariga   almashtirildi.
2010 - 2018-yillarda   yaratilgan   «Ona   tili»   darsliklarida   terminlar   lingvistik
tushunchalarni   to‘liq   anglata   olishiga,   imkon   qadar   o‘zbekcha   bo‘lishiga   e’tibor
bergan   holda   o‘zgartirildi.   Ayniqsa,   buni   N.Mahmudov   boshchiligida   yaratilgan
10 - 11-sinf   darsliklarida   ko‘rish   mumkin.   Ayrim   terminlar   iste’moldan   chiqarildi,
ayrimlari   almashtirildi.   Masalan,   avtor   gapi   terminidagi   avtor ,   nutq   organlari
terminidagi   organ, alfavit   termini o‘zbek tilida avvaldan bor bo‘lgan   muallif, a’zo
va   alifbo   so‘zlari   bilan   almashtirildi,   bu   bilan   ham   «Davlat   tili   haqida»gi   qonun
talablariga   rioya   qilindi,   ham   tilimizning   ichki   imkoniyatlari   kengaytirildi.   O‘zak
tushunchasi   o‘rniga   asos   tushunchasi   tatbiq   qilindi,   asos   va   so‘z   yasalish   asosi
tushunchalari kiritildi. Natijada   o‘zakdosh so‘zlar   termini ham iste’moldan chiqdi.
Gap asosi, grammatik asos  tushunchalari o‘zbek tili tabiatiga mos emasligi sababli
qabul   qilinmadi.   Negiz,   so‘z   o‘zgartuvchi   qo‘shimchalar,   gap   asosi,   grammatik
asos,   o‘zak,   o‘zakdosh   so‘zlar,   harakat-holat   nomlari   terminlari   iste’moldan
chiqarilgan   bo‘lsa,   o‘zakdosh   so‘zlar   asosdosh   so‘zlar ga ,   omonimlar   shakldosh so‘zlar ga,   sinonimlar   ma’nodosh   so‘zlar ga,   antonimlar   zid   ma’noli   so‘zlar ga
almashtirildi. 
Mustaqillik yillarida yana bir sinov darsligi yaratildi. Bu darslikda jami 108
ta   lingvistik   termin   qo‘llangan   bo‘lib,   undan   24   tasi   ( ixcham   gap,   gap   qoliplari,
kengayuvchi   so‘z,   kengaytiruvchi   so‘z,   yarim   to‘xtam(vergul),   o‘zak,   o‘zakdosh
so‘zlar, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha, so‘zlar tizmasi, gaplar tizmasi, nutq uzvlari,
so‘zshunoslik,   umumiy   so‘zlar,   xususiy   so‘zlar,   mahalliy   so‘zlar   kabi)lardan
amaldagi ona tili darsliklarida foydalanilmagan. Lekin bu darslikda ilk qo‘llangan
uyadosh   so‘zlar   termini   tushuncha   mohiyatini   to‘la   anglatgani   uchun   amaldagi
darsliklarda ham barqaror bo‘lib qoldi. 
XX   asrning   20-yillarida   yaratilgan   darsliklarda   yarim   tinish   nomi   bilan   ilk
bor   qo‘llangan   vergul   (,)   atamasi   yarim   to‘xtam   nomi   bilan   90-yillardagi
darsliklarda qayta paydo bo‘ldi. Lingvistik tushunchani to‘liq ifoda eta olmaganligi
sababli   ommalashmadi,   yashab   qolmadi.   Ikkinchi   bo‘lim   termin   va   tushuncha
munosabatini   o‘rganishga   bag‘ishlangan.   Dastlabki   yaratilgan   ona   tili
darsliklaridagi   barcha   terminlar   ham   lingvistik   tushuncha   mohiyatini   to‘liq   ochib
berolmagan,   faqat   tushuncha   mohiyatini   to‘liq   anglata   olgan   terminlar   yashab
qolgan.   O.Usmon   va   B.Avizovlarning   1939-yilda   qayta   nashr   etilgan   darsligida,
garchi   u   “Fonetika   va   morfologiya”dan   iborat   ekanligi   uqtirilgan   bo‘lsa-da,   ba’zi
sintaktik   tushunchalar   va   ularni   ifodalovchi   terminlar,   masalan,   sintaksis,   gap,
so‘roq   gap,   undov   gap,   darak   gap,   gap   bo‘laklari,   ega,   kesim,   yig‘iq   gap,   yoyiq
gap, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol   ham kiritilgan edi. Mazkur terminlar 1941-yilda
H.G‘oziev   muallifligida   chop   etilgan   darslikka   ham   kiritilgan   ( sintaksis,   ega,
kesim   terminlari   bundan   mustasno).   Har   ikki   darslikda   keltirilgan   lingvistik
tushunchalarni   anglatuvchi   terminlar   bir   xil   bo‘lsa   ham,   ularning   ta’riflarida
muayyan farqlar bor. O.Usmon va B.Avizovlar darsligida so‘zlar yoki gaplarni bir-
biri   bilan   bog‘lash   uchun   xizmat   qiladigan   so‘z   turkumi   bog‘lovchi   deb   atalsa,
H.G‘oziev   darsligida   ayrim   so‘z   va   gaplarni   bir-biriga   bog‘laydigan   va,   hamda,
yoki,   lekin,   biroq,   balki,   agar,   basharti   kabi   so‘zlar   bog‘lovchi   deyilgan.
Bog‘lovchi   terminiga   berilgan   bu   ikki   ta’rifning   to‘liq   emasligini   30-40-yillarda sintaksis   muammolari   endi   ilmiy   o‘rganila   boshlagani   bilan   izohlanadi.
Tilshunoslikning   boshqa   bo‘limlari   singari   morfologiya   va   sintaksis   ham   chuqur
o‘rganilgan   hozirgi   davrning   mahsuli   bo‘lgan   «Ona   tili»   darsliklarida   bog‘lovchi
termini   mohiyati   to‘liq   ochib   berilgan:   «Ikki   yoki   undan   ortiq   gap   bo‘lagi   yoki
qo‘shma   gap   tarkibidagi   sodda   gaplarni   o‘zaro   bog‘lash   uchun   xizmat   qiluvchi
yordamchi   so‘zlarga   bog‘lovchi   deyiladi».   Ta’riflarning   to‘liq   yoki   to‘liq
emasligidan qat’i nazar, barcha davr darsliklarida tilshunoslik terminlariga berilgan
ta’riflarning   maktab   o‘quvchilari   yoshi   va   bilim   darajasiga   muvofiq   bo‘lishiga
diqqat qilingan. 
Shuningdek,   “Ona   tili”   (1-,   2-,   3-,   4-,   5-nashr)   maktab   darsliklari
qiyoslanganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
“Ona   tili”   darsliklari da   so‘z   turkumlarini   turlarga   ajratishda   har   xillikni
ko‘rish mumkin. Masalan,  6-sinf “Ona tili” darsligining 2013-yilda chop etilgan 3-
nashrida   so‘z   turkumlari   ma’no   va   vazifasiga   ko‘ra   besh   turga   ajratilib,   mustaqil
so‘zlar, yordamchi  so‘zlar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar, modal so‘zlar   terminlari
bilan   nomlangan.   2017-yilda   nashr   etilgan   4-nashrida   esa   uch   guruhga   bo‘linib ,
mustaqil so‘zlar   (fe’l, ot, sifat,   son, olmosh, ravish) ,  yordamchi so‘zlar   (ko‘makchi,
bog‘lovchi,   yuklama)   va   alohida   olingan   so‘zlar   (undov   so‘zlar,   taqlid   so‘zlar,
modal   so‘zlar)   terminlari   bilan   atalgan.   7-sinf   “Ona   tili”   darsligining   2017-yilda
chop   etilgan   4-nashrida   so‘zlar   ma’lum   so‘roqqa   javob   bo‘lishi   yoki   bo‘lmasligi,
atash ma’nosining mavjudligi yoki mavjud emasligiga, gapda ma’lum gap bo‘lagi
vazifasida   kelish-kelmasligiga   ko‘ra   ikki   turga   bo‘lingan   va   mustaqil   so‘zlar ,
yordamchi   so‘zlar   terminlari   bilan   berilgan.   Bu   kabi   holatlar   8-snif   “Ona   tili”
darsliklarida   ham   kuzatiladi.   S odda   gapning   tarkibida   bo‘lgan   atov   gap   termini
2014-yil nashr etilgan (3-nashri) “Ona tili” 8-sinf darsligida  egasi ishtirok etmagan
gaplar ning   turi ,   2019-yilda   nashr   etilgan   (4-nashri)   “Ona   tili”   8-sinf   darsligida
shaxsi   noma’lum   gaplar dan   biri   sifatida   berilgan.   So‘z   turkumlari   va   sodda   gap
turlari   bilan   bog‘liq   bu   kabi   tasniflar   o‘quvchilarni   chalg‘itishi,   yakdil   bir   fikrga
kelmasligiga   xizmat   qilishi   mumkin.   Kelgusida   tuziladigan   darsliklarda   bu   kabi
holatlarni bartaraf etish lozim. 5-sinf   “Ona   tili”   darsliklarining   3-,   4-   va   yangilangan   5-nashrlarida
tilshunoslik   terminlari   bir   necha   variantda   berilgan.   Masalan,   omonim,  shakldosh
so‘zlar;   sinonim,   ma’nodosh   so‘zlar   kabi.   Boshqa   tillardan   olingan   ilmiy
terminlarning   qaysi   tildan   olinganligi   darsliklarda   ko‘rsatilmagan.   Bu   haqidagi
ma’lumotlar   kiritilsa,   o‘quvchilarning   til   borasidagi   bilimlarini   yanada
rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
  Adabiyotlar:
1.   Эрматов   И.Р.   Ўзбек   тилшунослик   терминларининг   шаклланиши   ва
тараққиёти   (умумий   ўрта   таълим   мактабларининг   дарсликлари   асосида).
Фалсафа доктори. ... дисс. автореф. – Т ошкент , 2019.  – 52 б.
2.  Қодирова Б.И.  Ўзбек ва қозоқ тилшунослик терминларининг қиёсий-
типологик   таҳлили   (ўзбек   ва   қозоқ   мактаб   дарсликлари   асосида).   Фалсафа
доктори. ... дисс. автореф. –  Самарқанд , 20 21 .  – 48 б.
3.   Mahmudov   N,   Nurmonov   А ,   Sobirov   A.   Ona   tili.   Umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Tasvir, 2006. –126 b.
4 .   Mahmudov   N,   Nurmonov   А ,   Sobirov   A.   Ona   tili.   Umumiy   o‘rta   ta’lim
maktablarining   9-sinfi   uchun   darslik.   To‘ldirilgan   3-nashri.   –   Toshkent:   Tasvir,
2014. –128 b.
5 . Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D. Ona tili. Umumiy
o‘rta   ta’lim   maktablarining   6-sinfi   uchun   darslik.   To‘ldirilgan   4-nashri.   –
Toshkent :  Tasvir, 2017. – 208 b.
6 . Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D. Ona tili. Umumiy
o‘rta   ta’lim   maktablarining   6-sinfi   uchun   darslik.   3-nashri.   –   Toshkent :   Tasvir,
2013. – 208 b.
7 .   Mahmudov  N., Nurmonov  A., Sobirov  A.,  Nabiyeva  D., Mirzaahmedov
A.   Ona   tili.   Umumta’lim   maktablarining   7-sinfi   uchun   darslik.   2-nashri   –
Toshkent: Ma’naviyat, 2009 . – 128 b.
8. Mahmudov  N.,  Nurmonov A.,  Sobirov A.,  Nabiyeva  D.,  Mirzaahmedov
A.   Ona   tili.   Umumta’lim   maktablarining   7-sinfi   uchun   darslik.   To‘ldirilgan   4-
nashri  – Toshkent: Ma’naviyat ,  2017. –  160 b.
9 .   Mahmudov   N.,   Nurmonov   A.,   Sobirov   A.,   Qodirov   V.,   Jo‘raboyeva   Z.
Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi  uchun darslik. To‘ldirilgan 4-
nashri. – T о shkent: Ma’naviyat, 201 5.  – 224 b.

Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili Reja: 1. Dastlabki darsliklar haqida. 2. Ona tili darsliklarining qiyosiy tahlili. 3. Darsliklarda aks etgan kamchiliklar va uning izohi.

XX asrning boshlarida Turkistonda yaratilgan ilk darslik va qo‘llanmalar sifatida Sh.Bekto‘raning “Tatarcha sarf, nahv” , M.Abdulqodirning “Qavoidi lisoni turkiy” (Turk tili qoidalari), “Sarf-i tyurkiy” (Turk tili grammatikasi), Bekir Cho‘ponzodaning “ Къырымтатар илъмий сарфы ” (Qrimtatar tilining ilmiy grammatiksi) kabi asarlar ona tili o‘qitishdagi dastlabki manbalar edi. Chorizm istilosining ilk davrlarida amaliy xarakterdagi qator asarlar, jumladan, M.M.Faxriddinovning “Turkcha qoida” (T.,1913), Elbekning “Bitik yo‘llari” (T., 1919), “Yozuv yo‘llari” (T., 1921), Shorasul Zunnun ning “O‘zbekcha til qoidalari” (T., 1925), Munavvarqori, Qayum Ramazon va Shorasul Zunnunning “O‘zbekcha til saboqlig‘i” (T., 1925) darslik va qo‘llanmalari yaratildi. Lekin Fitratning “O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba” kitobi o‘zbek tilining fonetikasi, morfologiya va sintaksisi izchil yoritilgan grammatika sifatida yuzaga keldi. Ona tili darsliklarining milliy xarakterga ega emasligi, o‘qitishdagi noqulayliklar sababli 20-yillarga kelib, matbuotda Elbek, Qayum Ramazon, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnunlarning o‘zbek tilining tovushlar tizimi, morfo-sintaktik hodisalar yuzasidan maqolalari e’lon qilindi. Bu maqolalarni o‘zbek tili tabiatini yoritishga bag‘ishlangan dastlabki tilshunoslik tadqiqotlari deyish mumkin. Jumladan, Fitrat va Q.Ramazonning “Bitim yo‘llari” qo‘llanmasi ham o‘zbek tilshunosligining nazariy masalalariga bag‘ishlangan edi. O‘zbek tili bo‘yicha tuzilgan ilk darsliklarni boshqa til vakillari yozgani uchun ularda o‘zbek tiliga xos hodisalar o‘zga tillar qonuniyatlari asosida izohlangan hamda arab, tatar, turk va rus tillari grammatikalaridan foydalangan. O‘zbek tilini ilmiy o‘rganish Fitratning “Sarf” va “Nahv” asari va u boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” faoliyatidan boshlangan. Bu davrda ham tilshunoslik terminlari borasida bahslar bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar arabcha, forscha va ruscha terminlarni qo‘llash tarafdori bo‘lsa, boshqalar bunday terminlarni o‘zbekchalashtirishni yoqlaganlar. Ushbu masalaning yechimida Fitrat va Elbekning faoliyati alohida ahamiyatga ega. Hozirgi o‘zbek tilshunosligida unli tovushlar deb yuritiladigan “unli” Fitrat ishlarida cho‘zg‘i termini bilan ifodalangan. Tadqiqotchilar unlilarning cho‘ziqlik belgisiga diqqat qaratgan holda

cho‘zg‘i terminini qo‘llaganlar. Bundan tashqari, Elbekning ilmiy kuzatishlarida tovush harfi, tovushliq terminlari ham ishlatilgan. 1926-yilga kelib hozir ham ishlatilayotgan unli terminini ishlatish rasmiy tus olgan. Ayni paytda, o‘zbek tili ichki imkoniyatlari asosida ham termin yaratishga harakat qilingan. Jumladan, tovushli (tovishli), unsiz (tovushsiz) terminlari keyinchalik o‘zgartirilgan unli va undosh terminlarining dastlabki muqobillari edi. Bu davr terminologiyasida bosim termini ham bo‘lib, «so‘zning bir bo‘g‘inini qattiqroq cho‘zib aytilishidan iboratdir. Bu bizning tilda ko‘proq so‘zning oxirida voqe bo‘ladi». Anglashilganidek, bosim termini ostida hozirgi paytda urg‘u deb yuritilayotgan hodisa ta’riflagan. Bu vaqtda grammatikaning bir bo‘limi bo‘lgan sintaksis termini ham yo‘q edi. «Nahv» grammatikaning bir bo‘limi nomi sifatidagi ilk terminlardan biridir, unda gap, kesim, ega, aniqlovchi, kirish so‘z, qo‘sh nuqta va boshqalar qo‘llangan. Bu darslikda hozir foydalanilmayotgan nahv (sintaksis), kelishkanlik (moslashuv), eksik gap (atov gap) terminlari ham bor. O‘tgan asrning 30-yillarida ta’lim ehtiyojiga ko‘ra yaratilgan ona tili darsliklari, qo‘llanmalari va lug‘atlar orqali o‘zbek tilshunosligi terminlari paydo bo‘la boshladi, bunda Fitrat, Elbek, O.Usmon, B.Avizov, A.G‘ulom kabilar professional mutaxassis sifatida ish olib bordilar. O‘zbek tilshunoslik terminlarining taraqqiyot bosqichlarini shartli ravishda uchga bo‘lish mumkin: 1. Ilk taraqqiyot bosqichi. Bu davr isloh qilingan arab hamda lotin grafikalariga asoslangan yozuv davri 1920-1940-yillarni o‘z ichiga oladi va ona tilidan bir qadar sodda darslik va qo‘llanmalarning yaratilishi hamda tilshunoslik terminlarining hali to‘liq barqarorlashmaganligi bilan xarakterlanadi. 2. Sho‘rolar davri bosqichi – kirill yozuviga o‘tilishi munosabati bilan rus grammatikalariga asoslanib milliy grammatikalar yaratilgan, terminologiya nisbatan barqarorlashgan va 1940-1990-yillarni qamrab olgan davr. 3. Mustaqillik davridagi taraqqiyot bosqichi. Tilshunoslik terminlari shakllanishining ilk bosqichida qo‘llangan terminlar evolyutsiyasida turli holatlarni kuzatish mumkin. Ba’zi terminlar til hodisasining

mohiyatini to‘la va to‘g‘ri qayd eta olmaganligi tufayli iste’moldan chiqqan bo‘lsa, ba’zilari keyinchalik muqobillarining yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilgan. Masalan, kelishiklarning alohida kategoriya ekanligi haqida 20-yillar o‘zbek tilshunosligida aniq shakllangan tasavvur bo‘lmagan. Shu sababli ular maxsus yoritilmay, «belgilar» turkumi ichida sanab o‘tilavergan. Hozirgi o‘zbek tilshunosligi terminologiyasida mavjud bo‘lgan kelishiklar deb yuritiluvchi paradigma «Sarf»da qarash belgisi (qaratqich kelishigi), tushma belgisi (tushum kelishigi), borish belgisi (jo‘nalish kelishigi), chiqish belgisi (chiqish kelishigi), o‘rin belgisi (o‘rin-payt kelishigi) terminlari asosida shakllanganiga shubha yo‘q. Bu terminlar hozirgi kunda bir oz o‘zgarishga uchragan bo‘lsa ham, umuman, lisoniy tushuncha mohiyatiga to‘la mos keladi. Ularning quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga, mukammallikka prinsipi asosida shakllanishini nazarda tutadigan bo‘lsak, lisoniy tushunchalarni anglata olish darajasiga ko‘ra tilshunoslik terminlari asta-sekin barqarorlashib borgan. Har bir termin tushunchani nechog‘li ifodalashidan kelib chiqib, dastlab variant sifatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik tushunchani to‘liq va aniq anglata olgan terminlar ilmiy muomalada qolgan, boshqalari iste’moldan chiqib ketgan. Buni suffiks – qo‘shimcha, fonema – tovush, so‘z organlari – nutq a’zolari, logik urg‘u – so‘z urg‘usi, egalik kelishigi – qaratqich kelishigi kabi terminlar juftligida ko‘rish mumkin. Tilshunoslik terminlarining shakllanishini kuzatishdan ma’lum bo‘ldiki, morfemika terminlari ham dastlab o‘zlashma terminlar hisobiga shakllangan, keyinroq milliy tilga oid variantlari yuzaga kelgan. Masalan, 30-yillar grammatikalarida so‘z tarkibi tushunchasi so‘z tuzilishi termini bilan ifodalangan va bu termin ostida o‘zak, negiz, qo‘shimcha (pristavka) anglangan. O.Usmon, B.Avizovlar darsligida shu tushunchaga o‘zak, negiz, suffiks, prefiks hodisasi biriktirilgan. 1943-yildan boshlab so‘z tuzumi termini so‘z sostavi termini bilan almashtirildi va bu doiraga o‘zak, negiz tushunchalari kiritildi, qo‘shimcha terminiga yondosh atama – suffiks ham saqlandi. So‘z sostavi, suffiks, prefiks terminlari 60-yillargacha qo‘llandi Tilshunoslik terminlarining shakllanishini kuzatishdan ma’lum bo‘ldiki, morfemika terminlari ham dastlab o‘zlashma terminlar hisobiga shakllangan,

keyinroq milliy tilga oid variantlari yuzaga kelgan. Masalan, 30-yillar grammatikalarida so‘z tarkibi tushunchasi so‘z tuzilishi termini bilan ifodalangan va bu termin ostida o‘zak, negiz, qo‘shimcha (pristavka) anglangan. O.Usmon, B.Avizovlar darsligida shu tushunchaga o‘zak, negiz, suffiks, prefiks hodisasi biriktirilgan. 1943-yildan boshlab so‘z tuzumi termini so‘z sostavi termini bilan almashtirildi va bu doiraga o‘zak, negiz tushunchalari kiritildi, qo‘shimcha terminiga yondosh atama – suffiks ham saqlandi. So‘z sostavi, suffiks, prefiks terminlari 60-yillargacha qo‘llandi. H.Qayumiylarning ham «Sarf» asari chop etildi. Bir yil o‘tib, O.Usmon va B.Avizovlarning darsligi yuzaga keldi va u 1939- yilda qayta nashr qilindi. Umuman, o‘tgan asrning 40-yillarigacha nashr etilgan darsliklarda morfologiya alohida fan sohasi sifatida o‘rganildi, shu orqali grammatik terminlar tizimi shakllandi. O‘sha paytda yaratilgan terminlarning barchasi hozir to‘liq qo‘llanmasa ham, ular keyingi davr terminologik tizimining taraqqiyoti uchun ta’sir ko‘rsatdi. Morfologiyaga oid terminlarning taraqqiyoti va bu yo‘nalishdagi izlanishlar o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlandi. X.Komilova, S.Fuzailov, A.G‘ulomov kabi tilshunoslarning dastlabki tadqiqotlari morfologiyaga bag‘ishlangani bilan ahamiyatlidir. Buning natijasida «Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili» kitobi yaratildi. A.Hojievning «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati» yuzaga keldi. Fitrat birinchi bo‘lib, «tilimizning belgili qoidalarini» ishlab chiqdi va o‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi hamda sintaksisiga oid tushunchalarni ifodalovchi terminlarni yaratdi. Uning ot so‘z turkumi haqidagi fikrlari tasnif sifatida emas, balki til hodisalari sifatida qayd qilinadi. O‘sha vaqtda ishlatilgan ayrim terminlar hozirgi variantlari bilan taqqoslanganda, tugal gap hozirgi to‘liq gaplarga, eksik gap to‘liqsiz gaplarga, so‘rash gapi – so‘roq gapga, xabar gapi – darak gapga, tilak gap, qayg‘urishli gap va undashli gap esa buyruq gaplarga teng keladi. «Nahv»da o‘nta tinish belgisi ko‘rsatilgan. Ularning qo‘llanishi haqidagi fikrlarda katta tafovut yo‘q. Elbek o‘zbek tilshunosligi terminlarini tartibga solishga kirishgan ilk tadqiqotchilardan biridir. U imloq (taqlidiy so‘zlar), yolg‘ov (affiks), atama, jo‘rnoq (so‘z yaosvchi qo‘shimcha), tirkalgich (qo‘shimcha) kabi terminlarni iste’molga olib kirdi.