Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar.
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar. Reja: 1. Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarining turlari. 2. Ona tili darslariga qo’yilgan talablar. 3. Ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar.
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari. Ona tili darslari maqsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari. Y angi mat erialni o` rgat ish v a must ahk amlash darslari ta’lim jarayonining asosiy qismini tashkil etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasalish, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya , punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdan iborat. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi: - o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash; - mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish; - o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash. Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiyaOna tili darslari turlari Takrorlash Umum- lashti rish Tekshirish Bilim hosil qilish
usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi. Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi. Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1. O’ tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars . Darsning bu turida o`rgatiladigan grammatik orfografik qoida , ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o`tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o`quv materiali bayon qilinadi. 2. Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars . Bu dars o`quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O`quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o`tkaziladi. O`qituvchi o`quvchilarning xulosalariga, zarur bo`lsa, o`zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o`tiladi. O’t ilganlarni t ak rorlash v a must ahk amlash darslari . Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashqlar ustida ishlashda o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko`rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir
tomondan , turli mashqlar yordamida o`quvchilarda o`rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o`quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi. Takrorlash darslari yangi materialni o`rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o`rgatish darslarida o`quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo`lgan til hodisalari ustida o`tkazilsa, takrorlash darslari esa o`quvchilar o`rgatilgan, ammo to`lig`icha o`zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o`rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko`rsatadi. Takrorlash darslarida ko`proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O`rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o`quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o`quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o`rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog`lab tashkil etilishidir. Bilim v a malak alarni umumlasht irish darslari . Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo`lim bo`yicha o`zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo`lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o`rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish , o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o`rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o`zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o`xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.
Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o`rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi. Bilim v a malak alarni t ek shirish darslari . Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o`quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o`tilgan mavzular bo`yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o`quvchilarga o`z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko`rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o`tkaziladigan darslar kiradi. Ona tili darslarining turlari uning didaktik maqsadiga ko'ra belgilanadi, masalan: yangi materialni o'rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik о‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshqalar. Har bir dars turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o'rtasida ma’lum bog'lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik maqsadi o'rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o'rniga qarab belgilanadi. O'qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va o'rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, qurilishini belgilaydi. Dars qurilishida qat’iy andaza bo'lishi mumkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash,