logo

Ona tili o‘qitish metodikasi umumiy obzor.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.1591796875 KB
Ona tili o‘qitish metodikasi:  umumiy obzor.
Reja:
1. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanning ma q sad va vazifalari.
2. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Ona tili o‘qitish tamoyillari.
  Mustaqil   O‘zbekistonning   ravnaqi   uchun   olib   borilayotgan   iqtisodiy-
ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi keng ko‘lamli ishlar, jamiyat taraqqiyotini
ta’minlash,   uzluksiz   ta’lim   tizimini   joriy   etish,   shuningdek,   mustaqil   fikr   egasi,
erkin   va   ijodkor   shaxsni   tarbiyalab   voyaga   yetkazishda   alohida   ahamiyat   kasb
etmoqda.  O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “ К adrlar
tayyorlash   Milliy   dasturi”   ta’limning   barcha   bo‘g‘inlarida   ona   tili   o‘qitishni   ham
tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. O‘zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonunida   ta’lim   sohasidagi   davlat
siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib, unda:
- ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
- ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
- ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
- ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
-   ta’lim   va   tarbiyaga   milliy   hamda   umuminsoniy   qadriyatlarning
singdirilganligi;
- ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
-   o‘n   bir   yillik   ta’limning   hamda   olti   yoshdan   yetti   yoshgacha   bo‘lgan
bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
-   davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablari   doirasida   ta’lim
olishning hamma uchun ochiqligi;
-   o‘quv   dasturlarini   tanlashga   doir   yondashuvning   yagonaligi   va
tabaqalashtirilganligi;
- insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
- jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; - bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
- ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
-   ta’lim   faoliyati   sohasidagi   ochiqlik   va   shaffoflik   kabi   masalalar   o‘z
ifodasini topgan. Maktabda ona tilining o‘qitilishi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda
belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi. Modomiki, maktab ta’limida ona tili eng
asosiy   va   yetakchi   o‘quv   fanlaridan   biri   ekan,   oliy   ta’limning   bakalavr   tizimida
“Ona   tili   o‘qitish   metodikasi”   ham   xuddi   shunday   mavqega   ega.   Har   bir   avlod
oldida insoniyat  yaratgan jamiki  boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va
rivojlantirish vazifasi  turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur
qilib   bo‘lmaydi.   Bu   vazifani   amalga   oshirishning   birdan-bir   yo‘li   ta’lim   tizimini
tinmay   takomillashtirib   borish   orqali   yosh   avlodni   ilm-fan   asoslari   bilan   chuqur
qurollantirishdir.   O‘quvchi   va   talabalarni   ona   tili   darslarida   mustaqil,   ijodiy
fikrlashga   o‘rgatish,   ular   ongida   ma’naviy-ma’rifiy   inqilob   hosil   qilishga   intilish
lozim.   Shuning   uchun   yangi   dastur   va   darsliklarda   grammatik   qoidalarni
yodlatishdan   voz   kechish,   ijodiy   tafakkur   tarzini   shakllantirish,   dars   va
mashg‘ulotlarni   o‘quvchi   va   talabalarning   nutqiy   malakasini   yuzaga   keltirishga
qaratish maqsad qilib olindi. 
Til   o‘qitishda   til   va   nutq   hodisalarining   farqiga   yetmaslik   ko‘pgina
chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Til va nutq tushunchalarini bir-biridan ilmiy
asosda farqlash uni o‘qitish metodikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki til
birliklarining grammatik belgilarini, birikuvini va vazifasini bilishning o‘zi mazkur
tildagi   nutqni   egallash   uchun   yetarli   emas.   Asosiy   maqsad   tilning   grammatik
qurilishi   asosida   nutq   faoliyatini   egallash   bo‘lganligi   sababli,   mashg‘ulot
materiallarini tanlash, darslarni tashkil etish ishlari o‘quvchi va talabaning nutqini
shakllantirish   va   rivojlantirishga   qaratilishi   lozim.   Shuning   uchun   til   ma’ruza
orqali   emas,   balki   nutq   ko‘rinishlarini   tahlil   qilish,   so‘z   birikmasi   va   gap
modellarini   o‘zlashtirish,   esda   saqlash   orqali   o‘rganiladi.   Hozirgi   dolzarb
masalalardan   biri   o‘zbek   tilining   kasb-hunar,   ilmfan   va   texnika   tili   sifatidagi
lisoniy   asosini   kengaytirish,   atamalarini   boyitishdir.   Uzoq   yillar   bu   soha   chetda qolib keldi.   К eyingi yillarda bu sohada  burilish yuz berdi: tilimizning kasb-hunar
va   ilmiy-texnika   tili   va   atamalarida   katta   o‘zgarishlar   sodir   bo‘ldi.   Adabiy
tilimizdagi   mazkur   yangilik   va   o‘zgarishlarning   asoslarini   o‘quvchi   to‘g‘ri
anglashni maqsad qilib, unga dastur va darsliklarda alohida o‘rinlar ajratiladi. “Ona
tili” darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni, “O‘zbek adabiyoti”
darslarida   ijodkor   hayotidagi   o‘tkinchi   sana   va   voqealarni   yodlashga   majbur
qilmasdan, balki ona tilida sof so‘zlash, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish, mustaqil
fikrlash,   badiiy   asarni   ifodali   o‘qish,   uning   ruhini   his   qilish,   badiiy   san’atidan
lazzatlanish, so‘zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq kerak. Ona tili va adabiyot
o‘qitishdan   kutilgan   pirovard   natija   –   shu!   Shunday   qilib,   ona   tili   o‘qitishning
samarali   bo‘lishi   ko‘p   jihatdan   uni   adabiyot   bilan   bog‘lab   olib   borishga   bog‘liq,
yoki   aksincha.   Aslida,   ona   tili,   adabiyot   darslarida   ham   o‘rganiladi.   Masalan,
badiiy   asarning   tilini   tahlil   etish   davomida   ba’zi   grammatik   shakllarning   uslubiy
ahamiyati,  sinonimlarning  nutqda  tutgan  o‘rni   izohlanadi  va  hokazo;   o‘quvchi  va
talabalar   tilning   turli   ifoda   vositalari   bilan   tanishib   boradilar.   Badiiy   asar   tili
bo‘yicha muayyan bir izchillikda olib boriladigan ishlar o‘quvchi va talabalarning
so‘z   boyligini   oshiradi   va   nutqini   o‘stiradi.   Adabiy   asarning   tasviriy   vositalari
bo‘yicha sinfda va undan tashqari bajarilgan ishlar natijasida o‘quvchi va talabalar
so‘z   haqida,   uning   turli   nutq   uslubidagi   o‘rni   haqida   kengroq   tushunchaga   ega
bo‘la   boradilar.   Xilma-xil   ifoda   jilolari   tilning   estetik   ta’siri   va   ahamiyatini
chuqurroq  anglashga  yordam   beradi.   Ona  tili  o‘rta  maktab,  akademik  litseylar  va
kasb-hunar   kollejlarida   o‘rganiladigan   barcha   fanlarni   puxta   o‘zlashtirish   uchun
muhim   “kalit”   sanaladi.   Til   vositasida   o‘quvchi   va   talaba   boshqa   fanlarni
o‘rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni yozma va og‘zaki ravishda bayon qilish
orqali u o‘z ona tilini ham mukammal o‘rganib boradi.
Ma’lumki, pedagogika institutlari va universitetlarning filologiya fakultetlari
bakalavriyatini   bitirib   chiqadigan   mutaxassislarning   asosiy   qismi   o‘zbek   tili   va
adabiyoti   fani   o‘qituvchisi  sifatida   umumiy  o‘rta   ta’lim  maktablariga  boradi.  Shu
bois,   bo‘lajak   mutaxassislar   uchun   “Ona   tili   o‘qitish   metodikasi”   fani   yetakchi
fanlardan   biri   bo‘lib,   uning   oliy   o‘quv   yurtlarida   o‘qitilishi   muhim   zaruriyatdir. “Ona   tili   o‘qitish   metodikasi”   fanining   oliy   o‘quv   yurtlarida   o‘qitilishi   maktabda
ona   tili   fanining   tutgan   o‘rni   bilan   ham   belgilanadi.   “Ona   tili”   maktab   ta’limi
tizimida eng yetakchi fanlardan biri bo‘lib, jamiyat a’zolarini ijodiy fikrlashga, fikr
mahsulini   nutq   sharoitiga   mos   ravishda   og‘zaki   va   yozma   shakllarda   bayon
qilishga o‘rgatadi.
“Ona tili   o‘q itish metodikasi” fanning bosh q a fanlar bilan alo q asi .   Ona
tili   о ‘qitish   metodikasi   mustaqil   pedagogik   fan   sifatida   u   bir   qator   boshqa   fanlar
bilan zich aloqadorlikda yashaydi. Ularning eng asosiylari haqida to‘xtab o‘tamiz.
Bular   qatorida   falsafa,   mantiq ,   lingvistika,   pedagogika ,   psixologiya,   sotsiologiya ,
jamiyatshunoslik va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa fanlarga oid ko‘rsatkich
va faktlar esa bilvosita aloqadorlikka ega.
M etodika   va   falsafa.   “Ona   tili   o‘q itish   metodikasi”   xususiy   pedagogik
sikldagi   fan   b o‘ lganligi   uchun   h am,   ijtimoiy   fanlar   guruhiga   kiradi   va   ijtimoiy
fanlarning asosini  tashkil  etadigan falsafa bilan chambarchas bo g‘ langan. Mazkur
fanning   falsafa   bilan   alo q adorligi   ona   tilining   ma q sad   va   vazifalarini
tushunishingizga,   bu   fanning   ta’lim   mazmunini   t o‘g‘ ri   belgilashingizga,   o‘q uvchi
faoliyatini   t o‘g‘ ri   uyushtir i shingizga,   o‘qitishning   eng   samarali   metod,   vosita   va
usullarini tanlashingizga,  faoliyat ma h sulini nazorat  q ilishingizga yordamlashadi.
O‘q uvchiga   o‘ z ona tilini   o‘ rgatish tafakkur bilan chambarchas bo g‘ langan.
Chunki   til   h odisalarining   o‘q uvchi   ongida   vo q ealanishi   tafakkur   or q ali   yuzaga
chiqadi.   Til   tafakkurning   aloqadorligi   ona   tili   darslarida   ijodiy   tafakkur   so h ibini
tarbiyalash muammosini  h al  q ilishga k o‘ maklashadi.
Ma’lumki,   fa l safada   h ar   bir   umumiy   tushuncha   yakka,   juz’iy   tushunchalar
yi g‘ indisidan   tashkil   topadi   degan   q oida   mavjud.   Ona   tili   mash g‘ ulotlarida
o‘q uvchi   faoliyatini   tashkil   etishda   h am   biz   xuddi   shu   q oidaga   asoslanamiz.
Muayyan b o‘ laklarga ajratilgan til   h odisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi
bilan ta qq oslash or q ali  o‘q uvchi umumiy ta’rif,  q oida va xulosalarga keladi.
Falsafa   fikrlash   va   rivojlanishni   o‘ zaro   uyg‘unlikda   q araydi.   Shar q ning
buyuk   enseklopedist   olimlari   ( Abu   Rayxon   Beruniy ,   Abu   Nasr   Farobiy ,   Umar
H ayyom,  Abu Ali ibn Sino  v.b.) rivojlantirishni fikrlashning ma h suli deb biladilar. Masalan,   Umar   H ayyom   o‘ zining “Matematik traktatlar”ida   “Ozgina   o‘ yla,   o‘ zing
topasan” ,   “Ozgina   fikrla,   bilib   olasan”   singari   xitoblari   or q ali   ma’lumdan
noma’lumga borish  g‘ oyasini ilgari surgan.
Til materiallari  o‘q uvchi tomonidan ijodiy fikrlash or q ali egallagan b o‘ lsa, u
amaliy a h amiyatga molik bilim, k o‘ nikma va malakalar b o‘ lib sanaladi.
Shuni   unutmaslik   lozimki,   til   h odisalarining   mo h iyatini   anglash,   ular
orasidagi   o‘ xshash   va   far q li   tomonlarini   ani q lash,   til   imkoniyatlaridan   nut q iy
faoliyatda   foydalanish   singari   zaruriy   malakalar   ijodiy   fikrlash   or q ali   r o‘ yobga
chi q adi.
M etodika   va   tilshunoslik.   Ona   tili   o‘qitish   metodikasi   birinchi   navbatda
umumiy   tilshunoslik   hamda   tilshunoslikning   nazariy   asoslari   bilan   chambarchas
bog‘liqdir.   Tilshunoslik   o‘zbek   tili   o‘qitish   metodikasi   uchun   eng   yaqin   va
muntazam   aloqodorlikda   bo‘ladigan   fandir.   Tilshunoslik   —   tilning   qurilishi   va
amaliyotiga oid umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. Tilni o‘rganish metodika
fanining   predmetini   tashkil   etadi.   Ayni   shu   sohaning   tilshunoslik   uchun   obyekt
ekanligini   esda   tutish   lozim.   Ta’limning   lingvistik   mazmuni   (fonetika,   leksika,
grammatika   grafika,   orfografiya)   tilning   funksional   uslublari   (ilmiy,   publitsistik,
rasmiy-idoraviy,  so‘zlashuv,  badiiy)   tarkibiga  kiruvchi  gap  modellari,  nutq tiplari
(dialog,   monolog,  polilog)   va   janrlari   yo‘nalishlarida   namoyon  bo‘ladi.  Metodika
uchun eng muhim bo‘lgan asosiy lingvistik qoidalar esa quyidagilardan iboratdir:
Til ilmi ta’limi maqsadlarida til va nutq tushunchalarini farqlash. Bunday farqlash
dastlab   shvetsariyalik   mashhur   tilshunos   Ferdinand   do‘   Sossyur   (1857-1913)
tomonidan   amalga   oshirilgan   edi.   F.Sossyur   “Hind-Ovrupa   tillarida   dastlabki
unlilar   tizimi   haqida   memuar”,   “Sanskrit   tilida   absolyut   qaratqich   kelishigining
qo‘llanishi   haqida”  singari  tadqiqotlar   muallifidir.  Garchi   u  uzoq  yillar  davomida
o‘qituvchilik   faoliyati   bilan   shug‘ullangan   bo‘lsa-da,   bu   davrlarda   uning   birorta
ham   umumnazariy   asarlari   e’lon   qilingan   emas.   “Umumiy   tilshunoslik   kursi”
kitobini   esa   uning   vafotidan   so‘ng   talaba-shogirdlari   Shari   Balli   va   Alber   Seshe
konspektlar   asosida   yig‘ishgan.   Garchi   Balli   1895-1905,   Seshe   esa   1891-1893-
yillar davomida bir qator fanlar bo‘yicha F.Sossyurdan leksiyalar eshitgan bo‘lsa- da,   ularning   o‘zlari   “Umumiy   tilshunoslik   kursi”ni   tinglashgan   emas.   Bu   kursni
1910-1911-yillarda Seshening turmush o‘rtog‘i eshitib yozib olgan, Seshe ulardan
foydalangan   edi.   Xuddi   shuningdek,   kitobni   tayyorlashda   A.Ridlinger
yozuvlaridan   ham   foydalanishgan.   Kitob   juda   tez   shuhrat   qozonadi.   U
tilshunoslikdagi   ko‘plab   yo‘nalishlaming   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishiga   yo‘l
ochib   berdi.   Ayniqsa,   struktur   tilshunoslik   F.Sossyur   tufayli   keng   quloch   yoydi.
Psixologik   hamda   sotsiologik   tilshunoslik   g‘oyalari   ham   F.Sossyur   tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi.   F.Sossyurning   til   va   tafakur   munosabatalariga   oid
kuzatishlari, ayniqsa, katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. F.Sossyur uchta tushunchani
o‘zaro   aloqadorlikda   tekshiradi.   Bular,   nutqiy   faoliyat,   til   va   nutq.   Uning
talqinicha,   nutqiy   faoliyat   rang-barang   xarakterga   ega.   Til   tushunchasi   nutqiy
faoliyat   tushunchasi   bilan   umuman   mos   tushmaydi.   Til   —   nutqiy   faoliyatning
faqat ma’lum qismi, uning ijtimoiy uzvi, xolos. Til – belgilar tizimi bo‘lib, nutqiy
faoliyatning namoyon bo‘lishidagi barcha holatlar uchun asosdir. Nutqiy faoliyat –
til   imkoniyatlarining   amalga   oshish   holatlaridir.   U   tilning   individual   tarzdagi
qo‘llanishi,   fikrning   til   yordamida   shakllanishi   va   shakllantirilishiga   oid   usullar
tizimidir. Tilga nutqiy faoliyat zid qo‘yiladi. Nutqiy faoliyat axborotning til tizimi
vositasida   hamda   muloqot   vaziyati   bilan   shartlangan   tarzdagi   qabul   qilinishi   va
yetkazilish   jarayonidir.   Nutq   -   iroda   va   tushunchaning   individual   holat(akt)idir.
F.Sossyurning   ta’kidlashicha,   “til   taraqqiyoti   aynan   nutqiy   hodisalar   tufayligina
amalga   oshadi:   bizning   lisoniy   malakalarimiz   boshqalarni   eshitish   asosidagi
tasavvurlar tufayli o‘zgaradi”.
M etodika va didaktika.  Ma’lumki, ta’lim jarayonining umumiy va xususiy
tomonlari bor. Ta’limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini
xususiy didaktika o‘rganadi. 
Umumiy   didaktika   o‘qituvchi   va   o‘quvchi   faoliyatining   o‘ zaro   ta’sirini
o‘ rganadi   va   u   barcha   o‘q uv   fanlari   uchun   alo q adordir.   “Ona   tili   o‘q itish
metodikasi”   umumiy   didaktika   b o‘ yicha   o‘ rganilganlarni   oydinlashtiradi:   ya’ni
umumiy   didaktikadan   o‘ rganilgan   ta’lim   ma q sadi   q onuniyatlari,   tamoyillari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarning ona tilini  o‘q itish jarayonida
vo q ealanishini ani q laydi.
Modomiki,   shunday   ekan.   “Ona   tili   o‘q itish   metodikasi”   fani   didaktikasiga
tayanib   ish   k o‘ radi.   Chunonchi,   ona   tili   o‘q itish   tamoyillari   yoki   metodlari
xususida   fikr   yuritilar   ekan,   avvalo   umumdidaktik   prinsiplar   va   meodlar,   keyin
xususiy prinsiplar va metodlarga t o‘ xtalishga t o‘g‘ ri keladi.
Metodika   va   psixologiya .   Psixologiya   —   “ inson   faoliyati   va
hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar,
holatlar, hodisalar, xislatlar to ‘g‘risidagi fan ” (O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
7-jild,   Toshkent,   2004,   189-bet).   Psixologiya   fani   metodika   uchun   tilni   o‘rganish
xususiyatlari,   o‘quvchilaming   individual-psixologik   o‘ziga   xosliklari   haqidagi
ma’lumotlami   beradi.   Bular   ta’lim   jarayonida,   bilmlami,   nutqiy   ko‘nikma   va
malakalami shakllantirish jarayonida e’tiborga olinishi lozim. Psixologiya bo‘lajak
o‘qituvchilarni   tilni   egallash   motivlari,   o‘qish   jarayonida   xotiraning   shakli   va
ahamiyati,  o‘quv  faoliyatining  xarakteriga  ko‘ra  o‘quvchilarning  o‘ziga  xosliklari
haqidagi   tasavvurlar   bilan   qurollantiradi.   Motiv   psixologiyadagi   asosiy
kategoriyalardan   bo‘lib,   muayyan   bir   faoliyatga   nisbatan   intilishni   anglatadi.   Bu
intilish   esa   insondagi   muayyan   bir   (biologik,   ilmiy,   ma’rifiy,   aqliy,   axloqiy-
ma’naviy,   estetik)   ehtiyojlarni   qondirish   bilan   aloqadordir.   Til   darslaridagi
motivlarni   tabiatiga   ko‘ra   ikkiga   ajratish   mumkin:   a)   anglangan   motivlar;   b)
anglanmagan   motivlar.   Anglangan   motivlar   sirasiga   shaxsdagi   qiziqish,   e’tiqod,
ishonch,   intilishlar   kiritiladi.   Motivlar   obyektiv   (tildan   xizmat   faoliyatida
foydalanish, uning ifoda imkoniyatlarini chuqurroq anglash) va subyektiv (yaxshi
baho   olish,   rag‘batlantirish)   tiplarga   ajratiladi.   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   o‘quv
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan motivlarni bilishi hamda imkoniyat doirasida ularni
kengaytirib   borishi   shart.   Buning   asosiy   omillari   sifatida   quyidagilarni   ko‘rsatish
mumkin:   o‘quv   materialidagi   yangiliklar,   mashg‘ulotlarga   nisbatan   qiziqish,
o‘qituvchining   tegishli   materiallarning   amaliy   faoliyat   uchun   muhimligini
tushuntirishga   oid   malakasi.   O‘rni   kelganda   alohida   ta’kidlash   lozimki,   til
o‘rganish   jarayonida  o‘quvchilardagi   xotira  tiplariga   xos   xususiyatlarini   e’tiborga olish   juda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Psixologiyada   qisqa   muddatli   va   uzoq
muddatli xotiralar, emotsional va obraz xotirasi, so‘z-mantiq xotirasi, ixtiyoriy va
ixtiyorsiz   xotira   kabi   turlar   tasnif   qilinadi.   Shuningdek,   ko‘rish   xotirasi,   eshitish
xotirasi, aralash xotiralar, mantiqiy va obrazli, erkin (ongli) yoki erkin bo‘lmagan
(intiutiv)   xotira   tiplari   mavjud.   Kommunikativ   xususiyatlarga   ega   yoki   ega
emasligiga   ko‘ra   o‘quvchilar   ikkiga   ajratiladi.   Ularning   bir   tipini   ekstravertlar,
boshqasini   intravertlar   degan   guruhlarga   ajratishadi.   Birinchi   tipga   mansub
o‘quvchilar muloqotga juda oson kirishadi, ular uchun guruhli mashg‘ulotlar juda
qiziqarli   bo‘ladi,   rolli   o‘yinlarda   zavq   bilan   ishtirok   etishadi,   til   topqirligida
ularning   faolligi   kuzatiladi.   Ikkinchi   tipdagilar   esa   til   materiallarining   tahlilida,
qoidalarni   ongli   tarzda   o‘zlashtirishda   ajralib   tursalar-da,   muloqotga   qiyin
kirishadi, xato qilib qo‘yishdan qo‘rqqanlari uchun imkoni boricha kam gapirishga
harakat   qilishadi.   Bunday   o‘quvchilar   uchun   nutqiy   faoliyatdan   ko‘ra   izohli
mashg‘ulotlar afzal bo‘ladi, ular uchun o‘qish va yozma ishlarni bajarish asosiy ish
shakllari bo‘lgani ma’qul.
Metodika va  psixolingvistika . Psixolingvistika nisbatan yosh fanlardan biri
bo‘lib,   nutqning hosil bo‘lishi, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini til
tizimi bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi . Unda psixologiya va lingvistika fanlari
uyg‘un   holda   sintezlashgan.   U   tekshirish   manbaiga   ko‘ra   lingvistikaga,   ularni
tekshirish metodiga ko‘ra esa psixologiyaga yaqin turadi. 
Ona tili o‘qitish tamoyillari quyidagilar:
1.   Til   materialiga,   nutq   organlarining   o‘sishiga,   nutq   malakalarining
to‘g‘ri   rivojlanishiga   e’tibor   berish   tamoyili .   Nutq,   til   qonuniyatlariga,   oz
bo‘lsa-da,   e’tibor   bermaslik   amaliy   nutq   faoliyatini   egallashga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatadi.   Masalan,   fonetik   ko‘nikmalarga   yetarli   e’tibor   berilmasa,   imloviy
savodxonlikka   putur   yetadi.   Bu   ta’lim   tamoyili   tildan   olib   boriladigan
mashg‘ulotlarda   eshituv   va   ko‘ruv   ko‘rsatmaliligini   ta’minlashni   va   nutq
organlarini   mashq   qildirishni   (gapirib   berish,   ifodali   o‘qishni,   ichida   gapirishni)
talab etadi .  2.  Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik m a’nolarini)
tushunish   tamoyili .   So‘zni,   morfemani,   so‘z   birikmasini,   gapni   tushunish
borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir.  Til
ma’nolarini   tushunish   tamoyiliga   amal   qilishning   sharti   tilning   hamma
tomonlarini,   tilga   oid   barcha   fanlar   (grammatika,   leksika,   fonetika,   orfografiya,
uslubiyat)ni   o‘zaro   bog‘langan   holda   o‘rganish   hisoblanadi.   Masalan,
morfologiyani   sintaksisga   tayangan   holdagina   o‘rganish,   o‘zlashtirish   mumkin.
Sintaksisni   o‘rganishda   esa   morfologiyaga   suyaniladi,   orfografiya   fonetika,
grammatika,   so‘z   yasalishiga   suyanadi   va   hokazo.   So‘zni   morfemik   tahlil   qilish
uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari birbiri bilan
o‘zaro bog‘langan bo‘lib, o‘qitishda buni albatta hisobga olish kerak. 
3.   Tilga   sezgirlikni   o‘stirish   tamoyili .   Til   –   juda   murakkab   hodisa,   uning
tuzilishini,   izchil   tizimini   fahmlab   olmay   turib,   sal   bo‘lsa-da,   uning
qonuniyatlarini, o‘xshashliklarini o‘zlashtirm ay turib, uni yodda saqlab bo‘lmaydi.
Bola gaplashish, o‘qish, eshitish bilan til materiallarini yig‘adi, uning qonunlarini
o‘zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati
shakllanadi.
4.  Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili .  Bu tamoyil til hodisalarini
tushunmay   turib   savodli   yozish,   nutq   madaniyati   vositalarining   xabar   berish
vazifasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodaliligini (uslubga oid) tushunishni,
mazmuninigina   emas,   balki   so‘z   va   nutq   birliklarining,   tilning   boshqa   badiiy-
tasviriy   vositalarining   hissiy   bo‘yoqdorligini   ham   tushunishni   ko‘zda   tutadi.   Bu
tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek,
tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab
etiladi.   Bu   esa   matn   mazmuni   va   uning   o‘ziga   xos   “noziklik”larini   ham   anglab
yetishga yordam beradi. 
5.   Og‘zaki   nutqni   yozma   nutqdan   oldin   o‘zlashtirish   tamoyili .   Bu
tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi  va til o‘qitish metodikasini
tuzishda xizmat qiladi . Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi o‘qituvchi
bilan   o‘quvchining   maqsadga   muvofiq   faoliyatini   belgilashga,   ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo‘nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan
sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyotlar:
1.   Bell,   David   (2003).   "Method   and   Postmethod:   Are   They   Really   So
Incompatible?"   (PDF) .   TESOL   har   chorakda.   37   (2):   315–328.
doi : 10.2307/3588507 . Olingan  7 fevral,  2012 .
2.   Brown,   H.   (2001).   Teaching   by   Principles:   An   Interactive   Approach   to
Language Pedagogy   (2-nashr). Oq tekisliklar, Nyu-York: Longman.   ISBN   978-0-
13-028283-5 .
3.   Richards,   Jek;   Rodgers,   Theodore   (2001).   Tilni   o‘qitishda   yondashuvlar   va
usullar. Kembrij: Kembrij universiteti matbuoti.  ISBN   978-0-521-00843-3 .
4.  https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/186757/1/Salem.pdf .
5.  https://www.coursera.org/lecture/teaching-foreign-language/kombinirovaniie-
podkhodov-k-obuchieniiu-iia-post-mietod-tzDJA .
6. https://www.youtube.com/watch?reload=9&v=-EA5X6mVoPU.

Ona tili o‘qitish metodikasi: umumiy obzor. Reja: 1. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanning ma q sad va vazifalari. 2. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Ona tili o‘qitish tamoyillari.

Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy- ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi keng ko‘lamli ishlar, jamiyat taraqqiyotini ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish, shuningdek, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “ К adrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ona tili o‘qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib, unda: - ta’lim ustuvorligining tan olinishi; - ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; - ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; - ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; - ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; - ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; - ta’limning uzluksizligi va izchilligi; - o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; - davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; - o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; - insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; - jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; - ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

- bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; - ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; - ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Maktabda ona tilining o‘qitilishi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi. Modomiki, maktab ta’limida ona tili eng asosiy va yetakchi o‘quv fanlaridan biri ekan, oliy ta’limning bakalavr tizimida “Ona tili o‘qitish metodikasi” ham xuddi shunday mavqega ega. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan-bir yo‘li ta’lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. O‘quvchi va talabalarni ona tili darslarida mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ular ongida ma’naviy-ma’rifiy inqilob hosil qilishga intilish lozim. Shuning uchun yangi dastur va darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchi va talabalarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi. Til o‘qitishda til va nutq hodisalarining farqiga yetmaslik ko‘pgina chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Til va nutq tushunchalarini bir-biridan ilmiy asosda farqlash uni o‘qitish metodikasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki til birliklarining grammatik belgilarini, birikuvini va vazifasini bilishning o‘zi mazkur tildagi nutqni egallash uchun yetarli emas. Asosiy maqsad tilning grammatik qurilishi asosida nutq faoliyatini egallash bo‘lganligi sababli, mashg‘ulot materiallarini tanlash, darslarni tashkil etish ishlari o‘quvchi va talabaning nutqini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Shuning uchun til ma’ruza orqali emas, balki nutq ko‘rinishlarini tahlil qilish, so‘z birikmasi va gap modellarini o‘zlashtirish, esda saqlash orqali o‘rganiladi. Hozirgi dolzarb masalalardan biri o‘zbek tilining kasb-hunar, ilmfan va texnika tili sifatidagi lisoniy asosini kengaytirish, atamalarini boyitishdir. Uzoq yillar bu soha chetda

qolib keldi. К eyingi yillarda bu sohada burilish yuz berdi: tilimizning kasb-hunar va ilmiy-texnika tili va atamalarida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Adabiy tilimizdagi mazkur yangilik va o‘zgarishlarning asoslarini o‘quvchi to‘g‘ri anglashni maqsad qilib, unga dastur va darsliklarda alohida o‘rinlar ajratiladi. “Ona tili” darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik qoidalarni, “O‘zbek adabiyoti” darslarida ijodkor hayotidagi o‘tkinchi sana va voqealarni yodlashga majbur qilmasdan, balki ona tilida sof so‘zlash, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish, mustaqil fikrlash, badiiy asarni ifodali o‘qish, uning ruhini his qilish, badiiy san’atidan lazzatlanish, so‘zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq kerak. Ona tili va adabiyot o‘qitishdan kutilgan pirovard natija – shu! Shunday qilib, ona tili o‘qitishning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan uni adabiyot bilan bog‘lab olib borishga bog‘liq, yoki aksincha. Aslida, ona tili, adabiyot darslarida ham o‘rganiladi. Masalan, badiiy asarning tilini tahlil etish davomida ba’zi grammatik shakllarning uslubiy ahamiyati, sinonimlarning nutqda tutgan o‘rni izohlanadi va hokazo; o‘quvchi va talabalar tilning turli ifoda vositalari bilan tanishib boradilar. Badiiy asar tili bo‘yicha muayyan bir izchillikda olib boriladigan ishlar o‘quvchi va talabalarning so‘z boyligini oshiradi va nutqini o‘stiradi. Adabiy asarning tasviriy vositalari bo‘yicha sinfda va undan tashqari bajarilgan ishlar natijasida o‘quvchi va talabalar so‘z haqida, uning turli nutq uslubidagi o‘rni haqida kengroq tushunchaga ega bo‘la boradilar. Xilma-xil ifoda jilolari tilning estetik ta’siri va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Ona tili o‘rta maktab, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘rganiladigan barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish uchun muhim “kalit” sanaladi. Til vositasida o‘quvchi va talaba boshqa fanlarni o‘rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni yozma va og‘zaki ravishda bayon qilish orqali u o‘z ona tilini ham mukammal o‘rganib boradi. Ma’lumki, pedagogika institutlari va universitetlarning filologiya fakultetlari bakalavriyatini bitirib chiqadigan mutaxassislarning asosiy qismi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga boradi. Shu bois, bo‘lajak mutaxassislar uchun “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani yetakchi fanlardan biri bo‘lib, uning oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi muhim zaruriyatdir.

“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanining oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi maktabda ona tili fanining tutgan o‘rni bilan ham belgilanadi. “Ona tili” maktab ta’limi tizimida eng yetakchi fanlardan biri bo‘lib, jamiyat a’zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatadi. “Ona tili o‘q itish metodikasi” fanning bosh q a fanlar bilan alo q asi . Ona tili о ‘qitish metodikasi mustaqil pedagogik fan sifatida u bir qator boshqa fanlar bilan zich aloqadorlikda yashaydi. Ularning eng asosiylari haqida to‘xtab o‘tamiz. Bular qatorida falsafa, mantiq , lingvistika, pedagogika , psixologiya, sotsiologiya , jamiyatshunoslik va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa fanlarga oid ko‘rsatkich va faktlar esa bilvosita aloqadorlikka ega. M etodika va falsafa. “Ona tili o‘q itish metodikasi” xususiy pedagogik sikldagi fan b o‘ lganligi uchun h am, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bo g‘ langan. Mazkur fanning falsafa bilan alo q adorligi ona tilining ma q sad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta’lim mazmunini t o‘g‘ ri belgilashingizga, o‘q uvchi faoliyatini t o‘g‘ ri uyushtir i shingizga, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini tanlashingizga, faoliyat ma h sulini nazorat q ilishingizga yordamlashadi. O‘q uvchiga o‘ z ona tilini o‘ rgatish tafakkur bilan chambarchas bo g‘ langan. Chunki til h odisalarining o‘q uvchi ongida vo q ealanishi tafakkur or q ali yuzaga chiqadi. Til tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur so h ibini tarbiyalash muammosini h al q ilishga k o‘ maklashadi. Ma’lumki, fa l safada h ar bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yi g‘ indisidan tashkil topadi degan q oida mavjud. Ona tili mash g‘ ulotlarida o‘q uvchi faoliyatini tashkil etishda h am biz xuddi shu q oidaga asoslanamiz. Muayyan b o‘ laklarga ajratilgan til h odisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan ta qq oslash or q ali o‘q uvchi umumiy ta’rif, q oida va xulosalarga keladi. Falsafa fikrlash va rivojlanishni o‘ zaro uyg‘unlikda q araydi. Shar q ning buyuk enseklopedist olimlari ( Abu Rayxon Beruniy , Abu Nasr Farobiy , Umar H ayyom, Abu Ali ibn Sino v.b.) rivojlantirishni fikrlashning ma h suli deb biladilar.