Ona platalar
Mavzu: Ona platalar Reja : 1. Ona plataning asosiy qismlari 2. Ona plata o’rnatiladigan asosiy qurilmalar 3. Ona plataning shakli,katta kichiklik o’lchami
Ona plata "materinka" ( inglizcha : mainboard — bosh plata; hisoblanadi. sleng. ona - barcha chip va qurilmalarni bir biriga ulash uchun asos ) — Shaxsiy kompyuterning, noutbuk, telefon, planshetlarning asosiy qurilmalari — tezkor xotira , qattiq disk, chiplar, slot, kuler, ulash portlari va boshqa qurilmalar o rnatiladigan ko p qatlamli muxr plata. ʻ ʻ Aynan ona plata bir- biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi. Ona plataga o rnatiladigan asosiy qurilmalar: ʻ Markaziy protsessor (CPU). Tizimning mantiqiy yig indisi ( ʻ chipset — inglizcha : chipset ) — Markaziy protsessor (CPU)ni tezkor xotira va periferik qurilmalar kontrollyo rlari ʻ bilan ulanishni ta minlovchi mikrosxemalar yig indisi. ʼ ʻ Ona plataning form-faktori (shakli, katta-kichik o'lcham) bo yicha tasnifi ʻ Ona plataning form-faktori — bu ona plataning xajmi, mahkamlash joylari, protsessorning qay tartibda o rnatilishini aniqlovchi standart. ʻ Eskirgan: Baby-AT ; Mini-ATX ; polnorazmernaya plata AT ; LPX . Zamonaviy: ATX ; microATX ; FlexATX ; NLX ; WTX , CEB . Kiritilayotgan: Mini-ITX i Nano-ITX ; Pico-ITX ; BTX , MicroBTX i PicoBTX Shunday ona platalar bor hech qaysi form-faktorga mos kelmaydi. Mashxur ona plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar: Asus , Gigabyte , MSI , Intel , Biostar , Elitegroup , ASRock .
Modelini aniqlash Ona plataning o rnatilgan modelini ʻ DMI orqali bilish mumkin. Linuxda dmidecode utilitasi orqali, Windowsda — SIW yoki AIDA64 orqali bilib olish mumkin. Quvvat saqlash texnologiyasi „Zangori“ texnologilarga katta e tibor ko p ona plata ishlab chiqaruvchi ʼ ʻ kompaniyalarni yangi masalarni yechishga undadi. Mobil kompyuterlarning ona platasi Mobil kompyuterlarning ( noutbuk ) ona platasi stol kompyuterlarining ona platasidan ancha farq qiladi va ularda ko p qurilmalar o rnatilgan bo ladi. Masalan, ʻ ʻ ʻ (videokarta), oddiy kompyuterlarda ona plataga o rnatiladi. Bu, o z navbatida, ʻ ʻ noutbuklarning oz quvvat ishlatishga va xajmini kichikligini ta minlaydi. ʼ ONA plata Biz «Tizim platasi» deb nomlayotgan qurilmamiz o‘sha siz bilgan «ona plata» yoki «materinskaya plata» dir. Qurilmaga nisbatan «ona» iborasini ishlatish biroz noqulay bo‘lgani uchun biz uni «tizim platasi» deb nomladik. Inglizchada bu qurilma «Motherboard» yoki «Mainboard» deb ataladi. Tizim bloki ochib ko‘rilsa, uning yon devoriga vertikal ravishda mahkamlab qo‘yilgan kattaroq elektron sxemaga ko‘zingiz tushadi. Mana shu «tizim platasi» hisoblanadi. Tizim platasi aynan nima ish bajaradi, qanday vazifalari bor, bularni bilish uchun avval tizim bloki (keys)ning ichida qanday qurilmalar borligini va ular nima ish qilishini qisqacha aytib o‘tamiz. 1) Ozuqa bloki («blok pitaniya»). Ma’lumki, kompyuterning barcha qurilmalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Lekin, elektr manbalaridan olinadigan elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter qurilmalariga ulab bo‘lmaydi. Buning uchun avval elektr toki va kuchlanishini biroz pasaytirish, uni qayta ishlash kerak bo‘ladi. Ozuqa bloki aynan shu ishni amalga oshiradi. Agar u ishdan chiqsa, kompyuterning birorta qurilmasi ishlay olmaydi. Shuning uchun kompyuter yig‘dirayotganimizda quvvati kattaroq bo‘lgan ozuqa bloki olish kerak bo‘ladi.
2) Tezkor xotira (RAM, DDR). Jurnalimizda bu haqda batafsil ma’lumot berib o‘tgan edik, shunday bo‘lsa ham yana bir marta aytib o‘tamiz. Kompyuterning ishlashi jarayonida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak bo‘ladi. Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa qurilmalar singari, elektron sxema ko‘rinishida tayyorlangan. 3) Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan barcha audio, video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo‘lgan qattiq metall yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o‘zidan-o‘zi tushib qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, blutusdan, Internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo. 4) Protsessor (CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan «aloqada bo‘lib turadi». Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 5) Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo‘lgan qo‘zg‘almas yoki harakatli, ikki o‘lchamli (2D) yoki uch o‘lchamli (3D) rang-tasvirlarning hisob-kitobini qiladi. Videokarta haqidagi maqolamizda aytib o‘tganimizdek, u kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy yordamchi vazifasini o‘taydi. 6) Modem. Agar kompyuterdan Internetga mavjud telefon tarmog‘i yoki liniyalari orqali ulanmoqchi bo‘lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o‘rtasidagi bo‘glanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi. 7) DVD (CD) ROM. DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu disklarni DVD disk yurituvchiga qo‘yish lozim. U lazer nuri yordamida diskka «o‘yib» yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga «o‘qib, tushuntirib beradi». 8) BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, unga kompyuter «ishlab keta olishi» uchun yetarli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar, sana, vaqt yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kompyuterni o‘chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning uchun
tangaga o‘xshash yordamchi batareyka o‘rnatilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan qurilmalar tizim blokining ichida joylashgan bo‘ladi. Endi, ba’zi qurilmalar borki, ularsiz ham ish bitmaydi. Masalan, klaviatura – uning yordamida ma’lumot va buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha – u monitordagi belgilarni oson «tanlash» uchun yordam beradi. Monitor (displey, ekran) – uni eng asosiy qurilmalardan desak ham bo‘ladi. Axir kompyuterda bajarilayotgan ishlarni qayerdandir bilib turishimiz kerak-ku, shundaymi? Yoki o‘yin o‘ynaymiz, kino ko‘ramiz, matn teramiz. Monitor bo‘lmasa, bu ishlarni deyarli bajarib bo‘lmaydi (aslida, monitorsiz ham kompyuterda ishlash mumkin, faqat professional bo‘lish lozim ?). Demak, kompyuterning yaxshi va samarali faoliyati bir nechta qurilmalarning birgalikdagi ishlashidan hosil bo‘lar ekan. Xo‘sh, bu qurilmalar bir-biriga qanday ulanadi? Tasavvur qiling, sanab o‘tgan o‘nta qurilmamiz bir-biriga simlar yordamida, chuvalashtirib ulab qo‘yilgan bo‘lsa, bu juda qo‘pol ko‘ringan bo‘lardi. Informatika ustozingizdan so‘rab ko‘ring, avvalgi kompyuterlar qanday bo‘lgan ekan? Haqiqatan ham ilk kompyuterlar juda ham beso‘naqay (naq bitta xonadek keladigan) bo‘lgan. U qurilmalar bir-biri bilan tashqaridan ko‘rinib turadigan simlar va kabellar bilan ulab qo‘yilgan. Bugungi zamonaviy kompyuterlarda qurilmalar aynan tizim platasi orqali bir-biriga ulanadi. Yaxshilab nazar solinsa, ko‘rish mumkinki, plataning usti va tag tarafida son-sanoqsiz elektr «yo‘llar» chizilgan. Aynan mana shu chizilgan yo‘llar qurilmalarni bir-biri bilan bog‘lab beradi. Biz chiziq, yo‘l deb atayotganimiz aslida sim, kabel hisoblanadi. Faqat ular elektr sxema ko‘rinishida ixcham qilib plastmassa taglikka mis yoki kumush eritmasidan chizilgan bo‘ladi. Har bir qurilmaning o‘zi ulanadigan joyi bo‘ladi. Doimiy xotira (HDD) ATA yoki SATA kabellar orqali tizim platasining chekkasidagi portga ulanadi. CD yoki DVD disklarni o‘quvchi qurilmalar ham xuddi doimiy xotira singari ATA yoki SATA kabellar orqali tizim platasiga ulanadi. Tezkor xotira (DDR) «slot» deb ataladigan joyga kirgizib, qisib qo‘yiladi. Ba’zi tizim platalarida 2 ta, ba’zilarida 4 tagacha tezkor xotira qurilmasini joylashtirish mumkin bo‘lgan slotlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Protsessor (CPU) uchun alohida to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi, mayda teshikchalari bo‘lgan maxsus joy