Anketa orqali so’rov o’tkazish.


Mavzu:Anketa orqali s o’ rov o’tkazish. Mundarija I I.Kirish ....................................................................................................................... 2 II.Asosiy qism. ........................................................................................................... 3 1.So’rovlar o’kazish.Anketa orqali so’rov. ............................................................... 3 2.Anketa orqali so’rov o’tkazish usullar ................................................................... 8 3.Anketa metodining yutuq va kamchiliklari. ......................................................... 16 Xulosa ...................................................................................................................... 23 Foydalanigan dabiyotlar: ......................................................................................... 24
I.Kirish So’zning keng ma’nosida so’rov intervyuni ham, anketa o’tkazishni ham qamrab oladi. Tor ma’noda esa “so’rov” atamasi faqat og’zaki suhbatni nazarda tutadi, shuning uchun intervyuning bir nechta turi bilan cheklanadi. Anketa o’tkazish bunga kirmaydi. Metodika sohasida tanilgan mutaxassislar Dj. Mangeym va R. Rich so’rovning to’rtta asosiy turini taklif qiladilar: yuzma-yuz intervyu olish, telefon orqali intervyu olish, posta orqali anketa o’tkazish va matbuot orqali so’rov o’tkazish. Bu tasnifnomada so’rov keng talqin etilgani yaqqol ko’rinib turibdi, ammo u yakuniga yetkazilmagan: an’anaviy (yakka tartibli va guruhli) anketa o’tkazish tilga olinmagan. Anketa o’tkazish o’z holicha mavjud, ammo u faqat pochta va matbuot orqali anketa shaklida xolos. Shunday qilib, qo’llanilayotgan atamalar xususida mutaxassislar yakdil fikrga ega emas. Umuman olganda ham, so’zning keng ma’nosidagi talqin to’g’rimi yo tor ma’nosidagisimi, aytish qiyin. Har ikkalasini to’g’ri deyish mumkin. Mualliflar ham keng, ham tor ma’nodagi talqinga asoslanishga haqli, ammo ular ulardan birini tanladilarmi, oxirigacha unga sodiq qolishlari kerak. Har ikkala talqin ham bir vaqtda qo’llanilganda chalkashliklar yuzaga keladi. Mazkur ish mualliflari esa so’rovni keng ma’noda talqin etadilar.
II.Asosiy qism. 1.So’rovlar o’kazish.Anketa orqali so’rov. So’rov – bu axborot olishning sosiologik usuli bo’lib, unda odamlarga (ularni respontdentlar deb atashadi) yozma yoki og’zaki shaklda maxsus tanlab olingan savollar beriladi va ularga javob berish so’raladi. Bu sosiologik tadqiqotning eng keng tarqalgan turi va shu bilan bir vaqtda, dastlabki axborotni to’plashning eng keng qo’llaniladigan usulidir. Ommaviy yoki xususiy tafakkur, ijtimoiy yoki shaxslararo munosabatlarning mazmun xususiyatlari o’rganilayotgan so’rovdan yaxshisi yo’q, chunki ularni bevosita kuzatish juda qiyin yoki hattoki umuman mumkin emas. Tashqi kuzatuvdan yashiringan voqyea-hodisalar faqat muayyan sharoitlar va vaziyatlardagina o’zini namoyon qilishlari mumkin. Sotsiolog mutaxassis o’rganilayotgan muammo bo’yicha hujjatli manbalar yetarli bo’lmasa yoki bunday manbalar umuman yo’q bo’lsa surovnoma usullariga murojaat etadi. Ommaviy yoki xususiy tafakkur, ijtimoiy yoki shaxslararo munosabatlarning mazmun xususiyatlari o’rganilayotgan so’rovdan yaxshisi yo’q, chunki ularni bevosita kuzatish juda qiyin yoki hattoki umuman buning ilojisi yo’q. Ijtimoiy fikrning ahvoli va uning rivojlanish darajasi, ijtimoiy-psixologik omillar o’rganilayotganda ham so’rovdan foydalaniladi. Uning yordamida insonlarning ehtiyojlari, qiziqishlari, motivasiyasi, kayfiyatlari, qadriyatlari, e’tiqodi haqida axborot olinadi. Bunday vaziyatlarda so’rovvoma usuli empirik ma’lumotlarni olishning asosiy, ba’zida esa yagona usuli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, so’rovdan nazorat (qo’shimcha) usuli sifatida, ya’ni o’rganilayotgan tavsiflarni bayon qilish va tahlil etish, shuningdek boshqa usullar orqali olingan ma’lumotlarni tekshirib ko’rish uchun foydalniladi. So’rovda, birinchidan, tadqiqotchilar ma’lum bir sondagi kishilarga yozma yoki og’zaki savollar bilan murojaat qiladilar, bu savollar mazmuni ular o’rganayotgan muammoga empirik indikatorlar darajasida bog’liq. Ikkinchidan, olingan javoblar qayd etiladi va ularga statistik ishlov beriladi hamda nazariy talqin etiladi . 1 1 Research methodology, methods and techniques. C. R. Cothari. India. 2004. Page 299
So’rovning maqsadi – odamlarga savollar berib, ularning fikri, maqsadlari va xulq-atvorini to’g’ri baholashdan iborat. Bu yerda tadqiqot muvaffaqiyati uning sifatiga ham bog’liq: yaxshi savollar (to’g’ri tuzilgan savollar) to’g’ri javoblarga sabab bo’ladi; noto’g’ri qo’yilgan savollar esa odamni chalg’itadi va natijada ishonchli bo’lmagan, noaniq javoblarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchi savollarni tuzayotganda ikki xil ma’noli, noaniq yoki yo’naltiruvchi ta’riflarga yo’l qo’ymasligi va munosib lug’atdan foydalanishi darkor. Bu yerda e’tiborsizlik savollarning nomukammal tuzilishiga olib keladi, bu esa respondentlarning g’ashiga tegishi yoki ular uchun haqoratli bo’lishi, oxir-oqibat esa tadqiqotchini mazmun-mantiqdan yiroq ma’lumotlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, so’rov – bu axborotni tizimli tarzda yig’ish bo’lib, u respondentlarga beriladigan savollarga javoblardan olinadi. Biz “tizimli” so’zini ajratib ko’rsatganimiz bejiz emas: bu shuni anglatadiki, natijalarni imkon boricha faqatgina aniq emas, balki namunaviy shaklga keltirish, shuningedk ularning ishonchliligi va to’g’riligiga statistik baho berishni ularga nisbatan qo’llash imkoniga ega bo’lish uchun barcha choralar ko’riladi. So’rov tadqiqotchilarning o’zining universalligi tufayli hamda axborot olishning asosiy kanali sifatida jalb qiladi. Chunki faqat so’rov orqali odamlarning ichki intilishlari haqidagi bilimlarning eng asosiy manbasi bo’lishi mumkin (ammo, ishonchli va to’g’ri ma’lumotlarni olish uchun yaxshilab harakat qilish kerak). Faqat so’rov ko’zga ko’rinmas narsani (fikrlarimiz, niyatlarimiz, fikrlarimizni) ko’zga ko’rinarli holga keltiradi (bayonnomalar, foizli taqsimotlar va nihoyat, ilmiy dalillar bilan). Sotsiolog mutaxassis uchun zarur axborotning katta qismi insonning subyektiv holatida yashiringan bo’lib, bu uning xulq-atvorida aks etmasligi mumkin, ushning uchun ham ilmiy kuzatuv predmeti bo’la olmaydi. Odamlar juda ko’p narsani begonalardan yashiradilar, o’z fikrlarini hatto qog’ozga ham ishonmaydilar. Demak, hujjatlarni, aytaylik, memuarlar yoki kundaliklarni tahlil qilish ancha ko’p cheklovlarga ega, chunki muallif ko’pincha o’z