logo

ANTIK DAVR HUQUQ FALSAFASI Dike va nomos adolat asoslarini izlab

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

70.478515625 KB
ANTIK DAVR HUQUQ FALSAFASI  Dike va nomos adolat asoslarini izlab
1. Antik davrda falsafiy va huquqiy qarashlarning paydo bo'lishi va 
rivojlanishi (Qadimgi Yunon va Rim).
2. O’rta asrlar falsafiy va huquqiy tafakkurning xususiyatlari.
3. Uyg’onish davrii falsafiy va huquqiy fikrlari rivojlanishi.
4. Yangi davr va ma'rifat davri huquq falsafiy qarashlari.
5. XX asr huquq falsafasining asosiy xususiyatlari.
6. Pozitivizmning zamonaviy o'zgarishi. Neopozitivizm.
7. XX asrning qayta tiklangan tabiiy huquqi haqidagi kontseptsiya. Tabiiy
huquq haqidagi zamonaviy kontseptsiyalar. «Homer   Yunonistoni»   davridayoq   (miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning
oxiri)   Homernin g   «Iliada»   va   «Odisseya»   dostonlarida   (milloddan   avvalgi   VIII
asr) tasvirlangan ellinlar, jumladan, dike (haqiqat, adolat), temis (yoki femis  -  odat,
odat   huquqi),   time   (or-nomus,   faxriy   huquq   -da’vo),   nomos   (qonun)   kabi
tushunchalarni   ishlatishgan.   O’z   tabiatiga   ko’ra   ilohiy   bo’lgan   adolat   huquqiy
holatning obyektiv asosi va mezoni sifatida namoyon bo’lgan.
Gesiod   (miloddan   avvalgi   VII   asr)   adolat   va   qonunning   ildizlari   hamda
asoslari yagonaligini o’zining «Teogoniya» va «Mehnatlar va kunlar» dostonlarida
quyidagicha tasvirlagan: Adolat (Dike) va Ezgu qonunchilik (Evnomiya) Olimpiya
oliy xudosi Zevs va odil sudlov xudosi Femidaning qizlari bo’lgan ikki opa-singil
ma’budalardir.  Gesiod  talqinidagi  adolat   ham   Homer  asarlaridagi  kabi   kuchga  va
zo’ravonlikka   qarshi   qo’yilgan.   Dike   Oliy   xudo   (barcha   ilohiy   mukammallikning
timsoli)   Zevsning   va   (abadiy,   tabiiy   tartibning   ramzi)   Femidaning   qizi   sifatida
ilohiy adolatni muhofaza qilgan va undan chekinganlarni jazolagan.
Olamlar   axloqining   buzilishi   va   ilohiy   adolatli   yo’l-yo’riqlardan   chekinish,
Gesiodning   so’zlari   bo’yicha   («Mehnatlar   va   kunlar»,   174-193),   «haqiqatning
o’rnini musht egallashiga», «kuch qayerda bo’lsa, haqiqat o’sha yerda bo’lishiga»
olib   kelgan.   Bunday   o’rin   egallashni   Gesiod   huquq   va   adolat   to’g’risidagi
tasavvurlarning soxtalashtirilishi sifatida qoralagan.
Ernst   Kassirer   Gesiodning   huquqiy   g’oyalarini   tavsiflab   bunday   deb
yozgan   edi:   «Epos   eng   avvalo   huquq   g’oyasi   tufayli   yangi   qiyofaga   ega   bo’ldi.
Huquq   g’oyasi   eposga   yangicha     hayot   baxsh   etdi.   U   eposga   Homerda   mavjud
bo’lmagan tarzdagi shaxsiy tus berdi».
Adolat va huquqning o’zaro aloqasi to’g’risidagi tasavvur keyinchalik «yetti
donishmand»   ijodida rivojlantirilgan. Ularning barcha ish va harakatda muayyan
«o’lchov» hamda «o’rtachalik»ka rioya qilish zarurligi haqidagi qarashlari va qisqa
hikmatlari   (hikmatli   she’riy   so’zlari)   kishilarning   xulq-atvorini   tartibga   soluvchi
normalarning   obyektiv   tabiati   to’g’risidagi   rasional-nazariy   tasavvurlarni
chuqurlashtirish   borasida   ancha   qiziqish   uyg’otadi.   Masalan:   «O’rta   yo’l   eng
yaxshi yo’l» (Kleobul), «Hyech narsa me’yoridan ortiq bo’lmasligi kerak» (Solon), «Boshqalar   qilganda   sen   tanbeh   beradigan   ishni   o’zing   qilma»   (Fales)   kabi
hikmatli so’zlar keng yoyilgan edi.
Solon   o’zining qonunlari bilan (miloddan avvalgi 594 y.) qarzli qulchilikni
yo’q   qilgan,   Afinada   zodagonlar   va   demosning,   boylar   va   kambag’allarning
murosasi   g’oyasi   bilan   sug’orilgan   mo’tadil   senzli   demokratiyani   joriy   etgan.
Solon o’z elegiyalarida «kuchni huquq bilan qovushtirib, qonun hokimiyati» bilan
isloh qilganligini, barchaga «to’g’ri haqiqat»ni ko’rsatganligini va «oddiy odamga
zodagon bilan teng» qonunlarni berganligini qayd etgan.
Pifagor  va uning izdoshlari (miloddan avvalgi  asrlar) odamlarning turmushi
isloh   qilinishi   hamda   falsafaning   huquq   va   erkinlik   to’g’risidagi   xulosalariga
muvofiqlashtirilishi   kerakligi   haqidagi   tasavvurlarni   rivojlantirgan.   Ular   «adolat
boshqalarga   teng   ajr   (savob)   berilishidan   iborat»dir,   deyishgan 3
.   Ushbu   ta’rif
o’zida   qadimgi   talion   prinsipi   (« qonga   qon,   jonga   jon»)   ning   falsafiy
abstraksiyasi va talqinini ifodalagan edi.
Pifagorcha qarashlarning teranligi va yangiligi shunda ediki, «zarur mezon»
va  «mutanosiblik»   tushunchalari   ostida   ular   ma’lum   (o’z   tabiatiga   ko’ra   raqamli)
muvozanatni,   ya’ni   qandaydir   tenglashtirishni,   xullas,   tenglikni   nazarda   tutgan
edilar. Huquqiy  tenglik  g’oyasini   shakllantirish  jarayonida  bu muhim   ahamiyatga
ega bo’lgan. 
Geraklit   (miloddan   avvalgi   530-470   yillar   atrofida)   tomonidan   polis
qonunlarini   obyektiv   umumjahon   qonuniyatlari   bilan   izohlashning   chuqur
konsepsiyasi  rivojlantirilgan. Adolat, qonun va boshqalar - umuman olam, koinot
haqidagi («tartibga solingan olami», «jahon tartibi» kabi) bilimlarning bir qismidir.
Geraklitga   ko’ra,   koinot   taqdiri   o’zgaruvchan   olov   o’lchovi   bilan   bog’liqligi   -
umumiy qonuniyat, jahondagi barcha voqyealar asosida yotuvchi abadiy logosdir.
Jahondagi   barcha   narsa   mana   shu   logosga   muvofiq,   kurash   orqali   va   zaruriyatga
ko’ra   sodir   bo’ladi.   Adolat   umumiy   ilohiy   logosga   amal   qilishdan   iboratdir.
Logossiz   odamlarda   adolat   (dike)   to’g’risidagi   tasavvurning   o’zi   bo’lmas   edi.
«Agar bu bo’lmaganda edi, ular Haqiqatning nomidan ham bexabar bo’lur edilar»
(V 23). Huquqning   obyektiv-aqliy   tabiati   va   mohiyati   to’g’risidagi   keyingi   barcha
konsepsiyalar   Geraklitning   haqiqat   va   adolat   to’g’risidaga   o’zgarib   turadigan
insoniy   tasavvurlarning   obyekiv   (ilohiy-kosmik)   asosi   bo’lmish   aql   haqidagi,
nomos (qonun)ning asosi bo’lmish logos to’g’risidagi g’oyalariga borib taqaladi.
 Demokrit.
Demokritga (miloddan avvalgi 470-366 yillar atrofida) ko’ra, polis va uning
qonunlari   odamlarning   poda   bo’lib   yashashdan   sivilizasiyali   turmushga   tabiiy,
sababiy-bog’lanishli   shartlangan   evolyusiyasi   jarayonida   ular   tomonidan
belgilangan   sun’iy,   insoniy   tuzilmalarni   o’zida   ifodalaydi 3
.   Tabiiylik   va
sun’iylikning   nisbati   -   bu   «haqiqat   bo’yicha»   (ya’ni   tabiatga   ko’ra,   haqiqiy
voqyelik   bo’yicha)   mavjudning   hamda   faqat   «umumiy   fikr»ga   muvofiq   mavjud
bo’lganning nisbatidir.
Demokrit   tabiatga   monandlikni   etika,   siyosat,   qonunchilikdagi   adolat
mezoni   sifatida   baholangan.   «Nimaiki   adolatli   deb   hisoblansa,   -   deb   qayd   etgan
Demokrit,   -   adolatli   emas:   tabiatga   zid   narsa   adolatsizlikdir».   Demokrit   polis
tartiblari   va   qonunlarini   mohiyatan   mana   shu   tabiiy-huquqiy   nuqtai   nazardan
tanqid   qilgan,   chunki   ular   faqat   «umumiy   fikr»ni   ifodalaydi,   biroq   tabiatdan
ayrichadir.   «Qonunlarning   ko’rsatmalari,   -   deb   yozgan   Demokrit,   -   sun’iydir.
Tabiatga ko’ra atomlar va bo’shliq mavjuddir». Demokrit tabiiy va sun’iyni mana
shu   tarzda   bir-biriga   zid   qo’yish   orqali   «qonunlar   -   ahmoqona   ixtirodir»,   degan,
shu   sababli   «donishmand   qonunlarga   bo’ysunmasligi,   erkin   yashashi   kerak».   Bu
o’rinda   «erkin   yashash»   odamlarning   «umumiy   fikri»ga   va   ular   tomonidan   hosil
qilingan shartli va sun’iy ko’rsatmalarga bog’liq bo’lmagan holda «tabiatga ko’ra»,
tabiat «haqiqati bo’yicha» yashashni anglatgan.
 Sofistlar
Tabiiy   va   sun’iyni   farqlash   sofistlarning   (miloddan   avvalgi   V-IV   asrlar)
polis qonunlari haqidagi ta’limotiga asoslanadi.
Inson   «barcha   ashyolarning   o’lchovi»   degan   mashhur   ta’rif   sofist
Protagorga   (miloddan   avvalgi   481-411   yillar)   tegishlidir   (Platon.   Teetet,   152a).
Protagorga   ko’ra,   polislar   va   qonunlar   tabiat   tomonidan   berilmagan,   balki donishmandlarcha   qilingan   kashfiyotdir.   Tabiiy   va   sun’iyni,   ularning   nisbatini
farqlash,   Protagor   talqiniga   ko’ra,   insonning   sun’iy   narsa   (polis,   qonunlar)   -
«ashyolar»   (ashyolar   tabiati)ni   bilib   olishi   mahsuli,   «ashyolar   mezoni»   insoniy
tushunchasining   ifodalanishidir.   Bunda   u   demokratik   nuqtai   nazardan   bunday
bilish   polisning   barcha   a’zolari   uchun   xos   ekanligini   ta’kidlagan.   Polis   a’zolari
birgalikdagi   polis   hayoti   uchun   zarur   bo’lgan   insoniy   saxovatlar   (adolat,
mulohazakorlik va diyonat)ga bir xil darajada dahldordir.
Sofist   Gorgiy   (miloddan   avvalgi   483-375   yillar)   «yozilgan   qonunlarni,
adolatning   ushbu   muhofizlarini»   inson   madaniyatining   muhim   yutuqlari   qatoriga
kiritgan.   Yozilgan   qonun   -   mahorat   bilan   qilingan   insoniy   kashfiyot,   ya’ni
qandaydir   sun’iy   narsa.   Gorgiy   yozilmagan   «adolat»ni   «yozilgan   qonun»dan
farqlagan,   uni   qadriga   ko’ra   polis   qonunidan   yuqori   qo’ygan   hamda   «ishning
mohiyati», «ilohiy va umumiy qonun» deb ta’riflagan.
Sofist   Gippiy   (miloddan   avvalgi   460-400   yillar)   tabiat   (fyusis)   va   qonun
(nomos)ni   aniq-tiniq   qilib   bir-biriga   zid   qo’ygan.   Gippiy   har   xil   polislar   fuqarosi
bo’lgan ellinlik o’z tinglovchilariga qarata bunday degan: «Ey bu yerda yig’ilgan
odamlar! Men sizlarning barchangizning qonun bo’yicha emas, tabiatan qarindosh,
quda-anda   hamda   bir   xil   fuqaro   deb   hisoblayman:   chunki   bunday   qarindoshlik
tabiatga   xosdir,   qonun   esa   odamlar   ustidan   hukmronlik   qilib,   ko’p   narsalarga
majbur etadi, bu tabiatga ziddir» (Platon, Protagor, 337). U tabiatning talabi (tabiat
bo’yicha   huquq)   deganda   «har   bir   mamlakatda   bir   xilda   ijro   etiladigan»
(Ksenofont,   Voslominaniya   o   Sokrate,   IV,   IV,   19)   yozilmagan   qonunlarni
tushungan.
Sofist   Antifont   (miloddan   avvalgi   400   yillar   atrofida)   barcha   odamlarning
tabiatan   tengligi   to’g’risidagi   qoidani   asoslagan:   «Hammamiz   -   varvarlar   ham,
ellinlar   ham   barcha   munosabatlarda   tabiatan   bir   xilda   tengmiz.   (Bu   o’rinda)
tabiatga   ko’ra   barcha   odamlarning   ehtiyoji   bir   xilda   ekanligiga   e’tiborni   qaratish
joizdir».
Antifont   polis   qonunlarini   va   tabiat   amrini   farqlab,   ikkinchisiga   aniq
ustunlikni ravo ko’rgan, «Qonunga ko’ra - adolatli (deb e’tirof etiladigan) ko’plab narsalar   (ko’rsatmalar),   -   deb   aytgan   u,   -   inson   (tabiatiga)   dushmandir.   Chunki
qonunlarning ko’rsatmalari o’zboshimchalik bilan (sun’iy) chiqarilgan, tabiat (amri
esa)   zarurdir.   Va   (boz   ustiga)   qonunlarning   ko’rsatmalari   o’zidan   o’zi   paydo
bo’lgan   (tabiatning   mahsuli)   emas,   balki   (odamlarning)   bitishuvi   (kelishuvi)
natijasidir;   tabiat   amri   esa   bitim   (odamlarning   o’zaro)   kelishuvi   mahsuli   emas,
balki o’zidan o’zi paydo bo’ladi (asli tug’ma)».
Sofist   Kallikl   tabiiy huquqning aristokratik konsepsiyasini rivojlantirgan va
polis   qonunlarini   shu   nuqtai   nazardan   tanqid   qilgan.   «Menimcha,   -   degan   u,   -
qonunlarni   ko’pchilik   emas,   balki   eng   ojizlar   o’rnatadi.   Ular   ham   maqtov,   ham
tanbehlarni   yog’dirib,   qonunlarni   o’zi   uchun   va   o’z   foydasini   ko’zlab
belgilaydilar»   (Platon,   Gorgiy,   483-b.)   Ko’pchilikni   tashkil   etuvchilar   o’z
pastkashliklari   tufayli   barcha   uchun   teng   bo’lgan   ulush   bilan   kifoyalanadilar.
Tabiat   qonuniga   ko’ra   esa,   deb   ta’kidlagan   u,   hamma   joyda   (hayvonlar,   odamlar
orasida,   davlatlar   va   xalqlarda)   adolat   kuchli   kuchsizga   buyurishidan   va   ojizdan
yuqori turishidan iboratdir.
Sofist   Likofron   polisni odamlarning birgalikda yashash to’g’risidagi o’zaro
shartnomasi natijasi  sifatida talqin kilingan. «Ha, bunday holda qonun ham  oddiy
shartnoma   bo’lib   chiqadi   yoki,   sofist   Likofron   aytganidek,   shunchaki   shaxsiy
huquqlar   kafolatidir,   fuqarolarni   ezgu   va   adolatli   qilishga   esa   u   qodir   bo’lmay
qoladi» (Aristotel, Politika, 111,5,11,1280a,33).
Gorgiyning shogirdi  Eleylik Alkidam  (miloddan avvalgi IV asrning birinchi
yarmi)   odamlar   tabiatan   tengligi   to’g’risidagi   fikrni   rivojlantirgan.   Quyidagi
mashhur   so’zlar   unga   tegishli   deb   hisoblanadi:   «Xudo   barchani   erkin   qilib
yaratgan, tabiat esa hyech kimni qul qilib yaratmagan».
 Suqrot
Suqrotnnng  (miloddan avvalgi 469-399 yillar) polis va uning qonunlarining
obyektiv   axloqiy   tabiati   to’g’risidagi   falsafiy   ta’limoti   asosida   «adolat   va   boshqa
har   qanday   egzulik   bilimdir»,   degan   rasionalistik   tasavvur   yotadi   (Ksenofont,
Vospominaniya o Sokrate, Sh,1X,5). Yozilmagan   ilohiy   qonunlar   ham,   insonlar   tomonidan   yozilgan   qonunlar
ham,   Suqrotga   ko’ra,   ayni   bir   xil   adolatni   nazarda   tutadi.   U   o’zining   adolat
to’g’risidagi ta’limoti mazmunini sofist Gippiyga quyidagicha tushuntirgan: «Men
shaxsan  adolatsizlikni  istamaslik adolatning yetarlicha isboti  bo’lib xizmat qiladi,
degan fikrdaman. Agar sen bunga qanoat qilmasang, u holda, senga quyidagi fikr
ma’qul   keladimi:   ta’kidlaymanki,   nimaiki   qonuniy   bo’lsa,   u   adolatlidir»
(Ksenofont,   Vospominaniya   o   Sokrate,   IV,   IV,   12).   Suqrot   «inson   uchun   ham,
davlat   uchun   ham   go’zal   va   ulug’vor   boylik   bo’lgan»   polis   erkinligi
mavjudligining   o’zini   oqilona   va   adolatli   qonunlar   hukmronligi   bilan   bog’lagan
(Ksenofont,  Vospominaniya o Sokrate, GV,V,2).
Suqrot   axloqiy   va   huquqiy   muammolarni   muhokama   qilishni   mantiqiy
definisiyalar   va   tushunchalar   darajasiga   ko’targan,   bu   bilan   mazkur   sohada
nazariy   tadqiqotlarga   asos   solgan.   Bu   jihatdan   Platon   va   Aritotel   Suqrotning
umumfalsafiy   va   falsafiy-huquqiy   yutuqlarining   to’g’ridan-to’g’ri   davomchilari
bo’lganlar.
 Platon
Platon   (miloddan   avvalgi   427-347   yillar)   falsafasida   «Haqiqiy   borliq   -   bu
qandaydir aql bilan anglanadigan va tanasiz g’oyalardir»  (Platon,  Sofist, 246’).
G’oya  -  obraz  va uning  birlamchi   asosi  hamda  prinsipini  belgilab  beruvchi
ashyo mohiyatidir. G’oyalar olami - ashyolar va hodisalar olamining mazmun hosil
qiluvchi jihatidir. Hodisalar va munosabatlarni (masalan, polis hayoti, qonunlar va
boshqalarni)   dunyoviy   olamga   xos   bo’lgan   oqilona   haqiqiy   borliqqa   va   ilohiy
birlamchi   namunaga   muvofiq   bo’lgan)   tartibga   solish   haqida   gap   borgan   joyda
g’oya   nafaqat   hodisalar   olamining   ontologik   asosi   va   birlamchi   sababi,   balki   uni
tashkil   etishning   amal   qilinadigan   prinsipi,   andozasi   va   namunasi   (paradigma)
sifatida ham namoyon bo’ladi.
Ideal   davlat   va   oqilona,   adolatli   qonunlar   Platon   tomonidan   g’oyalarning
amalga   oshirilishi   va   g’oyalar   olamining   dunyoviy,   siyosiy   va   huquqiy   hayotda
eng ko’p ifodalanishi sifatida talqin qilingan. Adolat g’oya hamda polis va uning qonunlarining mohiyati sifatida   har
bir   ibtido   (har   bir   tabaqa   va   davlatning   har   bir   a’zosi)   o’z   ishi   bilan
shug’ullanishidan  va   o’zgalarning  ishiga   aralashmasligidan   iboratdir.  Platon  ideal
davlatdagi adolatni tavsiflab bunday deb yozgan: «Har bir kishining o’z ishi bilan
shug’ullanishi adolatli ish bo’lur edi»; «adolat har kimning o’z ishi bo’lishidan va
o’z   ishini   bajarishidan   iboratdir»   (Gosudarstvo,   433b,ye).   Adolat   «hyech   kim
o’zganing molini egallab olmasligini va o’z molidan mahrum bo’lmasligini» talab
etadi (Gosudarstvo, 433ye).
Adolatning  (dikaiosyne)   va  huquqning  (dikaion)   ushbu  tavsifi  va   xossalari,
tabiiy   huquqni 2
  polis   huquqidan   farqlagan   holda,   platoncha   tushunishning
ma’nosini   aniqlab   beradi.   Biroq   Platon   tabiiy   huquqning   va   polis   qonunining
ushbu tafovutini Suqrot singari ularni bir-biriga zid qo’yish va bir-biridan ajratish
ma’nosida   emas,   balki   polis   qonunlarining   obyektiv   (pirovard   natijada   -   ilohiy,
oqilona, ideal) ildizlarini ochib berish uchun talqin qilgan.
Platonga   ko’ra,   adolat   «zarur   me’yor»ni,   muayyan   tenglikni   taqozo   etadi.
Bunda   u   (Suqrotga   havola   qilgan   holda)   tenglikning   ikki   turini:   «geometrik
tenglik»   (qadr-qimmat   va   xayrixohlik   tengligi)   va   «arifmetik   tenglik»   («o’lchov,
tarozi   va   son   tengligi»)ni   farqlagan.   Platon   bunday   farqlashning   mazmunini
izohlab,   «agar   zarur   darajadagi   o’lchovga   rioya   qilinmaganda,   teng   bo’lmaganlar
uchun   teng   teng   bo’lmagan   bo’lur   edi»,   deb   qayd   etgan   (Zakonы,   757a).
«Geometrik   tenglik»   -   bu   eng   haqiqiy   va   eng   yaxshi   tenglikdir:   «u   tabiatiga
yarasha in’om etib, kattaga katta, kichikka kichik e’tibor beradi» (Zakonы, 757,s).
Polis va qonunlarning o’zaro aloqasi hamda birligi Platonning butun siyosiy
falsafasining   muhim   prinsipi   hisoblanadi.   «Men,   -   deb   yozgan   Platon,   -   qonun
kuchga   ega   bo’lmagan   va   kimningdir   hokimiyati   ostida   bo’lgan   davlatning
halokati  yaqinligini  ko’raman. Qonun hukmdorlar  ustidan  hoqon, hukmdorlar  esa
uning   quli   bo’lgan   joyda   men   davlat   qutqariladi   hamda   xudolar   davlat   orqali
barcha narsani in’om etadi, deb hisoblayman» (Zakonы, 715d). Platon   tomonidan   «Qonunlar»da   qayd   etilgan   davlat   aynan   hukmdorlarga
ham   qonunlar   yozib   berilgan   davlatga   tegishlidir   -   bu   qonunlar   «aqlni   aniqlab
olishdir» (Zakonы, 713ye).
Platon   ilohiy   va   mo’jizaviy   qonun   (nomos)   va   aql   (noys)ning   bir   xilda
jaranglashi   bejiz   emas,   deb   hisoblab,   qonunlar   to’g’risidagi   fanni   juda   yuksakka
qo’ygan.   «Chunki   barcha   fanlar   ichida,   -   deb   qayd   etgan   Platon,   -   qonunlar
to’g’risidagi   fan   insonni   barchasidan   ko’proq   kamolga   yetkazadi»   (Zakonы,   957
s).   Shu   munosabat   bilan   u   huquq   to’g’risidagi   asarlarni   o’rganishni   qatiyat   bilan
tavsiya qilgan.
 Aristotel
Aristotel   (miloddan   avvalgi   384-322   yillar)   siyosat   to’g’risidagi   fanni   har
tomonlama ishlab chiqishga uringan. Bu fan, shuningdek, siyosiy  adolat  shakllari
sifatida huquq va qonun to’g’risidagi ta’limotni ham o’z ichiga olgan edi.
Aristotel   (Etika,   V,   §-2)   bunday   deb   yozgan:   «Shunday   qilib,   «adolat»
tushunchasi   ayni   bir   vaqtning   o’zida   qonuniylikni   ham,   teng   o’lchovlilikni   ham,
adolatsizlik esa -qonunga zidlik va tengsizlikni (odamlarga nisbatan) anglatadi». U
adolatni muayyan  teng o’lchovlilik sifatida tahlil etish jarayonida taqsimlovchi
adolatni va tenglashtiruvchi adolatni farqlaydi.
Taqsimlovchi   adolat   -   bu   hokimiyatni,   izzat-ikromni,   to’lovlarni   va
hokazolarni «munosib» taqsimlashda adolatning namoyon bo’lishidir (Etika, V, §-
6).   Tenglashtiruvchi   adolat   almashuv   sohasida   amal   qiladi   va   «almashuv
mavzusini   tashkil   etganni   tenglashtirishda   namoyon   bo’ladi»   (Etika,   V,   §-5).
Adolatning ushbu turi fuqarolik-huquqiy bitishuvlarida, zararni qoplashda, jazo va
jinoyatda qo’llaniladi.
Siyosiy   adolat,   Aristotelga   ko’ra,   faqat   erkin   hamda   teng   odamlar
o’rtasida   bo’lishi   mumkin   va   o’zida   hokimiyatning   siyosiy   hamda   huquqiy
shakllari bo’lmagan despotizmdan farqli ravishda hukm yuritishning siyosiy shakli
prinsipini ifodalaydi.
Aristotel   siyosiy   adolatni   siyosiy   huquq   sifatida   talqin   qilib,   bunday
tushuntirgan:   «Biz   tomonimizdan   izlangan   tushuncha   umuman   adolatdan   ham, shuningdek   siyosiy   alodatdan   (huquqdan)   ham   iborat   ekanligi   e’tiborimizdan
chetda   qolmasliga   kerak.   Siyosiy   adolat   bir   jamoaga   tegishli   bo’lgan   va   maqsadi
ularning  o’zidan  o’zi  qoniqishi  bo’lib, boz  ustiga  teng va  erkin kishilar,  mazmun
yoki   mutanosiblik,   yoxud   umuman   soniga   ko’ra   teng   odamlar   o’rtasida   mavjud
bo’ladi.   Bunday   munosabatda   bo’lmagan   odamlar   bir-birlariga   nisbatan   siyosiy
adolatta (huquqqa) ega bo’lmaydilar, biroq oldingi ko’rinishiga o’xshashligi uchun
shunday   deb   ataladigan   birmuncha   adolatga   ega   bo’ladilar.   Bunday   odamlar
huquqqa ega bo’ladilar, ular uchun ularning munosabatini belgilab beruvchi qonun
mavjud;   qonun   esa   jinoyatni   nazarda   tutadi,   sud   -   haqiqat   va   haqiqatsizlikning
taqsimlanishini nazarda tutadi» (Etika, V, §-10).
Aristotel   huquqni   umuman   siyosiy   hodisa   sifatida   «siyosiy   huquq»   deb
atagan.   Bu,   jumladan,   umuman   muomalaning,   ijtimoiy   tuzilishning   va
boshqaruvning   nosiyosiy   (despotik)   shakllarida   huquqning   mavjud   emasligini
anglatadi.   Ham   tabiiy,   ham   shartli   (odamlar   tomonidan   o’rnatilgan,   hukm   bilan
belgilangan)   huquq   -   siyosiy   hodisa   bo’lib,   siyosiy   tusga   ega.   «Siyosiy   huquqqa
kelganda esa, -deb yozgan Aristotel (Etika, V, §-10), - u tabiiyning, shartlining bir
qismidir.   Tabiiy   huquq   -   hamma   joyda   bir   xil   ahamiyatga   ega   va   uning   e’tirof
etilishi   yoki   e’tirof   etilmasligiga   bog’liq   emas.   Shartli   huquq,   dastavval,   jiddiy
tafovutsiz   shunday   yoki   boshqacha   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   huquq,   biroq   unga
ta’rif berilgan ekan (ushbu tafovut to’xtatiladi) va tutqunni bir minaga sotib olish
hamda  ikki   qo’y  o’rniga  bir   echkini  qurbon qilish  orasida  farq  bor.  Ayrim   yakka
hollar   uchun   tavsiya   etiladigan,   masalan,   Brazidga   qurbonlik   qilishga   tegishli
bo’lgan   qonun-qoidalar,   ovoz   berish   yo’li   bilan   kuchga   ega   bo’ladigan   qonun-
qoidalar   shu   jumlaga   kiradi».   Shartli   (insoniy)   huquq,   «garchi   eng   yaxshi   narsa
tabiatan   yagona   bo’lsa   ham»,   siyosiy   tuzilma   shakli   singari   hamma   joyda   bir   xil
emas (Etika, V, §-10).
Siyosiy   huquqning   Aristotel   tabiiy   huquqning   bir   qismi   deb   ataydigan
qismi 1
,   eng   avvalo,   siyosiy,   insonning   siyosiy   tabiatiga   muqobil   bo’lgani   uchun
tabiiydir   va   bundan   kelib   chiquvchi   insoniy   munosabatlardagi   siyosiy   adolat
to’g’risidagi   talablar   va   tasavvurlarni   ifodalaydi.   Qonunning   siyosiy   adolatga, huquqqa   muvofiqligi   uning   siyosiy   fazilatining   muhim   jihati   hisoblanadi.   «Har
qanday   qonun,   -   deb   yozgan   u   (Politika,   I,   2,18,1255a,19),   -   o’z   asosiga   ko’ra
o’ziga   xos   huquqni   nazarda   tutadi».   Qonunning   adolatsizligi   hokimiyat   siyosiy
shaklining   despotik   zo’ravonlikka   tomon   og’ishini   ifodalaydi.   «Nafaqat   huquq
bo’yicha, balki huquqqa zid ravishda hukmronlik qilish, - deb ta’kidlagan Aristotel
(Politika,   VII,   2,4,1324v,11),   -   qonunning   ishi   bo’lishi   kerak   emas;   zo’rlik   bilan
bo’ysundirishga   qaratilgan   intilish,   albatta,   huquq   g’oyasiga   ziddir».   Aristotel
ta’limotida   ochib   berilgan,   despotizmga   qarshi   qo’yiladigan   siyosiy   va   huquqiy
shakllar halada hodisalarning prinsip jihatidan umumiyligi uning davlatni huquqiy
tushunishidan   va   talqin   qilishidan   dalolat   beradi.   Siyosiy   boshqaruv   -   bu,
Aristotelning   fikricha,   odamlar   boshqaruvi   emas,   qonunlar   boshqaruvidir.   Bunda
gap   siyosiy   adolat,   ya’ni   tabiiy   huquq   talablarini   ifodalovchi   oqilona   qonunlar
haqida bormoqda.
 Epikur
Epikur   (miloddan   avvalgi   341-270   yillar)   falsafasida   huquq   va   davlat
odamlar   o’rtasidaga   ularning   umumiy   foydasi   va   o’zaro   xavfsizligi   to’g’risidaga
tabiat   (tabiiy   huquq)   talablariga   muvofiq   keladigan   shartnoma   natijasi   sifatida
talqin qilinadi.  «Tabiatdan kelib chiquvchi adolat, - deb yozgan edi u, - bir-biriga
ziyon   yetkazmaslik   va   ziyon   topmaslik   maqsadidagi   foydalilik   haqidagi
shartnomadir».   U   adolatning   shartnomaviy   xususiyatini   quyidagacha   izohlagan:
«Adolat asli biron-bir narsa emas, biroq odamlarning qanday joyda bo’lmasin bir-
birlari   bilan   aloqalarida   hamma   vaqt   ziyon   yetkazmaslik   va   ziyon   ko’rmaslik
to’g’risida   qandaydir   shartnoma   mavjud...   Umuman   adolat   hamma   uchun   bir   xil,
chunki u odamlarning bir-birlari bilan aloqasidagi foydali narsadir» 4
.
Har   bir   joy   va   vaqt   uchun   o’zining   «adolat   to’g’risidagi   tabiiy   tasavvuri» 5
mavjud,   biroq   ushbu   o’zgarib   turuvchi   tasavvurlar   uchun   bu   tasavvurlarning
barchasi   foyda   to’g’risidagi   umumiy   kelishuvning   ifodachisi   ekanligi   umumiy
holat   hisoblanadi,   «Adolatli   deb   e’tirof   etilgan   hatti-harakatlar   jumlasidan,-   deb
qayd   etgan   Epikur,   -   foydaliligi   odamlarning   o’zaro   muomalaga   bo’lgan   ehtiyoji
bilan   tasdiqlanadigani,   ushbu   o’zaro   muomala   hamma   uchun   bir   narsa   yoki   bir narsa emasligidan qat’iy nazar, adolat garovidir. Agar kimki qonun chiqarsa, biroq
u  odamlarning  o’zaro  muomalasi  uchun   foydali  bo’lib  chiqmasa,  unda   adolatlilik
tabiati   bo’lmaydi.   Hatto   agar   adolatda   mavjud   bo’lgan   foydalilik   o’zgarsa
(yo’qolsa), biroq birmuncha vaqt mobaynida adolat to’g’risidagi tabiiy tasavvurga
muvofiq   bo’lib   tursa,   u   holda   o’sha   vaqt   mobaynida   o’zini   befoyda   tovushlar
(so’zlar)   bilan   uyaltirmay,   faktlarga   qaraydiganlar   ko’z   o’ngida   uning   adolatliligi
aslo kamaymaydi».
Shunday  qilib,  Epikur   ta’limotida   «qonun  bilan  nisbatda  «adolat»  -  (joy,
vaqt   va   holatga   bog’liq   ravishda)   o’zgaruvchan   tabiiy   huquqdir.   O’zaro
muomaladagi   o’zgaruvchan   umumiy   foyda   mana   shudir.   Adolatga   muvofiq
bo’lgan   qonunlar   «donishmandlar»ni   «olomondan   to’sish   va   himoya   qilish
vositasi   sifatida,   individning   erkinligi,   xavfsizligi   va   avtonomiyasining   ommaviy
kafolati   sifatida   namoyon   bo’ladi.   «Qonunlar,   -   degan   Epikur,   -   donishmandlar
uchun ular yomonlik qilmasliklari uchun emas, balki ularga yomonlik qilinmasligi
uchun chiqarilgan» 2
.
Davlat  va huquqning Epikurcha shartnomaviy talqini shartnomaviy jamiyat
a’zolarining   tengligi,   erkinligi   va   mustaqilligini   nazarda   tutadi   hamda   aslida
tarixan   liberalizm   va   liberal   individualizmnnng   birinchi   falsafiy-huquqiy
konsepsiyasi  hisoblanadi.
Stoiklar
Qadimgi   yunon   va   qadimgi   rim   stoiklari   hammabop   tabiiy   huquqning
umuman fatalistik konsepsiyasi  har xil variantlarini rivojlantirganlar.
Taqdir   boshqaruvchi   va   hukmron   asos   (hegemonikon)   sifatida   -   bu,
stoiklarga   ko’ra,   ayni   vaqtda   «olam   aqli   yoki   bashorat   boshqaradigan   olamdagi
butun  borliqning  qonuni,  yoxud   aql   bo’lib,  unga   binoan   voqyea   bo’lgan   -   bo’ldi,
bo’layotgan   -bo’ladi   va  kelgusi   -   qaror   topadi» 1
.  Bunda   taqdir   ayni   vaqtda   ilohiy
xususiyat   va   ma’no   tashuvchi   «tabiiy   qonun»   («umumiy   qonun»)   sifatida
namoyon   bo’ladi.   Stoisizmning   asoschisi   Zenonga   muvofiq,   «tabiiy   qonun
ilohiydir   va   to’g’ri   ish   qilishga   buyuruvchi   va   uning   ziddini   taqiqlovchi   kuchga
egadir» 2
. Stoisizmning   asosiy   tabiiy-huquqiy   talabi   tabiat   bilan   inoqlikda,   olamning
tabiiy   (umumiy)   qonuni   talablariga   muvofiq   yashashdan   iborat.   Shu   munosabat
bilan   stoik   Xrisipp   bunday   deb   yozgan   edi:   «Shu   sababli   (oliy)   maqsad   -   tabiat
bilan inoqlikda - umumiy qonun tomonidan taqiqlanadigan hyech bir ishni qilmay,
balki   barcha   narsaga   kirib   boruvchi   to’g’ri   qonun   bilan   o’z   tabiatiga   va   umumiy
tabiatga   muvofiq   yashash;   u   butun   borliqning   yaratuvchisi   va   boshqaruvchisi
Zevsga ham xosdir».
Yunon   stoiklari   Zenon   va   Xrisipp   davlat   to’g’risidagi   asarlarida,   ularning
izidan   rimlik   izdoshlari   ( Seneka,   Mark   Avreliy,   Epiktet )   tabiiy   huquqning
universal   xususiyatta   ega   ekanligi   to’g’risidagi   tasavvurlarga   (va   tegishlicha   -
tabiat bo’yicha adolatga) tayanib, barcha odamlar (o’z tabiatiga ko’ra va umuman
olam   qonuni   bo’yicha)   -   yagona   jahon   davlatining   fuqarolari   ekanligi   va   inson
olamning fuqarosi ekanligi to’g’risidagi  kosmopolitik g’oyalarga  asos solganlar.
«Stoiklar maktabiga asos solgan Zenon ifodalab bergan boshqaruv shaklida,
-   deb   yozgan   edi   Plutarx   stoiklarning   ushbu   g’oyasi   munosabati   bilan,   -   biz
shaharlar   va   muzofotlarda   istiqomat   qilishimiz   va   o’zimizning   alohida
qonunlarimiz   hamda   qoidalarimiz   bilan   farq   qilishimiz   emas,   balki   barcha
kishilarni   o’z   birodarlarimiz   deb   qarashimiz,   olam   yagona   bo’lgani   singari   hayot
ham bitta deb qaralishi juda hayron qolarlidir. Bu umumiy qonunga ko’ra umumiy
yaylovda boqiladigan podaga o’xshaydi».
  Stoiklarning   tabiiy-huquqiy   tasavvurlariga   ko’ra   qulchilikni   oqlab
bo’lmaydi, chunki u umumiy qonunga va odamlarning birodarligiga ziddir.
Senekaga   ko’ra,   Olam   -   o’zining   tabiiy   huquqlariga   ega   bo’lgan   tabiiy
davlatdir.   Uni   e’tirof   etish   zaruriy   va   oqilona   ishdir.   Tabiat   qonuniga   muvofiq,
buni   ular   tan   oladimi   -   yo’qmi,   bundan   qat’iy   nazar,   barcha   odamlar   ushbu
davlatning a’zolaridir. Alohida davlat tuzilmalari va ularning qonunlariga kelganda
esa, ular tasodifiydir va butun insoniyat qavmi uchun emas, balki cheklangan sonli
odamlar   uchun   ahamiyatlidir.   «Biz,   -   deb   yozgan   edi   Seneka,   -   o’z   xayolimizda
ikki davlatni tasavvur qilishimiz kerak: ulardan biri xudo va odamlarni o’z ichiga
oladi;   bu   davlatda   bizning   nazarimiz   yerning   u   yoki   bu   burchagi   bilan cheklanmagan,   biz   o’z   davlatimiz   chegarasini   quyoshning   harakati   bilan
o’lchaymiz;   boshqa   davlat   -   bu   bizni   tasodifiy   ravishda   ro’yxatdan   o’tkazib
qo’ygan   davlatdir.   Bu   ikkinchi   davlat   Afina   yohud   Karfagen   yoki   boshqa   biror
shahar bilan bog’langan bo’lishi mumkin; u barcha odamlarga emas, balki ularning
muayyan   guruhiga   tegishlidir.   Shunday   odamlar   borki,   bir   vaqtning   o’zida   katta
davlatga   ham,   kichik   davlatga   ham   xizmat   qiladi,   shundaylar   borki,   faqat   katta
davlatga   xizmat   qiladi,   ba’zilar   esa   faqat   kichik   davlatga   xizmat   qiladi» 1
.  Seneka
konsepsiyasiga   muvofiq,   «katta   davlat»   axloqiy   qimmatli   va   shak-shubhasiz
hisoblanadi.
Seneka   tabiiy   huquq   to’g’risida   barcha   uchun   umumiy   majburiy   va   teng
dunyoviy   qonun   sifatidagi   tasavvurdan   kelib   chiqib,   barcha   odamlarning,   shu
jumladan   qullarning   ma’naviy   erkinligi   va   tengligi   g’oyasini   stoiklar   ichida   eng
izchil ravishda himoya qilgan.
«O’ziga   ravo   ko’rmaganni   boshqaga   ham   ravo   ko’rma»,   degan   tabiiy-huquqiy
prinsipni  himoya qilgan  Epiktet  shunga o’xshash tasavvurni rivojlantirgan 2
.
Stoik   Mark   Avreliy   Antonin   (161-180   yillarda   Rim   imperatori   bo’lgan)
«qonunlari   barcha   uchun   teng   bo’lgan,   barchaning   tengligi   va   teng   huquqliligiga
muvofiq   boshqariladigan   hamda   tabaaning   erkinligini   hamma   narsadan   ortiq
ulug’lagan podsholik davlati» to’g’risidagi tasavvurni rivojlantirgan.
 Siseron
Siseronning   (miloddan   avvalgi   106-43   yillar)   huquq,   qonun,   davlat
to’g’risidagi falsafiy ta’limoti tabiiy huquq nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan.
Siseronga ko’ra, huquq asosida tabiatga xos bo’lgan  adolat  yotadi. U  tabiiy
huquqqa   bunday   keng   ta’rif   bergan:   «Haqiqiy   qonun   -   bu   tabiatga   muvofiq
bo’lgan,   barcha   odamlarga   taalluqli,   doimiy,   abadiy   bo’lgan,   buyruq   bergan,
taqiqlagan   holda   burchni   ado   etishga   chaqiruvchi,   qo’rqitgan   holda   jinoyatdan
qaytaruvchi oqilona qonundir, biroq bu qonun zarur bo’lmaganda halol odamlarga
hyech   nimani   buyurmaydi   va   taqiqlamaydi   hamda   vijdonsiz   odamlarga   biror
narsani   buyurib   yoki   taqiqlab   ta’sir   ko’rsatmaydi.   Bunday   qonunni   to’liq   yoki
qisman   bekor   qilishni   taklif   etish   -   kufrdir;   uning   amal   qilishini   biror   darajada cheklashga   yo’l   qo’yilmaydi;   uni   to’liq   bekor   qilish   mumkin   emas   va   biz   na
senatning   qarori   bilan,   na   xalqning   qarori   bilan   ushbu   qonundan   ozod   bo’la
olmaymiz» (O gosudarstve, III,XXII,33).
Ushbu «haqqoniy qonun» - hamma joyda va hamma vaqt bir xildir va «bitta
azal-abad   va   o’zgarmas   qonun   istalgan   vaqtda   barcha   xalqlarga   yoyiladi,   boz
ustiga   barcha   odamlarning   bamisoli   ustozi   va   yo’lboshchisi,   ya’ni   qonunning
yaratuvchisi,   hakami,   muallifi   bo’lgan   umumiy   bitta   xudodir»   (O   gosudarstve,
III,XXII,33).
Siseron  adolatning  ma’nosi va mohiyatini «u har kimga ravo ko’rilganni ato
etishida   va   ular   o’rtasida   tenglikni   saqlab   qolishida»   ko’rgan   (O   gosudarstve,
III,VII,10).   Adolat   boshqalarga   zarar   yetkazmaslikni   va   o’zgalarning   mulkini
buzmaslikni  talab etadi. «Adolatning birinchi  talabi, -deb yozgan u, - adolatsizlik
tufayli   nayrang   qilinmasa,   u   hyech   kim   hyech   kimga   ziyon   yetkazmasligidan
iborat, so’ngra, barcha umumiy mulkdan umumiy mulk sifatida, xususiy mulkdan
o’z mulki sifatida foydalanishidan iboratdir» (Ob obyazannostyax, 1,20).
Tabiiy   huquq   (oliy,   haqiqiy   qonun),   Siseronga   ko’ra,   «har   qanday   yozma
qonundan oldin, aniqrog’i, umuman davlatga asos solinganidan ilgari» (O zakonax,
II,19)   paydo   bo’lgan.   Davlatning   o’zi   (umumiy   huquq-tartibot   sifatida)
qonunlari bilan birgaliqda tabiatan adolat va huquq bo’lgan narsaning ifodalanishi
hisoblanadi.
Huquq   odamlarning   qarori   bilan   emas,   balki   tabiat   tomonidan   o’rnatiladi.
«Agar   huquq   xalqlarning   hohishi,   ilg’or   odamlarning   qarorlari,   sudyalarning
hukmlari   bilan   o’rnatilganda,   -   deb   yozgan   Siseron,   -   ushbu   olomonning   ovoz
berishi   yoki   qarori   bilan   ma’qullanishi   mumkin   bo’lganda,   bosqinchilik   huquqi,
zinokorlik huquqi, soxta vasiyatlar tahdim etish huquqi mavjud bo’lgan bo’lur edi»
(O zakonax, I,13).
Insoniy   qonunlarning   tabiatga   (va   tabiiy   huquqqa)   muvofiqligi   yoki
nomuvofiqligi   ularning   adolatliligi   yoki   adolatsizligi   mezoni   sifatida   namoyon
bo’ladi. Siseron, jumladan, miloddan avvalgi 404-403 yillarda Afinada hukmronlik
qilgan   o’ttiz   mustabid   qonunlarini   hamda   Sullaga   rimlik   fuqarolarga   nisbatan cheksiz   vakolatlar,   shu   jumladan   tirik   qoldirish   va   o’ldirish   huquqini   bergan
miloddan   avvalgi   82   yildagi   Rim   Qonunini   adolat   va   huquqqa   zid   bo’lgan
qonunlar   misoli   sifatida   qayd   etgan.   Siseronning   so’zlariga   qaraganda,   bunga
o’xshash   adolatsiz   qonunlar,   ko’plab   boshqa   «xalqlarning   halokatli   qarorlari»
singari,   «qaroqchilarning   umumiy   roziligi   bilan   qabul   qilingan   qarordan   boshqa
narsa bo’lmagan qonun, deb atalishga loyiqdir» (O zakonax, II,13).
 Rim huquqshunoslari
Huquq to’g’risidagi ta’limot bilan bir qatorda davlat to’g’risidagi ta’limotni
ham   o’z   ichiga   oladigan   mustaqil   fan   -   huquqshunoslik   (yurisprudensiya)ning
yaratilishi qadimgi rim huquqiy tafakkurining salmoqli yutug’idir.
Shu   munosabat   bilan   huquqning   ommaviy   va   xususiy   huquqqa   bo’linishi
muhim   ahamiyatta   ega   bo’lgan.   Ulpianga   muvofiq   (D.1.1.1.3.)   ommaviy   huquq
«Rim   davlati   qoidasiga   tegishlidir»,   xususiy   huquq   esa,   «alohida   shaxslar
foydasiga»   tegishlidir.   Xususiy   huquq,   o’z   navbatida,   quyidagi   uch   qismni   o’z
ichiga   olgan:   tabiiy   huquq   (ius   naturae,   ius   naturale),   xalqlar   huquqi   (ius
gentium) va  sivil huquq  (ius civile).
Tabiatning   huquq   nuqtai   nazaridan   barcha   ahamiyatli   ko’rsatmalari   tabiiy
huquqqa   tegishli edi. Ulpian (D. 1.1.1.3.) bunday deb yozgandi: «Tabiiy huquq -
bu   tabiat   barcha   jonli   narsaga   o’rgatgan   huquqdir:   chunki   bu   huquq   faqat   inson
qavmiga   emas,   balki   yerda   va   dengizda   tug’iladigan   barcha   hayvonlarga   hamda
parrandalarga   ham   xosdir».   Ulpian   (o’sha   joyda)   tabiiy   huquq   institutlariga,
jumladan,   nikoh   va   bolalar   tarbiyasini   ham   kiritgan,   «hayvonlar,   hatto   yovvoyi
hayvonlar ham ushbu huquq to’g’risidagi bilimlarga ega» ekanligini qayd etgan.
Xalqlar   huquqini   rim   huquqshunoslari   insoniyat   foydalanadigan   huquq
sifatida tushunganlar. Uning tabiiy huquqdan farqini oson tushunib olish mumkin.
Tabiiy huquq barcha hayvonlar uchun umumiy bo’lgan huquq, xalqlar huquqi esa -
odamlar   uchun   (ularning)   o’zaro   munosabatlarida)   amalda   bo’lgan   huquqdir
(Ulpian   -D.1.1.1.4.).   Shunday   qilib,   xalqlar   huquqi   Ulpian   tomonidan   tabiiy
huquqning bir qismi sifatida talqin qilingan. Xususiy   huquqning   bir   qismi   bo’lgan   sivil   huquq   deganda   aslida   Rim
huquqi tushunilgan. «Sivil huquq, - deb izohlagan Ulpian (D.1.1.6.), - tabiiy huquq
yoki   xalqlar   huquqidan   tamomila   ajratilmaydi   va   barcha   narsada   unga   amal
qilavermaydi;   agar   biz   umumiy   huquqqa   nimadir   qo’shsak   yoki   undan   nimanidir
chiqarib   tashlasak,   biz   o’z   huquqimizni,   ya’ni   sivil   huquqni   yaratamiz.   Bizning
ushbu huquqimiz yozilgan yoki yozilmagan (huquqdan) iboratdir».
Rim   huquqshunoslarining   huquqni   tushunishiga   muvofiq,   tabiiy   huquq
adolat   talabini   ifodalaydi   va   huquq   umuman   adolatlidir,   degan   asos   g’oyani
ifodalaydi.   «Huquq»   so’zi,   -   deb   yozgandi   huquqshunos   Pavel,   -   bir   necha
ma’nolarda   ko’llaniladi:   birinchidan,   «huquq»   adolatli   va   ezgu   bo’lgan   narsani
anglatadi   -   tabiiy   huquq   shundaydir»   (D.1.1.11).   «Tabiiy   huquqqa   ko’ra   barcha
erkin bo’lib tug’iladi» (Ulpian - D.1.1.4,). Qulchilik va qulchiliqdan ozod bo’lish
hamda   odamlarni   erkin   odamlarga,   qullarga   va   ozod   qilingan   odamlarga   ajratish,
rim   huquqshunoslari   talqiniga   muvofiq,   xalqlar   huquqi   bo’yicha   joriy   etilgan
(D.1.1.4.).
Huquqni   adolat   va   ezgulik   sifatida   tavsiflash   miloddan   avvalgi   I   asrdagi
mashhur   huquqshunos   Selsga   borib   taqaladi.   Shu   munosabat   bilan   Ulpian
(D.1.1.1.) bunday deb yozgan edi: «Huquq bilan shug’ullanuvchilar dastlab huquq
atamasi   qayerdan   kelganligini   aniqlashlari   zarur.   U   adolatga   (iustitia)   borib
taqaladi:   chunki   Sels   nazokat   bilan   ta’riflaganidek,     ius   est   ars   boni   et   aequi
(«huquq   ezgulik   va   tenglik   san’atidir»).   Adolatli   va   adolatsiz   huquq   o’rtasidagi
qarama-qarshilik Rim huquqshunosligida  aequum ius (muqobil teng huquq)ni  ius
iniquumga (muqobil bo’lmagan, teng bo’lmagan huquqqa) qarama-qarshi  qo’yish
yo’li bilan ifodalanadi.
Huquqiy   adolat   prinsipi   bo’lgan   Aye quitas   pozitiv   huquq   normalarini
talqin   qilishda   rahbariy   g’oya   rolini   bajargan   va   ko’p   hollarda,   aslida,   amaldagi
huquq normalariga qo’shimcha bo’lgan, pozitiv huquqdagi bo’shliqni to’ldirgan.
O’RTA ASRLAR HUQUQ FALSAFASI
 Foma Akvinskny Foma   Akvinskiy   (1226-1274   yillar)   xristian   teologiyasi   nuqtai   nazaridan
original falsafiy-huquqiy konsepsiya ishlab chiqqan. Hozirgi davrga qadar ta’sirga
ega bo’lgan   tomizm   (yangilangan ko’rinishda   neotomizm)   g’oyaviy oqimi  uning
nomi   bilan   bog’liqdir.   Uning   falsafiy-huquqiy   qarashlari   «Teologiya   majmui»,
«Hukmdorlarning   boshqaruvi   to’g’risida»   traktatlarida   hamda   Aristotelning
«Siyosat» va «Axloq» asarlariga yozilgan sharhlarda bayon qilingan.
Uning  qonun   va  qonun   ostidagi   huquq  nisbati   konsepsiyasida   eng  umumiy
ko’rinishda   kimningdir   u   orqali   harakatga   keltiriladigan   yoki   bundan
tiyiltiriladigan   hatti-harakatlarning   ma’lum   qoida   va   o’lchovi   nazarda   tutiladi.   U
qonunni   aniqroq   qilib   quyidagi   tarzda   ta’riflagan:   «Qonun   jamiyatga   vasiylik
qiladiganlar tomonidan e’lon qilingan umumiy manfaatta xizmat qiladigan aqlning
mashhur nizomnomasidir» (Sum teologii, Iq 90).
Foma qonunlarni quyidagicha tavsiflagan: 
1) abadiy qonun (lyex aeterna);
2) tabiiy qonun (1yex naturalis);
3) insoniy qonun (1yex humana);
4) ilohiy qonun (1yex divina).
Abadiy   qonun   olam   targ’ibotining   umumiy   qonunidan   iborat.   U   hodisalar
va   koinotni   (shu   jumladan   tabiiy   va   ijtimoiy   jarayonlarni)   umumiy   aloqa   bilan
boshqaradigan   va   uning   muayyan   maqsadga   qaratilgan   rivojlanishini
ta’minlaydigan oliy umumdunyoviy yo’naltiruvchi asos, absolyut qoida va prinsip
sifatida ilohiy aqlni ifodalaydi.
Abadiy   qonun   umumiy   qonun   sifatida   birmuncha   xususiyroq   tusga   ega
bo’lgan   boshqa   barcha   qonunlarning   manbai   hisoblanadi.   Tabiiy   qonun   ushbu
qonunning   bevosita   namoyon   bo’lishidir.   Ushbu   qonunga   muvofiq   xudo
tomonidan yaratilgan butun tabiat va tabiiy mavjudotlar (shu jumladan inson ham),
o’zlariga   xos   bo’lgan   tug’ma   xossalariga   ko’ra,   o’z   tabiatlari   qoidalari   (ya’ni
qonun) bilan belgilab berilgan va taqozo etilgan maqsadni amalga oshirish yo’lida
harakat qiladi. Alohida   mavjudot   sifatida   xudo   tomonidan   qalb   va   aql   (aql-idrok   va
bilishning   tug’ma,   tabiiy   ziyosi   bilan)   ato   etilgan   inson   uchun   tabiiy   qonunning
mazmuni shundaki, insonga  ezgulik va yovuzlikni  farqlash qobiliyati tabiatan ato
etilgan,   u   maqsad   sifatidagi   ezgulikni   amalga   oshirishga   qaratilgan   ezgulikka
aloqador va erkin irodaviy sa’y-harakatlarga moyildir. Bu insonning amaliy xulq-
atvori   sohasida   (ezgulik   urug’ini   sochish,   yovuzlikdan   qochishni   talab   etuvchi
amaliy aql   sohasida)  insonning  tug’ma mayllari,   (o’zini  o’zi  saqlashga,   nikohga
va   farzandni   dunyoga   keltirishga,   jamoa   bo’lib   yashashga,   xudoni   tanishga,
har   bir   kishining   qadr-qimmatini   hurmat   qilishga   va   boshqalarga   qaratilgan)
instinktlari   va   hamda   intilishlari,   tufayli   insoniy   o’zaro   munosabatdar   tabiiy
ravishda belgilab beruvchi qoidalar va mayllar amal qilishini anglatadi.
Foma  talqinida   insoniy  qonun   -  bu  uning  buzilishiga   qarshi   majburiy  jazo
bilan   ta’minlangan   ijobiy   qonundir.   Kamolga   yetgan   va   yaxshi   fazilatli   odamlar,
deb qayd etgan u, insoniy qonunga ehtiyoj sezmasliklari mumkin, ular uchun tabiiy
qonun   ham   yetarlidir.   Biroq   yomon   xulqli   hamda   ishontirish   va   nasihat   bilan
yaxshi   yo’lga   yetaklab   bo’lmaydigan   odamlarni   zararsizlantirish   uchun   jazolash
bilan tahlil qilish va majburlash zarur.
Foma   ta’limotiga   muvofiq   faqat   tabiiy   qonunga   (insonning   jismoniy   va
axloqiy   tabiati   mayllariga)   muvofiq   keluvchi   ijtimoiy   nizomnomalar   insoniy
(ijobiy) qonun hisoblanadi, aks holda ushbu nizomnomalar qonun emas, balki faqat
qonunni buzish va undan chetga chiqishdir.  Adolatli insoniy (pozitiv) qonunning
adolatsiz qonundan farqi  shu bilan bog’liq.
Foma   adolatsiz   qonunning   ikki   turini   farqlagan.   Birinchi   turga   kiruvchi
adolatsiz   qonunlar   (ularda   qonunning   biron-bir   majburiy   belgilari   mavjud
bo’lmaydi,   masalan,   umumiy   manfaat   o’rniga   qonun   chiqaruvchining   xususiy
manfaati   mavjud   bo’ladi,   u   o’z   vakolatlarini   oshirib   yuborishi   mumkin   va
boshqalar),   ularga   rioya   qilinishi,   garchi   ular   tabaa   uchun   majburiy   bo’lmasa
ham, umumiy xotirjamlik va qonunga rioya qilmaslikni hohlamaslikni yoyish joiz
emasligidan kelib chiqib  taqiqlanmaydi. Tabiiy   va   ilohiy   qonunlarga   zid   bo’lgan   qonunlar   adolatsiz   qonunlarning
ikkinchi   turiga   kiradi.   Bunday   qonunlar   majburiy   emasligidan   tashqari,   ularga
rioya qilinmasligi va ular ijro etilmasligi ham  kerak.
Ilohiy   qonun   deganda   odamlarga   ilohiy   (Tavrot   va   Injilda)   in’om   etilgan
qonun (istig’for qoidalari) nazarda tutiladi.
Foma   qonunlarga   bergan   o’z   talqinini   huquq   to’g’risidagi   ta’limot   bilan
to’ldirgan.
Huquq   ( ius )   -   bu,   Fomaga   muvofiq,   insonning   jamoa   bo’lib   yashashida
ilohiy adolatning (iustitia) amal qilishidir. Adolat  - har kimning o’ziniki bo’lgan,
o’ziga   tegishln   ajrdan   iborat   bo’lgan   axloqiy   savob   ishlardan   biridir.   Foma
Ulpianning   izidan   borib,   adolatni   har   kimga   o’ziga   tegishini   berishdan   iborat
o’zgarmas   va   doimiy   xohish-iroda   sifatida   tavsiflagan.   U   Aristotelning
adolatning   ikki   turi   - tenglashtiruvchi   va   taqsimlovchi   turlari   to’g’risidagi
ta’limotini ham ma’qullagan.
Shunga muvofiq huquq (shuningdek haqiqiy va adolatli deb tushuniladigan
huquq)   Foma   tomonidan   tenglashtirishning   muayyan   usuli   tufayli   boshqa
odamga nisbatan tenglashtirilgan ma’lum harakat sifatida tavsiflanadi.
Ashyolarni   tabiatiga   ko’ra   baravarlashtirishda   so’z   tabiiy   huquq   (ius
nature ),   insonning   hohish-irodasi   bilan   tenglashtirish   -   sivil,   pozitiv   huquq   ( ius
civile )   haqida   boradi.   Insonning   hohish-irodasi   (yoki   insoniy   qonun)   bilan
belgilanadigan   huquqni   Foma,   shuningdek,   insoniy   huquq   (ius   humanum),   deb
atagan.
Umuman   olganda,   Fomaning   talqiniga   muvofiq,   insoniy   qonun   tabiiy
qonunga   va   ilohiy   qonunga   hamda   tabiiy   huquq   talablariga   moslashib,   pozitiv
(insoniy,   sivil)     huquqning   zarur   (qonuniy   va   haqiqiy)   manbai   sifatida   namoyon
bo’lishi mumkin.
O’ rta asrlar huquqshunoslari
Umumnazariy jihatdan o’rta asrlar huquqshunoslarining huquqni tushunishi
ko’p jihatdan Rim huquqshunosligi g’oyalari va qoidalari ta’siri ostida bo’lgan. Jumladan,   Paviya   maktabi   (X-XI   asrlar)   huquqshunoslari   aequitasni   har
qanday   huquqning   oliy   mezoni   sifatida   talqin   qilganlar.   «Aequitas   tushunchasi
bunda   ius   naturali   tushunchasi   bilan   aynanlashtirilgan   va   shunday   qilib,   bu   davr
huquqshunosligi   o’zining   umumiy   hamda   asosiy   yo’nalishiga   ko’ra   so’nggi   davr
tabiiy-huquqiy maktabining  o’tmishdoshi hisoblanadi».
Ushbu   yo’nalish   o’rniga   keyinchalik   (XI   asr   oxiri   -   XIII   asr   o’rtasida)
glossatorlar  (yoki ekzegetlar)  maktabi  kelgan. Ularning vakillari (Irneriy, Bulgar,
Ado va boshqalar), Rim huquqi manbalari, ayniqsa, Digest matnining o’zini (ya’ni
ekzegezasini, glossatorlik faoliyatini) talqin qilishga asosiy e’tiborni qaratishgan.
Glossatorlar pozitiv huquqni ishlab chiqishga, amaldagi qonunchilikni talqin
qilishning   yuridik-dogmatik   metodi ni   shakllantirish   va   rivojlantirishga   sezilarli
hissa   qo’shganlar.   Glossatorlar   adolat   (aequitas)   bilan   pozitiv   huquq   o’rtasidagi
nizoni   rasmiy   qonunchilik   foydasiga   hal   etganlar   va   shu   ma’noda   ular   Yevropa
o’rta asr legizmi boshida turgan qonunchilar bo’lganlar.
XIII-XV   asrlarda   huquqshunoslikda   ustun   mavqyeni   egallagan
postglossatorlar   (yoki   sharhlovchilar)   asosiy   e’tiborni   o’z   glosslarini
sharhlashga qaratganlar. Ushbu maktab vakillari (Ravanis, Lulliy, Bartolus, Baldus
va   boshqalar)   yana   tabiiy   huquq   g’oyalariga   hamda   rim   huquqshunoslari   va
boshqa   o’tmishdoshlarining   tegishli   ta’limotlariga   murojaat   qilganlar.   Bunda   ular
tabiiy huquqni ashyolar tabiatidan chiqarilgan abadiy, oqilona huquq sifatida talqin
qilishgan. Unga muvofiqlik pozitiv huquqning u yoki bu normalarini (qonunchilik
va oddiy huquq normalarini) e’tirof etish mezoni bo’lgan.
Ushbu maktabning taniqli vakili   Raymund Lulliy   (1234-1315 yillar) uning
bir   qancha   asosiy   qoidalarini   ta’riflab   bergan.   Lulliy   huquqqa   nisbatan   o’z
yondashuvi   usullarini   va   «yuridik   san’at»ni   o’zicha   tushunishini   bayon   qilib,
jumladan,   quyidagi   talablarni   ta’riflab   bergan:   geduserye   ius   natural   ad
syllogysmum   («tabiiy huquqni sillogizmga reduksiya qilish»);   «ius positivum ad
naturali   reducatur   et   cum   ipso   concordet»   («pozitiv   huquqni   tabiiy   huquqqa
reduksiya qilish va u bilan muvofiqlashtirish») Huquq   va   qonun   nisbatini   Lulliy   tabiiy   huquqning   pozitiv   huquqdan
ustunligini e’tirof  etish ular  o’rtasida moslik va muvofiqlikni izlash bilan qo’shib
olib   borilishi   kerakligi   shaklida   hal   ettan.   «Huquqshunos,   -   deb   yozgan   u,   -
yozilgan qonun adolatli yoki soxta ekanligini tadqiq etishi kerak. Basharti yozilgan
qonunni adolatli deb topsa, undan to’ g’ ri xulosalar chiqarishi kerak. Agar uni soxta
deb   topsa,   kattalarni   (ya’ni   qonun   chiqaruvchilarni)   isnodga   qoldirmaslik   uchun
uni koyimasligi va uni oshkor qilmasligi hamda undan foydalanmasligi kerak».
Tabiiy huquq prinsipatdan, hukmdorning hukmidan kuchliroq     (“potius est
ius naturale quam principatus”),  deb ta’kidlagan  Baldus  tabiiy va pozitiv huquq
nisbatining xususiyati to’g’risidagi shunga o’xshash qarashlarni rivojlantirgan 1
.
XVI   asr   boshidan   boshlab   huquqshunosliqda   postglossatorlarning   ta’siri
sezilarli   darajada   susaygan.   Bu   davrda   insonparvarlik   maktabi
(yurisprudensiyada insonparvarlik yo’nalishi) paydo bo’lgan. Ushbu yo’nalish XVI
asr   huquqshunoslari   (Budaus,   Alsiatus,   Saziy,   Kuyasiy,   Donell,   Duaren   va
boshqalar) uchun huquq - bu eng avvalo pozitiv huquq, qonunchilik bo’lgan. XVI
asr   huquqshunoslari   asosan   feodal   tarqoqlikka   qarshi   chiquvchi,   davlat
hokimiyatining   markazlashtirilishi,   yagona   dunyoviy   qonunchilik,   amaldagi
pozitiv   huquqni   kodekslashtirish   tarafdori   bo’lgan   legistlar   bo’lganlar.   Bunday
legizm   qirollarning   mutlaq   hokimiyatini   himoya   qilish   bilan   birga,   bir   qancha
huquqshunoslarning   ijodida   keng   ma’nodagi   qonuniylik   va   legizm   g’oyasinn
(umumiy   erkinlik,   barchaning   qonun   oldidagi   tengligi   g’oyasini,   krepostnoy
qaramlikning   huquqqa   zid   hodisa   sifatidagi   tanqidini   va   boshqalarni)   o’z   ichiga
olgan edi. Shu munosabat bilan, jumladan, «har bir kishi erkindir», deb ta’kidlagan
va   ushbu   g’oyani   o’zining   yuridik   qoidalari   va   fikr-mulohazalarida   amalga
oshirishga  intilgan taniqli   fransuz  huquqshunosi   Bomanuarnnng   aksilkrepostnoy
nuqtai nazari xarakterlidir.
Mazkur   yo’nalishdagi   huquqshunoslarning   e’tibori   pozitiv   huquqqa
jamlanishi   ayni   vaqtda   tabiiy-huquqiy   g’oyalar   va   tasavvurlar   to’liq   inkor   etilishi
bilan birga kechmagan. Jumladan,   Donell   tabiiy huquqni va xalqlar huquqini Rim huquqining   eng   yaxshi   qismi   sifatida   tavsiflagan   va   ularning   hammabop
ahamiyatini e’tirof etgan.
O’rta   asrlar   (tabiiy-huquqiy   va   legistik   ixtisosdagi)   huquqshunoslarining
huquqni   tushunish   konsepsiyasi   huquq   va   qonunning   farqlanishi   hamda   nisbati
muammosini ishlab chiqishni sezilarli chuqurlashtirgan va keyinchalik Yangi davr
huquq falsafasi hamda yuridik fani shakllanishi jarayonida salmoqli o’rin tutgan.
Shunday   qilib,   qadimgi   Rim   va   Yunon   huquq   falsafasi   o’zining   spesifik
xususiyatlariga   ega.   Huquq   falsafasi   bu   tarixiy   davrda   alohida   huquqiy   ta’limot
sifatida   shaklllangan   bo’lsada,   lekin   huquq   falsafasiga   oid   ularning   qarashlari,
mazkur   sohaning   takomillashishiga   va   rivojlanishiga   qo’shilgan   muhim   hissa
bo’ldi.   Huquq   va   falsafa   mushtarak   fanlar   bo’lib,   jamiyat   taraqqiyotining   muhim
omillaridan   biridir.   Qadimgi   Yunon   va   Rim   huquqiy-falsafiy   ta’limotlari   qonun,
huquq va davlat tushunchalarini ularning ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ko’rsatib,
cheksiz yuridik Kosmosni bilishga tashlangan muhim odimlardandir.
YaNGI DAVR HUQUQ FALSAFASI KONSEPSIYaLARI
  Gugo  Grosiy
Gugo   Grosiy   (1583-1645   yillar)   -   Yangi   davr   «yuridik   dunyoqarashi»ning
ilk ijodkorlaridan  biri.  U xalqaro  huquqning zamonaviy  ta’limoti   qaror  topishida,
huquq   va   davlatning   yangi   rasional   falsafasi   asoslari   shakllantirilishida   juda
ulkan hissa qo’shgan.
Grosiyning   butun   yondashuvi   asosida   huquqning   zarur   belgisi   sifatida
adolat   g’oyasi yotadi. «Negaki, - deb qayd etgan u, - huquq bu o’rinda adolatdan
boshqa   narsani   anglatmaydi,   boz   ustiga   tasdiqlovchi   ma’noda   emas,   balki   asosan
inkor   etuvchi   ma’noda   anglatadi,   chunki   adolatga   zid   bo’lmagan   narsa   huquqdir.
Adolatga esa aqlga ega bo’lgan mavjudotlarning tabiatiga zid bo’lgan narsa qarshi
turadi».
Grosiy ham, Aristotel izidan borib, huquqni   tabiiy va hohish-ixtiyor bilan
o’rnatilgan   huquqqa   ajratgan.   «Huquqni   qabul   qilingan   qiymatida   eng   yaxshi
taqsimlash, - deb qayd etgan u, - Aristotel’ tomonidan taqdim etilgan. Aristotelga
muvofiq, bir tomondan, tabiiy huquq, ikkinchi tomondan esa, - hohish-ixtiyor bilan o’rnatilgan   huquq   mavjud.   Aristotel   buni   «qonun»   so’zidan   torroq   ma’noda
ishlatgan   holda  qonuniy   huquq  deb   atagan.   Ba’zan   esa   u   buni,  o’rnatilgan   huquq
deb   ham   ataydi.   Mana   shunday   farqlash   yahudiylarda   ham   uchragan.   Ular   tabiiy
huquqni   «mitsvot»,   o’rnatilgan   huquqni   esa   «kukkim»   deb   atab,   aniq   ifodani
berishgan,   birinchi   so’zni   ellinchi   yahudiylar   yunoncha   «adolat»,   ikkinchi   so’zni
esa «yunoncha «buyurish» so’zlari bilan ifodalaganlar.
Tabiiy   huquq   yahudiylar   tomonidan   «sog’lom   aql   ko’rsatmasi»   sifatida
ta’riflangan.
  Davlat   ichki   huquqi   Grosiy   tomonidan   fuqarolik   hokimiyatidan   kelib
chiquvchi huquq sifatida tavsiflangan. Bu - pozitiv huquq (fuqarolik qonunlari)dir.
Davlat   «huquqqa   va   umumiy   foydaga   rioya   qilish   uchun   tuzilgan   erkin
odamlarning   mukammal   ittifoqi»   sifatida   ta’riflangan.   Demak,   gap   davlatning
shartnomaviy   konsepsiyasi   to’g’risida   bormoqda.   «Davlat   ichki   huquqining
onasi esa, - deb yozgan u, -o’zaro kelishuvga ko’ra qabul qilingan majburiyatning
o’zi   hisoblanadi,   o’zaro   kelishuv   tabiiy   huquqdan   kuch   olar   ekan,   tabiat   davlat
ichki huquqining asoschisi sifatida nom qozonishi mumkin». Shartnomalarga (shu
jumladan   davlatni   o’rnatish   to’g’risidagi   shartnomalarga   va,     binobarin,   davlat
qonunlariga   ham)   rioya   qilish   prinsipini   tabiiy   huquq   taqozo   etadi,   negaki,   deb
qayd   etgan   Grosiy,   odamlar   o’rtasida   o’zaro   majburiyatlarning   qandaydir   tartibi
bo’lishi zarur.
Grosiyda   tabiiy   huquq   i lmiy   tizim   ko’rinishida   davlat   ichki   huquqi   uchun
zarur   asos   sifatida   namoyon   bo’lgan,   Davlat   ichki   huquqi   vaqt   e’tibori   bilan
o’zgaruvchan va har xil joylarda (hamjamiyatlarda) har xildir. Grosiyning fikricha,
«yurisprudensiyaning   tabiiy,   o’zgarmaydigan   qismini»   tashkil   etadigan   tabiiy
huquq to’g’risidagi ta’limot tufayligina yurisprudensiyaga ilmiy, nazariy fan shakli
va xususiyatini baxsh etish mumkin.
Grosiy,   tabiiy-huquqiy   nuqtai   nazaridan,   ma’murlarning   huquqqa   zid
harakatlari ustidan tabaaning qarshilik ko’rsatishga bo’lgan huquqini e’tirof etgan:
«tabiatan   barcha   o’ziga   nisbatan   zo’ravonlik   qilinishiga   qarshilik   ko’rsatish huquqiga ega» va shu sababli  ma’murlarning tabiiy huquqqa hamda ilohiy amrga
zid bo’lgan buyruqlariga amal qilmaslik kerak».
Grosiy   urush   va   tinchlik   huquqini   tadqiq   etishda   urush   tabiiy   huquqqa   zid
emasligini,   «tabiatan   har   kim   o’z   huquqining   himoyachisi   bo’lib,   bizga   qo’l
shuning uchun» 5
  berilganligani qayd ettan. Urush, shuningdek, ilohiy qonunlar va
xalqlar   huquqi   bilan   ham   taqiqlanmagan.   Biroq   bu,   barcha   urushlar   adolatlidir,
degan gap emas. Grosiy adolatli va adolatsiz urushlarni farqlab, ushbu muammoga
o’z   yuridik   yondashuvi   ruhida   «urush   boshlanishining   adolatli   sababi   huquq
buzilishidan boshqa narsa bo’lishi mumkin emas», deb qayd ettan.
Grosiy   jahon   hamjamiyatining   barcha   odamlar,   xalqlar   va   davlatlar
o’rtasidagi   munosabatlarda   tenglik,  hamkorlikning  rasional-huquqiy   prinsiplariga,
suveren   davlatlar   tomonidan   ixtiyoriy   o’rnatiladigan   va   izchil   rioya   etiladigan
yagona xalqaro huquq-tartibot g’oyasiga  asoslangan,  yangi tipini  shakllantirish
zarurligini asoslab bergan.
 Frensis Bekon
Frensis Bekon (1561-1626 yillar) qonun nazariyasi sohasida yangi  falsafiy-
huquqiy   g’oyalarni   asoslagan.   Uning   «Fanlarning   buyuk   tiklanishi»   dasturiy
asarida falsafiy-huquqiy muammolarga maxsus bo’lim bag’ishlangan. Bo’lim «Bir
bobda,   aforizmlar   shaklida   umumiy   adolat,   yoki   huquq   manbalari   to’g’risidagi
traktat namunasi», deb o’ziga xos nomlangan.
«Umumiy   adolat»   muammosi   Bekon   tomonidan   pozitiv   huquqning   zarur
sifatlari,   uning   manbalari   va   boshqalar   jihatidan   talqin   qilinadi.   «Fuqarolik
jamiyatida, - deb yozadi u, - yo qonun, yoki zo’ravonlik hukmronlik qiladi. Biroq
zo’ravonlik   ba’zan   qonun   qiyofasiga   kiradi   va,   ba’zi   qonunlarda   huquqiy
tenglikdan   ko’ra   ko’proq   zo’ravonlik   to’g’risida   so’z   boradi.   Shunday   qilib,
adolatsizlikning   uchta   manbai   mavjud.   Bular:   zo’ravonlik,   qonunni   niqob   qilib
olgan badniyat makkorlik va qonunning o’zining yovuzligi» (Aforizm I).
Bekon   asl   qonun   («huquqiy   tenglik»   prinsipini   o’z   ichiga   oluvchi
zo’ravonlikka qarshi turuvchi hamda «umumiy adolat» talabini ifodalovchi adolatli
qonun)   bilan   rasmiy   qonun   (faqat   «qiyofasiga»,   shakli   va   nomiga   ko’ra,   bir   so’z bilan aytganda, adolatsiz, zo’ravon, qonunga zid qonun) o’rtasidagi farqni ko’rgan.
Gap, aslida,  huquq va qonunni farqlash  to’g’risida boradi 1
. Bekon aynan adolatli
(huquqiy) qonunlarni nazarda tutib, «qonunlar - davlatning langaridir», deb yozgan
edi (Aforizm XXVIII).
Qonun javob berishi kerak bo’lgan asosiy talablar quyidagicha ifodalangan:
«Qonunni, agar uning ma’nosi aniq bo’lsa, agar uning talablari adolatli bo’lsa, agar
u oson ijro etilsa, agar u davlat shakliga muvofiq kelsa, agar u fuqarolarda ezgulik
uyg’otsa, yaxshi qonun deyish mumkin» (Aforizm VII),
Umuman   Bekonning   pozitiv   qonun   xossalari,   pozitiv   qonun   (pozitiv
qonunning boshqa manbalari) qanday bo’lishi kerakligi to’g’risidagi mulohazalari
zarur   va   adolatli   qonun   to’g’risidagi   tabiiy-huquqiy   tasavvurlarning   falsafiy-
huquqiy aniqlashtirilishi va pozitiv eksplikasiyasi hisoblanadi.
  Tomas  Gobbs
Tomas   Gobbsning   (1588-1679   yillar)   huquq   va   davlat   falsafasiga   yaqqol
ifodalangan   etatik   xususiyat   xosdir.   Gobbsning   ta’limotida   tabiiy   holatning
(barchaning   barchaga   qarshi   urushi   holatining)   davlatga   (fuqarolik   holatiga)
prinsipial zid qo’yilishiga muhim ahamiyat beriladi.
Tabiiy   holatda   umumiy   hokimiyat   yo’q,   qonun   yo’q,   adolat   yo’q.   Bunda,
shuningdek, mulk, egalik, seniki  bilan meniki  o’rtasida  farq yo’q. Har  kim  tabiiy
holatda   barcha   narsaga   huquqlidir   -   uning   tabiiy   huquqi   va   tabiiy   erkinligi   mana
shundadir.
Gobbs   bo’yicha,   tabiiy   huquqni   ( ius   naturale )   tabiiy   qonun   ( lyex
naturalis )   bilan   -   ko’rsatma   yoki   aql   bilan   topilgan,   insonga   uning   hayoti   uchun
halokatli   bo’lgan   yoki   uning   yashashi   uchun   uni   vositalardan   mahrum   etadigan
ishlarni   qilish   va   u   hayotini   saqlab   qolishi   uchun   eng   yaxshi   vosita   deb
hisoblaganlarini   qo’ldan   chiqarib   yuborish   taqiqlanadigan   umumiy   qoida   bilan
aralashtirib   yubormaslik   kerak.   «Garchi   bu   haqda   yozuvchilar,   odatda,   ushbu
tushunchalarni   «aralashtirib   yuborsalar   ham,   ius   va   lyex   o’rtasidagi,   huquq   bilan
qonun o’rtasidagi  tafovutni  farqlash zarur:  negaki  huquq biror  narsani  qilish yoki
qilmaslik   erkinligidan   iborat,   boz   ustiga   qonun   ushbu   muqobilning   u   yoki   bu a’zosiga nima qilish kerakligini belgilab beradi va yuklaydi, shunday ekan qonun
va   huquq   ayni   bir   narsaga   nisbatan   kelisha   olmaydigan   majburiyat   va   erkinlik
singari bir-biridan farq qiladi.
Inson   -   aqlli mavjudot, umumiy qoida va aqlning ko’rsatmasi esa, Gobbsga
ko’ra,   bunday   jaranglaydi:   « Har   qanday   kishi   tinchlikka   erishishi   kerak,
chunki   unda   unga   erishish   umidi   bor,   agar   u   bunga   erisha   olmasa,   u   holda
urushda   afzallik   beradigan   har   qanday   vositadan   foydalanishi   mumkin ».
Gobbsning   aql   maksimining   birinchi   qismi   birinchi   va   tagzaminli   tabiiy   qonun
sifatida namoyon bo’ladi: tnnchlikni izlash va unga amal qilish zarur.
Gobbs,   deduksiyaga   murojaat   qilib,   ushbu   asosiy   tabiiy   qonundan   odamlar
o’rtasidagi   fuqarolik   totuvligini   izlash   qoidalarini   aniqlashtiruvchi   bir   qancha
boshqa tabiiy qonunlarni keltirib chiqargan.
Tabiiy   qonunlar   o’zgarmas   va   abadiydir.   Gobbs   tabiiy   qonunlar
to’g’risidagi   fanni   inson   hatti-harakatlari   va   ijtimoiy   hayotdaga   ezgulik   hamda
yovuzlik   to’g’risidagi   fan   sifatida,   yagona   va   haqiqiy   axloq   falsafasi,   deb
tavsiflagan.
Gobbs   davlatning   (civitas)   shartnomaviy   tuzilishi   jarayonini   tavsiflab
yozgan:   «O’sha   buyuk   Leviafanning,   yoki,   aniqrog’i,   (ko’proq   ehtirom
ma’nosida), o’sha o’lmas xudoning tug’ilishi mana shu taxlit yuz berdi. Biz o’lmas
xudo   hukmronligi   ostida   o’z   tinchligimiz   va   himoyalanganligimiz   uchun
qarzdormiz.   Chunki   davlatdagi   har   bir   kishining   unga   berilgan   vakolati   tufayli
ko’rsatib o’tilgan inson yoki shaxslar yig’ini o’zida jamlangan shunday ulkan kuch
va   hokimiyatga   egaki,   ushbu   ulkan   kuch   va   hokimiyat   soladigan   dahshat   ushbu
insonni   yoki   shaxslar   yig’inini   barcha   odamlarning   irodasini   ichki   tinchlikka   va
tashqi   dushmanga   qarshi   o’zaro   yordamga   yo’naltirishga   layoqatli   qiladi.
Davlatning mohiyati mana shu insonda yoki shaxslar yig’inidadir. U alohida shaxs
sifatida   belgalanishi   mumkin.   Ushbu   shaxs   ularning   barchasining   kuchi   va
vositalaridan   ularning   tinchligi   va   umumiy   himoyasi   uchun   zarur   deb   hisoblagan
miqdorda   foydalanishi   mumkin».   Ushbu   shaxsni   ifodalovchi,   suveren   tabaaga nisbatan oliy hokimiyatga egadir. «Suveren hokimiyat, - deb ta’kidlagan  Gobbs, -
davlatning qalbidir».
Davlatning   istalgan   (demokratiya,   aristokratiya   yoki   monarxiya)
shaklidagi   oliy   hokimiyat,   Gobbsning   fikricha,   mutlaq   xarakterga   ega:   u
«tasavvur   qilish   mumkin   bo’lgan   darajada   kengdir».   Suverenning   yagona
cheklanishi   shundaki,   u   ta biiy   qonunlarga   rioya   qilishi   kerak,   ularning
buzilganligi   uchun   u   faqat   xudo   oldida   javob   beradi.   Fuqarolik   (davlat)   holatida
so’z fuqarolar to’g’risida emas, balki faqat davlatning erkinligi to’g’risida borishi
mumkin. Fuqarolik qonunlarining maqsadi aynan «alohida odamlarning erkinligini
cheklashdan» 4
  iboratdir.   Gobbs   o’zining   qonunga   legistik-etatik   yondashishini
quyidagi   dasturiy   so’zlarda   shakllantirgan:   «qonunning   huquqiy   kuchi   faqat   u
suverenning   buyrug’i   ekanligidadir».   Umuman   Gobbsning   huquq   va   davlat
falsafasi  aksilliberal va aksilindividualistik xarakterga ega. Unda   huquqiy qonun
g’oyasi   qonun va davlatni sivilizasiyali, fuqarolik holatidagi erkinlik shakli sifatida
tushunish mavjud emas.
  Jon  Lokk
Shakllanayotgan   liberalizm   g’oyalari   Jon   Lokkning   (1632-1704   yillar)
falsafiy-huquqiy   ta’limotida   izchil   asoslangan   va   himoya   qilingan.   Tabiiy
(davlatdan oldingi) holatda, Lokk bo’yicha, tabiiy qonun, tabiat qonuni hukmronlik
qiladi.   Lokk   Gobbsdan   farqli   o’laroq,   inson   tabiiy   holatda   o’z   manfaatlarini
k o’ zlab va  o’zini (o’z hayotini, erkinligini va mulkini)  himoya qilib, boshqalarga
ziyon   yetkazmaslikka   intiladi,   deb   hisoblagan 1
.   Biroq   himoya   qilishning   ushbu
holatda mavjud bo’lgan uyushmagan yakka tartibdagi vositalari va shakllari hayot
xavfsizligini,   mulk   dahlsizligini   va   boshqalarni   ta’minlash   uchun   yetarli
bo’lmaydi.
Tabiiy   holat   nuqsonlarini   oqilona   yengib   o’tish,   Lokk   fikricha,   siyosiy
hokimiyat va davlatni ta’sis etish to’g’risidagi  jamoa shartnomasi tuzilishiga  olib
boradi.   Har   bir   kishining   yashashga,   erkinlikka   va   mulkka   bo’lgan   tabiiy
huquqlarini ta’minlash «odamlarning davlatga birlashishi va o’zlarini hukumatning
hokimiyati   ostiga   topshirishlarining   buyuk   va   bosh   maqsadi   hisoblanadi».   Bunda Lokk   (Gobbsga   zid   ravishda)   davlat   ta’sis   etish   to’g’risidagi   shartnoma   bo’yicha
odamlar   o’zlarining   asosiy   tabiiy   huquqlaridan   voz   kechmaydilar,   buning
ustiga   tabiat   qonuni   ham   (aql   qonuni   singari)   davlat   holatida   ham   amal
qilishda   davom   etadi,   bu   bilan   siyosiy   hokimiyatning   vakolatlari   va   faoliyati
xususiyati hamda chegaralarini belgilaydi, deb ta’kidlagan.
Siyosiy  hokimiyat   o’zining   shartnomaviy   vazifasiga   muvofiq   kelishi   va   bir
shaxs yoki  organning qo’lida to’plangan mutlaq va despotik kuchga aylanmasligi
uchun   hokimiyatlar   tegishlicha   (qonun   chiqaruvchi,   ijro   etuvchi   va   federativ
hokimiyatta) bo’linishi zarur. Barcha uchun majburiy bo’lgan qonunlar chiqarishga
doir   mutlaq   huquqqa   ega   bo’lgan   qonunchilik   hokimiyati,   Lokk   fikricha,   oliy
hokimiyat,   qolgan   hokimiyatlar   unga   bo’ysunuvchi   hokimiyatlar   hisoblanadi.   U,
ayniqsa,   qonun   chiqaruvchi   va   ijro   etuvchi   hokimiyatning   bir   organda
to’planishiga   yo’l   qo’yib   bo’lmasligini   va   bu   xavfli   ekanligini   qatiyat   bilan
ta’kidlagan.
«Hokimiyatning   har   qanday   noqonuniy   namoyon   bo’lishiga   qarshilik
ko’rsatish doktrinasi» davlatning Lokkcha shartnomaviy konsepsiyasining  muhim
jihati   hisoblanadi.   Bunday   qarshilik   ko’rsatishning   qonuniyligi,   shu   jumladan
despotik   hokimiyatga   qarshi   xalqning   qo’zg’olon   ko’tarishga   bo’lgan   huquqi
davlatni ta’sis etgan  xalqning suveren vakolatlariga  borib taqaladi.
Lokk   falsafiy-huquqiy   ta’limotining   katta   fazilati   erkinlik   va   huquq,
erkinlik   va   qonun   (tabiiy   va   fuqarolik)   o’rtasida   zarur   ichki   aloqaning   talqin
qilinishidan   iboratdir.   Lokk   Gobbsning   yondashuvini   tanqid   qilib   bunday   deb
ta’kidlagan: «Har xil soxta talqinlarga qaramay, erkinlikni cheklash va yo’q qilish
emas, balki uni kengaytarish qonunning maqsadi hisoblanadi. Negaki qonunga ega
bo’lishga qodir bo’lgan jonli mavjudotlarning barcha holatida qonunlar bo’lmagan
joyda   erkinlik   ham   yo’qdir» 1
.   Lokk   davlat   holatida   erkinlik   va   qonunning   o’zaro
aloqasini   o’zicha   tushu nishni   quyidagi   tarzda   shakllantirgan:   «Hukumatning
hokimiyati   ostidagi   odamlarning   erkinligi   ushbu   jamiyatda   har   bir   kishi   uchun
umumiy   bo’lgan   va   qonun   chiqaruvchi   hokimiyat   tomonidan   belgilangan,   unda
barpo   etilgan   hayot   uchun   doimiy   qoidaga   ega   bo’lishdan   iboratdir;   bu   -   qonun taqiqlamagan   barcha   hollarda   o’z   hohishimga   amal   qilishim   erkinligi   va   boshqa
insonning   beqaror,   noaniq,   noma’lum   o’zboshimcha   irodasiga   bog’liq
bo’lmaslikdir» 2
.   Davlat   holatida   erkinlikning   kafolatlanganligi,   Lokk   fikricha,
muayyan va barcha uchun umumiy bo’lgan qonun, o’z ishini yaxshi bilgan va xolis
odil   sudlov,   nihoyat,   odil   sud   qarorlarini   hayotga   tatbiq   etishga   qodir   bo’lgan
hukmga ega ommaviy kuchning mavjudliga bilan ta’minlanadi.
Davlatda   oliy   (qonun   chiqaruvchi)   hokimiyat   tomonidan   chiqariladigan
qonunlar,   Lokk   ta’limotiga   ko’ra,   tabiiy   qonunning   (tabiat   qonunining)   hohish-
irodasi, uning tomonidan nazarda tutilgan insonning tug’ma va ajralmas huquq va
erkinliklariga muvofiq bo’lishi kerak.
 Sh.L.Monteskye
Monteskye   (1689-1755   yillar)   falsafiy-huquqiy   tadqiqotlarining   asosiy
mavzusi   -  siyosiy erkinlikdir. Adolatli qonunlar va davlatchilikning zarur darajada
tashkil etilishi uni ta’minlashning zarur shartlari hisoblanadi.
Huquq   va   qonunni   farqlash   va   ularning   nisbati   muammosi   Monteskye
ta’limotida   tabiiy   huquq   va   pozitiv   huquq   nisbatining   an’anaviy   shaklida   emas,
balki   «qonunlar ruhi» va qonunlarning o’zining nisbati   sifatida takdim etiladi.
Bunda   «qonunlar   ruhi»   deganda   qonunlardagi   qonuniylik   (oqilonalik,   zarurlik)
nazarda   tutiladi.   Monteskye   insonning   aqlli   tabiati,   narsalar   tabiati   va   boshqalar
to’g’risidagi   rasionalistik   tasavvurlarga   tayanib,   tarixan   o’zgaruvchan   pozitiv
qonunlar   mantig’ini,   ularni   tug’diradigan   omillar   va   sabablarni   anglab   olishga
intilgan.
Monteskye   o’z   yondashuvini   tavsiflab   bunday   deb   yozgan   edi:   «Men
odamlarni o’rganishdan boshladim va ularning qonunlari hamda axloqining barcha
cheksiz   tafovutlari   faqat   ular   fantaziyasining   o’zboshimchaligidan   kelib
chiqmaganligini aniqladim. Men umumiy asoslarni aniqladim va xususiy hodisalar
go’yo o’z-o’zicha unga bo’ysunishini, har bir xalqning tarixi oqibat sifatida undan
kelib chiqishini va har qanday xususiy qonun boshqa qonunlar bilan aloqador yoki
ko’proq umumiyroq boshqa qonunga bog’liq ekanligini ko’rdim. Bunday yondashuv mazmuniga ko’ra, huquqiy asos (huquqning mazmuni va
mohiyati)   -   bu   pozitiv   huquqdan   prinsipial   jihatdan   farq   qiladigan   tabiiy   huquq
emas, balki pozitiv qonunlarning o’zining «ruhi»dir, ya’ni qonunlarning «umumiy
asosi»ni   belgilab   beruvchi,   ularning   o’zida   yashovchi   qonuniyliqdir.   Shu   bilan
birga   Monteskye   «qonunlar   ruhi»ning   tabiiy   qonundan   prinsipial   farqini   aniq
belgilashga   va   puxta   amalga   oshirishga   muvaffaq   bo’lmagan.   Shu   sababli   uning
qonunlar   to’g’risidagi   ta’limotida   «qonunlar   ruhi»ga   taqashtiriladigan   tabiiy-
huquqiy kelib chiqish to’g’risidagi qoidalar (masalan, qonunlarning oqilonaligi va
adolatliligi to’g’risidagi  aprior qoidalar) yuridik-pozitivistik va legistik-sosiologik
ko’rinishdagi   tasavvurlar   bilan   (ayniqsa,   «qonunlar   ruhi»   qonunlarning
xususiyatiga   ta’sir   qo’rsatuvchi   har   xil   ijtimoiy,   siyosiy,   jug’rofiy   va   boshqa
omillar majmuasining amal qilishi natijasida tushuniladigan o’rinlarda) yonma-yon
yuradi.
Monteskye   talqinida   ijobiy   (insoniy)   qonun   adolatning   va   adolatli
munosabatlarning   xolisona   xususiyatini   taqozo   etadi.   «Odamlar   tomonidan
yaratilgan qonunlardan oldin, - deb ta’kidlagan Monteskye, - adolatli munosabatlar
bo’lishi   kerak   edi.   Ijobiy   qonunlar   tomonidan   yo’l   berilgan   yoki   taqiqlangandan
tashqari   na   adolatli,   na   adolatsiz   hyech   narsa   yo’q   deyish,   demak,   doira
chizilmasdan oldin uning radiuslari o’zaro teng bo’lmagan, deyishdir» 1
.
Monteskyening   ushbu   qoidalaridan   u   so’z   yuritayotgan   «adolat»   uning
tomonidan   an’anaviy   tabiiy   huquq   xazinasidan   olinganligi   va   tabiiy-huquqiy
mazmunga   ega   ekanliga   yaxshi   ko’rinib   turibdi.   Har   holda   uning   konsepsiyasida
«qonunlar   ruhi»   nima   uchun   va   qay   tarzda   qonunlar   adolatinn   taqozo   etishi   va
ushbu adolat tabiiy-huquqiy adolatdan  nima bilan farq qilishi ko’rsatilmagan.
Qonunni   yuzaga   keltiruvchi   zarur   munosabatlarni   (ya’ni   qonun   hosil
qiluvchi   munosabatlar   va   omillarni)   tadqiq   etish   jarayonida   Monteskye,   eng
avvalo,   mazkur   xalq   uchun   o’rnatiladigan   qonun   muvofiq   bo’lishi   kerak   bo’lgan
xalqning   xususiyatlari   va   xossalariga   e’tiborni   qaratgan.   So’ngra   ijobiy
qonunlarning   tabiatga   va   hukumatni   o’rnatish   prinsiplariga   (ya’ni   boshqaruv
shakliga),  mamlakatning  jug’rofiy  omillari  va  fizik  xossalariga,   uning  mavqyeiga va   hajmlariga,   uning   iqlimiga   (sovuq,   issiq   yoki   mo’tadil   iqlimiga),   tuproqning
sifatiga,   aholisining   turmush   tarziga   (dehqonlar,   ovchilar,   savdogarlar   va
hokazolar),   uning   soniga,   boyligiga,   mayllariga,   axloqiga,   urf-odatlariga   va
boshqalarga muvofiq bo’lishi zarurligiga katta e’tibor berilgan.
Jumladan,   Monteskye   boshqaruvning   turli   shakllari   tabiatining
qonunchilikka   ta’siri   to’g’risida   so’z   yuritab,   ovoz   berish   huquqini   hamda
saylangan vakillar  (davlatning mansabdor  shaxslari)  ustidan nazoratni  belgilovchi
qonunlar   demokratiya uchun   asosiy qonun ekanligini ta’kidlagan.   Aristokratiya
uchun   xalqning   bir   qismining   qonunlar   chiqarish   va   ularning   ijrosini   kuzatish
huquqini   belgilab   beruvchi   qonunlar   asosiy   qonunlar   hisoblanadi.   Monteskye
monarxiyannng   asosiy   qonunlariga   dvoryanlarning   mavqyei   va   hokimiyatini
belgilab   beruvchi   qonunlarni   kiritgan.   Qonunlar   aslida   mavjud   bo’lmagan   va
ularning   o’rnini   o’zboshimchalik   va   mustabidning   injiqligi,   din   va   urf-odatlar
egallagan  mustabidlik boshqaruvi  sharoitida to’liq hokimiyatga ega bo’lgan vazir
lavozimini ta’sis etish asosiy qonun hisoblanadi.
Boshqaruvning   «qonunlar   o’z   manbaidan   chiqib   kelgandek   kelib
chiqadigan» 1
  tegishli   shakli   prinsipi   qonunchilikka   yanada   katta   ta’sir   ko’rsatadi.
Respublikada (ayniqsa demokratik respublikada)  -   saxovat,   monarxiyada –   shon-
sharaf,  mustabidliqda -  qo’rquv  mana shunday prinsip hisoblanadi.
Monteskye   qonun   va   erkinlik   nisbatini   tadqiq   etib,   siyosiy   erkinlik
to’g’risidagi qonunlarning ikki turini farqlagan: 
1) siyosiy erkinlikning davlat tuzilishiga munosabatini belgilovchi qonunlar
va 
2) siyosiy erkinlikning fuqaroga munosabatini belgilovchi qonunlar. 
So’z,   binobarin,   qonunchilik   yo’li   bilan   mustahkamlanishi   kerak   bo’lgan
institusional va shaxsiy jihatlar  haqida bormoqda.
Monteskye   fikricha,   siyosiy   erkinlik   demokratiya   yoki   aristokratiyada,
ayniqsa,   mustabidliqda   emas,   balki   mo’tadil   boshqaruvlarda   mumkindir.   Biroq
mo’tadil   boshqaruvlarda   ham,   hokimiyatni   suiiste’mol   qilish   imkoniyati   mavjud
bo’lmagan joylarda, siyosiy erkinlik bo’ladi, buning uchun davlatda   hokimiyatini qonun   chiqaruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud   hokimiyatiga   bo’linishiga   erishish
zarur.
Hokimiyatning   bo’linishi   va   o’zaro   tiyilishi   tizimi,   Monteskyega   muvofiq,
siyosiy   erkinlikning   davlat   tuzilishi   bilan   munosabatlarida   siyosiy   erkinlikni
ta’minlashning   asosiy   sharti   hisoblanadi.   Bunda   u   siyosiy   erkinlik   kim   nimani
hohlasa,   shuni   qilishini   anglatmasligini   ta’kidlagan.   «Davlatda,   ya’ni   qonunlar
mavjud bo’lgan jamiyatda, - deb yozgan Monteskye, - erkinlik xohlamagan narsani
qilishga   majbur   etilmasdan,   xohlagan   narsani   qilish   imkoniyati   mavjud
bo’lishidangina iborat bo’lishi mumkin.
 Erkinlik qonunlar tomonidan ijozat berilgan barcha narsani qilish huquqidir.
Agar   fuqaro   ushbu   qonunlar   bilan   taqiqlanganni   qila   olganda   edi,   u   holda   unda
erkinlik bo’lmagan bo’lur edi, chunki boshqa fuqarolar ham shu ishni qilgan bo’lur
edilar» 1
.   Siyosiy   erkinlik   esa,   Monteskyega   ko’ra,   uning   davlat   tuzilishiga
munosabati   jihatidan   emas,   balki   alohida   fuqaroga   nisbatan   (erkinlikning
shaxslantirilgan jihati), fuqaroning xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.
Monteskyega   muvofiq,   mo’tadillik   qonunchilikning   asos   prinsipi
hisoblanadi: «mo’tadillik ruhi qonunchilik ruhi bo’lishi kerak» 2
. Umuman olganda,
Monteskye ta’limotida  qonun va huquqning nisbati «qonunlar ruhi» va pozitiv
qonunchnlnk   nisbati   sifatida   namoyon   bo’ladi,   boz   ustiga   «qonunlar   ruhi»da
tabiiy-huquqiy   va   yuridik-pozitivistik   xususiyatga   ega   bo’lgan   elementlar   zohir
bo’ladi.
 Jan Jak Russo
J.J.Russoning (1712-1778 yillar) huquq, davlat, qonun to’g’risidagi  falsafiy
ta’limoti asosida xalq suvereniteti g’oyasi yotadi.
Uning   talqinida   tabiiy   holat   -   umumiy   erkinlik   va   tenglik   tizimidir.   Biroq
tabiiy   tenglikka   zid   bo’lgan   xususiy   mulkchilik   va   ijtimoiy   tengsizlik   paydo
bo’lishi   bilan   kambag’allar   va   boylar   o’rtasida   kurash   boshlanadi.   Barcha
bo’ysunadigan   davlat   hokimiyati   va   qonun   barpo   etish   to’g’risidagi   bitim
yordamida bunday holatdan chiqish yo’li topilgan. Biroq kambag’allar o’zlarining
tabiiy   huquqlarini   yo’qotib,   siyosiy   erkinlik   olmaganlar.   Siyosiy   notenglik   bilan to’ldirilgan xususiy mulkchilikning notengligi, Russoga muvofiq, pirovard natijada
despotizm   sharoitida   mutlaq   notenglikka   olib   kelgan.   Bunday   sharoitda
mustabidga nisbatan barcha o’zining qulligi va huquqsizligi bilan tengdir.
Russo   jamiyat   va   davlatni   rivojlantirishning   bunday   yo’nalishi   insoniyat
uchun soxtaligi, illatliligi va halokatli ekanligini fosh etib, tarixni «to’g’rilash»ning
o’z   loyihasini   -   xalqlar   va   hukmdorlar   o’rtasidagi   chinakam   shartnoma   sifatida
Siyosiy   organizm   tashkil   etilishi   zarurligini   ilgari   surgan.   Russoning   fikricha,
ijtimoiy   shartnomaning   oqibatlari   quyidagilardan   iborat:   «Ushbu   uyushmaviy
hujjat   shartnomaviy   munosabatlarga   kirishuvchi   alohida   shaxslar   o’rniga   darhol
shartli   jamoaviy   Yaxlitni   barpo   etadi.   Ushbu   Yaxlit   umumiy   yig’ilish   qancha
ovozga   ega   bo’lsa,   shuncha   a’zoga   ega   bo’ladi.   Ushbu   Yaxlit   bunday   hujjat
natijasida   o’z  birligiga,   o’z  umumiy   meniga,  o’z   hayoti   va   irodasiga   ega   bo’ladi.
Boshqa   barchaning   birlashishi   natijasida   shakllangan   yuridik   shaxs   qachonlardir
Fuqarolik   jamoasi   deb   atalgan,   hozir   esa   Respublika   yoki   Siyosiy   organizm   deb
ataladi; uning a’zolari ushbu Siyosiy organizmni passiv bo’lganda  Davlat  deb, faol
bo’lganda  Suveren  deb, uning o’ziga o’xshashlar bilan taqqoslaganda  Saltanat  deb
atashadi.   Uyushma   a’zolariga   kelganda   esa,   ular   jam   bo’lib   xalq   degan,   alohida
holda   esa   oliy   hokimiyatda   ishtirok   etuvchilar   sifatida   fuqaro   degan,   Davlatning
qonuniga bo’ysunuvchilar sifatida  tabaa  degan nom oladi 1
.
Aniq-tarixiy   jihatdan   Russo   g’oyalari   bevosita   unga   zamondosh   bo’lgan
feodal tuzumga qarshi qaratilgan va ilg’or edi.
Biroq   Russo   ta’limotida   nazariy-konseptual   jihatdan   doimiy   ravishda
erkinlikka,   tenglik   va   huquqqa   murojaat   qilinganiga   qaramay,   ushbu   ta’limotni
huquqiy   erkinlik   va   huquqiy   qonun   qadriyatlari,   shaxsning   huquq   va   erkinliklari
bilan muvofiqlashtirish qiyin.
Umumiy   shartnoma   asosida   yotadigan   umumiy   iroda   suveren   va   uning
hujjatlari   (qonunlari)da   o’z   ifodasini   topadi.   Bunda   Russo   umumiy   irodani
barchaning   irodasidan   farqlagan:   umumiy   iroda   umumiy   manfaatlarni   nazarda
tutadi,   barchaning   irodasi   esa   -   xususiy   manfaatlarni   ifodalaydi   va   o’zida   bor-
yo’g’i   xususiy   shaxslarning   individual   hohishlari   majmuidan   iborat   bo’ladi. «Biroq,   -   deb   izohlagan   Russo,   -   ushbu   hohish-irodadan   o’zaro   bir-birini   yo’q
qiluvchi   zidlikni   chiqarib   tashyaang;   qolgan   tafovutlarni   qo’shish   natijasida
umumiy irodaga ega bo’linadi» 1
.
Russoning   ushbu   ta’limotidan   jamoa   shartnomasi   siyosiy   organizmga
(davlatga)   uning   barcha   a’zolari   (bitim   qatnashchilari)   ustidan   cheklanmagan
hokimiyatni   beradi,   degan   fikr   kelib   chiqadi;   umumiy   iroda   tomonidan
yo’naltiriladigan   ushbu   hokimiyat   xalqning   yagona,   bo’linmaydigan   va   olib
qo’yilmaydigan suverenitetidir.
Russo shu nuqtai nazardan   insonning ajralmas tabiiy huquqlari g’oyasini
inkor   etadi.   Biroq   Russo   har   bir   alohida   individdan   ijtimoiy   shartnoma   bo’yicha
tashkil   etiladigan   butun   (xalq,   suveren,   davlat)   foydasiga   tabiiy   huquq   va
erkinliklar   ko’rinishidagi   ajralmas   narsa   shartnomaviy   belgilangan   (pozitiv)
huquq   va   erkinliklar   sifatida   unga   qaytariladi   (biroq   ushbu   butunning   ajralmas
qismi   sifatida   -   fuqaroga   qaytariladi),   deb   hisoblagan.   Uning   so’zlari   bilan
aytganda,   bamisoli   odamlar   tabiiy   turmush   tarzi   fuqarolik   turmush   tarzi   bilan
«almashtiriladi». Boz ustiga ayrim huquqlardan voz kechish va boshqa huquqlarga
ega   bo’lish   «muqobil»   bo’yicha,   «teng   qiymatli   qoplash» 2
  tartibida   yuz   beradi.
Boshqacha aytganda, zarur sanksiyasiz tabiiy huquq zarur sanksiyaga ega bo’lgan
muqobil shartnomaviy (pozitiv) huquq bilan almashtiriladi.
Biroq   suveren   bilan   tabaa   o’rtasidagi   ushbu   idillistik   munosabatlar
Russoning   o’zining   suveren   o’z   qonunlariga   bog’lanib   qolmagan   va
«sudyalardan   ham,   Qonundan   ham   yuqori   turadi» 3
,   degan   fikri   tufayli   tamomila
yemiriladi.   Suveren   tabaaga   hayot   baxsh   etish   va   uni   o’limga   mahkum   qilishda
so’zsiz huquqqa ega.
Russoning   davlat   to’g’risidagi   ta’limotida,   huquqiy   erkinlik   va   huquqiy
davlatchilik   g’oyalari   va   konstruksiyalarida   majmua   holda   ifodalangan   barcha
nazariy   va   amaliy   dalillar   inkor   etiladi.   Shuningdek,   qonun   va   qonunchilikning
Russocha demokratik konsepsiyasi uchun ham aynan huquqiy asoslar, mezonlar va
yo’nalishlar,   bir   so’z   bilan   aytgaqda,   yuridik   huquqni   tushunish   va   huquqiy
qonun g’oyasi yetishmaydi,  chunki qonunchilik sohasidagi barcha narsa biror-bir obyektiv   huquqiy   asos   bilan   cheklanmagan   suverenning   umumiy   irodasi   bilan
belgilanadi.
 Immanuel Kant
Nemis   klassik   falsafasining   asoschilaridan   biri   I.Kant   (1724-1804)   huquq
falsafasining   ham   asoschilaridan   biri   hisoblanadi.   I.Kant   ijodida   huquq   va   davlat
muammolarini ishlab chiqishga katta e’tibor berilgan.  
Kant   agnostisizmi   mazmuni   (faqat   hodisalarni   bilish   mumkinligi,   «narsa»
o’zida»ni,   shuningdek   «iroda  erkinligi»,  «ruh  o’lmasligi»,   «xudolar   turmushi»   va
boshqa   tipdagi   mohiyatlarni   bilib   bo’lmasligi)ga   ko’ra,   nazariy   aql   «inson   nima
qilishi mumkin?», «inson nimaga umid qilishi mumkin?» degan savollarga emas,
balki faqat «inson nimani bilishi mumkin?» degan savolga javob berishi mumkin,
xolos.   Nazariy   aql   bilan   bilib   bo’lmaydigan   so’nggi   ikki   savol,   Kant   fikricha,
amaliyot,   amaliy   ish   -   lozimlik   sohasi   muammolaridir.   Bunda   aqlning
transsendental g’oyalari bilish rolini emas, balki atigi regulyativ (tartibga soluvchi)
rol   o’ynaydi.   Shu   sababli   Kantning   metafizikasi   (axloq   va   huquq   to’g’risidagi
ta’limoti)   sosial  regulyatorlar, ijtimoiy munosabatlardagi va umuman inson hatti-
harakatlaridagi   lozimlik   va   nolozimlik   to’g’risidagi   ta’limot,   o’ziga   xos
sosionormativistika  sifatida namoyon bo’ladi.
Transsendental   g’oyalarning   regulyativ   ahamiyati   ular   aql   faoliyatiga   (va
aqlli mavjudot sifatida insonning hatti-harakatlariga) yo’nalish, mo’ljal va maqsad
baxsh   etishida   namoyon   bo’ladi:   aqlning   aprior   maksimlari   lozimlik
ko’rinishida amaliy soha uchun qonun va qoidalar sifatida namoyon bo’ladi,
bu bilan axloqiy va huquqiy normalarni anglatadi.
Inson erkinligi,   shaxsning ma’naviy mustaqilligi va avtonomiyasini, uning
lozimlik   qoidalarini   o’zi   belgilash,   tashqaridan   bo’ladigan   majburlashsiz   va
tazyiqlarsiz ularga rioya qilish qobiliyati hamda huquqini belgilovchi erkin irodasi
Kant etikasining asosiy transsendental g’oyasi va birinchi postulati hisoblanadi.
Inson empirik mohiyat va uning xulq-atvori, butun hatti-harakati (tabiatning,
umuman   hodisalar   olamining   bir   qismi)   sifatida   umumiy   kauzallikka   va   tashqi
zaruriyatga   bo’ysundirilgan,   shunday   ekan,   umuman   erkinlik   bo’lmagan   mohiyat nuqtai nazardan inson va uning xulq-atvori ham erkin emas. Biroq modomiki inson
empirik  hodisa   (fenomen)gina  emas,   balki   transendental  mohiyat  (noumen)  ekan,
unga   erkinlik   xosdir   va   bu   jihatdan   uning   xulq-atvori   tashqi   (fenomenal)
zaruriyatdan,   determinasiyalar   va   kauzalliklardan   mutlaqo   mustaqil   bo’lgan   erkin
iroda hodisasi hisoblanadi 1
.
Erkin iroda ayni vaqtda axloqiy qonun chiqaruvchi (o’rnatuvchi) va axloqiy
qoidalarni   (aql   maksimlarini)   ixtiyoriy   ijro   etuvchi   ham   hisoblanadi,   boz   ustiga
Kant erkin axloqiy xulq-atvorda shaxs  «faqat o’z qonuniga, lekin shunga qaramay,
umumiy   qonunchilikka» 2
  bo’ysunishini   (axloq   sohasidagi   o’z   kashfiyoti   sifatida)
alohida ta’kidlagan.
Ushbu fikr quyidagi  qat’iy talabda  aniq zohir bo’ladi: «Unga amal qilib sen
ayni   vaqtda   u   umumiy   qonunga   aylanishini   istaydigan   maksimga   muvofiq   ish
tut» 3
.
Kantning   qat’iy   talabi   huquqqa   tatbiqan   quyidagini   amr   etadi:   «Zohiran
shunday  ish  tutginki, sening  o’zboshimchaliging  erkin  namoyon  bo’lishi   umumiy
qonunga muvofiq bo’lsin, har bir kishining erkinligiga mos kelsin» 4
.
Aql   g’oyalari   talab   etadigan   huquqni   nazarda   tutgan   hodda,   Kant   uni
quyidagicha   ta’riflagan:   «Huquq   -   erkinlikning   umumiy   qonuni   nuqtai   nazaridan
bir   kishi   (shaxs)ning   o’zboshimchaligi   boshqa   kishining   o’zboshimchaligiga
muvofiq keladigan shart-sharoitlar majmuidir» 5
.
Kant   huquqni   bunday   tushunishda   shaxsning   ma’naviy   avtonomiyasi
g’oyasiga, uning mutlaq o’zini-o’zi qadrlashiga, uning o’ziga o’zi qonun bera olish
qobiliyatiga,   o’z   burchini   bilishi   va   uni   amalga   oshira   olishiga   tayanadi 1
.
Erkinlikning   va   barcha   odamlar   uchun   umumiy   qonunning   bo’lishi
mumkinligining   ildizi,   Kantning   fikricha,   shaxsning   ushbu   ma’naviy
avtonomiyasida   (ya’ni   o’zini   o’zi   qadrlashida,   o’zi   qonun   ekanligida   va
mustaqilligida)dir.
Kantning   ma’naviy   qonun   prinsipi   aslida   rasmiy-huquqiy   tenglik
prinsipining   (umumiyligi,   individning   mustaqilligi,   uning   iroda   erkinligi   va
hokazolar bilan birgalikda)  zamonaviylashtirilishi hisoblanadi, xolos.  Boshqacha aytganda, Kantning huquqning axloqiyligi konsepsiyasi huquqiy mazmunga ega va
ushbu axloqiylik  mohiyatiga ko’ra yuridik ekanligi  tufayli huquq falsafasi uchun
ahamiyatlidir.
Aynan mana shu sababdan, Kantning huquq to’g’risidagi axloqiy ta’limotida
«amaliy   aql   qonunlar   materiyasidan   tamomila   mahrum   etilgan   va   eng   yuqori
qonun   sifatida   faqat   ixtiyoriylik   maksimining   yaroqliligi   shaklini   o’rnatishga
qodir» 2
, degan va go’yoki Kantning qat’iy talabi yordamida axloqiy qonun sifatida
taqdim   etilishi   mumkin   bo’lmagan   hyech   narsa   yo’q,   degan   Gegelcha   fikrga
qo’shilib bo’lmaydi.
Kantda   davlatchilik   sohasida   qatiy   talablarning   amalga   oshirilishi
hokimiyatlar   (qonun   chiqaruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud   hokimiyatiga)   bo’lingan
holda davlatning huquqiy tashkil etilishi   sifatida namoyon bo’ladi. Davlat - bu,
Kant   fikricha,   «huquqiy   qonunlarga   bo’ysundirilgan   ko’plab   odamlarning
birlashmasidir» 3
.   U   hokimiyatning   bo’linishi   mavjudligi   yoki   mavjud   emasligi
belgisiga   ko’ra   boshqaruvning   ikki:   respublika   (huquqiy   davlatning   kantcha
ekvivalenti) va   despotizm   shaklini farqlagan va bir-biriga qarama-qarshi qo’ygan.
«Respublika,   -   deb   yozgan   edi   u,   -   ijro   etuvchi   hokimiyatni   (hukumatni)   qonun
chiqaruvchi  hokimiyatdan  ajratishning  davlat  prinsipidir;  despotizm  - ijro etuvchi
hoqimiyatga   ularning   o’zlari   tomonidan   berilgan   davlat   qonunlarining   o’z   hukmi
bilan ijro etilishi prinsipidir; demak, ommaviy iroda hukmdorning xususiy irodasi
sifatida namoyon bo’ladi» 1
.
Umuman   huquq   va   qonunni   farqlash   muammosi   Kantda   axloq   va   huquq
nisbati ma’nosida ochib beriladi (va almashtiriladi) 2
.
Kantda   axloqiy   asoslangan   qonun   -   bu   transsendental   g’oya   taqozo   ettan
oqilona   huquqdir.   Axloq   va   qonunning   kantcha   talqinidagi   umumiyligi   shundan
iboratki,   ularning   har   ikkalasi   aql   g’oyasi   bilan   taqozo   etilgan   lozimlik   qoidasini
ifodalaydi 3
. Axloqning o’ziga xosligi, Kantning fikricha, axloq (va uning qoidalari)
burchni   aynan   burchning   o’zi   uchun,   har   qanday   tashqi   hisob-kitoblarsiz,
aralashuvsiz,   taqdirlash   va   majburlashsiz   avtonom   belgilash   va   ijro   etishni   talab
qiladi. Kant   axloqiylik   va   legallikni,   axloqiy   va   legal   xulq-atvorni   insonning
axloqiy   qonun   talablariga   munosabatini   belgilab   beruvchi   motivlar   xususiyatidan
kelib   chiqib   farqlagan:   birinchi   holatda   hatti-harakatni   sof   axloqiy   motiv   taqozo
etadi   va   axloqiy   qonunning   o’zi   uchun   sodir   etiladi,   ikkinchi   holatda   hatti-
harakatni boshqa (axloqiy bo’lmagan, ehtimol axloqsiz) motivlar keltirib chiqaradi,
biroq axloqiy qonun talablari (ya’ni qonuniylik, legallik) buzilmaydi.
Transsendental aql amri (shaxs erkinligi, uning axloqiy avtonomiyasi, axloq
sohasida   o’zini   o’zi   ixtiyoriy   qurbon   qilish   prinsipi,   nizolar   va   manfaatlar
to’qnashuvini   tartibga   solish   hamda   hal   etishning   huquqiy   shakli)ni   kafolatlash
uchun   aql   g’oyasi,   qatiy   talabi   hisoblangan   majburlash   hokimiyatn   zarurdir.
«Jazolovchi qonun, - deb ta’kidlagan Kant, - qat’iy talabidir... Chunki agar adolat
yo’q bo’lib ketsa, odamlarning yerdagi hayotining hyech bir qimmati qolmaydi» 1
.
Davlat-huquq   muammolariga   kantcha   falsafiy   yondashishning   muhim
fazilati,   jumladan,   shundaki,   ushbu   mavzuni   u   jahonshumul-tarixiy   ko’lamda,
nafaqat   alohida   olingan   xalq,   jamiyat,   davlat   ichidagi   munosabatlarga   tatbiqan,
balki xalqaro va davlatlararo muomala jihatidan - jahonshumul-huquqiy holatni va
xalqlar o’rtasidagi abadiy tinchlikni qaror toptirish tomon (aql g’oyalarining toifali
talablariga   muvofiq)   ilg’or   harakati   jihatidan   qo’yadi   va   ishlab   chiqadi.   Barcha
insoniy   munosabatlarda   (individual   va   jamoaviy   xulq-atvorda,   davlat   tuzilishida,
ma’murlar   hatti-harakatida,   butun   ichki   va   tashqi   siyosatda)   aqlning   regulyativ
g’oyalariga   rioya   qilish   va   ularni   amalga   oshirish,   Kantga   ko’ra,   ushbu   idealni
amalga oshirish mumkin bo’lgan yagona yo’ldir.
Kant bu jihatdan, bir tomondan, axloq va huquq, ikkinchi tomondan, siyosat
o’rtasidagi   ixtiloflarni   bartaraf   etish   muammosiga   katta   e’tibor   bergan.   U   real
siyosatning  axloq va huquqqa nisbatan  munofiqligini, uning buzuq qoidalarini  va
inson tabiatining ojizligi hamda ichki va tashqi munosabatlarda yovuzlikka qarshi
kurashning   yovuzlik   hamda   zo’ravonlikka   asoslangan   vositalari   va   usullari
zarurligini   sabab   qilib   olib,   aslida   o’zining   g’arazli   maqsadlarida   ularni
ko’paytiradigan   va   abadiylashtiradigan,   axloqiy   hamda   huquqiy   taraqqiyotga
to’sqinlik qiladigan yaramas  prinsiplari va amaliyotini keskin tanqid qilgan. Kant axloq   va   huquqni   siyosat   bilan   birlashtirish,   ularni   yagona   axloqiy   siyosatda
mujassamlashtirish   tarafdori   bo’lib,   siyosatning   «cheklovchi   sharti»   bo’lmish
huquq to’g’risidagi fikrni asoslangan 2
.
I.Kant   huquq   falsafasining   asosini   uning   axloq,   huquq   va   falsafaga   oid
ta’limotlari   tashkil   etadi.   I.Kant   falsafasida   huquqning   umunazariy   va   falsafiy
jihatlariga   oid   bir   qator   fikrlar   olg’a   suriladi.   Bunday   g’oyalar   esa,   I.Kant
faoliyatining   ikkinchi   davriga   to’g’ri   keladi.   Chunonchi,   u   1797   yil   «Axloq
metafizikasi»   nomli   risolasini   chop   etdi.   Bu   risolada   I.Kant   o’zining   falsafiy   va
ijtimoiy-siyosiy,   huquqiy   qarashlarini   izohlaydi.   Mazkur   risolaning   boshlang’ich
qismi   huquq   falsafasidagi   ta’limotga   asosan   axloqqa   oid   ta’limotga   boshlangan.
Jumladan, «Axloq metafizikasi asoslari», «Amaliy aql tanqid doir» asarlarida axloq
qonunlarini falsafiy tushuntirishga harakat qiladi. «Axloq metafizikasi» asarida esa,
I.Kant   huquqiy,   axloqiy   va   falsafiy   qarashlar   tizimini   keltiradi.   Bu   tizimda   uning
huquq   haqidagi   ta’limoti   etika,   axloq   haqidagi   ta’limotidan   oldin   keladi.   Chunki,
huquqiy qarashlar I.Kant ta’kidlashicha, axloqiy qarashlarning asosi bo’lib, axloqiy
normalardan   farqli   o’laroq,   huquqiy   qarashlarda   insonlar   o’rtasida   o’zaro   tashqi
munosabatlar   ifodalanadi.   I.Kant   falsafiy   ta’limotida   huquq   tushunchasi   falsafiy
tushunchalardan   tashqari   umumilmiy   kategoriyalar,   chunonchi,   substansiya,   sabab
va   oqibat,   tasodif   va   zaruriyat   kabi   kategoriyalar   bilan   bog’liq   holda   tahlil   etiladi.
Demak,   I.Kant   huquq   falsafasida   huquq   tushunchasi,   huquq   haqidagi   pozitiv
fanlarning asosini  tashkil  etuvchi  kategoriya sifatida tadqiq etiladi. Lekin, huquqni
bunday   falsafiy   tushuntirishda   u   oxirigacha   izchil   bo’la   olmadi.   Jumladan,
huquqning   falsafiy   asosi,   uning   taxlilida   noizchil   va   ziddiyatli   fikrlarni   o’rtaga
tashlaydi.
I.Kant   huquq  falsafasiga  doir   qarashlarini   ziddiyatli   tomonlarini   birinchi  bor
tanqid   etgan   faylasuflardan   biri   A.Shopengauer   edi.   U   o’zining   asarlaridan   birini
bevosita I.Kant din falsafasiga oid ta’limotlarini tanqidiga bag’ishlaydi va uni huquq
va   axloq,   falsafa   va   din   munosabatlari   masalasida   noizchil   va   ziddiyatli   fikrlarini
alohida   ta’kidlaydi.   I.Kant   huquq   falsafasida   «avtonom   axloq»   bir-biridan   jiddiy
farq qiladi. Bu holatni A.Shopengauer obrazli qilib, yuziga niqob (chachvon) tortgan bir   go’zal   ayolni   bazmu-bayram   davomida   yonida   bo’lib   va   oxir   oqibatda   kechani
birga   o’tkazib,   niqobni   yechsa,   bu   ayol   uning   jufti   buzrukvori   ekani   ma’lum
bo’lganidek bir hol deydi.
Qizig’i   shundaki,   I.Kant   huquq   falsafasidagi   bu  ziddiyatli   tomonlarga   Gegel
ham  o’z  diqqat  e’tiborini  qaratgan  edi. Gegel  I.Kantning umumfalsafiy g’oyalarini
ayovsiz tanqid ostigi olsada, lekin huquq falsafasiga oid gumanistik, insonparvarlik
g’oyalarini qo’llab-quvvatlaydi. Kant huquq falsafasida Gegel ta’kidlashicha «Inson
o’z siymosida muqarrar ravishda mustahkam, barqaror markazga ega bo’ldi»- deydi.
I.Kant  huquq falsafasiga  berilgan baholardan uning vatandoshi  Gegel bahosi
haqiqatga   yaqindir.   Bir   jihatdan   huquqiy   qarashlar   axloqiy   qarashlardan   oldin
mavjud   bo’lib,   ularning   asosini   tashkil   etsa,   ikkinchidan   esa   huquqni   etikaga   tobe
ta’limot deb hisoblab, ularni bir-biridan ajratib qo’yishga harakat qiladi. Inson hatti-
harakati   ikki   yo’nalishda   amalga   oshadi.   Birinchisi   «axloqiylik»   bo’lsa,   ikkinchisi
esa   «legallik»   (ya’ni   qonuniylik)dir.   Insonlar   o’rtasidagi   huquqiy   munosabatlar
to’la-to’kis «legallikka» (qonuniylikka) asoslanadi.
Axloqiylik   yoki   noaxloqiylikka   oid   bilimda   gap   faqat   inson   hatti-harakatlari
haqida emas, balki ularning o’y-istak va xohishlari haqida ham ketadi.
Aksincha, huquq haqidagi bilimda esa gap inson o’y-istak va xohishi haqida
emas,   balki   ularning   konkret   hatti-harakatlari   haqida   boradi.   I.Kant   huquq
falsafasida   huquqiy   (yuridik)   qonunlar   formal   xarakterga   ega   bo’ladi.   Yuridik
qonunlar   inson   hatti-harakatlarini   mazmuniga   tegishli   bo’lmaydi.   Inson   hatti-
harakatlarining   motivlaridan   (maqsadlaridan)   qat’iy   nazar   ular   inson   faoliyatini
tashqi   ko’rinishining   ifodasidir.   Shunday   qilib,   huquq   insonlarni   o’zaro   tashqi
amaliy foliyatining munosabatini ifodalaydigan tushunchadir. I.Kant huquq va axloq
munosabati   masalasida   huquq   kabi   axloqni   ham   ikkita   katta   guruhga   bo’ladi.
Umuman   axloq   va   jamiyatning   alohida   olingan   a’zolarining,   ya’ni   individlarning
axloqi. Ana shulardan kelib chiqib, huquq haqidagi ma’lumot axloqiy ta’limotlarga
asoslanmasligi kerak deb hisoblaydi. Amaliy aql huquqning turli sohalarida ana shu
aqlning   asosiy   qonuni   hisoblangan   –   erkinlik   (avtonomiya)   qonunidan   kelib
chiqmog’i lozim. Umuman,   erkinlik   tushunchasi   –   Kant   «amaliy   falsafasini»,   xususan   huquq
falsafasining   asosiy   tushunchalaridan   biri   hisoblanadi.   Erkinlik   tushunchasi   orqali
I.Kant huquq falsafasini axloq va din falsafasi bilan bog’lab tahlil etadi. 
Erkinlik   esa   individning   shaxsiy   axloqining   asosi   bo’lishi   bilan   bir   qatorda
ijtimoiy   hayotning   maqsadi   hamdir.   Binobarin,   jamiyatning   bir   butun   siyosiy
hayotida uchraydigan ziddiyatlar va ularni  hal  etish yo’llari mana shu erkinlik sari
intilishdan iboratdir.
Shunday qilib, huquq va axloq munosabati masalasi ularni bir-biridan ajralgan
holda mavjudlik munosabati bo’lmaydi. Huquq axloqiy qarashlardan farqli ravishda,
inson   hatti-harakatining   ichki   ruhiy   holatlarini,   uning   kechinmalarini   e’tiborga
olmaydi.   Masalan,   qarz   beruvchi   shaxs   qarzdordan   qarzni   ichki   ruhiy   holatlardan,
onglilik,   axloqiylik   nuqtai   nazardan   qaytarishga   majbur   ekanligini   ta’kidlay
olmaydi. Bu holda faqat qonun yo’li bilan mavjud huquqiy normalar asosida, zarur
hollarda   majburlash   yo’li   bilan   ish   ko’riladi.   Garchi   axloqiy   qonunlarda   faqat
axloqiy   majburiyatlar   emas,   balki   shaxsning   yuridik   majburiyatlari   ham   o’z
ifodasini topadi.
Huquqiy tartibot normalariga I.Kant huquq falsafasida quyidagilar kiradi: 
a) qonun chiqaruvchilar tizimida xalq vakillarining qatnashishi; 
b) hokimiyatni qonunchilik asosida qurish.
Shunday   qilib   I.Kant   ta’kidlashicha   ideal   huquqiy   davlat   jamiyat   tarixiy
taraqqiyotining   oxirgi   maqsadidir.   Bu   maqsad   sari   intilish   doimo   tadrijiy   sekin-
astalik bilan amalga oshirilishi mumkin. Zero jamiyat taraqqiyotining ideal huquqiy
davlat   kurish   yo’lida   rivojlanishi   obyektiv   tarixiy   zaruriyatdir.  Demak,   har   qanday
davlat   tuzilishi   huquqiy   davlat   kurish   maqsadidan   begonalashsa,   unda   u   o’zining
mav q yeini, ahamiyatini uzoq vaqt saqlab qola olmaydi.
Sh.L.Monteskye   va   J.Russo   ta’limotlari   asosida   rivojlangan   I.Kant   huquq
falsafasi, ma’lum ma’noda ularning huquq falsafasiga oid qarashlarini takrorlanishi
ham   deyishimiz   mumkin.   I.Kant   ularning   ta’limotini   shunchaki   takrorlamaydi,
uning   o’ziga   xos   bo’lgan   «huquq   falsafasining   uslubi»   mavjuddir.   Bu   uslub   esa
I.Kant   yashab   ijod   etgan   tarixiy,   ijtimoiy   davrning   o’ziga   xos   tomonlarini ifodalashdan iborat edi. I.Kant, huquq falsafasining ichki ziddiyatli tomonlari bilan
ya’ni:   birinchidan   uning   umuman   falsafiy   tizimining   ziddiyatligi   bilan   izohlansa,
ikkinchidan   esa   mavjud   ijtimoiy-siyosiy   tizimlarning   ichki   ziddiyatliligi   bilan
izohlanadi.
I.Kant   falsafasida   antinomiyalar,   uning   huquq   falsafasida   ham   o’z   ifodasini
topdi.   Uning   ta’limotiga   ko’ra   huquq   falsafasining   asosiy   masalasi   bu   huquq   va
davlat   masalasidir.   I.Kant   fikriga   ko’ra   mavjud   davlat   tizimlarining   birortasi   ham,
eng mukammal huquqiy tashkilot bo’la olmaydi.
I.Kant huquq falsafasiga oid qarashlarini asosiy jihatlaridan biri bu xalqning,
davlatning   mustaqilligi   konsepsiyasidir.   I.Kant   ijtimoiy-huquqiy,   axloqiy
ta’limotida   feodal   jamiyat   qattiq   tanqid   ostiga   olinadi.   I.Kantning   ta’kidlashicha,
mustaqil   davlat   rivojlanishining   asosiy   tamoyili   revolyusiya   emas,   balki
evolyusion   (tadrijiy)   rivojlanishdir.   Mavjud   tizimni   rivojlantirish   bu   yangisini
yaratmasdan   eskisini   buzish   emas,   balki   islohotdir.   Aynan   I.Kant   huquq   va
ijtimoiy falsafasining ana shu jihatlari hozirgi davrda ham dolzarb ahamiyatga ega .
  Georg Vilgelm Fridrix  Gegel
Gegel (1770-1831 yillar) ijodida huquq falsafasi va davlat muammolari katta
o’rinni   egallagan.   Gegel   huquq   falsafasining   asoschilaridan   biri   hisoblanadi.   Yosh
Gegelning   dunyoqarashini   shakllanishida   va   uning   ma’naviy   kamol   topishida
Fransuz   revolyusiyasining   ta’siri   katta   bo’ldi.   Chunki   bu   revolyusiyani   asosiy
vazifasi, Gegel tasavvurida adolatli, huquqiy davlat barpo etishdan iborat edi.
Gegel   «Tabiiy   huquqni   tadqiq   etishning   ilmiy   usullari,   uning   amaliy
falsafadagi   o’rni   va   pozitiv   huquq   to’g’risidagi   fanga   munosabati»   (1802-1803
yillar) asaridayoq tabiiy huquqni talqin qilishning uch usulini farqlagan. Bu usullar
empirik (Gobbs, Russo va Kantgacha bo’lgan boshqa mutafakkirlar konsepsiyasi);
rasmiy   (Kant,   Fixte   va   ularning   izdoshlarining   yondashuvi)   hamda   mutlaq   (o’z
yondashuvi) usullardir 1
.
Shu ma’noda Gegel o’z huquq falsafasini tabiiy huquqni (yoki, uning uchun
shuning  o’zi   bo’lgan   «huquq  falsafasi»ni)   talqin  qilishning   chinakam   ilmiy  usuli,
deb bilgan. Kant   va   Fixte   ta’limotlarida   bir-biriga   qarama-qarshi   qo’yiladigan
ma’naviylik   va   legallik,   Gegelga   muvofiq,   bor-yo’g’i   yaxlitlikning   abstrakt
jihatlarinigina ifodalaydi. Ular  axloqiylik tizimidan  «olib tashlanadi» va shu bilan
birga unda saqlab qolinadi. Ushbu fikr Gegel tomonidan «Huquq falsafasi», to’liq
nomi   «Tabiiy   huquq   va   davlat   to’g’risidagi   fan   ocherklari.   Huquq   falsafasi
asoslari»da (1820 yil) keng va muntazam rivojlantirilgan. Asarning mazmuni ham
Gegel tabiiy huquq g’oyasining o’zini inkor etmasdan, uning aynan  falsafiy  (ushbu
tushunchaning   Gegelcha   ma’nosida)   talqin   qilinishi   tarafdori   bo’lganligini
ko’rsatadi.
Gegel   huquq   falsafasida   obyektiv   (obyektiv   erkin)   ruhni   huquq
tushunchasining mavjud borliq shakllarida amalga oshirilishi ko’rinishida aniqlash
shakllarini   yoritgan.   Modomiki,   Gegelga   ko’ra,   tushunchaning   obyektiv
voqyelikda amalga oshirilishi  g’oya ekan,   «huquq g’oyasi  -  huquq tushunchasi
va uning amalga oshirilishi» huquq falsafasi g’oyasi  hisoblanadi.
Abstrakt   huquq,   axloq,   axloqiylik   huquq   tushunchasini   aniqlashtirishning
uch   asosiy   shakli   hisoblanadi.   Abstrakt   huquq   sohasida   iroda   bevosita   va
abstraktdir. Axloq sohasida umumiyga - dunyo huquqiga nisbatan subyektiv iroda
harakat qiladi. Axloqiylik sohasida  ushbu ikki  oldingi abstrakt  jihatning sinteziga
erishiladi.
Abstrakt   (mavhum)   huquq   erkin   iroda   dialektikasida   tushunchaning
abstraktdan   aniq   narsa   tomon   harakatining   birinchi   bosqichini   ifodalaydi.   Huquq
tushunchasi hozircha mavhum. Inson bu o’rinda mutlaqo abstrakt va erkin «men»
sifatida   namoyon   bo’ladi.   Bunday   kamdan-kam   uchraydigan   iroda   huquqiy
layoqatga ega bo’lgan qiyofa, shaxsdir. Huquqning «shaxs   bo’lgil va boshqalarni
shaxs   sifatida   hurmat   qilgil» 1
,   degan   amri   farmoni   shundan   kelib   chiqadi.
Abstrakt   huquq   esa   huquq   va   erkinlikning   barcha   keyingi   aniqroq   ta’riflarining
abstrakt va yalang’och imkoniyati sifatidagina namoyon bo’ladi.
Axloq bosqichida abstrakt huquq shaxsi axloq subyektiga aylanadi. Subyekt
hatti-harakatlarining   sabablari   va   maqsadlari   bunda   ilk   bora   ahamiyat   kasb   etadi.
Subyektiv erkinlikning talabi inson to’g’risida uning o’zini o’zi belgilashi bo’yicha hukm   chiqarishdan   iboratdir.   Subyektiv   iroda   obyektivlikka   va,   binobarin,
huquqning amal qilish sohasiga faqat xulq-atvor orqali erishadi; axloqiy iroda o’z-
o’zicha jazolanmaydi.
Abstrakt   huquq   va   axloq   ikkita   bir   tomonlama   jihat   hisoblanadi.   Mavjud
dunyoda   erkinlik   tushunchasi   oila,   fuqarolik   jamiyati   va   davlat   ko’rinishida
obyektivlashganda bu jihatlar  axloqiylikda  o’z voqyeligi va aniqligini topadi.
Gegelda   obyektiv   ruh   rivojlanishining   har   bir   bosqichi   (abstrakt   huquq,
axloq,   axloqiylik)   huquqdir   va   «o’z   shaxsiy   huquqiga»   egadir,   «chunki   u
erkinlikning ta’riflardan birida mavjud bo’lishidir» 2
.
Bunday   tavsif   abstrakt   huquqqa,   axloqqa,   oilaga,   jamiyatga,   davlatga
tegishlidir.   Ushbu   maxsus   huquqlar   tarixan   va   xronologik   jihatdan   bir   vaqtda
(obyektiv   ruhning   bitta   formasiyasi   doirasida)   berilgan;   ular   cheklangan,   o’zaro
bo’ysundirilgan va o’zaro kolliziyaga kirishishi mumkin. Oldingi maxsus huquqni
dialektik   «olib   tashlovchi»   (ya’ni   bartaraf   etuvchi   va   shu   bilan   birga   ma’no   va
mohiyatini   saqlab   qoluvchi)   navbatdagi   maxsus   huquq   abstraktroq   bo’lib,   uning
asosini   va   haqiqatni   ifodalaydi.   Aniqroq   maxsus   huquq   abstraktroqqa   qaraganda
birlamchidir.   Davlat   huquqi   (huquqiy   tuzilma,   nisbatan   aniqroq   huquq   bo’lmish
davlat) maxsus huquqlar iyerarxiyasi cho’qqisida turadi.
Qonun   erkinlik   ta’riflaridan   va   huquq   tushunchasi   obyektivlashishi
shakllaridan biri hisoblanadi. Gegel «huquqni qonun sifatida» ta’riflab, bunday deb
yozgan edi: «Huquq o’zida bo’lgan narsa uning obyektiv mavjud borlig’i asosiga
qo’yilgan, ya’ni ong uchun fikr bilan aniqlangan va qanday bo’lsa shundayligicha
ma’lum   va   huquq   tomonidan   qonun   sifatida   e’tirof   etilgan;   ushbu   ta’rifga   ko’ra,
huquq umuman pozitiv huquqdir» 1
.
Qonunchilik   jarayonida   huquq   qonunga   aylanadi   (pozitivlashadi),   bu   bilan
huquq umumiylik va chinakam aniqlilik shakliga keltiriladi. Qonunchilik mavzusi,
deb qayd etadi Gegel, odamlarning hatti-harakati, insoniy munosabatlarning ichki
sohasi emas, balki faqat tashqi jihatlari bo’lishi mumkin.
Gegel   huquq   va   qonunni   bir-biridan   farqlashga   doir   o’z   konsepsiyasida
ularni   bir-biriga   qarama-qarshi   qo’yishni   istisno   etishga   intilgan.   «Tabiiy   yoki falsafiy huquq bilan pozitiv huquqni, guyoki ular bir-biriga qarama-qarshi va bir-
birining   ziddi,   deb   tasavvur   qilish,   -   deb   qayd   ettan   Gegel,   -   mutlaqo   noto’g’ri
bo’lgan   bo’lur   edi;   pandektga   nisbatan   institusiya   qanday   bo’lsa,   ularning
birinchisi ikkinchisiga nisbatan shundaydir» 2
.
Gegelning   e’tirof   etishicha,   qonunchilik   huquqning   mazmunini   buzishi
mumkin:   «nimaiki   qonun   bo’lsa,   u   o’zida   huquqdan   farq   qilishi   mumkin» 3
.   Shu
sababli, deb tushuntiradi Gegel, «pozitiv huquqda   qonuniy   bo’lgan narsa, huquqni
bilish manbaidir, yoki, aslini aytganda,  haqdir».
Gegelni   pozitiv   huquqdagi   mana   shu   qonuniylik   qiziqtiradi,   xolos.   Shu
sababli   Gegelning   huquq   falsafasida   tabiiy   (falsafiy)   huquq   bilan   qonunni   bir-
biriga   qarama-qarshi   qo’yish   haqida   emas,   balki   ayni   bir   huquq   tushunchasini
aniqlashtirishning   har   xil   bosqichlarida   (va   turli   shakllarda)   turlicha   aniqlash
haqida   so’z   boradi.   Gegel   bunday   yondashuvni   oqlab   yozadi:   «Zo’ravonlik   va
istibdod   pozitiv   huquq   elementi   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   holat   uning   uchun
qandaydir   tasodifiydir   va   uning   tabiatiga   daxl   qilmaydi» 1
.   Ideal   tabiatiga   ko’ra
pozitiv huquq (qonun) huquq tushunchasining mohiyati sifatida oqilona huquqdir.
Tabiiy   huquqni   namoyon   bo’lish   shakllaridan   biri   qonun   (pozitiv   huquq)
hisoblangan huquqning falsafiy tushunchasi sifatida gegelcha talqin qilish o’zidan
oldingi   tabiiy-huquqiy   ta’limotlardan   jiddiy   chekinishni   ifodalaydi.   Biroq   bir
qancha   jihatlarda   (huquqning   axloq   va   axloqiylik   bilan   aralashtirilishi   va
boshqalarda),   u   tabiiy-huquqiy   tasavvurlar   ta’siri   ostida   qoladi,   shu   tufayli   unda
huquqni   axloq   va   axloqiyliqdan   farqlash   prinsipi   mavjud   emas.   Mana   shu
sababdan   Gegelning   huquq   falsafasida   huquqiy   qonunning   yuridik   jixatdan
muayyan konsepsiyasi yo’q.
I.Kant   huquq   va   axloq,   huquq   va   din   muammolariga   alohida   e’tibor   bergan
bo’lsa,   Gegelning   huquq   falsafasiga   oid   qarashlari   uning   diqqat   markazida   turgan
edi.   Uning   ijodiy   faoliyatining   evolyusiyasida   davlat   va   huquqqa   oid   g’oyalari
yetakchi   o’rin   egallaydi.   Darhaqiqat,   Gegel   o’zining   qator   asarlarida,   jumladan
«Germaniya Konstitusiyasi», «Tabiiy huquqni tadqiq etishning ilmiy usullari, uning
amaliy   falsafadagi   tutgan   o’rni   va   pozitiv   huquq   to’g’risidagi   fanga   munosabati», «Ruh fenomenologiyasi», «Vyurtinberg qirolligining umumiy majlisining xisoboti»,
«Ruh   falsafasi»,   «Huquq   falsafasi»,   «Tarix   falsafasi»   va   boshqa   asarlarida   huquq
falsafasining   muhim   jihatlarini   tahlil   etgan.   Davlat   va   huquq   falsafasiga
bag’ishlangan   mukammal   va   qomusiy   asarlardan   biri   bu   Gegelning   «Huquq
falsafasi»   («Filosofiya   prava»   1820   y)   asaridir.   Bu   asar   siyosiy   va   huquqiy
ta’limotlar tarixida jiddiy va izchil asarladan hisoblanadi.
Huquq falsafasi – Gegel falsafiy tizimining muhim va ajralmas qismidir.
Gegel   o’zining   huquq  falsafasida   tabiiy   huquqni   izohlashning   uchta   ilmiy  usulini
alohida qayd etadi: 
1) Empirik, ya’ni amaliy usul. (I.Kantgacha bo’lgan faylasuflarning, jumladan
T.Gobbs, J. Russo va boshqalarning konsepsiyalari); 
2)   Rasman,   ya’ni   formal,   (Kant,   Fixte   va   ularning   izdoshlarining
konsepsiyalari) usul;
3) absolyut (mutloq ) usul. (Gegel konsepsiyasi).
Gegel huquq falsafasining asosini, uning ruh falsafasiga oid g’oyalari tashkil
etadi.   Gegel   falsafasida   ruh   taraqqiyoti   dialektikasining   asosiy   bosqichlari
quyidagilardir: 
1) Subyektiv ruh (antropologiya, fenominologiya, psixologiya); 
2) Obyektiv ruh (huquq, axloq, odob);
3) Absolyut ruh (san’at, din,   falsafa).
Huquq   falsafasining   asosiy   vazifasi   -   davlat   va   huquqni   qanday   bo’lishi
kerakligi   haqidagi   ko’rsatmalar   berishidan   iborat   bo’lmay,   balki   davlat   va   huquq
nazariyasining ilmiy bilishdan iboratdir. «Huquq haqidagi fan, - deb yozadi Gegel,-
falsafaning ajralmas bir qismidan boshqa narsa emas».
Gegel   falsafasining   asosiy   masalasi   tafakkur   va   borliqning   bir   xilligi,
ayniyligi,   uning   huquq   falsafasida   ham   o’z   ifodasini   topdi.   Yuridik   qonunlarni
o’rganadigan   (pozitiv   huquq)   ijobiy   yurisprudensiyadan   farqli   o’laroq,   davlat   va
huquq   haqidagi   falsafiy   ta’limot   Gegel   ta’kidlashicha,   huquq   zaminida,   uning
mohiyatiga bog’liq fikrni bilishdan iborat. 
Huquq falsafasida «huquq» tushunchasi quyidagi mazmunlarda qo’llaniladi:  a) Huquq–erkinlik sifatida («huquq g’oyasi»); 
b) Huquq erkinlikka erishishning muayan bosqichi va shakli sifatida (alohida
maxsus huquq); 
v) Huquq–qonun sifatida («pozitiv huquq»).
Obyektiv ruh rivojlanishi jarayonida erkinlik g’oyasi takomillashadi va demak
«erkinlik»   va   «huquq»   tushunchalari   yaxlit   bir   butun   fikrni   ifodalovchi
tushunchalarga   aylanadi.   Umuman   Gegel   huquq   falsafasini   «erkinlik   falsafasi»
deyishimiz   mumkin.   Alohida   olingan   «maxsus   huquq»qa   tarixan   mavhum   huquq,
axloq,   oila,   jamiyat   va   davlat   kiradi.   Ular   o’rtasida   muayan   obyektiv   ruh   tizimida
o’zaro dialektik aloqa va ayrim hollarda ziddiyatli munosabatlar mavjud bo’ladi.
«Maxsus huquq» deganda Gegel ta’limotida huquqshunoslik fanlarining turli
ko’rinishlari   ko’zda   tutiladi   va   abstrakt   huquqqa   nisbatan   birlamchi   hisoblanadi.
«Maxsus huquq» iyerarxiyasining boshlan g’ ich etapida davlat huquqi turadi. Pozitiv
huquqda huquq qonun sifatida ana shu  «maxsus  huquqning» alohida bir  ko’rinishi
hisoblanadi. Umumiy huquq ijobiy huquqdir.
Gegel huquq va qonunni bir-biridan farqini, ularning o’ziga xos mohiyatlarini
ko’rsatish   bilan   bir   qatorda,   ularni   bir-biriga   qarama-qarshi   qo’yishning   oldini
olishga   harakat   qiladi.   U   tabiiy   huquq,   falsafiy   huquqni   pozitiv   huquqqa   qarama-
qarshi   qo’yishni   xato   ekanligini   ta’kidlaydi.   Huquq   tushunchasini   abstraktlikdan
konkretlikka   qarab   rivojlanishi   (harakati)   abstrakt   huquqni   shakllanishinig   birinchi
bosqichi hisoblanadi.
Gegel   falsafasida   tabiiy   huquqqa   empirik   yondashish   fan   va   amaliyot
ehtiyojining eng birlamchi talablariga javob beradi. Chunki bu usul huquq falsafasi
talablariga   ko’ra   predmet   yoki   hodisaning   tashqi   belgilarini   shunchaki   qayd   etish
bilan   cheklanmaydi.   Shuning   uchun   ham   empirizm   tabiiy   holatlarning   zaruriy   va
tasodifiy jihatlarini, mezonlarini aniq va ravshan aniqlash imkonini bermaydi. Gegel
fikriga ko’ra I.Kant kategorik imperativi orqali tabiiy huquqni turli ko’rinishlarining
axloqiy qonun sifatida talqin etish mumkin bo’ladi. Gegel, Kant hamda Fixte huquq
falsafasida mustahkam o’rin olgan iroda va ongning ichki dialektik «birligi haqidagi
G’oyani qo’llab-quvvatlaydi. Bu Kant va Fixte falsafasining buyukligidir» - deydi u. Gegel   falsafiy   tizimida   uning   huquq   falsafasi   obyektiv   ruh   falsafasidan
iboratdir.   Obyektiv   ruh   –   bu   erkinlik,   davlat   va   huquqiy   hodisalar   sifatida   reallik,
mavjudlik shaklidir. Shunday qilib, huquq falsafasining predmeti huquq g’oyasi va
huquq tushunchasi, hamda uning hayotga tadbiq etishning birligidir. G’oya (ideya)
esa   tushunchalarni   voqyelikka   aylantirishdir.   Huquq   g’oyasi   (ya’ni   bu   yerda
tushuncha   ko’zda  tutilmoqda)   erkinlik  tushunchasi  demakdir.  Inson  erkinligi   esa   –
ruhning   uzoq   davom   etgan   faoliyatining   natijasidir.   « Huquq   falsafasi   huquq
haqidagi   falsafiy   fan   bo’lib,   falsafaning   bir   bo’lagidir» .   Gegel   huquq   falsafasi
uning   falsafiy   ta’limotini   o’zida   ifodalaydi   va   mazkur   sistemadan   kelib   chiqadi.
Darhaqiqat,   uning,   falsafiy   ta’limotining   bir   qismi   hisoblanadi.   Gegel   huquq
falsafasi,   uning   ijtimoiy   nazariyasi,   ya’ni   jamiyat   rivojlanishining   qonuniyatlari
bilan uzviy bog’liqdir. Jahon tarixiy taraqqiyoti – bu mustaqil davlatlar rivojlanishi
tarixi   va   erkinlikni   anglash   jarayoni.   Jamiyat   taraqqiyoti   Gegel   ta’limotiga   ko’ra
o’zining quyidagi ko’rinishiga ega: Sharq, Yunon, Rim va Germaniya tarixi. Mana
shu   tarixiy-   ijtimoiy   tizimlarga   quyidagi   davlat   boshqaruvi   shakllari,   ya’ni
birinchidan , Sharq teokratiyasi;   ikkinchidan , Antik demokratiya va   uchinchidan ,
aristokratiya   va   to’rtinchidan   esa   Gegel   yashagan   ijtimoiy   tizim   bo’lgan
konstitusion   monarxiya   kiradi.   «Sharq   dunyosi   bir   kishining   erkinligi   bo’ladi,
Yunoniston   va   Rim   dunyosi   esa   ba’zilarning   erkinligini,   Germaniya   dunyosi   esa
hammaning   erkinligini   biladi»   -   deb   e’tirof   etadi.   Tabiiy   ijtimoiy-tarixiy
rivojlanishning mazkur sxematik tushunilishi, Gegel siyosiy-huquqiy qarashlarining
tarixan  cheklanganligini   ko’rsatib  turibdi.  Umuman Gegel  huquq  falsafasida   uning
falsafiy dunyoqarashining, yevroposentrik g’oyalari bir qadar ko’zga tashlanadi. Bu
uning huquqqa oid falsafiy qarashlarini muayan darajada tarixiy cheklanganligidir. 
Gegel   huquq   falsafasining   jiddiy   nuqsonlaridan   biri   Sharq
davlatchiligining   boy   merosi   va   uning   o’ziga   xos   ijobiy   tomonlarini   obyektiv
tahlil eta olmaganligidadir . Davlat boshqarishining uch asosiy shaklini qayd etib,
Gegel   birinchisini   Sharq   despotiyasi;   ikkinchisini   antik   davlat   demokratiya   yoxud
aristokratiya ko’rinishida, uchinchisi esa konstitusion monarxiya deb tushunadi. Va konstitusion monarxiyani esa, davlat boshqaruvi va erkinlikni anglash jarayoni, deb
biladi.
Shuningdek   Monteskye   huquq   falsafasini,   xususan   uning   davlat   va
qonunchilika   oid   fikrlarini   Gegel   o’z   huquqiy-siyosiy   ta’limotida   yanada
rivojlantirdi.   Qonunlarda   xalqning   milliyligi   va   uning   o’ziga   xos   xususiyatlari
in’ikos   etadi.   Qonunlarda   u   yoki   bu   xalqning   hayot   tarzi,   tabiiy,   geografik   shart-
sharoitlari   uning   tarixiy   taraqqiyot   rivojlanishining   qanday   bosqichida   ekanligi   va
boshqalar ham aks etadi.
Huquqiy   jarayonlarni   faqatgina   tarixiylik   yoki   kiyosiy-   tarixiy   bilish   asosi
usulida o’rganish Gegel ta’limotiga ko’ra huquqiy hodisalarning mohiyatini bilishda
bir   yoqlamalilikka   olib   keladi.   Chunki   huquq,   davlat   va   jamiyat   tarixiy
rivojlanishining   ba’zi   bir   jihatlari   ularning   (ya’ni   huquq   va   davlat)   mohiyatiga
tegishli   bo’lmasligi   mumkin.   Tarixiy   material   falsafiy   jihatdan   rasional   bo’lishi
mumkin, kaysiki bu tarixiy fakt falsafiy tushunchalar rivojining bir bo’lagi sifatida
namoyon   bo’lsa.   Bundan   shunday   xulosa   chiqarish   mumkinki,   Gegel   o’z   huquq
falsafasida   huquqning   tarixiyligi   maktabi   nazariyotchilarning   qarashlarini   qattiq
tanqid   qiladi.   Gegel   ta’limotiga   ko’ra   huquqning   tarixiyligi   maktabining   asosiy
kamchiliklaridan biri, bu unda rasionallikni yetishmasligidir.
Gegel   huquq   falsafasida   abstrakt   huquq,   huquq   tushunchasini   abstraktlikdan
konkretlikka   tomon   harakatining   birinchi   bosqichi   hisoblanadi.   Huquq   falsafiy
nazariyaning   predmeti   sifatida   abstrakt   erkin   shaxsning   huquqidir.   Abstrakt   huquq
zamirida alohida olingan shaxsning individual erkinligi yotadi. Ayni paytda, shaxs–
bu avvalo huquqiy imkoniyatning mavjudligidir.
Gegel   huquqiy   aforizmlaridan   biri   «Shaxs   bo’l   va   boshqalarni   ham   shaxs
sifatida hurmat qil»ni huquq falsafasining inson va davlat huquqiga oid bobiga asos
qilib oladi. Lekin u kishilarning huquqiy tengligini rasmiy (formal)  xarakterga ega
ekanligini   asoslaydi.   Ammo   kishilar   erkin   shaxs   sifatida   va   mulkka   munosabati
(xususiy mulkni hajmi, ko’lami emas)ga binoan teng huquqlidirlar. Shu munosabat
bilan   Gegel   Platonning   ideal   davlatda   qonunchilikka   oid   g’oyalarini   tanqid   qiladi. Umuman   olganda   Gegel   huquq   falsafasining   asosiy   muammolaridan   biri–bu   inson
erkinligi va uning huquqiy munosabatlar masalasidir. 
Uning   abstrakt   huquq   haqidagi   ta’limotida,   nohaqiqiylikning   (soddadillik
bilan   qo’yilgan   xato   yoxud   noqonuniy   hatti-harakat   yolg’onchilik,   majburlash   va
jinoyatchilik)  falsafiy  va  huquqiy  mohiyati   alohida  o’rin  egallaydi.  Gegel   o’zining
huquq   falsafasida   jinoyatni,   huquqiy   normalarni   ongli   ravishda   buzishdir   deb
hisoblaydi. Shuning uchun ham jazo faqatgina buzilgan huquqni tiklash vositasigina
bo’lmay,   balki   jinoyatchining   hatti-harakatlari   in’ikosi   o’laroq,   erkin   shaxs
huquqidir.
Gegel huquq falsafasida «jinoyat – jazo» tizimi alohida o’rin egallaydi. Uning
ta’limotiga   ko’ra   jinoyatni   jazolash   yo’li   bilan   bartaraf   etish,   oxir   okibatda   huquq
tushunchasini   mazmunan   konkretlashtirishga   va   xususan   axloq   va   odob
masalalariga olib keladi. 
Abstrakt   huquq   va   axloq   bir-birlari   bilan   bog’liq   ikki   tushuncha   bo’lib,
o’zining   voqyelikka,   aylanishi   bevosita   jamiyatda   erkinlik   tushunchasini   oila,
fuqarolik   jamiyati   va   davlat   shaklida   obyektivlashtirishga   bog’liqdir.   Gegel   huquq
falsafasida   fuqarolik   jamiyati   va   siyosiy   davlat   tushunchalari   bir-birlaridan   farq
qiladi.   Gegel   fuqarolik   jamiyati   deganda,   avvalo   o’zi   yashab   ijod   etgan   jamiyatni
ko’zda tutadi. Fuqarolik jamiyati bu alohida olingan shaxsning xususiy manfaatlari
va   ehtiyojlarini   qondirish   tizimidir.   Huquq   falsafasida   huquq   kategoriyasining
rivojlanishidan   kelib   chiqib   aytish   mumkinki,   fuqarolik   jamiyati   –   bu   ijtimoiy
taraqqiyotning   zarur   bosqichlaridan   biri   hisoblanadi   va   bu   jamiyatni   mohiyatini
alohidalik,   xususiylik   va   umumiylik   kategoriyalarining   dialektik   birligini   tashkil
etadi.   Fuqarolik   jamiyatida   uning   fikricha,   tom   ma’nodagi   fuqarolarni   erkinlikka
erishishi haqida gap ham bo’lishi mumkin emas, chunki bu jamiyatda juda ko’plab
xususiy   manfaatlarning   to’qnashuvi,   ular   o’rtasida   ziddiyat   va   qarama-qarshilik
stixiyasi,   hokimiyatni   aql-idrok   bilan   boshqarish   imkonini   bermaydi.   Gegel
ta’limotiga   ko’ra   bu   davlat   tizimida,   ko’proq   tashqi,   tasodifiy,   nomuhim   omillar
jiddiy   rol   o’ynashi   mumkin.   Fuqarolik   jamiyati   Gegel   talqinida   antogonistik,
ziddiyatlarga   boy   jamiyat,   ularni   hal   qilish   esa   bevosita   butun   jamiyat   siyosiy- iqtisodiy,   ijtimoiy   tizimini   tubdan   o’zgartirishni   talab   etadi.   Bu   jamiyatda   ijtimoiy
munosabatlar   ko’prok   jamiyat   a’zolarining   subyektiv   manfaatlarini,   ehtiyojlarini
kondirishga asoslanadi.
Gegel fuqarolik jamiyatini 3 ta muhim tomonini quyidagicha belgilaydi: 
1) Extiyojlar tizimi; 
2) Sud jarayoni; 
3) Polisiya va korporasiya. 
Fuqarolik   jamiyati   tarkibida   asosan   3   ta   ijtimoiy   guruh   mavjud.   Ulardan
birinchisi   substansional   ijtimoiy   guruhlar   bo’lib,   bunga   katta   yer   egalari,
zodagonlar,   dehqonlar   kiradi,   ikkinchisi ,   sanoat   sohasida   ish   olib   boruvchilar
ijtimoiy   qatlami,   bularga   yirik   fabrikantlar,   savdogarlar,   hunarmandlar   kiradi.   Va
nihoyat   uchinchisi   eng   umumiy   ijtimoiy   guruhlarga   boshqaruv   tizimida   band
bo’lgan rahbarlar kiradi.
Fuqarolik   jamiyatining   o’ziga   xos   siyosiy-huquqiy   falsafasini   yaratar   ekan,
Gegel   bu   jamiyatni   nomukammal   tizim   ekanligini   ilmiy-falsafiy   asoslab   berishga
harakat   qiladi.   Uning   ta’kidlashiga   ko’ra,   fuqarolik   jamiyatining   yana   bir   muhim
belgisi   shundaki,   bu   jamiyat   a’zolari   qanchalik   boylik   orttirmasin   va   umuman
fuqarolik   jamiyati   qanchalik   boy   jamiyat   bo’lmasin,   bu   ijtimoiy   tizim   jamiyatning
o’ta   qashshoq,   past   tabaqalarining   og’ir   sharoitini   yengillashtirish   imkoniga   ega
bo’lmaydi.
Gegel «Huquq falsafasi»ning fuqarolik jamiyatiga oid qismida qonun, pozitiv
huquq,   oddiy   sudlov,   polisiyalar   faoliyatiga   oid   muammolar   ham   batafsil   tahlil
etiladi.   Qizig’i   shundaki,   Gegel   «Huquq   falsafasi»da   davlat   va   fuqarolik   jamiyati
masalalari   alohida-alohida   boblarda   berilgan.   Bundan   shunday   xulosa   chiqarish
mumkinki,   bu   tushunchalar   Gegel   huquq   falsafasida   davlat   va   huquqni   bir-biridan
farq qiluvchi va ayni paytda bir-biri bilan bog’liq alohidalik va umumiylik sifatida
keltiradi.
Davlat   va   huquq   haqida   ta’limotning   asosini   davlat   huquqi,   ya’ni   davlat
huquqiy   hodisa   va   qonunlar   huquq   sifatida   tashkil   etadi.   Huquq   tushunchasining mazmunini   obyektivlashtirish   va   erkinlik   tushunchasini   ta’riflashda   «qonun»
tushunchasi katta ahamiyatga egadir. 
Gegelning   «huquq–bu   qonundir»   degan   aforizmi,   o’zining   falsafiy
mazmuniga ega. Jamiyatda mavjud kishilarning hatti-harakatlari va ular o’rtasidagi
munosabatlar   huquqni   qonunga   aylanishiga   olib   keladi.   Bu   esa   o’z   navbatida
huquqni umumiylik shakliga va uning mazmunini konkretlashuviga olib keladi.
Huquq   va   qonunning   o’zaro   munosabati   masalasi,   huquq   falsafasining
muhim, konseptual  jihatlaridan biri  hisoblanadi.  Gegel  bu  murakkab  masalani  o’ta
ustalik   bilan,   ularni   bir-biriga   qarama-qarshi   qo’ymaslikka   harakat   qilgan.   Bu   esa
Gegel dialektik ta’limotida kam uchraydigan hol hisoblanadi.
Shunday   qilib,   Gegel   huquq   falsafasida   davlat   va   huquq,   inson   erkinligi
haqidagi   ta’limotlarining   mohiyati   shundan   iboratki,   Gegel   etatizmi   asos-e’tibori
bilan totalitarizmga zid bo’lgan ta’limot hisoblanadi.
Gegelning   «Huquq   falsafasi»   asarida   esa,   jamiyat,   huquq,   shaxs   erkinligi,
davlat,   oila   muammolarini   jinoyat   va   jazo   dialektikasini   to’g’ri   tushunishda   va
falsafiy   bilimda,   siyosiy-huquqiy,   falsafiy   fanlar   tarixida   alohida   o’rin   egallaydi.
Uning   huquqiy   tushunchalarini   chuqur   falsafiy   tahlil   etishi   keyingi   tarixiy   davrda,
uning   izdoshlari   tomonidan   rivojlantirildi.   Bu   esa   o’z   navbatida   huquq   falsafasini
mustaqil falsafiy bilim sifatida shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. 
Gegel   huquq   falsafasining   asoschilaridan   biri   bo’lib,   huquq   falsafasining
mazmuni va tarkibini, tushunchalari va kategoriyalari, uning predmetini aniqlashga
katta hissa qo’shgan mutafakkirlardan biridir.
Shunday   qilib,   Gegel   huquq   falsafasining   asosiy   xususiyatlaridan   biri,   uni
etika va axloq haqidagi ta’limot bilan bog’liqligidir. Huquq falsafasining yuqoridagi
tahlilidan   kelib   chiqib   aytishimiz   mumkinki,   u   o’zida   abstrakt   huquq,   axloq   va
etikani   mujassam   etadi.   Axloq   esa   o’zida   oila,   fuqarolik   jamiyati   va   davlatni
mujassam etadi.
Nemis   mumtoz   falsafasi   huquq   falsafasi   rivojlanishida   alohida   ahamiyatga
molik bo’lgan tarixiy bosqich hisoblanadi.  Bizning   fikrimizcha,   birinchidan   nemis   huquq   falsafasining   o’ziga   xos
jihatlarini,   marksistik   ta’limotining   tamoyillaridan   xalos   bo’lgan   sharoitda   tadqiq
qilish  zarur.  Chunki, uning  ta’limoti   hozirgi   davr   huquq falsafasini  shakllanishi   va
rivojlanishida   muhim   ahamiyatga   ega.   Nemis   huquq   falsafasi   nemis   mumtoz
falsafasining   ajralmas   qismidir.   Gegel   va   Kant   huquq   falsafasini   tahlilini
Yurtboshimiz   I.Karimovning   so’zlari   bilan   yakunlash   maqsadga   muvofiq:   «Men
g’ arb  falsafasida  ham  barcha  muammolar   yechilgan  demoqchi  emasman.  Biz   ko’p
masalalarda   g’ arb   faylasuflarining   fikrlari   bilan,   ayniqsa   individualizm,   egoizm
qarashlarini   ilohiylashitirish   bilan   kelishmasligiz   mumkin.   Lekin   ularni   hisobga
olishimiz kera k ligini e’tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur».
Xulosa
1.   Qadimgi   Hindiston   falsafiy   va   huquqiy   tafakkurining   etakchi   yo'nalishlari
brahmanizm,   jaynizm   va  buddizm   edi.  Qadimgi   Xitoyning  eng   ta'sirli   axloqiy  va
huquqiy ta'limoti konfutsiylik, moizm va legizm edi.
2.   Qadimgi   Hindiston   huquq   falsafasi   evolyutsiyaga   unchalik   tobe   bo'lmagan,
Qadimgi   Xitoyga   kelsak,   bu   erda   huquq   falsafasi   axloq   bilan   huquqning   to'liq
birlashuvidan   ularning   to'liq   qarama   -qarshiligiga   o'tdi.   Biroq,   axloqning   qonun
ustuvorligiga asoslangan ta'limot vaqt sinovidan o'tgan.
3.   Qadimgi   Hindiston   va   Xitoy   mutafakkirlarining   falsafiy   qarashlari   Sharq
xalqlari   madaniyatida   falsafiy   va   huquqiy   tafakkurning   keyingi   rivojlanishining
asosiy xususiyatlarini belgilab bergan faqat birinchi, dastlabki bosqichdir.
4.   Huquqning   falsafiy   tushunchasi   o'z   taraqqiyotida   uzoq   yo'lni   bosib   o'tdi,
qadimgi   tabiatshunoslar   ta'limotidagi   axloq   va   huquq   muammolarini
aralashtirishdan   boshlab,   axloqiy  -huquqiy  me'yorlarning  umuminsoniyligi,   tabiiy
huquq,   siyosiy   haqida   qoidalarning   paydo   bo'lishiga   qadar.   huquq   tabiati,
insonning siyosiy tabiati va boshqalar.
5.   Antik   davrning   tabiiy-huquqiy   doktrinasi   o'zining   keyingi   rivojlanishini   o'rta
asrlarda va yangi asrda topdi: huquqning shartnomaviy tabiati, erkinlik muammosi, huquqiy   tenglik   va   boshqalar.   Tabiat   nazariyasini   zamonaviy   talqinchilari   uchun
ham muhim ahamiyatga ega. qonun
6.   Uyg'onish   davri   huquq   falsafasining   ahamiyati   shundaki,   umuman   olganda,   u
hozirgi davr huquq falsafasiga zamin tayyorladi va yaratdi. Jamiyatning mohiyati,
uning   qonunlari   bu   davrda   antropotsentrizm   nuqtai   nazaridan   ko'rib   chiqilgan.
Uyg'onish   davri   falsafasi   davri   -   bu   o'rta   asr   falsafiy   va   huquqiy   an'analaridan
Yangi asr an'analariga zarur va tabiiy o'tish.
7.   Islohotlar   davrining   falsafiy   va   huquqiy   masalalarida   asosiy   e'tibor   inson
huquqlarining   diniy   asoslanishiga   qaratildi.   Biroq,   Islohot   ham   boshlang'ich
nuqtasida, ham borligi natijalarida diniy va ilohiy muammolar chegarasidan chiqib
ketadi.  Muqaddas   marosimlar,  aqidalar   va   imon   ramzlari   haqidagi   keskin   bahslar
natijasida   axloqiy,   ijtimoiy   va   huquqiy   yo'nalishlarning   o'zgarishi   yuz   berdi.
Siyosiy   erkinlik,   vijdon   erkinligi,   inson   va   fuqarolik   huquqlari   g'oyalari
Reformatsiya tomonidan o'rnatildi.
8.   Hozirgi   zamon   huquq   falsafasi   ilmiy   huquqiy   bilimlarning   amaliy   ahamiyatini
oshirish   bilan   tavsiflanadi.   Bu   davrda   tarixiy   va   yuridik   fanlar   amalda   muhim
siyosiy   va   ijtimoiy   fanlarga   aylandi.   Tabiiy   huquq   haqidagi   tushuncha,   erkinlik
haqidagi   xabardorlik   kengaydi,   ijtimoiy   shartnoma   nazariyasi   takomillashtirildi,
ya'ni zamonaviy davlat va huquq nazariyasining asoslari qo'yildi.
9. Faylasuf-o'qituvchilar, inson hayotining barcha sohalarida aql-idrokni boshqarib,
buni tarbiyalab, insonning avtonom sub'ekt sifatida shakllanishiga hissa qo'shdilar.
Vakillik   hokimiyati   va   xalq   suvereniteti   nazariyasi   har   tomonlama   ishlab
chiqilmoqda.   Natijada,   ma'rifatparvarlik   jahon   tsivilizatsiyasiga   boshqa   davrlar
qilmagan narsani - suveren shaxs g'oyasini berdi.
10.   I.Kantning   kategorik   imperativ   muammosini   uslubiy   o'rganishi   tabiiy
huquqning   mohiyatini   asoslash   uchun   katta   ahamiyatga   ega.   Demak,   qonun   va
axloq   tamoyillari   bir   xil.   Ular   faqat   o'z   ifodasini   boshqa   shaklga   ega   bo'ladilar,
chunki   axloq   -   bu   shaxsning   ichki   motivlari   sohasi,   qonun   esa   qonun   bilan
belgilangan   tashqi   me'yorga   muvofiq   amaliy   harakatlar   sohasidir.   Biroq,   bu
printsiplarning   ma'nosi   avtonom   shaxsdir.   Shunday   qilib,   qonun   va   axloq o'rtasidagi   farqni   bir   xil   kategorik   imperativning   ruxsat   etilgan   va   taqiqlovchi
versiyalari   ma'nosining   farqiga   qadar   kamaytirish   mumkin.   Mavzu   o'rnida   qolib,
Kantian   ratsionalistik   sub'ektivligi   huquq   g'oyasining   axloqiy,   deontologik
asoslanishini amalga oshirdi.
11. Gegelning huquq falsafasi-idealistik dunyoqarashga asoslangan tabiiy-huquqiy
tafakkurning   yana   bir   varianti.   Ko'p   jihatdan   Kant   chizig'ini   davom   ettirib,   u
sub'ektivlik   tamoyilini   amalga   oshirishga   intiladi,   huquq   manbalari   va   uning
mezonini inson ongida - ruh sohasida izlaydi. U huquqning o'zini o'zi rivojlantirish
g'oyasiga   asoslangan   universal   metodologiyani   yaratdi.   Erkinlik   sifatida   Ruhning
rivojlanishining   har   qanday   bosqichi   u   bilan   qonun   tushunchasini   olib   yuradi:
mavhum qonun, axloq, axloq.
12.   Idealizmdan   obyektivizmga   o'tish   tarixiy   huquq   maktabida   ko'rsatilgan   (G.
Gyugo,   K.   Savigny,   G.   Puchta).   Tarixiy   maktabga   ko'ra,   huquq   o'z   -o'zidan   xalq
ruhining   tubidan   kelib   chiqadi,   xalqning   yaxlit   madaniyatining   ajralmas   qismi
hisoblanadi. Shaxslar yoki shaxslar  guruhlarining o'zboshimchalikli  istaklari bilan
vujudga   kelishi   mumkin   emas   (hatto   bu   odamlar   qonun   chiqaruvchi   bo'lsa   ham).
Binobarin,   ularning   qurilishida   hech   qanday   mavzu   yo'q   va   qonun   ustuvorligi
ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi.
13. K.  Marks  va  F. Engels  huquq falsafasida  ijtimoiy shart  -sharoitlarning  qonun
ustuvorligiga   ta'siri   sababchi   xususiyatga   ega   bo'ldi.   Ular   sub'ektning
(shaxsiyatning)   huquqni   uning   asosiy   voqelik   sifatida   shakllanishidagi   rolini
etarlicha   hisobga   olmaydilar,   sub'ektni   ijtimoiy   munosabatlarda   (sharoitlarda)
eritib   yuboradilar.   Ijtimoiy   va,   birinchi   navbatda,   iqtisodiy   munosabatlarning
chuqur   shartlanishini  to'g'ri   ko'rsatgan   holda,   marksistik  nazariya,  uning  ijtimoiy-
iqtisodiy   mohiyatini   kamaytirmaydigan,   huquqning   maxsus   mohiyati   borligi
to'g'risida savol tug'dirmaydi.
14. XX asr  falsafiy va huquqiy tafakkuri  yagona  dominant  yo'nalishga  ega emas.
Aksincha, u qarashlar va tendentsiyalarning plyuralizmi bilan ajralib turadi. XX asr
huquq   falsafasining   o'ziga   xos   xususiyati   sifatida   plyuralizm   -   bu   insoniyat
tarixining burilish nuqtasida sodir bo'lgan voqealarning xilma -xilligi va uning turli xil   namoyon   bo'lishi   va   ishlash   tamoyillarini   hisobga   olgan   holda   huquqni
o'rganish natijasidir. zamonaviy dunyoda.
15. XX asrda insonning mavjudligini anglashiga to'sqinlik qilgan rasmiy norma va
tamoyillar   kuchiga   norozilikning   o'ziga   xos   turi   sifatida   huquqiy   ongning   klassik
bo'lmagan   modeli   shakllanmoqda.   Tabiatshunoslik   va   ijtimoiy   fanlar
rivojlanishining   umumiy   oqimida   yuridik   fan   sezilarli   darajada   yangilandi,   uning
kontseptual   apparati   takomillashdi,   huquqiy   tahlilning   texnikasi   va   usullari,
huquqqa   uslubiy   yondashuvlar   kengaytirildi,   huquq   va   huquq   o'rtasidagi
munosabatni   falsafiy   talqin   qilish,   ijobiy   huquqni   baholash   va   boshqalar   ancha
murakkablashdi.
16.   Huquqiy   pozitivizmda   muhim   o'zgarishlar   yuz   berdi,   u   neopozitivizmga
aylandi. J. Ostinning buyruqlar nazariyasi  ta'siri  ostida G. Kelsenning  "sof huquq
nazariyasi",   X.   Xartning   analitik   kontseptsiyasi,   huquqni   tushunishga   yangi
huquqiy-pozitivistik   yondashuvlar   (lingvistik,   yuridik-mantiqiy,   strukturalist   va
boshqalar) shakllandi va tarqalish.
17.   Tabiiy   huquqga   murojaat   qilish   tendentsiyasi   kuchaydi.   Asosan   "qayta
tiklangan   tabiiy   qonun",   "narsalarning   tabiati",   neokantizm   va   neegegelizm,
fenomenologiya,   ekzistensializm,   germenevtika,   kommunikativ   falsafa   va
boshqalar   kontseptsiyalari   ishlab   chiqilmoqda.   Qonun   ijtimoiy-madaniy
voqelikning   ajralmas   qismi   sifatida,   shaxsning   ustuvorligini   va   uning   sub'ektiv
huquqlarini davlat huquqiga nisbatan himoya qilish tendentsiyasi mavjud.
18.   Huquqni   tushunish   uchun   sub'ektivlik   printsipi   tasdiqlangan.   Bu   yo'nalishga
muvofiq,   huquqiy   voqelikni   anglashning   sub'ektiv   usullarining   bir   tomonlama
yondashuvlarini   engishga   jiddiy   urinishlar   qilingan.   Subyektivlikda   huquqning
ma'nosi   sub'ekt   ongida   yoki   tashqi   ijtimoiy   dunyoda   erimaydi,   balki   ikki   yoki
undan   ortiq   sub'ektlarning   uchrashishi   (aloqasi)   natijasida   qaraladi.   Subyektivlik
paradigmasi   doirasida   ekzistentsial   fenomenologiya   (A.   Kaufman,   P.   Rikur   va
boshqalar),   kommunikativ   falsafa   (K.-O.   Apel,   J.   Xabermas   va   boshqalar)
kontseptsiyalari ishlab chiqilmoqda. 19.   XX   asr   huquq   falsafasi   uchun   etakchi   -   adolat   tushunchasi   bo'lib,   u   juda
murakkab   mafkuraviy   -falsafiy   tuzilishi   bilan   ajralib   turadi.   U   neokantizm
g'oyalari, o'tmish va hozirgi tabiiy-huquqiy g'oyalar, qadriyatlar etikasi, pozitivistik
g'oyalar,   ekzistensializm   g'oyalari,   J.   Rawls,   R.   Dvorkin   va   boshqalar
kontseptsiyalarining   liberal-demokratik   g'oyalarini   birlashtiradi.   asosiy   huquqiy
qadriyat va insoniyat mavjudligining eng oliy tamoyili sifatida e'lon qilingan ...
  Foydalanilgan   adabiyotlar :  
1.   Антология   мировой   правовой   мысли:   В   5   т.   —   М.,   1999.   —   T .   1:
Античность. Восточные цивилизации. — С. 117-118. 
2. Бродов В.В. Истоки философской мысли Индии. — М., 1990. — С. 46-81. 
3. Бонгард-Левин Г.М. Древнеиндийская цивилизация. -М., 1993. - С. 25-31. 
4. Васильев Л.С. Проблемы генезиса китайской мысли (формирование основ
мировоззрения и менталитета). - М., 1989. - С. 55-80. 
5. Евсюков В.В. Мифы о мироздании. — М., 1990. — С. 27-45. 
6. Законы Ману (Памятники литературы народов Востока). М.,1960. С. 11-36.
7.  История   философии  /   Под  ред.  В.   М.  Мапельман  и  Е.  М.  Пенькова.   -  М.,
1998. - С. 22-27. 
8. Конфуций. Лунь-юй // Мудрецы Поднебесной: СПб. Симферополь, 1998.С.
12-24. 
9.   Лукьянов   А.Е.   Становление   философии   на   Востоке.   Древний   Китай   и
Индия. — М., 1989. — С. 36-40. 
10. Переломов Л.С. Конфуцианство и легизм в политической истории Китая.
- М., 1981. - С. 45-56. И.Юань Кэ. Мифы Древнего Китая. М., 1987.С. 34-35.

ANTIK DAVR HUQUQ FALSAFASI Dike va nomos adolat asoslarini izlab 1. Antik davrda falsafiy va huquqiy qarashlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi (Qadimgi Yunon va Rim). 2. O’rta asrlar falsafiy va huquqiy tafakkurning xususiyatlari. 3. Uyg’onish davrii falsafiy va huquqiy fikrlari rivojlanishi. 4. Yangi davr va ma'rifat davri huquq falsafiy qarashlari. 5. XX asr huquq falsafasining asosiy xususiyatlari. 6. Pozitivizmning zamonaviy o'zgarishi. Neopozitivizm. 7. XX asrning qayta tiklangan tabiiy huquqi haqidagi kontseptsiya. Tabiiy huquq haqidagi zamonaviy kontseptsiyalar.

«Homer Yunonistoni» davridayoq (miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri) Homernin g «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida (milloddan avvalgi VIII asr) tasvirlangan ellinlar, jumladan, dike (haqiqat, adolat), temis (yoki femis - odat, odat huquqi), time (or-nomus, faxriy huquq -da’vo), nomos (qonun) kabi tushunchalarni ishlatishgan. O’z tabiatiga ko’ra ilohiy bo’lgan adolat huquqiy holatning obyektiv asosi va mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Gesiod (miloddan avvalgi VII asr) adolat va qonunning ildizlari hamda asoslari yagonaligini o’zining «Teogoniya» va «Mehnatlar va kunlar» dostonlarida quyidagicha tasvirlagan: Adolat (Dike) va Ezgu qonunchilik (Evnomiya) Olimpiya oliy xudosi Zevs va odil sudlov xudosi Femidaning qizlari bo’lgan ikki opa-singil ma’budalardir. Gesiod talqinidagi adolat ham Homer asarlaridagi kabi kuchga va zo’ravonlikka qarshi qo’yilgan. Dike Oliy xudo (barcha ilohiy mukammallikning timsoli) Zevsning va (abadiy, tabiiy tartibning ramzi) Femidaning qizi sifatida ilohiy adolatni muhofaza qilgan va undan chekinganlarni jazolagan. Olamlar axloqining buzilishi va ilohiy adolatli yo’l-yo’riqlardan chekinish, Gesiodning so’zlari bo’yicha («Mehnatlar va kunlar», 174-193), «haqiqatning o’rnini musht egallashiga», «kuch qayerda bo’lsa, haqiqat o’sha yerda bo’lishiga» olib kelgan. Bunday o’rin egallashni Gesiod huquq va adolat to’g’risidagi tasavvurlarning soxtalashtirilishi sifatida qoralagan. Ernst Kassirer Gesiodning huquqiy g’oyalarini tavsiflab bunday deb yozgan edi: «Epos eng avvalo huquq g’oyasi tufayli yangi qiyofaga ega bo’ldi. Huquq g’oyasi eposga yangicha hayot baxsh etdi. U eposga Homerda mavjud bo’lmagan tarzdagi shaxsiy tus berdi». Adolat va huquqning o’zaro aloqasi to’g’risidagi tasavvur keyinchalik «yetti donishmand» ijodida rivojlantirilgan. Ularning barcha ish va harakatda muayyan «o’lchov» hamda «o’rtachalik»ka rioya qilish zarurligi haqidagi qarashlari va qisqa hikmatlari (hikmatli she’riy so’zlari) kishilarning xulq-atvorini tartibga soluvchi normalarning obyektiv tabiati to’g’risidagi rasional-nazariy tasavvurlarni chuqurlashtirish borasida ancha qiziqish uyg’otadi. Masalan: «O’rta yo’l eng yaxshi yo’l» (Kleobul), «Hyech narsa me’yoridan ortiq bo’lmasligi kerak» (Solon),

«Boshqalar qilganda sen tanbeh beradigan ishni o’zing qilma» (Fales) kabi hikmatli so’zlar keng yoyilgan edi. Solon o’zining qonunlari bilan (miloddan avvalgi 594 y.) qarzli qulchilikni yo’q qilgan, Afinada zodagonlar va demosning, boylar va kambag’allarning murosasi g’oyasi bilan sug’orilgan mo’tadil senzli demokratiyani joriy etgan. Solon o’z elegiyalarida «kuchni huquq bilan qovushtirib, qonun hokimiyati» bilan isloh qilganligini, barchaga «to’g’ri haqiqat»ni ko’rsatganligini va «oddiy odamga zodagon bilan teng» qonunlarni berganligini qayd etgan. Pifagor va uning izdoshlari (miloddan avvalgi asrlar) odamlarning turmushi isloh qilinishi hamda falsafaning huquq va erkinlik to’g’risidagi xulosalariga muvofiqlashtirilishi kerakligi haqidagi tasavvurlarni rivojlantirgan. Ular «adolat boshqalarga teng ajr (savob) berilishidan iborat»dir, deyishgan 3 . Ushbu ta’rif o’zida qadimgi talion prinsipi (« qonga qon, jonga jon») ning falsafiy abstraksiyasi va talqinini ifodalagan edi. Pifagorcha qarashlarning teranligi va yangiligi shunda ediki, «zarur mezon» va «mutanosiblik» tushunchalari ostida ular ma’lum (o’z tabiatiga ko’ra raqamli) muvozanatni, ya’ni qandaydir tenglashtirishni, xullas, tenglikni nazarda tutgan edilar. Huquqiy tenglik g’oyasini shakllantirish jarayonida bu muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Geraklit (miloddan avvalgi 530-470 yillar atrofida) tomonidan polis qonunlarini obyektiv umumjahon qonuniyatlari bilan izohlashning chuqur konsepsiyasi rivojlantirilgan. Adolat, qonun va boshqalar - umuman olam, koinot haqidagi («tartibga solingan olami», «jahon tartibi» kabi) bilimlarning bir qismidir. Geraklitga ko’ra, koinot taqdiri o’zgaruvchan olov o’lchovi bilan bog’liqligi - umumiy qonuniyat, jahondagi barcha voqyealar asosida yotuvchi abadiy logosdir. Jahondagi barcha narsa mana shu logosga muvofiq, kurash orqali va zaruriyatga ko’ra sodir bo’ladi. Adolat umumiy ilohiy logosga amal qilishdan iboratdir. Logossiz odamlarda adolat (dike) to’g’risidagi tasavvurning o’zi bo’lmas edi. «Agar bu bo’lmaganda edi, ular Haqiqatning nomidan ham bexabar bo’lur edilar» (V 23).

Huquqning obyektiv-aqliy tabiati va mohiyati to’g’risidagi keyingi barcha konsepsiyalar Geraklitning haqiqat va adolat to’g’risidaga o’zgarib turadigan insoniy tasavvurlarning obyekiv (ilohiy-kosmik) asosi bo’lmish aql haqidagi, nomos (qonun)ning asosi bo’lmish logos to’g’risidagi g’oyalariga borib taqaladi. Demokrit. Demokritga (miloddan avvalgi 470-366 yillar atrofida) ko’ra, polis va uning qonunlari odamlarning poda bo’lib yashashdan sivilizasiyali turmushga tabiiy, sababiy-bog’lanishli shartlangan evolyusiyasi jarayonida ular tomonidan belgilangan sun’iy, insoniy tuzilmalarni o’zida ifodalaydi 3 . Tabiiylik va sun’iylikning nisbati - bu «haqiqat bo’yicha» (ya’ni tabiatga ko’ra, haqiqiy voqyelik bo’yicha) mavjudning hamda faqat «umumiy fikr»ga muvofiq mavjud bo’lganning nisbatidir. Demokrit tabiatga monandlikni etika, siyosat, qonunchilikdagi adolat mezoni sifatida baholangan. «Nimaiki adolatli deb hisoblansa, - deb qayd etgan Demokrit, - adolatli emas: tabiatga zid narsa adolatsizlikdir». Demokrit polis tartiblari va qonunlarini mohiyatan mana shu tabiiy-huquqiy nuqtai nazardan tanqid qilgan, chunki ular faqat «umumiy fikr»ni ifodalaydi, biroq tabiatdan ayrichadir. «Qonunlarning ko’rsatmalari, - deb yozgan Demokrit, - sun’iydir. Tabiatga ko’ra atomlar va bo’shliq mavjuddir». Demokrit tabiiy va sun’iyni mana shu tarzda bir-biriga zid qo’yish orqali «qonunlar - ahmoqona ixtirodir», degan, shu sababli «donishmand qonunlarga bo’ysunmasligi, erkin yashashi kerak». Bu o’rinda «erkin yashash» odamlarning «umumiy fikri»ga va ular tomonidan hosil qilingan shartli va sun’iy ko’rsatmalarga bog’liq bo’lmagan holda «tabiatga ko’ra», tabiat «haqiqati bo’yicha» yashashni anglatgan. Sofistlar Tabiiy va sun’iyni farqlash sofistlarning (miloddan avvalgi V-IV asrlar) polis qonunlari haqidagi ta’limotiga asoslanadi. Inson «barcha ashyolarning o’lchovi» degan mashhur ta’rif sofist Protagorga (miloddan avvalgi 481-411 yillar) tegishlidir (Platon. Teetet, 152a). Protagorga ko’ra, polislar va qonunlar tabiat tomonidan berilmagan, balki

donishmandlarcha qilingan kashfiyotdir. Tabiiy va sun’iyni, ularning nisbatini farqlash, Protagor talqiniga ko’ra, insonning sun’iy narsa (polis, qonunlar) - «ashyolar» (ashyolar tabiati)ni bilib olishi mahsuli, «ashyolar mezoni» insoniy tushunchasining ifodalanishidir. Bunda u demokratik nuqtai nazardan bunday bilish polisning barcha a’zolari uchun xos ekanligini ta’kidlagan. Polis a’zolari birgalikdagi polis hayoti uchun zarur bo’lgan insoniy saxovatlar (adolat, mulohazakorlik va diyonat)ga bir xil darajada dahldordir. Sofist Gorgiy (miloddan avvalgi 483-375 yillar) «yozilgan qonunlarni, adolatning ushbu muhofizlarini» inson madaniyatining muhim yutuqlari qatoriga kiritgan. Yozilgan qonun - mahorat bilan qilingan insoniy kashfiyot, ya’ni qandaydir sun’iy narsa. Gorgiy yozilmagan «adolat»ni «yozilgan qonun»dan farqlagan, uni qadriga ko’ra polis qonunidan yuqori qo’ygan hamda «ishning mohiyati», «ilohiy va umumiy qonun» deb ta’riflagan. Sofist Gippiy (miloddan avvalgi 460-400 yillar) tabiat (fyusis) va qonun (nomos)ni aniq-tiniq qilib bir-biriga zid qo’ygan. Gippiy har xil polislar fuqarosi bo’lgan ellinlik o’z tinglovchilariga qarata bunday degan: «Ey bu yerda yig’ilgan odamlar! Men sizlarning barchangizning qonun bo’yicha emas, tabiatan qarindosh, quda-anda hamda bir xil fuqaro deb hisoblayman: chunki bunday qarindoshlik tabiatga xosdir, qonun esa odamlar ustidan hukmronlik qilib, ko’p narsalarga majbur etadi, bu tabiatga ziddir» (Platon, Protagor, 337). U tabiatning talabi (tabiat bo’yicha huquq) deganda «har bir mamlakatda bir xilda ijro etiladigan» (Ksenofont, Voslominaniya o Sokrate, IV, IV, 19) yozilmagan qonunlarni tushungan. Sofist Antifont (miloddan avvalgi 400 yillar atrofida) barcha odamlarning tabiatan tengligi to’g’risidagi qoidani asoslagan: «Hammamiz - varvarlar ham, ellinlar ham barcha munosabatlarda tabiatan bir xilda tengmiz. (Bu o’rinda) tabiatga ko’ra barcha odamlarning ehtiyoji bir xilda ekanligiga e’tiborni qaratish joizdir». Antifont polis qonunlarini va tabiat amrini farqlab, ikkinchisiga aniq ustunlikni ravo ko’rgan, «Qonunga ko’ra - adolatli (deb e’tirof etiladigan) ko’plab