logo

ANTROPOSENTRIK PARADIGMA VA UNING LINGVOKUL

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.2880859375 KB
ANTROPOSENTRIK PARADIGMA VA UNING LINGVOKUL
TUROLOGIYADAGI O‘RNI
Reja:
1. Antroposentrik paradigma
2. Lingvokulturologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi 1.Antroposentrik   paradigma.   Ilmiy   paradigma   (yunoncha   “misol,
namuna”)   fan   obyektini,     uning   muayyan   davrda   hokim   bo‘lgan   nazariy
tushunchalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan va shu asosda fanning turli bo‘limlarida
o‘xshash   bo‘lgan,   o‘zaro   bog‘langan   muayyan   tadqiqot   metodikalarining
majmuyidir. Ilmiy  metodologiya va ilmiy  metodlardan farqli o‘laroq, aniq tarixiy
xususiyatga   va   ijtimoiy-madaniy   tarqalish   chegarasiga   ega.   Mazkur   termin   1962-
yilda   amerikalik   faylasuf   va   tarixchi   T.   Kunning   mashhur   “Ilmiy   inqiloblar
strukturasi”     («Структура   научных   революций»   rus   tiliga   1977-yilda   tarjima
qilingan) asarida muomalaga kiritilgan. 
T.   Kunga   ko‘ra   paradigma   o‘z   tadqiqot   faoliyatiga   va   obyektiga   ega   bo‘lgan,
mushtarak ilmiy va falsafiy g‘oyalar bilan birlashgan u yoki bu ilmiy yoki falsafiy
hamjamiyatlar   tomonidan   qo‘llaniladigan   o‘ziga   xos     metodlar   va   usullar
yig‘indisidir.   Masalan, XIX va XX asrlarning paradigmalari qiyoslanilganda, XIX
asrni   tarixiylik,   XX   asrni   esa     strukturalizm   belgisi   ostida   kechganligini   ko‘rish
mumkin.   T.   Kun   paradigmalarning   bunday   o‘zgarishini   “ilmiy   inqilob”,   deb
ataydi. Binobarin, ilmiy paradigma falsafa, fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy hayot va
h.k.ning   yetakchi   tamoyillari   va   metodlarini   birlashtirgan   umummadaniy
paradigmaning   bir   qismi   hisoblanadi.   Masalan,   strukturalizmning   ilmiy
paradigmasi pozitivizmning madaniy paradigmasiga kiradi 1
. 
Ma’lumki, lingvistikada (umuman, ijtimoyi fanlarda) paradigmalar bir-birini
o‘zgartirmaydi,   biroq   biri   boshqasini   to‘ldiradi,   ayni   paytda   biri   ikkinchisiga
e’tibor   bermagan   holda   birga   yashaydi.   An’anaviy   tarzda   ilmiy   paradigma   uch
turga ajratiladi: qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va  antroposentrik.  
Tilshunoslikda ilk ilmiy paradigma qiyosiy-tarixiy paradigma sanaladi. Chunonchi,
qiyosiy-tarixiy metod til tadqiqining dastlabki xususiy metodi bo‘lgan. 
Sistem-struktur   paradigmada   asosiy   e’tibor   predmyetga,   narsaga,   otga   qaratilgani
uchun   so‘z   diqqat   markazida   bo‘lgan.   Hozir   ham   tilni   sistem-struktur   paradigma
doirasida   tadqiq   qilish   davom   etmoqda.   Bu   paradigma   tarafdorlarining   soni   ham
talaygina. Hali ham mazkur paradigma asosida darsliklar, akademik grammatikalar
1   Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие  для студентов  высших учебных
заведений. –М., 2001. –С. 6. yozilmoqda.   Shubhasiz,   sistem-struktur   paradigma   doirasida   amalga   oshirilgan
fundamental   tadqiqotlar   nafaqat   hozirgi,   balki   kelajakda   boshqa   paradigmalar
asosida   izlanish   olib   boradigan   tilshunoslar   uchun   ham   qimmatli   manba   bo‘lib
xizmat qiladi.   
  Antroposentrik   paradigma   bu   tadqiqotchilar   qiziqishlarining   obyektdan
subyektga o‘zgarishi, yo‘naltirilishi, ya’ni insonning tilda, tilning esa insonda tahlil
qilinishidir.   I. A. Boduen de Kurtene ta’biri bilan aytganda, “til faqat til jamoasini
tarkib   toptirgan   individual   miyalarda,   ko‘ngillarda   va     individlarning   psixikasida
mavjud bo‘ladi”.   
Tilning     antroposentrik   g‘oyasi   zamonaviy   tilshunoslikning   asosini   tashkil   qiladi.
Bugungi   kunda   lingvistik   tahlilning   maqsadi,   til   tizimlarining   turli   tavsifini
shunchaki   aniqlash   bilan   hisoblasha   olmaydi.   Til   kishilik   jamiyatida   vujudga
kelgan   ko‘p   qirrali   hodisa:   u   sistema   va   antisistema,   faoliyat   hamda   ushbu
faoliyatning   mahsuli,   ruh   va   moddiyat   va   h.k.   Yu.   S.   Stepanov   tilning   murakkab
mohiyatini yortish uchun uni bir necha obrazlar ko‘rinishida taqdim etgan bo‘lsa-
da,   ulardan   hech   biri   tilning   barcha   qirralarini   to‘liq   ochib   berolmaydi:   1)   til
individning tilidir ; 2) til -  til oilalari a’zosi ; 3) til –  struktura ; 4) til –  tizim ;  5) til –
tur va xususiyat ; 6) til –   kompyuter ; 7) til –   fikrlar makoni va “ruhning uyi”   (M.
Xaydegger), ya’ni til  insonning murakkab kognitiv faoliyatidir . XX asrning oxiriga
kelib   bularga   yana   bir   ta’rif   qo‘shildi:   til   –   madaniyat   mahsuli ,   uning   muhim
tarkibiy qismi, yashashining sharti,  madaniy kodlarning shakllanish omilidir. 
Antroposentrik   paradigma   nuqtayi   nazaridan   inson   dunyoni   o‘zini   bilish,
o‘zining nazariy va amaliy faoliyati orqali taniydi. Masalan, hech qanday mavhum
nazariya   nima   uchun   olov   hissi   haqida   o‘ylaganda   sevgi   olovi ,   yurak   otashi ,   iliq
do‘stlik   va   h.k.   haqida   gapirilishini   izohlay   olmaydi.     Barcha   narsalarning   o‘z
o‘lchovida anglash insonga uning ongida narsalarning antroposentrik tartibini ijod
qilish   huquqini   beradi.   Uni   maishiy   emas,   balki   ilmiy   darajada   tadqiq   qilish
mumkin   bo‘ladi.   Insonning   miyasida,   ongida   mavjud   bo‘lgan   bu   tartib   uning
ma’naviyatini,   qadriyatlarini   va   xatti-harakati   motivlarini   belgilaydi.   Bularning barchasini   inson   nutqini,   xususan,   uning   eng   ko‘p   qo‘llaydigan   ifodalarini   tadqiq
qilish orqali tushunish mumkin.  
Tilshunoslikda   antroposentrik   tilshunoslik   (yoki   antroposentrik   paradigma;
neolingvistika)   sohasining   shakllanishi   til   egasi   –   so‘zlovchi   shaxs   omilining
tadqiq   etish   bilan   bog‘liqdir.   “Tilshunoslikda   antroposentrik     burilishning   yuzaga
kelishi   shu   bilan   izohlanadiki,   tadqiqotchilarning   diqqati   “til   qanday   qurilgan”
degan   masaladan   “til   qay   tarzda   amal   qiladi”   degan   masalaga   ko‘chdi...   Tilning
qay   tarzda   amal   qilishini   tadqiq   etish   uchun   esa   tilni   uning   egasi   bo‘lgan   shaxs
omili  nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi” 2
. 
Zamonaviy   tilshunoslikda   til   tizimini   antroposentrik     nuqtayi   nazardan
o‘rganish,   asosan,   lingvistik   semantika,   kognitiv   tilshunoslik,   psixolingvistika,
pragmalingvistika   hamda   lingvokulturologiyaga   oid   tadqiqotlarda   amalga
oshiriladi.   
Taniqli   o‘zbek   tilshunosi,   prof.   N.Mahmudovning   tilshunoslikda
antroposentrik  paradigmaning shakllanishi haqida quyidagi fikrlarni bayon qiladi:
“Tilning   ana   shunday   obyektiv   xususiyatiga   muvofiq   ravishda   antroposentrik
paradigmada   inson   asosiy   o‘ringa   chiqariladi,   til   esa   inson   shaxsini   tarkib
toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi.  Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning
“inson shaxsiyatining  90 foizini  til  tashkil  qiladi” degan hikmatomuz gapini  tilga
oladilar. V.A. Maslova ta’kidlaganiday, inson aqlini, insonning o‘ziday, tildan va
nutq   yaratish   hamda   nutqni   idrok   qilish   qobiliyatidan   tashqarida   tasavvur   etib
bo‘lmaydi” 3
 .
Ayrim   tilshunoslarning   fikricha,   antroposentrik     paradigma   o‘tgan   asrda
strukturalizm   muvaffaqiyatlari   natijasi   sifatida   yuzaga   kelgan   “o‘zida   va   o‘zi
uchun”   tamoyilini   butunlay   chetga   surib   qo‘ydi 4
.   Bunda   asosiy   e’tibor   nutqiy
faoliyat bajaruvchisi, ya’ni nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi til egasiga qaratildi. 
2  Дорофеев Ю. Антропоцентризм в лингвистике и предмет когнитивной грамматики // 
http:www.Nbuv.Cov.ua/portal/Sog-Gum/ls 2008-17/dorofeev/pdf.
3  Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб...// Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2012. -№ 5.  –Б. 6-7. 
4  Қаранг:  Воркачев   С.Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: Становление 
антропологической парадигмы в языкознании // Филологические науки. – 2001. – №1. – С.   64.  Ilmiy   paradigmaga   “til   egasi”   kategoriyasining   kiritilishi   tilshunoslikda,   shaxs,
lisoniy ong, tafakkur, faoliyat, mentallik, madaniyat kabi tushunchalarning yanada
faollashuvini taqozo etadi 5
. 
2. 2. Lingvokulturologiyaning boshqa  fanlar bilan aloqasi
Til, madaniyat, etnosning o‘zaro munosabati va aloqasi masalasini o‘rganish
fanlararo   muammo   hisoblanadi.   Mazkur   muammoning   yechimini   falsafa   va
sotsiologiyadan   tortib,   etnolingvistika   va   lingvokulturologiyagacha   bo‘lgan   bir
necha   fanlarning   birgalikdagi   sa’y-harakatlari   bilangina   hal   qilish   mumkin.
Masalan,   lisoniy   tafakkurning   etnik   masalalari   bilan   lingvistik   falsafa,   etnik,
ijtimoiy   yoki   guruhlar   muloqotining   o‘ziga   xos   lisoniy   jihatlari   bilan
psixolingvistika va h.k.  shug‘ullanadi.
Lingvokulturologiya   tilshunoslikning   mustaqil   yo‘nalishi   sifatida   XX
asrning   90-yillarida   vujudga   keldi.   Tadqiqotchilarning   qayd   qilishicha,
“lingvokulturologiya”   (lot.     lingua   “til”;     cultus   “hurmat   qilish,   ta’zim   qilish”;
yunon. “ilm, fan”) termini V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi
(Yu.S.Stepanov,   A.D.Arutyunova,   V.V.Vorobyev,   V.Shaklein,   V.A.Maslova)
tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan 6
. 
Madaniyatshunoslik   (kulturologiya) insonni ijtimoiy va madaniy hayotidagi
uning tabiat, jamiyat, tarix, san’at va boshqa sohalarga ko‘ra o‘zini o‘zi anglashini
tadqiq   etsa,   tilshunoslik   tilda   olam   lisoniy   manzarasining   mental   modellar
ko‘rinishida   aks   etadigan   va   qayd   qilinadigan   inson   dunyoqarashini   o‘rganadi.
Lingvokulturologiyaning   predmeti   o‘zaro   chambarchas   aloqada,   muloqotda
bo‘lgan til va madaniyat sanaladi. 
Lingvokulturologiya   madaniyatshunoslik   va   tilshunoslik   kesishgan   nuqtada
shakllangan   til   tadqiqining   yangi   sohasidir.   Lingvokulturologiya   madaniyat   va
tilning   o‘zaro   aloqasini,   o‘zaro   ta’sirini,   tilda   o‘z   aksini   topgan   xalq
madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi.  
5  Седов К.Ф. Дискурс и личность. –С.5. 
6   Телия   В.Н.Русская   фразеология:   семантический,   прагматический   и   лингвокультуро -
логический аспекты. –М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996.  Lingvokulturologiya   etnolingvistika   va   sotsiolingvistika   bilan   chambarchas
aloqadadir.   Hatto   V.N.Teliyaga   ko‘ra,   lingvokulturologiya   etnolingvistikaning
tarkibiy   qismidir.   Biroq   lingvokulturologiya   ham,   etnolingvistika   ham   o‘z
mohiyatiga ko‘ra alohida fanlardir. 
Etnolingvistika   yo‘nalishining   ildizlari   Yevropada   V.Gumboldtdan
boshlanib,   Amerikada   F.Boas,   E.Sepir   va   B.Uorf;   Rossiyada   D.K.Zelenin,
Ye.F.Karskiy,   A.A.Shaxmatov,   A.A.Potebnya,   A.N.Afanasyev,   A.I.Sobolevskiy
va boshqalarlarning izlanishlariga borib taqaladi. V.A.Zveginsev etnolingvistikani
tilning   jamiyat   ijtimoiy   strukturasi   yoki   xalqning   madaniyati,     an’analari,   urf-
odatlari bilan aloqasini o‘rganadigan yo‘nalish sifatida tavsiflagan edi. Zamonaviy
etnolingvistikaning markazida tilning leksik tizimidagi  faqat  muayyan moddiy va
madaniy-tarixiy majmualar: madaniyat shakllari, urf-odatlar, udumlar bilan o‘zaro
munosabatdagi   elementlari   bo‘ladi.   Mazkur   yo‘nalishni   ikki   alohida   tarmoqqa
ajratish   mumkin:   1)   etnik   hududlarni   tilga   ko‘ra   rekonstruksiya   qilish
(R.A.Ageyeva,   S.B.Bernshteyn,   V.V.Ivanov,   T.   V.   Gamkrelidzye   va   h.k.ning
tadqiqotlari);     2)   xalqning   moddiy   va   ma’naviy   madaniyatini   til   ma’lumotlariga
ko‘ra rekonstruksiya qilish   (V.V. Ivanov, V.N.Toporov, T.V.Sivyan, T.M.Sudnik,
N.I.Tolstoy va uning maktabi).
Kishilik   madaniyati   ayni   ehtiyojni   har   xil   yo‘llar   vositasida   qondirishga
yo‘nalgan   turli   etnik   madaniyatlar   yig‘indisidan   iboratdir.   Etnik   o‘ziga   xosliklar,
jumladan,   turli   vaziyatlarda   kishilar   qanday   ishlashadi,   qanday   dam   olishadi,
qanday ovqatlanishadi, qanday gaplashishadi va h.k. har joyda namoyon bo‘ladi.
N.I.Tolstoyga   ko‘ra,   etnolingvistikaning   maqsadi   dunyo   xalqlarining   folklor
manzarasi, stereotiplarini ochib berishdir.    
Sotsiolingvistika   tilshunoslikning   tilni   va   uning   mavjud   bo‘lgan   ijtimoiy
sharoitlar   bilan   bog‘liqligini   o‘rganadigan   sohasidir.   Ijtimoiy   sharoitlar   deganda,
amaldagi   til   rivojlanayotgan   tashqi   shart-sharoitlar   majmuyi:   mazkur   tildan
foydalanayotgan   kishilar   jamiyati,   bu   jamiyatning   ijtimoiy   strukturasi,   til
egalarining   yoshi,   ijtimoiy   mavqeyi,   madaniyat   va   bilim   darajasi,   yashash   joyi
orasidagi   farqlari,   shuningdek,   ularning   muloqot   vaziyatiga   bog‘liq   nutqiy muomalasidagi   farqlar   tushuniladi.   Demak,   sotsiolingvistika   tilning   jamiyat
hayotidagi   roli,   uning   ijtimoiy   tabiati,   ijtimoiy   funksiyalari,   ijtimoiy   omillarning
tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik
sohasidir.
  Lingvokulturologiyani   lingvomamlakatshunoslik dan   ham   ajratish   lozim.
Lingvomamlakatshunoslik  va  lingvokulturologiya  o‘rganish obyektlariga ko‘ra bir-
biridan   farq   qiladi.   Lingvomamlakatshunoslik   tilda   o‘z   aksini   topgan   milliy
realiyalarni  o‘rganadi.   Ye.M.Vereshchagin  va  V.G.Kostomarovlarga   ko‘ra,  milliy
realiyalar   muqobilsiz   til   birliklari   bo‘lib,   ular   mazkur   madaniyatga   xos   bo‘lgan
hodisalarni ifodalaydi.   
Lingvokulturologiya   etnopsixolingvistika   bilan   ham   chambarchas   aloqada
bo‘ladi.   Etnopsixolingvistika   nutqiy   faoliyatda   muayyan   an’analar   bilan   bog‘liq
muomala   elementlarining   qanday   paydo   bo‘lishini,   turli   til   egalarining   verbal   va
noverbal   muloqotidagi   farqlarni   o‘rganadi;   nutqiy   etiket   va   “dunyoning   rangli
manzarasi”ni, turli xalqlardagi ikki tillilik va ko‘p tillilik hodisalarini tadqiq etadi.
Etnopsixolingvistika ning   asosiy   tadqiqot   metodi   assotsiativ   eksperiment   bo‘lsa,
lingvokulturologiya   o‘rniga   ko‘ra   tilshunoslik   va   madaniyatshunoslikning   turli
metodlaridan foydalanadi.  ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

ANTROPOSENTRIK PARADIGMA VA UNING LINGVOKUL TUROLOGIYADAGI O‘RNI Reja: 1. Antroposentrik paradigma 2. Lingvokulturologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi

1.Antroposentrik paradigma. Ilmiy paradigma (yunoncha “misol, namuna”) fan obyektini, uning muayyan davrda hokim bo‘lgan nazariy tushunchalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan va shu asosda fanning turli bo‘limlarida o‘xshash bo‘lgan, o‘zaro bog‘langan muayyan tadqiqot metodikalarining majmuyidir. Ilmiy metodologiya va ilmiy metodlardan farqli o‘laroq, aniq tarixiy xususiyatga va ijtimoiy-madaniy tarqalish chegarasiga ega. Mazkur termin 1962- yilda amerikalik faylasuf va tarixchi T. Kunning mashhur “Ilmiy inqiloblar strukturasi” («Структура научных революций» rus tiliga 1977-yilda tarjima qilingan) asarida muomalaga kiritilgan. T. Kunga ko‘ra paradigma o‘z tadqiqot faoliyatiga va obyektiga ega bo‘lgan, mushtarak ilmiy va falsafiy g‘oyalar bilan birlashgan u yoki bu ilmiy yoki falsafiy hamjamiyatlar tomonidan qo‘llaniladigan o‘ziga xos metodlar va usullar yig‘indisidir. Masalan, XIX va XX asrlarning paradigmalari qiyoslanilganda, XIX asrni tarixiylik, XX asrni esa strukturalizm belgisi ostida kechganligini ko‘rish mumkin. T. Kun paradigmalarning bunday o‘zgarishini “ilmiy inqilob”, deb ataydi. Binobarin, ilmiy paradigma falsafa, fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy hayot va h.k.ning yetakchi tamoyillari va metodlarini birlashtirgan umummadaniy paradigmaning bir qismi hisoblanadi. Masalan, strukturalizmning ilmiy paradigmasi pozitivizmning madaniy paradigmasiga kiradi 1 . Ma’lumki, lingvistikada (umuman, ijtimoyi fanlarda) paradigmalar bir-birini o‘zgartirmaydi, biroq biri boshqasini to‘ldiradi, ayni paytda biri ikkinchisiga e’tibor bermagan holda birga yashaydi. An’anaviy tarzda ilmiy paradigma uch turga ajratiladi: qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antroposentrik. Tilshunoslikda ilk ilmiy paradigma qiyosiy-tarixiy paradigma sanaladi. Chunonchi, qiyosiy-tarixiy metod til tadqiqining dastlabki xususiy metodi bo‘lgan. Sistem-struktur paradigmada asosiy e’tibor predmyetga, narsaga, otga qaratilgani uchun so‘z diqqat markazida bo‘lgan. Hozir ham tilni sistem-struktur paradigma doirasida tadqiq qilish davom etmoqda. Bu paradigma tarafdorlarining soni ham talaygina. Hali ham mazkur paradigma asosida darsliklar, akademik grammatikalar 1 Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. –М., 2001. –С. 6.

yozilmoqda. Shubhasiz, sistem-struktur paradigma doirasida amalga oshirilgan fundamental tadqiqotlar nafaqat hozirgi, balki kelajakda boshqa paradigmalar asosida izlanish olib boradigan tilshunoslar uchun ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Antroposentrik paradigma bu tadqiqotchilar qiziqishlarining obyektdan subyektga o‘zgarishi, yo‘naltirilishi, ya’ni insonning tilda, tilning esa insonda tahlil qilinishidir. I. A. Boduen de Kurtene ta’biri bilan aytganda, “til faqat til jamoasini tarkib toptirgan individual miyalarda, ko‘ngillarda va individlarning psixikasida mavjud bo‘ladi”. Tilning antroposentrik g‘oyasi zamonaviy tilshunoslikning asosini tashkil qiladi. Bugungi kunda lingvistik tahlilning maqsadi, til tizimlarining turli tavsifini shunchaki aniqlash bilan hisoblasha olmaydi. Til kishilik jamiyatida vujudga kelgan ko‘p qirrali hodisa: u sistema va antisistema, faoliyat hamda ushbu faoliyatning mahsuli, ruh va moddiyat va h.k. Yu. S. Stepanov tilning murakkab mohiyatini yortish uchun uni bir necha obrazlar ko‘rinishida taqdim etgan bo‘lsa- da, ulardan hech biri tilning barcha qirralarini to‘liq ochib berolmaydi: 1) til individning tilidir ; 2) til - til oilalari a’zosi ; 3) til – struktura ; 4) til – tizim ; 5) til – tur va xususiyat ; 6) til – kompyuter ; 7) til – fikrlar makoni va “ruhning uyi” (M. Xaydegger), ya’ni til insonning murakkab kognitiv faoliyatidir . XX asrning oxiriga kelib bularga yana bir ta’rif qo‘shildi: til – madaniyat mahsuli , uning muhim tarkibiy qismi, yashashining sharti, madaniy kodlarning shakllanish omilidir. Antroposentrik paradigma nuqtayi nazaridan inson dunyoni o‘zini bilish, o‘zining nazariy va amaliy faoliyati orqali taniydi. Masalan, hech qanday mavhum nazariya nima uchun olov hissi haqida o‘ylaganda sevgi olovi , yurak otashi , iliq do‘stlik va h.k. haqida gapirilishini izohlay olmaydi. Barcha narsalarning o‘z o‘lchovida anglash insonga uning ongida narsalarning antroposentrik tartibini ijod qilish huquqini beradi. Uni maishiy emas, balki ilmiy darajada tadqiq qilish mumkin bo‘ladi. Insonning miyasida, ongida mavjud bo‘lgan bu tartib uning ma’naviyatini, qadriyatlarini va xatti-harakati motivlarini belgilaydi. Bularning

barchasini inson nutqini, xususan, uning eng ko‘p qo‘llaydigan ifodalarini tadqiq qilish orqali tushunish mumkin. Tilshunoslikda antroposentrik tilshunoslik (yoki antroposentrik paradigma; neolingvistika) sohasining shakllanishi til egasi – so‘zlovchi shaxs omilining tadqiq etish bilan bog‘liqdir. “Tilshunoslikda antroposentrik burilishning yuzaga kelishi shu bilan izohlanadiki, tadqiqotchilarning diqqati “til qanday qurilgan” degan masaladan “til qay tarzda amal qiladi” degan masalaga ko‘chdi... Tilning qay tarzda amal qilishini tadqiq etish uchun esa tilni uning egasi bo‘lgan shaxs omili nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi” 2 . Zamonaviy tilshunoslikda til tizimini antroposentrik nuqtayi nazardan o‘rganish, asosan, lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmalingvistika hamda lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlarda amalga oshiriladi. Taniqli o‘zbek tilshunosi, prof. N.Mahmudovning tilshunoslikda antroposentrik paradigmaning shakllanishi haqida quyidagi fikrlarni bayon qiladi: “Tilning ana shunday obyektiv xususiyatiga muvofiq ravishda antroposentrik paradigmada inson asosiy o‘ringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning “inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi” degan hikmatomuz gapini tilga oladilar. V.A. Maslova ta’kidlaganiday, inson aqlini, insonning o‘ziday, tildan va nutq yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib bo‘lmaydi” 3 . Ayrim tilshunoslarning fikricha, antroposentrik paradigma o‘tgan asrda strukturalizm muvaffaqiyatlari natijasi sifatida yuzaga kelgan “o‘zida va o‘zi uchun” tamoyilini butunlay chetga surib qo‘ydi 4 . Bunda asosiy e’tibor nutqiy faoliyat bajaruvchisi, ya’ni nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi til egasiga qaratildi. 2 Дорофеев Ю. Антропоцентризм в лингвистике и предмет когнитивной грамматики // http:www.Nbuv.Cov.ua/portal/Sog-Gum/ls 2008-17/dorofeev/pdf. 3 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб...// Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. -№ 5. –Б. 6-7. 4 Қаранг: Воркачев С.Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: Становление антропологической парадигмы в языкознании // Филологические науки. – 2001. – №1. – С. 64.

Ilmiy paradigmaga “til egasi” kategoriyasining kiritilishi tilshunoslikda, shaxs, lisoniy ong, tafakkur, faoliyat, mentallik, madaniyat kabi tushunchalarning yanada faollashuvini taqozo etadi 5 . 2. 2. Lingvokulturologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Til, madaniyat, etnosning o‘zaro munosabati va aloqasi masalasini o‘rganish fanlararo muammo hisoblanadi. Mazkur muammoning yechimini falsafa va sotsiologiyadan tortib, etnolingvistika va lingvokulturologiyagacha bo‘lgan bir necha fanlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilangina hal qilish mumkin. Masalan, lisoniy tafakkurning etnik masalalari bilan lingvistik falsafa, etnik, ijtimoiy yoki guruhlar muloqotining o‘ziga xos lisoniy jihatlari bilan psixolingvistika va h.k. shug‘ullanadi. Lingvokulturologiya tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, “lingvokulturologiya” (lot. lingua “til”; cultus “hurmat qilish, ta’zim qilish”; yunon. “ilm, fan”) termini V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi (Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobyev, V.Shaklein, V.A.Maslova) tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan 6 . Madaniyatshunoslik (kulturologiya) insonni ijtimoiy va madaniy hayotidagi uning tabiat, jamiyat, tarix, san’at va boshqa sohalarga ko‘ra o‘zini o‘zi anglashini tadqiq etsa, tilshunoslik tilda olam lisoniy manzarasining mental modellar ko‘rinishida aks etadigan va qayd qilinadigan inson dunyoqarashini o‘rganadi. Lingvokulturologiyaning predmeti o‘zaro chambarchas aloqada, muloqotda bo‘lgan til va madaniyat sanaladi. Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasidir. Lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini, o‘zaro ta’sirini, tilda o‘z aksini topgan xalq madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi. 5 Седов К.Ф. Дискурс и личность. –С.5. 6 Телия В.Н.Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультуро - логический аспекты. –М.: Школа “Языки русской культуры”, 1996.