Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsad va shaklari
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsad va shaklari REJA: 1. Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsadlari 2. Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari 3. Arxiv hujjatlaridan foydalanishning hisobi
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsadlari Arxivlarning faoliyati jamiyatga, fanga xizmat qilishga qaratilgandir. Arxivlar o’z fondlaridagi hujjatlardan tadqiqotchilarning, aholining har tomonlama foydalanishini ta’min etishlari kerak. Hozirgi kunda arxivdagi hujjatlardan ilmiy, xo’jalik, targ’ibot va tashviqot, o’quv-tarbiya maqsadlarida, shuningdek fuqarolarning ijtimoiy- huquqiy va mulkiy manfaatlarini qondirish maqsadida foydalaniladi. Olimlar arxivlardagi hujjatlardan ilmiy maqsadlarda foydalanib, dolzarb ilmiy muammolarni yechishlari mumkin. Arxiv manbalari ayniqsa tarix fanining rivojlanishi uchun g’oyat muhimdir. Tarix fanining ilmiy xulosalari asosan arxiv hujjatlarida keltirilgan faktik materiallarni o’rganish, ularni tahlil etish va umumlashtirish asosida yuzaga keladi. Arxivlardagi hujjatlarga faqatgina tarixchilar emas, balki tilshunos va adabiyotshunoslar, san’atshunoslar, me’morlar, biologlar, mediklar hamda boshqa fan va madaniyat vakillari murojaat qiladilar. Arxiv hujjatlaridan xalq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida ham foydalaniladi. Arxiv materiallari iqtisodiyotni tashkil etish va boshqarishda, sanoat, transport, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarni yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. Arxivlar adabiyot va san’atning rivojiga ham katta hissa qo’shmoqdalar. Yozuvchilar, rassomlar, me’morlar, kino va teatr xodimlari Му ам м ол и савол : А рхив ҳ у ж ж атл аридан қ андай м аы садл арда ф ойдал анил ади?
kitoblar, maqolalar, ocherklar, ssenariylar yozishda, me’morchilik obidalarini ta’mirlashda, asarlar to’plamini yaratishda arxiv hujjatlardan keng foydalanmoqdalar. Arxivlar maktab va maorif sohasida ham muhim ishlarni amalga oshirishi mumkin. Hujjatlardan tarix darslarida foydalanish o’quv jarayonining samarasini oshiradi. Arxiv hujjatlaridan maktabda o’lkashunoslik ishlarini tashkil etishda foydalanish mumkin. Oliy o’quv yurtlarida tarix darslarida arxiv materiallaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hujjatlardan foydalanish darslarni jonlantiradi, talabalar olayotgan bilimlarni mustaxkamlaydi, yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi. Arxiv hujjatlari fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari Arxiv hujjatlaridan foydalanishning quyidagi shakllari mavjud: 1. arxiv ma’muriyatining tashabbusi bilan tashkilot va muassasalar hamda jamoatchilikni mavjud hujjatlar haqida xabardor qilish; 2. arxiv materiallarini nashr etish; 3. arxivlar o’quv zallarida tadqiqotchilarning hujjatlardan foydalanishi; 4. ko’rgazmalar tashkil etish, hujjatlar va plakatlar alpbomlarini nashr etish; 5. matbuot uchun maqolalar, radio va televideniye uchun eshittirish va ko’rsatuvlar tayyorlash, leksiya va ma’ruzalar o’qish, arxivlarga ekskursiyalar uyushtirish; 6. maktablar, texnikumlar va oliy o’quv yurtlari uchun ko’rgazmali qurollar tayyorlash; Му ам м ол и савол : А рхив ҳ у ж ж атл аридан қ андай йў л л ар бил ан ф ойдал аниш
7. fuqarolarning talabina ko’ra ularga arxiv ma’lumotnomalari hamda hujjatlarning ko’chirma nusxalarini berish va hokazo. Arxivlar ularni fondlaridagi hujjatlarni foydalanishga manfaatdor bo’lgan tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilishlari, vaqti-vaqti bilan ularni ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar to’g’risida xabardor qilib turishlari kerak. Buning uchun arxivlar ularga xatlar, ma’lumotnomalar, mavzuiy ro’yxatlar yuborib turishlari lozim. Arxiv faoliyatida hujjatlarni nashr etish muhim o’rin tutadi. Shu kunga qadar arxivlar ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda O’zbekiston tarixining turli davrlari va masalalariga oid xilma-xil hujjatlar to’plamlarini nashr ettirdilar. Ular orasida Turkistonda inqilobiy harakat, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni, Oktyabrp inqilobi va fuqarolar urushi tarixiga bag’ishlangan arxeografik to’plamlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Bundan tashqari gazeta va jurnallar sahifalarida ham dolzarb mavzularga doir ayrim hujjatlar nashr qilindi. Arxivlardagi fotosuratlarni nashr qilinishi ham muhim ahamiyatga egadir. Tadqiqotchilarning arxiv zallarida ishlashi hujjatlardan foydalanishning keng tarqalgan shakllaridan biridir. Barcha markaziy va viloyat arxivlarida o’quv zallari mavjud bo’lib, bu yerda taddqiqotchilarga qulaylik tug’dirish uchun ularga arxivga doir ko’rsatkichlar, tavsiflar, ro’yxat va kataloglar beriladi. Arxiv xodimlari tadqiqotchilarning talabi bilan ularni qiziqtirgan hujjatlarni topib berishlari, ularga konsulptasiya va har tomonlama yordam berishlari zarur. Tadqiqotchilarning buyurtmasi bilan ayrim hujjatlardan nusxa ko’chirishi yoki hujjatlarning mikrofilpmlashtirilgan nusxalari berilishi mumkin. Arxiv hujjatlaridan madaniy-oqartuv maqsadlarida foydalanish ko’p hollarda ko’rgazmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ko’rgazmalar keng jamoatchilikka mo’ljallanadi. Ko’rgazmalar odatda turli yubiley
sanalariga, ayrim siyosiy va jamoat arboblari, fan va madaniyat xodimlarining hayoti va faoliyatiga bag’ishlanadi. Ko’rgazmalarda namoyish etish uchun yozma hujjatlar, fotosuratlar, kinokadrlar, chizmalar, rasmlar, kitob va broshyuralar, varaqa va matnlar tanlab olinadi. Arxiv hujjatlarini omma orasida targ’ib qilishda ommaviy axborot vositalari-matbuot, radio va televideniyening roli kattadir. Matubotda arxiv materiallari asosida yozilgan maqolalar, ilmiy- ommabop broshyuralar hamda arxivlarning hayoti haqidagi xabarlar nashr etiladi. Ularning mavzulari xilma-xil bo’lishi mumkin. Maqola va broshyuralar yubiley sanalariga, shahar va qishloqlar tarixiga, mashhur kishilar hayotiga bag’ishlanadi. Arxiv hujjatlari asosida radio orqali suhbatlar o’tkazish arxiv materiallarini targ’ib qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Suhbat va ma’ruzalar turkum eshittirishlardan iborat bo’lishi ham mumkin. Odatda bunday eshittirishlar 20-30 daqiqa davom etadi. Shu bilan birga arxivlarda topilgan qiziqarli hujjatlar, tashkil etilgan ko’rgazmalar, o’tkazilgan konferensiyalar haqida radio orqali qisqa xabarlar berib turiladi. Arxiv materiallaridan foydalanishning qiziqarli shakllaridan biri hujjatlar asosida teleko’rsatuvlar namoyish etishdir. Teleko’rsatuvlarda tomoshabinning ongiga ta’sir qilishning xilma-xil shakllari, yo’llaridan foydalanish mumkin. Hujjatlarning asl nusxalarini tomoshabinlarga ko’rsatish, tarixiy voqyea ishtirokchilari bilan suhbat qilish, fotofonokinohujjatlardan foydalanish, ko’rsatuvlarda musiqiy asarlar va qo’shiqlardan foydalanish shular jumlasidandir. Teleko’rsatuvlarni bevosita arxivlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Arxiv hujjatlarini targ’ib qilish maqsadida arxiv xodimlarining jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlari o’tkaziladi. Ayniqsa yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, olimlar, talabalar, va matbuot xodimlari bilan