logo

Tabiatdan foydalanishning mohiyati va geografik jihatlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

98.5 KB
Tabiatdan foydalanishning mohiyati va geografik
jihatlari
Reja:
1. Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi va vazifalari. 
2. Tabiatdan foydalanish – fanlararo integrativ ilmiy soha. 
3. Tabiatdan foydalanish ning geografik jihatlari.  
4. Tabiat va jamiyat ning ozaro munosabatlari
         Tabiatdan   foydalanishning   asosiy   maqsadi   va     vazifalari.   Jamiyatning
tabiatga   ta’siri   tobora   kuchayib   borayotgan   sharoitlarda   atrof   tabiiy   muhitni
optimallashtirish   (lot.   optimus   eng yaxshi)   hamda inson va uning muhiti orasidagi
o‘zaro   ta’sir   strategiyasini   ishlab   chiqish   asosida   tabiatdan   foydalanish   tizimini
shakllantirish   muammolari   muhim   ahamiyatga   ega.   Tabiiy   resurslarning   yalpi
unumdorligi   ularning   rivojlanishi   va   tabiat   bilan   bo‘lgan   aloqalarining   asosini
tashkil etadi.
Muayyan   landshaft   doirasida   amalga   oshiriladigan   tabiatdan   foydalanish
ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiy muhit ta’siri hamda modda almashinuvini amalga
oshirishning asosiy shaklidir. 
Tabiatdan   foydalanish   –   tabiiy   resurslardan   oqilona   foydalanish,   muhofaza
qilish   va   qayta   tiklashga   qaratilgan   turli   faoliyatlar   majmuasi   bo‘lib,   pirovardida
atrof   muhitga   ta’sir   ko‘rsatadigan   hamda   sanoat,   qishloq   xo‘jaligi,   noishlab
chiqarish   tarmoqlarining   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   xo‘jalik   tadbirlarining
keng va murakkab tizimidir. Bu tadbirlar tizimi inson xo‘jalik faoliyatining ham
foydali, ham nomaqbul oqibatlarini o‘z ichiga oladi.
Geografik qobiq doirasidagi tabiiy muhit - tabiatdan foydalanishning asosiy
ob’yektidir. Tabiiy muhit kishilik jamiyati yashaydigan va inson xo‘jalik faoliyati
jarayonida   o‘zgartiriladigan   muhit,   ya’ni   geografik   qobiqning   ijtimoiy
rivojlanishining bevosita sharoiti bo‘lgan qismidir.
Tabiatdan   foydalanish   muammosining   o‘ziga   xosligi   uning   ularning
salohiyatini   oshirishga   doir   tadbirlar   bilan   birga   bo‘lishi   zarur.   Bu   vazifa
muammolarning   ikkinchi   majmuasiga   –   landshaftning   mavjudligi   jarayonlarini
boshqarishga   o‘tishni   taqoza   etadi.   Chunki,   tabiiy   jarayonlarni   uzluksiz   ravishda
qo‘llab-quvvatlab   turish   va   maqbul   yo‘nalishda   va   zarur   holatda   tartibga   solish
madaniy landshaftni buzilgan landshaftdan farq qilishiga imkon beradi.
P.N.   G‘ulomovning   fikricha   madaniy   landshaftlar   bunyod   etish   uchun
quyidagi talablar bajarilishi lozim: 1.   Madaniy   landshaftlar   jamiyatning   iqtisodiy,   rekreatsion   va   estetik
talablariga to‘liq javob berishi kerak. Kishilarning yashashi uchun ekologik sharoit
eng qulay va atrof muhit musaffo bo‘lishi lozim. 
2. Madaniy landshaft bir xil manzarali bo‘lmasligi kerak. Uning ichki xilma
–   xilligi   landshaftda   barqarorligi   uchun   muhim   shartdir.   Shuning   uchun   madaniy
landshaftda ekinzorlar bilan daraxtzorlar va boshqa geosistemalar bo‘lishi zarur.
Shunday   qilib,   madaniy   landshaftlarda   unumdorlik,   iqtisodiy   samaradorlik
zarur  shart  – sharoit  qulay, tabiiy muhit  sog‘lom,   musaffo va   rangbarang   bo‘lishi
kerak.
qolgan   geologik   joylar,   sharsharalar,   tub   o‘simlik   qoplamining   “omon
qolgan”   qoldiqlari   va   b.)   tabiat   yodgorliklari   sifatida     belgilash   va   asrash   lozim.
Shuningdek,   landshaftlarning   muhofazaviy,   rekreatsiya,   madaniy   -   tarbiyaviy,
iqtisodiy   vazifalarini   birgalikda   amalga   oshirishning   eng   maqbul   shakli   milliy   va
tabiiy   bog‘larni   yaratishdir.   Tabiatdan   foydalanishning   bunday   shaklida   kam
o‘zgartirilgan   landshaftlar   bilan   bir   qatorda   xo‘jalikda   foydalanilayotgan   joylar
ham kirishi mumkin; ayniqsa tabiiy  va madaniy - tarixiy yodgorliklarning mavjud
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Milliy va tabiiy bog‘lar ommaviy  kelish uchun ochiq
bo‘ladi   va   sayyohlik,   hordiq   va   shifobaxsh   markazlar   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Ularning hududida ilmiy tadqiqotlar uchun rezervatlar, yordamchi xo‘jaliklar, shifo
va dam olish maskanlari, kichikroq xizmat ko‘rsatish korxonalari bo‘lishi mumkin.
Bunday bog‘larga mamlakatimizdagi Zomin milliy bog‘i misol bo‘ladi.
6.   Madaniy   landshaftning   oqilona   rejalashtirilgan   tuzilmasi   uning   tashqi
shinamligiga monand bo‘lishi  kerak. Bu maqsadni  amalga oshirish rekultivatsiya,
ko‘kalamzorlashtirish   va   ekinzorlarni   ilmiy   asoslangan   holda   joylashtirish   bilan
amalga oshiriladi. Bundan tashqari ,  landshaf t  arxitekturasi( lot.  architectura  < yun.
architektonik ё   qurish   mahorati   ) ,   ya’ni   turli   inshootlarning   landshaftga   mos
bo‘lishi     ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Inshootlarni   joylashtirish,   ularning   katta-
kichikligi va arxitektura uslubi, shuningdek, yo‘llarning atroflariga manzara berish
landshaftlarning estetik sifatini oshirishi lozim. 7.   Landshaft   hududini   ilmiy   asoslangan   holda   tashkil   etishning   muhim
shartlaridan biri landshaftning morfologik qismlari orasidagi gorizontal aloqalarni
hisobga   olishdir.   Sanoat   korxonalari,   aholi   dahalari,   ko‘kalamzorlar,   suv
havzalarining   joylashuvi   shamollarning   ustuvor   yo‘nalishiga,   shuningdek   yer   usti
va   yer   osti   oqimining   yo‘nalishiga   mos   tushishi   lozim.   Ikkilamchi   gravigen
jarayonlarni bartaraf qilish va tuproq zarralarining yo‘qolishini oldini olish uchun
nafaqat oqar suvlar va jarlarning atroflari, balki suv ayirg‘ichlar va yonbag‘irlarda
ham bu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qiymatidan qat’iy nazar
daraxtzorlar va o‘rmonli maydonlar bo‘lishi zarur.
8. Ekinzorlarni to‘g‘ri joylashtirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va muhofaza qilish
turli melioratsiyalar yordamida ko‘p rejali, keng ko‘lamli, majmuali bo‘lishi bilan
bog‘liq.   Shu   sababli   tabiatdan   foydalanishning   o‘ziga   xos   muammosini   tadqiq
qilish   va   amalga   oshirish   sitemali   (yun.   systёma   qismlardan   tashkil   topgan   bir
butun,   birikma)   yondashuvni   taqoza   etadi.   Bunday   yondashuv   tadbirlardan   har
birini “inson-ishlab chiqarish-tabiat” umumiy sistemasining tarkibiy qismi sifatida
qarashni taqoza etadi. 
Tabiatdan   foydalanish   jarayonida     tabiiy   resurslardan   foydalanish,   ularni
muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha tadbirlarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan
holda   va   ishlab   chiqarish   bilan   aloqadan   tashqarida   qarash   mumkin   emas.
Tabiatdan   foydalanishning   bu   unsurlari   (bug‘inlari)   bir-biri   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
yagona jarayonning qismlarini tashkil etadi. Tabiatdan foydalanish muammosining
majmuiyligi,   shuningdek,   texnikaviy   (yun.   technё   mahorat,   san’at,   ustalik;)
tadbirlarni tashkiliy - iqtisodiy tadbirlar bilan birgalikda bo‘lishini va ularni ishlab
chiqarish siklida bir paytda qo‘llanilishini bildiradi. 
Tabiatdan   foydalanishning   asosiy   maqsadi   tabiiy   muhitga   ishlab   chiqarish
samaradorligini   oshirish,   aholining   hayotiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarini   qondirish
maqsadlarida majmuali ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat. 
Tabiatdan foydalanishning  asosiy vazifalarini  quyidagilar tashkil etadi:
 jamiyatning   tabiiy   resurslarga   bo‘lgan   va   uzluksiz   oshib   borayotgan
ehtiyojlarini qondirish;  tabiiy   resurslarni   qayta   tiklash ,   tabiiy   muhitning   mahsuldorligini   oshirish
uchun sharoitlar yaratish;
 tiklanmaydigan tabiiy resurslardan tejamkorona, oqilona foydalanish;
 atrof muhitni ifloslanishdan saqlash;
 landshaftlarni maqsadli o‘zgartirish.
Tabiatdan   foydalanishga   doir   vazifalarni   amalga   oshirish   tabiatdan
foydalanishning quyidagi eng muhim  geografik  tamoyillariga asoslanadi:
1) tabiiy resurslardan foydalanish sajiyasi va usullarining muayyan mahalliy
sharoitlarga , ya’ni landshaft xususiyatlariga  mosligi;
2)   tabiatdan   foydalanishning   nomaqbul   (noxush)   oqibatlarini   oldindan
anglab yetish va imkoni boricha oldini olish;
3) tabiiy resurslarni o‘zlashtirishni intensivligini oshirish;
4) tabiatning (landshaftlarning) ilmiy va estetik qiymatini asrash;
5)   tabiiy   resurslardan   xo‘jalikda   maqsadga   muvofiq,   iqtisodiy   jihatdan
asoslangan navbatli foydalanishni saqlash;
6)   tabiiy   resurslardan   xo‘jalikda   foydalanishning   majmuali   sajiyasini
e’tiborga olish;
7) qazib olishda, boyitishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni miqdor
jihatdan yo‘qotilishini kamaytirish yoki bartaraf qilish;
8) ishlab chiqarishni har tomonlama “ekologiya - lashtirish”ni ta’minlash. 
Adabiyotlarda “tabiatdan oqilona foydalanish” yoki “tabiatdan foydalanishni
optimallashtirish    tushunchalari keng qo‘llaniladi. 
Tabiatdan   oqilona   foydalanish ni   tashkil   etish   tabiiy   resurslardan   majmuali
va   tejamkorlik   bilan   foydalanish,   ilmiy   tadqiqot   ishlarini   o‘tkazish   asosida   tabiiy
resurslardan   foydalanish   darajasini   belgilash   va   eng   qulay   variantlarini   (lot.
varians   o‘zgaruvchan) asoslash,  ishlab chiqarishni  tabiiy resurslardan foydalanish
jarayonlarida   imkoni   boricha   atrof   muhitga   zararli   ta’sirini   bartaraf   qilish   va
kishilarning   me’yoriy   hayotiy   faoliyatini   ta’minlash   maqsadida   atrof   muhitning
buzilishi va ifloslanishini oldini olish, tabiiy resurslarni qayta tiklashga qaratilgan
tadbirlarni belgilashga asoslangan bo‘lishi lozim.  Tabiiy   resurslardan   oqilona   foydalanish,   ularni   muhofaza   qilish   va   qayta
tiklashning  birligi  jamiyatning  tabiat  bilan  o‘zaro  aloqalaridagi  asosiy   tamoyildir.
Zero, tabiatdan foydalanish - tabiiy resurslardan foydalanishning zaruriy sharti va
tabiatdan   foydalanish   hamda   tabiatning   tabiiy   tiklanish   imkoniyatlari   orasidagi
dinamik   muvozanatni   saqlashga   xizmat   qiladi.   Tabiiy   resurslardan   foydalanishga
doir har qanday tadbir tabiiy muhitni inson ta’sirining noxush oqibatlaridan asrash,
insonning   me’yoriy   hayotiy,   ma’naviy   va   moddiy   faoliyatini   ta’minlash   bilan   bir
qatorda va bir paytda o‘tkazilishi lozim. 
Tabiatdan   foydalanishda   muhim   bo‘g‘inni   tabiatni   maqsadli   o‘zgartirish
ishlari tashkil etadi. 
Geografik   nuqtai   nazardan   tabiatni   o‘zgartirish   deb   tabiiy   sifatlarini
avvaldan   qo‘yilgan   muayyan   maqsadlarga   erishishga   yo‘naltirilgan   o‘zgartirishga
aytiladi.   Tabiatni   o‘zgartirishning   umumiy   maqsadi   landshaftlarning
mahsuldorligini   oshirish   va   inson   hayotining   ekologik  sharoitlarini   yaxshilashdan
iborat. Masalan,  cho‘l  landshaftlaridan sug‘oriladigan dehqonchilikda foydalanish
jarayonida   tabiiy   landshaftlarga   nisbatan   biologik   mahsuldorligi   va   ekologik
sharoitlari   ko‘p   marta   yuqori   va   qulay   bo‘lgan   madaniy   voha   landshaftlari
shakllanadi.
Tabiatdan   foydalanishda   ko‘pgina   hollarda     atrof     muhit - ning   murakkab
tuzilmalari   –   antropogen   landshaftlar   ( geotex - sistemalar)   vujudga   keladi.
Geotexsistemalar     deb     o‘zaro   uzviy   va   ajralmas   bog‘liq   bo‘lgan   tabiiy
geosistemalardan   va   muhandislik   inshootlaridan   tashkil   topgan   murakkab
sistemalarga   aytiladi.   Geotexsistemalarda   tabiiy   sifatlar   qisman   saqlanib   qolsada,
bu   sifatlar   ko‘p   jihatdan   texnikaviy   inshootlar   tufayli   ancha   kuchli   o‘zgartirilgan
bo‘ladi.   Suv   omborlari   (yaqin   atrofdagi   hududlar   bilan   birgalikda),   aholi
manzilgohlari,   ariqlar,   sugoriladigan   yerlar   va   boshqalar   geotexsistemalarga
mansub.   Geotexsistemalardan   oqilona   foydalanishni   tashkil   etishda   ularning   ham
tabiiy,   ham   muhandislik   elementlarini   (lot.   elementum   dastlaki   modda)   asrash   va
muhofaza qilishga bab-baravar e’tibor berilmog‘i  lozim. Tabiatni  o‘zgartirish   jarayonida   tabiiy  xossalarining  juda  tez   o‘zgarishi,  bir
qator   hollarda   esa   ularning   batamom   o‘zgarishi   va   almashinishi   sodir
bo‘ladi.Ammo   har   qanday   tabiiy   landshaftlar   hamma   vaqtda     muayyan   vazifani
bajaradi   va   geografik   qobiq   doirasida   modda   va   energiyaning   (yun.   energea
faoliyat)   aylanma   harakatida   muayyan   bir   bug‘inni   ta’minlaydi.   Landshaftlarni
o‘zgartirishda   modda   va   energiya   almashuvi   jarayonlarida   qanday   o‘zgarishlar
sodir   bo‘lishi   ehtimolini,   vujudga   keladigan   geotexsistemalar   oz‘larining   o‘rnida
ular vujudga kelishiga qadar mavjud bo‘lgan tabiiy landshaftlarga ekvivalent (lot.
aequus   teng;   valens   kuch, ahamiyat) bo‘la olishini aniq tasavvur qila bilish lozim.
Zero,   landshaftlarni   har   qanday   o‘zgartirishda   va   xo‘jalikda   foydalanishda
tabiatning   undan   resurs   sifatida   olinadigan   elementlarini   ekvivalent   to‘ldirishni
hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. 
Kishilarning   hayotiy   va   ishlab   chiqarish   faoliyati   ko‘p   jihatdan   muhitning
holatiga   bog‘liq.   Kishilarning   turli   faoliyatida   atrof   muhit   moddiy   ishlab
chiqarishning   asosini   tashkil   etadi   va   ayni   bir   paytda   yashash   muhiti   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   Ishlab   chiqarish   deyarli   to‘liq   tabiiy   resurslarga   asoslanadi.
Chunki   tabiatning   kishilar   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   ishlab   chiqarishda
foydalaniladigan   hamda   uning   xom   ashyo   va   energiya   bazasini   tashkil   etadigan
barcha   elementlari   tabiiy   resurslarni   tashkil   etadi.   Yuqorida   ta’kidlanganidek,
tabiatdan   foydalanish   jarayonida   kishilarning   hayotiy   faoliyati   uchun   nomaqbul
oqibatlar   ham   yuzaga   kelishi   ehtimoldan   holi   emas.   Shu   sababli   tabiatdan
foydalanishning tarkibiy qismi  bo‘lgan atrof muhitni muhofaza qilish tushunchasi
atrof muhitnig texnologik (yun.  technё  mahorat, san’at, ustalik;  logos  fan, ta’limot,
g‘oya)   hamda   maishiy   chiqindilar   bilan   ifloslanishiga   bog‘liq   bo‘lgan
muammolarga   ham   qo‘llaniladi.   Ifloslanish   deb   havo,   yer   (tuproq)   va   suvning
hozirgi   paytda   yoki   kelgusida   o‘simliklar,   hayovnlar   va   kishilarning   hayotiga,
sanoat   va   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarish   jarayonlariga,   tabiiy   resurslarning
holatiga   noxush   ta’sir   ko‘rsatishi   mumkin   bo‘lgan   fizikaviy,   kimyoviy   hamda
biologik   xossalarining   nomaqbul   o‘zgarishlariga   aytiladi.   Shu   sababli   tabiatdan
foydalanishning   tarkibiy   qismi   bo‘lgan   tabiiy   muhitni   muhofaza   qilish   -   bu ortiqcha   texnogen   yuklanish   va   inson   aralashuvining   noxush   oqibatlarini,   tabiiy
resurslardan foydalanishni faol tartibga solishni hamda tabiiy resurslar salohiyatini
qayta   tiklash   va   yaxshilashni   o‘z   ichiga   oladigan   tadbirlarni   ishlab   chiqish   va
amalga oshirishdir.
Tabiatdan   oqilona   foydalanish   yuqori   sotsial   -   iqtisodiy   va   noiqtisodiy
(antropoekologik,   estetik,   axloqiy,   gigiyenik   va   boshqa)   samara   olishni   taqoza
etadi. Shunday qilib, hozirgi paytda tabiatdan foydalanish deb   tabiiy resurslardan
oqilona   foydalanish,   ularni   qayta   tiklash   va   muhofaza   qilish,   hozirgi   va   kelgusi
avlodlarning   moddiy   va   madaniy   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   tabiiy   muhitni
ifloslanish   va   buzilishdan   himoya   qilish,   tabiatni   o‘zgartirishga   qaratilgan   turli
daraja   va   miqyoslardagi   tadbirlar   tizimidir.   Boshqacharoq   qilib   aytganda,
tabiatdan   foydalanish   -   jamiyat   va   tabiat   orasidagi   o‘zaro   ta’sirni
optimallashtirishni foydalanish tufayli vujudga keladigan landshaftlarning buzilisi
mahsulasidir.   Buzilgan   landshaftlarni   hozirgi   paytda   tog‘va   tog‘   oldi   hududlarida
ham,  tekisliklarda   ham   ko‘rish   mumkin   (eroziyaga   uchragan   yerlar,   sho‘r   bosgan
yerlar, tashlandiq karyerlar, terrikonlar va boshqa yaroqsiz yerlar).
Shunday   qilib,   madaniy   landshaftlar   sifati   yaxshilangan,   unumdorligi
oshirilgan,   insonning   mehnat   qilishi,   dam   olishi,   estetik   zavqlanish   uchun   qulay
o‘zgartirilgan landshaftlardir.
Tabiatdan   oqilona   foydalanishni   tashkil   etishda   madaniy   landshaftlarni
bunyod etishning ahamiyati.  Tabiatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi landshaft
inson   bilan  doimiy  ravishda   o‘zaro  ta’sirda   bo‘ladi.   Chunki   inson   atrof   muhitdan
o‘zining   ehtiyojlari   va     manfaatlarini   qondirish   uchun   foydalanadi.   Shu   sababli
landshaft   qonuniy   ravishda   jamiyatning   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   reja   va
maqsadlar   ta’siri   ostida   bo‘ladi.Tabiatning   yaratuvchanlik   kuchining   namoyon
qilishi,   landshaftning   go‘zalligi   qadimdan   odamlarni   zavqlantirgan.   Odam   tabiat
qonuniyatlari va omillarining bu ulkan tizimidagi o‘z o‘rnini uzoq vaqt davomida
qidirgan.  Madaniy lanshaftning mezoni jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi. Madaniy
landshaftlar   uchun   quyidagi   sifatlar   xos   bo‘lishi   lozim:   1)   yuqori   unumdorlik   va
iqtisodiy   samaradorlik   va   2)   insonning   salomatligi,   jismoniy   va   madaniy
rivojlanishiga   imkon   beradigan   optimal   muhit.   Hozircha   bu   ikki   sifat   kam
hollardagina   bir–biriga   mos   tushadi:   vaqtinchalik   iqtisodiy   samara   insonning
hayotiy   muhitini   yomonlashtirish   hisobiga   erishiladi.   Buday   hol   buzilgan
landshaftlar   uchun   xosdir.   Ammo   ilmiy   yondoshilganda   iqtisodiy,   ekologik,
shuningdek madaniy – estetik manfaatlar bir–biriga zid bo‘lmaydi.  
Madaniy   landshaftlarni   shakllantirishdagi   asosiy   sharoitlardan   biri
tiklanadigan   tabiiy   resurslar,   eng   avvalo   biologik   resurslarning   eng   yuqori
unumdorligiga erishishidir. Ulardan foydalanishdagi xo‘jalik samarasidan tashqari
ayni   paytda   sanitariya   (lot. sanitas   sihat-salomatlik)   –   gigiyena   (yun.     hygieinos
shifobaxsh)   sharoitlarini,   muhitning   estetik   sifatini   yaxshilash   imkonini   beradi.
Shuningdek, tiklanadigan, tugamaydigan va energiyaning muhitni ifloslamaydigan
(Quyosh, geotermik,   mumkin.
Madaniy landshaftlar deganda I.M.Zabelin inson tomonidan o‘zining amaliy
ehtiyojlarini qondirish uchun ataylab, ongli ravishda barpo qilingan landshaftlarni
tushunishni   tavsiya   etadi.   Madaniy   landshaftlar   tabiiy   sharoiti   bir   xil   bo‘lgan   va
ko‘p   yillar   davomida   xo‘jalikning   biror   tarmog‘ida   foydalanilayotgan   hududdan
iborat. 
Ayrim   ta d qiqotchilar   madaniy   landshaftlarni   antropogen   landshaftlarning
sinonimi   sifatida   qaraydilar.   Ammo   bu   fikrga   qo‘shilib   bo‘lmaydi.   Yuqorida
ta’kidlanganidek,   antrpogen   landshaft   inson   faoliyati   tufayli   o‘zgartirilgan   bo‘lib,
ularning   yuzaga   kelishida   tabiiy   omillar   bilan   bir   qatorda   antropogen   omil   ham
faol   ishtirok  etadi.   Inson   tabiatdan  foydalanish   jarayonida  antropogen   landshaftni
vujudga   keltiradi,   ammo   bu   landshaft   hamma   vaqtda   ham   xo‘jalik   nuqtai   –
nazaridan   samarali   bo‘lavermaydi.   Antropogen   landshaftga   insonning   kon   –
qazilma   faoliyati,   o‘rmonlarning   ko‘p   va   pala–partish   kesilishi,   cho‘lda   o‘simlik
qoplamining   yo‘q   qilinishi   va   boshqalar   oqibatida   buzilgan,   unumsiz,   ko‘rimsiz bo‘lib qolgan landshaftlar ham kiradi. Shu sababli antropogen landshaftlarni uchta
kichik guruhga ajratish maqsadga muvofiq. 
a)   madaniy   ladshaftlar   –   strukturaviy   aloqalar   doimiy   ravishda   ison
tomonidan   melioratsiya,   kultivatsiya,   kimyolash-tirish   va   boshqa   tadbirlar   orqali
boshqarilib turiladigan landshaftlar (ekinzorlar, bog‘lar va plantatsiyalar, madaniy
(ekilgan yaylovlar va b.) 
b)   sun‘iy   landshaftlar   (neolandshaftlar)   –   inson   tomonidan   tabiiy   asosda
yaratilgan   (aholi   manzilgohlari,   sanoat   –   transport   komplekslari,   sug‘orish
tizimlari,   vohalar   va   boshqa   landshaftlar)   va   ancha   kuchli   darajada   o‘zgartirilgan
landshaftlar.   Masalan,   yirik   shaharlarning   hududida   tabiiy   biotsenozlar   deyardi
batamom   yo‘qotiladi   va   ularning   o‘rnini   tabiiy   landshaft   uchun   xos   bo‘lmagan
yashil   o‘simliklar   egallaydi;   bu   yerda   mezorelef   ham   o‘zgaradi,   sizot   suvlarining
rejimi batamom o‘zgacha tus oladi, o‘ziga xos mikroiqlim vujudga keladi va b.
v)   buzilgan   (destruktiv   yoki   nomadaniy)   landshaftlar   antropogen
landshaftlarning bu kichik guruhiga mansub bo‘lgan landshaftlar odatda hududning
tabiiy resusrlaridan noto‘g‘ri ta’minlaydigan tadbirlar tizimidir. Chunki   tabiatdan
foydalanishning   asosiy   muammosini   undan   har   tomonlama   va   eng   samarali
foydalanish maqsadida jamiyatning tabiatga ta’sirini optimallashtirish tashkil etadi.
Tabiiy   muhitni   optimallashtirish   tabiiy   resurslardan   oqilona,   ilmiy
asoslangan   hamda   texnologik   jihatdan   takomillashgan   foydalanishni,   ya’ni   ularni
turli   shakllardagi   texnogen   yuklamalardan   himoya   qilishni   va   tabiiy   jarayonlarni
qat’iy  ilmiy  asosda  faol  tartibga  solishni  taqoza   etadi.    Tabiatning  o‘zida  mavjud
bo‘lgan   imkoniyatlar   va   yo‘nalishlardan   oqilona   foydalanish   tabiiy   muhitni
optimallashtirishning asosiy tamoyilini tashkil etadi.   Tabiatdan foydalanish – fanlararo integrativ ilmiy soha.  XX asrning 60-70
yillaridan   boshlab   tabiiy   resurslardan   oqilona   foydalanish   va   tabiatni   muhofaza
qilish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   muhim   sotsial   -   iqtisodiy   muammolar   yechimining
ilmiy asoslarini  ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan   tabiatdan foydalanish   ilmiy
yo‘nalish   sifatida   shakllana   boshladi.   “Tabiatdan   foydalanish”   termini   va
tushunchasini   ilk   bor   ilmiy     iste’molga   kiritgan               Y.A.Kurajkovskiy   (1969)
tabiatdan foydalanishning fan sifatidagi vazifalari tabiatdan va uning resurslaridan
bevosita   foydalanish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   har   qanday   faoliyatning   umumiy
tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat, deb belgilagan edi.
O‘tgan   davrda   tabiatdan   foydalanish   tabiiy   resurslardan   foydalanish,   ularni
qayta tiklash va muhofaza qilish, hozirgi va kelgusi avlodlarni moddiy va madaniy
ehtiyojlarini   qondirish   uchun   atrof   muhitni   ifloslanishi   va   buzilishidan   asrash,
tabiatni   o‘zgartirish   kabi   tabiat   va   jamiyat   orasidagi   o‘zaro   ta’sirini
optimallashtirishni   ta’minlaydigan   amaliy   tadbirlar   majmuasi   sifatida   qarab
kelindi.   Ayni   paytda   tabiatdan   foydalanishga   doir   bunday   vazifalarni   amalga
oshirish   maxsus,   keng   qamrovli   va   teran   tadqiqotlarni   taqoza   etishi   va   tabiatdan
oqilona foydalanishning nazariy asoslarini  ishlab chiqish zaruriyati sababli tabiiy,
ijtimoiy va texnikaviy fanlarning “chorrahasi”da integrativ (lot.   integratio   tiklash,
to‘ldirish) sajiyaga ega bo‘lgan ilmiy yo‘nalish shakllana boshladi.
 
Tabiatdan   foydalanish   (geografiyasi)   ilmiy   yo‘nalish   sifatida   nafaqat   tabiiy
muhitni   yomonlashib,   qashshoqlashib   borishini   oldini   olishni,   balki   uni   maqsadli
ravishda yaxshilashni ham ta’minlashi lozim.
Hozirgi   paytda   tabiatdan   oqilona   foydalanish   muammosining   yechimi
quyidagi ikki yo‘nalishni takomillashtirishga bevosita bog‘liq:
1)   tabiiy   resurslardan   (birinchi   navbatda   mineral   xom   ashyo,   suv
resurslaridan) tejamkorona, majmuali foydalanish; 
2) ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ishlab chiqarish tarmoqlarining
noxush ta’sirini bartaraf qilish yoki cheklash. Geografik   tadqiqotlar   tabiat   komponentlari   va   ularning   o‘zaro   ta’siri   va
aloqalarining   mahsulasi   bo‘lgan   tabiiy   resurslarning   hududiy   taqsimlanish
qonuniyatlarini,   resurslarning   turlari   orasidagi   bog‘liqlikni,   muhitni   muhofaza
qilishning   tabiiy   va   iqtisodiy   omillarining   xususiyatlarini   ochib   beradi,   tabiatdan
oqilona   foydalanishni   tashkil   etish   va   optimallashtirish   usullarini   asoslaydi.
Tabiatning   rivojlanish   qonunlari   va   ularning   zonallik   xususiyatlari   to‘g‘risidagi
nazariy   tasavvurlarni   takomillashtirish,   tabiiy   resurslardan   foydalanishning
iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha meliorativ (lot.   melioratio    yaxshilash)
va   boshqa   tadbirlar   tizimini   ishlab   chiqish   tabiatdan   foydalanishni
optimallashtirishning   geografik   asoslarini   tashkil   etadi.   Tabiatdan   foydalanishni
hududiy   tashkil   etish   muammolarining   yechimi   geografiya   fanlarining   o‘zida
integratsiya   jarayonlarini   amalga   oshishida   hamda   tabiiy-geografik   va   sotsial-
iqtisodiy   geografik   kichik   tizimlarni   jipslashuvini   taqoza   etadi.   Tabiatdan
foydalanishni hududiy tashkil etish muammolari tufayli geografiyada sodir bo‘lgan
integratsiya   jarayonlari   uzoq   yillar   davomida   “yaxlit”   va   “alohida”   geografiya
to‘g‘risidagi   besamar   bahslarga   barham   berdi,   tabiatdan   oqilona   foydalanish
masalalariga tabiiy va sotsial - iqtisodiy geografiyaning hamkor-ligiga asos yaratdi.
Tabiatdan   foydalanishning   tabiiy   geografik   asoslarini   ishlab   chiqish   tabiiy
geografiyaning   hozirgi   bosqichdagi   asosiy   muammolaridan   biridir.   Bu   muammo,
tabiiyki,   juda   murakkabligi   va   majmuiyligi   bilan   ajralib   turadi,   chunki   u   tabiiy
resurslardan   oqilona   foydalanish   va   o‘zlashtirishni,   atrof   muhitni   muhofaza
qilishni hamda tabiatni o‘zgartirishni birgalikda, o‘zaro bog‘liq   landshaftlar uchun
biologik   aylanma   harakat,   suv–issiqlik   balansi,   tuproq   jarayonlari,   jonli
organizmlarning   soni   va   turlar   tarkibining   qayta   tuzilishi   xosdir.   Antropogen
landshaftlarning   o‘zgarishi   tub   tabiiy   landshaftlarning   o‘z–o‘zidan   rivojlanishiga
nisbatan   ancha   tezroq   sodir   bo‘ladi.   Antropogen   landshaftlarning   bu   xususiyati
ulardan foydalanish jarayonida bir tomondan noxush o‘zgarishlarga jiddiy   e’tibor
berishni,   boshqa   tomondan   esa   qisqa   vaqt   davomida   (bir   avlod   hayoti   davomida)
landshaftlarni   tartibga   solib   turish   va   qayta   tuzish   imkoniyatlari   mavjudligini
ko‘rsatadi.   
Tabiatdan     foydalanish   va   antropogen     landshaftlar.   Ko‘pchilik
olimlar tomonidan antropogen landshaftshunoslikning asoschisi deb  e’tirof etilgan
F.N.   Milkov   fikricha   antropogen   landshaftlar   deb   «inson   tomonidan   yangitdan
yaratilgan   landshaftlarni   ham,   inson   ta’sirida   har   qanday   komponenti,   jumladan
o‘simligi,   hayvonot   dunyosi   ham   tubdan   o‘zgartirilgan   tabiiy   komplekslarga
aytiladi»   (Milkov,   1973).   Bu   yerda   shu   narsani   alohida   ta’kidlash   lozimki,   inson
tomonidan   yaratilgan   har   qilmaydigan   landshaftlarni   ajratishi   mumkin.   Bunday
landshaftlarda   ariqlarning   hamda   sug‘orish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   mikro-   va
nono rel y ef   shakllari   saqlanib   qolgan.   Qarshi   cho‘lidagi   bunday   landshaftlarni
O.Y.  Poslavskaya   (1969)   “relikt   madaniy   landshaftlar”  deb   ataydi.   Tabiiylashgan
landshaftlarni,   shuningdek,   tog‘   oldi   va   tog‘   hududlarida   ham   ajratish   mumkin.
Tabiiylashgan   landshaftlarni   o‘rganish   muhim   ilmiy   –   amaliy   ahamiyatga   ega.
Chunki   bu   guruhga   mansub   bo‘lgan   landshaftlar   dinamikasida   ham   tabiiy,   ham
antropogen   omillarning   xususiyatlarini   belgilash   mumkin.   Pirovardida
landshaftlarni   xo‘jalik   maqsadida   o‘zlashtirish   hamda   foydalanishda   tabiiylashuv
va   antropogenlashuv   sharoitlarining   xususiyatlarini     e’tiborga   olish   tabiatdan
oqilona foydalanishni tashkil etishning muhim geografik asosi bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
Tabiiylashgan   landshaftlar   ko‘pdan   buyon   insonning   xo‘jalik   faoliyati
ta’sirida   bo‘lmaganligi   hamda   hozirgi   sharoitlarda   tabiiy   jarayonlar   ta’siri   ostida
bo‘lishi   tufayli   bunday   landshaftlarni   ajratishda   ko‘pgina   hollarda   ularda
uchraydigan   “antropogen   belgilar   va   izlar”   e’tiborga   olinadi.   Tabiiylashgan
landshaftlarni   o‘rganish   ayniqsa   tarixiy   geografiya   uchun   boy   material   berishi
mumkin.
Shakllanish   sharoitlariga   ko‘ra   qayta   tabiiylashgan   landshaftlar   antropogen
landshaftlarda   o‘z–o‘zidan   rivojlanish   xususiyatining   yo‘qligiga   bog‘liq.   Shu
sababli antropogen landshaftlar o‘zlarida yuqorida aytilgan xususiyatning yo‘qligi
boisidan foydalanilmay qo‘yilgach, tabiiy omillar ta’siri ostida rivojlana boshlaydi,
ya’ni   ular   qayta   tabiiylashadi   (renaturlashadi).   Ammo   shu   narsani   alohida ta’kidlash   lozimki,   antropogen   landshaftlar   vaqtda   va   barcha   joyda   ham   qayta
tiklanish   va   tabiiylashuv   jarayonida   o‘zlarining   dastlabki   tabiiy   tuzilmasini   tiklay
olmaydi   va   natijada   biologik   xususiyatlariga   ko‘ra   yomonroq   va   mahsuldorligiga
ko‘ra birlamchi landshaftlarga ko‘ra kamroq biomassaga ega bo‘ladigan ikkilamchi
tabiiy landshaftlar vujudga keladi. Kuzatishlar  shuni  ko‘rsatadiki, turli sabablarga
ko‘ra   xo‘jalikda   foydalanilmasdan   qo‘yilgan   antropogen   landshaftlar   qayta
tabiiylashuvi   jarayonida   aksariyat   hollarda   ibtidoiy   yoki   birlamchi   tuzilmasini
tiklay   omaydi.   Tabiatda   aynan   takrorlanmaydigan   rivojlanishning   mavjudligi
antropogen   tizimi   to‘g‘risidagi   ta’limotlar   asosiy   geografik   konsepsiyalarni
tabiatdan   oqilona   foydalanish   muammolarining   yechimga   bog‘liq   holda   yanada
chuqurroq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Tabiatdan   foydalanishni   hududiy   tashkil   etishda   hududiy   tabiiy   resurslar
komplekslari   (HTRK),   ekologik-iqtisodiy   (tabiiy-xo‘jalik)   sistemalari   (yun.
systema   qismlardan tashkil topgan bir butun, birikma) va tabiiy resurslar bo‘yicha
rayonlashtirish   tabiiy   va   sotsial-iqtisodiy   geografiya   hamkorligi   jabhasidagi
masalalardir. 
Shunday   qilib,       tabiatdan   foydalanish   geografiyasi   ilmiy   yo‘nalish,   fan
tarmog‘i sifatida tabiiy resurslarni ularning murakkab o‘zaro aloqadagi antropogen
(yun.   anthiropos   odam;   genos   tug‘ilish)   dinamikasining   (yun.   dinamikos   kuchli)
qonuniyatlarini,   inson   uchun   bu   dinamikaning   ahamiyatini   aniqlaydi,   tabiiy
resurslardan   oqilona   foydalanishni   asoslaydi,   ularning   kishilarning   hozirgi   va
kelgusi avlodlari uchun zarur bo‘lgan miqdoriy va sifat xususiyatlarini saqlash va
tiklash   usullarini   ishlab   chiqadi.   Chunki   hozirgi   geografiya   fanlari   tabiatdan
oqilona   foydalanishning   ilmiy   asoslarini   ishlab   chiqishda   yetakchi   fan   sifatida
o‘zini namoyon qilishi uchun katta ilmiy salohiyatga ega. 
Tabiat   va   jamiyat ning   o‘zaro   munosabatlari.   “Tabiat”   tushunchasi   bir
necha   xil   ilmiy   talqinga   ega.   Keng   ma’noda   “tabiat”so‘zi     Olamning   butun
moddiy   –   energitek     va   axboriy   (informatsion)   dunyosini   anglatadi.   Ko‘pincha
tabiat so‘zi kishilik jamiyati mavjudligining tabiiy sharoitlari majmuasini bildiradi. Jamiyat   tabiatga   bevoaita   ta’sir   ko‘rsatadi;   tabiat   bilan   o‘zining   xo‘jalik   faoliyati
orqali   bog‘langan   “tabiat   -   jamiyat”   sistemasi   qaralganda   ko‘pincha   ana   shu
tushuncha nazarda tutiladi. 
Tabiat   –     Yerda   hayotning   asosiy   va   zaruriy   sharoiti,   insoniyatning   uyi
(muhiti),   barcha   tabiiy   resurslar   hamda   aholining   madaniy,   estetik,   rekreatsiya
ehtiyojlarini qondiradigan manbaidir. 
Jamiyat   -   kishilarning   birgalikdagi   faoliyatining   tarixan   vujudga   kelgan
shakllarning   majmuasidir.   U   kishilarning   moddiy   hayotining   ishlab   chiqarishini,
ya’ni moddiy ishlab chiqar ishni, tabiiy resurslarni va sharoitlarni qayta tiklashni va
insonni takror barpo qilishni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi   paytda   tabiat   va   jamiyat   orasidagi   o‘zaro   ta’sirning   keng
ko‘lamlarda   bo‘lishi   global   muammolardan   biri   bo‘lgan   ekologik   muammoni
vujudga keltirdi. Ekologik muammo atrof tabiiy muhit sifatining hamda insonning
turmush   tarzining   sanoatlashuvi   va   urbanizasiyalashuvi   tufayli   yomonlashuvi,
an’anaviy   energetika   va   xom   ashyo   resurslarining   qashshoqlashuvi,   insonning
tabiatga   ta’sirining   uzluksiz   oshib   borishi,   tabiiy   ekologik   balanslarning   (frans.
balanse   –   tarozi)   ortib   borayotganligi,   tabiatni   inson   xo‘jalik   faoliyatining
chiqindilari bilan ifloslanishining salbiy genetik oqibatlari bilan bog‘liq. 
Tabiat   va   jamiyat   o‘rtasidagi   o‘zaro   ta’sir   muammosi   murakkab   va   xilma
xil. Bu muammoning sotsial – iqtisodiy ahamiyati tabiiy muhitning jamiyat tarixiy
taraqqiyotining   barcha   bosqichlarida   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lganligi   bilan
bog‘liq.Tabiat   va   jamiyatning   o‘zaro   ta’siri   turli   munosabatlarda   namoyon
bo‘ladi.Geografik qobiq doirasidagi atrof tabiiy muhit jamiyat taraqqiyotining  eng
muhim omillaridan biri bo‘lgan holda aholini takror barpo qilishning zaruriy sharti
hamdir. Ammo tabiiy muhit o‘z navbatida uning komponentlarining ijtimoiy ishlab
chiqarishga  ko‘proq jalb  qilingan sari   unda  sodir  bo‘ladigan o‘zgarishlarga  sabab
bo‘ladigan yanada kuchliroq ta’sirga uchraydi.
Inson   bir   butun   moddiy   tizimning   bir   qismi   bo‘lib,   uning   yashashi   uchun
zarur   bo‘lgan   shart-sharoyitlar   atrof   muhit   bilan   inson   orasida   modda
almanishuvining   mavjudligidir.   Inson   yashashi   uchun   zarur   bo‘lgan   hamma narsani - suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari va boshqalarni
tabiatdan   oladi   hamda   ortiqcha,   keraksiz   barcha   mahsulotni   tabiiy   mihitga
chiqaradi.  Shu sababli tabiat va jamiyat orasida to‘xtovsiz va xilma-xil o‘zaro ta’sir
ro‘y beradi. 
Uzliksiz fan - texnika taraqqiyoti tufayli tabiatga kishilik jamiyatining ta’siri
tobora   kuchayib   bormoqda.   Fan   –   texnika   Shu   sababli   hozirgi   landshaftlarni
tasniflash   antropogen   landshaftlarning   mohiyati   va   xususiyatlarini   ochib   berish
imkoniyatini beradi.
Hozirgi   paytda   muayyan   hudud   tabiatidan   foydalanish   jarayonida   vujudga
kelgan   antropogen   landshaftlarning   mavjudligini   ko‘pchilik   olimlar     e’tirof
etishadi.   Ammo   antropogen   landshaftlarning   terminologik,   tizimga   solish   va
tasniflashga   doir   masalalar   borasida   hanuzgacha   yakdillik   yo‘q.   Antropogen
landshaftlar   o‘zgarish   darajasiga   ko‘ra   turli   –   tuman   bo‘lgan   hozirgi
landshaftlarning   muayyan   bir   turini   tashkil   etadi.   taraqqiyoti   sharoitlarida   tabiiy
muhitda   ulkan   o‘zgarishlar   sodir   bo‘lmoqda.   XX   asrda   inson   tabiiy   –   dinamik
muvozanatni   anchagina   buzgan   holda   geografik   qobiqda   energiya   va   modda
almashinuvida   mutlaqo   yangi   yo‘l   tutdi.   Inson   faoliyatining   samarasi   mutloq
o‘lchovda, aholi jon boshiga ham juda tez o‘smoqda. Shu sababli insonning hozirgi
iqtisodiy   va   ijtimoiy   –   texnikaviy   faoliyatini   tabiiy   jarayonlar   bilan   bir   qatorga
qo‘yish mumkin. 
Tabiatda   granit   qoyalarning   yemirilishi   6   ming   yilda   1   m   tezlikda   sodir
bo‘ladi.   Inson   esa   portlatishlar   yordamida   relyefni   bir   necha   ming   marta   tezroq
o‘zgartiradi, ariqlar (kanallar) qaziydi, yo‘l quradi, tog‘ yonbag‘irlarida terrasalarni
(fran.   terrase,   lot.   terra   -   yer)   hosil   qiladi,     qurilishlar     uchun   maydonlarni
tekislaydi.   XX   asrning     oxirgi     o‘n     yil ligida   dalalarni   haydashda,   qurilish   va
foydali   qazilmalarning   yuzasini   ochish   ishlarida   bir   yilda   4   000   km 3
  miqdorida
tuproq   -   grunt   almashtirilgan;   Yer   bag‘irlaridan   har   yili   100   mlrd.   t   ga   yaqin
ma’dan,   yoqilg‘i   qazilmalar   va   qurilish   materiallari   qazib   olingan,   dalalarda   500
mln.   t   dan   ortiqroq   mineral   o‘g‘itlar   va     3   mln.   t   ga   yaqin   zaharli   kimyoviy
moddalar   sepilgan,   daryo   oqimining   15%   i   xo‘jalik   –   maishiy   maqsadlarda iste’mol   qilingay,   8,5  mlrd.  t   shartli   yonilg‘i   yoqilgan,  800   mln.t   har   xil   metallar
eritilgan;   tabiatda   noma’lum   bo‘lgan   60   mln.   t   dan   ortiqroq   sintetik   (yun.
sinthetikos   –   birikma)   materiallar   ishlab   chiqarilgan.   BMTning   rasmiy
ma’lumotlariga ko‘ra, 1 mln.ga yaqin har xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan
bo‘lib, shundan 100 mingga yaqin turi sun’iy birikmalardir.
Ishlab  chiqarishda   va   turmushda   foydalaniladigan   kimyoviy  birikmalarning
(500   mingdan   ortiqroq   moddalar)   tabiiy   muhitga   chiqariladi.   Bu   miqdor
vulkanlarning   otilishi   va   tog‘   jinslarining   nurashi   natijasida   yuzaga   keladigan
miqdorga nisbatan bir necha o‘n baravar ko‘proqdir. Masalan, atmosferada uglerod
dioksidining   to‘planishi   (yonilg‘ining   yoqilishi   natijasida)   uni   o‘simliklar,   okean
va dengiz suvlari, ohaktoshlar va dolomitlar tomonidan o‘zlashtirilishiga nisbatan
tezroq   sodir   bo‘ladi.   Dengizlarni   neft   mahsulotlari   bilan   ifloslanishi   (har   yili   5
mln.t   dan   ortiqroq   tushadi)   litosfera   yoriqlari   orqali   hidrosferaga   tushadigan
neftdan   ancha   ko‘proqdir.  Binolar   qurilgan   hududlarning   maydoni   hozirgi   paytda
200 mln. ga dan ortiqroqdir.
Ekspertlarning (lot.   ekspertus   – tajribali) baholashicha, Yer yuzasining 43%
iga yaqini cho‘llar va chala cho‘llar tashkil etadi. Ta’kidlash lozimki, cho‘llarning
6,7 %i inson faoliyati tufayli vujudga kelgan.
Ekstensiv   (lot.   ekstensivus   –   kengaytirib   chizish)   chorvachilik   va
dehqonchilik   rivojlana   boshlagan   neolit   davridan   buyon   10   ming   yil   davomida
o‘rmonlarning   maydoni   2   marta   qisqardi.   Hozirgi   paytda   esa   sayyoramizdagi
o‘rmonlarning   maydoni   har   daqiqada   20   gektarga   kamaymoqda.   Tropik
o‘rmonlarning maydoni esa har yili 1% ga qisqarib bormoqda.
Insoniyat tarixi davomida 20 mln. km 2
 maydonda tuproqlarning buzilishi va
yomonlashuvi   sodir   bo‘lgan   (ya’ni   hozirgi   paytdagi   haydaladigan   yerlar
maydonidan (1,3 mln. km 2
) ko‘proq. Qurilishlar, tog‘ – kon ishlari, cho‘llashish va
sho‘rlanish jarayonlari natijasida jahon qishloq xo‘jaligi har yili 50 – 70 ming km 2
maydondagi yerlarni yo‘qotmoqda.  Hozirgi   paytda   inson   tomonidan   o‘zlashtirilgan   yerlar   (sanoat,   qishloq
xo‘jaligi,   o‘rmon   mahsulotlari   tayyorlanadigan,   transport   korxonalari,   tog‘   –   kon
ishlari va b.)ning maydoni quruq-lik yuzasining qariyb 60% ini tashkil etadi.
Hozirgi   paytda   atrof   muhitni   sof   tabiiy   hodisa   sifatida   qarab   bo‘lmaydi,
chunki Yer yuzasi quruqlik qismining 60 % dan ortiqroq hududida in son faoliyati
tufayli vujudga kelgan antropogen landshaftlar tarqalgan.
  Insonning tabiatga ta’siri dunyo aholisining tobora ko‘payib borishi tufayli
ham kuchayib bormoqda. 
Melodning   boshida   Yer   yuzasida   200   mln.   ga   yaqin,   1000–yilda   275   mln.
1650-yilda     500   mln,   1850-yilda   1,3   mlrd,   1900-yilda   1,6   mlrd,   1960-yilda   3,0
mlrd.,   1975-yilda   4,0   mlrd.,   1980-yilda   4,45   mlrd.   kishi   bo‘lgan   bo‘lsa,   hozirgi
paytda dunyo aholisining soni 6,3 mlrd. kishidan ziyodroqdir. Aholining ko‘payish
sur’ati bundan keyin ancha sekinlashadi, ammo aholi nufusi ko‘payib boraveradi.
Hozirgi   paytda   jamiyat   va   tabiat   orasidagi   o‘zaro   modda   va   ener giya
almashinuvi   nihoyat   ulkan   hajmga   ega   bo‘lishi     tufayli   insonning   atrof   muhutga
ta’siri   geologik   kuchlar   tasiri   bilan   qiyoslanishi   mumkin   bo‘lgan   qudratli   omilga
aylangan. 
ahamiyat   berilishi   lozim.   Tog‘   sharoitida   burilish   radiusi   eng   kamida   200   m,
tekislikda 400 m gacha bo‘lishi kerak. 
Xulosa
Tabiatdan   foydalanishni   hududiy   tashkil   etish   masalalari   yechimida   tabiiy
geografiya   turli   kattalikdagi   geosistemalarni   inson   faoliyatiga   bog‘liq   holda o‘rganadi,   xo‘jalikni   rivojlantirish   jarayonida   vujudga   keladigan   vazifalar
sharoitlaridan   kelib   chiqqan   holda   tabiatda   sodir   bo‘layotgan   jarayonlarni   qarab
chiqadi,   jamiyatning   o‘sib   borayotgan   ehtiyojlarini   inobatga   olgan   holda   tabiiy
resurslarni   asrash,   oqilona   foydalanish   hamda   qayta   tiklashga   doir   tavsiyalarni
ishlab chiqadi. Shuningdek, landshaftlarning mahsuldorligini va tabiiy resurslardan
foydalanishning   iqtisodiy   samaradorligini   oshirish   bo‘yicha   tadbirlarni   o‘z   ichiga
oladigan tabiatni  o‘zgartirish ham geografiya fanlari oldida turgan muhim amaliy
vazifalardan   biridir.   Insonning   tabiiy   geosistemalarga   ta’sirini   va   bu   ta’sir   tufayli
ularda   sodir   bo‘ladigan   antropogen   o‘zgarishlarning   oqibatlarini   hisobga   olish,
baholash   va   bashoratlash   ham   tabiiy-geografik   tadqiqotlarning   tabiatdan
foydalanishni   hududiy   tashkil   etishdagi   vazifalari   jumlasiga   kiradi.   Tabiiy
geografiya   tabiatning   rivojlanish   qonuniyatlari   va   zonallik   to‘g‘risidagi   nazariy
konsepsiyalarni   takomillashtirish,   tabiiy   resurslardan   foydalanishning   iqtisodiy
samaradorligini   oshirish   bo‘yicha   meliorativ   va   boshqa   tadbirlar   tizimini   ishlab
chiqishga   yo‘naltirilgan   tabiatdan   foydalanishni   optimallashtirish   maqsadlarida
tabiiy va tabiiy-antropogen geosistemalarning xususiyatlarni ham tadqiq qiladi. 
Hozirgi   sharoitlarda   har   qanday   hududni   sotsial   -   iqtisodiy
rivojlantirish   va   ishlab   chiqarishni   jadallashtirish   ehtiyojlari   tabiiy,   iqtisodiy   va
mehnat   resurslaridan   oqilona   foydalanish   zaruriyatini   yuzaga   keltirishi   tufayli
geograflar   va   tabiatdan   foydalanish   masalalari   bilan   shug‘ullanadigan   boshqa
mutaxassislarning   diqqat-e’tiborini   geografik   zonallik,   geosistemalar   va   hududiy
ishlab   chiqarish   komplekslari,   energiya   ishlab   chiqarish   va   resurslar   sikllari,
iqtisodiy   rayonlashtirish,   aholini   joylashtirish     landshaftlarni   ham   to‘liq   qayta
tabiiylashuviga   imkon   bermaydi,   antropogen   landshaftlar   xo‘jalikda
foydalanilganda   (ya’ni   antropogen   omillar   ta’siri   ostida   bo‘lgan   paytda)
o‘zlashtirilgan tabiiy landshaftning tuzilmasi tubdan o‘zgaradi va tuzilma qayta o‘z
holatiga   kela   olmaydi.   Chunki   antropogen   landshaftlarning   qayta   tabiiylashuv
jarayoni o‘zgacharoq tabiiy sharoitlarda sodir bo‘ladi. Ayrim  tadqiqotchilar  hozirgi  landshaftlarni  tasniflashda  qayta tabiiylashgan
landshaftlarni tabiiy – antropogen landshaftlar nomi bilan ajratishgan (Tyutyunnik,
1989).   Hozirgacha   va   hozirgi   sharoitlarda   ham   ayrim   iqtisodiy   –   texnik
(agrotexnik)   sabablga   ko‘ra   antropogen   landshaftlarning   qayta   tabiiylashuv
jarayoni   davom   etmoqda.   Ammo   kelajakda   aholi   soni   va   uning   ehtiyojlarining
ortishi   tabiiy   resurslardan   tejamkorlik   asosida   foydalanishni   taqoza   etadi.   Shu
sababli   kelajakda   fan   –   texnika   taraqqiyoti   va   tabiiy   resurslarga   bo‘lgan
ehtiyojlarning   ortishi   antropogen   landshaftlarning   qayta   tabiiylashuviga   yo‘l
qo‘ymaydi.   Bilaks   hamma   hududlarda   tabiiy   salohiyati   madaniy   landshaftlarni
tashkil etish uchun yetarli bo‘lgan tabiiy hamda tabiiy – antropogen landshaftlarni
madaniy landshaftlarga aylantirishni taqoza etadi. Adabiyotlar:
1. Abdullayev S.I. Atrof muhit haqida ta’limot. Qarshi, 2000.
2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., 1991.
3. Geografiya va tabiiy resurslardan foydalanish (ilmiy konferensiya materiallari).
T., 2001.
4. Zokirov Sh.S. Antropogen va amaliy landshaftshunoslik. T., 1998.
5. Pafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T., 1997.
6. Pafiqov A.A., Azimov Sh. Amaliy geografiya. T., 2000.
7. G‘ulomov P.N. Geografiya va tabiatdan foydalanish. T., 1985.
8. G‘ulomov P.N. Inson va tabiat. T., 1990. G‘ulomov P.N. O‘zbekistonda 
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari. T., 1990.
9. Qodirov E. (va b.) Atrof muhitni muhofazalashning geoekologik asoslari. T., 
1999.
10. Анучин   В . А .  Осовы   природопользования .  М ., 1978.
11. Исаченко   А . Г .  Оптимизация природной среды. М., 1980.
12. Ka л e сник С.В. Общие географические закономерности Земли. М., 1970.
13. Краснов Е.В., Сегизбаева Л.А. Методологические основы рационального 
природопользования (Учебное пособие). Владивосток, 1985.
14. Мильков Ф.Н. Рукотворные ландшафты. М.,1978.
15. Неверов А.В.  Экономика природопользования.         М., 1990.
16. Реймерс Н.Ф. Природопользование. Словарь – справочник. M., 1990.
17. Миланова Е.В.,Рябчиков А.М. Использование природных ресурсов и охрана 
природы. М., 1986.
18. Чупахин В.М., Андришин М.В. Ландшафты и землеустройство. М ., 1989.

Tabiatdan foydalanishning mohiyati va geografik jihatlari Reja: 1. Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi va vazifalari. 2. Tabiatdan foydalanish – fanlararo integrativ ilmiy soha. 3. Tabiatdan foydalanish ning geografik jihatlari. 4. Tabiat va jamiyat ning ozaro munosabatlari

Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi va vazifalari. Jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda atrof tabiiy muhitni optimallashtirish (lot. optimus eng yaxshi) hamda inson va uning muhiti orasidagi o‘zaro ta’sir strategiyasini ishlab chiqish asosida tabiatdan foydalanish tizimini shakllantirish muammolari muhim ahamiyatga ega. Tabiiy resurslarning yalpi unumdorligi ularning rivojlanishi va tabiat bilan bo‘lgan aloqalarining asosini tashkil etadi. Muayyan landshaft doirasida amalga oshiriladigan tabiatdan foydalanish ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiy muhit ta’siri hamda modda almashinuvini amalga oshirishning asosiy shaklidir. Tabiatdan foydalanish – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va qayta tiklashga qaratilgan turli faoliyatlar majmuasi bo‘lib, pirovardida atrof muhitga ta’sir ko‘rsatadigan hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi, noishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik tadbirlarining keng va murakkab tizimidir. Bu tadbirlar tizimi inson xo‘jalik faoliyatining ham foydali, ham nomaqbul oqibatlarini o‘z ichiga oladi. Geografik qobiq doirasidagi tabiiy muhit - tabiatdan foydalanishning asosiy ob’yektidir. Tabiiy muhit kishilik jamiyati yashaydigan va inson xo‘jalik faoliyati jarayonida o‘zgartiriladigan muhit, ya’ni geografik qobiqning ijtimoiy rivojlanishining bevosita sharoiti bo‘lgan qismidir. Tabiatdan foydalanish muammosining o‘ziga xosligi uning ularning salohiyatini oshirishga doir tadbirlar bilan birga bo‘lishi zarur. Bu vazifa muammolarning ikkinchi majmuasiga – landshaftning mavjudligi jarayonlarini boshqarishga o‘tishni taqoza etadi. Chunki, tabiiy jarayonlarni uzluksiz ravishda qo‘llab-quvvatlab turish va maqbul yo‘nalishda va zarur holatda tartibga solish madaniy landshaftni buzilgan landshaftdan farq qilishiga imkon beradi. P.N. G‘ulomovning fikricha madaniy landshaftlar bunyod etish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:

1. Madaniy landshaftlar jamiyatning iqtisodiy, rekreatsion va estetik talablariga to‘liq javob berishi kerak. Kishilarning yashashi uchun ekologik sharoit eng qulay va atrof muhit musaffo bo‘lishi lozim. 2. Madaniy landshaft bir xil manzarali bo‘lmasligi kerak. Uning ichki xilma – xilligi landshaftda barqarorligi uchun muhim shartdir. Shuning uchun madaniy landshaftda ekinzorlar bilan daraxtzorlar va boshqa geosistemalar bo‘lishi zarur. Shunday qilib, madaniy landshaftlarda unumdorlik, iqtisodiy samaradorlik zarur shart – sharoit qulay, tabiiy muhit sog‘lom, musaffo va rangbarang bo‘lishi kerak. qolgan geologik joylar, sharsharalar, tub o‘simlik qoplamining “omon qolgan” qoldiqlari va b.) tabiat yodgorliklari sifatida belgilash va asrash lozim. Shuningdek, landshaftlarning muhofazaviy, rekreatsiya, madaniy - tarbiyaviy, iqtisodiy vazifalarini birgalikda amalga oshirishning eng maqbul shakli milliy va tabiiy bog‘larni yaratishdir. Tabiatdan foydalanishning bunday shaklida kam o‘zgartirilgan landshaftlar bilan bir qatorda xo‘jalikda foydalanilayotgan joylar ham kirishi mumkin; ayniqsa tabiiy va madaniy - tarixiy yodgorliklarning mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq. Milliy va tabiiy bog‘lar ommaviy kelish uchun ochiq bo‘ladi va sayyohlik, hordiq va shifobaxsh markazlar bo‘lib xizmat qiladi. Ularning hududida ilmiy tadqiqotlar uchun rezervatlar, yordamchi xo‘jaliklar, shifo va dam olish maskanlari, kichikroq xizmat ko‘rsatish korxonalari bo‘lishi mumkin. Bunday bog‘larga mamlakatimizdagi Zomin milliy bog‘i misol bo‘ladi. 6. Madaniy landshaftning oqilona rejalashtirilgan tuzilmasi uning tashqi shinamligiga monand bo‘lishi kerak. Bu maqsadni amalga oshirish rekultivatsiya, ko‘kalamzorlashtirish va ekinzorlarni ilmiy asoslangan holda joylashtirish bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari , landshaf t arxitekturasi( lot. architectura < yun. architektonik ё qurish mahorati ) , ya’ni turli inshootlarning landshaftga mos bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega. Inshootlarni joylashtirish, ularning katta- kichikligi va arxitektura uslubi, shuningdek, yo‘llarning atroflariga manzara berish landshaftlarning estetik sifatini oshirishi lozim.

7. Landshaft hududini ilmiy asoslangan holda tashkil etishning muhim shartlaridan biri landshaftning morfologik qismlari orasidagi gorizontal aloqalarni hisobga olishdir. Sanoat korxonalari, aholi dahalari, ko‘kalamzorlar, suv havzalarining joylashuvi shamollarning ustuvor yo‘nalishiga, shuningdek yer usti va yer osti oqimining yo‘nalishiga mos tushishi lozim. Ikkilamchi gravigen jarayonlarni bartaraf qilish va tuproq zarralarining yo‘qolishini oldini olish uchun nafaqat oqar suvlar va jarlarning atroflari, balki suv ayirg‘ichlar va yonbag‘irlarda ham bu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qiymatidan qat’iy nazar daraxtzorlar va o‘rmonli maydonlar bo‘lishi zarur. 8. Ekinzorlarni to‘g‘ri joylashtirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va muhofaza qilish turli melioratsiyalar yordamida ko‘p rejali, keng ko‘lamli, majmuali bo‘lishi bilan bog‘liq. Shu sababli tabiatdan foydalanishning o‘ziga xos muammosini tadqiq qilish va amalga oshirish sitemali (yun. systёma qismlardan tashkil topgan bir butun, birikma) yondashuvni taqoza etadi. Bunday yondashuv tadbirlardan har birini “inson-ishlab chiqarish-tabiat” umumiy sistemasining tarkibiy qismi sifatida qarashni taqoza etadi. Tabiatdan foydalanish jarayonida tabiiy resurslardan foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha tadbirlarni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda va ishlab chiqarish bilan aloqadan tashqarida qarash mumkin emas. Tabiatdan foydalanishning bu unsurlari (bug‘inlari) bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yagona jarayonning qismlarini tashkil etadi. Tabiatdan foydalanish muammosining majmuiyligi, shuningdek, texnikaviy (yun. technё mahorat, san’at, ustalik;) tadbirlarni tashkiliy - iqtisodiy tadbirlar bilan birgalikda bo‘lishini va ularni ishlab chiqarish siklida bir paytda qo‘llanilishini bildiradi. Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi tabiiy muhitga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholining hayotiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida majmuali ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat. Tabiatdan foydalanishning asosiy vazifalarini quyidagilar tashkil etadi:  jamiyatning tabiiy resurslarga bo‘lgan va uzluksiz oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish;

 tabiiy resurslarni qayta tiklash , tabiiy muhitning mahsuldorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish;  tiklanmaydigan tabiiy resurslardan tejamkorona, oqilona foydalanish;  atrof muhitni ifloslanishdan saqlash;  landshaftlarni maqsadli o‘zgartirish. Tabiatdan foydalanishga doir vazifalarni amalga oshirish tabiatdan foydalanishning quyidagi eng muhim geografik tamoyillariga asoslanadi: 1) tabiiy resurslardan foydalanish sajiyasi va usullarining muayyan mahalliy sharoitlarga , ya’ni landshaft xususiyatlariga mosligi; 2) tabiatdan foydalanishning nomaqbul (noxush) oqibatlarini oldindan anglab yetish va imkoni boricha oldini olish; 3) tabiiy resurslarni o‘zlashtirishni intensivligini oshirish; 4) tabiatning (landshaftlarning) ilmiy va estetik qiymatini asrash; 5) tabiiy resurslardan xo‘jalikda maqsadga muvofiq, iqtisodiy jihatdan asoslangan navbatli foydalanishni saqlash; 6) tabiiy resurslardan xo‘jalikda foydalanishning majmuali sajiyasini e’tiborga olish; 7) qazib olishda, boyitishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni miqdor jihatdan yo‘qotilishini kamaytirish yoki bartaraf qilish; 8) ishlab chiqarishni har tomonlama “ekologiya - lashtirish”ni ta’minlash. Adabiyotlarda “tabiatdan oqilona foydalanish” yoki “tabiatdan foydalanishni optimallashtirish tushunchalari keng qo‘llaniladi. Tabiatdan oqilona foydalanish ni tashkil etish tabiiy resurslardan majmuali va tejamkorlik bilan foydalanish, ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish asosida tabiiy resurslardan foydalanish darajasini belgilash va eng qulay variantlarini (lot. varians o‘zgaruvchan) asoslash, ishlab chiqarishni tabiiy resurslardan foydalanish jarayonlarida imkoni boricha atrof muhitga zararli ta’sirini bartaraf qilish va kishilarning me’yoriy hayotiy faoliyatini ta’minlash maqsadida atrof muhitning buzilishi va ifloslanishini oldini olish, tabiiy resurslarni qayta tiklashga qaratilgan tadbirlarni belgilashga asoslangan bo‘lishi lozim.