logo

Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ularni mavjudligi va holatini tekshirish

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.537109375 KB
Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ularni mavjudligi va holatini tekshirish
REJA:
1. Hujjatlarni hisobga olish to’g’risidagi tushuncha
2. Hisob   hujjatlari,   ularning   davlat   va   idoraviy   arxiv-larda
yuritilishi
3. Davlat   arxivlarida   hujjatlarning   mavjudligi   va   holatini
tekshirish Hujjatlarni hisobga olish haqidagi tushuncha Arxiv materiallarini hisobga olish deganda
ularning   miqdorini   va   ro’yxatini   aniqlashtirish   tushuniladi.   Davlat   arxiv
fondini   tashkil   etuvchi   barcha   hujjatlar   hisobga   olinishi   shart.   Hujjatlar
yig’majildlar va fondlarga bo’lingan holda hisobga olinadi. Bundan tashqari
hujjatlar   butun   arxiv   miqyosida   hisobga   olinadi.   Nihoyat,   davlat   arxiv
fondining hujjatlari to’la hajmda hisobga olinishi kerak.
Hujjatlarni   hisobga   olish   ularni   saqlash   va   zaruriyat   tug’ilganda   tezda
topish imkoniyatini beradi.
Arxivlarda   saqlanayotgan   hujjatlarning   tarkibi   o’zgaruvchandir.
Arxivlarga   muntazam   ravishda   hujjatlar   qabul   qilinadi,   ayrim   hujjatlar   bir
arxivdan   boshqa   arxivga   o’tkaziladi,   ba’zi   materiallar   yo’q   qilib   yuboriladi.
Demak,   hujjatlarning   hisobi   ham   shunga   qarab   o’zgarib   turadi.   Har   bir
arxivda   olib   borilayotgan   hisobga   asoslanib,   respublika   davlat   arxiv   fondi
hujjatlari   umumiy   tarzda   hisobni   olib   boriladi.   Shu   asnoda   qaysi   hujjat
qayerda   saqlanayotganligi   to’g’risida   tezkor   ma’lumotlar     olish   mumkin
bo’ladi.
Hisob hujjatlari, ularning davlat va idoraviy arxivlarda yuritilishi Davlat   arxivlariga
topshirilgan barcha hujjatlar darhol hisobga olinishi shart. Му ам м ол и савол :  А рхив ху ж ж атарини ҳ исобга
ол ишдан асосий м ақ сад ним а?
Му ам м ол и савол :  А рхив ҳ у ж ж атл ари қ андай ҳ исобга
ол инади?   Hisobga   olish   fondlar,   birlashgan   arxiv   fondlari,   arxiv   kolleksiya)
(to’plam)lari,   yig’majildlar,   hujjatlarning   mikrofotonusxalari   va   ro’yxatlar
asosida olib boriladi.
Belgilangan   qoidaga   muvofiq   har   bir   davlat   arxivida   quyidagi   hisob
hujjatlari bo’lishi shart:
1. Qabul qilingan hujjatlar kitobi.   
Bu   kitob   orqali   arxivga   qabul   qilingan   hujjatlarning   dastlabki   hisobi
olib   boriladi.   Kitobda   xronologik   tartibda   barcha   qabul   qilingan   hujjatlar
qayd   etiladi.   Kitobda   tartib   bilan   qabul   qilingan   hujjatning   nomi,   uning
qachon   va   kim   tomonidan   qabul   qilinganligi,   hujjatning   sanasi,   hajmi   va
holati,   qaysi   fondga   qo’shilganligi   yoziladi.   Qabul   qilingan   hujjatlar   kitobi
asosida yil davomida arxivga topshirilgan yangi fond va yig’majildlar haqida
aniq ma’lumot olish mumkin bo’ladi.
2. Fondlar ro’yxati.   
Har bir arxivda saqlanayotgan fondlarning tartib bilan yozilgan ro’yxati
bo’ladi.   Mazkur   ro’yxatga   muvofiq   arxivga   qabul   qilingan   har   bir     fondga
tartib   raqami   beriladi.   Bu   raqam   boshqa   fondlarga   berilishi   mumkin   emas.
Inqilobdan   oldingi,   sovet   davri   va   mustaqillik   davri   hujjatlari   birga
saqlanayotgan   arxivlarda   (masalan,   O’zR   MDA)   bu   uchta   guruh   uchun
alohida-alohida   fondlar   ro’yxati   mavjud   bo’ladi.   Sovet   davri   fondlarining
tartib raqami oldidan «R» harfi, mustaqilik davri hujjatlari uchun «M» harfi
qo’yiladi   (masalan,   R-1,   R-2,   R-3;   M-1,   M-2,   M-3   va   hokazo).   Boshqa
arxivlarda   fondlar   ro’yxati   yagona   tartibda   tuziladi.   Fondlar   ro’yxatida
fondning   tartib   raqami,   boshlangan   yilidan   tashqari   fondni   tashkil   qiluvchi
muassasaning   to’la   nomi   yoziladi.   Agar   muassasaning   nomi   o’zgargan
bo’lsa,   tartib   bilan   uning   barcha   nomlari   ko’rsatiladi.   Agar   mazkur   fond
boshqa  arxivga  ko’chirilsa,   «Arxivdan   olinganiligi   haqida  ma’lumot»   degan
joyda qayerga ko’chirilganligini qayd etiladi. 3. Fond varaqasi.   
Bu   varaqada   arxiv   fondining   nomi   va   tartibi,   fondda   saqlanayotgan
hujjatlarning   miqdori,   xronologik   chegaralari   va   tarkibi,   fonddagi
yig’majildlar va hujjatlarning ro’yxati kiritiladi. Fondlar varaqasi faqat hisob
hujjati   emas,   balki   ma’lumot   beruvchi   varaqa   hamdir.   Ammo   fondlar
varaqasi arxivdagi fondlarning tartib raqami bo’yicha olib borilishi sababli bu
hol   kerakli   fondni   izlab   topish   imkoniyatini   cheklab   qo’yadi.   Shu   sababli
ularga qo’shimcha ravishda fondlar varaqasi ko’rsatkichi (ukazatelp) tuziladi.
4. Ro’yxatlar.   
Yig’majildlar   ro’yxati   –   bu   arxiv   ma’lumotnomasi   bo’lib,   unda   arxiv
fondidagi hujjatlarning sarlavhasi, tarkibi va mazmunini aks ettiriladi.
5. Yig’majildlarga   ilova   qilinadigan   ularning   ichki   ro’yxati   
(mundarijasi).
6. Fondlar   tavsifnomasi    .   Har   bir   fondning   tarixi   va   ahvoli   haqida
ma’lumot beruvchi hujjat.
7. Arxiv pasporti      (shahodatnomasi). Har yilning boshida tuzilib, arhiv
haqida   hartomonlama   ma’lumot   beruvchi   hisobotnoma.   Unda
arxivda saqlanayotgan hujjatlarning hajmi, ularni saqlash sharoitlari
to’g’risida,   arxivdagi   kadrlar   haqida   ma’lumot   beriladi.
Shahodatnomaning   2-bo’limida   arxivdagi   fondlar,   ularda
saqlanayotgan   yig’majildlar   miqdori   haqida   hamda   boshqa
ma’lumotlar bo’lishi mumkin.
Arxiv materiallarining hisobi faqat arxivning o’zida emas, balki viloyat
arxiv   bo’limlarida   hamda   respublika   bosh   arxiv   Boshqarmasida   ham   olib
boriladi.   Ular   arxivlar   tayyorlab   bergan   fond   kartochkalari   asosida   fondlar
katalogini   tuzadilar.   Fond   kartochkasi   –   bu   fond   varag’ining   qisqartirilgan
variantidir.
Idoraviy arxivlarda fondlar va yig’majildlar hisobi olib boriladi. Asosiy hisob   hujjatlari   –   bu   yig’majildlar   ro’yxati,   fondlar   ro’yxati,   fondlar
varaqalari,   arxiv   shahodatnomasi   hisoblanadi.   Bular   orasida   yig’majildlar
ro’yxati asosiy o’rin egallaydi. Bu ro’yxat doimiy va vaqtincha saqlanadigan
hujjatlar uchun alohida-alohida tuziladi (masalan, 91-ro’yxat, 1-v-ro’yxat va
hokazo).   Muassasa   arxivlarining   hujjatlari   davlat   arxivlari   hujjatlari   bilan
chambarchas   bog’liqdir.   Shu   boisdan   mazkur   muassasaning   materiallari
qisman davlat arxivlarida saqlanayotgan bo’lsa, u holda joriy arxiv xodimlari
fondlar   va   ro’yxatlar   tartibini   davlat   arxiv   xodimlari   bilan   kelishgan   holda
muvofiqlashtirib berishlari kerak.
Davlat arxivlarida hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish
Davlat arxivlaridagi yig’majildlar vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi.
Ularni   tekshirishdan   asosiy   maqsad   yig’majildlarni   mavjudligiga
ishonch   hosil   qilish,   nurab   qolgan   yoki   zarar   ko’rgan   yig’majildlarni
aniqlash,   ularning   qaysi   biri   restavrasiya   yoki   dezinfeksiya   qilinishi,
mikrofilpmlashtirilishini aniqlashdan iboratdir.
Tekshiruvlar   har   bir   arxivning   joriy   va   istiqbolli   rejalari   asosida   olib
boriladi.   Odatda   nodir   hujjatlar   saqlanayotgan   fondlar   5   yilda   bir   marta,   I
kategoriyadagi fondlar 10 yilda, II va III kategoriyadagi fondlar 15 yilda bir
marta tekshiriladi. Tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda hollarda arxivdagi
yig’majildlar   navbatdan   tashqari   ravishda   tekshirilishi   mumkin.   Yilda   yoki
har   kvartalda   bir   marta   tadqiqotchilarga   berilgan   yig’majildlar   teshkirilishi
shart. Му ам м ол и савол :  А рхив ҳ у ж ж атл арини те к ширишдан
м ақ сад ним а?   Manbalar va adabiyotlar
Alimov I. va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.

Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ularni mavjudligi va holatini tekshirish REJA: 1. Hujjatlarni hisobga olish to’g’risidagi tushuncha 2. Hisob hujjatlari, ularning davlat va idoraviy arxiv-larda yuritilishi 3. Davlat arxivlarida hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish

Hujjatlarni hisobga olish haqidagi tushuncha Arxiv materiallarini hisobga olish deganda ularning miqdorini va ro’yxatini aniqlashtirish tushuniladi. Davlat arxiv fondini tashkil etuvchi barcha hujjatlar hisobga olinishi shart. Hujjatlar yig’majildlar va fondlarga bo’lingan holda hisobga olinadi. Bundan tashqari hujjatlar butun arxiv miqyosida hisobga olinadi. Nihoyat, davlat arxiv fondining hujjatlari to’la hajmda hisobga olinishi kerak. Hujjatlarni hisobga olish ularni saqlash va zaruriyat tug’ilganda tezda topish imkoniyatini beradi. Arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning tarkibi o’zgaruvchandir. Arxivlarga muntazam ravishda hujjatlar qabul qilinadi, ayrim hujjatlar bir arxivdan boshqa arxivga o’tkaziladi, ba’zi materiallar yo’q qilib yuboriladi. Demak, hujjatlarning hisobi ham shunga qarab o’zgarib turadi. Har bir arxivda olib borilayotgan hisobga asoslanib, respublika davlat arxiv fondi hujjatlari umumiy tarzda hisobni olib boriladi. Shu asnoda qaysi hujjat qayerda saqlanayotganligi to’g’risida tezkor ma’lumotlar olish mumkin bo’ladi. Hisob hujjatlari, ularning davlat va idoraviy arxivlarda yuritilishi Davlat arxivlariga topshirilgan barcha hujjatlar darhol hisobga olinishi shart. Му ам м ол и савол : А рхив ху ж ж атарини ҳ исобга ол ишдан асосий м ақ сад ним а? Му ам м ол и савол : А рхив ҳ у ж ж атл ари қ андай ҳ исобга ол инади?

Hisobga olish fondlar, birlashgan arxiv fondlari, arxiv kolleksiya) (to’plam)lari, yig’majildlar, hujjatlarning mikrofotonusxalari va ro’yxatlar asosida olib boriladi. Belgilangan qoidaga muvofiq har bir davlat arxivida quyidagi hisob hujjatlari bo’lishi shart: 1. Qabul qilingan hujjatlar kitobi. Bu kitob orqali arxivga qabul qilingan hujjatlarning dastlabki hisobi olib boriladi. Kitobda xronologik tartibda barcha qabul qilingan hujjatlar qayd etiladi. Kitobda tartib bilan qabul qilingan hujjatning nomi, uning qachon va kim tomonidan qabul qilinganligi, hujjatning sanasi, hajmi va holati, qaysi fondga qo’shilganligi yoziladi. Qabul qilingan hujjatlar kitobi asosida yil davomida arxivga topshirilgan yangi fond va yig’majildlar haqida aniq ma’lumot olish mumkin bo’ladi. 2. Fondlar ro’yxati. Har bir arxivda saqlanayotgan fondlarning tartib bilan yozilgan ro’yxati bo’ladi. Mazkur ro’yxatga muvofiq arxivga qabul qilingan har bir fondga tartib raqami beriladi. Bu raqam boshqa fondlarga berilishi mumkin emas. Inqilobdan oldingi, sovet davri va mustaqillik davri hujjatlari birga saqlanayotgan arxivlarda (masalan, O’zR MDA) bu uchta guruh uchun alohida-alohida fondlar ro’yxati mavjud bo’ladi. Sovet davri fondlarining tartib raqami oldidan «R» harfi, mustaqilik davri hujjatlari uchun «M» harfi qo’yiladi (masalan, R-1, R-2, R-3; M-1, M-2, M-3 va hokazo). Boshqa arxivlarda fondlar ro’yxati yagona tartibda tuziladi. Fondlar ro’yxatida fondning tartib raqami, boshlangan yilidan tashqari fondni tashkil qiluvchi muassasaning to’la nomi yoziladi. Agar muassasaning nomi o’zgargan bo’lsa, tartib bilan uning barcha nomlari ko’rsatiladi. Agar mazkur fond boshqa arxivga ko’chirilsa, «Arxivdan olinganiligi haqida ma’lumot» degan joyda qayerga ko’chirilganligini qayd etiladi.

3. Fond varaqasi. Bu varaqada arxiv fondining nomi va tartibi, fondda saqlanayotgan hujjatlarning miqdori, xronologik chegaralari va tarkibi, fonddagi yig’majildlar va hujjatlarning ro’yxati kiritiladi. Fondlar varaqasi faqat hisob hujjati emas, balki ma’lumot beruvchi varaqa hamdir. Ammo fondlar varaqasi arxivdagi fondlarning tartib raqami bo’yicha olib borilishi sababli bu hol kerakli fondni izlab topish imkoniyatini cheklab qo’yadi. Shu sababli ularga qo’shimcha ravishda fondlar varaqasi ko’rsatkichi (ukazatelp) tuziladi. 4. Ro’yxatlar. Yig’majildlar ro’yxati – bu arxiv ma’lumotnomasi bo’lib, unda arxiv fondidagi hujjatlarning sarlavhasi, tarkibi va mazmunini aks ettiriladi. 5. Yig’majildlarga ilova qilinadigan ularning ichki ro’yxati (mundarijasi). 6. Fondlar tavsifnomasi . Har bir fondning tarixi va ahvoli haqida ma’lumot beruvchi hujjat. 7. Arxiv pasporti (shahodatnomasi). Har yilning boshida tuzilib, arhiv haqida hartomonlama ma’lumot beruvchi hisobotnoma. Unda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning hajmi, ularni saqlash sharoitlari to’g’risida, arxivdagi kadrlar haqida ma’lumot beriladi. Shahodatnomaning 2-bo’limida arxivdagi fondlar, ularda saqlanayotgan yig’majildlar miqdori haqida hamda boshqa ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Arxiv materiallarining hisobi faqat arxivning o’zida emas, balki viloyat arxiv bo’limlarida hamda respublika bosh arxiv Boshqarmasida ham olib boriladi. Ular arxivlar tayyorlab bergan fond kartochkalari asosida fondlar katalogini tuzadilar. Fond kartochkasi – bu fond varag’ining qisqartirilgan variantidir. Idoraviy arxivlarda fondlar va yig’majildlar hisobi olib boriladi. Asosiy

hisob hujjatlari – bu yig’majildlar ro’yxati, fondlar ro’yxati, fondlar varaqalari, arxiv shahodatnomasi hisoblanadi. Bular orasida yig’majildlar ro’yxati asosiy o’rin egallaydi. Bu ro’yxat doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar uchun alohida-alohida tuziladi (masalan, 91-ro’yxat, 1-v-ro’yxat va hokazo). Muassasa arxivlarining hujjatlari davlat arxivlari hujjatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu boisdan mazkur muassasaning materiallari qisman davlat arxivlarida saqlanayotgan bo’lsa, u holda joriy arxiv xodimlari fondlar va ro’yxatlar tartibini davlat arxiv xodimlari bilan kelishgan holda muvofiqlashtirib berishlari kerak. Davlat arxivlarida hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish Davlat arxivlaridagi yig’majildlar vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi. Ularni tekshirishdan asosiy maqsad yig’majildlarni mavjudligiga ishonch hosil qilish, nurab qolgan yoki zarar ko’rgan yig’majildlarni aniqlash, ularning qaysi biri restavrasiya yoki dezinfeksiya qilinishi, mikrofilpmlashtirilishini aniqlashdan iboratdir. Tekshiruvlar har bir arxivning joriy va istiqbolli rejalari asosida olib boriladi. Odatda nodir hujjatlar saqlanayotgan fondlar 5 yilda bir marta, I kategoriyadagi fondlar 10 yilda, II va III kategoriyadagi fondlar 15 yilda bir marta tekshiriladi. Tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda hollarda arxivdagi yig’majildlar navbatdan tashqari ravishda tekshirilishi mumkin. Yilda yoki har kvartalda bir marta tadqiqotchilarga berilgan yig’majildlar teshkirilishi shart. Му ам м ол и савол : А рхив ҳ у ж ж атл арини те к ширишдан м ақ сад ним а?