BEGONA O‘TLARNI HISOBGA OLISH VA XARITALASH
BEG ONA O‘TLARNI HISOBGA OLISH VA XARITALASH Reja : 1. Begona o‘tlarni chamalab hisobga olish 2. Begona o‘tlarni hisobga olish varaqasi 3. Begona o‘tlarni aniq usulda hisobga olish 4. Dalalarni begona o‘tlar bilan ifloslanganligi bo‘yicha xarita tuzish va uning ahamiyati
Dalalardagi begona o‘tlarga qarshi samarali ko‘rashish uchun avvalo ularni hisobga olish kyerak. CHunki u yoki bu tadbirni qo‘llashdan oldin ifloslantiruvchi begona o‘tlar n ing biologik xususiyatlarini bilish zarur. Yer begona o‘tlar bilan qay darajada ifloslanganligini bilish va karta tuzish ularga karshi ko‘rash tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etishga yordam byeradi. Bunda begona o‘tlar ikki xil usulda, ya’ni yurib kuz bilan chamalab (taxminan) va aniq hisobga olinadi. 1. Begona o‘tlarni hisobga olishning ko‘z bilan chamalash usuli. Bu usul oson va qulay, chunki bunda dalaning diagonali bo‘ylab ma’lum oraliqda yurilib, begona o‘tlar taxminan xisobga olinadi va ballga ajratiladi. Ballga ajratishda akademik A.I.Malьsevning quyidagi to‘rt balli shkalasidan foydalaniladi. I-ball- o‘simlik qoplamida 5% gacha begona o‘t uchraydi. II-ball - o‘simlik qoplamida 5-25% gacha begona o‘t uchraydi. III-ball o‘simlik qoplamida 25-50% gacha begona o‘t uchraydi. IV-ballda esa begona o‘tlar madaniy o‘simliklarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etishi kyerak. Har bir almashlab ekish dalasidagi begona o‘tlar aniqlangach, olingan natijalar begona o‘tlarni hisobga olish varaqasiga yoziladi. Varaqada almashlab ekish dalasining har bir maydonida qo‘llanilgan agrotexnika tadbirlari to‘la yoritilgan bo‘lishi kyerak. Begona o‘tlar bilan ifloslanganligi aniklanayotgan dalaning diagonali bo‘ylab yurilganda uchragan hamma begona o‘tlar turi b o‘ yicha varaqaga yozilib, tegishli balli aniqlanadi. So‘ngra yuqorida keltirilgan shkalaga ko‘ra, dalaning begona o‘tlar bilan ifloslanganligi aniklanadi. Begona o‘tlar bilan ifloslanishni aniqlashda almashlab ekish dalalari bo‘yicha har bir dala va ekin turi uchun alohida varaqa to‘ldiriladi. Begona o‘tlarni hisobga olish varaqasiga taxminan quyidagi ma’lumotlar yozilishi kyerak: Begona o‘tlarni hisobga olish varaqasi 1. Aniklash vaqti 2. Viloyat tuman x o‘jalik
3. Fyermyer a lmashlab ekish 4. Dalaning nomi maydoni(ga) ekilgan ekin 5. Relefi tuprog‘i 6. Almashlab ekish joriy qilingan va o‘zlashtirilgan vaqti 7. Yerni kuzgi shudgorlash tizimi (o‘tkazish muddati, chuqurligi, usuli va boshqalar) 8. Yerni ekin ekish oldidan ishlash tizimi (o‘tkazilgan agrotexnika tadbirlarining muddati, chuqurligi, usuli va boshkalar) 9. Keyingi ikki yilda solingan organik-minyeral o‘g‘itlar, gyerbitsidlar tarkibi, miqdori va ishlatilgan muddati 10. O‘g‘it solish usuli va chuqurligi 11. Ekin ekish (muddati, usuli va chuqurligi) 12. Ishlatilgan gyerbitsidlar, ishlatish usuli va mikdori 13. Urug‘lik (qayerdan olingan, xo‘jalikka yaroqliligi, begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslangan-ifloslanmaganligi, tur tarkibi) 14. Tekshirish vaqtida ekinning holati, o‘simlikning balandligi (sm) 16. Eslatma 17.Kuzatuvchining ismi va familiyasi Dalaning begona o‘tlar bilan ifloslanganligini aniklashda uning mohiyatiga qarab varakaga qo‘shimchalar kiritish mumkin. Dalaning ifloslanganligi bir yilda ikki marta, ya’ni bahorda va kuzda (hosilni yig‘ib-tyerib olishdan oldin) hisobga olinadi. Begona o‘tlarni hisobga olish muddatlari ekinzorlarda turlicha bo‘ladi, ya’ni g‘alla ekinlarida ular to‘liq to‘planishidan to hosili yig‘ishtirilguncha; bir yillik va ko‘p yillik em-xashak ekinlarida to o‘rimgacha; qator oralari ishlanadigan ekinlarda esa ishlov byerish va hosilini yig‘ishtirishdan oldin o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, h ar bir dalaning begona o‘tlar turi bo‘yicha ifloslanishi va ifloslanish balli aniqlanadi.
Begona o‘tlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida begona o‘tlarning turiga karab dalalarning ifloslanishini ettita tipga bo‘lishni tavsiya etgan. Bular: kam yillik; kam yillik-ildiz bachkili; kam yillik-ildizpoyali; kam yillik-ildiz bachkili va ildizpoyali; ildiz bachkili; ildizpoyali; ildiz bachkili ildizpoyalilardir. 2. Begona o‘tlarni aniq usulda hisobga olish Bu usulni ham ayrim tadqiqotchilar ikkiga, ya’ni begona o‘tlarni hisobga olish va miqdoriy-tortish usullariga yoki metodlarga ajratadilar. Bu usullar murakkab va syermehnat bo‘lganligi uchun ishlab chiqarish sharoitida umuman ko‘llanilmaydi. Tajriba ishlarida esa dalalarni begona o‘tlar bilan ifloslanganligini aniklashda mikdoriy-tortish usulidan keng foydalaniladi. Begona o‘tlarni aniq usulda hisobga olishda vazifannng mohiyatiga ko‘ra, oddiy yog‘och reykadan 0,25, 0,5 yoki 1 m 2 va undan katta ramka yasaladi. Begona o‘ti hisoblanishi lozim bo‘lgan dalaning ikki diagonali bo‘ylab yurilib, xarak-tyerli bo‘lgan 10-15 joyga ramka qo‘yiladi va ichidagi begona o‘tlar yulib olinadi, turlarga ajratiladi, sanaladi. 3. Dalalarni begona o‘tlar bilan ifloslanganligi bo‘yicha xarita tuzish va uning ahamiyati Tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, xo‘jalik dalalarining begona o‘tlar bilan ifloslanganlik kartasi tuziladi (7-rasm). Ushbu kartada dalalarning begona o‘tlar bilan ifloslanganlik darajasi ball bilan, begona o‘tlarning turlari rejali xolda tegishli ranglarda bo‘yash yoki shtrixlash va turli shartli
belgilarda ifodalanadi. Karta h ar yili tuziladi va uning ostida shartli belgilari byeriladi. Karta dalalarda begona o‘tlarning tarkibi va miqdori o‘zgarishiga qarab, ularga karshi har xil kurash tadbirlarini tanlashda va qo‘llashda yordam byeradi hamda xo‘jalikning u yoki bu xil gyerbitsidga ehtiyoji oldindan aniklanishiga imkon byeradi. Ekinzorlarning begona o‘tlar bilan ifloslanganligini xisobga olishdan tashqari, ularning tuproqdagi sonini aniqlash ham katta ahamiyatga ega. CHunki har bir dalaning begona o‘tlar bilan ifloslanish darajasini tuproqdagi urug‘ va ildizpoya miqdoriga karab ham taxminan aniqlash mumkin. Lekin ular tegishli metodlarda aniq hisobga olinadi.