KARANTIN BEGONA O‘GLAR
KARANTIN BEGONA O‘GLAR Reja: 1. Z arpechak o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 2.Kakra. O‘tish yo‘llari, rivojlanish xusuiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 3.Ambroziya, turlari strigalar va chizg‘ichsimon ituzum o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari.
Zarpechak — Dunyo florasida zarpechakning 274 turi hisobga olingan, va dunyoning hamma mamlakglarida tarqalgan. Zarpechak-parazit o‘simlik. U ildiz va bargga ega emas, o‘zida ipsimon kuchli shoxlangan poya namoyon qiladi. Gulaganda poyasi gullar bilan qalin qoplanadi, gullar popuksimon to‘pGullarda yoki zich bolichalarda yig‘iladi. Mevasi ko‘sakcha bo‘lib unda 1 dan to 4 tagacha urug‘ hosil bo‘ladi. Urug‘lari dumaloq yoki noto‘g‘ri burchaksimon shakllarda, 2 tarafdan zich tomonli. Urug‘ usti g‘adirbudir lupa ostida ko‘rganda jilvirli qog‘ozni eslatadi. Zarpechak xo‘jayin o‘simlik hisobiga yashaydi. Poyasi o‘simlikni o‘rab oladi va o‘zining maxsus o‘simtasi-gaustoriylari bilan o‘simlik oziqalarini so‘rib oladi. Ular asosan ikki pal- lalilar sinfining o‘tsimon o‘simliklarida parazitlik qiladilar. Lekin har bir turning o‘zini maxsus zararlov o‘simliklari bor. Zarpechak urug‘lari va poya bo‘laklaridan ko‘payadi. Asosiy tarqalish manbai qishloq xo‘jaligi ekinlarining ifloslangan urug‘lik, yana shunday ifloslangan xashak, lub tolali ekinlar poyasi va boshqalardir. Idish, qishloq xo‘jaligi mashinalari, transport vositasida, qayvonlar va qushlar yordamida ham zarpechak urug‘lari tarqalishi mumkin. Dala zarpechagining ochilmagan kurtaklari shamol va suv yordamida ham tarqaladi.(4) Zarpechak qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining ko‘plab yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Zararlangan o‘simlik avval o‘sishdan qoladi, keyin esa sarg‘ayadi va halok bo‘ladi. Markaziy Osiyo davlatlarida alohida yillarda zarpechak tufayli 50% dan ortiq beda hosili yo‘qotilgan. Zarpechakdan kanop, tamaki, lavlagi va sabzavot ekinlari kuchli zarar ko‘radi. Zarpechak tarkibida kuskudin alkaloidlari va kustalin saqlaydi. hayvonlar zarpechakli xashakni yeganda ularda ich ketish kasalligi kuzatiladi.
Karantin tadbirlari va kurash choralari. Dalani zarpechakdan tozalash komleks profilaktikani agrotexnik va kimyoviy kurash choralarini qo‘llashni talab qiladi. Ekishda faqat tozalangan urug‘larni ekish kerak. Tuproqqa faqat to‘la chirigan go‘nglardan foydalanish kerak. Ekinlar ekishda to‘G‘ri almashlab ekishga amal qilmoq lozim, bunda zarpechak bilan zararlanmaydigan yoki kam zararlaydigan g‘alla, kungaboqar, kanop, qrvoq va boshqalardan ekish kerak. Zarpechakning tarqalishini oldini olishda chorvani zarpebilan kuchli ifloslangan dalalarga o‘tlatish uchun qo‘yib jrmoq yaramaydi. Zararlangan ekin manbaini zarpechagi bilan birga o‘rib ib, o‘sha joyni o‘zida quritib, shu xo‘jalikdagi chorvaga yem uchun ziladi. Bunda o‘rib olganda begona o‘tlar gullamagan davri »i gullaguncha bo‘lgan davrda o‘rib olinadi. Maydon esa gerbi; bilan ishlov beriladi yoki haydaladi. Biologik kurash choralari. Zarpechakk qarshi Akegpapa sixsi:dae Kib. Zamburug‘i ham.yaxshi ta’sir qiladi. Undan tashqari uopux-uzunburuni va havol hosil qiluvchi chivini miniruyuchivini- zarpechak uchun yuqori «vlikka ega. Kakra —yokn pushti ryang kakra —(astralar oilasi- Poyasi to‘g‘ri, qirrali, shoxlangan, barg bilan kuchli qoplangan bo‘yi 20-40 sm bo‘ladigan o‘simlik. Barglari o‘tirgan, pastki barglari yorilgan yoki tishsimon, tepa barglari qirrali, bir savatli, aylanasimon shoxning oxirida joylashgan. Gullari ikki jinsli naysimon qizil-pushti rang 1ultojli: har qaysi savatchada 2 dan to 26 gacha urug‘band rivojlanadi, bitga o‘simlikda 700 tagacha savatcha yetilishi mumkin. Urug‘ toj (po‘kak) dan oson tushadi, u zich, tekis, silliq yoki burishiq yalanG‘och, tuxumsimon shaklda bo‘ladi. Kakraning vatani -Markaziy Osiyodir, Afrikadan tashqari hamma kontinentlarda tarqalgan.(1)
Kakra -ko‘p yillik o‘simlik. U ildiz urug‘i, ildiz bachkilari va ildizpoyasidan ko‘payadi. Uning urug‘dan ko‘payishi karantin nazoratda rol o‘ynaydi. Urug‘ o‘tuvchanligi 3-4 yil mobaynida saqdanadi. Ularning o‘sishi uchun yuqori namlik va tuproq harorati talab qilinadi. Kakra haydalma qatlam qalinligida ancha intensiv o‘sadi, lekin bunday o‘sish xususiyati faqat 2-3,5 sm chuqurliqda bo‘lishi mumkin. Undan ham chuqurdagi urug‘lar una olmaydi. Kakra rivojlanish va halok bo‘lishi ildiz va ildiz bachkilaridan o‘sgan novdalar ayniqsa ahamiyatga ega. Ona o‘simlik atrofida kakra bachki ko‘chatlar kakrazor hosil qiladi. Alohida kakrazorlar birlashib 1 m 2 da 400 tagacha poya bo‘lgan zich bulg‘angan maydon hosil qiladi. Ayniqsa namsizlikda kakra ildizlari bir necha yilga tinim holatiga ketadi. Novdalar hosil qilishi va rivojlanishi erta bahordan boshlanib kech kuzgacha davom etadi. Kakraning gullashi may va iyunda, mevalashi esa iyun- iyuldadir. Odatda g‘alla ekinlarini yig‘ishtirib olish davriga yetilgan urug‘larni hosil qilib ulguradi. Kakra hamma ekinlarni, boG‘larni, tokzorlarni, o‘tloq va yaylovlani ifloslaydi. Kanal bo‘ylari, asfalt yo‘l yoqalarida juda mo‘l o‘sadi. Kakra ildizidan toksinlar ajratib madaniy o‘simliklarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Karantin tadbirlar va kurash choralari. Kakraga qarshi kurashishda agrotexnika kurash choralari ayniqsa ahamiyatlidir. Bunda to‘G‘ri almashlab ekish, tuproqqp ishlov berish, ekinni rivojlanishi uchun sharoit yaratish kerak. Ba’zida yaxshi ishlov berilgan shudgor ham begona o‘t nobud bo‘lishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun kakra bilan kuchli ifloslangan yerlarda be- gona o‘tni bir necha yillarda yo‘qotish uchun maxsus almashlab ekish qo‘llaniladi. Misol uchun qo‘yidagicha almashlab ekishni qo‘llash mumkin:
1) qora shudgor 2) kuzgi javdar (ko‘k yem uchun) 3) kuzgi bug‘doy g‘alla uchun 4) qora shudgor 5) kuzgi bug‘doy don uchun 6) kuzgi javdar ko‘k yem uchun.(4,3,5) Hamma dalalarda kuzgilarni yig‘ishtirib olgandan keyin tuproqqa yarim shudgo ishlov beriladi. Biologik kurash choralari: kakraga qarshi eng samarali gerbifag kakra nematodasi- hisoblanadi undan tashqari kakra biti —Asega, kakra kurtak gallitsalari ham bor. Kimyoviy preparatlari: Makkajo‘xorida to makkajo‘xori ungunga qadar simazin 80 % li (1,9-7,5 kg/ga) yoki 50 % lisi 3-12 kg/ga, atrazin 50 %li 3-8 kg/ga. Ambroziya burganbargi - Ambroziya tashqi ko‘rinishdan odsiy shuvoqni eslatadi. Uning bo‘yi 10 sm dan 2,5 m gacha boradi. Shoxlari to‘g‘ri burchakli shoxlanadi Yldizi kuchli shoxlangan o‘q ildiz, yer ostiga 4 m gacha kirishi mumkin. Barglari bandli, patsimon. U bir uyli o‘simlik. Erkak gullari beshtishli, sariq rangli, 5-25 ta guldan savatchaga yig‘ilgan, tepa shoxda boshoq ko‘rinishida bo‘ladi. Onatik go‘llari barg qo‘ltig‘ida yoki otalik gullari asosida 2-3 tasi *ir joyda bo‘lib joylashadi. Urug‘lari yolgon meva, asosiy ponaimon siqilgan 5-10 ta kichik va bitta katta tikanlidir. Mevaning uzunligi 2,2-5,1 mm, eni S5-2.5 mm. Ambroziyaning gulshi va meva tugishi iyuldan avgustgacha cho‘ziladi, urug‘lari avst va sentyabrda hosil bo‘ladi. Ambroziya burganbargining vata< — Shimoliy Amerikadir. U ko‘pgina mamlaktlarda Yevropada, iyoda, Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikada va Avstra ga keng tarqalgan. Ambroziya burganbargi ekish materialidagi urug‘lar, indilar, xashak bilan va transport vositasida tarqaladi. Bu »na o‘tning meva va urug‘lari karantin nazoratida urug‘ va don)rda ko‘p uchraydi. Ambroziya burganbargi bir yillik begona o‘t. Urug‘i bilan ayadi, ya’ni qaysiki juda ko‘p urug‘ hosil qiladi.