BADIIY ASAR SYUJETI
BADIIY ASAR SYUJETI Reja : 1. Syujet haqida tushuncha va uning ta’rifi 2 Syujet - xarakterlar namoyon bo‘ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi 3. “Yasama”, “Tayyor”, “Sayyor” syujetlar 4. Syujet tiplari 5. Syujetning tarkibiy qismlari 6. Tur va janrlarda syujet
Syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar... jami tushuniladi; chunki “ Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odamlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o‘rtasidagi munosabatlar – u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir ”(M. Gorkiy). Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi, g‘oyaviy mazmunning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o‘z navbatida asar g‘oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi. Jumladan, tragik xarakter qaltis, og‘ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday vaziyatdagina o‘zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu qo‘zg‘atuvchi “arzimas” voqealarda o‘zligini (masalan, “Adabiyot muallimi”dagi Boqijon Baqoev) ko‘rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig‘i voqealar mantig‘iga va aksincha, voqealar mantig‘i xarakterlar mantig‘iga (F.M.Golovchenko, M.Qo‘shjonov, T.Boboevlar ham ta’kid qilishgan) mos bo‘lishi, bir- birlarining mohiyatlarini ochish lozimdir. Jumladan, “O‘tgan kunlar”dagi Otabek o‘zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda ham, uning qarshisida “bir jonsiz haykal o‘rnida” bo‘ladi. homidning ig‘volari tufayli Kumush Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham, Otabek “Men sizga ishonaman” degan Kumush ishonchiga – sevgisiga sodiq qoladi, uni qutqarish uchun jonidan kechib, homid, Mutal, Sodiq bilan olishadi va yengib chiqadi... Demak, voqealar mantig‘i Otabekning sofdilligi, irodaliligi, “asl yigitligi”ni bo‘rttirishga, uning xarakteri mantig‘ini asoslashga, ishonchligini ta’minlashga, jonli tasavvur
etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa, ular birlashib g‘oyaviy mazmun (eng kirlik, eng qora kunlar)ni tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda. Syujet obrazlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidan qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g‘oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko‘chadi va u konflikt deb yuritiladi. Konflikt - syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qiziqarligini, ko‘lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi: 1. Psixologik (ruhiy) konflikt qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi; 2. Ijtimoiy konflikt – asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o‘rtasidagi kurash; 3. Shaxsiy – intim konflikt – bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o‘rtasidagi kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma romanlarda ham uchraydi, lekin psixologik konflikt yetakchi bo‘lgan asarlar (“Sarob” - A.Qahhor; “Ulug‘bek xazinasi” – O.Yoqubov) doimo adabiyotning sifat ko‘rsatgichi bo‘lib, yorqin iz qoldirganlar. Jumladan, “O‘tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji, Otabeklarning maslakdoshlari bilan Musulmonqul, Azizbekka o‘xshash feodal tuzum hukmdorlari orasidagi to‘qnashuv – ijtimoiy konfliktga asos solsa, Otabek, hasanali, Qutidor va homid, Mutal, Sodiq, Jannat kampir o‘rtalaridagi olishuv-shaxsiy-intim konfliktni keltirib chiqaradi. Otabek ikkinchi martaba uylanish Kumushga nisbatan xiyonat ekanini tushunadi, axloqsizlik qilayotganini tan oladi, biroq ota-onaning irodasiga bo‘ysinadi. Ana shu jarayonda qalbida kechgan kurash-psixologik konfliktni vujudga keltiradi. Uch xil konflikt birlashib, katta qudrat kasb etadi va “O‘tkan kunlar”
syujetining shiddatli va ta’sirchan harakat qilishini, asar qahramonlarining dramalarini yaqqol ochilishini ta’minlaydi. Badiiy syujetlar turli yo‘llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko‘pincha, uning uchtasi haqida gapiriladi: 1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo‘ladi. ulardagi voqealarning barchasi badiiy to‘qima (fantaziya) yordamida yaratiladi. Uni “yasama” syujet deb atasa bo‘ladi. Jumladan, “Sariq devni minib”(X.To‘xtaboev), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift), “Odam amfibiya”(A.Belyaev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida ko‘rsatish mumkin. 2. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. “Prototip” shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo‘ladi va ular “tayyor” yoki “hayotiy” syujetlar deb yuritiladi. “Navoiy”(0ybek), “Ulug‘bek xazinasi”(O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”(P.Qodirov), “Bolalik”(Oybek), “O‘tmishdan ertaklar”(A.Qahhor), “Navro‘z”(N.Safarov), “Graf Monte Kristo”(A.Dyuma), “Zaynab va Omon”(h.Olimjon), “Aka-uka Karamazovlar”(F.Dostoevskiy) kabilar ana shu yo‘l bilan yaratilgan asarlardir. 3. Yozuvchilar o‘zlarigacha yozma adabiyotda ma’lum bo‘lgan syujetlarga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o‘z salohiyatlari va mahoratlariga asoslanib, ularni yangicha talqin qiladilar. Bu “sayyor” yoki “o‘zlashtirilgan” syujetdir. Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o‘g‘li bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan
yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko‘rsa bo‘ladi. ularning har biri-mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo‘lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (syujet)ning asosi yagonadir. “Donjuanlar, Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko‘p bo‘lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, hyote va hayne, Navoiy va Nizomiy, esxil va Shekspir nomlari bilan bog‘laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo‘lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo‘liga tushgandagina “fakt”(syujet deb tushuning-h.U) muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz” 1 . Syujetni tashkil etuvchi voqealar bir-biri bilan turli tarzda bog‘lanadilar: ba’zilari bir-biri bilan vaqt orqali bog‘lansa (A dan so‘ng B yuz berdi), ba’zilari bir-biri bilan sabab-oqibat orqali (A sababli B yuz berdi) bog‘lanadi. Ba’zi asarlarda bu ikkala holat (A dan so‘ng, A sababli B yuz berdi) birlashadi. “Shoh o‘ldi, malika ham o‘ldi” gapida – birinchi tip – vaqt bilan o‘zaro bog‘langan syujet-xronikal (yillarga asoslangan) syujet yuzaga kelsa, “Shoh o‘ldi, bu qayg‘udan malika ham o‘ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog‘langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig‘ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o‘ldi, bu o‘lim qayg‘usiga chiday olmay malika ham o‘ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqe qiladi. 2 2 Xronikal syujetda ko‘pincha sarguzasht (avantyura)ga, favqulodda hodisalarga o‘rin berilsa (“Ramayana”, “Mahobhorat”ni eslang), qahramonlar ketma-ket to‘siqlarga duch kelaversa, ularni yengaversa-qahramonliklarning cheki- chegarasi bo‘lmasa, konsentrik syujetda bir-biri bilan mustahkam bog‘liq bo‘lgan voqealar silsilasida qahramon faoliyati izchil, sabab-oqibatga asoslangan holda ishonchli ochiladi, realistik va psixologik (“Ulug‘bek xazinasi”, “Sarob” romanlaridagidek) tasvir chuqurlashadi. Xronikal- 1 А.Мухтор. Уй қ у қ очганда, Т., “Маънавият”, 1997, 19-бет. 2 2 Қ аранг:Введиние в литературовединие, Москва, “Высшаяая школа”, 1988, 205-бет; Н. Ҳ отамов, Б.Саримсо қ ов. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изо ҳ ли лу ғ ати, Т., “Ў қ итувчи”, 1979, 302- бет.