BADIIY ASARNING TIL XUSUSIYaTLARI.
BADIIY ASARNING TIL XUSUSIYaTLARI. Reja: 1. So‘z va uning qudrati 2. Jonli, adabiy, badiiy tillar 3. Badiiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari 4. Mullif nutqi. Personaj nutqi
Koinotning o ‘ zi ham “ kof ” va “ nun ” ning ( arabcha “ k ” va “ n ” harfi qo ‘ shilsa , “ kunh ” bo ‘ ladi va u “ yarath ”, “ ijod qilh ” degan ma ’ nolarni bildiradi ) qo ‘ shiluvidan , Ollohning so ‘ zi bilan yaratilganini tasavvur etsak , so ‘ zning barchadan buyukligini anglaymiz . Ana shu buyuk ne ’ mat – so ‘ z adabiyotning birinchi va bosh qurolidir , bo ‘ lishi mumkin bo ‘ lgan yangi olamlarning bo ‘ y - bastini yaratuvchi , ijod qiluvchi bebaho mo ‘ jizadir . To ‘ g ‘ ri , badiiy asarning dunyoga keltiruvchi obraz va obrazlililik , xarakter va tip , mavzu va g ‘ oya , syujet va kompozitsiya , tur va janr , ijodiy metod va uslubga o ‘ xshash vositalari ko ‘ p . Lekin eng qizig ‘ i ham , eng murakkabi ham shundaki , bu vositalarning hammasi ham so ‘ z vositasida yaratiladi , so ‘ z tufayligina jozibaga , ta ’ sirdorlikka , yaratishga qodir bo ‘ ladi , ya ’ ni so ‘ z - la tiriladi . Shu tufayli so ‘ z nodirlik , bebaholik , mo ‘ jizadorlik xislatlarini bor - budicha o ‘ zida mujassam etadi . Xo‘sh, so‘zdan san’atkor qanday tarzda foydalanadi? So‘z qachon obrazlilik kasb etadi? So‘zning poetik maqsadi nima? Nima uchun so‘z tanlanadi? Nega har bir so‘zning o‘z o‘rni, o‘z qudrati bor? Nega tili no‘noq, nomukammal, sayoz asarlar komillikdan uzoq bo‘ladilar? Badiiy tilning qanday xususiyatlari sirlarini bilish lozim?.. Filologiya ilmi har qanday milliy tilni uchga bo‘lib o‘rganadi: 1. Jonli (umumxalq) til – muayyan millatning, mamlakatning odamlari o‘rtasidagi jonli so‘zlashuv nutqi, o‘zaro aloqa, muomala – munosabat qurolidir. U grammatika qonunlariga, talaffuz qoidalariga, adabiy va badiiy til normalariga, talablariga bo‘ysunmaydi. Jonli til – erkinlikni yoqtiradi: sheva ham, varvarizm ham, vulgarizm ham, jargonizm ham, neologizm ham... uning joni - tani bo‘lib xizmat qilaveradi, uning chek-chegarasi bo‘lmaydi.
2. Adabiy til – jonli (umumxalq) tilidan tug‘ilgan, muayyan grammatika(grammatika) va talaffuz qoidalari (fonetika)ga, imlo talablariga qat’iy amal qiluvchi va turli shevalarda gapiruvchi (“to‘qson ikki bovli o‘zbek urug‘i”) kishilarga tushunarli bo‘lgan, matbuot, fan, adabiyot, radio, televidinie, teatr tilidir. Adabiy til doimo, uzluksiz tarzda onasi (jonli til)dan va egizak ukasi (badiiy til) dan aloqada bo‘ladi: jumladan, ulardan yangi so‘z va iboralarni qabul qiladi va o‘z navbatida jonli va badiiy tilning rivojiga, takomillashuviga yordam beradi. 3. Badiiy (poetik) til – badiiy asarlar tili sanaladi. U “adabiy asarning mazmunini ro‘yobga chiqaruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. Shu sababli badiiy til kitobxonga g‘oyaviy va emosional ta’sir qilish vositasi bo‘lib xizmat kiladi. Negaki, yozuvchi badiiy til orqali obrazlar manzaralar yaratar ekan, ularning mohiyatini ochib ko‘rsatadigan so‘z va iboralar tanlaydi. Asl va ko‘chma ma’noli so‘zlar qo‘llaydi, umumxalq tilining gap qurilish usullaridan, arxaizm va jargonlardan foydalanadi”. Shu xilda yozuvchi asar g‘oyasiga muvofiq shakl tanlaydi. M. Gorkiy aytganiday, “ Ish tafakkurni uyg‘otadi, tafakkur ish tajribasini so‘zga aylantiradi, undan g‘oyalar, gipotezalar nazariyasini... xosil qiladi... Yozuvchining ishida asosiy material so‘zdir ”. So‘z esa, barcha faktlar, barcha fikrlar libosidir. Ammo har bir fakt zaminida ijtimoiy ma’no bor, har bir ma’no zaminida esa bir yoki ikkinchi fikr nega bunday-u, nega unday emas, degan sabab bor... Klassiklar yuz yil davomida asta – sekin ishlangan ana shunday tilda yozganlar. haqiqiy adabiy til shudir” (M.Gorkiy) 1 Shunga asosan adabiyot – hayotni so‘z orqali badiiy tasvirlash san’atidir. 1 Н.Шукуров ва бош қ алар. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Ў қ итувчи”, 1979, 117-бет.
Badiiy til jonli (umumxalq) tilning farzandi bo‘lib, uning bosh vazifasi – badiiylik(obrazlilik)ni yaratishdir. Shu vazifadan kelib chiqib, jonli va adabiy nutqlarni barcha hodisalarini hissiy(estetik) tarzda umumlashtiradi. Badiiy tilning o‘ziga xos asosiy xususiyatlarini ifoda etuvchi qonuniyatlar ham bir talay: 1. Ularning eng birinchisi – obrazlilikdir. Bunga san’atkor tasvirlanayotgan voqea-hodisaning, narsa-predmetning, tug‘yon- kechinmaning yaqqol qiyofasini, holatini kitobxon ko‘z o‘ngida jonli qilib gavdalantiradi. Oddiy kitobxon ham uni ko‘radi, his etadi, tirikligiga shohidlikka o‘tadi. Maxsus tasviriy vositalar, maxsus leksik boyliklar, so‘z o‘yinlari kabi unsurlar – obrazlilikni yaratishda bebaho vazifalarni o‘taydilar. Bir kun. Yomg‘irli tun. Qop-qora zulmat. Chuchvaradek qaynar Ko‘chalarda suv. Baxmal kabi qora, Ko‘rinmas osmon. Butun yorug‘ jahon – Dardli bir qayg‘u. Usmon Nosirning “Naxshon” dostonidan keltirilgan ushbu parchani o‘qigan kitobxon ko‘z o‘ngida Naxshonning “bir kuni – dardli bir qayg‘usi” yaqqol ko‘z o‘ngida jonlanadi: Och-nahor, boshpanasiz qolgan Naxshon muttasil savalab yog‘ayotgan yomg‘irli tunga duch keladi. “Tun qop-qora zulmat”, osmon ham baxmal kabi qora”ki – Naxshon tortayotgan azobni, uning huvillagan qalbini yorqin gavdalantiradi. Ayniqsa, “ko‘chalarda suvning chuchvaradek qaynashi” - o‘xshatishning go‘zal namunasi, yomg‘irning yog‘ishi darajasi (savalab yog‘ish)ni, uning holatini,
manzarasini aniq ifodalaydiki, uni kitobxon ko‘z oldiga ravshan keltiradi. Yomg‘irning ham Naxshon dardiga dard qo‘shayotganidan, uning qayg‘usini yanadi ko‘paytirayotganidan kitobxon ham azoblanadi. 2. Badiiy asar tilining obrazliligi uning tasviriy va hissiy xususiyatini yuzaga chiqaradi. Badiiy asar tili xarakterlar va manzaralarni yaqqol gavdalantirish uchun, birinchi navbatda, ularning ichki dunyosini, mohiyatini butun qarama-qarshiliklari bilan aks ettiradi va shu akslangan hayot kitobxon his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Demak, hayot(inson) qalbining turfa xil holatlarini tasvirlash orqali kitobxon his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatish-tasviriylik va emosional xususiyatni keltirib chiqaradi. Buni to‘liq anglash uchun, keling, “badiiy asar – umrni uzaytiruvchi mo‘jiza” tushunchasini tahlil qilaylik. Bu tushunchaning juda oddiy isboti bor; faqat chuqurroq mulohaza darkor. Inson tanasini-ochlik(Navoiy bobomiz “Ochlik negizida hikmat bor, to‘qlik tagida g‘aflat bor” deb bekorga aytmaganlar) poklaganidek, inson qalbini - ko‘z yoshi tozalaydi. Ko‘z yoshi qalbning katarsissi (“tozalanish”i)dir. U yoki bu tarzda jarohatlangan, yaralangan qalbni-tozalovchi, davolovchi; u yoki bu tarzda xursanddchiligi “oshib, toshib” ketganda ham qalbni yorilib ketishidan saqlab, o‘zligiga qaytaruvchi vosita – ko‘z yoshidir. Orzularingiz amalga oshmasa, turmushdan, ishongan kishingizdan xafsalangiz pir bo‘lsa, xafagarchilik, achchiqlanish, qoniqmaslik, ranj-alam hislari cho‘lg‘ab olsa, fojia yoki dahshatga, dilozorlik yoki qadrsizlanishga duch kelsangiz – kishi qalbi larzaga keladi: vahima, ma’yuslik, alam o‘rab oladi. Azobli o‘y-fikrlar tomirlarni toraytiradi, qonda adrenalin ko‘payadi, “iztirob” garmonlari haddan oshib ketadi, o‘zingizni qayoqqa urishni, qayoqqa qo‘yishni bilmaysiz... Ana shunday paytda ko‘z yoshi davo vazifasini o‘taydi. U qanchalik achchiq bo‘lmasin – obi diyda qilib olganida odam o‘zini ancha ravshan tortadi.