logo

BADIIY ASAR TILIINING XUSUSIYATLARI

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

57.9375 KB
    BADIIY ASAR TILI INING XUSUSIYATLARI .  
2 soat
Reja:
1. So‘z va uning qudrati
2. Jonli, adabiy, badiiy tillar
3. Badiiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari
4. Mullif nutqi. Personaj nutqi
Tayanch tushunchalar
So‘z   va   so‘zlarning   leksik   ma’nolari.   Omonim,   sinonim,   antonim.   Eskirgan   so‘zlar,
jargonlar, yangi, sheva, dag‘al, chet so‘zlar.
Koinotning o‘zi ham “kof” va “nun”ning (arabcha “k” va “n” harfi qo‘shilsa, “kun” bo‘ladi
va   u   “yarat”,   “ijod   qilh”   degan   ma’nolarni   bildiradi)   qo‘shiluvidan,   Ollohning   so‘zi   bilan
yaratilganini tasavvur etsak, so‘zning barchadan buyukligini anglaymiz.
Ana   shu   buyuk   ne’mat   –   so‘z   adabiyotning   birinchi   va   bosh   qurolidir,   bo‘lishi   mumkin
bo‘lgan yangi olamlarning bo‘y-bastini yaratuvchi, ijod qiluvchi bebaho mo‘jizadir.
To‘g‘ri, badiiy asarning dunyoga keltiruvchi  obraz va obrazlililik,  xarakter  va tip, mavzu
va g‘oya, syujet va kompozitsiya, tur va janr, ijodiy metod va uslubga o‘xshash vositalari ko‘p.
Lekin   eng   qizig‘i   ham,   eng   murakkabi   ham   shundaki,   bu   vositalarning   hammasi   ham   so‘z
vositasida   yaratiladi,   so‘z   tufayligina   jozibaga,   ta’sirdorlikka,   yaratishga   qodir   bo‘ladi,
ya’ni so‘z-la tiriladi.  SHu tufayli so‘z nodirlik, bebaholik, mo‘jizadorlik xislatlarini bor-budicha
o‘zida mujassam etadi. 
Xo‘sh,   so‘zdan   san’atkor   qanday   tarzda   foydalanadi?   So‘z   qachon   obrazlilik   kasb   etadi?
So‘zning poetik maqsadi nima? Nima uchun so‘z tanlanadi? Nega har bir so‘zning o‘z o‘rni, o‘z
qudrati bor? Nega tili no‘noq, nomukammal, sayoz asarlar komillikdan uzoq bo‘ladilar? Badiiy
tilning qanday xususiyatlari sirlarini bilish lozim?.. 
Filologiya ilmi har qanday milliy tilni uchga bo‘lib o‘rganadi:
1. Jonli (umumxalq) til –   muayyan millatning, mamlakatning odamlari o‘rtasidagi jonli
so‘zlashuv   nutqi,   o‘zaro   aloqa,   muomala   –   munosabat   qurolidir.   U   grammatika   qonunlariga,
talaffuz   qoidalariga,   adabiy   va   badiiy   til   normalariga,   talablariga   bo‘ysunmaydi.   Jonli   til   –
erkinlikni   yoqtiradi:   sheva   ham,   varvarizm   ham,   vulgarizm   ham,   jargonizm   ham,   neologizm
ham... uning joni - tani bo‘lib xizmat qilaveradi, uning chek-chegarasi bo‘lmaydi.  
2. Adabiy til  – jonli (umumxalq) tilidan tug‘ilgan, muayyan grammatika(grammatika) va
talaffuz   qoidalari   (fonetika)ga,   imlo   talablariga   qat’iy   amal   qiluvchi   va   turli   shevalarda
gapiruvchi   (“to‘qson   ikki   bovli   o‘zbek   urug‘i”)   kishilarga   tushunarli   bo‘lgan,   matbuot,   fan,
adabiyot,  radio, televidinie, teatr tilidir.
Adabiy   til   doimo,   uzluksiz   tarzda   onasi   (jonli   til)dan   va   egizak   ukasi   (badiiy   til)   dan
aloqada bo‘ladi: jumladan, ulardan yangi so‘z va iboralarni qabul qiladi va o‘z navbatida jonli va
badiiy tilning rivojiga, takomillashuviga yordam beradi.
3.     Badiiy   (poetik)   til   –   badiiy   asarlar   tili   sanaladi.   U   “adabiy   asarning   mazmunini
ro‘yobga   chiqaruvchi   birdan-bir   vosita   hisoblanadi.   Shu   sababli   badiiy   til   kitobxonga   g‘oyaviy
va   emosional   ta’sir   qilish   vositasi   bo‘lib   xizmat     kiladi.   Negaki,   yozuvchi   badiiy   til   orqali
obrazlar   manzaralar   yaratar   ekan,   ularning   mohiyatini   ochib   ko‘rsatadigan   so‘z   va   iboralar
tanlaydi. Asl va ko‘chma ma’noli so‘zlar qo‘llaydi, umumxalq tilining gap qurilish usullaridan,
arxaizm   va   jargonlardan   foydalanadi”.   Shu   xilda   yozuvchi     asar   g‘oyasiga   muvofiq   shakl
tanlaydi.   M.   Gorkiy   aytganiday,   “ Ish   tafakkurni   uyg‘otadi,   tafakkur   ish   tajribasini   so‘zga
aylantiradi,   undan   g‘oyalar,   gipotezalar   nazariyasini...   xosil   qiladi...   Yozuvchining   ishida
asosiy  material   so‘zdir ”.   So‘z esa,  barcha  faktlar,  barcha  fikrlar  libosidir.  Ammo har  bir
fakt zaminida ijtimoiy ma’no bor, har bir ma’no zaminida esa bir yoki ikkinchi fikr nega bunday-u, nega  unday emas,  degan   sabab   bor...  Klassiklar  yuz  yil  davomida asta –  sekin
ishlangan ana shunday tilda yozganlar. haqiqiy adabiy til shudir”  (M.Gorkiy) 1
 
Shunga asosan adabiyot – hayotni so‘z orqali badiiy tasvirlash san’atidir.
Badiiy   til   jonli   (umumxalq)   tilning   farzandi   bo‘lib,   uning   bosh   vazifasi   –
badiiylik(obrazlilik)ni  yaratishdir.  SHu vazifadan kelib  chiqib, jonli  va adabiy nutqlarni  barcha
hodisalarini hissiy(estetik) tarzda umumlashtiradi.
Badiiy tilning o‘ziga xos asosiy xususiyatlarini ifoda etuvchi qonuniyatlar ham bir talay: 
1.   Ularning   eng   birinchisi   –   obrazlilikdir.   Bunga   san’atkor   tasvirlanayotgan   voqea-
hodisaning, narsa-predmetning, tug‘yon-kechinmaning yaqqol qiyofasini, holatini kitobxon ko‘z
o‘ngida   jonli   qilib   gavdalantiradi.   Oddiy   kitobxon   ham   uni   ko‘radi,   his   etadi,   tirikligiga
shohidlikka   o‘tadi.   Maxsus   tasviriy   vositalar,   maxsus   leksik   boyliklar,   so‘z   o‘yinlari   kabi
unsurlar – obrazlilikni yaratishda bebaho vazifalarni o‘taydilar.
Bir kun.
Yomg‘irli tun.
Qop-qora zulmat.
Chuchvaradek qaynar
Ko‘chalarda suv.
Baxmal kabi qora,
Ko‘rinmas osmon.
Butun yorug‘ jahon –
Dardli bir qayg‘u.
Usmon   Nosirning   “Naxshon”   dostonidan   keltirilgan   ushbu   parchani   o‘qigan   kitobxon
ko‘z o‘ngida Naxshonning “bir kuni – dardli bir qayg‘usi” yaqqol ko‘z o‘ngida jonlanadi: Och-
nahor, boshpanasiz qolgan  Naxshon muttasil  savalab yog‘ayotgan yomg‘irli  tunga duch keladi.
“Tun qop-qora zulmat”, osmon ham baxmal  kabi qora”ki – Naxshon tortayotgan  azobni, uning
huvillagan   qalbini   yorqin   gavdalantiradi.   Ayniqsa,   “ko‘chalarda   suvning   chuchvaradek
qaynashi” - o‘xshatishning  go‘zal namunasi, yomg‘irning yog‘ishi darajasi  (savalab yog‘ish)ni,
uning   holatini,   manzarasini   aniq   ifodalaydiki,   uni   kitobxon   ko‘z   oldiga   ravshan   keltiradi.
Yomg‘irning   ham   Naxshon   dardiga   dard   qo‘shayotganidan,   uning   qayg‘usini   yanadi
ko‘paytirayotganidan kitobxon ham azoblanadi.
2. Badiiy asar tilining obrazliligi  uning tasviriy va hissiy xususiyatini yuzaga  chiqaradi.
Badiiy   asar   tili   xarakterlar   va   manzaralarni   yaqqol   gavdalantirish   uchun,   birinchi   navbatda,
ularning   ichki   dunyosini,   mohiyatini   butun   qarama-qarshiliklari   bilan   aks   ettiradi   va   shu
akslangan   hayot   kitobxon   his-tuyg‘ularini   uyg‘otadi.   Demak,   hayot(inson)   qalbining   turfa   xil
holatlarini   tasvirlash   orqali   kitobxon   his-tuyg‘ulariga   ta’sir   ko‘rsatish-tasviriylik   va   emosional
xususiyatni   keltirib   chiqaradi.   Buni   to‘liq   anglash   uchun,   keling,   “badiiy   asar   –   umrni
uzaytiruvchi mo‘jiza” tushunchasini tahlil qilaylik.
Bu   tushunchaning   juda   oddiy   isboti   bor;   faqat   chuqurroq   mulohaza   darkor.   Inson
tanasini-ochlik(Navoiy   bobomiz   “Ochlik   negizida   hikmat   bor,   to‘qlik   tagida   g‘aflat   bor”   deb
bekorga   aytmaganlar)   poklaganidek,   inson   qalbini   -   ko‘z   yoshi   tozalaydi.   Ko‘z   yoshi   qalbning
katarsissi   (“tozalanish”i)dir.   U   yoki   bu   tarzda   jarohatlangan,   yaralangan   qalbni-tozalovchi,
davolovchi;   u   yoki   bu   tarzda   xursanddchiligi   “oshib,   toshib”   ketganda   ham   qalbni   yorilib
ketishidan saqlab, o‘zligiga qaytaruvchi vosita – ko‘z yoshidir.
Orzularingiz amalga oshmasa, turmushdan, ishongan kishingizdan xafsalangiz pir bo‘lsa,
xafagarchilik, achchiqlanish, qoniqmaslik, ranj-alam hislari cho‘lg‘ab olsa, fojia yoki dahshatga,
dilozorlik yoki qadrsizlanishga duch kelsangiz – kishi qalbi larzaga keladi:   vahima, ma’yuslik,
alam o‘rab oladi.  Azobli o‘y-fikrlar tomirlarni  toraytiradi,  qonda adrenalin  ko‘payadi, “iztirob”
garmonlari haddan oshib ketadi, o‘zingizni qayoqqa urishni, qayoqqa qo‘yishni bilmaysiz... Ana
shunday paytda ko‘z yoshi davo vazifasini o‘taydi. U qanchalik achchiq bo‘lmasin – obi diyda
qilib olganida odam o‘zini ancha ravshan tortadi. 
1  Н.Шукуров ва бош қ алар. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Ў қ итувчи”, 1979, 117-бет.    Siz “O‘tgan kunlar” romanini o‘qir ekansiz, “Navo kuyi” bobiga kelganingizda,  albatta,
Otabek holatiga tushasiz:
“...   Dutorni   sozlash   uchun   reza   kuylardangina   olib   turgan   mashshoq,   Otabek   kutmagan
joyda   “Navo”dan   boshlab   yuborgan   edi.   Kuyning   boshlanishi   bilan   naq   uning   vujudi   zir   etib
ketgandek   bo‘lib   keyin   piyolasini   bo‘shatdi   va   ixtiyorsiz   ravishda   dutorning   mungli   tovushiga
berildi.   Dutor   tovushi   qandaydir   o‘zining   bir   hasratini   so‘zlagandek,   hikoya   qilgandek   bo‘lib
eshitilar   edi.   Yo‘q,   bu   hasratni   o‘z   tilidan   so‘zlamas   edi   –   Otabek   tilidan   so‘zlar   edi...
Otabekning   ko‘z   o‘ngida   o‘tgan   kunlari   birma-bir   o‘ta   boshladilar-da,   nihoyat   “anavi”
xotiralarni, “anavi” hangomalarni ham ko‘rinish berib o‘tdilar... Dutor bu ko‘rinishni uning ko‘z
o‘ngida keltirib to‘xtatgach, bu fojeaga o‘zi ham chidab turolmagandek yig‘lay boshladi. Dutor
quruqqina   yig‘lamas   edi,   balki   butun   koinotni   “zir”   etdirib   va   xasta   yuraklarni   “dir”   silkitib
yig‘lar   edi...   Otabek   ortiq   chidab   turolmadida,   ro‘moli   bilan   ko‘zini   yashirib,   yig‘lamoqqa
kirishdi...   u   ko‘z   yoshlarini   to‘xtatmoqchi   bo‘lar   edi,   biroq   hozirgi   ixtiyor   o‘zida   emas   edi   –
hamma ixtiyor dutorning hazin “Navo”sida, toqatsiz yig‘isida edi... Dutorning nozik torlaridan,
tilsimli yuraklaridan chiqqan “Navo” kuyi o‘z nolasiga tushunguvchi Otabekdek yigitlarga juda
muhtoj   edi.   O‘z   dardini   tushungan   bu   yigitga   borgan   sayin     dardini   ochib   so‘zlar,   yig‘lab   va
ingrab   so‘zlar   edi...   Eshituvchi   esa   dunyosini   unutib   yig‘lar,   kuchini   yig‘ishtirib   yig‘lar   va
hasratu alamini ko‘z yoshisi bilan to‘kib yig‘lar edi...
Nihoyat, “Navo” kuyi uning butun tanidagi  suvlarini  ko‘zi orqali to‘ktirdi-da, falakning
teskari   harakatidan   shikoyat   etib   qo‘ydi   va   dunyoda   yolg‘iz   hasratgina   bo‘lmaganini
bildirgandek   o‘zining   “Savt”   kuyini   er   yuziga   shodlik   va   sevinch   yog‘dirib   arz   eta   boshladi.
“Navo”ning sehrli “savti” Otabekning ko‘z yoshlarni quritdi-da, bir engillik bag‘ishladi. “Navo”
bilan yuvilib ketgan uning umid gulzorida yangi chechaklar unib chiqdi...”
Otabekning   ushbu   tuyg‘ularidagi   kuydiruvi   alam   –   qaynotasi   tomonidan   haydalgan,
xo‘rlangan   kuyovning,   Kumush   tomonidan   achchiq   maktub   orqali   “hiylakor   tulki,   og‘zi   qon
bo‘ri,   uyatsiz   yigit”   kabi   martabalar   bilan   siylangan   sevimli   yorning   butun   iztiroblarini   go‘yo
o‘zingizning   boshingizdan   o‘tkazayotgandek   tasavvur   etasiz.   Yozuvchi   tomonidan   o‘ylab
topilgan badiiy dunyoni tamoman unutib, siz bilan yuz berayotgan hayotiy hodisadek his etasiz.
Ichki hissiyotingiz uyg‘onib, sizni tamoman rom etadi: siz Otabek kabi iztiroblar ta’sirida adoyi
tamom   bo‘lmaslikka,   yurak   tomirlarini   toraytirishini   (u   o‘limga   olib   kelishi   mumkin)
to‘xtatishga   intilib,   “o‘ldiruvchi”   his-hayajoningizni   tarqatish   uchun   xayolan   bo‘zaxonadan
taskin   izlaysiz,   “anavini”   unutish   uchun   o‘zingizni   mastlikka   urasiz,   “Navo”ni   tinglab   bor
hasratu alamingizni ko‘z yoshingiz orqali to‘kasiz. Qo‘lingizdagi kitob sahifalari ko‘z yoshingiz
bilan   namlanadi,   davomini   o‘qish   uchun   duv-duv   tushayotgan   ko‘z   yoshlaringizni   artasiz,
yuragingiz hapqirishidan  ingranasiz...  Ko‘z yoshlaringiz  yurak g‘ashligini,  alamli  tashvishlarini
yuvib   ketadi,   xalqimiz   ta’biri   bilan   aytganda   “ko‘z   yoshi   ko‘ngilni   eritadi”.   hamma   holatlarni
ifoda   etish   qiyin,   lekin   bitta     haqiqat   ayon:   badiiy   asardagi   o‘ylab   topilgan   hayot   samimiy
yaratilgani sababli sizga yuqadi, ta’sirdorlik otashi zo‘rligi tufayli sizning qalbingizdagi tug‘yon
qo‘zg‘ab,   unga   behisob   harorat   beradi,   yondiradi.   Qahramon   (asar)   bilan   birga   yig‘laysiz.
SHuning   evaziga   qalbingizdagi   bor   dog‘lar,   tushkunliklar,   alamlar,   vahimalar,   xavotirlar,
iztiroblar yuvilib ketadi, ko‘nglingizni bo‘shatib olasiz. Natijada tomirlar kengayadi: qon yoyilib,
bemalol   oqadi;   har   xil   zo‘riqishlar   pasayib,   qon  bosimi   ham   mo‘tadillashadi:   charchoq   o‘rniga
kuch-qudratingiz oshadi.
Buloq suvida cho‘milgandan so‘ng badan qanchalik poklansa, yayrasa, badiiy asar tufayli
qalbingiz   shunchalik   tozaradi,   yayraydi.   Kelajakdagi   hayotingiz   mazmuniga   baraka   qo‘shadi,
maqsadlaringizga   erishmoq   yo‘llarida   mayoq   vazifasini   o‘taydi.   Tozalik   badanning
yashovchanligini oshirgani kabi, toza qalb hayotga maftunkorlikni oshiradi, umringiz uzayishiga
asos beradi. 
Endi inson taqdiri va holatidagi-quvonch va shodlik yoshlari haqida mulohaza yuritaylik. 
Ko‘nglingiz   yayrasa   –   qo‘shiq   yoki   kuyni   xirgoyi   qilasiz.   Zavqingiz   oshsa,
xursandchiligingiz   ko‘paysa   –   ezguliklar   ulashasiz,   hammaga   yaxshilik   qilgingiz   keladi,
charchoqni bilmaysiz. Lekin juda xush keladigan, asaldek yoqadigan his-hayajonlar oshib ketsa, uni boshqara olmasangiz – quvonch o‘lim eshigini ochib berishi mumkin. “Quvonganidan o‘lib
qolganlar” tarixda juda ko‘p: Sofokl shon-shuhrati avj payti-olomon olqishlayotgan vaqtda o‘lib
qolgan.   Per   otasi   mashhur   yozuvchi   Bomarshega   “Seviliya   sartaroshi”   asarini   o‘qib
berayotganda,   otasi   kulgudan   o‘lib   qolgan...   Demak,   bunday   holatlar   bo‘lmasligiga   ham   ko‘z
yoshi yordamga keladi: ortiqcha zavq-shavq, qalbning yondiruvchi olovini – zararli va ortiqcha
tuyg‘ularini ko‘z yoshi “yuvadi”, uni me’yoriga keltiradi, aqlni ishga soladi:
“Qutidor   tanchaga   borib   o‘tirmadi-da,   ayvon   peshonasidan   turib,   qo‘lidagi   xatni   yuqori
tovush bilan o‘qib chiqdi:
“Muhtaram qayin otamizgah
Siz   bilan   meni   qorong‘u   zindonlarga   tushurib,   dor   ostilarigacha   tortgan,   buning   ila
o‘zining   vahshiyona   tilagiga   eta   olmagandan   keyin,   mening   tilimdan   soxta   taloq   xati   yozib
darboza   yonidagi   haydattirishga   muvaffaq   bo‘lgan   va   bir   gunohsizni   shahid   etgan   homid   ismli
bir   to‘ng‘izni,   nihoyat   ikki   yillik   sargardonlik   so‘ngida,   yordamchilari   bilan   tuproqqa
qorishtirishga   muvaffaq   bo‘ldim...   Sizning   shonli   hovlingiz   yonida   voqe   bo‘lgan   bu   kurash,
albatta,   sizni   va   uy   ichingiz   ham   yor-do‘stlaringizni   anchagina   tinchsizlikka   qo‘ygan   bo‘lsa
kerak... Sizdan bu ulug‘ gunohi uchun avf so‘rab, haydalgan o‘g‘lingiz – Otabek YUsufbek hoji
o‘g‘li”.
Ammo qutidor “haydalgan” so‘zini tashlab o‘qidi. Maktub o‘qilib bitganda Oftob oyim,
ayniqsa   Kumush   qutidorning   boyagi   holiga   tushgan   edilar.   Kumushning   bu   daqiqadagi   holini
qalam bilan chizib ko‘rsatish, albatta, mumkin emas. U titrar edi, ko‘kargan edi, to‘lg‘anar edi...
hozirgi   eng   kuchli   hayajon   va   hissiyotni,   hissiyotning   a’lo   ifodasi   bo‘lgan   yosh   bilan   to‘kar
edi”(264-bet).
Ko‘rinyaptiki,   ikki   yillik   hijron   azobini   boshidan   o‘tkazgan,   qanchadan-qancha   (taloq
xati,   bevalik   dardi,   Komilbekka   unashtirish   kabi)   azoblarni   boshidan   kechirgan   farishta   bu
quvonchli xabarni eshitganda, dastlab “dahshat va taajjub ichida qotib qoladi”. So‘ngra ota-ona
huzurida   ekanligini   unutmay   (odobni   saqlagan   holda),   dardini   oshkor   ayta   olmay   “titraydi,
ko‘karadi, to‘lg‘anadi” va qalbida junbushga kelgan tuyg‘ularni ko‘z yoshi bilan “yuvadi” va uni
sizga, menga ham yuqtiradi.  Bu quvonch yoshlari – Kumushni ham, siz-u meni  ham poklaydi,
ruhimizni  engillashtiradi,   harakatimizga,  o‘yimizga,   orzularimizga  qanot   beradi.   CHunki   “yosh
ko‘zdan   emas,   balki   yurakdan   chiqadi”.   SHu   sabab   U.Freyd:   “Yig‘i   –   inson   uchun   zo‘riqish
vaqtidagi   eng   yaxshi   himoya   vositasidir...   Sog‘   bo‘lish   uchun   yig‘lang”,   –   deydi.   Amerikalik
ruhiyatshunos   T.Lekner   “Yig‘lashdan   uyalmang.   Agar,   Alloh   insonga   ko‘z   yoshi   atalmish
ne’mat   bergan   ekan,   demak   ular   to‘kilishi   kerak”,   -   deydi.   Jonli   asar   tufayligina   tiriklikni
ma’nisini   teran   anglaymiz,   ertangi   hayotimizga   e’zozlangan   mazmun   beradi.   Buni   ijod,   etish
shunday tuyg‘uni boshdan kechirish (Adabiyot bergan huzur) hayotingizga ezgulik baxsh etadi.
Ezgulik   esa  –  yaratishga  chanqoqlik   tug‘diradi,   umrni  mazmunli  kechirishga   undaydi,  besamar
va   gunoh   ishlardan,   tuhmat   va   bo‘hton   uyushtirishdan,   alam   va   og‘riqlar   o‘tkazishdan,   fisqu-
fasod   va   g‘iybat   yuritishdan,   ko‘rolmaslik   va   hasaddan...   saqlaydi.   Kitobxon   o‘zini,   o‘zligini
tezroq anglaydi. O‘zini anglamoq baxti-komillikka etaklaydi.
SHu sabab qalbdagi nozik qirralarning usta tasvirchisi – A.Qodiriy o‘zi ta’kidlaganidek,
“Eng   kuchli   hayajon   va   hissiyotni,   hissiyotning   a’lo   ifodasini”   ko‘z   yoshi   orqali   beradi.   Ko‘z
yoshi qahramonlar qalbidagi po‘rtanalarni-qayg‘u va shodliklarni ta’sirchan ifodalaydi va har bir
holatda   (romanda   o‘ttizdan   ortiq   yig‘i   tasviri   bor)   ko‘z   yoshi   “detali   o‘quvchida   yozuvchiga
ishonch   uyg‘otadi”,   u   “asarning   xuddi   shu   joyida   tasvir   etilayotgan   ahvolga,   ideyaga   to‘g‘ri”
keladi. 
Demak, badiiy asarni mutoala qilish, o‘qish, “O‘tkan kunlar”ga o‘xshash klassik asarlarni
uqish   va   shu   jarayonda   tasvirlanayotgan   hayotni   yozuvchi,   san’atkordek   yaratish,   kashf   etish
umringizga umr qo‘shadi, dunyongizni boyitadi, yo‘lingizni ravshan qiladi, ezgullikka etaklaydi.
3. Badiiy asarda har bir so‘z  muayyan “yuk”ni tashishi lozim. San’atkor doimo minglab
so‘zlar   ichidan   eng   keragini   tanlaydi;   zargarona   tanlangan   ana   shu   so‘zlar   qahramon   va
sharoitning   mazmuni   (g‘oyasi),   holati   bilan   chambarchas   bog‘lanishi,   u   aniq   estetik maqsad(mazmun)ni   voqe  qilishi  shart.   Bundan   har  qanday  so‘z  badiiy  asarda  o‘z  “yuki”ga
ega bo‘lishi kerak, degan qoida kelib chiqadi.
“Bir yig‘inda Asqad Muxtor xarakterli bir faktni aytib bergan edi. G‘afur G‘ulom ishtirok
etgan   mushoiralardan   birida   yosh   shoir   Asqad   Muxtor   tortinib-qimtinib   quyidagi   to‘rtligini
o‘qiydi:
Ikki narsa og‘irdir ko‘nglimga asti,
Ikki narsa uchun yo‘q menda toqat:
Biri dushmanimning shodon qahqahasi
Biri do‘st ko‘zida yaltillagan yosh.  
She’rdan   ta’sirlangan   G‘afur   G‘ulom   o‘rnidan   turib   ketib:   “Miltillagan”   de,   joyiga
tushadi”, deydi.” 1
Darvoqe, she’rni G‘afur G‘ulom aytgandek “yaltillagan” so‘zini “miltillagan” so‘zi bilan
almashtirib o‘qisangiz, so‘z o‘z o‘rniga tushganiga, nozik jilolanayotganiga shohid bo‘lasiz.
Do‘st ko‘zidagi yosh yaltillganda-uning ahvoli nochorligi, og‘irligini bildirmaydi, balki –
uning “ahvoli yaxshiligini, nur taratayotganini bildiradi. “YOsh miltillganda” esa – uning ahvoli
chatoqligini,   og‘ir   azobda   ekanligini,   pirpirab   arang   yonib   turganini   bildiradi.   Ana   shundagina
ma’no va mantiq o‘zaro bog‘lanadi, “do‘stning yoshi” poetiklashadi, she’r – asarga aylanadi. Va
kichkina bir aybini” ham yo‘qotib, u yashashga, yaratishga kirishadi:
Ikki narsa og‘irdir ko‘nglimga asti,
Ikki narsa uchun yo‘q menda bardosh:
Biri – dushmanimning shodon qahqahasi
Biri – do‘st ko‘zida miltillgan yosh. 1
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, asarning birinchi variantidagi “toqat” so‘zi, keyingi variantida
“bardosh”   so‘ziga   almashtirilgan.   Bu   ham   bejiz   emas.   Agar   o‘zbek   tilining   izohli   lug‘atini
varaqlasak,   toqat   –   “arabcha   so‘z   bo‘lib,   chidam,   to‘zim”;   bardosh   –   “forscha-tojikcha   so‘z
bo‘lib,   chidam,   sabr,   toqat,   matonat,   to‘zim”   ma’nolarini   berishini,   bilib   olamiz.   Biroq   “toqat”
bilan   “yosh”   qofiyadosh   emas,   “bardosh”   bilan   “yosh”   qofiyadoshdir,   shoirning   ustaligi
shundaki,   bu   o‘rinda   ham   kerakli   so‘zni   topa   olgan,   qofiyadagi   aybni   yo‘qotgan   va   asarning
emosionalligini, musiqiyligini, ana endi, busbutunligini ta’minlagan.
4.   Badiiy   tilning   obrazliligidan   tug‘iladigan   muhim   xususiyatlardan   yana   biri   -
ma’nodorligi   (aforizm)   va   qisqaligi   (lakonizm)dir.   Badiiy   asar   maqsadi(mohiyati)ni   ochishga
xizmat   qilmaydigan   bironta   so‘z   ishlatilmagan,   qisqa   gapirib,   ko‘p   ma’no   anglatgan   san’atkor
doimo   yutgan.   Ularning   tushunchasida   so‘zni   tejash   zarni   tejashdan   qimmatlidir;   adabiy
laqmalik,   ko‘p   so‘zlilik   –   paxtavon   miltiqqa   o‘xshaydi,   tovushi   bor-u   o‘qi   yo‘q.   Bekorchi
shovqin hisobiga asardagi maqsadni, uning badiiyligini yo‘qqa chiqaradi.
Jumladan,   Farhod   Musajonovning   “Dushanba,   nonushtadan   so‘ng”   qissasida   (T.,   1976)
o‘qiymiz:   “...   bu   ko‘zoynak   taqqan,   pakanagina,   qo‘lida   o‘rtacha   sandiqdek   keladigan   ulkan
papka   ko‘tarib   olgan   bir   shaxs   edi”(67-bet).   Avvalo,   papka   sandiqqa   o‘xshaydimi   yoki   portfel
deyilmoqchimi?   SHubha   tug‘ilishi   tabiiy:   yozuvchi   sandiqni   ko‘rganmikin?   “O‘rtacha
sandiqdek”   keladigan   papka(portfel)   bo‘lishi   tasavvurga   sig‘adigan   gap   emas.   “O‘rtacha
sandiqdek keladigan ulkan papka” birikmasida kuchli mantiqiy nomutanosib borligi ham sezilib
turibdi:   “o‘rtacha”   va   “ulkan”   tushunchalari   mutlaqo   sig‘ishmaydigan,   bir-biriga   zid
tushunchalardir. “Ulkan” so‘zining ma’nosi qo‘polroq qilib aytganda, “benihoyat katta” degani.
U   holda   kitobxon   “ulkan   papka”   deganda   nimani   tushunishi   kerak?..   Natijada   ana   shunday
“antiqa”   o‘xshatish   paydo   bo‘lgan.   O‘xshatishdan   maqsad   esa   tasvirlanayotgan   ob’ektni   yana
ham realroq, obrazliroq, ifodaliroq, ta’sirliroq qilib ko‘rsatishdir. Mazkur o‘xshatish esa beta’sir”
bo‘lib qolgan. 1
1 1
 Сайди Умиров. Даъваткор сўз. Т., “Ёш гвардия”, 1985, 100-бет.
1 1
 Асқад Мухтор. Асарлар. 4-жилд, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983, 21-бет.
1 1
 М.Миртожиев. Н.Маҳмудов. Тил ва маданият, -Т., “Ўзбекистон”, 1992, 99-бет Yana   “...   yozuvchi   so‘zlarni   siqilgan   mushtday   ixcham   ishlatish   uchun   va   boshqalar
tomonidan qattiq siqishtirilgan so‘zlarni yoziltirib yuborish, ularda yashiringan, davr vazifalariga
qarama-qarshi   bo‘lgan,   umri   tugagan   narsalarni   fosh   bo‘ladigan   darajada   yoziltirib   yuborish
uchun maqollarni o‘rganish zarur”(M.Gorkiy, Adabiyot to‘g‘risida, 98-bet).
Xullas,   badiiy   asar   tili   go‘zal   bo‘lishi   kerak,   chunki   san’atkorning   vazifasi   go‘zallik
yaratishdir. Buning uchun tasvir etilayotgan xulq, manzara, holat so‘z tufayli kitobxonning ko‘z
oldida   aniq   (ushlab   ko‘radigan   darajada)   va   yorqin   (bironta   xira   qiladigan   chiziq   bo‘lmasligi),
borlig‘icha   namoyon   bo‘lishi   lozim.   Badiiy   asar   tili   –   muallif   nutqi   va   personajlar   nutqi   deb
nomlanadigan bir-biri bilan murakab bog‘lanishda bo‘lgan ikkita katta qismdan iborat. 
1.   Muallif   nutqi.   Muallif   barcha   asarlarining   hikoyachisi   bo‘lganligi   sabab,   u
“qo‘mondonlik”   vazifasini   bajaradi:     har   bir   personajning   o‘rnini,   o‘y   kechinmalarini,   fikr-
mulohazalarini,   harakatlantiruvchi   muhitning   shart-sharoitlarini,   muomala   –   munosabatlarini
ta’rif-tavsiflash,   ko‘rsatish   orqali   -   hammasini   bir   maqsadga   –   asarda   ifodalanayotgan   fikr   –
g‘oyani ro‘yobga chiqarish uchun harakatga  keltiradi.  Bu harakatning  zarur ikir-chikirlarigacha
tasvirlaydi.   Ularni   bir-biriga   mustahkam   qilib   bog‘laydi.   Go‘yo   qildan   arqon   to‘qiydi.   Va
“arqon”ning   qanday   to‘qilganini   kitobxonga   tushuntirib   boradi.   Ayni   paytda,   tasvirlanayogan
hamma  narsa (obraz,  muhit,  tafsilot,  detal)ga  munosabatini  bilvosita  bildiradi.  hatto,  G‘aybullo
as-Salom aytganlaridek “Bir atirning o‘zi har xil odamda har xil hid taratadi”.
   Bitta misolga, “O‘tgan kunlar”dagi “Qudalarni kutib olish” bobidagi bir lavhaga diqqat
qilaylik:   “hasanali   yo‘lakka   qarab   imladi...   Qip-qizarg‘an   holda   Kumush   ko‘rindi:   paranjisi
qo‘lida, qora atlas ko‘ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro‘mol boshida. SHahlo
ko‘zlari kulumsirashga yaqin holda, uyatlik edilar.
hasanali tanitti: 
-Mana bu kishi qayin onangiz – bekoyim bo‘ladilar.
Kumush   salom   berdi   va   qo‘lidag‘i   paranjisini   erga   tashladi,   yugurib   kelib   o‘zini   o‘zbek
oyimning   quchog‘iga   oldi.   O‘zbek   oyim   ham   uni   mahkam   siqib,   quchaqlab   olg‘an,   yuzidan
shap-shap o‘pib, aylanib, o‘rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig‘lar edi”(311-bet). 
Ushbu   lavhadagi   hasanalining   “Mana   bu   kishi   qayinonangiz   bek   oyim   bo‘ladilar”
gapidan   tashqari   hammasi   yozuvchining   nutqidir.   YOzuvchi   Kumush   va   O‘zbekoyimning
ko‘rinishidan   boshlab   to   ularning   holatlarigacha,   holatlaridan   hatti-harakatlarigacha,
harakatlaridan   ichki   ruhiy   kechinmalarigacha   xarakterlaydi.   Bu   nutq   aniq,   tiniq,   yorqin,
bo‘yoqdor,   jonli   bo‘lgani   sabab,   ochiq   aytilmagan   ko‘p   gaplarni   ham   ilg‘aydi,   sezadi.
CHuqurroq tahlil etsa uning mohiyatiga ham etadi. 
Kitobxon   “Shahlo   ko‘zlari   kulumsirashga   yaqin   holda   uyatlik   Kumushning”   salom
berishini,   qo‘lidagi   paranjisini   erga   tashlab,   shoshib   yoki   yurib   emas,   balki   yugurib   kelib
O‘zbekoyimning   quchog‘iga   kirib   ketishi   –   behad   sog‘ingan,   bu   uchrashuvni   intiqib   kutgan
yaqin   odamning   samimiyatiga   teng,   balki   undan   ham   zo‘rroq   odamiylik   nuri   bor   edi.   Bu   nur
Kumushni   ko‘rmasdan,   unga   adolatsizlik   qilgan,   sodda   dil,   “dumbul   tabiatli   O‘zbek   oyimni
birdan   o‘ziga   keltiradi:   U   qilmishlariga   pushaymon   bo‘ladi,   Kumushning  samimiyligidan   unda
ham   odamiylik   uyg‘onadi.   (Buni   yozuvchi   “nima   uchundir”   deydi   xolos)   Kumushni   mahkam
quchoqlab   emas,   “mahkam   siqib   quchoqlab”   oladi,   yuzidan   shap-shap   “tinimsiz”   o‘padi,
aylanayin, o‘rgilayin deya, ko‘z yosh to‘kmaydi, balki, “tikilib-tikilib yig‘laydi”. SHuning uchun
ham bu lavhani qayta-qayta o‘qigan yirik san’atkor Odil Yoqubov deydi: “Bir kitobxon sifatida
buni men  ham sezaman  va  beixtiyor  ko‘zimga  yosh olaman...  Yozuvchining  mahorati  deb, o‘z
qahramonining dilini bilishi deb – mana buni aytadilarh..”
Mana   shu   misolning   o‘zidanoq   ko‘rinadiki,   avtor   nutqi   badiiy   asar   qurilishida   asosiy
o‘rinni   egallaydi.   U   doimo   adabiy   til   normalari   asosida   ish   ko‘radi,   vulgarizm,   varvarizm,
jargonizm,  sheva so‘zlarga  o‘xshash leksik boyliklardan  uzoqda bo‘ladi.  Faqatgina  bir  holatda,
voqea   yozuvchining   nutqi   bilan   emas,   balki   hikoyachi   nutqi   orqali   (“SHum   bola”,   “Mening
o‘g‘rigina   bolam”-   G‘.G‘ulom,   “Davr   mening   taqdirimda”   -   A.Muxtor)   olib   borilganda   istisno
bo‘lishi   mumkin.   Unda   hikoyachining   yoshi,   jinsi,   saviyasi,   ma’naviyati,   madaniyati,   shevasi,
kasbi-kori aks etishi tabiiydir. 2.  Personaj nutqi . Badiiy asarda turli-tuman personajlar qatnashar ekan, albatta, ularning
har biriga xos nutq ham yaratilishi kerak. Bu nutq tipikligi va individualligi, obrazliligi bilan har
bir   shaxsning   dunyoqarashini,   tajribasini,   xulq-atvorini,   ma’naviyatini,   salohiyatini,   boring-chi,
butun   borlig‘ini   mubolag‘ali   va   ishonchli   qilib   ochib   berishi-ko‘rsatishi   lozim.   Chunki   har   bir
odamning   nutqida   uning   bo‘yi-basti(ruhiy   kayfiyati,   his-tuyg‘ulari   ham)   aks   etadi,   shuning
uchun   ham   so‘z-xarakter   ko‘zgusi   sanaladi.   Personaj   nutqi   dialog   va   monolog   vositasida   voqe
bo‘ladi.
Dialog (lat.dialogos-ikki kishi o‘rtasidagi so‘zlashuv) – ikki yoki undan ortiq personajlar
o‘rtasidagi nutq shaklidir.  U asarda har bir qahramonning  xarakterini,  ruhiyatini,  o‘y-orzularini
ifodalaydi, o‘zining jo‘shqinligi, ma’nodorligi qisqaligi va ixchamligi bilan diqqatni jalb etadi:
- Siz... qochqoqsiz, - dedi
- Siz...
- Men?
- Siz quvloqsiz.
         - Ajab qilaman, dedi Kumush va shapalog‘i bilan erining yuziga sekingina urib qo‘ydi.
- Bu yoqqa ham...
- U yoqqa Zaynab ursin.
- Zaynabni... urishga haqqi yo‘q.
Kumushning ko‘zida haligacha ko‘rinmagan bir shodlik o‘ynaydi:
- To‘g‘ri aytasizmi?
- To‘g‘ri aytamanh
-   Mana   bo‘lmasa,   -   dedi   Kumush.   Otabekning   ikkinchi   yuzini   silagandek   qilib   qo‘ydi.   YAna
kulumsirashib, termulishib qoldilar... (322-bet).
Ushbu dialog qa’rida qahramonlarning shu paytgacha tortgan iztiroblariyu azoblari, ahdu
paymonlarga   sodiqliklari,   sevgi-muhabbat   tuyg‘usining   hayajoni   judayam   qabariqli   va   qisqa
tarzda,   dilbar   ko‘rinishda   ifodasini   topgan.   Shuning   bir   qirrasini   ko‘raylik:   Kumush   “U   yoqqa
Zaynab   ursin”   deganida,   Otabek   “Zaynabning...   urishka   haqqi   yo‘q”   javobini   aytadi.   Bu   bilan
Kumush   muhabbatiga   hamon   oshnoligini,   o‘sha   bilan   yashayotganini,   uni   hech   vaqt
unutmaganini,   Zaynabga   nisbatan   “tirik   haykal”ligini...   bildiradi,   xarakterining   sobitligini
isbotlaydi, qalbidagi hokim tuyg‘uning haroratini uzatadi. 
ha, badiiy dialog holatni, o‘y-xayolni talqin qilmog‘i - uning ochiq mazmunidan yashirin
mohiyati sari borishga kitobxonni “majbur” qilishi – bosh talabdir.
Monolog   (gr.monos-bir   va   logos-so‘z,   nutq)   badiiy   asardagi   qahramonning   o‘z-o‘ziga
yoki   o‘zgalarga   qaratilgan   nutqidir.   Bu   nutq,   odatda,   qahramonlarning   ichki   iztirob   va
dardlarining   “po‘rtanalari”,   “to‘lqinlari”ni   ifoda   qiladi.   Lirik   asarda   monologning   tashqi
ko‘rinishi   (bunda   lirik   qahramon   o‘z   nutqini   ovoz   chiqarib   ifoda   qiladi)   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi,   lirik   qahramonning   ichki   tug‘yonlarini   ochish   orqali   uning   xarakterini   namoyon
etadilar:
Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jonu jahon o‘rtar,
Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o‘rtar.
Kishig‘a ishq o‘tidin zarrae etsa bo‘lur giryon,
Bo‘lur besabru betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub yondim firoqingda,
Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zavon o‘rtar.
Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko‘zum giryon, so‘ngaklarim nihon o‘rtar.
Na qattig‘ kun ekan, jono visolingdin judo bo‘lmoq,
Meni ohim tutunig‘a zaminu osmon o‘rtar. Bu dard ila xarob o‘ldum, kelib holimni so‘rmassan,
G‘aming boshqa, alam boshqa, yuragimni fig‘on o‘rtar.
Bu Mashrab dardiki, jonoki, hech kim boshig‘a solma,
Agar mahsharda oh ursam, behishti jovidon o‘rtar. 1
(Boborahim Mashrab)
Ushbu   g‘azalni   o‘qir   va   (Murodjon   Ahmedov   ijrosidagi)   ashulasini   tinglar   ekansan,
beixtiyor   eduard   Mejelaytisning   “Tungi   kapalaklar”idagi   ushbu   mulohazaga   kelasan:   “Faqat
yurakdan   sizib   chiqqan,   ustidan   ruhning   betakror   jilolari   qandaydir   ilohiy   yog‘dudek   miltillab
turgan   so‘zlargina   fusunkor,   hayajonli   bo‘ladi,   titrab   turadi.   So‘zning   poetik   qudrati,   so‘zning
mavjudligi uning musiqiyligidadir”. Mashrabdek katta SHaxsga xos katta Darddadir.
Monologning   ichki   ko‘rinishi(bunda   personajlar   o‘z-o‘zlari   bilan   ichdan   gaplashadilar)
epos va dramada ko‘plab uchraydi. Ichki monologda qahramon qalbidagi yashirin o‘ylarini, fikr-
mulohazalarini   kitobxon   bilan   baham   ko‘radi.   Eposda   bu   kengroq,   batafsilroq   ifodalansa,
dramada judayam keskin va dramatizmga boy shaklda voqe bo‘ladi.
Jumladan,   Odil   YOqubovning   “Ulug‘bek   xazinasi”   romanida   Ali   Qushchi   Abdulatif
oldidan boqqa chiqqanida uning qalbidan quyidagi o‘y-saboqlar kechadi:
“ H ayhot ,     Kim   aytmish,   bu   noraso   dunyoda   haq   va   adolat   yo‘q   debh   Borh   Kimki,   bu
dunyoda yomonlik qilsa – xoh shoh bo‘sin, xoh gado jazosiz qilmaydih Insonga aql va shuur shu
maqsadda   berilgankim,   bu   teran   haqiqatni   tushunsinh   Kimki   bu   haqiqaqga   tushunmay,
adolatsizlik yo‘lini tutar ekan, oxiri voy bo‘lishi muqarrarh.. Mana, shahzodah Toju taxt va shon-
shavkat   ishqida   o‘z   padarini   qatl   qilishdan   ham   toymagan   edi,   allomalar   sarvari   yoqqan   ilm
mash’alini so‘ndirib, Movarounnahrni zulmat qo‘yniga tashlagan edi, oqibati ne bo‘ldi? hah Bu
foniy   dunyoda   ham   haq   va   adolat   bordur.   Bundan   mo‘minlarga   qatlu   qirg‘in   keltirgan,   mehr-
shafqat   o‘rniga   jabru   jafo,   ilmi   ma’rifat   o‘rniga   zulmat   urug‘ini   sochgan   hech   bir   kimsa
intiqomsiz qolmaydurh..” (“Ulug‘bek xazinasi”, T., G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1994, 309-bet).
Ko‘rinadiki,   monolog   ham   qahramon   ruhiy   dunyosini   ochadi   va   o‘z   kashfi   bilan   asar
mohiyatini   chuqurlashtiradi,   bosh   maqsadni   yoritishga,   tirikligini   ta’minlashga   hissasini
qo‘shadi.
Leksikologiya   ilmining   uqtirishicha 1
,   so‘zning   ikki   xil   –   grammatik   va   leksik   ma’nolari
bo‘ladi.   Jumladan,   “O‘rik   gulladi”   gapining   grammatik   ma’nosi   deganda,   “O‘rik”   turdosh   ot,
bosh kelishik shaklida kelgan, son jihatidan birlikdir. “Gulladi” fe’l so‘z turkumiga oiddir, o‘tgan
zamon,   uchunchi   shaxs   birlik,   o‘timsiz,   aniqlik   maylini   bildirishi   tushuniladi;   leksik   ma’nosi
deganda,   “o‘rik”   -   meva   daraxtining   bir   turini,   “gulladi”   so‘zi   esa   o‘rikning   gul   ochishga
kirishganligini bildiradi.
So‘zning faqat leksik jihatini ko‘zdan kechirganimizda ham, u o‘ta murakkabdir, ya’ni so‘z
har   qanday   ma’noga   ega   bo‘lsa-da,   uning   mavqei   darajasi   bir   xil   emas,   ularning   barchasi   ham
muayyan   tushunchani   bir   xilda   ifoda   qila   olmaydi.   Jumladan,   “barno,   zebo,   go‘zal,   malak”
sinonimlari   –   “chiroylik”   tushunchasini   tashiydi,   lekin   “malak”   so‘zi   o‘z   sinonimlaridan
ifodadagi   belgi   (“chiroylilik”)   darajasining   judayam   ortiqligini,   undan   pastrog‘ini   “barno”,
“barno”dan   pastrog‘ini   “go‘zal”   ifoda   qiladi.   Masalan,   H.Olimjonning   Oyguli   turishi   bilan
hammayoq ravshan bo‘lib ketadi va bu go‘zalni ko‘rgan podshoning aqli shoshadi, chunki u:
Bunday go‘zal yulduzni,
Bunchalik barno qizni,
Aslo ko‘rmagan edi,
Ishrat surmagan edi. 
1 1
 Машраб шеъриятидан, Т., ЎзКПМКнинг нашриёти, 1979, 54-бет. 
1 1
  Н.Ражабов. Она тили. Т., “ФАН”, 1999, 36-56 бетлар. tasvirida “go‘zal”ga nisbatan “barno” so‘zi “chiroylilik” tushunchasini bir bahya balandlatadi va
shu insoniylashgan (yuqorida insoniylashmagan biron bir narsa adabiyotga daxldor bo‘lmasligini
ko‘rgandek) xislati bilan kitobxonda emosional (hissiy) tuyg‘uni tiriltiradi.
Demoqchimizki, adabiyot uchun so‘zning asl va ko‘chma ma’nolari, ya’ni leksik ma’nosi
birinchi   darajali   ahamiyat   kasb   etadi.   Aniqrog‘i   tasavvur   qilishingiz   uchun,   shuni     aytish
etarlidir:   “anor,   shirin,   emoq”   kabi   so‘zlar   predmet,   belgi,   harakat   va   holat   haqida   ma’lumot
beradi,   asl   ma’nosini   bildiradi.   Bu   so‘zlardagi   ma’no   xususiyatlarini   odamga   ko‘chirilsa
(insoniylashtirilsa),   ko‘chma   ma’noda   ishlatilsa   –   “Anor   yuzli,   shirin   so‘zli   Oybek   emoqqa
kirishdi”, desak, “Oybek” degan odam (tushuncha)ning ko‘rinishini, sifatini, holatini ongimizda
in’ikos ettiramiz, aniq tasavvur qilamiz.
Adabiy   asar   tilining   obrazliligini,   ta’sirdorligini,   muallif   va   qahramonlar     nutqining
badiiyligini,   oqibatda,   muayyan   g‘oyaning   tirikligini   ta’minlashda   shakldosh   (omonim),
ma’nodosh   (sinonim),   zid   (antonim),   eskirgan   (arxaizm),   tarixiy   (istorizm),   yangi   (neologizm),
sheva   (dialektizm)   va   shu   kabi   so‘zlarning   ham     ahamiyati   beqiyosdir.   Ularning   jami   maxsus
leksik boylik (resurs)lar deb yuritiladi.
1. Omonim (yunon. Homos – bir xil va onyuma – nom shakli (talaffuzi va yozilishi) bir xil,
ammo ma’nolari har xil so‘zlar va iboralardir.
Qo‘lingdan kelguncha chiqar yaxshi ot,
YAxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasihat yod qilib ol, farzandim,
YOlg‘iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot.
Fozil   Yo‘ldosh   o‘g‘lining   “Ravshan”idan   keltirilgan   bu   nasihatomuz   tuyuqning   birinchi
misrasidagi   “ot”   -   “nom”   ma’nosida,   ikkinchi   misradagi   “ot”   -   “qo‘y”   (“itqit”,   “otib   yubor”)
ma’nosida, to‘rtinchi misrada “ot”-“hayvon” ma’nosida qo‘llanilmoqda.
Badiiy   asarda   so‘zlarning   yoki   ayrim   harflarning   talaffuzi   va   yozilishidagi   o‘xshashligi
asosida bir xil yoki o‘xshash shaklda ham turli ma’nolar ifodalanishi mumkin:
Qizarib pishgan olmadi,
Olmadan nega olmadi?
Olmagani xo‘p bo‘bdi, 
Endi kelsa – olma dih
(Birinchisida “olma” (meva), ikkinchisida “olmadi” (uzmadi), to‘rtinchisida “olmasin”).
Omonim   ko‘p   ma’noli   so‘zlar   (polisemantizm)ga   ham   o‘xshab   ketadi.   Ko‘p   ma’noli
so‘zlardan bittasi “jon” so‘zidir. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da uning (I tom, 286-287 betlar)
o‘n uch xil ma’nosi qayd qilingan: 1. Din va falsafada: tandan jon chiqib, ruhga aylanib abadiy
yashaydigan narsa; 2. Sezuvchi, his etuvchi tan, badan; 3. hayot, hayot-mamot; 4. Kishi, odam;
5.   Qo‘shimcha   aniqlovchilar   bilan   qo‘llanib   “bosh”,   “jussa”   (qiz   joning   bilan   qayon   borasan?)
ma’nolarini   ifodalaydi.   6.   Ko‘chma   ma’nolarda:   kuch,   quvvat,   mador;   7.   YAxshi   ko‘radigan,
sevimli,   yoqimli   kishi   yoki   narsa;   8.   Biror   ish,   soha   yoki   doirada   ilhomlantiruvchi,   tashkil
etuvchi, tashkilotchi shaxs; 9. hayot manbai, hayot bag‘i щ lovchi narsa va sh.k.
Ko‘rinadiki,   “jon”   so‘zining   hamma   ko‘chma   ma’nolari   uning   asl   ma’nosidan   kelib
chiqadi,   ular   o‘rtasida   ichki   bog‘lanish   bo‘ladi.   omonimlarga   bu   xususiyat   xos   emas.   SHu
sababga ko‘ra yuqoridagi “ot” va “olmadi” so‘zlari-omonim, “jon” so‘zi esa-polisemantizmdir.
2.   Sinonim   (yunon. Synonymas-bir xil) – shakli  (talaffuzi  va yozilishi,  hissiy buyog‘i va
ohangi)   har   xil   bo‘lgan,   ma’nodosh   so‘zlardir.   Jumladan,   barno,   dilbar,   zebo,   gulyuz,   dildor,
dilnavoz, dilozor, malak, nigor, pari, parivash, sanam, sitamgar, ma’shuqa, farishta kabi so‘zlar
“yor”  va   “go‘zal”   ma’nolarini   ifodalagan.  Ikki  yoki   undan  ortiq   ma’nodosh  so‘zlarning   kelishi
sinonimik   qatorni   va   shu   qatordagi   so‘zlardan   adabiy   tilda   eng   ko‘p   ishlatiladigan   bosh
(dominanta)   so‘zni   tashkil   qiladi.   Beg‘ubor,   zilol,   musaffo,   nafis,   jilvakor,   fusunkor   sinonimik
qatorning bosh so‘zi “beg‘ubor”dir.
CHappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim Vatan tuprog‘in.
Bu shundayin ajib diyordir, Buning qiziq hikmati bordir.
SHunday o‘lka doim bor bo‘lsin,
SHunday o‘lka elga yor bo‘lsin.
“Vatan”   ma’nosi   “Vatan”   so‘zidan   tashqari   “diyor”,   “o‘lka”   so‘zlari   orqali   qirralarini
chuqurlashtirgan,   bir-biriga   muvofiqligi-musiqiylikni   yuzaga   chiqarganki,   uni   to‘lib-toshib
kuylaysan, odamh
3.   Antonim   (yunon.   Antonimos-qarshi   nom,   zid)   deganda   bir-biriga   qarama-qarshi,
teskari   ma’nolarni   ifodalovchi   so‘z   va   iboralar   tushuniladi:   jumladan,   e.Vohidovning
“Yomonning so‘zi” she’ri shunday boshlanadi:
Sen yaxshisan,
Men yomondirman,
Sen borsanki men omondirman.
Meni qattol yaratgan hayot,
Seni qilgan ojiz, benajot.
Sen-niholsan, zavoling o‘zim,
Sen-tiriklik, men esa-o‘lim.
Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman,
Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman.
Beomonman, lekin omonman,
CHunki sendek men ham insonman.
Bu bandda “yaxshi-yomon”, “qattol-ojiz”, “tirik-o‘lik”, “kunduz-tun” kabi bir-biriga zid
so‘zlarning   ketma-ket   kelishi,   “Yomon”ning   ichki   dunyosini   bo‘rttirib   va   yorqin   qilib
ifodalashga   yordamga   kelayapti,   eng   asosiysi,   “YOmon”ni   borlig‘icha   namoyon   bo‘lishiga
imkoniyat yaratayapti.
Mumtoz   adabiyotda   ham   bu   vosita   ko‘plab   qo‘llanilgan   bo‘lib,   u   tazod   deb   yuritilgan.
Tazodda   qarama-qarshi   qo‘yilgan   ikki   taraf   (obraz,   predmet,   hodisa)   ayni   zamonda   uzviy
ravishda bir-biriga bog‘lanib kelgan.
E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo
Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi.
Ey,   Iso   payg‘ambar   nafaslik   (Iso   payg‘ambarning   nafaslari   jonbaxsh   bo‘lgan)   begim,
daming (og‘zing) birla shifo bergil, chunki jonimni sheva bilan bemor ayladi, mazmunini keltirib
chiqarish   uchun   og‘iz   bilan   ko‘z   qarshilantirilmoqda,   ayni   paytda,   ular   bir-biriga   bog‘liq,
ikkalasi ham yornikidir.
4. E skirgan so‘zlar   deganda, bugungi kitobxonga tushunarli bo‘lmagan, og‘zaki nutqda
deyarli ishlatilmaydigan so‘zlar tushuniladi. Bunday so‘zlar davr ruhini ifodalashda, nutqda turli
rang va ruh (mazah, kinoya, masxaralash kabi) berishda asqotadi. Ular ikki xildir:
Birinchisi,   tarixiy   so‘zlar   (istorizm)lar   –   o‘tmishda   bor   bo‘lgan   narsa   va
tushunchalarning   nomini   bildirgan,   keyinchalik   esa   tilimizda   ishlatilmaydigan,   muomala-
munosabatlarda   qo‘llanilmaydigan   so‘zlardir:   birmiri,   botmon,   misqol,   mingboshi,   kanizak,
yorg‘uchoq kabi.
Buning   yaqqol   misolini   tasavvur   qilish   uchun   “Farhod   va   SHirin”   (A.Navoiy)
dostonining XXX bobi sarlavhasiga murojaat qilaylik:
“Farhodning SHopur dasht paymolig‘i, balki rahnomolig‘i bila YAman mulkidan Arman
kishvarig‘a azimat qilg‘oni va Armanning eramoso sabza va rayohinidin g‘unchadek ko‘ngli gul-
gul ochilg‘oni va Armaniya tog‘i kamarida xoro qozodurg‘on el ajzin ko‘rib ul kayfiyatin so‘rub
xoro   qozorg‘a   kamar   chust   etgani   va   bu   xabarning   chustu   SHirin   Mehinbonu   bila   SHiringa
etgoni”
“Poymolig‘i”   -   “oshganligi”,   “kishvari”   -   “o‘lkasi”,   “azimat”   -   “yo‘l   olmoq”,   “sabza”   -
“maysa”   “rayohinidin”   -   “rayhonlaridin”,   “xoro”-   “tosh”,   “ajzin”   -   “ojizligi”,   “kamar”   -   “bel”,
“chust   etgani”   -   “shaylagani”   tarzida   tushunsakkina   XV   asrdagi   muallif   nutqini,   uning   “oliy”
uslubiyatining   o‘ziga   xosligini   to‘liq   anglaymiz:   “Farhodning   SHopur   rahnomoligi   bilan   dasht (cho‘lu   biyobon)larni   oshib   YAman   mamlakatidan   Arman   o‘lkasiga   yo‘l   olgani,   Armanning
eramoso   (jannatdagiga   o‘xshash)   maysalari   va   rayhonlaridan   ko‘ngli   gul-gul   ochilgani   va
Armaniya  tog‘i kamarida  tosh qaziyotgan el ojizligini  ko‘rib, kayfiyatlari (holi-ahvoli)ni so‘rab
tosh qazishga bel bog‘lagani va bu xabarning juda tez Mehinbonu va SHiringa etgani” mazmuni
bayon  qilinganini   tushunamiz.   YUqoridagidek   tarixiy  so‘z  va  iboralar  ishlatilmaganda,  biz  XV
asr   ruhini,   o‘sha   davr   badiiy   tilini   bu   qadar   aniq   bilmagan   bo‘lardik.   Ikkinchisi,   eski   so‘z   –
arxaizm   (yunon.   Archaios-qadimgi   so‘z)   –   bugungi   kunda   sinonimi   ishlatilayotgan,   lekin   asli
ishlatilmayotgan   eski   so‘zlardir,   ya’ni   aslidagi   shakli   eskirgan,   ma’nosi   sinonim   so‘z   (yangi
shakl)da  bo‘ladi.  Demak, eskirgan (arxaik)  so‘z ma’nodosh so‘zlar bilan bog‘liq bo‘lsa, tarixiy
so‘zlar,   odatda,   yakka   bo‘ladilar.   “...   Darboza   ochilib,   qo‘rboshi   ichkariga   kirdi.   O‘rdaning
tevarak masohatini biz chamalab ko‘rgan edik, shuning uchun o‘rdaning qay daraja keng bo‘lishi
ham bizga qiyosan ma’lum. Ammo o‘rdaning ko‘proq qismi darboza tomonda qoldirilib, janubga
tortilg‘an xatti mustaqil bir devor bilan bo‘lingan edi...” (“O‘tgan kunlar”). Ushbu parcha hokim
saroyining   yaqqol   manzarasini   aniq   tasvirlaydi.   “O‘rda”   so‘zining   hozirgi   sinonimi   (shakli)
“saroy” bo‘lsa, “masohat”niki “to‘g‘ri chiziq”dir.
        5.   Yangi   so‘z   –   neologizm   (yunon.   Neos   logos   –   yangi   so‘z)   deganda,   san’atkor
tomonidan   yangidan   yasalgan,   hayot   yangiliklarini   ifodolovchi   yangi   so‘zlar   jami   tushuniladi.
Jumladan,   G‘afur   G‘ulom   “daryodil,   yovyurak,   mehnatobod,   sharofobod,   oyoqdosh”   kabi
so‘zlarni   yasagan   bo‘lsa,   Maqsud   SHayxzoda   “xayolxona,   ilhomdosh,   fazoshumul   vazifa,
huriston,   oybachcha,   xorazmlashmoq,   xayollanmoq,   tundalik”   kabi   neologizmlarni   kashf   etdi.
Jamiyatimizning  bugungi taraqqiyoti  birja, dollar, mafiya, terrorizm, repititor,  test” kabi yuzlab
yangi tushunchalarni ifodalovchi so‘z va iboralarni yaratdi. 
Demak,   hayotning   yangilanishi   –   doimo   so‘zlarning   ham   yangilanishiga;   yozuvchi   va
shoirlarning   yangi   obrazlarni   yaratishga   intilishlari   ham   hamma   vaqt   yangicha   ifodani
akslantiruvchi so‘zlarning yasalishiga olib keladi. Bu – hayotning va adabiyotning qonuniyatidir.
“- Uchinchi dunyoni   Latif – Astral   olami deb atashadi. Uning biz yashayotgan dunyodan farqi
kam.   Lekin   o‘ziga   xos   jihatlari   bor.   Bu   Latif   olamda   tebranishlar   o‘ta   nozik,   jismoniy
harakatlarga   vaqt   sarflanmaydi.   Ammo   biologik   hodisalar   vaqt   bo‘yicha   kechadi.   Bu   dunyo
moddiyati   oyning   gravitasion   maydonidir.   Quyosh   burjining   har   bir   sayyorasi   o‘z   Latif
dunyosiga ega...
-   Shoshmang   –   shoshmangh   –   bashoratchi   ayolning   gapini   bo‘ldi   Asad.   –   Siz   jismoniy
harakatlarga   vaqt   sarflamaydi,   dedingiz.   Buni   qanday   tushunish   kerak?   –   Latif   dunyo
mavjudotlari   birzumdayoq   sayyoraning   istagan   nuqtasida   paydo   bo‘lishi   mumkin.   Fanda   bu
hodisani  teleportasiya,  deyishadi” 1
.
hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik –fantastik romanidan keltirilgan ushbu
dialogga   e’tibor   qilsangiz,   undagi   “Latif   Astral   olam,   gravitasion,   teleportasiya”   kabi
neologizmlar – hayotimizdagi yangicha qarashlarning mahsulidir, moddiy dunyomiz bilan boqiy
(ruhiyat) dunyosining sirlarini  o‘rganishga intilishning jozibali mevasidir. 
Lekin   “favqulodda   “yangilik”   yaratish   ishtiyoqidagi   ba’zi   qalamkashlar   “g‘uncha
portladi”ga   o‘xshash   ko‘p   “kashfiyot”   qilishdi.   Tushunaman,   lekin   bunday   so‘z   qo‘llanilishini
nojoiz   deb   bilaman.   Xalq   hech   qachon   “g‘uncha   portladi”   demaydi.   Bu   zo‘rma-zo‘rakilikh”
(Azim Suyun. O‘zlik, “SHarq”, 1999, 111-bet.) Undan qochgan ma’qul.
5.   Dag‘al   so‘z-vulgarizm   (lat.-vulgaris-   dag‘al,   qo‘pol)lar   adabiy   tilda   ishlatilmaydigan
haqoratli so‘zlar va noto‘g‘ri tuzilgan, qo‘pol jumlalar, dag‘al (mantiqsiz yoki biri tog‘dan, biri
bog‘dan   bo‘lgan)   fikrlashni   ifodalovchi   iboralardir.   Ular   asar   qahramonining   qo‘polligini,
hayosizlagini,   axloqsizligini,   ma’naviyatdan   uzoqligini   yaqqol   ko‘rsatadi.   Buning   isboti
Toshpo‘lat tajangdir:
“Hoy, qizilboshh chilimingni berasanmi, yo‘qmi, it emgan? Qara-qara, Mahkamh Do‘nduq
ekan-ku   anavingh   Suyagi   barmi,   a?   Bir   piyola   choyimiz   bor,   hovh   Itdan   tuqqaning   qaramadi-
ku... hoy,  kim,  Salim  kavarning   bolasi  emasmi,   to‘lishipti   o‘ziyam.   Sartarosh  hoji  ko‘rib  qolsa
o‘ldi, deginh
1 1
 Ҳожиакбар Ислом Шайх. Туташ оламлар, Т., “Ёзувчи”, 1966, 196-бет. - Bodom qavoq – yupqa tomoq, dodimga etsang-chi.
- hoy – hoyh” 2
6.   Chet   so‘z   –   Varvarizm   (lat.   Varvarus   -   kelgindi)   lar   -   badiiy   asar   yozilgan   tilga   yot
bo‘lgan, boshqa tillardan “bostirib” kirgan so‘z, ibora, birikmalardir. Ayniqsa, o‘zbek tilimizga
arab   tilidan   kirgan   (arabizm),   fors   tilidan   kirgan   (forsizm),   rus   tilidan   kirgan   (rusizm)   so‘zlar
ko‘pchilikni   tashkil   qiladilar.   Bu   so‘zlar   zamon   ruhini   berishda,   tipik   xarakterlarning
xususiyatlarini individuallashtirishda, ularning ayanchli, kulgili nutqlarini bo‘rttirishda judayam
qo‘l keladi.
Abdulla   Qodiriyning   “Toshpo‘lat   tajang   nima   deydir?”   degan   chapanilar   hayotidan
hangomalaridan bir shingilini tinglaylik:
“   -   Shu   afandichalaringni   bittasi   sanmi?   Shoyi   ko‘ynakchangni   qarah   Voy   o‘sha
cho‘nchakchasiga  burnimni  qoqayh  Kulma,  xudoy haqqi,  kufrligimni  oshirasanh  Sen xaloyiqni
hammang   ham   tirnog‘imni   yuzida;   Poshsholig‘ing   shoyi   ko‘ynakka,   deb   besh   so‘lkavoyni
uzatdimi   simint   (siyu   minutu-A.Q.)   Toshpo‘lat   akangni   unutasan,   xudoy   haqqi,   unutasanh”
(Kichik asarlar, 73-bet). 
Toshpo‘lat tajangning nutqi (u nutqdagi arabcha, ruscha so‘zlar va ularning ko‘pini buzib
talaffuz etishi) -   chapaniligini, saviyasi sayozligini, ahloqi buzuqligini, vaysaqiligini, johilligini
to‘liq ifodalay oladi.
Azamat   Qorjovovning   quyidagi   hazil   she’rida   ham   “poet”ning   –   lirik   qahramonning
borlig‘i kulguli tarzda ifodalangan:
“Men poetman, bu qizlarni
Yaxshi bilaman.
hammasini oчен-очен
Yaxshi ko‘raman.
Qizlar esa kimni sevar?
Воб ше   незнаю .
Birortasini kamon bilan
Otib ko‘zlayu
Bu dunyoda вес yaxshilik
Qizlarga bo‘lsin.
Menga o‘xshab har yigit
Shoir bo‘p ketsin.”
7.  Buzilgan so‘z – jargon yoki argo  (fr. Jargon-buzilgan til)lar, ayni paytda,   abdal tili -
sun’iy   til   bo‘lib,   ma’lum   guruh   kishilarigagina   tushunarli   bo‘ladi.   Talabalar   orasida
ishlatiladigan “o‘tdi, o‘tmadi, yiqildi, tildan dumi bor, tankasi zo‘r, ko‘kidan oladi” kabi so‘z va
iboralarning   haqiqiy   ma’nosini   boshqa   guruh   odamlari   (dehqonlar,   bazzozlar,   savdogarlar)
tushunmaydi.
“   -   he,   vahima   qilaverma,   yo‘li   ko‘p.   “...   changalda   sho‘rva”   degan   gap   bor.   Mana
bizning   filologiyamizda  besh  marta   qayta-qayta  imtihon   qilishdi.   Oxiri   “3”  qo‘yib   berishdi-yu,
ular   ham,   “tanka”miz   ham,   o‘zimiz   ham   tinchidik.   Sen   meni   topibsanmi,   “tankamiz”   dumni
yo‘qotish yo‘lini topadi. Zo‘r odam, kallasiyam juda ishlaydi-dah
-   Dugon,   o‘sha   “tankang”ga   boraylik.   Mengayam   yordam   qilsang,   o‘lib   qolmasman...
sengayam ko‘kidan bor.
- Yur, qani o‘quv bo‘limiga boraylik-chih” 1
Ushbu   hangomada   ham   ikki   talaba   dialogi   orqali   ilm   topguncha,   “tanka”   (“baho”ni
qo‘ydirib beruvchi)ni izlovchilar ustidan kulingan...
8.   Kasb-hunarga   oid   o‘zlar   –   Professionalizm (rus.-biror   kasbga   oid)lar   asarda
tasvirlanayotgan qahramonning kasbini, ish hunarini ifodalaydigan so‘z va so‘z birikmalarining
jamidir.   har   bir   kasb-hunarning   o‘ziga   xos   atamalari   bo‘lishi   tabiiydir.   Jumladan,   futbol   o‘yini
bilan   bog‘liq(himoyachi,   yarim   himoyachi,   hujumchi,   darvozabon,   jarima,   final   kabi),
2 2
 Абдулла Қодирий. Кичик асарлар, Т., Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт  нашриёти, 1969,71-бет.
1 1
Ҳотам Умр. Тирик нусхалар ва безовта қатралар, С., “Суғдиёна”, 1999, 33-бет. o‘qituvchilik   bilan   bog‘liq(daftar,   qalam,   qog‘oz,   baho,   test,   nazorat,   joriy   nazorat,   kafedra,
dekanat, rektorat, o‘quv bo‘limi, stipendiya, talaba kabi) so‘zlar borki, ularni muayyan qahramon
nomidan   ishlatish   shu   qahramon   kasbi-hunarini   aniqlashtiradi,   demakki,   qahramonni
yaxlitlashtirishda qo‘l keladi:
“Bir   necha   kun   shu   yo‘sin   ikkilanib   yurg‘ach,   nihoyat   o‘zimga   tushunilmagan   bir
savq(yo‘nalish)   ostida   va’damni   ifoga   ham   boshlabman,   bir   kiyim   shohi ,   deb   o‘ttuz   kiyim
bo‘laturg‘an   ipakni   bo‘yash,   tanda,   arqoq,   go‘la   mashaqqatlari   ko‘zimga   ko‘rinmabdir.
Va’damni ikki kun ilgariyoq  shohini to‘qib,  uning kelar yo‘lini poylar edim, ul kelmas edi...” 1
Usta Alimning ushbu hikoyasi(nutqi)dan biz uning shohi to‘quvchi usta ekanligini uning
ishqi Saodatga tushganini bilib olamiz.
9.  Sheva so‘z – dialektika (mahalliy so‘zlar) muayyan bir xududda yashovchi kishilarga,
ularning shevasiga xos bo‘lgan, adabiy tilga mansub bo‘lmagan so‘z va iboralardir...
Jumladan,   Xorazm   shevasida   “gashir”(“sabzi”),   “yo‘mirta”(“tuxum”),
“galingiz”(“kelingiz”)   kabi   so‘zlar   ko‘p   uchraydi.   SHeva   so‘zlar-asar   qahramonlari   tilida
me’yorida ishlatilsa, ularning manzil-makonlarini va nutqini o‘ziga xosligini to‘liq ochib beradi.
Bunday  mahorat  Asqad Muxtorning  “Tug‘ilish”  romanidagi  Xoldor  obrazini  yaratishda   yaqqol
ko‘zga tashlanadi:
“ - Sariev Juman?
- Slesar
- Xoldor Jo - Jo...
-     Shatta   Jonsug‘urov   pamilam .   Amolaykim   kasbim   ko‘p.   Uchtasinila   aytay.   Avval
do‘kon mudiri  o‘g‘onman ,  innay iskaladda zavdish , e kspiditr ...”
Savol va topshiriqlar
1. Maxsus leksik boyliklar deganda nimani tushunasiz?
2.   Maxsus   leksik   boyliklarning   har   biriga   yangi   misollar   toping,   tahlil   qiling   va   mashqlar
daftaringizga qayd eting.
Adabiyotlar
1.   N.Shukurov   va   boshqalar.   Adabiyotshunoslikka   kirish,   T.,   “O‘qituvchi”,   1979,   126-133-
betlar.
2. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O‘qituvchi”, 1979, 135-143-betlar.
3. E.Xudoyberganov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O‘qituvchi”, 1995, 106-114-betlar.
4. N.Rajabov. Ona tili, T., “Fan”, 1999.
5. N.Hotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati,
T., “O‘qituvchi”, 1979.
6. Isomiddin Yormatov. O‘zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati (O‘quv qo‘llanma), T., 1994,
127-180-betlar.
1 1
 А. Қ одирий. Ўткан кунлар. Ме ҳ робдан чаён. Т.,  Ғ афур  Ғ улом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1994,
193-бет.

BADIIY ASAR TILI INING XUSUSIYATLARI . 2 soat Reja: 1. So‘z va uning qudrati 2. Jonli, adabiy, badiiy tillar 3. Badiiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari 4. Mullif nutqi. Personaj nutqi Tayanch tushunchalar So‘z va so‘zlarning leksik ma’nolari. Omonim, sinonim, antonim. Eskirgan so‘zlar, jargonlar, yangi, sheva, dag‘al, chet so‘zlar. Koinotning o‘zi ham “kof” va “nun”ning (arabcha “k” va “n” harfi qo‘shilsa, “kun” bo‘ladi va u “yarat”, “ijod qilh” degan ma’nolarni bildiradi) qo‘shiluvidan, Ollohning so‘zi bilan yaratilganini tasavvur etsak, so‘zning barchadan buyukligini anglaymiz. Ana shu buyuk ne’mat – so‘z adabiyotning birinchi va bosh qurolidir, bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi olamlarning bo‘y-bastini yaratuvchi, ijod qiluvchi bebaho mo‘jizadir. To‘g‘ri, badiiy asarning dunyoga keltiruvchi obraz va obrazlililik, xarakter va tip, mavzu va g‘oya, syujet va kompozitsiya, tur va janr, ijodiy metod va uslubga o‘xshash vositalari ko‘p. Lekin eng qizig‘i ham, eng murakkabi ham shundaki, bu vositalarning hammasi ham so‘z vositasida yaratiladi, so‘z tufayligina jozibaga, ta’sirdorlikka, yaratishga qodir bo‘ladi, ya’ni so‘z-la tiriladi. SHu tufayli so‘z nodirlik, bebaholik, mo‘jizadorlik xislatlarini bor-budicha o‘zida mujassam etadi. Xo‘sh, so‘zdan san’atkor qanday tarzda foydalanadi? So‘z qachon obrazlilik kasb etadi? So‘zning poetik maqsadi nima? Nima uchun so‘z tanlanadi? Nega har bir so‘zning o‘z o‘rni, o‘z qudrati bor? Nega tili no‘noq, nomukammal, sayoz asarlar komillikdan uzoq bo‘ladilar? Badiiy tilning qanday xususiyatlari sirlarini bilish lozim?.. Filologiya ilmi har qanday milliy tilni uchga bo‘lib o‘rganadi: 1. Jonli (umumxalq) til – muayyan millatning, mamlakatning odamlari o‘rtasidagi jonli so‘zlashuv nutqi, o‘zaro aloqa, muomala – munosabat qurolidir. U grammatika qonunlariga, talaffuz qoidalariga, adabiy va badiiy til normalariga, talablariga bo‘ysunmaydi. Jonli til – erkinlikni yoqtiradi: sheva ham, varvarizm ham, vulgarizm ham, jargonizm ham, neologizm ham... uning joni - tani bo‘lib xizmat qilaveradi, uning chek-chegarasi bo‘lmaydi. 2. Adabiy til – jonli (umumxalq) tilidan tug‘ilgan, muayyan grammatika(grammatika) va talaffuz qoidalari (fonetika)ga, imlo talablariga qat’iy amal qiluvchi va turli shevalarda gapiruvchi (“to‘qson ikki bovli o‘zbek urug‘i”) kishilarga tushunarli bo‘lgan, matbuot, fan, adabiyot, radio, televidinie, teatr tilidir. Adabiy til doimo, uzluksiz tarzda onasi (jonli til)dan va egizak ukasi (badiiy til) dan aloqada bo‘ladi: jumladan, ulardan yangi so‘z va iboralarni qabul qiladi va o‘z navbatida jonli va badiiy tilning rivojiga, takomillashuviga yordam beradi. 3. Badiiy (poetik) til – badiiy asarlar tili sanaladi. U “adabiy asarning mazmunini ro‘yobga chiqaruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. Shu sababli badiiy til kitobxonga g‘oyaviy va emosional ta’sir qilish vositasi bo‘lib xizmat kiladi. Negaki, yozuvchi badiiy til orqali obrazlar manzaralar yaratar ekan, ularning mohiyatini ochib ko‘rsatadigan so‘z va iboralar tanlaydi. Asl va ko‘chma ma’noli so‘zlar qo‘llaydi, umumxalq tilining gap qurilish usullaridan, arxaizm va jargonlardan foydalanadi”. Shu xilda yozuvchi asar g‘oyasiga muvofiq shakl tanlaydi. M. Gorkiy aytganiday, “ Ish tafakkurni uyg‘otadi, tafakkur ish tajribasini so‘zga aylantiradi, undan g‘oyalar, gipotezalar nazariyasini... xosil qiladi... Yozuvchining ishida asosiy material so‘zdir ”. So‘z esa, barcha faktlar, barcha fikrlar libosidir. Ammo har bir fakt zaminida ijtimoiy ma’no bor, har bir ma’no zaminida esa bir yoki ikkinchi fikr nega

bunday-u, nega unday emas, degan sabab bor... Klassiklar yuz yil davomida asta – sekin ishlangan ana shunday tilda yozganlar. haqiqiy adabiy til shudir” (M.Gorkiy) 1 Shunga asosan adabiyot – hayotni so‘z orqali badiiy tasvirlash san’atidir. Badiiy til jonli (umumxalq) tilning farzandi bo‘lib, uning bosh vazifasi – badiiylik(obrazlilik)ni yaratishdir. SHu vazifadan kelib chiqib, jonli va adabiy nutqlarni barcha hodisalarini hissiy(estetik) tarzda umumlashtiradi. Badiiy tilning o‘ziga xos asosiy xususiyatlarini ifoda etuvchi qonuniyatlar ham bir talay: 1. Ularning eng birinchisi – obrazlilikdir. Bunga san’atkor tasvirlanayotgan voqea- hodisaning, narsa-predmetning, tug‘yon-kechinmaning yaqqol qiyofasini, holatini kitobxon ko‘z o‘ngida jonli qilib gavdalantiradi. Oddiy kitobxon ham uni ko‘radi, his etadi, tirikligiga shohidlikka o‘tadi. Maxsus tasviriy vositalar, maxsus leksik boyliklar, so‘z o‘yinlari kabi unsurlar – obrazlilikni yaratishda bebaho vazifalarni o‘taydilar. Bir kun. Yomg‘irli tun. Qop-qora zulmat. Chuchvaradek qaynar Ko‘chalarda suv. Baxmal kabi qora, Ko‘rinmas osmon. Butun yorug‘ jahon – Dardli bir qayg‘u. Usmon Nosirning “Naxshon” dostonidan keltirilgan ushbu parchani o‘qigan kitobxon ko‘z o‘ngida Naxshonning “bir kuni – dardli bir qayg‘usi” yaqqol ko‘z o‘ngida jonlanadi: Och- nahor, boshpanasiz qolgan Naxshon muttasil savalab yog‘ayotgan yomg‘irli tunga duch keladi. “Tun qop-qora zulmat”, osmon ham baxmal kabi qora”ki – Naxshon tortayotgan azobni, uning huvillagan qalbini yorqin gavdalantiradi. Ayniqsa, “ko‘chalarda suvning chuchvaradek qaynashi” - o‘xshatishning go‘zal namunasi, yomg‘irning yog‘ishi darajasi (savalab yog‘ish)ni, uning holatini, manzarasini aniq ifodalaydiki, uni kitobxon ko‘z oldiga ravshan keltiradi. Yomg‘irning ham Naxshon dardiga dard qo‘shayotganidan, uning qayg‘usini yanadi ko‘paytirayotganidan kitobxon ham azoblanadi. 2. Badiiy asar tilining obrazliligi uning tasviriy va hissiy xususiyatini yuzaga chiqaradi. Badiiy asar tili xarakterlar va manzaralarni yaqqol gavdalantirish uchun, birinchi navbatda, ularning ichki dunyosini, mohiyatini butun qarama-qarshiliklari bilan aks ettiradi va shu akslangan hayot kitobxon his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Demak, hayot(inson) qalbining turfa xil holatlarini tasvirlash orqali kitobxon his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatish-tasviriylik va emosional xususiyatni keltirib chiqaradi. Buni to‘liq anglash uchun, keling, “badiiy asar – umrni uzaytiruvchi mo‘jiza” tushunchasini tahlil qilaylik. Bu tushunchaning juda oddiy isboti bor; faqat chuqurroq mulohaza darkor. Inson tanasini-ochlik(Navoiy bobomiz “Ochlik negizida hikmat bor, to‘qlik tagida g‘aflat bor” deb bekorga aytmaganlar) poklaganidek, inson qalbini - ko‘z yoshi tozalaydi. Ko‘z yoshi qalbning katarsissi (“tozalanish”i)dir. U yoki bu tarzda jarohatlangan, yaralangan qalbni-tozalovchi, davolovchi; u yoki bu tarzda xursanddchiligi “oshib, toshib” ketganda ham qalbni yorilib ketishidan saqlab, o‘zligiga qaytaruvchi vosita – ko‘z yoshidir. Orzularingiz amalga oshmasa, turmushdan, ishongan kishingizdan xafsalangiz pir bo‘lsa, xafagarchilik, achchiqlanish, qoniqmaslik, ranj-alam hislari cho‘lg‘ab olsa, fojia yoki dahshatga, dilozorlik yoki qadrsizlanishga duch kelsangiz – kishi qalbi larzaga keladi: vahima, ma’yuslik, alam o‘rab oladi. Azobli o‘y-fikrlar tomirlarni toraytiradi, qonda adrenalin ko‘payadi, “iztirob” garmonlari haddan oshib ketadi, o‘zingizni qayoqqa urishni, qayoqqa qo‘yishni bilmaysiz... Ana shunday paytda ko‘z yoshi davo vazifasini o‘taydi. U qanchalik achchiq bo‘lmasin – obi diyda qilib olganida odam o‘zini ancha ravshan tortadi. 1 Н.Шукуров ва бош қ алар. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Ў қ итувчи”, 1979, 117-бет.

Siz “O‘tgan kunlar” romanini o‘qir ekansiz, “Navo kuyi” bobiga kelganingizda, albatta, Otabek holatiga tushasiz: “... Dutorni sozlash uchun reza kuylardangina olib turgan mashshoq, Otabek kutmagan joyda “Navo”dan boshlab yuborgan edi. Kuyning boshlanishi bilan naq uning vujudi zir etib ketgandek bo‘lib keyin piyolasini bo‘shatdi va ixtiyorsiz ravishda dutorning mungli tovushiga berildi. Dutor tovushi qandaydir o‘zining bir hasratini so‘zlagandek, hikoya qilgandek bo‘lib eshitilar edi. Yo‘q, bu hasratni o‘z tilidan so‘zlamas edi – Otabek tilidan so‘zlar edi... Otabekning ko‘z o‘ngida o‘tgan kunlari birma-bir o‘ta boshladilar-da, nihoyat “anavi” xotiralarni, “anavi” hangomalarni ham ko‘rinish berib o‘tdilar... Dutor bu ko‘rinishni uning ko‘z o‘ngida keltirib to‘xtatgach, bu fojeaga o‘zi ham chidab turolmagandek yig‘lay boshladi. Dutor quruqqina yig‘lamas edi, balki butun koinotni “zir” etdirib va xasta yuraklarni “dir” silkitib yig‘lar edi... Otabek ortiq chidab turolmadida, ro‘moli bilan ko‘zini yashirib, yig‘lamoqqa kirishdi... u ko‘z yoshlarini to‘xtatmoqchi bo‘lar edi, biroq hozirgi ixtiyor o‘zida emas edi – hamma ixtiyor dutorning hazin “Navo”sida, toqatsiz yig‘isida edi... Dutorning nozik torlaridan, tilsimli yuraklaridan chiqqan “Navo” kuyi o‘z nolasiga tushunguvchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi. O‘z dardini tushungan bu yigitga borgan sayin dardini ochib so‘zlar, yig‘lab va ingrab so‘zlar edi... Eshituvchi esa dunyosini unutib yig‘lar, kuchini yig‘ishtirib yig‘lar va hasratu alamini ko‘z yoshisi bilan to‘kib yig‘lar edi... Nihoyat, “Navo” kuyi uning butun tanidagi suvlarini ko‘zi orqali to‘ktirdi-da, falakning teskari harakatidan shikoyat etib qo‘ydi va dunyoda yolg‘iz hasratgina bo‘lmaganini bildirgandek o‘zining “Savt” kuyini er yuziga shodlik va sevinch yog‘dirib arz eta boshladi. “Navo”ning sehrli “savti” Otabekning ko‘z yoshlarni quritdi-da, bir engillik bag‘ishladi. “Navo” bilan yuvilib ketgan uning umid gulzorida yangi chechaklar unib chiqdi...” Otabekning ushbu tuyg‘ularidagi kuydiruvi alam – qaynotasi tomonidan haydalgan, xo‘rlangan kuyovning, Kumush tomonidan achchiq maktub orqali “hiylakor tulki, og‘zi qon bo‘ri, uyatsiz yigit” kabi martabalar bilan siylangan sevimli yorning butun iztiroblarini go‘yo o‘zingizning boshingizdan o‘tkazayotgandek tasavvur etasiz. Yozuvchi tomonidan o‘ylab topilgan badiiy dunyoni tamoman unutib, siz bilan yuz berayotgan hayotiy hodisadek his etasiz. Ichki hissiyotingiz uyg‘onib, sizni tamoman rom etadi: siz Otabek kabi iztiroblar ta’sirida adoyi tamom bo‘lmaslikka, yurak tomirlarini toraytirishini (u o‘limga olib kelishi mumkin) to‘xtatishga intilib, “o‘ldiruvchi” his-hayajoningizni tarqatish uchun xayolan bo‘zaxonadan taskin izlaysiz, “anavini” unutish uchun o‘zingizni mastlikka urasiz, “Navo”ni tinglab bor hasratu alamingizni ko‘z yoshingiz orqali to‘kasiz. Qo‘lingizdagi kitob sahifalari ko‘z yoshingiz bilan namlanadi, davomini o‘qish uchun duv-duv tushayotgan ko‘z yoshlaringizni artasiz, yuragingiz hapqirishidan ingranasiz... Ko‘z yoshlaringiz yurak g‘ashligini, alamli tashvishlarini yuvib ketadi, xalqimiz ta’biri bilan aytganda “ko‘z yoshi ko‘ngilni eritadi”. hamma holatlarni ifoda etish qiyin, lekin bitta haqiqat ayon: badiiy asardagi o‘ylab topilgan hayot samimiy yaratilgani sababli sizga yuqadi, ta’sirdorlik otashi zo‘rligi tufayli sizning qalbingizdagi tug‘yon qo‘zg‘ab, unga behisob harorat beradi, yondiradi. Qahramon (asar) bilan birga yig‘laysiz. SHuning evaziga qalbingizdagi bor dog‘lar, tushkunliklar, alamlar, vahimalar, xavotirlar, iztiroblar yuvilib ketadi, ko‘nglingizni bo‘shatib olasiz. Natijada tomirlar kengayadi: qon yoyilib, bemalol oqadi; har xil zo‘riqishlar pasayib, qon bosimi ham mo‘tadillashadi: charchoq o‘rniga kuch-qudratingiz oshadi. Buloq suvida cho‘milgandan so‘ng badan qanchalik poklansa, yayrasa, badiiy asar tufayli qalbingiz shunchalik tozaradi, yayraydi. Kelajakdagi hayotingiz mazmuniga baraka qo‘shadi, maqsadlaringizga erishmoq yo‘llarida mayoq vazifasini o‘taydi. Tozalik badanning yashovchanligini oshirgani kabi, toza qalb hayotga maftunkorlikni oshiradi, umringiz uzayishiga asos beradi. Endi inson taqdiri va holatidagi-quvonch va shodlik yoshlari haqida mulohaza yuritaylik. Ko‘nglingiz yayrasa – qo‘shiq yoki kuyni xirgoyi qilasiz. Zavqingiz oshsa, xursandchiligingiz ko‘paysa – ezguliklar ulashasiz, hammaga yaxshilik qilgingiz keladi, charchoqni bilmaysiz. Lekin juda xush keladigan, asaldek yoqadigan his-hayajonlar oshib ketsa,

uni boshqara olmasangiz – quvonch o‘lim eshigini ochib berishi mumkin. “Quvonganidan o‘lib qolganlar” tarixda juda ko‘p: Sofokl shon-shuhrati avj payti-olomon olqishlayotgan vaqtda o‘lib qolgan. Per otasi mashhur yozuvchi Bomarshega “Seviliya sartaroshi” asarini o‘qib berayotganda, otasi kulgudan o‘lib qolgan... Demak, bunday holatlar bo‘lmasligiga ham ko‘z yoshi yordamga keladi: ortiqcha zavq-shavq, qalbning yondiruvchi olovini – zararli va ortiqcha tuyg‘ularini ko‘z yoshi “yuvadi”, uni me’yoriga keltiradi, aqlni ishga soladi: “Qutidor tanchaga borib o‘tirmadi-da, ayvon peshonasidan turib, qo‘lidagi xatni yuqori tovush bilan o‘qib chiqdi: “Muhtaram qayin otamizgah Siz bilan meni qorong‘u zindonlarga tushurib, dor ostilarigacha tortgan, buning ila o‘zining vahshiyona tilagiga eta olmagandan keyin, mening tilimdan soxta taloq xati yozib darboza yonidagi haydattirishga muvaffaq bo‘lgan va bir gunohsizni shahid etgan homid ismli bir to‘ng‘izni, nihoyat ikki yillik sargardonlik so‘ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo‘ldim... Sizning shonli hovlingiz yonida voqe bo‘lgan bu kurash, albatta, sizni va uy ichingiz ham yor-do‘stlaringizni anchagina tinchsizlikka qo‘ygan bo‘lsa kerak... Sizdan bu ulug‘ gunohi uchun avf so‘rab, haydalgan o‘g‘lingiz – Otabek YUsufbek hoji o‘g‘li”. Ammo qutidor “haydalgan” so‘zini tashlab o‘qidi. Maktub o‘qilib bitganda Oftob oyim, ayniqsa Kumush qutidorning boyagi holiga tushgan edilar. Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib ko‘rsatish, albatta, mumkin emas. U titrar edi, ko‘kargan edi, to‘lg‘anar edi... hozirgi eng kuchli hayajon va hissiyotni, hissiyotning a’lo ifodasi bo‘lgan yosh bilan to‘kar edi”(264-bet). Ko‘rinyaptiki, ikki yillik hijron azobini boshidan o‘tkazgan, qanchadan-qancha (taloq xati, bevalik dardi, Komilbekka unashtirish kabi) azoblarni boshidan kechirgan farishta bu quvonchli xabarni eshitganda, dastlab “dahshat va taajjub ichida qotib qoladi”. So‘ngra ota-ona huzurida ekanligini unutmay (odobni saqlagan holda), dardini oshkor ayta olmay “titraydi, ko‘karadi, to‘lg‘anadi” va qalbida junbushga kelgan tuyg‘ularni ko‘z yoshi bilan “yuvadi” va uni sizga, menga ham yuqtiradi. Bu quvonch yoshlari – Kumushni ham, siz-u meni ham poklaydi, ruhimizni engillashtiradi, harakatimizga, o‘yimizga, orzularimizga qanot beradi. CHunki “yosh ko‘zdan emas, balki yurakdan chiqadi”. SHu sabab U.Freyd: “Yig‘i – inson uchun zo‘riqish vaqtidagi eng yaxshi himoya vositasidir... Sog‘ bo‘lish uchun yig‘lang”, – deydi. Amerikalik ruhiyatshunos T.Lekner “Yig‘lashdan uyalmang. Agar, Alloh insonga ko‘z yoshi atalmish ne’mat bergan ekan, demak ular to‘kilishi kerak”, - deydi. Jonli asar tufayligina tiriklikni ma’nisini teran anglaymiz, ertangi hayotimizga e’zozlangan mazmun beradi. Buni ijod, etish shunday tuyg‘uni boshdan kechirish (Adabiyot bergan huzur) hayotingizga ezgulik baxsh etadi. Ezgulik esa – yaratishga chanqoqlik tug‘diradi, umrni mazmunli kechirishga undaydi, besamar va gunoh ishlardan, tuhmat va bo‘hton uyushtirishdan, alam va og‘riqlar o‘tkazishdan, fisqu- fasod va g‘iybat yuritishdan, ko‘rolmaslik va hasaddan... saqlaydi. Kitobxon o‘zini, o‘zligini tezroq anglaydi. O‘zini anglamoq baxti-komillikka etaklaydi. SHu sabab qalbdagi nozik qirralarning usta tasvirchisi – A.Qodiriy o‘zi ta’kidlaganidek, “Eng kuchli hayajon va hissiyotni, hissiyotning a’lo ifodasini” ko‘z yoshi orqali beradi. Ko‘z yoshi qahramonlar qalbidagi po‘rtanalarni-qayg‘u va shodliklarni ta’sirchan ifodalaydi va har bir holatda (romanda o‘ttizdan ortiq yig‘i tasviri bor) ko‘z yoshi “detali o‘quvchida yozuvchiga ishonch uyg‘otadi”, u “asarning xuddi shu joyida tasvir etilayotgan ahvolga, ideyaga to‘g‘ri” keladi. Demak, badiiy asarni mutoala qilish, o‘qish, “O‘tkan kunlar”ga o‘xshash klassik asarlarni uqish va shu jarayonda tasvirlanayotgan hayotni yozuvchi, san’atkordek yaratish, kashf etish umringizga umr qo‘shadi, dunyongizni boyitadi, yo‘lingizni ravshan qiladi, ezgullikka etaklaydi. 3. Badiiy asarda har bir so‘z muayyan “yuk”ni tashishi lozim. San’atkor doimo minglab so‘zlar ichidan eng keragini tanlaydi; zargarona tanlangan ana shu so‘zlar qahramon va sharoitning mazmuni (g‘oyasi), holati bilan chambarchas bog‘lanishi, u aniq estetik

maqsad(mazmun)ni voqe qilishi shart. Bundan har qanday so‘z badiiy asarda o‘z “yuki”ga ega bo‘lishi kerak, degan qoida kelib chiqadi. “Bir yig‘inda Asqad Muxtor xarakterli bir faktni aytib bergan edi. G‘afur G‘ulom ishtirok etgan mushoiralardan birida yosh shoir Asqad Muxtor tortinib-qimtinib quyidagi to‘rtligini o‘qiydi: Ikki narsa og‘irdir ko‘nglimga asti, Ikki narsa uchun yo‘q menda toqat: Biri dushmanimning shodon qahqahasi Biri do‘st ko‘zida yaltillagan yosh. She’rdan ta’sirlangan G‘afur G‘ulom o‘rnidan turib ketib: “Miltillagan” de, joyiga tushadi”, deydi.” 1 Darvoqe, she’rni G‘afur G‘ulom aytgandek “yaltillagan” so‘zini “miltillagan” so‘zi bilan almashtirib o‘qisangiz, so‘z o‘z o‘rniga tushganiga, nozik jilolanayotganiga shohid bo‘lasiz. Do‘st ko‘zidagi yosh yaltillganda-uning ahvoli nochorligi, og‘irligini bildirmaydi, balki – uning “ahvoli yaxshiligini, nur taratayotganini bildiradi. “YOsh miltillganda” esa – uning ahvoli chatoqligini, og‘ir azobda ekanligini, pirpirab arang yonib turganini bildiradi. Ana shundagina ma’no va mantiq o‘zaro bog‘lanadi, “do‘stning yoshi” poetiklashadi, she’r – asarga aylanadi. Va kichkina bir aybini” ham yo‘qotib, u yashashga, yaratishga kirishadi: Ikki narsa og‘irdir ko‘nglimga asti, Ikki narsa uchun yo‘q menda bardosh: Biri – dushmanimning shodon qahqahasi Biri – do‘st ko‘zida miltillgan yosh. 1 E’tibor qilgan bo‘lsangiz, asarning birinchi variantidagi “toqat” so‘zi, keyingi variantida “bardosh” so‘ziga almashtirilgan. Bu ham bejiz emas. Agar o‘zbek tilining izohli lug‘atini varaqlasak, toqat – “arabcha so‘z bo‘lib, chidam, to‘zim”; bardosh – “forscha-tojikcha so‘z bo‘lib, chidam, sabr, toqat, matonat, to‘zim” ma’nolarini berishini, bilib olamiz. Biroq “toqat” bilan “yosh” qofiyadosh emas, “bardosh” bilan “yosh” qofiyadoshdir, shoirning ustaligi shundaki, bu o‘rinda ham kerakli so‘zni topa olgan, qofiyadagi aybni yo‘qotgan va asarning emosionalligini, musiqiyligini, ana endi, busbutunligini ta’minlagan. 4. Badiiy tilning obrazliligidan tug‘iladigan muhim xususiyatlardan yana biri - ma’nodorligi (aforizm) va qisqaligi (lakonizm)dir. Badiiy asar maqsadi(mohiyati)ni ochishga xizmat qilmaydigan bironta so‘z ishlatilmagan, qisqa gapirib, ko‘p ma’no anglatgan san’atkor doimo yutgan. Ularning tushunchasida so‘zni tejash zarni tejashdan qimmatlidir; adabiy laqmalik, ko‘p so‘zlilik – paxtavon miltiqqa o‘xshaydi, tovushi bor-u o‘qi yo‘q. Bekorchi shovqin hisobiga asardagi maqsadni, uning badiiyligini yo‘qqa chiqaradi. Jumladan, Farhod Musajonovning “Dushanba, nonushtadan so‘ng” qissasida (T., 1976) o‘qiymiz: “... bu ko‘zoynak taqqan, pakanagina, qo‘lida o‘rtacha sandiqdek keladigan ulkan papka ko‘tarib olgan bir shaxs edi”(67-bet). Avvalo, papka sandiqqa o‘xshaydimi yoki portfel deyilmoqchimi? SHubha tug‘ilishi tabiiy: yozuvchi sandiqni ko‘rganmikin? “O‘rtacha sandiqdek” keladigan papka(portfel) bo‘lishi tasavvurga sig‘adigan gap emas. “O‘rtacha sandiqdek keladigan ulkan papka” birikmasida kuchli mantiqiy nomutanosib borligi ham sezilib turibdi: “o‘rtacha” va “ulkan” tushunchalari mutlaqo sig‘ishmaydigan, bir-biriga zid tushunchalardir. “Ulkan” so‘zining ma’nosi qo‘polroq qilib aytganda, “benihoyat katta” degani. U holda kitobxon “ulkan papka” deganda nimani tushunishi kerak?.. Natijada ana shunday “antiqa” o‘xshatish paydo bo‘lgan. O‘xshatishdan maqsad esa tasvirlanayotgan ob’ektni yana ham realroq, obrazliroq, ifodaliroq, ta’sirliroq qilib ko‘rsatishdir. Mazkur o‘xshatish esa beta’sir” bo‘lib qolgan. 1 1 1 Сайди Умиров. Даъваткор сўз. Т., “Ёш гвардия”, 1985, 100-бет. 1 1 Асқад Мухтор. Асарлар. 4-жилд, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983, 21-бет. 1 1 М.Миртожиев. Н.Маҳмудов. Тил ва маданият, -Т., “Ўзбекистон”, 1992, 99-бет