logo

Badiiy asarlarni qiyosiy aspektda tahlil qilish. G‘azal tahlili. Sharq adabiyotshunosligi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

45.9345703125 KB
Badiiy asarlarni qiyosiy aspektda tahlil qilish.   G‘azal tahlili.   Sharq
adabiyotshunosligi.
Reja:
1.  Lirikaning kichik janrlari (fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to‘rtlik)
2.  Lirikaning o‘rtacha janrlari (g‘azal, marsiya, ashula, qo‘shiq, sonet)
3.  Lirikaning yirik janrlari (tarji’band, tarki’band) “Kishini   mashg‘ul   etgan,   to‘lqinlatgan,   shodlatgan,   qayg‘uga   solgan,
zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima bo‘lsa, qisqasi, subektning ichiga nima
kirsa, unda nima paydo bo‘lsa, shularning barchasini lirika o‘zining qonuniy
boyligi kabi qabul qiladi”   (V.Belinskiy, 184-b). Demak, lirik asar shoirning
sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik
fikr   va   tuyg‘usining   ifodasidirki,   ularning   ko‘pi   sarlavha   (nom)siz   bo‘ladi,
birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi:   “Bu narsa - ta’riflash uchun
mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, lirik asarning xossasidir”
(V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin
uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo‘lsa, xuddi shunday o‘qib berish bilan
ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin; agarda uni so‘z bilan aytib berilsa
yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-barang kapalak hozirgina
ichidan   uchib   ketgan   xunuk,   o‘lik   bir   chag‘anoqqa   aylanadi...   bu   narsa
shuning uchun ham qiyinki, sof lirik asar go‘yo bir kartinaga o‘xshaydi, lekin
unda   muhim   narsa   kartinaning   o‘zi   emas,   u   bizda   uyg‘otgan   sezgidir”
(V.Belinskiy,   141-142   betlar);   bu   sezgilarning   turli-tumanligini   o‘zida
jamg‘argan   va   ularni   voqe   qiluvchi   lirik   tafakkurning   janrlari   ham   xilma-
xildir;   R.Orzibekovning   hisoblashicha,   birgina   mumtoz   o‘zbek   she’riyatida
30   ga   yaqin   lirik   janr   va   shakllar   (R.Orzibekov.   O‘zbek   she’riyati   janrlari.
SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular:
Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bag‘ishlov,
hasbi   hol;   madhiya,   qo‘shiq,   ashula,   alla,   lapar,   yor-yor;   mushoira,   shiru-
shakar, muvashshah, g‘azal, tuyuq, ruboiy, fard, masnaviy, mustazod, sonet,
tarjeband,   tarkiband;   to‘rtlik,   musallas,   murabba,   muxammas,   musaddas,
musabba,   musamman,   mutassa,   muashshar   va   h.   Bularning   hammasi   ham
o‘zining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i nazar
bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   hayotning   barkamol   va   betimsol   obrazini   – san’atning   buyuk   asarlarini   voqe   qilgandirlar;   ularning   ba’zilarini
o‘rganishning o‘ziyoq, mulohazalarimizni isbot etadi.
A.Lirikaning kichik janrlari
Fard (arabcha so‘z bo‘lib, yakka, yolg‘iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir
tomonidan   ma’lum   mavzu   va   g‘oyaviy   maqsadda   ijod   qilingan   mustaqil
she’riy   baytdir.   Fard   bir   bayt   hajmidagi,   shaklidagi   she’riy   asardir.   Unga
berilgan   janr   atamasi   ham   baytning   yakkaligiga   asoslanadi.   Binobarin,
baytning   yakkaligi   uning   janriy   belgisini   ham   anglatadi.   Shu   nomning
lug‘aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o‘ta mo‘jaz she’r shakli ekanligi
ham   anglashib   turiladi:   qisqalik   va   siqiqlik   unda   chuqur   mazmunni,   pandu
hikmat   va   donolikni   ifodalashni   taqozo   etadi”   (R.Orzibekov.   O‘zbek
she’riyati janrlari va  poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4-
bet):
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.
                              (Alisher Navoiy)
Fardni   “mufradot”,   “fardiyot”   deb   ham   yuritadilar.   Turkiyalik   olim
Tohirul   Mavlaviy,   bir   bayt   qofiyadosh   bo‘lsa   (yuqoridagidek)   “musarra’”,
qofiyadosh bo‘lmasa (pastdagidek) “fard” deb yuritadi.
Xalq   og‘zaki   ijodida   bu   shakl   “maqol”,   “matal”,   “hikmat”,   “otalar
so‘zi” nomlari bilan yuritilgan:
Dunyo chamanining bulbulisen,
Gul shoxida oshiyon etib ket.
                               (Nodira)
Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi. Yaxshi odamning mehmoni ko‘p bo‘ladi.
                          (“Otalar so‘zi”)
Bo‘lar odam yoshida bosh bo‘lar,
Bo‘lmas odam qirqida ham yosh bo‘lar
                         (“Amir Temur o‘gitlari”)
Bilagi zo‘r birni yiqar,
Bilimi zo‘r mingni yiqar.
                        (Maqol)
Musallas   (arabcha   so‘z,   ma’nosi   uchlik,   uchlama)   mumtoz
poeziyamizda kam yaratilgan. “Bu shaklning kam qo‘llanilganining sababi 1-
2 juft misradan keyingi 3- misraning qofiya jihatidan toq bo‘lishidir (aab). Bu
holat   esa   she’rda   notamomlikka,   fikriy   uzilishga   sabab   bo‘lishi   mumkin”
(R.Orzibekov.   O‘zbek   she’riyati   janrlari,   52-bet)   deb   asoslash   noo‘rindir.
Bizningcha,   uning   asosini   davr   va   odamlar   ehtiyojidan   izlash   to‘g‘riroq
bo‘lgan   bo‘lardi.   Musallas   Yevropa   adabiyotida   “tersina”   (it.   uchlik),
bugungi   poeziyamizda   “uch   chanoq”   deb   yuritiladi.   Unda   poetik   olamning
obrazi   to‘liq   ifodasini   topa   oladi;   bugungi     “tezkor”   zamonda   kishilarning
murakkab,   ziddiyatlarga   to‘la,   shiddatkor,   betakror   ruhiy   dunyolarini
borlig‘icha   namoyon   etishga   qodir   kuch-mo‘jiza   bor.   Unda   olam
mohiyatining, tuyg‘ular mag‘zining falsafasi ifodasi, bu ifodaning eng nozik
va judayam ixcham jonli surati mujassam:    Hech bir inson anglamas bizni,
Itdek tepib o‘tar kiborlar,
Yeh, naqadar baxtsizdir ular.
Rauf   Parfi   O‘zturkning   bu   asaridagi   poetik   falsafani   faqatgina   uchlik
real ifodalay oladi, uni boshqacha (ruboiy, to‘rtlik, muxammas...va h.) janrlar kashf   eta   olmaydi.   Bu   fikrning   isbotini   Rauf   Parfi,   Vosit   Sa’dulla,   Anvar
Obidjon kabi shoirlarning yetuk uchliklarida ko‘rsa bo‘ladi.
Ruboiy (ar.   -   to‘rtlik)   –   “ikki   baytli   she’r”(Qabul   Muhammad)   bo‘lib,
uning   yuzaga   kelishiga,   xalq   she’riyatidagi   to‘rtliklar   asos   bo‘lgan”
(B.Sarimsoqov,   N.Hotamov).   Aruz   hukmronlik   qilgan   davrlarda   “hazaj
bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho‘bada yaratilgan... uning
yetakchi   janr   belgisi   –   undagi   chuqur   mazmunni   hazaj   bahri   vaznlarida
ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan.
“Odatdagi ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir keyin isbot etishi
lozim   bo‘lgan   fikrning   da’vo   shaklida   o‘rtaga   tashlashidir.   Ikkinchi   misra
antitezis, avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi. Biroq, dastlab qo‘yilgan
tezisning   isbotiga   xizmat   qiladi.   Uchinchi   misra   qofiyasiz   bo‘lib,   moddai
ruboiyya   deb   ataladi.   Shoir   xulosa   chiqarishga   tayyorlanar   ekan,   bu   guyo
asosiy   maqsadga,   xulosaga   olib   keluvchi   ko‘prik   burchini   o‘taydi.   Nihoyat
so‘nggi   misra,   maqsadni   ochiq,   ravshan   aytib   tugatilishi   sintezdir.   Ruboiy,
to‘rt misraga sig‘dirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g‘oyat xilma-
xil   va   juda   boy   fikr-hislari,   “qalb   dialektikasi”ning   ajoyib   tarjimonidir”
(M.Yunusov. Barhayot an’analar, T., 1969, 77-bet).
Ruboiy   qofiyalanishga   qarab   ikki   xil   bo‘ladi.   Agar   u   a-a-b-a   tarzida
qofiyalansa   xosiy   ruboiy,     -a-a-a-a   tarzida   qofiyalansa   taronai   ruboiy   deb
yuritiladi. 
Bugungi   poeziyamizda   ham   ruboiylar   ko‘plab   yaratilmoqda   “...   inson
hayotida,   ichki   kechinmalarida   yuz   bergan   eng   teran   va   keskin
momentlardagi   mulohaza   va   fikrlarni   quyma   satrlarda   gavdalantirishi”
(A.Hayitmetov.   Navoiy   lirikasi,   T.,   “Fan”,   1961,   186   bet)   va   uning   falsafiy
mohiyatini g‘oyatda chuqur va qabariqli, ixcham va lo‘nda aks ettirish hazaj
bahridan keyingi yetakchi belgiga aylandi. Shoirlar majlisi - hislar to‘foni, 
O‘tkir tuyg‘ularning tinmas bo‘roni,
Unda olam tirik, ona-Yer uyg‘oq, 
Unga erisholmas dunyo sultoni.
(To‘lan Nizom. “Uch yuz uch ruboiy”.)
Ular   (bahr   va   falsafiylik)ning   birbutunligi,   ayniqsa,   Umar   Xayyom
ruboiylarida   go‘zal   ifodasini   topgan.   Xayyom   mayni   -   Allohni   ulug‘laydi,
undan boshqa ishonchi ham, umidi ham, hamdami ham yo‘q. Uning faryodi
ham,   tug‘yoni   ham,   baxti   ham,   baxtsizligi   ham-o‘zligining   mohiyati
falsafasiga   aylanib,   quyma   satrlarda   jilolanaveradi.   Ha,   “Xayyom   ruboiylari
foniy bandaning javobsiz faryodlaridir” (A.Muxtor).
Quloq tuting-a:
May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich, ham yashirin ich,
Yezma, rasvo bo‘lma, hayo bilan ich.
Yoki:
Ichganda, aqldan begona bo‘lma,
Yes jo‘yib, jahlga sen xona bo‘lma.
Istasang qizil may halol bo‘lishin,
Hech kimni ranjitma, devona bo‘lma.
Tuyuq   (ar.   –   tuslash,   tuymoq)   –   lirikaning   o‘ynoqi,   shoirning   so‘z
san’atini   yaqqol   ko‘rsatuvchi   janrdir.   Uning   tadqiqotchilaridan
R.Orzibekovning   ta’kidlashicha,   tuyuq   “to‘rt   misradan   iborat   mustaqil   va
to‘liq ma’noga ega bir butun asar ekanligi; 2) ko‘proq a,a,b,a ba’zan a, a, a, a
shaklidagi qofiyalanish; 3) xuddi ruboiydagi singari tezis (1-misra), antitezis (2-misra),  moddai  tuyuq  (3-misra)  va  sintez  (4-misra)  kompozitsiyasiga  ega
bo‘lishi va nihoyat 4) murabba’ she’rlaridan farqli o‘laroq so‘nggi misralarda
shoir   taxallusining   ko‘rsatilmasligi   kabi   xususiyatlari   bilan   ruboiylarga
o‘xshasa   ham,   ammo   o‘ziga   xos   yagona   vazn-“ramali   musaddasi   maqsur”
(foilotun   foilotun   foilun)da   yozilishi   va   shu   “vazn   bilan   o‘z   badaniga   noz
libosini   kiyishi”(A.Jomiy)   aksar   qofiyalarining   tajnisli   so‘zlardan   iborat
bo‘lishi   bilan   farq   qiladi”(R.Orzibekov.   O‘zbek   she’riyati   janrlari,
Samarqand, 1999, 98-bet).
Tuyuqlar   tajnis   san’atining   ishtirok   etishi   yoki   etmasligiga   ko‘ra   1)
tajnisli   va   2)   tajnissiz   tuyuqlarga   bo‘linadilar.   Garchi   bitta   vaznda   yozilishi
shartligi   –   uning   imkoniyatlarini   cheklasa-da,   shoirning   omonimlardan
foydalanish mahoratini to‘liq namoyon etishi bilan ardoqlidir.
Jumladan,
G‘am yuki to qomatim  yo qilmadi,
Ohim o‘tig‘a falak  yoqilmadi,
Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga
Bilmadimkim, qildimu  yo qilmadi.
Ogahiyning tuyug‘idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga
ega   bo‘lgan   “yo   qilmadi”   so‘zi   asosiga   qurilgan,   birinchi   misrada-qomatni
egmadi, g‘am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim
o‘tidan   falak   yonmadi   ma’nosida,   to‘rtinchi   misrada   –   qilmadi   ma’nosida
qo‘llanilgan.
To‘rtlik   – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan
to‘rt   misralik   barcha   she’riy   asarlarni   to‘rtlik(qorishiq)   janri   deb   yuritish
asoslidir. To‘rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini
qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi: Xalqqa ayting, men aslo o‘lganim yo‘q,
Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q.
Men elimning yuragida yashayman,
Yerk deganning tilagida yashayman.
                                   (Hamid Olimjon)
Mazkur   “qorishiq   janr”ning   Jamol   Kamol   aytgandek,   asosiy   belgilari
bor. “Bular: a) lirik ifodaning erkin parvozi; b) kechinmalar doirasiga tushgan
eng   uvoq   mayda-chuydalarning   ham   shu   ondayoq   qayd   etilishi   v)   bevosita
nutq-monolog bilan chuqur suvrat-tasvirlarning almashinib turishi; g) vazn va
mulohazalarning erkin qo‘llanishi kabi xususiyatlardir” 1
.
Orzum shul, o‘chmasin yongan charog‘ing,
Yulduzday nur sochsin chashming-qarog‘ing.
Magar chinor bo‘lsang chinorday yasha,
Bevaqt uzilmasin biror yaprog‘ing.
                            (Abdulla Oripov)
Ko‘rinadiki, bu xil to‘rtliklar – “universal”lik xususiyatini kasb etadi va
uning tarixi – xalq og‘zaki ijodidan to hozirga qadar yaratilgan to‘rtliklarning
barchasini o‘z ichiga oladi.
B.Lirikaning o‘rtacha janrlari
G‘azal   (arabcha   so‘z,   ma’nosi   “Ayollarga   sevgi   va   munosabat   izhor
qilish”)   asosan   ishq   –   muhabbatni   kuylovchi,   muhabbat   kabi   judayam
qadimiy,   doimo   yangi   bo‘lgan   lirik   she’rdir.   G‘azal   mavlono   Fuzuliy
ta’biricha,   “Shoir   qudratini   bildiruvchi,   hunarning   guli-   gulistoni”dir,
Mavlono Vohid Abdulla nazdida “Qalb qonidan ochilgan lola”dir.
1
 Қаранг: Т.Бобоев. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Ўқитувчи”, 1979, 226-бет. G‘azal   aruzda   ikki   misrali   bayt   usulida   yoziladi.   Uning   birinchi   bayti
“matla’” (“boshlanma”) deb yuritiladi va undagi ikki misra qofiyadosh (a,a)
bo‘ladi.  Keyingi  baytlarning  ikkinchi  misralari  matla’ga  qofiyadosh  (ba,  va,
ga,   da   ...   va   h.)   bo‘ladilar.   G‘azalning   oxirgi-xulosaviy   bayti   “maqta’”
(“tugallanma”)   deb   yuritiladi   va   unda   g‘azal   muallifining   ismi   yoxud
taxallusi   (“qutilish,   xalos   bo‘lish”)   qo‘llaniladi.   G‘azalda,   ko‘pincha,
qofiyadan so‘ng radif keladi.
G‘azal   3   baytdan   19   baytgacha   bo‘lishi   mumkin.   Uning   mumtoz
shakli   7   baytdir.   Jumladan,   Alisher   Navoiyning   “Xazoinul   maoniy”
devonidagi   3244   asardan   2600   tasi   g‘azal   bo‘lib,   ularning   1774   tasi   7
baytlidir.   Ushbu   ta’kiddan   ko‘rinadiki,   g‘azal   mumtoz   adabiyotimizda
janrlarning sardori bo‘lib kelgan. Qofiyalanish tartibiga ko‘ra g‘azal: 1) oddiy
(a-a,   b-a,   v-a,   g-a...),   2)   husni   matla’   (a-a,   a-a,   b-a,   v-a,   g-a...),   3)
zulqofiyatayn (a-a, b-b, v-v, g-g...), 4) zebqofiyatayn (a-a, a-a, a-a, a-a...)ga,
g‘azal-mushoira,   g‘azal-chiston,   g‘azal-nazira,   g‘azal-muvashshah,   g‘azal-
musajja’, g‘azal-qit’a ko‘rinishlariga ega bo‘lgan.
Dunyoga kelib loyiga bilmay  bota  qoldim,
Darmon yo‘qidin zahri balosin  yuta  qoldim.
Ko‘rdim men oni dushmani ruhu tan ekandur,
Lo o‘qi bilan ikki ko‘ziga  ota  qoldim.
Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni,
Masjidga kirib zohidi yaxdek  qota  qoldim.
Zohid, menga bir shishada may, senga namozing,
Ming taqvini bir kosai mayga  sota  qoldim. Vahdat mayini piri mug‘on ilgidin ichtim,
Mansur kabi boshimi dorg‘a  tuta  qoldim.
To telbalig‘im shuhrati olamni tutubdir,
Bir jilvasig‘a ikki jahondin  o‘ta  qoldim.
Ayb etmangiz bu Mashrabi bexudni yoronlar,
Naylayki, bu g‘urbat ko‘chasidin  o‘ta  qoldim.
Marsiya (arabcha so‘z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan
uning   xotirasiga   bag‘ishlab   yozilgan   motam   she’ri”)   biror   mashhur   kishi
vafoti   munosabati   bilan   og‘ir   yo‘qotishni,   g‘am-alamni,   hasratu   iztirobni
kuylovchi   asardir.   U   xalq   og‘zaki   ijodida   “yig‘i”   deb   yuritilgan   va   unda
o‘limdan,   bevafo   dunyodan   shikoyat   qilingan.   Bugungi   marsiyalarda   esa
vafot   qilgan   buyuk   shaxsning   e’zozli   ishlari   ulug‘lanadi,   xalqning
yo‘qotishdan   topgan   alamli   iztirobi   kuylanadi;   marhumning   bajarishga
ulgurmagan   ishlarini   davom   ettirishga   chorlaydi.   Birgina   jumla   bilan
aytganda,   odamiylik   o‘lmasligini,   uni   boyitish   har   bir   insonning   vazifasi
ekanligini – pafos darajasiga ko‘taradi.
Zulfiyaning   “Sog‘inganda”,   “Bahor   keldi,   seni   so‘roqlab”,   Abdulla
Oripovning “Onajon”, “Alvido, ustoz”, “Sorlochin uchdi”, Dushan Fayziying
“Umr   suvday   oqar”,   Vohid   Abdulloning   “Yuzidan   nur   tomardi”,   Farruh
Hamroevning   “Nuriddin   Shukur   marsiyasi”,   Nodir   Jonuzoqning   “Ustoz”,
Sa’dulla   Hakimning   “Yolg‘on-shoir   o‘limi”   marsiyalari   yuqoridagi
fikrlarimizning isboti bo‘la oladi. 
Mana ,  aytilganlarning   eng   so‘nggisi :
Rayhon   qolur ,  gul   qolur
Ye voh ,  o‘tar   Muhammad , Oshiq   ko‘ngil   tul   qolur ,
O‘rtab ketar Muhammad.
Yerka kiyikni endi
Kim suyadi erkalab.
Hayron ko‘zi g‘am to‘la
Jayron ketar Muhammad?
Yurtim deya kuyganni
Kuyib-yonib suyganni,
Xirad to‘nin kiyganni
Kim unutar, Muhammad?
Oy porlar o‘sha-o‘sha,
Yulduzlar qo‘sha-qo‘sha,
Nur yog‘ilgan tinch go‘sha,
Tonglar otar Muhammad.
Yer ulug‘lar elini, 
Yolg‘on-shoir o‘limi.
Muhammadning yo‘lini
Yana tutar Muhammad.
Ashula   (yakka   xonanda,   guruh   yoki   xor   ijro   etadigan   vokal   asar;
qo‘shiq)   to‘rt   misradan   iborat   band   tuzilishigi   ega   bo‘lib,   unda   parallelizm
keng   qo‘llaniladi,   ya’ni   to‘rtlikning   birinchi   ikki   misrasi   ramziy   obrazlar
asosiga qurilsa, keyingi ikki misrada asosiy maqsad ifodalanadi. Birinchi ikki misra   asosiy   maqsad   ifodalangan   keyingi   ikki   misrani   isbotlashga,   aynan
shunday bo‘lishiga shubha qoldirmaslikka xizmat qiladi:
Qaldirg‘och qora bo‘lur;
Qanoti alo bo‘lur.
Yoshlikda bergan ko‘ngil
Ayrilmas balo bo‘lur...
Boshimdagi ro‘molim
Gul shoxiga ilindi.
Bevafo yorga qarab
Yurak bag‘rim tilindi.
Qo‘shiq  ( 1.Vokal musiqiy asar, ashula; 2.Lapar, terma) ham ashula kabi
eng   qadimiy   janrdir.   Unda   ham   so‘z,   musiqa,   raqs   birlashadi.   Ashuladek
hayotning  hamma  jarayonlari  (to‘y,   aza,   bayramlarda,  mehnat  qilish,  hordiq
olish   paytlarida   ham)da   kishilarga   hamrohlik   qiladi,   dardu   hasratlarni,
shodligu   quvonchlarni,   orzu-armonlarni   (qo‘yingki,   insonga   xos   barcha
kechinmalarni)   voqe   qiladi,   musiqiyligi   va   ohanraboligi   bilan   barcha
qalblarni   zabt   etadi,   qalb   torlarini   chertib,   kechinma   va   tuyg‘ularga   ezgulik
jilosini   beradi,   harakatga   yetaklaydi,   hayotni   sevishga,   ardoqlashga,
e’zozlashga chorlaydi.
Deyarli   barcha   nazariy   adabiyotlarda,   hattoki   “O‘zbek   tilining   izohli
lug‘ati”da ashula va qo‘shiq (so‘zlari) farqlanmagan. Holbuki, ashuladagi biz
ta’kidlagan   yuqoridagi   xususiyatlar   qo‘shiqda   uchramaydi.   Unda   ifoda
etilayotgan   his-tuyg‘ular   mantiqiy   izchillikka   bo‘ysinadi.   Birinchi   misra
(bayt)ni ikkinchi misra (bayt), ikkinchi misra (bayt)ni uchinchi misra (bayt)...
to‘ldirib   boradi.   Bu   xususiyat   g‘azal,   marsiya,   lapar,   yor-yor,   alla   kabi
janrlarga   ham   xos   bo‘lgani   (aslida   bu   xususiyat   lirikaning   deyarli   barcha janrlariga   tegishlidir)   va   yaqqol   ko‘zga   tashlangani   uchun,   ularni   qo‘shiq
qilib   kuylash   odat   tusiga   kirgandir.   Ana   shu   asoslarga   suyanib,   adabiyot
qo‘shiq (aslida xirgoyi)dan boshlangan, desak mumkindir.
Bugungi   adabiyotimizda   Muhammad   Yusuf,   Oxunjon   Hakimov,
Normurod   Narzullaev,   Xosiyat   Bobomurodova   kabi   ko‘plab   qo‘shiqchi
shoirlar   bor.   Ularning   serzavq   qo‘shiqlaridan   biri   –   Xosiyat
Bobomurodovaning “Vatan yagonadir” asari hisoblanadi:
Derlar shirin so‘zning gadolari ko‘p,
Yonib turgan ko‘zning adolari ko‘p,
Yurtlar bor, hattoki xudolari ko‘p,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir...
Nega uchgan qushlar qaytadi bot-bot,
Qozig‘iga izlab kelur uchqur ot,
Dunyoda bor bo‘lsin mehr-oqibat,
Vatan yagonadir, vatan bittadir!
Vatan, deb vatandan ketganlar aytsin,
Sog‘inch yoqasidan tutganlar aytsin,
Pushaymonlig‘ zahrin yutganlar aytsin:
Vatan yagonadir, Vatan bittadir!
Birov bor-onasin tashlab ketadi,
Birov bor-bolasin tashlab ketadi.
Ammo Vatan tashlab ketmas hech qachon,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir!.. Sonet   (ital sonare –jaranglamoq) 14 misradan iborat bo‘ladi: uchta to‘rt
misralik va bitta ikki misralik banddan, ba’zan esa ikkita to‘rt misralik, ikkita
uch   misralik   banddan   tashkil   topadi.   Birinchi   ikki   band-dastlabki   qism
–“katren”   (fr.   quatrion   –   to‘rtlik),   yakunlovchi   qism   –   “terset”(lat.   Tres -
uchlik )   deb   yuritiladi   va   ular   g‘oyaviy-kompozision   jihatdan   o‘zaro
bog‘lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqiradi. Sonetda fikr g‘oyatda siqiq, ta’sirchan
tarzda   voqe   bo‘ladi.   Oxirgi   bandgacha   fikr   izchil   rivojlanadi   yoki   uning
qirralari   detallashtiriladi   –   bor   bo‘y-bastining   mohiyati   ochilgandan   so‘ng,
eng so‘nggi bandda poetik fikrga yakun yasaladi.
I.Bexer   sonetni   badiiyatning   eng   yorqin   dialektik     ko‘rinishlaridan   biri;
dastlabki   to‘rt   misrasini   tezis   sifatida   birinchi   katren,   keyingi   to‘rtlikni
antitezis   tarzida   ikkinchi   katren,   so‘nggi   ikki   uchlikni   sintez   deb   yuritishni
tavsiya qilsa,     A.Muxtor uni – she’riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar
dastlab   Italiyada   (XIII-XIVasrlar)   paydo   bo‘lgan,   Dante,   Petrarka,   keyinroq
Mekelenjelo;   V.Shekspir   (Angliya),   Miskevich(Polsha),   Derjavin,
A.S.Pushkin,   Shchipaev   (Rossiya)   ijodlarida   sonetning   go‘zal     namunalari
yaratilgan.   O‘zbek   adabiyotida   sonetlarning   namunalari   Usmon   Nosir ,
Maqsud   Shayxzodalar   tomonidan   yaratildi .   Barot   Boyqobilov   700 dan   ortiq
sonetlar   bitdi ,   uning   ijodida   sonetlar   guldastasi   yuzaga   keldi .   Sonetlar
gulchambari-magistral   (gr.   magistralis-boshqaruvchi)   15   sonetdan   (210
misradan)   iborat   bo‘ladi.   Birinchi   sonetning   oxirgi   misrasi   bilan   ikkinchi
sonet   boshlanadi.   Ikkinchi   sonetning   oxirgi   misrasi   bilan   uchinchisi
boshlanadi.   Shu   tariqa   14   ta   sonet   yaratiladi   va   15chi   magistral   sonet   14
sonetning   birinchi   misralaridan   tuziladi.   Oxirgi   misra   esa   o‘z   navbatida
birinchi misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali, Rauf Parfi, Mirzo
To‘ra,   Ibrohim   Yusupov   kabi   ijodkorlar   ham   ko‘plab   sonetlar   ijod   etdilar.
Ularda falsafiylik, “yombi”lik - original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va   tersetlarning   vobastaligidan   so‘nggi   band   uchun   zarur   bo‘lgan   poetik
xulosalar chiqarish san’ati rivoj topdi. 
O‘zbek   sonetlarining   eng   go‘zallaridan   biri   Cho‘lponing   “Men   va
boshqalar” (O‘zbek qizi og‘zidan) asaridir: 
Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman.
O‘ynagan boshqalar, ingragan menman.
Yerk ertaklarini eshitgan boshqa,
Qullik qo‘shig‘ini tinglagan menman...
Boshqada qanot bor, ko‘kka uchadir,
Shoxlarga qo‘nadir,bog‘da yayraydir.
So‘zlari sadafdir, tovushi naydir,
Kuyini har yerda elga sayraydir.
Menda-da qanot bor, lekin bog‘langan...
Bog‘   yo‘qdir ,  shox   yo‘qdir ,  qalin   devor   bor .
So‘zlari sadafdek, tovushi naydek
Kuyim bor... uni – da devorlar tinglar.
Yerkin boshqalardir, qamalgan menman,
Hayvon qatorida sanalgan menman.
V.Lirikaning “yirik” janrlari
Hajm kengligi jihatidan tarji’band, tarkibband, soqiynoma va qasidalar
lirikaning   yirik   janrlari   sanaladi.   Jumladan,   tarji’bandlar   16-24   misrali   5-10
band   (Masalan,   Alisher   Navoiyning   bir   tarji’bandi   har   biri   10   baytli   10
banddan   iborat.   Bu   degani   200   misradir)dan,   tarkibbandlar   16   misrali   bir necha   bandlardan   tashkil   topadi.   Ular   mumtoz   adabiyotimizda   ham   ko‘p
uchramaydi.   Jumladan   “Xazoyinul   maoniy”dagi   3244   asarning   to‘rttasi
tarji’band, bittasi tarkibbanddir, ikkitasi qasida va bittasi soqiynomadir.
Tarji’band   (arabcha   so‘z,   ma’nosi:   banddagi   takror)   “asosan   bir
baytning   har   band   oxirida   aynan   takrorlanib   (tarji’)   kelishi   bilan
xarakterlanuvchi   she’r   bo‘lganligi   uchun   shu   takrorlanuvchi   bayt   “vosita
bayt”,   “bosh   bayt”,   “vosila   bayt”   deb   yuritiladi   va   masnaviy   shaklida
(aa,bb,vv)   qofiyalanadi.   Chunki   bandlardagi   boshlang‘ich   baytning   qofiyasi
aa-dir,   navbatdagi   baytlarda   esa   g‘azallardagi   qofiyalanish   usuliga   o‘xshab
faqat ikkinchi misralar qofiyalanadi va ular oxirgi bosh baytgacha shu holda
davom   etadi.   Har   band   oxirida,   muayyan   tarzda   takrorlanib   turuvchi   baytda
shoir   aytmoqchi   bo‘lgan   g‘oyaviy   muddao,     asosiy   fikr   ta’kidlanadi   va
o‘quvchi diqqati doim shu baytdagi xulosaga qaratib boriladi” (R.Orzibekov,
O‘zbek she’riyati janrlari, S., 1998, 112-bet).
“Badoe’   ul-vasat”   (A.Navoiy)dagi   tarji’bandning   har   (jami   7   band)
bandi 8 baytdan iborat bo‘lib, har band oxirgi:
Yodingni qilay harifi majlis
Fikringni etay ko‘ngilga munis
bayti   takrorlanadi.   Tarji’bandning   oxirgi   bandidagi   tarji’bayt   (vosita
bayt)dan   oldin   shoirning   taxallusi   ham   ba’zida   ko‘rsatiladi,   ba’zida
ko‘rsatilmaydi.   Aytilganlarni   to‘liq   anglash   uchun,   ushbu   tarji’bandning
birinchi va so‘nggi bandlarini qayd etamiz. Uning birinchi bandi:
Ye y kirpiki neshu ko‘zi  xunxor,
Jonimni necha qilursen  afgor.
La’ling g‘amidin ko‘ngulda erdi, Har qonki sirishkim etti  izhor.
Hayhotki, hajring ilgidindur
Jonimda alam, tanimda  ozor.
Yuzungni ko‘rub meni ramida,
Ishq o‘tig‘a bo‘lg‘ali  giriftor.
Sen erding majlisim harifi
Kim, yedi hasad sipehri  g‘addor.
Yuz hasrat ila meni ayirdi
Vaslingdin, ayo, xujasta  diydor.
Yemdiki firoq aro tushubmen,
Topquncha yana harif, yo  yor.
Yodingni qilay harifi majlis
Fikringni etay ko‘ngulga munis.
Tarkibband (arabcha so‘z, ma’nosi: bandni biriktirish) qofiyalanishi va
kompozision   tuzilishi   jihatidan   tarji’bandga   o‘xshaydi.   Faqatgina
tarkibbandda aynan takrorlanuvchi bayt bo‘lmaydi, balki har bir band oxirida
yangi   va   mustaqil   qofiyaga   ega   bo‘lgan   vosila   bayt   ishlatiladi,   u   go‘yo   har
bandga xulosa yasaydi.
Alisher Navoiy yaratgan birgina tarkibbandning ikki (jami 7 band, har
bandi 8 bayt) bandini keltirsak, mulohazalarimiz isbot topadi:
Manga zulm o‘ldi falakdinki chu bo‘ldung  bemor, Kerak erdiki men o‘lsam boshing uzra  g‘amxor.
Sharbating ezsam edi shirai jonim qo‘shubon,
Ichururga qilibon jahd nekim mumkin  bor. Adabiyotlar:
T. Boboev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O‘zbekiston», 2002,  477-
512- betlar.
D.   Quronov.   Adabiyotshunoslikka   kirish,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 182-191-betlar.
H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 225-238-betlar.

Badiiy asarlarni qiyosiy aspektda tahlil qilish. G‘azal tahlili. Sharq adabiyotshunosligi. Reja: 1. Lirikaning kichik janrlari (fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to‘rtlik) 2. Lirikaning o‘rtacha janrlari (g‘azal, marsiya, ashula, qo‘shiq, sonet) 3. Lirikaning yirik janrlari (tarji’band, tarki’band)

“Kishini mashg‘ul etgan, to‘lqinlatgan, shodlatgan, qayg‘uga solgan, zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima bo‘lsa, qisqasi, subektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo‘lsa, shularning barchasini lirika o‘zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). Demak, lirik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik fikr va tuyg‘usining ifodasidirki, ularning ko‘pi sarlavha (nom)siz bo‘ladi, birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi: “Bu narsa - ta’riflash uchun mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, lirik asarning xossasidir” (V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo‘lsa, xuddi shunday o‘qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin; agarda uni so‘z bilan aytib berilsa yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-barang kapalak hozirgina ichidan uchib ketgan xunuk, o‘lik bir chag‘anoqqa aylanadi... bu narsa shuning uchun ham qiyinki, sof lirik asar go‘yo bir kartinaga o‘xshaydi, lekin unda muhim narsa kartinaning o‘zi emas, u bizda uyg‘otgan sezgidir” (V.Belinskiy, 141-142 betlar); bu sezgilarning turli-tumanligini o‘zida jamg‘argan va ularni voqe qiluvchi lirik tafakkurning janrlari ham xilma- xildir; R.Orzibekovning hisoblashicha, birgina mumtoz o‘zbek she’riyatida 30 ga yaqin lirik janr va shakllar (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari. SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular: Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bag‘ishlov, hasbi hol; madhiya, qo‘shiq, ashula, alla, lapar, yor-yor; mushoira, shiru- shakar, muvashshah, g‘azal, tuyuq, ruboiy, fard, masnaviy, mustazod, sonet, tarjeband, tarkiband; to‘rtlik, musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar va h. Bularning hammasi ham o‘zining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i nazar bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayotning barkamol va betimsol obrazini –

san’atning buyuk asarlarini voqe qilgandirlar; ularning ba’zilarini o‘rganishning o‘ziyoq, mulohazalarimizni isbot etadi. A.Lirikaning kichik janrlari Fard (arabcha so‘z bo‘lib, yakka, yolg‘iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g‘oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi. Binobarin, baytning yakkaligi uning janriy belgisini ham anglatadi. Shu nomning lug‘aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o‘ta mo‘jaz she’r shakli ekanligi ham anglashib turiladi: qisqalik va siqiqlik unda chuqur mazmunni, pandu hikmat va donolikni ifodalashni taqozo etadi” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari va poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4- bet): Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. (Alisher Navoiy) Fardni “mufradot”, “fardiyot” deb ham yuritadilar. Turkiyalik olim Tohirul Mavlaviy, bir bayt qofiyadosh bo‘lsa (yuqoridagidek) “musarra’”, qofiyadosh bo‘lmasa (pastdagidek) “fard” deb yuritadi. Xalq og‘zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so‘zi” nomlari bilan yuritilgan: Dunyo chamanining bulbulisen, Gul shoxida oshiyon etib ket. (Nodira) Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi.

Yaxshi odamning mehmoni ko‘p bo‘ladi. (“Otalar so‘zi”) Bo‘lar odam yoshida bosh bo‘lar, Bo‘lmas odam qirqida ham yosh bo‘lar (“Amir Temur o‘gitlari”) Bilagi zo‘r birni yiqar, Bilimi zo‘r mingni yiqar. (Maqol) Musallas (arabcha so‘z, ma’nosi uchlik, uchlama) mumtoz poeziyamizda kam yaratilgan. “Bu shaklning kam qo‘llanilganining sababi 1- 2 juft misradan keyingi 3- misraning qofiya jihatidan toq bo‘lishidir (aab). Bu holat esa she’rda notamomlikka, fikriy uzilishga sabab bo‘lishi mumkin” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari, 52-bet) deb asoslash noo‘rindir. Bizningcha, uning asosini davr va odamlar ehtiyojidan izlash to‘g‘riroq bo‘lgan bo‘lardi. Musallas Yevropa adabiyotida “tersina” (it. uchlik), bugungi poeziyamizda “uch chanoq” deb yuritiladi. Unda poetik olamning obrazi to‘liq ifodasini topa oladi; bugungi “tezkor” zamonda kishilarning murakkab, ziddiyatlarga to‘la, shiddatkor, betakror ruhiy dunyolarini borlig‘icha namoyon etishga qodir kuch-mo‘jiza bor. Unda olam mohiyatining, tuyg‘ular mag‘zining falsafasi ifodasi, bu ifodaning eng nozik va judayam ixcham jonli surati mujassam: Hech bir inson anglamas bizni, Itdek tepib o‘tar kiborlar, Yeh, naqadar baxtsizdir ular. Rauf Parfi O‘zturkning bu asaridagi poetik falsafani faqatgina uchlik real ifodalay oladi, uni boshqacha (ruboiy, to‘rtlik, muxammas...va h.) janrlar

kashf eta olmaydi. Bu fikrning isbotini Rauf Parfi, Vosit Sa’dulla, Anvar Obidjon kabi shoirlarning yetuk uchliklarida ko‘rsa bo‘ladi. Ruboiy (ar. - to‘rtlik) – “ikki baytli she’r”(Qabul Muhammad) bo‘lib, uning yuzaga kelishiga, xalq she’riyatidagi to‘rtliklar asos bo‘lgan” (B.Sarimsoqov, N.Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda “hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho‘bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi – undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan. “Odatdagi ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir keyin isbot etishi lozim bo‘lgan fikrning da’vo shaklida o‘rtaga tashlashidir. Ikkinchi misra antitezis, avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi. Biroq, dastlab qo‘yilgan tezisning isbotiga xizmat qiladi. Uchinchi misra qofiyasiz bo‘lib, moddai ruboiyya deb ataladi. Shoir xulosa chiqarishga tayyorlanar ekan, bu guyo asosiy maqsadga, xulosaga olib keluvchi ko‘prik burchini o‘taydi. Nihoyat so‘nggi misra, maqsadni ochiq, ravshan aytib tugatilishi sintezdir. Ruboiy, to‘rt misraga sig‘dirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g‘oyat xilma- xil va juda boy fikr-hislari, “qalb dialektikasi”ning ajoyib tarjimonidir” (M.Yunusov. Barhayot an’analar, T., 1969, 77-bet). Ruboiy qofiyalanishga qarab ikki xil bo‘ladi. Agar u a-a-b-a tarzida qofiyalansa xosiy ruboiy, -a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronai ruboiy deb yuritiladi. Bugungi poeziyamizda ham ruboiylar ko‘plab yaratilmoqda “... inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin momentlardagi mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantirishi” (A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi, T., “Fan”, 1961, 186 bet) va uning falsafiy mohiyatini g‘oyatda chuqur va qabariqli, ixcham va lo‘nda aks ettirish hazaj bahridan keyingi yetakchi belgiga aylandi.