logo

BEGONA O‘TLAR, ULARNING ZARARI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

43.2666015625 KB
BEGONA O‘TLAR, ULARNING ZARARI VA BIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Begona o‘tlar haqida tushuncha
2. Begona o‘tlarning dehqonchilikdagi zarari.
3.   Begona o‘tlarning biologik xususiyatlari
  1. Begona o‘tlar haqida tushuncha
Yer   yuzidagi   o‘simliklar   dunyosi   nihoyatda   turli-tuman.   SHuning   uchun
ularning   xususiyati,   yashash   joyi,   o‘sishi,   rivojlanishi   har   xil   bo‘lib,   ular   turlicha
tarqalgan.   Ma’lumki,   yovvoyi   o‘simliklar   yer   yuzida   keng   tarqalgan   bo‘lib,   ko‘p
asrlar   davomida   tabiiy   tanlanish   asosida   o‘sib   rivojlangan.   Masalan,   tabiiy
o‘tloklar,   yaylovlar,   o‘rmonlar   va   boshqa   joylardagi   son-sanoqsiz   o‘simliklar
bunga   misol   bo‘ladi.   Bularning   paydo   bo‘lishida   insoniyat   ishtirok   etmagan,   ular
tabiiy   holda   paydo   bo‘lib,   yovvoyi   holda   bir   necha   asrlardan   byeri   o‘sib   keladi.
SHuning   uchun   xam   tabiatda   o‘zi   o‘sadigan,   rivojlanadigan,   ko‘payadigan   va
tarqaladigan o‘simliklar tabiiy,  yovvoyi o‘t yoki yovvoyi o‘simlik  deb ham ataladi.
Inson   tomonidan   ekilmaydigan,   ammo   ekinlar   orasida   o‘sadigan   va   ularga
zarar   keltiradigan   o‘simliklar   begona   o‘tlar   deyiladi.   SHuning   uchun   ham   ayrim
vaktda   dehqonlar   begona   o‘tlarni   ham   yovvoyi   o‘t   deb   ataydilar.   Lekin   yovvoyi
o‘tlar   tabiiy   sharoitda,   ya’ni   cho‘llarda,   adirlarda   va   tog‘-toshlarda   o‘sib,
rivojlanishga   moslashgan   bo‘lsa,   begona   o‘tlar   faqat   ekinlar   orasida   o‘sishga
muvofiqlashgan.
Ayrim madaniy ekinlar orasida boshqa bir madaniy o‘simlik turini uchratish
mumkin.   U   mazkur   ekinni   ifloslantiruvchi   begona   o‘t   yoki   shartli   begona   o‘t
hisoblanadi, Masalan, kuzgi bug‘doy orasida javdar yoki arpa, bahori arpa orasida
esa   sulini   uchratish   mumkin   va   hokazo.   Tabiatda   bunday   begona   o‘tlar   bilan   bir
qatorda   o‘ziga  xos   xususiyatga  ega  bo‘lgan  o‘simliklarni  ham   uchratish   mumkin.
Masalan,   uzoq   tabiiy   tanlanish   asosida   ba’zi   bir   begona   o‘tlar   faqat   u   yoki   bu
ekinlar orasida o‘sishga shunchalik moslashib ketadiki, ular alohida o‘sayotganini
uchratish qiynn. Bunday begona o‘tlar   moslashgan begona o‘t   deyiladi. Masalan,
yaltirbosh   faqat   kuzgi   javdar,   beda   orasida   beda   zarpechagi,   koramiq   va   yovvoyi
nasha   bahori   bug‘doy   orasida;   kurmak   sholipoyada   o‘sishga   moslashgan.   Bu
xildagi   begona   o‘tlar   shu   ekinlarning   hamrohi,   ya’ni   yo‘ldosh   o‘simligi
hisoblanadi.  
2. Begona o‘tlarning dehqonchilikdagi zarari Begona   o‘tlar   qishloq   xo‘jaligiga   juda   katta   zarar   etkazadi.   Ular   hosil
miqdori   va   sifatini     pasaytiradi.   Begona   o‘tlar   tufayli   dunyoda   har   yili   20   mlrd
dollar   atrofida   zarar   ko‘riladi.   O‘zbekistonda   esa,   har   yili
15-20   %   paxta,   10-20   %   sabzavot   hosili   kam   olinmoqda.   YAlpi   xarajatlarning
sezilarli qismi begona o‘tlarni yo‘qotishga sarf qilinmoqda. G‘o‘za qator orasidagi
begona o‘tlarni yo‘qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo‘qo - tilmoqda. Begona
o‘tlarni  chopiq  qilish  paytida nihollarni  o‘rnidan  ko‘chib ketishi  va  shikastlanishi
tufayli ko‘chat qalinligi kamayib ketadi. Hosilga begona o‘tlar urug‘i, mevalari va
barglari   qo‘shilib   ketishi   natijasida   uning   sifati   yomonlashadi.   G‘umay,   ajriq,
qamish kabi begona o‘tlar  bilan kuchli  ifloslangan  yerlardagi    ekinlarni parvarish
qilish   nihoyatda   qiyin   kechadi.   Yerta   bahorda   hali   madaniy   o‘simliklar   unib
chiqmaganda   zararkunandalar   begona   o‘tlarda   ko‘payadi,   keyinchalik   madaniy
o‘simliklarga   o‘tadi.   Kampirchopon,   kakra,   g‘umay   kabi   o‘tlarning   urug‘larida,
organlarida zaharli moddalar bo‘lib, odam va hayvonlar uchun zararli hisoblanadi.
Kanal,   ariq   va   boshqa   sug‘orish   shoxobchalarida   o‘sadigan   begona   o‘tlar   suvni
oqishini susay - tirib befoyda sarflanishiga sabab bo‘ladi.
Begona   o‘tlar   qishloq   xo‘jaligida,   jumladan   dehqonchilikda   katta   zarar
etqazadi. Ular etqazadigan zararni quyidagi jarayonlarda ko‘rish mumkin: Tuproq
unumdorligini   kamaytiradi,   tuproqdan   juda   ko‘p   miqdorda   namlikni   o‘zlashtirib
uni qurib qolishiga sabab bo‘ladi, ekinlarni soyalatib ularni o‘sish va rivojlanishiga
salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi,   qishloq   xo‘jalik   texnikasini   ishlashini   qiyinlashtiradi,
sug‘orish   yo‘llarini   ifloslantiradi,   o‘simlik   kasallik   va   zararkunandalar   ma’nbay
bo‘lib  hisoblanadi,  hosilni   va urug‘likni   sifatini  pasaytiradi,  inson  va hayvonlarni
zaharlanishiga olib keladi va boshqalar.
Begona   o‘tlar   noqulay   tu p roq-iqlim   sharoitlariga   bardoshli   bo‘lganligi   bois
madaniy   ekinlardan   oldin   unib   chiqib,   oziqa   moddalari   suv ,   yorug‘likni   ko‘proq
o‘zlashtiradi.   Dala   ishlarini   sifatli   o‘tqazishga   to‘sqinlik   qilib,   sarf-xarajatlarning
oshishiga olib keladi.
Tadqiqotlarga   ko‘ra,   begona   o‘tlar   hisobiga   qishloq   xo‘jalik   ekinlari
hosilining   10   foizidan   ko‘prog‘i   boy   byeriladi.   1   tonna   don   hosili   tuproqdan   46 kg/ga   azot,   22   kg/ga   fosfor   va   28   kg/ga   kaliy   o‘zlashtirsa,   begona   o‘t   bosgan
dalada   o‘sadigan   lattatikan   o‘rtacha   140   kg/ga   azot,   30   kg/ga   fosfor,   120   kg/ga
kaliy sarflaydi. Olabuta (oq sho‘ra) esa 40 kg/ga azot, 70 kg/ga fosfor, 100 kg/ga
kaliyni o‘zlashtiradi.
Begona   o‘tlar   g‘o‘zani   oziqlantirish   uchun   solingan   minyeral   o‘g‘itlardagi
oziq   moddalarning   20   foizigachasini   o‘zlashtirishi   mumkin.   Aniqlanishicha.
g‘o‘zaning quruq massasida 1,2-2,2 % azot, 0,6-1,2 % fosfor, 1,5-2,4 kaliy bo‘lib,
begona o‘tlarda esa bu ko‘rsatgich mos ravishda 2,5-4,5, 0.5-2 va 5 foizni tashkil
etadi. G‘o‘zaga nisbatan suvni 2 baravar ko‘p o‘zlashtiradi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 m 2
 o‘t bosgan daladan 30 kunda 139 kilogram suv
bug‘lansa, o‘tsiz dalada esa bu ko‘rsatgich 37 kilogramni tashkil etadi.  Begona o‘t
bosgan   dalalarda   harorat   1,5-3,   hatto   2-4   0
S   gacha   pasayib   ketadi.   Aksariyat
begona o‘tlar kuchli rivojlanib, ekinlarni siqib qo‘yadi. YAxshi rivojlangan bir tup
g‘umay 3-4 m 2
 maydonga soya byerishi mumkin .
Begona o‘tlar xamma yerda: dalalarda, ekinzorlarda, polizlarda, tokzorlar va
yaylovlarda   o‘sadi.   Qulay   sharoitda   ko‘pchilik   begona   o‘tlarning   vegetativ
organlari  tez o‘sadi  va ular  madaniy  o‘simliklardan o‘sishdan  o‘zib ketadi,  ularni
siqib qo‘yadi. Madaniy ekinlar, ayniqsa, boshlang‘ich o‘sish fazasi sekin o‘tadigan
o‘simliklar (g‘o‘za, kanop, makkajo‘hori, g‘alla va boshqalar) dastlabki rivojlanish
davrida begona o‘tlardan ko‘proq zararlanadi. Donli ekinlarning soyalanib qolishi
pastki   bo‘g‘imlari   ingichkalashib,   poyasining   pastki   qismlari   noziklashib,   g‘alla
yotib   qolishiga   sabab   bo‘ladi.   Buning   natijasida   o‘rim-yig‘im   qiyinlashadi,   hosil
kamayadi   va sifati   pasayadi.  Masalan,  paxtaning  tolasi,  g‘allaning  oqsil   moddasi,
moyli   o‘simliklarning   esa   yog‘liligi   kamayadi.   Dala   ishlarining   unumli   va   sifatli
bajarilishi   qiyinlashadi   va   ularni   bartaraf   etishda   ortiqcha   mehnat   va   mablag‘
sarflashga   zaruriyat   tug‘iladi.   Masalan,   1   ga   paxtazordagi   begona   o‘tlarni   yil
davomida   o‘tash   va   chopiq   qilishga   o‘rta   xisobda   25   ish   kuni   yoki   respublika
bo‘yicha   10   mln.   so‘mdan   ortik   pul   sarflanadi.   Paxta   etishtirish   uchun   sarflangai
yalpi   xarajatning   taxminan   40%,   makkajo‘ x orichilikda   esa   25%   begona   o‘tlarni
yuqoti щ da ko‘l mehnatiga sarflanishiga to‘g‘ri keladi. Begona   o‘tlarning   zarari   ularning   ekinzorlardagi   soniga   hamda   madaniy
o‘simlik   bilan   begona   o‘tning   tashqi   muhit   omil laridan   foydalanishdagi   o‘zaro
munosabatiga   bog‘lik.   Masalan,   kuzgi   bug‘doyzorda   o‘tkazilgan   kuzatishlarga
qaraganda, 1 m 2
 joyda 11 tup kakra o‘sganda, kuzgi bug‘doy hosili 28-30%, 26 tup
o‘sganda   48-50%   va   60 - 70   tup   bo‘lganda   esa   hosil   70-75%   gacha   kamayganligi
aniqlangan.
Begona   o‘tlar   mahalliy   sharoitga   tez   moslashib   olishi   tufayli   ularning   yer
osti va yer usti organlari madaniy ekinlarnikiga   nisbatan tez o‘sadi va rivojlanadi.
Natijada   begona   o‘tlar   madaniy   o‘simliklar   hayoti   uchun   muhim   bo‘lgan   oziq
moddalar,   suv,   yorug‘lik   va   boshqalarni   o‘ zlashtirishda   ularga   shyeriklik   qiladi
hamda eng xavfli raqobatchilardan biri hisoblanadi. Masalan, paxta dalalarida ko‘p
tarqalgan   begona   o‘tlardan   sho‘ra   minyeral   moddalarni   g‘o‘zaga   nisbatan   200
marta tez o‘zlashtiradi. G‘alla ekinlari orasi - da, ya’ni bug‘doyzorda ko‘p tarqalgan
yovvoyi   suli,   sariq   paxtatikan   esa   bo‘g‘doyga   nisbatan   azotni   20-30   marta   ko‘p
o‘zlashtiradi. Zig‘ir o‘simligi o‘suv davrida gektaridan 78 kg azot, 30 kg fosfor va
69   kg   kaliy   o‘zlashtirsa,   paxtatikan   133   kg   azot,   31   kg   fosfor   va   117   kg   kaliy
o‘zlashtiradi.   Masalan,   dalani   o‘rtacha   ifloslantirgan   ko‘p   yillik   paxtatikan   yoki
lattatikan   har   gektar   yerdan   140   kg   azot,   120   kg   fosfor   kislota   va   30   kg   kaliy
o‘zlashtiradi.   Vaxolanki,   gektaridan   16ss   don   va   24ss   somon   etishtirilganda,
bahorgi bug‘doy gektaridan 45 kg azot, 21 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘zlashtiradi.
Bug‘doy   bir   kilogramm   quruq   modda   xosil   qilish   uchun   350-513,   suli-450-570,
tariq-260, makkajo‘ x ori -320 l suv o‘zlashtirgani holda, begona o‘tlardan olabo‘ta -
801,   shuvo q   -
948, yar u tka - 1000, bug‘doyiq - 1700 l suv o‘zlashtiradi. 
Begona   o‘tlar   ayniqsa   k o‘ klamda   har   xil   kasallik,   zararkunanda
hasharotlarning   ko‘payib   tarqalishida   yashash   makoni   hisoblanadi.   Masalan:
o‘rgimchakkana-   qo‘ypechak,   bo‘ztikan,   yantoqda;   shira,   kukqurt   tunlami,
karadrina-   bo‘ztikan,   olabo‘ta,   qo‘ypechakda;   uzuntumshuq.   ko‘ng‘iz   -   oqsh o‘ ra,
lattatikanda;   g‘alla   ekinlarining   zang   va   boshqa   kasalliklari   bug‘doyiqda;   karam zararku - nandalara   esa   q u rtana,   surepka,   yovvoyi   turp   va   boshqalarda   yashab,
ko‘payib keyinchalik ekinlarga o‘tadi.
Begona o‘tlar orasida odam va hayvonlar uchun zararli turlari ham uchraydi,
chunki   ular   organlarida   zaharli   moddalar   bo‘ladi.   Masalan,   bangidevona,
mingdevona, kakra, tuyaqorin, parpi, akonit, kampirchopon, g‘umay (yosh vaqtida)
va   boshqa   o‘tlar   urug‘ida,   vegetativ   organlarida   zaxarli   moddalar   uchraydi.
SHuning uchun kampirchopon, kakra, qoramiq va boshqalarning urug‘i aralashgan
g‘alla mahsulotlarini odam va hayvonlar iste’mol qilishi man etiladi, chunki undan
zaharlanish mumkin. Begona o‘tlar urug‘i aralashgan don qizib ketib, tez b u ziladi.
Ariq kanallarda va boshqa sug‘orish tarmoqlarida begona o‘tlarning ko‘plab
o‘sishi   suv   me’yor da   oqishiga   to‘sqinlik   qiladi,   fil ь tratsiyani   kuchaytiradi   va   suv
befoyda   sarflanishiga   sabab   bo‘ladi.   Begona   o‘tlar   dala   ishlarini
murakkablashtiradi. Fa q at ekinlarning o‘sishiga, rivojlanishiga salbiy ta’sir etmay,
balki hosilni yig‘ishtirib olishda  h am kiyinchiliklar vujudga keltiradi. 
Xosilni   sifatining   pasayishi   -   Agar   olingan   hosilda   begona   o‘t   urug‘larin
bo‘lsa   ayniqsa   urug‘likka   ekilgan   xosilda   ularni   yo‘q   qilish   kyerak   Masalan:
yovvoyi  suli  urug‘lari, xajmi va shakli  bilan arpa, bug‘doy kabi  ekin urug‘lariga
o‘xshashdir,   urug‘likka   ekilgan   xosilda   yovvoyi   urug‘laridan   qutilish   kyerak.
Zaxarli begona o‘t urug‘lari bilan xosil aralashmasini tozalash jarayoni iqtisodiy
(moliyaviy)   sarflarini   oshiradi.   Yaproqli   sabzovot   ekinlari   yovvoyi   o‘tlardan
ko‘proq   zarar   ko‘radi,   chunki   yaproqli   yovvoyi   o‘tlar   aralashma   iqtisodiy
samarasini pasaytiradi.
Begona   o‘tlar   zararkunanda   va   kasalliklar   manbasi-   begona   o‘tlar   ma’lum
maydonda tirik jonzotlar populatsiyasini tashkil etadi.
Binobarin   ular   ko‘pgina   xayvonlar   uchun   ozuqa   manbasi   bo‘lib   o‘z
navbatida   o‘zlari   ham   boshqa   kushandalarga   ozuqa   bo‘ladigan   kasalliklarga
chalinadi. Ular ekin bilan yaqin joylashgani uchun zararkunanda va kasallikning
asosiy manbasi bo‘lib qoladi. Ayrim   begona   o‘tlar   qishloq   xo‘jalik   amaliyotlari   (opyeratsiyani)   ni   ancha
qiyinlashtiradi,   iqtisodiy   sarflarni   oshiradi   va   hatto   bu   amaliyotni   bijarish
imkoniyatlarni yo‘q qiladi. 
Cynodan   dactylon   (svinoroy,   byermut)   ning   qalin   populatsiyasi   (qalin
ko‘planishi) tuproqni xaydov amaliyotlarini sifatsiz bajarishga olib keladi. 
Tuproq   yaroqliligini   pasayishi-   Ko‘p   yillik   begona   o‘tlarning   qalin
populatsiyasi   iqtisodiy   yo‘qotishga   olib   keluvchi   tuproqqa   ishlov   byerishni   kam
samaralikka yoki umuman nolayiq xolatga olib keladi.
Xindostonning sholi ekuvchi  minglab gektar  maydonlari  yovvoyi  yeryong‘oq
(Cypyerus   rotundus)   va   boshqa   ko‘p   yillik   o‘tlar   bilan   xaddan   tashqari   qalin
qoplanganligi tufayli tashlandiq yoki kam foydalaniladi.
Xosil tanlovining cheklanishi – begona o‘tlar ekin maydonlarini qalin egallab
olganda   u   yerdagi   ekinlar   o‘sishiga   qiyinchilik   tug‘diradi.   Striga   letea   kabi   yoki
begona o‘tlar qalin o‘sgan maydonda sorg‘a va shakar qamish etishtirishga imkon
byermaydi.
Inson imkoniyatlari talafatlari – Begona o‘tlar inson imkoniyatlarini allegiya
va zaxarlanish orqali jismoniy noqulayliklari bilan cheklab qo‘yadi.
Parheniuv   hystyerophorus   kabi   begona   o‘tlar   qichima   kasalligini   keltirib
chiqaradi.
Solanum   sp   kabi   tikanli   begona   o‘tlar   dexqonlari   o‘g‘itlash,   hashorat   va
kasalliklarga   qarshi   kurash   choralarini   qo‘llash,   sug‘o-rish,   xosilni   yig‘ib   olish
amaliyotlarini bajarish xarakatlarini cheklab qo‘yadi.
Suv bo‘yida o‘sadigan begona o‘tlarning keltiruvchi muammolar. 1
Suv   inshoatlar   –   kanal,   ariq   bo‘ylarida   o‘sadigan   begona   o‘tlar   yig‘indisi
oqim   tezlingini   pasaytiradi,   suvlarni   to‘planib   turib   qolishini,   balchiqlanishini
oshiradi   va   xajmini   qisqartiradi.   Suv   begona   o‘tlari   chivinlar   –   moskitlar   kabi
yoqimsiz   hashoratlar   naslini   ko‘payish   maskani-dir.   Ularning   ko‘payishi   ariq   va
kanallar baliq ovlash, cho‘milish, qayiqda suzish, ov qilishlar tufayli qisqaradi.
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 310 Boshqa   muammolar   –   Begona   o‘tlar   nafaqat   ekin   maydonlarida   balki
o‘yingoxlarda, yo‘l chetlarida xam muammo keltirib chiqaradi. 
Fltyernanthyera   echinata   va   Tribulus   tyerristriss   ko‘p   o‘yingoxlarda
uchraydi va o‘yinchi va tomoshabinlar xalaqit byeradi.
Samarali ta’sirlar.
*Begona   o‘tlarning   ekin   ekishda   bevosita   aloqasi   yo‘q,   lekin   ekilgan   ekin
ularsiz ko‘p e’tibor talab qilmaydi. 
*Begona   o‘tlar   ozuqa   sifatida   runchosta   aurea,   R.   Kapitata   va   klitoriya
tyerneta   loviya   poyasi,   xargiyali   konovultus   arvenis   kabi   begona   o‘tlar   sut
byeruvchi   chorva   uchun   juda   yaxshi   ozuqadir.   Begona   o‘tlar   sabzavot   sifatida
osh-ko‘k   va   ko‘k   sabzavot   sifatida   insonga   oziqa   xamdir.   Masalan,   Amarantus
viridis va diggyera arvensislar osh-ko‘k sifatida iste’mol qilinadi. 
Begona   o‘tlar   tuproqni   qotiruvchi   Panikum   repense   juda   yaxshi   tuproq
qotiruvchidir. U syeryomg‘ir xududlarda shuningdek adir yonbag‘irlarda tuproqni
ko‘chkidan   va   tuproq   yeroziyasidan   saqlaydi.   Buning   uchun   Xariyali,   kikuyuo‘ti,
(maysasi) va boshqalardan tuproqni qotiruvchi sifatida foydalanish mumkin.
Begona (o‘tshunoslik) o‘tlarni o‘rganish.
Begona   o‘tlar   o‘g‘it   sifatida.   Tuproq   chuqur   xaydalganda   begona   o‘tlar
tuproqqa gumus chirindi bo‘lib qo‘shiladi. Ko‘pgina begona o‘tlardan juda kuchli
organik   o‘g‘itlar   tayyorlash   mumkin.   Masalan,   kalotropis   gigantia,   kroton
sparsifflorus   va   teprosia   purpurea   sholipoyalarda   yashil   bargli   organik   o‘g‘it
sifatida   qo‘llaniladi.   Zax   yerlarda   begona   o‘tlar   sholi   bilan   aralashgan   holda
nitratlarni saqlab qoladi. Quruq vaznda datura SP 3% azotga ega bo‘lsa, kolingi
(teprosiya purpure) esa 50-75 kg/ga azot saqlab qoladi. 
Begona o‘tlar yoqilg‘i sifatida. 
Prosopis juliflora tabi-atda tajovuzkor va daraxtsimon begona o‘tlar bo‘lib,
o‘tin   sifati-da   ishlatiladi.   Odamlar   ulardan   pista   ko‘miri   tayyorlab   sotadilar.
Begona   o‘tlar   shifobaxsh   giyoxlar   sifatida   (ko‘pgina)   begona   o‘tlar   shifobaxsh
xususiyatlarga ega va ular dorivorlar sifatida ishlatiladi.   2
2
 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 311. 3. Begona o‘tlarning biologik xususiyatlari
Begona   o‘tlar   biologik   xususiyatini   har   taraflama   puxta   o‘rganish   ularning
tarqalishi   oldini   olish   yoki   qarshi   kurashish   tadbirlarini   qo‘llashni   ancha
engillashtiradi.
1.   Begona   o‘tlarning   syerurug‘ligi -   ularning   ko‘p   tarqalishiga   asosiy
sababdir.   CHunki   ularning   urug‘i   madaniy   ekinlarnikiga   qaraganda   juda   mayda
bo‘lib, ular bir mavsumda juda ko‘p urug‘ hosil qiladi. Masalan, bir tup g‘umay va
ajiriq-100.000,   sho‘ra-200.000   dan   1.mllliongacha,   ituzum-
100.000-500.000,   qo‘ypechak-500-250.000-   shuvoq   -   150000,   tuyaqorin   -
200000,   yovvoyi   gultojixo‘roz   -500000,   gulyavnik   -   750000   ta   ayrimlari   esa
milliondan   ortiq   urug‘   hosil   qiladi,   vaholanki,   bir   tup   g‘o‘za   o‘rtacha
agrotexnikada   300-350   dona   chigit,   bir   tup   bug‘doy   esa   2000   ta   chamasi   urug‘
tugadi.
Bir   yillik   begona   o‘tlar   asosan   vegetativ   yo‘l   bilan   ko‘paysa   xam,   ko‘p
yilliklarga   qaraganda   ko‘p   urug‘   hosil   qiladi.   Masalan,   bir   yillik   semizo‘t   1975
tadan   81330   tagacha,   ituzum   1250   tadan   23550   tagacha,   ko‘p   yillik   qo‘ypechak
397 tadan 771 tagacha, g‘umay 2957 tadan 5803 tagacha urug‘ hosil qiladi.
Begona o‘tlar urug‘i asosan haydalma, ya’ni 0-30 sm qatlamda ko‘p, pastki
qatlamlarda   kamroq   uchraydi.   SHu   bilan   bir   qatorda,   begona   o‘tlarning   urug‘i
unuvchanlik   qobiliyatiii   uzoq   vaktgacha   saklaydi.   Tajriba   ma’lumotlariga   qara-
ganda,   semizo‘t   urug‘i   40   yildan,   tugmachagulniki   57   yildan,   xarxarniki
77   yildan   keyin   ham   unuvchanlik   qobiliyatini   6-18,2%   saqlagan.   Begona   o‘tlar
urug‘i   noqulay   sharoitga,   ya’ni   sovuq   va   issiqka   ham   chidamli   bo‘ladi,
CHunonchi,   itqo‘noq   urug‘i   29°S   sovuq   suvda,   yantoqniki   85-95°S   issiq   suvda
ivitilganda ham unuvchanlik qobiliyatini saqlagan. CHunki ularning urug‘i qattiq,
suv va havo o‘tkazmaydigan kobiqka o‘ralgan bo‘ladi. 
2. Urug‘larning bir tekis, ya’ni baravar unib chiqmasligidir.
Begona o‘tlarga qarshi  kurashdagi  qiyinchiliklardan biri ular  urug‘ining bir
tekis   unib   chiqmasligidir,   chunki   ular   xar   xil   namlik   va   harorat ni   talab   etadi.
Masalan,   yulduzo‘t   urug‘i   o‘rtacha   3   0
S   da,   yaltirbosh,   metlaniki   10-12°S   da, yovvoyi   gultojixo‘roz,   kurmakniki   23-27 0
S   da,   qo‘ypechak,   g‘umayniki   25-30°S
da unib chikadi.
Begona   o‘tlar   urug‘ining   unishida   suvnnng   axamiyati   katta.   CHunki   ular
unishi   uchun   xar   xil   miqdorda   suv   talab   qiladi.   Masalan,   eshaksho‘ra   urug‘ining
unishi   uchun   o‘zining   kuruq   og‘irligiga   qaraganda–60%,   qo‘ypechak–
100%, ituzum–271,42% suv talab qiladi.
Begona o‘tlar urug‘i bir vaqtda unib chiqmasligiga yana bir sabab, ularning
ayrimlari amorf, ya’ni har xil urug‘ hosil kiladi. 
3. Unib chiqish qobilyati har xil bo‘lgan urug‘ hosil qilishi .
Buni   olabo‘ta   o‘simligida   yakqol   ko‘rish   mumkin.   Bir   tup   olabo‘ta   bir
mavsumda unib chikish qobiliyati xar xil bo‘lgan uch guruhga mansub urug‘ hosil
qiladi:
oq   rangli,   yirikroq   urug‘lar   qulay   sharoit   bo‘lsa,   pishib   to‘kilgan   yili   unib
chikadi;
jigar rangli, mayda, qalin po‘stli urug‘lar ikkinchi yili unib chiqadi;
qora rangli, yaltirok, juda mayda urug‘lar esa uchinchi yili   unib chiqadi.
SHu   bilan   bir   qatorda   bir   tup   begona   o‘t   morfologik   jihatdan   etilgan   va
etilmagan urug‘ hosil kiladi. Etilmagan urug‘lar vaqt o‘tishi bilan asta-sekin etilib,
keyin unib chikadi. 
Begona o‘tlarning urug‘i qalin va qattiq po‘stli  bo‘ladi, shuning uchun ular
tuproqning chuqur qatlamlariga tushib qolganda ham uzoq vaqtgacha unuvchanlik
qobiliyatini yo‘qotmaydi.
4. Urug‘ining barvaqt etilishi va pishishini ularga xos xususiyatdir.
Madaniy   o‘simliklarga   qaraganda   begona   o‘tlar   urug‘ining   barvaqt   etilishi
va   pishishi   ularga   xos   xususiyatdir.   Hosil   yig‘im-tyerimi   boshlanguncha   begona
o‘tlar   urug‘i   pishib,   yerga   to‘kiladi   va   bir   qismi   hosilga   qo‘shilib   ketib   uni
ifloslantiradi. Agar  begona o‘tlarning urug‘i pishib to‘kilgandan keyin bir  tekisda
unib   chiqqanda   edi,   ularga   qarshi   kurash   birmuncha   engillashgan   bo‘lardi.
Binobarin,   yerga   ekin   ekmasdan   oldin   ularni   undirib   olish,   hatto   turli «provokatsion»   tadbirlarni   ko‘llash,   so‘ngra   ularnn   batamom   kirib   tashlab,   keyin
ekin ekish mumkin bo‘lardi.
5. Begona o‘tlarning tez ko‘payishi.
Ma’lumki, begona o‘tlar urug‘dan tez ko‘payadi, lekin ko‘pchiligi vegetativ
organlari - poya b o‘ laklari, bachki ildizi va ildizpoyasidan  h am ko‘payadi. Bularga
asosan  g‘umay, ajrik, kuypechak, bo‘ztika n   misol  bo‘ladi. Vegetativ organlaridan
ko‘payuvchi o‘simliklarning ildizpoyasi mayda bo‘laklarga qirqilganda ham uning
hayotchanligi   susaymay,   balki   har   bir   bo‘lakning   o‘simta   chikarish   qobiliyati
saqlanadi.   Masalan,   1   m 2
  yerdagi   kuchli   o‘sgan   bug‘doyik,   ildizida   26000   ta
murtak   borligi   aniqlangan,   ya’ni   gektariga   hisoblaganda,   260   mln   donani   tashkil
etadi, chunki ularning xar biri tegishli sharoitda yangi o‘simta chikarishi mumkin.
6. Begona o‘tlar urug‘larining tez tarqalishi.
Begona   o‘tlar   har   xil   yo‘l   bilan   tarkaladi.   Masalan,   g‘umay,   qo‘ypechak,
oqsh o‘ ra,   yovvoyi   gultoji - xo‘roz,   shamak,   itqo‘noq,   kurmak,   semizo‘t   va
boshkalarning   urug‘i   ekinlar   sug‘oriladigan   suvda   oqib   keladi   va   tar q aladi.
1 m 3
  ariq suvida  100 tagacha  kurmak va itqo‘noq urug‘i  oqib kelishi  aniqlangan.
YAngi   o‘zlashtirilgan   yerlardagi   sug‘orish   shohobchalariga   nisbatan   eski
o‘zlashtirilgan   yerlardagi   ariqlarda   begona   o‘tlar   urug‘i   ko‘p   bo‘ladi   va   oqar
suvlarda oqib keladi.
Qamish, ilono‘t, oqbosh, bo‘ztikan, qushqo‘nmas va boshqalarning urug‘lari
asosan   shamol   yordamida   tarqaladi,   chunki   ularning   urug‘ida   turli   moslamalar
(zontiksimon,   parashyutsimon   uchmalar,   qanotchalar   va   boshqalar)   bor.   Ular   shu
moslamalari   yordamida   havoga   bemalol   ko‘tariladi   va   havo   oqimi,   shamolning
yo‘nalishi   bo‘yicha   uchib   yuradi.   SHamol   yordamida   tarqaladigan   begona   o‘tlar
urug‘ining uchishga moslamalari bo‘lmagan yirik va og‘irlari ona o‘simlik atrofida
qoladi.
SHuvoq, ko‘ktikan, sho‘ra kabi begona o‘tlar o‘suv davrining oxirida, kuzda
yumaloq,   shar   shakliga   kiradi   va   ildiz   bo‘g‘zidan   uziladi.   Natijada   ular   shamol
yordamida   keng   dalalar   bo‘ylab   yumalab   yurib,   yo‘l-yo‘lakay   urug‘ini   to‘kib
ketadi.   Qo‘ytikan,   g‘o‘zatikan,   yovvoyi   sabzi   kabi   begona   o‘tlarning   urug‘ida tikansimon,   ilgaksimon   va   boshka   xil   yopishuvchi,   ilashuvchi   moslamalar   bo‘lib,
ular   hayvonlar  juniga,  oyoqlariga,  odamlar  kiyimiga  va boshqa  narsalarga  ilashib
yoki   yopishib   o‘z-o‘zidan   tarqaladi.   Qora   va   qizil   ituzum   kabi   o‘tlarning   urug‘i
yumshoq   et   bilan   qoplanganligi   uchun   qushlar   yordamida   tarqaladi.   G‘alla,   em-
xashak   ekinlari   orasidagi   begona   o‘tlar   esa   urug‘lik   yaxshi   tozalanmasl i gi
natijasida tarkaladi.
Ko‘pincha begona o‘tlar dalalarga solingan, ayniqsa, chirimagan go‘ng bilan
tarqaladi.   Go‘ngda   begona   o‘tlar   urug‘i   ko‘p   bo‘ladi.   CHunki   ko‘pchilik   begona
o‘tlarning   urug‘i   qattiq   po‘stli   bo‘lib,   hayvonlarning   me’da-ichagidan   o‘tganda
xam xayotchanligini yo‘qotmaydi va go‘ng bilan dalaga qaytadi.
SHuning uchun ham ularning biologik xususiyatlarini har tomonlama puxta
o‘rganish   ularga   qarshi   kurashni   tabaqalashtirishga   va   qo‘llanilgan   chora-
tadbirlarning samaradorligini oshirishga yordam byeradi.
O‘zbekistonda  o‘sadigan ba’zi  bir begona o‘tlarning bir tupi bir  mavsumda
qancha urug‘ hosil qilishini 1.2 6 - jadvaldan ko‘rish mumkin.
Ma’lumki,   zarpechak   ko‘pincha   yantoqda   parazitlik   qiladi.   Uning   uchun
ham yantoqli joylarda boqilgan qo‘y va echkilarning go‘ngini beda, poliz, sabzavot
ekinlari   ekiladigan   yerlarga   solish   ana   shu   ekinlarni   zarpechak   bosishiga   olib
keladi.
Ajriq, g‘umay, qamish kabi begona o‘tlarning ildizpoyalari qishloq xo‘jalik
mashinalarining ishchi  organlariga ilashib tarqalishi  ham  mumkin. Ana shu o‘tlar
bor   joylarni   diskli   boronalarda   boronalash   ildizpoyalarni   mayda   bo‘laklarga
bo‘linishi va bir qancha yangi o‘simliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Begona   o‘tlarning   biologik   xususiyatlarini   yaxshi   bilish   kurash   choralarini
samarali o‘tkazishni rejalashtirish imkonini byeradi.
1.26-jadval
O‘zbekistonda o‘sadigan ba’zi begona o‘tlar urug‘ining soni
Begona o‘tlar O‘suv davrida bir tupdagi urug‘lar soni (dona)
YUlduzo‘t 15-25000 Oqsho‘ra 1000-150000
Jag‘-jag‘ 1250-73000
Semizo‘t 1750-74100
Ko‘k itqo‘noq 700-6000
Oq itqunoq 150-6000
Machin 167-1600
Eshaksho‘ra 130-600000
YOvvoyi gultojixo‘roz 500000
Pechak 250-5000
Tuyaqorin 260-000
Kakra 25-7000
G‘o‘may 500-236000
Qashqarbeda 1500-20000
Bangidevona 500-55000
SHumg‘iya 100-175000
Bo‘ztikan 950-11000
Devpechak 140-000
Ajriq 300-20000
Salomalaykum 500-10000
Qamish 50000
SHuvoq 150000 Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

BEGONA O‘TLAR, ULARNING ZARARI VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI Reja: 1. Begona o‘tlar haqida tushuncha 2. Begona o‘tlarning dehqonchilikdagi zarari. 3. Begona o‘tlarning biologik xususiyatlari

1. Begona o‘tlar haqida tushuncha Yer yuzidagi o‘simliklar dunyosi nihoyatda turli-tuman. SHuning uchun ularning xususiyati, yashash joyi, o‘sishi, rivojlanishi har xil bo‘lib, ular turlicha tarqalgan. Ma’lumki, yovvoyi o‘simliklar yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p asrlar davomida tabiiy tanlanish asosida o‘sib rivojlangan. Masalan, tabiiy o‘tloklar, yaylovlar, o‘rmonlar va boshqa joylardagi son-sanoqsiz o‘simliklar bunga misol bo‘ladi. Bularning paydo bo‘lishida insoniyat ishtirok etmagan, ular tabiiy holda paydo bo‘lib, yovvoyi holda bir necha asrlardan byeri o‘sib keladi. SHuning uchun xam tabiatda o‘zi o‘sadigan, rivojlanadigan, ko‘payadigan va tarqaladigan o‘simliklar tabiiy, yovvoyi o‘t yoki yovvoyi o‘simlik deb ham ataladi. Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo ekinlar orasida o‘sadigan va ularga zarar keltiradigan o‘simliklar begona o‘tlar deyiladi. SHuning uchun ham ayrim vaktda dehqonlar begona o‘tlarni ham yovvoyi o‘t deb ataydilar. Lekin yovvoyi o‘tlar tabiiy sharoitda, ya’ni cho‘llarda, adirlarda va tog‘-toshlarda o‘sib, rivojlanishga moslashgan bo‘lsa, begona o‘tlar faqat ekinlar orasida o‘sishga muvofiqlashgan. Ayrim madaniy ekinlar orasida boshqa bir madaniy o‘simlik turini uchratish mumkin. U mazkur ekinni ifloslantiruvchi begona o‘t yoki shartli begona o‘t hisoblanadi, Masalan, kuzgi bug‘doy orasida javdar yoki arpa, bahori arpa orasida esa sulini uchratish mumkin va hokazo. Tabiatda bunday begona o‘tlar bilan bir qatorda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan o‘simliklarni ham uchratish mumkin. Masalan, uzoq tabiiy tanlanish asosida ba’zi bir begona o‘tlar faqat u yoki bu ekinlar orasida o‘sishga shunchalik moslashib ketadiki, ular alohida o‘sayotganini uchratish qiynn. Bunday begona o‘tlar moslashgan begona o‘t deyiladi. Masalan, yaltirbosh faqat kuzgi javdar, beda orasida beda zarpechagi, koramiq va yovvoyi nasha bahori bug‘doy orasida; kurmak sholipoyada o‘sishga moslashgan. Bu xildagi begona o‘tlar shu ekinlarning hamrohi, ya’ni yo‘ldosh o‘simligi hisoblanadi. 2. Begona o‘tlarning dehqonchilikdagi zarari

Begona o‘tlar qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar etkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o‘tlar tufayli dunyoda har yili 20 mlrd dollar atrofida zarar ko‘riladi. O‘zbekistonda esa, har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmoqda. YAlpi xarajatlarning sezilarli qismi begona o‘tlarni yo‘qotishga sarf qilinmoqda. G‘o‘za qator orasidagi begona o‘tlarni yo‘qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo‘qo - tilmoqda. Begona o‘tlarni chopiq qilish paytida nihollarni o‘rnidan ko‘chib ketishi va shikastlanishi tufayli ko‘chat qalinligi kamayib ketadi. Hosilga begona o‘tlar urug‘i, mevalari va barglari qo‘shilib ketishi natijasida uning sifati yomonlashadi. G‘umay, ajriq, qamish kabi begona o‘tlar bilan kuchli ifloslangan yerlardagi ekinlarni parvarish qilish nihoyatda qiyin kechadi. Yerta bahorda hali madaniy o‘simliklar unib chiqmaganda zararkunandalar begona o‘tlarda ko‘payadi, keyinchalik madaniy o‘simliklarga o‘tadi. Kampirchopon, kakra, g‘umay kabi o‘tlarning urug‘larida, organlarida zaharli moddalar bo‘lib, odam va hayvonlar uchun zararli hisoblanadi. Kanal, ariq va boshqa sug‘orish shoxobchalarida o‘sadigan begona o‘tlar suvni oqishini susay - tirib befoyda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Begona o‘tlar qishloq xo‘jaligida, jumladan dehqonchilikda katta zarar etqazadi. Ular etqazadigan zararni quyidagi jarayonlarda ko‘rish mumkin: Tuproq unumdorligini kamaytiradi, tuproqdan juda ko‘p miqdorda namlikni o‘zlashtirib uni qurib qolishiga sabab bo‘ladi, ekinlarni soyalatib ularni o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qishloq xo‘jalik texnikasini ishlashini qiyinlashtiradi, sug‘orish yo‘llarini ifloslantiradi, o‘simlik kasallik va zararkunandalar ma’nbay bo‘lib hisoblanadi, hosilni va urug‘likni sifatini pasaytiradi, inson va hayvonlarni zaharlanishiga olib keladi va boshqalar. Begona o‘tlar noqulay tu p roq-iqlim sharoitlariga bardoshli bo‘lganligi bois madaniy ekinlardan oldin unib chiqib, oziqa moddalari suv , yorug‘likni ko‘proq o‘zlashtiradi. Dala ishlarini sifatli o‘tqazishga to‘sqinlik qilib, sarf-xarajatlarning oshishiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, begona o‘tlar hisobiga qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining 10 foizidan ko‘prog‘i boy byeriladi. 1 tonna don hosili tuproqdan 46

kg/ga azot, 22 kg/ga fosfor va 28 kg/ga kaliy o‘zlashtirsa, begona o‘t bosgan dalada o‘sadigan lattatikan o‘rtacha 140 kg/ga azot, 30 kg/ga fosfor, 120 kg/ga kaliy sarflaydi. Olabuta (oq sho‘ra) esa 40 kg/ga azot, 70 kg/ga fosfor, 100 kg/ga kaliyni o‘zlashtiradi. Begona o‘tlar g‘o‘zani oziqlantirish uchun solingan minyeral o‘g‘itlardagi oziq moddalarning 20 foizigachasini o‘zlashtirishi mumkin. Aniqlanishicha. g‘o‘zaning quruq massasida 1,2-2,2 % azot, 0,6-1,2 % fosfor, 1,5-2,4 kaliy bo‘lib, begona o‘tlarda esa bu ko‘rsatgich mos ravishda 2,5-4,5, 0.5-2 va 5 foizni tashkil etadi. G‘o‘zaga nisbatan suvni 2 baravar ko‘p o‘zlashtiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 m 2 o‘t bosgan daladan 30 kunda 139 kilogram suv bug‘lansa, o‘tsiz dalada esa bu ko‘rsatgich 37 kilogramni tashkil etadi. Begona o‘t bosgan dalalarda harorat 1,5-3, hatto 2-4 0 S gacha pasayib ketadi. Aksariyat begona o‘tlar kuchli rivojlanib, ekinlarni siqib qo‘yadi. YAxshi rivojlangan bir tup g‘umay 3-4 m 2 maydonga soya byerishi mumkin . Begona o‘tlar xamma yerda: dalalarda, ekinzorlarda, polizlarda, tokzorlar va yaylovlarda o‘sadi. Qulay sharoitda ko‘pchilik begona o‘tlarning vegetativ organlari tez o‘sadi va ular madaniy o‘simliklardan o‘sishdan o‘zib ketadi, ularni siqib qo‘yadi. Madaniy ekinlar, ayniqsa, boshlang‘ich o‘sish fazasi sekin o‘tadigan o‘simliklar (g‘o‘za, kanop, makkajo‘hori, g‘alla va boshqalar) dastlabki rivojlanish davrida begona o‘tlardan ko‘proq zararlanadi. Donli ekinlarning soyalanib qolishi pastki bo‘g‘imlari ingichkalashib, poyasining pastki qismlari noziklashib, g‘alla yotib qolishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida o‘rim-yig‘im qiyinlashadi, hosil kamayadi va sifati pasayadi. Masalan, paxtaning tolasi, g‘allaning oqsil moddasi, moyli o‘simliklarning esa yog‘liligi kamayadi. Dala ishlarining unumli va sifatli bajarilishi qiyinlashadi va ularni bartaraf etishda ortiqcha mehnat va mablag‘ sarflashga zaruriyat tug‘iladi. Masalan, 1 ga paxtazordagi begona o‘tlarni yil davomida o‘tash va chopiq qilishga o‘rta xisobda 25 ish kuni yoki respublika bo‘yicha 10 mln. so‘mdan ortik pul sarflanadi. Paxta etishtirish uchun sarflangai yalpi xarajatning taxminan 40%, makkajo‘ x orichilikda esa 25% begona o‘tlarni yuqoti щ da ko‘l mehnatiga sarflanishiga to‘g‘ri keladi.

Begona o‘tlarning zarari ularning ekinzorlardagi soniga hamda madaniy o‘simlik bilan begona o‘tning tashqi muhit omil laridan foydalanishdagi o‘zaro munosabatiga bog‘lik. Masalan, kuzgi bug‘doyzorda o‘tkazilgan kuzatishlarga qaraganda, 1 m 2 joyda 11 tup kakra o‘sganda, kuzgi bug‘doy hosili 28-30%, 26 tup o‘sganda 48-50% va 60 - 70 tup bo‘lganda esa hosil 70-75% gacha kamayganligi aniqlangan. Begona o‘tlar mahalliy sharoitga tez moslashib olishi tufayli ularning yer osti va yer usti organlari madaniy ekinlarnikiga nisbatan tez o‘sadi va rivojlanadi. Natijada begona o‘tlar madaniy o‘simliklar hayoti uchun muhim bo‘lgan oziq moddalar, suv, yorug‘lik va boshqalarni o‘ zlashtirishda ularga shyeriklik qiladi hamda eng xavfli raqobatchilardan biri hisoblanadi. Masalan, paxta dalalarida ko‘p tarqalgan begona o‘tlardan sho‘ra minyeral moddalarni g‘o‘zaga nisbatan 200 marta tez o‘zlashtiradi. G‘alla ekinlari orasi - da, ya’ni bug‘doyzorda ko‘p tarqalgan yovvoyi suli, sariq paxtatikan esa bo‘g‘doyga nisbatan azotni 20-30 marta ko‘p o‘zlashtiradi. Zig‘ir o‘simligi o‘suv davrida gektaridan 78 kg azot, 30 kg fosfor va 69 kg kaliy o‘zlashtirsa, paxtatikan 133 kg azot, 31 kg fosfor va 117 kg kaliy o‘zlashtiradi. Masalan, dalani o‘rtacha ifloslantirgan ko‘p yillik paxtatikan yoki lattatikan har gektar yerdan 140 kg azot, 120 kg fosfor kislota va 30 kg kaliy o‘zlashtiradi. Vaxolanki, gektaridan 16ss don va 24ss somon etishtirilganda, bahorgi bug‘doy gektaridan 45 kg azot, 21 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘zlashtiradi. Bug‘doy bir kilogramm quruq modda xosil qilish uchun 350-513, suli-450-570, tariq-260, makkajo‘ x ori -320 l suv o‘zlashtirgani holda, begona o‘tlardan olabo‘ta - 801, shuvo q - 948, yar u tka - 1000, bug‘doyiq - 1700 l suv o‘zlashtiradi. Begona o‘tlar ayniqsa k o‘ klamda har xil kasallik, zararkunanda hasharotlarning ko‘payib tarqalishida yashash makoni hisoblanadi. Masalan: o‘rgimchakkana- qo‘ypechak, bo‘ztikan, yantoqda; shira, kukqurt tunlami, karadrina- bo‘ztikan, olabo‘ta, qo‘ypechakda; uzuntumshuq. ko‘ng‘iz - oqsh o‘ ra, lattatikanda; g‘alla ekinlarining zang va boshqa kasalliklari bug‘doyiqda; karam