Boshlang’ich ta’limga oid avdio va video axborotlar bilan ishlash asoslari. Multimedia tushunchasi, texnologiyasi, tizimi va imkoniyatlari. Multimediyanong texnik va dasturiy ta’minoti.
Boshlang’ich ta’limga oid avdio va video axborotlar bilan ishlash asoslari. Multimedia tushunchasi, texnologiyasi, tizimi va imkoniyatlari. Multimediyanong texnik va dasturiy ta’minoti. Reja: 1. Boshlang’ich ta’limga oid avdio va video axborotlar bilan ishlash asoslari. 2. Multimedia tushunchasi, texnologiyasi, tizimi va imkoniyatlari. 3. Multimediyanong texnik va dasturiy ta’minoti.
1. Boshlang’ich ta’limga oid avdio va video axborotlar bilan ishlash asoslari. Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo'lib, bu o'qituvchi vao'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir. Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida, yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko'nikmalarini namoyon qiladi.Internet texnologiyalarining kirib kelishi o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etib, o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan iboratdir. Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'qituvchiga: - darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish; - nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'quvchilarga: - fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash; - ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish; - mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini tanlash; - zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi. Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas , balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir. Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi: - fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish; - o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash; -o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish; - bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish; - o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv – metodik yordam ko'rsatish. Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o'qitish kata samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi.
Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi o'quvchilartomonidan mavzuni mukammal o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv faoliyatlariningyangi turlarini yaratishdir. Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan ko'zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni shakllantirish orqali o'z kelajagimizni ta'minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma'suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak avlodda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko'nikmalarni hosil qilish bugungi kun o'qituvchisining asosiy vazifasidir. 8.2. Multimedia tushunchasi, texnologiyasi, tizimi va imkoniyatlari. Mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga etkazib berishni mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. Multimedia ( multimedia - ko‘p muhitlilik ) – bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo‘lgan (magnit va optik disklar, audio va video lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog‘liq sohasidir. Multimedia - kompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to‘laqonli videokliplar hamda videofilmlar bilan ishlashdir.
Multimedia Multimedia– bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo‘lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animatsiyani (multiplikatsiyani) yaxlit kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi. Multimedia amaliyotdagi ish tartibi – bu apparat-dasturiy muhit bo‘lib, kompyuterga axborotni kiritish, ishlov berish, saqlash, uzatish va matn, chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni insonga zarur va qulay holatda etkazishdir. Birinchidan, foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni inson va kompyuter o‘rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta’minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot. Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi videofilmni eslatadi. Multimedia mahsuloti – tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulotdir. Multimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o‘zida insonga tushunarli, ko‘p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar) kombinatsiyasida havola qila oladi. Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish