logo

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida boshlang’ich ta’limga oid dasturiy mahsulot yaratish va o’quv tarbiya jarayonida qo’llashning didaktik asoslari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1950.0400390625 KB
Axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   vositalari   yordamida
boshlang’ich   ta’limga   oid   dasturiy   mahsulot   yaratish   va   o’quv   tarbiya
jarayonida qo’llashning didaktik asoslari. Ta’lim   tizimida Internet tarmog’i
va elektron pochtadan foydalanish. Ta’limga oid axborot resurs web saytlari.
Reja:
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida 
boshlang’ich ta’limga oid dasturiy vositalaridan foydalanish.
2. Ta’lim  tizimida Internet tarmog’i va elektron pochtadan foydalanish.
3. Ta’limga oid axborot resurs web saytlari. 1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida
boshlang’ich ta’limga oid dasturiy vositalaridan foydalanish.
Kun   sayin   hayotimizning   har   bir   sohasiga   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari   (AKT)   joriy   etilib,   kasbiy   faoliyatimiz   samaradorligini
oshirmoqda.   Bugungi   kundalik   hayotimizni   nafaqat   televizor,   radio,   balki   mobil
telefonlari,   kompyuter,   planshet   kabi   zamonaviy   qurilmalarsiz   o‘tkaza   olmay
qoldik,   ulardan   foydalanib,   turmushimiz   mazmunini   boyitamiz,   ish   va   ta’lim
olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar
qatorida   ta’lim   tizimida   ham   turli   fanlarni   o‘qitishda   AKT   imkoniyatlarini   joriy
etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini
shakllantirishga,   balki   ularning   shaxsiy   xususiyatlarini   rivojlantirish,   bilishga   oid
qiziqishlarini oshirishga ham  xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik
va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning
bilimi,   ijodiy   tafakkurini   rivojlantirishi   haqidagi   fikrlar   ta’kidlanayotganining
guvohi   bo‘lmoqdamiz.   AKT   imkoniyatlaridan   foydalanish   ta’lim   jara yonida
beriladigan   axborotlar   doirasini   boyitish   va   o‘quvchilar   tomonidan   qiziqish   bilan
o‘zlashtirilishiga   yordam   beradi.   Ta’lim   jarayoniga   AKTning   joriy   etilishi   bilan
zamonaviy   axborot   muhitiga   xos   bo‘lgan   ta’limga   yangicha   yondashuv   shakllana
boshladi.
Ma’lumki,   boshlang‘ich   ta’lim   —   inson   hayotida   egallaydigan   bilimlar
olamining poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib boradigan fanlarga,
umuman o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda
egallagan   savodxonligiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Shu   sababli   ham   boshlang‘ich   sinflar
o‘qituvchisi   zimmasiga   katta   mas’uliyat   yuklanadi.   Ilgari   boshlang‘ich   sinflarda
o‘quvchi asosan o‘qish, yozish, dastlabki matematik bi limlarni o‘zlashtirishi kerak
deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘quvchini fikrlashga, faollikka, mustaqillikni
rivojlantirishga   va   bilimlarni   mantiqiy   jihatdan   mukammal   egallashga   undovchi
ta’lim   jarayonining   muhim   bosqichi   sifatida   yondashilmoqda.   Shu   sababli   ham ta’lim   jarayonining   qiziqarliligi   va   samarasini   yanada   oshirish   zarurati   yuzaga
keladi va bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich   sinflar   o‘qituvchisining   faoliyati   eng   avvalo,   jajji   o‘quvchi-
bolajonlarni   ta’lim   muhitiga   moslashtirish   bo‘lib   hisoblanadi.   Ularda   o‘qish
jarayoniga   qiziqish   hamda   zamonaviy   o‘quvchilarga   zarur   bo‘lgan   xususiyatlarni
shakllantirish,   ta’lim   jarayonining   o‘ziga   xos   jihatlari   bilan   tanishtirish   birinchi
o‘qituvchining   vazifasi   bo‘lib   hisoblanadi.   Hozirgi   davr   boshlang‘ich   sinflar
o‘qituvchisi   o‘quvchi-bolalarni   zamonaviy  axborot   jamiyati   sharoitlarida  o‘qitish,
ta’lim   va   tarbiya   berish,   ularga   dastlabki   bilimlarni   zamon   ruhiga   muvofiq
ravishda,   yetkazib   bera   bilishi   zarur.   O‘qitishning   asosiy   maqsadi   —   o‘quvchi
bolalarning   bilimlarni   o‘zlashtirish   hamda   ta’lim   jarayonida   olgan   axborotlardan
amaliy foydalanish jarayonlarini ham anglab borishga o‘rgatishdan iborat.
Ma’lumki,   bugungi   kunda   deyarli   ko‘pchilik   zamonaviy   o‘quvchi-bolalar
umumta’lim   maktab lari   ostonasiga   qadam   qo‘ygunga   qadar,   oilada   axborot-
kommunikatsiya   texnologiya lari   vositalari   bilan   tanish   bo‘lgan,   hatto   ulardan
foydalana   biladigan   holda   kelmoqdalar.   Ular   haqiqatdan   ham   axborot   asrida
tug‘ilib, hali atrof-olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter
va   boshqa   gadjetlarni   ko‘rib,   ularning   funksiyalari   bilan   tanish   bo‘lgan   holda
ulg‘aymoqdalar.   Bunday   vaziyatda   boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilarining   eng
muhim   ahamiyatga   molik   vazifalari   —   bu   o‘quvchilarga   mazkur   qurilmalar,
ulardan   foydalanish   me’yorlari   haqida   ilk   tushunchalarni   berishdan   iborat.
O‘quvchilarda   axborotlar   olamidan   o‘zlariga   taalluqli   axborotlarni   to‘g‘ri   tanlay
bilish   dastlabki   salohiyatini   shakllantirishda   birinchi   o‘qituvchining   o‘rni   muhim
ahamiyatga molik. Bunda nafaqat o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish
ishlari,   balki   boshlang‘ich   ta’lim   muassasasining   AKTdan   foydalanish   darajasi,
o‘quv dasturidagi boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib
borish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich   ta’lim   jarayoni   o‘qituvchilari   zamon   talabiga   mos   dars
o‘tishlari uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu hozirgi davrda
uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot- kommunikatsiya   texnologiyalari   sohasidagi   salohiyati   tushunchasida   insonning
AKT   savodxonligi,   ya’ni   kundalik   hayotida   ham,   kasbiy   faoliyatida   ham   undan
to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi.
Pedagogning   AKT   sohasidagi   bilimlari   salohiyati   ularning   ushbu   sohada
malaka   oshirish lari   orqali   amalga   oshiriladi.   Boshlang‘ich   sinflar   o‘qituvchilari
muntazam   ravishda,   AKT   bo‘yicha   malaka   oshirishlari,   shuningdek,   zamonaviy
ta’lim   tizimi   talablariga   muvofiq   bo‘lish   uchun   mustaqil   ta’lim   orqali   ham   o‘z
bilimlarini   oshirishlari   zarur.   Bundan   tashqari,   o‘qituvchilar   Internet   vositasida
turli   ilmiy-amaliy   konferensiyalar,   seminarlar   materiallari dan   foydalanishlari,
hamkorlar  bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi  davrda kengayib borayotgan
o‘qituvchilar forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo‘lmaydi.
Shunday   qilib,   AKTni   joriy   etish   va   Internet   tarmog‘idan   foydalanish
o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
 o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi;
 o‘qituvchining   o‘z   kasbiga   ijodiy   yondashuvi   uchun   ko‘plab
imkoniyatlar taqdim etadi;
 o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun
keng imkoniyatlar taqdim etadi.
2.   Ta’lim  tizimida Internet tarmog’i va elektron pochtadan foydalanish.
Elektron pochtani  q o’llash.
Elektron   pochta   -   kompyuterlar   orasida   xabar   uzatishni   Lokal   va   Global
asosda   tashkil   qiladi.   Elektron   pochtadan   fa q at   xabarlarni   emas,   balki   fayllarni
uzatish uchun ham foydalaniladi. Ular yordamida tezkor usulda bir yoki bir nechta
manzillar bilan axborot almashish mumkin. Elektron pochta qutilari soni 1997 yil
boshida   250   millionni   tashkil   etdi.   Elektron   ma’lumotlar   manzil   va   ma’lumotlar
mavzuidan   iborat     bo’ladi.   Manzil   q ismi   odatda   oluvchining   manzilgo h ini,
jo’natuvchining   manzilgo h ini,   ma’lumot   mavzuini,   fayllar   xabarlariga   ilova
q ilinuvchi axborotlarni o’z ichiga oladi. Internet foydalanuvchiga juda ko’p turdagi informatsion xizmatlarni taqdim
etadi.   Shunday   xizmatlardan   biri   elektron   pochta   (E-mail)   xizmatidir .   Elektron
pochta   (E-mail )   maxsus   dastur   bo’lib,   u   yordamida   foydalanuvchi   dunyoning
istalgan   joyidagi   elektron   adresga   xat,   hujjat   yoki   ixtiyoriy   faylni   jo’natishi   va
qabul qilib olishi mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda etib boradi. Lekin
undan   foydalanish   uchun   avvalambor   foydalanuvhi   maxsus   pochta   yoki   Internet
tarmog’iga   bog’langan   bo’lishi   va     shaxsiy   elektron   adresga   ega   bo’lishi   lozim.
Elektron   adresni   provayder   beradi.   Internetda   biror   server   orqali,   masalan,
www.mail.ru  da yangi elektron adres ochish tartibi amalga oshiriladi.
Elektron     pochta     yordamida   (komputer   orqali)   dunyoning     ixtiyoriy
joyidagi     elektron     manzilga   xat,     hujjatlarni     jo’natish     va   qabul     qilib       olish
mumkin.   Elektron   pochta   orqali   xat   jo’natish   oddiy   pochta   xizmatiga   qaraganda
arzon   va   tez   amalga   oshiriladi.   E-mail   xabarlari   odatda   faqat   matndan   iborat
bo’ladi,   lekin   unga   grafik   tasvir,   audio   va   video   fayllarni   ham   kiritish   mumkin.
Hozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora,
Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko’pgina oliy o’quv yurtlarida, turli
tashkilotlarda   o’rnatilgan   bo’lib,   u   foydalanishda   soddaligi   va   internetning
ko’pgina   xizmatlarida   qo’llanilishi   bilan   ajralib   turadi.   Lekin   hozirda   Windows
operatsion   tizimida   ishlash   uchun   ancha   qulay   bo’lgan   maxsus   dasturlar:   MS
Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.
Internet yoki elektron pochta tarmog’iga ulangan har bir komputer o’zining
alohida   manziliga va har bir foydalanuvchi o’zining maxsus nomiga ega bo’lishi
mumkin.   Shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   bir   fovdalanuvchi   bir   nechta   elektron
manzilga   ega     bo’lishi     mumkin   bo’lsa-da,   lekin   bir     manzil     har   xil
fovdalanuvchiga   berilishi   mumkin   emas.   Elektron   manzilni         provayder     beradi.
Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki   qismdan iborat bo’ladi,
ya’ni Masalan:  
Internetda   biror   server   orqali,   masalan,     www.mail.ru   da   yangi   elektron
adres ochish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Dastlab   Internet   Explorer   dasturi   ishga   tushiriladi,   hosil   bo’lgan   dastur
oynasining   adreslarni   kiritish   satriga     klaviaturadan   foydalanib   www.mail.ru
yozuvini kiritish kerak bo’ladi. Natijada 1  rasmdagidek oyna hosil bo’ladi.
1    rasm. Mail.ru qidiruv serveri .
Oynaning   Регистрация   в   почте   bo’limiga sichqoncha  chap tugmachasini
bir marta bosgan holda murojaat etsak, quyidagi oyna paydo bo’ladi (2    rasm). 
2    rasm . 
Bu   oynadagi   Начать   регистрации   tugmasini   bosib,   Регистрация
oynasini hosil qilamiz (3- rasm).  3- rasm
2.   Endi   bu   oynadagi  
  belgili   satrga   pochta   muallifining   nomi   ( yoki
foydalanuvchining   elekrton   manzili )   kiritiladi .
Navbatdagi    belgili satrga yangi pochta uchun parolni kiritamiz  va  
kiritilgan parolni  
  nomli satrga qayta yozib tasdiqlaymiz.
Ba’zan   kiritilgan   parolni   unutib   qo’yishimiz
mumkin. Bunday holatda  Регистрация  oynasining
sahifasidagi   maxfiy   savol  javoblar   bo’limiga   murojaat   qilish   zarur.
Buning uchun avval doim esimizda turadigan biror savolni quyidagi  
satrida joylashgan savollar ichidan tanlaymiz, agar maqbul savol mavjud
bo’lmasa, u holda quyidagi  
satrdagi yozuv maydoniga o’zimizni qiziqtirgan savolni kiritamiz.  Har ikkala holda
ham javobni keyingi
javoblar   maydoniga   kiritamiz.   Shundan   keyin   o’zimiz   haqimizdagi
qo’shimcha ma’lumotlarni (ismimiz, familiyamiz, tug’ilgan sanamiz va boshqalar)
tegishli bo’limlarga 4  rasmdagi singari  kiritamiz.  4     rasm.
Shunday   qilib,   biz   parolni   mabodo   unutib   qo’ysak,   yuqoridagi   savollarga
javobni   aniq   topgan   holdagina   pochtani   ochishimiz   mumkin.   Aks   holda   elektron
pochtani ocha olmaymiz.  
Va   nihoyat,   joriy   oynaning   quyi   qismidagi     Защита   от   автоматический
регистрации   bo’limida   tasvirlangan   olti   xonali   qayd   etish   raqamini   klaviatura
orqali bo’sh turgan (5-rasm)
 
5-rasm.
to’rtburchakli soha ichiga yozamiz   va    Зарегистрировать   почтовый
ящык  tugmasini bosib ishni tugallaymiz (6-rasm).  
6-rasm. Shunday   qilib,   agar   yangi   pochta   ochish   jarayonida   barcha   amallar   to’g’ri
bajarilgan   bo’lsa,     foydalanuvchining   shaxsiy   elektron   manziliga   ega   bo’lganligi
munosabati bilan administratorning maxsus tabriknomasi oynada nomayon bo’ladi.
Electron pochtadan foydalanish
Elektron     pochta     yordamida   (komputer   orqali)   dunyoning     ixtiyoriy
joyidagi     elektron     manzilga   xat,     hujjatlarni     jo’natish     va   qabul     qilib       olish
mumkin.   Elektron   pochta   orqali   xat   jo’natish   oddiy   pochta   xizmatiga   qaraganda
arzon   va   tez   amalga   oshiriladi.   E-mail   xabarlari   odatda   faqat   matndan   iborat
bo’ladi,   lekin   unga   grafik   tasvir,   audio   va   video   fayllarni   ham   kiritish   mumkin.
Hozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora,
Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko’pgina oliy o’quv yurtlarida, turli
tashkilotlarda   o’rnatilgan   bo’lib,   u   foydalanishda   soddaligi   va   internetning
ko’pgina   xizmatlarida   qo’llanilishi   bilan   ajralib   turadi.   Lekin   hozirda   Windows
operatsion   tizimida   ishlash   uchun   ancha   qulay   bo’lgan   maxsus   dasturlar:   MS
Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.
Internet yoki elektron pochta tarmog’iga ulandan har bir komputer o’zining
alohida   manziliga va har bir foydalanuvchi o’zining maxsus nomiga ega bo’lishi
mumkin.   Shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   bir   fovdalanuvchi   bir   nechta   elektron
manzilga   ega     bo’lishi     mumkin   bo’lsa-da,   lekin   bir     manzil     har   xil
fovdalanuvchiga   berilishi   mumkin   emas.   Elektron   manzilni         provayder     beradi.
Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki  qismdan iborat bo’ladi.
1.   Elektron   pochtaga   kirish   uchun     pochta   nomi   va   parolni   kiritamiz.
So’ngra  Войти  tugmasini bosamiz (1-rasm). 
1-rasm
Natijada elektron pochtamizning 2-rasmdagi oynasi hosil bo’ladi. 2-rasm
Ko’rib   turganimizdek,   elektron   pochta   oynasida   Входящие ,
Сомнительные,   Отправленный ,   Черновики ,   Корзина   kabi   bo’limlar
mavjud bo’lib, ularning har biri o’z vazifasiga ega. Masalan,  Входящие  da asosan
elektron   pochtaga   kelib   tushgan   xatlar   saqlansa,   Отправленный   bo’limida   esa
jo’natilgan xatlar saqlanadi va h.k.
2.   Internetda   xat   yozish,   jo’natish   va   kelib   tushgan   xat   mazmuni   bilan
tanishish uchun  Написать письмо   tugmasini bosamiz. Natijada bizga xat yozish
uchun 3-rasmdagi ko’rinishda oyna hosil bo’ladi:
3-rasm
So’ngra ketma  ket quyidagilarni bajarish zarur:
1)   Кому   maydoniga   tegishli   (xat   yuboriladigan)   elektron   pochta   manzili
kiritiladi. 2)   Xuddi   shu   mazmundagi   xat   boshqa   manzillarga   ham   jo’natilishi   zarur
bo’lganda,   Копия   maydoniga xat nusxalari yuboriladigan mualliflarning elektron
pochta manzillari kiritiladi.
3)   Тема   maydonida   yozilayotgan   xat   mavzusi   ko’rsatiladi.   Mavzu
kiri t ilmagan hola t da ham xa t o hisoblanmaydi. 
4)   Keyingi  ka tt a darchada  yoziladigan  xa t ning ma t ni  kiri t iladi.   X a t ni  yozib
bo’lgandan   keyin   Отправить   письмо   t ugmasi   bosiladi.   Na t ijada   kompu t erning
xa t  jo’na t ilganligi haqidagi  xabari paydo bo’ladi. 
3.   Kelib   t ushgan   xa t   mazmuni   bilan   t anishish
uchun   Входя щие   t ugmasini   bosamiz.   Natijada   pochtamizga   kelib   tushgan   xatlar
ro’yxati hosil bo’ladi (4-rasm). 
4-rasm
Yangi   kelgan   xatlar   quyuqroq   rang   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Agar   o’sha
xatni  o’qimoqchi  bo’lsak, uning ustida  sichqoncha  chap tugmasini  bosganimizda,
ekranda   yangi   kelgan   xatning   matni   hosil   bo’ladi.   Matn   bilan   tanishib   chiqqach,
lozim bo’lsa, xatga javob yo’llashimiz mumkin.   
4.   Xatga   qo’shib   yuboriladigan   har   qanday   ma’lumot   qaysi   dast u rda
tayyorlangan   bo’lsa,   shu   dastur   formatida   jo’natilgani   ma’qul.   Masalan,   hujjatlar
Word,   Excel   yoki   Paint   dasturlarida   tayyorlangan   bo’lishi   mumkin.   Bunda   hosil
qilingan   fayllarning   hajmini   ham   hisobga   olish   zarur.   Agar   yuboriladigan
axborotlar hajmi juda katta bo’lsa, u holda arxivator dasturlarning birortasi  orqali
fayl hajmini kichraytirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunday   qilib,   kerakli   hujjatni   tayyorlangan   xatga   ilova   qilish   uchun
dastlab   vositalar   panelidan     tugmasini   bosish   lozim.   Hosil   bo’lgan
“ Вставка ”   sarlavhali   muloqot   oynasidan   kerakli   faylni   tanlab,   oynadagi
“ Вложить  buyrug’i  ishlatiladi (5-rasm). 
5-rasm
Natijada   ilova   qilinayotgan   fayl   nomi   “ Присоединить ”   maydonida
hosil bo’ladi (6-rasm). 
6-rasm
          Shundan so’ng xat odatdagidek kerakli manzilga jo’natiladi.
3.  Ta’limga oid axborot resurs web saytlari.
Misol tariqasida  ZiyoNET  ах borot-ta’lim portalining yangi talqini keltiramiz. Ma’lumki,   mamlakatimizda   yoshlar   ta’lim-tarbiyasi   davlat   siyosati
darajasiga   ko‘tarilgan.   Bu   borada   olib   borilayotgan   islohotlar   zamirida   yoshlarni
har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash, dunyo hamjamiyatida munosib
o‘rin egallashlarini ta’minlash ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Prezidentimiz   tomonidan   kelajak   avlod   tarbiyasiga   hamda
mamlakatimizda   axborot   texnologiyalari   sohasiga   qaratilayotgan   katta   e’tibor   —
ta’lim tizimini va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi.  Bu vazifalarni
amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. O‘zbekistonning turli
tuzilmalari tomonidan axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta’lim va yoshlar bo‘yicha
yaratilayotgan   axborot-resurslari   yagona   «ZiyoNET»   axborot   ta’lim   tarmog‘iga
birlashtirilgan.   Uning   vazifalari:   yoshlar   uchun   milliy   axborot-resurslarini
shakllantirish   va   rivojlantirish;   yoshlarning   ma’naviy   va   aqliy   jihatdan   kamol
topishiga   ko‘maklashadigan   axborotdan   keng   ko‘lamda   foydalanishlarini
ta’minlash: sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sport turlarini
ommalashtirish, o‘quvchi-yoshlar uchun masofadan turib ta’lim olish usullarini va
boshqa   axborot-kommunikatsiya   xizmatlarini   ta’lim   tizimiga   joriy   etishda
ko‘maklashish, ularning huquqiy madaniyati va ma’naviyatini yanada yuksaltirish
va boshqalardan iboratdir. Shu   maqsadda   tashkil   etilgan   «ZiyoNET»   axborot-ta’lim   portalining
faoliyat   yuritayotganiga   joriy   yilning   sentabr   oyida   9   yil   to‘ladi.   Ana   shu   davr
mobaynida   «ZiyoNET»   tarmog‘i   «qaddini   rostlab»   oldi,   millionlab   qalblarga,
minglab   dargohlarga   o‘z   «ziyosi»ni   sochishga   ulgurdi,   desak   bo‘ladi.   Axborot-
resurslarini   «ZiyoNET»   tarmog‘i   resurs   markazining   texnologik   maydonchasida
joylashtirish,   saqlash   va   qo‘llab-quvvatlash,   shuningdek,   elektron   pochta
xizmatlari   maktablar,   akademik   litseylar,   kollejlar,   oliy   ta’lim   muassasalari,
yoshlar   tashkilotlari,   kutubxonalar,   muzeylar   hamda   boshqa   ta’lim,   ilmiy   va
madaniy-ma’rifiy   muassasalardagi   foydalanuvchilarga   bepul   taqdim   etiladi.
Hozirgi   kunda   barcha   o‘qituvchilar,   o‘quvchilar   va   talabalar   ushbu   tarmoqdan
foydalanish imkoniyatiga ega.
Yangi   tarmoq   imkoniyatlari:   «ZiyoNET»   tarmog‘ini   yanada
rivojlantirish,   uning   imkoniyatlarini   kengaytirish,   ma’lumotlarini   to‘liq   qaytadan
yangilash, tarmoqni  ommalashtirish maqsadida, bugungi  kunda mutaxassislarimiz
tomonidan   tarmoq   to‘liq   yangicha   talqinda,   yangicha   dizayn   va   ko‘rinishda   ish
boshladi. Bugungi  «ZiyoNET» ta’lim  tarmog‘i  uch xil  tilda — o‘zbek, rus, ingliz
tillarida   o‘z   foydalanuvchilarini   foydali   axborot,   yangilik   va   xabarlar   hamda
metodik   tavsiyalar   bilan   ta’minlab   kelmoqda.   Shuningdek,   talaba-yoshlarga,
o‘quvchi   va   pedagog-o‘qituvchilarga   oid   turli   fanlar   bo‘yicha   ma’lumotlar
yoritilib, bilimlarini mustahkamlashda beminnat va bepul yordamchiga aylangan.
Mazkur   tarmoqda   «Guruhlar»,   «Savol-javoblar»,   «Xorijiy   tillar»,
«Kutubxona»,   «Saytlar»,   «Ta’lim   muassasalari»,   «Arboblar»,   «O‘yinlar»   va
«Iqtidorli yoshlar» deb nomlangan katta ahamiyatga molik bo‘limlar mavjud.   Har
bir bo‘limda o‘z mavzulari bo‘yicha ixtisoslashgan ma’lumotlar yoritiladi. Bundan
tashqari,   yurtboshimiz   tomonidan   joriy   yilni   «Sog‘lom   bola   yili»   deb   e’lon
qilinishi   munosabati   bilan,   portalning   yirik   loyihasi   —   Fikr.uz’da   «Farzandlari
sog‘lom   yurt»…,   «Sog‘lom   bola   yili:   malakali   pediatrlar   tavsiyalari»,   «Yosh
onalar va kichkintoylar uchun» nomli bloglar tashkil etilgan bo‘lib, ularda mavzu
yuzasidan maqola, tavsiya, metodik qo‘llanma va yangiliklar yoritib kelinmoqda.
«Chet tili» bo‘limi.   Chet tillarini o‘rganish tarixiy jarayon bo‘lib, bizning
ota-bobolarimiz   azaldan   o‘zga   tillarni   mukammal   o‘rganishga   va   ijod   qilishga intilganlar.   Farobiy,   Ibn   Sino,   Alisher   Navoiylar   ko‘plab   tillarni   jiddiy   tarzda
o‘zlashtirganlar,   o‘sha   tillarda   asarlar   yaratganlar.   Shu   maqsadda   portalda,   yangi
bo‘lim   sifatida   ishga   tushirilgan   «Chet   tillari»   bo‘limi   chet   tillarini   mukammal
o‘rganmoqchi bo‘lgan kichkintoy, o‘smir va talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
birgina   uTube.uz   loyihasining   o‘zidan   1429ta   turli   chet   tillarini   o‘rgatuvchi
videoroliklar   o‘rin   olgani   ham   diqqatga   sazovordir.   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   2012-yil   10-dekabrdagi   «Chet   tillarini   o‘rganish   tizimini   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   PQ-1875-sonli   Qarori   ijrosini
ta’minlash   maqsadida,   2013-yilning   yanvar   oyidan   boshlab   ZiyoNET   Resurs
markazi Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikni
yo‘lga   qo‘ydi   va   ushbu   hamkorlik   doirasida   maqsadli   seminar-treninglar
tashkillashtirildi   hamda   tegishli   bo‘limlarga   jami   340taga   yaqin   material
joylashtirildi.
Britaniya   Kengashining   O‘zbekistondagi   vakolatxonasi   bilan   olib
borilayotgan hamkorlik ta’lim tizimi rivojida, jumladan, Xalq ta’limi tizimida chet
tillarini   o‘qitishning   kompleks   tizimi,   ya’ni   uyg‘un   kamol   topgan,   o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishda katta hissa  qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek,   kengash   tomonidan   ingliz   tilini   o‘rgatuvchi   379ta   o‘yinlar   hamda
didaktik   materiallar   taqdim   etilgan   bo‘lib,   ular   ham   ZiyoNET   portaliga
joylashtirilgan. Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan
taqdim   etilgan   veb-resurslar   o‘quvchilar,   o‘qituvchilar   hamda   ota-onalar   uchun
ingliz   tilini   o‘rgatishga   mo‘ljallangan   bo‘lib,   mazkur   manbalar   bugungi   kunda
portal foydalanuvchilari o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda.
Biz   ishonamiz,   bugun   ilk   bora   chet   tillarini   o‘rganayotgan   bolalar
kelajakda   yurtimiz   ravnaqiga   o‘zining   munosib   hissalarini   qo‘shadilar.
Mamlakatimizning   dovrug‘ini   yanada   ko‘klarga   ko‘taradilar.   Zero,   ertamiz
ularning qo‘lidadir. Tarmoqning yana bir katta imkoniyatlaridan biri uTube.uz deb
nomlangan   videoportalda   bugungacha   jami   15   600ta   resurs   joylangan   bo‘lib,
shundan birgina mazkur  «Sog‘lom  bola yili»ga bag‘ishlangan  150ta  videoroliklar
mavjudligini   ko‘rish   mumkin.   ZiyoNET   portalini   yanada   ommalashtirish   va
foydalanuvchilarga   qulaylik   yaratish   maqsadida   ta’lim   muassasalari   uchun   bepul
veb-xosting   xizmatlarini   taqdim   etib   kelmoqda,   ya’ni   foydalanuvchilar   portal
tarkibida   sayt-satellit   yaratib,   o‘z   ma’lumotlarini   joylashtirib   borishlari   mumkin.
Mazkur xizmatni yanada takomillashtrish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. «Iqtidorli yoshlar» bo‘limi.   Bugungi  kunda bilimli va iqtidorli  yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash,   ularning   ma’naviy   kamolotini   yanada   yuksaltirish   davlat
siyosati   darajasiga   ko‘tarilgan.   Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   keng
ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli,
mustaqil   va   erkin   fikrlaydigan,   zamonaviy   ilm-fan   yutuqlarini   puxta
o‘zlashtirayotgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga
qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida davlat
va   jamoat   tashkilotlarining   takliflarini   inobatga   olgan   holda,   O‘zbekiston
Respublikasida   2014-yilda   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirishga
qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Mazkur   dasturni   ishlab   chiqishdan   asosiy   maqsad,   kelajak   avlodni   har
tomonlama   barkamol,   yetuk   va   salohiyatli   kadrlar   qilib   voyaga   yetishishida
huquqiy   madaniyatni   shakllantirish,   ularning   jamiyatdagi   o‘rnini   yanada
yuksaltirish,   ona   Vatanga   sadoqat   ruhida   tarbiyalash,   bugungi   rivojlangan
jamiyatda o‘z o‘rni va so‘zini ayta oladigan mard, jasur bo‘lib voyaga yetishlarida
munosib   sharoitlar   yaratib   berish   asosiy   vazifa   qilib   belgilangan.   Zamon talablaridan   kelib   chiqadigan   bo‘lsak,   bugungi   kunda   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari   shiddat   bilan   rivojlanib   bormoqda.   Axborot   asri   deb   atalgan
bugungi   kun   o‘z   tahdidlari   ila   yoshlar   ongiga   ta’sirini   ko‘rsatib   kelmoqda.
Yoshlarning axborot hurujiga bo‘lgan immunitetini yanada kuchaytirish maqsadida
ularning bilim va ko‘nikmalarini bunyodkorlik, yaratuvchilik sohalariga jalb etish
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda.
Bugungi   kun   talablaridan   kelib   chiqib,   shuni   aytish   mumkinki,
yoshlarimizga   boy   ilmiy-adabiy   merosimizni   tanitish   bilan   bir   qatorda,
tengdoshlari   orasida   yuqori   natijalarga   erishib   kelayotgan   ilm-fan   sirlarini   yuqori
egallagan   yosh   olimlar,   xalqaro   Mendeleyev   hamda   matematika   olimpiadalarida
oltin, kumush, bronza medallarini qo‘lga kiritgan iqtidorli yoshlar, sportning turli
sohalarida   Vatanimiz   bayrog‘ini   jahon   arenalarida   baland   ko‘tarayotgan   jahon
chempionlarimiz,   madaniyat,   san’at   va   turli   sohalarda   eng   faol   hamda   yuqori
natijalarga   erishgan   yoshlarimiz   haqida   turkum   maqolalar,   ko‘rsatuvlar   hamda
ma’lumotlarni   berib  borish  va   ularda  havas  tuyg‘ularini  shakllantirish   lozim.   Shu
munosabat   bilan   ZiyoNET   jamoat   ta’lim   tarmog‘ida   yangi   «Iqtidorli   yoshlar»
rukni  tashkil   etildi.  Ushbu  ruknda  fan,  ta’lim,  madaniyat,  san’at,   sport   va  boshqa
turli   sohalarda   yuqori   natijalarga   erishayotgan,   tengdoshlariga   har   tomonlama
o‘rnak bo‘layotgan yoshlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  kiritib borilmoqda. Bugungi
kungacha mazkur ruknga xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan
225   nafar   iqtidorli   talabalar,   o‘quvchi-yoshlar   to‘g‘risida   ma’lumotlar
joylashtirildi. Kelajakda ushbu ruknning davomiyligi va ommabopligini ta’minlash
maqsadida yangi-yangi g‘oyalar amaliyotga tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.
«E-darslik»   mobil   dasturi:   Yuqoridagi   ishlar   bilan   birga,   «E-darslik»
mobil   dasturini   ushbu   yo‘lda   amalga   oshirilayotgan   muhim   qadamlardan   biri
sifatida   baholasak,   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   «E-darslik»   mobil   dasturining
yaratilish   jarayonida   avvalambor,   O‘zbekiston   Respublikasi   aloqa,
axborotlashtirish   va   telekommunikatsiya   texnologiyalari   davlat   qo‘mitasining
ishtirokini   alohida   ta’kidlab   o‘tish   lozim.   Chunki   loyiha   mazkur   Qo‘mita
tomonidan   moliyalashtirildi.   Mobil   dastur   UZINFOCOM   Markazi   hamda   Global Solutions mahalliy dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ishtirokida
yaratildi.   Bugungi   kunda   umumta’lim   maktablarida   mavjud   darsliklar   matnlari
Xalq   ta’limi   Vazirligi   tomonidan   taqdim   etildi.   «E-darslik»   mobil   dasturini
yaratish   bo‘yicha   ishlar   2013-yilning  ikkinchi   yarim   yilligida   amalga   oshirildi   va
texnik   jihatdan   tayyor   bo‘lgan   dasturga   2014-yil   1-choragida   mavjud   darsliklarni
barcha   talablarga   muvofiq   kiritish   ishlari   ZiyoNET   Resurs   markazining   Xalq
ta’limi   vazirligi   hamda   Oliy   va   o‘rta-maxsus   ta’lim   vazirliklari   qoshidagi
bo‘linmalari   xodimlari   tomonidan   amalga   oshirildi.   «E-darslik»   mobil   dasturi
bugungi   kunda   umumta’lim   maktablari   uchun   mo‘ljallangan   40dan   ortiq
darsliklarni o‘z ichiga olgan.
uMail.uz   pochta   qutisining   imkoniyatlari:   2013-yil   15-may   kuni
UZINFOCOM   Markazi   tomonidan   uMail.uz   —   bepul   elektron   pochta   xizmati
ishga tushirildi. 2013-yil 16-iyun kuni pochta o‘zbek tilidagi talqiniga ega bo‘ldi.
uMail.uz   pochtasi   barcha   foydalanuvchilar   uchun   qulay   interfeysga   ega   bo‘lgan,
viruslar   va   spamdan   ishonchli   himoyalangan   elektron   pochta   qutisini   bepul   taklif
etadi.  Pochta xizmati quyidagilar asosida xizmat ko‘rsatadi:
 pochta   qutisini   ochish   uchun   albatta   ID.UZ   tizimidan   ro‘yxatdan
o‘tishingiz kerak;
 bitta xatning maksimal hajmi 20 Mb;
 pochta qutisining maksimal hajmi 1 Gb;
 pochta qutisidan bir yildan ortiq foydalanilmasa, u o‘chirib tashlanadi.
Xizmatning   veb-interfeysidan   ham,   POP3   protokolidan   foydalangan
holda   xatlarni   sinxronlashtirish   orqali   foydalanuvchining   kompyuterida   pochta
mijozi   orqali   ham   foydalanish   mumkin.   Bugungi   kunga   kelib,   60   mingdan   ortiq
foydalanuvchi tizimda ro‘yxatdan o‘tgan va xizmatdan foydalanib kelmoqda.
Tanlov.uz   —   Tanlov   va   grantlar.   Ta’limga   katta   e’tibor   berilayotgan
bugungi   davrda   insonlar   Respublikamizdagi,   shuningdek,   xorijda   faoliyat   olib
borayotgan ta’lim fondlari, grantlari, o‘quv muassasalari haqida ko‘proq ma’lumot
olishga   harakat   qiladilar.   Zamonamiz   yoshlari   innovatsion   bilimlarni   olishga hamda   ularni   hayotga   tatbiq   qilishga   harakat   qilmoqdalar.   Ushbu   loyihada
o‘tkazilayotgan   tanlovlar,   talabalarni,   yosh   mutaxassislarni   qo‘llab-quvvatlovchi
grant,   stipendiya,   tadbirlar   haqida   ma’lumotga   ega   bo‘lishni   xohlaganlar   uchun
axborotlar   jamlangan   sayt   hisoblanadi.   Tanlov.uz   saytining   asosiy   vazifasi   —
Respublikada   o‘tkazilayotgan   tanlov,   tadbir,   grantlar   haqida   ma’lumotlarni
oldindan berib borishdan iborat.
Rivojlanayotgan   XXI   asrni   axborotlar   asri   deb   atayapmiz.   Son
ko‘paygani sari sifatning pasayishi ehtimoli mavjud. Ta’limdagi yangiliklar haqida
o‘z foydalanuvchilariga qulayliklar yaratib berayotgan ZiyoNET tarmog‘i o‘zining
alohida  tuzilishi   bilan   ajralib   turadi.   Saytda   fan   va  ta’limga   oid   yangiliklar   matn,
foto, video format shakllarida joylashtirilganligi axborot olishda qulaylik yaratadi.
Saytga   pedagogika   va   metodikaga   oid   eng   so‘nggi   yangiliklar,   dars   ishlanmalari,
fanlar   kesimidagi   test   va   savol-javoblarning   kiritib   borilishi   foydalanuvchilar
uchun yanada imkon yaratmoqda.
Yoshlarda Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat, milliy g‘urur va milliy
iftixor, axloqiy fazilatlar, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy
kamolotga intilish tuyg‘ularini shakllantira olish uchun pedagog yuksak ma’naviy
kamolotga   ega   bo‘lishi   talab   etiladi.   Yoshlarni   yot   va   zararli   ta’sirlardan   himoya
qilish,   ularni   hayotga,   yon-atrofda   yuz   berayotgan   voqea-hodisalarga   daxldorlik
hissi   bilan   yashashga   o‘rgatish,   iymon-e’tiqodli,   barkamol   insonlar   etib
tarbiyalash,   ular   qalbida   sog‘lom   hayot   tarziga   intilishni,   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlarga   hurmat-ehtirom   tuyg‘ularini   shakllantirish,   o‘z   fikrini   bayon   qila
olish,   ilmiy   asoslay   bilishi   uchun   pedagog   mafkuraviy   immunitet   va   g‘oyaviy
kurashchanlik,   diniy   ekstremizm   va   terrorizmga   qarshi   kurashning   ma’naviy-
ma’rifiy asoslarini puxta egallagan bo‘lishi kerak.
Yurtboshimiz   ta’kidlaganidek:   «Barchamiz   bugungi   hayot   oldimizga
qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-mazmuniga yetib borishimiz zarur. Bu
achchiq   haqiqat   shundan   iboratki,   agarda   kimda-kim   bizning   mustaqil   taraqqiyot
yo‘limizni,   orzu-maqsadlarimizga   erishish   yo‘lini,   yangi   jamiyat   qurish   yo‘lini
to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan   yoshlarimizning   qalbi   va   ongining   mo‘rtligidan   foydalanib,   ularning
ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimiz va muqaddas odatlarimizga mutlaqo
zid   bo‘lgan   g‘oyalar   bilan   chalg‘itib,   o‘zining   g‘arazli   va   jirkanch   niyatlarini
amalga   oshirish   yo‘lida   qurol   qilib   olishga   urinadi.   Milliy   manfaatlarimiz   va
maqsad-muddaolarimizga   begona   bo‘lgan   bunday   zararli   mafkuralar   tajovuzi,
boshqa   xavf-xatarlar,   ayniqsa,   bizning   mintaqamizda   kuchayib   bormoqda.
Yoshlarimizni   bu   balo-qazolardan   asrash   uchun   jamiyat   ma’naviy   hayotida
bo‘shliq   paydo   bo‘lishiga   aslo   yo‘l   qo‘yib   bo‘lmaydi.   Bunday   bo‘shliq   yuzaga
kelgan   taqdirda   esa,   uni   yoshlarning   ilmga,   kasb-hunarga,   sog‘lom   turmush
tarziga, bunyodkorlik ishlariga qiziqishlari bilan hamohang bo‘lgan yangicha hayot
mazmuni,   yangicha   qadriyatlar   bilan   to‘ldirish   lozim.   Eng   muhimi,   shuni
unutmasligimiz   kerakki,   yoshlarimizga,   binobarin,   kelajagimizga   tahdid   solib
turgan   bu   xavflarning   oldini   olish   uchun   bugun   qat’iy   harakat   qilmasak,   ertaga
kech   bo‘lishi   mumkin».   Bu   borada   esa   ZiyoNET   axborot   ta’lim   tarmog‘i   barcha
uchun birdek do‘st, hamfikr, asosiysi,  ishonchli  hamkor  va yordam  kerak paytida
ularga zaruriy manba bo‘la oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Aripov M. Informatika asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent: 2002.
2. M.Aripov. Internet va elektron pochta asoslari. T., Universitet, 2000
3. Ayupov   R.X.   Xususiy   komputerda   ishlash.   MS   Word   matn   muharriri.   –T.:
TMI, 2002, 124 bet. 
4. Ayupov   R.X.,   Ilxomova   E.   Komputer   tarmoqlari   va   Internet   tizimi.–T.:   TMI,
2002.
5. Microsoft Assess 2002. Russkaya versiya. Shag za shagom. Prakticheskoe 
posobie. [Per. s angl.  L.V. Sazonova]. – M.: EKOM, 2002. – 352 s.
6. Microsoft Windows XP:  Shag   za   shagom .  Russkaya versiya: [Prakt. posob.]. – 
M.: EKOM, 2002. – 352 s.: il., pril.
7. Microsoft Word. Versiya 2002. Shag za shagom: [Per. s angl. L.V. Sazonova]. 
– M.:EKOM, 2002. – 336 s.: il.
8. Bondarenko S., Bondarenko M.  Word 2003. – SPb.: Piter, 2005. – 380.  (4) s.: 
il. –(Populyarnыy samouchitel).
9. Bott, Ed.  Windows XP. B ы stro i effektivno: per s angl. – SPb.: Piter, 2005. –
320 s.
10. Ye vseev, Georgiy Aleksandrovich.  Noveyshiy samouchitel rabot ы  na 
kompyutere: Effektivn ы y kurs / G. Yevseev, V. Muraxovskiy, S. Simonovich; 
Pod red.  S.
11. Nasreddinova Sh. Excel 7.0 da jadval hisoblagichlar. – T.: TMI, 2002.
12. Sagman Stiv. MS Power Point 7.0. dlya Windows.- Sankt-Peterburg, 
Izdatelstvo «Piter», 1997

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida boshlang’ich ta’limga oid dasturiy mahsulot yaratish va o’quv tarbiya jarayonida qo’llashning didaktik asoslari. Ta’lim tizimida Internet tarmog’i va elektron pochtadan foydalanish. Ta’limga oid axborot resurs web saytlari. Reja: 1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida boshlang’ich ta’limga oid dasturiy vositalaridan foydalanish. 2. Ta’lim tizimida Internet tarmog’i va elektron pochtadan foydalanish. 3. Ta’limga oid axborot resurs web saytlari.

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida boshlang’ich ta’limga oid dasturiy vositalaridan foydalanish. Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jara yonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib boradigan fanlarga, umuman o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda egallagan savodxonligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ham boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi asosan o‘qish, yozish, dastlabki matematik bi limlarni o‘zlashtirishi kerak deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘quvchini fikrlashga, faollikka, mustaqillikni rivojlantirishga va bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi ta’lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilmoqda. Shu sababli ham

ta’lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi va bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o‘quvchi- bolajonlarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo‘lib hisoblanadi. Ularda o‘qish jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o‘quvchilarga zarur bo‘lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o‘qituvchining vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi o‘quvchi-bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o‘qitish, ta’lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera bilishi zarur. O‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchi bolalarning bilimlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayonida olgan axborotlardan amaliy foydalanish jarayonlarini ham anglab borishga o‘rgatishdan iborat. Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-bolalar umumta’lim maktab lari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar, oilada axborot- kommunikatsiya texnologiya lari vositalari bilan tanish bo‘lgan, hatto ulardan foydalana biladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib, hali atrof-olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va boshqa gadjetlarni ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda ulg‘aymoqdalar. Bunday vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining eng muhim ahamiyatga molik vazifalari — bu o‘quvchilarga mazkur qurilmalar, ulardan foydalanish me’yorlari haqida ilk tushunchalarni berishdan iborat. O‘quvchilarda axborotlar olamidan o‘zlariga taalluqli axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki salohiyatini shakllantirishda birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik. Bunda nafaqat o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki boshlang‘ich ta’lim muassasasining AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv dasturidagi boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib borish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘qituvchilari zamon talabiga mos dars o‘tishlari uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida insonning AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi. Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada malaka oshirish lari orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari muntazam ravishda, AKT bo‘yicha malaka oshirishlari, shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimi talablariga muvofiq bo‘lish uchun mustaqil ta’lim orqali ham o‘z bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan tashqari, o‘qituvchilar Internet vositasida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar materiallari dan foydalanishlari, hamkorlar bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o‘qituvchilar forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo‘lmaydi. Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:  o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi;  o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi;  o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. 2. Ta’lim tizimida Internet tarmog’i va elektron pochtadan foydalanish. Elektron pochtani q o’llash. Elektron pochta - kompyuterlar orasida xabar uzatishni Lokal va Global asosda tashkil qiladi. Elektron pochtadan fa q at xabarlarni emas, balki fayllarni uzatish uchun ham foydalaniladi. Ular yordamida tezkor usulda bir yoki bir nechta manzillar bilan axborot almashish mumkin. Elektron pochta qutilari soni 1997 yil boshida 250 millionni tashkil etdi. Elektron ma’lumotlar manzil va ma’lumotlar mavzuidan iborat bo’ladi. Manzil q ismi odatda oluvchining manzilgo h ini, jo’natuvchining manzilgo h ini, ma’lumot mavzuini, fayllar xabarlariga ilova q ilinuvchi axborotlarni o’z ichiga oladi.

Internet foydalanuvchiga juda ko’p turdagi informatsion xizmatlarni taqdim etadi. Shunday xizmatlardan biri elektron pochta (E-mail) xizmatidir . Elektron pochta (E-mail ) maxsus dastur bo’lib, u yordamida foydalanuvchi dunyoning istalgan joyidagi elektron adresga xat, hujjat yoki ixtiyoriy faylni jo’natishi va qabul qilib olishi mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun avvalambor foydalanuvhi maxsus pochta yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishi va shaxsiy elektron adresga ega bo’lishi lozim. Elektron adresni provayder beradi. Internetda biror server orqali, masalan, www.mail.ru da yangi elektron adres ochish tartibi amalga oshiriladi. Elektron pochta yordamida (komputer orqali) dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjatlarni jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta xizmatiga qaraganda arzon va tez amalga oshiriladi. E-mail xabarlari odatda faqat matndan iborat bo’ladi, lekin unga grafik tasvir, audio va video fayllarni ham kiritish mumkin. Hozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora, Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko’pgina oliy o’quv yurtlarida, turli tashkilotlarda o’rnatilgan bo’lib, u foydalanishda soddaligi va internetning ko’pgina xizmatlarida qo’llanilishi bilan ajralib turadi. Lekin hozirda Windows operatsion tizimida ishlash uchun ancha qulay bo’lgan maxsus dasturlar: MS Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud. Internet yoki elektron pochta tarmog’iga ulangan har bir komputer o’zining alohida manziliga va har bir foydalanuvchi o’zining maxsus nomiga ega bo’lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, bir fovdalanuvchi bir nechta elektron manzilga ega bo’lishi mumkin bo’lsa-da, lekin bir manzil har xil fovdalanuvchiga berilishi mumkin emas. Elektron manzilni provayder beradi. Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo’ladi, ya’ni