logo

Buyuk Britaniya va Fransiya yangi zamon davrida

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.830078125 KB
Buyuk Britaniya va Fransiya yangi zamon davrida
1. Sanoat sohasidagi birinchilikning boy berilishi.
2. XIX asr so’ngi choragida liberallar va konservatorlar hukmronligi.
3. «Isyonkor Irlandiya» va gomrul masalasi.
4. Ijtimoiy – siyosiy harakatlar.
5. Tashqi siyosati va xalqaro ahvoli.
6. Leyboristlar partiyasining tashkil topishi. 
7. Birinchi jahon urushi arafasida mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli. Sanoat   sohasidagi   birinchilikning   boy   berilishi .   XIX   asrning   70   –   yillarida
Buyukbritaniya   sanoat,   qishloq   xo’jaligi,   savdo   va   moliya   sohalarida
boshlangan   «buyuk   turg’unlik»   davrini   boshdan   kechirdi.   Britaniya
industiriyasining   hukmronligi   barham   topdi.   Yigirma   yil   o’tgandan   so’ng
inqiroz   chetlab   o’tilib,   ishlab   chiqarish   o’sa   boshladi.   1870   –   1914   yillar
davomida Buyukbritaniyada ishlab chiqarish 2 barobar o’sgan bo’lsa, dunyo
miqiyosida   u   4   barobar   oshgan.   Bir   vaqtlar   jahonda   ishlab   chiqarilayotgan
sanoat   mahsulotlarining   1/3   Angliya   zimmasiga   to’g’ri   kelgan   bo’lsa,   ushbu
ko’rsatgich 1/7 ni tashkil etdi. 80 – yillar boshida AQSh, XX – asr boshlarida
esa   Germaniya   Angliyani   ortda   qoldirdi.1896   yilda   E.   Vilyamning
«Germaniyada   tayyorlangan»   nomli   kitobi   nashr   etildi.   Unda   maullif   nemis
tilida   yorliqlar   bitilgan   sanoat   mahsulotlarining   har   qadamda   uchrashini
kuyunchaklik bilan ma’lum qilgan.
Mamlakat aholisi orasida proteksion siyosat yuritish tarafdorlari ko’payaverdi.
Proteksion   siyosat   xom   ashyo,   oziq   –   ovqat   va   arzon   ishchi   kuchiga   ega   bo’lgan
yosh   kapitalistik   davlat   uchungina   yaroqli   edi.   Ammo   Angliya   ularning   hyech
qaysisiga   ega   emas   edi.   Himoyalovchi   soliqlarni   joriy   qilish   narxlarning
ko’tarilishini   anglatar   edi,   bu   esa   nafaqat   iste’molchilarning   balki   xom-ashyoni
chetdan keltiruvchi fabrikachilarni ham tashvishga solmoqda edi. 
Bu davrga kelib Angliyada ishlab chiqarishning konsentrasiyalashuvi, moliya
kapitali qudratining va chetga kapital chiqarishning o’sishi muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. 1902 yilda D.Gabsonning «Imperializm» nomli kitobi nashr qilindi. Ushbu
kitobda imperializmning mohiyati ochib berildi. 
Angliya   ishlab   chiqarishning   konsentrasiyalashuvi   bo’yicha   ortda
qolayotganligiga   qaramasdan,   moliya   sohasida   u   hamon   oldinda   edi.   Dunyoning
«tijoratchi»  mamlakatida   chet   el   investisiyalari  1862  –  1900  yillar   davomida  150
mln.   dan   2   milliard   funt   sterlingga   o’sdi.   Bu   tashqi   savdodan   olinadigan
daromadlardan   5   barobar   ortiq   bo’ldi.   Biroq,   sanoatning   mashinasozlik,
kemasozlik,   mexanik   dastgohlar   ishlab   chiqarish   kabi   sohalari   bo’yicha   Angliya
yetakchi davlat bo’lib qolmoqda edi.  XIX asrning ikkinchi yarmida ko’mir qazib olish 15 marotaba o’sdi. Yiliga 58
mln.   tonna,   ko’mir   qazib   olindi.   Angliyaning   milliy   boyligi   16,5   milliard   funt
sterling bo’lib, bu yosh raqobatchi davlat Germaniyanikidan ko’p marta ortiq edi. 
XIX   asr   oxirlaridagi   bir   necha   yil   davom   etgan   iqtisodiy   o’sishdan   so’ng
Angliyada   yana   turg’unlik   davri   boshlandi.   Bug’   kemalarining   takomillashuvi
natijasida   okean   orti   (AQSh,   Kanada   va   Argentina)   da   arzon   g’alla   keltirilishi
Angliyada   nafaqat   g’alla   narxini,   balki   qishloq   xo’jaligning   boshqa   mahsulotlar
narxlari   ham   tushirib   yuborildi.   Muzxonali   (refrejeratorli)   kemalarning   paydo
bo’lishi   Avstraliya   va   Yangi   Zelandiyadan   millionlab   qo’y   to’shlarini   olib   kelish
imkonini   berdi.   Konserva   mahsulotlari   va   margarin   ishlab   chiqarila   boshladi.
Chorak   asr   davomida   45   xildagi   oziq   –   ovqat   mahsulotlarining   narxi   40%   ga
arzonlashdi.   Ammo   shunga   qaramasdan,   London   aholisining   1/3   qismi
qashshoqlikda   yashamoqda   edi.   XIX   asr   so’nggi   choragida   liberallar   va
konservatorlar   hukmronligi.   Mamlakatdagi   ijtimoiy   –   iqtisodiy   o’zgarishlar
islohotlarining o’tkazilishini talab qilmoqda edi. 
Liberallar partiyasining Vilyam Gladston boshchiligidagi hukumati 1870 yilda
boshlang’ich ta’lim tizimini qayta tashkil etdi. Mahalliy soliqlar va davlat byudjeti
hisobidan   maktablar   ochildi.   1871   yilda   armiya   qayta   tashkil   qilinib,   yollanma   –
askarlarning harbiy xizmat muddati 12 yilda 6 yilga qisqartirildi. 
Zobitlik   mansablarning   sotib   olinishiga   chek   qo’yildi   va   endi   u   harbiy
qobiliyatga   qarab   beriladigan   bo’ldi.   Gladston   hukumati   davlat   xizmati   qabul
qilinuvchilar   uchun   imtihon   joriy   qildi   va   bilimsizlarni   ma’muriyat   tarkibiga
kirishning oldi olindi. Saylovlarda yashrin ovoz berish tartibi joriy qilindi. 1871 yil
tred   –   yunionlarga   yuridik   shaxs   huquqi   berildi.   Liberallar   hukumatiga
Gladstonning   spirtli   ichimliklar,   birinchi   navbatda   pivo   iste’mol   qilinishini
cheklashga   qaratilgan   «antialkogol»   siyosati   muvaffaqiyatsizlik   keltirdi.
Parlamentda   vino   va   pivo   ishlab   chiqaruvchilarning   mavqyei   baland   bo’lib,   ular
spirtli   ichimliklarni   iste’mol   qilish   har   kimning   shaxsiy   ishi   ekanligini   targ’ib
qildilar.   1874   yilgi   parlament   saylovlarida   liberallar   mag’lubiyatga   uchradi. Hokimiyatga   konservatorlar   partiyasining   Benjamin   Dizraeli   boshchiligidagi
hukumati keldi. 
Konservatorlar   partiyasi   endi   pome щ chiklardan   iborat   eski   torlar   partiyasi
emas   edi.   Konservatorlar   hukumati   din   va   monarxiyani   mustahkamlashdek
an’anaviy   siyosatiga   xalqning   yashash   sharoitini   yaxshilash   tadbirini   ham   kiritdi.
1874   yilda   qabul   qilingan   tadbirkorlar   va   ishchilar   to’g’risidagi   qonun
shartnomalarning   buzilishi   va   ish   tashlashlar   uchun   hyech   qanday   jazo
belgilanmadi.   Natijada   narozilik   kamayishlarini   muvaffaqiyatli   o’tkazish   uchun
imkoniyatlar   paydo   bo’ldi.   Oziq   –   ovqat   mahsulotlarining   sifati   ustidan   davlat
nazorati   o’rnatildi.   Munsipalitetlarga   qimmat   bo’lmagan   uy   joylar   qurish   huquqi
berildi.   Konservatorlar   mazkur   tadbirlar   bilan   mo’tadil   islohotlarni   amalga
oshirdilar. 
1880   yil   hukumatlarning   navbatdagi   almashinuvi   ro’y   berdi.   Konservatorlar
hukumatining   mustamlakachilik   siyosatidagi   omadsizliklar   (Afg’onistonda   ingliz
harbiy korpusining tor – mor etilishi, Janubiy Afrikada zuluslarga qarshi urushdagi
mag’lubiyat) Dizraeli hukumatini iste’foga chiqardi.
Qayta   hokimiyatga   kelgan   Gladston   Dizraelini   xristianlikning   manfaatlarini
xavf ostida qoldirganlikda, xalqni sharmandalik va uqibat girdobiga tushirganlikda
ayibladi. 1884 yilda Gladston hukumati saylov huquqini kengaytirdi. Saylovchilar
soni 3 mln. dan 5 mln. ga ko’paydi. Saylov okruglari qayta tashkil qilinib, ularning
tengsizligi   tugatildi.   Islohotchilik   harakati   kuchayib   boraverdi.   80   yillarning
o’rtalarida   liberallar   vakili   Jozef   Chemberlin   tomonidan   tuzilgan   radikal   dastur
daromad   solig’i   joriy   qilish,   yashash   sharoitlarini   yaxshilash,   bepul   kutibxona   va
kasalxonalar   tarmog’ini   tashkil   etish,   badiiy   galeriya   va   istirohot   bog’larini
yaratishni ko’zda tutgan edi. 
«Isyonkor Irlandiya» va gomrul masalasi
Irlandiyani davlatchilik atributlaridan mahrum etilishi va parlamentda kuchlar
nisbatdagi   adolatsizliklar   va   marjonlar   orolidagi   keskinlik   Gladston   hukumati
e’tiborini   ushbu   masalaga   qaratdi.   40   –   50   yillarda   agrar   inqiroz   Irlandiya
iqtisodini   izdan   chiqardi.   Okean   ortidan   arzon   g’allaning   keltirilishi   g’alla xo’jaligining   rentabilligini   tushirib   yubordi.   Qarovsiz   qolgan   yerlar   iqlimining
namligi   tufayli   o’tloqlarga   aylanib   chorvachilikka   ixtisoslashtirildi.   Irlandiya
Angliya   shaharlarini   go’sht   bilan   ta’minlay   boshladi.   1881   yildan   boshlab   30   yil
davomida   Irlandiyada   dehqonlar   tomonidan   yerni   sotib   olishiga   doir   5   ta   agrar
qonun qabul qilindi. Nihoyat, I jahon urushi arafasida Irlandiyada katta yer egaligi
tugatilib   mayda   fermer   xo’jaliklari   qaror   topdi.   Irlandiya   xalqining   o’z   –   o’zini
anglashi   va   milliy   mustaqillik   uchun   kurashi   kuchaydi.   1886   yilda   irlandlar
parlamentga   ichki   boshqaruv   huquqi   talabidan   iborat   birinchi   gomrulni   taqdim
etdilar.   Gomrul   Dublin   shahrida   ikki   palatali   parlamentni   tiklash,   ma’muriy
hokimiyatni mahalliy kengashlarga berilishini ta’minlashi lozim edi. Biroq qurolli
kuchlar,   moliya,   tashqi   siyosat   kabi   boshqaruvlarning   asosiy   vakolatlari   London
qo’lida qolmoqda edi. Ko’pdan ko’p muhokamalardan so’ng birinchi va 1892 yilda
ikkinchi gomrul ham ingliz parlamenti tomonidan rad etildi.Irlandiyadagi iqtisodiy
o’sish   va   ingliz   bozorlari   bilan   aloqalarning   kuchayishi   milliy   ozodlik   kurashini
susaytirdi.   XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   mustamlakachiliklarga   jismoniy
qarshiliklarsiz jami palatasida o’z vakillarini chaqirib olish va boshqa tinch yo’llar
bilan kurashuvchi shin – feyn (biz o’zimiz) harakati paydo bo’ldi. 
Irlandiyadagi   keskinlikning   sabablaridan   yana   biri   Olster   muammosi   edi.
Orolning Shimoliy – Sharqiy qismi  – Olsterdagi  oltita  graflikda anglo – shotland
bosqinchilarning   avlodlari   yashar   edi.   Ular   protestantlik   mazhabida   bo’lib,
iqtisodiy   yaxshi   ta’minlangan   va   ijtimoiy   jihatdan   yuqori   mavqyega   ega   edilar.
Olsterlik   anglo   –   shatlandlar   gomrulga   ashaddiy   qarshilik   ko’rsatib   kelganlar.
Ularning sajdagohi XVII asr oxirlarida orolni bosib olgan qirol Vilyam III Oranski
nomi bilan ataluvchi Oranjichilar ordeni tashkil qilgan. 
Ijtimoiy – siyosiy harakatlar
Butun Yevropani qamragan sosialistik g’oya va qarashlardan Buyuk Britaniya
ham   bebahra   qolmadi.   Ayniqsa   70-80   yillardagi   «buyuk   turg’unlik»   davrida
sosializmga   e’tibor   kuchaydi.   1884   yilda   tashkil   topgan   sosial   –   demokratik
fedirasiya sosialistik qarashlarni yoqlab chiqdi. U o’zining matbuot organi «Jastis»
(«Adolat»)   gazetasida  kapitalizmni   tanqid qildi  va  uni   ag’darish  yo’llarini  targ’ib qildi.   1884   yilda   fabianlar   jamiyatiga   asos   solindi.   U   Rim   qo’mondoni   Fabia
Kunktator   sharafiga   fabianlar   jamiyati   deb   ataldi.   Ushbu   jamiyat   sosializmga
evolyusion   yo’l   bilan   erishishni   o’z   oldiga   maqsad   qilib   qo’ydi.   Jamiyatga
dramaturg   Bernard   Shou,   Beatriss   Vebb,   yozuvchi   Gerberd   Uellslar   ham   a’zo
edilar. 
London shahrini kesib o’tgan Temza daryosi bo’ylab bir necha 10 km. gacha
cho’zilgan   port   –   «dokerlar   mamlakati»   da   100   minglab   yollanma   ishchi
hammollar   yashab   mehnat   qilgan.   1889   yil   yozida   «buyuk   turg’unlik»   malakasiz
ishchi   –   dokerlarning   noroziligini   kuchaytirgan.   Dokerlar   ommaviy   ravishda   ish
tashlab,   London   ko’chalarida   ko’p   ming   kishilik   namoishlar   o’tkazganlar.   Ular
maoshlarining   ko’tarilishini   ish   shoroitlarini   yaxshilashni   talab   qilganlar.
Dunyoning   eng   yirik   porti   o’z   faoliyatini   to’xtatdi.   Port   yuk   ortilgan   kemalarga,
temir   yo’llar   esa   yuki   tushirilmagan   vagonlarga   to’lib   ketgan.   Natijada   tadbirkor
mulkdorlar yon berishaga majbur bo’ldilar. Dokerlar harakati ingliz ishchilarining
katta ijtimoiy – siyosiy kuch ekanligini ko’rsatdi. 
1893   yilda   Jeyms   Keyr   Gardi   boshchiligida   mustaqil   ishchi   partiyasi   tashkil
qilindi.   Gardi   sosialistik   g’oya   tarafydori   edi.   U   sosializmning   vazifasi
qashshoqlikka   qul   bo’lgan   kambag’allar   va   boylikka   qul   bo’lgan   boylarni
arosatdan   qutqarish   deb   hisobladi.   Partiyaning   dasturida   ishlab   chiqarish
vositalariga umumiy mulkchilikni o’rnatish, 8 soatlik ish kuni, bepul ta’limni joriy
qilish,   14   yoshgacha   bo’lgan   bolalarning   mehnatidan   foydalanishni   ta’qiqlash,
siyosiy sohada esa umumiy saylov huquqini berish, monarxiya va lordlar palatasini
tugatishdan iborat sosialistik tadbirlar aks etgan edi. 
Tashqi siyosati va xalqaro ahvoli
XIX   asrning   so’nggi   choragida   Buyukbritaniya   Osiyo   va   Afrikada   yangi
mustamlakalar   egallash   uchun   kurash   olib   borildi.   Ingliz   adabiyotida   yangi
istilolarga   chorlovchi   o’nlab   yangi   kitoblar   paydo   bo’ldi.   Tashqi   ishlar
ministirligida imperialistik kayfiyat va targ’ibot kuchaydi. Sanoatchilar arzon xom-
ashyo   va   tayyor   mahsulotlar   uchun   bozorlarga   ega   bo’lish   ishtiyoqida   hukumatni
mustamlakalar bosib olishga unday boshladilar. 1875   yilda   Angliyaning   dengiz   kommunikasiyalarini   mustahkamlash   uchun
juda   qulay   vaziyat   yuzaga   keldi.   Misr   xedivi   (noyibi)   Ismoil   Suvaysh   kanali
aksiyalarini  sotish uchun haridor qidira boshladi. Fransuz bankirlari  hukumatning
kafolatisiz bu aksiyalarni sotib olishga havfsiradilar.
Parijda   fransuz   hukumati   o’ylanib   turgan   bir   paytda   London   tezda   amaliy
choralar   ko’rishga   kirishdi.   Hukumat   boshlig’i   B.   Dizraeli   qudratli   moliya
korporasiyasining   rahbari   bo’lgan   baron   Lion   Rotshild   huzuriga   shaxsan   o’z
kotibini yuborib uni 4 mln funt sterlingga Suvaysh kanali aksiyalarini sotib olishga
ko’ndirdi.  Keyingi   kun  Qohirada   savdo  bitimi  imzolandi.  Bu  bitim  «asr  savdosi»
deb nom oldi. Asr oxirida ushbu aksiyalarning bahosi o’n barobarga oshib ketdi. 
  Bolqonda   xalqaro   siyosiy   inqirozni   yuzaga   kelishi   va   1877-1878   yillardagi
rus   –   turk   urushida   Angliya   Turkiyaga   yon   bosdi.   Chunki   u   Bolqonda   Rossiya
mavqyeining   kuchayishini   hohlamasdi.   Angliyaning   Turkiyaga   ittifoqchi   sifatida
urushga   kirish   havfi   Rossiyani   yon   berishga     va   o’zining   ko’pgina   da’volaridan
voz   kechishga   majbur   qildi.   Qo’lga   kiritilgan   muvaffaqiyatlarni   mustahkamlash
uchun   Berlin   kongressida   shaxsan   Dizraelining   o’zi   qatnashdi.   Turkiyaga
Londonning   yordami   qimmatga   tushdi.   Kipr   oroli   Angliya   boshqaruviga
o’tdi.Suvaysh kanalida hukmronlikni     o’rnatgan Angliya Misrda inglizlarga qarshi
ko’tarilgan   harakatni   bostirish   uchun   qo’shin   kiritdi   va   amalda   Misrni   ingliz
mustamlakasiga aylantirdi. 
1899-1902 yillar davomida Angliya oltin va olmosning katta zahiralariga ega
bo’lgan   Transvaal   va   Oranj   respublikualarini   o’z   mustamlakasiga   aylantirdi.   Bu
tarixda anglo – burlar urushi deb nom olgan. Urushda Angliya tomonidan 6 ming
qurbon   berildi,   23   ming   kishi   yaralandi,   16   ming   kishi   esa   olingan   jarohatlardan
halok bo’ldi. Urush xarajatlari 222 mln funtni tashkil etdi.
Buyukbritaniya   XIX   asr   oxirigacha   kontinentdagi   koalisiya   va   ittifoqlarga
qo’shilmaslikka   harakat   qildi.   Angliya   Bosh   vaziri   R.   Solsberiga   mamlakatning
ittifoqchilari yo’qligi tana qilinganda u «Angliyaning ittifoqchilarga ehtiyoji yo’q,
chunki uning mulklarida quyosh botmaydi, uning yarim mlrd. ga yaqin fuqarolari
bor,   ingliz   flotining   yuk   ko’tarish   va   harbiy   qudrati   boshqa   davlatlarning birgalikdagi  floti  qudratidan ham  ortiqdir» deb javob bergan edi. Ammo XIX asr
oxirlariga kelib Buyuk Britaniyaning qudratiga birin – ketin darz keta boshladi. U
dastlab   sanoat   sohasidagi   hukmronligini   boy   berdi,   savdo   ham   havf   ostida   qoldi,
dengizda hukmronlikka esa Germaniya da’vo qila boshladi. Germaniya – Angliya
raqobati imperialistik ziddiyatning asosiy faktorlaridan biri bo’lib qoldi. 
1901   yil   yanvarida   qirolicha   Viktoriya   vafot   etdi.   Buyuk   Britaniya   taxtiga
uning o’g’li Eduard VII o’tirdi. 1903 yil bahorda Eduardning Parijga va yozda esa
fransuz   prezidentining   Londonga   rasman   tashrifi   bo’ldi.   Fransiya   va   Angliya
o’rtasidagi   xalqaro   ziddiyat   barqaror   etilib,   jiddiy   muzokaralar   uchun   vaziyat
tayyorlandi.
1904   yilda   Angliya   –   Fransiya   bitimi   imzolandi   va   munozarali   masalalar
bo’yicha   o’zaro   kelishib   olindi.   Bu   vaqtda   Fransiya   Marokashni     egallashga,
Angliya   esa   Misrda   to’liq   hukmronlik   qilishga   harakat   qilmoqda   edi.   Mazkur
bitimda   hyesch   qanday   ittifoqchilik   yoki   hamkorlik   majburiyatlari   aks   etmagan
bo’sada,  fransuz  matbuoti  uni   «Antant  kordial»  («yurakdan  ahd»)   deb  nomlanadi
va tarixga u shu nom bilan kirdi. Germaniya bilan zo’r raqobat sharoitida Fransiya
bilan munosabatlarning yaxshilanishi bu ingliz diplotiyasining yutug’i edi. XIX asr
70 yillarigacha Rossiya-Britaniya manfaatlari  Bolqonda keyin esa O’rta Osiyo va
Uzoq Sharqda to’qnash kelmoqda edi.
Leyboristlar   partiyasining   tarkil   topishi.   15   yillik   suhokamadan   so’ng
parlamentda   8   soatlik   ish   kuni   to’g’risidagi   qonunni   qabul   qilinishi   ishchilar
orasida   liberallar   va   konservatorlaroning   vositachiligisiz   parlamentda   mustaqil
vakillikka ega bo’lish fikrini paydo qildi. 1900 yil Londonda kasaba  uyushmalari
va 3 ta sosialistik tashkilot (Mustaqil ishchi partiya,    Fabianlar jamiyati va Sosial –
demokratik federasiya) vakillari yiqilib, ishchi vakillari komiteti (KRP)ni tuzdilar.
Ishchi   vakillari   komitetining   1906   yilda   chaqirilgan   konferensiyasi   komitetni
Leyboristlar   (ishchilar)   partiyasiga   aylantirdi.   Buyuk   Yuritaniyadagi   2   asosiy
partiyalardan   biri   shu   kunda   tashkil   topdi.Parlament   yangi   partiya   bilan
hisoblashishga majbur bo’ldi. Bu   davrga   kelib   norozilik   harakatlari   kuchaydi.   1912   yil   umum   palatasi
uchinchi   gomrulni   ko’rib   chiqdi.   Bu   gomrulga   ham   birinchi   va   ikkinchi
gomruldagi   talablar   kiritilgan   edi.   Bunga   qarshi   Olster   o’zining   hukumatini,
arteleriya va aviasiya bilan qurollangan yuz ming kishilik armiyasini tuzdi. Gomrul
tarafdori   bo’lgan   irlandlar   ham   harbiy   otryadlar   tuzishga   kirishdilar.   Irlandiyada
fuqarolar   urushi   havfi   paydo   bo’ldi.   Birinchi   jahon   urushi   arafasida   Angliyada
ayollar umumsaylov huquqi uchun zo’r kurash olib bordilar. 
1914   yil   avgustda   Angliya   urushga   kirdi.   Mamlakat   ichkarisidagi
tadbirlarning   yechimi   qanchalik   muhim   va   zarur   bo’lishidan   qat’iy   nazar   ular
ikkinchi darajali vazifa bo’lib qoldi.
Parijda   va   viloyatlarda   Kommuna   tor-mor   keltirilgandan   keyin   Fransiyada
reaksiya   avj   oldi.   1872   yilda   Dyufor   qonuni   qabul   qilindi,   bu   qonunga   ko’ra
Fransiya   territoriyasida   Internasional   faoliyati   taqiqlandi.   Inqilobiy   harakatga
qarshi   kurashuvchi   tashkilotlar   paydo   bo’ldi,   masalan   1872   yilda
Kontrinternasional jamiyati tuzildi. Harbiy sudlar 1876 yilgacha faoliyat ko’rsatib,
revolyusion harakatda qatnashganlardan shafqatsizlik bilan o’ch oldi.
Mamlakatning   siyosiy   ahvoli   bundan   ham   murakkab   edi.   Monarxiyachi
siyosiy   partiyalar   –   orleanchilar,   legitimistlar   va   bonapartchilar   hokimiyat   uchun
kurash olib bordilar. Germaniya bilan sulh masalasini hal qilish uchungina vakolat
olgan   Millat   majlisi   sulh   shartnomasiga   imzo   qo’yilgandan   keyin   ham
o’zboshimchalik   bilan   o’z   faoliyatini   davom   ettirdi   va   o’ziga-o’zi   Ta’sis   majlisi
maqomini   berdi.   Har   biri   taxtga   o’z   davogarini   qo’yishga   harakat   qilgan   uch
monarxiyachi   partiyaning   Ta’sis   majlisida   bir-biri   bilan   raqobati   ularning
monarxiyani   tiklashga   qaratilgan   umumiy   intilishini   yo’qqa   chiqardi   va
monarxiyachilar   vaqtincha   respublika   boshqaruvi   bilan   murosa   qilishga   majbur
bo’ldilar.   Bu   “respublikachilarsiz   respublika”   edi,   chunki   1871   yil   fevralida
saylangan   Millat   majlisiga   ko’pchilik   monarxiyachilar   kirdi,   shuning   uchun
Fransiyani ba’zan “Gersoglar respublikasi” deb ham ataydilar.
Respublikani   birinchi   prezidenti   qilib   orleanchi   Tyer   saylandi.   Qo’shimcha
saylovlarda respublikachilarning muvaffaqiyati monarxiyachilarni vahimaga soldi. Millat   majlisi   Tyerni   iste’foga   chiqardi.   1873   yil   mayida   ijroiya   hokimiyat
boshlig’i   lavozimiga   Mak-Magon   saylandi.   Mamlakatda   hokimiyatni
mustahkamlash   uchun   konstitusiya   kerak   edi.   1875   yil   21   yanvarda   (Lyudovik
XVI   qatl   etilgan   kun)   Ta’sis   majlisi   mamlakatning   siyosiy   tuzumi   to’g’risidagi
qonunni   muhokama   qildi.   “Respublika”   so’zi   prezidentni   saylash   tartiblari
to’g’risidagi  moddadagina  eslatildi.  Bu  modda  bitta  ortiqcha  ovoz  (353 ga  qarshi
352)   bilan   qabul   qilindi.   Shuning   uchun   respublikani   tasodifiy   deb   nomladilar.
Prezident   keng   huquqlarga,   jumladan,   deputatlar   palatasini   tarqatib   yuborishga
ham   haqli   bo’lib,  u  har  ikkala  palata   a’zolarining  birlashgan  majlisi  tomonidan  7
yil   muddatga   saylanishi   lozim   edi.   Ijroiya   hokimiyat   prezidentga   va   u
tayinlaydigan   ministrlar   kengashiga   tegishli   edi.   Ammo   prezident   palatalarga
bo’ysunib   hukumatga   mustaqil   rahbarlik   qila   olmas   edi.   Senat   to’g’ridan-to’g’ri
ovoz   berish   yo’li   bilan   emas,   balki   munisipalitetlarning   vakillari   tomonidan
saylangan. Katta vakolatlarga ega bo’lgan senat deputatlar    palatasining qarorlarini
rad qilishga ham haqli edi.
Deputatlar   palatasi   fuqarolarning   umumiy   yashirin   ovoz   berish   yo’li   bilan   4
yilga   saylangan.   Ayollar,   harbiylar   va   mustamlakalarning   aholisi   saylov
huquqlaridan mahrum edi. Mamlakatning 40 mln. aholisidan 12 mln. saylovchilar
edi   xolos.   Ushbu   konstitusiya   ayrim   o’zgarishlarning   kiritilishi   bilan   to   1940
yilgacha amalda bo’ldi.
1876 yilgi parlament saylovlarida respublikachilar 350 ta deputatlik mandatini
qo’lga kiritdi. Saylovdan qoniqmagan Mak Magon 1877 yilda deputatlar palatasini
tarqatib   yubordi.   Qo’shimcha   saylovda   respublikachilar   300   ta   o’rinni,
monarxiyachilar   esa   125   ta   o’rinni   egalladilar.   Senatga   ham   ko’pchilik
respublikachilar   kirdi.   Mak   Magon   iste’fo   berishga   majbur   bo’ldi.   Faqat
shundagina   respublika   tuzumi   butunlay   mustahkamlandi.   1879   yilda   prezident
lavozimiga respublikachi J.Grevi o’tirdi.
Ijtimoiy - siyosiy ahvoli
Bundan   norozi   bo’lgan   monarxiyachi   zobitlar   respublikachilar   siyosatidan
norozi   bo’lganlardan   o’z   manfaatlari   yo’lida   foydalanmoqchi   bo’ldilar.   Ular orasida   shovinizmni   kuchaytirib,   Elzas   va   Lotaringiyani   qaytarib   olish   uchun
urush     boshlashni targ’ib qilishga chaqirdi. Ularning ba’zilari Germaniyaga qarshi
urush uchun xalq va armiyani birlashtiruvchi diktator lozimligini bashorat qildilar.
Shunday   vaziyatda   general   Bulanje   nomi   bilan   bog’liq   harakat   tez   yuksaldi.
Balanjechilar   1887   yilgi   prezident   J.Grevi   atrofidagi   siyosiy   mojarodan   o’z
manfaati   yo’lida   foydalanib   qoldilar.   Bulanje   1889   yilgi   qo’shimcha   saylovlarda
250   ming   ovoz   oldi.   U   “Qarshilik   ko’rsatish   qo’mitasi”   deb   nom   olgan   siyosiy
muxolifatga   boshchilik   qildi.   Bu   qo’mitani   mo’tadil   respublikachilarning
dushmanlari   qo’llab-quvvatlab   turdilar.   Bulanjechilarning   davlat   to’ntaruvi   qilish
haqidagi   rejalari   amalga   oshmadi.   Suiqasd   to’g’risida   hukumat   xabar   topdi.
Generalning   monarxiyachilar   bilan   siyosiy   aloqalari   fosh   qilindi.   Bulanje
Belgiyaga qochdi.
1892-1893   yillarda   Panama   kanalini   qurilishi   bilan   bog’liq   ravishda   yangi
siyosiy inqiroz yuz berdi. 1888 yilda tuzilgan Panama kanalini qurish aksiyadorlik
jamiyati   poraxo’rlik   va   o’g’irliklar   tufayli   bankrot   bo’lib,   mayda   aksiyachilarga
devedentlarni to’lay olmadi. Panama firibgarligiga moliyachilarning keng doiralari,
hukumat   a’zolari,   senatorlarning   oilalari   va   prezidentning   qarindoshlari   ham
aralashib  qolgan edi.  Monarxiya  tarafdorlari   bunda respublikachilarni   aybdor  deb
topib,   bu   bilan   xalqga   respublika   tizimining   bema’ni   ekanligini   ko’rsatmoqchi
bo’ldilar. Ammo bunday bo’lib, chiqmadi, sud jarayoni va u bilan bog’liq mojaro
1893 yilda nihoyasiga yetdi, respublika tuzumi saqlab qolindi.
1894   yilda   Fransiyaning   Bosh   shtabidagi   monarxiyachilar   mamlakatni
navbatdagi   chuqur   siyosiy   inqirozga   tortdilar.   Bosh   shtab   monarxiyachilarning
so’nggi   tayanchi   edi.   Nizoning   sababi   butun   dunyoga   ma’lum   bo’lgan   “Dreyfus
ishi” edi.     1894 yil 28 yoshli harbiy zobit (kelib chiqishi  yaxudiy) bo’lgan Alfred
Dreyfus   Germaniya   razvedkasiga   maxfiy   ma’lumotlarni   yetkazib   berishda
ayblandi.   Sud   uni     aybdor   deb   jazoga   tortdi.   Biroq   Dreyfus   surgunda   bo’lsa   ham
maxfiy   ma’lumotlar   Germaniyaga   yetkazilayotganligi   ma’lum   bo’ldi.   Dreyfus
reabilitasiya   qilindi.   “Dreyfus   ishi”   monarxiyachi   doiralarning   respublikachilarni
obro’sizlantirib,   ularning   hokimiyatiga   barham   berish   uchun   qilingan   so’nggi urinishi   edi.   1902   yil   parlament   saylovlarida   radikallar   ko’p   ovoz   oldilar.  
Radikallar  va sosialistlar  birgalikda “so’l  blok” deb atalgan ittifoq tuzib, palatada
ko’pchilik   bo’lib   oldilar.   Radikallar   tuzgan   Emil   Komb   (1902-1905)
boshchiligidagi   hukumat   mamlakatda   siyosiy   va   iqtisodiy   jihatdan   katta   kuchga
ega   bo’lgan   katolik   kongregasiyalariga   va   klerikallarni   o’quv   yurtlarida   rahbarlik
qilishiga   qarshi   kurash   olib   bordi.   Respublikani   ichki   ishlariga   aralashayotgan
Vatikan   bilan   diplomatik   aloqalarni   uzdi   va   cherkovni   davlatdan   ajratish
to’g’risidagi qonunni tayyorlashga kirishdi.
Komb   hukumati   “Dreyfus   ishi”   dan   saboq   olib   armiyani   reaksion
monarxiyachilardan   tozalash   maqsadida   zobitlar   to’g’risida   ma’lumotlar   yig’ib,
ular   uchun   “maxfiy   kartochkalar”   ochdi.   Bundan   klerikal   va   progresschilar
hukumatga qarshi kompaniyani avj oldirish uchun foydalandilar. Natijada,     Komb
hukumati 1905 yil yanvarida iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. 
O’ng radikal  Ruvye  yangi  hukumat  tuzdi  (1905 yil  yanvar  – 1906 yil  mart).
Palatada so’llar ko’pchilik bo’lganligi sababli Ruvye cherkovni davlatdan ajratish
to’g’risida   Kombi   tayyorlagan   qonun   loyihasini   to’xtatib   qola   olmadi.   1905   yil
iyulida   cherkovni   davlatdan   ajratish   to’g’risida,   2   yillik   harbiy   xizmat   to’g’risida
qonunlar qabul qilindi.
1912 yilda R.Puankare hukumati  hokimiyatni  o’z  qo’liga oldi. Puankarening
ichki   siyosati   sosialistlar   xavfini   bartaraf   etishga   qarshi   qaratilgan   bo’lsa,   tashqi
siyosati juda tajovuzkor bo’ldi. U hatto Germaniyaga qarshi urush ochishni targ’ib
qildi   va   shuning   uchun   uning   laqabi   “Puankare-urush”   bo’lib   qoldi.   1913   yil
Fransiya     prezidenti qilib saylangan Puankare va Brian boshliq hukumat juda faol
agressiv   siyosat   yuritdi.   Harbiy   xizmat   muddatini   ikki   yildan   3   yilga   uzaytirish
to’g’risidagi   qonun   loyihasini   palata   muhokamasiga   kiritdi.   Unga   ko’ra   Fransiya
armiyasining tinch vaqtda 160 ming kishiga yetkazish ko’zda tutilgan edi.
Fransiya   iqtisodiy     taraqqiyotining   sekinlashuviga   Fransiya,   Germaniya
(1870-1871) urushi harajatlari (16 mlrd. frank),    tovon puli, katta ruda zaxiralariga
ega   bo’lgan   Elzas   va   Lotaringiyaning   bir   qismini   qo’ldan   ketishi,   shuningdek,
mamlakatni   tabiiy   boyliklarga   kambag’al   ekanligi   sabab   bo’lmoqda   edi.   Nemis qo’shinlarining   Fransiyaning   sanoati   yuqori   darajada   rivojlangan   shimoliy   va
shimoli-sharqiy   xududlarni   vaqtincha   egallab   turishi   ham   boshqa   departamentlar
bilan   zarur   bo’lgan   iqtisodiy   aloqalarni   izdan   chiqardi,   uning   ichki   bozori
cheklanib qoldi Fransiyaning og’ir sanoati uchun zarur bo’lgan ko’mir va sifatli temir ma’lum
vaqt davomida chet davlatlardan keltirilib turdi. Fransiyada yirik ishlab chiqarish –
temirsozlik, mashinasozlik kabi sohalar bilan bir qatorda, o’rtacha va mayda sanoat
ishlab   chiqarish   ham   saqlanib   qolgan   bo’lib,   iqtisodiyotda   katta   o’rin   tutar   edi.
Zeb-ziynat va zamonaviy (moda) buyumlari ishlab chiqarish kabi sanoat tarmoqlari
uchun   energetika   bazasi   ham,   sanoatning   texnika   jihatidan   yuksak   jihozlanishini
ham talab qilmas edi.  Bu buyumlarga mamlakat ichida ham, mamlakat tashqarisida
ham talab katta edi.
Lekin   Fransiyada   mayda   va   o’rta   korxonalar   ko’pchilik   bo’lishiga
qaramasdan, ishlab  chiqarishni  konsentrasiyalashish  va kapitalning markazlashish
jarayoni   tez   bordi.   Og’ir   sanoatda   ishlab   chiqarishni   konsentrasiyalashuvi
monopolistik   birlashmalarning   tuzilishiga   olib   keldi.   70-yillarda     ko’pgina
aksionerlik   kompaniyalari   paydo   bo’ldi.   Masalan,   1876   yili   qudratli   Longvi
metallurgiya sindikati vujudga    keldi, Shneyder-Krezo    harbiy sanoati kengaytirildi
va h.k.
XIX   asr   oxirlarida   Fransiya   qishloq   xo’jaligida   hamon   aholining  katta   qismi
band edi (1872 yilda 63.9 %, 1896 yilda 60.9 %). Dehqonlar mulkining uzoq vaqt
mobaynida   parchalanib   kelinganligi   qishloqda   parsell   (bir   parcha   yer)
xo’jaliklarining   ustun   bo’lishiga   olib   keldi.   Shu   vaqtda   mamlakatdagi   hamma
xo’jaliklarning   kamida   3/4   qismini   parsell   xo’jaliklari   tashkil   qilar   edi.   Fransiya
qishloq   xo’jaligi   aholisining   ko’pchiligi   mayda   hol   dehqonlar   bo’lib,   yer
maydonlarining   ozgina   qismi   ularning   qo’lida   edi.   Son   jihatdan   ozchilik   bo’lgan
o’rta   hol   dehqonlar   va   pomeshchiklar   qo’lidagi   yerlar   butun   yer   maydonlarining
75%   ni   tashkil   qilar   edi.   Ammo   Fransiyada   asta-sekinlik   bilan   bo’lsa   ham   bir
tomondan   yer-mulklarning   konsentrasiyalashuvi   va   ikkinchi   tomondan   parsell
xo’jaliklarining   o’sish   jarayoni   davom   etdi.   O’rta   hol   dehqon   xo’jaliklari   tobora
kamayib bordi, ular o’zlarining bir parcha yeriga bog’lanib qolgan, garovga olgan
qarzi   ostida   ezilgan   parsell   dehqonlari   o’z  xo’jaligida  yangi   texnikalarni   ishlatish
imkoniyati bo’lmaganligidan, ularning xo’jaligi og’ir qo’l mehnatiga asoslanar edi. Qishloq   xo’jaligi   taraqqiyotini   juda   sekin   borishining   sababi   -   bu   yer
mulklarining   juda   maydaligi   (parselligi),   okean   ortidan   keladigan   arzon   g’alla   va
arzon   vinoning   xonavayron   qiluvchi   raqobati   bo’lib,   ularning   hammasi   Fransiya
qishloq   xo’jaligini   uzoqqa   cho’ziladigan   va   dam-badam   bo’lib   turadigan
inqirozlarga duchor qildikim, bu inqirozlar XX asr boshlaridagina bartaraf etildi.
XIX   asr   oxirlarida   Fransiya   iqtisodi   nisbatan   qoloq,   qishloq   xo’jaligi   sekin
sur’atlar   bilan   taraqqiy   qilayotgan   sanoat   mamlakati   ekanligiga   qaramasdan   unda
pul   mablag’lari   ko’p   edi.   Banklarni   konsentrasiyalashish   jarayoni   sanoat
konsentrasiyasidan   ancha   tez   bordi.   Eng   yirik   banklar   –   Fransuz   banki,   Lion
krediti,   milliy   hisob   kontorasi,   bosh   jamiyat   va   Parij   –   Niderland   banki   butun
mamlakatdagi   bank   tizimi   ustidan   hukmronlik   qilib   turardi.   XX   asr   boshlarida
barcha     omonat pullarning sal kam 70 % yirik uchta bank xazinalarida to’plangan
edi.
1914   yilda   Fransiyada   266   ta   bank   faoliyat   ko’rsatgan.   Ammo   fransuz
banklari   konsentrasiyalashgan   yirik   kapitalning   juda   ozgina   qismini   vatan
iqtisodiyotiga sarf qilar edi.
1903 yil sanoat va savdoga 8.5 mlrd. frank, chetga – 104.4 mlrd. frank kapital
sarflangan.   Kapital   hatto   mamlakat   iqtisodiyotining   taraqqiyotiga   zid   ravishda
katta miqdorda eksport qilindi. 1914 yilda Rossiya, Bolqon mamlakatlari, Angliya,
AQSh, Ispaniya, Portugaliya va boshqalar Fransiyadan qarzdor edi, bu davrda ham
Fransiya Yevropa sudxo’ri bo’lib qolaverdi.
90-yillarning   o’rtalaridan   Fransiyaning   sanoat   taraqqiyotida   bir   muncha
yuksalish   davri   boshlanib,   u   birinchi   jahon   urushigacha   davom   etdi.   Temir   qazib
chiqarish   sur’atlari   jihatidan   Fransiya   (1905   yilda   5.4   mln.   tonnadan   1913   yilda
22.0 mln. tonna) eng ilg’or mamlakatlar – Germaniya va AQShdan ham uzib ketdi.
Masalan, avtomobilsozlik bo’yicha Fransiya jahonda 2-o’ringa chiqib oldi. Sanoatning   rivojlanib   borayotgan   tarmoqlarida   ishlab   chiqarishning
konsentrasiyalashuvi va monopolistik birlashmalar paydo bo’lishi kuchayib bordi.
Metallurgiya   sanoati   “Komite   de   Forj”   va   “Shneyder-Krezo”   konsernlariga
bo’ysunar   edi,   shuningdek   “Shneyder-Krezo”   konserni   harbiy   sanoatni   ham
monopoliya qilib olgan edi. “Denen-Anzen” va “Marin-Omekur” ko’mir sanoatida,
“Sen-Goben”   va   “Kyul-Man”   ximiya   sanoatida   “Reno”,   “Pejo”   firmalari
avtomobilsozlik   sanoatida     hukmronlik   qilar   edi.   Fransiyada   sanoat   ishlab
chiqarishning   bunday   o’sishi   uni   sanoat   sohasidagi   qoloqligini   tugatishga   kifoya
qilmas   edi.   Ishlab   chiqarishning   ko’p   tarmoqlari   bo’yicha   Fransiya   orqada
qolmoqda edi.
Fransiyaning   1909   yilgi   eksportida   (tovarning   qiymatiga   ko’ra)   jun   birinchi
o’rinda,   ip-gazlamalar   2-o’rinda,   shoyi   gazlamalar   3-o’rinda,   vinolar   4-o’rinda
turgan.   1906   yildagi   ro’yxatga   ko’ra   Fransiya   sanoatida   ishlab   turgan   barcha
ishchilarning 58.1% mayda korxonalarda, 11.8%     o’rta korxonalarda, 30.1% yirik
korxonalarda ishlagan.
XX   asr   boshlarida   aholining   40%   qishloq   xo’jaligida   band   edi.   Qishloq
xo’jaligida parsel xo’jaliklari ko’pchilikni tashkil qilar edi. XX asr boshlariga kelib
chetga kapital chiqarish yanada kuchaydi. Bu kapital asosan ssuda (qarz) tariqasida
chiqarildi.   1890-1914   yillar   davomida   Fransiyaning   chet   ellardagi   kapitali   uch
baravardan ziyodroq o’sib, 60 mlrd. frankga yetdi. Biroq, Fransiya aholisi sonining
o’sishida turg’unlik yuz berdi. Uchinchi respublikaning dastlabki 40 yili davomida
Fransiya aholisining soni 38-39 mln. kishidan oshmadi. 
Tashqi siyosati va xalqaro ahvoli Franakfurt   sulh   shartnomasi   (1871)   imzolangandan   keyin   Fransiya   bilan
Germaniya   o’rtasidagi   munosabatlar   juda   tang   holda   qolib   keldi.   Bismark
Fransiyani   xalqaro   miqyosda   yakkalanish   holatidan   qutilib,   o’ziga   ittifoqchilar
topib   olishidan   xavfsiradi.   Ayniqsa,   Fransiyaning   Rossiya   bilan   yaqinlashuvi
Bismarkni   ko’proq   dahshatga   solar   edi.   Germaniyaning   militaristik   hukmron
doiralari   Fransiyani   qaddini   rostlab   olmasdan   turib,   yana   chilparchin   qilishga
intildilar. Germaniya 1873 va 1875 yillarda Fransiya bilan urush chiqarishga urinib
ko’rdi,   ammo   Fransiyaning   yon   berishi   va   Angliyaning   aralashuvi   bilan   urush
xavfi   bartaraf   etildi.   Bismark   chekinishga   majbur   bo’ldi.   1877   yil   Germaniya
tomonining ig’vogarligi oqibatida yana urush xavfi paydo bo’ldi. 1879 yil Avstriya
-   Germaniya   ittifoqining   tuzilishi   Fransiyaning   xalqaro   mavqyeini   yanada
yomonlashtirdi.   Ammo,   Fransiyaning   xukmron   doiralari   foyda   olish   va   boyish
niyatida mustamlakalar zabt etish siyosatini yuritaverdilar. 1881 yil Fransiya Tunis
ustidan   o’z   protektoratligini   o’rnatdi.   Tunisni   egallanishi   Fransiya   -   Italiya
munosabatlarini   yomonlashtirdi.   1882   yilda   Italiya   -   Germaniya   va   Avstriya   -
Vengriya   bilan   ittifoq   tuzdi.   Fransiyaning   Misr   va   Markaziy   Afrikada   Angliya
bilan raqobati natijasida Fransiya xalqaro maydonda yanada kuchlirok yakkalanib
qoldi. 1879 yilda Avstriya – Vengriya ittifoqining, 1882 yilda “Uchlar ittifoqi”ning
tuzilishi   va   Germaniya   tomonidan   yangi   urush   xavfi   Fransiyani   Rossiya   bilan
yaqinlashuviga   sabab   bo’ldi.     Rossiya   bilan   Fransiya   o’rtasida   tashqi   savdo
aloqalari   o’sdi.   1887   yil   Rossiya   Fransiyadan   500   mln.frank   hajmida   qarz   oldi.
1891 yilda  Rossiya   bilan Fransiya  o’rtasida  harbiy xarakterdagi   “Maslahat   pakti”
imzolandi.   Fransiya   va   Rossiyaning   ittifoqchiligidan   har   ikkala   davlat   ham
manfaatdor   edilar,   Fransiyaga   Germaniya   xavfiga   qarshi   tura   oladigan   ittifoqchi,
Rossiyaga esa katta miqdorda kreditlar manbai bo’lgan sudxo’r Fransiya kerak edi.
Fransiya     va   Rossiya   o’rtasidagi   harbiy   konvensiya   1893   yil   imzolangan
ittifoqchilik to’g’risidagi siyosiy shartnoma bilan to’ldirildi. Bu shartnoma “Uchlar
ittifoqi”   ga   qarshi   koalisiyani   tuzilishiga   asos   soldi.   1912   yil   bu   ikki   davlat
o’rtasida harbiy-dengiz konvensiyasi ham imzolandi. 80-yillarda   Jyull   Ferri   boshliq   hukumat   Fransiya   uchun   noqulay   bo’lgan
xalqaro   vaziyatda   dadil   ravishda   mustamlakachilik   siyosatini   yuritdi.   1883   yil
Shimoliy   Vyetnam   (Tonkin)   ni   ishg’ol   qilish   uchun   harbiy   ekspedisiya
uyushtirildi,   ammo   u   Xitoyga   qarshi   urushga   aylanib   ketdi.   Urush   natijasida
Vyetnam   Fransiya   mustamlakasiga   aylantirildi.   XIX   asr   oxirigacha   Fransiyaning
mustamlakalar   uchun   kurashdagi   asosiy   raqibi   Angliya,   XX   asr   boshlaridan   esa
Germaniya bo’lib qoldi.
XIX   asr   oxirlarida   va   XX   asr   boshlarida   G’arbiy   Afrikadagi   Senegal,
Gvineya,   Sudanning   bir   qisim,   Mavritaniya,   Dagomeya   (G’arbiy   Afrikaning   eng
kuchli   davlati),   Fillar   qirg’og’i,   Yuqori   Volta,   Nigeriya,   Tropik   Afrikada
(Ekvatorial Afrika) Gambiya daryosidan Chad ko’ligacha bo’lgan hududlar, O’rta
Kongo   va   Gabon   Hindixitoyda   Tonkin,   Annam,   Koxinxin,   Kamboja   va
Madagaskarda Fransiyaning mustamlakachiligi o’rnatildi.
1905   yilda   hokimiyatga   kelgan   radikal   kabinetning   tashqi   siyosati   mo’tadil
burjua   respublikachilardan   tuzilgan   oldingi   hukumatlarni   tashqi   siyosatidan
prinsipial   va   amaliy   jihatdan   hyech   bir   farq   qilmadi   va   ochiqdan-ochiq
imperialistik   xarakterdagi   siyosat   bo’ldi.   Teofil   Delkasse   turli   partiyalarning
vakillaridan   tuzilgan   xukumatlar   tashqi   siyosatlariga   7   yil   davomida   (1898-1905)
muttasil   rahbarlik   qildi.   Delkasse   fransuz   imperializmi   manfaatlarini   himoya
qiluvchi   maxfiy   diplomatiyaning   ustasi   edi.   U   Germaniya   bilan   axir   bir   kun
to’qnashish   muqarrarligini   hisobga   olib,   Fransiyaning   Italiya   va   Angliya   bilan
hamkorligini mustahkamlashga va kengaytirishga intildi. 1904 yil aprelida Angliya
bilan “Yurakdan ahd” (Antanta-samimiy) deb nom berilgan bitim imzolandi.
1905   yil   Germaniya   Marokash   masalasida   xalqaro   janjal   chiqardi.   Delkasse
Angliyaning yordamiga ishonib, Germaniya urush boshlashga    botina olmaydi deb
har   qanday   yon   berishdan   bosh   tortdi.   Ruvye   boshchiligidagi   ministrlar
kabinetining ko’pchiligi esa, ayni zamonda Fransiyaning asosiy ittifoqchisi bo’lgan
Rossiyaning Yaponiya bilan muvaffaqiyatsiz urush natijasida zaiflashib qolgan bir
paytda   Germaniyaning   Fransiya   bilan     qurolli   to’qnashishiga   yo’l   qo’ymaslik
kerak, deb hisoblar edi. Germaniya tashabbusi bilan Alxessiras shahrida Marokash masalasida xalqaro
konferensiya   chaqirilib,   unda   14   ta   davlatning   vakillari   qatnashdi.   Konferensiya
Marokashni  mustaqilligini  tan olgan bo’lsada,  Fransiya unda hukmron mavqyeini
(ichki tartibni saqlash va Marokkash polisiyasi ustidan nazorati) ni saqlab qoldi.
1911   yil   bahorda   fransuz   qo’shinlari   Marokash   sultoniga   qarshi   ko’tarilgan
qo’zg’olonchilardan fransuz fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida
Marokash poytaxti Fesni egalladi. Bunga qarshi Germaniya Fransiyani Alxessiras
konferensiyasi   qarorlarini   buzishda   ayblab   Marokashni   Agadir   portiga   o’zining
harbiy   kreyserlarini   yubordi.   Angliya   va   Rossiyaning   aralashuvi   bilan   ikkinchi
Marokash   inqirozi   ham   muzokaralar   yo’li   bilan   yechildi.   Kongoning   bir   qismini
Germaniya egallab, Fransiya Marokashda o’z protektoratligini o’rnatdi.Fransiya va
Germaniyaning   Yevropada   gegemonligi   uchun   bo’lgan   qarama-qarshiligiga   XX
asr boshlaridan mustamlakalar uchun raqobat ham qo’shildi. 
Shunday   qilib,   birinchi   jahon   urushi   arafasida   Fransiyaning   ichki   va   tashqi
siyosati   nihoyatda   murakkab   bo’lib  xalqaro  miqyosda   u   moliyaviy  markaz   bo’lib
qolaverdi. 
Fransiya-Prussiya   urushining   sabablari .   1870-1871   yillardagi   Fransiya-
Prussiya   urushini   mazkur   mamlakatlar   o’rtasidagi   chuqur   ziddiyatlar   keltirib
chiqardi.   Shimoliy   Germaniya   ittifoqiga   a’zo   bo’lgan   german   davlatlari   to’liq
birlashish uchun harakat qilmoqda edi.   Faqat – Baden, Bavariya, Vyurtemberg va
Gessen   –   Darmshtadt   kabi   janubiy   german   davlatlari   Fransiyaga   intilmoqda   edi.
Chunki,   bu  davlatlar   ko’proq  Fransiya   bilan  iqtisodiy   jihatdan   bog’langan   bo’lib,
ularning aholisi asosan katolik diniga e’tiqod qilar edi.
Prussiya Yevropada Fransiyani  zaiflashtirish uchun zo’r berib kurashayotgan
bir   paytda   Fransiya   o’zining   Yevropadagi   hukumronligini   va   german
davlatlarining   siyosiy   tarqoqligini   saqlab   qolishga   urindi.   Shimoliy   Germaniya
ittifoqining tuzilishiga qarshilik ko’rsata olmagan Fransiyaning hukumron doiralari
bu   ittifoqning   mustahkamlanishi   va     yanada   kengaytirilishiga   yo’l   qo’ymaslikka
harakat qildilar. Shimoliy Germaniya ittifoqi rahbarlari esa Fransiya ustidan g’alaba qilmasdan
turib   german   davlatlarini   to’liq   birlashtirish   mumkin   emasligiga   amin   bo’ldilar.
Prussiyaning   hukumron   doiralari   german   davlatlari   o’rtasida   imzolangan   harbiy
shartnomaning   amal   qilish   muddati   tugamasdanoq,   Fransiya   bilan   urush
boshlashga   va   uning   iqtisodiy   jihatdan   boy   viloyatlari   bo’lmish   Elzas   va
Lotaringiyani   egallashga   harakat   qildilar.   Germaniyani   birlashtirish   uchun
Fransiyaga qarshi urushni Shimoliy Germaniya ittifoqiga a’zo davlatlar aholisining
derli barcha tabaqalari yoqlab chiqdi.
Urushga bahona
Shimoliy   Germaniya   ittifoqi   reyxstagida   ittifoq   aholisining   1%   miqdorida
armiyani   kengaytirish   haqida   qonun   qabul   qilindi.   Bunday   armiyani   ta’minoti
uchun   yetarli   darajada   mablag’   ham   ajratildi.   German   davlatlarida   urushga
tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetdi. Endi urush boshlash uchun bahona kerak edi.
Yevropa   mamlakatlari   matbuotida   Ispaniya   qirolining   vafotidan   so’ng   bo’shab
qolgan   taxtga   prussiyalik   gogensollernlar   sulolasining   vakili   shahzoda   Leopold
nomzodi   tavsiya   qilinayotganligi   to’g’risida   habar   paydo   bo’ldi.   Ispaniya   taxtiga
gogensollernlar   vakili   o’tiradigan   bo’lsa,   bu   Prussiya   mavqyeini   kuchaytirar   edi,
biroq   shahzoda   Leopold   tezda   o’z   nomzodini   olganligiga   qaramasdan,   Napoleon
III   Ems   shahrida   dam   olayotgan   Prussiya   qiroli   huzuriga   fransuz   elchisi
Benedettini   yuborib,   unga   Ispaniya   taxtiga   gogensollernlarning   hyech   bir   vakili
o’tirmasligi   haqida   qiroldan   yozma   ravishda   majburiyat   olib   kelish   vazifasini
yuklatdi.   Prussiya   qiroli   bunday   majburiyatni   berishga   rozi   bo’lmadi,   ammo
muzokaralarni yana davom ettirishni va’da qildi. Muzokaralar haqidagi habarnoma
kansler   Bismark   tomonidan   maqsadli   tarzda   qayta   tahrir   qilinib,   unga   Prussiya
qirolining   qupol   shaklda   har   qanday   muzokaralardan   bosh   tortganligi   bayon
qilindi.   Bismarkning   oldindan   tayyorlangan   rejasiga   ko’ra   urushni   Fransiya
boshlashi kerak edi. 
Napoleon   III   hukumati   esa   hukmron   sulola   mavqyeini   Germaniya   ustidan
zafarli   urush   bilan   mustahkamlashga   harakat   qildi.   Bismark   tomonidan   tahrir qilingan habarnomani Fransiya uchun juda tahqirli deb baholab, undan Prussiyaga
va uning ittifoqchilariga qarshi urush boshlash uchun bahona sifatida foydalandi.
Qulay diplomatik vaziyat
German   davlatlariga   qarshi   urushda   Fransiyaga   ittifoqchilik   qiladigan
Yevropa   davlatlari   topilmadi.   Fransiya   tomonidan   Xitoy,   Hindixitoy,   Suriya   va
Yangi   Kaledoniyada   olib   borilayotgan   urushlar   anglo-fransuz   munosabatlarini
keskinlashtirgan   edi.   Qrim   urushida   mag’lubiyatga   uchragan   Rossiya   ham
Fransiyaning   ittifoqchisi   bo’la   olmas   edi.   Italiya   ham   o’z   navbatida   Papa
viloyatining   Italiya   qirolligi   tarkibiga   qo’shib   olinishiga   zo’r   qarshilik   ko’rsatib
kelayotgan   Napoleon   III   ni   kechira   olmas   edi.   Avstriya   esa   1867   yildayoq
Napoleon III tomonidan Prussiyaga qarshi ittifoqchilik qilish to’g’risidagi taklifga
qo’shilishga   jazm   eta   olmagan   edi.   Urush   german   davlatlari   uchun   juda   qulay
diplomatik vaziyatda boshlandi.
Fransiya   harbiy   ministri   Levef   Napoleon   III   ga   Fransiyaning   urushga   to’liq
tayyor ekanligini ma’lum qildi. Amalda esa Fransiyada harbiy xarakatlarning aniq
rejasi   ham   ishlab   chiqilmagan,   ko’plab   harbiy   inshoatlar   qurib   bitkazilmagan,
harbiy safarbarlik ishlari chala tashkil qilingan, hatto chegaralarning haritalari ham
yetishmas, ko’pgina soldat va ofiserlarga esa german davlatlari qo’shinidan farqli
o’laroq   urushdan   ko’zlangan   maqsad   ham   noma’lum   edi.   Shunga   qaramasdan,
1870   yil   19   iyulda   Fransiya   Prussiyaga   qarshi   urush   e’lon   qildi.   German
davlatlarining   qo’shinlari   1870   yil   iyun   oyida   ya’ni,   Emsda   Fransiya-Prussiya
muzokaralari   ketayotgan   bir   vaqtda   urushga   to’liq   safarbar   qilindi.   Harbiy
shartnomaga ko’ra Prussiyaga nafaqat Shimoliy Germaniya ittifoqiga a’zo bo’lgan
nemis   davlatlari   balki   bu   ittifoqqa   kirmagan   janubiy   german   davlatlarining
qo’shinlari   ham   ittifoqchilik   qildi.   German   davlatlarining   harbiy   kuchlari   son
jihatdan Fransiya qo’shinidan 2 barobar ortiq bo’lib, u yaxshi qurollangan, yuqori
harbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan va mamlakatni milliy jihatdan birlashtirish ruhi
bilan sug’orilgan edi. Urushning boshlanishi va borishi
German davlatlarining qo’shini uchga bo’linib, zarur vaqtda o’zaro birlashish
uchun ular juda yaqin masofada joylashtirildi. 1870 yilning avgust oyi boshlarida
german   qo’shinlari   Reyndan   suzib   o’tib,   Elzas   va   Lotaringiya   chegaralariga
keltirildi.   Fransiya   qo’shinlari   shimoli-sharqiy   chegaralarda   Saarbryukindan
Belfargacha bo’lgan masofada joylashtirildi. Qo’shinga Napoleon III ning shaxsan
o’zi   qo’mondonlik   qildi.   Fransuzlar   hujum   qilmasdan   faqat   mudofaa   bilan
cheklanishga   majbur   bo’ldilar.   Veysenburg   ostonasida,   Strassburg   shimolida   va
nihoyat   Belgiya   chegarasidagi   Sedanda   bo’lgan   hal   qiluvchi   jangda   Fransiya
qo’shinlari   ketma-ket   ravishda   mag’lubiyatga   uchradilar.   1870   yil   1-sentyabrda
Sedandagi mag’lubiyatdan so’ng Napoleon III bo’yrug’i bilan Fransiyaning taslim
bo’lganligi   ma’lum   qilindi.   Bu   bilan   Fransiya   imperatori   mamlakatda   o’z
hukumronligini saqlab qolishga harkat qildi.
Fransiyada 1870 yil 4-sentyabr inqilobi
Fransuz   qo’shinlarining   mag’lubiyatga   uchraganligi   haqida   xabar   Parij
aholisining ommaviy narozilik harakatlariga sabab  bo’ldi. Xalq orasida imperator
va     hukumatning   nufuzi     tushib   ketdi.   Qonun   chiqaruvchi   korpus   binosida
respublikachilar   va   monarxiyachi-orleanchilar   yig’ildilar.   Ularning   bir   qismi
respublika to’zo’mi va islohotlar uchun harakat qilayotganligiga qaramasdan, ular  
xalq   inqilobidan   cho’chimoqda   edi.   Ularning   boshqa   bir   qismi   esa   respublika
tarafdori,   uchinchi   bir   qismi   esa   graf   Parijskiy   boshchiligida   orleanchilar
hukumronligini   tiklashga,   to’rtinchi   birlari   esa   legitimistlar   vakili   bo’lgan   gersog
Shambora   boshchiligida   monarxiyani   tiklashga   harakat   qildilar.   Biroq   qonun
chiqaruvchi korpus binosiga parijlik olomonning bostirib kirishi va ularning talabi
asosida   Fransiya   respublika   deb   e’lon   qilindi.   General   L.J   Troshyu   boshchiligida
muvaqqat   hukumat   tuzildi.   Bir   vaqtda   Fransiyaning   boshqa   shaharlarida   ham
norozilik   harakatlari   ko’tarildi.   Ularning   asosiy   maqsadi   mamlakat   mudofaasidan
iborat   edi.   Harbiy   safarbarlik   ishlariga   rahbarlik   qilish   uchun   L.Gambetta
boshchiligida   Tur   shahrida   delegasiya   tashkil   qilindi.   Xalq   ommasining   qo’llab-
quvvatlashi   tufayli   qisqa   vaqtda   220   ming   kishidan   iborat   11   ta   harbiy   korpus tashkil   qilindi.   Ammo   yangi   tashkil   qilingan   fransuz   qo’shinlarining   harbiy
tayyorgarligi yetarli bo’lmasdan, ular parij garnizoni bilan kelishgan holda harakat
qilmadi.   Shuning   uchun   harbiy   korpuslarni   tashkil   etish   tadbiri   jiddiy   natija
bermadi.    Fransiyaning harbiy strategik ahvoli og’irligicha qolaverdi. 1870 yilning
sentyabrida   Parij   qurshovga   olindi.   Prussiya   qirolinnig   qarorgohi   Versalga
joylashtirildi. 1871 yilning 18 yanvarida Versalda o’ro’shda g’olib kelgan german
davlatlarining   qirollari,   gersoglari   va   hukumat   boshliqlari   yig’ildi.     Vilgelm   I
Gogensollern   Germaniya   imperatori   deb   e’lon   qilindi.   Germaniyaning
birlashtirilishi nihoyasiga yetkazilib, yagona Germaniya imperiyasi tashkil topdi.
Dastlabki sulh
«Milliy mudofaa hukumati» dushmanga qarshilikni yaxshi tashkil qila olmadi.
U   xalqni   qurollantirishni   xohlamadi   va   revolyusion   chiqishlar   oldida   qurquvga
tushib, tezroq sulh tuzishga shoshildi. 26 yanvarda Parij atrofida harbiy xarakatlar
to’xtatildi.   1871   yil   28   yanvarda   muvvaqqat   hukumatning   tashqi   ishlar   vaziri
J.Favr   sulh   tuzish   uchun   Versalga   keldi   va   Germaniya   uchun   o’ta   foydali
shartlarda   dastlabki   sulh   bitimini   imzoladi.   Bismarkning   asosiy   shartlaridan   biri
Fransiya Milliy majlisini chaqirish va sulh shartnomasini tasdiqlatishdan iborat edi.
12   fevralda   Bordo   shahrida   yig’ilgan   Milliy   majlis   hukumat   boshlig’i
lavozimiga   Tyerni   sayladi.   Milliy   majlis   Tyer   va   Bismark   tomonidan   ishlab
chiqilgan   sulh   shartnomasini   qabul   qildi.   Milliy   majlisning   253   deputatidan   146
nafari     shartnomani   tasdiqlash   uchun   ovoz   berdi.Sulh   tuzilgach,   Tyer   hukumati
mamlakatdagi   inqilobiy   kuchlarni   bostirishni   o’z   oldiga   asosiy   maqsad   qilib
qo’ydi.
Parij Kommunasi
Troshyu va      keyinroq esa Tyer hukumati siyosatidan norozi bo’lgan xalqning
vatanparvarlik ruhi xalqaro internasional tomonidan targ’ib qilinayotgan jamiyatni
qayta   qurish   g’oyasi,   Parij   va   boshqa   yirik     shaharlardagi   inqilobiy   kuchlarni
o’zaro   yaqinlashishiga   olib   keldi.   Ular   mazkur   ahvoldan   chiqish   yo’lini   faqat
Kommunalarda   ko’rmoqda   edilar.   Xalqning   tasavvurida   kommuna   tashqi dushmanga   qarshi   kurasha   oladigan   va   xalqning   ijtimoiy   maqsadlarini   amalga
oshira oladigan yagona kuch edi. 
  «Milliy   mudofaa   xukumati»   Parij   himoyasi   uchun   ishchilarni   qurollantirib,
ularni   milliy   gvardiya   tarkibiga   kiritishga   majbur   bo’ldi.   Bu   milliy   gvardiyaning
ijtimoiy   tarkibini   keskin   o’zgartirib   yubordi.   Ishchilardan   iborat   200   dan   ortiq
harbiy   batalonlar   tuzildi.   Parijda   demokratik   kuchlarning     eng   yirik   ommaviy
tashkiloti   vujudga   keldi   va   u   poytaxt   aholisi   bilan   uzviy   aloqada   bo’ldi.   Tyer  
hukumatining   Germaniya   bilan   imzolagan   sulh   shartnomasi   Parijni
qurolsizlantirish tadbiriga yo’l ochdi. Parij qamal holatiga keltirildi. Fevral oyidan
boshlab milliy gvardiyachilarga maosh to’lash va mart oyidan esa boshqa to’lovlar
ham   to’xtatildi.   Demokratik   ro’znomalarning   bir   qismi   tugatildi.   17     mart   kuni
Parijda     Tyer   boshchiligidagi   ministrlar   va   generallar   guruhi   yig’ilishib,   unda
ishchi okruglaridagi     milliy gvardiyani qurolsizlantirish artileriya, qurol yarog’ va
o’q-dorilarni qo’lga olish bo’yicha harbiy operasiya o’tkazish, milliy gvardiyaning
markaziy qumitasini tarqatib yuborish va internasional a’zolarini qamoqqa olishga
qaror qilindi. 
Kommuna cherkovni davlatdan ajratib, ruhoniylarga byudjetdan maosh 
to’lashni to’xtatdi, maktab va maorifga dunyoviy tus berdi, madaniy sohada    
demokratik tadbirlar o’tkazildi. Kommuna tomonidan ijtimoiy muammolar 
bo’yicha bir qator qarorlar qabul qilindi. Ishlab chiqarishni tiklash uchun 
Kommuna dekretiga ko’ra tashlab ketilgan ustaxonalar ishchilar 
assosiyasiyasiga berildi. Kommuna va Versal o’rtasida urush holati yuzaga 
keldi. 
Versaldagi fransuz hukumatini german militaristlari qo’llamoqda edilar. 2-
aprelda Versal armiyasi Parijga yurish boshladi va uzoq davom etgan ketma-ket 
hujumlardan so’ng 21-mayda versalchilar Parijga bostirib kirishga muvaffaq 
bo’ldilar. Hafta davomida urush harakatlarini olib borgan versalliklar 
kommunachilardan qattiq uch oldilar. O’ttiz mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi 
va 50 mingdan ortiq kishi qamoqqa olindi. Ularning 14 mingi katorga ishlariga 
surgun qilindi.  Urushning yakuni va oqibatlari
Parij   kommunasi   bilan   urush   ketayotgan   bir   vaqtda   ya’ni,   10   mayda   Tyer
hukumati   Frankfurt   shahrida   Germaniya   imperiyasi   bilan   uzil-kesil   sulh
shartnomasini  imzoladi. Fransiya 5 mlrd. frank kontribusiya to’lash majburiyatini
oldi,bu   pul   to’languncha   Germaniya   qo’shinlari     Fransiya   hududida   saqlanadigan
bo’ldi, Elzas va Lotaringiyaning shimoli-sharqiy qismi Germaniyaga berildi. 
Toshko’mir va temir rudalarining juda katta zahiralariga ega bo’lgan Elzas va
Lotaringiyaning   qo’ldan   ketishi   Fransiyaning   iqtisodiy   taraqqiyotiga   salbiy   ta’sir
o’tkazdi.   Fransiyaning   sharqiy   chegaralari   himoyasiz   qoldi,   chunki   uning   28   ta
harbiy qa’lalari Germaniya ixtiyoriga o’tdi. Fransiya Germaniya urushi davomida
Germaniyaning birlashtirilishi nihoyasiga yetkazilib, Germaniya imperiyasi tashkil
topdi.   Fransiyada   Ikkinchi   imperiya   qo’ladi   va   Uchinchi   respublika   o’rnatildi.
Urush   Italiyaiing   to’liq   birlashtirilishini   ta’minlashga   xizmat   qildi.   Rimda   papa
hokimiyatini himoya qilib turgan     fransuz harbiy-korpusi Fransiyaga qaytarilgach,
Papa   viloyati   Italiyaga   qo’shib   olindi   va   Italiya   to’liq   birlashtirildi.   Fransiyaning
xalqaro   mavqyei   zaiflashdi.   Frankfurt   sulhi   Yevropadagi   keskinlikni   yanada
kuchaytirdi. Asosiy adabiyotlar
1. Новая   история   стран   Азии   и   Африки.   Под.   Ред.
А.М.Родригеса. В. 3 т. М., 2010.
2. Х рестоматия  по истории Нового времени стран Европы и
Америки .   сост. Д.В. Кузнецов . В. 2 часть.   Благовещенск:
Изд-во БГПУ, 2010.
3. Новая история стран Европы и Америки. Второй период.
Под ред. И.М. Кривогуза и Е.Е. Юровской. М., 1998.
4. Новая   история   стран   Европы   и   Америки.     Под   ред.
А.М.Родригеса  и  М . В .  Пономарева .  В. 3 т.  М.,  2005 .
5. Хидоятов Г.А. История дипломатии. Ташкent, 2004.
6. Ergashev Shuhrat. Jahon tarixi yangi  davr XVI-XVIII  asrlar.
Toshkent «O‘zbekiston». 2014.

Buyuk Britaniya va Fransiya yangi zamon davrida 1. Sanoat sohasidagi birinchilikning boy berilishi. 2. XIX asr so’ngi choragida liberallar va konservatorlar hukmronligi. 3. «Isyonkor Irlandiya» va gomrul masalasi. 4. Ijtimoiy – siyosiy harakatlar. 5. Tashqi siyosati va xalqaro ahvoli. 6. Leyboristlar partiyasining tashkil topishi. 7. Birinchi jahon urushi arafasida mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli.

Sanoat sohasidagi birinchilikning boy berilishi . XIX asrning 70 – yillarida Buyukbritaniya sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va moliya sohalarida boshlangan «buyuk turg’unlik» davrini boshdan kechirdi. Britaniya industiriyasining hukmronligi barham topdi. Yigirma yil o’tgandan so’ng inqiroz chetlab o’tilib, ishlab chiqarish o’sa boshladi. 1870 – 1914 yillar davomida Buyukbritaniyada ishlab chiqarish 2 barobar o’sgan bo’lsa, dunyo miqiyosida u 4 barobar oshgan. Bir vaqtlar jahonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 1/3 Angliya zimmasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, ushbu ko’rsatgich 1/7 ni tashkil etdi. 80 – yillar boshida AQSh, XX – asr boshlarida esa Germaniya Angliyani ortda qoldirdi.1896 yilda E. Vilyamning «Germaniyada tayyorlangan» nomli kitobi nashr etildi. Unda maullif nemis tilida yorliqlar bitilgan sanoat mahsulotlarining har qadamda uchrashini kuyunchaklik bilan ma’lum qilgan. Mamlakat aholisi orasida proteksion siyosat yuritish tarafdorlari ko’payaverdi. Proteksion siyosat xom ashyo, oziq – ovqat va arzon ishchi kuchiga ega bo’lgan yosh kapitalistik davlat uchungina yaroqli edi. Ammo Angliya ularning hyech qaysisiga ega emas edi. Himoyalovchi soliqlarni joriy qilish narxlarning ko’tarilishini anglatar edi, bu esa nafaqat iste’molchilarning balki xom-ashyoni chetdan keltiruvchi fabrikachilarni ham tashvishga solmoqda edi. Bu davrga kelib Angliyada ishlab chiqarishning konsentrasiyalashuvi, moliya kapitali qudratining va chetga kapital chiqarishning o’sishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1902 yilda D.Gabsonning «Imperializm» nomli kitobi nashr qilindi. Ushbu kitobda imperializmning mohiyati ochib berildi. Angliya ishlab chiqarishning konsentrasiyalashuvi bo’yicha ortda qolayotganligiga qaramasdan, moliya sohasida u hamon oldinda edi. Dunyoning «tijoratchi» mamlakatida chet el investisiyalari 1862 – 1900 yillar davomida 150 mln. dan 2 milliard funt sterlingga o’sdi. Bu tashqi savdodan olinadigan daromadlardan 5 barobar ortiq bo’ldi. Biroq, sanoatning mashinasozlik, kemasozlik, mexanik dastgohlar ishlab chiqarish kabi sohalari bo’yicha Angliya yetakchi davlat bo’lib qolmoqda edi.

XIX asrning ikkinchi yarmida ko’mir qazib olish 15 marotaba o’sdi. Yiliga 58 mln. tonna, ko’mir qazib olindi. Angliyaning milliy boyligi 16,5 milliard funt sterling bo’lib, bu yosh raqobatchi davlat Germaniyanikidan ko’p marta ortiq edi. XIX asr oxirlaridagi bir necha yil davom etgan iqtisodiy o’sishdan so’ng Angliyada yana turg’unlik davri boshlandi. Bug’ kemalarining takomillashuvi natijasida okean orti (AQSh, Kanada va Argentina) da arzon g’alla keltirilishi Angliyada nafaqat g’alla narxini, balki qishloq xo’jaligning boshqa mahsulotlar narxlari ham tushirib yuborildi. Muzxonali (refrejeratorli) kemalarning paydo bo’lishi Avstraliya va Yangi Zelandiyadan millionlab qo’y to’shlarini olib kelish imkonini berdi. Konserva mahsulotlari va margarin ishlab chiqarila boshladi. Chorak asr davomida 45 xildagi oziq – ovqat mahsulotlarining narxi 40% ga arzonlashdi. Ammo shunga qaramasdan, London aholisining 1/3 qismi qashshoqlikda yashamoqda edi. XIX asr so’nggi choragida liberallar va konservatorlar hukmronligi. Mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlar islohotlarining o’tkazilishini talab qilmoqda edi. Liberallar partiyasining Vilyam Gladston boshchiligidagi hukumati 1870 yilda boshlang’ich ta’lim tizimini qayta tashkil etdi. Mahalliy soliqlar va davlat byudjeti hisobidan maktablar ochildi. 1871 yilda armiya qayta tashkil qilinib, yollanma – askarlarning harbiy xizmat muddati 12 yilda 6 yilga qisqartirildi. Zobitlik mansablarning sotib olinishiga chek qo’yildi va endi u harbiy qobiliyatga qarab beriladigan bo’ldi. Gladston hukumati davlat xizmati qabul qilinuvchilar uchun imtihon joriy qildi va bilimsizlarni ma’muriyat tarkibiga kirishning oldi olindi. Saylovlarda yashrin ovoz berish tartibi joriy qilindi. 1871 yil tred – yunionlarga yuridik shaxs huquqi berildi. Liberallar hukumatiga Gladstonning spirtli ichimliklar, birinchi navbatda pivo iste’mol qilinishini cheklashga qaratilgan «antialkogol» siyosati muvaffaqiyatsizlik keltirdi. Parlamentda vino va pivo ishlab chiqaruvchilarning mavqyei baland bo’lib, ular spirtli ichimliklarni iste’mol qilish har kimning shaxsiy ishi ekanligini targ’ib qildilar. 1874 yilgi parlament saylovlarida liberallar mag’lubiyatga uchradi.

Hokimiyatga konservatorlar partiyasining Benjamin Dizraeli boshchiligidagi hukumati keldi. Konservatorlar partiyasi endi pome щ chiklardan iborat eski torlar partiyasi emas edi. Konservatorlar hukumati din va monarxiyani mustahkamlashdek an’anaviy siyosatiga xalqning yashash sharoitini yaxshilash tadbirini ham kiritdi. 1874 yilda qabul qilingan tadbirkorlar va ishchilar to’g’risidagi qonun shartnomalarning buzilishi va ish tashlashlar uchun hyech qanday jazo belgilanmadi. Natijada narozilik kamayishlarini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun imkoniyatlar paydo bo’ldi. Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati ustidan davlat nazorati o’rnatildi. Munsipalitetlarga qimmat bo’lmagan uy joylar qurish huquqi berildi. Konservatorlar mazkur tadbirlar bilan mo’tadil islohotlarni amalga oshirdilar. 1880 yil hukumatlarning navbatdagi almashinuvi ro’y berdi. Konservatorlar hukumatining mustamlakachilik siyosatidagi omadsizliklar (Afg’onistonda ingliz harbiy korpusining tor – mor etilishi, Janubiy Afrikada zuluslarga qarshi urushdagi mag’lubiyat) Dizraeli hukumatini iste’foga chiqardi. Qayta hokimiyatga kelgan Gladston Dizraelini xristianlikning manfaatlarini xavf ostida qoldirganlikda, xalqni sharmandalik va uqibat girdobiga tushirganlikda ayibladi. 1884 yilda Gladston hukumati saylov huquqini kengaytirdi. Saylovchilar soni 3 mln. dan 5 mln. ga ko’paydi. Saylov okruglari qayta tashkil qilinib, ularning tengsizligi tugatildi. Islohotchilik harakati kuchayib boraverdi. 80 yillarning o’rtalarida liberallar vakili Jozef Chemberlin tomonidan tuzilgan radikal dastur daromad solig’i joriy qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash, bepul kutibxona va kasalxonalar tarmog’ini tashkil etish, badiiy galeriya va istirohot bog’larini yaratishni ko’zda tutgan edi. «Isyonkor Irlandiya» va gomrul masalasi Irlandiyani davlatchilik atributlaridan mahrum etilishi va parlamentda kuchlar nisbatdagi adolatsizliklar va marjonlar orolidagi keskinlik Gladston hukumati e’tiborini ushbu masalaga qaratdi. 40 – 50 yillarda agrar inqiroz Irlandiya iqtisodini izdan chiqardi. Okean ortidan arzon g’allaning keltirilishi g’alla

xo’jaligining rentabilligini tushirib yubordi. Qarovsiz qolgan yerlar iqlimining namligi tufayli o’tloqlarga aylanib chorvachilikka ixtisoslashtirildi. Irlandiya Angliya shaharlarini go’sht bilan ta’minlay boshladi. 1881 yildan boshlab 30 yil davomida Irlandiyada dehqonlar tomonidan yerni sotib olishiga doir 5 ta agrar qonun qabul qilindi. Nihoyat, I jahon urushi arafasida Irlandiyada katta yer egaligi tugatilib mayda fermer xo’jaliklari qaror topdi. Irlandiya xalqining o’z – o’zini anglashi va milliy mustaqillik uchun kurashi kuchaydi. 1886 yilda irlandlar parlamentga ichki boshqaruv huquqi talabidan iborat birinchi gomrulni taqdim etdilar. Gomrul Dublin shahrida ikki palatali parlamentni tiklash, ma’muriy hokimiyatni mahalliy kengashlarga berilishini ta’minlashi lozim edi. Biroq qurolli kuchlar, moliya, tashqi siyosat kabi boshqaruvlarning asosiy vakolatlari London qo’lida qolmoqda edi. Ko’pdan ko’p muhokamalardan so’ng birinchi va 1892 yilda ikkinchi gomrul ham ingliz parlamenti tomonidan rad etildi.Irlandiyadagi iqtisodiy o’sish va ingliz bozorlari bilan aloqalarning kuchayishi milliy ozodlik kurashini susaytirdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida mustamlakachiliklarga jismoniy qarshiliklarsiz jami palatasida o’z vakillarini chaqirib olish va boshqa tinch yo’llar bilan kurashuvchi shin – feyn (biz o’zimiz) harakati paydo bo’ldi. Irlandiyadagi keskinlikning sabablaridan yana biri Olster muammosi edi. Orolning Shimoliy – Sharqiy qismi – Olsterdagi oltita graflikda anglo – shotland bosqinchilarning avlodlari yashar edi. Ular protestantlik mazhabida bo’lib, iqtisodiy yaxshi ta’minlangan va ijtimoiy jihatdan yuqori mavqyega ega edilar. Olsterlik anglo – shatlandlar gomrulga ashaddiy qarshilik ko’rsatib kelganlar. Ularning sajdagohi XVII asr oxirlarida orolni bosib olgan qirol Vilyam III Oranski nomi bilan ataluvchi Oranjichilar ordeni tashkil qilgan. Ijtimoiy – siyosiy harakatlar Butun Yevropani qamragan sosialistik g’oya va qarashlardan Buyuk Britaniya ham bebahra qolmadi. Ayniqsa 70-80 yillardagi «buyuk turg’unlik» davrida sosializmga e’tibor kuchaydi. 1884 yilda tashkil topgan sosial – demokratik fedirasiya sosialistik qarashlarni yoqlab chiqdi. U o’zining matbuot organi «Jastis» («Adolat») gazetasida kapitalizmni tanqid qildi va uni ag’darish yo’llarini targ’ib