logo

Italiya va Germaniya yangi zamon davrida

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

52.41796875 KB
Italiya va Germaniya yangi zamon davrida
Reja :
1. XIX asr o’rtalarida Italiyani birlashtirish uchun kurashning borishi.
2. Benzo Kamillo Kavur va uning    Italiyani birlashtirishdagi faoliyati.
3. Fransiya va Sardiniyaning Avstriyaga qarshi urushi. 
4. Italiyaning birlashtirilishi.
5. XIX   acrning   50-60-yillarida   german   davlatlarining   ijtimoiy   –   iqtisodiy   va
siyosiy ahvoli. 
6. Prussiyada konstitusiyaviy nizo   va Otto fon Bismarkning hokimiyatga kelishi.
7. Bismark hukumatining ichki va tashqi siyosati. 
8. Shimoliy Germaniya    ittifoqi.
9. Germaniyaning birlashtirilishi. XIX     asr   o’rtalarida   Italiyani   birlashtirish   uchun   kurashning   borishi .
Italiyada  1848 - 1849 yillardagi  inqilobning bosh  vazifasi  siyosiy  jihatdan tarqoq
bo’lgan Italiya davlatlarini ajnabiylar hukmroligidan ozod qilish va ularni     yagona
milliy davlatga     birlashtirish edi. Biroq inqilob bu vazifani bajara olmadi. Pemont
(Sardiniya)   qiroli   Karl   Albert   Avstriya   hukmronligi   ostidagi   Lombardiya   va
Venesiya   viloyatlarini   ozod   etib,   Pemont   boshchiligida   Shimoliy   Italiyani
birlashtish maqsadida 1848 yilning mart - avgusti davomida Avstriyaga qarshi olib
borgan birinchi va 1849 yilning martidagi ikkinchi urushi muvafaqqiyatsiz tugadi.
1848-1849   yillardagi   inqilob   saboqlarini   tanqidiy   tahlil   qilish   jarayonida
demokratlar   va   mo’tadillar   o’rtasida   milliy   ozodlik   va   mamlakatni   birlashtirish
uchun kurash usullari haqida, unda cherkov, monarxiya va xalq ommasining o’rni
to’g’risida,   milliy   va   ijtimoiy   vazifalarning   o’zaro   munosabati   haqida   qizg’in
munozaralar   bordi.   D.Madzini   qo’zg’olonlar   asosida   yangi   inqilobni   keltirib
chiqarishga harakat qildi. Uning ishtirokida 1853 yil Milanda ko’tarilgan qo’zolon,
1857 yil esa Sisiliyaga yuborilgan qurolli ekspedisiya ham muvafaqqiyatsiz bo’ldi.
Shundan   so’ng   Madzini   Italiyada   endi   paydo   bo’lgan   ishchilar   harakatidan
demokratiya   va   milliy   mustaqillik   uchun   kurashda   foydalanishga   harakat   qildi.
Demokratlarning   bir   qismi   «madzinizm»dan   voz   kechdi,   Italiyadagi   inqilobning
istiqbollari   va   imkoniyatlarini   turlicha   tahlil   qilib,   sensimonizm,   anarxizm   va
federalizmni yoqladilar.                  
J.Garbaldi   va   boshqa   bir   guruh   demokratlar   J.Madzini   va   uning
tarafdorlaridan   farqli   holda   milliy   mustaqillik   va   mamlakatni   birlashtirish   uchun
demokratlarning   liberal   doiralari     va   savoyi   sulolasi   bilan   jips   ittifoqchiligi   zarur
degan xulosaga keldilar. 1857 yilda Garibaldi Pyemont  liberalllarining tashabussi
bilan tashkil qilingan «Milliy jamiyat» ning vise - prezidenti qilib tayinlandi.
Benzo Kamillo Kavurning Italiyani    birlashtirishdagi faoliyati
XIX       asrning     o’rtalarida   Italiyada   liberalizmning   asosiy   markazi   Pyemont
bo’lib qoldi. Qirol Viktor Emmanuil ommaviy inqilobiy harakatlarning takrorlanish
ehtimolidan   tashvishga   tushib   liberallar   bilan   hamkorlik   qildi.   Pyemontning
premyer   -   ministri   bo’lgan   graf   Benzo   Kamillo     Kavur   (1852-1861)   liberal doiralarning   mashhur   vakili   edi.   Ajoyib   siyosatchi   va   parlament   kelishuvlarining
tashabusskori   bo’lgan   Kavur   qirolga   turli   reaksion   kuchlarning   bosimini
qaytarishga   muvaffaq   bo’ldi.   Boshqa   arboblardan   farqli   ravishda   Kavur   Italiyani
birlashtirish   uchun   mamlakatga   kuchli   iqtisodiy   rivojlanish   zarur   ekanligini
tushunib   yetdi.   Uning   tashabbusi   bilan     50-yillarda   Pyemontda   temir   yo’llar,
irrigasiya   inshoatlari,   kanallar,   ko’priklar   qurilishi   avj   oldi.   Natijada   savdo   floti,
qishloq   xo’jaligi,   to’qimachilik   sanoatining   rivoji   uchun   qulay   shart-sharoit
yaratilib, Pyemont tashqi savdosining hajmi kengaydi.
Kavur   savoyi   sulolasining   manfaatlarini   milliy   ozodlik   kurashi   va   Italiyani
birlashtirish vazifasi bilan muvofiqlashtirishga harakat qildi. Tashqi siyosat bobida
Kavur     Avstriyaga   qarshi   kurashish   uchun   buyuk   davlatlarning   yordamidan
foydalanishga intildi. Shu maqsadda Pyemontning 15 ming kishilik harbiy korpusi
1853-1856 yillaridagi Qrim urushi davomida Rossiyaga qarshi Angliya, Fransiya va
Turkiya   tomonidan   urushda   qatnashdi.   Shu   davrdan   Pyemontning   Fransiya   bilan
yaqinlashuvi boshlandi. 1858 yilning iyulida Plombyer shahrida Lui Napoleon III va
Kavurning   maxfiy   uchrashuvi   bo’lib   o’tdi.   Unda   Napoleon   III   kelgusida
Pyemontning   Fransiya     bilan     birgalikda   Avstriyaga   qarshi   urushida   qatnashishga
rozilik   bildirib,   Italiyaning   shimoliy   qismini   Pyemont   boshchiligida   birlashtirish   va
butun Italiya hududida papa boshchiligida konfederasiya tuzish harakatini    qo’llab
-   quvvatlashini     ma’lum   qildi.     Bunday   iltifot   uchun   Kavur   Napaleon   III   ga  
Italiyaning   Fransiyaga   chegaradosh   bo’lgan   Nissa   va   Savoiya     viloyatlarini   (bu  
viloyatlarning   aholisi   asosan   fransuzlardan   iborat   bo’lgan)   tuhfa   qilishga   va’da
berdi.   Fransiya   imperatori   O’rta   Yer   dengizi   havzasida   markazlashgan   yagona
Italiya   davlatini   tashkil   topishi   uchun   emas   balki,   Italiya   hisobidan   Fransiya
hududini kengaytirish va Italiyada Avstriyaning mavqyeini zaiflashtirish maqsadida
Avstriyaga qarshi urushda Pyemont bilan ittifoqchilik qildi. 
Fransiya va Pyemontning Avstriyaga qarshi urushi 1859 yilning oxirida boshlangan Fransiya va Pyemontning   Avstriyaga qarshi
urushidagi harbiy harakatlari asosan Italiya hududida bordi.       4-may kuni Mojenta
yaqinidagi jangda ittifoqchilar qo’shini Avstriya qo’shini ustidan g’alaba qozonib,
Lombardiyani   egalladi.   24   iyunda   esa   Solferino   yaqinida   avstriyaliklar   butunlay
yakson   qilindi.   Urushdan   nafaqat   armiya   balki,   Italiya   xalqi   ham   faol   qatnashdi.
Xalq   qo’zg’oloni   natajasida   Toskana,   Parma   va   Modenadan   avstriyalik   gersoglar
haydaldi. Rim viloyati esa o’zining mustaqilligini e’lon qildi. 
1859 yilning 11 avgustida Venesiyaning Villafranka shahrida Napoleon III va
Avstriya   imperatori   Frans-Iosif     sulh   shartnomasini   imzoladilar.   Sulh
shartnomasiga   ko’ra   Pyemontga   faqat   Lombardiya   qo’shib   berildi.   Venesiya   esa
Avstriya   hukmronligi   ostida   qolaverdi,   Appenin   yarim   orolida   oliy   hokimiyat
Viktor Emmanuil II ga emas, balki    mamlakatning milliy jihatdan birlashtirishning
dushmani   bo’lgan   papa   Piy   IX   ga   tegishli   ekanligi,   Modena,   Parma   va   Toskana
gersogliklaridan qo’vg’in qilingan gabsburglar honadoni vakillarining     hokimiyati
tiklanganligi e’lon qilindi. 
Villafrankadagi   kelishuv   bitimi   italiya   xalqining   norozilik   harakatlarini
yangidan   ko’tarilishiga   sabab   bo’ldi.   Xalqning   Viktor   Emmanuil   II   hukumatiga
bo’lgan ishonchi yo’qoldi. 1859 yilning oxiri va ayniqsa 1860 yilda Appenin yarim
orolida siyosiy  kurash avj  olishi  natijasida Modena,  Parma va Toskanada  avvalgi
gersoglar hokimiyatini tiklash imkoni bo’lmadi. U yerlarda umumiy saylov asosida
saylangan   milliy   majlislar   mazkur   gersogliklarni   Pyemontga   qo’shilishi   haqida
qaror   chiqardilar,   papa   viloyatida   ham   shunday   qarorga   kelindi.   Italiya   hududida
avj   olib   ketgan   ommaviy   inqilobiy   harakatlarni   bostirish   imkoniyatiga   ega
bo’lmagan Napoleon III ham Italiya davlatlarini Pyemont atrofida birlashtirilishiga
rozilik   bildirishga   majbur   bo’lib,   va’da   qilingan   Savoiya   va   Nissa   viloyatlarini
Fransiyaga   berilishini   talab   qildi.   Shu   yili   bu   ikki   viloyat   Fransiya   ixtiyoriga
berildi. 
Italiyaning birlashtirilishi
Yarim orolning shimolida boshlangan xalq harakati janubiy viloyatlarga ham
tarqaldi. 1860 yilning oxirida Italiyaning janubidagi Palermo shahrida qo’zg’olon ko’tarildi.   Biroq   qo’zg’olon     Sisiliya   qirolining   qo’shini   tomonidan   bostirildi.
Shimolning   respublikachi   -   demokratlari   janubliklarga   yordam   berish   uchun   may
oyida Gresiyadan Sisiliyaga J.Garibaldi boshchiligida 1200 kishidan iborat harbiy
otryad   yubordi.   Bu   tarixda   «minglar   yurishi»     yoki     «qizil   kuylaklilar»     (chunki
uning qatnashchilari qizil rangli matodan kuylak kiyganlar) nomi    bilan ma’lumdir.
Kalabri shahriga yetib kelgan mazkur otryad xalq ommasining qo’llab-quvvatlashi
natijasida   1860   yilning   7-sentyabrida   Ikki   Sisiliya   qirolliginin   poytaxti   Neapolni
jangsiz   egalladi.   1-oktyabr   kuni   Garibaldi   otryadi     qirol   Fransisk   II   qo’shinlarini
Volturno   daryosi   bo’yidagi   hal   qiluvchi   jangda   tor-mor   etib,   Italiya   janubida
burbonlar   sulolasi   vakillarining   hokimiyatiga   chek   qo’ydi.     Fransisk   II   esa   Rim
viloyatiga qochdi. 
1860-yil   21-oktyabrda   Neapolitaniyada   Garibaldi   plebissit-referendum
o’tkazdi.   Neapolitaniya   qirolligi   aholisining   aksariyati   Pyemontga   qo’shilishni
yoqlab   chiqdi.   Garibaldi   kuzatuvida   Pyemont   qiroli   Viktor   Emmanuil     tantanali
ravishda Neapolga kirib keldi. 
1861-yil   fevralda   Pyemontning   Turin   shahrida   umumitaliya   parlamenti
ochildi. 14 martda Viktor Emmanuil Italiya qiroli deb e’lon qilindi. Shunday qilib,
«risorjimento»ning eng asosiy vazifalaridan biri Italiyaning birlashtirilishi vazifasi
deyarli bajarildi. Biroq mamlakat Rim va Venesiya viloyatlarisiz birlashtirildi. Rim
viloyati   mustaqil   bo’lib,   undagi   dunyoviy   hokimiyat   papa   qo’lida
mujassamlashgan   edi.     Garibaldi   boshchiligida   harbiy   otryadning   1862   yil   papa
viloyatini egallashga bo’lgan urinishi natijasiz bo’ldi. 
Venesiya viloyati Avstriya hukmronligi ostida bo’lib, 1866 yilda Prussiya va
Italiyaning   Avstriyaga   qarshi   urushida   Avstriyaning   mag’lubiyatga   uchrashi
oqibatida     mazkur     viloyat   Italiyaga   qo’shib   olindi.   1867   yilda   Garibaldi   harbiy
otryadining   Rimga   yurishi   ham   muvafaqqiyatsiz   tugadi,   Rim   viloyati   1870
yilgacha   fransuz   qo’shinlarining   himoyasida   alohida   mustaqil   davlat   bo’lib
qolaverdi. 
1870   yilda   boshlangan   Fransiya   -   Prussiya   urushida   Fransiyaning
mag’lubiyatga uchrashi natijasida Rimdan fransuz harbiy garnizoni chaqirib olindi va Rim viloyati Italiyaga qo’shib olindi. Rim viloyatining Italiyaga qo’shib olinishi
mamlakatning birlashtirilishini nihoyasiga yetkazgan hal qiluvchi tarixiy voqyelik
bo’ldi.  Papa dunyoviy  hokimiyatdan mahrum  qilinib,  Rim     Italiyaning poytaxtiga
aylantirildi. 
Italiyaning  birlashtirilishi  katta  tarixiy  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Mamlakatning
birlashtirilishi   oqibatida   siyosiy   tarqoqlikga   barham   berildi,   uning   yagona   davlat
sifatida   yaxlitligi   saqlab   qolindi.   Mamlakatni   birlashtirish   uchun   bo’lgan   kurash
uni zamonaviy burjua davlatiga aylantirdi. Bu kurash natijasida Italiyada Avstriya
gabsburglari   va  Fransiya   burbonlari  xonadoni  vakillarining  hukmronligi   tugatildi.
Biroq   mamlakatning   birlashtirilishi   burjua   inqilobi   darajasidagi   vazifalarni
bajarmadi.   Shuning   uchun   Italiyada   kapitalistik   munosabatlarning   keyingi
taraqqiyoti nisbatan sekin bordi.
XIX   asrning   20-30-yillarida   butun   Yevrоpa   bo’ylab   inqilоbiy   yuksalish   yuz
bеrdi.   1820   yil   iyulda   Nеоpоlitan   karbоnariylari   qo’zg’оlоn   ko’tardilar.   Ikki
Sitsiliya   qirоli   Fеrdinand   I   qo’zg’оlоnchilarga   qarshilik   ko’rsatmadi,
kоnstitutsiyani tasdiqlab, parlamеnt chaqirishga ruхsat bеrdi. Qo’zg’оlоn rahbarlari
Shu   bilan   o’z   vazifalarini   bajargan   dеb   hisоblab,   parlamеntga   хalq   оmmasi
hayotiga   dоir   hеch   qanday   masalani   kiritmadilar.     Natijada   хalq   оmmasi
inqilоbdan Chеtlasha bоshladi.
1821 yil fеvralda Avstriya qo’shinlari Italiyaning janubiga yurish bоshladilar.
Inqilоbdan ko’ngli  qоlgan хalq оmmasi  dushmanga qarshi  kurashga  ko’tarilmadi.
Kоnstitutsiоn hukumat  tоmоnidan to’plangan armiya esa tеz оrada mag’lubiyatga
uchradi. 23 martda bоsqinchilar Nеapоlga kirib bоrdilar.
Shu yili mart оyida Pеmоntda ham karbоnariylar qo’zg’оlоni bоshlandi. Qirоl
Viktоr-Emmanuil qоchib kеtdi. Karbоnariylar kоnstitutsiya e’lоn qildilar. Lеkin bu
karbоnariylar   ham   хalq   оmmasi   bilan   bоg’lanmagan   edilar.   Natijada   bu   еrdagi
qo’zg’оlоn ham Avstriya qo’shini tоmоnidan bоstirildi.
Nеapоl   va   Pеmоntdagi   qo’zg’оlоnlar   bоstirilgach,   mamlakatda   rеaktsiya
kuchaydi.   Barcha   jоyda   karbоnariylarni   оmmaviy   ravishda   ta’qib   etish   va   qatl
qilish avj оldi. Fransiyadagi  Iyul inqilоbi (1830 y)   ta’siri оstida 1831 yil fеvralda Markaziy
Italiyada   –   Papa   vilоyati,   Mоdеrna,   Lukka,   Parma   gеrtsоgliklarida   qo’zg’оlоnlar
bоshlanib   kеtdi.   Bu   еrdagi   hukmdоrlar   qоchib   kеtgach,   libеral   dvоryanlar   va
burjuaziyadan ibоrat vaqtli hukumatlar tuzildi. 1821 yil sabоqlaridan kеlib chiqib,
bu   hukumatlar   хalq   uchun   ba’zi   tadbirlarni   amalga   оshirdilar   Lеkin
pоmеshchiklarning   yеrlari   dеhqоnlarga   bеrilmadi,   busiz   esa   qashshоq   va   еrsiz
dеhqоnlarni inqilоb himоyasiga оtlantirib bo’lmasdi.
1831 yil mart оyinig bоshlarida Avstriya o’z qo’shinlarini Markaziy Italiyaga
yubоrdi.   Inqilоbdan   hеch   nimaga   erishmagan   хalq   оmmasi   dushmanga   qarshilik
ko’rsatmadi. Mart оyining охiriga bоrib Markaziy Italiyadagi inqilоb bоstirildi.
Kеng   хalq   оmmasidan   ajralgan   hоlda   amalga   оshirilgan   fitna   va
qo’zg’оlоnlarning mag’lubiyatga uchrashi italyan inqilоbchi-dеmоkratlarini milliy-
оzоdlik   inqilоbi   va   unda   хalq   оmmasining   ishtirоki   masalasini   qayta   ko’rib
chiqishga   оlib   kеldi.   1831-1833-yillarda   Risоrjimеntо   sahnasiga   gеnuyalik
huquqShunоs   va   filоlоg   Juzеppе   Madzini   chiqdi.   U   bоlalik   chоg’idanоq   milliy
mustaqillik va оzоdlik g’оyalari ta’sirida tarbiyalangan edi. Madzini karbоnariylar
jamiyati   faоliyatida   ishtirоk   qilgani   uchun   1831   yilda   Italiyadan   chiqarib
yubоrilgan edi. U Marsеlda o’rnashib,   “Yosh Italiya” nоmli yagоna umumitalyan
inqilоbiy tashkilоtini tuzdi. Bu tashkilоtning asоsiy maqsadi  yagоna Italiya milliy
davlatini   barpо   etish   edi.   Madzinining   fikricha,   Shusiz   italyanlarni   millat   qilib
birlashtirib ham, mamlakatni  avstriyaliklar zulmidan оzоd qilib ham bo’lmas edi.
Madzini   Italiyaning   kеlajagini   siyosiy   erkinliklar,   fuqarоlar   tеngligi,   umumiy
saylоv huquqi o’rnatilgan rеspublika sifatida tasavvur etardi.
Madzini   va   uning   hammaslaklari   bu   dasturni   faqat   inqilоb   yordamida   “хalq
bilan   va   хalq   uchun”   amalga   оshirish   mumkin   dеb   hisоblardilar.   Shu   bilan   birga
Madzinining   хalq   оmmasiga   bo’lgan   qarashlarida   ziddiyatlilik   mavjud   edi,   u
mamlakatni birlashtirish uchun bo’ladigan kurashda хalqni asоsiy kuch dеb bilardi,
ikkinchi   tоmоndan   esa   u   milliy   kurashni   quyi   tabaqalarning   ijtimоiy   kurashiga
aylanishini istamasdi. U agrar masalani hal qilishdan o’zini оlib qоchardi, qishlоq
ahоlisining ehtiyojlarini inkоr etardi. Butun   mamlakat   bo’ylab   “Yosh   Italiya”ning   ta’siri   o’sib   bоrdi.   Madzini   va
uning   safdоshlari   mahalliy   tashkilоtlar   rahbarlarini   umumitalyan   inqilоbini
tayyorlashga   yo’naltirdi.   Lеkin   1833-1834-yillar   davоmida   qo’zg’оlоn   ko’tarish
uchun  qilingan   bir   nеcha   urinishlar   natijasiz   tugagach   Madzini   va   bоshqa   italyan
dеmоkratlari   yaqin   оrada   italyan   inqilоbini   amalga   оshirib   bo’lmasligiga
ishоndilar.
30-yillarning   o’rtalaridan   italyan   milliy-оzоdlik   harakatida   mo’’tadil-libеral
оqim   оldinga   chiqib   оldi.   Mo’tadil   libеrallar   yuqоridan   turib   islоhоtlar   оrqali
amalga оshiriladigan o’zgarishlar Italiya uchun eng to’g’ri yo’l dеb hisоblardilar.
Libеrallar   o’z   dasturlarida   iqtisоdiyotdagi   burjuacha   o’zgarishlarga   asоsiy
e’tibоrni   qaratdilar.   XIX   asrning   20-30-yillarida     mamlakatda,   ayniqsa   Shimоliy
Italiyada   ijtimоiy-iqtisоdiy   jоnlanish   yuz   bеrdi.   Lоmbardiya   va   Pеmоntda   Yangi
agrоtехnika   asоsida   yuritiladigan   yirik   tadbirkоrlik   хo’jaliklari   paydо   bo’ldi,   bu
yеrlarda dоimiy ishlоvchi qishlоq хo’jalik ishchilari qatlami shakllandi.
Shimоliy   Italiyada   qishlоq   хo’jaligining   rivоjlanishi   bu   еrda   sanоatning
jоnlanishiga   ko’maklashdi,   ipak,   jun,   ip-gazlama   ishlab   chiqarish   jоnlandi.
Markazlashgan   manufakturalar   paydо   bo’ldi,   tехnika   ancha   takоmillashdi,
mashinasоzlikning   dastlabki   kurtaklari   paydо   bo’ldi.   Bu   Yangiliklar   XIX  asrning
30-40-yillarida Italiyada sanоat to’ntarishi bоshlanganligini ko’rsatar edi.
Qashshоqlashgan   dеhqоnlar   va   hunarmandlardan   tashkil   tоpgan   sanоat
prоlеtariati   hali   kam   sоnli   edi.   Shahar   ahоlisining   asоsiy   qismini   hunarmandlar,
kichik   ustaхоnalar   ishchilari,   mayda   savdоgarlar   tashkil   etardi,   ularning   turmush
sharоiti   оg’ir   edi.   Yangi   tarmоqlarda   хоtin-qizlar   va   bоlalar   mеhnati   kеng
qo’llanilar edi.
Markaziy   va   Janubiy   Italiyada   iqtisоdiyot   ancha   оrqada   qоlgan   edi.   Bu
yеrlarda   kuchli   darajada   saqlanib   qоlgan   fеоdalizm   sarqitlari   sanоatning
rivоjlanishiga to’sqinlik qilardi.
1846-1847   yillarda   umumYevrоpa   miqyosida   ro’y   bеrgan   sanоat   inqirоzi   va
hоsilsizlik Italiyada ham inqilоbiy vaziyatni yuzaga kеltirdi. Burjuaziya va libеral
dvоryanlarning   muхоlifati   kuchayib,   хalq   g’alayonlari   ko’paydi.   Оch   оdamlar оlоmоni   nоn   do’kоnlarini,   bоy   оdamlarning   uylarini   оstin-ustun   qilib   tashlar,
hukumat qo’shini bilan to’qnashar edilar.
1848   yil   12   yanvarda   Palеrmоda   shahar   hunarmandlari,   ishchilar   qo’zg’оlоn
ko’tardilar.   Ularga   dеhqоnlar   ham   qo’shildilar,   qo’zg’оlоn   butun   Sitsiliyaga
yoyildi.   Hukumat   qo’shinlari   qurоllangan   qo’zg’оlоnchilarga   qarshi
muvaffaqiyatsiz   kurash   оlib   bоrgach,   5   kundan   kеyin   оrоlni   tashlab   kеtishga
majbur bo’ldilar.
Sitsiliya   qo’zg’оlоnining   g’alabasi   haqidagi   хabar   Apеnnin   yarim   оrоlida
yashayotgan   barcha   ahоlini   ruhlantirib   yubоrdi.   Barcha   jоylarda   burjuaziya
tashabbusi  bilan  miting va  namоyishlar  o’tkazilib,  ularning  ishtirоkchilari   siyosiy
huquqlar,   Kоnstitutsiya,   Avstriya   zulmidan   оzоd   bo’lish   haqidagi   talablar   bilan
chiqdilar.   Хalq   harakatidan   cho’chib   qоlgan   hukmdоr   1848   yil   martida
Lоmbardiya-Vеnеtsiyadan   tashqari   barcha   yеrlarda   mo’tadil   libеrallardan
hukumatlar tuzdilar va kоnstitutsiyalar jоriy qildilar.
1848   yil   martda   Milanda   qo’zg’оlоn   ko’tarildi,   ularga   bоshqa   shaharlardan
ko’makchilar   kеldi,   natijada   15   ming   kishilik   Avstriya   armiyasi   chеkinishga
majbur   bo’ldi.   Lоmbardiyada   burjuaziyadan   ibоrat   Vaqtli   hukumat   tuzildi.
Vеnеtsiyada rеspublika tuzilganligi e’lоn qilindi.
Lоmbardiya   va   Vеnеtsiyada   qo’zg’оlоnning   g’alaba   qоzоnishi   mamlakatda
хalq оmmasi faоlligining o’sishiga va mustaqillik uchun kurashning kuchayishiga
оlib kеldi. Хalq taziyqi оstida Italiyadagi davlatlar hukmdоrlari Avstriyaga qarshi
urush e’lоn qilishga majbur bo’ldilar.
Italiya-Avstriya   o’rtasidagi   mustaqillik   uchun   bo’lgan   birinchi   urush
Yevrоpada,   хususan   Avstriyada   burjua   inqilоbi   g’alaba   qоzоngan,   Italiyaning
o’zida   хalqning   vatanparvarlik   harakati   juda   yuksalgan   bir   vaqtga   to’g’ri   kеldi.
Bunday vaziyat Italiyaning g’alaba qоzоnishini ta’minlar edi.
Lеkin   burjua-dеmоkratlarning   kuchsizligi   va   хatоlari,   harakatga   rahbarlik
qilishni   o’z   qo’llariga   оlmaganliklari,   milliy-оzоdlik   harakatiga   rahbarlik   qilish
italyan   davlatlari   hukmdоrlari   qo’liga   o’tib   qоlishi   urushni   mag’lubiyat   bilan yakunlanishiga   оlib   kеldi.   Italyan   davlatlarining   birlashgan   armiyasiga   Pеmоnt
qirоli Karl-Albеrt qo’mоndоn qilib tayinlangan edi.
Mag’lubiyatdan   ruhan   cho’kkan   Avstriya   armiyasi   Lоmbardiyaning   qiyin
yo’llari оrqali  chеkinayotgan edi, bu armiyani qattiq bir  zarba bilan tоr-mоr etish
mumkin   edi.   Lеkin   Karl-Albеrt   bu   urushda   g’alaba   qоzоnish   хalq   оmmasining
kuchayishiga, Lоmbardiya va Pеmоntda rеspublika tuzilishiga оlib kеlishi mumkin
dеb,   dushmanga   zarba   bеrmadi.   Italiyadagi   bоshqa   davlatlar   hukmdоrlari   esa
mamlakatning   оzоd   qilinishi   va   birlashtirilishi   o’zlarini   taхtlaridan   mahrum
qilinishga   оlib   kеlishini   bilib,   o’z   qo’shinlarini   jangga   yubоrilishini   turli   yo’llar
bilan kеchiktirmоqda edilar. 
Natijada   Avstriya   qo’shini   chеgaradan   o’tib   оlib,   o’zining   jangоvar   saflarini
qaytadan tashkil etishga, yordamchi kuchlar, qurоl-yarоg’ оlishga muvaffaq bo’ldi.
Aprеl   оyining   охirida   Rim   papasi   Piy   IX   o’z   qo’shinini   frоntdan   chaqirib   оldi,
undan   kеyin   Tоskaniyaning   buyuk   gеrtsоgi   ham   o’z   qo’shinini   qaytarib   оldi,
bularning hammasi Italiya birlashgan qo’shinlarining kuchsizlanishiga оlib kеldi.
1848 yil 25 iyulda Pеmоnt armiyasi avstriyaliklar tоmоnidan tоr-mоr etildi va
Karl-Albеrt   chеkina   bоshladi.   U   3   avgustda   o’z   qo’shini   bilan   Milan   shahriga
kеldi. Shahar ishchilari, hunarmandlar, mayda burjuaziya shaharni himоya qilishga
tayyor   turgan   edi.   Lеkin   Karl-Albеrt   Avstriya   qo’shini   qo’mоndоni   Radеtskiyga
elchi   yubоrib,   taslim   bo’lish   haqida   kеlishib   оlishga   harakat   qildi.   Bundan   хabar
tоpgan   shaharliklar   isyon   ko’tarib,   Karl-Albеrt   jоylashgan   sarоyni   o’rab   оldilar.
Tunda   Karl-Albеrt   sarоydan   qоchib   chiqdi   va   o’z   qo’shiniga   Milanni   tashlab
chiqish   haqida   buyruq   bеrdi.   Tоngda   shahar   burjuaziyasi   Radеtskiyga   vakil
yubоrib,   tеzrоq   kеlib   shaharni   egallashni   va   ularni   shahar   ahоlisidan   himоya
qilishni   iltimоs   qildilar.   “Shahar   оtalari”   shahar   darvоzalarini   avstriyaliklarga
оchib, ularni tantana bilan kutib оldilar. Shu bilan birinchi Italiya-Avstriya urushi
yakunlandi.
1848   yil   nоyabrda   italyan   inqilоbining   Yangidan   yuksalish   davri   bоshlandi.
Vеnеtsiya,   Flоrеntsiya   va   Rim   shaharlari   bu   harakatning   markazlari   bo’ldi.   1849
yil yanvarda хalq оmmasining taziyqi оstida Papa vilоyatida Ta’sis majlisi tashkil qilindi. Хalq оmmasi harakatida Manini, Mоntanеlli, Garibaldi va bоshqalar faоllik
ko’rsatdilar. 1848 yil 9 fеvralda Ta’sis majlisi Rim rеspublikasi tuzilganligini e’lоn
qildi.
Rim   rеspublikasi   hukumati   chеrkоv   yеrlarini   milliylashtirdi,   ruhоniylarning
imtiyozlarini   bеkоr   qildi,   bоylar   uchun   majburiy   zayom   jоriy   qildi,   хalqning   eng
yomоn ko’radigan sоliqlarini bеkоr qildi, ishsizlarni ish bilan ta’minlash uchun ish
jоylari yaratishga mablag’ ajratdi.
1849   yil   12   martda   Pеmоnt   qirоli   Karl-Albеrt   o’zining   bo’shashib   kеtgan
mavqеini   yaхshilash   uchun   Avstriyaga   qarshi   ikkinchi   mustaqillik   urushini
bоshladi, lеkin 10 kundan kеyin mag’lubiyatga uchradi.
Aprеl оyida Italiyadagi inqilоbiy harakatlarni bоstirish uchun fransuz va ispan
qo’shinlari ham kirib kеldi. YOmоn qurоllangan, harbiy ta’lim ko’rmagan 19 ming
ko’ngilliga   rahbarlik   qilayotgan   Garibaldi   butun   iyun   оyi   davоmida   35   ming
kishilik fransuz armiyasiga qarshi turdi va 1 iyulda Rimni tashlab chiqishga majbur
bo’ldi.   3   iyulda   ichki   va   хalqarо   rеaktsiya   kuchlari   tоmоnidan   mag’lubiyatga
uchragan Rim rеspublikasi quladi.
1849   yil   22   avgustda   Italiyadagi   inqilоbning   so’nggi   o’chоg’i   bo’lgan
Vеnеtsiyada ham inqilоb Avstriya qo’shinlari tоmоnidan qоnga bоtirildi.
XIX   asrning   50-yillarida   Pеmоnt   italyan   davlatlari   ichida   Avstriyaga   qarshi
faоl siyosat оlib bоrgan yagоna davlat edi.
Fransiya   impеratоri   Napоlеоn   III   mamlakatda   o’z   mavqеining   pasayib
bоrayotganini   оldini   оlish   uchun   o’zini   Italiyaning   mustaqilligi   va   birligining
himоyachisi   qilib   ko’rsatmоqchi   bo’ldi   va   Pеmоntga   o’z   yordamini   taklif   etdi.
1858 yil  iyulda Pеmоnt hukumatining bоshlig’i Kavur Napоlеоn III  bilan maхfiy
shartnоma   tuzdi.   Bu   shartnоmaga   ko’ra   fransuz   armiyasi   Pеmоnt   armiyasi   bilan
birlashib,   Avstriyaga   hujum   qilishi   hamda   Lоmbardiya   va   Vеnеtsiyani   оzоd
qilishda   yordam   bеrishi   kеrak   edi.   Bu   hududlar   Pеmоnt   tarkibiga   qo’shib   оlinib,
Shimоliy   Italiya   qirоlligi   tashkil   tоpishi   kеrak   edi.   Napоlеоn   esa   Italiyadagi
Avstriya   hukmrоnligini   Fransiya   hukmrоnligi   bilan   almashtirishni   rеjalashtirib
qo’ygan edi. 1859 yil aprеlda Fransiya va Pеmоnt Avstriyaga qarshi urush e’lоn qildi. 1859
yil   iyunda   Avstriya   armiyasi   qattiq   mag’lubiyatga   uchrab,   Lоmbardiya   оzоd
qilindi.
Bu   urush   Italiyada   хalq   оmmasining   milliy-оzоdlik   harakatini   kuchaytirib
yubоrdi. J.Garibaldi bоshliq ko’ngillilar batalоni tuzila bоshlandi.
Lеkin Napоlеоn III bir butun va kuchli Italiya davlatini tashkil tоpishini, хalq
harakati   Fransiyaga   ham   yoyilishini   istamas   edi.   Shuning   uchun   ham   u   urushni
tеzrоq tugatish tarfdоri edi va  urushni g’alaba bilan yakunlash haqidagi va’dasiga
qaramay, maхfiy ravishda Avstriya impеratоri bilan uchrashib, u bilan yarash sulhi
tuzdi.
Pеmоnt hukumati Fransiya hukumatiga rasmiy ravishda prоtеst bildirdi, lеkin
urushni fransuzlarsiz davоm qildirishni istamadi. Bu hukumat urushda o’z хalqiga
suyanishdan qo’rqardi.
1859   yil   nоyabrda   fransuz   va   Pеmоnt   hukumatlari   Avstriya   bilan   sulh
shartnоmasini   tuzdilar,   unga   ko’ra   Lоmbardiya   Pеmоntga   o’tdi,   Vеnеtsiya   esa
Avstriya qo’lida qоldi.
1860 yilda Italiyada milliy-оzоdlik harakati yanada kuchaydi. Shu yili bahоrda
Sitsiliyada   qo’zg’оlоn   ko’tarildi.   Ular   Garibaldidan   yordam   bеrishni   so’radilar.
Garibaldi   bir   mingdan   оrtiq     ko’ngillilar   bilan     (“Minglar   ekspеditsiyasi”)
yordamga еtib bоrdi. U qisqa vaqt ichida Sitsiliyaning asоsiy shahri Palеrmоni va
оrоlning   katta   qismini   qo’lga   kiritdi.   Garibaldi   bu   еrda   dеhqоnlarning   jamоa
yеrlarini   bоsib   оlishiga   qarshilik   qilmadi,   dеhqоnlarni   bir   qatоr   sоliqlardan   оzоd
qildi, оzоdlik harakatida qatnashgan dеhqоnlarga jamоa yеrlaridan uchastka (hissa)
ajratib bеrish haqida farmоn chiqardi. Bu esa Garibaldi qo’shiniga ko’plab dеhqоn
оtryadlarining kеlib qo’shilishiga sabab bo’ldi.
Lеkin   1860   yil   yozida   dеhqоnlar   endi   faqat   jamоa   yеrlarinigina   emas,
fеоdallarning хususiy yеrlarini ham tоrtib оla bоshlaganlarida  Garibaldi dеhqоnlar
chiqishlarini   bоstira   bоshladi.   Bu   esa   dеhqоnlar   bilan   Garibaldi   o’rtasidagi
ittifоqqa   darz   kеtishiga,   dеhqоnlarning   Garibaldi   оtryadiga   qo’shilishining
kamayib kеtishiga оlib kеldi. Garibaldi   Burbоnlarni   Sitsiliyadan   quvib   yubоrgach,   qit’aga   (Apеnin   yarim
оrоliga)   yurish   qilishga   tayyorlana   bоshladi.   Bu   vaqtda   uning   armiyasi   24   ming
kishidan   ibоrat   bo’lib,   uning   3   mingi   dеhqоnlardan,   qоlganlari   ko’ngillilardan
ibоrat edi.
Хalq   harakatidan   qo’rqqan   Pеmоnt   qirоli   Viktоr-Emmanuil   Garibaldining
qit’aga   kеlmasligini   talab   qildi,   lеkin   Garibaldi   uning   talabini   bajarmadi   va   o’z
armiyasini 17 avgustda kеmalarga yukladi.
Bu   vaqtda   Nеapоlda   fеоdalizmga   qarshi   хalq   qo’zg’оlоni   bоshlanib   kеtgan
edi.   Garibaldini   bu   еrda   shоdiyonalik   bilan   kutib   оldilar.   Nеapоl   qirоli
armiyasidagi askarlarning ko’pchiligi Garibaldi tоmоniga o’tdi.
1860   yil   sentabrda   garibaldichilar   Nеapоlga   kirib   bоrdilar.   Janubiy   Italiya
оzоd   etildi.   Bu   еrda   tashkil   tоpgan   hukumat   хalq   manfaatlarini   ko’zlab   bir   qatоr
islоhоtlarni   amalga   оshirdi.   Lеkin   dеhqоnlar   оrziqib   kutgan   qоnun   –   fеоdallar
yеrlarini dеhqоnlarga bo’lib bеrish to’g’risida qоnun chiqmadi. Inqilоbiy hukumat
tarkibiga   kirgan   libеral   dvоryanlar   Garibaldi   tоmоnidan   chiqarilgan   dеkrеtlarni
ham   amalga   оshirishga   to’sqinlik   qildilar.   Inqilоbiy   hukumatning   agrar   masalani
uzil-kеsil   hal   qilmaganligi   dеhqоnlarni   garibaldichilar   siyosatidan   ko’ngli
sоvushiga   va   ba’zi   jоylarda   ularga   qarshi     aksilinqilоbiy   isyonlar   ko’tarishlariga
оlib kеldi.
Janubiy   Italiyada   mеhnatkashlarning   faоl   harakatlaridan   cho’chib   qоlgan
burjuaziya   va   libеral   dvоryanlar   Pеmоnt   bilan   birlashishga   va   Shu   yo’l   bilan
Garibaldi rahbarligidagi оzоdlik harakatini to’хtatishga urindilar.
Garibaldi   Pеmоnt   qirоli   bоshliq   qo’shinni   kеng   хalq   оmmasini   kurashga
chaqirib   va   ularga   yo’lbоshchilik   qilish   оrqali   еngishi   mumkin   edi.   Lеkin   u
dеhqоnlar   inqilоbining   dоhiysi   bo’lishini   istamadi   va   bo’la   оlmas   edi.   U
janubliklarni   Pеmоnt   bilan   birlashishga   chaqirdi,   natijada   Janubiy   Italiyada
o’tkazilgan   plеbistsitda   ahоlining   katta   ko’pchiligi   Janubiy   Italiyaning   Pеmоnt
bilan   birlashishini   yoqlab   chiqdi.   Garibaldi   o’zini   Janubiy   Italiyada   Viktоr-
Emmanuilning nоibi sifatida qоldirishi haqidagi iltimоsini hukumat rad qildi.   Pеmоnt hukumati Garibaldi chiqargan inqilоbiy-dеmоkratik qоnunlarni bеkоr
qildi, uning armiyasi  tarqatib yubоrildi. Qo’zg’оlоn ko’tarilgan qishlоqlarga   jazо
оtryadlari yubоrildi.
1861   yil   aprеlda   yagоna   Italiya   qirоlligi   tashkil   tоpganligi   rasmiy   jihatdan
e’lоn qilindi. Dastlabki davrda Vеnеtsiya va Rim uning tarkibiga kirmagan edi.
Garibaldi   1862  yilda   o’z  tashabbusi  bilan  2  ming  ko’ngilli   yordamida  Rimni
оzоd qilish uchun kurash bоshlaganida  Italiya qirоli Viktоr Emmanuilning shaхsiy
buyrug’iga asоsan to’хtatildi. Risоrjimеntо qahramоni yaradоr bo’ldi va Sardiniya
yaqinidagi   Kaprеr   оrоliga   surgunga   yubоrildi   (bu   оrоl   gеnеrеl   J.Garibaldi   1882
yilda   vafоt   etguncha   uning   rеzidеntsiyasi   bo’lib   qоldi).   Garibaldichilarnig   Rimni
egallash uchun 1867 yilda uyushtirgan ikkinchi ekspеditsiyasi ham to’хtatildi.
Vеnеtsiya   1866   yilda   Avstriya   hukmrоnligidan   оzоd   qilindi   va   Italiya
tarkibiga qo’shildi. 
1870 yilda Napоlеоn III o’z qo’shinini Rimdan оlib kеtishga majbur bo’ldi va
fransuzlar   madadidan   mahrum   bo’lgan   papaning   diniy     hоkimyati   ag’darib
tashlandi. 1871 yilda Rim Italiyaning pоytaхtiga aylandi.
Italiyaning birlashishi natijasida kоnstitutsiоn mоnarхiya tashkil tоpdi. Italiya
davlati Chеt davlatlar tоmоnidan e’tirоf etildi va хalqarо munоsabatlarning muhim
ishtirоkchisiga aylandi.
Italiya XIX asrning so‘nggi choragida  ham avvalgidek agrar mamlakat bo‘lib
qolmoqda   edi.   Aholining   3/4   qismidan   ko‘prog‘i   qishloqlarda   yashar   va   qishloq
xo‘jaligida   band   edi.   Italiya   qishlog‘ida   yarim   feodal   munosabatlar   hukmronligi
davom   etardi.   Ishlovga   yaroqli   yyerlarning   5/6   qismiga   yaqini   dvoryanlar,
cherkovlar   va   burjuaziyadan   chiqqan   yirik   yyer   egalarining   mulki   edi.   Mayda
dehqon   mulki   juda   kam   edi.   Dehqonlarning   katta   qismi   yersiz   bo‘lib,   ular   og‘ir
ijara shartlari asosida yyerlarni pomeshchiklardan olishga majbur edilar.
Dehqonchilik   texnikasi   juda   oddiy   bo‘lib,   hosildorlik   ham   juda   past   edi.
Dehqonlar   ochlik,   muhtojlikda   yashardilar.   Ayniqsa   Italiyaning   Janubida   va
qisman   Markaziy   Italiyada     feodalizm   qoldiqlari   kuchli   darajada   saqlanib   qolgan
edi.   Bu   yyerlarda   eski   feodal   zodagonlarning   katta-katta   latifundiyalari   saqlanib qolgan  edi.  Latifundiya  egalari  odatda  o‘z  xo‘jaliklarini  yuritmas  edilar.  Ular   o‘z
yyerlarini ijaraga berardilar yoki ekin ekmasdan qoldirar edilar. Yirik senorlar ham
har doim o‘z mulklarini tasarruf qilavermasdilar. Masalan, Sitsiliyada yarim feodal
shakldagi yirik ijarachilik – «gabellotto» keng yoyilgan edi. «Gabellotto» senorga
uning  butun   mulki   uchun   ijara   haqini   to‘lardi   va   keyin  yerni   mayda   ijarachilarga
bo‘lib berardi. 
Janubiy   Italiyada,   shuningdek   qisman   Markaziy   Italiyada   agrar   sohada
feodalizm   sarqitlarining   keng   tarqalganligi   va   saqlanib   qolganligi   bu   viloyatlarni
qoloqlik va muhtojlikka duchor qilgan edi. Donli ekinlarning hosildorligi Janubda
Shimoldagiga   nisbatan   2-2,5   marta   past   edi.   Shimol   burjuaziyasi   ongli   ravishda
Janubning   qoloqligini   saqlanib   qolishiga   harakat   qilar   va   bu   bilan   Janubni
Shimolni   xom   ashyo   bazasiga   aylantirishga   harakat   qilardi.   Yirik   burjuaziya
Shimolni     Italiyaning   o‘ziga   xos   «ichki   koloniyasiga»   aylantirib,   uning   aholisini
shafqatsizlarcha asoratga solardi.
Shimolning   agrar   tuzumi   Janubnikidan   farq   qilardi.   Bu   yerda   kapitalistik
shakldagi   yirik   qishloq   xo‘jaligi   rivojlandi.   Yirik   yyyer   egalari   (dvoryanlar   va
burjua) o‘z xo‘jaligida batraklar mehnatidan foydalanib, xo‘jaliklarini yuritardilar.
Ular   bozor   uchun   bug‘doy,   sholi,   ipak   va   boshqa   mahsulotlarni   ishlab
chiqarardilar.   Ular   o‘z   xo‘jaliklarida   mashinalardan,   sun’iy   o‘g‘itlardan   va   yerga
ishlov   berishning   eng   Yangi   usullaridan   foydalanardilar.   Lekin   Shimoliy
Italiyaning o‘zida ham bunday xo‘jaliklar ko‘pchilikni tashkil qilmasdi.
Italiya   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishi   bo‘yicha   boshqa   mamlakatlardan
ancha   orqada   qolmoqda   edi.   Misol   uchun   1880   yildan   1890   yilgacha   Italiya
qishloq xo‘jaligining mahsuloti hajmi faqat 11 % ga ko‘paygani holda, shu davrda
AQShda o‘sish 57 % ga teng bo‘ldi.
Qishloq   xo‘jaligida   tovar-pul   munosabatlarining   kuchayishi   va   kapitalistik
munosabatlarning   yanada   rivojlanishi     dehqonlarning   tabaqalanishini   kuchaytirdi.
Ijarachi   dehqonlarning   katta   qismi   o‘z   mol-mulkidan   va   mehnat   qurollaridan
mahrum   bo‘lib   hech   narsasi   yo‘q   «yurnatyyerlar»ga   (batraklarga)   aylandilar.
Yurnatyyerlar   tirikchilik   qilish   uchun   hech   qanday   vositalari   yo‘qligi   sababli   o‘z ish   kuchini   sotishga   majbur   edilar.   Ikkinchi   tomondan   dehqonlarning   uncha   ko‘p
sonli   bo‘lmagan   yuqori   qatlami   boyib   bordi.   Dehqonlarning   bu   toifasidan
«massarlar» qatlami – dehqon burjuaziyasi shakllandi. Massarlar qarzga pul berish
(sudxo‘rlik),   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlarini   olib   sotish,   katta   yer   maydonlarini
ijaraga   olish   yoki   xususiy   mulk   qilib,   ularda   yollanma   ishchilarni   ishlatish   bilan
shug‘ullanardilar.
Qashshoqlik   va   yyersizlik   yuz   minglagan   odamlarni   qishloqlarni   tashlab
ketishga   majbur   qilardi.   Ularning   bir   qismi   shaharlardi   ish   topardi.   Lekin   yuqori
darajada rivojlanmagan Italiya sanoati bu aholini ish bilan ti’minlashga qodir emas
edi.   Bu   esa   Italiyaga   xos   bo‘lgan   mehnatkash   ommaning   ommaviy   muhojirligini
keltirib   chiqardi.   X1X   asrning   60   yillarida   Italiyadan   har   yili   10-15   ming   kishi
muhojirlikga   ketardi.   80-yillarda   muhojirlar   soni   yiliga   200-300   ming   kishiga
yetdi.   1-jahon   urushidan   oldingi   40   yil   davomida   Italiyadan   5,5   mln   kishi   chet
ellarga chiqib ketdi.
Italiya birlashganidan keyin uning savdo va sanoat taraqqiyoti ancha tezlashdi.
Temir yo‘llar uzunligi 1900 yilda 16 ming km.ga yetdi. Yagona kapitalistik milliy
bozorning tashkil topish jarayoni yakuniga yetdi.
Italiya  birlashganidan   keyingi   o‘tgan  30-40  yil   ichida  sanoat   inqilobi  amalga
oshdi. XX asr boshiga kelib mamlakat sanoat mahsulotining asosiy qismini uncha
ko‘p sonli bo‘lmagan yirik kapitalistik korxonalar yetkazib berar edi.   Kapitalistik
jamiyatning   asosiy   sinflari   –   burjuaziya   va   proletariatning   tashkil   topish   jarayoni
ham yakunlandi.
Italiyada   tabiiy   resurslarning   kamligi   sanoat   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatdi,   Italiyada   temir   rudasi   juda   kam,   ko‘mir,   mis,   paxta   yo‘q,   neft   faqat   2-
jahon urushidan keyin topilgan. Shuning uchun ham Italiya sanoat jihatidan boshqa
davlatlardan   orqada   qolmoqda   edi.   Masalan   Italiyada     cho‘yan   eritish   90   yillar
oxiriga kelib 200 ming tonnaga yetdi, Angliyada bu davrda har yili 7,3  mln. tonna
cho‘yan eritilardi. Po‘lat eritish Italiyada 90 yillar oxirida 120 ming tonnaga yetgan
bo‘lsa, Germaniyada 1900 yilda 7 mln. tonna po‘lat eritilgan edi. XX   asr   boshlarigacha   Italiyada   asosan   to‘qimachilik   sanoatining   turli
tarmoqlari   rivojlangan   edi.   Og‘ir   sanoatning   konchilik,   metall   ishlash   va   eng
muhim bo‘lgan mashinasozlik tarmoqlari endigina rivojlanib kelmoqda edi.
Yirik sanoat mayda sanoat ustidan to‘la g‘alaba qozonmagan edi. X1X va XX
asr   chegaralarida   yirik   zavod   va   fabrikalarning   soni   ko‘p   emas   edi.   Italyan
korxonalarining 90 % idan ko‘prog‘ida ishchilarning soni 10 kishidan oshmas edi.
100 ishchidan ortiq ishchilari bo‘lgan korxonalar barcha korxonalarning  2 % idan
kamrog‘ini   tashkil   qilardi,   lekin   ular   sanoat   mahsulotlarining   asosiy   qismini
yetkazib   berardilar.   Shuningdek   mamlakatda   ko‘p   sonli   hunarmand   va   kosiblar
ham bor edi.
Sanoat   inqilobi   mamlakatning   janubiy   viloyatlariga   hech   qanday   ta’sir
ko‘rsatmadi.   Janubning   mayda   tadbirkorlari   va   hunarmandlari   Shimolning   yirik
kapitalistlari   raqobatiga   bardosh   berolmay,   xonavayron   bo‘lardilar.   Janub   borgan
sari   tobora   ko‘proq   sanoatlashgan   Shimolning   xom   ashyo   qo‘shog‘iga   aylana
bordi.
X1X   asr   oxirida   sanoat   ishchilarining   axvoli   juda   og‘ir   edi.   Ish   kuni   16   soat
davom   etardi,   ish   haqi   past   edi.   Mehnat   muhofazasi   yo‘q   edi.   Korxonalarda
xo‘jayin   va   mastyyerlarning   o‘zboshimchaligi   hukm   surardi,   ish   haqidan   jarima
undirish   keng   qo‘llanardi.   Ishchilarning   uy-joyga   bo‘lgan   ehtiyojlari   kuchli   edi,
ishchilar orasida turli kasalliklar keng tarqalgan edi.
XX   asr   boshlarida   ham   Italiya   agrar   mamlakat   bo‘lib   qolmoqda   edi.   1901
yilda   ishga   yaroqli   aholining   59   %   i   qishloq   xo‘jaligida,   27   %   i   sanoat   va
transportda   band   edi.   To‘qimachilik   sanoati   avvalgidek   sanoatning   yetakchi
tarmog‘i hisoblanardi. 
Lekin   Italiyaning   yirik   bankirlari   va   tadbirkorlari   o‘z   qullarida   katta
mablag‘larni     to‘plagan   edilar.   Hukumat   armiyani   qurollantirish,   harbiy   kemalar
qurish   va   shunga o‘xshashlar uchun ularga katta buyurtmalar berardi. Italiyaning
Yaqin Sharq va Janubiy Amerika bilan bo‘lgan savdosi o‘sdi. Shimoliy Italiyadagi
yirik   yyer   egalarining   qishloq   xo‘jalik   mashinalariga   bo‘lgan   talabi   o‘sdi. Bularning   hammasi   mamlakatda   yirik   sanoatning   turli   tarmoqlarining
rivojlanishiga yordam berdi.
XX asrning dastlabki o‘n besh yilida Italiyada yirik sanoatning   o‘sish sur’ati
yuqori bo‘ldi. Mamlakatda Yangi metallurgiya va mashinasozlik zavodlari qurildi.
Po‘lat va cho‘yan ishlab chiqarish kuchaydi. Mamlakatdan tashqarida sotish uchun
stanoklar, bug‘ mashinalari, dinamomashinalar va boshqa jihozlar ishlab chiqarila
boshlandi. Sanoatning ximiya, avtomobilsozlik va boshqa tarmoqlari paydo bo‘ldi.
Italiyada   mineral   yoqilg‘ining   kamligi   ko‘plab   gidroelektr   stansiyalarning
qurilishiga olib keldi.
Mamlakat   xalq   xo‘jaligida   sanoatning   hissasi   kuchaydi.   1915   yilga   kelib   19
mlrd.   liralik   milliy   daromadning   6   mlrd.   lirasi   sanoat   hissasiga   to‘g‘ri   kelardi.
Ishchilar sinfi son jihatdan ko‘payib, 2,3 mln. kishiga yetdi.
Birinchi   jahon   urushi   arafasiga   kelib   Italiya   agrar-industrial   mamlakatga
aylana boshladi.
Lekin   Italiyaning   rivojlangan   kapitalistik   mamlakatlardan     iqtisodiy   jihatdan
orqada qolishi hamon davom qilmoqda edi. 1-jahon urushi arafasida Italiya po‘lat
eritish bo‘yicha Germaniyadan 18 marta, Fransiyadan 5 marta orqada qolgan edi.
Cho‘yan ishlab chiqarish esa Germaniyadan 40 marta, Fransiyadan 12 marta kam
edi.
Italiya   iqtisodiyotining   rivojlanishi   notekis   borardi.   Yuksalish   davrlari
inqirozlar bilan almashib turardi. 1900-1903 va 1907-1908 yillarda mamlakat og‘ir
iqtisodiy   inqirozni   boshdan   kechirdi.   Ko‘plab   korxonalar   yopilib,   yuz   minglab
ishchilar ishdan haydaldi.
Yirik   sanoat   asosan   avvalgidek   mamlakatning   shimolida   rivojlandi.   Janubiy
Italiya va orollar  Shimoldan yanada ko‘proq orqada qolmoqda edi. Shimolda yirik
sanoatning   rivojlanishi   Janubdagi   manufaktura   va   eski   uy   sanoati   shakllarining
kasodga   uchrashiga   va   mamlakatning   bu   qismini   yanada   orqada   qolishiga   olib
keldi.
Italyan xalqining katta qismining turmush darajasi juda past edi. Ishchilarning
ish   haqi   Angliya,   Fransiya   va   AQShdagi   ishchilarga   nisbatan   2-3   marta   past   edi. Ishsizlik   va   ochlik   avvalgidek   yuz   minglagan   aholini   boshqa   mamlakatlarga
ketishga majbur qilardi.
XIX   va   XX   asrlar   chegarasida   boshqa   mamlakatlardagi   kabi   Italiyada     ham
ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyasi kuchaydi. Sanoat ishlab chiqarishi
tobora   ko‘proq   yirik   korxonalarda   to‘plana   bordi.   Sanoatda   ishlab   chiqarishning
butun   bir   tarmoqlari   ustidan   o‘z   nazoratini   o‘rnatgan   yirik   kapitalistik
monopoliyalar   tashkil   topdi.  Ular   jumlasiga   «Ilva»   (cho‘yan   va  po‘lat)   kontserni,
«Edison»   tresti   (elektrotexnika),   «Ansaldo»   aksionerlik   jamiyati   (mashinasozlik),
«Fiat»   jamiyati   (avtomobilsozlik),   «Montekatini»   va     «Pirelli»   (ximiya)   kabilar
kirardi.   
Bank   ishida   ham   konsentratsiyalashish   jarayoni   davom   etmoqda   edi.   Yirik
banklar   mayda   banklarni   yutib   yuborardi.   Mamlakat   iqtisodiyotida   4   ta   bank   –
Italiya   tijorat   banki,   Rim   banki,   «Italiya   kredit»   banki   va   Xisob-kitob   banki
yetakchi rol o‘ynardi.
Italiya   iqtisodiyotida   asosan   fransuz   va   nemis   sarmoyalaridan   iborat   chet   el
sarmoyasi   katta   rol   o‘ynardi.   I-jahon   urushi   arafasida   Italiyaga   kiritilgan   chet   el
sarmoyasining umumiy summasi 1,5 mlrd. lirga teng edi.
Italiya  XX  asr  boshlarida  «Buyuk  davlat»ga  aylandi,  lekin u  buyuk davlatlar
ichida zaif davlat edi va boshqa kuchli davlatlar ta’siri ostiga tushib qoldi.
XIX   asr   50-   60   yillarida   german   davlatlarining   ijtimoiy   –iqtisodiy       va
siyosiy ahvoli
German davlatlarida 1848-1849 yillar inqilobi o’zining bosh vazifasi bo’lgan
siyosiy   jihatdan   tarqoq   Germaniyani   yagona   davlatga   birlashtirish   masalasini   hal
qilmadi.   German   davlatlari   orasida   qudratli   bo’lgan   Avstriya   va   Prussiya  
hukmronlik   uchun   o’zaro   kurashni   davom   ettirdilar.Bu   borada   1849   yili   Prussiya
ayrim   muvaffaqiyatlarni   qo’lga   kiritdi.   May   oyida   Prussiya,   Gannover   va
Saksoniya «Prussiya uniyasi» yoki «Uch qirol uniyasi» deb atalgan ittifoq tuzdilar.
Keyinchalik bu ittifoqga 28 ta katta – kichik german davlatlari ham qo’shildi. 1850
yil martida bu yangi ittifoqning ta’sis majlisi chaqirilib, u ittifoqning konstitusiyasi
loyihasini muhokama qildi.  Inqilobni   butunlay   bostirishga   erishgan   Avstriya   Rossiyaning   qo’llab   –
quvvatlashi bilan Prussiya boshchiligida bunday ittifoq tuzilishiga e’tiroz bildirdi.
Nihoyat Prussiya va Avstriya vakillari bilan Rossiya  podshosi  Nikolay I 1850 yil
oktyabrda   Varshavada   qilgan   suhbatida   Avstriyani   quvvatlashini   qat’iy   ravishda
ma’lum   qildi.   Prussiya   german   davlatlari   orasida   hukmronlik   uchun   o’z
davolaridan voz kechishga majbur  bo’ldi. Noyabr oxirida Prussiya Avstriya bilan
Olmyusda   bitim   imzolab,   Avstriya   boshchiligidagi   sobiq   Germaniya   ittifoqini
tiklash   haqida   kelishib   oldi.   German   davlatlarini   o’zi   boshchiligida   birlashtirish
uchun bo’lgan Prussiyaning dastlabki urinishi    shu tarzda natijasiz tugadi.
1850   yil   dekabrda   Mantoyfelni   prezident   -   ministr   lavozimiga   o’tirishi   bilan
Prussiyada   reaksiya   davri   boshlandi.   1851   yil   oktyabrda   Prussiya   qiroli
konstitusiyani  bekor qilib, ochiqchasiga absolyutizmni  mustahkamlashga  kirishdi.
Boshqa   german   davlatlarida   ham   reaksiya   boshlandi.   10   yil   davom   etgan   og’ir
siyosiy zo’rlik davri german davlatlarini inqilobdan oldingi holatga qaytara olmadi.
German   davlatlarida   feodal   munosabatlar   tugatilib,   burjua   yangilanishlari   yo’liga
o’tildi.   1857-1859   va   1866-1867   yillardagi   iqtisodiy   inqirozlarga   qaramasdan
german   davlatlarida   sanoat   to’ntaruvi   muvaffaqiyatli   ravishda   nihoyasiga   yetdi.
Dunyoning qudratli sanoat mamlakatlari orasida u Angliya va AQSh dan so’ng 3-
o’rinni egalladi. 
1850   yil   2   martda   Prussiyada   dehqonlarni   feodal   majburiyatlardan   to’lov
asosida ozod qilish to’g’risida farmoyish chiqdi. 50 yillarda Vyurtemberg, Baden,
Gessen, Saksoniya kabi bir qator    davlatlarda ham agrar islohotlar o’tkazildi. 1834
yilda   Prussiya   boshchiligida   tuzilgan   «Germaniya   bojxona   ittifoqi»   1854   yilga
kelib   deyarli   barcha   german   davlatlarini   birlashtirdi   va   sanoat   taraqqiyoti   uchun
muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
1858 yil  oktyabrda Prussiyada  Vilgelm  shahzoda-regent deb e’lon qilingach,
Mantoyfelning   reaksion   hukumati   tarqatib   yuborildi   va   konservativ-liberal
hukumat tuzildi. 1858 yil noyabrda Prussiya parlamenti uchun bo’lgan saylovlarda
liberallar   g’alaba   qildi.   Liberallarning   barcha   oqimlari   Germaniyani   birlashtirish
uchun kurashdilar.  Bu   davrda   Germaniyani   birlashtirishning   ikki   yo’li   mavjud   bo’lib,   biri
«quyidan»   xalq   ommasining   knyazlik   sulolalarining   hukmronliklariga   qarshi
inqilobiy   kurashi   asosida   birlashtirish   bo’lsa,     ikkinchisi   Germaniya   davlatlarini
Avstriya   yoki   Prussiya   boshchiligida   «yuqoridan»   birlashtirish   edi.   Keyingisi
sulolalar va davlatlararo urushlar asosida ro’y berishi lozim edi.
1859   yilda   halqaro   siyosiy   inqiroz   yuz   berdi.   Italiya   shimolini   gabsburglar
hukmronligidan   ozod   etish   uchun   Avstriyaga   qarshi   Fransiya   va   Pyemont   urush
boshladi. Fransiya tomonidan Reynning so’l qirg’oqlaridagi german yerlarini bosib
olish   xavfi   tug’ildi.   Chunki   Napoleon   III     mazkur   hududni   Fransiyaning   qonuniy
mulki   deb   bilar   edi.   Germaniyaning   mustaqilligi   va   uni   birlashtirish   istiqbollari
havf   ostida   qoldi.   Urush   tez   fursatda   Avstriyaning   mag’lubiyati   bilan   nihoyasiga
yetdi.   Bu   esa   mamlakatni   Prussiya   gogensollernlari     hukmronligi   ostida
birlashtirish tarafdorlari bo’lgan nemis liberallarini ruhlantirdi. 
1859 yilning kuzida shimoliy german davlatlarining burjuaziyasi gannoverlik
advokat   Bennisen   boshchiligidagi   «Milliy   ittifoq»   deb   atalgan   siyosiy   tashkilot
tuzdilar.   Bu   tashkilot   german   davlatlarini   Avstriyasiz   Prussiya   hukmronligida
birlashtirishga   harakat   qildi.   Bu   german   davlatlarini   birlashtirishning   «Kichik
Germaniya» tuzish rejasi deb ataldi. 
«Kichik   Germaniya»   rejasi   Baden,   Vyurtemberg,   Bavariya   kabi   davlatlarda
qo’llab   -   quvvatlanmadi.   Chunki   bu   german   davlatlari   aholisining   azaldan   prus
amaldorlari   va   zobitlariga   nafrati   kuchli     edi.   Bundan   tashqari,   bu   davlatlarning
burjuaziyasi sanoat sohasida ancha zaif bo’lib, ular prus burjuaziyasining iqtisodiy
raqobatidan   hayiqishgan.   Shuning   uchun   janubiy   german   davlatlari   o’z
mustaqilligini   saqlab   qolishga   harakat   qildi.   60-   yillarning   boshlaridan     mazkur
german   davlatlari   o’zlari   uchun   nisbatan   havfsizroq   deb   bilgan   Avstriya   bilan
yaqinlasha   boshladilar.   Bavariya   liberallarinning   tashabbusi   bilan   Avstriya
boshchiligida   «Buyuk   Germaniya»   tuzish   tarafdorlari   1867   yilda   Milliy   ittifoqqa
qarshi «Islohotlar ittifoqi»ni    tuzdilar. Prussiyada   konstitusiyaviy   nizo   va   Otto   fon   Bismarkning   hokimyatga
kelishi
Italiyadagi   voqyealar   ta’siri   natijasida   prus   burjuaziyasi   safida
birlashtirishning   turli   yo’llari   tarafdorlari   o’rtasidagi   kurashning   keskinlashuvi
Prussiya hukumatining siyosatiga ham ta’sir qildi.    Yangi qirol Vilgelm I islohotlar
o’tkazishga   va’da   berdi.   Ammo   islohotlar   boshlash   taraddudi   cho’zilib   ketishi
natijasida   hukumat   bilan   landtagdagi   burjua   muxolifati   o’rtasida   to’qnashuvlar
boshlandi.   To’qnashuvlar   keyinchalik   konstitusiyaviy   nizo   deb   atalgan   siyosiy
inqirozga   sabab   bo’ldi.   Bu   nizoni   1860   yil   fevralda   harbiy   ministr   fon   Roonning
harbiy   islohotlar   haqida   landtagdagi   bildirgan   taklifi   keltirib   chiqardi.   Prussiya
hamon armiyaga suyanuvchi davlat bo’lib, unda yunkerlar hukmron mavqyega ega
edi. Yunkerlar  liberal  burjuaziya talablariga qarshilik ko’rsatayotgan     asosiy kuch
edi. Harbiy islohotlar to’g’risidagi fon Roonning loyihasi harbiy xizmat muddatini
2   yildan   3   yilga   uzaytirish,   armiya   hajmini     oshirish   va   uning   tuzilishini
o’zgartirishdan   iborat   edi.   Shahzoda   -   regent   Vilgelm   (1861   yildan   Vilgelm   I
Prussiya   qiroli)   Yevropa   kontinentida   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   halqaro   nizolar
uchun   katta   hajmdagi   zamonaviy   armiya   tuzishga   va   yunkerlarni   mavqyeini
mustahkamlashga   harakat   qildi.   Muntazam   armiya   safidan   Napoleon   urushlari
davrida   tuzilgan   landver   deb   ataluvchi   xalq   lashkarini   chiqarib   tashlash   ham
rejalashtirilgan   edi.   Chunki   landverdagi   zobitlik   lavozimlarini   aksariyatini
burjuaziya vakillari egallagan edi. Landtag mazkur loyihani rad etsada, hukumatga
9 mln. taler miqdorida favqulodda harbiy harakatlar uchun mablag’ ajratdi. Ushbu
summa taklif etilgan harbiy islohotlar loyihasini amalga oshirish uchun sarflandi.
Liberal   burjuaziya   vakillarining   1861   yilda   tashkil   qilingan   «Progressistlar
partiyasi»   parlamentda   qirol   va   hukumatga   qarshi   kurash   boshladi.   1861   yilgi
landtag saylovlarida progressistlar katta muvaffaqiyat qozondilar. Yangi saylangan
deputatlar   palatasi   bilan   hukumat   o’rtasida   yangidan   kurash   boshlandi.   1862
yilning   11   martida   qirolning   maxsus   farmoyishi   bilan   deputatlar   palatasi   tarqatib
yuborildi,   liberal   ministrlar   iste’foga   chiqarildi.   Qirol   liberallashtirish   siyosatiga
chek   qo’ydi.   Ko’pgina   shaharlarda   aholining   hukumatga   qarshi   norozilik chiqishlari   bo’lib  o’tdi.  1862  yil   bahoridagi  yangi  saylovlarda   progressistlar  yana
g’alaba qozondilar. 
Progressistlar   hukumatga   bosim   o’tkazib,   agar   ularning     talablari
bajarilmaydigan   bo’lsa,   harbiy   soha   uchun   mablag’lar   ajratishni   to’xtatishini
ma’lum   qildi.   Keyinroq   harbiy   kreditlarni   to’xtatilishi   siyosiy   inqirozni   juda
keskinlashtirdi.   Qirol   hatto   taxtdan   voz   kechishga   ham   tayyor   turdi.   Ammo   prus
yunkerlarining   konservativ   militaristlari   boshqacha   yo’l   tutdilar.   Ularning     taklifi
bilan 47 yoshli Otto fon Bismark 1862 yil 24 sentyabrda qirol tomonidan prezident
ministr (bosh ministr) qilib tayinlandi. 
Otto   fon   Bismark   (1815-1898)   kelib   chiqishi   va   tabiatiga   ko’ra   prus
yunkerlarining haqiqiy vakili edi. U umri davomida Prussiya taxtiga sodiqlik bilan
xizmat   qilib,   Germaniyada   Prussiya   hukmronligini   o’rnatish   uchun   kurashdi.
Bismark o’zining 1848-1849 yillar inqilobi davrida o’zining demokratiyaga qarshi
chiqishlari   bilan   tanilgan   edi.   U   1848-1849   yillar   inqilobini   tanqid   qilib,
zamonning dolzarb masalalarining aksariyati nutqlar va qarorlar    bilan emas, balki
temir   va   qon   bilan   yechilishini   bashorat   qilgandi.   Uning   bu   fikri   Germaniyani
birlashtirish   uchun   mayda   german   davlatlaridagi   partikuliyarlik   va   legitimistik
qarshiliklarni,   umrini   yashab   bo’lgan   Germaniya   ittifoqini   va   Avstriyaning
hukmron ta’sirini tugatishni nazarda tutar edi.     Bismark katta diplomatik tajribaga
ega   bo’lib,   Germaniyani   birlashtirish   arafasida   mavjud   bo’lgan   ichki   va   tashqi
siyosiy   vaziyatni   bilar,   mamlakatning   iqtisodiy   taraqqiyotini   ta’minlash   uchun
siyosiy   tarqoqlikga   barham   berish   lozimligini   boshqa   davlat   arboblaridan   ko’ra
yaxshiroq   tushungan   edi.Xalq   ommasining   inqilobiy   chiqishlaridan   vahimaga
tushgan burjuaziya Bismark hukumatiga yon berishga majbur bo’ldi. 
1863   yil   mayda   Saksoniyaning   sanoati   rivojlangan   Leypsig   shahrida   liberal
burjuaziyadan   mustaqil   holda   Ferdinand   Lassal   boshchiligida–Umumgerman
ishchilar   ittifoqi   tuzildi.   Ittifoqning   asosiy   maqsadi   ishchilarning   umumiy   saylov
huquqini   qo’lga   kiritishi   orqali   tinch   yo’l   bilan   sosializmga   o’tish   edi.   F.Lassal
umumiy saylov huquqini joriy qilish haqida Bismark bilan muzokaralar  ham olib
bordi.   German   davlatlarida   ishchilarning   narozilik   harakatlari   1863-1865   yillarda o’zining eng yuqori bosqichiga yetdi. Harakat davomida nemis ishchilari orasidan
Avgust Bebel (1840-1913) va Vilgelm Libknext kabi siyosiy rahnomalar yetishib
chiqdi.   F.Lassaldan   farqli   ravishda   V.Libknext   va   A.   Bebel   Germaniyani
«quyidan»   inqilobiy   yo’l   bilan     birlashtirish   orqali   respublika   o’rnatish   uchun
harakat   qilib,     Bismarkning   «temir   va   qon»   bilan   birlashtirish   siyosatiga   qarshi
kurashdilar.
Bismark hukumatining ichki va tashqi siyosati
Yevropa   markazida   yangi   qudratli   davlatning   paydo   bo’lishida   Prussiya
manfaatiga   mos   keladigan   qulay   tashqi     siyosiy   vaziyat   yuzaga   kelgan   edi.
Prussiya   boshchiligida   german   davlatlarini   birlashtirishga   faqat   Avstriya   va
Fransiya   qarshilik   ko’rsatayotgan   edi.   Rossiya   podshosi   Aleksandr   II   Prussiya  
bilan   avvalgidek   Yevropada   inqilobiy   havfga   qarshi   hamkorlikda   kurash   olib
borishda,   Sharqda   o’zining   mavqyeini   mustahkamlashda   va   1856   yilgi   Parij   sulh
shartnomasini qayta ko’rib chiqishda uning yordamiga umid qilmoqda edi. Angliya
hukumati   yangi   Germaniya   davlatini   Yevropada   hukmronlik   uchun   da’vo
qilayotgan   Fransiyaga   qarshi   munosib   raqib   bo’lishini   istayotgan   edi.   Shuning
uchun   mazkur   davlatlar   va   Yevropaning   boshqa   davlatlari   ham   Prussiyaning
birlashtirish siyosatiga qarshi    bo’lmadilar. 
Bismark davlat to’ntaruvini amalga oshirib, armiyani qayta tashkil etish uchun
davlat   byudjetidan   tashqari   qo’shimcha   mablag’   ajratdi.   Maxsus   farmoyish   bilan
matbuot   erkinligi   cheklandi,   muxolif   amaldorlar   egallab   turgan   lavozimlaridan
bo’shatildi.   Prussiya   1863   yil   Polsha   qo’zg’olonini   bostirishda   hamkorlik   qilish
haqida   Rossiya   bilan   konvensiya   imzoladi.   Bu   Prussiyada   xalq   ommasining
umumiy   noroziligiga   sabab   bo’ldi.   Berlinda   namoyishlar   uyushtirilib,     aholining
polisiya   bilan   to’qnashuvlari   yuz   berdi.   Bismark   Germaniyani   Prussiya
hukmronligida   birlashtirish   maqsadiga   kuch   bilan   erishishga   qat’iy   kirishdi.
Germaniyani   Prussiya   boshchiligida   birlashtirlishiga   ta’kidlanganidek   asosan
Avstriya   va   Fransiya   qarshilik   ko’rsatmoqda   edi.   Avstriya   german   davlatlarini
Prussiya   boshchiligida   birlashtirish   Prussiyaning   mavqyeini   kuchaytiradi   deb o’ylab,   bunga   yo’l   qo’ymaslikka   va   o’z   navbatida   german   davlatlarini   Avstriya
atrofida birlashtirishga harakat qildi. 
Fransiya   esa   o’zining   sharqiy   chegaralarida   kuchli   markazlashgan   davlatni
tashkil topishini istamay Germaniya ittifoqining zaifligidan     foydalanib, Reynning
so’l   qirg’oqlarini   bosib   olishga     harakat   qilayotgan   edi.   Napoleon   III   german
davlatlarining   Prussiya   hukmronligiga   qarshi   siyosatini   rag’batlantirib,   janubiy
Germaniyada   o’zining   ta’sirini   mustahkamlashga     intildi.   1863   yil   yozida
Avstriyaning tashabbusi bilan Germaniya ittifoqini isloh qilishni muhokama qilish
maqsadida   german   davlatlarining   vakillarini   Frankfurtga   taklif   etdi.   Uchrashuvga
Prussiya vakillari      kelmadi.
Bismark Germaniyani  birlashtirish ishini  shaxsiy  uniya  asosida  Daniya bilan
birlashgan aholisi asosan nemis millatiga mansub bo’lgan Shlezvig va     Golshteyn
gersogliklarini Daniyadan tortib olishdan boshladi.
1863-yil Daniya qiroli Xristian Shlezvigga Daniya konstitusiyasini joriy qildi.
Bu   butun   german   davlatlarida   norozilik   o’yg’otdi   va   Bismarkga   yangidan   paydo
bo’lgan «shlezvig-golshteyn muommasi» ga aralashish imkoniyatini berdi. Chunki    
Golshteyn Germaniya ittifoqiga a’zo edi. Prussiya Daniyaga Shlezvigni anneksiya
qilishdan voz kechishni talab qiluvchi ultimatum e’lon qildi. Bu talabga      keyinroq
Prussiyadan orqada qolishni istamagan Avstriya ham qo’shildi. 
Daniya   qiroli   Yevropa   davlatlarining   yordamiga   umid   qilib,   Prussiya   va
Avstriya   talabini   rad   etdi.   1864-yil   1-fevralda   Prussiya   va   Avstriya   Daniyaga
qarshi   urush   boshladi.   Qisqa   muddatda   Daniya   tor-mor   etildi.   1864-yil   30
oktyabrda   Venada   imzolangan   sulh   shartnomasiga   ko’ra   Shlezvig   va   Golshteyn
gersogliklari   Daniyadan   tortib   olinib,   Avstriya   va   Prussiyaning   hamkorligidagi
boshqaruv   ostiga   o’tdi.   1865-yil   Prussiya   va   Avstriya   o’rtasida   imzolangan
konvensiyaga   ko’ra   Golshteynni   Avstriya,     Shlezvigni   esa   to’liq   Prussiya
boshqaradigan     bo’ldi.   Bu     konvensiya   ko’proq   Prussiya   manfaatlariga   xizmat
qilgan.   Biroq   Golshteynni   Avstriya     tomonidan   boshqarilishi   Prussiyani
qanoatlantirmadi.   Daniya   urushiga   buyuk   davlatlarni   aralashmasligi   haqida Bismarkning bashorati to’g’ri chiqdi. Bismarkning galdagi vazifasi Avstriyani tor-
mor etish va    uning german davlatlariga bo’lgan ta’siriga barham berish edi. 
Bismark   Prussiyaning   harbiy   qudratidan   kelib   chiqqan   holda,   ongli   ravishda
Avstriya bilan urushga tayyorlana boshladi. Avstriyani     tezda tor-mor etish uchun
1866   yil   bahorida   Italiya   bilan   ittifoqchilik   haqida   mahfiy   shartnoma   imzoladi.
Bismark   Avstriya   imperiyasiga   qarshi   urushda   ittifoqchilik   qiladigan   Italiyaga
Venesiyani   olib   berishni   va’da   qildi.   Vengriya   emmigrantlari   bilan   muzokaralar
olib borib, Avstriya imperiyasida milliy harakatlar chiqarishga urindi. 
Avstriyaga   qarshi   urushda   Fransiyaning   betarafligini   ta’minlash   uchun
Bismark Napoleon III bilan bo’lgan uchrashuvda Belgiyani bir qismi va Reynning
so’l sohilini Fransiyaga qo’shib olinishiga qarshi emasligini ma’lum qildi. Uzoqni
ko’ra olmagan Fransiya imperatori Avstriya va Prussiya o’riasidagi urush har ikki
tomonni zaiflashtiradi deb o’ylab, Bismarkning taklifiga rozi bo’ldi. 
1866   yil   bahorida   Bismark   Germaniya   ittifoqini   tubdan   isloh   qilishga
Avstriyaning   roziligini   so’radi.   Undan   kutilgan   javobni   olmagan   Bismark   barcha
german davlatlariga Germaniya ittifoqini isloh qilish va undan Avstriyani chiqarish
haqidagi   loyihani   jo’natib,   ittifoq   seymiga   Germaniya   ittifoqining   yangi
konstitusiya loyihasini kiritdi va Prussiya harbiy qo’shinlarini Golshteynga tomon
yo’naltirdi.   Ittifoq   seymi   Avstriya   tomonida   turdi.   Bunga   javoban   Prussiya   1866
yil   14   iyunda   Germaniya   ittifoqidan   chiqqanligini   e’lon   qildi.   15   iyun   kuni
Prussiya   Avstriyaga   qarshi   urush   boshladi.   Baden,   Bavariya,   Vyurtenberg,
Gannover   va   Saksoniya   Avstriya   tomonida,   Tyuringiyaning   va   Shimoliy
Germaniyaning ayrim shaharlari Prussiya tomonida turib urushda qatnashdi. 
Prussiya   qo’shinlari   Saksoniya,   Gannover   va   Kurgessenga   hujum   qilib,   14
kunda   Asvtriyani   qo’llab   turgan   Janubiy   va   Markaziy   Germaniya   kuchlari   Mayn
daryosi   bo’ylab   kesib   qo’yildi.   Yevropa   jamoatchiligi   tomonidan   mutloqo
kutilmagan holda Prussiya armiyasi ilk bor temir yo’llar va telegrafdan foydalanib,
Avstriya   va   uning   ittifoqchisi   bo’lgan   Saksoniyaga   ketma-ket   harbiy   zarbalar
berishda   davom   etdi.   Eski   pilta   miltiqlar   o’rniga   yangi       ninali   o’qotar   qurollar
bilan qurollangan va yaxshi    harbiy tayyorgarlikdan o’tgan prus qo’shinlari general Moltkening   qo’mondonligida   Chexiya   hududiga   yurish   qilib,   3   iyulda   Sadova
qishlog’i  yaqinida  Avstriya qo’shinini   tor-mor   etdi  va  Venaga  yo’l  oldi. Prussiya
qo’shinlarining   boshqa   bir   qismi   Avstriyaga   ittifoqchilik   qilayotgan   german
davlatlari   harbiy   otryadlarini   mag’lubiyatga   uchratib,   15   iyul   kuni   Frankfurtni     
egalladi.
Shimoliy Germaniya    ittifoqi
Avstriya mag’lubiyatidan so’ng Germaniya ittifoqi tarqatib yuborilib, 
Prussiya hukmronligi ostida 22 ta german davlatlarining yangi Shimoliy 
Germaniya ittifoqi tuzildi. 1867-yil boshida qabul qilingan ittifoq konstitusiyasiga 
muvofiq butun hokimiyat prezident- Prussiya qiroli Vilgelm I ning meros o’tuvchi 
hokimiyati ostiga o’tdi. Bavariya, Vyurtemberg, Baden va Gessen-Darmshtadtdan 
iborat Janubiy Germaniya davlatlari vaqtincha mustaqillikni saqlab qolsada, 
keyinroq Prussiya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga majbur bo’ldi. 
Yevropa davlatlarining hyech biri Prussiyaning tajovuzkorona ravishda 
Germaniya davlatlarini birlashtirish siyosatiga qarshi chiqmadilar. Ular german 
davlatlaridagi inqilobiy harakatlarni faqat Prussiya bostirishga qodir deb o’ylab, 
unga erkin tashqi siyosiy faoliyat yuritish imkoniyatini berdilar.
Bismark 1865 yilda yozganidek «hyech qanaqa german xalqi yo’q, bizning 
siyosatimiz Germaniyani Prussiyaga aylantirishdan iborat» degan shiorga amal 
qilib, 1866 yildagi urush nihoyasida Prussiya tashqi siyosatining so’nggi 
maqsadlarini ochiq bayon qildi.    Prussiyadagi tartib-qoidalar    majburiy ravishda 
butun Shimoliy Germaniya ittifoqida joriy qilina boshlandi. Ittifoqning prezidenti 
bo’lgan Vilgelm I ittifoq armiyasining bosh qo’mondoni bo’lib, u urush e’lon 
qilish va sulh tuzish, ittifoqning oliy lavozimlariga nomzodlarni tayinlash va 
vazifasidan ozod qilish, ittifoqning qonun chiqaruvchi palatasini o’z hohishiga 
ko’ra chaqirish yoki tarqatib yuborish, uning qarorlariga taqiq (veto) qo’yish va 
o’zining o’rinbosari bo’lgan – ittifoq    kansleri lavozimiga nomzodni tayinlash 
vakolatlariga edi. Ittifoq kansleri ham doimiy ravishda Prussiya fuqoralaridan 
tayinlanib, u ittifoq kengashi deb ataluvchi yuqori palatada raislik qilgan. Bu  kengash ittifoqga a’zo bo’lgan davlatlarning 43 ta vakillaridan iborat bo’lib, 
ularning 17 tasini prussiyaliklar tashkil etgan. Qo’yi palata reyxstag esa 297 ta 
deputatdan iborat bo’lib, u umumiy saylov asosida saylangan. Quyi palata 
qonunlarni va byudjetni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan xolos. Ittifoqga kirgan 
alohida davlatlar o’zlarining monarxlarini, konstitusiyasi, sudlari va byudjetini 
saqlab qolgan. Biroq ular ittifoq    bayrog’i sifatida    Prussiyaning oq-qora va qo’yi 
qismida qizil chiziq tortilgan bayrog’ini qabul qilib,    Prussiyaning hukmronligini 
e’tirof etganlar.
Prussiya boshchiligida Germaniyani yuqoridan birlashtirish siyosatidagi 
muvaffaqiyatlar, Avstriya va Daniya ustidan qozonilgan g’alabalar 
«konstitusiyaviy nizo» davridan buyon muxolifatda turgan liberal burjuaziyani 
Bismark oldida tiz cho’kishga majbur qildi. 1866 yil kuzida burjua progressistlar 
partiyasi safida bo’linish yuz berdi. Ittifoq reyxstagi va Prussiya landtagida 
burjuaziyaning Bismark siyosatini yoqlovchi nisbatan kattaroq qismi Milliy-
liberallar    partiyasini tuzdi. 
A. Bebel va V.Libknextlar tashabbusi bilan 1868 yil kuzida Nyurnberg 
shahrida nemis ishchilari ittifoqining syezdi chaqirildi. Syezd sosialistik dastur 
qabul qilib,    I internasional (xalqaro ishchilar harakati) ga    qo’shilish uchun    qaror 
qabul    qildi.1869 yil 7-9 avgustda Eyzenaxda umumgerman ishchilari kongressi 
chaqirildi. Kongressda lassalchilar, ishchi fereynlari, kasaba uyushmalari va 
boshqa tashkilotlar birlashtirilib, «Germaniya sosial-demokratik ishchilar 
partiyasi»    tashkil etildi. 
1866 yilgi urushdan so’ng Shimoliy Germaniya ittifoqi tuzilishi bilan 
Germaniyaning milliy birlashtirilishi asosan nihoyasiga yetdi. Germaniyani to’liq 
birlashtirish uchun Bismarkga yana bitta g’alaba kerak edi. Bu g’alaba german 
davlatlarini Prussiya boshchiligida birlashtirishga jon-jahdi bilan qarshilik 
ko’rsatayotgan Fransiya ustidan bo’lishi lozim edi. 60- yillarning oxirlarida 
Fransiyada boshlangan siyosiy inqirozdan chiqish yo’lini Napoleon III ham 
Prussiyaga qarshi urushda ko’rdi. 1869 yil kuzida Bismark    «Shimoliy Germaniya  ittifoqining Fransiya bilan urushish ehtimoli shunchaki    bor emas, balki shunday 
urush uning uchun    juda zarur» ligini ma’lum qildi.
1870 yilda Fransiya va Prussiya boshchiligidagi german davlatlari o’rtasida 
urush boshlandi. Urushda german davlatlari g’alaba qildi, biroq sulh shartnomasi 
imzolanmasdan turib, 1871 yilning 18 yanvar kuni Versalda Germaniya 
imperiyasining tuzilganligi, Prussiya qiroli Velgelm II ning Germaniya 
imperiyasining imperator ekanligi e’lon qilindi. Fransiya – Prussiya urushi 
Germaniyaning birlashtirilishini nihoyasiga yetkazdi.
1871   yil     18     yanvarida   nemis   qo’shinlari   Parij   ostonasida   turgan   bir   vaqtda
Versalda   Germaniya   imperiyasining   tuzilganligi   e’lon   qilindi.   Germaniya
davlatlari     Prussiya  boshchiligida  yuqoridan     birlashtirildi. Prussiya  qiroli   bo’lgan
Vilgelm   I  Germaniya  taxtiga  o’tirdi.  Germaniya  22  ta     monarxiyaning  (Bavariya,
Vyurtemberg, Baden     va Saksoniya cheklangan ichki avtonomiyaga ega edi) va 3
ta erkin shaharlar (Gamburg, Bremen va Lyubek) ning ittifoqidan iborat imperiya
edi. Germaniyaning birlashtirilganligi 1871 yil mart oyida chaqirilgan     reyxstagda
konstitusiyaning   qabul   qilinishi   bilan   mustahkamlandi.   Shimoliy   Germaniya
ittifoqi     konstitusiyasi   hyech   qanday   o’zgarishsiz   imperiya   konstitusiyasi   sifatida
joriy   qilindi.   Konstitusiya   Germaniya   imperiyasida   Prussiyaning   hukmronligini
mustahkamladi.   Unga   ko’ra   faqat   Prussiya   qirollari   imperator   taxtiga   o’tirishi
mumkin   edi.   Imperator-oliy   qonun   chiqaruvchi   hokimiyatga   ega   bo’lib,   ijroiya
hokimiyat   boshlig’i-imperiya   kanslerini   tayinlash   ham   uning   vakolatiga   kirgan.
Imperiya kansleri imperatorga     hisob bergan. Imperator oliy harbiy qo’mondon va
xalqaro     hayotda     Germaniya   nomidan     ish   ko’ruvchi,   urush   va   sulh   masalalarini
hal qiluvchi ham edi.
Mamlakatning   oliy   vakillik   organi,   Ittifoq   kengashi   (bundesrat)   va   reyxstag
bo’lib,   reyxstag   uch   yilga   (1878   yildan   besh   yilga)   saylangan.   Saylov   qonuniga
ko’ra,   ovoz   berish   huquqiga   25     yoshga     yetgan     barcha     erkaklar   (harbiylardan
tashqari) ega bo’lganlar. Reyxstag qonun ishlab chiqarish tashabbusiga ega bo’lib,
bu qonunlar ittifoq kengashi va imperator tasdig’idan o’tgandan so’nggina kuchga
kirgan.   Germaniya   ittifoqi   kengashi     (bundesrat)   imperiya     vakillik   organining     yuqori   palatasi   hisoblanib,   u   eski   german   ittifoqi   seymi   (bundestagi)   ning  
merosxo’ri   edi.   Ittifoq   kengashiga   imperiya   tarkibidagi   alohida   nemis
davlatlarining   vakillari   umrbod   kiritilgan.   Ammo,   ittifoq   kengashida   ham
Prussiyaning     ustunligi   ta’minlangan.     Kengashdagi   58 o’rindan  17  tasi     Prussiya  
vakillariga     tegishli     bo’lgan.     Konstitusiyaga   o’zgartirish   kiritish   uchun   kengash
a’zolarining 14 tasi    qarshi    bo’lsa, qaror    qabul    qilinmagan. Kengashga imperiya  
kansleri    raislik    qilgan. Germaniya imperiyasining hukumati vakolatiga mamlakat    
mudofaasi va tashqi siyosati, savdo-bank va ma’muriy boshqaruvga doir fuqarolik
qonunlarini ishlab chiqarish, pul, o’lchov va og’irlik birliklarini joriy qilish kabilar
kirgan.
Nemis   davlatlari   ittifoqida   Prussiyaning   hukmronligiga   uning   boshqa  
jihatlari     mos kelgan. Jumladan, imperiya hududining 65% (541 ming kv.km. dan
349   ming     kv.km),   1910   yilgi     aholi     ro’yxatiga     ko’ra     imperiya     aholisining  
61%(65   mln.dan   40   mln.),     ishlov   beriladigan   qishloq   xo’jalik   maydonlarining  
67%     (43     mln.ga dan 28.5 mln.ga.) Prussiya zimmasiga to’g’ri kelgan. 1911 yili  
Prussiya byudjeti butun imperiya byudjetining yarmidan ko’prog’ini tashkil etgan.
Imperiya   harbiy   kuchlarining   2/3   qismini   Prussiya   harbiy   kuchlari   tashkil
qilgan.Mavjud davlat tizimiga va harbiy kuchlariga tayangan Germaniya hukmron
doiralari imperiya hududida prusslashtirish siyosatini    yuritganlar.
Iqtisodiy    taraqqiyoti
1871 yil 10 mayda imzolangan Frankfurt sulhidan keyin Germaniya Yevropa
kontinentidagi   eng   yirik   davlatlardan   biriga   aylandi.   Sanoat   va   savdoning
taraqqiyotida   Germaniya   Fransiya   va   Angliyani   ham   qo’vib   o’ta   boshladi.
Germaniya   XIX   oxirlarida   temir   va   po’lat   ishlab   chiqarish   bo’yicha   dunyoda   3
o’rindan    AQShdan keyingi ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Temir yo’l tarmoqlarining
uzunligi 1871 yilda 21471 km.dan 1900 yilda 49878 km.ga yetdi.
Yirik   kapitalistik   fabrika-zavod   sanoatining   tez   rivojlanishiga   tarqoq
Germaniya   davlatlari   o’rnida   yagona   birlashgan   davlatning   va   yagona   umumiy
bozorning     tashkil   topishi,   Fransiyadan     Elzas,   Lotaringiyaning   va   5   mlrd.frank
kontribusiyaning   olinishi,   fan-texnika   sohasidagi   eng     yangi     yutuqlarning   ishlab chiqarishga   joriy     qilinishi   Germaniyaning   iqtisodiy   taraqqiyoti   uchun   juda   katta
imkoniyatlar yaratdi. 
Tarkibida   juda   katta   miqdorda   fosfor   bo’lgan   Lotaringiya   temir   rudalarining
ulkan   zahiralaridan   foydalanishda   ingliz   injeneri   Tomas   tomonidan   kashf   etilgan
po’latdan   fosforni   ajratishning   yangi   usuli   juda   qo’l   keldi.   Buning   natijasida   bir
vaqtlar po’lat ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo’lgan Lotaringiya rudasi endilikda    
Germaniya po’lat qo’yish sanoati uchun asosiy    xom-ashyo bo’ldi. 
Og’ir   sanoat   bilan     bir     qatorda   Germaniyada   ximiya   va   elektrotexnika  
sanoati   ham   tez   sur’atlar   bilan   o’sdi.   1883   yilda   Germaniya   ximiya   zavodlari
dunyo   miqyosida     ishlab   chiqarilayotgan   bo’yoqlarning   2/3   qismini   berdi.   70-
yillardan elektr tokidan sanoat ehtiyojlari uchun foydalanila boshlandi. 1882 yilda
elektr quvvatini uzoq masofaga uzatish usuli kashf qilindi. 1890 yil Germaniyada
birinchi   gidroelektrostansiya   Frankfurt   yaqinidagi   Laufen   sharsharasida   ishga
tushirildi.   90-yillardan   boshlab   nemis   injeneri   Dizel   yaratgan   ichki     yonuv
dvigateli mashinasozlik    sanoatining rivoji uchun katta imkoniyatlar ochdi.
Ishlab   chiqarishni   arzonlashtiruvchi   zamonaviy   murakkab   mashinalardan  
faqat     yirik     tadbirkorlar va     aksionerlik jamiyatlari foydalanish qudratiga ega edi.
Ishlab chiqarish yirik fabrika va zavodlarda konsentrasiyalasha     bordi. Sanoatdagi
bunday   jarayon   kapitalistlarning   qudratli   monopolistik   birlashmalari-sindikat   va
kartellarni paydo qildi.
1900-1903 yillardagi iqtisodiy inqirozdan so’ng sanoat va moliya kapitalining
qo’shiluvi jarayoni yanada kuchaydi. Sanoat ishlab chiqarishi bo’yicha Germaniya
Angliyani quvib o’tib, AQShdan keyingi 2 o’ringa chiqib oldi.
XIX asr oxirlarida Germaniya nafaqat qudratli industrial davlat,    balki qishloq
xo’jaligi   ham   tez   taraqqiy   etayotgan   mamlakat   edi.   Prussiyada     yerlarning
aksariyat   qismi   yirik   pomeshchiklar-yunkerlar   qo’lida   edi.   Janubiy   Germaniyada
o’rta   va     mayda   dehqonlar   ko’pchilikni   tashkil   qilgan.   XIX   asrning   so’nggi
choragidan   boshlab   Germaniyada   qishloq   xo’jaligining   jadal   taraqqiyoti
kuzatilinadi.   Bu     hol     qishloq   xo’jaligida   kapitalistik   munosabatlarning   rivoji,
(qishloq   xo’jaligida   kapitalizmning   «prusscha   yo’li»)   ekin   maydonlarining kengaytirilishi,   xo’jalikda   mashina   va   texnikalardan   foydalanish,   sun’iy  
o’g’itlarning ishlatilishi bilan bog’liq edi.
1874   yil   mamlakatning   yagona   pul   birligi   oltin   marka   chiqarildi.
Ungacha   imperiya   territoriyasida   yetti   xil   pul   birligi   muomalada   bo’lgan.
Germaniya birlashtirilgandan so’ng  Prussiya  banki   imperiya  bankiga  aylantirildi,  
Nemis    banki, Drezden,    Darmshtadt    banklari,    Shafgauzen banklar ittifoqi, Berlin
savdo jamiyati kabi bank konsernlari paydo bo’ldi. 
Siyosiy partiyalar faoliyati    va «Kulturkampf» siyosati
Germaniya   imperiyasining   birinchi   kansleri   Otto   Bismark   ishchilar
harakatining   va   umuman   har   qanday   siyosiy   muxolifatning   ashaddiy   dushmani
bo’lgan. Bismark imperiya kansleri lavozimida turgan 1871-1890 yillar davomida
Germaniyada   bir   nechta   yirik   siyosiy   partiyalar   vujudga   keldi.   Ularning   orasida
eng   reaksioni   Sharqiy   Prussiya,   Brandenburg,   Pomeraniya   yunkerlari,   lyuteran
ruhoniylari   va   iqtisodiy   jihatdan     o’ziga   to’q   bo’lgan   dehqonlarning   manfaatini
himoya   qiluvchi   «Konservatorlar»   partiyasi   edi.   Konservatorlar   partiyasi
hukmronlik  qilayotgan  Gogensollernlar  sulolasi  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  saroy,
armiya va suddagi eng muhim davlat lavozimlarini,    hatto umumgerman ma’muriy
boshqaruv apparatini ham o’z qo’lida tutgan.
1866   yil   Germaniyani     birlashtirish     masalasida   kelisha   olmaganligi   sababli
«Konservatorlar»   partiyasidan   ajralib   chiqqan   «Ozod     konservatorlar»   yoki  
«Imperiya       partiyasi» ga xo’jaligini kapitalistik usullar bilan rivojlantiruvchi yirik
pomeshchiklar   va   Shtumm,   Krupp   kabi   sanoat   magnatlari   kirgan.   «Ozod
konservatorlar» partiyasi Bismarkning imperiya siyosatini qo’llab-quvvatlagan.
«Progressistlar»   partiyasining   sobiq   a’zolari   1867   yilda   «Milliy     liberallar»
partiyasini   tuzganlar.   Bu   ham   Bismarkning   tayanch   partiyalaridan   biri   bo’lib,   u
mustamlakalar   bosib   olish   uchun   armiya   va   harbiy   dengiz     flotini     kuchaytirish
tarafdori bo’lgan yirik sanoat burjuaziyasi manfaatlariga xizmat    qilgan. Bu partiya
a’zolari  konservatorlar  bilan birgalikda  Prussiyada  umumiy saylov  huquqini  joriy
qilinishiga va ayrim iqtisodiy qonunlarga qarshi edilar. 
Germaniya imperiyasi boshqaruvida Prussiya gegemonligiga qarshi kurashish uchun   katolik   cherkovi   1870-1871   yillarda   o’zining   partiyasini   tuzdi.   Katoliklar
partiyasining   deputatlari   reyxstag   majlislari   zalida   markaziy   o’rinlarni
egallaganligi   uchun   bu   partiya   «Markaz     partiyasi»   ham   deb   atalgan.   «Markaz
partiyasi» janubi-g’arbiy Germaniyadagi Elzas  va Lotaringiya katoliklarini o’ziga
birlashtirib,   janubiy   va   janubi-g’arbiy   Germaniyadagi   katta-kichik   davlatlarning
dvoryanlariga,   aholining   o’rta   toifasiga,   shuningdek,   katolik   dehqonlari,
hunarmandlari    va    ishchilariga tayangan. 
Konservatorlar   va   milliy     liberallarning   qo’llab-quvvatlashi   bilan   Bismark
katolik cherkovi va «Markaz partiyasi» ga qarshi kurashdi. Bu Germaniya tarixida
«kulturkampf siyosati» (madaniyat uchun kurash) deb ataldi. Amalda    kulturkampf
Germaniyada   Prussiya   gegemonligini   o’rnatish   uchun   katoliklarga   qarshi   olib
borilgan   tadbirlar   yig’indisi   bo’lib,   katolik   cherkoviga   qarshi   bir   qator   qonunlar
qabul   qilingan.   Xususan,   davlat   barcha   cherkov   lavozimlariga   nomzodlarni
tayinlashni   o’z   nazoratiga   olgan,   katolik   ruhoniylarning   boshlang’ich
maktablardagi   faoliyati   to’xtatilgan,   ruhoniylarning   siyosiy   targ’ibotchilik
ishlari   bilan   shug’ullanishi   taqiqlangan,   katoliklarning   iyezuitlar   ordeni
Germaniyadan quvg’in qilingan, fuqarolik nikohi joriy qilingan.
Katolik ruhoniylar bunday taqiq va qonunlarga amal qilmasdan ularga qarshi
boykot   e’lon   qilganlar.   Bunga   javoban   Bismark   bo’ysunmagan   katolik  
ruhoniylarini   hibsga   olib,   ularni   ta’qib   va   surgun   qilgan.   Bunday   holat  
imperiyadagi   millionlab   katoliklarning   manfaatlariga   zid   bo’lib,   ularning
noroziliklariga sabab bo’lgan. Natijada mamlakatda    katoliklar partiyasining ta’siri
va     reyxstagdagi     ularning   vakillari   soni   o’sgan.     Bismark   chekinishga   majbur
bo’lgan.   1878-1882   yillarda   katoliklarga     qarshi     qonunlarning     aksariyati   bekor
qilindi.   Yepiskoplar   o’zlarining   ilgarigi   lavozimlariga,   katolik   monaxlari     esa   o’z
monastirlariga   qaytganlar.   Kulturkampf   davridan   faqat   fuqarolik   nikohi
to’g’risidagi   maktablarda   davlat   nazoratini   o’rnatishga   oid   qonunlar   saqlanib
qolgan.
Ishchilar harakati va «Sosialistlarga qarshi favqulodda   qonun»
Bismark   mamlakatda   keng   avj   olayotgan   sosialistik   harakatni   bostirishda yanada   qat’iy   harakat   qilgan.   70-yillarda   Germaniyada   ishchilarning   ish
tashlashlari   ko’payib,   kasaba   uyushmalarining   faoliyati   kuchaygan.   Kasaba  
uyushmalari   asosan   katoliklar   partiyasi   ta’sirida   bo’lib,   ishchilarning   ko’pchiligi
esa sosialistlarga ergashganlar. 
Germaniyada   ishchilar   harakatining   ikkita     tashkiloti   –   «Sosial-demokratik  
ishchilar   partiyasi»   (eyzenaxchilar)   va   «Umumgerman»   ishchilar   ittifoqi
(lassalchilar) to 1875 yilgacha alohida    faoliyat yuritgan. 1875 yil Goto shahrida bu
ikki   siyosiy   tashkilot   yagona   partiyaga   birlashgan.   Bu   partiya   «Germaniya  
sosialistik ishchi partiyasi» deb atala boshlagan. Syezd partiyaning dasturini qabul
qildi.   Dasturda   «ish   haqining   temir     qonuni»   aks   etgan   va   proletariatdan   tashqari
jamiyatdagi   barcha   ijtimoiy   guruhlarni   reaksion   deb   topilgan   edi.   Shunga
qaramasdan bu partiyaning mehnatkashlar orasidagi ta’siri o’sib borgan. 1877 yilgi
reyxstag   saylovlarida  sosial-demokratlar   yarim   million  ovoz   olib  12   ta  deputatlik
mandatlariga   ega   bo’lganlar.     Bismark   boshchiligidagi   Germaniyaning   hukmron
doiralari   ishchilar   harakatining   o’sib   borishida   juda   katta   xavfni   ko’rib,   uni  
bartaraf etish choralarini izlay boshlaganlar. Buning uchun 1878 yil 11 may va 2  
iyunda   imperator   Vilgelm   I   ga   ikki   marta   suiqasd   qilinishi   Bismarkning  
ishchilarga qarshi qat’iy kurashi boshlashiga    qo’l kelgan. 
Birinchi suiqasdan so’ng     sosialistlarga     qarshi qonun loyihasini     reyxstag rad
etgan.    Ikkinchi bor qilingan suiqasddan    keyin    reyxstag    tarqatib    yuborilib, yangi
saylovlar   chaqirilgan.   Saylovda   konservatorlar   ko’pchilik   ovoz   olgan.   Yangi
saylangan reyxstag uzoq muhokamadan so’ng    1878    yil     19    sentyabrda    2    yarim  
yil     muddat   bilan   sosialistlarga   (ishchilar   harakatiga)   qarshi   qonun   qabul   qilgan.
Keyinchalik bu qonun muddati yana uzaytirilib, u 1890 yilgacha amal qilgan. Bu
qonunga   ko’ra   barcha   ishchi   tashkilotlari,   hatto   sport   to’garaklari   ham   tarqatib
yuborilgan,   mazkur   tashkilotlarning   gazeta   va   jurnallari   yopilgan,   sosial-
demokratik   partiya   a’zolarini   ommaviy   ravishda   xibsga   olish   va   surgun   qilish
boshlandi. Partiyaning markaziy komiteti uni tarqatilganligi to’g’risida qaror qabul
qildi. 
Sosial-demokratlar mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilib, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun harakat qilganligi tufayli sosial-demokratlar
uchun ovoz    beruvchilar soni oshgan,    ular uchun 1881 yilda 300 ming kishi, 1890
yilda   1427   ming   kishi   saylovda   ovoz   bergan.   80   yillarning   oxirlariga   kelib
Germaniyaning barcha rayonlarida ishchilarning ish tashlashlari boshlanib ketgan.
Hukumatning tashabbusi bilan reyxstag 1883, 1884,1889 yillarda ijtimoiy sug’urta
to’g’risida   qonunlar   qabul   qilib   mehnatkashlarga   yon   berganlar.   Shunga  
qaramasdan,   1890   yil   saylovlarida   sosial-demokratlar   reyxstagda   35   ta   o’rinni
egallab   g’alaba     qilganlar.   Bismark   hukumat   boshlig’i   lavozimidan   ketgandan
so’ng,   sosialistlarga   qarshi   favqulodda   qonun   bekor   qilingan.   1891   yil   Erfrut
shahrida   chaqirilgan   syezdda   partiyaning   yangi   dasturi   qabul   qilingan.   Dastur   20
yoshga   yetgan   barcha   fuqarolarga   umumiy   saylov   huquqini   joriy   qilish,   doimiy
qo’shin o’rniga xalq milisiyasini tuzish, ilg’or    (progressiv) daromad solig’ini joriy
qilish,   8   soatlik   ish   kuni,   hokimiyatni   ishchilar   qo’liga   berish,   ishlab   chiqarish
vositalariga   jamoat   mulkchiligini   joriy   qilish   kabi   talablarni   va   o’zining   oxirgi
maqsadi   deb   sosialistik   jamiyat   qurishni   ko’zda   tutgan.   Mamlakatda   sosial-
demokratlar   partiyasining   nufuzi   oshib   boravergan.   1898   yilgi   reyxstag
saylovlarida uning vakillari 56 ta deputatlik mandatini    qo’lga    kiritishga muvaffaq
bo’lganlar. Partiyaning 79 ga yaqin gazeta va jurnallari nashr    qilina boshlangan.
Tashqi siyosati va xalqaro ahvoli
1891   yil   yirik   kapital   va   yunkerlarning   mustamlakachilik   dasturi   bilan
chiqayotgan eng agressiv va reaksion qismi «Pangerman     ittifoqi»ni tuzganlar. Bu
tashkilot   o’zining   ta’sirini   hukumatga   ham   o’tkaza   boshlagan.   90-yillarning
oxirlarida   Germaniyaning   muhim   davlat   lavozimlarini   egallagan   kishilar   nemis  
millatiga    «hayotiy    bo’shliq» zarur ekanligini va buning uchun yangi hududlarni –
mustamlakalarni   zabt   etish   kerakligini   ta’kidlay   boshlaganlar.   Shunday
kishilardan    biri Berngard fon Byulov bo’lgan. U 1897 yil reyxstagda chiqish qilib
«Biz   o’zimiz   uchun   quyosh   tagidan  joy   talab  qilamiz»   degan.   Keyinchalik   1900-
1909   yillarda   u   imperiya   kansleri   lavozimini   egallab   turgan   vaqtida   ana   shu
aytganlariga amal qilishga harakat qilgan. 
Bismark   hukumatining   tashqi   siyosati   Yevropada   Germaniya   imperiyasining mavqyeini mustahkamlashga qaratilgan. 1873 yil Germaniya, Rossiya va Avstriya-
Vengriya   o’rtasida   ittifoq   to’g’risida   shartnoma   imzolangan.   1875   yil   Bismark
Fransiyaga   qarshi   yangi   urush   boshlashga   tayyor   turgan   bir   vaqtda,   Rossiya   va
Angliya   Fransiyaning   tarafini   olib,   uni   qaytadan   tor-mor   etilishiga   yo’l
qo’ymasligini   ma’lum   qilganlar.   Bismark   ikkita   frontda   jang   olib   borishdan
hayiqgan. 1879 yil Rossiyaga  qarshi  Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzgan. 1882
yil bu ittifoqqa Italiya     qo’shilib, u uchlar     ittifoqiga aylangan. Bu ittifoq     Rossiya
va   Fransiyaga   qarshi   qaratilgan.   Bismark   nemis   agressiyasi   uchun   asosiy
to’siqlardan   biri   deb   Rossiyani   bilgan   va   u   bilan   1887   yil   maxsus   mahfiy   bitim
imzolagan. Bu to’g’risida ittifoqchisi  bo’lgan Avstriya-Vengriya imperatori Frans
Iosifni   ham   xabardor   qilmagan.   Bismark   Rossiyaga   qarshi   o’zgalar   qo’li   bilan
kurashishga   harakat   qilib,   Angliya   va   Turkiyadan   bu   maqsadda   foydalanmoqchi
bo’lgan. 
80-yillarning   o’rtalarigacha   Germaniya   mustamlakalarga   ega   bo’lmagan.  
Bungacha u Yevropa kontinentida o’z mavqyeini mustahkamlashga uringan. 1882
yilda   tuzilgan   «Germaniya   mustamlakalari   ittifoqi»   ning   bosh   maqsadi  
mustamlakalar uchun kurashish bo’lgan. Sharqda Germaniyaning    ko’pgina    savdo
faktoriyalari     mavjud     bo’lib,   1884   yil   Germaniya   ana     shu   faktorlarni   himoya  
qilish   maqsadida   ularni   Germaniya   mustamlakalari   deb   e’lon   qilgan.
Germaniyaning birinchi mustamlakasi    janubi-g’arbiy    Afrika qirg’og’idagi Angra-
Paken bo’lgan. Shu yili Germaniya Afrikaning o’rta qismidagi Togo va Kamerunni
o’z mustamlakasi deb e’lon qilgan.
Bismarkning ishchilarga qarshi kurashidagi muvaffaqiyatsizliklari      burjuaziya
orasida   ham   norozilik   kayfiyatini   tug’dirgan.   Bundan   tashqari   tashqi     siyosatda
ham   Bismark   muvaffaqiyatsizlikka   uchray   boshlagan.   Germaniya   hukumati
yunkerlarning   talabi   bilan   Rossiyadan   kelayotgan   qishloq   xo’jalik     mahsulotlari
uchun   bozorlarni   yopib,   boj   soliqlarini   oshirgan.   Rossiya   ham   bunga   javoban
Germaniya sanoati  mahsulotlariga boj  to’lovlari miqdorini  ko’targan. Natijada bu
ikki   davlat   o’rtasida   bojxona   (tamojnya)   urushi   boshlangan.   Bu   holat    
Rossiyaning     Fransiya     bilan yaqinlashuviga     va     ular     o’rtasida     ittifoq tuzilishiga   olib kelgan. Nemis burjuaziyasi davlatning ichki va    tashqi siyosatini o’zgartirishni
talab qila boshlagan. 1890 yil martda Bismark iste’foga chiqishga majbur bo’lgan. 
Kansler Kaprio (1890-1894) ning tashqi siyosati, ayniqsa uning Rossiya    bilan
savdo   shartnomasini   imzolashi   yunkerlar   orasida   hukumatga   qarshi   norozilikni
keltirib chiqargan. 
Kansler   X.Gogenloe-Shillingsfyurstning   har   qanday   tashabbuskorlikdan   holi
bo’lishiga   qaramasdan,   Germaniyani     agressiv     tashqi     siyosat     yuritishga
undovchi     davlat   arboblari   topilgan.   Tashqi   ishlar   bo’yicha   stats-sekretar-knyaz
fon     Byulov   katta   harbiy   flot   tuzishni   talab   qilayotgan     admiral     Tirpis,     katta  
generallar     shtabi  boshlig’i   Alfred fon  Shlifenlar  Rossiya  va  Fransiya  bilan  urush
olib   borish   rejasi   ustida   15   yil   davomida   ish   olib     borganlar.   Shliffen     rejasiga  
ko’ra     Germaniya     avval Fransiyani,     keyin esa Rossiyani yashin tezligida tor-mor
qilishi lozim edi.
1903 yilda imzolangan Bag’dod temir yo’lini (Bu yo’l Berlinni Fors ko’rfazi
bilan   bog’lashi   rejalashtirilgan)   qurish   haqidagi   Germaniya   va   Turkiyaning  
konsessiya   shartnomasiga   Angliya,   Fransiya   va   Rossiya   zo’r   berib   qarshilik
ko’rsatgan. Bu konsessiyaga    ko’ra Germaniya kapitali Turkiyaga kiritilgan, nemis
kapitalining   bunday   yurishi   Angliya   va   Fransiyaning,   Eron   va   Fors   ko’rfaziga
Germaniyaning   chiqishi esa Rossiya va Angliyaning manfaatlariga zid kelgan.
1912   yilda   reyxstag   flot   to’g’risidagi   qonunga   qo’shimcha   kiritgan.   Unga
ko’ra   Germaniya   harbiy   -   dengiz   flotining   jangovorlik   qobiliyati   60%   ga
oshirilgan.   Bu   birinchi   navbatda   Angliya   va   Fransiyaga   qarshi     qaratilgan.  
Birinchi   jahon   urushi   arafasida   Germaniyaning   harbiy   sanoati   qudrati   Antanta
davlatlarining   (Angliya,   Fransiya,   Rossiya)   harbiy   sanoati   qudratiga   teng   kelgan.
Angliyaning  dengiz  qurollarini  qisqartirish  yoki   hyech  bo’lmaganda  uni  cheklash
to’g’risidagi   taklifiga   javoban   Germaniya   Rossiya   va   Fransiyaga   qarshi   urush
boshlaganda   Angliya   betaraf   tursa   bu   taklifni   qabul   qilishini   ma’lum   qilgan.
Angliya bunga rozi bo’lmagan.
1911 yildagi Italiya-Turkiya urushida Germaniyaning Italiyani qo’llab-
quvvatlamaganligi Italiyani Germaniya va Avstriya-Vengriya ittifoqidan  uzoqlashuviga    olib    kelgan. Germaniyani    xalqaro    ahvolini    va ikkinchi Bolqon 
urushida o’z taqdirini Germaniya bilan bog’lagan davlatlarning    mag’lubiyati ham    
og’irlashtirgan. Kuchayayotgan xalqaro izolyasiyaga javoban Germaniya    hukmron
doiralari quruqlikdagi nemis harbiy kuchlari uchun katta mablag’lar 
ajratgan.   Germaniya Bosh shtabi esa Germaniyaning Antantaga qarshi urushga 
kirish uchun qulay sharoit yetildi deb hisoblab, 1914 yilda urush harakatlarini 
boshlab yuborgan. Asosiy adabiyotlar
1. Новая   история   стран   Азии   и   Африки.   Под.   Ред.
А.М.Родригеса. В. 3 т. М., 2010.
2. Х рестоматия  по истории Нового времени стран Европы и
Америки .   сост. Д.В. Кузнецов . В. 2 часть.   Благовещенск:
Изд-во БГПУ, 2010.
3. Новая история стран Европы и Америки. Второй период.
Под ред. И.М. Кривогуза и Е.Е. Юровской. М., 1998.
4. Новая   история   стран   Европы   и   Америки.     Под   ред.
А.М.Родригеса  и  М . В .  Пономарева .  В. 3 т.  М.,  2005 .
5. Хидоятов Г.А. История дипломатии. Ташкent, 2004.
6. Ergashev Shuhrat. Jahon tarixi yangi  davr XVI-XVIII  asrlar.
Toshkent «O‘zbekiston». 2014.

Italiya va Germaniya yangi zamon davrida Reja : 1. XIX asr o’rtalarida Italiyani birlashtirish uchun kurashning borishi. 2. Benzo Kamillo Kavur va uning Italiyani birlashtirishdagi faoliyati. 3. Fransiya va Sardiniyaning Avstriyaga qarshi urushi. 4. Italiyaning birlashtirilishi. 5. XIX acrning 50-60-yillarida german davlatlarining ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy ahvoli. 6. Prussiyada konstitusiyaviy nizo va Otto fon Bismarkning hokimiyatga kelishi. 7. Bismark hukumatining ichki va tashqi siyosati. 8. Shimoliy Germaniya ittifoqi. 9. Germaniyaning birlashtirilishi.

XIX asr o’rtalarida Italiyani birlashtirish uchun kurashning borishi . Italiyada 1848 - 1849 yillardagi inqilobning bosh vazifasi siyosiy jihatdan tarqoq bo’lgan Italiya davlatlarini ajnabiylar hukmroligidan ozod qilish va ularni yagona milliy davlatga birlashtirish edi. Biroq inqilob bu vazifani bajara olmadi. Pemont (Sardiniya) qiroli Karl Albert Avstriya hukmronligi ostidagi Lombardiya va Venesiya viloyatlarini ozod etib, Pemont boshchiligida Shimoliy Italiyani birlashtish maqsadida 1848 yilning mart - avgusti davomida Avstriyaga qarshi olib borgan birinchi va 1849 yilning martidagi ikkinchi urushi muvafaqqiyatsiz tugadi. 1848-1849 yillardagi inqilob saboqlarini tanqidiy tahlil qilish jarayonida demokratlar va mo’tadillar o’rtasida milliy ozodlik va mamlakatni birlashtirish uchun kurash usullari haqida, unda cherkov, monarxiya va xalq ommasining o’rni to’g’risida, milliy va ijtimoiy vazifalarning o’zaro munosabati haqida qizg’in munozaralar bordi. D.Madzini qo’zg’olonlar asosida yangi inqilobni keltirib chiqarishga harakat qildi. Uning ishtirokida 1853 yil Milanda ko’tarilgan qo’zolon, 1857 yil esa Sisiliyaga yuborilgan qurolli ekspedisiya ham muvafaqqiyatsiz bo’ldi. Shundan so’ng Madzini Italiyada endi paydo bo’lgan ishchilar harakatidan demokratiya va milliy mustaqillik uchun kurashda foydalanishga harakat qildi. Demokratlarning bir qismi «madzinizm»dan voz kechdi, Italiyadagi inqilobning istiqbollari va imkoniyatlarini turlicha tahlil qilib, sensimonizm, anarxizm va federalizmni yoqladilar. J.Garbaldi va boshqa bir guruh demokratlar J.Madzini va uning tarafdorlaridan farqli holda milliy mustaqillik va mamlakatni birlashtirish uchun demokratlarning liberal doiralari va savoyi sulolasi bilan jips ittifoqchiligi zarur degan xulosaga keldilar. 1857 yilda Garibaldi Pyemont liberalllarining tashabussi bilan tashkil qilingan «Milliy jamiyat» ning vise - prezidenti qilib tayinlandi. Benzo Kamillo Kavurning Italiyani   birlashtirishdagi faoliyati XIX     asrning   o’rtalarida Italiyada liberalizmning asosiy markazi Pyemont bo’lib qoldi. Qirol Viktor Emmanuil ommaviy inqilobiy harakatlarning takrorlanish ehtimolidan tashvishga tushib liberallar bilan hamkorlik qildi. Pyemontning premyer - ministri bo’lgan graf Benzo Kamillo   Kavur (1852-1861) liberal

doiralarning mashhur vakili edi. Ajoyib siyosatchi va parlament kelishuvlarining tashabusskori bo’lgan Kavur qirolga turli reaksion kuchlarning bosimini qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Boshqa arboblardan farqli ravishda Kavur Italiyani birlashtirish uchun mamlakatga kuchli iqtisodiy rivojlanish zarur ekanligini tushunib yetdi. Uning tashabbusi bilan   50-yillarda Pyemontda temir yo’llar, irrigasiya inshoatlari, kanallar, ko’priklar qurilishi avj oldi. Natijada savdo floti, qishloq xo’jaligi, to’qimachilik sanoatining rivoji uchun qulay shart-sharoit yaratilib, Pyemont tashqi savdosining hajmi kengaydi. Kavur savoyi sulolasining manfaatlarini milliy ozodlik kurashi va Italiyani birlashtirish vazifasi bilan muvofiqlashtirishga harakat qildi. Tashqi siyosat bobida Kavur   Avstriyaga qarshi kurashish uchun buyuk davlatlarning yordamidan foydalanishga intildi. Shu maqsadda Pyemontning 15 ming kishilik harbiy korpusi 1853-1856 yillaridagi Qrim urushi davomida Rossiyaga qarshi Angliya, Fransiya va Turkiya tomonidan urushda qatnashdi. Shu davrdan Pyemontning Fransiya bilan yaqinlashuvi boshlandi. 1858 yilning iyulida Plombyer shahrida Lui Napoleon III va Kavurning maxfiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Napoleon III kelgusida Pyemontning Fransiya   bilan   birgalikda Avstriyaga qarshi urushida qatnashishga rozilik bildirib, Italiyaning shimoliy qismini Pyemont boshchiligida birlashtirish va butun Italiya hududida papa boshchiligida konfederasiya tuzish harakatini   qo’llab - quvvatlashini   ma’lum qildi.   Bunday iltifot uchun Kavur Napaleon III ga   Italiyaning Fransiyaga chegaradosh bo’lgan Nissa va Savoiya   viloyatlarini (bu   viloyatlarning aholisi asosan fransuzlardan iborat bo’lgan) tuhfa qilishga va’da berdi. Fransiya imperatori O’rta Yer dengizi havzasida markazlashgan yagona Italiya davlatini tashkil topishi uchun emas balki, Italiya hisobidan Fransiya hududini kengaytirish va Italiyada Avstriyaning mavqyeini zaiflashtirish maqsadida Avstriyaga qarshi urushda Pyemont bilan ittifoqchilik qildi. Fransiya va Pyemontning Avstriyaga qarshi urushi

1859 yilning oxirida boshlangan Fransiya va Pyemontning Avstriyaga qarshi urushidagi harbiy harakatlari asosan Italiya hududida bordi. 4-may kuni Mojenta yaqinidagi jangda ittifoqchilar qo’shini Avstriya qo’shini ustidan g’alaba qozonib, Lombardiyani egalladi. 24 iyunda esa Solferino yaqinida avstriyaliklar butunlay yakson qilindi. Urushdan nafaqat armiya balki, Italiya xalqi ham faol qatnashdi. Xalq qo’zg’oloni natajasida Toskana, Parma va Modenadan avstriyalik gersoglar haydaldi. Rim viloyati esa o’zining mustaqilligini e’lon qildi. 1859 yilning 11 avgustida Venesiyaning Villafranka shahrida Napoleon III va Avstriya imperatori Frans-Iosif sulh shartnomasini imzoladilar. Sulh shartnomasiga ko’ra Pyemontga faqat Lombardiya qo’shib berildi. Venesiya esa Avstriya hukmronligi ostida qolaverdi, Appenin yarim orolida oliy hokimiyat Viktor Emmanuil II ga emas, balki mamlakatning milliy jihatdan birlashtirishning dushmani bo’lgan papa Piy IX ga tegishli ekanligi, Modena, Parma va Toskana gersogliklaridan qo’vg’in qilingan gabsburglar honadoni vakillarining hokimiyati tiklanganligi e’lon qilindi. Villafrankadagi kelishuv bitimi italiya xalqining norozilik harakatlarini yangidan ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Xalqning Viktor Emmanuil II hukumatiga bo’lgan ishonchi yo’qoldi. 1859 yilning oxiri va ayniqsa 1860 yilda Appenin yarim orolida siyosiy kurash avj olishi natijasida Modena, Parma va Toskanada avvalgi gersoglar hokimiyatini tiklash imkoni bo’lmadi. U yerlarda umumiy saylov asosida saylangan milliy majlislar mazkur gersogliklarni Pyemontga qo’shilishi haqida qaror chiqardilar, papa viloyatida ham shunday qarorga kelindi. Italiya hududida avj olib ketgan ommaviy inqilobiy harakatlarni bostirish imkoniyatiga ega bo’lmagan Napoleon III ham Italiya davlatlarini Pyemont atrofida birlashtirilishiga rozilik bildirishga majbur bo’lib, va’da qilingan Savoiya va Nissa viloyatlarini Fransiyaga berilishini talab qildi. Shu yili bu ikki viloyat Fransiya ixtiyoriga berildi. Italiyaning birlashtirilishi Yarim orolning shimolida boshlangan xalq harakati janubiy viloyatlarga ham tarqaldi. 1860 yilning oxirida Italiyaning janubidagi Palermo shahrida qo’zg’olon

ko’tarildi. Biroq qo’zg’olon Sisiliya qirolining qo’shini tomonidan bostirildi. Shimolning respublikachi - demokratlari janubliklarga yordam berish uchun may oyida Gresiyadan Sisiliyaga J.Garibaldi boshchiligida 1200 kishidan iborat harbiy otryad yubordi. Bu tarixda «minglar yurishi» yoki «qizil kuylaklilar» (chunki uning qatnashchilari qizil rangli matodan kuylak kiyganlar) nomi bilan ma’lumdir. Kalabri shahriga yetib kelgan mazkur otryad xalq ommasining qo’llab-quvvatlashi natijasida 1860 yilning 7-sentyabrida Ikki Sisiliya qirolliginin poytaxti Neapolni jangsiz egalladi. 1-oktyabr kuni Garibaldi otryadi qirol Fransisk II qo’shinlarini Volturno daryosi bo’yidagi hal qiluvchi jangda tor-mor etib, Italiya janubida burbonlar sulolasi vakillarining hokimiyatiga chek qo’ydi. Fransisk II esa Rim viloyatiga qochdi. 1860-yil 21-oktyabrda Neapolitaniyada Garibaldi plebissit-referendum o’tkazdi. Neapolitaniya qirolligi aholisining aksariyati Pyemontga qo’shilishni yoqlab chiqdi. Garibaldi kuzatuvida Pyemont qiroli Viktor Emmanuil tantanali ravishda Neapolga kirib keldi. 1861-yil fevralda Pyemontning Turin shahrida umumitaliya parlamenti ochildi. 14 martda Viktor Emmanuil Italiya qiroli deb e’lon qilindi. Shunday qilib, «risorjimento»ning eng asosiy vazifalaridan biri Italiyaning birlashtirilishi vazifasi deyarli bajarildi. Biroq mamlakat Rim va Venesiya viloyatlarisiz birlashtirildi. Rim viloyati mustaqil bo’lib, undagi dunyoviy hokimiyat papa qo’lida mujassamlashgan edi. Garibaldi boshchiligida harbiy otryadning 1862 yil papa viloyatini egallashga bo’lgan urinishi natijasiz bo’ldi. Venesiya viloyati Avstriya hukmronligi ostida bo’lib, 1866 yilda Prussiya va Italiyaning Avstriyaga qarshi urushida Avstriyaning mag’lubiyatga uchrashi oqibatida mazkur viloyat Italiyaga qo’shib olindi. 1867 yilda Garibaldi harbiy otryadining Rimga yurishi ham muvafaqqiyatsiz tugadi, Rim viloyati 1870 yilgacha fransuz qo’shinlarining himoyasida alohida mustaqil davlat bo’lib qolaverdi. 1870 yilda boshlangan Fransiya - Prussiya urushida Fransiyaning mag’lubiyatga uchrashi natijasida Rimdan fransuz harbiy garnizoni chaqirib olindi