Uyg’onish davrida fan Yevropada fan rivojining yangi bosqichi.
8- Mavzu: Uyg’onish davrida fan: Yevropada fan rivojining yangi bosqichi . REJA: 1. Uyg’onish davri va uning њ ziga xos tomonlari. 2. Uyg’onish davrida tarix fan, adabiyot, san’at, haykaltaroshlik rassomlik va me’morchilik. 3. Uyg’onish davrida tarix va geografiya fanlaridagi kashfiyotlar. 4. Buyuk geografik kashfiyotlarning iqtisodiy oqibatlari. Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi : Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Uyg’onish davri tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish. Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar Tayanch iboralar. Uyg’onish davri tushunchasi, gumanizm, antik qadriyatlar, jaholat asri, kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi, dastlabki manufakturalar, burjua sinfning tug’ilishi, fan va texnika rivoji, ziyolilar guruhi, adabiyot: Aligyeri, F.Rable, U.Shekspir, M. Servantes, J.Bakochcho xaykaltaroshlik va rassomlik: Leonardo, Mikelanjelo, Rafael, geogarfik kashfiyotlar: Vikinglar, B.Diash, X.Kolumb, A.Vespuchchi, V.Gamma, F.Magellan, F.Dreyk, kashf etilgan mamlakatlar xalqlari madaniyati, taqdiri, fan yutuqlari. XVI-XVII asrlar fan tarixida muhim davr b њ lib, bu davrda hozirgi zamon fani vujudga keldi. Uning asoschilari orasida buyuk olimlardan Galileo Galiley va Issak Nyutonlar ham turar edi. Uyg’onish davrida, asosan XI-XVI asrlarda eski G’arbiy va Markaziy Yevropa madaniyatining њ rta asrlar k њ rinishining њ rniga yangi њ ziga xos shakllarga ega b њ lgan madaniyat, ya’ni insonparvarlik (gumanizm), antik qadriyatlarga qiziqishning uyg’onishi (shu yerdan bu davrning nomlanishi kelib chiqqan), sxolastikaning inkor qilinishi, odamning imkoniyatlariga, aqliga ishonish kabilar vujudga keldi. Uyg’onish davri – bu feodal tuzum ichida kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi davri b њ lib, bu davrda haykaltaroshlik, arxitektura, adabiyot, rassomlik њ ziga xos tezlik va yuksaklik bilan rivojlandi. Uyg’onish davri, odamlar ongidagi њ zgarishlar hamma mamlakatlardan oldin Italiyada boshlandi. Italiyada madaniyatning yuksalishi yangi sinfning ya’ni burjuaziyaning vujudga kelishi bilan bog’liq edi. Chunki Italiyaning boy shaharlarida XIV asrlarda dastlabki manufakturalar paydo b њ ldi, burjua sinfi
tug’ila boshladi. Burjuaziya њ zining dastlabki hukumronligi davridanoq fan va texnikaning rivojlanishidan manfaatdor edi. Feodallardan farqli њ laroq burjaziya tolonchilik urushlari va boshqa yerlarni bosib olish evaziga emas, balki savdo-sotiq va manufakturalar orqali boylik orttirishga intilardi. Manufakturalar bir-birlari bilan raqobatlashib, yangi mexanizmlar va asboblarni ishga solar, aniq hisoblar asosida qisqa muddatda qal’alar, portlar, kanallar qurdilar. Bu esa њ z navbatida њ qimishli kishilarga b њ lgan talab oshishiga olib keldi. Buxgalterlar, yuristlar, o’qituvchilar, injenerlar va shifokorlar ko’proq kerak bo’la boshladi. Me’morlar dang’illama uylar qurib, rassomlar surat chizib va haykaltoroshlar haykal yasab, boylarning uylarini bezar edilar. Shunday qilib shaharlarda – aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi alohida kishilar guruhi ya’ni ziyolilar paydo bo’ldi. Bu davrga kelib olimlarni inson va uning kuchi, qobiliyati, tabiat hodisalari va ularning sabablarini kuzatish, bilib olish va hokazolar qiziqtira boshladi. Natijada shu davrlarda Yevropada dastlabki muzeylar, botanika va zoologiya bog’lari va boshqa bir qator ilmiy yo’nalishlar paydo bo’ldi. Gumanistlar (gumanus-lotincha – insoniy) feodal tartiblarni qoralab, odamlarni tabaqalarga bo’lishga qarshi chiqsalarda, ammo mavjud tuzumni butunlay rad qilmaydilar, uni tuzatishni xayol qiladilar. Ko’pgina gumanist yozuvchilar cherkovga, papalarning ochkuzligiga qarshi chiqsalarda, ammo dindan aloqani uzmadilar. Ularning ba’zilari dinni «avom» xalqni itoatda tutish vositasi deb hisoblardilar. Gumanistlarning cherkov qoralagan va unitilayozgan qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatiga bo’lgan qiziqishining uyg’onishi yangi madaniy davrning «Uyg’onish davri» deb atalishiga olib keldi. Ular Qadimgi davr bilan Uyg’onish davrigacha bo’lgan oraliqni «jaholat asri» deb, unga «O’rta asrlar» deb nom quydilar. O’zlari yashagan zamonni esa «Yangi zamon» deb atadilar. Shunday qilib ilm-fanning monastirlar va universitetlar doirasidan tashqariga, ya’ni savodli kishilar doirasiga kengroq yoyilishi «Uyg’onish davri» fani va madaniyatida g’oyat buyuk burilish bo’ldi. XIII-VIV asrlardayoq «Uyg’onish davri» namoyondalaridan biri mashhur italyan shoiri, italiya adabiy tilining tuzilishiga katta hissa qo’shgan Dante Aligyeri (1265-1321) yashagan va ijod qilgan edi. Uning mashhur uch qismdan iborat (Ilohiy komediya) «Bojestvennaya komediya» nomli poemasida jannat va do’zaxga sayohat qilinadi. Dante o’rta asrning oxirgi va yangi zamonning birinchi shoirlaridan hisoblanadi, shuningdek, Dante falsafa va siyosat bilan ham shug’ullangan. Uyg’onish davrining yana bir mashhur satirik yozuvchisi Fransua Rable (1494-1553) hisoblanadi. Uning besh tomli «Gargantyuya va Pantagryuel» romani uyg’onish davri madaniyatining ensiklopedik yodgorligi hisoblanadi. F.Rable o’z
asarida feodal urushlarni, qirol hukumatini, dvoryanlarni, sud amaldorlarini tanqid qildi va feodal davlat qonunlarini fosh qildi. Romanda Papa va uning sadoqatli qullari yashagan «Papemaniya» oroli tasvirlanib, cherkov, papa va katoliklar bilan protestantlar o’rtasiga kurash masxara qilinadi. Uilyam Shekspir (1564-1616) mashhur ingliz dramaturgi. Uning tragediyalar, komediyalar va drammalardan iborat 37 ta mashhur asarlari butun dunyo teatrlari sahnalarini zabt etdi. Shekspir o’zining «Gamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta» va boshqa tragediyalarida insonning ulug’ligini, u barcha olamning ko’rki – ekanligini xitob qiladi. Shekspir feodal tuzumining yovuzligini tanqid qilib, uning hatto inson his-tuyg’ulari, muhabbatiga ham aralashayotganini o’z asarlarida yoritib beradi. Buyuk ispan gumanist yozuvchisi Migel de Servantes Saavedrani(1597- 1616) butun dunyoga mashhur qilgan uning «Don Kixot» romanidir. Servantesning bu asarida xo’rlanganlar va mazlumlarning himoya qilish, yovuzlik va adolatsizlikka qarshi kurash jarayoni tasvirlanadi. Shuningdek, Petrarka, Bakochcho, Ariosto, Erazm Rotterdamskiy va boshqalarning asarlarida ham Uyg’onish davrining g’oyalari aks ettirildi. Uyg’onish davrida tasviriy san’at, rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik yuksak darajada rivojlanib, o’tgan o’rta asrlar san’atidan o’zining realiyligi, hayotiyligi va insoniyligi bilan farq qilardi. Florensiya shahri – butun Italiyaning madaniy markazi bo’lib, bu yerda Uyg’onish davri arxitekturasi vujudga kelgan edi va keyinchalik bu yangi tendensiya butun Italiya bo’ylab so’ngra boshqa mamlakatlarga ham yoyilgan edi. Florensiyalik Leonarda da Vinchi (1452-1519) Italiyadagi Uyg’onish davrining eng buyuk arboblaridan biri edi. U rassom, haykaltorosh, me’mor, injener-ixtirochi, muzikachi va shoir bo’lsada, ammo rassomlik uning asosiy san’at turi hisoblanardi. Bu yerda u ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Buning isboti bo’lgan uning qalamiga mansub 1483-1494 yillarda ishlangan «Madonna v skalax», «Taynaya vecherya» (1495-1497), taxminan 1503 yilda ishlangan Mona Liza (yoki Jokonda) kabi asarlari butun dunyoga mashhur. Leonarda genial rassom bo’libgina qolmay, balki san’at nazariyasi bilan ham shug’ullangan. Uning o’limidan so’ng «Traktat o jivopisi» (rassomlik haqida traktat) nomli asari chop etildi. Bu asar Leonardoning shogirdi Melsi tomonidan u qoldirgan qo’lyozmalar va chizmalar asosida yaratildi. Leonardo da Vinchining ilmiy va injenerlik qiziqishlari doirasi juda keng edi. U matematika, mexanika, fizika va astronomiya, qisman optika, gidravlika va geologiya, botanika odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi bilan shug’ullangan. Leonardo injenerlik sohasida katta faoliyat ko’rsatib, uning chizma daftarlarida tokarlik va to’qimachilik dastgohlarining ham, ip yigirish charxi va
(metalni ishlovchi stanok) pechat qiluvchi mashinani ham, yer kovlagich mashina, yuk ko’tarkich asboblar va daraxtni qayta ishlovchi stanoklarni ham chertyoj va rasmlarini ko’rish mumkin. Leonardo uchuvchi apparatlarni konstruksiya qildi, gelikopter va parashyut, vertolyot, suv osti kemasi va akvalangchilar kiyimlari loyihasini tuzgan. Leonardo ilmiy kuzatishlar natijasida «Donishmandlik – tajriba mahsuli» - degan falsafiy qarashni ilgari suradi. Leonardo mustaqil fikrli kishi bo’lgani uchun butun umr sarsongarchilikda yurib, Fransiyada vafot etadi. Uyg’onish davri insoniyatga yana bir qancha buyuk va ajoyib arboblarni yetkazib berdi. Bulardan biri italiyalik haykaltorosh, rassom, me’mor, harbiy injener, va shoir Mikelandjelo Buonarroti (1475-1564) edi. Uning mashhur «Dovud» haykali marmartoshdan yasalgan bo’lib, uning balandligi 5,5 metr edi. Mikelandjelo Rimdagi avliyo Pyotr soborini qurishda qatnashadi. U soborning juda katta gumbazi loyihasini tuzadi. Uyg’onish davrining yana bir arbobi italiyalik rassom va arxitektor Rafael Santi (1483-1520) edi. U dastlab Florensiyada yashab ijod qildi. So’ngra Rimga taklif qilinib, avliyo Pyotr soborini qurishga rahbarlik qildi. Rafaelning eng mashhur rasmlaridan biri bu «Sikstin madonnasidir». Shuningdek, italiyalik rassomlar Tisian Vechellio (1477-1576); Veroneze Paolo (1528-1588); Tintoretto Yakopo (1518-1594); Gollandiyalik rassomlar: Yan Van Eyk (1390-1441); Van der Veyden Rogir (1400-1464); Vreygel Piter (1525- 1568); Rembrand van Reyn (1606-1669); Flamandiyalik rassom va haykaltorosh Pauel Rubens Peter (1577-1640); nemis rassomi Dyurer Albrext (1471-1528); Fransuz rassomlari: Fuke Jan (tax. 1420-1480); Haykaltorosh Gujan Jan (tax. 1510-1568); Klue Fransua (tax. 1505-1527) va boshqalar Uyg’onish davrining yetuk namoyandalari hisoblanadi. Shunday qilib, Uyg’onish davrining buyuk san’atkorlari hozir ham kishilarni qoyil qoldirayotgan nodir asarlar yaratdilar. Biz yuqorida aytganimizdek, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o’z navbatida fan taraqqiyotiga ham turtki berdi. Masalan, tarix va geografiya fanlari sohasida nihoyatda katta yutuqlarga erishildi. 982 yilda islandiyalik (Viking) dengizchi Eyrik Raudi Grenlandiyani kafsh etdi va uning sohillarida o’z manzilgohlarini qurdi. Uning o’g’li Leyf Eyrikson (Baxtli) 1001 yilda taxminan Shimoliy Amerika qirg’oqlariga (40 0 s.sh.) va hozirgi Filadelfiya rayonlariga bordi. XV asrda yevropaliklar oltin qidirib topish uchun uzoq mamlakatlarga ilmiy safarlar uyushtira boshladilar. XV asr oxirlariga qadar yevropaliklar jahonning faqat uch qit’asini Yevropa, Osiyo va Afrikani bilardilar. Aslida skandinaviyalik dengizchilar (Eyrik Raudi va Leyf Eyrikson) X asr oxiri va XI asr boshlarida Grenlandiyani kashf etib, u yerdan Shimoliy Amerikagacha borgan bo’lsalarda,
Yevropaning boshqa mamlakatlari bundan bexabar edi. Keyinroq bu kashfiyotni hatto Skandinaviyalik dengizchilarning o’zlari ham unitib yuborgan edilar. Dastlab Hindiston va Xitoy bilan bo’lgan savdoni arablar o’z qo’llariga kiritib olgandilar. So’ngra Turklar 1453 yilda Konstantinopolni bosib olgach, yevropaliklarning Sharq bilan savdosi yanada qiyinlashdi. Turklar istilosi Yevropadan Osiyoga boriladigan yangi yo’llarni qidirib topishni tezlashtirdi. Portugallarning Bartolomeo Diash boshchiligidagi ekspedisiyasi (1487-1488 y.) Afrikaning janubiy chekkasi yonidan aylanib o’tib, Hind okeaniga chiqadi. Yo’l mashaqqatidan charchagan matroslar safarni davom ettirishdan bosh tortadilar. Afrikaning janubidagi burunni ular «Yaxshi umid burni» deb atadilar. Hindistonga g’arb tomondan suzib borishga uringan birinchi dengiz sayyohatchisi italiyalik Xristofor Kolumb (1452-1506) edi. U Italiyaning Genuya shahrida to’quvchi oilasida tug’iladi. 1485 yil Kolumb Ispaniyaning Kastiliya shahriga ko’chib boradi. Yerning shar shaklida ekanligini bilgan Kolumb Yevropada Hindistonga eng qisqa yo’lni ochish uchun odatdagidek sharqqa emas, balki g’arbga suzilsa bas deb hisoblardi. Nihoyat 8 yildan so’ng Ispan qiroli bunday dengiz ekspedisiyasiga ruxsat beradi. Kolumb Atlantika okeani bo’ylab g’arbga 4 marotaba dengiz ekspedisiyasi uyushtiradi. 1. Birinchi ekspedisiya 1482 yil 3 avgustda Ispaniyadagi Kartaxen shahri yaqinidagi Palos qo’ltig’idan safarga jo’nab ketdi. Ikki oydan ortiqroq (70 kun) davom etgan suzishdan so’ng Kolumb Markaziy Amerika sohillariga yetdi. Birinchi ekspedisiya davrida Kolumb Amerika materigigacha borolmadi. Uning ekspedisiyasi San-Salvador orolini, so’ngra Bagam arxipelagidagi Kuba va Gaiti orollarini kashf etdi. 12 oktyabr 1492 yil San- Salvador orolining ochilishi kuni va uning sohiliga ekspedisiya a’zolarining tushishi – Amerika kashf qilinishining rasmiy sanasi hisoblanadi. 2. Ikkinchi ekspedisiya 1493-1496 yillarda amalga oshirilib, uning tarkibida 17 ta kema va 1,5 ming kishi bor edi. Bu ekspedisiya ham Amerika materikiga qadam qo’ya olmadi. Bu safar Dominik va Gvadelupa orollari, Kichik Antil arxipelagining bir qator orollari, Xardenes-de-la arxipelagi Puerto Riko, Yamayka, Pinos kabi orollar kashf etildi. Kolumb Gaiti orolining ichki qismiga bosqinchilik yurishlari qildi va 11 iyun 1496 yil Ispaniyaga qaytdi. 3. Uchinchi ekspedisiya (1498-1500) 6 kemadan iborat bo’lib, bu safar Janubiy Amerika sohillarigacha ya’ni Orinoko daryosi deltasi rayoniga (hozirgi Venesuela) qadam qo’yildi. Shuningdek, Trinidad va Margarita orollari kashf qilindi. 4. Kolumbning 4-chi va oxirgi ekspedisiyasi 1502-1504 yillarda bo’lib, unda 4ta kema qatnashdi. Kolumb hali ham Hindistonga bo’lgan g’arbiy yo’lni izlardi.