DAVLAT ISh BILAN BANDLIK XIZMATI FAOLIYaTINING ASOSIY YO‘NALIShLARI
DAVLAT ISh BILAN BANDLIK XIZMATI FAOLIYaTINING ASOSIY YO‘NALIShLARI REJA 1. Davlat ish bilan bandlik siyosati – ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida 2. D avlat ish bilan bandlik xizmatining samarali va istiqbolli ish bilan bandlik dasturi 2.1. Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashish va ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash 2.2. Ish bilan band bo‘lmagan aholi va ishsizlarni kasbiy harakatchanligi (mobilligi) va raqobatbardoshligini oshirish
1. Davlat ish bilan bandlik siyosati – ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida Davlat ish bilan bandlik siyosati mamlakat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi bo‘yicha ish bilan bandlik muammolarini yechishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning o‘tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish kuchini tarmoqlar va ish bilan bandlik ko‘rinishi bo‘yicha qayta taqsimlashda ijtimoiy jihatdan muvofiq ish bilan bandlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilishi zarur. Shunday ekan, mehnat bozorini tartibga solish siyosati quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda tutadi: - ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasida muvozanatga erishish; - ishsizlarni mehnatga yo‘naltirishni rag‘batlantirish; - ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning ish izlashda kasbiy harakatchanligini oshirish; - ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlamoq. Davlat ish bilan bandlik siyosati doirasida ish bilan bandlikka ko‘maklashish ikki yo‘nalishda, passiv va faol ish bilan bandlik siyosati ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. Ish bilan bandlikning passiv siyosati davlat ish bilan bandlik xizmati orqali ishsizlarga nafaqalar to‘lash, ishsizlarni kasblarga qayta o‘qitish va jamoat ishlarini tashkil etish kabi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Ish bilan b andlik siyosatining bu varianti davlatning amalga oshiradigan joriy xarajatlari nuqtai-nazaridan bir muncha tejamlidir. Biroq , ish bilan bandlikning passiv siyosati iqtisodiyotning yuksalishi davrida mehnat bozorining yuqori egiluvchanligi va ishchi kuchining kasbiy harakatchanligi , iqtisodiyotning istiqbolli mustaqil ish izlash uchun bir muncha keng shart-sharoitlari mavjud bo‘lgandagina o‘zini oqlashi mumkin. Qolgan holatlarda passiv siyosat ishsizlik uzoq muddat davom etishini
qisqartirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ish bilan bandligini rag‘batlantirishni kuchaytirish omili bo‘lib hisoblanadi. Davlat ish bilan bandlik siyosatini ancha samarali va maqbul yo‘nalishi – faol ish bilan bandlik siyosati bo‘lib, ishchi kuchiga talabni oshirish maqsadida davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ish joylarini yaratish, korxonalarga qo‘shimcha ish joylarini yaratish maqsadida kreditlar berish yo‘li bilan iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Ishchi kuchiga talabning taqchilligi sharoitida mehnat bozori holatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ish bilan bandlik xizmati fuqarolarni aniq ishlarga tayyorlashi zarur. Shunday ekan, davlat ish bilan bandlik xizmatining Dasturi mehnat bozorida faol ish bilan bandlik siyosati doiralarini qamrab olishi zarur. Hududiy darajada bu hududiy ish bilan bandlik Dasturi sifatida ifodalanadi. .2. D avlat ish bilan bandlik xizmatining samarali va istiqbolli ish bilan bandlik dasturining asosiy yo‘nalishlari Mehnat bozorida har tomonlama samarali va istiqbolli ish bilan bandlik Dasturini tuzish maqsadida uning har bir bo‘limi uchun ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va ular quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur: 1. Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashish va ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash. a. Fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish. b. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab – quvvatlash. v. Ishsizlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab – quvvatlash. 2. Ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish. a. Viloyatda ish kuchiga bo‘lgan talabni ta’minlashda ish beruvchilarga ko‘maklashish va hududlararo ish kuchini qayta taqsimlash.
b. Jamoat ishlarini tashkil etish. v. Ishsizlarning tadbirkorlik tashabbusini rag‘batlantirish va ko‘maklashish. 3. Ish bilan band bo‘lmagan aholi va ishsizlarni kasbiy harakatchanligi (mobilligi) va raqobatbordoshligini oshirish. a . Fuqarolarni kasbga o‘qitishni tashkil etish. b . Ish bilan b andlik xizmatiga murojaat qiluvchilarni kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish. 4 . Davlat ish bilan bandlik xizmati rivojlanishi. 2.1. Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashish va ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash Davlat ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlari bo‘yicha 7.1 keltirilgan yo‘nalishlarining tahliliy natijalariga quyidagilarda o‘z ifodasini topgan. A. «Fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish» punkti bo‘yicha. Iqtisodiyotning yuksalish davrida ish bilan bandlik xizmati nafaqat yangi turdagi faoliyatlarga ishchi kuchini joylashtirish, balki mehnat resurslaridan maksimal darajada foydalanish, ishsizlarni qayta o‘qitishni turli dasturlarini ishlab chiqish, zarur malakaga ega ishchilarni tanlab olish usullari va ishchi kuchiga talabni oshirish imkoniyatlari hamda shart-sharoitlariga ega bo‘ladi. Iqtisodiyotning tanazzuli davrida, ish bilan bandlik xizmati organlari mehnat bozorining kan’yukturasidan kelib chiqqan holda aholining ish bilan bandligi muammolarining yechimi to‘g‘risida maqbul takliflarni berishi mumkin. Mehnat bozorini tahlil qilishda ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasidagi yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, nafaqat ish bilan bandlik xizmatining samarali faoliyatini baholash, ish bilan bandlik siyosati yo‘nalishlarini ishlab chiqish, balki ish bilan bandlik muammolari bo‘yicha yangi yechimlarni taklif qilish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Ishga joylashtirishda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarining o‘tkazilishi samarali usullardan biri hisoblanadi. Ishsizlarni ishga joylashtirishning yana samarali usullaridan biri bular bir tarmoqqa tegishli korxonalar va tashkilotlar ma’sul xodimlari bilan ish beruvchilarning talablariga muvofiq kasbiy malaka va mutaxassislikka ega bo‘lgan ishsiz fuqarolar o‘rtasida, davlat ish bilan bandlik xizmati vositachiligi asosida, xodimlarni tanlash bo‘yicha o‘tkaziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar usuli hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, yuqoridagi ishga joylashtirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladigan muloqotlar usuli aholini ish bilan bandligiga ko‘maklashishning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Bo‘sh ish joylari bo‘yicha o‘tkaziladigan yarmarkadan farqli ravishda, ishga joylashtirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladigan muloqotlar usuli xodimlarni tanlashda ishchi kuchining bir muncha kasbiy harakatchan ekanligi hamda qisqa bosqichda kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishi bilan ajralib turadi. Ish beruvchilarning xohish va istaklariga binoan muloqat o‘tkazish joyi va vaqti belgilanadi, nomzodlarga talablar oldindan tushuntiriladi, masalan, ma’lumoti, ish tajribasi, kasbiy malakasi, transport vositalariga egaligi va boshqalar. Shuningdek, ish bilan bandlik xizmati organlariga murojaat qilib kelgan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha birdan-bir samarali axborot shakli bo‘lib, aholiga ekspress-xizmatlar markazlarini yaratilishidir. Samarqand viloyatida 2009 yilda aholini ishga joylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, ish izlovchi fuqarolarning 75 %i ish bilan bandlik xizmati organlariga ish so‘rab murojaat qilishga tayyor, agarda ish bilan bandlik xizmatida o‘zlariga mos bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida to‘liq axborotga ega bo‘lish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lsa. Joylardagi bandlikka ko‘maklashish markazlarining yuqoridagi masalalar bo‘yicha xizmatlaridan ekspress xizmati markazlarining farqi shundaki, ish so‘rab murojaat qiluvchi fuqarolarga tez xizmatlar ko‘rsatiladi, shuningdek fuqarolarning